logo

Borliq – falsafaning fundamental kategoriyasi

Загружено в:

28.02.2024

Скачано:

0

Размер:

1028 KB
Borliq – falsafaning 
fundamental kategoriyasi 
1.Borliq tushunchasi va uning turlari.

2.Substantsiya va materiya, ularning o’zaro aloqadorligi. 

3.Harakat va rivojlanish tushunchasi. Harakatning asosiy shakllari

4. Borliqning fazo va vaqtda mavjudligi. 

5.Tabiat - borliqning ajralmas qismi 

6.Inson va tabiatning o’zaro aloqadorligi  • Bоrliq  -  u  o’zigа  ob’yektiv  vа  
sub’еktiv  riаllikni ,   mаvjud  bo’lgаn  
vа  mаvjud  bo’lаdigаn  оlаmlаrni ,  
mоddiylik  vа  mа’nаviylikni , o’tmish  
vа  kеlаjаkni ,   o’limni  vа  hаyotni , 
ruх  vа  jismni  qаmrаb  оluvchi  
tushunchаdir . 
Borliq  tushunchsi falsafiy jihatdan juda keng 
ma’noda bir butun reallik sifatida tushuniladi.

Borliq muammosining falsafiy tahlili shuni 
ko’rsatadiki dunyo bir butun abadiy mavjud 
lekin uni tashkil etgan narsalar o’z 
mavjudligijihatidan har xil o’tkinchidir.

