Yosh davrlarining psixologik xususiyatlari
Mavzu : Yosh davrlarining psixologik xususiyatlari
REJA: 1. Turli yosh davrlardagi anotonik tuzilishi. 2. Shartli va shartsiz reflekslar. 3. Yosh davrlarning qonuniyatlari 4. Yosh davrlarda vujudga keladigan sabablarning inqirozlari.
Turli yosh davrlardagi anotonik tuzilishi. Yosh davrlari psixologiyasi turli yoshdagi insonlarning psixik rivojlanishi, psixik xususiyatlari va ularning o‘ziga xos omillari mezonlari hamda mexanizmlari haqidagi fandir. Shuningdek, u muayyan yoshdagi insonlarning o‘ziga xos xususiyatlarini ham o‘rganadi. Shuning uchun ijtimoiy hayotda ta’lim-tarbiyada, guruhlar hamda jamoalarda, ishlab chiqarish va oilaviy munosabatlarda yosh davrlari psixologiyasi alohida o‘rin tutadi. Inson shaxsining tarkib topishi va bilish jarayonlarining rivojlanish muammosini inson psixikasining rivojlanishi qonunlarini hisobga olmay, oqilona hal qilib bo‘maydi. Shuning uchun hozir «inson omili» masalasi dolzarb mavzuga aylandi. Yosh davrlari psixologiyasi, inson psixikasining rivojlanish qonuniyatlari va xususiyatlari hamda shu rivojlanishning bosqichlari to‘g‘risidagi fandir. Yosh davrlari psixologiyasining asosiy vazifasi shaxsning kamol topishi qonuniyatlari va turli yosh davridagi odamlarda vujudga keladigan psixik faoliyat, holat va shart-sharoitlarning o‘zaro ta’siri xususiyatlarini aniqlashdan iboratdir.Yosh davrlari psixologiyasi ana shu vazifalarni hal qilish bilan amaliy maqsadlarni ro‘yobga chiqaradi
Ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirishga yordam beradi. Moddiy ne’matlar ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishga, millatlararo munosabatlarni yaxshilashga, shaxslararo muloqotni to‘g‘ri yo‘naltirishga, jamoada ijobiy psixologik iqlim yaratishga, uzoq umr ko‘rish sirlarini ochishga, oilaviy munosabatlarni mustahkamlashga, ajralishlarning oldini olishga xizmat qiladi. Mazkur psixologiya fanining sohasi XIX asrning boshlarida vujudga kelgan, lekin dastlabki ildizi qadimgi Yunon madaniyatiga borib taqaladi. Uning predmeti va qonuniyatlari to‘g‘risida jahon psixologiyasi olamida turli qarashlar va nazariyalar mavjud Ularning juda keng tarqalganlari biogenetik (V.Shtern), sotsiogenetik (K.Levin) bixevoritsik (E.Torndayk) psixoanalitik (Z.Freyd) nazariyalaridir. Shuningdek, metodlarga asoslanib tadqiqotlar olib borgan olimlar ham juda ko‘p. Ilmiy psixologik adabiyotlar emperik ma’lumotlar yosh davri psixologiyasining mustaqil fan sifatida ajralib chiqishiga qator omillar va holatlar sabab bo‘lgan degan xulosaga keldik.