logo

“AVTOSALON” MA’LUMOTLAR BAZASINI LOYIHALASH

Yuklangan vaqt:

13.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

237.330078125 KB
1MA’LUMOTLAR   BAZASINI   BOSHQARISH   TIZIMLARI
FANIDAN
“AVTOSALON” MA’LUMOTLAR BAZASINI
LOYIHALASH    MAVZUSIDA  2Mundarija.
Kirish ..................................................................................................................... 2
2. Nazariy qism
2.1 Ma’lumotlar bazasi tushunchasi va MBBT.....................................................4
3. Amaliy qism
3.1  “Avtosalon” ma`lumotlar bazasining infologik modeli..................................10
3.2 “Avtosalon” ma`lumotlar bazasining datalogik modeli..................................13
4.  Avtosalon ma`lumotlar bazasini SQL tili yordamida yaratish ......................... 24
5.Xulosa… ............................................................................................................ 30
6.Foydalanilgan   adabiyotlar   ro’yxati .................................................................... 31 3Kirish
Bugungi kunda mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini  
qo‘llamaydigan korxonalar deyarli qolmadi va ulardan aksariyatining hozirgi  
vaqtdagi muammosi u yoki bu jarayonlarni avtomatlashtirilmaganligida emas,  
balki uzoq muddatli rejalarsiz amalga oshirilgan, ko‘r-ko‘rona avtomatlashtirish  
oqibatidir.Hisoblash texnikasi va dasturiy ta'minotni rejasiz xarid qilish, mayda  
kompaniyalarda yangilanmaydiga biznes takliflarga buyurtma berilishi va ularning  
joriy etilishi, turli bo‘linmalarga joriy etilgan bir vazifani hal etish uchun turli  
takliflarning mavjudligi, har xil segmentlangan tarmoqlarni ma'muriylashtirish va  
himoyalash muammolari — bularning barchasi turli kompaniyalar  
axborotkommunikatsiya texnologiyalar bo‘linmalari rahbarlari duch keladigan  
muammolar jumlasiga kiradi. AKTning rivojlanishi raqamli va matnli axborotga  
ishlov   berishning   barcha   texnik   vositalarini   firma   ichidagi   yagona   axborot   tizimiga
birlashtirish imkonini berdi. Bir vaqtning o‘zida hisoblash texnikasi va matnli  
axborotlarga avtomatlashtirilgan tarzda ishlov berish vositalaridan foydalanishga  
asoslangan axborot tizimi eng samarali hisoblanmoqda.Korxona faoliyati  
mobaynida ko‘p hajmdagi axborotlarni to‘playdi, ularni tezda qidirib topish esa  
ushbu   axborot   samarali   joylashtirilgan va   saqlangan   taqdirda   mumkin   bo‘ladi.
Ma'lumotlar bazasi firmaning ishlab chiqarish-sotish bo‘linmalarining xo‘jalik  
faoliyatini tavsiflovchi statistik ko‘rsatkichlar majmuini, shuningdek, firma  
rivojlanishining holati va tendensiyalariga ta'sir ko‘rsatuvchi barcha omillarga  
nisbatan materiallarni o‘z ichiga oladi. Ma'lumotlar bazasi uchun statistik  
ko‘rsatkichlar to‘plami puxta ishlab chiqiladi va firmaning faoliyat ko‘rsatishi  
natijalari va istiqbollarini chuqur iqtisodiy tahlil qilish uchun zarur bo‘lgan  
ko‘rsatkichlarni qamrab oladi. Odatda ma'lumotlar bazasini shakllantirishda  
ma'lumotlarni saqlash va yangilash tizimi to‘g‘risidagi masala ham hal etiladi.  
Bugungi kunda elektron hujjat aylanishi axborot taqdim etishning asosiy usuliga  
aylandi. Elektron hujjat aylanishi tizimidan foydalanish orqali qog‘oz hujjatlar  
bilan ishlash jarayonida yuzaga keladigan ko‘plab tashkiliy va texnologik  
cheklovlarni bartaraf etish mumkin. Bu esa hujjatlar bilan ishlash 
samaradorligi,boshqarish sifatini oshirish, axborotni ishonchli himoya qilishni  
ta’minlash imkonini beradi. Elektron hujjat aylanishi tizimlari nafaqat bitta 
korxona   miqyosida,   balki   mamlakat   iqtisodiyotining   barcha   jabhalarida   qo‘llanishi  
lozim. 42.1 Ma’lumot   bazasi   tushunchasi va MBBT
Informatsion texnologiyalarning rivojlanishi va axborot oqimlarining 
tobora   ortib borishi, ma’lumotlarning tez o’zgarishi kabi holatlar 
insoniyatni bu   ma’lumotlarni   o’z   vaqtida   qayta   ishlash   choralarini   qidirib  
topishga   undaydi.
Ma’lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun ma’lumotlar bazasi (MB)
ni   yaratish,   so’ngra   undan   keng   foydalanish   bugungi   kunda   dolzarb   bo’lib  
qolmoqda.
Ma’lumotlar bazasi – bu o’zaro bog’langan va tartiblangan ma’lumotlar  
majmuasi bo’lib, u ko’rilayotgan ob’ektlarning xususiyatini, holatini va 
ob’ektlar   o’rtasidagi munosabatni ma’lum sohada   tavsiflaydi.
Darhaqiqat,   hozirgi   kunda   inson   hayotida   MBda   kerakli   axborotlarni  
saqlash   va   undan   oqilona   foydalanish   juda   muhim   rol   o’ynaydi.   Sababi:  
jamiyat
taraqqiyotining qaysi jabhasiga nazar solmaylik o’zimizga kerakli 
ma’lumotlarni   olish uchun, albatta, MBga murojaat qilishga majbur bo’lamiz. 
Demak, MBni   tashkil qilish axborot almashuv texnologiyasining eng dolzarb hal
qilinadigan   muammolaridan biriga aylanib borayotgani davr taqozasi.Ma’lumki,
MB   tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, ma’lumotlardan turli ko’rinishda  
foydalanish juda qiyin edi. Programma tuzuvchilar ma’lumotlarini shunday 
tashkil   qilar edilarki, u faqat qaralayotgan masala uchungina o’rinli bo’lardi. Har
bir yangi   masalani hal qilishda ma’lumotlar qaytadan tashkil qilinar va bu hol 
yaratilgan   programmalardan   foydalanishni qiyinlashtirar   edi.   Shuni qayd qilish 
lozimki,   MBni yaratishda ikkita muhim shartni hisobga olmoq zarur: 
ma’lumotlarning turi   va ko’rinishi ularni qo’llaydigan programmalarga bog’liq 
bo’lmasligi lozim, ya’ni   MBga yangi ma’lumotlarni kiritganda yoki 
ma’lumotlar turini o’zgartirganda,   programmalarni   o’zgartirish   talab etilmasligi  
lozim; MBdagi   kerakli   ma’lumotni   bilish   yoki   izlash   uchun   biror   programma 
tuzishga hojat qolmasin.Shuning uchun ham MBni tashkil etishda ma’lum 
qonun   va qoidalarga amal qilish lozim. Bundan buyon axborot so’zini ma’lumot
so’zidan   farqlaymiz,   ya’ni   axborot   so’zini   umumiy   tushuncha   sifatida   qabul  
qilib,   ma’lumot   deganda   aniq   bir   belgilangan narsa   yoki   hodisa   sifatlarini 
nazarda   tutamiz. Bugungi kunda ma’lumotlarni eng ishonchli saqlaydigan 
vositalardan biri   hozirgi   zamon   kompyuterlaridir.   Kompyuterlarda   saqlanadigan  
MB   maxsus formatga ega bo’lgan muayyan tuzilmali fayl demakdir. Kompyuter
xotirasida har   bir   fayl yozuv deb ataladigan bir   xil   turdagi   qismlardan   iborat  
bo’ladi. Yozuvo’zaro   bog’langan   ma’lumotlarning   bir   qismidir.   Fayldagi  
yozuvlar   soni   qaralayotgan   ma’lumotning   o’lchoviga   bog’liq. Har   bir   yozuv   esa   5maydon   deb   ataladigan   bo’laklardan   tashkil   topadi. Maydon ma’lumotlarning 
qisqa to’plamidan iborat bo’lishi lozim. Har bir maydon,   o’zi ifodalaydigan 
ma’lumotlariga   ko’ra,   biror   nomga   ega   bo’ladi. MB   tashkil   qilish,   ularga  
qo’shimcha   ma’lumotlarni   kiritish   va   mavjud MBdan   foydalanish   uchun   maxsus
MBlar   bilan   ishlaydigan   programmalar   zarur   bo’ladi. Bunday programmalar 
majmui ma’lumotlar bazasini boshqarish   sistemalari (MBBT) deb yuritiladi. 
