said ahmad “oftob oyim”

Загружено в:

05.03.2025

Скачано:

0

Размер:

92.9 KB
MAVZU: 
SAID AHMAD 
“ OFTOB OYIM”   ◦
« Oft ob oy im»  – v at anga sadoqat  haqida hay ot iy  hik oy a
◦
« Vat anni sev moqni, y urt  ot asiga sadoqat ni y aponlardan o‘rganish k erak » , 
– degandi t aniqli ijodk or Maqsud Shay xzoda. Bu gap t asdig‘ini Said 
Ahmadning « Oft ob oy im»  hik oy asi orqali t opish mumk in. 
◦
Bu hikoya adibning surgunda kechgan hayoti lager-qamoqxonada ko‘rgan-
kechirganlari jamlangan «Qorako‘z majnun» nomli to‘plamdan o‘rin olgan. 
Hikoyada yaponlar va ularning vatani oldidagi burchiga naqadar sodiqligi bayon 
etiladi. ◦
Said  Ahmadning  rassomlik  qobiliyati  bo‘lgani  uchun  uni  chizishga  oid  yumushlarga  mas’ul 
qilib  qo‘yishadi.  Unga  yordamchi  qilib  esa  Dyun  ismli  yapon  yigitini  tayinlashadi.  Dyunning 
yurak o‘ynoqi kasali borligi uchun ham osonroq ishga jalb qilishgandi. Shu kunlarda lagerdagi 
yaponlar  tez-tez  to‘planadigan,  odatdagidan  ko‘ra  xursand  yuradigan  bo‘lib  qolishgandi.  Said 
Ahmad  buning  sababini  sherigidan  so‘raganida,  Dyun  yaqinda  yaponlar  yurtiga  qaytarilishini 
aytadi.
◦
Ammo yozuvchini yana bir jumboq qiynardi. Kirxonada ishlovchi Sudze ismli yigit bor edi. U 
ham  yapon  edi-yu,  ammo  hech  yaponlarga  qo‘shilmasdi.  Ko‘rinishi  ham  barvasta,  baquvvat, 
qoshlari  qaldirg‘och  qanotidek  chiroyli  edi.  Har  tong  quyosh  chiqishini  kirxona  tomida  kutib 
olar, o‘z tilida bir nimalar deb, quyoshga tavallolar qilar edi. Odatdagi tez-tez to‘planishlarning 
unga ahamiyati yo‘qdek edi. ◦
Qiziqish ustunlik qilib bir kuni Said Ahmad Dyundan Sudze haqida so‘raydi. Ayon 
bo‘lishicha, Sudze geysha ayolning Portugaliya matroslaridan orttirgan bolasi ekan. Shuning 
uchun mushaklari baquvvat, gavdali yigit emish. Aslida yapon geyshalari oddiy suyuqoyoq 
ayollar emas, balki bilimli, o‘qimishli, shirinso‘z, har sohadan xabardor go‘zallar edi. Ular 
butun vujudi bilan vatani Yaponiyaga xizmat qilar, yurti manfaatlarini har qanday narsadan 
ustun qo‘yardi. 
◦
Sudze o‘smirlik chog‘idanoq imperator saroyida tarbiya topdi. Eng yaxshi kiyimlarni kiyib, 
eng yaxshi narsalarni yeb ulg‘aydi. U kamikadzelik uchun yetishtirilayotgandi. Kamikadze esa 
dushman hududiga samolyotda bomba bilan yuboriladigan va o‘sha bombaga qo‘shilib portlab 
ketishi lozim bo‘lgan odam edi. Sudze esa bundan bo‘yin tovlaydi.  ◦
Yaponiyada  odat  shunday  ekanki,  o‘z  burchidan  yuz  o‘girganlar  urilmas-so‘kilmas,  bo‘yniga 
g‘ildirak  osib  qo‘yilarkan.  Ikki  qo‘lini  ham  qo‘shib  bog‘lanarkan.  Bu  g‘ildirak  uni  na  yotish, 
na biror narsa yeb-ichish, na eshikka sig‘ib, biror uyga kirishga yo‘l qo‘yar ekan. 
◦
Sudzening  onasini  hamma  Oftob  oyim  deb  chaqirardi.  U  o‘z  vaqtida  Parijda  o‘tkazilgan 
go‘zallar  tanlovida  g‘olib  bo‘lgan,  mamlakatiga  shon-shuhrat  olib  kelgan,  o‘zi  ham Yaponiya 
faxriga  aylangandi.  O‘g‘lining  bu  qilig‘i  unga  qattiq  ta’sir  qildi.  Sudze  bir  necha  bor  uyga 
kelganda  kirgazmadi.  Hammasidan  charchagan,  qilmishidan  pushaymon  bo‘lgan  yigit  o‘zini 
dengizga  cho‘ktirmoqchi  bo‘ladi.  O‘lishiga  bir  bahya  qolgan  chog‘da  rus  matroslari  qutqarib 
oladi va shu lagerga kelib qoladi. Ammo bu yerda ham uni yaponlar o‘z safiga qo‘shmaydi. ◦
Dyun o‘z tarixini ham aytib beradi. U samuray ekan. Samuray esa asir tushmasligi lozim 
emish. Ammo u o‘zini chavaqlashga ulgurmay qoladi. Shu sababdan ham vatanidan qon qarz 
ekanini aytadi. 
◦
Tez orada chindan ham yaponlar ketadigan bo‘ldi. Barcha yaponlar to‘planib turisharkan 
kirxona tomidan hayqiriq va bo‘kirik ovoz eshitiladi: «Kechir meni, Yaponiyam. Mening 
