Transkripsiya
Transkripsiya
REJA: 1.Transkripsiya 2.Transkripsiya haqida umumiy tushuncha 3.Transkripsiya bosqichlari
Asosiy tushunchalar: Transkripsiya gen ekspressiyasining ilk qadami hisoblanadi. U gendagi DNK ketma-ketligini RNK molekulasiga ko chirib olish jarayonini o z ichiga oladi. ʻ ʻ Transkripsiya RNK polimeraza lari deb nomlangan fermentlar tomonidan amalga oshiriladi. Bunda DNK molekulasidan andoza sifatida foydalanib, RNK zanjiri sintezlanadi. Transkripsiya uchta bosqichga bo linadi: initsiatsiya, ʻ elongatsiya va terminatsiya. Eukariotlarda transkripsiyadan so ng RNK molekulasi ʻ bir qancha o zgarishlarga uchraydi, bular: ʻ splaysing , oxirgi uchlariga 5 qalpoq ʼ va poli-A dum biriktirish.
Transkripsiya genlar ekspressiyasidagi birinchi bosqich bo lib, bunda gendagi ʻ ma lumot yordamida oqsil funksional mahsuloti ʼ ishlab chiqariladi. Jarayonning maqsadi – DNK ketma-ketligini RNK molekulasiga ko chirish. ʻ Oqsil kodlovchi gen uchun RNK yoki transkript polipeptid sintezida zarur bo lgan ma lumotni tashish vazifasini bajaradi. ʻ ʼ Eukariotlarda transkriptlar translyatsiya bosqichidan oldin bir qancha jarayonlardan o tadi. ʻ