logo

Ongning paydo bo‘lishi va uning taraqqiyoti

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

2269.2607421875 KB
Ongning pay do 
bo‘lishi v a  uning 
t araqqiy ot i  Ong nima? 
•
Inson azal-azaldan o‘zigagina xos bo‘lgan 
ongning nima ekanligi to‘g‘risida o‘ylab, 
bahslashib keladi. Bu bahslarning bir jihati, ong 
tabiat mahsulimi yoki inson ongi ilohiy 
yaratilganmi degan masaladan iborat. Ikkinchi 
jihati esa, inson dunyoni doimo bir xil 
anglaganmi, ya’ni asrlar davomida inson ongi 
takomillashib kelganmi yoki hamon o‘sha-
o‘shami degan muammo bilan bog‘liq. «O‘zingni bilsang, olamni bilasan», – degan edi Suqrot. Aforizmga aylanib ketgan 
bu fikr ortida olam kabi inson ham siru sinoatlarga boy, u o‘zini bilish orqali olam 
mohiyatini anglashga yo‘l ochishi mumkin, degan g‘oya yotibdi. 
Shu ma’noda, inson o‘zini tashqi olamdan ajratib, alohida bir mo‘jiza va tadqiqot 
mavzui sifatida o‘rganishga harakat qila boshlagan paytdan buyon uni o‘ylantirib 
kelayotgan muammolardan biri ongning mohiyati, uning kelib chiqishi masalasidir
Shu nuqtai nazardan qaraganda, ongning tabiatini anglash masalasi – eng qadimiy 
falsafiy masalalardan biri, deyish mumkin. Garchand ong va uning turli 
xususiyatlari insonga xos hodisa sifatida psixologiya, adabiyot, sotsiologiya kabi 
fanlarning tadqiqot mavzui doirasiga kirgan bo‘lsa-da, ongning mohiyati, uning 
turli ko‘rinishlari o‘rtasidagi munosabat kabi masalalarni o‘rganish bilan aynan 
falsafa shug‘ullanadi. •
Falsafa tarixida ong olamni vujudga keltiruvchi 
dunyoviy aql, mutlaq ruh sifatida, ya’ni 
Gegelning fikricha, Ollohning kuchini sinonimi 
sifatida, yoki ko‘zga ko‘rinmas, olamni aks 
ettiruvchi, olamni ideal modelini yaratuvchi 
miyaning funksiyasi sifatida talqin qilingan 
(materializm). •
Ongning mohiyati masalasi eng qadimiy 
muammolardan biri ekan, uni anglash 
jarayonida turli xil javoblar bo‘lganligi tabiiy. 
Bu savolga eng qadimiy javob diniy va 
mifologik qarashlar doirasida berilgan.
•
Ongni diniy tushunish uni ilohiy hodisa, xudo 
yaratgan mo‘jiza tarzida talqin qilishga 
asoslanadi.
•
Ko‘pgina dinlarda inson ongi buyuk ilohiy 
aqlning mittigina aks etishi, uning namoyon 
bo‘lish shakli tarzida tavsiflanadi. Inson  
tanasidagi ruh bizning istak va fikrlarimizning 
tashuvchisidir. Jon o‘lishi bilan ong ham o‘ladi.  •
Ong moddiylikning miyada aks etishi  deb tushunishda, uning 
mohiyati inson tanasi faoliyati bilan bog‘lab talqin etiladi. Bunday 
qarashlar ham qadimiy ildizlarga ega. XVIII asrga kelib ongni bevosita 
inson miyasi faoliyati bilan bog‘lashga harakat qilgan qarashlar ham 
shakllandi. Ayni paytda materialistik yo‘nalish nomini olgan bunday 
yondashuvlar doirasida ongning mohiyatini buzib talqin qilish hollari 
ham paydo bo‘lgan. Falsafa tarixida « Vulgar materializm»  deb nom 
olgan oqim namoyandalarining qarashlari bunga misol bo‘la oladi.  •
Ularning fikricha, xuddi jigar safro ishlab 
chiqargani kabi, miya ham ongni ishlab chiqaradi. 
Bunday yondashuv natijasida ong ideal emas, 
balki moddiy hodisa, degan xulosa chiqadi. 
Vaholanki, safroni ko‘rish mumkin, ammo ongni 
ko‘rib ham, ushlab ham, o‘lchab ham bo‘lmaydi. •
XX asrda ong olamni miyada in’ikos etishi degan 
talqin biroz o‘zgardi. Ong olamni, atrof muhitni 
in’ikosi emas, in’ikos miyaning bir funksiyasi degan 
fikrlar paydo bo‘ldi. •
Ong tarixi  insonning inson bo‘lib shakllana boshlashi tarixi 
bilan bog‘liqdir. Uzoq vaqt davomida inson, uning ongi 
planetar, ya’ni Yer shari doirasidagi hodisa sifatida qarab 
kelindi. Hozirgi zamon fani masalaga kengroq doirada 
yondashish zarurligini ko‘rsatmoqda. Chunki fan dalillari 
inson paydo bo‘lishini faqat Yerda kechgan jarayonlar bilan 
cheklab qo‘yish to‘g‘ri emasligini, u koinot evolutsiyasining 
tabiiy hosilasi ekanligini tobora chuqurroq isbotlamoqda •
Inson biologik va ijtimoiy harakatning tashuvchisi ekan, 
harakat shakllari o‘rtasidagi uzviy aloqadorlikni, uning 
yuqori shakllari quyi shakllariga bog‘liqligini, tayanishini, 
ulardan o‘sib chiqishini unutmaslik lozim. Boshqacha 
aytganda, ular o‘rtasida uzviy aloqadorlik mavjud.
•
Ong tarixi quyosh sistemasi va unda millionlab yillar  
davomida sodir bo‘lgan o‘zgarishlardan ham ayricha 
olib qaralishi mumkin emas. Aynan mana shu jihatdan 
olganda, ongning shakllanishini kosmik hodisa sifatida 
qarash ham mumkin. •
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda ongga 
quyidagicha ta’rif berish mumkin: Ong – bu 
yuksak darajada tashkil topgan materiya – 
inson miyasining xossasi.

