Yosh davrlarning psixologik xususiyatlari
Yosh davrlarning psixologik xususiyatlari
MAVZU: MAKTABGACHA YOSH DAVRI RE JA: 1. Mak t abgacha bolal ik dav omida riv ojlanishni i jt imoiy v aziy at ini o‘zgarishi. 2. O‘y in v a faol iy at ning boshqa t url ari . 3. Kat t alar v a t engdoshlari bilan mul oqot . 4. Mak t abgacha t arbiy a yoshida shaxsini riv ojlanishi.
Uch yoshli bolalarga to’g’ri tarbiya berish, ta’sir o’tkazish, ularning harakatlarini maqsadga muvofiq yo’naltirish orqali ularda mustaqil holda ovqatlanish, kiyinish, yuvinish, o’z o’rnini yig’ishtirish ko’nikmalarini tarkib toptirishga, ayrim topshiriq va vazifalarni puxta bajarish malakasini shakllantirishga erishish mumkin. Maktabgacha yoshga qadar bolalarning psixologik xususiyatlari yuzasidan mulohaza yuritishda kimning ilmiy tadqiqoti va asari bo’lishidan qat’i nazar, un da vujudga keladigan xohish, istak hamda niyatning qondirilishi individni kamol toptirishga, shakllantirishga qaror qilgan kattalar tomonidan amalga oshiriladi va boshqariladi . Mana shu yosh davrida namoyon bo’ladigan tarbiya jarayonidagi ayrim qiyinchiliklarning tashqi va ichki alomatlari (belgilari) ham psixologik tadqiqotlarda va ilmiy-psixologik adabiyotdarda ko’p marta ta’kidlangan bo’lib, birinchi navbatda o’jarlik, negativizm, qaysarlik, injiqlik kattalar ning bolalar nazarida obro’sizlanishi va qadrsizlanishi kabi illatlar bilan bog’liqdir.
O’yin faoliyatida bola shaxsida xulq va odob malakalari asta-sekin shakllantiriladi. O’yin faoliyati va turli o’yinlar bolada irodaviy sifatlarni takomillashtirishda, his-tuyg’uni boshqarishda yetakchi faoliyat vazifani o’taydi.
O’yin faoliyatini takomillashtiradigan sharoitlarni tadqiq qilgan N.M.Aksarinaning ta’kidlashicha, o’yin o’z-o’zidan vujudga kelmaydi, buning uchun kamida uchta sharoit mavjud bo’lishi kerak: a) bolaning ongida uni qurshab turgan voqyelik to’g’risidagi xilma-xil taassurotlar tarkib topishi; b) har xil ko’rinishdagi o’yinchoqlar va tarbiyaviy ta’sir vositalarining muhayyoligi; v) bolaning kattalar bilan tez-tez muomala va muloqotga kirishuvi. Bunda kattalarning bolaga bevosita ta’sir ko’rsatish uslubi hal qiluvchi rol o’ynaydi.