logo

1989-1991 YILLAR ORALIG’IDAGI O’ZBEKISTONDA SIYOSIY VOQEALARNING JAHON MATBUOTIDA YORITILISHI

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

219.5 KB
MAVZU: 1989-1991 YILLAR ORALIG’IDAGI O’ZBEKISTONDA
SIYOSIY VOQEALARNING JAHON MATBUOTIDA YORITILISHI
Reja:
Kirish
1 Mustaqillik ka   erishish   ostonasida   O’zbekistondagi   ijtimoiy-iqtisodiy
vaziyat ning  matbuotida yoritilishi  
2 Mustaqillik ka   erishish   ostonasida   O’zbekistondagi   siyosiy   vaziyatning
yoritilishi
3 Xalq norozichilik harakatlari ning kuchayishi………………………..
4 O’zbekistonda “paxta ishi”, “o’zbeklar ishi” kabi uydirmalar bilan o’zbek
xalqining jabrlanishi …………………………………………
xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati KIRISH
Dunyodagi   xalqlar   va   millatlarning   ozodlik   yo‘lidagi   kurashlar   tarixi
shundan   dalolat   beradiki,   jamiyat   hayotidagi   tub   burilishlar   davrida   ijtimoiy-
siyosiy   vaziyatning   o‘zi   buyuk   yo‘lboshchilarni   maydonga   chiqaradi.   Hindiston
tarixida   Maxatma   Gandi,   AQSh   tarixida   Jorj   Vashington,   Fransiya   tarixida   Sharl
de-Goll,   Turkiya   tarixida   Mustafo   Kamol   Otaturk   ana   shunday   tarixiy   missiyani
o‘z   zimmasiga   olib,   ona   xalqining   milliy-ozodlik   kurashiga   boshchilik   qilganini
yaxshi bilamiz.
Bizning   yurtimiz   tarixida   ham   ana   shunday   ulug‘   yo‘lboshchilar   tarixiy
vaziyat   taqozosi   bilan  maydonga   chiqib,   xalqimizni   yovuz   bosqinchilar   zulmidan
ozod etgan, uning sha’ni va g‘ururi, insoniy huquqlarini qayta tiklagan. Bu haqda
gapirganda,   Sohibqiron   Amir   Temur   bobomiz   o‘n   to‘rtinchi   asrda   Turkiston
zaminini   mo‘g‘ullar   zulmidan   ozod   etib,   ana   shunday   buyuk   missiyani   ado
etganini   hamisha   g‘urur-iftixor   bilan   esga   olamiz.   XX   asrning   90-yillariga   kelib
esa  Birinchi  Prezidentimiz Islom  Karimov ana shunday  o‘ta og‘ir  va mas’uliyatli
vazifani o‘z zimmasiga oldi. Buni “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”
kitobidagi har bir nutq va ma’ruza, tarixiy hujjat tasdiqlaydi.
Kitobdagi birinchi material - 1989 yil 24 iyunda, respublika rahbari sifatida
ish   boshlaganining   ikkinchi   kuni   O‘zbekiston   Ministrlar   Sovetida   bo‘lib   o‘tgan
Farg‘ona   vodiysi   oblastlarini   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlantirishni   jadallashtirish
masalalariga   bag‘ishlangan   kengashda   so‘zlagan   nutqidayoq     Islom   Karimovdagi
haqiqiy   yo‘lboshchilarga   xos   fazilatlar   yorqin   namoyon   bo‘ladi.   Avvalo,   yangi
rahbar   boshqalar   kabi   yonib   turgan   o‘tkir   masalalarga,   respublikadagi   o‘ta   tang
ahvolga   beparvo   qarolmaydi.   Chunki   uning   qalbi,   yuragi   xalq   dardi   bilan,
O‘zbekiston dardi bilan yonadi. Uning respublikaning yangi rahbari sifatida aytgan
quyidagi   dastlabki   so‘zlari   shunchaki   so‘z   emas,   balki   qat’iy   talab   bo‘lib
yangraydi. U faqat va faqat respublika manfaatini, mavjud ahvolni ijobiy tomonga
o‘zgartirishni   rahbar   faoliyatidagi   bosh   mezon   deb   biladi   va   boshqalardan   ham
shuni   talab   qiladi:   “Ishga   bo‘lgan,   o‘zimizga   topshirilgan   vazifaga   nisbatan munosabatni,   dunyoqarashimizni   va   umuman,   mas’uliyatimizni   o‘zgartira
olsakkina   ishlarimiz   yo‘lga   tushib   ketadi.   Aks   holda,   vaziyatni   izdan   chiqarishga
intiladigan   kuchlar   yo   meni   chetga   surib   qo‘yadi   yoki   juda   ko‘p   rahbarlarni
o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi” 1
.
Xolbuki   Islom   Karimovga   qadar   respublikamizni   boshqargan     rahbarlar
faoliyatida   o‘z   xalqining   emas,   balki   faqat   mustabid   Markazning   irodasi,   uning
manfaatlari   bosh   mezon   bo‘lib   kelgan   edi.   SHuning   uchun   ham   ular   o‘zicha
mustaqil   hech   qanday   ish   qilolmas,   boshqalardan   ham   ishni   talab   qilishga   ularda
qat’iyat   etishmas   edi.   Buni   kitobdan   o‘rin   olgan   quyidagi   fakt   va   dalillar
isbotlaydi:   «KPSS   Markaziy   Komitetining   mensimasligi   va   buyruqbozligi   shu
darajaga borib etdiki, Markaziy  Komitet  kotibi  yoki  viloyat  komitetining birinchi
kotibi haqida gapirmay qo‘ya qolaylik, hatto, obkom kotibini tavsiya qilish uchun
kelishib   olishga   yaqin-yaqingacha   majbur   bo‘lib   keldik.   Kim   bilan   kelishardik
deng?   Qandaydir   sektor   mudiri   yoki   yo‘riqchi   bilan,   uning   xonasi   oldida   qabul
qilishini   kutib   navbatda   turardik.   Barcha   darajadagi   partiya   xodimlarining   taqdiri
shu kishilarga, KPSS Markaziy Komiteti apparatining oddiy amaldorlariga bog‘liq
bo‘lib qolgandi.
Mogilnichenko,   Bessarabov   hamda   ularning   eng   faoli   Ponamarevni   bir
eslang.   Ularning   bu   erga   kelishi   qanday   ta’riflangan   edi?   Bu   butun   bir   voqea
bo‘lgan edi. Lekin ular o‘zlaridan yaxshi xotira qoldirishmadi. Ular birinchi kotib
xonasi eshigini chap oyog‘i bilan ochib kirishardi.O‘shanda plenumlarda qilingan
barcha   ma’ruzalarni,   men   shuni   ochiq   aytishim   kerakki,   avvaliga   Ponamarev.
Anishchev,   Ogarok   va   ularning   to‘dasi   tahrir   qilardi,   so‘ng   Usmonxo‘jaev
minbarga   chiqib,   ana   sha   tayyor   narsalarni   o‘qishga   tushardi.   U   ko‘pincha
ma’ruzada gap nima haqda borayotganini bilmagan holda o‘qirdi.
Ana   shu   kishilarning   xohish-irodasi   bilan   qanchadan-qancha   odamlarning,
shu jumladan, kommunistlarning, qanchadan-qancha rahbarlar va ularning oilalari
taqdiri   buzildi.   O‘zbekistonni   hech   qachon   bilmagan.   Uning   tili,   madaniyati,
bugungi   kuni   va   o‘tmishini   bilmagan,   umrida   O‘zbekistonni   ko‘rmagan   bu
1
  Ислом  Каримов.  Ўзбекистон  мустақилликка  эришиш остонасида.  Т.:  “Ўзбекистон” НМИУ, 2011 йил, 3-
бет. odamlar   uning   faqat   qullarcha   ta’zim   qilishini   xohlashardi.   SHunday   kishilar
siyosat   yurgizishardi.   YUqorida   o‘tirganlarning   hammasi   ularning   amaldorlari
tayyorlagan qarorlargagina imzo chekishardi» 2
.
Boshqa   bir   o‘rinda   bunday   holatning   sabablari   shunday   bayon   qilinadi:
“Bo‘shbayov,   siyosiy   irodadan   mahrum,   o‘z   xalqining   or-nomusi   va   qadr-
qimmatini himoya qilishga qodir bo‘lmagan kishilarning O‘zbekiston kompartiyasi
va   respublika   rahbariyatiga   kelib   qolishi   avvalo   shunga   yordam   berdi.   Ularning
aksariyati   o‘zlarining   omon   qolishlarini   o‘ylab,   huquq   muhofazasi   organlari,
jumladan,   Gdlyan   va   Ivanov   guruhi   yo‘l   qo‘ygan   qonunsizlik   va   qonun
buzilishlarini payqamaslikka obdan urindilar” 3
.
Ana   shunday   rahbarlarning   bo‘sh-bayovligidan   foydalanib,   sobiq   Markaz,
O‘zbekistonning   o‘zida   ko‘plab   malakali   va   salohiyatli   kadrlar   bo‘lishiga
qaramasdan, SSSRning turli mintaqalaridan yurtimizga ishni bilmaydigan, faqat bu
erdagi   imkoniyatlardan   foydalanib,   lavru   davron   surishni   o‘ylaydigan   odamlarni
yubora   boshladi.   Ular   xalqimiz   o‘rtasida   “desantchi”lar   deb   nom   oldi.   “Boshqa
mintaqalardan   yuborilgan   kadrlarning   ba’zilari   respublika   ehtiyojlari   va
kulfatlariga   hamdard   bo‘lish   u   yoqda   tursin,   balki   partiya.   Sovet   va   huquqni
muhofaza   etish   organlari   va   boshqa   organlarda   o‘zlarining   rahbar   lavozimlariga
tayinlanishlarini o‘zboshimcha qilish uchun berilgan yorliq, deb bildilar.
Xalqning   juda   boy   tarixi   va   madaniyatini,   o‘lkaning   o‘ziga   xos   noyob
xususiyatlarini bilmagan va bilishni ham istamagan bu odamlar respublika hayotini
bosib-yanchib qing‘ir o‘zanga solishga kirishdilar.
Xalqning   ko‘p   asrlik   an’analari,   madaniyati,   urf-odatlari   va   ma’naviy
qadriyatlarini mensimaslik elni juda ranjitdi.
Xalqning   urf-odatlari,   an’analari,   madaniyati   obdan   oyoq   osti   qilindi,   ona
tilining qo‘llanish sohasi sun’iy tarzda cheklab qo‘yildi. Hatto, shundoq ham milliy
an’analardan   ancha   olisda   bo‘lgan   ayrim   san’at   turlari   ham   kimlargadir   ma’qul
bo‘lmay   qoldi   va   ularni   yangilashga   urindilar.   Hatto   milliy   libos   ham
2
 Ислом Каримов.Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида.Т: “Ўзбекистон”НМИУ, 2011йил, 385-386-
бетлар.
3
 Азизхўжаев А. Чин ўзбек иши. – Т.: “Ўзбекистон”, 2011.75-бет. qoralandi.Kezi kelganda odamlar milliy an’analar bo‘yicha to‘y qilish, qarindosh-
urug‘larni dafn etishga ham cho‘chib qolgan edilar” 4
.
Yuqorida   zikr   etilgan,   respublika   rahbari   sifatida   ishtirok   etgan   birinchi
majlisdayoq   Islom   Karimov  o‘n  yillar   davomida   hal   qilinmayotgan   va   ko‘pchilik
bundan   bo‘yon   ham   shunday   davom   etaveradi,   degan   kayfiyat   bilan   umumiy   bir
beparvolik   bilan   qo‘llab-quvvatlab   kelayotgan   masalalarga   oydinlik   kiritadi.
Boshqacha   aytganda,   o‘zining   rahbarlik   pozitsiyasini   ochiq   bayon   etadi.   Bu,
albatta,   zalda   o‘tirgan,   eskicha   ishlashga   ko‘nikib   qolgan   aksariyat   katta-kichik
rahbarlar   uchun   go‘yo   bulutsiz   osmonda   chaqmoq   chaqnagandek   ta’sir   qiladi.
Ayniqsa,   sobiq   Markazdan,   SSSRing   boshqa   hududlaridan   O‘zbekistonga
yuborilgan, o‘zlaricha hech kim bizni mushugimizni “pisht” deya olmaydi, degan
kayfiyatda yurgan kimsalar birdaniga xushyor tortadi. Chunki shu paytgacha hech
kim ulardan ishni  qat’iy turib talab qilmagan va buni  xayoliga ham  keltira olmas
edi.
Haqiqatan   ham,   xalq   dardi   bilan   yonib,   nafas   olgan   o‘zini   buyuk   ishlarga
bag‘ishlagan   mard   va   jasur   insonlarga   hech   qanday   xavfu   xatardan   qo‘rqmaydi.
Bamisoli   butun   xalqning   ezgu   niyatlari   qudratli   kuchga   aylanib,   ularni   qo‘llab-
quvvatlab   turadi.   Buni   “O‘zbekiston   mustaqillikka   erishish   ostonasida”   kitobini
o‘qish jarayonida qayta-qayta his etamiz.
1991 yil 18 avgust. SSSR poytaxti hisoblanmish Moskva shahrida bir guruh
avantyuristlar   amaldagi   prezident   M.Gorbachevni   rahbarlikdan   chetlashtirib,
Favqulodda   holat   davlat   komitetini   tuzadi.   Tarixda   bu   “GKCHP   voqeasi”   degan
nom   bilan   eslanadi.   GKCHP   rahbarlarining   asosiy   maqsadi   mustaqillik   sari
intilayotgan   milliy   respublikalarga   nisbatan   tazyiq   va   ta’qiblarni   kuchaytirib,
tobora   zaiflashib   borayotgan   qizil   imperiyani   saqlab   qolishdan   iborat   edi.   Shu
maqsadda   ular   butun   SSSR   hududida   favqulodda   holat   joriy   etmoqchi,   milliy
respublikalarning   o‘o‘z   xalqi   manfaatlarini   o‘ylab   qabul   qilgan   qonun   va
qarorlarini bekor etmoqchi bo‘ladi.
4
 Ислом Каримов.Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида.Т: “Ўзбекистон”НМИУ, 2011йил, 177-178-
бетлар. Bugungi   kunda   yosh   avlodni   tarixni   chuqur   o’rganmasdan   turib   kelajakni
tassavvur   etib   bo’lmaydi   shiori   ruhida   tarbiyalash,   tarixiy   ongni   shakillantirish
borasidagi   ma`naviy-ma`rifiy   ishlarni   rivojlantirishda   Prezident   shaxsini   chuqur
o’rganish   Prezident   asarlarini   ilmiy   asosda   tadqiq   qilish   biz   uchun   nihoyatda
muhimdir.
I.A.Karimov   mustaqillikning   ilk   kunlaridanoq   milliy   o’zbek   davlatchiligini
yaratishga asos soldi. Huquqiy demokratik davlat va fuqorolik jamiyatini qurishga
kirishdi.   Tarixiy   haqiqat   va   milliy   an`analarni   tikladi.   Kuchli   ijtimoiy   siyosat,
tamomila   yangi,   o’ziga   asos   ta`lim   tizimini   yaratdi.   Ma`naviy   va   axloqiy
qadriyatlar   tiklandi.   Tinchlik,   barqarorlik,   millatlararo   va   fuqorolararo     totuvlik
ta`minlandi.
Biz   ko’rib   chiqayotgan   mazkur   tadqiqot   ishi   muammosi     siyosiy-metodik
adabiyotlarda,   huquqiy   va   hujjatli   manbalarda,   o’quv   va   ommabop   nashrlarda,
matbuot   nashrlarida   yetarlicha   izohlab   berilgan.   Jumladan,   mazkur   bitiruv
malakaviy   ishini   ochib   berishda   birinchi   Prezidentimiz   I.A.Karimov 5
  asarlari   shu
davrga   oid   nashrdan   chiqqan   adabiyotlar 6
  tahlili   asosida   mavzuning   mohiyatini
ochib berishni lozim deb topdik.
Ko’plab   yangi   materiallar,   siyosiy-metodik   adabiyotlarga   hamda   eng   so’ngi
ma`lumotlarga   tayanib   mavjud   oldimizda   turgan   muammoni   tarixiylik   asosida.
Ilmiy xolisona yoritishdan iborat.
Yuqorida   ta`kidlab   o’tilgan   fikr   mulohazalarga   tayangan   holda   shuni   aytish
mumkinki,   o’tgan   qisqa   va   sermazmun   davr   mobaynida   jahon   siyosatida,
davlatchilik   va   boshqaruvchilik   tajribasida,   aytish   mumkinki,   Islom   Karimov
5
  Каримов   И.А.   Ўзбекистон   –   бозор   муносдабатларига   ўтишнинг     ўзига   хос   йўли.   Т;   ”Ўзбекистон”,   1993 ;
Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз.   Асарлар, 7-жилд. Т; ”Ўзбекистон” 1999 ;     Биз танлаган йўл-
демократик тараққиёт ва ма ъ рифий дунё билан ҳамкорлик йўли.  Т. –  ”Ўзбекистон” 2003 ;  ЎзССР, маҳаллий
Советларнинг   халқ   депутатлари   ва   жамоатчилик   вакиллари   иштирокида   бўлиб   ўтган   кенгашда   сўзланган
маъруза.   1990   йил   24   февраль;   Ў збекистон   мустақилликка   э ришиш   остонасида.   Т;   ”Ўзбекистон”   НМИУ,
2011.
6
 Азизхўжаев А. Чин ўзбек иши. – Т.: “Ўзбекистон”, 2011; Жўраев Н. Тафаккурдаги эврилиш. – Т.: “Шарқ”,
2001; Иброҳимов А. Бизким, ўзбеклар... Миллий давлатчилигимиз асослари ҳақида мулоҳазалар / Сўзбоши:
И.Ғафуров.   –   Т.:   “Шарқ”;   Муҳаммад   ас-Сайид   Салим,   Иброҳим   Арафот,   Н.Иброҳимов,   С.Иноғомов.
Ўзбекистон: давлат ва унинг йўлбошчиси. – Т.: “Ўзбекистон”, 1999;  Жўраев Н. Ўзбекистон тарихи (Миллий
истиқлол   даври)   3-китоб.   Т;   ”Шарқ”   2011. ;   Ўзбекистоннинг   янги   тарихи.   К.2.   Ўзбекистон   Совет
мустамлакачилиги   даврида   //   Тузувчилар:   М.Жўраев,   Р.Нуруллин,   С.Камолов   ва   бошқ.;   Таҳрир   ҳайъати:
А.Азизхўжаев (раис) ва бошқ./. – Т.: “Шарқ”, 2000. maktabi   vujudga   keldi.   Bugun   yurtimizda   ming-minglab   turli   toifadagi   rahbarlar
ana shu maktab sabog`ini olmoqda va unda ishlab chiqilgan konsepsiyalar, siyosiy
yo’l-yo’riqlar asosida ish olib bormoqda. 
Bundan   esa   shunday   xulosa   kelib   chiqadi:   I.Karimov   siyosaati,   uning   ish
uslubi,   jahon   siyosati   taraqqiyotiga   qo’shayotgan   hissasi   alohida   o’rganishni,
maxsus   tadqiqotni,   nazariy   jihatdan   esa,   chuqurroq   taxlil   etishni   hayot   taqozo
etmoqda.
O’zbekiston mustaqillik erishish yo’lida   (1988-1991 yillar ). masalalari   ishning obekti
qilib   olindi.   Shuningdek,   O’zbekiston   mustaqillikni   qo’lga   kiritish   arafasidagi
ijtimoiy-siyosiy   va   iqtisodiy   jarayonlarning   ishning   asosiy   obyektlaridan   biri
sifatida tanlab olindi. Asosiy qism
1.  Mustaqillik ostonasida O’zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat
Ma’lumki   I.Karimov   Respublikamiz   rahbari   sifatida   ish   boshlagan   paytda
(1989   yil   23   iyun)   o’lkamizda   uzoq   yillar   davomida   hukm   surgan   komunistik
mafkura   va   faqat   hom   ashyo   yetkazib   berishga   asoslangan   bir   yoqlama   iqtisodiy
siyosat   har   bir   sohada   o’zining   halokatli   salbiy   ta’sirini   keng   miqyosda   ko’rsata
boshlagan edi. 
Bu   davrning   og’ir   va   ayanchli   ijtimoiy-siyosiy   manzarasiga   I.Karimov
shunday baho beradi:
“Shu   narsa   shak-   shubhasiz   va   ochiq-oydindirki,   respublika   barcha   asosiy
iqtisodiy   va   ijtimoiy   ko’rsatkichlar   bo’yicha   Ittifoqdagi   o’rtacha   darajadan   ham
ancha   orqada   bo’lib,   mamlakatda   oxirgi   o’rinlardan   birida   turibdi.   Biz   bu
raqamlarni ilgari ham necha martalab aytganmiz, ammo bugun ularni yana bir bor
idrok yetmoq kerak. O’zbekiston har kishi  boshiga yalpi ijtimoiy mahsulot ishlab
chiqarish   bo’yicha   mamlakatda   12-o’rinda   turibdi,   aholi   jon   boshiga   milliy
daromad ishlab chiqarish bo’yicha ko’rsatkich  yesa ittifoqdagi  o’rtacha darajadan
ikki hissa past 7
. 
Sanoatdagi   mehnat   unumdorligi   jihatdan   respublika   mamlakatdan   40   foiz,
qishloq   xo’jaligidagi   mehnat   unumdorligi   jihatidan   yesa   ikki   barobar   orqada
qolmoqda.   Respublikada   aholi   jon   boshiga   xalq   istemoli   mollari   ishlab   chiqarish
o’rtacha   Ittifoq   darajasining   atiga   40   foizini   tashkil   etadi.   Biz   daromad   darajasi,
asosiy   turdagi   mahsulotlarni   istemol   qilish   jihatidan   ittifoqdosh   respublikalar
orasida yen oxirdi o’rinlardan birida turibmiz 8
. 
O’zbekiston   aholisi   o’rta   hisobda   go’sht   mahsulotlarini,   sut   va   sut
mahsulotlarini,   tuxumni,umuman   mamlakat   aholisiga   nisbatan   ikki   barobar   kam
iste’mol   qilmoqda.   Oyiga   o’rta   hisobda   75   so’mdan   kamroq   yalpi   daromad
oladigan   aholining   ulushi   mamlakatda   12   foizdan   sal   ko’proq   bo’lsa,   bizning
respublikamizda   45   foizga   boradi.   Bir   milionga   yaqin   kishi   ijtimoiy   ishlab
chiqarishda o’zining qo’lidan keladigan ishni topa olmayapti.
Ijtimoiy   infrastruktura   tarmoqlari:   sog’liqni   saqlash,   halq   ta’limi,
maktabgacha   bolalar   muassalari   juda   og’ir   ahvolga   tushib   qolgan.   Maktab   va
kasalxonalarning 60 foizi nobop binolarda joylashtirilganining aytishni o’zi kifoya.