Hozirgi zamon falsafiy adabiyotlarida   “ borliq ” 
so`zini tor va keng ma`noda tushinish hollariga 
duch kelamiz. Tor ma`noda  “borliq”  ongga 
bogliq bo`lmagan ob`ektiv olamni bildiradi; 
keng ma`noda - bu barcha mavjud narsalardir.    
Borliq
Moddiy borliq       Manaviy borliq
Insonning , uning 
ongidan  tash q arida
ob'ektiv  reallik
sifatida  mavjud
bo'lgan  narsalar 
h odisalar  va  
jarayonlardan  iborat . Faqat  inson  ongi 
bilan  bog’liq , sub'ek
tiv  reallik sifatida
mavjud  bo'lgan  fikr-
lar , hoyalar , qarash - 
lar  tarzidagi  bor - 
liqning ko'rinishidir. 
 Moddiy borliq 3 turga bo’linadi
1. Tabiiy borliq yoki tabiat 
borlig’i
2. Insoniy borliq yoki inson 
borlig’i.
3. Ijtimoiy borliq yoki 
jamiyat moddiy borlig’i.  Ma’naviy borliq 2 
turga bo’linadi
Individuallashgan 
ma’naviy borliq.
Ob’yektivlashgan
ma’naviy borliq. Borliq muammosi barcha falsafiy 
ta’limotlarda asosiy o’rin egallab 
kelgan. Bu bejiz emas, albatta. 
Kishilar azaldan voqelikni falsafiy 
nuqtai nazardan tushunishga 
intilib kelganlar. Borliq 
tushunchasi voqelikni falsafiy 
anglash uchun ishlatiladigan 
asosiy tushunchadir. 
Ilmiy falsafa nuqtai nazaridan 
borliq tushunchasi sermazmun, 
ko’p qirrali bo’lib, voqelikdagi 
barcha narsa va hodisalar, 
jarayonlarni ifodalash, aks ettirish 
uchun ishlatiladi. Borliq 
tushunchasi yordamida kishilar 
o’z ongida dunyoning mavjudligi, 
uning cheksizligi, abadiyligi, yaxlit 
va bir butunligi haqida umumiy 
tasavvurga ega bo’ladilar.  Borliqning  asosiy  shakllarini  moddiy 
predmetlar,  jarayonlar  borlig’i,  inson  borlig’i, 
ijtimoiy  borliq,  ma’naviy  borliq  tashkil  etadi. 
Moddiy  predmetlar  borlig’i  turkumiga  tabiatdagi 
barcha  narsalar,  eng  mayda  zarrachalardan  tortib 
yer,  Quyosh,  koinotgacha  kiradi.  Shuningdek, 
moddiy  borliqga  kishilar  tomonidan  yaratilgan 
«ikkinchi  tabiat»,  ya’ni  har  xil  moddiy  ne’matlar 
(zavod,  fabrika,  binolar,  turli  mashina, 
mexanizmlar,  asbob-uskunalar  va  h.k.)  ham 
kiradi.  Substantsiya va materiya, ularning o’zaro 
aloqadorligi
Substantsiya   tushunchasi  odatda  moddiy  substrat  va  narsa  o’zgarishlarining  boshlang’ich  asosini 
ifodalaydigan atama sifatida ishlatiladi. 
Falsafa  tarixida  dastlabki  vaqtlarda  substantsiya  hamma  narsani  tashkil  etadigan  moddiy  zarrachalar, 
deb  tushunilgan.  Masalan,  atom  Demokrit  ta’limotida,  Forobiy,  Ibn  Sino,  Ibn  Rushd  asarlarida  ham 
substantsiya tushunchasi moddiy asos, mohiyat sifatida talqin etildi. 
Forobiyning fikricha, «o’z zoti mavjud (narsalar)ni substantsiya (javhar), deb ataladi, masalan, olam va 
shunga  o’xshash  barcha  jismlar.  O’z  zoti  bilan  mavjud  bo’lmagan  (narsalar)ni  aktsidentsiya   deb  ataymiz, 
masalan, olmaning qizilligi va shunga o’xshaganlar. Bundan kelib chiqadiki, barcha vujudga keltirilgan narsalar 
yoki substantsiya (masalan, olma), yoki aktsidentsiyalar 
(masalan, olmadagi qizillik)dan iborat bo’lar ekan». 
Yangi  zamonda  Dekart  substantsiya  muammosini  eng  keskin  qilib  qo’ydi.  U  ikki  xil  substantsiya  — 
materiya  va  ruh  parallel  ravishda  mavjud,  bularning  har  ikkalasi  esa  Xudoga  bo’ysunadi,  deb  hisoblaydi. 
Spinoza tabiatni yakkayuyagona substantsiya deb, ko’lam va tafakkurni yagona bir substantsiyaning atributlari 
hisoblardi va substantsiyani o’z-o’ziga sababchi, deb qarardi. 
Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri.-T.:“Xalq merosi”,1993.-180-bet. 
  Harakat va rivojlanish tushunchasi. Harakatning asosiy shakllari
Tabiat va jamiyatda hamma narsa harakatda, o’zgarishda, o’zaro ta’sirda va o’rin almashishdadir. 
Hech  bir  muloqot  tinch  turgan,  harakatsiz  narsa  emas.  Olamdagi  narsalar  harakatda  bo’lib,  ular  bir-
biriga  aylanadi,  biri  ikkinchisini  yo’qotadi,  biri  ikkinchisidan  paydo  bo’ladi.  Butun  tabiat,  eng  kichik 
zarradan  tortib,  eng  katta  jismlargacha,  qum  donasidan  tortib  Quyoshgacha,  bir  hujayrali  organizmdan 
tortib  odamzodgacha  doimo  paydo  bo’lish  va  yo’q  bo’lish,  uzluksiz  oqish,  beto’xtov  harakat  qilish  va 
o’zgarish holatini kechirib turadi. 
Tevarak  atrofimizdagi  olamni  bilib  borar  ekanmiz,  unda  o’zgarmaydigan  hech  narsa  yo’qligini, 
