logo

Yerdagi tabiiy ekotizimlar. Biosfera birliklari

Загружено в:

23.11.2024

Скачано:

0

Размер:

239.6943359375 KB
Mavzu Yerdagi tabiiy 
ekotizimlar. Biosfera birliklari.           Reja
•
Yerdagi tabiiy ekotizimlar nimalar kiradi Ekotizim (yoki ekologik tizim) — barcha organizmlar va ular 
oʻzaro taʼsir qiladigan muhitdan iborat. Ushbu biotik va abiotik 
komponentlar oziq moddalar aylanishlari hamda energiya 
oqimlari orqali bir-biriga bogʻlangan. Energiya fotosintez orqali 
tizimga kiradi va oʻsimlik toʻqimalariga kiritiladi. Hayvonlar 
oʻsimliklar va bir-biri bilan oziqlanib, materiya va energiyaning 
tizim boʻylab harakatlanishida muhim rol oʻynaydi. Ular, 
shuningdek, mavjud oʻsimlik va mikrobial biomassa miqdoriga 
taʼsir qiladi. Oʻlik organik moddalarni parchalash orqali 
parchalanuvchilar uglerodni atmosferaga qaytarib yuboradi va 
oʻlik biomassada saqlanadigan ozuqa moddalarini oʻsimliklar 
hamda mikroblar tomonidan osonlikcha qayta ishlash mumkin 
boʻlgan shaklga aylantirish orqali ozuqa moddalarining 
aylanishini osonlashtiradi Inson bilarn tabiiyat ortasidaki munosabat Ekotizimlar tashqi va ichki omillar bilan boshqariladi. 
Iqlim, tuproq va topografiyani tashkil etuvchi asosiy 
material kabi tashqi omillar ekotizimning umumiy 
tuzilishini boshqaradi, lekin ekotizimning oʻzi taʼsir 
qilmaydi. Ichki omillar, masalan, parchalanish, ildiz 
raqobati, soyalanish, buzilish, ketma-ketlik va 
mavjud turlar bilan boshqariladi. Resurs kiritishlari 
odatda tashqi jarayonlar tomonidan boshqarilsada, 
ekotizimda bu resurslarning mavjudligi ichki omillar 
bilan boshqariladi. Ekotizimlar dinamik obyektlardir — ular davriy buzilishlarga duchor boʻladilar va har doim oʻtmishdagi buzilishlardan keyin 
tiklanish  jarayoni amalga oshadi. Ekotizimning muvozanat holatiga yaqin boʻlish tendentsiyasi, bu 
buzilishlarga qaramay, uning qarshiligi deb ataladi. Tizimning oʻzgarishlarni boshdan kechirayotganda bir xil 
funktsiyani, tuzilishni, oʻziga xosligini va qayta aloqalarini saqlab qolish uchun buzilishlarni qabul qilish va 
qayta tashkil etish qobiliyati uning ekologik chidamliligi deb ataladi. Ekotizimlarni turli yondashuvlar orqali 
oʻrganish mumkin — nazariy tadqiqotlar, muayyan ekotizimlarni uzoq vaqt davomida kuzatadigan 
tadqiqotlar, ular qanday ishlashini tushuntirish uchun ekotizimlar oʻrtasidagi farqlarni koʻrib chiqadigan va 
toʻgʻridan-toʻgʻri manipulyatsiya eksperimentlariL
•
Ekotizimlar odamlar bogʻliq boʻlgan turli xil tovarlar va xizmatlarni taqdim etadi. Ekotizim tovarlariga suv, 
oziq-ovqat, yoqilgʻi, qurilish materiallari va dorivor oʻsimliklar kabi ekotizim jarayonlarining „moddiy 
mahsulotlari“ kiradi. Boshqa tomondan, ekotizim xizmatlari odatda „qiymatli narsalarning holati yoki 
joylashuvini yaxshilash“dir. Bularga gidrologik tsikllarni saqlash, havo va suvni tozalash, atmosferada 
kislorodni saqlash, ekinlarni changlatish va hatto goʻzallik, ilhom va tadqiqot imkoniyatlari kabi narsalar 
kiradi. Koʻpgina ekotizimlar inson taʼsirida, masalan, tuproq yoʻqolishi, havo va suvning ifloslanishi, 
yashash joylarining boʻlinishi, suvni oʻzgartirish, yongʻinni oʻchirish natijasida buziladi. Ushbu tahdidlar 
ekotizimning keskin oʻzgarishiga yoki biotik jarayonlarning bosqichma-bosqich buzilishiga va ekotizimning 
