logo

Boshlang’ich ona tili darsligida sinonim antonym va ko’p ma’noli so’zlar

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

50.630859375 KB
Boshlang’ich ona tili darsligida sinonim antonym va ko’p ma’noli so’zlar
Reja:
I.Kirish
II.Asosiy qism
1 . Boshlang‘ich sinflarda lug‘at ustida ishlash metodikasi.
2 . 3-sinfda sinonim va antonimlar ustida ishlash tartibi.
3 . 3-sinf ona tili darslarida sinonim va antonimlar ustida ishlash usullari
4 . 3- sinf ona tili darsligidagi sinonim va antonim so‘zlarga doir mashqlar
tahlili.
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1 Kirish
Nutq o‘qitish deganda tilni har tomonlama (talaffuzi, lug‘ati, sintaktik qurilishini,
bog‘lanishli   nutqni)   faol   amaliy   o‘zlashtirish   tushuniladi.   Nutq   o‘stirishda   uch
yo‘nalish aniq ajratiladi .
1) so‘z ustida ishlash,
2) so‘z birikmasi va gap ustida ishlash,
3) bog‘lanishli nutq ustida ishlash.
Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi fanida nutq o‘stirishga doirjuda
ko‘p   ishlar   qilingan.   Bu   ishlar   fonetikani   o‘tishda   nutq   o‘stirish,   imlonio‘tishda
nutq   o‘stirish,   grammatikani   o‘tishda   nutq   o‘stirish   yo‘nalishlarida
amalgaoshirilgan.   Biroq   boshlang‘ich   sinflarda   ma’nodosh   so‘zlar   ustida   ishlash,
ayniqsa,o‘quvchilarni   ma’nodosh   so‘zlarni   o‘z   nutqida   qo‘llashga   o‘rgatish
metodikasiyetarlicha   chuqur   ishlab   chiqilmagan.   Bu   esa   ma’nodosh   so‘zlar
vositasidao‘quvchilar   nutqini   o‘stirishning   samarali   usullarini   ishlab   chiqish   ona
tili   o‘qitishmetodikasi   fani   oldida   turgan   dolzarb   masalalardan   biri   ekanligini
ko‘rsatadi.Bitiruv   malakaviy   ishi   mavzusining   o‘rganilganlik   darajasi.   K.
Qosimova,S.   Matchonov   va   boshqalar   tomonidan   chiqarilgan   “Ona   tili   o‘qitish
metodikasi”darsligida   [30]   ma’nodosh   va   zid   ma’noli   so‘zlar   ustida   ishlash
metodikasi hamdaular ustida bajariladigan mashq turlari bayon qilingan. Darslikda
boshlang‘ichsinflarda   ma’nodosh   so‘zlarga   oid   quyidagi   mashqlar   bajarilishi
aytiladi:
1. Berilgan ma’nodosh so‘zlarni guruhlash.
2. Berilgan so‘zga sinonim tanlash.
3. Tushirib qoldirilgan sinonim so‘zlarni o‘z o‘rniga qo‘yib, matnni ko‘chirish.
4. Ma’nodosh so‘zlardan mosini qo‘yib gaplarni ko‘chirish.
5. Sinonim so‘zlar qatoridan foydalanib didaktik material tuzish va u bilan
2 mashq qilish [30, 313   314].Biroq ona tili o‘qitish metodikasida ma’nodosh va zid‒
ma’noli   so‘zlarnio‘quvchining   faol   lug‘atiga   kiritish   usullari   yetarli   ishlab
chiqilmagan.Tadqiqotning   maqsadi.   Bitiruv   malakaviy   ishimizning   maqsadi
boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar nutqini ma’nodosh va zid ma’noli so‘zlar bilan
boyitishga   doir   samarali   usul   va   mashqlar   tizimini   ishlab   chiqishdan
iborat.Tadqiqot   obyekti.   Boshlang‘ich   sinf   ona   tili   darsliklari   va   boshlang‘ich
sinflarda   bajariladigan   leksik   mashqlar   tadqiqotimizning   obyektini   tashkil   qiladi.
Tadqiqotning   vazifalari.   Tadqiqotimizning   maqsadidan   kelib   chiqib   bitiruv
malakaviy ishida quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko‘zda tutiladi:
1. Ma’nodosh va zid ma’noli so‘zlarning tilshunoslikdagi talqinini tahlil qilish.
2. Boshlang‘ich sinflarda ma’nodosh va zid ma’noli so‘zlar ustida ishlashning
metodik asoslarini bayon qilish.
3. Boshlang‘ich sinf ona tili darsliklaridagi ma’nodosh va zid ma’noli so‘zlarga
doir mashqlarni tahlil qilish.
4.   Boshlang‘ich   sinf   ona   tili   darslarida   ma’nodosh   va   zid   ma’noli   so‘zlar   ustida
ishlash,   jumladan   ma’nodosh   va   zid   ma’noli   so‘zlarni   o‘quvchilarning   faol
lug‘atiga   kiritishga   doir   qo‘shimcha   mashqlar   ishlab   chiqish.   Tadqiqot   metodlari.
Ishimizda   kuzatish,   qiyoslash,   malakali   o‘qituvchilar   tajribasini   o‘rganish   kabi
metodlardan foydalandik. Tadqiqotning metodologik asoslari. Bilish nazariyasi, til
va tafakkurning uzviy bog‘liqligi, o‘quvchini ta`limning faol subyektiga aylantirish
kabi   tamoyillar   bitiruv   malakaviy   ishimizning   metodologik   asosini   tashkil   qiladi.
Ma’nodagi yaqinlikka qarab so‘zlarning sinonimligini belgilab bo‘lmaydi. Chunki
so‘zlarning   ma’no   jihatdan   yaqinligi   har   xil   darajada   bo‘lishi   mumkin   .   Ba’zi
so‘zlar   ma’no   jihatdan   boshqa   so‘zga   juda   yaqin   bo‘lsa,   boshqa   bir   so‘zga
yaqinligi   nisbatan   kuchsiz   bo‘lishi,   yana   bir   so‘zga   ma’no   jihatan   yaqinligi   esa
sezilarsiz   darajada   bo‘lishi   mumkin.   Lekin   har   uch   holatda   ham   (qay   darajada
bo‘lmasin)   ma’no   jihatdan   yaqinlik   bo‘ladi.   Shunga   ko‘ra,   ikki   va   undan   ortiq
3 so‘zning   o‘zaro   sinonimligini   belgilashda   ma’nodagi   yaqinlik   asosga   olinadigan
bo‘lsa,   u   holda   ma’nosi   bir-biriga   juda   yaqin   bo‘lgan   so‘zlar   bilan   birga,   qisman
bo‘lsada   ma’noda   yaqinligi   bor   so‘zlar   ham   sinonim   deb   qaralishi   kerak   bo‘ladi.
Masalan,   kulmoq,   iljaymoq,   jilmaymoq,   tirjaymoq,   irjaymoq,   irshaymoq,
ishshaymoq,   xoxolamoq,   xihilamoq,   he-helamoq,   qahhahlamoq,   piqirlamoq,
qiqirlamoq   so‘zlarning   ma’nosida,   qay   darajada   bo‘lmasin,   yaqinlik   bor.   Lekin
bularning   hammasi   o‘zaro   sinonim   deb   bo‘lmaydi.   Buni   jilmaymoq   bilan
piqirlamoq, qahqahlamoq bilan qiqirlamoq so‘zlarini qiyoslaganda ham aniq sezish
mumkin.Ko‘rinadiki,   so‘zlarning   o‘zaro   sinonimligini   belgilashda   ma’nodagi
yaqinlikni   asosga   olish   to‘g‘ri   bo‘lmaydi,   ya’ni   ma’nodagi   yaqinlik   asosida   ikki
yoki   undan   ortiq   so‘zning   sinonimligini   to‘g‘ri   belgilab   bo‘lmaydi.   Sinonimlarni
belgilashda   so‘z   bildiradigan   tushunchani   asosga   olish   ma’noni   asosga   olishdan
biror afzallikka ega emas, hatto, bu yo‘lni to‘g‘ri deb ham bo‘lmaydi. Asosiy dalil
sifatida shuni aytish kifoyaki, har qanday so‘z tushuncha ifodalay vermaydi, lekin
u ma’noga ega bo‘ladi va tushuncha ifodalamaydigan bunday so‘zlar biror ma’nosi
bilan o‘zaro sinonim  bo‘lishi  mumkin. Masalan,  hamma, barcha,  bari  olmoshlari,
balli, tasanno, ofarin undovlari, istak bildiruvchi zora, shoyad, koshki, so‘zlari va
b. sinonimiya hodisasi faqat leksik birliklarda emas, hatto, affikslarda ham borligi
e’tiborga   olinsa,   bu   masalada   “tushunchaga”asoslanib   ish   ko‘rish   to‘g‘ri
bo‘lmasligi yana ham aniq ko‘rinadi. Xullas, ikki yoki undan ortiq so‘zning o‘zaro
sinonimligini belgilashda ma’noga asoslanish to‘g‘ri yo‘ldir. Shunday ekan, o‘zaro
sinonim   bo‘lgan   so‘zlarning   ma’nodagi   munosabati   qanday   bo‘lishini   belgilash
asosiy   masala   hisoblanadi.   Avvalgi   bo‘limlardan   ma’lumki,   so‘zning   ma’nosi
(semema) ma’lum komponentlardan (semalardan) tashkil topadi. Bundan tashqari,
so‘zning   semantic   strukturasiga   turli   ma’no   ottenkalari,   emotsional   bo‘yog‘I,
stilistik   belgisi,   boshqa   so‘zlar   bilan   bog‘lanish   xususiyati   kabilar   ham   kiradi.
Demak, sinonimlarning ma’nodagi ana shu komponentlar nuqtai nazaridan o‘zaro
munosabati   qanday   ekanini   belgilash   kerak   bo‘ladi.   Sinonim   –   so‘zlar   semantik
strukturasiagi komponentlar ichida ularni o‘zaro birlashtiradigan (sinonim ekanini
belgilaydigan)   va   farqlaydiganlari   bo‘ladi.   Ikki   yoki   undan   ortiq   so‘zni   o‘zaro
4 sinonim qiladigan narsa bu so‘zlar semantik strukturasidagi asosiy qismning, ya’ni
leksik ma’noning bir xilligi, leksik ma’noni yuzaga keltiradigan komponentlarning
(semalarning)   bir   xil   bo‘lishidir.   Shuning   uchun   ham   ikki   yoki   undan   ortiq
so‘zning   o‘zaro   birlashtiradigan   (sinonim   qiladigan   )   ma’nosining   izohi   bir   xil
bo‘ladi.   Masalan,   tez,   ildam,   jadal   so‘zlarining   hammasi   “normadan   yuqori   temp
bilan”degan   ma’noni   bildiradi.   Ularning   har   biri   o‘z   semantik   strukturasida   yana
boshqa   qo‘shimcha   komponentlarga   ega   bo‘lishi   mumkin.   Lekin   hammasining
leksik   ma’nosini   ma’nodagi   “normadan   yuqori   sur’at   bilan”   degan   qism   tashkil
etadi,   ya’ni   hammasining   semantik   strukturasidagi   asosiy   narsa,   leksik   ma’noni
belgilovchi   narsa   ana   shu.   Ma’nodagi   xuddi   ana   shu   umumiylik,   birlik   bilan   tez,
ildam,   jadal   so‘zlari   sinonimlik   hosil   etadi.   Demak,   ikki   yoki   undan   ortiq   so‘zni
o‘zaro sinonim etadigan narsa bu so‘zlar leksik ma’nosining mavjud bo‘lgan bir xil
bo‘lishidir.   Agar   leksik   ma’no   (semema)   bir   xil   bo‘lmasa,   sinonimlik   haqida
gapirish   mumkin   bo‘lmaydi.   Masalan,   qaramoq,   tikilmoq,   termilmoq   so‘zlari,
umuman   olganda,   “biror   narsa   yoki   tomonga   ko‘z-nazarni   yo‘naltirmoq,   ko‘z
tashlamoq”   ma’nosini   bildiradi.   Lekin   termilmoq,   tikilmoq   fe’llari   umuman
“qarash” ma’nosini emas, balki ko‘z olmagan holda bo‘lishni, ko‘z tikkan holatda
bo‘lishni bildiradi. Demak, bularning ma’nosida “ko‘z uzmagan holda, ko‘z tikkan
holda”   komponenti   (semasi)   bor.   Qaramoq,   boqmoq   so‘zlarining   ma’nosida   bu
komponent yo‘q. Ko‘z uzmasdan qarash ma’nosining aniq ifodalanishida qaramoq,
boqmoq so‘zlari boshqa vositalar bilan yoki termilmoq, tikilmoq so‘zlarining o‘zi
bilan   qo‘llanadi:   Shu   vaqtgacha   kallasini   solintirib,   o‘yga   botib   o‘tirgan   otasi
o‘g‘liga   termilib   qaradi   (M.   Ismoiliy).   Qiya   ochilgan   eshikdan   tikilib   qaragan
qizning   endi   ko‘chada   nimchasini   yuziga   pana   qilib   turishi   g‘alati   bo‘lsa   ham,
Elmurod   buning   “qishloq   sharoitiga   mos”   ekanini   angladi   (P.   Tursun).   To‘yib
qarashlaridan   Hayot   sochilar   edi,   Gullar   ochilar   edi   (H.   Olimjon).   Demak,
qaramoq, boqmoq, tikilmoq, termilmoq so‘zlari o‘zaro emas, balki qaramoq bilan
boqmoq   va   termilmoq,   tikilmoq   so‘zlari   o‘zaro   sinonim   bo‘ladi.   Eshitmoq   so‘zi
umuman   biror   ovozning   quloqqa   chalinishi   ma’nosini   ham,   shuningdek   diqqat-
e’tibor   bilan   tinglash   ma’nosini   ham   bildira   oladi.   Tinglamoq   so‘zi   esa   faqat
5 diqqat-   e’tibor   bilan   eshitish   ma’nosini   biliradi.   Demak,   eshitmoq   fe’li   faqat   shu
ma’nodagina   tinglamoq   so‘zi   bilan   sinonim   bo‘la   oladi;   Bu   so‘zlarga   Qosim
cho‘ng   Tebratib   qalin   labin,   Diqqat   bilan   eshitdi   Qodir   oxun   talabin   (G‘ayratiy).
