Turkiygo`y qabilalarning ilk vatani va oriylar muammosi
Turk iygo` y qabilalarning ilk vat ani va oriylar muammosi
1. Avesto. Aryanam Veychax tur qabilalarining yurti. Turon turlar yurti kanligi, Xitoy manbalariga ko`ra, turkiygo`y qabilalar dastlab «Xu», «Xu-rung». «Di», «Di-rung», «Xunnu», «Turo», «Tukyu» haqidagi xitoy yozma manba’lari, Arxeologik va antropologik manba’lar, ularning tipologik tafsili va taxlili. 2.Bu tipdagi etnik guruhlarning O`rta Osiyo hududlariga birinchi bor kirib kelishi, Andronova madaniyati va unga tegishli arxeologik yodgorliklarning tarqalgan hududlari. 3. Andronova qabililarining Miloddan avvalgi II ming yillik oxirgi choragida Baqtriya o‘lkasiga kirib kelishi, Andronova qabililarining Sopolli madaniyati bilan qorishib ketishi. Reja
Dars maqsadi Turkiy qabilalarning ilk Vatani va Oriylar muammosi, O‘zbek etnosining antropolgik tipi, So‘g‘diyona, Farg’ona va Ustrushona, Janubiy Orol bo‘yi va Shimoliy Baqtriyaning qadimgi aholisining antropolgik tipini o’rganish
Xitoy manbalarida mil.avv. 1764 – yilda tilga olinadi deydi. Prof. A.Xo‘jaev Xitoyning 24 jildlik tarixi “Ersi shi” da turk atamasi bundan kamida 4- ming yil oldin tilga olinadi deydi. A.Xo‘jaev mil.avv. 3- ming yillikning oxiridan “Shi” deb atalgan yilnomachilar tomonidan Xitoy tarixi yozila boshlagan deydi. Ular Xitoyning shimoliy, shimoliy- g‘arbiy va shimoliy-sharqiy chegaralarida turkiy qabilalar yashaganliklari to‘g‘risida ma’lumot berishadi. Er Si Shi ning birinchi jildi Sima Syanning “Tarixiy xotiralar” bo‘lsa, oxirgisi Ming sulolasi (1368-1644) ya’ni 3,5 mingyillik davr tarixini o‘z ichiga oladi
A.Asqarov fikricha Xitoy manbalarida tilga olingan “xu”, “di”, “Guyfang”, “Tufang”, “Rung”, “Xunn” va boshqa saxroyilar qadimgi turkiyda so‘zlashuvchi Andronov madaniyati sohiblari bo‘lishganlar. Bichirun Xitoy manbalari tarjimasida Anronov qabilalari turkiy tilda so‘zlashadi degan ishoralar bor edi. Respublikamiz mustaqilligi sharofati bilan arxeologik, antropologik ma’lumotlar Xitoy manbalari bilan solishtirilib Urolning etaklari, uning sharqiy hududlarida bronza davridan boshlab turkiy etnos bo‘lganligi, Janubiy Sibir aholisi qadimgi va o‘rta asrlar davrida turkiy tilli xalqlar bo‘lganligini dadil aytish imkoni bo‘ldi A.Xo‘jaevning aytishicha , “xu” va “xulu” turkiycha “xir” atamasining xitoycha talaffuzi. “Xur” turkiycha ozod, ko‘chmanchi xalq. “Xur”, “Avesto”dagi “arya” so‘ziga to‘g‘ri keladi. Eronida “arya”, turkiyda “xur” bir xil mazmunga ega. Axuramazda birinchi bo‘lib keng yaylovli, chorvaga qulay Aryanam Vaychaxni yaratib unga oriylarni joylashtirdi. (oriylar mamlakati). A.Asqarov fikricha Aryanam Vaychax – Eron, Qadimgi Baqtriya, Qadimgi Xorazm, Xilmend vohasi, Eron Ozorboyjonidan ko‘proq Evroosiyo cho‘l, dasht mintaqalariga to‘g‘ri keladi