Tafakkur borasida umumiy tasavvurlar
• Mavzu:Tafakkur borasida umumiy tasavvurlar Reja 1. Tafakkur borasidagi psixologik nazaryalar 2. Tafakkur haqida tushuncha. 3. Tafakkur sifatlari va turlari
Ekzistensializmning asoschisi bo’lmish nemis faylasufi Martin Xaydeger (1889-1978) tushunish uchun o’z diqqatimizni qarata olsakkina biz fikrlashga o’rganamiz-deb yozadi. Uning fikricha, narsa va voqealarning mohiyatini tushunish, anglab yetish, inson fikrlash jarayonida muhim o’rin egallaydi. Tushunishni talab qiladigan narsa insonni fikrlashga undaydi. Tushunishni talab qiladigan narsa hech qachon biz tomonimizdan yaratilmaydi. Xaydegerning fikricha, tafakkur mavjudligining asosiy xislati bu tasavvurdir. Tafakkur haqidagi ta'limotga asosan tasavvur fikrda ifoda etiladi. Shuning uchun ham tafakkur haqidagi ta'limotni logika, mantiq deb ataydi .
K.R.Megrelidzening ta'kidlashicha, insondagi biror bir ruhiy hodisa ijtimoiy omilni hisobga olmasdan turib, to’g’ri tushuntirilishi mumkin emas. Bu narsa birinchi navbatda tafakkurga taalluqlidir. Tafakkurning ijtimoiy hayotning boshqa ko’rinishlarisiz o’rganish mumkin emas. Inson tafakkurining usullari nerv tizimida ham, miyasida ham emas, balki bir davrda mana shunday idrok etishga, o’ylashga, ishlashga, boshqa bir davrda esa nerv faoliyatini boshqacha ishlashga yo’llaydigan ijtimoiy sharoitdadir. Insonlar fikrlari va qarashlari individual tartibda emas, ijtimoiy munosabatlar tufayli sodir bo’ladi. Bu haqda K.R.Megrelidze shunday yozadi: inson tafakkuri tabiiy va biologik qonunlar bo’yicha emas, balki ijtimoiy - tarixiy qonuniyatlar yo’lida harakatlanadi .
Tafakkurning funksiyasi miya faoliyati jarayonida kechadigan sub'ektiv psixologik jarayonlar bilangina chegaralanmaydi: Birinchidan , ongning sub'ektiv holatinigina ifodalamasdan, balki ob'ektga ham tegishli bo’ladi va narsalar munosabatini ifodalaydi. Ikkinchidan, yangi fikrning vujudga kelishi bilan bilish jarayoni tugallanmaydi, balki faqatgina boshlanadi. Bu bilishning boshlang’ich bosqichi bo’lib, g’oyaning sub'ektiv holatidir, endi fikrni amalga oshirish bosqichi boshlanadi. Uchinchidan , alohida individning fikri ijtimoiy yetilgan fikrlarning xususiy ko’rinishidir.
Akademik A.I.Berg shunday deb yozadi "inson faqat tashqi dunyo bilan to’xtovsiz muloqot qilishi sharoitidagina uzoq vaqt fikrlashi mumkin. Tashqi dunyodan to’liq informasion ajralish bu aqldan ozishning boshlanishidir. Informasion undovchi tafakkurning tashqi dunyo bilan aloqasi insonga oziq-ovqatdek, issiqlikdek zarur". Psixologiya fani taraqqiyotida nemis psixologiya maktabi muhim o’rinlardan birini egallaydi va asrimizning boshlarida Germaniyada Vyursburg psixologiya maktabi deb nomlangan yangi yo’nalishga ega bo’lgan psixologik oqim paydo bo’ldi. Mazkur yo’nalishning yirik vakillari sifatida O.Kyulpe (1862-1915), K. Byuller (1879- 1922), A.Messer (1837-1937), Ax Narsis (1871-1946) va boshqalarni sanab o’tish lozim. Ular tomonidan olib borilgan eksperimental tadqiqotlar tafakkur muammosining rivojiga ma'lum darajada hissa qo’sha oldi .