Juda   o’tkir   iqtisodiy   va   ijtimoiy   muammolar   ro’yxatini   yana   davom   yettirish
mumkin. Buni avvalo shundan ko’rsa bo’ladiki, insonning har tomonlama uyg’un
kamol topishi, uning shaxs sifatida ma’naviy rivojlanishi u yoqda tursin,ko’pincha
yashash uchun  kerak bo’lgan eng oddiy narsalar ham yetishmayapti. 
Bunday ahvol vujudga kelganini boisi nimada? 
Shu qadar katta boyliklarga, ishlab chiqarish va fan-texnika imkoniyatlariga,
qulay   tabiiy-iqlim   sharoitlariga   yega   bo’lgan   respublikamiz   asosiy   iqtisodiy   va
7
 Каримов И.А. Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. – Т.: “Ўзбекистон”, 2011. 123 бет
8
 Ўзбекистоннинг янги тарихи. К.2. Ўзбекистон Совет мустамлакачилиги даврида // Тузувчилар: М.Жўраев,
Р.Нуруллин, С.Камолов ва бошқ.; Таҳрир ҳайъати: А.Азизхўжаев (раис) ва бошқ./. – Т.: “Шарқ”, 2000. 630
бет ijtimoiy   ko’rsatkichlar   bo’yicha   mamlakatda   oxirgi   o’rinlardan   biriga   –   haqli
ravishda inqiroz holati, deb atalgan axvolga tushib qolganining sababi nimada?
Respublikamiz   taqdiri,   uning   kelajagi   uchun   qayg’urayotgan,   yosh   avlod
taqdiri   uchun   kuyunayotgan   sog’lom   fikrli   har   bir   kishi   hozir   o’ziga   o’zi   shu
savolni bermoqda. 
Nazarimda   buning   javobi   shunday   bo’lmag’i   kerak:   30-yillarning   boshlarida
iqtisodiyotaga rahbarlik qilishning ma’muriyatchilik, buyruqbozlik usullari g’alaba
qozonib,   O’zbekistonni,   uning   ishlab   chiqaruvchi   kuchlarini   rivojlantirishga
yaroqsiz   yondashuvlar   tobora   qaror   topib   bordi.   Xo’sh,   bu   illatlar   nimalarda
namoyon   bo’ldi?   Avvalo   shundaki,   bizning   respublikamiz   asosan   hom   ashyo
bazasi,   sanoat   ministrliklari   va   idoralarining   mo’may   hom   ashyo   manbai   deb
hisoblanar   edi.   O’lkaning   mahalliy,   ijtimoiy-iqtisodiy   hususiyatlariga   ba’zan
mutlaqo   baho   berilmadi,   ba’zan   yesa   bu   xususiyatlar   pisand   ham   qilinmadi.
Iqtisodiy   va   ijtimoiy   sohani   kompleks,   jadal   rivojlantirishning,   umumittifoq
mehnat   taqsimotida   O’zbekiston   SSRning   mavqyeyi   va   o’rnini   o’zgartirishning
muqobil   yo’llari   yetiborga   olinmadi”   (O’zbekiston   Kompartiyasining   1990   yil   4
iyunda bo’lib o’tgan XXII sezdida so’zlangan nutqdan). 9
  
O’zbekiston iqtisodiyoti asosan bir soha- paxtachilik asosiga qurilgan bo’lib,
boshqa   tarmoqlarning   ham   faqat   shu   kompleksga   bog’liq   qismlarigina
rivojlantirilgan edi. Jahon tarixi, madaniyati, ma’naviyati va fani rivojiga eng ko’p
xissa   qo’shgan   millatlar   qatoriga   kiradigan   o’zbeklarning   chor   Rossiyasi   va
sovetlarning mustamlakachilik siyosati oqibatida duchor bo’lgan azob-uqubatlarin
tariflashga qalam ojizlik qiladi. 
Bu   davrga   kelganda   mamlakat   qishloq   ho’jaligida   yekin   maydonlarining
asosiy   qismini   paxta   ishg’ol   yetib   bo’lgandi.   O’zbekistonning   qaysi   tomoniga
qarasang g’o’zadan boshqa yekin ko’rinmasligi tabbiy holga aylanib qoldi. Ayrim
“vatanparvarlar”   hatto   idora   va   tashkilotlar   binolari   oldidan   gul   yoki   manzara
daraxtlarini   sug’urib   tashlab,   o’rniga   paxta   yekishgacha   yetib   borishdi. 10
  Barcha
yekin   maydonlarining   bor-yo’g’i   8-10   foiziga   bug’doy   yekilar   ediki,   buni   faqat
mash’um   paxta   yakkahokimligi   hodisasi   bilan   izohlash   mumkin   edi,   xolos.
Kartoshka   yekiladigan   maydon   yesa,   bor   yo’g’i   0,8   foizni   tashkil   yetishiga
dehqonchilik taraqqiy yetgan davlatlar vakillari hyech qachon ishonishmasa kerak. 
Paxta   yakkahokimligi,   shuni   attish   kifoyaki,   chigit   yekiladigan   maydonlar
O’zbekistonda  1970 yildagi  1mln. 709 ming ga. dan 1988 yil  2 mln 17 ming. ga
bo’ldi,   ya’ni   18   foizdan   ko’proq   oshdi. 11
  Bundan   tashqari   hisobga   kiritilmagan
maydonlarni qo’shganda (1987 yilda qariyb 23 ming ga) bundan gam ortiq bo’lar
edi.   SSSR   bo’yicha   paxta   yetishtiriladigan   xo’jaliklar   soni   1155   tadan   2294   taga
yetdi.   Respublika   mashinasozligi   yesa   asosan   yetishtirilgan   paxtani   yig’ishtirib
olish   uchun   va   uni   qayta   ishlashning   xilma-xil   turlari   uchun   texnika   va
mexanizmlar ishlab chiqarishga bo’ysundirilgandi. 12
   
9
 И А Каримов Ўзбекистон мустақлликка эришиш остонасида Тошкент “Ўзбекистон нашрёти”.  2011,  7-бет
10
 А Азизхўжаев  Мустақиллик: Курашлар, Изтироблар, Қувончлар. Шарқ нашрёти “Тошкент-2001,  27-бет 
11
  Н   Тухлиев.   Э кономикани   интенсивлаш   йўлига   ўтказишни   жадаллаштирайлик   “Ўзбекистон   комунисти”
1990, Н6. 13-бет
12
 Ўзбекистон Совет Мустамлакачилиги даврида. “Шарқ нашрёти” Тошкент-2000. 643-бет O’zbek   xalqining   peshona   teri   yevaziga   yetishtirilgan   paxta   yesa,   arzon-
garovga   markazga   tashib   ketilar,   O’zbekistonga   zarur   mahsulotlar   yuqori   bahoda
boshqa   respublikalardan   olib   kelinar   edi.   Hamma   yoqni   paxta   yekinzorlari   bosib
ketgani   sababli,   asrlar   davomida   jannatiy   meva   va   sabzavotlari   bilan   o’zini   to’la
taminlash   bilan   bir   qatorda,   ularni   sifati   bo’yicha   dunyoni   hayratga   sogan   yurt,
yendi   o’zi   shu   maxsulotlarga   zor   edi.   Mamlakat   hayoti   uchun   eng   zarur
mahsulotlar- don, go’sht, sut, kartoshka kabilarning katta qismi chetdan olib kelina
boshlandi.   1988-yili   O’zbekistonda   1   milion   555   ming   tonna   yoki,   aholi   jon
boshiga   80   kilogrammga   yaqin   don   yetishtirildi.   Shu   yili   324,6   ming   tonna
kartoshka, 2929,3 ming tonna sut, 548,3 ming tonna meva ishlab chiqarildi 13
. 
Yetishtirilayotgan don yehtiyojimizni qay darajada qoplayotganligini tasavvur
qilish maqsadida raqamlarni taqqoslash foydadan holi yemas. Ushbu davr aholi jon
boshiga Aqshda 1250-1300, Fransiyada 1030-1050, Polshada 750-760, vengryada
1200-1220   va   xatto   sobiq   SSSR   da   700-750   kilogrammdan   don   va   don
mahsulotlari olinar edi. Qiyoslab ko’ring! 
Ko’rinib   turibdiki,   mamlakat   ichida   yetishtirilayotgan   don,   kartoshka,   sut,
go’sht mahsulotlari ularga bo’lgan yehtiyojning kichik bir qismini zo’rg’a qondira
olar   edi,   xolos.   Yuqorida   ta’kidlab   o’tganimizdek,   bu   mahsulotlarga   bo’lgan
yehtiyojning   asosiy   qismi   import   hisobiga   qoplanar   edi.   O’sha   davrda   ko’mir
yuklangan vagonlarda Ukraina, Rossiya, Belorusiyadan olib kelinadigan usti qora,
ichi   g’ovak   kartoshkalar   hali   yesimizdan   chiqqanicha   yo’q.     Organizmi   qo’lda
so’yilgan   go’shtga   o’rgangan   xalq   hamma   yoqda,   ayniqsa,   maktab,   bog’cha,
kasalxonalarda   chetdan   keltirilgan,   muzlatilgan   go’sht   istemol   qilishga   majbur
yetildi.   Bunga   asosiy   sabab   yesa   Respublikada   beda   va   boshqa   ozuqa   yekinlari
yekiladigan   maydonlarning   keskin   kamatishi   edi.   Respublikada   o’rtacha   bir   kishi
istemol qiladigan go’sht ittifoq bo’yicha o’rtacha 62-64 kg o’rniga 30 kg. ni tashkil
qildi. 14
Paxtachilikda pestisidlarni haddan tashqari ishlatish oqibatida bevosita ko’zga
tashlanib   turuvchi   ijtimoiy   –   yekologik   vaziyat   yuz   berdi,   ya’ni   atrof   muhit
(tuproq, suv, havo) yo’l qo’yib bo’lmas darajada ifloslandi. Yekologik tanglikning
ikkinchi   sababi   –   vazirliklarning   zararli   kimyoviy   korxonalarni   Chirchiq,
Samarqand, Navoiyda, shuningdek, ko’proq yekologik tizim juda zaif bo’lgan   va
aholi   zich   yashaydigan   hududlarda   joylashtirilishi   bo’ldi:   Farg’ona   vodiysi   ana
shunday   joylardan   bo’lib,   bu   yerda   “Farg’onaazot”,   “Fergananefteorgsintez”
birlashmalari,   Qo’qon   kimyo   zavodi,   Yangi   Qo’qon   kimyo   kombinati   va   boshqa
korxonalar joylashtirilgan edi. 15
Orol   dengizining   qurishi   xalqaro   ahamiyat   kasb   yetgan   jiddiy   muammo
sifatida namoyon bo’ldi, u butun bir mintaqaning yashash muhitiga xalokatli ta’sir
ko’rsatdi,   bunga   ko’p   jihatdan   nooqilona   va   zo’rlik   bilan   amalga   oshirilgan
13
 А Азизхўжаев  Мустақиллик: Курашлар, Изтироблар, Қувончлар. Шарқ нашрёти “Тошкент-2001” 28-бет
14
 “Правда востока” 1988, 23 апрелья.
15
  Ўзбекистоннинг   янги   тарихи.   2-Китоб.   Ўзбекистон   Совет   мустамлакачилиги   даврида   //   Тузувчилар:
М.Жўраев, Р.Нуруллин, С.Камолов ва бошқ.; Таҳрир ҳайъати: А.Азизхўжаев (раис) ва бошқ./. – Т.: “Шарқ”,
2000.644 бет paxtachilik   yekspansiyasi   sabab   bo’ldi.   Bu   jihatdan   ayniqsa,   Qoraqalpog’iston
jiddiy zarar ko’rdi.    
Yeng   yomoni   shundaki,   Sovet   davrida   ataylab   o’ylab   topilgan   baho
mehanizmi qizil imperiyaning faqat markaziy hududlari manfaatlariga xizmat qilar
edi.   Xomashyoning   baxosi     past,   tayyor   mahsulotning   bahosi   yuqori   belgilanishi
sovet   baho   tizimining   asosiy   mazmunini   tashkil   yetar   edi.   O’sha   paytdagi   narx
navo   ayrimlarning   xotirasidan   chiqib   ketganligi   uchun   bir   misolga   murojat
qilaylik.   Paxta   xomashyosining   80-yillar   oxirida   davlat   1,5-1,6   rublga   sotib   olar
edi.   Bir   kilo   paxtadan   yesa   qayta   ishlash   jarayonida   20-30   rubllik   hamda   undan
ham   ko’p   mahsulot   ishlab   chiqarish   mumkin   edi.   O’zbekistonda   yetishtirilgan
paxtaning   90   foizidan   ortig’i   boshqa   yurtlarda   qayta   ishlanar   va   uning   foydasi
o’sha   joylarda   qolar   edi.   O’z   paxtamizdan   tayyorlangan   kiyim   kechakni   keyin
o’zimiz bir necha baravar qimmat narxda sotib olishga majbur edik. 
O’zbekiston   iqtisodiyotining   barcha   tarmoqlari   huddi   shu   tarzda   tashkil
qilingan   edi.   Mamlakat   iqtisodiyoti   markaziy   hududlar   iqtisodiyotiga   batamom
qaram   bo’lib,   nafaqt   mashina   va   uskunalar,   balki   hayot   uchun   eng   zarur   oddiy
iste’mol   mahsulotlarini   ham   o’sha   tomonlardan   olib   kelinar   edi.   O’zbekistonday
katta  bir   Respublikada   hatto   hyech   qanday  aqlli   texnika  yoki   yuksak   texnalogiya
talab   qilmaydigan   oddiy   mix   ham   ishlab   chiqarishga   imkon   berilmasdan,
Rossiyadan   yuborilar   edi.   Tasavvur   qiling,   temirchining   ustaxonasida   yashash
mumkin bo’lgan o’ta jo’n mahsulot shu joyda ishlab chiqarilish o’rniga, mantiqqa
butunlay zich ravishda chetdan olib kelinar edi.
Korxona   va   tashkilotlarning   eng   yirik   va   serdaromadlari   Ittifoq   mulki
hisoblanar   va   ularning   daromadlari   to’laligicha   markaz   ixtiyoriga   tushar   edi.
Hisob-kitob va baho tizimlari shunday tashkil yetilgan ediki, respublika miqyosida
yaratilayotgan daromadning aniq miqdori faqat Moskvada ma’lum edi. Respublika
miqyosida   milliy   daromadni   hisoblash   maxanizmi   ataylab   yaratilmagan   edi.
Yurtimizdan   markazga   tashib   ketilgan   boyliklar,   eng   avvalo,   oltinning   haqiqiy
miqdorini xalqdan yashirilganligining sababi ham shunda edi. 
Provard   natijada   pinhona   tashib   ketgan   10   so’m   o’rniga   Ittifoq   byudjetidan
oshkora 1 so’m qaytarib berib, bizni boqimandalikda ayblar edilar. O’zbek halqida
shunday   maqol   bor:   “Daryo-daryo   qabul   qil,   tomchi   tomchi   yubor”.   O’sha
paytlarda   O’zbekistonga   nisbatan   olib   borilgan   siyosat   aynan   shu   maqolning
hayotdagi ko’rinishi edi. 
1989   yil   1   yanvar   holatiga   ko’ra   O’zbekistonda   umumiy   yekin   maydonlari
4160   ming   gektarni   tashkil   yetib,   uning   95   foizdan   ortig’i   jamoa   va   sovet
xo’jaliklari   ixtiyorida   edi.   “Yer   –   dehqonlarniki”   shiori   ostida   Markaziy   Osiyoda
o’z   hokimyatini   o’rnatishga   muvaffaq   bo’lgan   sho’rolar   hyech   qancha   o’tmay
mash’um   kollektivlashtirish   siyosatini   o’ylab   topishdi   va   natijada   barcha   yekin
maydonlari   umumlashtirildi.   Bevosita   dehqonni   qo’lida   do’ppidek   tomorqa
maydoni qola boshladi. Shaharlarda 4 sotixli hovlida 2-3, hatto 4 oila, 20-30 kishi
yashashi   hyech   kimni   ajablantirmay   qo’ydi.   Qishloq   joylarda   har   oilaga
qachonlardir   turli   mintaqalarda   8   dan   15   sotixgacha   tomorqa   yeri   ajratilgan   edi.
Lekin 1960-1980- yillar davomida O’zbekistonda tomorqa ajratish jarayoni deyarli
to’xtab qoldi. Tomorqa qishloqda go’yo mayda burjua psixologiyasini tug’diruvchi vosita   bo’lib,   komunistik   jamiyat   barpo   yetish   strategiyasida   o’rni   yo’q   mavxum
bir   tushuncha   edi.   Tomorqaga   yer   olish   amalgam   oshmaydigan   orzuga   aylana
boshladi. 16
 
Natijada,   hatto   qishloq   aholi   punktlarida   ham   8   yoki   15   sotixli   hovlida   3-4
oila yashashga ko’nika boshladik. 
Mavjud 4160 ming gektar yekin maydonining bor yo’g’I 125,8 ming gektari
yoki 3 foizgina shaxsiy tomorqa xo’jaliklari ixtiyorida yekanligini bugun tasavvur
qilish ham qiyin. 
O’sha   davrda   O’zbekiston   kommunistik   partiyasi   markaziy   komitetining
birinchi   kotibi   R.Nishonov   edi.   U   va   uning   atrofidagi   rahbarlarning   o’ta
bo’shangligi,   mustaqil   fikrga   ega   emasligi   va   munofiqligi   sabab   butun   millat
badnom   etildi,   o’zbek   poraxo’r,   boqimanda,   tekinxo’r   va   olib   sotar   sifatida
sharmandai - sharmisol qilindi. Bu shunchaki  tasodifiy hodisa yemas, balki o’sha
paytdagi   rahbariyatning   Markaz   bilan   birgalikdagi   siyosiy   yo’li,   pishiq   puxta
ishlab   chiqilgan   konsepsiyasi,   har   tomonlama   o’ylab,   aql   idrok   bilan   amalga
oshirilayotgan niyatlari  edi. Natijada ming minglab iqtidorli, rahbarlik mahoratini
puxta yegallagan, respublikani har qanday sharoitda ham turg’unlik holatidan olib
chiqa   biladigan   istedodli   rahbar   kadrlar   ataylab   yo’q   qilindi.   Bu   xalq   ruhiyatiga
qattiq   ta’sir   qildi,   qalbini   jarohatladi.   Buning   ustiga   ba’zi   viloyatlar,   tumanlar,
vazirliklar birlashtirilib aholini chalg’itish, ataylab muammolarni chuqurlashtirish,
masalalarni   hal   yetish   o’rniga   ongli   ravishda   chigallashtirib   yuborish   hollari   yuz
berdi. Bu va yana shunga o’xshash yana bir qancha qilmishlar bor 17
. 
Aytish   mumkinki,   qizil   imperiya   va   komunistik   mafkura   asrimizning   80-
yillariga   kelib,   o’z   kelajagining   unchalik   ham   yorug’   yemasligini,   uzoqqa
bormasligini  payqay boshladi. Yendi  u cho’g’ ustida o’tirgan odamdek o’zini  har
tarafga   tashlashga,   bu   tahlikali   va   oxir-   oqibati   noma’lum,   tumanli   va   rutubatli
istiqbol qarshisida qandaydir yo’l topish talvasasiga tushib qoldi. Boshqacha qilib
aytganda, sovet tuzumi o’z haqqini, insoniy sha’ni va yashash huquqini talab qila
boshlagan  odamlarning qudratli  to’lqiniga  duch  kelgan,  bu to’lqin  uni  g’arq qilib
yuborishi   hyech   gap   yemas   edi.   Shu   bois   u   cho’kayotgan   kimsa   singari   “xasga
ham,   xashakka   ham   yopisha   boshlagan”   bir   holatda   edi.   Ana   shunday   vaziyatda
Gorbachyovcha “qayta qurish” siyosati dunyoga keldi. 
Ijtimoiy-iqtisodiy   ko’rsatkichlarning   pasayishi,   o’z   navbatida,   aholining
turmush   darajasiga   ham   ta’sir   ko’rsatib,   yashash   sharoitlarining   og’irlashuviga
sabab   bo’ldi.   O’sha   davrda   kun   kechirish   uchun   oyiga   o’rta   hisobda   kamida   85
so’m zarur bo’lgani holda, 75 so’mdan kamroq yalpi daromad oladigan aholining
ulushi   Ittifoq   bo’yicha   12   foizdan   sal   ko’proq   bo’lsa,   O’zbekistonda   45   foizga
yetgan,   ya’ni   8   million   800   ming   kishini   tashkil   etgan.   Bir   millionga   yaqin   kishi
16
 А Азизхўжаев  Мустақиллик: Курашлар, Изтироблар, Қувончлар. Шарқ нашрёти “Тошкент-2001”  30-бет
17
  Ўзбекистоннинг   янги   тарихи.   2-Китоб.   Ўзбекистон   Совет   мустамлакачилиги   даврида   //   Тузувчилар:
М.Жўраев, Р.Нуруллин, С.Камолов ва бошқ.; Таҳрир ҳайъати: А.Азизхўжаев (раис) ва бошқ./. – Т.: “Шарқ”,
2000.645 бет ijtimoiy   ishlab   chiqarishda   o’zining   qo’lidan   keladigan   ishni   topa   olmagan,   ya’ni
ishsiz bo’lgan 18
.
Ijtimoiy infratuzilma tarmoqlari: sog’likni saqlash, xalq ta’limi, maktabgacha
bolalar   muassasalari   juda   og’ir   ahvolda   bo’lib,   maktab   va   kasalxonalarning   60
foizi   nobop   binolarda   joylashtirilgan.   Bu   esa   o’sha   davrda   insonning   har
tomonlama   uyg’un   kamol   topishi,   uning   shaxs   sifatida   ma’naviy   rivojlanishi   u
yoqda   tursin,   ko’pincha   yashash   uchun   kerak   bo’lgan   eng   oddiy   narsalar   ham
yetishmaganini ko’rsatadi.
