logo

Biosfera ta'limoti

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

216.365234375 KB
Mavzu:Biosfera 
ta'limoti                   
BIOSFERA HAQIDA TA’LIMOT.

Reja:

Biosfera haqida Vernadskiy 
ta’limoti.

Biosfera chegaralari va tarkibiy 
qismlari

Biosferadagi moddalarning xossasi 
va funktsiyalari.

Biosferada moddalarning aylanishi.                   
Biosfera haqida Vernadskiy ta’limoti

Rus olimi V.I.Vernadskiy birinchi bo’lib 
sayyoramizdagi barcha tirik organizmlarning 
olamshumul ahamiyatini ochib berdi. 
Olimning fikricha tirik organizmlar Yer 
yuzasini o’zgartirishda eng kuchli omil 
hisoblanib, tog’ jinslari, suv, atmosfera 
qismlari hayot ta’sirida o’zgarib turadi va u 
biosfera (yunoncha “bios” – hayot, “sfera” – 
shar) deb ataladi. Biosfera Yer sharidagi eng 
yirik ekotizim deb qaralib, u ayrim 
ekotizimlarning yig’indisidan tashkil topgan.                                      
Bular litosfera (quruqlik), 
gidrosfera (suv havzalari), 
atmosferaning quyi 
qatlamlaridan iborat. Hozirgi 
vaqtda tirik organizmlar 
tarqalgan chegara biosferaning 
17 km. qalinligini, ya’ni 
litosferaning 5-6 km gacha, 
dunyo okeanlarining tubigacha 
(10-11 km) va atmosferada 10 
ka gacha balandlikni tashkil 
etadi.                   
V.I.Vernadskiy sayyoramizdagi barcha tirik 
organizmlar yig’indisini “tirik modda” deb 
atab, biosferaning eng muhim tarkibiy qismi 
ekanligini ta’kidlaydi. Tirik moddaning 
umumiy vazni kimyoviy tarkibi va energiyasi 
kabi xususiyatlar bilan tavsiflanadi. 
Biosferaning umumiy vazni 3.1024 g, shundan 
tirik moddaning vazni 1,8 – 2,5.1018 g. ga 
teng. Biosferaning ikkinchi tarkibiy qismi o’lik 
moddalar (iqlim, atmosfera, tog’ jinslari va 
boshqalar) hisoblanib, V.I.Vernadskiy ta’limoti 
bo’yicha ularning hosil bo’lishida tirik 
organizmlar qatnashmaydigan biosferadagi 
moddalar yig’indisi kiradi.                   
Biosferaning ikkinchi tarkibiy qismi o’lik 
moddalar (iqlim, atmosfera, tog’ jinslari va 
boshqalar) hisoblanib, V.I.Vernadskiy ta’limoti 
bo’yicha ularning hosil bo’lishida tirik 
organizmlar qatnashmaydigan biosferadagi 
moddalar yig’indisi kiradi. Biosferada oraliq 
moddalar ham ajratilib, ular o’lik va tirik 
moddalarning birgalikdagi faoliyatidan hosil 
bo’ladi. Tirik organizmlar oraliq moddalar 
hosil bo’lishida yetakchi o’rinni egallaydi. 
Oraliq moddalar Yerdagi tirik moddaning 
faoliyati bilan bog’liq bo’lgan tuproq, 
emirilgan jog’ jinslari va barcha tabiiy 
suvlardir.                                      Biosferadagi moddalarning 
xossasi va funktsiyalari

Biosferaning tirik moddasi katta energiya zaxirasiga ega.

Tirik va o’lik moddalar o’rtasidagi keskin farq ularda 
boradigan kimyoviy reaktsiyalar tezligidadir (tirik 
moddada boradigan kimyoviy reaktsiyalar tezligi ming 
va million marta ortiq).

Tirik moddaning o’ziga xos xususiyatlaridan biri, undagi 
oqsillar, fermentlar va boshqa kimyoviy birikmalar faqat 
tirik organizmlarda barqaror bo’ladi.

Biosferada har qanday moddaning erkin harakati va 
ma’lum darajada o’z-o’zini idora etishi umumiy 
xususiyat hisoblanadi.                   Biosferada moddalarning 
aylanishi

Biosferada kimyoviy elementlar tirik organizmlarning faoliyati natijasida 
aylanib turadi. Kimyoviy elementlarning biosferaning bir tarkibiy qismidan 
ikkinchisiga o’tishi shu bilan birga dastlabki holatga qaytishi biosferada 
moddalarning aylanishi deyiladi.

Energiyaning aylanishi moddalarning aylanishi bilan chambarchas bog’liq. 
Moddalarning kichik doirada (biologik) va katta (geologik) doirada aylanishlari 
kuzatiladi biologik doirada aylanish organizmlar o’rtasida, quruqlikda tuproq 
bilan organizm o’rtasida, gidrosferada esa organizm bilan suv o’rtasida sodir 
bo’ladi.                                      Noosfera bosqichi tushunchasi

Noosferaning lug’aviy ma’nosi 
“fikrlovchi qobiq” demakdir. 
V.I.Vernadskiy fikricha noosfera 
biosferaning qonuniy 
rivojlanishi natijasida kelib 
chiqadigan bosqich bo’lib, inson 
bilan tabiat o’rtasidagi o’zaro 
ongli aloqa munosabatlarini o’z 
ichiga oladi.                   ETIBORINGIZ UCHUN 
RAXMAT

Mavzu:Biosfera ta'limoti

 BIOSFERA HAQIDA TA’LIMOT.  Reja:  Biosfera haqida Vernadskiy ta’limoti.  Biosfera chegaralari va tarkibiy qismlari  Biosferadagi moddalarning xossasi va funktsiyalari.  Biosferada moddalarning aylanishi.

 Biosfera haqida Vernadskiy ta’limoti  Rus olimi V.I.Vernadskiy birinchi bo’lib sayyoramizdagi barcha tirik organizmlarning olamshumul ahamiyatini ochib berdi. Olimning fikricha tirik organizmlar Yer yuzasini o’zgartirishda eng kuchli omil hisoblanib, tog’ jinslari, suv, atmosfera qismlari hayot ta’sirida o’zgarib turadi va u biosfera (yunoncha “bios” – hayot, “sfera” – shar) deb ataladi. Biosfera Yer sharidagi eng yirik ekotizim deb qaralib, u ayrim ekotizimlarning yig’indisidan tashkil topgan.

 Bular litosfera (quruqlik), gidrosfera (suv havzalari), atmosferaning quyi qatlamlaridan iborat. Hozirgi vaqtda tirik organizmlar tarqalgan chegara biosferaning 17 km. qalinligini, ya’ni litosferaning 5-6 km gacha, dunyo okeanlarining tubigacha (10-11 km) va atmosferada 10 ka gacha balandlikni tashkil etadi.