logo

Qandli diabet

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

7542.0439453125 KB
Mavzu: Qandli 
diabet   Qandli diabet  (lot. diabetes mellitus, «saxar 
kasalligi») — glyukozaning o’zlashtirilishi buzilishi bilan 
bog’liq bo’lgan va insulin gormonining nisbiy yoki 
mutlaq yetishmovchilgi yuzaga keladigan endokrin 
kasalliklar guruhi. Buning oqibatida giperglikemiya — 
qonda qand miqdorining turg’un oshishi kuzatiladi. 
Kasallik surunkali kechishi, shuningdek uglevod, yog’, 
oqsil, mineral va suv-tuz metabolizmi buzilishi bilan 
xarakterlanadi.   Tavsifi
Qonda glyukoza miqdorining me’yordan oshib ketishi qandli diabetning 
birinchi alomati hisoblanadi. Inson organizmida insulin ishlab chiqarilishi 
uchun me’da osti bezi hujayralari (beta-hujayralar) javobgar. U gormon 
hujayralarga glyukozani o’zlashtirishga yordam beradi. Qandli diabetda 
insulin kam miqdorda ishlab chiqariladi, qonda glyukoza miqdori oshadi. 
Biroq, glyukoza insulinsiz o’lzashtirila olmasligi sababli hujayralarda glyukoza 
yetishmovchiligi kuzatiladi.
Bu metabolik kasallik irsiy yoki orttirilgan bo’lishi mumkin. Insulin 
yetishmasligida terida yiringli va boshqa kasalliklar paydo bo’lishi, tishlar, 
buyrak, asab tizimi shikastlanishi, ateroskleroz, stenokardiya, gipertoniya 
rivojlanishi, ko’rishning buzilishi kabi ikkilamchi patologiyalar kuzatiladi.   Kasalli k  riv ojlani shi ning asosi y  sabablari ga:
Irsiyat.  Albatta, kasallik ta’sir etuvchi omillar 
bo’lmaganda rivojlanmaydi, lekin moyillik yuqori bo’ladi.
Semizlik . Ortiqcha vazn ikkinchi turdagi diabet 
shakillanishiga olib keladi.
Kasalliklar.  Insulin ishlab chiqarish uchun javobgar  β-
hujayralari shikastlanishiga olib keluvchi kasalliklar. 
Ularga pankreatit, me’da osti bezi saratoni, boshqa 
endokrin bezlar kasalliklari kiradi.
Virusli infeksiyalar  — qizamiq, suvchechak, yuqumli 
gepatit va boshqa kasalliklar. Ushbu infektsiyalar diabet 
rivojlanishiga hissa qo’shadi. Ayniqsa, xavf guruhida 
bo’lgan insonlar uchun.
Asabiylashish, stress.  Stress, asabiylashishdan yiroq 
bo’lish tavsiya etiladi.
Yosh.  Yosh ortishi bilan har o’n yilda diabet rivojlanish 
ehtimoli ikki barobarga ortadi.   Bundan tashqari, kasallik rivojlanishiga quyidagi 
omillar ta’sir o’tkazishi mumkin:
Feoxromositoma  — buyrak usti bezi o’simtasi, 
natijada insulinga aks ta’sir etuvchi gormonlar 
ko’p ishlab chiqariladi;
Buyrak usti bezlari giperfaolligi  (giperkortitsizm);
Gipertireoz;
Jigar sirrozi;
Uglevodlarga sezuvchanlik buzilishi;
Vaqtinchalik giperglikemiya  — qonda glyukoza 
miqdorining vaqtinchalik oshishi.
Muammoning eng muhim asosi  to’qima bilan 
insulin o’zaro ta’sirlashuvi buzilishi hisoblanadi. 
Glyukoza organizmga hayotiy jarayonlarni davom 
ettirish uchun asosiy energiya substrati sifatida 
kerak.   Qandli diabet   ota-onadan farzandlarga o’tishi mumkin. Ota-onaning biri 
ushbu xastalik bilan kasallangan bo’lsa, uning nasl surishi ehtimoli 1-tip 
uchun 10%, 2-tip uchun 80% ni tashkil etadi.
Pankreatik yetishmovchilik (1-tip diabet)
Eski nomlanishi insulinga bog’liq diabet. Ko’pincha yoshlar, 40 yoshgacha 
