logo

Birlashgan Millatlar Tashkiloti faoliyatida Yaqin Sharq masalasi

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

4826.4794921875 KB
Mavzu: Birlashgan Millatlar Tashkiloti faoliyatida Yaqin Sharq masalasi.
Reja:
I. Kirish.
II. Asosiy qism:
II.1. Birlashgan Millatlar Tashkiloti rezolyutsiyalarida Isroil va Falastin 
davlatining tashkil topish masalasi.
II.2. Dunyo hamjamiyati uchun o`gay Falastin yoxud Falastin 
muxtoriyatining Birlashgan Millatlar Tashkilotida kuzatuvchi 
maqomini olishi.
II.3. Isroilning BMTdagi faoliyati.
II.4. Iroq-Quvayt munosabatlari va Iroq urushlariga Birlashgan Millatlar 
Tashkilotining munosabati.
III.  Xulosa.
IV.  Foydalanilgan adabiyotlar.
1 KIRISH
Yaqin   Sharq   qariyb   bir   asrdan   buyon   haqiqiy   nizolar   uchog`i   bo`lib
kelmoqda. Bu hududdagi asosiy muammolardan biri Isroil va Falastin muammosi
yoki Isroil va Arablar muammosi bugungi kungacha dunyo fonidan tushgan emas.
Aynan   ushbu   mojaroni   yechish   maqsadida   Birlashgan   Millatlar   Tashkiloti   Bosh
Assambleyasi   (BMT   BA)   va   BMT   Xavfsizlik   Kengashi   (BMT   XK)   1947   yil   29
noyabrida, 1948 yil 11 dekabrida, 1967 yil 22 noyabrida, 1969 yil 10 dekabrida va
keyinchalik   ko’plab   rezolyusiyalar   qabul   qildi .   Arab   davlatlari   va   Isroil
o‘rtasidagi   aloqalarning jiddiy keskinlashuv tarixi 1947 yilning 29 noyabr
sanasiga   borib   taqaladi.   BMTning   maxsus   qo‘mitasi   Falastinda   ikki
davlat:   ham   arab,   ham   yahudiy   davlatini   tuzish   bo‘yicha   qaror   qabul
qildi.   1948   yilning   14   may   sanasida   mustaqil   Isroil   davlati   tashkil
topgani   e'lon   qilindi,   ammo   Falastin   arab   davlati   tuzilmay   qoldi.
Natijada   bir   qancha   arab   davlatlari   Isroilga   qarshi   urush   ochadi. Aynan
shu   voqealar   fonida   hozirga   qadar   hal   qilinmay   kelinayotgan   arab–
yahudiy nizosi yuzaga keladi. O‘tgan 70 yildan oshiq vaqt davomida olib
borilgan   urushlar,   muzokaralarning   hech   qaysisi   to‘laligicha   tinchlik
tiklanishiga   olib   kelmadi .   O‘tgan   70   yil   davomida   o‘n   minglab
insonlarning qurbon bo‘lishiga olib kelgan bu nizo goh susayib, goh avj
oladi, ammo hech qachon butkul to‘xtamaydi. Falastin jangarilari G‘azo
sektoridan   turib   Isroil   shaharlariga   raketa   zarbalari   beradi,   TsAXAL
(Isroil   mudofaa   armiyasi)   namoyishchilarni   o‘ldiradi   –   bularning   bari
bugungi   kunda,  rasman   jangovar   harakatlar   olib   borilmayotgan   vaqtda
bo‘lib   o‘tmoqda.   AQSh,   Rossiya,   BMT   har   doimgidek   bu   holatdan
tashvish bildiradi,  maslahatlashuvlar  o‘tkazadi,  ammo  Isroil  va  Falastin
o‘rtasidagi mojaroga barham berilmaydi.
2 3 II. Asosiy qism:
2.1.   Birlashgan   Millatlar   Tashkiloti   rezolyutsiyalarida   Isroil   va   Falastin
davlatining tashkil topish masalasi.  
Falastin   muammosi   xalqaro   hayotning   keskin   masalalaridan   biri   bo’lib
qoldi.   Uning   keskinligi   mandat   tizimi   davradagi   turli   kuchlarning   o’zaro   kurashi
bilan   bog’liq   bo’lganligidir   albatta.   1920   yildan   boshlab   Falastin   zamini   Buyuk
Britaniyaning   mandatli   territoriyasi.   Umuman   olganda   Angliya   mustamlakachi
ma’muriyatining   jahon   urushlari   orasidagi   siyosati,   arab   xalqi   va   sionistlar
o’rtasidagi   munosabatlarni   o’ta   keskinlashtirdi.   Muammoning   murakkab   tomoni
yana   shunda   ediki,   yahudiylarning   immigrasiyasi   (ko’chib   kelishi)   yildan-yilga
o’sib   boraverdi.   20-yillarning   oxirida   arablar   ommasining   Britaniya   ma’muriyati
va   yahudiylar   kolonizasiyasiga   qarshi   chiqishlari   qurolli   qo’zg’olon   darajasiga
ko’tarildi.   1929,   1930-1933   yillardagi   Falastin   arablarining   qurolli   qo’zg’olonlari
o’ta   shiddatli   bo’lgan.   Harbiy   kuch   yordamida   va   ba’dabozlik   orqali   (qonun
chiqaruvchi  majlisni  joriy etish,  demokratik erkinliklarni  kengaytirish,  yahudiylar
immigrasiyasini   cheklash)   Britaniya   hokimiyati   falastinliklarning   qurolli
qo’zg’olonlarini bostirishga muyassar bo’ldilar.
1936-1939   yillarda   ham   mustamlakachi   ma’muriyatga   qarshi   navbatdagi
qurolli   qo’zg’olon   Falastin   jamiyatida   kuchayib   borayotgan   keskinlikni   yana   bir
karra  namoyon  etdi.  Falastin   arablari,  Falastin   zaminida  milliy  davlat   barpo  etish
yo’lida   ommaviy   kurashga   otlandi.   London   sarosimaga   tushib   qoldi.   Vaziyatni
o’rganish   maqsadida   Falastinda   lord   Pil   boshchiligida   qirol   komissiyasi   1939
yilning   oxirida   ish   yuritgan   edi.   Komissiya   mandat   tizimining   zaifligini
ta’kidlashga majbur bo’lgan. Mandat tizimi bekor qilinadigan bo’lsa, uning o’rnida
xalqaro   maqomga   ega   bo’lgan   bir   qancha   hududlar   tashkil   topishi   maqsadga
muvofiq bo’lardi, deb xulosa chiqargan Pil komissiyasi. 
4 Pil komissiyasi bergan bu taklif Falastin arablarini qayta qurolli chiqishlarga
undadi.   Sionistlarni   ham   Pil   komissiyasi   ilgari   surgan   taklif   aslo   qondirmagan,
chunki ular Falastin o’lkasida yahudiy davlati  barpo etish maqsadida edilar. 1939
yilning   fevral   oyida   Angliya   hukumati   «doira   stoli»   konferensiyasini   chaqirdi.
Konferensiyada Falastin arablarining turli siyosiy partiyalarning yetakchilari Misr,
Iroq,   Saudiya   Arabistoni,   Yaman,   Transiordaniya   va   Yahudiy   agentligining
vakillari  ishtirok etdilar. Falastin hududida uzog’i  bilan 10 yil  mobaynida yagona
arab-yahudiy davlati barpo etish rejasini taqdim etdi. Ushbu rejada yahudiylarning
immigrasiyasini  qisqartirish ularga yerni  sotib olishda cheklovchi  choralarni joriy
etish nazarda tutilgan. Lekin bu taklifni ham tomonlar, ya’ni arablar va yahudiylar
rad  etishlari   muqarrar   edi,   chunki   ularning  pozisiyalari   keskin   qarama-qarshilikni
aks   etardi.   «Doira   stoli»   konferensiyasi   natijasiz   tugaganidan   keyin   Angliya
hukumati   «Oq   kitob»   yoki   «Makdonald   memorandumi»   deb   atalmish   hujjatda
yana   bir   rejasini   keltiradi.   Unga   muvofiq   yahudiy   agentligiga   5   yil   davomida
yahudiylarning cheklangan soni Falastinga ko’chib keltirish huquqi berldi. Ushbu
muddat   o’tganidan   so’ng   yahudiylarning   keyingi   immigrasiyasi   qayta   muhokama
qilinishi   kerak   bo’lgan.   Ammo   inglizlarning   bu   rejasi   ham   arablar   va   yahudiylar
tomonidan   qat’iyan   rad   etildi.   Shu   bilan   birga   sionistlar   katta   moliya-iqtisodiy,
harbiy-siyosiy   va   tashkiliy   imkoniyatlarga   ega   bo’lgan   holda   Falastin   hududida
yahudiylar davlati barpo etish yo’liga kirishadi. 
1942   yil   may   oyida   «Biltmor»   mehmonxonasida   (Nyu-York)   sionistlarning
navbatdan tashqari konferensiyasi dastur qabul qildi. Unda «Falastinning eshiklari
yahudiy   immigrantlari   uchun   ochiq   immigrasiyaning   amalga   oshirilishi   nazorati
yahudiy agentligiga yuklatiladi. Agentlik o’lkadagi yerlarni o’zlashtirish huquqiga
ega   bo’ladi.   Falastin   yahudiylar   hamdo’stligiga   va   yangi   demokratik   jahonning
qismiga   aylanishi   kerak»   degan   fikrlar   qayd   qlingan.   1945   yil   mayida   yahudiy
agentligi o’zining talablarini, Britaniya ma’muriyatiga, quyidagicha bildirgan: «1)
Falastinda yagona va bo’linmas yahudiy davlatini barpo etish to’g’risidagi qarorga
kelishni;   2)   immigrasiyani   amalga   oshirish   nazorati   yahudiy   agentligi   qo’liga
5 topshirishni;   3)   dastlabki   bir   million   nafar   immigrantlarni   joylashtirish   uchun
xalqaro kredit (qarz) ajratishni».
Falastin   arablari   o’zining   milliy   davdatini   qurish   jarayonida   ichki   nizov   a
qiyinchiliklarga   ham   duch   keldi.   30-yillarda   Transiordaniya   amiri   Abdulloh
«Buyuk Suriya» birlashgan arab davlatini barpo etish tashabbusi bilan chiqqan edi.
«Buyuk   Suriya»   davlati   Suriya,   Livan,   Transiordaniya   va   Falastinning   ma’lum
qismidan   iborat   bo’lib,   uning   taxtida   Transiordaniya   amiri   bo’lmog’i   lozim   edi.
Shu   o’rinda   savollar   tug’ilishi   mumkin.   Kimga   kerak   sun’iy   davlatning   tashkil
topishi?   Kimning   manfaatini   ko’zlagan   amir   Abdullohning   tashabbusi?   O’z-
o’zidan   ko’rinib   turibdi-ki,   Iordaniyadagi   Xoshimiylar   xonadoni   «Buyuk   Suriya»
birlashgan   monarxiyasida   hukmron   sulolaga   aylanishi,   butun   arab   dunyosida
ularga   yetakchilikni   ta’minlagan   bo’lar   edi.   «Buyuk   Suriya»   davlatining   vujudga
kelishi,   sionistlarning   Falastinda   yahudiy   davlatini   barpo   etish   rejalariga   zarba
bo’ladi degan fikrning ham muallifi amir Abdulloh bo’lgan. Ammo ushbu rejaning
bitta kamchiligi shu bo’lgan-ki, unda Falastin arablarining xohish va irodasi, ya’ni
mustaqil   davlatning   sohibi   bo’lish   istaklari   inkor   etilardi.   1943   yilda   arab
mamlakatlarida  Arab   Davlatlari   Ligasi   barpo   etish   to’g’risida   gap   borganda   Iroq
bosh vaziri Nuri Said arablar birligini erishish rejasini taqdim etgan edi. Tarixda bu
reja «Saodatli yarim oy» nomi bilan ma’lum bo’ldi.
Nuri Said rejasi Xoshimiylar sulolasining manfaatini ko’zlab, Abdullohning
«Buyuk   Suriya»sini   qo’llagan   va   qolaversa   yanada   rivojlantirgan.   Iroq   bosh
vazirining   taklifiga   muvofiq   barpo   etiladigan   Arab   davlatlari   ittifoqi   tarkibida
«Buyuk Suriya» (Suriya, Livan, Transiordaniya va Falastinning bir qismi) va Iroq
arab   ittifoqi   tarkibiga   boshqa   arab   davlatlari   kirishi   mumkin   bo’lgan.   Bunday
ittifoqda   Iroq   Xoshimiylari   yetakchi   rolni   o’ynab   arab   dunyosida   ustunlikni   o’z
qo’llariga   olishi   muqarrar   edi.   Ammo   yuqorida   ko’rsatilgan   rejalar   amalga
oshmadi. Misr, Saudiya Arabistoni, Livan, Suriya va Iroqda qirol Abdulloh va Nuri
Said tuzgan rejalarga qarshilik ko’rsatgan kuchlar o’z ustunligini namoyon etdi. 