18
  И   А   Каримов   Ўзбекистон   мустақлликка   э ришиш  остонасида   Тошкент   “Ўзбекистон   нашрёти” ,   201 1,   26-
бет 2 Mustaqillik ostonasida O’zbekistondagi siyosiy vaziyat
O’zbekistonning mustaqillikka erishuvi uzoq davom etgan tarixiy jarayonning
natijasi bo’ldi. O’zbek xalqi qariyb 3000 yillik tariximizda qisqagina vaqt mustaqil
yashagan   xolos.   Ayniqsa,   keyingi   oq   va   qizil   saltanatning   130   yil   davom   etgan
hukmronligi   o’z   tarixiy   davlatchiligiga   ega   bo’lgan   Turkistonni   mustamlaka   va
qaramga   aylantirgandi.   Bu   davr   mobaynida   bizni   tilimizdan,   dinimizdan   va
o’zligimizdan   ayirishga   harakat   qilishdi.   Bu   haqida   taniqli   publisist   Bobomurod
Donishev   o’sha   davrdagi   sobiq   markazning   O’zbekistonga   nisbatan   olib   borgan
siyosati   haqida   shunday   yozadi:   “...bizni   tariximizni,   milliy   merosimizni,
an’analarimizni   unutishga,   toptashga   o’rgatishdi...   Biz   uzoq   yillar   Kreml   chiroqlarini
ko’zimizning   nuri,   qalbimizning   qo’ri   deb   bildik   va   shunday   yashadik.   Ammo   bu
chiroqlar   tabiat   va   jamiyatimizni   tirik   ko’ringan   fojialariga   olib   kelishi   xayolimizga
ham   kelmadi 19
.   Bu   zulmatga   qarshi   kurash   goh   pinhona,   goh   oshkora   bo’lsin,
xalqimiz   azal-azaldan   o’z   fikri-zikri   bilan   mustaqil,   ozod,   erkin   yashash   uchun
tinimsiz intildi 20
.
XX   asr   90-yillariga   kelib   jahon   va   sobiq   ittifoqdagi   o’zgarishlar   va   yuzaga
kelgan   vaziyat   o’zbek   xalqining   mustaqillik   uchun   bo’lgan   kurashini   tezlashtirib
yubordi. Mana shunday jarayonda o’zbek xalqiga munosib yo’lboshchi  zarur edi.
Tarix taqazosi bilan elim deb yashovchi Islom Karimovdek jasoratli inson 1989 yil
23   iyunda   O’zbekistonga   rahbarlikka   keldi 21
.   O’zbekistonning   yangi   hukumati
Markaz   bilan   bo’ladigan   munosabatlarni   o’zgartirmay   turib,   ijobiy   siljishlarga
erishib   bo’lmasligini   va   buning   uchun   respublikaning   to’liq   mustaqilligini
ta`minlash zarurligini tushinib yetdi. Uning tashabbusi bilan O’zbekiston hukumati
tomonidan   1989   yil   15   avgustda   “Kolxozchilar,   sovxoz   ishchilari,   fuqorolar,
shaxsiy   tomorqa  xo’jaliklari   va   individual   uy-joy  qurilishini   yanada   rivojlantirish
to’g`risida”   maxsus   qaror   qabul   qilindi.   Garchi   bu   g`oya   ittifoq   rahbarlariga
yoqmagan bo’lsa ham, I.A.Karimov o’z fikridan qaytmay, uni jasorat bilan amalga
oshira bordi. Natijada o’sha oyning 4 oyida aholi qo’shimcha 90,7 ming gektar yer
oldi. 
O’ta qisqa fursat ichida 1,5 milliondan ko’proq oilaning tomorqa uchastkalari
kengaytirildi, tomorqaga yetolmay yurgan 580 ming oila unga ega bo’ldi. Tomorqa
xo’jaligi   maydonining   o’sishi,   unga   bo’lgan   e`tiborning   kuchayishi   agrar,
siyosatning   ustivor   yo’nalishlaridan   biriga   aylanishi   qishloq   xo’jaligining   keskin
o’zgarishiga   olib   keldi.   1989-2000   yillar   mobaynida   don   yetishtirish   2,5   baravar
o’sib,   don   bo’yicha   chetga   qaramlikdan   qutulgan   ekanmiz,   bu   muvaffaqiyatga
erishishimizda   tomorqachilarning   ham   munosib   hissasi   bor.   Yana   qator
mahsulotlar   ishlab   chiqarishda   ham   tomorqachilarning   ulushi   katta.   Masalan,   shu
davrda   kartoshka   ishlab   chiqarish,   meva,   sut   mahsulotlari   yetishtirishda   ham
yaxshi   o’sishlarga   erishildi.   Mazkur   mahsulotlarning   asosiy   qismi   tomorqadan
olinishi hech kim uchun sir emas. 
O’zbyekiston   rahbariyati   ryespublika   xalq   xo’jaligini   bozor   iqtisodiyotiga
o’tkazishning   qziga   xos   mustaqil   tarzda   o’zi   byelgilay   boshladi.   Unga   binoan,
19
 Ўзбекистон адабиёти ва санъати, 1990 йил 12-октябрь сони.
20
 Р.Х.Муртазаева. Узбекистон тарихи. Т., «УАЖБНТ» Маркази, 2003, 529 бет.
21
 И.А.Каримов. Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. Т.,Узбекистон, 2011, 4 бет. SSSR   markaziy   idoralaridan   farqli   o’laroq,   O’zbyekiston   dadillik   bilan   iqtisodiy
mustaqillik  va siyosiy syevyeryenityetni qo’lga kiritish uchun amaliy harakat qila
boshladi.
I.A.Karimov   KPPS   Markaziy   komityetining   1989   yil   20   syentyabrdagi
Plyenumida   “Biz   ittifoq   va   ryespublikalarning   vazifalarini,   burchlarini   va   o’zaro
majburiyatlarini aniq-ravshan byelgilab qo’yish,   ryespublikalar mustaqilligini har
jihatdan mustahkamlash tarafdorimiz” dyeb tahkidladi.
Ryespublikada   iqtisodiy   va   siyosiy   suvyeryenityet     uchun   qadamba-qadam
chora-tadbirlar ko’rildi.
Shuningdek,   shu   vaqtda   hali   ham   “Paxta   ishi”,   “O’zbeklar   ishi”   kabi
uydirmalar bilan o’zbek xalqi nafsoniyatiga tegish davom etardi. O’zbekistonning
amalda mustaqillik sari tashlangan eng muhim qadamlaridan biri UzKP Markaziy
Komutetining   1989   yil   25   noyabrdagi   XVIII   plenumida   O’zbekiston   hukumati
avvalo,   respublika   va   o’zbeklar   boshiga   yog`ilayotgan   malomat   toshlariga   chek
qo’yish,   “Paxta   ishi”,   “O’zbeklar   ishi”,   degan   uydirmalarni   bas   qilish,   Moskva
matbuotida   o’zbeklarning   milliy   nafsoniyatiga   tegadigan   chiqishlarni   to’xtatish,
zarurligi   uqtirildi.   1989   yil   21   oktabrda   O’zbekiston   Oliy   Kengashining   XI
sessiyasi   O’zbekistonning   davlat   tili   haqidagi   qonunni   qabul   qildi 22
.   Ushbu
qonunning   qabul   qilinishi   o’zbek   xalqining,   respublikamizda   yashovchi   boshqa
xalqlarning     madaniy-ma`naviy   va   siyosiy   hayotida   ro’y   bergan   g`oyat   muhim
voqea bo’ldi. Til – millatning qalb tori. Unga ozor yetkazmaslik, aksincha, sayqal
topib,   jilolanib   borishiga   erishish   zarur.   Ko’p   millatli   mamlakatda   o’zaro
munosabatlarning ta’minlanishi boshqa kichik xalqlar tillarini kamsitmagan holda,
tub   aholi   tili   mavqyeyini   tiklash   muhim   madaniy-ma’rifiy   xodisadir.   Plenumda
partiya   tarixida   birinchi   marta   mavjud   holatdan   kelib   chiqib,   millatga   munosabat
butunlay   o’zgarishi   lozimligi   va   ana   shu   o’zgarish   tufayli   respublikaga   nomini
bergan   millat   qadr-qimmatini   ko’tarish,   izzat-ikromini   joyiga   qo’yish   adolat   ishi
ekanligi alohida uqtirildi 23
. 
1990   yil   23   martda   bo’lib   o’tgan   O’zbyekiston   Kompartiyasi   Makaziy
Komityetining   Plyenumida     O’zbyekiston   SSR   ning   siyosiy   suvyeryenityeti
masalasiga     jiddiy   ehtibor   byerildi.   Unda     “Ryeal   hokimiyat   O’zbyekiston
kompartiyasidan,   uning   barcha   darajalaridagi     komityetlaridan   xalq   dyeputatlari
Sovyetlariga   byerilishi   bilan   bog’liq   barcha   qiyinchiliklarni     yengib   o’tishlari
lozimligini   tahkidlab,   yuzaga   kyelgan   vaziyatda   O’zbyekiston   SSR   Pryezidyenti
lavozimini ta’sis etish muhim ahamiyat kasb etadi ” dyeb  tahkidlandi. 
Voqealar jarayoni shu darajada tezlashdiki, I.A.Karimovning siyosati bevosita
o’zbek  xalqi  xohish-irodasi,  say-harakati  bilan qoshilib ketib, ittifoq rahbariyatini
xiyla   talvasaga   solib   qo’ydi.     O’zbekiston   SSR   Oliy   Kengashining   1990   yil   24
martda   bo’lib   o’tgan   sessiyasida   boshqaruv   tizimini     tubdan   isloh   qilish,
Prezidentlik lavozimini joriy etish tog`risida qaror qabul qilindi va O’zbekistonda
ittifoqdosh respublikalar orasida birinchi bo’lib prezidentlik lavozimi joriy   etildi.
I   A   Karimov   Prizidentlikka   saylandi.   Moskva   buni   juda   salbiy   qabul   qildi.
22
  И А Каримов Ўзбекистон мустақлликка   э ришиш остонасида .   Тошкент  “Ўзбекистон нашрёти” , 2 01 1, 62 -
бет
23
 Н.Жўраев. Агар огоҳ сен.... Т., “Шарқ”, 1998, 32-бет. Gorbachyov   ochiqdan-ochiq   g’zablandi.   Boshqa   respublikalar   rahbarlari   esa
Karimovning   Prizidentlikka   saylanganini   qalban   qo’llab-quvvatlashsaa-da,   unga
havas   qilishsada,   telivideniye   va   minbarlarda   Gorbachyovning   “16   prizidenti   bor
davlat   qanday   davlat   bo’ladi”   degan   so’zlarini   qaytarish   bilan   band   bo’ldilar. 24
Demokratik   jarayonlarni   yanada   chuquqrlashtirish,   siyosiy   o’zgarishlarni
takomillashtirish   va   konstitutsion   tizimni   mustahkamlash     mantiqan   tom
ma`nodagi   mustaqillikni   talab   etadi   va   uning   zamirida   Markazga   bo’ysunmaslik,
o’z   taqdirini   o’zi   belgilash   tamoyili   yotadi.   Shuningdek,   davlat   hokimiyati   va
boshqaruvi oily organlarining o’zaro aloqasi takomillashtirish – bu bevosita partiya
yakkahokimligini   bartaraf   etish,   fuqaro   va   davlat   o’rtasidagi   munosabatlarni
yaqinlashtirish   demakdir.   Bu   esa   oxir   –   oqibatda   respublikaning   o’z   taraqqiyot
yo’lini   ishlab   chiqadigan   va   uni   amalgam   oshiradigan   Prezident   lavozimini   joriy
qilishni   taqazo   etdi.   Bu   tabiyki,   Gorbachev   boshliq   ittifoq   rahbariyatini   qattiq
tashvishga   sola   boshlagan     edi.   Aslini   olganda,   O’zbekiston   boshqa   ittifoqchi
respublikalarda   kundan-kunga   tazyiq   va   zo’ravonlik   oshirilayotgan,   kam   sonli
xalqlarga zug`um o’tkazilayotgan bir paytda ana shunday siyosat yurita boshlagan
edi. 
O’zbekistonning   mustaqilligi   yo’lidagi   yana   bir   muhim   qadam   O’zbekiston
SSR Oliy Kengashining XII chaqiriq ikkinchi sessiyasida (1990 y. 20 iyun) qabul
qilingan   O’zbekiston   Respublikasi   “Mustaqillik   Deklaratsiyasi”dir. 25
  Ushbu
Deklaratsiyani   qabul   qilishda   Respublika   Oliy   soveti   deputatlari   jonbozlik
ko’rsatdilar.   “Mustaqillik   Deklaratsiyasi”da   har   bir   millat   o’z   taqdirini   o’zi
belgilashi,   Deklaratsiya   qoidasi   bilan   kafolatlanishi   takidlandi.   Unda   O’zbek
xalqining   asrlar   davomida   qo’lga   kiritgan   davlat   qurilishi   va   madaniy   taraqqiyot
borasidagi   boy   tarixiy   tajribasi   va   an`analari   hisobga   olindi.   Deklaratsiya   12
moddadan   iborat   bo’lib,   uning   1-moddasida   “O’zbekiston   SSRning   demokratik
davlast   mustaqilligi   respublikaning   barcha   hududida   barcha   tarkibiy   qismlarini
belgilashda   tashqi   munosabatlardagi   tanho   hokimligidir”, 26
  deb   yozib   qo’yilgan.
Sessiya   qabul   qilgan   bu   “Mustaqillik   Deklaratsiyasi”   xalqimiz   tomonidan   katta
mamnuniyat   bilan   kutib   olindi. 27
  Shu   kundan   boshlab   respublikada
O’zbekistonning   iqtisodiy   va   siyosiy   hayotiga   doir   masalalar   mustaqil   tarzda   hal
qilina   bordi.     Bunga   misol   tariqasida   1991   yil   22   iyul   O’zbekiston   SSR   Oliy
Kengashi   Prezidiumi   qarorida   Prezident   huzuridagi   Vazirlar   Mahkamasida
Ittifoqqa   bo’ysinuvchi   korxonalar,   muassasalar   va   tashkilotlarning   O’zbekiston
SSR     huquqiy   tobeligiga   o’tishi   tartibini   belgilash   vazifasi   topshirildi.     O’sha
vaqtda   Markaz   rahbarlari   respublikalar   ittifoqini   qanchalik   saqlab   qolishga
urinmasinlar,   buning   iloji   yo’q   edi.   Chunki   endi   eskicha   tartib   bilan   mamlakatni
idora   etib   bo’lmas,   o’z   navbatida   ittifoqdosh   respublikalarning   mustaqillikka
bo’lgan intilishi, tobora kuchayib borardi. Biroq Markazni kuchaytirish tarafdorlari
boshqa   usullar   –   namoyishlar   otkazish,   mitinglar   tashkil   qilish,   xatto
24
 Ислом Каримов- Янги Ўзбекистон Призиденти. Т “Ўзбекистон” 1996,11 -бет
25
Ўзбекистоннинг янги тарихи. К.2. Ўзбекистон Совет мустамлакачилиги даврида // Тузувчилар: М.Жўраев,
Р.Нуруллин, С.Камолов ва бошқ.; Таҳрир ҳайъати: А.Азизхўжаев (раис) ва бошқ./. – Т.: “Шарқ”, 2000. 669
бет
26
 Каримов И.А. Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. – Т.: “Ўзбекистон”, 2011.  231- бет
27
 Р.Х.Муртазаева. Узбекистон тарихи. Т., «УАЖБНТ» Маркази, 2003, 5 30  бет. g`ayrikonstitutsion     yo’llar   bilan   davlat   to’ntarishi   o’tkazish   asosida   bo’lsada,
oldingi   buyruqbozlik   tizimini   mustahkamlashga   harakat   qildilar.     Buning   aksi
sifatida   O’zbekiston   hukumati   o’zbek   xalqi   manfaatlarini   hisobga   olgan   holda
o’zining faol siyosatini davom ettirardi. 1991 yil 11 yanvarida mamlakat Prezidenti
qishloq aholisiga bevosita amaliy yordam berish uchun navbatdagi Farmonga imzo
chekdi.       Mazkur   Farmon     1989   yilda   boshlangan   haqiqiy   yangilanishlarning
mantiqiy davomi edi. Prezident imzolagan hujjatda 1991 yilda paxta ekin maydoni
qisqartirilishi  nazarda tutib, tomorqa maydonlariga 108,5 ming gektar yer ajratish
ko’rsatilgan.   1991   yil   14   fevralda   O’zbekiston   Oliy   Kengashining   navbatdan
tashqari to’rtinchi sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiyada mamlakat Prezidenti I.Karimov
nutq   so’zladi.   Mazkur   nutq   matbuotda     “Murakkab   vaziyatda   oqilona   siyosat
ko’rsataylik”   degan   sarlovhada   chop   etildi.   Ushbu   nutqida   O’zbekiston   rahbari
Ittifoq   shartnomasiga   o’z   munosabatini   bildirib,   o’zbekistonning   bu   shartnomaga
kirmasligini qayd etib o’tdi. 1991 yil Navro’z bayrami arafasida Prezident avf etish
to’g`risidagi   Farmonga   imzo   chekdi.   Ushbu   Farmon   ham   xalq   tomonidan   zo’r
quvonch   bilan   kutib   olindi.   Qolaversa,   amnistiyani   o’sha   davrda   faqat   ittifoq
Prezidenti   e`lon   qilar   edi.   1991   yil   19   avgustga   kelib,   butun   jahonni   hayajonga
solgan Moskvada davlat to’ntarilishiga urinish bo’ldi 28
.
To’ntarish   tarafdorlarining   asl   maqsadlari   ittifoqda   yashovchi   barcha
xalqlarning   mustaqillikka   erishuviga   yo’l   qo’ymaslik   hamda   mamlakatdagi
parokandalikdan   foydalanib   qolish   edi.   Lekin   O’zbekiston   rahbariyati   mavjud
ijtimoiy-siyosiy   vaziyatni   saqlash,   respublika   hududida   favqulotda   holat   joriy
etilishiga, Konstitutsiyaga qarshi davlat to’ntarilishini  qo’lab quvvatlash yo’lidagi
ig`vokorona   harakatlarga   uchmaslik   uchun   o’zlarining   butun   imkoniyatlaridan
foydalandilar.   O’sha   vaqtda   O’zbekiston   Prezidenti   Hindiston   safarida   edi.
Safardan qaytib 19 avgust kuni kechqurun Toshkent shahri faollari bilan uchrashib,
qat`iy   tarzda   O’zbekiston   nuqtai   nazarini   ma`lum   qildi.   Respublika   rahbariyati:
“Markazdan,   kim   bo’lishidan   qat`iy   nazar,   qonunga   xilof   ko’rsatmalarni   bajarish
mumkin   emas”,   deb   hisobladi.   20   avgustda   O’zbekiston   Prezidenti   huzurida
Vazirlar   Mahkamasining   Qoraqalpog`iston   Respublikasi,   viloyatlar   va   Toshkent
shahri   rahbarlari   ishtirokida   qo’shma   majlisi   bo’ldi.   Unda   O’zbekistonning
mustaqillikka erishish yo’li o’zgarmasligi haqida bayonot qabul qilindi.  Prezident
I.A.Karimov   Respublika   aholisiga   murojat   bilan   chiqdi   va   O’zbekistonning   o’z
mustaqilligiga   erishish   yo’li   qat`iy   ekanligini   ta`kidladi.     O’zbekiston   Prezidenti
Farmoni   bilan   Favqulotda   holat   davlat   komitetining   g`ayrikonstitutsiyaviy,
huquqqa   qarshi   qarorlari   va   boshqa   ko’rsatmalari   noqonuniy   deb   e`lon   qilindi.
Shunday   murakkab   sharoitda,   ya`ni   markaz   va   respublikalar   o’rtasida
munosabatlar   tobora   taranglashib,   Markaz   boshqaruv   qobiliyatini   yo’qotgan,   har
bir   respublika   o’z   holiga   tashlab   qo’yilgan   bir   sharoitda   tarixiy   vaziyatni   to’g`ri
baholagan   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   I.A.Karimov   Oliy   Kengash
sessiyasida   chaqirish   va   unda   O’zbekiston   Mustaqilligi   haqida   qonun   qabul
qilishini talab qildi. Chunki har bir milliy respublikaning chinakam teng huquqligi
va   mustaqilligi   ta`minlandagina   tanazzuldan   chiqish   mumkin   edi.   Ayni   shu
maqsadlarni   ko’zlab,   jumhuriyat,   Oliy   Kengashining   XII   chaqiriq   navbatdan
28
 Уша китоб. ....  53   бет. tashqari   sessiyasi   1991   yil   31   avgustda   o’z   ishini   boshladi.   O’zbekistonning
Mustaqil Davlat, deb e`lon qilinishida mazkur sessiya katta tarixiy ahamiyatga ega
bo’ldi.   Unda   “O’zbekiston   Respublikasining   Davlat   Mustaqilligi     to’g`risida”gi
masalalar kun tartibiga qo’yilib, qizg`in muhokama qilindi. Sessiyada O’zbekiston
Respublikasining   davlat   mustaqilligi   to’g`risida   Birinchi   Prezidentimiz
I.A.Karimov   maruza   qildi.   U   o’z   nutqida   1991   yil   o’rtalarida   Markaziy   hukumat
olib   borayotgan   ichki   siyosatni   tahlil   qildi.     19-21   avgust   kunlari   Moskva
Favqulodda   holat   davri   komiteti   a`zolarining   xalqlar   ozodligi,   respublikalar
mustaqilligiga   qarshi   qaratilganligi   xalqqa   ro’y-rost     bildirildi.   Oily   Kengash
deputatlari   moddama-modda   muhokamadan   so’ng   O’zbekiston   Respublikasining
Davlat mustaqilligi to’g`risidagi qonunni qabul qildilar. So’ngra respublika Davlar
mustaqilligi   to’g`risidagi   Bayonot   qabul   qilindi.   O’zbekiston   SSRning   nomi
O’zbekiston   Respublikasi,   deb   o’zgartirildi.   Mustaqillik   belgilangan   kun   –   1
sentyabr 1991 yildan boshlab milliy bayram va dam olish kuni, deb e`lon qilindi. 29
O’zbekiston Respublikasi mustaqilligi haqidagi bu hujjatlar o’zbek xalqining asriy
orzusi ro’yobga chiqqanligining huquqiy ifodasi bo’ldi. 
“O’zbekiston   Respublikasining   Davlat   mustaqilligi     asoslari   to’g`risida”gi
Qonun   17   moddadan   iborat   bo’lib,   mustaqil   respublika   uchun   vaqtincha
konstitutsiya ro’lini o’ynaydigan bo’ldi. 
Ushbu   qonunda   O’zbekiston   mustaqil   demokratik   davlat,   deb   e`lon   qilindi,
ma`muriy-hududiy   tuzilishi,   hokimiyat   va   boshqaruv   idoralari   tizimini   mustaqil
belgilash   qonunlashtirildi.   Respublikaning   davlat   bo’linishi   hamda   iqtisodiy
asoslari   ham   qonunda   o’z   aksini   topdi.   Shuningdek,   ushbu   hujjatda,
O’zbekistonning   Qoraqalpog`iston   bilan   munosabatlari   xususida   so’z   borib,
O’zbekiston   Qoraqalpog`istonning   hududiy   yaxlitligini   tan   olishi   haqida     fikr
yuritiladi,   u   O’zbekiston   tarkibida   qilinishi   o’sha   davrda   erishilgan   yutuqlarning
yuqori   cho’qqisi   bo’ldi.   Shunday   qilib,   o’zbek   xalqi   asrlar   davomida   orzu   qilgan
mustaqillikka   tinch   yo’l   bilan,   birinchi   Prezidentimiz   I.A.Karimov   boshchiligida
respublika rahbariyatining oqilona yo’l tutishi orqali erishildi. 