bo’lganlar, ozg’in insonlar aziyat chekadi. Kasallik og’ir kechadi, davolash 
uchun insulin beriladi.
Ushbu tipdagi diabet rivojlanishida dastlabki jarayon — me’da osti be’zi 
endokrin hujayralarining (Langergans orolchalari) massiv buzilishidir. Buning 
oqibatida qonda insulin keskin miqdorda pasayib ketadi.
Diabetni 1-turidan butunlay davolanib bo’lmaydi, lekin ba’zi hollarda bez 
faoliyati me’yorda ushlanib, parhezga amal qilinsa, kasallik ortiqcha bezovta 
qilmaydi. Doimiy ravishda sun’iy insulin qabul qilish talab etiladi.   Ek st rapank reat ik  y et ishmov chilik  (2-t ip diabet )
Eski nomlanishi  — insulinga bog’liq bo’lmagan diabet. Ko’pincha yoshi kattalar, 
semizlikdan aziyat chekadigan (asosiy xavf omili, bemorlarning 80% da tana vaznining 
ortiqchaligi qayd qilinadi), 40 yoshdan oshgan kishilar xastalanadi.
Retseptorlar strukturasi  o’zgarishi yoki soning kamayishi natijasida gormon bilan 
ta’sirlasha olmaydi. Shuningdek ba’zida gormonni o’zining tuzilishi o’zgarishi ham 
mumkin (genetik nuqsonlar).
Semizlikdan tashqari, 2-tip diabetning xavf omillariga quyidagilar kiradi:
Qarili k ;
Chek ish;
Al k ogol  i st e’mol  qi lish;
Art eri al gipert oniy a;
Surunk asiga ort i qcha ov qat lanish;
Kamharak at  hay ot  t arzi .
Diabetning 2-tipiga irsiy moyillik bo’lishi isbotlangan. Bunga gomozigotali egizaklarda 
kasallik mavjud bo’lishining 100% mos kelishi ishora qiladi.
Kasallikni davolashda har doim ham insulin kerak bo’lavermaydi. Faqatgina malakali 
shifokor davolash tartibini belgilay oladi.   Alomat lari
Qandli diabet belgilari  bosqichma-bosqich rivojlanadi va sekinlik 
bilan namoyon bo’la boshlaydi. Asosan qonda glyukoza 
miqdorining yuqori bo’lishi kuzatiladi. Bemorlarda kasallik 
paydo bo’la boshlanganida quyidagi asosiy alomatlar seziladi:
Polidipsiya  — qondirib bo’lmas doimiy chanqoqlik.
Poliuriya  — siydikda erigan glyukoza hisobiga osmotik 
bosimning ortishi natiajasida kunlik peshob ajralishining 
oshishi;.
Polifagiya —  doimiy qondirib bo’lmas ochlik. Modda 
almashinuvi buzilishi oqibatida yuzaga keladi;
Ozib ketish  — ayniqsa diabetning 1-tipi uchun xarakterli. 
Hujayralarning energetik almashinuvida uglevod ishtirok 
etmasligi sababli oqsil va yog’larning faol katabolizmi tufayli 
sodir bo’ladi   Tashxislash
Agar kasallik mavjudligiga shubha bo’lsa uni tasdiqlash yoki inkor qilish kerak bo’ladi. 
Buning uchun bir qator laboratoriya va instrumental diagnostik usullar bor va bu tahlilar 
yordamida kasallikka aniq tashxis qo’yilishi mumkin. Ularga:
Qonda gly uk oza miqdori  — och qolganda glyukoza miqdorini aniqlash;
Gly uk ozaga sezuv chanlik  sinov i  — och holatda va ovqatdan keyin ikki soat o’tib 
qondagi glyukoza miqdorini solishtirish;
Glik emik  k uzat uv   — kun davomida qondagi qand miqdorini bir necha bor tahlil qilish. 
Dav olash samarasini o’rganish uchun qo’llanil adi;
Siy di k da gly uk oza, oqsil, oq qon huj ay ral ari mav judli gini t ek shirish;
Siy di k da at set on mav judli gini t ek shirish;
Qonda glik olizl angan gemogl obi n miqdori ni aniqlash;
Qonning biok imy ov iy  t ahlili ;
Qondagi  endogen i nsuli nni aniqlash;
