RAQAMLI_BIZNESDA_KRAUDSORSING_VA_KRAUDFANDINGNING_YANGI_IMKONIYATLARI
RAQAMLI BIZNESDA KRAUDSORSING VA KRAUDFANDINGNING YANGI IMKONIYATLARI Reja: 12.1. Raqamli biznesda kraudsorsing va kraudfandingning nazariy- uslubiy asoslari 12.2. Kraudsorsing va kraudfanding kompaniyalarni kapitallashtirish texnologiyasi sifatida 12.3. Kraudsorsing va kraudfandingning yangi imkoniyatlaridan samarali foydalanish
12.1. Biznesda kraudsorsing va kraudfandingning nazariy-uslubiy asoslari Kraudfanding (ingl. crowd fundings crowd – «olomon»; funding - «moliyalashtirish») kompaniyalar kapitallashuvini oshirish innovatsion texnologiyasi hisoblanadi. Kraudfan- ding innovatsion loyihalarni moliya- lashtirish maqsadida ko’ngillilardan ayrim mablag’lari to’plashga qaratiladi. Ushbu samarali texnologiya paydo bo’lishi tufayli biznes nafaqat investitsiya loyihalariga pul mablag’lari jalb qilish, balki ularni ilgari surish imkoniyatiga ham ega bo’ldi. 2016 yil kraudfanding bozori atigi 880 mln dollar deb baholangan, 2015 yil yakunlariga ko’ra sanoatning kapitallashuvi 16 mlrd dollarni tashkil qildi, 2019 yilga kraudfanding bozori bashorat hajmi esa 34 mlrd dollarni tashkil qiladi. Har bir kraudfanding platformasi u yoki bu segmentga: musiqiy, ijodiy, IT, dasturiy ta’minot, ijtimoiy va boshqa loyihalarga ixtisoslashadi. Aksiyadorlik kraudfandingi onlayn-platformalar yordamida korporativ aksiyalar xarid qilishdir. 2012 yil ishga tushirilgan. Makroiqtisodchilar uzoq vaqt hamda katta moddiy va moliyaviy resurslar talab qiladigan sermashaqqat vazifalarni hal qilish maqsadida mamlakatning innovatsion salohiyatini oshirish va jamiyat vakillarida yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirishda kraudsorsing rolini o’rganishlari mumkin. Bunday vazifalar, masalan, inson genomini o’rganish, yangi dori vositalarini ishlab chiqish, individuallashtirilgan tibbiyotga o’tish, shuningdek, "olomonni" ishlarni bepul bajarishga jalb qilish jarayonlari ortida turgan risk va tahdidlarni baholash bo’lishi mumkin. Bugungi kunda ishbilarmonlar kraudsorsing texnologiyalarini nafaqat alohida ahamiyatga ega vazifa bo ’ lgan inson genomini o ’ rganish va dori vositalarini ishlab chiqarish jarayonida , balki ularni bozorda mahsulotni rag ’ batlantirish uchun ham tez - tez ishlatib turishadi . Asosiy maqsad –
kraudsorserslar , ya ’ ni bu mahsulotnii ishlab chiquvchilarning bevosita ishtirokida barqaror talab shakllanishi tufayli yuqori foyda olishdir . Kraudsorsing keng ma’noda bu – kraudsorsing platformasidan foydalangan holda kapital, mehnat va bilim sig’imi katta bo’lgan ijtimoiy ahamiyatga molik vazifalarni hal qilish yoki loyiha/mahsulot/xizmatga qo’shimcha talab shakllantirish hisobiga foyda olish vakt qiymatini qo’shish maqsadida ko’ngilli asosda odamlarni (olomonni) loyiha/mahsulot/ xizmat yaratish, moliyalashtirish, ishlab chiqarish, ilgari surish jarayoniga jalb qilishdir. Kraudsorsing tor ma’noda ishlab chiqarish operatsiyalarining bir qismini dunyoning turli burchaklaridan internetga 24/7 (haftasiga 7 kun 24 soat) qulay vaqt o’ziga yuklangan funksiyalarni bajarish imkoniyatiga ega bo’lgan zamon va makon bo’yicha cheklanmagan «olomonga» (ko’ngilli odamlarga) o’tkazish tufayli sinergetika samarasiga olib keladigan jamoaviy ongdan foydalanishga asoslangan ishlab chiqarishning yangi turi sifatida ko’rib chiqilishi mumkin. Quyidagilar kraudsorsingning muhim va boshqalardan ajratib turadigan jihati hisoblanadi: «olomon» xilma-xilligi ishlarni bajarish uchun nomzodlar tanlashda hech qanday cheklovlar yo’qligi bilan izohlanadi. S h u nuqtai nazardan, «olomon» ishlab chiqarishga ko’ngilli asosda qo’shiladiganlar xilma-xilligi sifatida ko’rib chiqiladi. Milliy belgi professional mahorat va ma’lumot darajasi bo’yicha cheklovlar yo’q. Sinergetik samara qraud-loyihalar qatnashchilarining har xilligi hisobiga ta’minlanadi. «Olomonni» ishga jalb qilish faqat internet- texnologiyalardan foydalanish asosida amalga oshirish mumkin. Kraudsorsing platformasi (kraud-platforma) deganda maxsus ishlab chiqilgan, o’ziniki bo’lgan yoki ijaraga olingan, internet tarmog’i orqali kraudsorserlardan olingan katta hajmdagi ma’lumotlar va moliyaviy vositalarni to’plash, qayta ishlash, saqlash va uzatish mumkin bo’lgan texnologik servisni tushunish lozim. Gap ko’ngilli xayriyalarni to’plash, saqlash va qayta taqsimlash haqida borganda platforma Kraudsorsing hisoblanadi. Kraudsorser - kraudsorsing loyihasida (kraud-loyihada) ko’ngilli ravishda ishtirok etadigan «olomon» vakili bo’lgan kishi. Kraudsorsing mahsuloti deganda