I..A. Karimov faoliyatidagi asosiy xususiyatlar quyidagilardan iborat edi:
1) mavjud ayanchli ahvolni tuzatish bo’yicha Markaz rahbariyati oldiga qatiy  talablarni
prinsipial tarzda qayta-qayta qo’iishdan cho’chimaslik;
2) qanchalik og’ir va noxush bo’lmasin, ochiq gapirish;
3) hamisha haqiqatning ko’ziga tik qarash;
4) yuraqdan chiqqan samimiylik;
5) uzoq vaqglar gazak oldirilgan nuqsonlarning  ildizini ochish;
6) xalqimizni   badnom   qilishga   uringan   yovuz   kuchlarga   qarshi   qat’iy   kurash   olib
borish;
7) keng tafakkur, mustahkam iroda va e’tiqod;
8) odamlarning qalb jarohatlariga  amaliy  ishlar bilan malham qo’yish;
9) azmu shijoatlilik, mardlik va donishmandlik;
10) tartib-intizomni tiklash bo’yicha mas’uliyatni o’z zimmasiga olish;
29
  Н.Тўхлиев   Ривожланишнинг   ўзбек   модели:   Тинчлик   ва   барқарорлик-тараққиёт   асоси.   Т   “Ўзбекистон”
2001  25-бет 10) azob-uqubat va qon to’kilishiga sabab bo’ladigan boshboshdoqlik, hokimi- yatsizlik
va adovat bo’lishiga yo’l qo’ymaslik;
11) fojia   oqibatlarini   bartaraf   etishning   aniq   amaliy   yechimlarini   ishlab   chiqish   va
izchil amalga oshirish;
11) ko’ngillarda so’ngan umid uchqunlarini uyg’otish;
14) xalqning tuhmat va malomatlardan egilgan ruhini ko’tarish;
15) el   barcha   sog’lom   kuchlar   hamkorligiga   tayanib,   xalqni   jipslashtirish,   uning
bunyodkorlik kuch-g’ayratini ro’yobga chiqarish;
16) qonunga, adolatning kuchiga tayanish;
17) tinchlik va osoyishtalikni eng katta boylik deb bilish;
18) inson manfaatlarini har qanday sharoitda ham birinchi o’ringa qo’yish.
19) yurtimiz  dardiga darmon bo’lish;
-   Islom   Karimov   o’z   faoliyatida   uzoq   vaqtlar   davomida   yechilmasdan,   gazak
oldi rilgan   kamchilik   va   nuqsonlar,   o’tkir   ijtimoiy   muammolarning   ildizini   ochish
bilan bir   qatorda   ijtimoiy   hayotni isloh   etishning puxta   o’ylangan yo’llarini   asoslab
bergani   respublikamizni   og’ir   inqirozdan   chiqarish   va   dadillik   bilan     istiqlol   sari
boshlashda ulkan  muhim ahamiyat kasb etdi. 3. Xalq norozichilik harakatlarining kuchayishi
Mamlakatimizda   huquqiy   demokratik   davlat   va   fuqarolik   jamiyatini   barpo
etish,   eng   asosiy   ustuvor   yo’nalishlardan   biri   bo’lgan   tinchlik   va   barqarorlikni
saqlash   va   millatlararo   hamjihatlikni   asrash   masalalari   Yurtboshimizning
“O’zbekiston   mustaqillikka   erishish   ostonasida”   kitobidagi   ma’ruzalarida   har
tomonlama o’z ifodasini topgan.
XX   asr   80-yillarining   oxirlarida   sobiq   SSSR   iqtisodiy,   ijtimoiy-siyosiy
inqirozi yuzaga kelib, rahbarlik qilishning ma’muriyatchilik, buyruqbozlik usulida
hokimiyat uchun kurash avj oldi. Ittifoq hududlaridagi nizolar kuchaydi.
Iqtisodiy   va   ijtimoiy   sohani   kompleks,   jadal   rivojlantirishning,   umumittifoq
mehnat   taqsimotida   O’zSSRning   mavqyei   va   o’rnini   o’zgartirishning   muqobil
yo’llari e’tiborga olinmadi. Albatta, necha yillar davomida hal etilmagan, xalqning
sabr   kosasini   to’ldirgan   bunday   to’planib   qolgan   muammolar   oxir-oqibatda
ijtimoiy   larzalarga   olib   keldi.   Ushbu   muammolardan   xalq   e’tiborini   chalqitish
uchun   odamlar   qalbida   ko’p   yillar   davomida   yig’ilib   qolgan   noroziliklardan
foydalanildi.
1989   yil   may   oyining   oxirlari   –   iyunning   boshida   Farg’onaning   ko’pgina
tuman va shaharlarida favqulodda hodisa yuz berdi. 23 may kuni boshlangan fojia
ikki   kundan   keyin   Toshloq   tumaniga,   undan   so’ng   esa   Marg’ilon   va   Qo’qon
shaharlariga o’tdi. 
Hukmron   partiya   o’z   hukmronligini   saqlab   qolish   maqsadida   hatto   ayrim
respublikalarda millatlararo nizolarni ham uyushtira boshladi.
1989   yil   24   mayda   Quvasoy   shahrida   yoshlar   o’rtasida   bo’lgan   bezorilik
millatlararo (mahalliy yoshlar bilan mesxeti turklar o’rtasida) to’qnashuvni keltirib
chiqardi   va   bu   mojaro   butun   Farg’ona   vodiysiga   yoyilib,   ommaviy   tus   ola
boshladi.   Respublikaning   o’sha   paytdagi   R.Nishonov   boshchiligidagi   siyosiy
rahbariyati yuzaga kelgan bu murakkab vaziyatni to’g’ri baholay olmagani uchun
yoshlarning ommaviy chiqishlari, millatlararo to’qnashuvlar katta fojiaga aylanishi
muqarrar bo’lib qoldi.
Sobiq   tuzumning   bu   to’qnashuvlarni   uyushtirishdan   maqsadi,   bir   tomondan,
odamlarning   noroziliklaridan   o’z   razil   manfaatlari   yo’lida   foydalanish   bo’lsa,
ikkinchi   tomondan,   ittifoqdosh   respublikalarda,   shu   jumladan,   O’zbekistonda
ozodlik yo’lida paydo bo’layotgan milliy harakatlarni bo’g’ishdan iborat edi.
1989   yil   8   iyunda   Qo’qonda   tinch   namoyishchilar   harbiy   qism   askarlari
tomonidan   o’qqa   tutildi.   Natijada   namoyishda   qatnashgan   50   dan   ziyod   inson
halok bo’ldi (ularning ko’pchiligi yoshlar edi), 200 dan ortig’i esa yarador qilindi.
Umuman, 3-12 iyun kunlari Farg’ona viloyatida bo’lgan tartibsizliklar va ularning
harbiylar   tomonidan  o’qqa tutilishi   oqibatida 103  kishi   halok bo’lgan, 1009  kishi
yarador bo’lgan va 650 xonadonga o’t qo’yilib vayron qilingan.
Aytish   mumkinki,   bunday   fojialar   xalqimiz   tarixida   yuz   bermagan.
Bag’rikeng,   mehmondo’st,   mehr-shavqatli   o’zbek   xalqi   hyech   qachon
birodarlariga   qo’l   ko’tarmagan.   Biroq,   Moskva   ta’siri   bilan   yuz   bergan   ushbu
fojiada   ko’plab   kishilar   halok   bo’ldi.   Mingga   yaqin   kishi   jarohatlandi.   Sakkiz
yuzdan   ortiq   uylarga   o’t   qo’yildi.   Davlat   va   jamoat   idoralari   shikastlandi. Ommaviy   chiqishlarga   qatnashganlarning   soni   o’ttiz   mingga   yaqinni   tashkil   etdi.
Yetkazilgan ziyon bir necha million so’mdan iborat bo’ldi.
Ayni o’sha tartibsizliklarga, xalqimiz va davlatimiz manfaatlariga zid bo’lgan
harakatlarga   o’zbek   milliy   kiyimlarini   kiygan,   aslida   boshqa   millatlarga   mansub
kishilar   tashkilotchilik   qilishda   ishtirok   etishgan.   Mesxeti   turklari   va   ruslarga
qarshi   turli   da’vatlar   hamda   shiorlar   bilan   maydonga   chiqib,   qonli   to’qnashuvlar
yuzaga keltirilgan.
Markaziy   matbuot   va   jahon   OAV   Farg’ona   voqyealarini   bir   yoqlama
yoritishga   harakat   qilar   edilar.   Ular   zo’r   berib,   o’zbek   millati   sha’nini   poymol
etardilar.   Hamma   aybni   mahalliy   millat   vakillariga   to’nkashar   edi.   Barcha
tartibsizliklarga,   qonli   to’qnashuvlarga   o’zbeklarning   o’zini   aybdor   qilib
ko’rsatishga intilardilar 30
.
SSSR   hukumati   rahbarlari   va   ma’muriy   organlari   esa   voqyea   sodir   bo’lgan
joyda   bo’lib,   shunchaki   kelib-ketar   edilar.   Fojialar   ildizini   aniqlash,   ularni   ko’rib
chiqib, sabablarini qidirish, haqiqiy tashabbuskor va tashkilotchilarni ushlash bilan
hyech   kim   shug’ullanmas   edi.   Bundan   ko’zda   tutilgan   maqsad   aniq   edi.   O’rta
Osiyoda   katta   mavqyega   ega   bo’lgan,   giyosiyosiy   jihatdan   G’arb   bilan   Sharqni,
xususan  Markaziy Osiyo  respublikalarini  bir-biriga bog’lab turgan O’zbekistonda
beqaror   vaziyatni   vujudga   keltirish,   oxir-oqibatda   esa   fuqarolar   urushini   tashkil
etish   edi.   Agar   ana   shunday   qonli   fojialar   O’zbekistonda   ommaviy   tarzda   yuz
bersa,   butun   O’rta   Osiyo   xonavayron   bo’lishi   muqarrar   edi.   SSSR   hukumatining
siyosiy strategiyasi xuddi ana shu maqsadni ko’zlagan edi.
Kechagina   respublikamiz   rahbari   etib   saylangan   Islom   Karimov   ishga
kirishgan   kunning   ertasigayoq,   ya’ni   24   iyun   kuni   O’zSSR   Ministrlar   Sovetida
katta   majlis   o’tkazdi   va   unda   nutq   so’zladi.   O’zining   keskin   tanqidiy   va   amaliy
ruhi   bilan   ajralib   turadigan   mazkur   nutqda   respublika   rahbari   O’zbekistonda
vujudga   kelgan   o’ta   murakkab   ijtimoiy-iqtisodiy   vaziyat   va   uning   sabablarini
chuqur   tahlil   qilib,   achchiq   va   haqqoniy   bir   xulosaga   keladi.   Islom   Karimov
voqyeaga   baho   berish,   uning   ildizlarini   qidirish   va   bunday   g’ayriinsoniy   xatti-
harakatlarga chek qo’yish uchun butun imkoniyatini ishga soldi. 
O’zbekistondagi   vaziyatni   barqarorlashtirish   vazifasini   KPSS   MK,   xususan
Bosh   kotib   M.S.Gorbachev   oldiga   keskin   qilib   qo’ydi.   KPSS   MK   Plenumida
so’zga   chiqar   ekan,   Islom   Karimov   O’zbekistondagi,   jumladan   Farg’ona
viloyatidagi   so’nggi   voqyealar   to’g’risida   ayrim   OAV   e’lon   qilgan   maqolalarni
tushinish   qiyinligi   haqida   gapirdi.   Konkret   sharoitimizni,   ko’p   asrlik   tariximiz,
madaniyatimiz,   an’anlarimiz,   urf-odatlarimiz   va   marosimlarimizni   bilmagan,
shuningdek,   o’sha   voqyealarning   boisi   bo’lmish   tag-zaminli   murakkab
muammolarni uqib olmagan qiziqqon mualliflar halqni badnom etib, uning yuziga
loy   chaplamoqdalar   va   o’zlarini   oliy   hakam   deb   hisoblamoqdalar,   deb   OAVning
soxta shov-shuvlari asossiz ekanligini ko’rsatdi.
25   iyun   kuni   esa   Islom   Karimov   janjal ـ to’polonlar   alangasi   ichida   qolib
ketgan   Farg’onaga   yo’l   oladi.   Lovillab   yonayotgan   uylar,   tahlika   va   sarosimaga
tushgan shahar va qishloqlar, qahr-g’azabga to’lgan odamlarning ichiga dadil kirib
boradi.
30
  Каримов И.А. Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. – Т.: “Ўзбекистон”, 2011.128 бет Ular   bilan   chin   dildan,   hyech   narsani   yashirmasdan   ochiq   gaplashadi.   Bu
insonlarning   shu   vaqtga   qadar   hyech   kim   eshitmagan   ohu   nolalarini   tinglab,
o’zining   yurakdan   chiqqan   samimiy   va   haqqoniy   so’zlari   bilan   bamisoli   ularning
qalbidagi   jarohatlarga   malham   qo’ygandek   bo’ladi,   ko’ngillarda   so’ngan   umid
uchqunlarini   uyg’otadi.   Tartib-intizomni   tiklash,   qon   to’kilishining   oldini   olish
bo’yicha   butun   mas’uliyatni   o’z   zimmasiga   olib,   aniq   chora-tadbirlar   ko’radi.
Voqyea sabablarini qidirdi. Masala mohiyatini ochiq-oydin ko’rsatdi. Jumladan, u
“ana   shu   fojianing   aybdolarini   himoya   qilishga   urinishlar   ham   asossizdir.   Kim
bo’lishidan,   qaysi   millatga   mansubligidan   qat’i   nazar   vahshiylik   va   odam
o’ldirishda,   o’t   qo’yish   va   to’s-to’polon   chiqarishda   aybdor   bo’lgan   shaxslar
jazoga   tortilishi   zarur   va   jazoga   tortiladi   ham.   O’zbek   xalqining   yaxshi   nomiga
dog’ tushirilishiga yo’l qo’yilmasin”, dedi u 31
. 
Respublika   rahbarining   bunday   qat’iyati   asossiz   ta’nalar   va   bo’htonlardan
ezilgan,   turli   tahdidlar   oqibatida   tahlikaga   tushgan   xalq   ruhini   ko’tarib   yubordi.
I.A.Karimov   voqeaga   adolatli   yondashish   orqali   millat   sha’niga   tushirilgan
dog’larni   yuvib   tashladi.   Ayni   paytda   vahshiylik   qilgan,   odam   o’ldirgan,
tartibsizliklarni   keltirib   chiqargan,   uylarga   o’t   qo’ygan,   transportlarni   yoqib
yuborgan   kimsalar   o’zbek   millatiga   mansub   emasligini,   u   ataylab   tashkil
etilganligini Kreml minbaridan turib jasurlik bilan aytdi. 
Respublikada   mavjud   ijtimoiy   vaziyatni   nazarda   tutgan   O’zbekiston   rahbari
sodir   bo’lgan   voqyealar   yuzasidan   o’zining   pozisiyasini   ochiq-oydin   ko’rsatdi.
Jumladan,   u   “batamom   boshqacha   yondashuvlar   zarur.   Yo’limizga   g’ov
bo’layotgan   barcha   narsalarga   qarshi,   biz   bilan   xalq   o’rtasida   raxna
solayotganlarga qarshi haqiqiy jang boshlash kerak” 32
 deb qat’iy bayonot berdi.
Albatta,   Islom   Karimov   respublika   rahbari   sifatida   Farg’ona   voqyealarining
sabab   va   oqibatlari   haqidagi   ma’lumotlar   bilan   o’z   kabinetida   o’tirib   ham
tanishishi, kerakli qarorlarni qabul qilishi mumkin edi. Ammo kabinetdan chiqmay
ish   yuritish   prinsipi   Islom   Karimov   uchun   mutlaqo   begona   edi.   U   hayotning
qaynoq   nafasini   bevosita   his   qilish,   yaxshi-yomon   kunlarda   xalq   bilan   birga
bo’lish,   el-yurtning   dardu   quvonchiga   doimo   sherik   bo’lishni   o’zining   hayotiy
maslagi, oliy insoniy burch deb bildi.
Agar   o’sha   yillar   tarixiga   e’tibor   beradigan   bo’lsak,   Farg’ona   voqyealari
haqida   shov-shuv   ko’targanlar,   shunday   qonli   fojia   hisobidan   obro’   topish,
o’zining   g’arazli   manfaatlariga   erishishga,   xalqimizni   badnom   qilishga   uringan
kimsalar ko’p bo’lgan. Islom Karimov bu borada kuyib-yonib, asl  haqiqatni katta
dard   va   jasorat   bilan   bayon   qildi,   fojia   oqibatlarini   bartaraf   etishning   amaliy
yechimlarini   ishlab   chiqadi   va   izchil   amalga   oshiradi.   Jumladan,   Yurtboshimiz
Toshkentda   va   Moskvada   bo’lib   o’tgan   katta   anjumanlarda,   shuningdek,
matbuotdagi   chiqishlarida   bu   masalada   qat’iy   pozisiyada   turib,   quyidagi   fikrlarni
alohida   ta’kidlaydi:   “O’zbek   xalqining   vijdoni   pok.   Farg’ona   voqyealari   o’zbek
xalqining   irodasi   bilan   sodir   bo’lmadi.   Bu   voqyealarga   tuturuqsiz   va   g’arazli
maqsadlarni ko’zlab, kim qanday bo’yoq bermasin, tarix, albatta, o’zining adolatli
hukmini   chiqaradi.   Baynalminalchilik,   mehmondo’stlik,   yaxshilik,   qalb   saxovati
31
 “Совет Ўзбекистони” газетаси, 1989 йил 23 август.
32
 Ўша жойда. hamisha   o’zbek   xalqiga   xos   fazilat   bo’lib   keldi.   Xalqimiz   hyech   qachon   boshqa
xalqlarga   nisbatan   dushmanlik   kayfiyatida   bo’lmagan.   Bu   qadimiy   va   hozirgi
tariximizdan   olingan   ko’pgina   misollar   bilan   isbot   qilingan” 33
.   Bunday   haqqoniy
va   haroratli   so’zlar   el-yurtimizning   dardiga   darmon   bo’ldi,   ularning   tuhmat   va
malomatlardan egilgan ruhini ko’tardi.
Ana   shunday   tarixiy   misollar   asosida   aytish   mumkinki,   Islom   Karimovning
barcha   muammolar   haqida   –   ular   qanchalik   og’ir   va   noxush   bo’lmasin   –   ochiq
gapirishi,   hamisha   haqiqatning   ko’ziga   tik   qarashi   unga   nisbatan   xalqimizning
e’tibori va ehtiromini uyg’otdi.
O’zidan   ilgari   respublika   rahbari   bo’lib   ishlagan,   siyosiy   kaltabinligi   va
jur’atsizligi   bilan   el-yurt   o’rtasida   obro’sini   yo’qotgan   I.B.Usmonxo’jayev   va
R.N.Nishonov   kabi   o’tmishdoshlaridan   farqli   ravishda,   Islom   Karimov
O’zbekiston   yetakchisi   sifatida   uzoq   vaqtlar   davomida   yechilmasdan,   gazak
oldirilgan   kamchilik   va   nuqsonlar,   o’tkir   ijtimoiy   muammolarning   ildizini   ochib
tashladi,   mavjud   ayanchli   ahvolni   tuzatish   bo’yicha   Markaz   rahbariyati   oldiga
qat’iy   talablarni   prinsipial   tarzda   qayta-qayta   qo’yishdan   cho’chimadi.   Ushbu
kitobdan o’rin olgan ko’plab chiqishlarda buni yaqqol ko’rish mumkin.
Mavjud   siyosiy   beqarorlik,   boshboshdoqlik   va   bedodlik   sharoitida,   naqadar
og’ir   va   qaltis   bo’lmasin,   o’sha   mash’um   kunlarda   sobiq   Markazdagi   kuchlar   va
ularning   o’zimizdagi   malaylari   yurtimiz   rahbariga   har   qadamda   millatchilik
yorlig’ini yopishtirish, uning shaxsiga nisbatan tuhmat va malomatlar yog’dirishga
qanchalik   urinmasin,   qanday   og’ir   siyosiy   va   ma’naviy-ruhiy   bosim   ta’siri   ostida
ish   olib   borishga   to’g’ri   kelmasin,   Islom   Karimov   Vatanimizning   tom   ma’noda
mustaqillikni   qo’lga   kiritishiga   erishishdek   oliy   maqsad   yo’lidan   hyech   qachon
qaytmaganini ushbu kitobdan o’rin olgan hujjatlar yana bir bor isbotlab, tasdiqlab
beradi.
Farg’ona   fojialari   tagida   ham   shovinizmga   aloqador   sabablar   bor.   Farg’ona
voqyealarini   aytish   mumkinki,   ayni   Olma ـ otada   amalga   oshirilgan   «Metel»
operasiyasining   davomi   edi.   Albatta,   ssenariylar   shakli,   tashkiliy   uslubi   jihatidan
har xil bo’lishi mumkin. Biroq maqsad bitta.
Mavjud siyosiy tizimni, yaxlit mamlakatni alg’ov-dalg’ovlar, to’s-to’polonlar,
milliy   respublikalardagi   ijtimoiy-siyosiy   vaziyatni   chigallashtirish   orqali   saqlab
qolishga harakat qilindi. Natijada «rashidovchilik», «o’zbeklar  ishi», «paxta ishi»
kabi   g’avg’olardan   gangitilgan   respublikamizning   o’sha   paytdagi   rahbarlari
iltimoslariga   ko’ra   Rossiyadan   yuzlab   chalasovod   rahbarlar   «desanti»
O’zbekistonga   tashlandi.   «Desantchilar»     siyosati   fosh   bo’la   boshlagach,
respublikani   millatchilikda   ayblash   kerak   bo’lib   qoldi.   Yarim   yillik
tayyorgarlikdan   so’ng,   45   yil   davomida   SSSR   hukumatidan   Mesxetiyaga
qaytarishni  talab  qilaverib charchagan,  may  oyida nima  qilib bo’lsa  ham  ketishni
rejalashtirgan   turklarning   faollashuvidan,   xuddi   shu   oyda   ishsizlik   jonlariga  tegib
namoyishlarga   hozirlanayotgan   Farg’ona   yoshlarining   soddaligidan   foydalanildi.
Natijada   sho’rpeshona   turklar   Rossiyaning   bo’m-bo’sh   qishloqlariga   ko’chirildi.
Boshqacha qilib aytganda, yangi sharoitda yangicha surgun qilindi.
3
  Ўзбекистон   Компартияси   Марказий   Комитетининг   1989   йил   19   августдаги   XVI   пленумида   сўзланган
нутқдан. O’zbeklar esa ijtimoiy-siyosiy talablari uchun Qo’qonda o’qqa tutildi. Bu ikki
harakatda   ham   ruslarga   qarshi   kayfiyat   bor   deb   taxmin   qilindi.   Bunday   taxmin
O’shda 1989 yil 20 mayda bo’lib o’tgan voqyeadan keyin paydo bo’lgan edi...