Aniqroq qilib aytganda, MBBT–bu ko’plab   foydalanuvchilar   tomonidan   MBni  
yaratish,   unga   qo’shimcha   ma’lumotlarni kiritish va MBni birgalikda ishlatish 
uchun zarur bo’lgan programmalar majmuidir.   MBBSning asosiy tarkibiy 
qismi–ma’lumotlar bo’lsa, boshqa tarkibiy qismi–   foydalanuvchilardir. Bulardan
tashqari Hardware- texnik va Software-dasturiy   ta’minoti ham MBBSning 
samarali ishlashini ta’minlovchi tarkibiy qismlar   hisoblanadi. Hardware tashqi 
qo’shimcha qurilma iborat bo’lsa, programma qismi   esa MB bilan 
foydalanuvchi o’rtasidagi muloqotni tashkil qilishni amalga oshiradi.   MBning 
tuzilishi o’rganilayotgan ob’ektning ma’lumotlari ko’rinishi, ma’nosi,   tuzilishi  
va hajmiga bog’liq   bo’ladi.
Odatda,   foydalanuvchilar   quyidagi   kategoriyalarga  
bo’linadilar:   foydalanuvchi-programma   tuzuvchi;
sistemali programma tuzuvchi;  
ma’lumotlar   bazasi   administratori.
Bunda   programma   tuzgan   foydalanuvchi   MBBT   uchun   yozgan programmasiga 
javob beradi, sistemali programma tuzuvchi esa butun sistemaning   ishlashi uchun 
javobgar hisoblanadi. U holda MB administratori sistemaning   saqlanish holatiga va
ishonchliligiga   javob   beradi. MBBT   quyidagicha   tavsiflanadi:
Ispolnimost-Bajarilishlik, foydalanuvchi so’roviga hozirjavoblik bilan   muloqotga  
kirishish; Minimalnaya   povtoryaemost-   Minimal takrorlanishlik,   MBdagi  
ma’lumot iloji boricha kam takrorlanishi lozim, aks holda ma’lumotlarni izlash 
susayadi;   Yaxlitlik –axborotni MBda saqlash iloji boricha ma’lumotlar orasidagi  
bog’liqlikni asragan holda bo’lgani,   ayni   muddao;
Bezopasnost–Xavfsizlik, MB ruxsat berilmagan kirishdan ishonchli himoya  
qilingan bo’lishi lozim. Faqat foydalanuvchi va tegishli tashkilotgina 
ma’lumotlarga kira olish va foydalanish huquqiga egalik qilishi mumkin;  
Migratsiya–ba’zi bir ma’lumotlar foydalanuvchilar tomonidan tez ishlatilib  
turiladi, boshqalari esa faqat talab asosida ishlatiladi. Shuning uchun ma’lumotlar  
tashqi xotiralarda joylashtiriladi va uni shunday tashkil qilish kerakki, eng ko’p  
ishlatiladigan ma’lumotlarga   murojaat   qilish qulay   bo’lsin. Ma’lumotlar bazasini 
boshqarish sistemasida har bir MB modeli quyidagi   xususiyatlari bo’yicha 
tavsiflanadi: Ma’lumotlar tuzilmalarining turi;   Ma’lumotlar ustida bajariladigan 
amallar;   Butunlikning cheklanganligi. 6Ma‘lumotlar bazasi  –  bu ma’lum bir predmet sohasiga oid   tizimlashtirilgan 
(strukturalashtirilgan) ma’lumotlarning nomlangan   to‘plamidir .
Ma’lumotlar bazasi - axborot tmzimlarining eng asosiy tarkibiy qismi bo‘lib  
hisoblanadi. Ma’lumotlar bazasidan foydalanish uchun foydalanuvchi ishini  
engillashtirish   maqsadida   ma’lumotlar   bazasini   boshqarish   trizimlari   yaratilgan.  
Bu   tizimlar ma’lumotlar bazasini amaliy dasturlardan ajratadi. Ma’lumotlar 
bazasini   boshqarish tizimi (MBBT) -bu dasturiy va apparat vositalarining 
murakkab   majmuasi bo‘lib, ular yordamida foydalanuvchi ma’lumotlar bazasini 
yaratish va   shu bazadagi ma’lumotlar ustida ish yuritishi mumkin. Juda ko‘p 
turdagi MBBT   mavjud. Ular o‘z maxsus dasturlash tillariga ham ega bo‘lib, bu 
tillarga SUBD   buyruqli dasturlash tillari deyiladi. MBBTga Oracle, Clipper, 
Paradox, FoxPro,   Access va   boshqalarni   misol   keltirish   mumkin.
Ma’lumotlar bazasi  tushunchasi maydon, yozuv, fayl (jadval) kabi   elementlar  
bilan   chambarchas bog‘liq   .
Maydon -bu ma’lumotlarni mantiqiy tashkil etishni elementar birligi bo‘lib, u  
axborotni   eng   kichik   va   bo‘linmas   birligi   bo‘lgan   rekvizitga   mos   keladi.  
Maydonni   tasvirlash uchun quyidagi   tavsiflardan foydalaniladi:
Maydon nomi , masalan, familiyasi, ismi, tug‘ilgan sana, lavozimi, ish staji,  
mutaxassisligi.
Ma’lumotlar   bazasi   tuzulmasining   asosiy   elementlari
Maydon   turi,   masalan,   son   (chislovoy),   simvol,   sana/vaqt   (data/vremya),   mantiqiy
(logicheskiy). Maydon uzunligi (o‘lchami), masalan, eng ko‘p simvollar   sig‘imi;
Yozuv –bu mantiqiy bog‘langan maydonlar to‘plami. Yozuv tuzilishi uchun   uning
tarkibiga kiruvchi maydolar tarkibi va joylashishi ketma-ketligi bilan   aniqlanib, 
ularni har biri ichida elementar  yozuvlarning nusxasi  deb ataladi.   Yozuv  
ob’ektning   biror   bir   elementi   haqida   to‘liq   ma’lumotni   ifodalaydi.
Fayl (jadval) -bu bir xil tuzilmaga ega bo‘lgan yozuvning nusxalar   to‘plamidir.   U  
o‘zicha   har   bir   maydonda   qiymatga   ega.
10-Misol . STUDENT faylidagi (jadvalidagi) yozuvlarning mantiqiy strukturasini  
tavsiflashga doir misolda ko‘rsatilgan. STUDENT faylidagi yozuvning tuzilishi  
chiziqli bo‘lib, u o‘zgarmas uzunlikdagi yozuvlardan iborat. Yozuv maydonlari  
takrorlanuvchi qiymatlar guruhiga ega emas. Maydon qiymatiga murojaat uning  
nomeri bo‘yicha amalga   oshiriladi. Ma’lumotlar bazasi bu quyidagilar to’plamini  
saqlaydigan umumiy,   birlashtirilgan   kompyuter   tuzilmasi:
Tashqi foydalanuvchi ma’lumotlari, ya’ni oxirgi foydalanuvchini   qiziqtirgan 
muhim faktlar;
Metadata (ma’lumotlar haqidagi ma’lumotlar), ular orqali oxirgi   foydalanuvchi
ma’lumotlari   birlashtiriladi   va   boshqariladi.   Metadata   ma’lumotlar
xarakteristikalarini va ma’lumotlar bazasida topilgan   ma’lumotlarni bog’laydigan
munosabatlar   to’plamini   tavsiflaydi.   Masalan,   metama’lumotlar   komponenti   har
bir   ma’lumot   elementining   nomi,   har   bir   ma’lumot   elementida   saqlanadigan
qiymatlar   turi   (raqamlar,   sana   yoki   matn)   va   ma’lumotlar   elementini   bo’sh
qoldirish mumkinligi kabi ma’lumotlarni saqlaydi. 7SQL ma'lumotlar bazasini boshqaruvchi vositadir. Bunday holda, asosiy  
operatsiyalar jadvallar yaratish, jadvallarga eslatmalar qo'shish, yozuvlarni  
o'zgartirish va o'chirish, jadvallardan yozuvlarni tanlash, jadvallarning tuzilishini
o'zgartirish   kabilar bo’ladi.