vatanim Japon, Japon!» Bu Sudzening ovozi edi. U shunday deya o‘kirgancha o‘zini 
chavaqlab tashladi. Hamma yaponlar yurtiga qaytarilib, faqat Sudze qolayotgani uning sabr 
kosasini to‘ldirgan edi...
◦
Oradan 50 yil o‘tgach adib Amerikaga boradi va u yerda lagerda birga bo‘lgan yapon 
sheriklaridan birini uchratib qoladi. Undan Dyun vataniga oyoq qo‘ygan zahoti tuproq o‘pib 
jon berganini eshitadi... ◦
Shu qisqagina hikoya yurakni larzaga solib, yaponlar haqida tasavvurlarimizni ancha 
kengaytiradi. Beixtiyor ularning jondan aziz deb bilgan vataniga muhabbati, sadoqati bilan 
o‘zimizning vatanimizga bo‘lgan hislarimizni taqqoslab ko‘ramiz...
◦
Ular qanday qilib bu darajada vataniga muhabbatini oshirolgan? Farzandlarini halol, oqil va 
yurtga fidoyi qilib tarbiyalagan? Korrupsiya, davlat boyliklarini o‘zlashtirish, aldash, amalini 
suiiste’mol qilish, vatan mulklarini sotib yuborish singari illatlarning qanday qilib oldini 
ololdi?
◦
Hammasi oddiy va bajarish murakkab bo‘lgan narsadir. Barchasi ongdan boshlanadi. Ular 
farzandlari ongiga Yaponiya o‘zlarining uyi ekani, fuqarolar esa oila a’zolariligini 
tushuntirishdi. Odam o‘z uyida o‘g‘irlik qilmaganidek, vatanining mulklarini ham 
o‘marmasligi lozimligi, uning manfaati uchun ter to‘kishi kerakligi uqtirilgan. 
◦
Eng asosiysi, uqtirganlarning o‘zlari bolalarga o‘rnak bo‘la olgan. Natijada bolalar vatanga 
xoinlik qilish, uning boyliklariga tajovuz etishni tasavvurlariga ham sig‘dirolmaydigan holatda 
ulg‘aygan. ◦
Samuraylik yaponlar uchun sharafli vazifa sanaladi. Ular vatan uchun eng shirin va aziz 
narsasi – jonini fido qilishga hamisha shay turadi. O‘zlarining qoni-yu joni faqatgina 
Yaponiyalariga tegishli deb hisoblaydi. Shu sababdan ham Dyun joni begona yerlarda, 
asirlikda sharafsiz holatda chiqishidan qattiq qo‘rqardi.
◦
Sudzeda uchragan holat, ya’ni mas’uliyatdan bosh tortish, sharafli yo‘ldan qaytish hodisasi 
kamdan kam kuzatilardi. Sudzening qonida portugaliyalik matrosningda qoni oqayotgandi. Bu 
qonga yaponlarnikichalik vatanga sadoqat xislati singmagandi. Balki shu sababdan ham Sudze 
bir lahzaga burchidan tonishga jur’at etgandir. 
◦
Lekin alaloqibat baribir Oftob oyimdan o‘tgan vatanga muhabbat tuyg‘usi g‘olib keldi. Yigit 
«Yaponiya» deya jon berdi.
◦
Oftob oyimning o‘zi yapon ayollarining aksi edi. Uning jasorati, donoligi, mardligi har qancha 
ulug‘lashga arziydi. Ona uchun bolaning naqadar azizligi barchaga ayon. Ammo mana shu 
aziz insonining qilmishiga ko‘z yumolmadi. Vataniga bo‘lgan muhabbat-u sadoqati bolasiga 
bo‘lgan mehrdan ustunroq keldi. Jigarbandi eshigiga chor-nochor kelib tursa-da, ichkariga 
kiritmadi. Ammo o‘zi ibodatxonaga borib, rohibalikka bel bog‘ladi. Dunyo ishidan qo‘lini 
yuvdi. Uning qalbida ham onalik, ham yurtiga farzandlik tuyg‘ulari tug‘yon qilardi... ◦
Tuyg‘ularning eng injasi, eng qadrlisi va eng azizi sadoqatdir. Agar bu sadoqat yurtga bo‘lsa, yanayam a’lo. 
Chunki vataniga sadoqatli va muhabbatli inson faqat va faqat yurtining ravnaqi-yu rivojini istaydi. Uning 
taraqqiyoti yo‘lida yelib-yuguradi. Jamiyat rivoji uchun hissa qo‘shishga urinadi. Endi tasavvur qiling, hamma 
fuqaro shunday bo‘lsa-chi? U davlat dunyoning yetakchi mamlakatlaridan biriga aylanmaydimi? Qisqa muddatda 
katta sur’atlar bilan taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tmaydimi?
◦
Kuch birlikda. Har bir fuqaro o‘z zimmasidagi burchni mas’uliyat bilan bajarsa, ota-onalar farzandlarining ongiga 
vatanga, uning aqalli bir ko‘chada yotgan toshchasiga-da xiyonat qilmaslikni singdirsa, avvalo, o‘zi o‘rnak bo‘lib 
bersa, biz ham Yaponiyaning darajasiga erishishimiz mumkin bo‘ladi.

