logo

Tabiiy resurslar va ulardan oqilona foydalanish

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

3562.6953125 KB
Tabiiy  resurslar v a ulardan oqilona 
foy dalanish
Reja:
1. Tabiiy  sharoit  va «Tabiiy  re surs»  t ushunchalarining mazmuni va 
mohiy at i.
2. O’zbe k ist on Re spublik asining iqt isodiy  - ge ografi k  o’rni hamda t abiiy  
sharoit ining bahosi.
3. Mamlak at da mavjud mine ral re surslar, ularning ge ografi y asi, 
ahamiy at i, zax iralari
4. Tabiiy  re surslarning t asnifi  va ulardan oqilona f oy dalanish y o’llari.                                                                                          «Tabiiy  sharoit»  va  «Tabiiy  resurs»  keng 
qo’llaniladigan tushunchalar qatoriga kiradi.
« Tabiiy  sharoit »  -  biron  bir  ob’ektga  aloqador 
bo’lgan  tabiatning  barcha  jihatlarini  o’ziga  qamrab 
olgan  bo’lib,  juda  keng  ma’noga  ega  tushuncha. 
Mantiqiy  yondashuv  sharoit  nimaga  taalluqli 
ekanligini  aniq  ko’rsatilishini,  ya’ni  «sanoatni 
rivojlantirishning  tabiiy  sharoiti»,  «dehqonchilikni 
rivojlantirishning  tabiiy  sharoiti»,  «temir  yo’l 
qurilishining  tabiiy  sharo i ti»,  «inson  hayotiy 
faoliyatining  tabiiy  sharoiti»  va  h.k.  tarzda  ifodalashni 
talab qiladi.                                              Demak,  «tabiiy  sharoit»  tushunchasini  insonni 
qandaydir  faoliyati  bilan  uzviy  bog’liq  holda 
tahlil etish maqsadga muvofiqdir.
«Tabiiy  resurslar»  tushunchasi  «tabiiy  sharoit» 
tushunchasiga  nisbatan tor  ma’noga  ega  bo’lib, u 
tabiat  bilan  inson  faoliyati  o’rtasidagi  aloqani 
bevosita ifodalaydi.  Resurs  so’zi  fransuzch  so’z 
  bo’lib    <<yashash    vositasi>>  degan    ma’noni   
bildiradi.  Tabiiy    jismlar    va    kishilar   
foydalanadigan    energiya    turlari    resurslar   
deyiladi.                                             «Tabiiy  sharoit»  va  «tabiiy  resurslar»  tushunchalari 
iqtisodiy  kategoriyalardir.  Shu  bilan  birga  tabiatning 
moddiy  elementlari  bo’lgan  «tabiiy  sharoit»  va  «tabiiy 
resurslar»ning  shakllanishi,  o’zgarishi  va  joylashishi 
tabiat  taraqqiyotining  ob’ektiv  qonuniyatlari  asosida 
amalga oshadi. 
Inson  hayoti  va  faoliyatida  juda  muhim  ahamiyat 
kasb  etuvchi  tabiat  elementlari  ikki  asosiy  guruhga: 
moddiy  ishlab  chiqarish  jarayonida  bevosita  ishtirok 
etuvchi  (tabiiy  resurslar)  va  qolgan  barcha  (tabiiy 
sharoit)  elementlarga  bo’linadi.  Aniqroq  qilb  aytganda, 
«tabiiy sharoit»ga tabiatning barcha elementlari kiradi.                                              Tabiiy  resurslar   esa  tabiiy  sharoitning  bir  turi 
sifatida  namoyon  bo’ladi.  Demak,  «tabiiy  sharoit» 
inson  hayoti  va  faoliyatini  belgilab  beruvchi,  lekin 
ishlab  chiqarishda  bevosita  ishtirok  etmaydigan 
tabiat  elementlaridir.  Tabiiy  sharoit  va  moddiy 
resurslar  majmuasi  jamiyat  taraqqiyotining  tabiiy-
moddiy  omillari  hisoblanadi.   Tabiiy    resurslardan   
oqilona    foydalanish    va    ularni    muhofaza    qilish 
uchun klassifikatsiya  qilish  zarur.                                                                                           O’zbekiston 
Respublikasining iqtisodiy 
- geografik o’rni hamda 
tabiiy sharoitining bahosi
O’zbekiston  Respublikasi   -  qulay  iqtisodiy 
geografik  o’ringa  ega  bo’lgan  mamlakatlardan  biri.  U 
O’rta  Osiyoning  Markaziy  qismida,  Amudaryo  va 
Sirdaryo  kabi  yirik  daryolar  oralig’ida  joylashgan. 
Mamlakat  hududi  G’arbdan  Sharqqa  deyarli  1,5  ming 
km.ga,  Shimoldan  Janubga  esa  1,0  ming  km.ga 
cho’zilgan.  Hududining  kattaligi  jihatidan  O’zbekiston 
qator  Yevropa  davlatlari  Buyuk  Britaniya,  Daniya, 
Shveytsariya,  Avstriya  birgalikda  olgan  maydonidan 
ham  oldinda  turadi,  hamda  jahon  mamlakatlari  ichida 
53-o’rinni egallaydi.                                             Respublika  Shimoli-g’arbda  Qozog’iston,  Sharq 
va Janubi-Sharqda Qirg’iziston va Tojikiston, g’arbda 
-  Turkmaniston,  Janubda  -  Afg’oniston  bilan 
chegaradosh. 