abiotik sharoitlarining buzilishiga olib kelishi mumkin. Dastlabki ekotizim oʻzining belgilovchi 
xususiyatlarini yoʻqotgandan soʻng, u „qulab tushgan“ hisoblanadi. Ekotizimni tiklash barqaror rivojlanish 
maqsadlariga erishishga hissa qoʻshishi mumki n.  Biosfera (bio... Va yun. Sphaira—shar) — Yerning tirik organizmlar tarqalgan qobigʻi. Biosferaning tarkibi va 
energetikasi undagi tirik organizmlarning faoliyati bilan bogʻliq. Biosfera “hayot qobig’i”, toʻgʻrisidagi 
dastlabki fikrni J.B Lamark bildirgan. “Biosfera” terminini esa fanga avstriyalik geolog E. Zyuss (1875) 
kiritgan. Biosfera taʼlimot toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumotni rus olimi V. I. Vernadskiy (1926) ishlab chiqqan.  B. Atmosferaning ozon ekranigacha balandlikda boʻlgan qismi (20–25 km), 
litosferaning sirtqi qismi va gidrosferani toʻliq oʻz ichiga oladi. B.ning quyi 
chegarasi quruqlikda 2–3 km, okean tubida 1–2 km chuqurlikkacha boradi.
Yerdagi hayot murakkab va xilmaxil organizmlar kompleksidan iborat. Tirik 
organizmlar va ular yashaydigan muhit oʻzaro chambarchas bogʻlangan bir 
butun dinamik sistema—biogeotsenozlarni hosil qiladi.
•
Yerda hayotning rivojlanishi davomida organizmlarning bir guruhi 
ikkinchisining oʻrnini olib turgan boʻlsada, u yoki bu geokimyoviy 
funksiyalarni bajarib turadigan organizmlar nisbati oʻzgarmasdan qolgan. 
Shu tufayli turli geologik davrlarda moddalar bir xil tezlikda Yer qobigʻida 
toʻplanib borgan. Shunday qilib, tirik organizmlar hayotning muhim sharti 
boʻlgan anorganik muhitning doimiyligi (gomeostaz holati)ni saqlab turadi. Inson faoliyati Yer yuzini tubdan oʻzgartirishga qodir boʻlgan hozirgi davrda B.ning rivojlanishi 
yangi pogʻonaga koʻtarildi. Soʻnggi yillarda insonning B.ga biokimyoviy taʼsiri boshqa barcha 
tirik organizmlarga nisbatan juda katta kuchga aylandi. Lekin tabiiy resurelardan foydalanishni 
B.ning rivojlanishi va funksiyasi qonuniyatlarini nazarpisand qilmasdan amalga oshirilishi (mas, 
oʻrmonlarning kesilishi, yerlarning oʻzlashtirilishi, shaharlar, zavod, fabrikalar, sunʼiy suv 
havzalari, yoʻllar qurilishi va boshqalar) B.dagi biokimyoviy jarayonlarga katta taʼsir 
oʻtkazmoqda. Yer osti boyliklarini qazib olib, juda koʻp miqdorda yoqilgʻi yoqilishi moddalar 
almashinuvini tezlashtirib, B. Tarkibi va uning gomeostaz holatiga taʼsir koʻrsatadi. Shu tufayli 
B.ni bir butun, muayyan darajada tartibga solingan murakkab dinamik sistema deb qaralishi 
unda kechadigan jarayonlarni toʻgʻri tushunib olishga yordam beradi. Biosfera toʻgʻrisidagi 
taʼlimot ekologiya, biotsenologiya va boshqa fanlarning rivojlanishida, tabiat va jamiyatning 
rivojlanishi bilan bogʻliq boʻlgan juda koʻp oʻta murakkab muammolarni xal etishda katta 
ahamiyatta ega.
•
Insonning biosferaga salbiy taʼsiri. Turli tabiiy ofatlar, ocharchilik insonlar soni kamayishiga 
sabab boʻlmoqda. Masalan, 1975-yilda Xitoyda boʻlgan yer silkinishidan 600 mingdan ortiq 
odam oʻlgan boʻlsa, 1985-yilgi Mexikodagi yer qimirlash 20 ming, Kolumbiyadagi vulqon 26 
ming, Armanistondagi yer qimirlash 25 ming, Tojikistonda esa 100- mingdan ortiq odamlar 
oʻlimiga sabab boʻldi, 2001-yil yanvar oyi oxirida Hindistondagi yer silkinishida 40000 ga yaqin 
kishi halok boʻlgan. •
Ammo insonning tabiatga koʻrsatgan salbiy taʼsiri xilma-xildir. Masalan, oʻrmonlardagi yongʻin sababli ming-minglab gektar yerdagi daraxtlar, 