6 «Buyuk   Suriya»   va   «Saodatli   yarim   oy»   rejalarida   Falastin   arablarining
taqdiriga befarq qaralgan, ularning mustaqil, erkin davlat tuzim yo’lidagi talabi va
kurashi inkor etilgan. 30-yillarning ikkinchi yarmida Falastin zaminida kurashning
kuchayishi,   bu   yerdagi   siyosiy   partiyalarining   faollashuvi   1936   yilda   Oliy   arab
qo’mitasi   deb   atalmish   tashkilotning   paydo   bo’lishiga   sabab   bo’lib   qoldi.
Falastinning   6   (olti)   siyosiy   partiyasi   Oliy   arab   qo’mitasining   tarkibiga   kirdi.   Bu
davrda qo’mitaning asosiy shiori sionistlar kolonizasiyasiga qarshilik ko’rsatish va
Falastinning mustaqilligini qo’lga kiritish kabi chaqiriqlardan iborat bo’lgan.
Oliy arab qo’mitasi mandat tizimini yo’q qilinishini talab qilishi bilan 1937
yilda qonundan tashqari deb e’lon qilindi, uning rahbarlari qamoqqa olindi. Faqat
1942 yilda Oliy arab qo’mitasi qayta tiklandi. Aytish joizdir-ki, Oliy arab qo’mitasi
boshida Falastinning ko’zga ko’ringan yuqori  martabali  oilalar vakillari  turar edi.
Bu arboblar (Xusayni, Nashashibi, Hadi, Dajni va boshqalar) Usmonli imperiyasi
davrida   ham   Falastin   viloyatida   alohida   maqyeiga   ega   bo’lib,   oddiy   falastinlik
arablar orasida ma’lum ta’sir ko’rsatib turar edi. Ammo urush va urushdan keyingi
dastlabki yillarda Oliy arab qo’mitasining rahbariyati o’zining faoliyatida ko’proq
ingliz   ma’muriyati   bilan   kelishib   ish   yuritishni   afzal   ko’rgan.   Hatto   Oliy   arab
qo’mita   rahbariyati   Britaniyaning   Falastindagi   vakolatini   ma’lum   vaqt   ichida
saqlanishiga qarshilik ko’rsatmasligini bildirgan.
Ikkinchi   jahon   urushining   oxirlarida  AQSh   hukumati   ham  Yaqin   Sharq   va
ayniqsa   Falastinga   o’z   qiziqishini   namoyon   etadigan   bo’ldi.   1945   yil   avgustida
prezident   G.Trumen   Falastin   hududiga   100   ming   yahudiylarni   ko’chib   kelishiga
ruxsat   berishni  Angliya   hukumatidan   so’ragan   edi.   Ingliz   hukumati   Trumenning
taklifini qabul qilmadi, chunki aks holda Britaniya ma’muriyati va Falastin arablari
o’rtasida   munosabatlar   keskinlashib   vaziyat   yanada   og’irlashardi.   Lekin   K.Ettli
hukumati,   Falastin   muammosi   chigallashib   borayotganini   sezib   ingliz-amerika
komissiyasining   tuzilishiga   ruxsat   beradi.   Komissiyaning   vazifasi   Falastindagi
vaziyatni   o’rganib   real   xulosa   va   tavsiya   berishdan   iborat   edi.   Komissiya
tavsiyalari   1946   yil   may   oyida   nashr   etildi   va   ularga   binoan   mandatli   tizim
7 uzaytirilishi,   yahudiy   immigrantlarning   Falastinga   kirishi   cheklantirilishi,
yahudiylarga yer sotishga ta’qiqlovchi qoidani bekor qilinishi lozim edi. Angliya-
Amerika   komissiyasining   Falastin   muammosi   bo’yicha   tavsiyalari   arablarni   ham
sionistlarni   qondirmadi.   Unda   London   yana   bir   urinishni   amalga   oshirmoqchi
bo’lib   «Bevin   rejasi»ni   ilgari   surdi.   «Bevin   rejasi»ga   muvofiq   arab   va   yahudiy
aholisiga muxtoriyat berilishi, Britaniya komissariga esa milliy ozchilikni himoya
qilish huquqi topshirilishi nazarga olingan edi. Ammo Angliyaning bu tashabbusini
manfaatli   tomonlar   qo’llab-quvvatlamadi.   Angliya   diplomatiyasi   nochorligidan
foydalanib,   Falastin   masalasiga  AQSh   hukumati   yana   bir   kara   aralashib   ko’rdi.
1946   yil   oktyabr   oyida   prezident   Trumen   Falastinga   100   ming   yahudiylarni
ko’chirib   keltirish   masalasini   London   hukmron   doiralari   oldiga   qo’ydi.   Bu   safar
Vashington   immigrantlarga   bo’lajak   moliyaviy   yordamni   o’z   bo’yniga   oladigan
bo’ldi. Amerikaliklarning Yaqin Sharqda ta’siri kuchayishi Britaniya hukumatining
rejasiga   aslo   kirmagan   edi.   Shuning   uchun   ham   inglizlar   prezident   Trumenning
taklifidan   voz   kechdi.   Shu   tariqa   Angliya   Falastin   muammosini   ko’rib   chiqish
uchun BMT Bosh Assambleyasi  navbatdagi  II sessiyasiga havola qilishga majbur
bo’ldi.  Arab  mamlakatlari  bu  masala   bo’yicha   aniq  va  ravshan  pozisiyada  bo’lib,
ular   Falastin   zaminida   faqat   mustaqil   arab   davlati   barpo   etilishining   tarafdori
edilar.
1947-yil fevral oyida Buyuk Britaniyaning iltimosiga binoan BMT Falastin
masalasini   ko`rib   chiqishni   boshladi.     BRitaniya   hukumati   Falastin   hududida
zo`ravonliklar kuchayib borayotganligini hisobga olib, BMT Bosh Assambelyasida
ko`rib   chiqish,   maxsus   komissiya   tuzishni   so`radi.   Birlashgan   Mllatlar   tashkiloti
Bosh Assambelyasining birinchi navbatdan tashqari sessiyasi 1947-yil   28-aprelda
o`z ishini boshladi. Buyuk Britaniyaning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi vakili
Aleksandr   Kadogan   bu   muammoni   hal   qilish   ma’suliyatini   mamlakat   yolg`iz   o`z
zimmasiga olmaydi, dedi. 1
1
  Bliznyakov R.A. Резолюция генарьной ассамблеи ООН № 181/II-"Будушее правительство 
Палестины" - Основа урегулирования Палесино-Израильского конфликта.
8 1947 yil 24 martida Arab Davlatlari Kengashining qabul qarorida aynan shu
fikr o’z ifodasini  topgan. 1947 yil 15 may kunida BMT sessiyasining yig’ilishida
Falastin   masalasini   o’rganish   uchun   11   davlat   vakillaridan   maxsus   komissiya
tuzildi.   1947   yil   6   sentyarida   BMT   Bosh   Assambleyasining   navbatdagi   II
sessiyasida maxsus komissiyaning ma’ruzasi  eshitildi. Ma’ruza Falastin hududida
ingliz mandati bekor qilinsin va bu o’lkada mustaqillik asoslari qaror topsin degan
fikr   hukmron   bo’lgan.   Biroq   Falastinning   kelajakdagi   davlat   tuzilmasi   to’g’risida
gap   borganda   komissiya   a’zolari   orasida   yagona   fikr   bo’lmagan.   Komissiya
BMTning   sessiyasiga   ikki   nafar   rejasini   taqdim   etdi.   Birinchi   reja   bo’yicha
Falastin   alohida   arab   va   yahudiy   davlatlariga   bo’linishi,   Quddus   (Iyerusalim)
shahri   esa   BMT  nazoratidagi   xalqaro   maqomga   sohib   bo’lgan   ma’muriy   birlikka
aylanishi   nazarda   tutilgan.   Mazkur   rejada   Falastindagi   ikki   davlat   va   Quddus
shahri   iqtisodiy   ittifoqqa   bog’lanishi   ham   shart   deb   ko’rsatilgan.   Ikkinchi   rejada
Falastin   yagona   federativ   davlat   bo’lib,   uning   poytaxti   Quddus   shahri   deb   qayd
qilingan. Arab  davlatlari  va  Oliy arab  qo’mitasi   ikala  rejani   ham  rad  etdi, chunki
ular Falastinda faqat yagona arab davlatining barpo etilishiga ovoz berishga tayyor
edilar. Biroq oradan 1,5 oy o’tgach, ya’ni 1947 yil 25 noyabrida Falastin bo’yicha
tuzilgan  maxsus   qo’mita   Falastin   hududida  ikki   davlat   barpo   etilishi   to’g’risidagi
rejasini BMTning sessiyasiga havola etdi. 1947 yil 29 noyabrida sessiya ko’pchilik
ovoz bilan ushbu rejani tasdiqladi. Shunday qilib, BMT Bosh Assambleyasining II
sessiyasida Falastin muammosi bo’yicha maxsus 181 qaror qabul qildi. BMTning
181 qaroriga (rezolyusiyasiga) muvofiq sobiq mandatli Falastin territoriyasida ikki
davlat tashkil topishi ko’zda tutilgan.
1. Yahudiy davlati – maydoni 14,1 ming kv.km., aholisi 100800 kishidan iborat.
2. Arab davlati – maydoni 11,1 kv.km., aholisi 758520 kishidan iborat.
Bo’linish natijasida yahudiy davlatining maydoni sobiq Falastin hududining
56%,   arab   davlatining   maydoni   43%   to’g’ri   kelgan.   Undan   tashqari   181   qaror
asosida Quddus shahri (aholisi 205320 kishi, maydoni 1%ni tashkil etgan) xalqaro
maqomga ega bo’lganligi ham diqqatga sazovordir. 
9 1948   yilning   1   avgustigacha   ingliz   mandatining   tugashi   va   qo’shinning
chiqarilishi   mo’ljallandi.   1948   yil   1   oktyabrdan   kechikmasdan   ikki   davlatning
mustaqilligi e’lon qilinishi shart deb topildi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 181 qarori bilan Falastin
hududida  ikki   davlat   yahudiy   (maydoni   14,1   ming   kv.km.,   aholisi   1   mln.   8  ming
kishi) va arab (maydoni 11,1 ming kv.km. aholisi 758,5 ming kishi) vujudga kelishi
kerak   edi.   Undan   tashqari   muqaddas   shaharlar   bo’lmish   Quddus   va   Viflim   –
xalqaro   zona   sifatida   BMT   nazorati   ostiga   o’tkazilishi   ko’zda   tutilgan.   Bu
shaharlarga 205 ming kishidan ziyod aholi yashagan va ular Falastinning 2% teng
maydonini   egallagan.   Shu   o’rinda   yahudiy   davlatiga   ajratilgan   territoriya
Falastinning 56% egallanishi arab davlatiga ajratilgan maydon esa 42% ni tashkil
qilganini   aytib   o’tish   mumkin.   Ma’lumki,   arab   davlatlari   (ADL),   Oliy   arab
qo’mitasi   BMT   181   rezolyusiyasini   tan   olmadi.   Ayni   vaqtda   sionistlar   mazkur
rezolyusiyani   ma’qulladi   va   yahudiy   davlatining   poydevorini   barpo   etishga
kirishdi.   Lekin   BMTning   Falastin   bo’yicha   qabul   qilgan   tarixiy   rezolyusiyasi
afsuski bu zaminda tinchlik va barqarorlikni ta’minlagani yo’q. Aksincha Falastin
arablari   va   yahudiylar   orasida   qonli   to’qnashuvlar   boshlanib   ketdi.   Yaxshi
o’rgatilgan   va   qurollangan   yahudiy   harbiy   dastalari   katta   miqyosdagi   harbiy
harakatlari   natijasida,   Falastin   arablari   qo’shni   mamlakatlarga   qochib   ketishga
majbur   bo’ldi.   Yaqinlashib   kelayotgan   urushga   Britaniya   hukumati   aralashishni
istamadi va o’z qo’shinini Falastin hududidan chiqara boshladi. Sionistlar jangovor
drujinalari  arab davlatiga ajratilgan yerlarni  bosib  olishga jadallik bilan kirishadi.