Umumiy  chegarasining  uzunligi  -  6221  km.  Shu 
jumladan,  Qozog’iston  bilan  -  2203  km,  Qirg’iziston 
bilan  -  1999  km,  Tojikiston  bilan  -  1161  km, 
Turkmaniston  bilan  -  1621  km  va  Afg’oniston  bilan 
137 kmni tashkil etadi.                                                                                           O’zbekiston  Respublikasida  mavjud  tekislik  va  tog’ 
relefi  o’ziga  xos  ravishda  birlashib  ketgan.  Tekisliklar 
respublikaning  Janubi  –  G’ arbiy  va  Shimoli- G’ arbiy 
qismlarida  joylashgan  va  Ustyurt  platosi,  Amudaryo 
deltasi  tekisliklari  hamda  Qizilqumdan  iborat. 
Qizilqumning  janubiy  chekkalari,  aniqrog’i  Sandiqli 
qumlari,  Qarshi  dashti  va  Mirzacho’lning  sharqiy qismi 
tekislikni  asta-sekin  tog’oldiga  o’tish  zonalarini  tashkil 
etadi.
Respublika  hududining  uchdan  bir  qismini  tashkil 
etuvchi  tog’  va  tog’oldi  zonalari  mamlakatning  sharqi 
va janubi-sharqida joylashgan.                                                                                           .  Respublika  tabiiy  sharoitlarining  o’ziga  xos 
xususiyati  -  yuqori  darajada  seysmikligi  bilan  ajralib 
turadi.  Seysmiklik  8  dan  9  ballgacha  yetadi.  Juda  katta 
vayronagarchiliklar  keltirgan  zilzilalar  qatoriga 
Farg’ona  (1823  yil),  Andijon  (1889-1902  yillar), 
shuningdek  Toshkent  (1868  va  1966  yillar)  zilzilasi 
kiritiladi.
O’zbekiston - serquyosh respublika. Quyoshning 
nur sochish soati yiliga mamlakat shimolida 2700 
soatdan - 2980 soatgacha, janubida 2800 - 3130 
soatgacha o’zgarib turadi. Taqqoslash uchun shuni 
aytish lozimki, G’arbiy Yevropa mamlakatlarida bu 
ko’rsatkich O’rta Osiyoga   xos ko’rsatkichning   70-
8 0 %ni    tashkil etadi, xolos .                                             O’zbekiston  iqlimi  keskin  kontinental.  U  kunduzgi 
va  kech g i,  yozgi  va  qishki  haroratlarining  keskin 
tebranishida  ko’rinadi.  Respublika  tabiatining  o’ziga 
xos  xususiyatlari  yana  uning  qurg’oqchilligi,  atmosfera 
yog’inlarining  kamligi,  yozda  havo  nisbiy  namligining 
pastligi,  kam  bulutliligi  va  shu  bilan  bog’liq  ravishda 
ko’p  vaqt  davomida  quyoshning  nur  sochib  turishida 
o’z  ifodasini  topadi.  Yoz  oylarida  kun  uzoqligi  18-19 
soatdan, qishda 9 soatdan kam bo’lmaydi.
Respublikada  eng  sovuq  oy  -  yanvar,  shimolda  bu 
vaqtda  harorat 8 daraja sovuq, janubdagi Termiz shahri 
atroflarida esa o’rtacha 2,8 daraja iliq bo’ladi.                                              Qishda  haroratning  mutlaq  minimumi    minus  35-38 
darajaga  boradi.  1993-1994  yillarda  qish  qorli  va  sovuq 
bo’lgan.  Masalan,  1994  yil  fevralda  Ustyurtda  harorat 
33-35  gradusgacha  sovuq  bo’lgan.  O’zbekistonning  eng 
shimoliy  chekkasida  qish  5  oy,  vodiylarda  esa  1,5-2  oy 
davom  etadi.  Yozning  eng  issiq  oyi  -  iyul,  tog’li 
rayonlarda  iyul-avgust.  Bu  davrda  o’rtacha  harorat 
tekislik  va  tog’oldi  hududlarida  25-30  darajadan, 
janubda  (Termiz,  Sherobod)  31-32  darajagacha  etadi. 