Ahmedov uning so‘zini bo‘lmasdan tek o‘tirib tingladi (A.Qahhor). Demak, bunda
harakat   subyekti   aktiv   bajaruvchi   sifatida   bo‘ladi,   aktiv   bajaruvchi   sifatida   esa
faqat insongina bo‘lishi mumkin. Xuddi shu sababga ko‘ra, aytib o‘tilgan ma’noda
eshitmoq,   tinglamoq   so‘zlari   o‘zlik   daraja   formasida   qo‘llanmaydi.   Quyidagi
misolga   e’tibor   bering:   Bu   shaharning   tubiga   Qulog‘ing   tutsang,   Hali   ham
tinglanadi   Zor   ,   yig‘i   –   ohang   (G‘ayratiy)   Bu   misolda   tinglamoq   fe’li   eshitilmoq
fe’lining   sinonimi   sifatida   noto‘g‘ri   qo‘llangan.   Eshitilmoq   fe’li   biror   ovozning
qulloqqa kirishi, quloqqa chalinishi ma’nosida qo‘llana oladi. Bunda subyekt aktiv
bajaruvchi   bo‘lmaydi.   Demak,   bundda   o‘zaro   sinonim   bo‘lgan   eshitmoq,
tinglamoq   fe’llarining   ma’nosidagi   “diqqat-e’tibor   bilan”   degan   komponent
bo‘lmaydi.   Tinglamoq   so‘zining   ma’nosida   esa   shu   komponent   hamma   vaqt
bo‘ladi.   Binobarin   shu   narsa   aslida   yo‘q   bo‘lsa,   tinglamoq   fe’lini   eshitmoq
fe’lining   sinonimi   sifatida   qo‘llash   to‘g‘ri   bo‘lmaydi.   Yana   faktlarga   murojaat
etaylik.   Bayram   va   hayit   so‘zlari,   umuman   olganda,   biror   munosabat   bilan
bo‘ladigan   umumiy   shodlik,   tantana   kuni   ma’nosiga   ega,   shu   ma’noda   ular
o‘rtasida   umumiylik   bor.   Shunga   ko‘ra   hatto   ularni   badiiy   asarlarda   bir   xil
ma’noda   qo‘llash   hollari   uchraydi:   Quyosh   qo‘shiqlarining   mavjida   suzar,   Kuy,
ijod   bilan   xalq   kutadi   hayit.   Bu   bayram   tarixning   yorqin   kunduzi,   Kunduzni
saqladik tikib jonu tan. (Oybek) Lekin bayram va hayit bir-biridan tamomila farqli
narsalarni   bildiradi.   Hayit   diniy   tushunchani   bildiradi.   Bayram   esa   bunday
xususiyatgaega  emas.  Demak, bayram, hayit  so‘zlarining ma’nosi  bir xil  emas  va
ular   sinonim   bo‘la   olmaydi.   Yonmoq,   kuymoq   fe’llari,   umuman   olganda,
olovlanish   holatini   bildiradi.   Lekin   birinchisida   (yonishda)   alangalanish   bo‘ladi.
Kuyishda esa bo‘lmaydi. Demak, ular shu farqli xususiyatlari  bilan sinonim bo‘la
olmaydi. Ot, umuman olganda, ulov. Lekin u ulovning bir turi. Shu sababli ot va
ulov   so‘zlari   sinonim   bo‘la   olmaydi.   Jomakor   umuman   kiyim   emas,   balki   ish
kiyimi.   Shu   sababli   jomakor   va   kiyim   so‘zlari   sinonim   emas.   Bu   faktlarning
6 hammasi   ikki   yoki   undan   ortiq   so‘zning   sinonimligini   ularning   ma’nosidagi
yaqinlik   yoki   juda   umumiylik   emas,   balki   bir   xillik   belgilanishi   ko‘rsatadi.   Ikki
yoki   undan   ortiq   so‘zning   sinonimligini   belgilashda   leksik   ma’no   bilan   so‘zning
kontekstda   reallashadigan   ma’nosini   farqlash   kerak   bo‘ladi.   Sinonimlik   leksik
ma’noning   bir   xilligiga   ko‘ra   bo‘ladi.   Leksik   ma’no   bilan   kontekstda
reallashaddigan ma’no asosida  sinonimlik hosil  bo‘lmaydi. Misol:  - Madamingov
bundan ikki hafta burun mening akamni o‘ldirdi …- Shunday do‘stim. Endi uning
o‘zini yo‘q qilmasak, seni ham meni ham yeydi (P. Tursun). Misolda yemoq fe’li
“o‘ldirmoq”   ma’nosida   qo‘llangan.   Lekin   uning   bu   ma’nosini   shu   kontekstagina
reallashyapti, ya’ni bu ma’no yemoq so‘zining leksik ma’nosi emas. Shunga ko‘ra,
yemoq   fe’li   o‘lirmoq   fe’li   bilan   sinonim   bo‘la   olmaydi.   Xuddi   yuqoridagi
sabablarga   ko‘ra,   besh   balli   baho   sistemasida   shartli   ravishda   qo‘llanadigan   ikki,
uch,   to‘rt,   besh   so‘zlari   yomon,   o‘rta,   yaxshi,   a’lo   so‘zlariga   sinonim   bo‘la
olmaydi. Ikki, uch, to‘rt, besh so‘zlari shunday leksik ma’noga ega bo‘lmaganidan,
ular   bu   ma’noda   qo‘llanganda,   asosan,   so‘z   bilan   emas,   raqam   bilan   yoziladi   va
ko‘pincha qo‘shtirnoqda (“2”) beriladi. Shuningdek, ko‘pincha ularning izohi ham
keltiriladi:   Uning   uchun   o‘qishda   “2”   –   yomon   bo‘lmasa…   Beshovi   bir   klassda
O‘qisharkan   besh-   a’lo   (P.   Mo‘min).   Sinonimlik   leksik   ma’noning   bir   xilligiga
ko‘ra   bo‘lar   ekan,   o‘z-o‘zidan,   sinonimlar   bir   turkumga   oid   so‘zlar   bo‘ladi   .
Shunga ko‘ra, ma’lum kontektsda bir turkumga oid so‘z boshqa bir turkumga oid
so‘zga xos ma’noda qo‘llansa-da, lekin ular sinonim bo‘la olmaydi: Qani endi yer
bo‘lsa…   Mana   Karim   akani   oling   (N.   Safarov).   Dehqon   yer   bilan   tirik.   Misolda
oling so‘zi “masalan” degan ma’noda qo‘llangan. Lekin olmoq fe’li bilan masalan
so‘zi   sinonim   bo‘la   olmaydi.   Sinonimlik   ma’noga   ko‘ra,   ma’nodagi   bir   xillikka
ko‘ra bo‘lar ekan, o‘z-o‘zidan, ikki yoki undan ortiq so‘zning butunlay sinonimligi
emas,   balki   u   yoki   bu   ma’nosida   sinonimligi   haqida   gapirish   to‘g‘ri   bo‘ladi.
Chunki tildagi so‘zlar bir manoli yoki ko‘p ma’noli bo‘lishi mumkin. Ko‘p ma’noli
so‘zlarning ma’no miqdori har xil bo‘lishi  mumkin, ya’ni ba’zi so‘zlar ikki-uchta
ma’noga, ba’zilari esa juda ko‘p ma’noga ega bo‘ladi. Bunday so‘zlar boshqa ko‘p
ma’noli   so‘z   bilan   ma’lum   bir   ma’nosi   yoki   ma’nolarida   sinonimlik   hosil   etadi.
7 Masalan,   toza,   sof,   beg‘ubor,   musaffo   so‘zlarining   har   biri   ko‘p   ma’noli.   Lekin
ular   faqat   bir   ma’nosida   –   “chang-g‘ubordan   holi”   degan   ma’nosida   o‘zaro
sinonimdir.   Misollar:   To‘ymay   o‘ynar   sho‘x   qushchalar   toza   havoda   (G‘ayratiy).
Tong   yeli   sof   havo   bilan   birga…   sho‘xsoyning   shovullagan   ovozini   keltirmoqda
(H. Nazir). Ko‘p ma’noli so‘zlar birdan ortiq ma’nosida sinonim bo‘lishi mumkin.
Masalan,   alohida,   ayrim   so‘zlari   ko‘p   ma’noli.   Shulardan   uch   ma’nosida   ular
sinonim:   O‘ziga   mustaqil,   boshqalaridan   xoli.   Misol:   Nuri   alohida   xonada   o‘z
o‘rtoqlari   –   obro‘li   oilalarning   qizlari   bilan   o‘tirar   edi   (Oybek).   Tantiboyvachcha
ko‘pdan tanish hovliga – atrofi ayrim-ayrim eshikli xonalar bilan o‘ralgan hovliga
kirdi. Boshqalardan farqli holda, o‘ziga xos. Misol: Past g‘o‘zalarga alohida e’tibor
berilmoqda. Zokir  ota juda tajribali  paxtakor, qo‘li  gul  odam. Unga ayrim  e’tibor
qilish,   shubhasiz   yaxshi.   Boshqalariga   qo‘shmay,   o‘zini   mustaqil   holda.   Misol:
Men   boya   muzokaraga   chiqib   pravleniye   va   uning   raisi   Bo‘taboyning   ishlaridagi
kamchiliklarni tanqid qilganimda maktab masalasini ham qistirib o‘tsam bo‘lar edi,
lekin bu masala alohida qo‘yilganligi uchun qistirmadim. (A. Qahhor) Bu masalani
ayrim hal qilamiz. (P. Tursun) Ikki yoki undan ortiq so‘zning sinonimligi ularning
ma’nosi   asosida   bo‘lar   ekan,   ko‘p   ma’noli   so‘zlar   bir   ma’nosi   bilan   ma’lum   bir
so‘z yoki so‘zlarga, boshqa bir ma’nosi bilan yana ma’lum bir so‘z yoki so‘zlarga
sinonim   bo‘lishi   mumkinligi   tabiiy.   Masalan,   bitirmoq   fe’li   ko‘p   ma’noli.   U
o‘zining har bir ma’nosi bilan boshqa-boshqa so‘zlarga sinonim bo‘ladi. Masalan,
u   quyidagi   ma’nolari   bilan   quyidagi   so‘zlarga   sinonim   bo‘ladi:   1.   Yakuniga
yetkazmoq. Bu ma’nosida bitirmoq fe’li tugatmoq, tugallanmoq fe’llariga sinonim:
Yig‘im-terimni   bo‘lganimizdan   keyin   boshlasak,   sovuq   tushmay   bitiramiz
(A.Qahhor). Bizda ham o‘qishni tugatib uylanish odat bo‘lib qoldi,-dedi Yo‘ldosh
(Shuhrat).   O‘ninchini   tugallagan   yigit-qizlarning   maktabni   bitirish   marosimiga
hozirlik   ko‘rilar   edi.   2.   Ish,   vazifa   va   shu   kabilarni   amalga   oshirmoq,   bajo
keltirmoq. Bu ma’noda bitirmoq fe’li bajarmoq, ado etmoq, o‘tamoq, bajo qilmoq
fe’llariga   sinonim:   Mehnatni   siz   qilingiz,   katta   ishni   ko‘ngildagidek   bitirib
keldingiz. Hozir ko‘klam ekin kompaniyasiga puxta taraddud ko‘rib olgan dehqon
urug‘   yerga   qadayotgan   pallada   qiynalmaydi,   ishni   sifatli   bajaradi   va   boshqalar
8 Yuqoridagilardan   ma’lum   bo‘ldiki,   ikki   yoki   undan   ortiq   o‘zning   sinonimligi
ularda   hammasi   uchun   umumiy   ma’noning   borligiga   ko‘radir.   Biror   so‘zning
boshqa so‘z yoki so‘zlarga sinonimligi har vaqt  konkret bir birlashtiruvchi ma’no
bilan   bo‘ladi.   Birlashtiruvchi   ma’no   o‘zaro   sinonim   bo‘lgan   so‘zlarning
hammasida   bo‘ladi.   Bu   sinonimlarning   birlik   tomoni,   birlik   xususiyatidir.
Birlashtiruvchi ma’no bo‘lmasa, sinonimlik haqida gapirish mumkin emas. O‘zaro
sinonimlik   munosabatda   bo‘lgan   so‘zlar   birlikda   sinonimlik   qatorini   hosil   etadi;
o‘yin, raqs; yanglish, xato, noto‘g‘ri; g‘alaba, zafar, tantana va b. Sinonimlarning
semantik   strukturasida   bir   xil   bo‘lgan   qism,   birlashtiruvchi   leksik   ma’nodan
tashqari  yana boshqa  qismlar  har  bir  sinonima  o‘ziga  xos, boshqasidagidan  farqli
bo‘ladi.   Ana   shu   farqlar   sinonimlardan   har   birining   tilda   yashashini,   tilda   har
birining qo‘llanish o‘rnini ta’minlaydi. Tilda har jihatdan bir - biriga teng bo‘lgan,
har   jihatdan   bir-birini   qoplaydigan   ikki   yoki   undan   ortiq   so‘zning   bo‘lishiga
ehtiyoj yo‘q. ehtiyoj yo‘q ekan, bunday xususiyatli so‘zlar ham bo‘lmaydi. Demak,
tilda sinonimlarning borligining o‘ziyoq o‘zaro sinonim bo‘lgan har bir so‘z o‘ziga
xos   qandaydir   xususiyatga   yoki   xususiyatlarga   egaligini   ko‘rsatadi.   Haqiqatdan
ham   shunday.   Ma’nosi   va   boshqa   xususiyatlari   bilan   bir   –   biriga   juda   teng
keladigan   so‘zlar   asosan   ilmiy   terminlarda   uchrab   turadi:   inqilob,   agitatsiya,
tashviqot;   tema,   mavzu   kabi.   Lekin   bunday   sinonimlar   ham   qandaydir   belgisi,
masalan, qo‘llanish darajasi, eskirganlik yoki eskirmaganligi va sh.k. bilan ma’lum
darajada   farqlanib   turadi.   Agar   hech   qanday   farqli   belgi   bo‘lmasa,   bunday
sinonimlik   o‘tkinchi   holat   bo‘lib,   ma’lum   vaqtlardan   so‘ng   ulardan   biri   shu
ma’noda   iste’moldan   chiqadi.   Tilning   tabiati   shuni   talab   etadi.   Sinonimlarning
o‘zaro  farqli  xususiyatlari  anchagina.   Bulardan  eng  asosiysi   ularning  har   birining
ma’nosidagi   farqli   belgilardir.   Sinonimlarning   o‘zaro   farqli   belgisi,   avvalo,
ularning   ma’no   hajmida,   aniqrog‘i,   ma’no   ottenkasida   ko‘rinadi.   Masalan,   o‘zaro
sinonim   bo‘lgan   so‘zlardan   biri   biron   qo‘shimcha   ottenkaga   ega   bo‘lmasligi,
boshqasi   esa   qandaydir   ottenkaga   ega   bo‘lishi   mumkin.   Misollarga   murojaat
etaylik:   yordamlashmoq,   ko‘maklashmoq,   qarashmoq,   boqishmoq   so‘zlari
“yordam   ko‘rsatmoq”   ma’nosi   bilan   o‘zaro   sinonim.   Bu   sinonimlar   ichida
9 yordamlashmoq   so‘zining   ma’no   hajmi   keng.   U   biron   qo‘chimcha   ottenkaga   ega
emas.   Bu   so‘z   moddiy   jihatdan,   shuningdek   ish-harakat   va   sh.   k.   bilan   yordam
ko‘rsatish   ma’nosida   qo‘llanaveradi.   Ko‘maklashmoq,   qarashmoq,   boqishmoq
so‘zlari   asosan   ish-harakat,   xizmat   bilan   yordam   ko‘ratish   ma’nosida   qo‘llanadi.