SQL tilining o'zi operatorlar, iboralar va hisoblangan funktsiyalardan iborat.  
Odatda operatorlar tomonidan ishlatiladigan zaрiralangan so'zlar odatda katta  
harflar bilan yoziladi. Ularni kichik harflar bilan emas, balki katta harf bilan yozish
xatoga   olib   kelmaydi.
Operatorlar   quyidagi   guruhlarga   bo'lingan:
1. Ma'lumotni aniqlash operatorlari (Data Definition Language, 
DDL)   iboralari:
CREATE   ma'lumotlar   bazasi   obyekti   yaratadi   (ma'lumotlar   bazasi,   jadval, 
ko'rinish,   foydalanuvchi   va   boshqalar).
ALTER obyektni o'zgartiradi  
DROP   obyektni   olib   tashlaydi
2. Ma'lumotlar manipulyatsiyasi tili ( Data Manipulation 
Language,   DML)   operatorlari
SELECT belgilangan shartlarga javob beradigan ma'lumotlarni tanlaydi
INSERT yangi   ma'lumotlar   qo'shadi
UPDATE mavjud ma'lumotlarni tahrirlaydi
DELETE   ma'lumotlarni yo'q qiladi
3. Ma'lumotni boshqarish tili ( Data Control Language, 
DCL)   operatorlari
GRANT foydalanuvchi yoki guruhga obyektda muayyan operatsiyalarni
bajarishga   ruxsat   beradi
REVOKE avval berilgan ruxsatlarni bekor qiladi  
DENY   ruxsatdan   ustun   bo'lgan   taqiqni   belgilaydi
4. O‘tkazmalarni   boshqarish   tili   ( Transaction   Control   Language,   TCL)
COMMIT   tranzaktsiyani   qo'llaydi
ROLLBACK joriy operatsiya doirasida qilingan barcha o'zgarishlarni
qaytaradi
SAVEPOINT   tranzaktsiyani   kichik   qismlarga   ajratadi
SQL standartlari turli xil ma'lumotlar bazalari o'rtasida ma'lumotlar 
bazalarini      ko'chirish imkoniyatini beradi. Turli ma'lumotlar bazalari 
o'zlarining SQL   sintaksisidan foydalanadilar. Masalan, SQLite bir qator 
ma'lumotlar turlarini   tushunmaydi.
Turli xil ma'lumotlar bazalarida SQLni "protsessual" qilish uchun o'z  
kengaytmalari mavjud. Ular saqlanadigan protseduralar va protsessual  
qo'shimchalar   tillari.   Masalan,   Oracle   ma'lumotlar   bazasida   PL/SQL,   PostgreSQL  
PL/pgSQLdan foydalanadi.
Dialektlarning mavjudligiga qaramay, faqat DDL va DML-ni o'z ichiga 
olgan   so'rovlar   odatda   turli   xil ma'lumotlar   bazalari o'rtasida   ko'chiriladi.
SQL   opеratorlarini   yozish.  SQL   dasturi   -   bu   SQL   ko'rsatmalarining   oddiy   chiziqli  
ketma-ketligi. O'zining   sof shaklida SQL tilida ma'lumotlar bazasiga so'rovlarni  8bajarish tartibini (sikllar,   tarmoqlar,   o'tishlar)   boshqarish   uchun   operatorlar   mavjud  
emas.SQL   iboralari   quyidagilar   yordamida   tuzilgan:
- zahiralangan   kalit   so'zlar;
- jadvallar   va   jadval   ustunlarining   identifikatorlari   (nomlari);
- ma'lumotlar bazasida ma'lumot qidirish mezonlarini shakllantirish va  
natijada olingan jadvallardagi yacheykalar qiymatlarini hisoblash uchun
foydalaniladigan mantiqiy,   arifmetik   va   satrli   iboralar;
- iboralarda   ishlatiladigan   operatsiyalar   va   funktsiyalarning   identifikatorlari  
(nomlari). Barcha kalit so'zlar, funksiya nomlari va, qoida tariqasida, jadval va 
ustun   nomlari   7   bitli   ASCII   belgilar   bilan   ifodalangan   (boshqacha   aytganda,   lotin
harflarida).  SQL katta va kichik harflarni farq qilmaydi, masalan  SELECT , 
Select ,   sELECT,   select  satrlari   bir   xil kalit   so'zni   ifodalaydi.  Jadvallar va 
ularning ustunlari nomlarini yaratish uchun harflar, raqamlar va _   (pastki chiziq) 
belgisidan foydalanishga ruxsat beriladi, lekin ismning birinchi   belgisi harf 
bo'lishi   kerak. Kalit   so'zlar   va   funktsiyalar   nomlaridan   jadval   identifikatorlari   va  
ustunnomlari sifatida foydalanish taqiqlanadi. Kalit so'zlar va funksiyalar 
nomlarining   to'liq ro'yxatini (va u juda ko’p) ma'lum bir MBBT hujjatlarida 
topish mumkin.   Operator   kalit   so'z   fe'ldan   boshlanadi (masalan,   CREATE   -  
yaratish,  UPDATE -  yangilash, SELECT - tanlang va hokazo) va ; (nuqta-vergul) 
belgisi   bilan tugaydi. Murojaat erkin formatda yozilgan va bir nechta satrlardan 
iborat   bo'lishi   mumkin.   Operatordagi   leksik   birliklar   uchun   haqiqiy   ajratuvchilar:
- bir   yoki   bir   nechta   bo'shliqlar,
- bir   yoki bir   nechta   tab belgilar,
- bir   yoki   bir   nechta   belgilar   yangi   qator.
Qo'llanmada   SQL   ko'rsatmalarini   tavsiflash   uchun   quyidagi   shartlar  
qo'llaniladi:
Zaxiralangan so'zlar katta harflar bilan yoziladi (masalan, SELECT, FROM,
WHERE).
O'zgaruvchilar (noaniq bo'lmagan belgilar) kursiv bilan yoziladi (masalan,  
tabl_name, komp_kon ), ular haqiqiy operatorda terminal belgilarining  
(identifikatorlari,   ishlash   belgilari,   funktsiya   nomlari   va   boshqalar)   qurilishi   bilan  
almashtirilishi   kerak.
Kvadrat qavslar ([...]) operatorning ixtiyoriy qismini o'z ichiga oladi, bu esa  
haqiqiy   operatorni   yaratishda   qoldirilishi   mumkin   (kvadrat   qavsning   o'zi   operator  
matniga   kiritilmagan).
Vertikal chiziq (|) ikki yoki undan ko'p sintaktik tuzilmalarni tanlashni (yoki)  
anglatadi (vertikal satrning o'zi operator matniga kiritilmagan). Belgilangan variant
(masalan,   [ALL   |   DISTINCT}   ichida)   standartdir.
Belgilar ketma-ketligi ... oldingi vergul tuzilishining ixtiyoriy sonini (shu
jumladan nol) takrorlash imkoniyatini bildiradi. Belgilar haqiqiy operatorga
qurilishning   har   bir   takrorlanishidan   oldin   ajratuvchi   sifatida   kiritilgan.
Afsuski, haqiqiy MBBT ishlab chiquvchilari SQL til standartlari talablariga  
sharhlar nuqtai nazaridan to'g'ri kelmaydi. Shuning uchun, turli xil ma'lumotlar
bazalarida SQL tilidagi dasturlarning matnlarida foydalanilgan holda izohlarni   9quyidagicha   belgilash   mumkin:
juft minus (--) dan satr oxirigacha;
#   belgisidan satr   oxirigacha;
ketma-ketliklar   o'rtasida   /   *   va   *   /   (C++   sharh   uslubi).
SQL   ma'lumotlar   turlari. Ma'lumotlar bazasi jadvallari ustunlarida ma'lumotlarni 
saqlash uchun SQL   tilida ishlatiladigan ma'lumotlar turlari juda xilma-xildir. 
Afsuski, o'ziga xos   relatsion ma'lumotlar bazasini sotuvchilari o'zlarining versiyalari
va   kengaytmalarini tatbiq etish orqali standart tomonidan qamrab olingan ko'plab  
ma'lumotlar   turlarini   yaxshilashga   intilishadi.