Yo zgi  mutlaq  maksimal  harorat  Sur x ondaryo 
viloyatining  Termiz  shahrida  qayd  etilgan,  issiq  49,6 
darajaga  y etgan  (21  iyul  1914  yil).  Shuni  ta’kidlash 
lozimki,  O’zbekistonning  barcha  hududlarida 
haroratning yuqori bo’lishi oddiy holatdir.                                             Respublikaning  cho’l  zonalarida  havo 
harorati  issiq  oylarda  70  darajaga  y etishi 
mumkin.  Quyosh  energiyasining  katta 
miqdori  va  yozgi  haroratning  yuqori 
darajasi  bu  yerda  issiqsevar  o’simliklar 
paxta,  kanop,  uzum,  anjir  va  boshqa 
o’simliklarni o’stirishga imkon beradi.                                                                                          O’zbekiston, O’rta Osiyoning boshqa davlatlari 
qatori faqatgina uning yillik emas, balki alohida 
oylari ham maksimal bug’lanish xos bo’lgan 
rayonlarga kiradi. Bu yerda yog’in miqdori kam 
bo’lib, u Respublika hududi bo’ylab notekis 
taqsimlangan. Qator hududlarda yillik yog’in 
miqdori 200-300 mmdan oshmaydi. Eng kam 
yog’in yog’adigan yerlar Amudaryo etaklari va 
cho’l zonalaridir. Bu yerda yiliga 10 mm yog’in 
yog’adi. Cho’llardan sharq va janubi-sharqqa tomon 
yog’in miqdori ortib boradi, avvaliga sekin-asta, 
so’ngra tog’ rayonlariga yaqinlashgan sari keskin 
ko’tarila boshlaydi va 900-950 mmga yetadi .                                              Eng  kam  yog’in  ayniqsa,  vegetatsiya  davriga 
to’g’ri  keladi.  Iyuldan  sentyabr  oyigacha  yog’in 
deyarli  yog’maydi.  Bu  oylarda  yillik  yog’in 
miqdorining  1-6  foizi  tushadi.  yog’in  miqdorining 
asosiy  qismi  -  yillik  yog’inning  30  dan  50  foizi  - 
bahor  va  25-40  foizi  -  qish  oylariga  to’g’ri  keladi. 
Kuz  oylarida  esa  yillik  yog’inning  10  dan  20 
foizigacha yog’adi.
Suv  resurslari.   Respublika  uchun  hayotiy 
muhim  bo’lgan  narsa  -  bu  suv  resurslaridir.  Yer 
yuzasi  suvlari  respublika  hududi  bo’ylab  notekis 
taqsimlangan. O’zbekiston hududining uchdan ikki 
qismini egallagan keng tekisliklarda suv manbalari 
juda kam.                                              O’zbekiston  sharqidagi  tog’  rayonlari  esa  juda  zich 
daryo  tarmoqlari  bilan  qamrab  olingan.  Suv 
manbalarining  bunday  notekis  taqsimlanganligi, 
O’zbekistonning  iqlim  va  geografik  xususiyatlari  bilan 
belgilanadi. 
Suv  oqimi  shakllanuvchi  asosiy  rayonlar  bu  tog’li 
zonalardir,  chunki  ularga  ko’p  yog’in  tushadi, 
bug’lanish  esa  nisbatan  kamroq.  O’zbekiston 
daryolarining  suv  manbai  -  asosan  qor  va  muzlik 
suvlaridir.  O’zbekistonning,  shuningdek  O’rta 
Osiyoning  eng  yirik  daryolari  -  Amudaryo  va 
Sirdaryodir. Amudaryoning umumiy uzunligi 1437 km, 
Sirdaryoniki - 2137 km.                                              Har  ikki  daryo  va  ularning  irmoqlari 
O’zbekiston  tashqarisidan  boshlanadi. 
Amudaryo  Panj  va  Vaxsh  daryolari, 
Sirdaryo  -  Norin  va  Qashqadaryoning 
qo’shilishidan  tarkib  topadi.  Uzunligi 
bo’yicha  Sirdaryo  Amudaryodan  oshsada, 
sersuvligi jihatidan unga yetmaydi.                                              O’rta  Osiyodagi  yirik  daryolar  ikki  daryo  havzasi: 
Sirdaryo  va  Amudaryoni  tashkil  etadi.  Sirdaryo 
havzasiga  -  Norin,  Qoradaryo,  Chirchiq,  Ohangaron, 
So’x,  Isfara,  Oqbura,  Isfayramsoy,  Shohimardon, 
Gavasoy va Kosonsoy, Amudaryo xavzasiga Zarafshon, 
Qashqadaryo,  Sur x ondaryo,  To’polandaryo,  Sherobod 
daryolari kiradi. Amudaryoning ham, Sirdaryoning ham 
irmoqlari  asosan  respublika  hududini  o’rta  va  quyi 
oqimlarid a  kesib o’tadilar.                                             www.arxiv.uz                                              O’zbekiston  Respublikasi  hududida  Amudaryo 
suvi  qishloq  xo’jalik  yerlarini  sug’orishga  asosan 
Xorazm  vohasi  va  Qoraqalpog’istonda  sarflanadi. 
Bu daryo suvining katta qismi kanal orqali Buxoro 
va  Qashqadaryo  vohalaridagi  yerlarni  sug’orishga 
sarflanadi.  Dehqonchilik  asosan  sun’iy  sug’orish 
orqali  amalga  oshiriladigan  O’zbekiston 
Respublikasida  daryolar  va  suv  havzalarining 
ahamiyati  mavjud  vohalarni  saqlashdagina  emas, 
balki  yangi  yerlarni  o’zlashtirish  va  sug’orishda 
ham nihoyatda kattadir.                                              Bu  xususiyatni  hisobga  olgan  holda 
qadimdanoq  odamlar  turli  miqyosdagi  kanallar 
qurganlar.  Bugungi  kunda  bunday  kanallarni 
bunyod  etish  sur’ati  va  miqyosi  qisqardi. 
