logo

Olmoshning deyktik xususiyatlari

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

618.4560546875 KB
  Mav zu: Olmoshning dey k t ik  
xususiy at lari
                           Reja:
1. Olmosh  haqida umumiy ma'lumot   
va uning UGMsi.
2. Olmoshning maʼno  va vazifasiga 
ko'ra   turlari.
3. Olmoshning deyktik xususiyati    «Ishoraviylik»  ramzi  bilan  ataluvchi  olmosh 
boshqa  leksemadan  ajralib  turadi.  O`zbek 
tilshunosligida  olmosh  doirasi  va  vazifasi  zo`rma-
zo`rakilik  bilan  ancha  chegaralanib,  «ot,  sifat,  son 
o`rnida  qo`llanuvchi  so`z»  deb  o`ta  tor 
tushunilgan.  Arab  tilshunosligida  olmosh  alohida 
so`z  turkumi  sifatida  berilmagan,  balki  har  bir 
so`z  turkumi  ichida  «yashirin  ma`noli  so`z  sifatida 
alohida  guruhlarga  ajratilgan.  Chunonchi,  kitob, 
daftar,  Abbos-aniq  ma`noli  ot  bo`lsa,  men  sen, 
kim-yashirin  ma`noli  ot.  Yoxud  oq,  qizil,  chiroyli 
ma`lum  ma`noli  sifat  hisoblansa,  bunday, 
shunday kabilar olmosh.  Olmosh shaxs, predmet, belgi yoki miqdorga xos 
bo`lgan umumiy (mavhum) ma`noni anglatadi. 
Olmosh bildiruvchi ma`no nutq jarayonida aniq 
yuzaga chiqadi. Ular forfologik jihatdan o`zi 
almashtiruvchi so`z kabi o`zgaradi.
Olmosh qaysi so`z turkumi o`rnida qo`llansa, shu 
turkumga xos sintaktik vazifani bajaradi. O`qituvchi 
darsga kirdi, u o`quvchilar bilan salomlashdi. Olmosh 
o`zidan oldin aniqlovchi talab qilmaydi: Hamma 
xursand va shod. U kitobni o`qidi. Olmoshlarni gapda 
bajargan vazifasiga ko`ra to`rt guruhga ajratish 
mumkin: a) ot xarakterdagi olmoshlar; b) sifat 
xarakteridagi olmoshlar; v) ravish xarakteridagi 
olmoshlar; f) son xarakteridagi olmoshlar.   Olmoshlarning ishora(deyktik) 
xususiyatiga koʻra quyidagi maʼno 
turlari mavjud:
Kishilik 
Olmoshi Koʻrsatish
Olmoshi Oʻzlik 
Olmoshi Soʻroq 
olmoshi
Belgilash
Olmoshi Boʻlishsizlik
olmoshu Gumon 
Olmoshi  Kishilik olmoshlari: men, sen, u, biz, siz, ular. 
Ko`rsatish olmoshlari: bu, shu, o`sha, mana shu, 
mana bu, ana shu kabilar.
So`roq olmoshlari: kim, nima, qanday, necha, qaysi, 
qancha, nega, qalay kabilar.
  Ozlik olmoshi: o`z.
  Belgilash-jamlash olmoshlari: hamma, butun, 
barcha, bari, har kim, har qanday kabilar.
  Bo`lishsizlik olmoshlari: hech kim, hech qanday, 
hech nima, hech qaysi kabi.
1.   Gumon olmoshlari: allakim, allaqanday, 
allaqaysi, kimdir, nimadir, allanima kabilar.  Kishilik olmoshlari  va koʻrsatish 
olmoshi

Kishilik olmoshi shaxs olmoshi deb ham yuritiladi, chunki shaxsga ishora qilib keladi. Shaxs 
olmoshining qo`llanishida ayrim o`ziga xoslik bor. Shaxs o`z ma`nosidan tashqari ko`chgan holda 
qo`llanishi ham mumkin. Chunonchi: 1. Biz olmoshi II shaxs ko`plikdagi siz olmoshi o`rnida 
qo`llanadi: Qani, endi biz ishga tushaylik. Bunda tashviq ma`nosi anglashilib turadi: Ular bizga yetib 
olishsin. 