Ko‘p, ancha, talay, mo‘l, serob so‘zlari “son-miqori normadan ortiq” ma’nosi bilan
sinonim.   Bulardan   ko‘p   so‘zining   ma’no   hajmi   keng.   U   miqdorning,   sonning
normadan   ortiqligini,   shuningek   ish-harakatning   son-miqdor   jihatdan   normadan
ortiqligini   ham   ifodalaydi:   odam   ko‘p,   vaqt   ko‘p,   suv   ko‘p   kabi.   Mo‘l,   serob
so‘zlari   esa   narsa   miqdorining   normadan   ortiqligini   ifodalaydi   va   konkret
narsalarga   nisbatan   qo‘llanadi.   Ish-harakatning,   shuningdek   vaqtning   miqdoran
normadan ortiqligini ifodalash uchun qo‘llanmaydi. Masalan, suv mo‘l, suv serob
deyilai,   lekin   vaqt   mo‘l,   vaqt   serob   yoki   mo‘l   so‘zladi   eyilmaydi.   Quyidagi
misolda   ham   mo‘l   sozining   qo‘llanishi   noto‘g‘ri:   Shuning   uchun   baxting   mo‘l,
Keng Vataning chaman gul. (P. Mo‘min). Yuvosh, mo‘min, qobil  sinonimlaridan
yuvosh   so‘zi   shaxsga,   shuningdek   hayvonlarga   nisbatan   qo‘llanaveradi.   Mo‘min,
qobil   so‘zlari   faqat   odamga   nisbatan   qo‘llanadi.   Iflos,   isqirt,   irkit,   isliqi,   iqna,
ivirsiq, nopok sinonimlaridan iflos so‘zining ma’no hajmi keng. U toza bo‘lmagan
har   qanday   narsa,   holatga   nisbatan   qo‘llanaveradi.   Isqirt,   irkit   so‘zlari   odam   va
uning kiyim-boshiga nibatan qo‘llanadi. Isliqi asosan kiyim-boshga nisbatan, iqna
odamga nisbatan qo‘llanadi. Ivirsiq joyga nisbatan qo‘llanadi. Ko‘paymoq, ortmoq
sinonimlaridan   ko‘paymoq   asosan   konkret   narsalarga   nisbatan   qo‘llanadi.
Quyidagi   misolda   uning   mavhum   narsaga   (e’tiborga)   nisbatan   qo‘llanishi
noto‘g‘riligi aniq seziladi: Sizlar bo‘lib o‘lkamiz madori, Tobora ko‘paydi e’tibori
(Habibiy). Bu o‘rinda kopaymoq fe’li emas, ortmoq fe’li qo‘llanishi kerak edi va b.
Demak,   sinonimlarning   o‘zaro   farqli   xususiyatlariddan   biri   ularning   qo‘shimcha
ottenkaga   ega   yoki   ega-emasligida   bo‘lib,   bu   xususiyat   shu   sinonimlik   qatoragi
so‘zlarning   qo‘llanish   doirasini,   qo‘llanish   o‘rnini   ham   belgilaydi.   Sinonimlar
bildiradigan   vaqt   ,   harakat,   belgi,   miqdor   kabilarda   ularning   har   birida   belgining
darajasi   har   xil   bo‘lishi   mumkin.   Masalan,   avval,   oldin,   ilgari,   burun,   qadim
sinonimlaridan ilgari so‘zida vaqtning o‘tishiga qarab uzoqlik darajasi avval, oldin
10 so‘zidagidan   ortiq.   Burun   so‘zida   ilgari   so‘zidagiga   nisbatan,   qadim   so‘zida   esa
burun so‘zidagiga nisbatan ortiqroq. Kuch, quvvat, mador, majol, darmon so‘zlari,
asosan,   kuch-quvvatning   normal   holatdan   pastligini   ifodalashda   qo‘llanadi.
Demak,   sinonimlar   bildirgan   belgi   darajasidagi   har   xillik   ham   shu   so‘zlarning
ma’nosidagi   farqli   ottenkalari   hisoblanadi.   Sinonimlar   emotsional   bo‘yoqqa
bo‘lgan   munosabatiga   ko‘ra   o‘zaro   farqlanishi   mumkin.   O‘zaro   sinonim   bo‘lgan
so‘zlarning   ba’zilari   emotsional   bo‘yoqli   bo‘lishi,   ayrimlari   esa   emotsional
bo‘yoqqa   ega   bo‘lmasligi   mumkin.   Emotsional   bo‘yoqli   sinonimlar   salbiy   yoki
ijobiy   emotsiyani   bildirishiga   ko‘ra   ham   o‘zaro   farqlanadi:1)   ijobiy   emotsional
bo‘yoqli   so‘zlar,   2)   salbiy   emotsional   bo‘yoqli   so‘zlar.   Masalan,   bosh,   kalla
sinonimlarida bosh so‘zi emotsional bo‘yoqqa ega emas, kalla so‘zi ko‘proq salbiy
emotsional   bo‘yoq   bilan   qo‘llanadi.   Yuz,   bet,   aft,   bashara,   chehra,   jamol
sinonimlaridan   yuz   va   bet   so‘zlari   emotsional   bo‘yoqqa   nisbatan   neytral,   aft   va
bashara   so‘zlari   salbiy   emotsional   bo‘yoqqa,   chehra,   jamol   so‘zlari   esa   ijobiy
emotsional   bo‘yoqqa   ega.   O‘zaro   sinonim   bo‘lgan   so‘zlar   ma’lum   bir   uslubga
bo‘lgan   munosabatiga   ko‘ra   ham   bir-biridan   farqlanishi   mumkin,   ya’ni   sinonim-
so‘z uslubning ma’lum bir  turiga oid bo‘lishi  yoki uslub nuqtai  nazaridan neytral
bo‘lishi  mumkin. Masalan,  yarashmoq, kelishmoq, ketmoq sinonimlari chiroylilik
va   moslik   jihatidan   yaxshi   (mos)   o‘rinlashmoq,   chiroyli   mos   ko‘rinishli   bo‘lmoq
ma’nosini   bildiradi.   Bulardan   yarashmoq   stilistik   jihatdan   neytral   ,   ketmoq   esa
oddiy   so‘zlashuvga   xos.   Misol:   Do‘stlarining   jilmaygan   yuzlari,   ularning   yangi,
yarashgan   ust-boshlari   uning   hech   qachon   xayoliga   kelmagan   bir   fikrni
shivirlayotgandek   bo‘ldi.   (P.Tursun).   Ammo   bu   ikki   o‘rim   soch   …   juda   ham
o‘ziga   kelishib   tushib,   unga   yana   bir   qayta   ulug‘vorlik   va   oliylik   bag‘ishladilar
(A.Qodiriy).   Shunday   ketiptiki,   lovillaydi-ya,   lovillaydi!   Sinonimlar   ichida
dialektal   xususiyatga   ega   so‘z   bo‘lishi   mumkin.   Masalan,   ovz,   tovush,   un,   sado,
sas,   nido   sinonimlaridan   sas   so‘z,   izlamoq,   qidirmoq,   axtarmoq,   istamoq
sinonimlaridan   istamoq   so‘zi   dialektal.   O‘zaro   sinonim   so‘zlar   qo‘llanish
darajasiga   ko‘ra   farqlanishi,   ya’ni   ba’zisi   keng   qo‘llanishi,   boshqasi   esa   kam
qo‘llanishi   mumkin.   Masalan,   boshqa,   bo‘lak,   o‘zga   sinonimlaridan   boshqa   so‘zi
11 juda   keng   qo‘llangani   holda   bo‘lak   so‘zi   kam   qo‘llanadi.   O‘zga   so‘zi   esa   bo‘lak
so‘ziga   nisbatan   ham   kam   qo‘llanadi.   Sinonimlar   ma’lum   bir   so‘zlar   bilan   birika
olish yoki birika olmasligi, ma’lum erkin yoki turg‘un so‘z birikmalarida qo‘llana
olish   yoki   qo‘llana   olmaslik   xususiyati   bilan   ham   o‘zaro   farqlanishi   mumkin.
Masalan,  ost, tag sinonimlaridan ost  so‘zi  xavf  ostida, qo‘l  ostida, nazorat  ostida,
oyoq   osti   qilmoq   kabi   birikmalarda   qo‘llangani   holda,   bu   birikmalarda   uning
o‘rnida   tag   so‘zini   qo‘llab   bo‘lmaydi.     Sinonimlarning   paydo   bo‘lishi,   so‘zlar
o‘rtasida   sinonimik   munosabatning   rivojlanishida   ham   u   yoki   bu   usul   bilan   so‘z
yasalishi (yangi so‘z hosil qilinishi) muhim rol o‘ynaydi. Yangi so‘z yasalishi bilan
tilda bor bo‘lgan so‘z yoki so‘zlarga sinonim so‘z yuzaga kelibgina qolmay, tilda
o‘zaro   sinonimik   munosabatda   bo‘lgan   so‘zlardan   so‘z   yasalishi   natijasida   yangi
sinonimik qatorlar yuzaga keladi: zavq, maroq, shavq zavqlanmoq, maroqlanmoq,
shavqlanmoq; kam,   oz-kamaymoq,   ozaymoq.   Bu     o‘rinda   aynan   bir   so‘z
(leksema)dan   turli   affikslar   yordamida   yasaluvchi   ma’nodosh   so‘zlarning
sinonimligi masalasiga to‘xtab o‘tishga to‘g‘ri keladi. Ayrim ishlarda aybli-aybdor,
serharakat-harakatchan kabi so‘zlar sinonim emas, bularda so‘z yasovchi affikslar
sinonimiyasi bor deb qaraladi. Lekin bunday so‘zlarning sinonimligini inkor etish
mumkin   emas.   Chunki   bularning   sinonimligini   tan   olmaslik   ulardan   har   birining
mustaqil leksik birlik (alohida so‘z) ekanini tan olmaslik bo‘ladi. Vaholanki, aybli-
aybdor,   xabarsiz-bexabar   kabilarning   har   biri   alohida   so‘z   ekaniga   shubha   yo‘q.
Shunday   ekan,   bularda   affiksal   sinonimiya   haqida   emas,   balki   leksik   sinonimiya
haqida   gapirish   mumkin   bo‘ladi.   Sinonimlarning   yuzaga   kelishida   asosiy
omillardan   biri   so‘zning   ma’no   taraqqiyotidir.   U   yoki   bu   so‘z   yangi   ma’no   kasb
etishi   natijasida   shu   ma’nosi   bilan   tildagi   biror   so‘z   yoki   so‘zlar   bilan   sinonimik
munosabat hosil qilishi mumkin. Masalan, qaytarmoq fe’li aslida avvalgi o‘z o‘rni,
o‘z holiga yo‘naltirmoq (keltirmoq) degan ma’noni bildiradi. Shu ma’nosi asosida
uning   ayni   bir   ish-   harakatni   yana   qilmoq,   ayni   bir   so‘z   (gap)ni   qayta   aytmoq
ma’nosi   kelib   chiqqan.   Natijada   qaytarmoq   so‘zi   xuddi   shu   ma’nosi   asosida
takrorlamoq   so‘zi   bilan   sinonimik   munosabat   hosil   qilgan:   Tabelchi   ham,   xuddi
jo‘rttaga qilganday, uning nomini yo tutilib aytar, yoki chatoq o‘tib, yana takrorlar
12 edi.   (A.Qahhor).   Novikova   uning   tezda   javob   bermaganiga   chindan   ham   e’tibor
qilmagan edi, keyin uning o‘zgarib ketgan avzoyini ko‘rib taajjublandi va savolni
qaytardi.   Ovora   so‘zi   biror   maqsad   yo‘lida,   biror   narsa   ilinjida   kezish   tentirash
holatida   degan   ma’noni   bildiradi.   Bu   ma’nosi   bilan   u   sarson,   sargardon   so‘zlari
bilan sinonim bo‘ladi:   Ma’no taraqqiyoti natijasida ikki yoki undan ortiq so‘z bir
necha   ma’nosida   sinonimik   munosabat   hosil   etishi   mumkin.   Bu   hodisa   ham
sinonimiyaning rivojlanishi hisoblanadi. Masalan, buzilmoq, aynimoq so‘zlari ikki
ma’nosi   bilan   o‘zaro   sinonim:   Sof   (normal)   holatini,   iste’molga   yaroqliligini
yo‘qotmoq, iste’molga yaroqliligi yomonlashmoq ma’nosida: Yo‘q, - dedi onasi, -
choy   aynab   qoladi,   kelishgandan   keyin   damlarsan   (Oydin).   Darhaqiqat,   achigan
qatiq,   -   dedi   va   yana   yalab   ko‘rdi,-   yo‘q,   buzilgan   qaymoqdir   (A.Qahhor).   Xulq-
atvori,   biror   vazifa   (ish)   dagi   xatti-harakati   yomon   (salbiy)   tomonga   o‘zgarmoq
ma’nosida:   Vaqtida   siz   bilan   faxrlanganmiz.   Ammo   keying   yillarda   aynib
qoldingiz,   dimog‘ingiz   ko‘tarilib   ketdi…(Uyg‘un).   Suyar   yoring   aynigan   bo‘lsa,
Kolxozchilar   tarbiya   qilar…(Uyg‘un).   Asramoq,   saqlamoq   so‘zlari   uch   ma’nosi
bilan o‘zaro sinonim: Yomon tasirdan salbiy hodisadan himoya qilmoq ma’nosida:
Shokir   ota:   “Zolimning   zulmidan   o‘zing   asra!”,-deb   Yo‘lchi   uchun   qayg‘uradi
(Oybek).   Yo‘q   bo‘kish   va   shu   kabilarga   yo‘l   qo‘ymay   ehtiyot   holda   tutmoq
ma’nosida:   Yolvorib   so‘rayman   asra   qalbingda,   So‘ndirmagin   chechaklarsimon
(Uyg‘un).   Hozir   namni   to‘la   saqlab   qolish   choralari   ko‘rilayotir.   Biror   maqsad
bilan   uzoq   vaqt   o‘zida   tutmoq   ma’nosida:   Uzum   asramoq.   Mol   saqlamoq.
