Biosfera va noosfera
Biosfera va noosfera
• N oosfera haqida t ushuncha . Biosferaning inson tomonidan tubdan o‘zgartirilgan yangi qobig‘i noosfera deyiladi.
• Inson tabiatning bir qismi sifatida u bilan uzviy bog‘langan va uning hayot faoliyati barcha tirik mavjudotlarga xos umumiy biologik qonunlar asosida sodir bo‘ladi. Yerdagi barcha tirik organizmlardan farqli ravishda inson ong, tafakkur, og‘zaki va yozma nutqqa ega.
• Fransuz matematigi Eduard Lerua noosfera atamasini taklif qildi. (grek . «noos» – ong, «sphaira» – shar). U inson ongi bilan shakllantiriladigan biosfera qobig‘ini noosfera deb atadi. • Noosfera – Yer qobig‘ining kishilik jamiyatining ongi, tafakkuri, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, fan-texnika rivoji, madaniyati bilan bog‘liq holda biosferaning yangi qiyofaga ega inson jamoasini o‘z ichiga oladi.
• Biosfera to‘g‘risidagi ta’limotning asoschisi V.I.Vernadskiy noosferani biosferaning inson va tabiat munosabatlarini ongli ravishda tartibga solishdan iborat bo‘lgan, biosferaning rivojlanishidagi yangi bir bosqich deb ifodalaydi. U inson faoliyatining ijodiy va yaratuvchanlik xarakterdaligi, inson ongi tufayli ilgari tabiatda mavjud bo‘lmagan va tabiatda mustaqil yashay olmaydigan madaniy o‘simliklarning yangi navlari va uy hayvonlarining zotlari yaratilganligini qayd etadi.