SUYAKLARNING O‘ZARO BIRIKISHI Va boylamlari haqida
Mavzu: SUYAKLARNING O‘ZARO BIRIKISHI Va boylamlari haqida .
Reja si : Suyaklarning o‘zaro birikishi ahamiyati. Suyaklarning o‘zaro birikishi klassifikatsiyasi. Sindesmologiyada diartrozlarning ahamiyati. Suyaklarning o‘zaro birikishida sinartrozlarning ahamiyati. Sinxondrozlarning ahamiyati. Suyaklarning o‘zaro birikishi filogenezi. Umurtqalarning o‘zaro birikishi. Ko‘krak qafasi suyalari o‘zaro birikishi. Yelka kamari suyalari o‘zaro birikishi.
Suyaklarning birlashish turlari
Bo‘g‘imni xosil kiluvchi asosiy elementlar
Suyaklar — odam va umurtqali hayvonlar skeletining asosiy qismi. Suyak toʻqimasi biriktiruvchi toʻqimaning bir xili. Suyak boʻgʻimlar, boylamlar, muskullar va oʻziga birikkan paylar bilan birga tayanchharakat apparatini hosil qiladi. Suyak hujayralar (osteotsitlar, osteoklastlar) va hujayralar oraligʻi mineral moddalardan tarkib topgan. Osteotsitlar hujayralar oraligʻi moddasi bilan oʻralgan; oʻsimtalar yordamida oʻzaro tutashgan; suyak toʻqimasida moddalar (oqsil, suv, ion) almashinuvini, osteoblastlar esa suyaklar hosil boʻlishini, ularning soʻrilish (rezorbsiya) jarayonini taʼminlaydi. Osteoblastlar va osteoklastlarning birgalikda taʼsiri suyak ning oʻsishi va funksional zoʻriqishi oʻzgarishining asosini tashkil etadi.