Quyidagi   ma'lumotlar   turlarini   asosiy   deb   hisoblash   lozim:
INT  [(len)] - maksimal uzunligi  len  o’zharuvchisida berilgan 4 baytlik butun
son;
SMALLINT  [(len)] - uzunligi 2 bayt bo'lgan, chiqarishda maksimal len
raqamlari   bilan   ifodalangan   butun   son;
FLOAT   [(len,   dec)]   -   o'nlik   kasrdan   keyin   dec   raqamlar   bilan maksimal   len
harflarida   berilgan   haqiqiy   son;
CHAR   (size)   -   o'lchamdagi   belgilar   bilan   belgilangan   uzunlikdagi  
belgilar   qatori;
VARCHAR  (size) - o'zgaruvchan uzunlikdagi belgilar qatorining maksimal
o'lchamiga   qadar bo'lgan   belgilar;
BLOB   (Binary   Large   OBject)   -   erkin   (ikkilik)   baytlar   qatori   (maksimal
hajmi bajarishga bog'liq, odatda 65535 bayt); ushbu ma'lumotlar turidan, masalan,
rasmlarni   saqlash   uchun foydalanish   mumkin;
Date   -   astronomik sana;
TIME   -   bu astronomik   vaqt.
Belgilar turg'unligi (masalan,  CHAR  va  VARCHAR ) bitta apostrofga
biriktirilgan   belgilar,
O'nli doimiy (masalan,  FLOAT ) ilmiy izohda quyidagi tarkibiy qismlarning
ketma-ketligi sifatida   yozilishi mumkin:
raqam   belgisi;
nuqta bilan o'nli raqam;
belgi e;
ko’rsatkich   belgisi   (+   yoki -);
10   ning   eksponenti   rolini   o'ynaydigan   butun   son.
Masalan,   -0.123   kasr   sonini -12.3e-2   deb   yozish   mumkin.
CHAR  va  VARCHAR  ma'lumotlar turlari o'rtasidagi farq shundan iboratki,  
jadvalda  CHAR  tipidagi satrlarni saqlash uchun aniq o'lchovli baytlar ishlatiladi
(saqlangan satrlarning tarkibi ancha qisqaroq bo'lishi mumkin),  VARCHAR  
tipidagi   satrlar   esa   ajratilmagan   (bo'sh)   baytlarda   jadvalda   saqlanmaydi. 3.1. Avtosalon ma`lumotlar bazasini infologik modeli
Loyihalashtirilayotgan ma`lumotlar bazasida avtomobillar, yetkazib beruvchilar, 
xodimlar, guruh nomlari, to`lovlar, foydalanuvchilar, to`lov qiymatlari, xaridor, 
to`lov muddatlari haqida ma`lumotlarini saqlaymiz. Mohiyat-aloqa modelidan 
foydalanib,  quyidagi   mohiyatlar aniqlandi:  foydalanuvchi, tashkilot, 
avtomobil, avtomobil  modifikasiya, yetkazib beruvchi, xodimlar, to`lovlar, 
to`lov qiymatlari, to`lov muddatlari, model, davlat, status, rang, aloqa, inson, 
lavozim, model.
Foydalanuvchi   mohiyati . Ro`yhatga olingan foydalanuvchilar haqidagi quyidagi  
ma`lumotlarni saqlaydi: Foydalanuvchi tartib raqami, familiya, ism sharifi, 
foydalauvchi logini va paroli, foydalanish huquqi belgilash.
Tashkilot   mohiyati .  Avtosalon haqidagi quyidagi  ma`lumotlarni saqlaydi: 
Avtosalo tartib raqami, nomi, manzili, telefon, faks, e-mail, bank rekvizeti, inn, 
mfo.
Avtomobil  mohiyati .  Avtomobillar haqidagi quyidagi  ma`lumotlarni saqlaydi: 
tartib raqami, nomi ,marka, rangi, kelgan kuni, narxi, xaridor, avtomobil 
modifikasiya, mijoz, yetkazib beruvchi mohiyati bilan bog`lanish uchun tartib 
raqam.
Modifikasiya mohiyati .  Avtomobil haqida batafsil quyidagi  ma`lumotlarni 
saqlaydi: tartib raqam, avtomobil tartib raqami avtomobil bilan mohiyat bilan 
bog`lanish uchun, nomi, uzunligi, kengligi, balandlik, og`irligi, uzatish turi, 
maksimal tezligi, dvigitel turi, dvigitel hajmi, yoqilg`i turi, yoqilg`i sarfi.
Xodimlar mohiyati.  Avtosalon xodimlari haqida quyidagi ma`lumotlarni saqlaydi: 
tartib raqam, Familiya , Ismi, Sharifi, tug`ilgan sanasi, ishga kirgan vaqti, sih haqi, 
aloqa tartib raqami aloqa mohiyati bilan bog`lash uchun, lavomiz tartib raqami 
lavozim mohiyat bilan bog`lash uchun  
Yetkazib beruvchi mohiyati.  Avtomobillarni yetkazuvchilar haqida quyidagi 
ma`lumotlar saqlaydi: Yetkazuvchi tartib raqami, nomi, manzili, bank rekvizetlari, 
inn, mfo, telefon raqami, faks, avtomobil mohiyati bilan bog`lanish uchun bilan 
10 bog`lanish uchun tartib raqam.
Status mohiyati.   Avtomobil holati(sotilgan, olib kelayotgan, sotib olinayotgan ) 
quyida ma`lumotlar saqlaydi: tartib raqami, status nomi.
Lavozim mohiyati.   Xodimlar lavozim nomlari haqida ma`lumotlar saqlaydi: tartib 
raqami, lavozim nomi.
Aloqa mohiyati.   Aloqa ma`lumotlari haqida quyidagi ma`lumotlar saqlaydi: tartib 
raqami, telefon, manzil, faks, e-mail inson tartib raqami xodim va mijozlar 
mohiyatlari bilan bog`lash uchun. 
Model mohiyati.   Avtomobil modellari nomlari haqida ma`lumotlar saqlaydi: tartib
raqami, model nomi.
Rang mohiyati.   Avtomobil ranglari nomlari haqida ma`lumotlar saqlaydi: tartib 
raqami, rang nomi.
To`lov turi mohiyati.   To`lovlar turi nomlari haqida ma`lumotlar saqlaydi: tartib 
raqami, to`lov nomi.
Davlat mohiyati.   Davlat nomlari haqida ma`lumotlar saqlaydi: tartib raqami, 
davlat nomi.
Mijoz mohiyati.   Mijozlar haqida ma`lumotlar saqlaydi: tartib raqami, familiya, 
ismi, sharifi, inson  tartib raqami inson mohiyati bilan bog`lanish uchun, avtomobil
tartib raqami avtomobil mohiyati bilan bog`lanish uchun.
To`lov mohiyati.  To`lovlar haqida quyidagi ma`lumotlarni saqlaydi: Tartib raqami, 
to`lov summasi, to`lov raqami,to`lov qilingan sana, banki, to`lov turi, plastik 
kartaning egasini familiya va ismi xaridor mohiyati bilan bog`lanish uchun tartib 
raqam.
To`lov muddati mohiyati . To`lovning muddatlari bo`yicha quyidagi ma`lumotlar 
saqlaydi: tartib raqami, muddati, to`lov turi, xaridor mohiyati bilan bog`lanish 
uchun tartib raqam.
Infologik modelni grafik ko`rinishini quyidagi rasmda ko`rish mumkin.
11 2.1.Rasm. Loyihalashtirilayotgan ma`lumotlar bazasining infologik modeli
12 3.2. Ma`lumotlar bazasini datalogik modeli
Ma`lumotlar bazasini quyida keltirilgan jadvallardan asosida shakllantiriladi. Bu 
yerda  jadvallarning tuzilishi, strukturasi va tasnifi keltirilgan.
Foydalanuvchi jadvali
Ro`yhatga olingan foydalanuvchilar haqida ma`lumotlarni saqlash uchun jadval.  