EKG —  diabet oqibatida miokard ko’rgan zararni aniqlash;
UTT,  kapilyaroskopiya kabilar yordamida qon tomirlar shikastlanish darajasini o’rganish.   Kasallik  darajalari
Kasallikni jiddiyligiga qarab 
tasniflash juda muhim sanaladi. 
Asosan glikemiya darajasiga qarab 
farqlanadi. Darajalanish tashxis 
qo’yishda yordam beradi va 
asoratlarni oldini olishda muhim rol 
o’ynaydi. Tibbiy yozuvlarga qarab 
kasallik qanday kechayotganini, 
asoratlar og’ir-yengilligini bilib, 
farqlash mumkin.   1-daraja
Kasallanish orasida eng yaxshi ko’rsatkich 
hisobanib, har qanday davolash jarayoni 
kasallikni ana shu darajaga tushirishga 
qaratilgan bo’ladi. Qand miqdori insulin bilan 
butunlay qoplanadi, glyukoza darajasi 6-7 mmol / 
l atrofida, glyukozuriya (glyukozani siydik bilan 
ajralishi) uchramaydi, boshqa ko’rsatkichlar ham 
me’yorda bo’ladi.
Kasallik fonida rivojlangan patologiyalar 
uchramaydi, asoratlar kuzatilmaydi. Bunday 
natijaga davolash kursiga to’liq amal qilish va 
parhez tutish yordamida erishiladi.   2-daraja
Bu darajada insulin qand miqdorini 
biroz qoplay olmayotganidan dalolat 
beradi. Ko’zlar, buyraklar, yurak, qon 
tomirlari, oyoqlarda, nerv tolalarida 
shikastlanishlar mavjud bo’ladi.
Qonda glyukoza miqdori biroz oshgan 
va 7-10 mmol / l atrofida bo’ladi, 
glyukozuriya uchramaydi. Boshqa 
ko’rsatkichlar ham biroz me’yordan 
oshgan bo’ladi .   3-daraja
Bu darajada kasallik faol 
rivojlanayotgani va uni dori-darmonlar 
bilan ushlab turib bo’lmasligi 
kuzatiladi. Glyukoza miqdor 3-14 
mmol / l atrofida, glyukozuriya doimiy 
bo’ladi, yuqori proteinuriya kuzatiladi, 
shikastlangan organlar asta-sekin 
belgi berishni boshlaydi.
Ko’rish o’tkirligi tez pasayib ketadi, 
gipertoniya kuzatiladi, oyoqlarda va 
barmoq uchlarida sezuvchanlik 
kamayadi.   4-daraja
Bu darajada mutlaq dekompensatsiya 
kuzatiladi va qilgan muolajalar (agar bo’lsa) 
umuman foyda bermayotganidan dalolat 
beradi. Glyukoza miqdori jiddiy 
raqamlargacha (15-25 mmol / l va undan ko’p) 
ko’tariladi, qand miqdorini tushirishga urinish 
yaxshi samara bermaydi.
Siydik orqali oqsil ajralishi yanada faollashadi. 
Buyraklar yetishmvochiligi yuzaga keladi, 
terida yaralar va gangrena uchrashi mumkin. 
Komaga tushish xavfi o’ta yuqori.   Oldini olish
Afsuski, ko’p holatlarda birinchi turdagi diabetni oldini olish murakkab vazifadir. Chunki uning 
asosiy sabablari irsiy omillar va kichik viruslar sanaladi. Lekin kasallik hammada ham 
rivojlanavermaydi. Olimlar ko’krak suti bilan ko’proq oziqlangan bolalarda qandli diabet 
kamroq uchrashini ta’kidlashadi, ammo bu hali isbotlanmagan.
Ikkinchi turdagi diabetda esa umuman boshqacha holat. Chunki u noto’g’ri ovqatlanish va 
hayot tarzi natijasida shakllanadi, shuning uchun profilaktik chora-tadbirlarni qo’llasa bo’ladi, 
demak:
Tana vaznini normallashtirish;
Qon bosimi va yog’lar almashinuvini nazorat qilish;
Yengil hazm bo’ladigan ovqat iste’mol qilish;
Jismoniy faollikka amal qilish va shu bilan birga haddan ziyod zo’riqishlardan o’zini tiyish.
Va boshqalar.     Foy dalanilgan adabiy ot lar: 
                                                                         