Tuzukkina   ro‘zg‘orini   o‘zi   tebratib,   sigir-buzoq   va   tovuq   asradi.   Ishqibozlarning
aksariyatida   bunday   qushlarni   saqlashga   xohish   bo‘lmaydi.   Shu   keltirilgan
faktlarning   o‘ziyoq   sinonimlarning   yuzaga   kelishida   so‘zning   ma’no   taraqqiyoti
(yangi ma’no kasb etishi) muhim omillardan ekanini tasdiqlaydi. Shaklan har xil,
ammo   bir   tushunchani   turli   bo‘yoq   va   ottenka   bilan   ifodalaydigan   leksemalar
sinonim   deyiladi.   Sinonim   leksema   orasidagi   munosabat   sinonimiya   yoki
sinonimik   munosabat   deb   yuritiladi.   Sinonim   leksema   sememalaridagi   atash   va
vazifa   semasi   aynan   bir   xil   bo‘lib,   ifoda   semasi   farqlanadi.   Misol   sifatida   [yuz]-
[bet]-[aft]-[bashara]-[turq]   qatorini   keltirish   maqsadga   muvofiq.   Ma'nodoshlik
13 qatoridagi   mazkur  leksemalarning  barchasida  atash   semalari  bir  xil:   «odam  boshi
old   tomoni»,   «peshonadan   iyakkacha».   Ammo   ifoda   semalari   har   bir   leksemada
o‘ziga   xos.   Aniqrog‘i,   «shaxsiy   munosabat»   har   bir   leksemada   boshqa-boshqa
namoyon bo‘lgan. U [yuz] leksemasida «shaxsiy betaraf munosabat» ko‘rinishida
bo‘lsa,   [turq]   leksemasida   «o‘ta   kuchli   shaxsiy   salbiy   munosabat»   tarzida.
Ma'nodoshlik   qatoridagi   leksemalarning   ifoda   semasi   turli-tuman.   Ulardan
ayrimlari quyidagilar:
1) ijobiy yoki salbiy baho yoxud munosabat sema;
2)   leksemaning   qo‘llanish   davrini   ko‘rsatuvchi   sema:   «eskirgan»,   «yangi»,   «o‘ta
yangi», «arxaik», «tarixiy».
3)   leksemaning   qo‘llanilish   doirasini   ko‘rsatuvchi   sema:   «shevaga   xos»,
«so‘zlashuvga xos», «kitobiy», «ko‘tarinkilik» va h.
Ma'nodoshlik   qatoridagi   leksemaning   bittasi   dominanta   (bosh)   leksema   bo‘lib,
boshqalari   shu   leksema   atrofida   birlashadi,   ma'nodoshlik   qurshovi   hosil   qiladi.
Dominanta   leksemaning   yuqorida   sanalgan   barcha   ifoda   semasi   neytral,   betaraf.
Masalan,   [katta]-[ulkan]-[bahaybat]   sinonimik   qatori   «kitobiylik»,   «ko‘tarinkilik»
ifoda   semalari   asosida   tashkil   topgan.   Qatordagi   katta   leksemasida   bu   sema
belgilanmagan   (neytral),   [ulkan]   va   [katta]   leksemalarida   ifodalangan,
oydinlashtirilgan.   Ma'nodoshlik   qatoridagi   dominanta   leksemaning   bir   qancha
o‘ziga xos xususiyati bor:
1)   dominanta   leksemaning   mazmuni   boshqa   leksemalarnikiga   nisbatan
«kambag‘alroq»   bo‘ladi.   Qiyoslang:   [chiroyli],   [go‘zal]   va   [suluv].   Qatordagi
[chiroyli]   leksemasida   [go‘zal]   va   [suluv]   leksemasidagi   ko‘tarinkilik   bo‘yog‘I
yo‘q;
2)   dominanta   leksemaning   qo‘llanish   doirasi   va   miqdori   boshqa
ma'nodoshlarnikiga nisbatan keng va ko‘p bo‘ladi;
14 3) dominanta leksema belgilanmagan ifoda semasiga ega bo‘lganligi bois istalgan
vaqtda o‘z ma'nodoshlarini almashtira oladi;
4)   ma'nodoshlik   qatori   mansub   bo‘lgan   katta   tizimga   faqat   dominanta   leksema
kiradi.   Masalan,   «kishi   tanasi   a'zolari»   lug‘aviy   ma'noviy   guruhiga   [yuz]
dominanta   leksemasi   kirib,   [quloq],   [burun],   [lab],   [qosh],   [peshona]   leksemalari
bilan paradigma hosil qiladi. Boshqa ifoda semasi belgilangan leksema «betaraf»
bo‘lolmaganligi  bois yuqori  paradigmaga kira olmaydi  va uning betaraf  vakili bu
huquqqa ega bo‘la oladi, xolos. Ma'nodoshlik  paradigmasi  doimo ochiq. Jamiyat,
davr   talabi   asosida   keraksizi   iste'moldan   chiqib,   qator   yangilari   bilan   boyib
boraveradi.   Nutqda   ma'nodoshlik   qatorlari   nutqning   atash   birliklari,   iboralar,
mustaqil   leksema   sememalarining   turi,   yasama   so‘z,   so‘z   birikmasi,   nutqiy
ko‘chma   so‘z   bilan   to‘lib,   kengayib   boradi.   Bular   kontekstual   sinonim   sifatida
nutqning   go‘zalligi   va   boyligini   ta'minlovchi   vosita   sanaladi.   Antonimiya
leksemalar   orasidagi   zidlik   munosabatidir:   [katta]-[kichik],  [yosh]-   [qari],  [mitti]-
[ulkan],   [oq]-[qora]   va   hokazo.   Antonim   leksemalarning   umumiy,   birlashtiruvchi
semasi   bilan   bir   qatorda,   qarama-qarshi   semasi   ham   bo‘lishi   lozim.   Masalan,
[katta]   va   [kichik]   leksemalari   umumiy   -   «sifat»,   «ko‘lam»   semasi   bilan   birga,
qarama-qarshi - «nisbatan ortiq» ([katta]) va «nisbatan katta bo‘lmagan» ([kichik])
semasiga   ham   ega.   Yoki   [qish]   -   «yilning   eng   sovuq   fasli»,   [yoz]   -   «yilning   eng
issiq   fasli»,   [kirmoq]   -   «ichkariga   harakatlanmoq»,   [chiqmoq]   -   «tashqariga
harakatlanmoq».   Antonim   leksemalar   asosida   borliqdagi   qarama-   qarshi
hodisaning   in'ikosi   bo‘lgan   qarama-qarshi   tushuncha   yotadi.   Antonim   leksemalar
bir   turga   kiruvchi   giponim   leksemalar:   [issiq]-[sovuq]   (harakat),   [katta]-[kichik]
(hajm), [erkak]-[ayol] (jins) va hokazolar. Antonimlarning mantiqiy asosini ikki tur
qarama-qarshilik tashkil etadi:
a) kontrar qarama-qarshilik;
b)komplementar qarama-qarshilik. 
15 Kontrar   qarama-qarshilik   –   darajalanuvchi   leksema   qatoridagi   tafovutning
farqlarga,   farqning   ziddiyat,   ya'ni   qarama-qarshilikka   o‘sib   borishi   natijasida
birinchi   a'zo   bilan   oxirgi   a'zoning   antonimlashuvi.   Masalan,   [kichik]–[o‘rta]-
[katta],   [yosh]-[o‘smir]-[o‘rta   yosh]-[qari]   kabi.   Bunda   [kichik]   va   [katta],   [yosh]
va [qari] leksemalari daraja qatorining ikki qarama-qarshi qatori a'zolari o‘rtasida
ikki   antonim   a'zo   belgilarini   o‘zida   mujassamlashtirgan   bog‘lovchi   bo‘g‘in.
Yuqoridagi   [o‘rta]   leksemasida   [kichik]   va   [katta]   leksemalarining   qarama-
qarshiligi   so‘nadi.   Demak,   leksemalarning   kontrar   qarama-qarshiligini   ularning
darajalanish   (graduonimik)   qatoridan   izlash   lozim.   Komplementar   antonimiyada
qarama-qarshilik   uchinchi,   oraliq   bo‘g‘insiz   bo‘ladi:   [rost]-[yolg‘on],   [arzon]-
[qimmat], [oson]-[qiyin]. Bu leksemalar orasida oraliq uchinchi leksema yo‘q. 
Antonimlar strukturasiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
1)   har   xil   o‘zakli   antonim:   [katta]-[kichik],   [kirmoq]-[chiqmoq],   [muhabbat]-
[nafrat];
2)   bir   xil   o‘zakli   antonim:   [madaniyatli]-[madaniyatsiz],   [aqlli]-   [aqlsiz],   [ongli]-
[ongsiz].
Fanda   antonimlar   asosan   sifat   va   ravish   turkumiga   xos   degan   hamda   har   xil
o‘zaklilarini   tan   olishdek   tor   tushunish   ham   mavjud.   Hozirgi   kunda   o‘zbek
tilshunosligida   so‘zlararo   ma’noviy   munosabatning   graduonimiya,   giponimiya   va
partonimiya   kabi   yangi   turlari   aniqlangan.   so‘zlarning   ma’no   qirralarini
o‘zlashtirish; 4) ayrim frazeologik birliklarning ma’nosini o‘zlashtirish.
3.   Lug`atni   faollashtirish,   ya   ’   ni   o‘quvchilar   ma’nosini   tushunadigan,   ammo   o‘z
nutq   faoliyatida   ishlatmaydigan   nofaol   lug`atidagi   so‘zlarni   faol   lug`atiga
o‘tkazish.  Buning  uchun   shu  so‘zlar   ishtirokida  so‘z  birikmasi  va  gaplar  tuziladi,
ular o‘qiganlarni qayta hikoyalash, suhbat, bayon va inshoda ishlatiladi.
4.   Adabiy   tilda   ishlatilmaydigan   so‘zlarni   o‘quvchilar   faol   lug`atidan   nofaol
lug`atiga   o‘tkazish.   Bunday   so‘zlarga   bolalarning   nutq   muhiti   ta’sirida   o‘zlashib
16 qolgan   adabiy   til   me'yoriga   kirmaydigan,   ayrim   adabiy   asar   va   so‘zlashuv   tilida
qo‘llanadigan sodda so‘z va iboralar, sheva va ijtimoiy guruhga oid so‘zlar kiradi.
Adabiy   til   me'yori   degan   tushunchani   o‘zlashtirgach,   o‘quvchilar   yuqorida
izohlangan   so‘zlar   o‘rniga   adabiy   tildagi   so‘zlardan   foydalana   boshlaydilar.