Atribut Ma`lumot turi PKE
Y FKE
Y NOT 
NUL
L UNIQU
E Tasnifi
user_id NUMBER X X X Kalit maydon
user_name VARCHAR 2 (6
4) X X Foydalauvchi 
nomi
password VARCHAR 2 (6
4) X
familiya VARCHAR 2(5
0) X Foydalanuvchini
ng familiyasi
Ism VARCHAR 2(5
0) X Foydalanuvchini
ng 
ismi
Sharif Foydalanuvchini
ng 
otasining ismi
Adm NUMBER X Foydalanuvchi 
statusi
id_avtomob
il NUMBER X X Agar 
foydalauvchi 
fakultet 
doirasidagi 
ma`lumotlardan 
foydalanish 
huquqi bo`lsa, 
shu paramertda 
avtomobil id 
ko`rsatiladi.
13 Tashkilot jadvali
Bu jadval tashkilot ma`lumotlari saqlash uchun kerak. 
Atribut Ma`lumot turi PKEY FKEY NOT  
NULL UNIQUE Tasnifi
I d NUMBER X X X Kalit 
maydon
Name VARCHAR(100) X X Avtosalon 
nomi
short_name VARCHAR(25) X X Avtosalon 
qichqa nomi
Direktor VARCHAR(100) X X Avtosalon 
rahbari F.I.O
Buxgalter VARCHAR(100) X X Avtosalon 
rahbari bosh 
buxgalteri
Hisob
raqami VARCHAR(100) X X Bank hisob 
raqami
Manzil VARCHAR(500) X X Avtosalon 
yuridik 
manzili
Telefon VARCHAR(25) X Avtosalon 
yuridik 
telefon 
raqami
Faks VARCHAR(25) X Avtosalon 
faks raqami
INN INT(20) X Avtosalon 
soliq 
to`lovchining
identifikasiya
raqami
INN INT(20) X Avtosalon 
MFO raqami
14 Avtomobil jadvali
Ro`yhatdan o`tkazilgan avtomobil haqida ma`lumotlarni saqlash uchun jadval.
Atribut Ma`lumot turi PKE
Y FKE
Y NOT  
NUL
L UNIQU
E Tasnifi
Avtomobil_id NUMBER X X X Kalit 
maydon
Marka NUMBER X X Avtomobil 
markasi 
Model VARCHAR( 250
) X X Avtomobil 
modeli
Rang_id NUMBER X X X Avtomobil 
rangi
Yetkazuvchi_i
d NUMBER X X X Yetkazuvch
i haqida 
ma`lumot
Narxi NUMBER X X
Holat_Id NUMBER X X X Holat 
jadvali 
bilan 
bog`lash 
uchun
Xaridor_Id NUMBER X Xaridor 
jadvali 
bilan 
bog`lash 
bilan
Avtomobil modifikasiyasi jadvali
Avtomobil tuzilmasi haqida   ma`lumotlarni saqlash uchun jadval. 
Atribut Ma`lumot 
turi PKE
Y FKE
Y NOT  
NUL
L UNIQU
E Tasnifi
Modifikasiya_Id NUMBER X X X Kalit 
maydon
avtomobil_Id NUMBER X X X Kalit 
maydon. 
15 Avtomobil 
jadvali bilan
bog`lash 
uchun
Uzunlik VARCHAR2 X X Avtomobil 
kuzov 
o`lchami
Kenglik NUMBER X X Avtomobil 
kuzov 
o`lchami
Balandlik NUMBER X X Avtomobil 
kuzov 
o`lchami
Miqdor VARCHAR X X Avtomobil 
kuzov 
o`lcham 
miqdor 
birligi
Og`irlik NUMBER X X Avtomobil 
massa 
o`lchami
Maksimal_tezlik NUMBER X X Avtomobil 
tezlik 
o`lchami
Dvigatel_turi VARCHAR(
250) X X Avtomobil 
dvigatel turi
Dvigatel_hajmi VARCHAR(
100) X X Avtomobil 
dvigatel 
hajmi
Yoqilg`i_turi NUMBER X X X Avtomobil 
dvigatel 
yoqilg`i 
haqida 
ma`lumotni 
olish uchun 
yoqilg`i 
jadvali bilan
bog`lash 
Yoqilgi_Sarfi VARCHAR X X Avtomobil 
dvigatel 
yoqilg`i turi 
16 yoqilg`i 
jadvali bilan
bog`lash 
uchun
Xaridor jadvali
Avtomobil xaridorlari haqida ma`lumotlarni saqlash uchun jadval.
Atribut Ma`lumot turi PKE
Y FKE
Y NOT  
NUL
L UNIQU
E Tasnifi
Xaridor_id NUMBER X X X Kalit 
maydon
Familiya VARCHAR 2(50
) X Xaridornin
g 
familiyasi
Ism VARCHAR 2(50
) X Xaridornin
g 
ismi
Sharifi VARCHAR 2(50
) X Xaridornin
g 
otasining 
ismi
pasport_seriya
si VARCHAR 2(2) X Xaridornin
g pasport 
seriyasi
pasport_raqam
i NUMBER(8) X Xaridornin
g pasport 
raqami
Telefon VARCHAR 2(15
) X Xaridornin
g telefon 
raqami
Manzili VARCHAR 2(25
0) X X Xaridornin
g manzili
Tulov_id NUMBER X X To`lovlar 
haqida 
ma`lumotl
ar jadvali 
bilan 
bog`lash 
17 uchun kalit
Xodimlar jadvali
Avtosalon xodimlari haqida ma`lumotlarni saqlash uchun jadval.
Atribut Ma`lumot turi PKE
Y FKE
Y NOT  
NUL
L UNIQU
E Tasnifi
Xodim_id NUMBER X X X Kalit 
maydon
Familiya VARCHAR 2(50) X Xodimnin
g 
familiyasi
Ism VARCHAR 2(50) X Xodimnin
g 
ismi
Sharifi VARCHAR 2(50) X Xodimnin
g 
otasining 
ismi
pasport_seriya
si VARCHAR 2(2) X Xodimnin
g pasport 
seriyasi
pasport_raqam
i NUMBER(8) X Xodimnin
g pasport 
raqami
Tug`ilgan sana DATE X X Xodimnin
g 
tug`ilgan 
sanasi
Kirgan_sana DATE X X Xodimnin
g ishga 
kirgan 
sanasi
Telefon VARCHAR 2(15) X Xodimnin
g telefon 
18 raqami
Manzili VARCHAR 2(25
0) X X Xodimnin
g manzili
Lavozim_id NUMBER X X X Lavom 
haqida 
ma`lumot 
olish 
uchun 
lavozim 
jadvali 
bilan 
bog`lash 
kaliti
Yetkazuvchi jadvali
Avtomobillar yektazib beruvchilar haqida ma`lumotlari saqlash uchun jadval.
Atribut Ma`lumot turi PKE
Y FKE
Y NOT  
NUL
L UNIQU
E Tasnifi
yetkazuvchi_i
d NUMBER X X X Kalit 
maydon
Nomi VARCHAR 2 ( 15
0 ) X X Yetkazuvch
i tashkilot 
yoki firma 
nomi 
Qisqa _nomi VARCHAR 2 ( 20
) X X Yetkazuvch
i tashkilot 
yoki firma 
qisqa nomi
Hisob raqami VARCHAR(100
) X X Bank hisob 
raqami
Manzil VARCHAR(500
) X X Yuridik 
manzili
Telefon VARCHAR(25) X Yuridik 
telefon 
raqami
Faks VARCHAR(25) X
Faks raqami
INN INT(20) X soliq 
19 to`lovchinin
g 
identifikasiy
a raqami
INN INT(20) X MFO 
raqami
Rang jadvali
Rang nomlari saqlash uchun jadval.
Atribut Ma`lumot turi PKEY FKEY NOT  
NULL UNIQUE Tasnifi
Rang_id NUMBER X X X Kalit 
maydon
Nomi VARCHAR 2 ( 150 ) X X Rangning 
nomlanishi
Model jadvali
Model nomlari saqlash uchun jadval.
Atribut Ma`lumot turi PKEY FKEY NOT  
NULL UNIQUE Tasnifi
Model_id NUMBER X X X Kalit 
maydon
Nomi VARCHAR 2 ( 150 ) X X Modelning 
nomlanishi
Holat jadvali
Holat nomlari saqlash uchun jadval.
Atribut Ma`lumot turi PKEY FKEY NOT  
NULL UNIQUE Tasnifi
holat_id NUMBER X X X Kalit 
maydon
Nomi VARCHAR 2 ( 150
) X X Holatning 
nomlanishi
20 Lavozim jadvali
Lavozim nomlari saqlash uchun jadval.