Kanallar  nafaqat  sug’orish  maqsadlari,  balki 
gidroelektr  stansiyalarini  barpo  qilish  uchun 
ham  muhimdir.  Bunday  kanallar  qatoriga 
Narpay,  Janubiy  Farg’ona,  Shimoliy  Farg’ona, 
Katta  Farg’ona,  Eskiangor, Amu-Buxoro,  katta 
Namangan va boshqalarni kiritish mumkin.                                              www.arxiv.uz                                              Respublika  hududida  ko’llar  kam.  Ulardan 
eng  yirigi  -  Orol  dengizidir.  Uning  maydoni 
katta  bo’lganligi  sababli,  dengiz  deyiladi. 
Yana  boshqa  yirik  ko’llar  Sudoche  va 
Arnasoydir.  So’nggi  30  yil  ichida  Orol 
dengizi  sathi  12-14  metrga  pasaydi,  Qirg’oq 
o’nlab-yuzlab  km  ichkariga  kirib  ketdi. 
Uning  suv  yuzasi  taxminan  besh  barobar 
kichraydi.                                              Orol dengizi ustida yuzaga keluvchi iliq va nam havo oqimlari 
ilgari  Rossiya  va  Qozog’istondan  keladigan  havo  oqimlarini 
to’sib  turardi.  Endilikda  bu  to’siq  buzilgan,  natijada  ekin 
maydonlari  bo’ylab  O’rta  Osiyo  hududiga  sovuq  havo  jala  va 
sellarni  olib  kiradi.  Ular  hattoki  yoz  oylarida  ham  bo’lib,  katta 
zarar  keltiradi.  Orol  va  Orol  bo’yida  ekologik  vaziyatning 
yomonlashuvi  bu  rayonda  yashovchi  aholining  sog’lig’ini 
yomonlashuviga olib kelmoqda. 
Orol  dengizi  muammosi  sayyora  miqyosidagi  muammoga 
aylandi. Biroq, uni bir-ikki davlat o’zi hal qila olmaydi. 
So’nggi  o’n  yil  ichida  Respublika  hududida  sun’iy  ko’l-suv 
omborlari,  jumladan  Chorvoq,  Ohangaron,  Tuyabo’g’uz,  Janubiy 
Surxon, Chimqo’rg’on va boshqalar yuzaga keldi. Ular mavsumiy 
oqimni  boshqarishni  amalga  oshiradilar  va  o’z  xususiyatlariga 
ko’ra irrigatsiya vazifasidagi suv omborlari qatoriga kiritiladi.                                                                                           Respublika  hududidagi  suv  resurslari  faqat  yer 
yuzasidagi  suvlardan  emas,  balki  qisman  y er  osti 
suvlaridan  ham  tarkib  topadi.  O’zbekiston  hududi  suvga 
tanqis  arid  zonasida  joylashganligi  sababli,  bu  yerdagi 
yer  osti  suvlaridan  suv  ta’minoti,  sug’orish,  shuningdek 
chorvachilikdagi  suv  ehtiyojini  qoplash  uchun  keng 
foydalaniladi. 
O’zbekiston  Respublikasi  mineral  suv  manbalariga 
ham boy. Bu suvlar o’z kimyoviy tarkiblariga ko’ra inson 
organizmiga shifo beruvchi ta’sir ko’rsatadi .                                              So’nggi  o’n  yillar  ichida  O’zbekistonda  topilgan 
mineral  suvlar  ichida  vodorod  sulfidli,  yodli,  radon 
va  kam  minerallashgan  ishqorli  issiq  mineral  suvlar 
ayniqsa  ahamiyatli  hisoblanadi.  Ularning  ko’p 
qismidan balneologik maqsadlarda foydalaniladi. 
Farg’ona  va  Sirdaryo  artezian  havzalaridagi 
vodorod  sulfidli  suvlar  o’z  kimyoviy  balneologik 
tarkibi  bo’yicha  Kavkaz  mineral  suvlaridan 
qolishmaydi.  Respublika  mineral  suvlaridan 
foydalanish  asosida  qurilgan  sanatoriya-kurort 
muassasalari,  jumladan,  Chimyon,  Chortoq 
sanatoriyalari  O’zbekistondan  tashqarida  ham 
ma’lum.                                              Mamlakatda mavjud mineral 
resurslar, ularning 
geografiyasi, ahamiyati, 
zaxiralari
«O’zbekiston  o’z  y er  osti  boyliklari  bilan  xaqli  suratda  faxrlanadi 
bu  y erda  mashhur  Mendele y ev  davriy  sistemasining  barcha 
elementlari  topilgan.  Hozirga  qadar  2,7  mingdan  ziyod  turli  foydali 
qazilma  konlari  va  ma’dan  namoyon  bo’lgan  istiqbolli  joylar 
aniqlangan. Ular 100 ga yaqin mineral - hom ashyo turlarini o’z ichiga 
oladi.  Shundan  60  dan  ortig’i  ishlab  chiqarishga  jalb  etilgan.  900  dan 
ortiq  kon  qidirib  topilgan  bo’lib,  ularning  tasdiqlangan  zaxiralari  970 
milliard AQSh dollarini tashkil etadi. Shu bilan birga, umumiy mineral 
-  xomashyo  potentsial  3,3  trillion  AQSh  dollaridan  ortiq 
baholanayotganini ham aytib o’tish kerak. 