«olomon» yaratgan, ya’ni «kraudsorserlar» mehnatidan foydalangan holda va kraudsorsing platformasi asosida yaratilgan mahsulot tushuniladi. Kraudsorsing mahsuloti sifatida loyiha, mahsulot yoki xizmat namoyon bo’lishi mumkin. Kraudsorsing deb veb-saytda mijozlar taassurotlarini to’plash bo’yicha so’rovnomani joylashtirishdan tortib ishlab chiqarish jarayonining asosiy biznes jarayonlariga ko’ngillilarni kiritishgacha bo’lgan har bir narsa deb atash mumkin, deb hisoblash xato bo’lardi. Ushbu masalaga aniqlik kiritish uchun, har xil kraudsorsing turlarini ko’rib chiqamiz va ularning xususiyatlarini ta’riflaymiz. Internet tarmog’ida kraudsorsing platformasidan foydalangan holda kraudsorserslar tomonidan yaratilgan loyiha, mahsulot va xizmatga qo’shimcha talab shakllantirish va iste’mol qiymati qo’shish hisobiga foyda olish maqsadida ko’ngilli ravishda odamlarni («olomon», kraudsorserlar) loyiha, mahsulot, xizmat yaratish, moliyalashtirish, ishlab chiqarish va ilgari surish jarayoniga jalb qilish tijorat kraudsorsingi. Quyidagilar tijorat kraudsorsingi majburiy belgilari hisoblanadi: odamlar (kraudsorserlar) ishni ko’ngilli asosda bajaradi; kraudsorserlar faolligi Internetda amalga oshiriladi; kraudsorserlar rang-barang «olomon»ni ifodalaydi; kraudsorserlar mahsulot/xizmatga iste’mol qiymati qo’shadi; kraudsorserlar bitta yoki bir nechta jarayonda: loyiha/mahsulot/xizmat yaratish, moliyalashtirish, ishlab chiqarish, ilgari surish, taqsimlashda ishtirok etadi; kraud-loyiha ishlab chiquvchilar tijorat maqsadini – kattaroq foyda olishni ko’zlaydi; kraudsorsing kraudsorserlar ishtirokida yaratilgan loyiha/mahsulot/xizmatni ilgari surish elektron marketing vositasi sifatida namoyon bo’ladi; kraudsorserlar ishtirkoida yaratilgan mahsulot/xizmatga qo’shimcha talab shakllanishi ro’y beradi.
Ijtimoiy (notijorat) kraudsorsing tijorat maqsadlarini ko’zlamasdan, ko’ngilli asosda Internet tarmog’ida kraudsorsing platformasidan foydalangan holda odamlarni («olomon», kraudsorserlar) kapital, mehnat va bilim sig’imi katta bo’lgan (jumladan, ijtimoiy ahamiyatga molik) vazifalarni hal qilishga jalb qilishdir. Ijtimoiy (notijorat) kraudsorsingi belgilari orasida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin: odamlar (kraudsorserlar) ishni ko’ngilli asosda bajaradi; kraudsorserlar faolligi Internetda amalga oshiriladi; kraudsorserlar rang-barang «olomon»ni ifodalaydi; kapital, mehnat va bilim sig’imi katta bo’lgan (jumladan, ijtimoiy ahamiyatga molik) vazifalarni hal qiladi; kraud-loyiha ishlab chiquvichlar tijorat maqsadlarini ko’zlamaydi. Masalan, mamlakat aholisi o’rtasida so’rov o’tkazish, «Faol fuqaro» kraudsorsing maydonchasi. Ta’kidlash joizki, volonterlikni ijtimoiy kraudsorsing qatoriga volonterlar internet tarmog’i imkoniyatlaridan foydalangan holda ishlarni bajarishi shartida qo’shish mumkin. 12.2. Kraudsorsing vakraudfanding kompaniyalarni kapitallashtirish texnologiyasi sifatida Innovatsiyalar kraudsorsingi tijorat va notidorat kraudsorsingi xususiy holati hisoblanadi. Innovatsiyalar kraudsorsingi - ko’ngilli asosda internet tarmog’ida kraudsorsing platformasidan foydalangan holda odamlarni («olomon», kraudsorserlar) innovatsion g’oya/echim/loyiha/mahsulot/xizmat topish jarayoniga jalb qilishdir. Amaliyotchilar tobora ko’proq «ochiq innovatsiyalar» atamasidan foydalanmoqda, buni innovatsiyalar kraudsorsingi yakuniy mahsuloti sifatida ko’rib chiqish mumkin. Quyidagilar innovatsiyalar kraudsorsingining majburiy belgilari