Birinchi   Prezidentimiz   Islom   Karimov   o’z   kitobida   Farg’ona   voqyealarining
tub inqirozi sabablarini quyidagilar bilan bog’liq deb talqin etgan:
1. Farg’ona   vodiysida   yashayotgan   aholining   og’ir   ijtimoiy-iqtisodiy   ahvoli
bilan bog’liq.
2. Odamlarning ta’minoti, daromadi, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli farovonligining
haddan   tashqari   pastligi   tufayli   bunday   holat   O’zbekistonning   boshqa   joylarida
ham sodir bo’lishi mumkin edi.
. Ishsizlik,   ishchi   o’rinlarining   kamligiga,   ya’ni   ortiqcha   ishchi   kuchining
ko’payib borishi bilan bog’liq.
4. Yoshlar   va   ularni   ishga   joylashtirish   masalasi   bilan   jiddiy   o’ylab
ko’rilmaganligi kabi sabablar.
Biroq   «vahima»   Farg’onadan   keyin   emas,   ancha   oldin   boshlangan.   Bundan
ikki   yil   avval   O’sh   shaharidagi   Lenin   haykali   boshiga   solyarka   paqiri   kiygizilib
tagiga   qizil   bo’yoqda   tahqirli   so’zlar   yozilgan   edi...   Buni   kim   qilgani   noma’lum.
1988-1989   yillarda   qirg’izlar   hujum   qilarmish   degan   gap   kuchayganidan   bayram
kunlari   harbiylar,   ichki   ishlar   xodimlari   ko’paytirilganini   aytib   o’tish   kerak.   Va
nihoyat,   1989   yilning   20   mayida   O’shda   qirg’izlar   ruslar   bilan   mushtlashgani,
qonli   to’qnashuvni   milisiya   qo’shini   osmonga   o’q   otib,   to’xtatgani,   Jalolobodda
ham   shunday   hodisalar   bo’lganini   o’shliklar   biladi-ku.   Demak,   fojiadan   bir   yil
avval, bu “kayfiyat” o’zbeklarga qarshi qaratilgan edi.
O’sh   viloyatida   vaziyatning   murakkablashuvi,   nizoning   kundan-kunga
kengayib ketayotgani dahshatli hodisa edi. O’zbeklar yashayotgan Qirg’izistonning
O’sh   viloyatidagi   fojianing   u   yerdagidan   ham   dahshatli   tomoni   shunda   ediki,
Andijon   viloyati   qo’shni   tumanlarida   70   mingdan   ham   ko’proq   qirg’iz   millatigi
mansub   aholi   yashardi.   Agar   bu   fojia   respublikalar   chegaralaridan   o’tib   ketsa,
fojialar   ko’lamini   va   hududini   belgilash   qiyin   bo’lar   edi.   Va   ayni   paytda
tasavvurimizga sig’maydigan falokat yuzaga kelishi mumkin edi.
Xuddi   ana   shunday   nihoyatda   qaltis   va   tahlikali   vaziyatlarda   mehnat
faxriylari,   respublikaning   taniqli   adiblari,   siyosat   va   jamoat   arboblari   aholi
o’rtasida   qizg’in   ish   olib   bordilar.   Mahalliy   hokimiyat   vakillari   va   ma’muriy
organlar  xodimlari  kecha-kunduz O’zbekistonning Qirg’iziston bilan chegaradosh
tumanlarida qat’iy nazorat o’rnatdilar.
Xususan,   Jalolquduq,   Qo’rg’ontepa,   Marhamat   va   boshqa   tumanlardagi
vaziyat   nihoyatda   xavfli   edi.   Mamlakat   Prezidenti   I.A.Karimov   1990   yil   8
iyundagi   Farmoni   bilan   O’sh   viloyatiga   chegaradosh   bo’lgan   tumanlarda   va
Andijon shahrida favqulodda holat joriy etildi. O’sh fojiasi – uyushtirilgan, puxta
o’ylangan   fojia.   Fojiadan   ko’zlangan   maqsad   –   birinchidan,   hokimiyat   masalasi.
Hokimiyat jilovini ma’muriy buyruqbozlik apparati qo’lida saqlab qolish.
Ikkinchidan,   siyosiy   va   iqtisodiy   mustaqillik   yo’lini   tanlagan,   SSSRda
birinchi   bo’lib   boshqaruvning   prezidentlik   yo’lini   joriy   etgan,   “Mustaqillik
Deklarasiyasi"ni qabul qilgan O’zbekiston hukumatiga zarba berish.
Uchinchidan,   turkiy   xalqlarning   asrlar   mobaynidagi   qon-qardoshligini parchalash,   ular   o’rtasida   nizo   keltirib   chiqarish.   Oxir-oqibatda   osiyoliklar
fenomeni   –   oriyat   va   nafsoniyat   ustunligi   fe’l-atvoridan   foydalanib,   ularning   eng
nozik  hislarini   uyg’otish   orqali   butun   O’rta   Osiyoda   uzoq  davom   etadagan   urush
olovini yoqish edi 34
.
O’sh   voqyealari   aytish   mumkinki,   bevosita   O’zbekiston   rahbari
I.A.Karimovning   qat’iyati,   siyosiy   hushyorligi,   Kreml   oldiga   qo’ygan   har
tomonlama  asosli   talablari   tufayli   bartaraf   etildi.  Andijon  va   O’sh   viloyatlarining
rahbarlari   O’zbekiston   va   Qirg’iziston   hukumati,   ayni   Prezident   I.A.Karimov
ko’rsatmalari   bilan   hamjihatlikda   ish   tutishdi.   Fojialarning   mohiyati,   sabablari
ochib tashlandi. Uning kengayib ketishi, ikki qardosh, ikki qo’shni xalq o’rtasidagi
qirg’inbarotlar oldi olindi.
O’sh   fojialari   va   millatlararo   munosabatlar   keltirib   chiqargan   og’riqlar
xususida   gapirar   ekan,   Prezident   I.A.Karimov   quyidagilarni   ta’kidladi:   “Biz
qanday   jarlik   oldiga   kelib   qolgan   edik?   Farg’ona   fojiasi,   Bo’kadagi   fojialar,
Sirdaryodagi,   O’shdagi   fojialar...   Bu   to’g’rida   juda   ko’p   gapirish   mumkin.   Ko’z
o’ngingizga   keltiring:   vaziyat   umuman   beqaror,   eski   tuzum,   eski   tartiblar
yemirilgan, yangisi hali shakllanmagan, odamlar ishsiz qolgan, dalada hyech narsa
yo’q...  Agar  mana  shu  yo’ldan  ketaversak,  faraz qilingki,  ko’pi   bilan  yarim  yilga
yetar   edi.   Undan   keyin   xonavayron   bo’lar   edik.   Shuning   uchun   yana   bir   bor
aytaman:   bir   vaqtlar   yurtimizda   qonli   voqyealar   ro’y   berganda,   shunday   ham
bo’ldiki,   Andijonning   yigitlari   g’azab   bilan   O’sh   chegarasiga   borib,   u   tomonga
o’tamiz,   qirg’izlarni   so’yamiz,   deganlar   ham   bo’lgan.   Shunda   biz   odam   yuborib,
“Ey,   baraka   topgur,   bu   yo’l   noto’g’ri,   ertaga   buning   davomi   bo’ladi,   qirg’in
bo’ladi,   buning   qaytishi   bor”,   degan   gaplarni   aytib   ularni   to’xtatganmiz.   Hatto
ularning ba’zilariga qattiqroq muomala qilishga ham to’g’ri kelgan. Oradan ozgina
vaqt o’tgandan keyin, men borib shu viloyatlarda o’sha odamlar bilan uchrashdim.
“Qani,   aytinglar,   o’sha   paytda   to’g’ri   qilganmizmi   yoki   noto’g’ri   qilganmizmi?”,
deb so’raganimda, hammasi boshini egib, yuzimga qaray olmadi.
Agar   o’shanda   ularni   qo’yib   yuborsak,   mayli,   bitta-ikkitasini   o’ldirar   edi.
Lekin   bir-biriga   yaqin   bu  ikki   viloyat   bir-biriga   qarama-qarshi   bo’lib,  ertaga   ikki
mamlakat   –   endi   mustaqil   bo’layotgan   Qirg’iziston   –   O’zbekiston   to’qnashuviga
aylanib   ketsa,   kimga   ma’qul   bo’lardi?..   Bu   fitnani   tashkil   qilgan   KGBning
odamlarigami?!” 35
.
Taniqli siyosatshunos  esa Prezident I.A.Karimovning O’sh voqealari paytida
jasurligi   xususida   gapirar   ekan,   “o’shanda   I.Karimov   o’zbek   separatchilariga   o’z
maqsadlarini   amalaga   oshirishda   yo’l   bermay   dono   ish   qilgan   edi.   Shuni   alohida
ta’kidlash   kerakki,   boshqa   biron-bir   o’zbek   rahbari   bunday   ishni   qila   olmas   edi.
Afsuslar   bo’lsinki,   O’shda   va   umuman   Farg’ona   vodiysida   qonli   etnik   qarama-
qarshiliklarni bartaraf etishdagi Karimovning yo’li G’arbda e’tiborga olinmadi. Bu
esa adolatsizlikdir”, degan edi 36
.
34
 Каримов И.А. Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. – Т.: “Ўзбекистон”, 2011. 134 бет
35
 И.А.Каримовнинг Ўзбекистон Компартиясининг XXII съездида сўзлаган маърузаси //”Совет Ўзбекистони”
газетаси, 1990 йил 5 июнь..
36
 Жўраев Н. Тафаккурдаги эврилиш. – Т.: “Шарқ”, 2001, - 81-б. Albatta,   I.A.Karimovning   O’sh   fojialarini   bartaraf   etish   borasidagi   qat’iyati
bir   tomondan   tan   olinib,   yuksak   baholansada,   ikkinchi   tomondan   unda   befarqlik
bilan   qarash,   voqyelikni   soxtalashtirish,   hayot   haqiqati   va   ijtimoiy-siyosiy   adolat
tamoyillari   nuqtai   nazaridan   kamsitishlar   ham   mavjud   edi.   Bu  tabiiy   hol.  Chunki
O’zbekiston   davlati   va   Prezident   I.A.Karimovning   favqulodda   jasurlik   hamda
noyob siyosiy iroda fazilatlari dunyoning nufuzli davlatlari manfaatlariga unchalik
ham mos kelmas edi.
Ma’lumki,   o’sha   paytda   O’zbekiston   SSSR   deb   atalgan   dunyodagi   eng
qudratli   imperiyaga   qaram   respublika   edi.   Uni   na   BMT,   na   boshqa   xalqaro
tashkilotlar,   na   jahon   hamjamiyati   tanir,   tan   olar   edi.   Ya’ni   mustaqillik   yo’lidagi
harakatlarimizda   bizni   qo’llab-quvvatlaydigan,   biz   tayanadigan   biron-bir   tashqi
omil, najotkor kuch yo’q edi. 
Shunday   bir   sharoitda,   yuqorida   tilgan   olingan   adoqsiz   muammolarni   hal
qilish  uchun  respublika  rahbari   kimga,  nimaga  ishonib  harakat  qildi,  degan  savol
tug’ilishi   tabiiy,   albatta.   Bu   savollarning   javobini   biz   “O’zbekiston   mustaqilikka
erishish   ostonasida”   kitobiga   kirgan,   muallifning   qalb   nidosi   kabi   yangragan
otashin nutqlaridan topamiz.
Ta’kidlash joizki, ushbu chiqishlar xalqimiz, jamiyatimiz bosib o’tgan tarixiy
taraqqiyot yo’lini aks ettirish bilangina emas, avvalo, bu yo’ldagi og’ir qiyinchilik
va   sinovlarni,   g’ov-to’siqlarni   bartaraf   etishga   qaratilgani,   mustaqilikka   erishish
jarayonlari biz uchun naqadar mashaqqatli, o’ta dramatik va hayajonli voqyealarga
boy bo’lganini yorqin aks ettirishi bilan ham alohida e’tiborlidir.
O’zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat – O’sh, Farg’ona, Qo’qon, Guliston,
Parkent va Bo’kada yuz bergan mash’um voqyealar, millatlararo nizolarning paydo
bo’lgani, xalq hayotining tahlikali tus olgani  ortiqcha kutib turishni  taqozo etmas
edi.   Jarayonlarga   o’z   vaqtida   yetarli   baho   berib,   zarur   xulosaga   kelish   kerak   edi.
Shuning   uchun   ham   Farg’ona   voqyealari   birmuncha   izga   tushgach,   mamlakat
aholisining   ijtimoiy-iqtisodiy   ahvolini   yaxshilash,   turmush   sharoitini   va
farovonligini   oshirish   borasida   amaliy   choralar   ko’rildi.   Jumladan,   aholini
qo’shimcha tarmoqlar bilan ta’minlash, yakka tartibda uy-joy qurishga keng imkon
berish,   shaxsiy   yordamchi   xo’jaliklarni   rivojlantirish,   chorvachilik   va
parrandachilikni   taraqqiy   toptirish;   pensiyalar,   talabalar   va   o’qituvchilarning
maoshlarini   oshirish,   og’ir   ijtimoiy   ahvol   natijasida   kamqonlik   kasalligiga
uchragan   homilador   ayollarga   imtiyozli   ovqatlanish,   boshlang’ich   sinf
o’quvchilariga   bepul   oziq-ovqat   ajratish   va   shunga   o’xshash   bir   qator   ijtimoiy-
iqtisodiy   muammolarning   Markaz   bilan   hisoblashmay   hal   etilishi   mamlakat
aholisiga   qanchalik   ma’qul   kelsa,   Ittifoq   rahbariyatida   shunchalik   norozilik
tug’dirar   edi.   O’zbekistonning   tashqi   iqtisodiy   aloqalarini   rivojlantirishi,   qator
xorijiy   mamlakatlar   bilan   ikki   tomonlama   hamkorlikni   yo’lga   qo’yishi   u   o’z
taraqqiyot yo’lini tanlab olganini ko’rsatar edi.
Bu borada shuni aytish kerakki, O’zbekistonda ushbu masalalarning hammasi
mustaqil   ravishda   hal   etila   borilib,   mavjud   muammolarni   yechishda   Ittifoq
idoralaridan   sezilarli   ravishda   oldinda   borildi.   Bu   xususda   Markazdagilarning
birortasi   ham   O’zbekistonda   amalga   oshirilgan   ishlarni   olqishlab   qabul   qilmadi.
Moskvadagi   karomatgo’ylar   aksincha,   go’yo   bu   O’zbekiston   Prezidentining o’zboshimchaligi,   bularning   hammasi   Ittifoq   ko’rsatmalariga   muvofiq   kelmaydi
yoki ularga zid deb baho bera boshlashdi.
Mustaqilikka   erishish   uchun   afsuski,   turlicha   anglangan   va   unga   turlicha
yondashilgan. XX asrning 80-yillariga kelib, kommunistik mafkura zug’umi ostida
qatag’onlik siyosati yangi pallaga kirdi. Markaz xodimlari tomonidan uyushtirilgan
“o’zbeklar   ishi”,   “paxta   ishi”   bilan   11   mingdan   ortiq   o’zbekistonlik   rahbarlar   va
oddiy fuqarolar ta’qib ostiga olindi va jazolandi.
Ijtimoiy-siyosiy   jarayonlarning   ziddiyatlashuvi   va   hodisalarning
keskinlashuvi   “qayta   qurish”   yillarida   ham   o’z   ta’sir   ko’lamini   kengaytirib  keldi.
Uzoq   yillar   davomida   hukm   surgan   kommunistik   mafkura   va   faqat   xomashyo
yetkazib   berishga   asoslangan   bir   yoqlama   iqtisodiy   siyosat   har   bir   sohada   salbiy
ta’sirini kengaytirdi.
Natijada   respublikada   jamiyat   yaxlitligini   parchalaydigan   hamda   vujudga
kelgan   egasizlik   holati   fuqarolar   o’rtasida   parokandalik   muhitini   yuzaga   keltirdi,
millatlararo   ziddiyatlar,   ba’zan   to’qnashuvlar,   ayniqsa,   davlat   boshqaruvida
qonunsizlik, boshboshdoqlik holatlari vujudga keldi.
Mana   shunday   qaltis   vaziyatda,   1989   yil   23   iyunda   Islom   Abdug’aniyevich
Karimov O’zbekistonning birinchi rahbari sifatida o’z faoliyatini boshladi. U qisqa
vaqt   ichida   O’zbekistonda   vujudga   kelgan   tanglik   sharoitini   barqarorlashtirishga
qaratilgan tubdan yangi milliy siyosatni shakllantirishga erishdi.
Millatlararo   munosabatlarni   barqarorlashtirish   o’tish   davri   uchun   xos
xususiyat.   Bunday   paytda   davlat   faqat   adolatga   tayansagina,   uning   siyosatida
milliy,   irqiy,   diniy   mansubligidan   qat’i   nazar   yaxlit   mamlakat   fuqarosi   taqdiri
qamrab olinsagina qadriyatga aylanadi. Buni O’zbekiston misolida yaqqol qo’rish
mumkin.   Ayni   O’zbekistondagina   milliy   va   millatlararo   munosabatlarga   ana
shunday   yondashildi.   Natijada,   mustaqillikning   dastlabki   yillarida   og’ir,   siyosiy
buhronlar, iqtisodiy tangliklar, ma’naviy-ruhiy parokandaliklarning oldi olindi. 
Millatlararo   totuvlik   –   bu   siyosiy   voqyelik.   O’tish   davrida   ayni   ana   shu
davrning   barcha   ziddiyatlarini,   qiyinchiliklarini,   ichki   iroda   va   ichki   madaniyat
bilan   yenga   olishga   qodir   bo’lgan   fuqarolarni   vujudga   keltirish,   shakllantirish,
ularni g’oyaviy-mafkuraviy jihatdan birligini ta’minlashga erishishni taqozo etadi.
Shuning   uchun   O’zbekistonda   millatlararo   munosabatlar   davlat   siyosatining
muhim bo’g’iniga aylantirildi.
Millatlararo   totuvlik   –   bu   iqtisodiy   hodisa 37
.   Chunki   siyosiy   b uh ronlar   va
iqtisodiy tangliklar  mavjud bo’lgan bir paytda turli   q arashdagi  odamlarning diniy
munosabatlardan,   aqidalaridan,   milliy   xususiyatlaridan   qat’i   nazar   mamlakat
fuqaros i   sifatida   ularning   yaxlitligini,   kundalik   turmush   e h tiyojlarini   ijtimoiy
adolat   yuzasidan   teng   ravishda   q ondirib   turish   muhim   a h amiyatga   ega.   Bu
mamlakatda   amalga   oshirilayotgan   iqtisodiy   islo ho tlarning   butun   mo h iyatini,
mazmunini,   samarasini   va   miqyosini   belgilaydi.   Ayni   ana   shu   unsurlar   h isobga
olingan taq d irda u o’z samarasini beradi. Millatlarning milliy xususiyatlaridan  q at’i
nazar umumiy taq d ir va umumiy istiqbol tushunchasi ya q inlashtiradi, birlashtiradi.
Millatlararo   munosabatlar   –   bu   ijtimoiy   hodisa.   Chunk i   tirik   jon   h ayotga
intiladi,   yashash   uchun   kurashadi.   Bu   tabiiy   ho l.   U   ijtimoiy   barqarorli kd an,
37
 Жўраев Н. Тафаккурдаги эврилиш. – Т.: “Шарқ”, 2001. – 84-бет. ijtimoiy   ta’minotdan   h a q li   ravishda   manfa a tdor   b o’ lishga   doimiy   intiladi.   U
millatidan   qat’i   nazar   mamlakat   fuq a rosi   sifatida   shu   mamlakatning   barcha
imkoniyatlaridan,   ne’matlaridan   foydalanishga   h a q li.   Ijtimoiy   munosabatlar
jamiyat   yangilanayotgan   bir   paytda   eskicha   qa rashlar   iskanjasidan   xalos   b o’ lishi
lozim.   Olamni   yangicha   idrok   q il ish   or qal i   uning   mo hi yatini   anglash   jarayonida
dunyo q arashlar   yaq i nligiga,   ani q ro g’i   dunyoq a rashlar   uyg’unligiga   erishish   ulkan
ijtimoiy mo h iyat g a ega bo’lgan hodisa.
Millatlararo munosabatlar  –  bu ma’naviy-axlo q iy  h odisa.   Chunki millat o’zini
anglash, o’zini tiklash jarayonida milliy xudbinlikka y o’ l qo’ymasligi kera k.  Millat
uy g’ onish   jarayonini   bo shi dan   kechirayotgan   bir   paytda   milliy   qa driyatlarini
umuminsoniy   qadr iyatlar   bilan   bog’liq   hol da   h is   q ilishi   lozim.   Ayni   ana   shu
qa driyatlar   millatning   millat   sifatida   anglashidan   oldin   insonning   inson   sifatida
o’zini anglash i ni ustun  qo’ yishiga olib keladi.
Prezident   Islom   Karimovning   rahbarlik   faoliyatiga   xos   bo’lgan   g’oyat
e’tiborli   va   ibratli   bir   fazilat   borki,   u   ham   bo’lsa,   so’z   va   ish   birligidir.   Afsuski,
xalqqa   yetakchilik   qilish   da’vosi   bilan   maydonga   chiqadigan   aksariyat   siyosiy
arboblar   mana   shunday   noyob   xususiyatdan   bebahra   bo’lib,   ko’pincha   tagi   puch,
yolg’on va’dalar bilan odamlarni chalg’itib, soxta obro’ orttirish payida bo’lishlari
ham sir emas.
1991 yilning 9 dekabrida Namangan shahrida bir guruh qo’poruvchi kuchlar
viloyat   ijroiya   qo’mitasi   binosini   egallab   olib,   O’zbekistonni   islom   davlatiga
aylantirishni   da’vat   qilib   chiqishdi   va   respublika   rahbari   bilan   uchrashuv   talab
qilishadi.   Islom   Karimov   prezidentlikka   nomzod   sifatida   ertasi   kuni   tongda
Namanganga   yetib   keldi   va   ongi   aqidatparastlik   g’oyalari   bilan   zaharlangan,
jazavaga   tushib,   qora   kuchga   aylangan   johil   olomon   orasiga   soqchi   va
hamrohlarsiz, bir o’zi hyech bir ikkilanmasdan, shijoat va shiddat bilan kirib bordi.
Bu   o’ta   keskin,   dramatik   holat   video   tasmasida   tasodifan   muhrlanib   qolgan.
Uchrashuv   Namangan   shahrining   Nurobod   massivida   yangi   qurib   foydalanishga
topshirilgan Imom A’zam masjidida boshlandi. 
Bu harakat a’zolari 1991 yilning dekabrida Namanganda sobiq viloyat partiya
qo’mitasi   binosini   egallab   olib,   hukumat   vakillariga   quyidagi   talablarni   ilgari
surdilar:
1.  Dunyoviy tuzumdan voz kechish va O’zbekistonni islomiy davlat deb e’lon
qilish.