Adabiy tilga oid malakalari mustahkamlangan sayin shevaga, jargonga oid so‘zlar,
so‘zlashuv   tilida   ishlatiladigan   sodda   so‘z   va   iboralar   o‘quvchilarning   faol
lug`atidan   chiqib   keta   boshlaydi.O‘quvchilar   lug`ati   quyidagi   manbalar   asosida
boyitiladi va takomillashtiriladi:
1.   Atrof-muhitni:   tabiatni,   kishilarning   hayoti   va   mehnat   faoliyati,   bolalar-   ning
o‘yini  va o‘qish faoliyatini, kattalar  bilan munosabatni  kuzatish.  Tabiat  qo‘yniga,
turli   joylarga,   muassasalarga   ekskursiya   vaqtida   bolalar   narsa   va   hodisalarni
kuzatish   bilan   ko‘pgina   yangi   nom   va   iboralarni   o‘rganadilar.   Bu   ekskursiyalar
yuzasidan   o‘tkazilgan   suhbat   vaqtida   ularning   bilimi   chuqurlash-   tiriladi,   ayrim
so‘zlar ma’nosiga aniqlik kiritiladi. O‘quvchilar lug`atini va nutqini boyitishda eng
ishonarli   manba   badiiy   asarlar   hisoblanadi.   O‘qish   darslarida   o‘quvchilar   Oybek,
H. Olimjon, M. Shayxzoda, G`. G`ulom, H. Hakimzoda, Zulflya, X. To‘xtaboyev,
P.   Mo‘min,   Q.   Muhammadiy,   Sh.Sa’dulla,   Z.Diyor,   N.Fozilov,   T.Adashboyev,
A.Obidjon   kabi   ko‘pgina   so‘z   ustalarining   asarlarini   o‘qiydilar.   O‘zbek   tilini
yuksak   badiiy   obrazlar   yordamida   o‘zlashtiradilar.   O‘qish   darsida   bolalar   lug`ati
ma’lum   mavzularga   oid   so‘zlar   hisobiga   ham   boyiydi.   Ular   lug`atiga   axloqiy
tushunchalarni ifodalovchi yoqimtoy, shirinso‘z, mehribon, haqqoniy, botir, mard,
jasur,   mehnattsevar   kabi   ko‘pgina   so‘zlar   qo‘shiladi.   Matn   ustida   ishlash
jarayonida   ko‘p   ma’noli   so‘zlar,   sinonimlar,   ko‘chma   ma’noda   ishlatiladigan
so‘zlarni,   ba’zi   frazeologik   birikmalarni   bilib   oladilar.   Bolalar   mustaqil   o‘qishga
o‘rganganlaridan  keyin ular  lug`atiga kitob,  gazeta,  jurnal   materiallari   katta ta’sir
qiladi.   Shuning   uchun   ham   sinfdan   tashqari   mustaqil   o‘qish   va   unga   rahbarlik
shakllari   o‘quvchilar   lug`atini   boyitishning,   nutqini   o‘stirishning   eng   muhim
manbalaridan   hisoblanadi.   Maxsus   mashqlar   yordamida   grammatika   va   imloni
o‘rganish   darslari   ko‘pgina   so‘z   va   atamalarni   o‘zlashtirishga   yordam   beradi,
17 o‘quvchilar   predmet,   belgi,   harakat,   sanoq,   tartib   ifodalaydigan   so‘zlarni   bilib
oladilar.   Bu   darslarda   o‘quvchilar   lug`ati   tartibga   solinadi,   so‘z   turkumlarini
o‘rganish   jarayonida   guruhlanadi,   so‘z   tarkibi,   so‘z   yasalishi,   so‘zlarning
o‘zgarishini   o‘rganish   bilan   esa   lug`atga   aniqlik   kiritiladi;   ular   o‘rgangan
so‘zlaridan   o‘z   nutqlarida   foydalana   boshlaydilar,   natijada   lug`atlari   faollashadi.
O‘quvchilar  lug`ati  maxsus lug`aviy-  mantiqiy mashqlar  yordamida ham  boyiydi,
tartibga  tushadi.  Bulardan  tashqari, kinofilm  va  teleko‘rsatuv  matnlari, o‘qituvchi
va  boshqa   maktab  hamda  maktabdan  tashqari   muassasalar  xodimlarining  nutqlari
ham   o‘quvchilar   lug`atini   boyitish   va   takomillashtirish   manbalari   hisoblanadi.
Lug`atni   boyitishda   turli   lug`atlar   juda   foydali   qo‘llanmadir.   Boshlang`ich
sinfo‘quvchilari   uchun   „Imlo   lug`ati"   mavjud.   O‘qituvchi   ma’lumot   uchun   ham,
material   tanlash   uchun   ham   turli   lug`atlardan   (o‘zbek   tilining   sinonimlar,
antonimlar,   frazeologik   lug`atlaridan,   turli   terminologik   lug`atlardan)
muvaffaqiyatli   foydalanadi.   So‘z   ma’nosini   tushuntirish   So‘zlarning   ma’nosini
tushuntirish o‘quvchilar lug`atini boyitadi, nutqini o‘stiradi. Boshlang`ich sinflarda
o‘qitiladigan   fanlarning   atamalari   ham   tushuntirilishi   lozim   bo‘lgan   so‘zlar
qatoriga   kiritiladi.   Atamalarning   ma’nosini   tushuntirish   mazkur   so‘z   anglatgan
tushunchani yaxshi fahmlab olishga yordam beradi. Masalan, predmet atamasining
ma’nosini   tushuntirish   bilan   o‘quvchilar   predmet   keng   ma’noda   qo‘llanishini,
tabiatdagi barcha narsa, hodisa, tushunchalar predmet deyilishini bilib oladilar. Bu
ot,   sifat,   son,   fe’l   kabi   atamalarni   tez   fahmlab   olishda   ularga   yordam   beradi.
So‘zning   ma’nosini   tushuntirish   juda   kam   vaqt   olishi   va   darsning   asosiy
mavzusidan   o‘quvchilar   diqqatini   chalg`itmasligi   kerak.  Buning  uchun  o‘qituvchi
har   bir   darsga   tayyorlanish   jarayonida   ma’nosi   tushuntirilishi   lozim   bo‘lgan
so‘zlarni,   uni   tushuntirishning   eng   qulay   usullarini   va   darsning   qaysi   o‘rnida
tushuntirishni   belgilab   oladi.   O‘qish   kitoblaridagi   matnlarda   birinchi   marta
uchragan,   bolalar   ma’nosini   bilmaydigan   ayrim   so‘zlar   matnni   o‘qishdan   oldin
tushuntiriladi.   Matnni   o‘qish   jarayonida   so‘z   ma’nosini   tushuntirishga   chek
qo‘yish   kerak.   Agar   biror   so‘zni   matnni   o‘qish   vaqtida   tushuntirish   zaruriyati
tug`ilsa,   matn   mazmunidan   o‘quvchilar   diqqatini   chalg`itmagan   holda   shu   so‘z
18 ma’nosi   qisqacha   tushuntiriladi.   Ko‘chma   ma’noda   ishlatilgan   obrazli   so‘zlar   va
badiiy   nutq   birliklari   matn   o‘qilgandan   keyin   tushuntiriladi,   chunki   ularning
ma’nosi   matn   mazmunidan,   kontekstdan   yaxshi   tushuniladi.   Ayniqsa,   masallar
o‘qilganda,   undagi   allegorik,   ko‘chma   ma’noda   ishlatilgan   so‘zlarni   asarni
o‘qishdan oldin yoki o‘qish jarayonida tushuntirib bo‘lmaydi.
3.   3-sinfda sinonim va antonimlar ustida ishlash tartibi
Ma’nodosh   so‘zlar   (sinonimlar)   talaffuzi,   yozilishi   har   xil   bo‘lgan   bir   umumiy
tushuncha(ma’no)   ifodalaydigan   so‘zlardir.   Sinonimlar   bir-biridan   qo‘shimcha
ma’no qirrasi, emotsional bo‘yog`i, qo‘llanilishi jihatidan o‘zaro farqlanadi. Katta,
ulug`, buyuk, zo‘r, azim, ulkan, bahaybat, haybatli, yirik, gigant sinonimik qatorini
tashkil  qilgan  so‘zlardan  katta  so‘zi   keng  tushunchani  anglatib,   aniq  tushunchaga
nisbatan   ham,   mavhum   tushunchaga   nisbatan   ham   ishlatilaveradi.   Ulug`,   buyuk,
zo‘r, azirn, ulkan so‘zlari hajmi ancha katta bo‘lgan narsalarga, bahaybat, haybatli
so‘zlari   esa   o‘lchovi   juda   katta   bo‘lgan   narsalarga   nisbatan   ishlatiladi.   Yirik   kam
ishlatiladi.   Gigant   kitobiy   uslubga   xos   bo‘lib,   asosan   joy,   qurilishga   nisbatan
qo‘llanadi.   Sinonimlar   tilni   leksik   tomondan   boyitadi,   shuning   uchun   bunday
so‘zlar   bilan   ishlash   juda   muhim.   Kishi   lug`atida   sinonimlar   qancha   ko‘p   bo‘lsa,
uning til ifodaliligi shuncha ortadi. O‘zbek tili — sinonimlarga boy til. „O‘zbek tili
sinonimlarining   izohli   lug`ati"   da   katta   so‘zining   11   ta,   marta   so‘zining   13   ta
sinonimi   berilgan.   Boshlang`ich   sinflarda   sinonim   haqida   nazariy   ma’lumot
berilmaydi,   ammo   sinonimlar   haqidagi   tushuncha   amaliy   mashq   yordamida
shakllantiriladi.   Sinonimlar   bilan   ishlash   elementar   tarzda   1-sinfdan   boshlanadi:
o‘quvchilar   berilgan  so‘zning  sinonimini  topishga,  boshqacha   qilib  qanday  aytish
mumkinligini tushuntirishga, 2—3-sinflarda esa berilgan so‘zning 2—3 sinonimini
19 topib   aytishga   o‘rgatiladi.   Boshlang`ich   sinflarda   ma’nodosh   so‘zlarga   oid
quyidagicha mashqlar ishlatiladi:
1.   Berilgan   ma’nodosh   so‘zlarni   guruhlash.   Bunda   bir   so‘z   turkumiga   oid   ikki
sinonimik   qatordagi   so‘zlar   ichiga   bir-ikkita   boshqa   so‘z   kiritib   beriladi.
O‘quvchilar   sinonimlarni   ikki   guruhga   ajratib   aytadilar.   Buning   uchun   so‘zlar
quyidagi   kabi   berilishi   mumkin:   vatan,   maqsad,   diyor,   niyat,   mamlakat,   murod,
yurt.
2.   Berilgan   so‘zga   sinonim   tanlash.   O‘qituvchi   otni   o‘tganda   osmon,   sifatni
o‘tganda   mazali,   fe'lni   o‘tganda   ko‘nikmoq   so‘zlarini   aytadi.   O‘quvchilar   bu
so‘zlarga   sinonim   tanlaydilar:   osmon   —   ko‘k,   samo,   falak;   mazali   —   lazzatli,
laziz, totli; ko‘nikmoq — o‘rganmoq, odatlanmoq, odat qilmoq.
3.   Tushirib   qoldirilgan   sinonim   so‘zlarni   o‘z   o‘rniga   qo‘yib,   matnni   ko‘chirish.
Bunda   yozilishi   kerak   bo‘lgan   sinonim   so‘zlar   ro‘yxati   tekshirish   uchun   beriladi.
O‘quvchilar   sinonimlarni   o‘rniga   qo‘yib,   ularning   qo‘llanilishidagi   farqni
tushuntiradilar.
4. Ma’nodosh so‘zlardan mosini qo‘yib gaplarni ko‘chirish. Buning uchun sinonim
so‘zlar   qatori   qavs   ichida   beriladi,   o‘quvchi   gapning   mazmuniga   mosini   tanlab
gapni   ko‘chiradi:   Daryo   suvini   (bahor,   ko‘klam)   toshirar,   odam   qadrini   (mehnat,
ish) oshirar. Oltin (o‘t, olov, alanga)da, odam (ish, mehnatjda bilinadi. Birlashgan
(yov, dushman) ni qaytarar.
5. Sinonim so‘zlar qatoridan foydalanib didaktik material tuzish va u bilan mashq
ishlash. Buning uchun to‘rtta sinonimik qatordagi so‘zlar tanlanadi va 16 katakka
aralash  joylashtiriladi. O‘qituvchi  shu  katakchalardagi  bir  so‘zni   aytadi. Masalan,
chiroyli.   O‘quvchilar   shu   so‘zga   yaqin   ma’noli   so‘z   (sinonim)ni   katakchalardan
topib   aytadilar:   go‘zal,   dilbar,   sohibjamol,   husndor.   Sinonim   so‘zlar   qatori   bilan
so‘z   birikmasi   tuzadilar:   chiroyli   shahar,   go   'zal   manzara,   sohibjamol   malika   va
hokazo.   Boshlang`ich   sinf   o`quvchilari   antonimlar   bilan   amaliy   tanishtiriladi.
20 Antonimlar ustida ishlash matndan antonimni topishdan boshlanadi, keyin maxsus
mashqlar ishlatiladi:
1. Berilgan so`zlarga antonim tanlash. Otni o`tganda: azob -..., do`stlik-..., oq- ..., -
yoshlik - .., sifatni o`tganda: dangasa - ... , anqov -..., rostgo`y -..., dono -..., kasal
-...,   fe'lni   o`tganda:   kasallandi   -   ...   ,   yondi   -   ...,   boshladi   -   ...   kabi   beriladi.
O`quvchilar   berilgan   otga   rohat,   dushmanlik,   qora,   qarilik;   sifatga   mehnatkash,
hushyor,   yolg`onchi,   nodon,   sog`   fe'lga   sog`aydi,   o`chdi,   tugatdi   antonimlarini
tanlab, jufti bilan yozadilar.
2. Zid ma’noli so`zlarni qatnashtirib gap tuzish. Bunda o`qituvchi antonym tanlab
gap tuzish uchun  so`z beradi, o`quvchilar  berilgan so`zga antonym  tanlaydilar  va
ularni qatnashtirib gaplar tuzadilar.
3. Berilgan gapga antonim topib qo`yish. O`qituvchi „ To 'g`ri odam ... so`zdan or
qilur. Yosh kelsa ishga, ... kelsa oshga. Yaxshi gap — moy, ... gap — loy. Gapni
oz   so`zla,   ishni   ...   ko`zla"   kabi   gaplar   beradi,   o`quvchilar   gap   mazmuniga   mos
antonim topib, gapni o`qiydilar (yoki yozadilar). O`quvchilar lug`atini ma’nodosh
va zid ma’noli so`zlar bilan boyitish o`z fikrini aniq, ravon va ifodali bayon etishga
yordam beradi.
I bob bo‘yicha xulosa
Shaklan har xil, ammo bir tushunchani turli bo‘yoq va ottenka bilan ifodalaydigan
leksemalar   sinonim   deyiladi.   Sinonim   leksema   orasidagi   munosabat   sinonimiya
yoki   sinonimik   munosabat   deb   yuritiladi.   Sinonim   leksema   sememalaridagi   atash
va vazifa semasi aynan bir xil bo‘lib, ifoda semasi farqlanadi. Misol sifatida [yuz]-
[bet]-[aft]-[bashara]-[turq]   qatorini   keltirish   maqsadga   muvofiq.   Ma'nodoshlik
qatoridagi   mazkur  leksemalarning  barchasida  atash   semalari  bir  xil:   «odam  boshi
old   tomoni»,   «peshonadan   iyakkacha».   Ammo   ifoda   semalari   har   bir   leksemada
o‘ziga   xos.   Aniqrog‘i,   «shaxsiy   munosabat»   har   bir   leksemada   boshqa-boshqa
namoyon bo‘lgan. U [yuz] leksemasida «shaxsiy betaraf munosabat» ko‘rinishida
bo‘lsa,   [turq]   leksemasida   «o‘ta   kuchli   shaxsiy   salbiy   munosabat»   tarzida.
