Transkripsiya va uning turlari
Mavzu:Transkripsiya va uning turlari
REJA: 1. Transkripsiya va uning turlari. 2. Fonetik transkripsiya 3. Fonologik transkripsiya. 4. Transkripsiyada qo‘llaniladigan undoshlar tizimi . 5. Kiril va lotin alifbosiga asoslangan transkripsion belgilar Foydalanilgan adabiyotlar
Transkripsiya . Transkripsiya dialekt va shevalarda uchraydigan tovushlarning turli ko‘rinishlarini yozuvda ifodalash uchun qo‘llanadigan ma’lum belgilar tizimidir. Tildagi tovushlarni aniq ifodalash uchun xizmat qiladigan yozuv - transkripsiya, lotincha transcriptio - qayta yozish deb ataladi .
Transkripsiya uchun u yoki bu xalq iste’molidagi traditsion alfavitdan o‘rni bilan ma’lum bir o‘zgarishlar kiritish orqali foydalaniladi. Shuning uchun transkripsiyada belgilar soni o‘ziga asos bo‘lgan alfavitdagi harflar sonidan ko‘p bo‘ladi. Bugungi kunda tadqiqotlarda lotin hamda rus-krill alifbosi asosida qo‘llanadigan transkripsiyalar ishlatilmoqda. Mazkur ishda rus-krill alifbosi asosidagi transkripsiyadan olimlar foydalanishmoqda.
Transkripsiya ikki turga bo‘linadi: 1. Fonetik transkripsiya 2. Fonologik transkripsiya. Shevaning talaffuz xususiyatlarini saqlash uchun fonetik transkripsiyadan foydalaniladi. Bunda shevaga xos so‘zlar transkripsiya vositasida to‘liq yozib olinadi. Faqat (dialekt va shevalarga xos) alohida fonemalarnigina hisobga olish uchun ishlatiladigan transkripsiya fonologik transkripsiya deyiladi: v - v - lab -lab undosh. v' - v - lab - tish undoshi.