Atribut Ma`lumot turi PKEY FKEY NOT  
NULL UNIQUE Tasnifi
Lavozim
_id NUMBER X X X Kalit maydon
Nomi VARCHAR 2 ( 150 ) X X Lavozim ning
nomlanishi
Davlat jadvali
Davlat nomlarini saqlash uchun jadval.
Atribut Ma`lumot turi PKEY FKEY NOT  
NULL UNIQUE Tasnifi
Davlat _id NUMBER X X X Kalit 
maydon
Nomi VARCHAR 2 ( 150
) X X Davlat  
nomlari
Aloqa jadvali
Aloqa ma`lumotlarini nomlari saqlash uchun jadval.
Atribut Ma`lumot turi PKEY FKEY NOT  
NULL UNIQUE Tasnifi
aloqa _id NUMBER X X X Kalit 
maydon
Manzil VARCHAR(500
) X X Manzil 
ma`lumot
Telefon VARCHAR(25) X Telefon 
raqami
Faks VARCHAR(25) X
Faks raqami
To`lovlar jadvali
To`langan to`lovlar haqida ma`lumotlarni saqlash uchun jadval.
Atribut Ma`lumot PKE FKE NOT   UNIQU Tasnifi
21 turi Y Y NUL
L E
Id NUMBER X X X Kalit maydon
Tulov_turi NUMBER X To`lov turi 
ko`rsatiladi. 1= 
ko`rsatilsa naqd 
pul to`lov,
2=plastik orqali 
to`lov,
3=ko`rsatilsa pul 
o`tkazish orqali 
to`lov,
4=kredit orqali 
to`lov  
Tulov_raqami VARCHA
R 2(50) X To`lov pattasining 
raqami 
Tulov_sanasi DATE X To`lov pattasining 
sanasi 
Bank_name VARCHA
R 2(100) X To`lov o`tkazilgan 
bank nomi
plastik_fio VARCHA
R 2(120) Plastik orqali 
to`langan bo`lsa, 
Plastik kartaning 
egasi ko`rsatiladi.
Tulov_summa
si NUMBER X O`tkazilgan 
pulning qiymati 
ko`rsatiladi.
id_xaridor NUMBER X X Qaysi xaridorga 
tegishli ekanligi 
ko`rsatish uchun 
maydon. Xaridor 
jadvali bilan 
bog`lash uchun.
Izohlar
Atribut- maydonning nomi.
Ma`lumot turi- maydonning yozuvining ma`lumoti turi.
PKEY -birlamchi kalitli maydon.
FKEY- ikkilamchi kalitli maydon.
NOTNULL -maydonni qiymati bo`sh yoki bo`sh bo`lmasligi ko`rsatiladi.
22 UNIQUE- maydonning yozuvlari unikal, ya`ni maydonning yozuvlarida bir xil 
yozuvlar bo`lmasligi ko`rsatish uchun.
Tasnifi- maydon atributi haqida tasnif beriladi.
23 2.2.Rasm.  Loyihalashtirilayotgan ma`lumotlar bazasining datalogik modeli
24 4. Avtosalon ma`lumotlar bazasini SQL tili yordamida yaratish
 Yuqorida keltirilgan ma`lumotlar infologik va datalogik modellar asosida real 
ma`lumotlar bazasini Ms access ma`lumotlar bazasini boshqarish tizimida yaratishni 
qaraymiz.  Quyida jadvalarni yaratish SQL tili orqali berilgan.
Xodimlar jadvali
 CREATE TABLE [Xodimlar] (
Xodim_Id binary NOT NULL,
Inson_Id integer NOT NULL,
Lavozim_Id integer NOT NULL,
Tugilgan_kun text NOT NULL,
Ish_boshl_sana date NOT NULL,
Ish_haqi date NOT NULL,
  CONSTRAINT [PK_XODIMLAR] PRIMARY KEY CLUSTERED
  (
  [Xodim_Id] ASC
  ) WITH (IGNORE_DUP_KEY = OFF)
)
Avtomobil jadvali
CREATE TABLE [Avtomobil] (
Avtomobil_Id integer NOT NULL,
Marka text NOT NULL,
Rangi text NOT NULL,
Yetkazib berish malumotlari text NOT NULL,
Sotish malumotlari text NOT NULL,
Narxi text NOT NULL,
Holat_Id integer NOT NULL,
Xaridor_Id integer NOT NULL,
25   CONSTRAINT [PK_AVTOMOBIL] PRIMARY KEY CLUSTERED
  (
  [Avtomobil_Id] ASC
  ) WITH (IGNORE_DUP_KEY = OFF)
)
Avtomobil modifikasiyasi jadvali
CREATE TABLE [Modifikatsiya] (
Modifikatsiya_Id integer NOT NULL,
Avtomobil_Id integer NOT NULL,
Uzunlik text NOT NULL,
Kenglik integer NOT NULL,
Balandlik text NOT NULL,
Miqdor text NOT NULL,
Ogirlik text NOT NULL,
Max_tezlik text NOT NULL,
Dvigatel_turi text NOT NULL,
Dvigatel_hajmi text NOT NULL,
Yoqilgi_turi text NOT NULL,
Yoqilgi_sarfi text NOT NULL,
  CONSTRAINT [PK_MODIFIKATSIYA] PRIMARY KEY CLUSTERED
  (
  [Modifikatsiya_Id] ASC
  ) WITH (IGNORE_DUP_KEY = OFF)
)
  Yetkazib beruvchilar jadvali 
CREATE TABLE [Yetkazib beruvchi] (
Yetkazuvchi_Id integer NOT NULL,
26 Avtomobil_Id integer NOT NULL,
Malumotlar text NOT NULL,
Nomi text NOT NULL,
  CONSTRAINT [PK_YETKAZIB BERUVCHI] PRIMARY KEY CLUSTERED
  (
  [Yetkazuvchi_Id] ASC
  ) WITH (IGNORE_DUP_KEY = OFF)
)
Xaridor ma`lumotlari jadvali
CREATE TABLE [Xaridor] (
Xaridor_Id integer NOT NULL,
Inson_Id integer NOT NULL,
Avtomobil_Id integer NOT NULL,
Xodim_Id integer NOT NULL,
Tulov_Id integer NOT NULL,
  CONSTRAINT [PK_XARIDOR] PRIMARY KEY CLUSTERED
  (
  [Xaridor_Id] ASC
  ) WITH (IGNORE_DUP_KEY = OFF)
)
To`lov turi jadvali
CREATE TABLE [To'lov] (
Tulov_Id integer NOT NULL,
Nomi text NOT NULL,
  CONSTRAINT [PK_TO'LOV] PRIMARY KEY CLUSTERED
  (
  [Tulov_Id] ASC
27   ) WITH (IGNORE_DUP_KEY = OFF)
)
Inson jadvali
CREATE TABLE [Inson] (
Inson_Id integer NOT NULL,
Familiya text NOT NULL,
Ism text NOT NULL,
Sharif text NOT NULL,
  CONSTRAINT [PK_INSON] PRIMARY KEY CLUSTERED
  (
  [Inson_Id] ASC
  ) WITH (IGNORE_DUP_KEY = OFF)
)
Mijoz jadvali
CREATE TABLE [Mijoz] (
Mijoz_Id integer NOT NULL,
Inson_Id integer NOT NULL,
Avtomobil_Id integer NOT NULL,
  CONSTRAINT [PK_MIJOZ] PRIMARY KEY CLUSTERED
  (
  [Mijoz_Id] ASC
  ) WITH (IGNORE_DUP_KEY = OFF)
Ikkilamchi kalitlarni yaratish va bog`lanishlarni tashkil etish
ON UPDATE CASCADE
ALTER TABLE [Xaridor] CHECK CONSTRAINT [Xaridor_fk1]
28 ALTER TABLE [Aloqa ma'lumotlari] WITH CHECK ADD CONSTRAINT [Aloqa 
ma'lumotlari_fk0] FOREIGN KEY ([Inson_Id]) REFERENCES [Inson]([Inson_Id])
ON UPDATE CASCADE
ALTER TABLE [Aloqa ma'lumotlari] CHECK CONSTRAINT [Aloqa 
ma'lumotlari_fk0]
ALTER TABLE [Yetkazib beruvchi] WITH CHECK ADD CONSTRAINT 
[Yetkazib beruvchi_fk0] FOREIGN KEY ([Avtomobil_Id]) REFERENCES 
[Avtomobil]([Avtomobil_Id])
ON UPDATE CASCADE
ALTER TABLE [Yetkazib beruvchi] CHECK CONSTRAINT [Yetkazib 
beruvchi_fk0]
ALTER TABLE [Avtomobil] WITH CHECK ADD CONSTRAINT 
[Avtomobil_fk0] FOREIGN KEY ([Xaridor_Id]) REFERENCES [Xodimlar]
([Xodim_Id])
ON UPDATE CASCADE
ALTER TABLE [Avtomobil] CHECK CONSTRAINT [Avtomobil_fk0]
ALTER TABLE [Mijoz] WITH CHECK ADD CONSTRAINT [Mijoz_fk0] 
FOREIGN KEY ([Inson_Id]) REFERENCES [Inson]([Inson_Id])
ON UPDATE CASCADE
ALTER TABLE [Mijoz] CHECK CONSTRAINT [Mijoz_fk0]
ALTER TABLE [Mijoz] WITH CHECK ADD CONSTRAINT [Mijoz_fk1] 
FOREIGN KEY ([Avtomobil_Id]) REFERENCES [Avtomobil]([Avtomobil_Id])
ON UPDATE CASCADE
ALTER TABLE [Mijoz] CHECK CONSTRAINT [Mijoz_fk1]
ALTER TABLE [Holat] WITH CHECK ADD CONSTRAINT [Holat_fk0] 
FOREIGN KEY ([Holat_Id]) REFERENCES [Avtomobil]([Holat_Id])
ON UPDATE CASCADE
29 ALTER TABLE [Holat] CHECK CONSTRAINT [Holat_fk0]
ALTER TABLE [Modifikatsiya] WITH CHECK ADD CONSTRAINT 
[Modifikatsiya_fk0] FOREIGN KEY ([Avtomobil_Id]) REFERENCES [Avtomobil]
([Avtomobil_Id])
ON UPDATE CASCADE
ALTER TABLE [Modifikatsiya] CHECK CONSTRAINT [Modifikatsiya_fk0]
30 XULOSA
Bugungi kunda   turli   xil   ma'lumotlar   bazasini   boshqarish   tizimlari   mavjud.  