  Biologik kimyo  R.A.Sabirova 2020 
  Ichki kasalliklar propedevtikasi A.Gadayev 2012
  Ichki kasalliklar A.Gadayev ,M.Sh.Karimov 2014
          E`tiboringiz uchun rahmat

Mavzu: Qandli diabet

Qandli diabet (lot. diabetes mellitus, «saxar kasalligi») — glyukozaning o’zlashtirilishi buzilishi bilan bog’liq bo’lgan va insulin gormonining nisbiy yoki mutlaq yetishmovchilgi yuzaga keladigan endokrin kasalliklar guruhi. Buning oqibatida giperglikemiya — qonda qand miqdorining turg’un oshishi kuzatiladi. Kasallik surunkali kechishi, shuningdek uglevod, yog’, oqsil, mineral va suv-tuz metabolizmi buzilishi bilan xarakterlanadi.

Tavsifi Qonda glyukoza miqdorining me’yordan oshib ketishi qandli diabetning birinchi alomati hisoblanadi. Inson organizmida insulin ishlab chiqarilishi uchun me’da osti bezi hujayralari (beta-hujayralar) javobgar. U gormon hujayralarga glyukozani o’zlashtirishga yordam beradi. Qandli diabetda insulin kam miqdorda ishlab chiqariladi, qonda glyukoza miqdori oshadi. Biroq, glyukoza insulinsiz o’lzashtirila olmasligi sababli hujayralarda glyukoza yetishmovchiligi kuzatiladi. Bu metabolik kasallik irsiy yoki orttirilgan bo’lishi mumkin. Insulin yetishmasligida terida yiringli va boshqa kasalliklar paydo bo’lishi, tishlar, buyrak, asab tizimi shikastlanishi, ateroskleroz, stenokardiya, gipertoniya rivojlanishi, ko’rishning buzilishi kabi ikkilamchi patologiyalar kuzatiladi.

Kasalli k riv ojlani shi ning asosi y sabablari ga: Irsiyat. Albatta, kasallik ta’sir etuvchi omillar bo’lmaganda rivojlanmaydi, lekin moyillik yuqori bo’ladi. Semizlik . Ortiqcha vazn ikkinchi turdagi diabet shakillanishiga olib keladi. Kasalliklar. Insulin ishlab chiqarish uchun javobgar β- hujayralari shikastlanishiga olib keluvchi kasalliklar. Ularga pankreatit, me’da osti bezi saratoni, boshqa endokrin bezlar kasalliklari kiradi. Virusli infeksiyalar — qizamiq, suvchechak, yuqumli gepatit va boshqa kasalliklar. Ushbu infektsiyalar diabet rivojlanishiga hissa qo’shadi. Ayniqsa, xavf guruhida bo’lgan insonlar uchun. Asabiylashish, stress. Stress, asabiylashishdan yiroq bo’lish tavsiya etiladi. Yosh. Yosh ortishi bilan har o’n yilda diabet rivojlanish ehtimoli ikki barobarga ortadi.

Bundan tashqari, kasallik rivojlanishiga quyidagi omillar ta’sir o’tkazishi mumkin: Feoxromositoma — buyrak usti bezi o’simtasi, natijada insulinga aks ta’sir etuvchi gormonlar ko’p ishlab chiqariladi; Buyrak usti bezlari giperfaolligi (giperkortitsizm); Gipertireoz; Jigar sirrozi; Uglevodlarga sezuvchanlik buzilishi; Vaqtinchalik giperglikemiya — qonda glyukoza miqdorining vaqtinchalik oshishi. Muammoning eng muhim asosi to’qima bilan insulin o’zaro ta’sirlashuvi buzilishi hisoblanadi. Glyukoza organizmga hayotiy jarayonlarni davom ettirish uchun asosiy energiya substrati sifatida kerak.