ZAMONAVIY GEOSIYOSIY MAKTABLAR VA YO‘NALISHLAR
ZAMONAVIY GEOSIYOSIY MAKTABLAR VA YO‘NALISHLAR
RE JA 1 . D.U. Meynixning “Evrosiyo tarixida Heartland va Rimland” asari. U.Kirk “Tarixning jug‘rofiy mag‘zi”. Sol Koen “Bo‘lingan dunyoda jug‘rofiya va siyosat”. 2. Sivilizatsiyalar to‘qnashuvi Xantington neoatlantizmi 3. Frensis Fukuyama “Tarix poyoni”. Jak Attali “Geoiqtisodiyot”. 4. Iv Lakost ma k tabi. Andre Zigfred elektoral geosiyosat
D.U. MEYNIXNING “EVROSIYO TARIXIDA HEARTLAND VA RIMLAND” ASARI Atlantizm yo‘nalishining 1945 yildan keyingi rivoji ko‘p jihatdan Nikolas Spaykmen yaratgan asarlarining suzsiz ta’siri ostida kechdi, desak xato bo‘lmaydi. 1956 yilda Spaykmenning shogirdi D.Meynix “Evrosiyo tarixida Heartland va Rimland” maqolasini chop etdi. Meynix e’tiborga molik mulohazani keltirib o‘tadi: “Geosiyosiy mezonlar nafaqat tub hududning Dengizga yoki Quruqlik unsuriga jug‘rofiy jihatdan taalluqliligini, balki, davlat va aholi o‘z oldiga qo‘ygan afzal funksional yo‘nalishlarni ham albatta hisobga olishlari kerak”. Esingizda bo‘lsa, biz De la Blanshning nazariyalarida shunga o‘xshash nazariyalarni uchratamiz.
Meynixning nazarida Yevrosiyo rimland’i fazosi funksional-madaniy jihatdan uchga bo‘linadi. 1. Xitoy, Mo‘g‘uliston, Shimoliy Vetnam, Bangladesh, Afg‘oniston, Sharqiy Yevropa (Prussiya bilan birga), Boltiqbo‘yi va Kareliya kabi makonlar organik ravishda Heartland’ga intiladi. 2. Janubiy Koreya, Birma, Hindiston, Iroq, Suriya, Yugoslaviya davlatlari geosiyosiy jihatdan neytral davlatlardir. 3. G‘arbiy Yevropa, Gresiya, Turkiya, Eron, Pokiston, Tailand singari davlatlarlar ko‘proq talassokratiya, atlantizm yo‘nalishiga moyildir.
U.KIRK “TARIXNING JUG‘ROFIY MAG‘ZI”. 1965 yilda Spaykmenning boshqa bir izdoshi U.Kirk X.Makkinder yaratgan “Tarixning jug‘rofiy mag‘zi” ishi nomlanishiga aynan mos keluvchi ishni taqdim etdi. U.Kirk N.Spaykmenning Rimland markaziyligi to‘g‘risidagi g‘oyalariga yanada sayqal berdi. Maynixning madaniy-funksional tahlillariga va sohilliklarning tellurokratiyaga yoki talassokratiyaga moyilligi tamoyiliga asoslanib, Kirk– sohilbo‘yi sivilizatsiyalar asosiy rolni o‘ynaydigan tarixiy modelni ishlab chiqdi. Uning ta’kidlashicha, bu sivilizatsiyalardan yuqori yoki past darajadagi madaniy impulslar qit’a ichkarisiga o‘tadi. Uning fikricha aynan “talassokratik ruhdagi ichki yarimoy” mamlakatlari bu madaniyat shakllari va tarixiy tashabbuslar muallifidir.