Ularning   barchasi   turli   xil   vositalar   va   funktsiyalardan   foydalanadi,   lekin  
ko'pincha   barcha   MBBTlar bir xil tushunchalarga asoslanadi. Shu sababli, ushbu  
tushunchalar, texnika va usullarni ma'lumotlar bazasining butun sinfi uchun  
umumlashtirish   uchun   men   SQL   dasturini   tanladim.
Ushbu kurs ishining maqsadi uyali aloqa kompaniyasiningning avtomatlashtirilgan
boshqaruv tizimini   ishlab chiqish   edi.
Men tomonidan ishlab chiqilgan ilova har bir mijoz uchun to'lovlar va hisobdan  
yechib olinganlar haqidagi ma'lumotlarni saqlaydi; uyali aloqa operatori bilan  
shartnomalar tuzish va bekor qilish imkonini beradi; u yoki bu mijoz tomonidan  
qilingan barcha qo'ng'iroqlarni to'ldirish. Hisobotlarni qabul qilish va ma'lumotlar
bazasidagi barcha jadvallarni ko'rish   mumkin.
Kurs   ishi   natijasida   mobil   operator   ma’lumotlar   bazasiga   tezkor   kirish   uchun  
dastur   ishlab   chiqdim.
Ushbu kurs ishi natijasida SQL da ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimidan
foydalanish bo'yicha   ko'nikmalarga   ega   bo'ldi.
“My SQL Serverda ma’lumotlarni o‘zgartirish operatorlari Insert, Update, Delete”
nazariy savoli yoritildi, My SQL Serverda ma’lumotlar bazasi ishlab chiqildi, kurs
ishi   matni   tuzildi.
Ishlab chiqilgan ilova korporativ serverdagi barcha ma'lumotlarni oddiygina  
kiritish orqali ishni hujjatlar bilan almashtirish orqali uyali aloqa operatori  
xodimlarining ishini soddalashtirishga mo'ljallangan. Va keyinchalik to'g'ridan-  
to'g'ri   serverda   ma'lumotlar   bilan   ishlash,   bu   ma'lumotlarni   qayta   ishlash   vaqtini  
va   tayyor   ma'lumotni   olishni   sezilarli   darajada   kamaytiradi.
31 Foydalanilgan   adabiyotlar   ro’yxati
1 Винкоп,   С.   Использование   Microsoft   SQL   Server   7.0:   специальное   издание   /
С.   Винкоп.   – СПб.:   Издательский дом   «Вильямс»,   2001.   –   816   с.
2 Хоторн,   Р.   Разработка   баз   данных   Microsoft   SQL   Server   2000   на   примерах   /
Р.   Хоторн. – М.:   Бином,   2001. –   464   с.
3 Змитрович,   А.И.   Базы   данных:   учебное   пособие   для   вузов   /   А.И.   Змитрович.
–   Мн.:   Университетское,   1991.   –   271 с.
4 Риордан, Р. Программирование в Microsoft SQL Server 2000. Шаг за шагом /
Р.   Риордан.   – М.: Эком,   2002. –   608   с.
5 Кренке,   Д.   Теория   и   практика   построения   баз   данных   /   Д.   Кренке.   –   8-е   изд.
–   СПб.:   Питер,   2003. –   800   с.
6. SQL Notes for Professionals-
goalcikker.com   7.Ma’ruza   matnlari.
8. Sh.Nazirov,   A.   Nematov,R.Qobulov-Ma’lumotlar   bazasi.   Toshkent   2007.
9. Ibragimova   S.B-Ma’lumotlar   bazasi.   Ma’lumotlar   bazasini  
boshqarish   tizimlari.Toshkent-2016
10. Mingleyev   Sh.-SQLda   ma’lumotlarni   qayta   ishlash.
www.allbest.ru//
32

1MA’LUMOTLAR BAZASINI BOSHQARISH TIZIMLARI FANIDAN “AVTOSALON” MA’LUMOTLAR BAZASINI LOYIHALASH MAVZUSIDA

2Mundarija. Kirish ..................................................................................................................... 2 2. Nazariy qism 2.1 Ma’lumotlar bazasi tushunchasi va MBBT.....................................................4 3. Amaliy qism 3.1 “Avtosalon” ma`lumotlar bazasining infologik modeli..................................10 3.2 “Avtosalon” ma`lumotlar bazasining datalogik modeli..................................13 4. Avtosalon ma`lumotlar bazasini SQL tili yordamida yaratish ......................... 24 5.Xulosa… ............................................................................................................ 30 6.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati .................................................................... 31

3Kirish Bugungi kunda mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llamaydigan korxonalar deyarli qolmadi va ulardan aksariyatining hozirgi vaqtdagi muammosi u yoki bu jarayonlarni avtomatlashtirilmaganligida emas, balki uzoq muddatli rejalarsiz amalga oshirilgan, ko‘r-ko‘rona avtomatlashtirish oqibatidir.Hisoblash texnikasi va dasturiy ta'minotni rejasiz xarid qilish, mayda kompaniyalarda yangilanmaydiga biznes takliflarga buyurtma berilishi va ularning joriy etilishi, turli bo‘linmalarga joriy etilgan bir vazifani hal etish uchun turli takliflarning mavjudligi, har xil segmentlangan tarmoqlarni ma'muriylashtirish va himoyalash muammolari — bularning barchasi turli kompaniyalar axborotkommunikatsiya texnologiyalar bo‘linmalari rahbarlari duch keladigan muammolar jumlasiga kiradi. AKTning rivojlanishi raqamli va matnli axborotga ishlov berishning barcha texnik vositalarini firma ichidagi yagona axborot tizimiga birlashtirish imkonini berdi. Bir vaqtning o‘zida hisoblash texnikasi va matnli axborotlarga avtomatlashtirilgan tarzda ishlov berish vositalaridan foydalanishga asoslangan axborot tizimi eng samarali hisoblanmoqda.Korxona faoliyati mobaynida ko‘p hajmdagi axborotlarni to‘playdi, ularni tezda qidirib topish esa ushbu axborot samarali joylashtirilgan va saqlangan taqdirda mumkin bo‘ladi. Ma'lumotlar bazasi firmaning ishlab chiqarish-sotish bo‘linmalarining xo‘jalik faoliyatini tavsiflovchi statistik ko‘rsatkichlar majmuini, shuningdek, firma rivojlanishining holati va tendensiyalariga ta'sir ko‘rsatuvchi barcha omillarga nisbatan materiallarni o‘z ichiga oladi. Ma'lumotlar bazasi uchun statistik ko‘rsatkichlar to‘plami puxta ishlab chiqiladi va firmaning faoliyat ko‘rsatishi natijalari va istiqbollarini chuqur iqtisodiy tahlil qilish uchun zarur bo‘lgan ko‘rsatkichlarni qamrab oladi. Odatda ma'lumotlar bazasini shakllantirishda ma'lumotlarni saqlash va yangilash tizimi to‘g‘risidagi masala ham hal etiladi. Bugungi kunda elektron hujjat aylanishi axborot taqdim etishning asosiy usuliga aylandi. Elektron hujjat aylanishi tizimidan foydalanish orqali qog‘oz hujjatlar bilan ishlash jarayonida yuzaga keladigan ko‘plab tashkiliy va texnologik cheklovlarni bartaraf etish mumkin. Bu esa hujjatlar bilan ishlash samaradorligi,boshqarish sifatini oshirish, axborotni ishonchli himoya qilishni ta’minlash imkonini beradi. Elektron hujjat aylanishi tizimlari nafaqat bitta korxona miqyosida, balki mamlakat iqtisodiyotining barcha jabhalarida qo‘llanishi lozim.

