logo

“To’rt ulus tarixi” asari

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

2881.8486328125 KB
“ To’rt ulus tarixi” 
asari «Ulusi arba’-yi Chingiziy»
“  Ulusi  arba’-yi  Chingiziy”  (“Chingiziylar  to'rt  ulusi”  (tarixi)  yoki 
“Tarixi  arba’  ulus”  (“To'rt  ulus  tarixi”)  nomli  asar  asosiy 
mualliflaridan  biri,  uning  yaratilish  tashabbuskori  XV  asrda  o'tgan 
buyuk  olim,  yirik  davlat  arbobi,  Shohruh  Mirzoning  o'g'li 
Muhammad  Tarag'ay  Mirzo  Ulug'bekdir.  U  1394-yil  22-martda  Amir 
Temurning  I  roq  va  Ozarbayjonga  qilgan  navbatdagi  besh  yillik 
harbiy  yurishi  vaqtida  Sultoniya  shahrida,  Eron  Ozarbayjonida 
tug'ilgan.  Amir  Tem  ur  saroyida  hukm  surgan  an’anaga  ko'ra, 
shahzoda  Sohibqironning  katta  xotini  Saroymulk  xonim  —  Bibi 
xonimning  tarbiyasiga  topshiriladi.  Oradan  bir  yii  chamasi  vaqt 
o'tgach,  1395-yili  A  mirTemur  Saroymulk  xonim  va  nabirasini 
Shohruhga qo'shib Samarqandga jo'natadi.   1398-yili  Ulug'bekka  mashhur  qissaxon,  shoir  va  olim,  shayx  Orif  Ozariy 
(1382—1462)  muallim  etib  tayinlandi  va  u  dastlabki  asosiy  ta’limni  ana 
shu  ajoyib  insondan  oldi.  Shahzoda  Amir  Temurning  bir  qator  harbiy 
harakatlarida,  1399—  1404-yillari  Turkiya  va  Surivaga  qarshi  o'tkazilgan 
yurishda,  1404—  1405-yili  Xitoyga  qarshi  uyushtirilayotgan  yurishda 
qatnashdi.  nabirasi  Xalil  Sulton  zo‘rlik  bilan  egallab  oldi.  Bu  vaqtda 
Ulug‘bek  otasi  Shohruh  xizmatida  bo'ldi.  1409-yili  Xalil Sulton o'z  amirlari 
tomonidan  asir  olingach,  Shohruh  Xurosondan  M  ovarunnahrga  kelib, 
Mirzo  Ulug'bekni  M  ovarounnahr  va  Turkiston  hokimi  etib  tayinladi.  U 
1449-  yilning  25-oktabrigacha  bu  mamlakatni  boshqardi.  Mirzo  Ulug'bek 
yirik  davlat  arbobi,  sarkarda  edi.  Lekin,  u  buyuk  olim  va  ilm-fan  ham  da 
madaniyat  homiysi  sifatida  tengi  yo'q  edi.  Sam  arqand  uning  davrida 
Sharqning yirik ilm -fan va m adaniyat markazlaridan biriga aylandi.   Mirzo  Ulug'bek  yirik  davlat arbobi,  sarkarda  edi.  Lekin,  u  buyuk  olim 
va  ilm-fan  ham  da  madaniyat  homiysi  sifatida  tengi  yo'q  edi.  Sam 
arqand  uning  davrida  Sharqning  yirik  ilm  -fan  va  m  adaniyat 
markazlaridan  biriga  aylandi.  Mirzo  Ulug'bek  ikki  yirik  asar  yaratdi. 
Biri  “Ziji  jadidi  ko'ragoniy”  (“  Ko'ragoniyning  yangi  astronomik 
jadvali”)  bo'lib,  1437-yili  yaratilgan  kitobda  ilmi  nujumning  nazariy 
va  amaliy  masalalari  qamrab  olingan,  o'sha  davrdagi  eng  yuksak 
ilmiy  jasorat  hisoblangan.  Olimning  ikkinchi  asari  “Ulusi  arba’-yi 
Chingiziy”  bo'lib,  unda  XIII—  XIV  asrlarda  M  o'g'ul  imperiyasi 
tarkibiga  kirgan  mamlakatlarning  ijtimoiy-siyosiy  tarixi  qisqa  tarzda 
bayon etilgan. Kitob 1425-yildan keyin tugallangan.  “ Tarixi  arba’  ulus”  muqaddima  va  yetti  bobdan  iborat.  Muqaddi-  mada  o'rta  asrlarda 
tarixchilar  o'rtasida  hukm  surgan  an’anaga  ko'ra,  tangri  taolo  va  uning  elchisi  Muhammad 
payg'ambar avlodlari sha’niga aytilgan ham d va n a’t (m aqtovlar), O dam atoning yaratilishi 
va  islomiyatdan  avval  o'tgan  payg'ambarlar,  turklarning  afsonaviy  ota-  bobolari  hisoblangan 
Yofas  ibn  Null  va  uning  farzandi  Turkxon,  shuningdek,  turk-mo'g'ul  qabilalari  va  Chingizxon 
tarixi  bayon  etilgan.  I  bobda  Turkxon  ibn  Yofas  va  uning  Turkiston  zaminida  podshohlik  qilgan 
avlodi  Abuljaxon,  Dibokuyxon,  Kuyukxon  va  boshqalar,  tatar-  mo'g'ul  va  turk  qavmlari  va 
ularning  podshohlari  tarixi  bayon  etilgan.  II  bob  turk-mo'g'ul  xalqlarining  afsonaviy  onasi 
Alangkuva  va  undan  tarqalgan  avlod,  yani  podshohlar  Buzunjon  qoon,  Buqoxon,  Dutimenxon, 
Qobulxon  va  boshqalar  tarixi  bayonini  o'z  ichiga  oladi.  Kitobning  III  bobida  Chingizxon  tarixi 
bayon  etilgan.  IV  bob  Ulug'  yurt,  yani  Mo'g'iliston  va  Shimoliy  Xitoyda  hukmronlik  qilgan 
Chingizxon  vorislari  tarixiga  bag'shlanadi.  V  bob  Chingizxonning  to'ng'ich  o'g'li  Jo'jixon 
naslidan  bo'lgan  33  xonning  Dashti  qipchoqdagi  hukmromligi  bayon  etilgan.  VI  bobda 
Elxoniylar,  ya’ni  Eron  hamda  Ozarbayjonning  XIII—XIV  asrlardagi  tarixidan  bahs  yuritiladi.  VII 
bobda Chig'atoy ulusining, Koshg'ar, Yettisuv, Movarounnahr, Shimoliy Afg'oniston hududidagi 
XI11—XIV asrlardagi tarixi talqin etilgan. Shuni  ham  aytish  kerakki,  muallif  mazkur  ulusda  hukmronlik  qilgan  har  bir 
hukmdor  xon  ustida  qisqa  va  alohida-alohida  to'xtalib,  ularning  davrida  sodir 
bo'lgan  voqealardan  eng  muhimlarini  bayon  etgan.  “Tarixi  arba’  ulus”  asarining 
ayrim  qismlari,  xususan  uning  to'rtinchi  qismi,  ko‘p  jihatdan  Sharafuddin  Ali 
Yazdiyning “ M uqaddim ayi Zafarnom a”siga o'xshab ketadi. Lekin, Ulug'bek asari 
birm  uncha  mukammaldir.  Bundan  tashqari,  unda  to  ‘rt  ulus  o'rtasidagi  siyosiy 
munosabatlar, “o'zbek” etnonimining kelib chiqish vaqti xususida ham qimmatli m 
a’lumotlarni  uchratamiz.  Ushbu  kitobning  faqat  qisqartirilgan  tahririning  to'rt  m 
o'tabar  qo'lyozmasi  bizgacha  yetib  kelgan.  Ularning  ikkitasi  Angliyada,  bittasi 
Hindistonda  va  to'rtinchi  nusxasi  AQShda  saqlanmoqda.  Mirzo  Ulug'bek  tarixiy 
asarining  inglizcha  taijimasi  1838-yili  Mayls  tomonidan  Angliyada  chop  etilgan. 
O'zbekcha taijimasi B.Ahmedov, M.Hasaniy va N.Norqulovlar tomonidan bajarilib, 
1994-yiIi Toshkentda chop etildi. “Tarixi arba’ ulus” Mdrkaziy Osiyo, O'zbekiston va 
Qozog'istonning  XIII—XIV  asrlardagi  tarixini,  ayniqsa  Chig'atoy  ulusi  tarixini 
o'rganishda muhim manbalardan biri vazifasini o'tashi mumkin. E	
’	ti	
b	
o	
r	
i	n	
g	
i	z	
 	u	
c	
h	
u	
n	
 	