Ongning pay do bo‘lishi v a uning t araqqiy ot i

Ong nima? • Inson azal-azaldan o‘zigagina xos bo‘lgan ongning nima ekanligi to‘g‘risida o‘ylab, bahslashib keladi. Bu bahslarning bir jihati, ong tabiat mahsulimi yoki inson ongi ilohiy yaratilganmi degan masaladan iborat. Ikkinchi jihati esa, inson dunyoni doimo bir xil anglaganmi, ya’ni asrlar davomida inson ongi takomillashib kelganmi yoki hamon o‘sha- o‘shami degan muammo bilan bog‘liq.

«O‘zingni bilsang, olamni bilasan», – degan edi Suqrot. Aforizmga aylanib ketgan bu fikr ortida olam kabi inson ham siru sinoatlarga boy, u o‘zini bilish orqali olam mohiyatini anglashga yo‘l ochishi mumkin, degan g‘oya yotibdi. Shu ma’noda, inson o‘zini tashqi olamdan ajratib, alohida bir mo‘jiza va tadqiqot mavzui sifatida o‘rganishga harakat qila boshlagan paytdan buyon uni o‘ylantirib kelayotgan muammolardan biri ongning mohiyati, uning kelib chiqishi masalasidir Shu nuqtai nazardan qaraganda, ongning tabiatini anglash masalasi – eng qadimiy falsafiy masalalardan biri, deyish mumkin. Garchand ong va uning turli xususiyatlari insonga xos hodisa sifatida psixologiya, adabiyot, sotsiologiya kabi fanlarning tadqiqot mavzui doirasiga kirgan bo‘lsa-da, ongning mohiyati, uning turli ko‘rinishlari o‘rtasidagi munosabat kabi masalalarni o‘rganish bilan aynan falsafa shug‘ullanadi.

• Falsafa tarixida ong olamni vujudga keltiruvchi dunyoviy aql, mutlaq ruh sifatida, ya’ni Gegelning fikricha, Ollohning kuchini sinonimi sifatida, yoki ko‘zga ko‘rinmas, olamni aks ettiruvchi, olamni ideal modelini yaratuvchi miyaning funksiyasi sifatida talqin qilingan (materializm).

• Ongning mohiyati masalasi eng qadimiy muammolardan biri ekan, uni anglash jarayonida turli xil javoblar bo‘lganligi tabiiy. Bu savolga eng qadimiy javob diniy va mifologik qarashlar doirasida berilgan. • Ongni diniy tushunish uni ilohiy hodisa, xudo yaratgan mo‘jiza tarzida talqin qilishga asoslanadi. • Ko‘pgina dinlarda inson ongi buyuk ilohiy aqlning mittigina aks etishi, uning namoyon bo‘lish shakli tarzida tavsiflanadi. Inson tanasidagi ruh bizning istak va fikrlarimizning tashuvchisidir. Jon o‘lishi bilan ong ham o‘ladi.