Ko`rsatish ma`nosini anglatuvchi olmosh (bu, shu, mana, ana, u, o`sha, hov va boshqa) shaxs, 
predmet, belgini alohida ko`rsatish, ta`kid ma`nosi uchun xizmat qiladi. Ular ifodalovchi (ishoraviy) 
nom ham turlicha:

-shaxs yoki predmetga ishora qiladi: -Siz o`shami? 

-belgiga ishora qiladi: Menda ham shunaqa kitoblar bor. 

-Vaqtga ishora qiladi: Shu-shu Fotima kelmay qoldi. 

-o`ringa ishora qiladi: Siz-unda, biz-bunda.

Ko`rsatish olmoshlari ot, sifat va ravishlar o`rnida qo`llanib, ularning o`rinbosarlari 
hisoblanadi. Shunga ko`ra, ularni uch guruhga ajratib tekshirish mumikin.        Gumon va boʻlishsizlik olmoshi
Gumon olmoshi muayyan predmet, shaxs, belgi yoki harakat xususida o`ta mavhum tushunchani 
bildiradi. So`roq olmoshi bilan qo`shilib keladigan alla- va –dir ushbu olmoshga noaniqlik ma`nosini 
kiritadi. 
Gumon olmoshi asosan ot va sifat xarakterida qo`llanadi. Muhiddin aka allanimadan xursand 
bo`lib chiqib ketdi. Bir pasga yuragining allaqayeri jiz etib ketdi. Saodat allavaqtgacha xat yozib o`tirdi. 
Birov ro`y-rost, birov yer ostidan unga qaradi. Samandarov stolning tortmasidan bir nima qidirar ekan
Bo`lishsizlik olmoshlari. Inkor olmoshlari ma`no jihatidan belgilash olmoshlarining zidi bo`lib, 
barcha predmet yoki belgiga nisbatan inkor ma`nosini,  bo`lishsizlikni bildiradi. Bu olmoshlar ishtirok 
etgan gapning kesimi bo`lishsiz formada kelib, gap inkor gap hisoblanadi. Bo`lishsizlik olmoshlariga 
hech so`zi va shu so`zning ba`zi so`roq olmoshlari, shuningdek, bir narsa so`zi bilan birikishdan hosil 
bo`lgan olmoshlar kiradi. Hech so`zi yakka holda qo`llanganda, ko`pincha,  fe`llar oldida kelib, ravish 
funksiyasini bajaradi va ish harakatning batamom inkorini bildiradi: Idorada hech kim yo`q edi. Sizdan 
boshqa hech kimga gapira olmayman. Men sizga hech nima ko`rsatganim yo`q edi-ku! Kimsa so`zi 
ham bo`lishsizlik olmoshi o`rnida qo`llanib, shaxsga nisbatan inkor ma`nosini bildiradi.         O'zlik olmoshi o'z 
so'zi orqali hosil 
qilinadi. Shaxs va 
predmatga ishora 
qiladi. Ba'zan o'zlik 
olmoshi o'rnida 
kamina kabi so'zlar 
ham ishlishlatilishi 
mumkin  Har so'zi so'roq olmoshlariga, bir 
so'ziga qo'shilib, to'pdan 
ajratilgan shaxs, narsa, 
belgi,harakat-holatlarni 
bildiradigan belgilash 
olmoshlarini hosil qiladi.
Hamma,barcha,bari butun, jami, 
jamiki , yalpi olmoshlari esa 
shaxs, narsa, belgi,harakat-
holatlarni jamlab 
ifodalaydi.Demak,to'pdan 
ajratilgan yoki jamlab 
ko'rsatilgan shaxs, narsa, 
belgi,harakat-holatlarni 
ifodalaydigan olmoshlar 
belgilash olmoshlari 
sanaladi.Belgilash olmoshlari, 
ko'pincha ,belgi(sifat) yoki shaxs-
narsa(ot) o'rnida ishlatiladi.            Soʻroq olmoshi
So`roq olmoshi shaxs, predmet, belgi, harakatni aniqlash maqsadida ishlatiladi. Ular quyidagilarga bo`linadi: 
-shaxsga nisbatan qo`llanuvchi olmosh (kim, kimlar); 
-voqea-hodisa, predmetga nisbatan qo`llanuvchi olmosh (nima, nimalar);
-belgini aniqlashga qaratilgan olmosh (qanday, qanaqa);
-sabab va maqsadni aniqlashga qaratilgan olmosh (nega, nima uchun, nechuk);
-miqdorga nisbatan ishlatiluvchi olmosh (qancha, necha, nechta);
-harakat-holatga nisbatan qo`llanuvchi olmosh (nima qildi, nima bo`ldi);
-o`rin ma`nosini ifodalovchi so`roq (qani, qayerda);