42.1 Ma’lumot bazasi tushunchasi va MBBT Informatsion texnologiyalarning rivojlanishi va axborot oqimlarining tobora ortib borishi, ma’lumotlarning tez o’zgarishi kabi holatlar insoniyatni bu ma’lumotlarni o’z vaqtida qayta ishlash choralarini qidirib topishga undaydi. Ma’lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun ma’lumotlar bazasi (MB) ni yaratish, so’ngra undan keng foydalanish bugungi kunda dolzarb bo’lib qolmoqda. Ma’lumotlar bazasi – bu o’zaro bog’langan va tartiblangan ma’lumotlar majmuasi bo’lib, u ko’rilayotgan ob’ektlarning xususiyatini, holatini va ob’ektlar o’rtasidagi munosabatni ma’lum sohada tavsiflaydi. Darhaqiqat, hozirgi kunda inson hayotida MBda kerakli axborotlarni saqlash va undan oqilona foydalanish juda muhim rol o’ynaydi. Sababi: jamiyat taraqqiyotining qaysi jabhasiga nazar solmaylik o’zimizga kerakli ma’lumotlarni olish uchun, albatta, MBga murojaat qilishga majbur bo’lamiz. Demak, MBni tashkil qilish axborot almashuv texnologiyasining eng dolzarb hal qilinadigan muammolaridan biriga aylanib borayotgani davr taqozasi.Ma’lumki, MB tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, ma’lumotlardan turli ko’rinishda foydalanish juda qiyin edi. Programma tuzuvchilar ma’lumotlarini shunday tashkil qilar edilarki, u faqat qaralayotgan masala uchungina o’rinli bo’lardi. Har bir yangi masalani hal qilishda ma’lumotlar qaytadan tashkil qilinar va bu hol yaratilgan programmalardan foydalanishni qiyinlashtirar edi. Shuni qayd qilish lozimki, MBni yaratishda ikkita muhim shartni hisobga olmoq zarur: ma’lumotlarning turi va ko’rinishi ularni qo’llaydigan programmalarga bog’liq bo’lmasligi lozim, ya’ni MBga yangi ma’lumotlarni kiritganda yoki ma’lumotlar turini o’zgartirganda, programmalarni o’zgartirish talab etilmasligi lozim; MBdagi kerakli ma’lumotni bilish yoki izlash uchun biror programma tuzishga hojat qolmasin.Shuning uchun ham MBni tashkil etishda ma’lum qonun va qoidalarga amal qilish lozim. Bundan buyon axborot so’zini ma’lumot so’zidan farqlaymiz, ya’ni axborot so’zini umumiy tushuncha sifatida qabul qilib, ma’lumot deganda aniq bir belgilangan narsa yoki hodisa sifatlarini nazarda tutamiz. Bugungi kunda ma’lumotlarni eng ishonchli saqlaydigan vositalardan biri hozirgi zamon kompyuterlaridir. Kompyuterlarda saqlanadigan MB maxsus formatga ega bo’lgan muayyan tuzilmali fayl demakdir. Kompyuter xotirasida har bir fayl yozuv deb ataladigan bir xil turdagi qismlardan iborat bo’ladi. Yozuvo’zaro bog’langan ma’lumotlarning bir qismidir. Fayldagi yozuvlar soni qaralayotgan ma’lumotning o’lchoviga bog’liq. Har bir yozuv esa

5maydon deb ataladigan bo’laklardan tashkil topadi. Maydon ma’lumotlarning qisqa to’plamidan iborat bo’lishi lozim. Har bir maydon, o’zi ifodalaydigan ma’lumotlariga ko’ra, biror nomga ega bo’ladi. MB tashkil qilish, ularga qo’shimcha ma’lumotlarni kiritish va mavjud MBdan foydalanish uchun maxsus MBlar bilan ishlaydigan programmalar zarur bo’ladi. Bunday programmalar majmui ma’lumotlar bazasini boshqarish sistemalari (MBBT) deb yuritiladi. Aniqroq qilib aytganda, MBBT–bu ko’plab foydalanuvchilar tomonidan MBni yaratish, unga qo’shimcha ma’lumotlarni kiritish va MBni birgalikda ishlatish uchun zarur bo’lgan programmalar majmuidir. MBBSning asosiy tarkibiy qismi–ma’lumotlar bo’lsa, boshqa tarkibiy qismi– foydalanuvchilardir. Bulardan tashqari Hardware- texnik va Software-dasturiy ta’minoti ham MBBSning samarali ishlashini ta’minlovchi tarkibiy qismlar hisoblanadi. Hardware tashqi qo’shimcha qurilma iborat bo’lsa, programma qismi esa MB bilan foydalanuvchi o’rtasidagi muloqotni tashkil qilishni amalga oshiradi. MBning tuzilishi o’rganilayotgan ob’ektning ma’lumotlari ko’rinishi, ma’nosi, tuzilishi va hajmiga bog’liq bo’ladi. Odatda, foydalanuvchilar quyidagi kategoriyalarga bo’linadilar: foydalanuvchi-programma tuzuvchi; sistemali programma tuzuvchi; ma’lumotlar bazasi administratori. Bunda programma tuzgan foydalanuvchi MBBT uchun yozgan programmasiga javob beradi, sistemali programma tuzuvchi esa butun sistemaning ishlashi uchun javobgar hisoblanadi. U holda MB administratori sistemaning saqlanish holatiga va ishonchliligiga javob beradi. MBBT quyidagicha tavsiflanadi: Ispolnimost-Bajarilishlik, foydalanuvchi so’roviga hozirjavoblik bilan muloqotga kirishish; Minimalnaya povtoryaemost- Minimal takrorlanishlik, MBdagi ma’lumot iloji boricha kam takrorlanishi lozim, aks holda ma’lumotlarni izlash susayadi; Yaxlitlik –axborotni MBda saqlash iloji boricha ma’lumotlar orasidagi bog’liqlikni asragan holda bo’lgani, ayni muddao; Bezopasnost–Xavfsizlik, MB ruxsat berilmagan kirishdan ishonchli himoya qilingan bo’lishi lozim. Faqat foydalanuvchi va tegishli tashkilotgina ma’lumotlarga kira olish va foydalanish huquqiga egalik qilishi mumkin; Migratsiya–ba’zi bir ma’lumotlar foydalanuvchilar tomonidan tez ishlatilib turiladi, boshqalari esa faqat talab asosida ishlatiladi. Shuning uchun ma’lumotlar tashqi xotiralarda joylashtiriladi va uni shunday tashkil qilish kerakki, eng ko’p ishlatiladigan ma’lumotlarga murojaat qilish qulay bo’lsin. Ma’lumotlar bazasini boshqarish sistemasida har bir MB modeli quyidagi xususiyatlari bo’yicha tavsiflanadi: Ma’lumotlar tuzilmalarining turi; Ma’lumotlar ustida bajariladigan amallar; Butunlikning cheklanganligi.