Yosh avlodni ma'naviy komillik istiqlolga sodiqlik ruhida tarbiyalashda falsafaning ahamiyati
MAVZU: YOSH AVLODNI MA'NAVIY KOMILLIK ISTIQLOLGA SODIQLIK RUHIDA TARBIYALASHDA FALSAFANING AHAMIYATI REJA: 1. Yosh avlodni tarbiyalashda falsafaning o’rni. 2. Falsafa — dunyoqarash sifatida. 3. Falsafiy dunyoqarashning umuminsoniy va milliy xususiyatlarini o’rganishning ahamiyati.
Yosh avlodni komillikka yetaklovchi eng katta kuch - bu kitob va hayotiy saboqlardir. Yoshlarni milliy qadryatlar ruhida tarbiyalash kelajakni, millatni va milliyligimizni boqiy ozod holda ko'rishimiz mumkin. Vatanga sadoqat, do'stlikka ishonch, oilaga mehr - muhabbat, kattalarga hurmatda kichiklarga izzatda bo'lish tuyg'usini shakllantirsh milliy qadryatlarimizni asl ko'rinishidir. Insonga faqat dunyoda yuz berayotgan voqelik haqida, odob - u axloq qoidalari, mehr va sadoqat tushunchalari haqida bilim berishning o'zi uning ma'naviy-axloqiy tarbiyasi uchun yetarli bo'lib qolmaydi. Balki, unda iroda qudrati, mas'uliyat tuyg'usini shakllantirish, ko'nglida atrofmuhitga, mehnatga, kasbga, ilmga, qalban va ruhan o'zga insonlarga mehrli va oqibatli bo'lish tuyg'usini uyg'otishga, dilida ulug' maqsadlar tug'ilishiga va atrofida yuz berayogan hodisalarga o'z munosabatini bildira olishiga erishishimiz lozim. Yosh avlodni shu xislatlar bilan voyaga yetishlari uchun esa turli yo'llar: kattalarni o'git va nasihatlarini tinglash, undan to'g'ri xulosa chiqara olish qobilyatlarini rivojlantirish orqali; turli vositalar bilan va eng asosiysi yosh avlod tarbiyasiga samimiy (chin ko'ngildan) yondashish va tinimsiz izlanishlar natijasida erishish mumkin. Dunyoda har bir xalqning asrlar, zamonlar osha yashab kelayotgan milliy qadriyatlari bor. Yosh avlodni ma'nan barkamol etib tarbiyalashda ham shubhasiz, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslanamiz.
JAMIYAT — KISHILAR O ‘RTASIDAGI MANFAATLAR VA MAQSADLARNI OQILONA MUSHTARAKLASHTIRISHGA ASOSLANGAN, AXLOQIY, HUQUQIY MEZONLAR, AN’ANA, MAROSIM, URF-ODATLARGA TAYANGAN, MUAYYAN BOSHQARISH TIZIMI ORQALI YO‘NALTIRILADIGAN IJTIMOIY, MA’NAVIY, IQTISODIY, SIYOSIY MUNOSABATLARDIR.
Tarbiya inson umrining oxirigacha davom etadigan jarayon bo'lib (inson umrining oxirigacha o'rganadi, degan naql asosida tarbiyalanib), doimiy ravishda rivojlanib, takomillashib, komillikka intilib yashaydi. Quyida uzluksiz ravishda olib boriladigan axloqiy tarbiyaning har bir bosqichini alohida ko'rib chiqamiz. Oilada axloqiy tarbiya. Bola tarbiyasini ona qornidan boshlash maqsadga muvofiq bo'ladi. Ushbu fikrni bir qator Sharq mutafakkirlari ham tahkidlab o'tishgan. Bolani tarbiyalash uchun, avvalo ota-onaning o'zi tarbiyalangan bo'lishi kerak. Faqatgina ham jismonan, ham mahnan sog'lom otaonadan sog'lom farzand dunyoga keladi.Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov sog'lom avlod to'g'risida fikr yuritib: «Sog'lom avlod deganda, shaxsan men, eng avvalo sog'lom naslni, nafaqat jismonan baquvvat shu bilan birga ruhi-fikri sog'lom, imon-ehtiqodi butun, bilimli, ma'naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlodni tushunaman», deb tahkidlaganlar. Farzand tug'ilgan kunidan boshlab dastlab oila muhitida tarbiyalanadi. Bu davrda bolani to'g'ri ovqatlantirish, to'g'ri parvarish qilish juda muhim. Bir yoshgacha bo'lgan davrda bola o'ziga yaqin kishilarni ko'rganda xursand bo"ladi, rangdor o'yinchoqlarni xush ko"radi. Bu davrda bolani alla, mahnoli erkalashlar, chiroyli o'yinchoqlar orqali tarbiyalab borish lozim. 1 yoshdan 3 yoshgacha bo'lgan bolalar esa turli o'yinchoqlarni o'ynay boshlaydilar, asta-sekin nutqi rivojlana boshlaydi. Bu davrda bolalar o'yin orqali bir-birlari bilan aloqa bog'laydilar, tasavvur, fikrlash jarayoni shakllanadi. Ota-ona yoki tarbiyachilarning bolalarni sevishi, ularning xatti-harakatiga ziyraklik va mehribonlik bilan munosabatda bo"lishi, bolaning sog'lom o'sishiga, odob-axloqli bo'lishiga olib keladi.
Dunyoqarash - Kishilarning olam va uning o`zgarishi, rivojlanishi haqidagi ilmiy, falsafiy, siyosiy, huquqiy, estetik, diniy va hakazo qarashlar va tasavvurlar majmuasidir. Dunyoqarash - bu olam haqidagi yaxlit umumlashtrilgan bilimlar to`plami.