Talabalar jamoasining shakllanishi va rivojlanishining psixologik asoslari
. Mavzu. Talabalar jamoasining shak llanishi va rivojlanishining psix ologi k asoslari.
Reja : I. Jamoa va uning turlari. 2. Talabalar jamoasini shakllantirish yo’llari. 3 . Talabalar faoliyatining xususiyatlari.
Talabalar jamoasi deganda, biror umumiy maqsad yo’lida birlashgan kishilar guruhi, biror vazifani bajarish uchun jamiyat tomonidan maxsus ravishda tashkil etilgan odamlar birlashmasi tushuniladi. Odatda, umumiy va boshlang’ich jamolarga bo’linadi.
Fakultet va oliy o’quv yurti jamoasida yoshlarning aloqa va bog’lanishlari birmuncha murakkablashgandir. Agar boshlang’ich jamoada kishilar bevosita bog’lanish asosida va birgalikda bajariladigan faoliyat jarayonida aloqada bo’lsalar, birlashsalar, umumiy jamoada esa, avvalo, tashkilotning ish rejasi, prinsiplari, qurilishi tufayli umumiy maqsadni, umumiy vazifalarni bajarish uchun birlashadilar. Fakultet va o’quv yurti jamoasida talabalar bir-birlari bilan bevosita bog’lanadilar va bu bog’lanishlar oliy o’quv yurti faoliyatining tashkiliy va ma’naviy yo’nalishiga bog’liq bo’lad i.
P edagogika va psixologiya fanlari jamoada quyidagi belgilar mavjud bo’lishi lozim, deb hisoblaydi. Jamoa a’zolari, avvalo, umumiy maqsad yo’lida birlashadilar. Jamoaning yagona maqsadi va umumiy intilishlari shaxsiy hamda ijtimoiy qimmatga ega bo’ladi. Jamoa uchun muhim belgilardan yana biri- birgalikda faoliyat ko’rsatishdir. Bunday faoliyat shaxsiy va ijtimoiy foydali maqsadni ko’zda tutadi. Ana shu faoliyat jarayonida jamoa a’zolarida mas’uliyat, talabchanlik, prinsipiallik, bir-biriga do’stona ko’maklashish, o’zaro bir-biriga itoat etish munosabatlari vujudga keladi. Bu munosabatlar jamoada shaxsning shakllanishi uchun asosiy vosita hisoblanadi.