QOʻQON XONLIGI MEʼMORCHILIGI
QO QON XONLIGI ME MORCHILIGI ʻ ʼ
Qo qon me morchiligi ʻ ʼ Me’morchilik imoratlarining markazi Qo‘qon shahri bo‘lib, 1842 yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, bu yerda 15 ta madrasa mavjud bo‘lib, eng ko‘zga ko‘ringanlari Hakim to‘ra, Mohlar oyim, Muhammadalixon, Norbo‘tabek, Jomiy, Oliy, Sulton Murodbek, Xo‘ja dodxoh, Ming oyim madarasalari bo‘lgan. Shahar markazi Chorsuda to‘rtta yirik madrasa qad ko‘targan. Ushbu madrasalarning 38 tadan 108 tagacha hujrasi bo‘lgan. Bu davrda Toshkent shahrida ham bir qancha madrasalar barpo etilgan. Jumladan, Umarxon davrida Tinchbof go‘zarida Shukurxon madrasasi, Ko‘kcha dahasida Eshon Bo‘rixo‘ja Sanchiqmoni madrasasi qurilgan.
Xonlikda me’morchilikning rivojlanishi savdo-sotiq munosabatlari bilan bog‘liq bo‘lgan inshootlar qurilishida ham kuzatiladi. Xonlik hududlarida markaziy yo‘llar bo‘ylab rabot va karvonsaroylar faoliyati davom etgan, bozorlar rivojlangan. Jumladan, Toshkentda Chorsu bozori sakkizta ko‘chani birlashtirgan. Bu bozor o‘nga yaqin savdo maydonlari va qirqqa yaqin savdo – hunarmandchilik rastalarini o‘z ichiga olgan. Rastalar ko‘chaning ikki tomoni bo‘ylab joylashgan va ularni ko‘cha o‘rtasini egallagan baland tim birlashtirgan. Tim yog‘och tirkagich va to‘siqlardan tashkil topgan. Bunday bino va inshootlar hukmdorlar, alohida amaldorlar va shaxslar tomonidan qurdirilgan.
1. Xonlik me’morchiligiga yog‘och, temir, pishiq yoki xom g‘isht, yupqa sopol g‘isht, ganch, marmar, xarsang tosh, sog‘ tuproq va ohak asosiy qurilish materiallari bo‘lgan. Temir va yog‘och kam bo‘lganligi bois qurilishda ko‘proq pishiq yoki xom g‘isht, ganch, tosh, loy, somon va ohak ishlatilgan. Binolar poydevoriga xarsangtosh yoki marmartosh yotqizilgan. Qurilishda terak, tol, tut, yong‘oq, qayrag‘och va archa yog‘ochlaridan keng foydalanilgan. Pishiq g‘isht, ganch, yupqa sopol g‘ishtlar maxsus xumdonlarda pishirib tayyorlangan.
Madrasai Oliy (Oliy madrasa) — Qo qonda saqlanib qolmagan 2 qavatli ʻ madrasa. 1859-yilga qadar (1845-yilda yoki 1855—1856-yillarda) o zbek hukmdori Xudoyorxon donatorligida va Musulmonqul mingboshi ʻ boshchiligida Qo qon xonligi poytaxtining Chorsu maydonida, ʻ xonlarning eski o rdasi o rnida, katta bozorda bunyod etilgan. ʻ ʻ Madrasa 150 nafarga yaqin talabalar ilm olishi va bir necha nafar mudarrislar dars berishiga mo ljallangan. 73 (yoki 79ta) hujra va 2 ta ʻ darsxonalardan tashkil topgan katta (yirik madrasa bo lgan. 1891— ʻ 1892-yillarda 251 nafar talaba ilm olgan va ularga 6 nafar mudarris saboq bergan. MADRASAI OLIY