Pedagogik mahoratining asosiy kompanetlarini órganish
P E DAG O G I K M A H O R AT I N I N G A S O S I Y KO M PA N E T L A R I N I Ó R G A N I S H
P E D AG O G I K M A H O R AT Pedagogik faoliyatning mazmuni. Pedagogik faoliyatning asosiy komponentlari. Pedagogik faoliyatning insonparvarlikka yo‘naliganligi. O‘qituvchilik mahorat. Pedagogik faoliyatda qobiliyat. Pedagogik mahoratning mezonlari va prinsiplari.
P E D AG O G I K F AO L I YAT N I N G M A Z M U N I Boshqa barcha faoliyatlar kabi pedagogik faoliyat ham o‘zining xususiyatlari bilan ajralib turuvchi maqsad, vazifa, obyekt, subyektdan va komponetlardan iborat. • Pedagogik faoliyatning maqsadi o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, jamiyat tomonidan belgilanadi, va asosan yosh avlod shaxsini har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan. Ushbu faoliyat, avlodlarning o‘zaro ijtimoiy bog‘liq aloqalarini amalga oshirishga yoshlarni tayyorlash, insonning tabiiy imkoniyatlaridan jamiyat tajribalarini egallashda foydalanishdan iborat
P E D AG O G I K F AO L I YAT N I N G M A Z M U N I • Shunday qilib, pedagogik faoliyatning maqsadi ijtimoiy jihatdan standart tarzda belgilab berilgan bo‘lsada, lekin aniq pedagogik holatda vazifalar nostandart tarzda kelib chiqadi. Demak, o‘qituvchidan aniq holatdan kelib chiqib, maqsadni ko‘ra bilish orqali ijtimoiy xolatga bog‘langan holda ijodiy yondashuvni talab etadi.
P E D AG O G I K F AO L I YAT N I N G M A Z M U N I • O‘qituvchi faoliyati boshqalar faoliyatini boshqarish demakdir. Boshqacha qilib aytganda, o‘qituvchi faoliyati o‘quvchilar faoliyati asosida quriladigan faoliyatdir. Misol uchun olganda, murakkab, ziddiyatli bir holatda pedagog baqirmaslikka, u yoki bu shaxsni ajratib ko‘rsatmaslikka harakat qilishi kerak, balki tarbiyalanuvchilar o‘zlari mazkur sharoitdan to‘g‘ri xulosa chiqarishi uchun imkoniyat bermog‘i lozim (tikilib turishi, jim turishi, keskin gapirishi). Albatta, bunday yechim tarbiyalanuvchilarning yuqori darajada ongliligidan dalolat bermasada, ular tarbiyachi maqsadi sari borganligini bildiradi. Shunday qilib, pedagogik faoliyat maqsadining o‘ziga xos tomoni shundaki, u pedagog va o‘quvchi maqsadi ham bo‘lib qolishi kerak.