Yaffa,   Pida,  Akra,   Ramla,   Beer-Sheva,   Beysan   kabi   shaharlardagi   aholi   yahudiy
harbiylari   tomonidan   haydab   chiqarildi.   BMTning   181   rezolyusiyasi   qabul
qilingandan   so’ng   Arab   Davlatlari   Ligasi   siyosiy   qo’mitasi   Falastinning
bo’linishiga   yo’l   qo’ymaslik   uchun   bir   qancha   choralarni   amalga   oshirdi.
Shulardan   biri  ADL  rahnamoligida   Falastin   ozodlik   armiyasining   tashkil   topgani
bo’ldi.   Bu   armiya   Arab   Davlatlari   Ligasi   tarkibida   bo’lgan   mamlakatlarning
ko’ngillilaridan tuzilgan.
10 1948 yil yanvarida Falastin Ozodlik Armiyasi (FAO) Falastinga yuborildi (3
mingga   yaqin   ko’ngilliklar).   O’z   navbatida   yahudiy   harbiylari   Falastin   arablariga
«saboq»   berish   maqsadida   yana   bir   qotillikni   amalga   oshirdi.   1948   yil   aprelida
sionistlarning qo’shinlari arablarning Deyr-Yasin qishlog’iga yorib kirib himoyasiz
qolgan   250   kishini   qirib   tashlagan.   Sionistlar   bo’lajak   Isroil   dalatining   «hayotiy
hududini» kengaytirish yo’lida hatto jinoyatga ham qo’l urdi. Lekin sionistlarning
rahbariyati   Deyr-Yasin   voqyealariga   ijobiy   baho   berib,   uni   qo’llab-quvvatladi.
M.Begin   («Irgun»   tashkilotining   rahbari.   Shu   tashkilotning   jangovorlari   Deyr-
Yasin   qishlog’idagi   xunrezlikda   ishtirok   etgan.)   shu   o’rinda   «Deyr-Yasin
bo’lmaganda   Isroil   davlati   barpo   etilmas   edi»   degan   fikr   bildirgan.   Arablarga
hujum qilish jarayonida yahudiy qurolli kuchlari 13 nafar harbiy operasiyasining 8-
arab davlatiga ajratilgan yerlarda amalga oshirgan. 1948 yil 14 may kunida Buyuk
Britaniya   hukumati   o’zining   Falastindagi   mandatini   barham   topganligini   rasman
bildirdi. Ertasi kuni, 1948 yil 15 mayida yahudiy muvaqqat hukumati Isroil davlati
tashkil topgani to’g’risida rasmiy bayonot e’lon qildi. Tel-Aviv Isroilning poytaxti
bo’ldi. 1948 yil 17 mayida SSSR va AQSh Isroilni tan oldi. 
1948   yil   15   mayida   Isroil   davlati   tashkil   topgani   e’lon   qilinishi   bilan   Misr
samolyotlari   Tell-Avivni   bombardimon   qilishdi,   beshta   arab   davlatlarining
qo’shinlari   (Misr,   Suriya,   Livan,   Iordaniya,   Saudiya   Arabistoni)   Falastin
territoriyasiga bostirib kirdi. Shu tariqa birinchi arab-isroil urushi boshlanib ketdi.
Tarixda bu urush Falastin urushi deb atalgan. Urush uch bosqichda bo’lib o’tgan.
Birinchi   bosqich:   1948   yil   15   may   –   1948   yil   11   iyun.   Urushning   birinchi
bosqichida   harbiy   ustunlik   dastlab   arablarning   tomonida   bo’ldi.   May   oyining
oxirida Arab legioni (alohida tuzilgan harbiy dasta) Falastinning markaziy qismini,
Quddusning eski qismini, Iyerixon va Ramalaxni egalladi. Iroq qo’shinlari Nablus,
Jenin,  Tul   Karam,   misrliklar   esa   Beer-Shevuni   ishg’ol   qilganlar.  BMT  Havfsizlik
Kengashining   talabiga   binoan   harbiy   harakatlar   to’xtatildi.   Arab   davlatlari
qo’shinlari   Falastinga   bostirib   kirishidan   maqsad   BMTning   181   rezolyusiyasini
amalga   oshirishga   yo’l   qo’ymaslik   edi.   Ushbu   maqsad   Falastin   zaminida   yagona
11 mustaqil   arab   davlati   barpo   etish   dasturidan   kelib   chiqqan.   Biroq  Transiordaniya
qiroli   Abdulloh,   arab   ligasini   nazoratga   olgan   markaziy   Falastinni,   Iordaniyaga
qo’shib   olish   ruxsati   uchun   bir   qator   arab   davlatlariga   tashrif   buyurdi.   Lekin
Iordaniya   monarxi   rad   javobini   oldi.   O’sha   vaqtni   o’zida   BMTning   Falastindagi
vakili   F.Bernadott   vujudga   kelgan   inqirozni   bartaraf   etish   rejasini   taqdim   etdi.
F.Bernadott   taklifiga   binoan,   Transiordaniya   va   mandatli   Falastin   iqtisodiy
ittifoqqa   birlashishi,   unda   Isroil   va   arab   davlatining   manfaati   markaziy   kengash
tomonidan himoya qilinishi nazarda tutilgan.
F.Bernadott   rejasiga   muvofiq   Negev   sahrosi   arab   davlati   tarkibiga   kirishi,
Galleya   (Iso   payg’ambar   targ’ibot   qilgan   viloyat)   Isroilning   qismiga   aylanishi
kerak bo’lgan. Va nihoyatda shvesiyalik diplomatning fikricha Quddus arab davlati
tarkibiga kiritilishi lozim bo’lgan. F.Bernadott rejasi tomonlarni va ayniqsa Isroilni
qoniqtirmadi. Urush qayta boshlandi.
Ikkinchi   bosqich:   1948   yil   8-18   iyul.   Bir   necha   kunlar   ichida   Isroil
qo’shinlari   Galileyadagi   300   kv.   mil   maydondan   tashqari   Falastinning   butun
shimolini ishg’ol etdi. 18 iyulda harbiy harakatlarda ikkinchi tanaffus kuchga kirdi.
F.Bernadott   yangi   takliflarni   ilgari   surdi:   arab   qochoqlarini   vataniga   qaytarish;
Quddusdagi  yahudiylar  jamoatiga  muxtoriyat   berish.   Isroil  bu  takliflarni   ham   rad
etdi, uning armiyasi ayni vaqtda arab davlatiga ajratilgan zaminlar ustidan nazorat
o’tnatgan edi. 1948 yil 17 sentyabrida yahudiylarning «Shtern» tashkiloti terroristi
tomonidan F.Bernadott o’ldirildi. 
Uchinchi bosqich: 1948 yil 15 oktyabr – 1949 yil 7 yanvar. Isroil qo’shinlari
Negev sahrosi va Falluj shahrida joylashgan misrlik qo’shinlarga qahshatgich zarba
berib,   ularni   G’azo   sektoriga   chekintirdi.   Keyinroq   isroilliklar   Negev   sahrosida
hujumni   rivojlantirib   Misr   hududidagi   yorib   kirdi.   Misr   armiyasi   og’ir
mag’lubiyatga duchor bo’ldi. 1948 yil oktyabr oyning oxirida Isroil armiyasi Livan
territoriyasiga   bostirib   kirdi.   Endilikda   arab   legioni   qo’lida   qolgan   hududlar
atrofida   ham   havf-xatar   tug’ildi.   Ana   shu   yerlarni   yo’qotishdan   havfsiragan
12 Iordaniya   monarxi   ham   harbiy   harakatlarni   to’xtatishga   shoshildi.   1949   yil   7
yanvarida Falastin urushi barham topdi. 
1949 yil  yanvr  oyining oxirida Buyuk Britaniya Isroil  davlatini  rasman tan
oldi.   Isroil va mag’lub bo’lgan arab davlatlari o’rtasida vaqtinchalik sulh bitimlri
imzolandi.
1949 yil 24 fevralida Isroil-Misr
1949 yil 23 martida Isroil – Livan
1949 yil 3 aprelida isroil – Iordaniya
1949   yil   20   iyulida   isroil   –   Suriya   o’rtalarida   vaqtinchalik   sulh   bitimi
imzolandi.   Qolgan   arab   davlatlari   bitim   imzolashda   ishtirok   etgan   emas.   Bu
bitimlar   vaqtinchalik   xarakterga   ega   bo’lgani   uchun   ham   hududiy   bahslarga   aslo
chek qo’ygani yo’q.
Falastin   urushida   mag’lubiyatga   uchragan   arab   davlatlari   o’zlari   uchun   bir
qator   xulosa   va   saboqlar   chiqarishga   majbur   bo’ldilar.   Birinchi   navbatda,   urush
arab   davlatlari   (ADL)   o’rtasida   harbiy-siyosiy   hamjihatlik   yetishmaganini   yaqqol
isbotlab   bergan   edi.   Shuning   uchun   bo’lsa   kerak   1949   yil   30   oktyabrida   ADL
siyosiy qo’mitasi arab davlatlari kollektiv havfsizlik shartnomasini ishlab chiqarish
to’g’risida     qaror   qabul   qildi.   1950   yil   13   aprelida   arab   davlatlari   kollektiv
havfsizligi   Paktining   loyihasi  ADL  kengashi   tomonidan   tasdiqlandi.   1950   yil   17
iyunida   Pakt   kuchga   kirdi.   Ushbu   shartnomada   Misr,   Suriya,   Livan,   Saudiya
Arabistoni   va   Yaman   rahbarlarining   imzolari   chekilgan.   Arab   davlatlarining
aksariyati   Isroil   bilan   bo’ladigan   munosabatlarda   tan   olmaslik   tomoyilini   ilgari
surmoqchi   bo’ldilar.   Arablar   va   yahudiylar   o’rtasida   tinchlik   bitimi   imzolash
ta’qiqlandi.   1950   yil   1   aprelida   ADL   kengashining   yig’ilishida   qabul   qilgan
rezolyusiyasida   har   bir   arab   davlatiga   Isroil   bilan   muzokaralar   olib   borish   sulh
tuzish, siyosiy, iqtisodiy va harbiy bitimda bo’lish qat’iyan mann etilgan. Qaysi-ki,
davlat   bu   rezolyusiyani   inkor   etadigan   bo’lsa,   u   darhol   liga   nizomining   18-
moddasiga   muvofiq   ADL   tarkibidan   chiqarilishi   shart   bo’lgan.   1950   yil   13
13 aprelida,   ya’ni   ikki   hafta   o’tgach,   ADL   kengashining   navbatdagi   rezolyusiyasi
qabul qilindi. Unda Isroil bilan qandaydir munosabatlar o’rnatmoqchi bo’lgan arab
davlatiga   nisbatan   qo’shimcha   qat’iy   choralar   ko’rish   nazarda   tutilgan.   O’sha
choralar   ichida   bunday   arab   davlati   bilan   siyosiy   va   konsullik   munosabatlarni
to’xtatish,   savdo-iqtisodiy   va   moliyaviy   aloqalarni   uzib   tashlashi   ham   diqqatga
sazovordir.
O’z   navbatida   arab   dunyosining   qurshovida   qolgan   Isroil   o’z   qo’shinlariga
nisbatan   o’ziga   xos   tashqi   siyosatni   ilgari   surdi.   Isroil   qanday   bo’lmasin   arablar
qo’llagan   tan   olmaslik   siyosatni   bartaraf   etmog’i   lozim   edi.   Sionist   rahbarlari
orasida   bunga   faqatgina   yahudiylarning   harbiy   ustunligi   orqali   erishish   mumkin
degan fikrlar hukm surardi. Shuning uchun ham Isroil jadallik bilan a’zo darajada
o’rgantilgan va qurollangan zamonaviy armiyani bunyodga keltira boshladi. Aytish
joiz-ki, Isroil 50-yillarning birinchi yarmida arablarning tan olmaslik siyosatiga va
ularning   hamjihatligiga   zarba   berish   maqsadida   qator   harbiy   to’qnashuvlarning
sababchisi   bo’lgan.   Ammo   Isroilning   ichki   ahvoli   40-yillarning   oxiri   va   50-
yillarning   boshlarida   ancha   murakkab   bo’lgan.   Bunga   sabab   birinchi   navbatda
1948-1949 yillardagi Falastin urushi  bo’lsa, keyinchalik yahudiylarning ommaviy
ravishda   ko’chib   kelgani   bo’ldi.   1948   yil   Isroilga   100   ming   kishi   ko’chib   kelgan
bo’lsa,   1949   yil   240   ming   1950   yil   170   ming,   1951   yil   175   ming   kishi   ko’chib
keldi.   Shunday   qilib   1948-1951   yillar   orasida,   ya’ni   uch   yarim   davomida
repatriantlar   soni   685   ming   kishini   tashkil   etdi.   Ko’chib   kelgan   yahudiylarning
yarim Yevropa davlatlari   qolgan yarmi esa sharq jamoalarining vakillari bo’lgan.