G’oyat  muhim  strategik  manbalar  -  neft  va  gaz  kondensanti,  tabiiy 
gaz bo’yicha 155 ta istiqbolli kon, qimmatbaho metallar bo’yicha - 40 
dan  ortiq,  rangli,  nodir  radioaktiv  metallar  bo’yicha  40,  konchilik  - 
kimyo xomashyosi bo’yicha 15 ta kon qidirib topilgan».                                              O’zbekiston quvvati katta, tabiiy manbalari xilma-xil 
turlarga  va  ulkan  zahiralarga  ega  bo’lgan  yoqilg’i 
energetika sanoatiga ega. Respublika yoqilg’i balansida 
neftning  salmog’i  sal  kam  10  foizni,  tabiiy  gaz 
salmog’i  -  85  foizdan  ortiqni,  ko’mirning  salmog’i 
salkam  5  foizni  tashkil  etadi.  Respublika  sanoati  yalpi 
mahsulotida  yoqilg’i  energetika  kompleksining 
salmog’i  1999  yilda  28,9  foizni  tashkil  etdi  va  1995 
yilga nisbatan 9,7 foizga ko’paydi. 
O’zbekistonda  1999  yilda  8,1  mln  tonna  neft  (gaz 
kondensanti bilan), 51,0 mlrd kub tabiiy gaz va 2,8 mln 
tonna ko’mir (asosan, qo’ng’ir ko’mir) qazib chiqarildi.                                                                                            O’zbekiston  hududida  ulkan  neft  va  tabiiy  gaz  zahiralari 
mavjud  bo’lib,  ularning  ayrimlari  asosida  yirik  konlar 
ochilgan. “Neft va gaz mavjud bo’lgan 5 ta asosiy mintaqani 
ajratib  ko’rsatish  mumkin,  bular:  Ustyurt,  Buxoro-Xiva, 
Janubi–g’arbiy Hisor, Surxondaryo, Farg’ona mintaqalaridir. 
Neft  va  gaz  resurslarining  zahiralari  bir  trillion  AQSh 
dollaridan ziyod baholanmoqda”. 
Yuqoridagilardan  Buxoro-Xiva  va  Farg’ona  mintaqalari 
neft  hamda  gazga  ham  boy.  Ustyurt  va  Janubiy  Hisor 
mintaqalarida esa tabiiy gazning yirik zahiralari topilgan.
O’zbekistondagi  neft  va  gaz  konlari  yirik  geostrukturali 
birliklar  ichida  joylashgan  bo’lib,  ularning  ichida 
Amudaryo,  Ustyurt,  G’arbiy  Farg’ona  va  Janubi-g’arbiy    
Hisor  alohida  ajralib  turadi.                                             O’zbekistonda  ko’mir  zahiralari  katta,  lekin  ularning  asosiy 
qismini  energetik  yoqilg’i  hisoblangan  -  qo’ng’ir  ko’mir  tashkil 
etadi.  Respublikada  yirik  qo’ng’ir  ko’mir  koni  Angren  shahri 
yonida  joylashgan  bo’lib,  yoqilg’i  yura  qatlamlarida  mavjud. 
Ko’mir  ochiq  kar’er  usulida  qazib  olinadi.  Zahirasi  2  mlrd 
tonnaga yaqin. 
Ko’mirning  boshqa  ikki  koni  Surxondaryo  viloyatidagi 
Sharg’un va Boysunda joylashgan. Ushbu konlardagi toshko’mir 
qatlamlari  qalin  emas.  1990  yillardan  keyingi  davrda  ko’mir 
qazib chiqarish hajmi keskin qisqardi, hamda 1999 yilda 2,8 mln 
tonnani  tashkil  qildi,  xolos.  Vaholanki,  respublikaning  ko’mirga 
bo’lgan  extiyojlari  yiliga  8-9  mln  tonnani  tashkil  etadi.  Bunday 
holat  tarmoqni  rivojlantirishga  bo’lgan  e’tiborning  y etarli 
emasligidan  dalolat  bermoqda.  Ana  shunga  o’xshash 
muammolarni  ijobiy  xal  qilish  maqsadida  1994  yillarda 
«Ko’mir» aktsionerlik birlashmasi tuzildi.                                              H ozirgi  vaqtda  40  ta  qimmatbaho  metal  konlari  qidirib 
topilgan. 
Qimmatbaho  rangli  va  radioaktiv  metallar  tarkibida  birga 
uchraydigan  foydali  komponentlar  sifatida  kamyob  va  nodir 
elementlarning  kattagina  miqdordagi  zahiralari  jamlanganki, 
bu ularning qiymatini ancha oshiradi. 