ularning organik moddasi yonib ketadi. Atlantika okeani ustidan uchib oʻtgan reaktiv samolyot 35 t. Kislorod yutib, atmosferaga yutgan 
kisloroddan ortiq zaharli gazlar chiqaradi. Yerga haddan ziyod koʻp zaharli moddalar ishlatilishi biosfera turgʻunligining buzilishiga sabab 
boʻldi. 1960-90 yillar Oʻzbekiston paxta dalalarining har gektariga 45–51 kg dan zaharli gerbitsidlar qoʻllanilishi qancha-qancha insonlarning 
ogʻir dardga chalinishiga sabab boʻldi, qanchasi hayotdan koʻz yumdi. Zaharli moddalar taʼsiri ham koʻp yilar davom etadi. Turli mamalakatlar 
tomonidan dunyo okeani 6-7 mlrd.t qattiq chiqindilar tashlanadi, gidrosfera 90-100 mln. T. Neft, neft mahsulotlari shundan 19-20 mln. Tonna 
yer usti ekosistemasiga, 60-70 mln. Tonna atmosferaga tushadi. Shunday texnogen sabablarga koʻra, keyingi 130 yil ichida atmosferada CO2 
miqdori 0,3% dan 0,5% ga yetib qoldi. Ovropa mamlakatlaridagi sanoat va transportdan ajratilgan zaharli gazlar yerga (yomgʻir) kislotasi 
shaklida tushmoqda, havoda zaharli gazlar miqdori ortgan, masalan, 1 odamga 47 kg zaharli gazlar toʻg’ri keladi. Atmosferadagi 70% gazlar 
Shvetsiya va 80% esa Norvegiya sifatida shamol bilan boshqa qoʻshni hududlarga tarqaladi. Ovropa hosil boʻladigan kislotali yomgʻirlarning 
20% i Shimoliy Amerikadan keladi. Keyingi 4-5 yil ichida Osiyo osmonida sariq tuman hosil boʻlib, kislotali yomgʻir 2005-yil 10, 14-iyul kunlari 
Toshkentga yogʻdi. Yomgʻir sariq zang pH=4,5 boʻlib, yomgʻir tufayli sabzavot oʻsimliklari qurib qoldi. Bundan 150-170 yillar avval Ovropa 
yerlariga atmosferadan yogʻin bilan kadmiy elementi tushgan emas, lekin keyingi vaqtda gektariga 5,4 – 5,5 gr kadmiy tushmoqda. Uning 
odamning ayrim bezlaridagi miqdori 1900-yilga qaraganda 75-80 barobar ortgan. Yirtqich qushlarda esa 132 barobar koʻpaygan. Hattoki 
keyingi 100 yil ichida Pomir-Oloy muzliklarida kadmiy miqdori 5-6-marta oshgan. Inson ijod qilgan moddalarning, tiriklik genetik sistemasiga 
salbiy taʼsiri juda katta. Hozirgi kunda dunyo boʻyicha koʻp miqdorda turli kimyoviy moddalar toʻplangan boʻlib, ularning ayrimlari mutagenlik 
taʼsir koʻrsatadi, ular tirik organizm tanasida oksidlanish, tiklanish, parchalanish va qoʻshilish jarayonlarida hujayra organik moddalarini 
ifloslaydi, organizim genetik belgisi oʻzgaradi, yaʼni ayollar homiladorligi buzilishi, bolaning chala tugʻlishi, bolalar oʻlimi ortishi, yurak-qon 
tomir, oshqozon, jigar, buyrak, rak kasalliklari, uyqusizlik kabi holatlar koʻpayadi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda pestitsidlarni qoʻllash 
natijasida har yili 375 ming odam zaharlanadi. Ulardan yuz mingdan ortigʻi oʻlgan. Zaharli gerbidsid va pestitsidlar qushlar, suv hayvonlariga 
salbiy taʼsir qiladi. Masalan, AQSh ning suv havzalarida uchraydigan biologik organizmlarning 80% i teri va jigar raki bilan zaralangan. Kanada 
sudan baligʻi jigarida shish boʻlgan, 5% li xom neftdan suv oʻtlar, umurtqasizlar, baliqlar, tyulen va kidsimonlar oʻladi. Suvda ayrim ogʻir 
metallardan juda oz miqdorda ham tirik organizmlarga ziyon yetadi. Yaʼni ularga simob, (0,05 mg l) mis (0,05), kadmiy (0,02), fenol (0,5), 
ammoniy (1 ml.g l), sianit (0,05)mg. Kabilar organizmlar harakatini buzadi koʻp baliqlar oʻladi va insonga salbiy taʼsir koʻrsatadi.