2.   Dunyoviy  qonunlarni  bekor  qilish  va   mamlakatda   shariat  ustuvorligini   tan
olish.
.  Dunyoviy maktablarni berkitish va o’g’il bolalar hamda qiz bolalar alohida
o’qitiladigan maktablarga ajratish.
4.  Islomiy kiyinishga o’tish, ayollarning esa hijobga o’ralishini joriy etish.
5.  Namangandagi sobiq siyosiy ta’lim muassasalari binolarini islom radikallari
ixtiyoriga berish va hokazolar 38
.
Ular   ilgari  surgan  bu  jami  15  ta  talab  aslida   h okimiyatni   islom   radikallariga
berish   talabini   ifodalar   edi.   Hokimiyatning   ularga   berilishi   esa   aslida   o’zlarining
«ji h od   q ilish   h u q u q i»dan   foydalanib,   ular   nazarida   ji h od   q ilinishi   lozim   bo’lgan
38
 Азизхўжаев А. Чин ўзбек иши. – Т.: “Ўзбекистон”, 2011. – 190–191-бетлар. barcha-barchani   –   o’zga   dindagilarni,   o’zgacha   fikrlovchilarni,   dunyoviy
taraqqiyot tarafdorlarini,  q is q asi, k o’ ngillariga yo q magan barchani istisnosiz tarzda
q irib tashlash imkonini berar edi.
Shuni   aytish   kerakki,   Islom   Karimovning   ana   shunday   q at’iyati   va   jasorati
binoni   boshiga   k o’ tarib   ba q ir-cha q ir   q ilib   yotgan   minglab   eng   ashaddiy
ekstremistlarni   h am   dovdiratib,   sarosimaga   solib   qo’ydi .   Mamlakatimiz   ra h bari
h ayajonga   berilmasdan,   vazminlik   bilan   ular   talab   qilayotgan   yo’l   qonunga
mutla q o zid ekani va   h yech   q achon yaxshilikka olib kelmasligini u q tirdi, o’zining
salobati   va   irodasi   bilan   guvillab   yotgan   olomonning   shashtini   so’ndirishga,
be h uda  q on to’ k ilishining oldini olishga muvaffa q  bo’ldi.
Mustaqillik   arafasida   talonchilik,   bosqinchilik,   garovga   olish,   ta’magirlik,
o’g’irlik, tovlamachilik, odam o’ldirish avj oldi. 1990 yilning o’n oyida Namangan
viloyatida 3189 ta jinoiy ish yuz bergan bo’lsa, 1991 yilning may oyiga (besh oy
ichida)   kelib   bu   ko’rsatkich   3213   tani   tashkil   etdi 39
.   O’ziga   to’q   oilalarning
bolalarini o’g’irlab ketib, evaziga katta pul so’rash avj oldi.
Terroristik   usullarni   keng   qo’llagan,   mamlakat   hayotini   izdan   chiqarish   va
shu   orqali   davlatni   kuchsizlantirish   yo’lini   tanlagan   radikallar   1992   yil   bahorida
o’z talablarining jiddiyligini yana bir bor namoyish qilib, rasmiy hokimiyatning bir
necha   vakillarini   garovga   olishdi.   Keyinchalik   Tojikiston   va   Afg’oniston
hududidagi harbiy harakatlarda ishtirok etgan bu kuchlar mazkur mamlakatlardagi
harbiy   lagerlarda   tayyorgarlikdan   o’tib,   O’zbekiston   hududida   ham   bir   qator
terroristik jinoyatlarni sodir etdi.
Ma’lumki ,   dunyodagi   bebaho   boylik   bo’lgan   tinchlik   va   osoyishtalikni
saqlash,   uni   ko’z   qorachig’idek   asrash   masalasi   mamlakatimiz   rahbari   Islom
Karimovning   faoliyatida   doimo   eng   muhim,   eng   ustuvor   yo’nalish   bo’lib
kelmoqda.  Buni   har   xil   buzg’unchi   kuchlar,   diniy   va   dunyoviy   niqobdagi   radikal
oqimlar   bosh   ko’targan   o’sha   notinch   davrda,   Islom   Karimovning   chuqur   iztirob
bilan   o’rtanib,   xalqqa   qilgan   murojaatidagi,   bugun   ham   o’z   ahamiyatini
yo’qotmagan ushbu so’zlar 1992 yil 4 yanvar kuni Oliy Kengashning 9-sessiyasida
qilgan ma’ruzasida yaqqol tasdiqlaydi: 
“Aziz   do’stlar!   Nima   kerak   bo’lsa,   ayting,   hammasini   qilib   beramiz.   Lekin,
aziz   onalar,   opa-singillar,   otaxonlar,   do’stlar,   ukajonlar,   men   Prezident   bo’lsam
ham sizdan tiz cho’kib so’rayman, iltimos qilaman: shu masalada yordam qiling!
Axir, Qur’oni Karim ham do’stlikka, birodarlikka chaqiradi, nizo chiqarishni
qoralaydi. 
Janjal chiqqan yurtning xudosi ham undan yuz o’girar ekan. Shu sabab baraka
ham, rizq-ro’z ham nasiya bo’lib qolarkan!” 40
.
Xalq   qalbining   yillar   davomida   mustaqillik   sari   orzu-intilishlarining   o’ziga
xos   ifodasi   bo’lgan   ushbu   nutq   va   ma’ruzalar   o’sha   davrda   faoliyat   yuritgan
aksariyat   rahbarlarning   chiqishlarida   kuzatiladigan   kommunistik   ritorika   va
demagogiyadan, aravani quruq olib qochishlardan mutlaqo xoli ekani, otashin ruhi
va samimiyati  bilan keskin  ajralib turadi. Bu  fazilatli  chiqishlar  oradan 20 yildan
ziyod vaqt o’tsa-da, beixtiyor odamni hayratga soladi.
39
  «Наманган ҳақиқати» газетаси, 1991 йил 4 декабрь.
40
  Каримов И.А. Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. – Т.: “Ўзбекистон”, 2011. – 20–21-бетлар. Islom   Karimovning   vaziyatga   real   baho   berish,   nostandart   qarorlar   qabul
qilish   borasidagi   qobiliyati,   xalqimizning   azmu   shijoati,   qat’iy   irodasi,
bag’rikengligi, bunyodkorlik kuchiga bo’lgan cheksiz ishonchi uning har bir nutq
va   ma’ruzasida   aniq-ravshan   sezilib   turadi.   Ular   bilan   tanishar   ekanmiz,   bir
paytning   o’zida   chuqur   tahliliy   va   xarizmatik 41
  qobiliyatga   ega   bo’lgan   mana
shunday   shaxslargina   tarix   taqozo   etganda   butun   mas’uliyat   va   javobgarlikning
zalvorli yukini o’z zimmasiga olishga qodir bo’lishi, har tomonlama teran o’ylab,
uzoqni   ko’zlab   ish   ko’rgan   holda,   davlat   va   jamiyat   taraqqiyotida   hal   qiluvchi
ahamiyatga ega bo’lgan strategik qarorlar qabul qila olishiga amin bo’lamiz.
O’zbekistonning   butun   tarixi   xalqning  mustaqillik   uchun   doimiy  va   tinimsiz
intilishidan   guvohlik   beradi.   Milliy   ozodlik   harakatlari,   XIX   asr   oxirlari   va   XX
asrning   30-yillarigacha   bo’lib   o’tgan   qo’zg’olonlar   buning   yaqqol   ko’rinishlari
deyish  mumkin. Ular  qanday  tarixiy saboqlar  va  bahonalar  asosida   kelib chiqqan
bo’lmasin,   qanday   shiorlar   asosida   o’tkazilmasin,   xalqning   barcha   harakatlari
asosida mustaqillik va erkinlikka intilish mavjud edi.
O’zbekistonning   mustaqillikka   erishuvi   butun   xalqning   va   zamonlarning
obyektiv tarixiy qonuniyatlariga mos keladi. Yevropada ham, Osiyoda ham buyuk
imperiyalar juda katta kuch-qudratga ega edilar. Biroq ularning hammasi xalqning
milliy ozodlik va mustaqillik uchun kurashlari  natijasida quladi. XX asrda tezkor
va   keng   qamrovli   xususiyat   kasb   etdi.   Osiyo,   Afrika   va   Lotin   Amerikasining
ko’pchilik   xalqlari   esa   o’z   davlat   mustaqilligiga,   istiqlol   va   erkinlikka   erishdilar.
Shu   ma’noda   imperialistik   davlat   bo’lgan   SSSRning   parchalanishi   tarixiy
taraqqiyotning muqarrar va qonuniy natijasi bo’ldi.
41
  Харизматик – илоҳий қобилият, инсоннинг ўта қобилиятли ва ўзига хослиги. 4. O’zbekistonda paxta ishi, o’zbeklar ishi kabi uydirmalar bilan o’zbek
xalqining jabrlanishi
O’zbekistonda   qaror   topgan   ijtimoiy   siyosiy   va   ma’naviy   muhit   SSSR
doirasiga   kirgan   boshqa   respublikalarga   nisbatan   ancha   jiddiy,   tahlikali,
besaranjom va ziddiyatli edi. Buni nimalarda ko’rish mumkin?
Birinchidan, Kremlning qo’lida qo’g’irchoqqa aylanib qolgan, mustaqil fikrga
ega   bo’lmagan,   o’z   millatimizdan   chiqqan   munofiqlar   butun   O’zbekistonni
xonavayron   qilishdi.   Millat   sha’niga,   uning   asrlar   mobaynida   to’plagan   obro’-
e’tiboriga,   milliy   qadriyatlariga   dog’   tushirishdi.   Butun   o’zbek   xalqini   poraxo’r,
laganbardor,   o’g’ri   va   muttaham   qilib   ko’rsatishdi.   Natijada   yuzlab   tajribali   va
yetuk, mamlakat ravnaqiga chinakamiga ta’sir ko’rsata oladigan rahbarlar qasddan
yo’q   qilindi.   Vaholanki,   «paxta   ishi»ga   o’xshagan   salbiy   hodisalar   Moskvada   va
boshqa   ittifoqdosh   respublikalarda   ham   turli   shakllarda   bundan   ham   og’irroq,
bundan ham dahshatliroq tarzda mavjud edi. «Paxta ishi» keyinroq ataylab «o’zbek
ishi»ga   aylantirilib,   xalqimizning   milliy   nafsoniyatini   toptash   yo’liga   o’tildi.
Oqibatda   butun   respublikamizda   parokandalik,   loqaydlik,   umidsizlik   va
ishonchsizlik   kayfiyati   chuqurlashdi.   Odamlarning   ko’ngli   jamiyatdan   ham,
siyosatdan ham sovidi, sarosimalik va tahlika bilan yashaydigan bo’ldi.
Ikkinchidan,   o’zlarini   millatparvar   va   vatanparvar   qilib   ko’rsatadigan   soxta
demokratlar   O’zbekistonda   ham   paydo   bo’lgan,   ular   shundoq   ham   tang   ahvolda
yashayotgan   aholining   kundalik   hayotidagi   yetishmovchiliklardan   unumli
foydalanib   qolishga   intilar   edilar.   Ularning   maqsadlari   iqtisodiy   va   ijtimoiy
muammolar girdobida gangib qolgan xalq o’rtasida norozilik keltirib chiqarish va
shu   yo’l   bilan   ularni   hukumatga   qarshi   oyoqqa   turg’azish,   turli   xildagi   isyon   va
nizolarni   vujudga   keltirish   yo’li   bilan   hokimiyatni   egallash   edi.   Vaholanki,   bu
og’ir,   murakkab,   mashaqqatli   masalalarni   hal   etish   eng   avvalo   barqarorlikni,
hamjihatlikni, tinch-totuvlikni, mulohaza bilan ish yuritishni talab etardi. 
O’zbekiston   Kommunistik   partiyasi   Markaziy   Qo’mitasining   1989   yil   25
noyabrda bo’lib o’tgan XVIII plenumi respublika ijtimoiy-siyosiy hayotida keskin
burilish   yasadi.   Unda   Farg’ona   fojialari   misolida   milliy   masalaning   tarixiy
jihatlari,   hozirgi   ahvoli,   milliy   siyosatning   ijtimoiy-iqtisodiy   muammolari,
madaniy-axloqiy   masalalari   chuqur   ilmiy   xolislik   bilan   tahlil   etiddi   va   Ittifoq
rahbariyati   oldiga   bu   masalarni   hal   etishni   asosiy   vazifa   qilib   qo’ydi.   Jumladan,
birinchidan,   O’zbekiston   va   o’zbeklar   boshiga   yog’ilayotgan   malomat   toshlariga
chek qo’yish, «paxta ishi», «o’zbeklar ishi» degan uydirmalarni bas qilish, Moskva
matbuotida   o’zbeklarni   sharmandai   sharmisor   qila digan,   milliy   nafsoniyatiga
tegadigan chiqishlarni to’xtatish zarur ekanligi uqtirib o’tildi.
Mavjud siyosiy tizimni, yaxlit mamlakatni alg’ov-dalg’ovlar, to’s-to’polonlar,
milliy   respublikalardagi   ijtimoiy-siyosiy   vaziyatni   chigallashtirish   orqali   saqlab
qolishga harakat qilindi. Natijada «rashidovchilik», «o’zbeklar  ishi», «paxta ishi»
kabi   g’avg’olardan   gangitilgan   respublikamizning   o’sha   paytdagi   rahbarlari
iltimoslariga   ko’ra   Rossiyadan   yuzlab   chalasovod   rahbarlar   «desanti»
O’zbekistonga   tashlandi.   «Desantchilar»     siyosati   fosh   bo’la   boshlagach,
respublikani   millatchilikda   ayblash   kerak   bo’lib   qoldi.   Yarim   yillik tayyorgarlikdan   so’ng,   45   yil   davomida   SSSR   hukumatidan   Mesxetiyaga
qaytarishni  talab  qilaverib charchagan,  may  oyida nima  qilib bo’lsa  ham  ketishni
rejalashtirgan   turklarning   faollashuvidan,   xuddi   shu   oyda   ishsizlik   jonlariga  tegib
namoyishlarga   hozirlanayotgan   Farg’ona   yoshlarining   soddaligidan   foydalanildi.
Natijada   sho’rpeshona   turklar   Rossiyaning   bo’m-bo’sh   qishloqlariga   ko’chirildi.
Boshqacha qilib aytganda, yangi sharoitda yangicha surgun qilindi.
Mustaqilikka   erishish   uchun   afsuski,   turlicha   anglangan   va   unga   turlicha
yondashilgan. XX asrning 80-yillariga kelib, kommunistik mafkura zug’umi ostida
qatag’onlik siyosati yangi pallaga kirdi. Markaz xodimlari tomonidan uyushtirilgan
“o’zbeklar   ishi”,   “paxta   ishi”   bilan   11   mingdan   ortiq   o’zbekistonlik   rahbarlar   va
oddiy fuqarolar ta’qib ostiga olindi va jazolandi.
O’zbekiston   Respublikasining   mustaqillikka   erishish   arafasida   mamlakat
rahbari I.A.Karimovning jasoratli va qat’iy, keskin va aniq bir maqsad – xalqimiz
mustaqilligi   va   erkini   ta’minlash,   inson   huquq   va   erkinliklariga   rioya   etilishiga
erishish, sud-huquq tizimini mutlaqo yangi asoslarda yaratish borasida olib borgan
sa’y-harakatlarini   tushunish   va   to’g’ri   baholay   olish   uchun,   albatta,   o’sha   davrda
SSSR va O’zbekistonda yuz bergan voqyealarga xolisona baho bermoq darkor.
O’tgan   asr   80-yillarining   o’rtalariga   kelib   SSSRda   kuchaygan   tanglik   holati
mamlakat   hayotining   barcha   sohalarini   qamrab   oldi.   KPSSning   kutilayotgan
natijalarni   bermayotgan   iqtisodiy   siyosati   butun   ijtimoiy-siyosiy   tizimning
oqsashini oldindan belgilab berdi 42
. Xalq xo’jaligidagi tanglik holatlarining keskin
suratda   va   shitob   bilan   kuchayib   borishi   sosialistik   tizimning   tayanch   negizlariga
tahdid   soluvchi   xatarli   siyosiy   tanglikka   o’sib   o’tish   xavfini   tug’dirdi.   Butun
jamiyatda   keskin,   tub   o’zgarishlar   qilish   zaruriyati   paydo   bo’ldi.   Kirib   qolingan
boshi berk ko’chadan chiqib ketish yo’llari izlandi. Nihoyat, 1985 yilning bahorida
KPSS Markaziy Qo’mitasining aprel plenumi Sovet jamiyatini qayta qurish, uning
barcha   sohalarida   tub   yangilanishlar   va   o’zgarishlar   yasash   yo’lini   e’lon   qildi.
Qayta   qurish   Sovet   jamiyatini   rivojlantirishning   obyektiv   ehtiyoji   sifatida
baholandi. Qayta  qurish  sosialistik   jamiyat  rivojining  chuqur  jarayonlaridan  o’sib
chiqqan   yetilgan   zarurat   sifatida   ta’riflandi 43
.   Qayta   qurishning   tarkibiy   qismi
sifatida   jamiyat   hayotini   demokratlashtirish   ekanligi   belgilandi.   Qayta   qurishning
asosiy   g’alabasi   –   demokratiya   va   oshkoralik   ekanligi 44
,   jamiyatning   butun
hayotini  keng  demokratlashtirish  lozimligi 45
  KPSS Markaziy  Qo’mitasining  Bosh
kotibi   M.S.Gorbachev   tomonidan   bot-bot   takrorlandi.   Biroq   qayta   qurish
“konsepsiyasi”  avvalboshdanoq  ilmiy asosga  ega emas  edi. Shuning uchun uning
mag’lubiyatga   yuz   tutishi   muqarrar   edi.   Bu   “konsepsiya”   SSSR   tarkibiga   kirgan
respublikalarning   manfaatlari   va   ehtiyojlarini   chuqur   ilmiy   tahlil   qilishga   va
tushunishga   asoslanmagan   edi.   Shuni   alohida   ta’kidlash   lozimki,   qayta   qurish
42
 Ўзбекистоннинг янги тарихи. К.2. Ўзбекистон Совет мустамлакачилиги даврида // Тузувчилар: М.Жўраев,
Р.Нуруллин, С.Камолов ва бошқ.; Таҳрир ҳайъати: А.Азизхўжаев (раис) ва бошқ./. – Т.: “Шарқ”, 2000. – 624-
бет. 
43
  Горбачев   М.С.   Қайта   қуриш   ва   янгича   фикрлаш   мамлакатимиз   ва   бутун   дунё   учун.   –   Т.:   “Ўзбекистон”,
1988. – 13-бет.
44
  Қаранг:   Горбачев   М.С.   СССР   халқ   депутатларининг   навбатдан   ташқари   учинчи   съездида   СССР
Президенти М.С.Горбачев нутқи, 1990 йил 15 март. – Т.: “Ўзбекистон”, 1990. – 3-бет.
45
  Горбачев   М.С.   Қайта   қуриш   ва   янгича   фикрлаш   мамлакатимиз   ва   бутун   дунё   учун.   –   Т.:   “Ўзбекистон”,
1988. – 31-бет. ishlari   tegishli   dastursiz   amalga   oshirildi.   Demak,   bunday   jarayonlarning   borishi
ilmiy   jihatdan   aniq   ishlab   chiqilmagan,   siyosiy   jihatdan   esa   yetarlicha   asoslab
berilmagan 46
.
“Qayta   qurish”ning   eng   birinchi   natijasi   “oshkoralik”   bo’ldi.   Oshkoralik
tufayli   Sovet   jamiyatining   ahvolini   tahlil   qilishga   jazm   etildi.   Lekin   ayni   vaqtda,
“oshkoralik”   O’zbekiston   uchun   o’zining   bir   qator   salbiy   tomonlari   bilan   ham
namoyon   bo’ldi.   O’zbekistonda   paxtani   terish   va   qayta   ishlashdagi   “o’g’irlik”,
“qo’shib   yozish”ni   tergov   qilish   bilan   markaziy   prokuratura   va   ichki   ishlar
organlari   maxsus   shug’ullandi.   “Paxta   ishi”   eng   shov-shuvli   ish   sifatida   butun
Ittifoqqa   namoyish   qilindi 47
.   Bir   qator   Rossiya   gazetalarining   zo’r   berishi   tufayli
“paxta   ishi”   “o’zbeklar   ishi”ga   aylantirildi 48
.   O’zbekistonga   va   o’zbek   xalqiga
nisbatan   qilingan   bu   adolatsizlik   xalq   ommasining   Sovetlar   rejimiga   nisbatan
nafratini oshirdi, munosabatini o’zgartirdi 49
.
Ittifoq   rahbarlari   Sovet   davlatini   qamrab   olgan   inqiroziy   holatlarni   mavjud
tuzum   negizidan   emas,   balki   yuzaga   kelgan   salbiy   illatlarda   deb,   O’zbekistonni
tajriba-sinov   maydoni   sifatida   tanlab   olib,   respublika   tarixda   “paxta   ishi”,
keyinchalik   “o’zbeklar   ishi”   deb   nomlangan   siyosatini   boshlab,   faqat   iqtisodiy
jinoyatchilikni fosh etish emas, mamlakat hayotida umumiy salbiy holatlarning bir
ko’rinishi   bo’lgan   qo’shib   yozishga   qarshi   harakatlarni   to’htatish,   milliy   kadlarni
jazolash, erkin fikrlaydigan ziyoliylarni jilovlash, respublikada yuzaga kelayotgan
ijtimoiy-siyosiy kuchlarni bo’g’ib tashlash ishlari boshlandi.
Sovetlar mamlakatidagi poraxo’rlik, qo’shib yozish, davlat mulkini suiste’mol
qilish kabi illatlar faqat O’zbekistonga xos bo’lgan hodisa deb qabul qilindi. SSSR
FA   olimlari   o’tkazgan   hisob-kitoblariga   ko’ra,   qo’shib   yozishlar   butun
mamlakatda   ishlab   chiqarilgan   mahsulotning   3   foiziga   teng   bo’lgan.   Xomashyo
yetkazish   sohalarida   esa   qo’shib   yozishlar   5   foizdan   25   foizgacha   bo’lgan 50
.
Masalan,   1983   yilda   Ozarbayjonda   667   ta   sanoat   korxonasi   va   qurilish
tashkilotlarida qo’shib yozishga yo’l qo’yilgan. Moldaviyada esa qo’shib yozishlar
nihoyatda   avj   olgan   bo’lsa-da,   kishilar   tobora   ko’proq   mansab   kursilarini   egallab
borganlar 51
. 
46
  Қаранг:   Ўзбекистоннинг   янги   тарихи.   К.2.   Ўзбекистон   Совет   мустамлакачилиги   даврида   //   Тузувчилар:
М.Жўраев, Р.Нуруллин, С.Камолов ва бошқ.; Таҳрир ҳайъати: А.Азизхўжаев (раис) ва бошқ./. – Т.: “Шарқ”,
2000. – 629-бет.