O’sha   yillarda   dastlab   Chexoslovakiya,   Bolgariya,   Yugoslaviya,   keyinroq
Polsha,   Ruminiya   va   Vengriyadan   yahudiylarning   ko’chib   kelishi   ommaviy   tus
oldi.  Minglab   yahudiylarning Yaqin   Sharq   va   Shimoliy  Afrikadan,   ya’ni  Turkiya,
Eron,   Marokkash,   Tunis,   Jazoir   va   Liviyadan   ko’chib   kelgani   ham   diqqatga
sazovordir.  Albatta   shuncha   repatriantlarni   joylashtirish,   endi   tashkil   topayotgan
buning   ustiga   dushmanlik   kayfiyatida   bo’lgan   arab   qurshovida   bo’lgan   davlatda
14 o’ta   mushkul   edi.   Biroq   yosh   davlat   dastlabki   qiyinchiliklarni   yengib   dastlabki
zafarlarni qo’lga kiritdi.
1949   yil   16   fevralida   X.Veysman   Isroilning   birinchi   prezidenti   sifatida
saylangan   bo’lsa,   D.Ben-Gurion   esa   1949   yil   10   martida   bosh   vazir   lavozimiga
tasdiqlandi.   Isroil   davlatining   oliy   organi   parlamenti   –   Knesset   o’zining   birinchi
yig’ilishini 1949 yil 16 fevralida Quddus shahrida amalga oshirdi.
15 2.2. Dunyo hamjamiyati uchun o`gay Falastin yoxud Falastin muxtoriyatining
Birlashgan Millatlar Tashkilotida kuzatuvchi maqomini olishi. 
Falastin mustaqilligini dunyoning 138 ta davlati tan olgan. 
Jumladan, Osiyo va Afrikaning qariyb barcha davlatlari, shuningdek 
sobiq ittifoq respublikalari (Latviya, Litva va Estoniyadan tashqari) va 
Sharqiy Yevropa davlatlari.   AQSh, Kanada, Meksika, Avstraliya, 
Britaniya, Fransiya, Ispaniya, Portugaliya, Italiya va G‘arbiy Yevropadagi
boshqa davlatlar tan olmagan. Ana shu joyda AQSh boshchiligidagi 
G‘arb davlatlari Falastinga nisbatan ikki xil siyosat olib borayotgani 
oydinlashadi.
Ya’ni bir tomondan Yaqin Sharqda tinchlik o‘rnatilishini 
xohlashlarini aytishadi. Ikkinchi tomondan Falastinning mustaqilligini 
tan olishmaydi. Arab davlatining o‘z chegaralariga ega bo‘lishini, 
BMTga to‘laqonli a’zo bo‘lishini umuman xohlashmaydi. Bugun Falastin
BMTda faqat kuzatuvchi maqomiga ega. Falastin mustaqilligini tan 
olgan davlatlar agar u BMTga to‘laqonli a’zo bo‘lsa va o‘z hududlariga 
egalik qilsa, Yaqin Sharqda uzoq kutilgan tinchlik o‘rnatiladi, degan 
fikrda. Uning mustaqilligini tan olmagan davlatlar esa aksincha, agar 
Falastin BMTga to‘laqonli a’zo bo‘lsa, mintaqada notinchlik battar 
keskinlashadi deb hisoblashadi. 2
2
  G‘ayrat Yo‘ldosh   “ Dunyo hamjamiyati uchun o‘gay Falastin – G‘arb davlatlarining arab 
davlatiga nisbatan qilayotgan ikkiyuzlamachiligi”., 2023  y .   https://kun.uz/uz/14945824.
16 Yashil va Och yashil rangda Falastin mustaqilligini tan olgan, rangsiz tasvirlanganlar Falastin 
mustaqilligini tan olmagan davlatlar. E’tibor berilsa G‘arb davlatlari Falastin mustaqilligini tan 
olmaganini ko‘rish mumkin.
Yuqorida aytib o`tilganiday 1947 yilda BMT rezolyutsiyasi bilan 
Falastin hududida ikkita arablar va yahudiylar davlatini tashkil etish 
haqidagi rezolyutsiya qabul qilingandan boshlab AQSh Isroilga har 
tomonlama iqtisodiy va harbiy yordam berib kelmoqda. AQSh eng avval 
Isroil davlati ma’muriyatini tuzishda, so‘ng armiya shakllantirishda va 
boshqa masalalarda yordam ko‘rsatadi. Keyinchalik Arab-Isroil 
urushlarida harbiy yordam beradi. Jumladan, 1947-1949 yillarda, 1967 
yilda va boshqa Arab-Isroil urushlarida AQSh Isroilga keng miqyosda 
harbiy yordam ko‘rsatadi. AQSh Isroilga keng ko‘lamda yordam berish 
bilan bir qatorda shu paytgacha Falastin mustaqilligini tan olmay 
kelmoqda. Falastin mustaqilligini nafaqat AQShning o‘zi balki uning 
yaqin ittifoqchilari bo‘lgan G‘arbiy Yevropa davlatlari, Kanada, 
Avstraliya va Meksika ham tan olmagan. AQSh Falastinga nisbatan 
qo‘llab kelayotgan noxolis siyosatini XXI asrda ham davom ettirmoqda. 
Bir necha yil avval YuNeSKO Falastinni o‘z safiga teng huquqli a’zo 
qilganda AQSh bu tashkilotdan chiqib ketdi. 2012 yilda BMT Falastinga 
kuzatuvchi maqomini berganda ham AQSh bunga qarshi chiqqan 
davlatlardan biri bo‘lgandi.
17 Falastinning BMT tarkibidagi tashkilotlar ishida qatnasha 
boshlashi tarixi 1970-yillarda boshlangan. 1974 yilda BMT maxsus 
rezolyutsiyasi qabul qilinadi va unga ko‘ra Falastin ozodlik tashkiloti 
BMT Bosh assambleyasida kuzatuvchi maqomini oladi. 1986 yil 2 aprel 
FOT BMT Bosh assambleyasida Osiyo davlatlari guruhining a’zosi 
bo‘ladi. Biroq bu statuslar Falastinning BMTda to‘laqonli a’zo bo‘lganini
anglatmasdi. 1989 yilda Jazoir, Mavritaniya, Nigeriya va Senegal 
YuNeSKOga murojaat qilib, Falastinni mustaqil davlat sifatida o‘z safiga 
qabul qilishini so‘rashadi. Biroq o‘sha paytda YuNeSKO AQSh 
boshchiligidagi G‘arb davlatlarning bosimi ostida bu so‘rovni rad etadi. 
1998 yilda BMT Bosh assambleyasi Falastin masalasida yangi 
rezolyutsiya qabul qiladi. Unda Falastinga Bosh assambleyadagi a’zolik 
bo‘yicha qo‘shimcha vakolatlar berish nazarda tutilgandi. Jumladan, 
Falastin vakillari Bosh assambleya yig‘inlarida to‘laqonli qatnashishi, 
qabul qilinadigan rezolyutsiyalarda hammuallif bo‘lishi, Yaqin 
18 Sharqdagi muammolar muhokama qilinganda chiqishlar qilishi va 
boshqa vakolatlar ko‘zda tutilgandi.
F
alastin rahbari Mahmud Abbos BMT yig‘inida.
Foto: Getty Images
O‘shanda bu rezolyutsiyani dunyoning 124 ta davlati qo‘llab ovoz 
beradi. To‘rtta davlat – Isroil, AQSh, Marshall orollari va Mikroneziya 
qarshi chiqadi. Manashu rezolyutsiyadan so`ng  BMT da Falasti buyicha 
yangi yo`l ochildi.  3
 AQSh bir tomondan Falastinning BMTga to‘laqonli 
a’zo bo‘lishi mumkinligini gapirsa, ikkinchi tomondan buni umuman 
xohlamaydi. Jumladan, 2010 yilda AQSh prezidenti Barak Obama BMT 
Bosh assambleyasida so‘zlagan nutqida agar Arab-Isroil mojarosida 
kelishuvlarga erishilsa, bir yildan so‘ng Falastin BMTga to‘laqonli a’zo 
bo‘lishi mumkinligi haqida gapiradi. Biroq oradan bir yil o‘tgach, AQSh 
Falastin masalasida umuman teskari ish qiladi. Ya’ni 2011 yil sentabrda 
Falastin BMTga to‘laqonli a’zo bo‘lish uchun navbatdagi arizani 
3
 Bard Mitchell   Б 26  Мифы   и   факты .  Путеводитель по арвбо-израильскому 
конфликту :Митчелл Бард ; пер. [с англ.] А. КУРИЦКОГО — М. : Еврейское слово, 2007. 
141-142 б.
19 topshiradi. Biroq AQSh bu masala Bosh assambleyada ko‘rib 
chiqiladigan bo‘lsa veto qo‘yishini ma’lum qiladi. O‘sha yili Falastin 
YuNeSKOning to‘laqonli a’zosi bo‘ladi. Oradan bir yil o‘tib, 2012 yil 29 
noyabr kuni BMT Bosh assambleyasida Falastinni ushbu tashkilotga 
kuzatuvchi sifatida qabul qilish masalasi ovozga qo‘yiladi. Shunda 138 
ta davlat Falastinni qo‘llab, 9 ta davlat qarshi ovoz beradi.Ular orasida 
AQSh ham bor edi.    41 ta davlat betaraf qoladi. Shu tariqa 1988 yilda o‘z 
mustaqilligini e’lon qilgan Falastin oradan 24 yil o‘tib, mutlaq ko‘pchilik
ovoz bilan BMTda kuzatuvchi maqomiga ega bo‘ladi. Falastin BMTda 
kuzatuvchi maqomini qo‘lga kiritgach, oradan bir necha oy o‘tib, 2013 
yil 5 yanvarda Mahmud Abbos Falastin ma’muriyati nomini Falastin 
davlati deb o‘zgartirish haqidagi farmonga imzo chekadi.
2011 yil 31 oktyabrda BMTning ta’lim, fan va madaniyat masalalari
bo‘limi bo‘lgan YuNeSKO umumiy ovoz berish yo‘li bilan Falastinni o‘z 
a’zoligiga qabul qiladi. Bunga 107 davlat rozi, 52 davlat betaraf, 14 
davlat qarshi bo‘ladi. AQSh, Isroil, Kanada, Germaniya, Avstraliya, 
Shvetsiya kabi davlatlar qarshi chiqqanlar tomonida edi. Sal avval bu 
masala kun tartibiga chiqqanda, AQSh agar Falastin tashkilot safiga 
qabul qilinsa, YuNeSKOga a’zolik badali to‘lamasligini bildiradi. Isroil 
Amerikaning bu ishini qo‘llab-quvvatlaydi. O‘sha paytlarda AQSh 
20 tashkilot uchun yiliga 70 million dollar atrofida mablag‘ ajratar va bu 
tashkilot xarajatlarining taxminan 20 foizi degani edi. Shu o‘rinda savol 
tug‘iladi: Falastin YuNeSKOga to‘laqonli a’zo qilib olinsa, bundan AQSh 
manfaatlariga qanday zarar yetadi? Gap shundaki, YuNeSKO Isroilni 
Falastinning bir qismini bosib olgan bosqinchi davlat deb hisoblaydi va 
hozirgi kunda Isroil nazoratida bo‘lgan Quddus shahrining bir qismini 
ham Falastin hududi deb biladi. AQShga YuNeSKOning mana shu 
pozitsiyasi yoqmaydi va o‘zining Yaqin Sharqdagi eng yaqin ittifoqchisi 
bo‘lgan Isroilning tarafini olib, YuNeSKO bilan kelishmovchilikka bordi.
YuNeSKO bosh qarorgohi.