r	
a	
x	
m	
a	
t	
!

“ To’rt ulus tarixi” asari

«Ulusi arba’-yi Chingiziy» “ Ulusi arba’-yi Chingiziy” (“Chingiziylar to'rt ulusi” (tarixi) yoki “Tarixi arba’ ulus” (“To'rt ulus tarixi”) nomli asar asosiy mualliflaridan biri, uning yaratilish tashabbuskori XV asrda o'tgan buyuk olim, yirik davlat arbobi, Shohruh Mirzoning o'g'li Muhammad Tarag'ay Mirzo Ulug'bekdir. U 1394-yil 22-martda Amir Temurning I roq va Ozarbayjonga qilgan navbatdagi besh yillik harbiy yurishi vaqtida Sultoniya shahrida, Eron Ozarbayjonida tug'ilgan. Amir Tem ur saroyida hukm surgan an’anaga ko'ra, shahzoda Sohibqironning katta xotini Saroymulk xonim — Bibi xonimning tarbiyasiga topshiriladi. Oradan bir yii chamasi vaqt o'tgach, 1395-yili A mirTemur Saroymulk xonim va nabirasini Shohruhga qo'shib Samarqandga jo'natadi.

1398-yili Ulug'bekka mashhur qissaxon, shoir va olim, shayx Orif Ozariy (1382—1462) muallim etib tayinlandi va u dastlabki asosiy ta’limni ana shu ajoyib insondan oldi. Shahzoda Amir Temurning bir qator harbiy harakatlarida, 1399— 1404-yillari Turkiya va Surivaga qarshi o'tkazilgan yurishda, 1404— 1405-yili Xitoyga qarshi uyushtirilayotgan yurishda qatnashdi. nabirasi Xalil Sulton zo‘rlik bilan egallab oldi. Bu vaqtda Ulug‘bek otasi Shohruh xizmatida bo'ldi. 1409-yili Xalil Sulton o'z amirlari tomonidan asir olingach, Shohruh Xurosondan M ovarunnahrga kelib, Mirzo Ulug'bekni M ovarounnahr va Turkiston hokimi etib tayinladi. U 1449- yilning 25-oktabrigacha bu mamlakatni boshqardi. Mirzo Ulug'bek yirik davlat arbobi, sarkarda edi. Lekin, u buyuk olim va ilm-fan ham da madaniyat homiysi sifatida tengi yo'q edi. Sam arqand uning davrida Sharqning yirik ilm -fan va m adaniyat markazlaridan biriga aylandi.