MAVZU: SAID AHMAD “ OFTOB OYIM”

◦ « Oft ob oy im» – v at anga sadoqat haqida hay ot iy hik oy a ◦ « Vat anni sev moqni, y urt ot asiga sadoqat ni y aponlardan o‘rganish k erak » , – degandi t aniqli ijodk or Maqsud Shay xzoda. Bu gap t asdig‘ini Said Ahmadning « Oft ob oy im» hik oy asi orqali t opish mumk in.  ◦ Bu hikoya adibning surgunda kechgan hayoti lager-qamoqxonada ko‘rgan- kechirganlari jamlangan «Qorako‘z majnun» nomli to‘plamdan o‘rin olgan. Hikoyada yaponlar va ularning vatani oldidagi burchiga naqadar sodiqligi bayon etiladi.

◦ Said Ahmadning rassomlik qobiliyati bo‘lgani uchun uni chizishga oid yumushlarga mas’ul qilib qo‘yishadi. Unga yordamchi qilib esa Dyun ismli yapon yigitini tayinlashadi. Dyunning yurak o‘ynoqi kasali borligi uchun ham osonroq ishga jalb qilishgandi. Shu kunlarda lagerdagi yaponlar tez-tez to‘planadigan, odatdagidan ko‘ra xursand yuradigan bo‘lib qolishgandi. Said Ahmad buning sababini sherigidan so‘raganida, Dyun yaqinda yaponlar yurtiga qaytarilishini aytadi. ◦ Ammo yozuvchini yana bir jumboq qiynardi. Kirxonada ishlovchi Sudze ismli yigit bor edi. U ham yapon edi-yu, ammo hech yaponlarga qo‘shilmasdi. Ko‘rinishi ham barvasta, baquvvat, qoshlari qaldirg‘och qanotidek chiroyli edi. Har tong quyosh chiqishini kirxona tomida kutib olar, o‘z tilida bir nimalar deb, quyoshga tavallolar qilar edi. Odatdagi tez-tez to‘planishlarning unga ahamiyati yo‘qdek edi.

◦ Qiziqish ustunlik qilib bir kuni Said Ahmad Dyundan Sudze haqida so‘raydi. Ayon bo‘lishicha, Sudze geysha ayolning Portugaliya matroslaridan orttirgan bolasi ekan. Shuning uchun mushaklari baquvvat, gavdali yigit emish. Aslida yapon geyshalari oddiy suyuqoyoq ayollar emas, balki bilimli, o‘qimishli, shirinso‘z, har sohadan xabardor go‘zallar edi. Ular butun vujudi bilan vatani Yaponiyaga xizmat qilar, yurti manfaatlarini har qanday narsadan ustun qo‘yardi. ◦ Sudze o‘smirlik chog‘idanoq imperator saroyida tarbiya topdi. Eng yaxshi kiyimlarni kiyib, eng yaxshi narsalarni yeb ulg‘aydi. U kamikadzelik uchun yetishtirilayotgandi. Kamikadze esa dushman hududiga samolyotda bomba bilan yuboriladigan va o‘sha bombaga qo‘shilib portlab ketishi lozim bo‘lgan odam edi. Sudze esa bundan bo‘yin tovlaydi.

Загрузите документ, чтобы увидеть его полностью.