Foto: stock.adobe.com
O‘shanda, ko‘pchilik AQSh YuNeSKOga pul berishni to‘xtatsa bu 
tashkilotda moliyaviy qiyinchilik yuz berishi va tashkilot AQShga yon 
berishini kutgandi. Ammo YuNeSKO yon berishni istamaydi va agar 
AQSh a’zolik badalini to‘lamasa, uni tashkilot ishlarida ovoz berish 
huquqidan mahrum qilishini e’lon qiladi. AQSh 2011 yildan YuNeSKOga
a’zolik badalini to‘lashni to‘xtatdi. Tashkilot ham o‘z so‘zida turib 
AQShni ovoz berish huquqidan mahrum qiladi. Keyinchalik, 
kelishmovchilik shu darajaga yetdiki, YuNeSKOning o‘ziga yon 
21 berishidan batamom umidini uzgan AQSh 2017 yilda bu tashkilot 
safidan chiqish haqida qaror qabul qildi. 2018 yil 31 dekabrdan boshlab 
AQSh YuNeSKO a’zoligidan rasman chiqib ketdi va shunchaki 
kuzatuvchi maqomida qoldi. Ma’lumot o‘rnida: AQSh 1984 yilda Reygan
boshqaruvi davrida ham YuNeSKOni «AQShga qarshi xatti-harakatlar 
qilganlik»da ayblab, tashkilot safidan chiqqan va 2003 yilda qayta a’zo 
bo‘lgan edi. Voqealar rivojiga ko‘ra, YuNeSKO Falastinni o‘z safiga 
qo‘shib olishi, bundan norozi bo‘lgan AQShning bu tashkilotni 
moliyalashtirishni to‘xtatishi Barak Obama prezidentlik qilgan yillarga 
to‘g‘ri keladi. AQShning YuNeSKO a’zoligidan chiqib ketishi Donald 
Tramp prezidentlikka saylanganidan so‘ng sodir bo‘lgan. Bu shuni 
anglatadiki, AQShda kim va qaysi partiya vakili prezident bo‘lishidan 
qat’i nazar Amerikaning Falastinga nisbatan yuritgan noxolis siyosati 
davom etavergan. Bu holat hanuzgacha davom etib kelyapti.
AQSh prezidenti Kichik Jorj Buo‘sh va Isroil bosh vaziri Shimon Peres.
Foto: alamy.com
2.3. Isroilning BMTdagi faoliyati.
50 yil davomida Isroil BMTning biron bir organiga a'zo bo'lmagan. 2000 yil 
30 mayda Isroil G'arbiy Yevropa davlatlarining mintaqaviy guruhi - WEOG 
(G'arbiy Evropa davlatlarining mintaqaviy guruhi) ga vaqtinchalik a'zo bo'lish 
22 taklifini olganida vaziyat o'zgardi. Isroilga faqat WEOG mintaqaviy guruhiga 
vaqtinchalik a'zo bo'lish taklif qilingan bo'lsa-da, bu BMTda Isroilga nisbatan 
qarshi rezolyutsiyalarga  barham berishga va Isroilning Xavfsizlik Kengashi ishida 
ishtirok etishiga yo'l ochishga yordam beradigan tarixiy qadam edi. Isroil 
BMTning biron bir mintaqaviy guruhi ishida qatnashish imkoniga ega bo'lmagan 
yagona a'zosi edi. O'zining geografik joylashuvi nuqtai nazaridan Isroil Osiyo 
mintaqaviy guruhiga a'zo bo'lishi kerak edi, ammo arab davlatlari Isroilning bu 
guruhda ishtirok etish yo'lini to'sib qo'ydi. Hech qanday mintaqaviy guruhga a'zo 
bo'lmagan Isroil Xavfsizlik Kengashi yoki BMTning boshqa asosiy organlari 
ishida qatnasha olmadi.
WEOG geografik yo'nalish bo'yicha emas, balki G'arb demokratiyasi 
tamoyillariga ega bo'lgan mamlakatlarga mansublik bo'yicha tashkil etilgan yagona
mintaqaviy guruhdir. WEOG guruhi barcha G'arbiy Evropa mamlakatlari va 
Avstraliya, Kanada, Yangi Zelandiya, AQSh va "boshqa" mamlakatlarini 
ifodalovchi 27 a'zodan iborat. Isroilning WEOG a'zosi sifatidagi huquqlari sezilarli
darajada cheklangan. Isroil vaqtinchalik a'zo maqomiga ega bo'lganligi sababli, 
guruhga a'zo bo'lish uchun har to'rt yilda qayta ariza topshirishi kerak. Ikki yil 
davomida Isroil Birlashgan Millatlar Tashkilotining biron bir organidagi bo'sh 
o'rinlarni egallash uchun nomzodlarni taklif qila olmadi va uzoqroq vaqt davomida
Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash kabi BMTning asosiy organlaridagi o'rinlarni 
egallash uchun boshqa davlatlar bilan raqobatlasha olmadi. Isroilning WEOG 
guruhiga a'zoligining dastlabki ikki yilida Isroil vakillariga ham BMT 
Kengashidagi biron- bir lavozimga o'z nomzodini ko'rsatishga ruxsat berilmagan.
Shuningdek, Isroil WEOG tadbirlarida faqat BMTning Nyu- Yorkdagi 
ofisida qatnashishi mumkin. Shu munosabat bilan Isroil WEOG tomonidan 
BMTning Jeneva, Nayrobi, Rim va Venadagi vakolatxonalarida o'tkaziladigan 
muhokama va maslahatlashuvlarda qatnashish imkoniga ega emas. Natijada, Isroil 
ko'plab muhim masalalarni, jumladan, inson huquqlari, irqiy kamsitish va 
hokazolarni muhokama qilishda qatnashmaydi.   Kelajakda Isroil Osiyo mintaqaviy 
guruhiga a'zo bo'lishga umid qilmoqda.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning bo'linmalarida Isroil siyosati tez- tez
tanqid qilinadi, lekin yahudiylar hech qachon hujumga uchramaydi va 
ma'ruzachilar hech qachon antisemitistik ritorika bilan shug'ullanmaydi. 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti irqchilikning deyarli barcha ko`rinishdagi 
holatlarini qoraladi. Irqchilik va uning ko'plab turlariga, jumladan, ksenofobiyaga 
qarshi kurashish uchun dasturlar yaratilgan, ammo antisemitizmga qarshi xuddi 
shunday choralar ko'rish bo'yicha takliflar muntazam ravishda rad etilgan.  BMT 
tashkil etilganidan atigi 50 yil o'tgach, 1998 yil 24 noyabrda "antisemitizm" so'zi 
birinchi marta BMT rezolyutsiyasida, ya'ni Bosh Assambleyaning A / 53/623- sonli
rezolyutsiyasi oxirida "antisemitizm" deb nomlangan. 1970 yilning boshidan 
23 BMTda Falastindagi antisemitizmga qarshi kayfiyati paydo bo'la boshladi. U yerda
hukm surgan jirkanch muhitni ko'rsatadigan bir nechta misollar mavjud:
Talmudda aytilishicha, agar yahudiy har yili yahudiy bo'lmaganning qonini 
ichmasa, u abadiy la'natga duchor bo'ladi" Saudiya Arabistoni delegati Maruf ad- 
Davalibiyning (Maruf al- Davalibiy) 1984 yildagi o`z nutqi bilan BMTning Inson 
huquqlari bo'yicha komissiyasining yig'ilishida xuddi shunday nutq bilan chiqdi, 
1991 yilda Suriya elchisi yahudiylar nasroniy bolalarni qonidan matza tayyorlash 
uchun o'ldirishayotganini aytdi. 1997- yil 11- martda BMTning Inson huquqlari 
bo yicha komissiyasidagi Falastin vakili Isroil hukumati (!) 300 nafar falastinlik ʻ
bolaga inson immunitet tanqisligi virusi (OIV) yuqtirganini da vo qildi. Isroil, 	
ʼ
AQSh va boshqa davlatlar vakillarining e'tirozlariga qaramay, bu qonli tuhmat 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti protokollarida qayd etilgan." 4
  Lekin kiyingi 
yillarda sionizmga qarshi qaratilgan bu rezolyutsiyalar bekor qilindi, bu BMTning 
Isroilga nisbattan netiral ekanini bildiradi.
BMT Bosh Assambleyasi dunyo hamjamiyati nazdida  Yaqin Sharq 
masalasida notug`ri siyosat yuritayotganday ko`rinsada(aslida unaqa emas), BMT 
ning Xafsizlik Kengashi Yaqin Sharq masalasida muvozanatli siyosat olib 
bormoqda. Lekin Xavfsizlik Kengashining Yaqin Sharq bilan bog'liq masalalarda 
harakatlarini sinchiklab tahlil qilish shuni ko'rsatadiki, BMTning ushbu organining 
Isroilga nisbatan munosabati Bosh Assambleyaning munosabatidan deyarli farq 
qilmaydi. Xavfsizlik Kengashi a zoligiga mamlakatlar nomzodlari mintaqaviy 	
ʼ
bloklar tomonidan taklif etiladi. Yaqin Sharq haqida gap ketganda, nomzodlar 
odatda Arab Ligasi a'zolari va uning ittifoqchilari tomonidan belgilanadi. 1949 
yilda BMTga a'zo bo'lgan Isroil hech qachon Xavfsizlik Kengashiga saylanmagan, 
Liganing 16 a'zosi esa bir necha marta saylangan. AQSh tomonidan terrorizmni 
qo llab-quvvatlovchi davlatlar ro yxatiga kiritilgan Suriya 2002-yilda ikki yillik 	
ʻ ʻ
muddatga Xavfsizlik Kengashiga saylangan, 2002-yil iyunida esa bu organning 
prezidenti bo lgan. 	
ʻ Isroil bilan bog'liq masalalar bo'yicha bahslar juda tez-tez bo'lib
turadi. Xavfsizlik Kengashi bir necha bor Isroil davlatining xatti-harakatlarini 
qoralagan, lekin hech qachon FOT ni tanqid qiluvchi yoki arablarning Isroilga 
hujumlarini qoralovchi rezolyutsiyani qabul qilmagan. Bosh Assambleyaning 
navbatdan tashqari sessiyalari juda kamdan-kam hollarda o'tkaziladi, masalan 
Xitoyning Tibetni bosib olishi, Indoneziyaning Sharqiy Timorni bosib olishi, 
Suriyaning Livanni bosib olishi, Ruandadagi qirg‘inlar, Zairdagi g‘oyib bo‘lganlar,
Bosniyadagi dahshatli vaziyat kabi mavzularda sessiya o‘tkazilmagan. Yigirma yil 
davomida bunday sessiyalar asosan Isroilni Falastindagi siyosati uchun 
chaqirilgan.
4
  Бард, Митчелл   Б26 Мифы и факты. Путеводитель по арвбо-израильскому 
конфликту :Митчелл Бард ; пер. [с англ.] А. КУРИЦКОГО — М. : Еврейское 
слово, 2007., 144-б.
24 Bugungi kunda ko`pchilik tarixchilarning fikricha  Birlashgan Millatlar 
Tashkilotida Isroilni qullovchi yagona  kuch bo`lib AQSH ko`rinadi lekin bunday 
emas. Ko'pchilik Qo'shma Shtatlar BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalariga 
veto qo'yish orqali Isroilni doimo qo'llab-quvvatlaganiga ishonadi. Biroq, BMT 
yig'ilishlari bayonnomalaridan ma'lum bo'lishicha, Qo'shma Shtatlar Xavfsizlik 
Kengashi yig'ilishlarida ko'pincha Isroilga qarshi gapirib ham to`radi. Masalan, 
1990 yilda Vashington Xavfsizlik Kengashi tomonidan Isroilni unga qarshi 
harakatlari uchun qoralovchi rezolyutsiya qabul qilinishi uchun ovoz berdi.
