Sud notiqligi
Mavzu: Sud notiqligi.
Reja: 1. Sud notiqligi haqida tushuncha. 2. Sud notiqligi tarixidan. 3. Chet mamlakatlarda sud notiqligi.
G.Z.Apresyan “ Notiqlik san’ati ” kitobida notiqlikning olti turini keltirgan: ijtimoiy-siyosiy notiqlik, akademik notiqlik, sud notiqligi, ijtimoiy-maishiy notiqlik, diniy notiqlik. Ular yana o‘z navbatida quyidagilarga bo‘lingan:
Ijtimoiy-siyosiy notiqlik: ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy mavzulardagi ma’ruzalar, konferensiya, syezd kabi yig‘ilishlardagi hisobot ma’ruzalari, siyosiy nutq, diplomatik nutq, siyosiy sharh, harbiy-vatanparvarlik nutqi, miting nutqi, tashviqot nutqi; -akademik notiqlik: oliy ta‘limdagi ssiklik va epizodik ma‘ruzalar, ilmiy ma‘ruza, ilmiy sharh, ilmiy axborot; -sud notiqligi: prokuror yoki qoralov nutqi, ijtimoiy-ayblov nutqi, advokat yoki himoya nutqi, ijtimoiy-himoya nutqi, ayblanuvchining o‘zini himoya qiluvchi nutqi; -ijtimoiy-maishiy notiqlik: yubiley yoki maqtov nutqi, stol atrofidagi nutq yoki tost, motam nutqi. -diniy notiqlik: va’z, amru ma’ruf, cherkov nutqi.