Mamlakatimiz oltin, uran, mis, volfram, qo’rg’oshin, ruh va 
shu  guruhlarga  kiruvchi  boshqa  eng  muhim  foydali 
qazilmalarning tasdiqlangan zahiralari va ularning ko’paytirish 
istiqbollari  bo’yicha  nafaqat  MD H   mamlakatlari  o’rtasida, 
balki butun dunyoda yetakchi o’rinlardan birini egallaydi.  Mamlakatmiz  metall  qazilmalarga  ayniqsa,  rangli  metallar 
rudalariga  boy.  Bu  o’rinda  oltin,  kumush,  qo’rg’oshin,  ruh, 
mis  hamda  yer  bag’rida  kam  uchraydigan  metallar  zahiralari 
juda katta ekanligini aytib o’tish zarur.                                              Masalan,  oltinning  tasdiqlangan 
zahiralari bo’yicha O’zbekiston dunyoda 4-
o’rinda,  uni  qazib  chiqarish  bo’yicha  7-
o’rinda turadi.
O’zbekiston  dunyoda  ulkan  oltin 
resurslariga  ega  bo’lgan  mamlakatlar 
qatoriga  kiradi,  41  ta  oltin  koni,  shu 
jumladan  33  ta  oltin-ma’dan  koni  qidirib 
topildi.  Yevrosiyo  qit’asida  eng  yirik 
hisoblangan  Muruntov  koni  jahondagi 
ulkan konlar qatoriga kiradi.                                              Samarqand viloyatida oltin ma’danli Zarmiton va 
boshqa  oltin  konlari  axtarib  topildi.  Shu  konlarni 
o’zlashtirishni  jadallashtirish  bo’yicha 
o’tkazilayotgan  tenderda  dunyoda  katta  nufuzga 
ega  bo’lgan  Avstraliya  kompaniyasi  g’olib  deb 
topildi.  Toshkent  viloyatining  Angren  shahri 
yaqinida  infratizimi  yuksak  darajada  rivojlangan 
Qizilolmasoy  va  Ko’chbuloq  konlari  topildi. 
Endilikda,  ushbu  konlarda  cheklangan  hajmda 
qazib  chiqarish  ishlari  olib  borilmoqda.  Ana  shu 
konlarni  o’zlashtirish  bo’yicha  o’tkazilgan  xalqaro 
tenderda  mashhur  Yaponiya  kompaniyalari  g’olib 
chiqishdi.                                              Respublikamiz  Uchquloch  va  Xondiza 
konlarida  jamlangan  qo’rg’oshinning  ko’plab 
zahiralariga  ega.  Xondizada  qo’rg’oshin  va 
ruh  bilan  birga  mis,  kumush,  kadmiy,  selen, 
oltin ham mavjud. 
Markaziy  Qizilqumda  fosforit  konlari 
qidirib  topilgan  bo’lib,  ular  kimyo  va  boshqa 
iqtisodiyot  tarmoqlari  uchun  qimmatli  xom 
ashyo,  qishloq  xo’jaligi  uchun  o’g’it  ishlab 
chiqarish imkonini beradi.                                                www.arxiv.uz                                              Keyingi  yillarda  jahondagi  eng  yirik  oltin  rudali 
mintaqa    Qizilqumda  Ajibugut,  Bulutkon,  Balpantov, 
Aristantov,  To’rboy  singari  yangi  konlar  qidirib 
topilmoqda va o’rganilmoqda. 
O’zbekiston talaygina kumush zahiralariga ega. Navoiy 
viloyatida  Visokovoltnoe,  O’qjetpes  va  Kosmonachi 
konlari  ishlatishga  tayyorlab  qo’yilgan.  Namangan 
viloyatida Oqtepa koni o’rganilmoqda.
O’zbekistonda  uranning  mineral  xom  ashyo  bazasi 
vujudga  keltirilgan,  uning  negizida  Navoiy  kon 
metalurgiya  kombinatining  bir  qator  korxonalari  ishlab 
turibdi.  Uranning  qidirib  chamalangan  zahiralari 
qumtoshga  taalluqli  bo’lib,  ularni  yuqori  samarali  va 
ekologik  jihatdan  muxofazalangan  yer  ostida  ishqorini 
yuvish usuli yordamida qazib olish mumkin.                                             TABII Y  BOY LI KLAR                                             Foydali  q azilmalarga rudali  va  rudasiz  metallar,    neft`,   gaz, 
ko’ mir, torf,  er osti suvlari kiradi. foydali  q azilmalar insoniyat 
va  uning  x o’ jaligi,    tar r a q i yo ti  uchun  energiya  va    yoq ilg ’ i   
manba y i    bulib,  yildan-yilga    undan  foydalanish  ortib 
bormo q da.    Agar  s o’ nggi  25  yil  ichida  dun yo da  k o’ mirga 
bulgan  talab  2  marta,  temir  rudasiga  3  marotaba,  neft`  va 
gazga  bulgan  talab  6  marotaba,    margane s ,    kaliy, 
fosfor,tuzlariga  talab  2-3  marotaba  oshgan  bulsa  shu    davrga   
axolining  o’ sishi 40%  ni   tashkil  q ildi.  Hozir dunyoda har yili 
150  mlrd.  t.  mineral  xomashyo  qazib  olinmoqda.  Tabiiy 
nurash  oqibatida  daryolar  orqali  dengiz,  okeanlariga  har  yili 
15  mlrd.    t.    tog’  jinslarini  oqizib  ketmoqda,  3-4  mlrd.    t. 