Mavzu Yerdagi tabiiy ekotizimlar. Biosfera birliklari.

Reja • Yerdagi tabiiy ekotizimlar nimalar kiradi

Ekotizim (yoki ekologik tizim) — barcha organizmlar va ular oʻzaro taʼsir qiladigan muhitdan iborat. Ushbu biotik va abiotik komponentlar oziq moddalar aylanishlari hamda energiya oqimlari orqali bir-biriga bogʻlangan. Energiya fotosintez orqali tizimga kiradi va oʻsimlik toʻqimalariga kiritiladi. Hayvonlar oʻsimliklar va bir-biri bilan oziqlanib, materiya va energiyaning tizim boʻylab harakatlanishida muhim rol oʻynaydi. Ular, shuningdek, mavjud oʻsimlik va mikrobial biomassa miqdoriga taʼsir qiladi. Oʻlik organik moddalarni parchalash orqali parchalanuvchilar uglerodni atmosferaga qaytarib yuboradi va oʻlik biomassada saqlanadigan ozuqa moddalarini oʻsimliklar hamda mikroblar tomonidan osonlikcha qayta ishlash mumkin boʻlgan shaklga aylantirish orqali ozuqa moddalarining aylanishini osonlashtiradi

Inson bilarn tabiiyat ortasidaki munosabat

Ekotizimlar tashqi va ichki omillar bilan boshqariladi. Iqlim, tuproq va topografiyani tashkil etuvchi asosiy material kabi tashqi omillar ekotizimning umumiy tuzilishini boshqaradi, lekin ekotizimning oʻzi taʼsir qilmaydi. Ichki omillar, masalan, parchalanish, ildiz raqobati, soyalanish, buzilish, ketma-ketlik va mavjud turlar bilan boshqariladi. Resurs kiritishlari odatda tashqi jarayonlar tomonidan boshqarilsada, ekotizimda bu resurslarning mavjudligi ichki omillar bilan boshqariladi.