hamma  narsa  harakatda  bo’lib,  bir  shakldan  ikkinchi  bir  shaklga  o’tib  turishini  ko’ramiz.  Barcha 
moddiy  ob’ektlarda  elementar  zarralar,  atomlar,  molekulalarning  harakati  sodir  bo’lib  turadi,  har  bir 
ob’ekt  uni  qurshab  turgan  muhit  bilan  o’zaro  bir-biriga  ta’sir  qilib  turadi,  o’zaro  ta’sir  esa  u  yoki 
boshqa turdagi harakatni o’z ichiga oladi. Har bir jism, hatto yerga nisbatan osoyishta turgan jism ham 
u  bilan  birga  Quyosh  atrofida  aylanadi,  Quyosh  bilan  yer  esa  Galaktikaning  boshqa  yulduz 
sistemalariga nisbatan o’rin almashinib turadi va h.k.  Borliqning fazo va vaqtda mavjudligi. 
Materiya cheksiz ravishda sodir bo’lib turadigan harakat, o’sish, o’zgarish va taraqqiyot hamisha 
fazo  bilan  vaqtda  yuz  beradi.  Harakat  singari  fazo  va  vaqt  ham  materiya  mavjudligining  tub  ob’ektiv 
shaklidir.  Demak,  harakatni  materiyadan  ajratish  mumkin  emas,  shuningdek,  fazo  bilan  vaqtni  ham 
materiyadan ajratib bo’lmaydi. 
Harakat  fazo  bilan  vaqtning  mohiyatidir.  Boshqacha  aytganda,  harakat  fazo  bilan  vaqtning 
birligidir. Fazo bilan vaqt o’z tabiatining mavjudligini materiya harakatida ochiq-oydin ko’rsatadi. 
Fazo  harakatdagi  materiya  mavjudligining  tub  ob’ektiv  shaklidir.  Fazo  tushunchasi  moddiy 
ob’ektlarning  birgalikda  mavjudligini  va  bir-biridan  uzoqligini,  ularning  ko’lamini,  bir-biriga  nisbatan 
joylashish  tartibini  ifodalaydi.  Tabiatdagi  hamma  jismlar,  jumladan,  insonning  o’zi  ham  ob’ektiv 
olamda  sodir  bo’ladigan  hamma  moddiy  jarayonlar  fazoda  o’rin  tutadilar,  muayyan  masofaga  ega 
bo’ladilar.  Olamda  mavjud  bo’lgan  predmetlar  bir-biridan  sifat  jihatidangina  emas,  uzunligi,  kengligi, 
hajmi,  baland-pastligi,  katta-kichikligi,  o’rin  jihatidan  ham  farqlanadi.  Ularning  har  biri  bir-biriga 
nisbatan  yaqin  yoki  uzoq,  quyi  yoki  yuqori,  chap  yoki  o’ngda  joylashgan  bo’ladi.  Bularning  hammasi 
fazo tushunchasida ifodalanadi.  Tabiat - borliqning ajralmas qismi 
Insonni qurshab turgan tabiat, uning paydo bo’lishi va rivojlanishi qonuniyatlarini falsafiy nuqtai 
nazardan  tushunish,  ilmiy  bilish  va  amaliyotda  katta  ahamiyat  kasb  etadi.  Tabiat  benihoyat  xilma-xil 
shakl  va  ko’rinishlarda  bo’lib,  insonni  qurshab  turgan  moddiy  olam,  butun  borliqni  o’z  ichiga  qamrab 
oladi. U keng ma’noda olganda, materiya, koinot tushunchalarini ham ifodalaydi. 
Sharq  falsafasi  va  islom  ta’limotida  Olloh  hamma  narsaning  ibtidosi,  materiyani  ham,  tabiatni 
ham Tangri taolo yaratgan, deyiladi. 
Ilmiy  falsafa  esa  tabiatning  mavjudligi  insonga,  uning  ongi  va  sezgisiga  bog’liq  emas,  deb 
uqtiradi.  O’tmishda  yer  shunday  bir  holatda  bo’lganki,  unda  o’zining  sezgilari  va  ongiga  ega  bo’lgan 
inson  u  yoqda  tursin,  hatto  boshqa  har  qanday  jonli  mavjudotlarning  ham  yashashi  uchun  hech  bir 
imkoniyat  bo’lmagan.  yer,  Quyosh  sistemasi,  umuman  tabiat  har  qanday  ongdan  tashqarida  va  unga 
bog’liq  bo’lmagan  holda  mavjuddir.  Kishi  ongi  tabiat  taraqqiyotining  faqat  muayyan  bosqichidagina 
uning mahsuli sifatida vujudga kelgan.  Inson va tabiatning o’zaro aloqadorligi 
Kishilik  jamiyati  moddiy  olamning,  tabiatning  ko’p  ming  yillik  tadrijiy 
taraqqiyotining  qonuniy  mahsulidir.  U  taraqqiyotining  ma’lum  bir  bosqichida,  insonlar 
jamoasi  kelib  chiqqan  davrda  yuzaga  kelgan.  Demak,  jamiyat  tarixi  va  uning  taraqqiyoti 
inson  ma’lum  jamoaga  birlashib  mehnat  qilgan,  ishlab  chiqarish  qurollarini  yaratgan, 
ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar shakllangan davrdan boshlandi. 
Jamiyat  tarixi  ijtimoiy-siyosiy,  iqtisodiy,  madaniy  munosabatlar  tarixidir.  Jamiyat 
rivojlanishi  esa  shu  munosabatlarning  o’sishi  va  takomilashishi  shaklida  bo’ladi.  Jamiyat 
tarixi tabiat rivojlanishi tarixining ma’lum bir davridan boshlandi. 
Shunday  qilib,  inson  va  jamiyat  tabiatning  ajralmas  bir  qismi  bo’lishi  bilan  birga 
uning alohida ongli qismidir. Jamiyat hamisha tabiat bilan o’zaro aloqada bo’ladi. Inson har 
doim  tabiatning  bag’rida  yashaydi.  Biz  butun  borlig’imiz  bilan  tabiatnikimiz  va  uning 
ichida yashaymiz, olamiz va ulardan to’g’ri foydalana bilamiz.