Ma'bad tog'idagi tartibsizliklarni tugatish. Rezolyutsiyada "Isroil xavfsizlik 
kuchlari tomonidan sodir etilgan zo'ravonlik harakatlari" nazarda tutilgan bo'lsa-da,
unda Isroil harakatlaridan oldin sodir bo'lgan arab zo'ravonlik harakatlari haqida 
ham hech narsa aytilmagan. 1990 yil dekabr oyida AQSh Isroilni Hamas islomiy 
terror tashkilotining to'rtta yetakchisini chiqarib yuborishda qoralagan davlatlarga 
qo'shildi. Deportatsiya qarori “Hamas” arablar va yahudiylarga qarshi ko‘plab 
jinoyatlar sodir etgani sababli qabul qilingan. Uning so‘nggi jinoyati Isroil qarori 
qabul qilinishidan bir necha kun oldin Yaffadagi zavodda uch nafar Isroil 
fuqarosining o‘ldirilishi edi. BMT rezolyutsiyasida Xamas va uning jinoyatlari 
haqida bir og‘iz so‘z aytilmagan. Buning o'rniga Quddus "bosib olingan" hudud 
deb ataldi, falastinliklarning Isroildan "himoya"ga muhtojligi ta'kidlandi va Jeneva 
konventsiyasini imzolagan davlatlar Isroilning ushbu rezolyutsiya talablariga rioya 
etishini ta'minlashga chaqirildi. Bu birinchi marta Xavfsizlik Kengashining BMT 
a zosi urush qurbonlarini himoya qilish bo yicha Jeneva konventsiyasi (!) ʼ ʻ
talablariga rioya qilishi kerakligi haqidagi qarori edi. 1992 yil yanvar oyida 
Qo'shma Shtatlar Isroilni arablarga va isroilliklarga qarshi zo'ravonlik harakatlari 
sodir etgan terroristik guruhlarning 12 nafar falastinlik a'zosini chiqarib yuborishni 
qoralovchi noxolis rezolyutsiya talablarini qo'llab-quvvatladi. Bu rezolyutsiyada 
Quddus yana "bosib olingan" hudud sifatida tilga olingan, biroq 1991 yil oktyabr 
oyida Falastin radikallari tomonidan to'rtta Isroil fuqarosining o'ldirilishi, chiqarib 
yuborish qaroriga sabab bo'lgan harakatlar haqida hech narsa aytilmagan.
1996 yilda AQSh Saudiya Arabistonidan ilhomlangan rezolyutsiyada Isroilni 
qoralashga qo'shildi. Rezolyutsiyada Isroilning Quddusdagi Ma’bad tog‘idagi Al-
Aqso masjidiga “qo‘shni” tunnel ochganligi qoralangan. Darhaqiqat, tashrif 
buyuruvchilarga Ma'bad tog'idagi butun G'arbiy devorni ko'rish imkonini beruvchi 
bu tunnel musulmon masjidining hech bir joyidan o'tmaydi. Aslida, Isroil tunnel 
ochilishiga qarshi Falastinning zo'ravon noroziliklariga munosabat bildirgani 
uchun qoralandi. Qo'shma Shtatlar 1972 yilgacha, Suriya-Livanning Isroil 
harakatlariga qarshi noroziligi ko'rib chiqilgunga qadar hech qachon veto 
qo'llamagan. 1967 va 1972 yillar orasida AQSh Isroilni tanqid qilgan 
rezolyutsiyalarni qo'llab-quvvatladi yoki qabul qilishdan tiyildi. 1973-2000 yillarda
Xavfsizlik Kengashi 100 ga yaqin rezolyutsiyani qabul qildi, bu rezolyutsiyalarda 
Isroil tanqid qilingan. AQSh atigi 35 rezolyutsiyaga veto qo'ygan, ya'ni shu 
davrning taxminan uchdan ikki qismida Isroilning harakatlarini tanqid qilishni 
yoqlab ovoz berish yoki ko'rsatilgan rezolyutsiyalarni ma'qullashda betaraf bo'lish 
orqali qo'llab-quvvatlagan. 2000 yil iyul oyida Qo'shma Shtatlar o'z siyosatini 
25 o'zgartirdi. Ular Xavfsizlik Kengashining Yaqin Sharqdagi vaziyat bo yicha ʻ
Falastin terrorini qoralamagan har qanday rezolyutsiyasiga veto qo yishlarini e lon 	
ʻ ʼ
qildilar, biroq “XAMAS”, “Islomiy Jihod” va “Al-Aqso shahidlari” batalyonlari 
kabi tashkilotlar terror hujumlari uchun mas ul guruhlar sifatida tilga olinmagan. 	
ʼ
Qo'shma Shtatlar, shuningdek, rezolyutsiyalarda Isroilning istalgan hududdan 
chiqib ketishi xavfsizlik holatiga bog'liqligini va mojaroning har ikki tomoni 
muzokaralar yo'li bilan hal qilishga intilishi kerakligini ta'kidladi." Tegishli 
masalalarni Bosh Assambleyaga yuborish orqali talab qiladi, bunda ixtiyoriy 
(majburiy bo'lmagan) rezolyutsiyalar ko'pchilik ovoz bilan qabul qilinadi, bu holda
Isroilga qarshi deyarli har qanday rezolyutsiya ko'p qiyinchiliksiz qo'llab-
quvvatlanadi. 5
Shuningdek Amerikaning BMTdagi arab ittifoqchilari muntazam ravishda 
AQSh pozitsiyalarini qo'llab-quvvatlaydi. 2001 yilda har bir arab davlati - Saudiya 
Arabistoni va Quvayt vakillari AQSh bilan muhim deb hisoblanishi mumkin 
bo'lgan faqat ikkita rezolyutsiyani qabul qilish uchun ovoz berishdi. Boshqa arab 
davlatlari, jumladan, Iordaniya va Misr hech qachon AQSh bilan rezolyutsiya 
uchun ovoz bermagan. 2000 yilda arab davlatlari muhim masalalarning 70 foizida 
AQShga qarshi ovoz bergan. Bundan farqli o'laroq, Isroil Amerikaning asosiy va 
izchil ittifoqchisi bo'lgan. 2001 yilda Isroil AQSH bilan 100% ovoz berdi. Isroilni 
qo llab-quvvatlash darajasi AQShning Buyuk Britaniya, Fransiya va Kanada kabi 	
ʻ
asosiy ittifoqchilarinikidan yuqori edi. 6
 Bo`lardan ko`rinib turibdiki Yaqin 
Sharqdagi AQSH bilan iqtisodiy hamkor davlatlar va aqishparast siyosatchilar 
AQSH ning BMT dagi Isroilga qarshi quyilgan rezolyutsiyalarda AQSH tarafdan 
turib munosabat bildiradi, garch u arab davlati bo`lsada. Mening nazarimda bu 
holat achinarli hisoblanadi, chunki arab davlatlari orasidagi birlik birinchi o`ring 
chiqmas ekan Yaqin Sharq masalasini BMT ham hal qilolmaydi. Bugungi 
kungacha Isroil BMT chiqargan rezolyutsiyalarga amal qilmasdan kelyapti. 
Bunday qilishiga asosiy sabablardan biri BMT chiqargan rezolyutsiyalar Isroil 
manfaatlariga mos kelmasligi va uni AQSh kabi buyuk davlatlar tomonidan 
qullanilganligi degan xulosaga keldim.
5
  Бард, Митчелл   Б26 Мифы и факты. Путеводитель по арвбо-израильскому  конфликт
:Митчелл Бард ; пер. [с англ.] А. КУРИЦКОГО — М. : Еврейское слово, 2007., 144-145 б.
6
  O ` sha   joyda .  146-bet.
26 2.4. Iroq-Quvayt munosabatlari va Iroq urushlariga Birlashgan Millatlar 
Tashkilotining munosabati.
  30 yil muqaddam Iroq Kuvaytni bosib olib, o‘zi uchun halokatli tugashi 
muqarrar bo‘lgan AQSh bilan qarama-qarshilikni boshlab bergandi. Oq uy 
o‘shanda ilk bor arab davlatlari ishiga aralashishni boshlagan va bu ish hamon 
davom etmoqda.  1988 yilda, Iroq-Eron urushi tugaganidan so‘ng Iroq 
iqtisodiy muammolarga duch kela boshlaydi. Mamlakat Eron bilan 
urishib yurganida Saudiya Arabistoni va Kuvaytdan katta miqdorda qarz 
bo‘lgan, endi o‘sha qarzlarini qaytarishi kerak edi. Urushdan charchab 
chiqqan Iroqda o‘sha qarzlarni qaytarishga yetarli mablag‘ yo‘q edi. Bu 
muammoni yechishda Iroq prezidenti Saddam Husayn agressiv yo‘ldan 
ketadi. U Kuvaytni bahsli hududlardan biri bo‘lgan Rumeyladan 
noqonuniy neft qazib olishda ayblab, undan Iroq-Eron urushi paytida 
berilgan 17 milliard dollar miqdoridagi qarzdan kechishni va yana 2,4 
milliard dollar miqdorida tovon puli to‘lashni talab qila boshlaydi. 
Tabiyki, Kuvayt buni rad etadi.
1990 yil 31 iyul kuni Saudiya Arabistonining Jyezde shahrida o‘zaro 
nizolar yuzasidan Iroq-Kuvayt muzokaralari bo‘lib o‘tadi. Ammo 
muzokara natijasiz tugaydi. Oradan ikki kun o‘tib, 1990 yil 2 avgust kuni
27 Iroq qo‘shinlari Kuvaytga bostirib kiradi, Kuvayt amiri Jobir as-Saboh 
Saudiya Arabistoniga qochib ketadi. Iroq qo‘shinlari Kuvaytni bosib 
olgan kunning o‘zida BMT Xavfsizlik Kengashi 660-sonli rezolyutsiyani 
qabul qiladi. Unda Iroqqa Kuvaytdan o‘z qo‘shinlarini darhol olib chiqib 
ketish talabi qo‘yiladi.
 Iroq BMT talabini rad etdi va Kuvaytni o‘z tarkibiga qo‘shib olib, 
uni o‘zining 19-provinsiyasi deb e’lon qiladi. O‘sha paytda ko‘plab 
xalqaro tashkilotlar va davlat rahbarlari Saddam Husayndan o‘z 
qo‘shinlarini Kuvaytdan darhol olib chiqib ketishni talab qilishadi. U bu 
talablarni e’tiborsiz qoldiradi. Iroq BMT rezolyutsiyasini pisand 
qilmaganidan keyin, AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi 
zudlik bilan Iroqqa qarshi harbiy harakatlar boshlash rejasini tuza 
boshaydi. Rejaga shartli ravishda «Sahrodagi bo‘ron» deb nom beriladi. 
Rejada avval Iroqdagi muhim obektlarga havodan zarba berish, so‘ng 
quruqlikdagi qo‘shinlarni harakatga keltirish belgilangan edi.
28 AQSh armiyasi Kuvayt chegarasi tomon harakatlanmoqda, 1991 yil
yanvar
© AP Photo/DOD Pool/Peter Dejong
1990 yil 7 avgust kunidan boshlab AQSh o‘z harbiylari va harbiy 
texnikalarini Fors ko‘rfaziga ommaviy tarzda jo‘nata boshlaydi. BMT 
o‘shanda Iroqqa qarshi jami 12 rezolyutsiya qabul qiladi 7
. Ularda Iroqqa 
nisbatan iqtisodiy va harbiy sanksiyalar, shuningdek Kuvaytdan 
qo‘shinlarni darhol olib chiqib ketish talablari qo‘yilgandi. Ammo, 
Saddam Husayn bu rezolyutsiyalarga parvo qilmaydi. 
1990 yil 27 noyabrda BMT Iroqqa qarshi harbiy kuch ishlatish 
haqida 678-sonli maxsus rezolyutsiyani qabul qiladi. Unda Iroqqa 1991 
yil 15 yanvargacha Kuvaytdan chiqib ketish uchun so‘nggi muddat 
beriladi. Agar bu shart bajarilmasa, unga qarshi harbiy kuch ishlatilishi 
belgilanadi. Iroqqa qarshi harbiy amaliyotlar olib borish uchun o‘sha 
paytda AQShga yana ko‘plab davlatlar qo‘shiladi va qisqa fursatda 
ularning soni 28ta bo‘ladi. Ittifoqchilar qo‘shinlarga qo‘mondonlik qilish
AQSh generali Norman Shvarskopfga topshiriladi. Iroqqa qarshi xalqaro 
kuchlar tarkibiga bir qator arab davlatlari, jumladan Misr, Suriya va 
Saudiya Arabistoni ham qo‘shiladi.
7
  G‘ayrat Yo‘ldosh   “ «Sahrodagi bo‘ron». AQSh-Iroq birinchi urushi qanday sodir bo‘lgan 
edi?” //kun.uz/uz/news/2020/08/03  
29 «Sahrodagi bo‘ron» amaliyoti rahbari general Norman Shvarskopf
Foto: Eric Cabanis/AFP/Getty Images
Xalqaro kuchlar tarkibida 600 ming askar, 8 mingga yaqin harbiy 
texnika, 2 ming samolyot va ko‘plab harbiy kemalardan iborat katta 
armiya jamlanadi.Harbiy aviatsiyani boshqarish uchun AQShning 9-
havo qo‘shinlari armiyasi qoshida yagona boshqaruv shtabi tuzildi va 
xalqaro kuchlar avitsiyasi ana shu boshqaruv shtabi orqali boshqariladi. 