atmosfera  havosiga  kutarilmoqda.  Inson  kerakli  qazilmalarni 
o’zlashtirish    oqibatida    1500-2000  mlrd.    t.  tog’  jinslari  bir 
joydan ikkinchi joyga joylashtiriladi.                                             www.arxiv.uz                                                BMT  ning  ma`lumotiga  qaraganda,  dunyoda  yiliga  32 
mlrd.t. ko’mir 2.6 mlrd.t. neft`, 6 mlrd.t. temir rudasi, 3.6 mln.t. 
xrom  rudasi,  7.3mln.t.  mis  rudasi,    3-4mln.t.    qo’rg’oshin 
rudasi,    159  mln.t.  tuz,  120  mln.t.    fosfotlar,    1.2mln.t.  uran, 
simob,  molibden,  nikel,  kumush,  oltin,  platina  rudalari  qazib 
olinmoqda.    Mutaxassislarning  bergan  ma`lumotlariga  ko’ra, 
agar  qazilma  boyligidan  hozirgi  sur`atda  foydalanilsa,    oltin 
30-35  yilda,    rux  36,  surma  -70,    kaliy-40,  uran-47,  mis  -66, 
simob-70,  kumir,neft`,  gaz,  150  yilda  tugab  qolishi 
mumkin.Shu  sababli  ko’pgina  rivojlangan  mamlakatlar: 
Yaponiya, Angliya, Germaniya, Italiya, Gollandiya, Belgiya va 
boshqa  mamlakatlarda  xom  ashyo,    er  osti  boyliklari 
etishmasligi oqibatida ikkilamchi chiqindilarni qayta ishlash va 
boshqa mamlakatlarning boyliklaridan foydalanilmoqdalar.                                                                                           Fan  texnikaning  rivojlanishi,  olimlarni  yana  xam 
yangi  mineral  konlarni  kashf  kilishga  majbur   
qilmokda.    Masalan,  Yaponiya  olimlarining 
ma`lumotlariga  ko’ra,  okean  tagidagi  metall 
konsentrasiyalari  xisobiga  dunyo  sanoatini  xozirgi 
iste`mol    darajasi  mis  bilan    2000    yil,    nikel  bilan  70 
000 yil marganes bilan 14 000 yil ta`minlash mumkin. 
  Bu  boyliklardan  dunyo  sanoati  extiyoj  uchun    1% 
dan  20  %    gacha  foydalanilmoqda.    Bundan  tashqari 
er  osti  minerallari  ko’pchilik  xollarda  1  yoki  2  metall 
xisobga  qazib  olinib  qolgan    qismi  atrof  muxitga 
tashlab yuboriladi.                                              Masalan, 100t. granitdan 8 t.alyuminiy, 
5  t.  rux,  0.5  t.  titan,  80  kg.  marganes,  30 
kg.  xrom,  17  kg,nikel,  14  kg.  vanadiy 
ajratib  olish  mumkin.  Isrofgarchilik 
ayniqsa  neft`,    ko’mir,  kaliy  tuzi,  qurilish 
materiallari  qora  va  rangli  metallar,    tog’ 
ximyaviy  xom  ashyolarni    qazib  olishda 
ko’plab ruy bermoqda. Dunyoda juda ko’p 
neft`  konlaridan  neft`ning  50-60%i  qazib 
olinib qolgan qismi olib ketmoqda.                                                                                           Qazilma  boyliklarIni  qidirib topish,  qayta ishlash va  tashish 
jarayonida  er    yuzasi    strukturasi    buziladi  xosildor  maydonlar 
qisqaradi,  o’simliklar  nobud  bo’ladi,    tuproq  eroziyasi 
tezlashadi, oqibatda yaroqsiz erlar  maydoni  oshadi.  Shunday 
qilib  erlar  xozir  dunyoda  10  mln.  gektarni  tashkil  qilsa,    2000 
yilga borib 5-6 barobar oshadi.  Masalan, 1t.temir  olish  uchun 
 5-6 t.  ruda,  1 t.qurg’oshin olish uchun 60-90 t,  1 t.  rux olish 
uchun  80-100  t.    1    t.    mis    olish    uchun  100-140  t,  1  t.  mis 
olish  uchun  esa  60  000-80000  t.  ruda  ishlatiladi.  Hozir  er 
yuzasida  millionlab  tonna  metallurgiya  shakllari,    issiqlik 
elektr  stansiyalaridan  chiqqan ko’plab tog’ uyumlarini tashkil 
qilgan.Hisoblarga  kura  so’nggi  100  yil  ichida  dunyoda  20 
mlrd.t.  dan  ortiq  shpak,      3mlrd.t.      kul,      17mln.t.  mishyak,   
1mln.t.    nikel,    1  mln.t  .kobolt  va  boshqa  foydali  elementlar 
chiqarib tashlangan.                                              Zarafshon  shahridagi  Muruntov    oltin    konidan   
qazib    olinayotgan  chiqitlar  tashlanadigan  maydoncha 
5200  ga  maydonni    tashkil  kilib,  xozirgi  kunda  bu 
maydon to’lib bitgan.  Ikkinchisini maydoni 6200 ga ni 
tashkil  qiladi.    Chiqindining  tarkibida  natriy  seonidi   
150  mg/l,  temir    birikmasi    9    mg/l,    mis  5.5  nikel-17     
kobolt-0.    25  sink-0.5  molibden-17  mishyak-2.5 
alyuminiy-25  kurg’oshin  3mg/l  tashkil    qiladi. 
