XETT DAVLATIDA NIKOH DIPLOMATIYASI. ELCHILAR,CHOPARLAR, KOTIBLAR
* XETT DAVLATIDA NIKOH DIPLOMATIYASI. ELCHILAR, CHOPARLAR, KOTIBLAR.
Xatti mamlakati tashqi siyosatida nikoh diplomatiyasining o‘rni katta bo‘lib, xett hukmdorlari sulolaviy nikohlarga alohida ahamiyat qaratganlar. Bunday sulolaviy nikohlar ikki davlat o‘rtasida do‘stona munosabatlar o‘rnatilganda, odatda shartnomalar imzolanishi munosabati bilan tuzilgan. Shuning uchun ham sulolaviy nikohlarni xuddi sovg‘alar, elchilar va nomalar almashish kabi an’anaviy ravishda o‘zaro ittifoq tuzish va uni qo‘llab- quvvatlashning zaruriy akti qatorida ko‘rilgan .
Xatti mamlakati tashqi siyosatida nikoh diplomatiyasining o‘rni katta bo‘lib, xett hukmdorlari sulolaviy nikohlarga alohida ahamiyat qaratganlar. Bunday sulolaviy nikohlar ikki davlat o‘rtasida do‘stona munosabatlar o‘rnatilganda, odatda shartnomalar imzolanishi munosabati bilan tuzilgan. Shuning uchun ham sulolaviy nikohlarni xuddi sovg‘alar, elchilar va nomalar almashish kabi an’anaviy ravishda o‘zaro ittifoq tuzish va uni qo‘llabquvvatlashning zaruriy akti qatorida ko‘rilgan. Sulolaviy nikohning shartnomaviy munosabatlar o‘rnatilishi bilan chambarchas bog‘liqligi nikoh ittifoqlarini tuzish masalalarining ko‘pincha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma matnlarida nazarda tutilganligi tasdiqlaydi
Sulolaviy nikohlar aksariyat holatlarda xalqaro kelishuvlarning tuzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Aynan shuning uchun ham bunday nikohlar haqida bevosita shartnoma matnlarida keltirib o‘tiladi. Lekin kam sonli bo‘lsada, xalqaro kelishuvlar tuzilishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan sulolaviy nikohlar ham qayd etilgan Garchi qadimgi xett podsholigi bosqichida ham nikoh diplomatiyasidan foydalangan bo‘lishgan bo‘lsada, ammo uni tasdiqlovchi manbalar bizgacha yetib kelmagan. Xettlarda Suppiluliuma I hukmronligi davridan boshlab sulolaviy nikohlar bo‘lganligi haqida manbalarda ma’lumotlar saqlanib qolgan
Suppiluliuma I ning “Bobil hukmdori (aftidan) Burnaburiash II) qizi” Mal-Nikkal (turmushga chiqqach Tavimaina ismini olgan) bilan nikohi ham ular o‘rtasidagi shartnomada aks etmagan Misr fir’avnlaridan farqli o‘laroq, Xett hukmdorlari ko‘pincha o‘z qizlari va opa- singillarining boshqa mamlakatlar hukmdorlari nikohiga berishgan. Hatto aytish mumkinki, sulolaviy nikohlar Xett tashqi siyosatining sevimli usullaridan biri sifatida qaralganXett xalqaro shartnomalarida aks etgan nikoh diplomatiyasi haqidagi bandlar boshqa tomondan sulolaviy nikohlarning nisbatan muhim aspekti bo‘lgan xet madaniyatiga xos bo‘lgan nikoh konsepsiyasi haqida tasavvur hosil qilish imkonini beradi