Iroqqa qarshi xalqaro koalitsiyaning asosiy bazasi Saudiya Arabistoni 
shimolida, Iroq chegarasidan 20-50 kilometr uzoqlikda joylashtiriladi. 
O‘sha paytda Iroq armiyasida 1 millionga yaqin askar, 5 ming tank, 8 
ming minomyot, 700 samolyot va «Yer-Yer» tipidagi 400 kilometrdan 
1200 kilometr uzoqlikkacha ucha oladigan raketalar bo‘lgan. 1991 yil 15 
yanvarda Iroqqa berilgan so‘nggi muddatgacha Saddam Husayn 
Kuvaytdan o‘z qo‘shinlarini olib chiqmaydi. 17 yanvar kuni soat 00:00da
xalqaro kuchlar aviatsiyasi Iroq bo‘ylab keng qamrovli havo hujumini 
amalga oshirishga kirishadi va muhim obektlarga bomba tashlay 
boshlaydi.
30 Ittifoqchilar aviatsiyasi 24 yanvargacha sutkasiga 700-800tadan, 
jami 4700ta parvozni amalga oshiradi. Asosiy aviazarbalar Iroq poytaxti 
Bag‘dod shahri va yana bir qator shaharlardagi muhim obektlarga 
beriladi. Iroq tomoni ham qarab turmaydi va «Al Husayn» va «Al Abbos» 
deb nomlangan «Skad» tipidagi raketalar bilan ittifoqchilarning Saudiya 
Arabistoni hamda Isroildagi bazalariga zarba berishga urinadi. Bu 
turdagi raketalarni Iroqqa urushdan avval SSSR yetkazib bergan edi. Iroq
tomonidan uchirilgan raketalarning bir qismi mo‘ljalga yetib borgan, 
yana bir qismi AQSh harbiy havo kuchlariga qarashli raketa tutqichlar 
tomonidan urib tushirilgan. Olti kunlik havo hujumi natijasida Iroq 
hududidagi aksariyat muhim obektlar vayron qilinadi. Iroqqa havodan 
zarba berish fevral oyida ham davom ettiriladi. Nihoyat 15 fevralda 
Saddam Husayn xalqaro koalitsiyaga Kuvaytdan qo‘shinlarini olib 
chiqishga tayyor ekanini bildiradi. Ittifoqchilar Iroqqa quruqlikdan ham 
hujum qilishga kelishib olishgani tufayli Saddam Husaynning sulh 
haqidagi taklifini e’tiborsiz qoldirib, hujum qilishda davom etishadi.
31 Kuvaytda iroqlik askarlar amerikaliklarga taslim bo‘lmoqda, 1991 yil fevral
© AP Photo/Laurent Rebours
1991 yil 24 fevral kuni xalqaro kuchlar Iroqqa qarshi quruqlikdagi 
harbiy amaliyotlarni boshlaydi. 27 fevral kuni ittifoqchilar tomonidan 
Kuvayt hududi Iroq harbiylaridan tozalanadi va harbiy harakatlar endi 
Iroq hududida davom ettiriladi. 28 fevral kuni Iroq Bosh qo‘mondonligi 
oq bayroq ko‘taradi va shu tariqa «Sahrodagi bo‘ron» operatsiyasi 
yakunlanadi.
Urushning AQSh uchun ahamiyati  «Sahrodagi bo‘ron» operatsiyasida 
xalqaro kuchlarning Iroq ustidan g‘alaba qozonishining AQSh uchun 
ahamiyati juda katta edi.1964-1975 yillarda bo‘lib o‘tgan Vetnam 
urushida mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng xalqaro maydonda AQSh 
32 harbiylarining obro‘si ancha tushib ketgan edi. Iroqqa qarshi urushdagi 
g‘alaba AQSh harbiylariga ana shu ishonchni qaytaradi. Iroq tomoni esa 
bu urushgacha sakkiz yil Eron bilan urushgan, armiyasi chiniqqan edi. 
Ammo, chiniqqan armiya xalqaro kuchlarning havo hujumlari ostida 
«tutday to‘kilib» ketadi.
Tomonlar nima yo‘qotadi?  AQSh boshliq xalqaro kuchlar bu 
urushda 200 nafarga yaqin askardan ayriladi. Ulardan 110 nafari arab 
davlatlari, 88 nafari xalqaro kuchlar tarkibidagi harbiylar edi. 
Shuningdek, ittifoqchilar 26ta uchuvchi apparatidan ayriladi. Shundan 
25tasi texnik xatolar tufayli xalqaro kuchlarning o‘zi tomonidan urib 
tushirilgan. Iroq bu urushda ko‘p narsa yo‘qotadi. Urush tugagandan 
biroz o‘tib G‘arb nashrlarida, bu urushda 100 ming nafar iroqliklar halok
bo‘lgani haqida ma’lumotlar beriladi. Ayrimlar bu urushda Iroq 
tomonidan 200 ming kishi halok bo‘lgani haqida ham yozadi. Bu 
urushda Iroq harbiylaridan qanchasi halok bo‘lgani haqida aniq 
ma’lumotlarni hisoblashning imkoni bo‘lmagan. Norasmiy 
ma’lumotlarga ko‘ra, Iroq armiyasi bu urushda 20-26 ming nafar askar, 
308 samolyot, 1800-3700 tank, 520-2400 zirhli texnika, 1465-2400 
artilleriya qurollari, 100ga yaqin turli hajmdagi kemalar va turli 
rusumdagi havo hujumiga qarshi qurilmalarini yo‘qotgan.Shuningdek, 
xalqaro kuchlar tomonidan Iroq fuqaro aviatsiyasiga tegishli 12ta 
samolyot yo‘q qilingan. Bu urushda Iroq tomonidan uchirilgan «Skad» 
rusumli raketalar tufayli Isroilda ham 15 kishi halok bo‘ladi va ko‘plab 
turarjoylarga zarar yetadi.
Urushning ekologik oqibatlari   Fors ko‘rfazi qirg‘oqlarida sodir 
bo‘lgan bu urush mintaqa uchun haqiqiy ekologik halokatlarni olib 
keladi. Avvaliga Iroq tomonidan Kuvaytga tegishli, keyin esa xalqaro 
kuchlar tomonidan Iroqqa tegishli neft konlari yoqib yuborilishi tufayli 
mintaqa havosi jiddiy zararlanadi va havoni tutun qoplaydi. Havo qora 
tutun bilan zaharlangani uchun kuzda qora rangli yomg‘ir yog‘adi. Ana 
shu zaharli yomg‘ir mintaqadagi 320ta katta-kichik ko‘llar suvini 
zaharlaydi. Oqibatda, o‘sha ko‘llardagi suv jonzotlari nobud bo‘ladi. Har 
ikki tomondan neft ortilgan tankerlarga hujum qilinishi oqibatida, neft 
dengizga oqib ketishi Fors ko‘rfazidagi Iroq, Kuvayt va Saudiya 
Arabistoni hududidagi dengiz sohillari ekotizimiga jiddiy zarar 
yetkazadi. Urush tugaguncha jami 8 million barrel neft dengizga oqib 
33 ketadi. Natijada, ko‘plab dengiz hayvonlari va ularni iste’mol qilgan 30 
mingta turli turdagi qushlar nobud bo‘ladi. Xalqaro tahlilchilarga ko‘ra, 
bu urush natijasida yaqin tarixdagi eng yirik ekologik fojia yuz beradi.
Urushdan so‘ng undirilgan tovon pullari  Urush tugagandan so‘ng BMT 
Xavfsizlik kengashi qoshida tovon puli masalasida maxsus komissiya 
tuziladi. Komissiyaning vazifasi 1990 yil 2 avgustdan 1991 yil 2 
martgacha bo‘lgan davrda Iroq armiyasi bostirib kirishi oqibatida 
jabrlanganlarga tovon puli undirib berish edi. 2007 yilda ushbu 
komissiya tomonidan urushda jabrlanganlardan kelgan 1   543   665ta 
shikoyatni qanoatlantiriladi va Iroq hukumatidan ular foydasiga jami 52 
milliard   386 million AQSh dollari miqdorida tovon puli undirish haqida 
hukm chiqariladi. 2007 yil 1 iyun holatiga ko‘ra Iroq zimmasiga 
yuklatilgan tovon pulidan 22 milliard   81 million dollar mablag‘ BMT 
qoshida ochilgan Iroq neft eksportidan tushadigan mablag‘lar jamg‘arib 
boriladigan fond orqali to‘lab beriladi. Tovon pulining qolgan qismi ham
keyinchalik to‘lab beriladi.
Saddam Husayn nimasiga ishongan edi?  O‘sha paytda Kuvaytni bosib olib, 
uni o‘z davlatining bir bo‘lagi deb e’lon qilgan Saddam Husayn nimaga 
ishonib BMT rezolyutsiyalari va xalqaro hamjamiyatning 
ogohlantirishlarini e’tiborsiz qoldirgan? Bu savolga aniq javob yo‘q. 
Ammo ko‘plab taxminlar bor. Birinchi taxminga ko‘ra, u Iroq-Eron 
urushida o‘z armiyasi ancha toblangan va janglarda tajriba orttirgan, 
shu sababli xalqaro kuchlar tomonidan yo‘llanadigan harbiylarga bas 
kela oladi deb hisoblagan. Yana bir taxminga ko‘ra, o‘sha paytda SSSR 
Afg‘onistonda olib borilgan 10 yillik urushda mag‘lub bo‘lib, o‘z 
harbiylarini olib chiqqaniga uncha ko‘p bo‘lmagan va bu ish ham 
Saddamni ilhomlantirgan. Ya’ni u SSSRdek qudratli davlat harbiylari 
Afg‘onistonda yengilgan ekan, Iroq armiyasi ham AQSh harbiylarini 
mag‘lub eta oladi deb ishongan. Yana bir taxminga ko‘ra, o‘sha paytda 
agar urush boshlanadigan bo‘lsa, SSSR harbiy yordam berishni va’da 
qilib, Saddam Husaynni ishontirgan. Urush boshlangandan so‘ng 
xalqaro hamjamiyat bosimi bilan Moskva o‘z va’dasida turmagan. Nima 
bo‘lganda ham o‘sha paytda Saddam Husayn o‘z kuchiga oshiqcha baho 
berib yuborgan. Aks holda BMT Xavfsizlik kengashining so‘nggi 
ogohlantirishidan so‘ng unda vaziyatni o‘nglash va Kuvaytdan 
qo‘shinlarini olib chiqib ketib, hammasini tinch yo‘l bilan hal qilish 
34 uchun bir yarim oy vaqt bor edi. Bu urush sodir bo‘lgandan biroz o‘tib 
SSSR tarqalib ketadi. AQSh esa urush g‘olibi sifatida jahon siyosiy 
maydonida yana yetakchilikni o‘z qo‘liga oladi.
Iroq Saddam Husaynning manmanligi oqibatida juda og‘ir 
vaziyatga tushib qoladi. Mamlakat xalqaro kuchlarga tegishli avitsiya 
tomonidan vayron qilingani yetmaganday, keyinchalik Iroq bu urushda 
jabrlanganlarga tovon puli to‘lashga majburlanadi. Shuningdek, xalqaro 
hamjamiyat tomonidan Iroqqa nisbatan iqtisodiy sanksiyalar joriy 
qilinadi. Ana shu sanksiyalar tufayli Iroq neft eksport qilishda 
muammolarga duch kela boshlaydi. Sanksiyalarga ko‘ra, Iroqqa neft 
eksport qilishda ma’lum limit joriy qilinadi. Shundan so‘ng Iroq ana shu 
limitda belgilangandan oshiq neft eksport qila olmay qoladi. Buning 
oqibatida mamlakat iqtisodiyoti orqaga ketib, aholining turmush 
darajasi pasayib boradi. AQSh va Iroq o‘rtasida boshlangan qarama-
qarshilik bu urushdan keyin ham davom etadi. Oradan 13 yil o‘tib AQSh 
Iroqqa yana bostirib kiradi. AQSh harbiylari tomonidan Saddam Husayn 
asir olinadi va sud qilinib dorga osib o‘ldiriladi.
