Yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash
• Yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash Reja: Yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklashning umumiy qoidalari Yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish Yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi ariza bo‘yicha ish yuritishni tugatish
• Sud yo‘qolgan sud ishini yuritishni ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, prokurorning arizasiga, shuningdek o‘z tashabbusiga ko‘ra tiklashi mumkin. • Yo‘qolgan sud ishini yuritish to‘liq yoki uning sud fikriga ko‘ra tiklanishi zarur bo‘lgan qismi tiklanadi. Sudning hal qiluv qarori yoki ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrimi, agar ular ish yuzasidan chiqarilgan bo‘lsa, tiklanishi shart. • Arizachi yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish chog‘ida sud tomonidan qilingan sud xarajatlarini to‘lashdan ozod qilinadi. Bila turib yolg‘on ariza berilganda sud xarajatlari arizachidan undirib olinadi.
• Yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi ariza ishni ko‘rib chiqqan sudga beriladi. • Arizada ish to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar bo‘lishi kerak. • Arizachida saqlanib qolgan va ishga dahldor bo‘lgan hujjatlar yoki ularning ko‘chirma nusxalari, garchi ular belgilangan tartibda tasdiqlanmagan bo‘lsa ham arizaga ilova qilinadi.
• Sud yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish chog‘ida ish yuritishning saqlanib qolgan qismidan, sud ishini yuritish yo‘qolguniga qadar ushbu ishdan fuqarolar va tashkilotlarga olib berilgan hujjatlardan, bu hujjatlarning ko‘chirma nusxalaridan, shuningdek ishga daxldor bo‘lgan boshqa hujjatlardan foydalanadi. • Sud protsessual harakatlarni amalga oshirish chog‘ida hozir bo‘lgan shaxslarni, sudning hal qiluv qarorini ijro qilgan shaxslarni, zarur hollarda esa yo‘qolgan sud ishini ko‘rib chiqqan sud tarkibiga kirgan shaxslarni ham guvoh sifatida so‘roq qilishi mumkin.
• Yo‘qolgan sud hal qiluv qarorini yoki ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrimni tiklash to‘g‘risidagi sud hal qiluv qarorida sud tiklanayotgan sud hujjatining mazmuni sudga taqdim etilgan va yo‘qolgan ish bo‘yicha sud protsessining barcha ishtirokchilari ishtirokidagi sud majlisida tekshirilgan qaysi aniq ma’lumotlar asosida aniqlangan deb hisoblashi ko‘rsatiladi.