-payt ma`nosini ifodalovchi so`roq (qachon, qachonga);

Va shu kabi boshqa maʼno turlari davom etadi.                           Foydalanilgan adabiyotlar
1. “Hozirgi oʻzbek tili fani”dan oʻquv-uslubiy majmua. 
Samarqand .2021.
2.Sayfullayeva R., Mengliyev B. Va boshqalar.Hozirgi oʻzbek 
adabiy tili. T.2009.
3.Tursunov U., Rahmatullayev Sh., Muxtorov A., Hozirgi 
oʻzbek adabiy tili.T.1992.

Mav zu: Olmoshning dey k t ik xususiy at lari Reja: 1. Olmosh haqida umumiy ma'lumot va uning UGMsi. 2. Olmoshning maʼno va vazifasiga ko'ra turlari. 3. Olmoshning deyktik xususiyati

«Ishoraviylik» ramzi bilan ataluvchi olmosh boshqa leksemadan ajralib turadi. O`zbek tilshunosligida olmosh doirasi va vazifasi zo`rma- zo`rakilik bilan ancha chegaralanib, «ot, sifat, son o`rnida qo`llanuvchi so`z» deb o`ta tor tushunilgan. Arab tilshunosligida olmosh alohida so`z turkumi sifatida berilmagan, balki har bir so`z turkumi ichida «yashirin ma`noli so`z sifatida alohida guruhlarga ajratilgan. Chunonchi, kitob, daftar, Abbos-aniq ma`noli ot bo`lsa, men sen, kim-yashirin ma`noli ot. Yoxud oq, qizil, chiroyli ma`lum ma`noli sifat hisoblansa, bunday, shunday kabilar olmosh.

Olmosh shaxs, predmet, belgi yoki miqdorga xos bo`lgan umumiy (mavhum) ma`noni anglatadi. Olmosh bildiruvchi ma`no nutq jarayonida aniq yuzaga chiqadi. Ular forfologik jihatdan o`zi almashtiruvchi so`z kabi o`zgaradi. Olmosh qaysi so`z turkumi o`rnida qo`llansa, shu turkumga xos sintaktik vazifani bajaradi. O`qituvchi darsga kirdi, u o`quvchilar bilan salomlashdi. Olmosh o`zidan oldin aniqlovchi talab qilmaydi: Hamma xursand va shod. U kitobni o`qidi. Olmoshlarni gapda bajargan vazifasiga ko`ra to`rt guruhga ajratish mumkin: a) ot xarakterdagi olmoshlar; b) sifat xarakteridagi olmoshlar; v) ravish xarakteridagi olmoshlar; f) son xarakteridagi olmoshlar.

Olmoshlarning ishora(deyktik) xususiyatiga koʻra quyidagi maʼno turlari mavjud: Kishilik Olmoshi Koʻrsatish Olmoshi Oʻzlik Olmoshi Soʻroq olmoshi Belgilash Olmoshi Boʻlishsizlik olmoshu Gumon Olmoshi

Kishilik olmoshlari: men, sen, u, biz, siz, ular. Ko`rsatish olmoshlari: bu, shu, o`sha, mana shu, mana bu, ana shu kabilar. So`roq olmoshlari: kim, nima, qanday, necha, qaysi, qancha, nega, qalay kabilar. Ozlik olmoshi: o`z. Belgilash-jamlash olmoshlari: hamma, butun, barcha, bari, har kim, har qanday kabilar. Bo`lishsizlik olmoshlari: hech kim, hech qanday, hech nima, hech qaysi kabi. 1. Gumon olmoshlari: allakim, allaqanday, allaqaysi, kimdir, nimadir, allanima kabilar.