21 Boshlang`ich   sinflarda   sinonim   haqida   nazariy   ma’lumot   berilmaydi,   ammo
sinonimlar   haqidagi   tushuncha   amaliy   mashq   yordamida   shakllantiriladi.
Sinonimlar   bilan   ishlash   elementar   tarzda   1-sinfdan   boshlanadi:   o‘quvchilar
berilgan   so‘zning   sinonimini   topishga,   boshqacha   qilib   qanday   aytish
mumkinligini   tushuntirishga,   2 3-sinflarda   esa   berilgan   so‘zning   2-3   sinonimini‒
topib   aytishga   o‘rgatiladi.   Boshlang`ich   sinflarda   ma’nodosh   so‘zlarga   oid
quyidagicha mashqlar ishlatiladi:
1. Berilgan ma’nodosh so‘zlarni guruhlash.
2. Berilgan so‘zga sinonim tanlash.
3. Tushirib qoldirilgan sinonim so‘zlarni o‘z o‘rniga qo‘yib, matnni ko‘chirish.
4. Ma’nodosh so‘zlardan mosini qo‘yib gaplarni ko‘chirish.
5. Sinonim so‘zlar qatoridan foydalanib didaktik material tuzish va u bilan
mashq   ishlash.     “Yaproqlar,   chorlaydi   so‘zlarini   qaysi   so‘zlar   bilan   almashtirish
mumkin?”   O‘quvchilar   yaproqlar   so‘zini   barglar   so‘zi   bilan,   chorlaydi   so‘zini
chaqiradi   so‘zi   bilan   almashtirish   mumkinligini   aytadi.   Bu   topshiriqni   bajarish
orqali   o‘quvchilarda   ma’nodosh   so‘zlar   haqidagi   dastlabki   tasavvur   hosil   bo‘ladi,
ya’ni
ular ayni bir ma’noni birdan ortiq so‘z bilan ifodalash mumkinligini anglaydi. 154-
mashqda   “Zarif   va   Zafar”   sarlavhali   matn   berilgan   bo‘lib,   matndan   keyin
ma’nodosh   so‘zlarga   doir   topshiriq   berilgan.   Matn   quyidagicha:   Zarif   shaharda
yashaydi.   U   qishloqdagi   xolasining   uyiga   bordi.   Uyerda   Zarif   Zafar   akasiga
yordamlashdi.   Matndan   keyin   quyidagicha   topshiriq   berilgan:   “Ko‘chiring.
Yordamlashdi   so‘ziga   ma’nodosh   so‘zlar   toping.”   O‘quvchilar   yordamlashdi
so‘ziga ma’nodosh bo‘lgan ko‘maklashdi,  qarashdi, yordam  berdi so‘zlarini topib
aytadi. Bu mashq o‘quvchilarni berilgan so‘zga mustaqil ravishda ma’nodosh so‘z
topishga o‘rgatishga mo‘ljallangan. 178-mashqda ikki gapdan iborat matn beilgan.
Matn   quyidagicha:   Maktub   tashuvchi   kabutar   haqida   eshitganmisiz?   Ular   bir
22 yurtdan   ikkinchi   yurtga   xat   tashiydi.   Matndan   keyin   quyidagicha   topshiriq
berilgan:   K   2-sinf   ona   tili   darsligida   [31]   ma’nodosh   so‘zlarga   doir   ikkita   mashq
berilgan   (181-,   241-mashqlar).   181-mashqda   to‘rtta   gap   berilgan   bo‘lib,   gaplarda
ma’nodosh so‘zlar qavs ichida berilgan. Mashqning sharti quyidagicha: ”Gaplarni
o‘qing.   Qavs   ichida   berilgan   so‘zlardan   mazmuniga   mosini   tanlab,   maqollarni
yozing”. Mashqda quyidagi gaplar keltirilgan : 1. Daraxt (bargi, yaprog‘i) bilan
ko‘rkam, odam (ishi, mehnati) bilan ko‘rkam. 2. Daryo suvini (bahor, ko‘klam)
toshirar, odam qadrini (ish, mehnat ) oshirar. 3. (Ko‘klam, bahor) ko‘rkam fasl. 4.
Duo bilan (el, xalq) ko‘karar, yomg‘ir bilan (yer, zamin) 
O‘quvchilar o‘qituvchi yordamida mashqni quyidagicha bajaradi:
Daraxt yaprog‘i bilan ko‘rkam, odam mehnati bilan ko‘rkam. 2. Daryo suvini
bahor toshirar, odam qadrini mehnat oshirar. Bahor – ko‘rkam fasl. Duo bilan el
ko‘karar, yomg‘ir bilan yer ko‘karar.
Mashqning shartida ma’nodosh so‘zlar atamasi ishlatilmay, yaqin ma’noli
so‘zlar atamasidan foydalanilgan. Chunki boshlang‘ich sinflarda ma’nodosh
so‘zlar haqida nazariy ma’lumot berilmaydi.
Bu mashq o‘quvchilarda ma’nodosh so‘zlar haqida tasavvur hosil qilish va
ularni berilgan ma’nodosh so‘zlardan mosini tanlashga o‘rgatishga mo‘ljallangan.
Mashqning kamchiligi shuki, ayrim gaplarda qavs ichida berilgan ikkala
so‘zni ham qo‘llash mumkin. Masalan, 2-,3-gaplarda bahor so‘zini ham, ko‘klam
so‘zini ham ishlatish mumkin. 4-gapda esa qavs ichida berilgan el so‘zidan ham,
xalq so‘zidan ham foydalanish mumkin. Binobarin, o‘quvchi “Nima uchun u
so‘zni emas, bu so‘zni ishlatish kerak?” deb savol bersa, o‘qituvchi bu savolga
23 javob bera olmaydi. Shuning uchun mashqda shunday ma’nodosh so‘zlarni berish
kerakki, ular bir-biridan hissiy ma’no bo‘yog‘i, uslubiy xoslanishi va hokazo
jihatdan farq qilsin. Berilgan gap mazmuniga aynan bittasi mos bo‘lsin.
241-mashqda tez aytish berilgan. O‘ktam ko‘m-ko‘k ko‘rkam ko‘klam rasmini
ko‘m-ko‘k qalamda chizdi.
Mashqning topshirig‘ida shunday savol berilgan: Ko‘klam so‘zining ma’nosi
yaqin qaysi so‘z bilan almashtirish mumkin?
Bu savol shaklidagi topshiriq o‘quvchida berilgan so‘zga mustaqil ravishda
ma’nodosh so‘z topish qobiliyatini shakllantirishga qaratilgan.
3-sinf “Ona tili” darsligida [27] ma’nodosh so‘zlarga doir to‘rtta mashq
berilgan. Darslikdagi 31-mashqda Po‘lat Mo‘minning she’ri berilgan. She’rda
ayrim so‘zlar ajratib ko‘rsatilgan. Mashqning sharti quyidagicha: Ajratib
ko‘rsatilgan so‘zlarni alifbo tartibida yozing. Ularga yaqin ma’noli so‘zlar toping.
Bu mashq o‘quvchilarni berilgan so‘zlarga mustaqil ravishda ma’nodosh so‘z
topishga o‘rgatishga bag‘ishlangan. Bunday mashqlarni bajarish uchun
o‘quvchilarga ma’nodosh so‘zlar lug‘ati kerak bo‘ladi.
“Sifat yasovchi qo‘shimchalar” mavzusida 262-mashq berilgan bo‘lib, u ham
ma’nodosh so‘zlar ustida ishlashga bag‘ishlangan. Mashqning sharti quyidagicha:
“Otlarga xos belgini bildirgan sifatlarni tanlab gaplarni o‘qing va yozing.
Sifatlarning tagiga to‘lqinli chiziq chizing ”. Mashqda quyidagi gaplar berilgan: 1.
(Zo‘r, qudratli) kran (vazmin, og‘ir) yuklarni bemalol ko‘taradi. 2. (Yoqimli,
24 mayin) shamol (ko‘k, yashil) yaproqlarni silkitdi. 3. (Tor, kichik) uyga sig‘magan
odam (keng, katta) hovliga ham sig‘maydi.
O‘quvchilar bu mashqni quyidagicha bajaradi:
1.Qudratli kran og‘ir yuklarni bemalol ko‘taradi. 2. Mayin shamol yashil
yaproqlarni silkitdi. 3. Tor uyga sig‘magan odam keng hovliga ham sig‘maydi.
Birinchi gapda qudratli so‘zining ishlatilishiga sabab shuki, birinchidan, zo‘r
so‘zi asosan inson va hayvonga nisbatan ishlatiladi (zo‘r yigit, zo‘r ot),
ikkinchidan, bu so‘z ko‘p ma’noli. Qudratli so‘zi kranning belgisini aniq
ifodalaydi. Og‘ir so‘zini qo‘llashga sabab vazmin so‘zi o‘zbek tilida asosan
tabiatan bosiq degan ma’noda qo‘llanadi (vazmin yigit). Ikkinchi gapda mayin
so‘zining ishlatilishi gapning umumiy mazmuni bilan bog‘liq. Yoqimli so‘zi
ishlatilsa, shamolning insonga daxldorligi ifodalanishi kerak edi. Masalan: Yoqimli
shamol yuzlarimizni ohista siypalar edi tarzida. Uchinchi gapda tor, keng
so‘zlarning ishlatilishiga sabab bu gapda sig‘moq so‘zi ishlatilganligidir. O‘zbek
tilining izohli lug‘atida tor so‘zining bir ma’nosi “hajmi, sig‘imi uncha katta
bo‘lmagan; siqiq” deb berilgan [151]. Keng so‘zining ma’nosi esa “ichi, ich hajmi,
sig‘imi, sathi katta” deb izohlangan. [,351].
Bu mashq o‘quvchilarni nutqda ma’nodosh so‘zlardan mosini tanlab ishlatishga
o‘rgatishga mo‘ljallangan.
3-sinf darsligidagi “Fe’l ” mavzusida ham ma’nodosh so‘zlarga doir mashqlar
berilgan. (291-, 292-mashq). 291-mashqning sharti quyidagicha: “O‘qing. Berilgan
25 fe’llarga yaqin ma’noli fe’llar tanlang va ularni birgalikda yozing”. Mashqda
quyidagi so‘zlar berilgan: sevinmoq, sog‘aymoq, tugatmoq, asramoq, yugurmoq,
yig‘moq. Mashq matnidan keyin foydalanish uchun quyidagi so‘zlar berilgan:
tuzalmoq, quvonmoq, bitirmoq, chopmoq, saqlamoq, to‘plamoq.
O‘quvchilar mashqni quyidagicha bajaradi: Sevinmoq-quvonmoq, sog‘aymoq-
tuzalmoq, tugatmoq-bitirmoq, asramoq-saqlamoq, yig‘moq-to‘plamoq.
Bu mashq berilgan so‘zga ma’nodosh topishga o‘rgatishga mo‘ljallab tuzilgan.
Bu mashq orqali o‘quvchilar ayni bir harakat ma’nosi bir necha so‘z bilan
ifodalanishini bilib oladi. Biroq bu mashqda ma’nodosh so‘zlarning farqini
anglatishga doir topshiriq berilmagan. Bu mashqqa ma’nodosh so‘zlarning farqini
anglashga doir, shuningdek, ma’nodosh so‘zlarni nutqda qo‘llashga doir
topshiriqlar ham berilsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi.
292-mashqning sharti quyidagicha: “O‘qing. Qavs ichida berilgan so‘zlardan
mosini qatnashtirib, gap tuzing va yozing”. Mashqda quyidagi gaplar berilgan:
1.Chegarachilar tinchligimizni (qo‘riqlaydi,saqlaydi,asraydi). 2.Men uy ishlarida
oyimga (qarashaman, yordamlashaman, ko‘maklashaman). 3.Jahon xalqlari
tinchlikni (xohlaydi,istaydi,tilaydi). 4.Poyezd soat 10 da (ketadi, jo‘naydi).
O‘quvchilar mashqni quyidagicha bajaradi:
Chegarachilar tinchligimizni qo‘riqlaydi.
2.Men uy ishlarida oyimga qarashaman.
3. Jahon xalqlari tinchlikni istaydi.
26 4. Poyezd soat 10 da jo‘naydi.
Bu mashq o‘quvchilarda sinonimik qator ichidan gap mazmuniga mosini
tanlab ishlatish ko‘nikmasini shakllantirishga qaratilgan. O‘quvchilar o‘qituvchi
yordamida ma’nodosh so‘zlarni tahlil qilib, farqini aniqlaydi. Shundan keyin ular
ichidan gap mazmuniga mosini tanlab ishlatadi.
Darslikdagi 300-mashq ham ma’nodosh so‘zlar ustida ishlashga
bag‘ishlangan. Mashqning sharti quyidagicha: “Qavs ichidagi qaysi fe’l jonivorlar
harakatiga mos kelishini aniqlab gaplarni o‘qing”. Mashqda quyidagi gaplar
berilgan :
Musicha tarnovga (qo‘ndi, o‘tirdi).
Tovuqlar (donlayapti, ovqatlanayapti).
To‘rtko‘z uychasidan (qarayapti, mo‘ralayapti).
Mushuk quyosh nurida (yayrayapti, rohatlanyapti).
O‘quvchilar mashqni quyidagicha bajaradi:
Musicha tarnovga qo‘ndi. 2. Tovuqlar donlayapti. 3. To‘rtko‘z uychasidan
qarayapti. 4. Mushuk quyosh nurida rohatlanayapti.
Birinchi gapda qo‘ndi so‘zining qo‘llanilishiga sabab shuki, qo‘nmoq so‘zi
qushlarga xos harakatni bildiradi. O‘zbek tilining izohli lug‘atida qo‘nmoq
so‘zining birinchi ma’nosi “uchishdan to‘xtab, yerga yoki biror narsaga o‘tirmoq,
tushmoq” deb izohlangan (,409). O‘tirmoq so‘zi esa insonga nisbatan ishlatiladi.
Ikkinchi gapda donlayapti so‘zining qo‘llanishiga sabab donlamoq so‘zining
27 qushlarga xos harakatni bildirishidir. O‘zbek tilining izohli lug‘atida donlamoq
so‘ziga “donlarni terib yemoq (qushlar haqida) ” deb izoh berilgan (, 644).