III. Xulosa.
Falastin hududlarida va Isroilning o'zida sentyabr oyida 
boshlangan mojaroning yangi bosqichi 2000 yil, mustaqil Falastin 
davlatini e'lon qilishni noma'lum muddatga qoldirdi -bu muammoning 
yagona mumkin bo'lgan yechimi. Bu xulosani tasdiqlash uchun dunyo 
Isroil davlati mustaqilligini e'lon qilganidan keyin 50 yildan ko'proq vaqt
o'tgach paydo bo'ldi va shu bilan BMT Bosh Assambleyasining 181/II-
sonli rezolyutsiyalari qoidalarini amalga oshirishning muqarrarligini 
ko'rsatdi, bu esa uni dolzarb qiladi. Falastin masalasini ko'rib chiqa 
boshladi.“...Britaniya hukumati Falastindagi zo‘ravonlik kuchayib 
borayotganini hisobga olib, BMT Bosh Assambleyasining maxsus 
sessiyasini maxsus komissiya tuzish masalasini ko‘rib chiqishni so‘radi” 
BMT Bosh Assambleyasining birinchi maxsus sessiyasi 1947 yil 28 
aprelda Falastin masalasi bo'yicha o'z ishini boshladi. Britaniyaning 
BMTdagi vakili Aleksandr Kadoganning aytishicha, uning mamlakati 
muammoni hal qilish mas'uliyatini yolg'iz o'zi zimmasiga olmaydi. 
35 BMTga ko'rib chiqish uchun ikkita loyiha taqdim etildi, shu jumladan 
tuzatishlar bilan AQSh loyihasi qabul qilindi.   181/II rezolyutsiyasi 
Falastinning blem haqidagi qarorida hozirgi kungacha o'z huquqiy 
kuchini saqlab kelmoqda. Uning asosida 1948 yil 14 mayda Isroil davlati 
tashkil topdi, uni haqli ravishda izohlaydi ushbu hujjat " Eretz-Isroilda 
yahudiy davlatini yaratishga chaqiruvchi rezolyutsiya "sifatida  Hozirgi 
vaqtda rezolyutsiya Arab mamlakatlari tomonidan tan olingan va lestina
Pa ga nisbatan qabul qilingan choralar jahon hamjamiyati davlatlarining
katta qismi tomonidan ma'qullangan, bu esa bo'lim rezolyutsiyasi 
tamoyillarining qonuniyligi to'g'risida bir ovozdan fik. Biroq, hozirgacha
uning ko'plab qoidalari hayotga tatbiq etilmagan va eng muhimi, Arab 
davlati – Falastin yaratilmagan. Isroil bo'linish to'g'risidagi 
rezolyutsiyani tan olib, uning suverenitetiga asoslanib, o'z taqdirini o'zi 
belgilash huquqini stinlar amalga oshiradigan kunni har tomonlama 
kechiktirishga harakat qilmoqda. Afsuski, "Iroqni buzish" paytida jahon 
siyosatining ikki tomonlama standartlari mavjud xalqaro huquq 
shafqatsizlarcha jazolandi, ammo 1949 yildan boshlab Isroil tomonidan 
BMT rezolyutsiyalari bilan tahqirlashgacha etib borgan prenaga 
barmoqlar bilan qarash". Qarorning Arab mamlakatlari va Isroil 
tomonidan buzilishi ko'plab salbiy oqibatlarga olib keldi, ko'p fazali 
mojaro, uning keyingi bosqichi bugungi kunda ham davom etmoqda va 
181 / II rezolyutsiyaning asosiy qoidasiga qaytgandagina yakunlanishi 
mumkin.
IV. Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Bliznyakov R.A. Резолюция генарьной ассамблеи ООН № 
181/II-"Будушее правительство Палестины" - Основа урегулирования 
Палесино-Израильского конфликта.
2. G‘ayrat Yo‘ldosh   “ «Sahrodagi bo‘ron». AQSh-Iroq birinchi urushi qanday 
sodir bo‘lgan edi?” //kun.uz/uz/news/2020/08/03  
36 3. G‘ayrat Yo‘ldosh   “ Dunyo hamjamiyati uchun o‘gay Falastin – G‘arb 
davlatlarining arab davlatiga nisbatan qilayotgan ikkiyuzlamachiligi”., 2023 
y.   https://kun.uz/uz/14945824
4. Бард, Митчелл   Б26 Мифы и факты. Путеводитель по арвбо-
израильскому конфликт :Митчелл Бард ; пер. [с англ.] А. КУРИЦКОГО
— М. : Еврейское слово, 2007., 144-145 б.
5. SHuhrat Ergashev- XX asr taqdirlarda aks etgan tarix- Toshkent -2013.
37 38

Mavzu: Birlashgan Millatlar Tashkiloti faoliyatida Yaqin Sharq masalasi. Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism: II.1. Birlashgan Millatlar Tashkiloti rezolyutsiyalarida Isroil va Falastin davlatining tashkil topish masalasi. II.2. Dunyo hamjamiyati uchun o`gay Falastin yoxud Falastin muxtoriyatining Birlashgan Millatlar Tashkilotida kuzatuvchi maqomini olishi. II.3. Isroilning BMTdagi faoliyati. II.4. Iroq-Quvayt munosabatlari va Iroq urushlariga Birlashgan Millatlar Tashkilotining munosabati. III. Xulosa. IV. Foydalanilgan adabiyotlar. 1

KIRISH Yaqin Sharq qariyb bir asrdan buyon haqiqiy nizolar uchog`i bo`lib kelmoqda. Bu hududdagi asosiy muammolardan biri Isroil va Falastin muammosi yoki Isroil va Arablar muammosi bugungi kungacha dunyo fonidan tushgan emas. Aynan ushbu mojaroni yechish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi (BMT BA) va BMT Xavfsizlik Kengashi (BMT XK) 1947 yil 29 noyabrida, 1948 yil 11 dekabrida, 1967 yil 22 noyabrida, 1969 yil 10 dekabrida va keyinchalik ko’plab rezolyusiyalar qabul qildi . Arab davlatlari va Isroil o‘rtasidagi   aloqalarning jiddiy keskinlashuv tarixi 1947 yilning 29 noyabr sanasiga borib taqaladi. BMTning maxsus qo‘mitasi Falastinda ikki davlat: ham arab, ham yahudiy davlatini tuzish   bo‘yicha qaror qabul qildi. 1948 yilning 14 may sanasida mustaqil Isroil davlati tashkil topgani e'lon qilindi, ammo Falastin arab davlati tuzilmay qoldi. Natijada bir qancha arab davlatlari Isroilga qarshi urush ochadi. Aynan shu voqealar fonida hozirga qadar hal qilinmay kelinayotgan arab– yahudiy nizosi yuzaga keladi. O‘tgan 70 yildan oshiq vaqt davomida olib borilgan urushlar, muzokaralarning hech qaysisi to‘laligicha tinchlik tiklanishiga olib kelmadi . O‘tgan 70 yil davomida o‘n minglab insonlarning qurbon bo‘lishiga olib kelgan bu nizo goh susayib, goh avj oladi, ammo hech qachon butkul to‘xtamaydi. Falastin jangarilari G‘azo sektoridan turib Isroil shaharlariga raketa zarbalari beradi, TsAXAL (Isroil mudofaa armiyasi) namoyishchilarni o‘ldiradi – bularning bari bugungi kunda, rasman jangovar harakatlar olib borilmayotgan vaqtda bo‘lib o‘tmoqda. AQSh, Rossiya, BMT har doimgidek bu holatdan tashvish bildiradi, maslahatlashuvlar o‘tkazadi, ammo Isroil va Falastin o‘rtasidagi mojaroga barham berilmaydi. 2

3

II. Asosiy qism: 2.1. Birlashgan Millatlar Tashkiloti rezolyutsiyalarida Isroil va Falastin davlatining tashkil topish masalasi. Falastin muammosi xalqaro hayotning keskin masalalaridan biri bo’lib qoldi. Uning keskinligi mandat tizimi davradagi turli kuchlarning o’zaro kurashi bilan bog’liq bo’lganligidir albatta. 1920 yildan boshlab Falastin zamini Buyuk Britaniyaning mandatli territoriyasi. Umuman olganda Angliya mustamlakachi ma’muriyatining jahon urushlari orasidagi siyosati, arab xalqi va sionistlar o’rtasidagi munosabatlarni o’ta keskinlashtirdi. Muammoning murakkab tomoni yana shunda ediki, yahudiylarning immigrasiyasi (ko’chib kelishi) yildan-yilga o’sib boraverdi. 20-yillarning oxirida arablar ommasining Britaniya ma’muriyati va yahudiylar kolonizasiyasiga qarshi chiqishlari qurolli qo’zg’olon darajasiga ko’tarildi. 1929, 1930-1933 yillardagi Falastin arablarining qurolli qo’zg’olonlari o’ta shiddatli bo’lgan. Harbiy kuch yordamida va ba’dabozlik orqali (qonun chiqaruvchi majlisni joriy etish, demokratik erkinliklarni kengaytirish, yahudiylar immigrasiyasini cheklash) Britaniya hokimiyati falastinliklarning qurolli qo’zg’olonlarini bostirishga muyassar bo’ldilar. 1936-1939 yillarda ham mustamlakachi ma’muriyatga qarshi navbatdagi qurolli qo’zg’olon Falastin jamiyatida kuchayib borayotgan keskinlikni yana bir karra namoyon etdi. Falastin arablari, Falastin zaminida milliy davlat barpo etish yo’lida ommaviy kurashga otlandi. London sarosimaga tushib qoldi. Vaziyatni o’rganish maqsadida Falastinda lord Pil boshchiligida qirol komissiyasi 1939 yilning oxirida ish yuritgan edi. Komissiya mandat tizimining zaifligini ta’kidlashga majbur bo’lgan. Mandat tizimi bekor qilinadigan bo’lsa, uning o’rnida xalqaro maqomga ega bo’lgan bir qancha hududlar tashkil topishi maqsadga muvofiq bo’lardi, deb xulosa chiqargan Pil komissiyasi. 4

Pil komissiyasi bergan bu taklif Falastin arablarini qayta qurolli chiqishlarga undadi. Sionistlarni ham Pil komissiyasi ilgari surgan taklif aslo qondirmagan, chunki ular Falastin o’lkasida yahudiy davlati barpo etish maqsadida edilar. 1939 yilning fevral oyida Angliya hukumati «doira stoli» konferensiyasini chaqirdi. Konferensiyada Falastin arablarining turli siyosiy partiyalarning yetakchilari Misr, Iroq, Saudiya Arabistoni, Yaman, Transiordaniya va Yahudiy agentligining vakillari ishtirok etdilar. Falastin hududida uzog’i bilan 10 yil mobaynida yagona arab-yahudiy davlati barpo etish rejasini taqdim etdi. Ushbu rejada yahudiylarning immigrasiyasini qisqartirish ularga yerni sotib olishda cheklovchi choralarni joriy etish nazarda tutilgan. Lekin bu taklifni ham tomonlar, ya’ni arablar va yahudiylar rad etishlari muqarrar edi, chunki ularning pozisiyalari keskin qarama-qarshilikni aks etardi. «Doira stoli» konferensiyasi natijasiz tugaganidan keyin Angliya hukumati «Oq kitob» yoki «Makdonald memorandumi» deb atalmish hujjatda yana bir rejasini keltiradi. Unga muvofiq yahudiy agentligiga 5 yil davomida yahudiylarning cheklangan soni Falastinga ko’chib keltirish huquqi berldi. Ushbu muddat o’tganidan so’ng yahudiylarning keyingi immigrasiyasi qayta muhokama qilinishi kerak bo’lgan. Ammo inglizlarning bu rejasi ham arablar va yahudiylar tomonidan qat’iyan rad etildi. Shu bilan birga sionistlar katta moliya-iqtisodiy, harbiy-siyosiy va tashkiliy imkoniyatlarga ega bo’lgan holda Falastin hududida yahudiylar davlati barpo etish yo’liga kirishadi. 1942 yil may oyida «Biltmor» mehmonxonasida (Nyu-York) sionistlarning navbatdan tashqari konferensiyasi dastur qabul qildi. Unda «Falastinning eshiklari yahudiy immigrantlari uchun ochiq immigrasiyaning amalga oshirilishi nazorati yahudiy agentligiga yuklatiladi. Agentlik o’lkadagi yerlarni o’zlashtirish huquqiga ega bo’ladi. Falastin yahudiylar hamdo’stligiga va yangi demokratik jahonning qismiga aylanishi kerak» degan fikrlar qayd qlingan. 1945 yil mayida yahudiy agentligi o’zining talablarini, Britaniya ma’muriyatiga, quyidagicha bildirgan: «1) Falastinda yagona va bo’linmas yahudiy davlatini barpo etish to’g’risidagi qarorga kelishni; 2) immigrasiyani amalga oshirish nazorati yahudiy agentligi qo’liga 5