Borliq – falsafaning fundamental kategoriyasi

 1.Borliq tushunchasi va uning turlari.  2.Substantsiya va materiya, ularning o’zaro aloqadorligi.  3.Harakat va rivojlanish tushunchasi. Harakatning asosiy shakllari  4. Borliqning fazo va vaqtda mavjudligi.  5.Tabiat - borliqning ajralmas qismi  6.Inson va tabiatning o’zaro aloqadorligi

• Bоrliq - u o’zigа ob’yektiv vа sub’еktiv riаllikni , mаvjud bo’lgаn vа mаvjud bo’lаdigаn оlаmlаrni , mоddiylik vа mа’nаviylikni , o’tmish vа kеlаjаkni , o’limni vа hаyotni , ruх vа jismni qаmrаb оluvchi tushunchаdir .

 Borliq tushunchsi falsafiy jihatdan juda keng ma’noda bir butun reallik sifatida tushuniladi.  Borliq muammosining falsafiy tahlili shuni ko’rsatadiki dunyo bir butun abadiy mavjud lekin uni tashkil etgan narsalar o’z mavjudligijihatidan har xil o’tkinchidir.  Hozirgi zamon falsafiy adabiyotlarida “ borliq ” so`zini tor va keng ma`noda tushinish hollariga duch kelamiz. Tor ma`noda “borliq” ongga bogliq bo`lmagan ob`ektiv olamni bildiradi; keng ma`noda - bu barcha mavjud narsalardir.

Borliq Moddiy borliq Manaviy borliq Insonning , uning ongidan tash q arida ob'ektiv reallik sifatida mavjud bo'lgan narsalar h odisalar va jarayonlardan iborat . Faqat inson ongi bilan bog’liq , sub'ek tiv reallik sifatida mavjud bo'lgan fikr- lar , hoyalar , qarash - lar tarzidagi bor - liqning ko'rinishidir.