Ovqatlanmoq so‘zi esa ovqat so‘zidan yasalgan bo‘lib, insonga xos harakatni
bildiradi. Uchinchi gapda qarayapti so‘zining ishlatilashiga sabab shuki,
mo‘ralamoq so‘zi “to‘siq, tirqish, teshik orqali”(,669) degan ma’noni ifodalaydi.
To‘rtko‘z esa uyachasida to‘g‘ridan- to‘g‘ri qarab turibdi. To‘rtinchi gapda
rohatlanmoq so‘zining ishlatilishiga sabab shuki, yayramoq so‘zi “o‘zini erkin his
qilgan, o‘ynab – kulgan holatda bo‘lmoq: yozilmoq, maza qilmoq” (,100) degan
ma’noni anglatadi. Mushuk esa quyosh nurida toblanib, rohatlanib o‘tiribdi. Bu
mashq o‘quvchilarda ma’nodosh so‘zlarning farqini tushuntirish va gapda ularning
mosini tanlab ishlatish ko‘nikmasini shakllantirishga mo‘ljallab tuzilgan. Bunday
mashqlar o‘quvchilar nutqining aniq bo‘lishiga hamda leksik uslubiy xatolarning
oldini olishga yordam beradi.
337-mashq ham ma’nodosh, ham zid ma’noli so‘zlar ustida ishlashga
bag‘ishlangan. 
Mashqning topshirig‘i quyidagicha: “Ma’nosi yaqin so‘zlarni chiziqcha orqali
yonma-yon yozing. Ajratilgan so‘zlarga qarshi ma’noli juftini topib yozing. Bu
so‘zlar qaysi so‘z turkumiga kiradi?”
Shuni aytish kerakki, she’rda “ma’nosi bir so‘z” deb berilgan hamma so‘z
ham ma’nodosh emas. Masalan, baland so‘zi tepalik so‘ziga sinonim bo‘lolmaydi.
Chunki baland so‘zi belgini bildirsa, tepalik o‘zi shu belgiga ega bo‘lgan joyni
28 anglatadi. Ensiz so‘zi ham qisqa so‘ziga ma’nodosh emas. Ensiz so‘ziga “O‘zbek
tilining izohli lug‘ati”da “eni uncha katta bo‘lmagan; kambar, tor”deb izoh
berilgan ( ,41). Qisqa so‘ziga esa “bo‘ylama o‘lchami, uzunligi uncha katta
48
bo‘lmagan; katta” deb izoh berilgan ( , 310). Bu so‘zlarning farqini ularni ayni bir
so‘z bilan biriktirib, qiyoslasak aniq ko‘ramiz. Masalan, qisqa yo‘l- uzoq
bo‘lmagan yo‘l, ensiz yo‘l – tor yo‘l. Oymomo ham shamsiqamar so‘ziga emas,
qamar so‘ziga ma’nodosh.
O‘qituvchi mashqni bajarishda o‘quvchilarga ana shu xatoliklarni
tushuntirishi kerak.
Darslikdagi 381-mashq ham ma’nodosh so‘zlar ustida ishlashga
bag‘ishlangan. Mashqning sharti quyidagicha: “Berilgan so‘zlarga ma’nodosh
(yaqin ma’noli) so‘zlar toping. Ma’nodosh otlarni alohida, ma’nodosh sifatlarni
alohida, yonma-yon yozing”. Mashqda quyidagi so‘zlar berilgan: Toza, tiniq,
do‘st, quvnoq, ovoz, go‘zal, shabada, yaproq, katta, quyosh.
O‘quvchilar mashqni quyidagicha bajaradi:
Xulosa
O‘quvchilar nutqini o‘stirish maktabda ona tili o‘qituvchining asosiy vazifasi
hisoblanadi. Boshlang‘ich sinflarga nutq o‘stirish ona tili o‘quv fanining barcha
bo‘limlariga amalga oshiriladi. Shuning uchun boshlang‘ich sinflar ona tili
dasturining bo‘limlari “Xat-savod o‘rgatish va nutq o‘stirish”, “O‘qish va nutq
29 o‘stirish”, “Grammatika, imlo va nutq o‘stirish” deb nomlangan. Boshlang‘ich
sinflarda so‘z turkumlarini o‘rgatishda ham asosiy e`tiborni o‘quvchilarni
grammatik tushunchalar bilan tanishtirishga emas, nutq o‘stirishga qaratish lozim.
Nutq o‘stirishga uch yo‘nalish aniq ajratiladi:
1) so‘z ustida ishlash;
2) so‘z birikmasi va gap ustida ishlash;
3) bog‘lanishli nutq ustida ishlash
Nutq o‘stirish metodikasining asosiy tarkibiy qismi so‘z ustida ishlashdir. So‘z
ustida ishlash to‘rt asosiy yo‘nalishni ko‘zda tutadi.
1. O‘quvchilar lug‘atini boyitish, ya`ni yangi so‘zlarni, shuningdek, bolalar
lug‘atida bo‘lgan ayrim so‘zlarning yangi ma`nolarni o‘zlashtirish.
2. O‘quvchilar lug‘atiga aniqlik kiritish.
3. Lug‘atni faollashtirish, ya`ni o‘quvchilar ma`nosini tushunadigan, ammo o‘z
nutqida ishlatmaydigan nofaol lug‘atidagi so‘zlarni faol lug‘atiga o‘tkazish.
Buning uchun shu so‘zlar ishtirokida so‘z birikmasi va gaplar tuziladi, ular
o‘qiganlarni qayta hikoyalash, suhbat, bayon va inshoda ishlatiladi.
4. Adabiy tilda ishlatilmaydigan so‘zlarni o‘quvchilar faol lug‘atidan nofaol
lug‘atiga o‘tkazish.
Boshlang‘ich sinflarda ma’nodosh va zid ma’noli so‘zlar ustida ishlash
o‘quvchining so‘z boyligini oshiradi, unga o‘z fikrini aniq ifodalashga yordam
beradi. Shuning uchun boshlang‘ich sinflarda ma’nodosh va zid ma’noli so‘zlar
30 ustida ishlash o‘quvchilar nutqini o‘stirishning muhim omillaridan biri
hisoblanadi.
Boshlang‘ich sinflarda ma’nodosh va zid ma’noli so‘zlar haqida nazariy
ma’lumot berilmaydi, ammo sinonim va antonimlar haqidagi tushuncha amaliy
mashqlar yordamida shakllantiriladi. Sinonimlar ustida ishlash elementar tarzda
1-sinfdan boshlanadi: o‘quvchilar berilgan so‘zning sinonimini topishga,
boshqacha qilib aytish mumkinligiga o‘rgatiladi. 2-, 3-, 4-sinflarda esa berigan
so‘zning 2-3 sinonim topib aytishga, ma’nodosh so‘zlarning farqini tushunishga,
ma’nodosh so‘zlar ichidan gap, birikma uchun eng mosini tanlab ishlatishga
o‘rgatiladi.
Boshlang‘ich sinf ona tili darsliklarida ma’nodosh so‘zlar alohida mavzu
sifatida berilmagan. Ma’nodosh so‘zlarga doir mashqlar so‘z turkumlari doirasida
berilgan. Darsliklar tahlili boshlang‘ich sinf ona tili darsliklariga ma’nodosh
so‘zlarga doir quyidagi turdagi mashqlar kiritilganini ko‘rsatdi:
1. Berilgan so‘zga ma’nodosh so‘z topish.
2. Berilgan ma`nodosh so‘zlarni guruhlash.
70
2. Berilgan so‘zga sinonim tanlash.
3. Tushirib qoldirilgan sinonim so‘zlarni o‘z o‘rniga qo‘yib, matnni ko‘chirish.
4. Ma`nodosh so‘zlardan mosini qo‘yib, gaplarni ko‘chirish.
Darsliklar tahlili natijasi boshlang‘ich sinf ona tili darsliklarida o‘quvchini
31 ma’nodosh so‘zlarni o‘z nutqida qo‘llashga o‘rgatishga doir mashqlar kam
ekanligini ko‘rsatadi. Shuning uchun ushbu bitiruv malakaviy ishida boshlang‘ich
sinf o‘quvchilarini sinonim so‘zlarni o‘z nutqida qo‘llashga o‘rgatishga doir
qo‘shimcha mashqlar ishlab chiqildi.
Boshlang‘ich sinflarda sinonimlarga doir mashqlarni quyidagi tartibda bajarish
maqsadga muvofiq:
1. O‘quvchilarda ma’nodosh so‘zlarni ajrata olish ko‘nikmasini shakllantirish
uchun ularga kichikroq va tushunarli matndan ma’nodosh so‘zlarni topishni
topshirish mumkin.
2. So‘zlar orasidagi ma’nodoshlik munosabatini tushunishga so‘zlar aralash
holda berilgan ro‘yxatdan ma’nodosh so‘zlarni aniqlash va guruhlashga oid
mashqlar ham yordam beradi.
3. Berilgan so‘zlarga ma’nodosh so‘z tanlab, ularni almashtirishga doir turli
xildagi mashqlar ham so‘zlar orasidagi ma’nodoshlikni tushunishga yordam
beradi.
4. O‘quvchilar lug‘atini foallashtirish usullaridan biri sinonim so‘zlarining
leksik birikuvchanligi ustida ishlashdir. U yoki bu sinonim so‘zni qanday so‘zlar
bilan qo‘llash mumkin-u, qanday so‘zlar bilan qo‘llash mumkin emasligiga doir
bunday ishni ma’nodosh so‘zlar vositasida so‘z birikmalari tuzishni o‘z ichiga
olgan mashqlar ko‘rinishida bajarish lozim.
5. Ma’nodosh so‘zlar ustida bajariladigan mashqlar tizimida o‘quvchilarni
32 o‘z nutqida ma’nodosh so‘zlarni qo‘llashga o‘rgatadigan ijodiy mashqlar alohida
o‘rin tutishi lozim. Chunki ma’nodosh so‘zlar ustida bajariladigan mashqlarning
oxirgi maqsadi o‘quvchilarni fikrini ifodalash uchun o‘z lug‘at boyligidan sinonim
so‘zlarni tanlab ishlatishga o‘rgatishdir.
3-sinfda zid ma`noli so`zlar ustida ishlashda quyidagi mashqlardan
foydalanish mumkin.
1. Berilgan so`zlarga antonim tanlash.
2. Zid ma`noli so`zlarni qatnashtirib so`z birikmasi va gap tuzish.
3. Berilgan gapga antonim topib qo`yish.
Antonimlar nutq ta`sirchanligini oshirishning muhim vositasi. Shuning uchun
zid ma`noli sifatlar ustida ishlash o`quvchilar nutqini ta`sirchan qilishga muhim
ahamiyatga ega.
Boshlang‘ich sinflar uchun tuzilgan ona tili fani dasturida so`z ustida ishlash
uchun alohida soatlar ajratilmagan. SHuning uchun 3- va 4-sinfda sifat turkumini
o`rgatishda so`z ustida ishlashga doir mashqlarni grammatika va imloga oid
mashqlar bilan bog‘lab o`tkazish lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
I
1.  Каримов   И . А .  Бунёдкорлик   йўлидан .  Т .4. –  Тошкент :. « Ўзбекистон »,
1996. – 349 б .
2.  Каримов   И . А .  Янгича   фикрлаш   ва   ишлаш  –  давр   талаби .  Т .5. –
33 Тошкент :. « Ўзбекистон », 1997. – 384 б .
3.  Каримов   И . А .  Ўзбекистон   ХХИ   аср   бўсағасида :  хавфсизликка
таҳдид ,  барқарорлик   шартлари   ва   тараққиёт   кафолатлари . –  Тошкент :.
« Ўзбекистон », 1997. – 326 б .
72
4.  Ўзбекистон   Республикасининг  « Таълим   тўғрисида » ги   қонуни . //
Баркамол   авлод  –  Ўзбекистон   тараққиётининг   пойдевори . –  Тошкент :.
«Шарқ», 1997. –Б. 20-29.
5. Ўзбекистон Республикасининг «Кадрлар тайёрлаш миллий
дастури». // Баркамол авлод – Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори. –
Тошкет:. «Шарқ», 1997. –Б. 31-61.
6. Умумий ўрта таълимнинг давлат таълим стандартлари ва ўқув
дастури. Бошланғич таълим. // Таълим тараққиёти. – 1999. - №7. Б.22.
7. Абдуллаева Қ.А., Сафарбар Р., Очилов М.О. ва бошқалар.
Бошланғич таълим концепциясм. // Бошланғич таълим. – 1998. -№6. Б.12-18.
II
8. Абдуллаева Қ.А., Биринчи синфда нутқ ўстириш. – Тошкент.:
«Ўқитувчи», 1980.
9. Абдуллаева Қ.А., Раҳмонова С. Она тили дарслари (услубий
қўлланма). – Тошкент.: «Ўқитувчи», 1999.
10. Азизова А.Г. Учинчи синфда она тили дарслари. - Тошкент.:
34 «Ўқитувчи», 1982.
11. Азизова А.Г., Икрамова Р. Тўртинчи синфда она тили дарслари. –
Тошкент.: «Ўқитувчи», 1984.
12. Мирзаев М., Усмонов С., Расулов И. Ўзбек тили. – Тошкент.:
«Ўқитувчи», 1966. – 267 б.
13. Миртожиев М. Ҳозирги ўзбек тили. – Тошкент.: «Ўқитувчи», 1992.
– 168б.
14. Сайфуллаева Р., Менглиев Б. ва бошқалар. Ҳозирги ўзбек тили.
Ўқув қўлланма. – Тошкент.: «Университет», 2007. – 405 б.
15. Турсунов У., Мухторов Ж., Рахматуллаев Ш. Ҳозирги ўзбек тили. –
Тошкент.: «Ўзбекистон», 1994.
16. Раҳматуллаев Ш., Маматов Н., Шукуров Р. Ўзбек тили
антонимларининг изоҳли луғати. – Тошкент.: «Ўқитувчи», 1980. – 232б.