47
 “Аввало республикамиз раҳбарлигига И.А.Каримов келиб, у киши томонидан суд ва судьяларнинг қўллаб-
қувватланганлиги натижасида Ўзбекистон Республикаси Олий суди “Пахта ишлари”га ҳуқуқий баҳо берди.
Минглаб   ҳамюртларимиз   оилалари   бағрига   қайтди”:   Мингбоев   У.   Суд   –   фуқаролар   ҳимоячиси.   –   Т.:
ДИТАФ, 2001. – 20-бет.
48
 «Пахта иши”, “ўзбеклар иши” сингари ишлар асосида ноҳақ қамалиб, озодликдан маҳрум этилган шахслар
кейинчалик   шахсан   Президент   И.А.Каримов   ташаббуси   билан   суд   қарорлари   асосида   оқландилар.   “Агар
Президентимизнинг   ташаббуслари   бўлмаганда,   ўша   пайтларда   на   Олий   суд,   на   прокуратура   бу   ишларни
(«Пахта   иши”,   “ўзбеклар   иши”   сингари   ишларни   –   таъкид   Алиқул   Раҳмоновники)   қайта   кўришга   журъат
қила олмас эдилар”: Мингбоев У. Суд – фуқаролар ҳимоячиси. – Т.: ДИТАФ, 2001. – 80–81-бетлар.
49
 Ўзбекистоннинг янги тарихи. К.2. Ўзбекистон Совет мустамлакачилиги даврида // Тузувчилар: М.Жўраев,
Р.Нуруллин, С.Камолов ва бошқ.; Таҳрир ҳайъати: А.Азизхўжаев (раис) ва бошқ./. – Т.: “Шарқ”, 2000. – 660-
бет.
50
  Немелов Н., Попов В.  На переломе: экономической перестройки в СССР   – М.: Изд.   АПН ,  1998. – С.44 .
51
  На  пороге  кризиса:  нарастание  застойных явлений  в  партии   и  обществе.  –  М.:  Изд.   Полит.   лит. ,   1990. –
С.118. O’zbekiston   ijtimoiy-iqtisodiy,   siyosiy   hayotida   faol   ishtirok   etayotgan
kadlarning   aksariyatini   jinoiy   javobgarlikka   mubtalo   etish   uchun   1983   yil
sentyabrida   SSSR   Bosh   prokurori   A.M.Rekunkov   topshirig’iga   ko’ra,   SSSR
Prokuraturasining   alohida   muhim   ishlar   bo’yicha   tergovchisi   T.X.Gdlyan
boshchiligida   mamlakatning   turli   mintaqalaridan   to’plangan   200   kishidan   iborat
tergov guruhi tuzilib, o’z faoliyatini boshlab yubordi 52
.
Markazdan   respublikamizga   yuborilgan   tekshiruvchilar   esa   mahalliy   shart-
sharoitni   hisobga   olmay,   o’zbek   xalqining   milliy   manfaatlari,   madaniyati,   qadr-
qimmatini   poymol   etdilar.   O’zbekiston   SSR   KP   MQ,   Respublika   Ministirlar
Soveti,   O’zSSR   Oliy   Soveti,   O’zSSR   Prokuraturasi,   O’zSSR   IIV   kabi   muhim
boshqaruv bo’g’inlari shunday kadrlar qo’l ostiga tushib qoldi. Ular respublikadagi
ijtimoiy-siyosiy   vaziyatning   yanada   keskinlashtirib   yubordilar.   Natijada,
“O’zbekiston tergov usullari o’tkaziladigan maydon”ga aylanib qoldi 53
.
Gdlyan   guruhi   o’z   faoliyatining   birinchi   kunidanoq   Markaz   ko’rsatmasiga
tayanib,   ma’muriy-boshqaruv   apparatida   ishlayotgan,   tub   millatga   mansub
bo’lmish   rahbar   xodimlarni   hibsga   olishdan   boshladi.   Gunohi   hali   isbotlanmagan
kishilarni   qamoqlarda   ashadiy   jinoyatchilar   bilan   birga   ushladilar,   ularni
shafqatsizlarcha   kaltaklab,   ruhiy   azob   berib,   qo’rqitib,   tergovchilar   avvaldan
tayyorlab   qo’ygan   hujjatlarga   imzo   chekishga   majbur   etdilar 54
.   Bir   necha   o’nlab
kishilar   dalillar   bo’lmasa   ham   va   ularning   jinoyatga   daxldorligi   aniqlanmagan
bo’lsa  ham  sudlangan  va qamoqqa olingan, izolyatorlarda qonunda belgilangan 3
kun   o’rniga   20   kunlab   saqlangan,   shu   tariqa   prosessual   normalarning   talablari
qo’pol tarzda buzilgan. O’zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining deputatlari Oliy
Sovet   roziligisiz   qamalgan.   Ayiblanayotganlarning   oila   a’zolari,   qarindosh
o’rug’lari,  ko’p  bolali  onalar  qamaldi.  Masalan,   Karimov ishi   yuzasidan  21  nafar
qarindoshlari, Xudoyberdiyev ishi  bo’yicha 15 qarindoshlari, Usmonxo’jayevning
9   nafar   qarindoshlari,   11   nafardan   bolalari   bo’lgan   Doliyeva   va   Matgaliyeva,   9
nafar bolasi bo’lgan Alimovalar qamaldilar 55
.
Ushbu   guruh   tomonidan   hammasi   bo’lib,   800   dan   ko’proq   jinoiy   ish   tergov
qilindi.  Shu ishlarga  ko’ra  5 mingdan  ko’proq  kishi  sudlandi.  Ulardan  600 nafari
rahbar   xodimlar,   10   nafar   Sosialistik   Mehnat   Qahramoni   edi.   Jumladan,   O’zSSR
KP   MQning   4   nafar   kotibi,   8   nafar   viloyat   partiya   qumitasi   kotibi,   O’zSSR
Ministrlar   Soveti   raisi,   O’zSSR   Paxtachilik   vaziri,   IIVning   20   nafar   rahbari
bo’lgan 56
.
Birgina   Qashqadaryo   viloyati   misolida   bunday   shafqatsizlik   qanday   og’ir
oqibatlarga   olib   kelganini   quyidagi   misollarda   ko’rishimiz   mumkin:   viloyat
rahbarining   3   muovini,   8   nafar   bo’lim   mudiri,   shahar   va   tuman   partiya
qumitalarining   26   nafar   kotibi,   viloyat   ijroiya   qo’mitasining   raisi,   uning   4   nafar
o’rinbosari,   ma’sul   kotibi,   shahar   va   tuman   ijroqo’mlarining   12   nafar   raisi,   yirik
tashkilotlarning 27 nafar rahbari, kolxoz va sovxozlarning 99 nafar rais va direktori
52
  Лиханов Д. Кома: “Оганёк” журнали, 1989 год. № 4 – С.21.
53
 “Тошкент ҳақиқати” газетаси, 1990 йил 3 февраль.
54
 “Правда” газетаси, 1989 йил 21 май.
55
  СССР   Прокурорининг   Т.Х.   Гдлян   бошчилик   қилган   тергов   группаси   фаолияти   билан   боғлиқ   бўлган
материалларни текширувчи коммисиянинг ахбороти. “Совет Ўзбекистони”, 1989 йил 27 декабрь.
56
 “Совет Ўзбекистони” газетаси, 1989 йил 27 декабрь. ishdan   olindi   hamda   ularning   aksariyati   jinoiy   javobgarlikka   tortildi.   Boshqa
viloyatlardagi  ahvol bundan kam emasdi 57
.
“Paxta   ishi”   deb   nomlangan   qatag’onga   milliy   tus   berib   “o’zbeklar   ishi”ga
aylantirildi   va   ziyoliylar   ham   ta’qib   ostiga   olindi 58
.   1984   yildagi   O’zbekiston   KP
MQning   XVI   plenumi   Markazning   sog’lomlashtirish   borasidagi   tadbirlarini
quvvatlagan   holda,   respublikada   yuzaga   kelgan   salbiy   vaziyatda   partiya
ko’rsatmalariga to’la amal qilmaganlikda ziyoliylarni ham aybladilar.
Ulardan   Sovet   turmush   tarzini   ulug’lovchi   asarlar   talab   etilib,   ijodiy
uyushmalar   faoliyati   qattiq   mafkuraviy   nazoratga   olindi.   1986   yil   oktyabr
plenumida   adabiyot,   san’at   va   tarixni   sohtalashtirish,   milliy   tarix   va   madaniyatni
ilohiylashtirish   avj   olib   ketganligi,   tarixiy   shaxslarga   baho   berishda   sinfiy
yondoshuv,   ilmiylik,   obyektivlik   tamoyillariga   e’tibor   berilmayotganligi   keskin
tanqid qilindi.
  Markaz   kadrlar   siyosatini   og’ishmay   amalga   oshirishda   o’zga   millatga
mansub   bo’lgan   rahbar   va   kadrlarga   nisbatan   muntazam   ta’qib   va   o’ziga   xos
qatag’onlar   uyushtirib   turdi.   Xuddi   shu   yillarda   respublika   rahbariyatiga   siyosiy
irodasi   bo’sh   kishilarni   kelishi   natijasida   Markazdan   400   ga   yaqin   “Kadrlar
to’dasi” yuborildi. Yurtimizga “qonun posbonlari” sifatida go’yoki adolat o’rnatish
uchun   kelgan   desantchilar   tomonidan   sodir   etilgan   qonunbuzarlik   va   jinoyatlar,
mahalliy kadrlarni keng ko’lamda quvg’in qilinishi, jinoyatchilikning bosqinchilik,
o’g’irlik, tovlamachilik, qotillik kabi o’ta og’ir turlarini avj olishiga sabab bo’ldi.
Misol   tariqasida   shuni  ko’rishimiz   mumkinki,  qisqa  vaqt  ichida  O’zbekiston
prokuraturasining   eng   yuqori   lavozimlariga   –   O’zSSR   prokurori,   uning
muovinlaridan   uchtasi,   eng   katta   boshqarmalarning   boshliqlari   lavozimlariga
Markazdan   kelgan   odamlar   qo’yildi.   Bu   bilan   cheklanmasdan,   asta-sekin   oblast
darajasidagi prokurorlar – Buxoro oblast prokurori (Matyushov G.N.), Samarqand
oblast   prokurori   (Yeremenko   V.I.),   Xorazm   oblast   prokurori   (Titarenko   A.D.),
Navoiy   oblast   prokurori   (Suxarev   A.P.),   Surxondaryo   oblast   prokurori   (Jeletkov
V.M.),   Qoraqolpog’iston   ASSR   prokurori   (Donsov   V.V.)   va   Toshkent   shahar
prokurori (Fleppenkov G.P.) ham Moskva tomonidan yuborildi. Keyingi bosqichda
esa rayon prokurorlari lavozimi ham “mehmonlar” uchun bo’shatildi 59
.
Iqtisodiy   muammolar   demografik   holatlarda   yuzaga   kelgan   ahvol   bilan
qo’shilib,   ijtimoiy   masalalarni   hal   etishni   g’oyat   dolzarb   qilib   qo’ydi.
O’zbekistonda   aholining   turmush   darajasi   sobiq   Ittifoqdagi   respublikalar   ichida
eng pastlaridan biri bo’lib qoldi. Ma’lumotlarga qaraganda, 1990 yilda respublika
aholisi   70   foiziga   yaqinining   jami   daromadi   tirikchilik   o’tkazish   uchun   zarur
bo’lgan   eng   quyi   darajadan   ham   past   edi.   Ayni   paytda   Rossiya   va   Ukrainada
aholining   30   foiziga   yaqinigina   shunday   ahvolda   kun   kechirgandi.   Mehnatga
layoqatli aholini ish bilan ta’minlash ham murakkab muammo bo’lib qoldi 60
.
57
 Қуддис Аъзам. Оғир синовлар даври. Алишер Навоий номли Ўзбекистон Миллий кутубхонаси   нашрёти.
– Т.: 2004. – 10-бет. 
58
 Жўраев Н. Тафаккурдаги эврилиш. – Т.: “Шарқ”, 2001. – 72-бет.
59
 Азизхўжаев А. Чин ўзбек иши. –  Т.: Академия, 200. – 31-бет.
60
 Каримов И.А. Ўзбекистон – бозор муносабатларига ўтишнинг ўзига хос йўли. – Т.: “Ўзбекистон”, 199. –
18-бет. O’zbekistonda   1989   yilning   ikkinchi   yarmidan   boshlangan   o’zgarishlar
Gdlyan guruhiga  nisbatan  munosabatlarni   ham  keskin  o’zgartirib  yubordi.  “Paxta
ishi”   bilan   bog’liq   bo’lgan   qonunbuzarliklarni   fosh   etish,   begunoh   kishilarni
oqlashda   O’zbekistonning   yangi   rahbari   Islom   Karimov   boshchiligida   muhim
ishlar   boshlandi.   Bu   ishlar   Markazdan   mustaqil   tarzda   olib   borildi.   Shunday
murakkab   sharoitda   ittifoqdosh   respublikalar   ichida   birinchi   bo’lib,   respublika
bosh   prokurori   Prezident   Islom   Karimovning   tavsiyasiga   ko’ra   tayinlandi.
Yurtboshimiz   bosh   prokuror   oldiga   respublikamiz   manfaatlarini   himoya   qilish,
birinchi   navbatda,   “paxta   ishi”   bo’yicha   nohaq   qamalagan   fuqarolarning   haq-
huquqini   tiklash   masalasini   qo’ydi.   O’zSSR   Oliy   Soveti   Prezidiumi   1989   yil   12
sentyabrda   “Paxtachilikda   qo’shib   yozishga   yo’l   qo’ygani   uchun   jinoiy
javobgarlikka tortilgan   kishilarni   avf   etish   maqsadida   hujjatlar   tayyorlaydigan
komissiya”   tashkil   etdi 61
.   Bu   komissiya   tergov   hujjatlarini   O’zbekistonga
qaytarib, minglab ishlarni qayta o’rgandi. O’zoq davom etgan mashaqqatli kurash
natijasida,   2940   kishi   haq-huquqi   qayta   tiklandi,   1015   kishi   asossiz   sudlagnaligi
aniqlandi 62
. Noqonuniy ravishda hibsga olingan vatandoshlarimiz ozodlikka chiqdi.
“Paxta   ishi”   to’g’risida   Prezidentimiz   shunday   degan   edi:   “Paxta   ishi”   deb
atalmish masalani  ko’rib chiqishda yo’l  qo’yilgan jiddiy xatolar va nuqsonlar, bu
masalaga   o’ylamay-netmay   yoppasiga   yondoshuvlar,   ko’pincha   esa   iqtidorli
odamlarni   asossiz   ravishda   aktiv   faoliyatdan   chetlashtirish,   bularning   hammasi
juda   ko’plab   odamlar   va   ularning   oilalari   taqdirida   mash’um   rol   o’ynaganligi
xalqqa juda yomon ta’sir qildi” 63
.
Respublikada   yuzaga   kelgan   ijtimoiy   ahvolni   birinchi   Prezidentimiz
I.A.Karimov Moskvada bo’lib o’tgan KPSS MK Plenumida (1989 yil 20 sentyabr)
so’zlagan   nutqida   yorqin   bayon   etgan   edi:   -   Unda   aholini   ish   bilan   taminlash,
xalqning yashash uchun zarur bo’lgan obyektlar – uy-joy, maorif, sog’liqni saqlash,
madaniyat obyektlari, savdo, maishiy, kommunal va boshqa xizmatlar tegishli tarzda
ko’paytirish, xalq xo’jaligimiz haddan tashqari bir yoqlama rivojlanayotgani ahvolni
chigallashtirayotganligi,   suv   manbalari   tobora   taqchil   bo’lib   borayotgani   sababli
qishloq   xo’jaligi   sohasini   ham   jiddiy   tarzda   qayta   ko’rib   chiqish   zarurligi,   ishlab
chiqarish kuchlarini rivojlantirish va joylashtirishdagi nuqsonlar va o’zboshimchalik
sababli   nihoyatda   tang   ekologik   vaziyat   vujudga   kelganligi,   Orol   atrofida   sodir
bo’layotgan   halokatli   ahvol   ham   shundan   dalolat   beryotganligi,   O’zbekiston   bilan
Ittifoq   o’rtasidagi tafovut kamayish o’rniga ko’payib ketayotganligi, ichimlik suvi
yetishmayotganligi,   bolalarning   nobud   bo’lishi,   aholining   kasalliklarga   chalinish
darajasi balandligi ta’kidlandi.
Agar shu muammolar majmuasiga yana jiddiy xatolar  va nuqsonlarni, “Paxta
ishi”   deb   atalmish   ishlarga   ma’muriy   buyruqbozlik,   o’zboshimchalik   bilan
yondoshishni,   be’manilarcha   yondoshishni   ham   qo’shsak,   shuningdek   xalqning
tarixiy   va   madaniy   qadriyatlariga,   rasm-rusumlari   va   an’analariga   xuddi   shu
61
  Ўзбекистон Республикаси  Олий Суди жорий архиви. “Пахта иши” бўйича маълумотнома.   2-том, 24-варақ.
62
 Ўзбекистоннинг янги тарихи. К.2. Ўзбекистон Совет мустамлакачилиги даврида // Тузувчилар: М.Жўраев,
Р.Нуруллин, С.Камолов ва бошқ.; Таҳрир ҳайъати: А.Азизхўжаев (раис) ва бошқ./. – Т.: “Шарқ”, 2000. 678
бет
63
 Янгиланиш нишоналари. // “Совет Ўзбекистони” газетаси, 1989 йил 27 сентябрь. yo’sinda   baho   berilganligini   aytsak,   respublikadagi   hozirgi   sosial   va   millatlararo
keskinlik sabablari ayon bo’ladi-qoladi 64
.
64
 “Совет Ўзбекистони” газетаси, 1989 йил 23 сентябрь. X U L O S A
Atoqli nemis olimi Karl Yaspers o‘z vaqtida “Buyuk shaxslar boshqalarning
erkinligi   va   ozodligi   uchun   o‘zining   majburiyatini   chuqur   his   qiladi” 65
,   deb
ta’kidlagan edi. 
Darhaqiqat, tarixiy davr  va ijtimoiy vaziyatning o‘zi ulkan faziyatlarga ega
bo‘lgan buyuk shaxsni maydonga chiqaradi. Buyuk shaxs esa, tasodif emas. U o‘z
xalqining   maqsadlariga,   orzu-umidlariga,   intilishlariga,   sevinchu   istiroblariga,
baxtli va sitamli onlarining guvohi bo‘lib, yaxlit jamiyat ma’naviy ruhiy sharoitda
shakllanadi, rivojlanadi, kamolotga etadi.
Prezident Islom Karimov  ham ayni O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan ijtimoiy-
siyosiy   vaziyat   oqimida   shakllandi,   totalitar   rejimning   butun   mohiyatini   o‘zbek
xalqining   tarixiy   qadr-qimmatini   chuqur   angladi.   Natijada   millat   sha’nini   tiklash,
orzu-umidi bilan yashadi va shakllandi.
Umuman olganda, buyuk shaxs zamonaviy bilimlar saviyasini egallagan, har
qanday   sharoitda   tez   va   to‘g‘ri   qarorga   kela   oladigan   kuchli,   g‘ayratli,   qat’iyatli,
ayni   paytda,   javogarlikni   chuqur   his   qila   oladigan   inson   sifatida   o‘zini   namoyon
qila   oladi.   Atrofdagilarning   manfaatlarini   o‘z   hayotidan   ko‘ra   balandroq   qo‘ya
oladi. O‘zi  qabul qilgan qarorlarni va rejalarni  amalga oshirish uchun har qanday
xavf xatarni zimmasiga oldi.
Buyuk   shaxs,   eng   avvalo,   milliy   qadriyatlarni   qadrlay   oladi,   hurmat   qila
biladi   va   ayni   paytda,   o‘ziga   nisbatan   hurmatni   ham   talab   qiladi.   Aniq   xulosaga
ega   bo‘lmagan   inson   ijtimoiy   hayotda   aniq   o‘ringa   ega   bo‘lmaydi.   Bunday
odamlar uchun ijtimoiy mohiyatga ega bo‘lish, ijtimoiy qadriyatga aylanish haqida
gapirish   o‘rinsiz.   Voqea-hodisalarga   o‘z   munosabatini   bildira   olmaydigan,
boshqalar fikri bilan yashaydigan, vaziyatga qarab ish tutadigan, o‘ta yumshoq va
noshud   inson   shaxs   bo‘lib  etisha   olmaydi.   Boshqacha   qilib  aytganda,   har   qanday
shaxs o‘z qiyofasiga, o‘z xulosasiga, har qanday vaziyatdan chiqa olish iqtidoriga
ega bo‘ladi. 
Shaxsning butun qadriyatini belgilaydigan omillardan yana biri bu bevosita
o‘zining   har   bir   fikri   va   hatti-harakati   uchun   javobgarlikni   chuqur   his   qilish   va
tushunishdadir.   Ayni   ana   shu   fazilat   shaxsning   jamiyatdagi   o‘rnini,   mavqeini,
obro‘-e’tiborini belgilaydi. Javobgarlik hissi, dahldorlik tuyg‘usi, millat va jamiyat
oldidagi ulkan majburiyatni chuqur his qilish va eng muhimi ushbu javobgarlik va
majburiyatni   ijtimoiy   hayotning   real   voqeligiga   aylantirish   shaxsning   butun
qadriyatini belgilaydigan asosiy omil hisoblanadi.
O‘zbekistonning   yangi   rahbari   –   Islom   Abdug‘anievich   Karimov   qizil
imperiya   va   kommunistik   partiyaning   istiqboli   yo‘qligini,   tajovuz   va   g‘oyaviy-
mafkuraviy   zo‘ravonlikka   asoslangan   “Harbiy   kommunizm”   uzoqqa   bormasligini
sobiq   Ittifoq   hududida   mavjud   ijtimoiy-siyosiy   jarayonlar   ancha   keskinlashganini
o‘z safdoshlari va elkadoshlaridan ancha oldin chuqur tushundi. Bunday murakkab
vaziyatdan   tahlikaga   tushgan   kommunistik   mafkura   hohlaydimi-yo‘qmi,   o‘z
g‘oyalarini   qisman   o‘zgartirish,   ish   uslubining   yangi   shakllarini   izlab   topishi,
qisqasi,imperiyachilik siyosatini va mavjud tuzumni saqlab qolish uchun qandaydir
65
  Гобозов И.А. Сациальная философия. МГУ. М.: 2007. стр. 187. o‘zgarish qilishi kerak edi. Ana shu harakatlarning mahsuli sifatida Gorbachevcha
“qayta qurish” siyosati dunyoga keldi.
