logo

YOQILG‘I-ENERGETIKA MAJMUASI

Загружено в:

10.08.2023

Скачано:

0

Размер:

2499.1845703125 KB
YOQILG‘I-ENERGETIKA 
MAJMUASI     •
Bu majmuaga yoqilg‘i (yoqilg‘ini qazib olish 
va unga ishlov berish) va elektroenergetika 
sanoatlari kiradi (21 rasm). Elektr energiyasini ‑
ishlab chiqarish va undan foydalanish 
mamlakat iqtisodiyoti yuksalishining muhim 
omili hisoblanadi. Olimlar quyosh, shamol, 
geotermal energiya kabi bitmas-tuganmas 
energiya manbalaridan keng miqyosda 
foydalanish yo‘llarini izlamoqda .   Yoqilg`I – energetika majmuasi  •
Energetika boyliklariga yoqilg‘i boyliklari 
(ko‘mir, neft, gaz, torf, slanes, o‘tin) va 
gidroenergiya boyligi (daryoning yuqoridan 
tushayotgan suvining energiyasi) kiradi. 
Yoqilg‘i boyliklari mamlakatimiz 
iqtisodiyotining barcha tarmoqlari uchun 
energiyaning asosiy manbayidir. Yoqilg‘i turli 
xillarining salmog‘ini taqqoslash uchun ular 
shartli yoqilg‘iga aylantiriladi.  Shartli yoqilg‘i
•
Shartli yoqilg‘i  deb 1 kg toshko‘mir yonganda 
hosil bo‘ladigan (7 mln kal) energiyaga 
aytiladi. Uning issiqlik koeffitsient darajasi 1 
ga teng. Boshqa yoqilg‘ilar yonganda hosil 
qiladigan issiqlik 1 kg toshko‘mirning issiqlik 
koeffitsienti, ya’ni 1 ga qiyosan baholanadi 
(22-rasm).  Yoqilg`ilarning yonish issiqligi •
Issiqligi (kaloriyasi) kam bo‘lgan yoqilg‘ilar (torf, 
slanes, qo‘ng‘ir ko‘mir) qazib olingan joyda 
foydalanilishi maqsadga muvofiq. Chunki ular uzoq 
masofalarga tashilganda tannarxi qimmatlashadi. Shu 
sababli ular mahalliy yoqilg‘i hisoblanadi. Yoqilg‘i 
boyliklarining qiymati faqat kaloriyasigagina bog‘liq 
bo‘lmay, foydalanish imkoniyatiga, qazib chiqarish 
xarajatiga ham bog‘liq. Eng tejamli yoqilg‘i neft va 
gazdir, chunki ularni qazib chiqarish va ishlatiladigan 
joyga quvurlar orqali yuborish arzon tushadi. Shunga 
ko‘ra turli xil yoqilg‘ini qazib chiqarish va undan 
foydalanish ko‘lami davriy o‘zgarib turadi (23-rasm).    Yoqilg`i sarfi dinamikasi •
Turli xil yoqilg‘ilarni qazib 
chiqarish va ishlab chiqarilgan 
energiya (kirim) hamda ulardan 
iqtisodiyotda foydalanish (sarf 
qilish) nisbati  yoqilg‘i-
energetika balansi  deyiladi.

YOQILG‘I-ENERGETIKA MAJMUASI

• Bu majmuaga yoqilg‘i (yoqilg‘ini qazib olish va unga ishlov berish) va elektroenergetika sanoatlari kiradi (21 rasm). Elektr energiyasini ‑ ishlab chiqarish va undan foydalanish mamlakat iqtisodiyoti yuksalishining muhim omili hisoblanadi. Olimlar quyosh, shamol, geotermal energiya kabi bitmas-tuganmas energiya manbalaridan keng miqyosda foydalanish yo‘llarini izlamoqda .