Yosh davrlari psixologiyasining xususiyatlari
Mavzu: Yosh davrlari psixologiyasining xususiyatlari
Reja: 1. Go`daklik yoshining psixik taraqqiyoti. 2. Ilk bolalik davrida psixik rivojlanish. 3. Maktabgacha yosh davrda psixik taraqqiyot. 4. Bolaning maktab ta`limiga psixologik tayyorligi muammosi.
Predmetli faoliyat – ilk bolalik davrida etakchi faoliyat turi bulib, bola atrofidagi predmetlarning ijtimoiy mohiyati va funkciyalarini o`zlashtirishdan iborat. Motivlar ierarxiyasi – Tarbiya sharoitiga qarab turli motivlarning ahamiyatliligiga ko`ra tabaqalanishi. Chaqalolik davri. Odamzod bolasi boshqa jonzodlar bolasiga nisbatan ancha zaif tug`iladi. Unda zarur fiziologik funkciyalarning kechishi uchun zarur bo`lgan shartsiz reflekslari, himoya refleksi va orientirovka reflekslaridir. Chaqaloqlik davrida bosh miyaning rivojlanishining zarur sharti – analizatorlarning aktiv ishlashidir. Agar chaqaloq sensor izolyaciya holatiga tushib qolsa, uning rivojlanishi keskin ravishda orqada qola boshlaydi. 2-3 oylikka borganda bolaga tashqi muhitga va kattalarga nisbatan maxsus emocional harakat paydo bo`ladi. Oyoqi va qo`llari bilan tipirchilay boshlaydi. Bu reakciya jonlanish kompleksi deb ataladi. Uning paydo bo`lishi chaqaloqlik davri tuguganligini bildiradi . Go`daklik yoshining psixik taraqqiyoti
Go`daklik davri. 2-3 oydan 1 yoshgacha davrni o`z ichiga oladi. Bu yosh davrda etakchi faoliyat kattalar bilan emocional muloqotdir. Bu muloqot sekin-asta birgalikda faoliyatga aylanib boradi. Muloqot davomida nutqning asoslari rivojlanib boradi. 2 oydanoq bolalarda g`o`ldirash belgilari paydo bo`ladi. Sekin-asta taqlid asosida bola ona tilining fonemasini o`zlashtira boshlaydi. 1 yoshda bola 30-40 ta so`zni o`zlashtirish kerak. Kattalar bilan muloqot davrida bolaga yurish, predmetlar bilan harakat qilish o`rgatilgandagina bola tarbiyalanadi va psixik taraqqiyot yuz beradi. O.Bryune ma`lumotlariga ko`ra bolalar hayot sharoiti va tarbiya uslubidan qat`iy nazar psixik rivojlanishda bir xil natija ko`rsatadilar. 1 yoshgacha bo`lgan davrda ota-onasidan ajralgan bolalar oiladagi sharoitidan kat`iy nazar psixik rivojlanishdan orqada qolar ekanlar.
1 yoshgacha bo`lgan davrda bola psixik jarayonlar va sifatlarning rivojlanishida katta natijalarga erishadi. Avval boshini tutishni, emaklashni, 6 oyga borib, o`tirishni o`rganadi. 3-4 oylikdayoq predmetlarni ushlay boshlaydi va harakatlarni namoyon qiladi. Bu harakatlar avvaliga tartibsiz bulib, bola ko`p xato qiladi, keyinchalik sekin-asta harakatlar aniqlasha boradi. Go`dak predmetlar bilan oddiy manikulyaciya qilishni o`rganadi. So`ngra bu oddiy harakatlar ichki planga – ko`rish idroki planiga o`ta boshlaydi. Go`daklikning oxiriga kelib bolalarga taqlidchanlik kuchayadi. Ilk bolalik davri. Ilk bolalik davrining oxiriga kelib boshqa faoliyat turlari, masalan, qiyin va produktiv faoliyati (rasm chizish, plastilindan narsa yasash) rivojlana boshlaydi. Ilk bolalik davrida psixik rivojlanish