Bir   qarashda   qayta   qurishning   siyosati   sovet   ittifoqida   demokratik
jarayonlarni   chuqurlashtirish,   fuqarolarning   haq-huquqlari   va   erkinliklarini
kengaytirish borasida ma’lum darajada ijobiy siljishlarga olib keldi. Biroq, bu asl
manzaraning tashqi ko‘rinishi edi, xolos. Aslida esa qayra qurish siyosati o‘zining
ko‘zlagan maqsadiga, kutilgan natijasiga errisha olmadi.
Umuman   olganda,   Islom   Karimov   respublika   rahbarligiga   saylanganidanoq
Markaz   bilan   o‘ziga   xos   “munosabat”da   bo‘ldi.   Ochiqroq   aytganda,   uning   o‘ta
qat’iyatliligi,   o‘z   fikriga   va   xulosasiga   egaligi   hamda   o‘z   yo‘liga   sobitligi   “ulug‘
og‘a”larga   unchalik   ham   yoqmasdi.   Ikkinchidan,   millat   manfaatiga   ko‘proq   yon
bosgani, respublika ichki hayotidagi vaziyatga chuqurroq kirib borgani sayin KPSS
Markaziy   Komiteti   Siyosiy   Byurosida   ham,   SSSR   Oliy   Kengashi   va   Ittifoq
idoralarida   ham   unga   nisbatan   munosabat   keskinlasha   boshladi.   Ayniqsa,
yurtimizni   abgor   qilib   Markazga   “qochib”   borgan   bir   guruh   “sobiqlar”   bunday
“qulay” fursatdan  foydalanib qolish uchun turli-tuman hiylayu nayranglarni ishga
solishdi.   Qator   markaziy   nashrlarda   O‘zbekiston   va   uning   rahbariyatiga   nisbatan
ig‘vogarliklar     uyushtirishdi.   Bunday   og‘ir,   ziddiyatli   bir   sharoitda   ishlash   davlat
rahbaridan   alohida   asab,   nihoyatda   vazminlik,   po‘latdek   mustahkam   iroda   talab
etadi.
Ana   shunday   paytda   I.Karimov   raqiblarga   hurmat   bilan   qarash,   ularning
fikrini diqqat bilan eshitish, zarur bo‘lsa ulardan ijobiy xulosalar chiqarish, xalq va
mamlakat   manfaati   uchun   har   qanday   ig‘vogarliklar,   tazyiqlaru   zo‘ravonliklar,
qolaversa   maqtovlaru   xushomadgo‘yliklarga   bir   xilda   munosabatda   bo‘lish,   faqat
aql-idrokka tayanib ish tutish namunasini ko‘rsatdi.
Islom Karimov – el-yurt uchun fidoyi, buyuk azmu shijoat, mustahkam iroda
egasi.   U   ozgina   adolatsizlikka   ham   chiday   olmaydiogan,   haq   va   haqiqatni   butun
vujudi   bilan   himoya   qiladigan   siyosatchi.   Uning   ana   shunday   fazilati   ayniqsa
Respublika rahbarligiga saylanganidan so‘ng yana ham yorqinroq ko‘zga tashlana
boshladi.   CHunonchi,   Farg‘ona   voqealari   yuz   bergan   bir   paytda   deputatlardan
qonli   to‘qnashuv   sabablarini   respublika   Oliy   Kengashi   sessiyasida   keng
muhokama   qilishni   so‘radi.   SSSR   Oliy   Kengashidan   bu   fojialar   asosini   chuqur
o‘rganish   va   o‘z   vaqtida   siyosiy   baho   berishni   talab   qildi.   Uning   bevosita
tashabbusi bilan fashizmga qarshi urush yillarida vatanidan quvib chiqarilgan qator
xalqlarga o‘z yurtiga qaytishga yordam berish to‘g‘risida dekloratsiya qabul qilindi
va   SSSR   OLiy   Kengashiga   taqdim   etildi.   Aytish   mumkinki,   o‘z   vaqtida   katta
siyosiy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan bunday hujjat faqat O‘zbekistonda qabul
qilindi  va uning rahbariyati  hamda xalqi hoxish-irodasining ifodasi  sifatida butun
SSSRda e’lon qilindi.
Shunday   qilib,   davlat   rahbari   hayoti   uchun   xatarli,   ammo   millat   va   yurt
istiqboli   uchun   shukuhli   bo‘lgan   dastlabki,   zalvorli   qadamlar   qo‘yildi.
YUrtimizning   xalq   dushmani   sifatida   qoralangan   milliy   merosimiz   va
qadriyatlarimizni   asl   farzandlaridan   tortib   buyuk   allomalarimiz   hayoti   va   ijodini
o‘rganish,   man   etilgan   ulug‘   tariximiz,   milliy   merosimiz   va   qadriyatlarimizni   –
barcha-barchasini tiklash uchun sharoit tug‘ildi.  Xalqimiz   uchun   borgan   sari   o‘zligini   anglashga,   o‘zligini   tiklashga,   tarixiy
qadriyatlarini o‘z vaqtida baholashga zamin yaratildi. Xo‘sh bularning hammasiga
qanday   qilib   erishildi?   Bunday   imkoniyat   o‘z-o‘zidan   yuazaga   keldimi?   Yo‘q
albatta! Foydalanilgan  adabiyotlar  ro’yxati
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov asarlari
1. Каримов   И.А.   ЎзССР,   маҳаллий   Советларнинг   халқ   депутатлари   ва
жамоатчилик   вакиллари   иштирокида   бўлиб   ўтган   кенгашда   сўзланган
маъруза. 1990 йил 24 февраль.
2. Каримов   И.А.   Ўзбекистон   –   бозор   муносабатларига   ўтишнинг   ўзига   хос
йўли. – Т.: “Ўзбекистон”, 199.
. Каримов   И.А.   Демократия   –   қонунга   ва   шахсга   ҳурмат   демакдир.   //
Ўзбекистон   мустақилликка   эришиш   остонасида   /   И.А.   Каримов.   –   Т.:
“Ўзбекистон”, 2011.
4. Каримов   И.А.   Илм-фан   имкониятларидан   тўлароқ   фойдаланайлик.
Ўзбекистон   ССР   Фанлар   академиясида   бўлиб   ўтган   учрашувда   сўзланган
нутқдан,   1989   йил   28   ноябрь.   //   Ўзбекистон   мустақилликка   эришиш
остонасида / И.А. Каримов. – Т.: “Ўзбекистон”, 2011.
5. Каримов   И.А.   Мустақил   Ўзбекистоннинг   давлат   сиёсати   инсонийлик   ва
эзгулик   қонунларига   асосланади.   //   Ўзбекистон   мустақилликка   эришиш
остонасида / И.А. Каримов. – Т.: “Ўзбекистон”, 2011. 
6. Каримов   И.А.   Халқ   иродаси   билан   танланган   йўл.   //   Ўзбекистон
мустақилликка эришиш остонасида / И.А. Каримов. – Т.: “Ўзбекистон”, 2011.
7. Каримов   И.А.   Ўзбекистон   дунё   харитасида   ўзига   муносиб   жой   олди.   //
Ўзбекистон   мустақилликка   эришиш   остонасида   /   И.А.   Каримов.   –   Т.:
“Ўзбекистон”, 2011.
8. Каримов   И.А.   Ўзбекистон   мустақилликка   эришиш   остонасида.   –   Т.:
“Ўзбекистон”, 2011.
Президентимиз Ш.Мирзиёев асарлари
1. Мирзиёев   Ш .   Эркин   ва   фаровон,   демократик   Ўзбекистон   давлатини
биргаликда барпо этамиз. Тошкент - «Ўзбекистон» - 2016
2. Мирзиеев   Ш .   Танқидий   таҳлил,   қатъий   тартиб-интизом   ва   шахсий
жавобгарлик -ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак.
Тошкент - «Ўзбекистон» - 2017
. Мирзиёев Ш. Қонун устуворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш-юрт
тараққиёти   ва   халқ   фаровонлигининг   гарови.Ўзбекистон   Республикаси
Конституцияси   қабул   қилинганлигининг   24   йиллигига   бағишланган
тантанали   маросимдаги   маърузаси.   2016   йил   7-декабрь.   Тошкент
“Ўзбекистон”-2017
4. Мирзиёев   Ш.   Буюк   келажагимизни   мард   ва   олижаноб   халқимиз   билан
бирга қурамиз. Т.2017
Ўқув ва оммабоп адабиётлар
1. Азизхўжаев А. Чин ўзбек иши. – Т.: “Ўзбекистон”, 2011.
2. Горбачев   М.С.   Қайта   қуриш   ва   янгича   фикрлаш   мамлакатимиз   ва   бутун
дунё учун. – Т.: “Ўзбекистон”, 1988.
. Горбачев   М.С.   СССР   халқ   депутатларининг   навбатдан   ташқари   учинчи
съездида   СССР   Президенти   М.С.Горбачев   нутқи,   1990   йил   15   март.   –   Т.:
“Ўзбекистон”, 1990. 4. Жўраев Н. Тафаккурдаги эврилиш. – Т.: “Шарқ”, 2001.
5. Иброҳимов   А.   Бизким,   ўзбеклар...   Миллий   давлатчилигимиз   асослари
ҳақида мулоҳазалар / Сўзбоши: И.Ғафуров. – Т.: “Шарқ”.
6. Мустақиллик: изоҳли илмий-оммабоп луғат // Муаллифлар: М.Абдуллаев,
М.Абдуллаева,   Ф.Абдуллаева,   Г.Абдураззоқова   ва   бошқ.;   Р.Рўзиев   ва
Қ.Хоназаров умумий таҳририда. Тўлдирилган учинчи нашри / - Т.: «Шарқ»,
2006.
7. Муҳаммад ас-Сайид Салим, Иброҳим Арафот, Н.Иброҳимов, С.Иноғомов.
Ўзбекистон: давлат ва унинг йўлбошчиси. – Т.: “Ўзбекистон”, 1999.
8. Шарипов   Р.Ш.   Ижтимоий   ва   иқтисодий   кафолатлар.   –   Т.:   “Ўзбекистон”,
1991.
9. Ўзбекистоннинг   янги   тарихи.   К.2.   Ўзбекистон   Совет   мустамлакачилиги
даврида // Тузувчилар:  М.Жўраев,  Р.Нуруллин, С.Камолов ва бошқ.; Таҳрир
ҳайъати: А.Азизхўжаев (раис) ва бошқ./. – Т.: “Шарқ”, 2000.
10. Қуддис   Аъзам.   Оғир   синовлар   даври.   –   Т.:   Алишер   Навоий   номли
Ўзбекистон Миллий кутубхонаси   нашрёти, 2004.
11. Jo’rayev   Narzullo.   O’zbekiston   tarix:   (Milliy   istiqlol   davri)   3-kitob   /Mas’ul
muharrir N. Abduazimova. – T.: “Sharq”, 2011.
Даврий матбуот нашрлари
1. “Жаҳон адабиёти” журнали, 1997 йил, № 1.
2. “Комсомолсакая правда” газетаси, 1991 йил 7 март .
.  “Тошкент ҳақиқати” газетаси, 1990 йил 3 февраль.
4. “Халқ сўзи” газетаси, 2011 йил 7 апрель, № 68 (5235).
5. “Ҳаёт ва иқтисод” журнали, 1991 йил, № 2.

MAVZU: 1989-1991 YILLAR ORALIG’IDAGI O’ZBEKISTONDA SIYOSIY VOQEALARNING JAHON MATBUOTIDA YORITILISHI Reja: Kirish 1 Mustaqillik ka erishish ostonasida O’zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat ning matbuotida yoritilishi 2 Mustaqillik ka erishish ostonasida O’zbekistondagi siyosiy vaziyatning yoritilishi 3 Xalq norozichilik harakatlari ning kuchayishi……………………….. 4 O’zbekistonda “paxta ishi”, “o’zbeklar ishi” kabi uydirmalar bilan o’zbek xalqining jabrlanishi ………………………………………… xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

KIRISH Dunyodagi xalqlar va millatlarning ozodlik yo‘lidagi kurashlar tarixi shundan dalolat beradiki, jamiyat hayotidagi tub burilishlar davrida ijtimoiy- siyosiy vaziyatning o‘zi buyuk yo‘lboshchilarni maydonga chiqaradi. Hindiston tarixida Maxatma Gandi, AQSh tarixida Jorj Vashington, Fransiya tarixida Sharl de-Goll, Turkiya tarixida Mustafo Kamol Otaturk ana shunday tarixiy missiyani o‘z zimmasiga olib, ona xalqining milliy-ozodlik kurashiga boshchilik qilganini yaxshi bilamiz. Bizning yurtimiz tarixida ham ana shunday ulug‘ yo‘lboshchilar tarixiy vaziyat taqozosi bilan maydonga chiqib, xalqimizni yovuz bosqinchilar zulmidan ozod etgan, uning sha’ni va g‘ururi, insoniy huquqlarini qayta tiklagan. Bu haqda gapirganda, Sohibqiron Amir Temur bobomiz o‘n to‘rtinchi asrda Turkiston zaminini mo‘g‘ullar zulmidan ozod etib, ana shunday buyuk missiyani ado etganini hamisha g‘urur-iftixor bilan esga olamiz. XX asrning 90-yillariga kelib esa Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ana shunday o‘ta og‘ir va mas’uliyatli vazifani o‘z zimmasiga oldi. Buni “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobidagi har bir nutq va ma’ruza, tarixiy hujjat tasdiqlaydi. Kitobdagi birinchi material - 1989 yil 24 iyunda, respublika rahbari sifatida ish boshlaganining ikkinchi kuni O‘zbekiston Ministrlar Sovetida bo‘lib o‘tgan Farg‘ona vodiysi oblastlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish masalalariga bag‘ishlangan kengashda so‘zlagan nutqidayoq Islom Karimovdagi haqiqiy yo‘lboshchilarga xos fazilatlar yorqin namoyon bo‘ladi. Avvalo, yangi rahbar boshqalar kabi yonib turgan o‘tkir masalalarga, respublikadagi o‘ta tang ahvolga beparvo qarolmaydi. Chunki uning qalbi, yuragi xalq dardi bilan, O‘zbekiston dardi bilan yonadi. Uning respublikaning yangi rahbari sifatida aytgan quyidagi dastlabki so‘zlari shunchaki so‘z emas, balki qat’iy talab bo‘lib yangraydi. U faqat va faqat respublika manfaatini, mavjud ahvolni ijobiy tomonga o‘zgartirishni rahbar faoliyatidagi bosh mezon deb biladi va boshqalardan ham shuni talab qiladi: “Ishga bo‘lgan, o‘zimizga topshirilgan vazifaga nisbatan

munosabatni, dunyoqarashimizni va umuman, mas’uliyatimizni o‘zgartira olsakkina ishlarimiz yo‘lga tushib ketadi. Aks holda, vaziyatni izdan chiqarishga intiladigan kuchlar yo meni chetga surib qo‘yadi yoki juda ko‘p rahbarlarni o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi” 1 . Xolbuki Islom Karimovga qadar respublikamizni boshqargan rahbarlar faoliyatida o‘z xalqining emas, balki faqat mustabid Markazning irodasi, uning manfaatlari bosh mezon bo‘lib kelgan edi. SHuning uchun ham ular o‘zicha mustaqil hech qanday ish qilolmas, boshqalardan ham ishni talab qilishga ularda qat’iyat etishmas edi. Buni kitobdan o‘rin olgan quyidagi fakt va dalillar isbotlaydi: «KPSS Markaziy Komitetining mensimasligi va buyruqbozligi shu darajaga borib etdiki, Markaziy Komitet kotibi yoki viloyat komitetining birinchi kotibi haqida gapirmay qo‘ya qolaylik, hatto, obkom kotibini tavsiya qilish uchun kelishib olishga yaqin-yaqingacha majbur bo‘lib keldik. Kim bilan kelishardik deng? Qandaydir sektor mudiri yoki yo‘riqchi bilan, uning xonasi oldida qabul qilishini kutib navbatda turardik. Barcha darajadagi partiya xodimlarining taqdiri shu kishilarga, KPSS Markaziy Komiteti apparatining oddiy amaldorlariga bog‘liq bo‘lib qolgandi. Mogilnichenko, Bessarabov hamda ularning eng faoli Ponamarevni bir eslang. Ularning bu erga kelishi qanday ta’riflangan edi? Bu butun bir voqea bo‘lgan edi. Lekin ular o‘zlaridan yaxshi xotira qoldirishmadi. Ular birinchi kotib xonasi eshigini chap oyog‘i bilan ochib kirishardi.O‘shanda plenumlarda qilingan barcha ma’ruzalarni, men shuni ochiq aytishim kerakki, avvaliga Ponamarev. Anishchev, Ogarok va ularning to‘dasi tahrir qilardi, so‘ng Usmonxo‘jaev minbarga chiqib, ana sha tayyor narsalarni o‘qishga tushardi. U ko‘pincha ma’ruzada gap nima haqda borayotganini bilmagan holda o‘qirdi. Ana shu kishilarning xohish-irodasi bilan qanchadan-qancha odamlarning, shu jumladan, kommunistlarning, qanchadan-qancha rahbarlar va ularning oilalari taqdiri buzildi. O‘zbekistonni hech qachon bilmagan. Uning tili, madaniyati, bugungi kuni va o‘tmishini bilmagan, umrida O‘zbekistonni ko‘rmagan bu 1 Ислом Каримов. Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. Т.: “Ўзбекистон” НМИУ, 2011 йил, 3- бет.

odamlar uning faqat qullarcha ta’zim qilishini xohlashardi. SHunday kishilar siyosat yurgizishardi. YUqorida o‘tirganlarning hammasi ularning amaldorlari tayyorlagan qarorlargagina imzo chekishardi» 2 . Boshqa bir o‘rinda bunday holatning sabablari shunday bayon qilinadi: “Bo‘shbayov, siyosiy irodadan mahrum, o‘z xalqining or-nomusi va qadr- qimmatini himoya qilishga qodir bo‘lmagan kishilarning O‘zbekiston kompartiyasi va respublika rahbariyatiga kelib qolishi avvalo shunga yordam berdi. Ularning aksariyati o‘zlarining omon qolishlarini o‘ylab, huquq muhofazasi organlari, jumladan, Gdlyan va Ivanov guruhi yo‘l qo‘ygan qonunsizlik va qonun buzilishlarini payqamaslikka obdan urindilar” 3 . Ana shunday rahbarlarning bo‘sh-bayovligidan foydalanib, sobiq Markaz, O‘zbekistonning o‘zida ko‘plab malakali va salohiyatli kadrlar bo‘lishiga qaramasdan, SSSRning turli mintaqalaridan yurtimizga ishni bilmaydigan, faqat bu erdagi imkoniyatlardan foydalanib, lavru davron surishni o‘ylaydigan odamlarni yubora boshladi. Ular xalqimiz o‘rtasida “desantchi”lar deb nom oldi. “Boshqa mintaqalardan yuborilgan kadrlarning ba’zilari respublika ehtiyojlari va kulfatlariga hamdard bo‘lish u yoqda tursin, balki partiya. Sovet va huquqni muhofaza etish organlari va boshqa organlarda o‘zlarining rahbar lavozimlariga tayinlanishlarini o‘zboshimcha qilish uchun berilgan yorliq, deb bildilar. Xalqning juda boy tarixi va madaniyatini, o‘lkaning o‘ziga xos noyob xususiyatlarini bilmagan va bilishni ham istamagan bu odamlar respublika hayotini bosib-yanchib qing‘ir o‘zanga solishga kirishdilar. Xalqning ko‘p asrlik an’analari, madaniyati, urf-odatlari va ma’naviy qadriyatlarini mensimaslik elni juda ranjitdi. Xalqning urf-odatlari, an’analari, madaniyati obdan oyoq osti qilindi, ona tilining qo‘llanish sohasi sun’iy tarzda cheklab qo‘yildi. Hatto, shundoq ham milliy an’analardan ancha olisda bo‘lgan ayrim san’at turlari ham kimlargadir ma’qul bo‘lmay qoldi va ularni yangilashga urindilar. Hatto milliy libos ham 2 Ислом Каримов.Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида.Т: “Ўзбекистон”НМИУ, 2011йил, 385-386- бетлар. 3 Азизхўжаев А. Чин ўзбек иши. – Т.: “Ўзбекистон”, 2011.75-бет.

qoralandi.Kezi kelganda odamlar milliy an’analar bo‘yicha to‘y qilish, qarindosh- urug‘larni dafn etishga ham cho‘chib qolgan edilar” 4 . Yuqorida zikr etilgan, respublika rahbari sifatida ishtirok etgan birinchi majlisdayoq Islom Karimov o‘n yillar davomida hal qilinmayotgan va ko‘pchilik bundan bo‘yon ham shunday davom etaveradi, degan kayfiyat bilan umumiy bir beparvolik bilan qo‘llab-quvvatlab kelayotgan masalalarga oydinlik kiritadi. Boshqacha aytganda, o‘zining rahbarlik pozitsiyasini ochiq bayon etadi. Bu, albatta, zalda o‘tirgan, eskicha ishlashga ko‘nikib qolgan aksariyat katta-kichik rahbarlar uchun go‘yo bulutsiz osmonda chaqmoq chaqnagandek ta’sir qiladi. Ayniqsa, sobiq Markazdan, SSSRing boshqa hududlaridan O‘zbekistonga yuborilgan, o‘zlaricha hech kim bizni mushugimizni “pisht” deya olmaydi, degan kayfiyatda yurgan kimsalar birdaniga xushyor tortadi. Chunki shu paytgacha hech kim ulardan ishni qat’iy turib talab qilmagan va buni xayoliga ham keltira olmas edi. Haqiqatan ham, xalq dardi bilan yonib, nafas olgan o‘zini buyuk ishlarga bag‘ishlagan mard va jasur insonlarga hech qanday xavfu xatardan qo‘rqmaydi. Bamisoli butun xalqning ezgu niyatlari qudratli kuchga aylanib, ularni qo‘llab- quvvatlab turadi. Buni “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobini o‘qish jarayonida qayta-qayta his etamiz. 1991 yil 18 avgust. SSSR poytaxti hisoblanmish Moskva shahrida bir guruh avantyuristlar amaldagi prezident M.Gorbachevni rahbarlikdan chetlashtirib, Favqulodda holat davlat komitetini tuzadi. Tarixda bu “GKCHP voqeasi” degan nom bilan eslanadi. GKCHP rahbarlarining asosiy maqsadi mustaqillik sari intilayotgan milliy respublikalarga nisbatan tazyiq va ta’qiblarni kuchaytirib, tobora zaiflashib borayotgan qizil imperiyani saqlab qolishdan iborat edi. Shu maqsadda ular butun SSSR hududida favqulodda holat joriy etmoqchi, milliy respublikalarning o‘o‘z xalqi manfaatlarini o‘ylab qabul qilgan qonun va qarorlarini bekor etmoqchi bo‘ladi. 4 Ислом Каримов.Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида.Т: “Ўзбекистон”НМИУ, 2011йил, 177-178- бетлар.