O’zbekiston  zaminida  mavjud  bo’lgan  boyliklarda  ega 
davlatlar  jaxon  xaritasida  ko’p  emas.  Bu  boyliklarning 
kupchiligi  xali    xam  ishga  solinmagan.  Bu  esa  butun 
dunyoga mashhur chet el kompanyalari va banklarining 
e`tiborini jalb etishi aniq.                                             Xozirga qadar 2,7 mingdan ziyod turli foydali 
qazilma  zaxiralari  va  madan  namoyon  bo’lgan 
istiqbolli  joylar  aniqlangan.  Ular  100ga  yaqin 
mineral-xomashyo  turlarini  o’z  ichiga  oladi. 
Shundan  60dan  ortig’i  ishlab  chiqarishga  jalb 
etilgan.  900dan  ortiq  kon  qidirib  topilgan  bulib, 
ularning tasdiqlangan zaxiralari 970 mlrd. AQSh 
dollarini  tashkil  etadi.  Shu  bilan  birga,  umumiy 
mineral  xomashyo  potensial  3,3  trilion  AQSh 
dollaridan ortiqroq baxolanayotganini ham aytib 
utish  kerak.  Kelajagiga  ishonch  bilan  qarash 
imkonini bermoqda.                                                                                                                                                                                                                                                          ADABIYOTLAR :
1. Abdullaev O., Toshmatov Z., O’zbekiston ekologiyasi bugun 
va ertaga. T. Fan, 1992 y.
2. Rafikov A.A., Geoekologik muammolar. T.O’qituvchi, 1997, 
112b. 
3. Otaboev Sh., Nabiev M. Inson va biosfera. T.O’qituvchi, 1995, 
320 b.
4. Tuxtaev A.S. ekologiya. T.O’qituvchi, 1988, 192b.
5. Shodimetov Yu. Ijtimoiy   ekologiyaga kirish. T.O’qituvchi, 
1994.
6.  www.ziyonet.uz  
7.  www.arxiv.slayd.uz                                             E’ TI BORI NGI Z 
                                           UCHUN
                             RA HMAT

Tabiiy resurslar v a ulardan oqilona foy dalanish Reja: 1. Tabiiy sharoit va «Tabiiy re surs» t ushunchalarining mazmuni va mohiy at i. 2. O’zbe k ist on Re spublik asining iqt isodiy - ge ografi k o’rni hamda t abiiy sharoit ining bahosi. 3. Mamlak at da mavjud mine ral re surslar, ularning ge ografi y asi, ahamiy at i, zax iralari 4. Tabiiy re surslarning t asnifi va ulardan oqilona f oy dalanish y o’llari.

«Tabiiy sharoit» va «Tabiiy resurs» keng qo’llaniladigan tushunchalar qatoriga kiradi. « Tabiiy sharoit » - biron bir ob’ektga aloqador bo’lgan tabiatning barcha jihatlarini o’ziga qamrab olgan bo’lib, juda keng ma’noga ega tushuncha. Mantiqiy yondashuv sharoit nimaga taalluqli ekanligini aniq ko’rsatilishini, ya’ni «sanoatni rivojlantirishning tabiiy sharoiti», «dehqonchilikni rivojlantirishning tabiiy sharoiti», «temir yo’l qurilishining tabiiy sharo i ti», «inson hayotiy faoliyatining tabiiy sharoiti» va h.k. tarzda ifodalashni talab qiladi.

Demak, «tabiiy sharoit» tushunchasini insonni qandaydir faoliyati bilan uzviy bog’liq holda tahlil etish maqsadga muvofiqdir. «Tabiiy resurslar» tushunchasi «tabiiy sharoit» tushunchasiga nisbatan tor ma’noga ega bo’lib, u tabiat bilan inson faoliyati o’rtasidagi aloqani bevosita ifodalaydi. Resurs so’zi fransuzch so’z bo’lib <<yashash vositasi>> degan ma’noni bildiradi. Tabiiy jismlar va kishilar foydalanadigan energiya turlari resurslar deyiladi.

«Tabiiy sharoit» va «tabiiy resurslar» tushunchalari iqtisodiy kategoriyalardir. Shu bilan birga tabiatning moddiy elementlari bo’lgan «tabiiy sharoit» va «tabiiy resurslar»ning shakllanishi, o’zgarishi va joylashishi tabiat taraqqiyotining ob’ektiv qonuniyatlari asosida amalga oshadi. Inson hayoti va faoliyatida juda muhim ahamiyat kasb etuvchi tabiat elementlari ikki asosiy guruhga: moddiy ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etuvchi (tabiiy resurslar) va qolgan barcha (tabiiy sharoit) elementlarga bo’linadi. Aniqroq qilb aytganda, «tabiiy sharoit»ga tabiatning barcha elementlari kiradi.