73
17. Шоабдураҳмонов Ш. ва бошқалар. Ҳозирги ўзбек адабий тили. –
Тошкент.: «Ўқитувчи», 1980. – 448 б.
18. Нурмонов А., Искандарова Ш. Тилшунослик назарияси. – Тошкент.:
«Фан», - 176 б.
19. Ўзбек тили лексикологияси. – Тошкент.: «Фан», 1981   314 б.‒
20. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 2-жилд. – Тошкент.: «Ўзбекистон
миллий энциклопедияси» Давлат илмий нашриёти, 2006   672 б.
‒
35 21. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 4-жилд. – Тошкент.: «Ўзбекистон
миллий энциклопедияси» Давлат илмий нашриёти, 2008   608 б.‒
22. Ғуломов А., Неъматов Ҳ. Она тили таълими мазмуни. – Тошкент.:
«Ўқитувчи», 1995 – 128б.
23. Ғуломова А., Қобилова Б. Нутқ ўстириш машғулотлари. – Тошкент.:
«Ўқитувчи», 1995. – 160б.
24. Содиқова М. Ҳозирги ўзбек тилида сифат. – Тошкент.: «Ўқитувчи»,
1975.
25. Ҳожиев А. Ўзбек тили синонимларининг изоҳли луғати. – Тошкент.:
« Ўқитувчи », 1974. – 308 б .
III
26. Ahmedova N. Boshlang‘ich sinflarda nutq o‘stirish usullari. // Ta`lim
jarayonida nutq madaniyatini takomillashtirish masalalari. «O‘zbek tili» doimiy
anjumani beshinchi yig‘ilishi tezislar to‘plami (1999 yil 29-30 aprel’) – Toshkent.:
«Sharq», 1999. – 76-77 b.
27. Fuzailov S., Xudoyberganova M., Yo‘ldosheva Sh. Ona tili. 3-sinf uchun
darslik. – Toshkent.: «O‘qituvchi», 2017. – 144 b.
28. Ikromova R., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., SHodmonqulova D. Ona
tili. 4-sinf uchun darslik. – Toshkent.: «O‘qituvchi», 2013. – 192 b.
29. Mengliyev B., Xoliyorov O‘. O‘zbek tilidan universal qo‘llanma. –
Toshkent.: «Fan», 2008. – 440b.
36 30. Qosimova K., Matchonov Z.S., Yo‘ldosheva D., G‘ulomova X., Shod-
monqulova D. Ona tili metodikasi. – Toshkent.: «Sharq», 2009. 310b.
74
31. Qosimova K., Fuzailov S., Ne`matova A. Ona tili. 2-sinf uchun darslik. –
Toshkent.: «Cho‘lpon», 2008. – 128 b.
32. Roziqov O., Mahmudov M., Adizov B., Hamroev A. Ona tili didaktikasi.
– Toshkent.: «Yangi asr avlodi», 2005 – 388 b.
37

Boshlang’ich ona tili darsligida sinonim antonym va ko’p ma’noli so’zlar Reja: I.Kirish II.Asosiy qism 1 . Boshlang‘ich sinflarda lug‘at ustida ishlash metodikasi. 2 . 3-sinfda sinonim va antonimlar ustida ishlash tartibi. 3 . 3-sinf ona tili darslarida sinonim va antonimlar ustida ishlash usullari 4 . 3- sinf ona tili darsligidagi sinonim va antonim so‘zlarga doir mashqlar tahlili. III.Xulosa IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1

Kirish Nutq o‘qitish deganda tilni har tomonlama (talaffuzi, lug‘ati, sintaktik qurilishini, bog‘lanishli nutqni) faol amaliy o‘zlashtirish tushuniladi. Nutq o‘stirishda uch yo‘nalish aniq ajratiladi . 1) so‘z ustida ishlash, 2) so‘z birikmasi va gap ustida ishlash, 3) bog‘lanishli nutq ustida ishlash. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi fanida nutq o‘stirishga doirjuda ko‘p ishlar qilingan. Bu ishlar fonetikani o‘tishda nutq o‘stirish, imlonio‘tishda nutq o‘stirish, grammatikani o‘tishda nutq o‘stirish yo‘nalishlarida amalgaoshirilgan. Biroq boshlang‘ich sinflarda ma’nodosh so‘zlar ustida ishlash, ayniqsa,o‘quvchilarni ma’nodosh so‘zlarni o‘z nutqida qo‘llashga o‘rgatish metodikasiyetarlicha chuqur ishlab chiqilmagan. Bu esa ma’nodosh so‘zlar vositasidao‘quvchilar nutqini o‘stirishning samarali usullarini ishlab chiqish ona tili o‘qitishmetodikasi fani oldida turgan dolzarb masalalardan biri ekanligini ko‘rsatadi.Bitiruv malakaviy ishi mavzusining o‘rganilganlik darajasi. K. Qosimova,S. Matchonov va boshqalar tomonidan chiqarilgan “Ona tili o‘qitish metodikasi”darsligida [30] ma’nodosh va zid ma’noli so‘zlar ustida ishlash metodikasi hamdaular ustida bajariladigan mashq turlari bayon qilingan. Darslikda boshlang‘ichsinflarda ma’nodosh so‘zlarga oid quyidagi mashqlar bajarilishi aytiladi: 1. Berilgan ma’nodosh so‘zlarni guruhlash. 2. Berilgan so‘zga sinonim tanlash. 3. Tushirib qoldirilgan sinonim so‘zlarni o‘z o‘rniga qo‘yib, matnni ko‘chirish. 4. Ma’nodosh so‘zlardan mosini qo‘yib gaplarni ko‘chirish. 5. Sinonim so‘zlar qatoridan foydalanib didaktik material tuzish va u bilan 2

mashq qilish [30, 313 314].Biroq ona tili o‘qitish metodikasida ma’nodosh va zid‒ ma’noli so‘zlarnio‘quvchining faol lug‘atiga kiritish usullari yetarli ishlab chiqilmagan.Tadqiqotning maqsadi. Bitiruv malakaviy ishimizning maqsadi boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar nutqini ma’nodosh va zid ma’noli so‘zlar bilan boyitishga doir samarali usul va mashqlar tizimini ishlab chiqishdan iborat.Tadqiqot obyekti. Boshlang‘ich sinf ona tili darsliklari va boshlang‘ich sinflarda bajariladigan leksik mashqlar tadqiqotimizning obyektini tashkil qiladi. Tadqiqotning vazifalari. Tadqiqotimizning maqsadidan kelib chiqib bitiruv malakaviy ishida quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko‘zda tutiladi: 1. Ma’nodosh va zid ma’noli so‘zlarning tilshunoslikdagi talqinini tahlil qilish. 2. Boshlang‘ich sinflarda ma’nodosh va zid ma’noli so‘zlar ustida ishlashning metodik asoslarini bayon qilish. 3. Boshlang‘ich sinf ona tili darsliklaridagi ma’nodosh va zid ma’noli so‘zlarga doir mashqlarni tahlil qilish. 4. Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida ma’nodosh va zid ma’noli so‘zlar ustida ishlash, jumladan ma’nodosh va zid ma’noli so‘zlarni o‘quvchilarning faol lug‘atiga kiritishga doir qo‘shimcha mashqlar ishlab chiqish. Tadqiqot metodlari. Ishimizda kuzatish, qiyoslash, malakali o‘qituvchilar tajribasini o‘rganish kabi metodlardan foydalandik. Tadqiqotning metodologik asoslari. Bilish nazariyasi, til va tafakkurning uzviy bog‘liqligi, o‘quvchini ta`limning faol subyektiga aylantirish kabi tamoyillar bitiruv malakaviy ishimizning metodologik asosini tashkil qiladi. Ma’nodagi yaqinlikka qarab so‘zlarning sinonimligini belgilab bo‘lmaydi. Chunki so‘zlarning ma’no jihatdan yaqinligi har xil darajada bo‘lishi mumkin . Ba’zi so‘zlar ma’no jihatdan boshqa so‘zga juda yaqin bo‘lsa, boshqa bir so‘zga yaqinligi nisbatan kuchsiz bo‘lishi, yana bir so‘zga ma’no jihatan yaqinligi esa sezilarsiz darajada bo‘lishi mumkin. Lekin har uch holatda ham (qay darajada bo‘lmasin) ma’no jihatdan yaqinlik bo‘ladi. Shunga ko‘ra, ikki va undan ortiq 3

so‘zning o‘zaro sinonimligini belgilashda ma’nodagi yaqinlik asosga olinadigan bo‘lsa, u holda ma’nosi bir-biriga juda yaqin bo‘lgan so‘zlar bilan birga, qisman bo‘lsada ma’noda yaqinligi bor so‘zlar ham sinonim deb qaralishi kerak bo‘ladi. Masalan, kulmoq, iljaymoq, jilmaymoq, tirjaymoq, irjaymoq, irshaymoq, ishshaymoq, xoxolamoq, xihilamoq, he-helamoq, qahhahlamoq, piqirlamoq, qiqirlamoq so‘zlarning ma’nosida, qay darajada bo‘lmasin, yaqinlik bor. Lekin bularning hammasi o‘zaro sinonim deb bo‘lmaydi. Buni jilmaymoq bilan piqirlamoq, qahqahlamoq bilan qiqirlamoq so‘zlarini qiyoslaganda ham aniq sezish mumkin.Ko‘rinadiki, so‘zlarning o‘zaro sinonimligini belgilashda ma’nodagi yaqinlikni asosga olish to‘g‘ri bo‘lmaydi, ya’ni ma’nodagi yaqinlik asosida ikki yoki undan ortiq so‘zning sinonimligini to‘g‘ri belgilab bo‘lmaydi. Sinonimlarni belgilashda so‘z bildiradigan tushunchani asosga olish ma’noni asosga olishdan biror afzallikka ega emas, hatto, bu yo‘lni to‘g‘ri deb ham bo‘lmaydi. Asosiy dalil sifatida shuni aytish kifoyaki, har qanday so‘z tushuncha ifodalay vermaydi, lekin u ma’noga ega bo‘ladi va tushuncha ifodalamaydigan bunday so‘zlar biror ma’nosi bilan o‘zaro sinonim bo‘lishi mumkin. Masalan, hamma, barcha, bari olmoshlari, balli, tasanno, ofarin undovlari, istak bildiruvchi zora, shoyad, koshki, so‘zlari va b. sinonimiya hodisasi faqat leksik birliklarda emas, hatto, affikslarda ham borligi e’tiborga olinsa, bu masalada “tushunchaga”asoslanib ish ko‘rish to‘g‘ri bo‘lmasligi yana ham aniq ko‘rinadi. Xullas, ikki yoki undan ortiq so‘zning o‘zaro sinonimligini belgilashda ma’noga asoslanish to‘g‘ri yo‘ldir. Shunday ekan, o‘zaro sinonim bo‘lgan so‘zlarning ma’nodagi munosabati qanday bo‘lishini belgilash asosiy masala hisoblanadi. Avvalgi bo‘limlardan ma’lumki, so‘zning ma’nosi (semema) ma’lum komponentlardan (semalardan) tashkil topadi. Bundan tashqari, so‘zning semantic strukturasiga turli ma’no ottenkalari, emotsional bo‘yog‘I, stilistik belgisi, boshqa so‘zlar bilan bog‘lanish xususiyati kabilar ham kiradi. Demak, sinonimlarning ma’nodagi ana shu komponentlar nuqtai nazaridan o‘zaro munosabati qanday ekanini belgilash kerak bo‘ladi. Sinonim – so‘zlar semantik strukturasiagi komponentlar ichida ularni o‘zaro birlashtiradigan (sinonim ekanini belgilaydigan) va farqlaydiganlari bo‘ladi. Ikki yoki undan ortiq so‘zni o‘zaro 4

sinonim qiladigan narsa bu so‘zlar semantik strukturasidagi asosiy qismning, ya’ni leksik ma’noning bir xilligi, leksik ma’noni yuzaga keltiradigan komponentlarning (semalarning) bir xil bo‘lishidir. Shuning uchun ham ikki yoki undan ortiq so‘zning o‘zaro birlashtiradigan (sinonim qiladigan ) ma’nosining izohi bir xil bo‘ladi. Masalan, tez, ildam, jadal so‘zlarining hammasi “normadan yuqori temp bilan”degan ma’noni bildiradi. Ularning har biri o‘z semantik strukturasida yana boshqa qo‘shimcha komponentlarga ega bo‘lishi mumkin. Lekin hammasining leksik ma’nosini ma’nodagi “normadan yuqori sur’at bilan” degan qism tashkil etadi, ya’ni hammasining semantik strukturasidagi asosiy narsa, leksik ma’noni belgilovchi narsa ana shu. Ma’nodagi xuddi ana shu umumiylik, birlik bilan tez, ildam, jadal so‘zlari sinonimlik hosil etadi. Demak, ikki yoki undan ortiq so‘zni o‘zaro sinonim etadigan narsa bu so‘zlar leksik ma’nosining mavjud bo‘lgan bir xil bo‘lishidir. Agar leksik ma’no (semema) bir xil bo‘lmasa, sinonimlik haqida gapirish mumkin bo‘lmaydi. Masalan, qaramoq, tikilmoq, termilmoq so‘zlari, umuman olganda, “biror narsa yoki tomonga ko‘z-nazarni yo‘naltirmoq, ko‘z tashlamoq” ma’nosini bildiradi. Lekin termilmoq, tikilmoq fe’llari umuman “qarash” ma’nosini emas, balki ko‘z olmagan holda bo‘lishni, ko‘z tikkan holatda bo‘lishni bildiradi. Demak, bularning ma’nosida “ko‘z uzmagan holda, ko‘z tikkan holda” komponenti (semasi) bor. Qaramoq, boqmoq so‘zlarining ma’nosida bu komponent yo‘q. Ko‘z uzmasdan qarash ma’nosining aniq ifodalanishida qaramoq, boqmoq so‘zlari boshqa vositalar bilan yoki termilmoq, tikilmoq so‘zlarining o‘zi bilan qo‘llanadi: Shu vaqtgacha kallasini solintirib, o‘yga botib o‘tirgan otasi o‘g‘liga termilib qaradi (M. Ismoiliy). Qiya ochilgan eshikdan tikilib qaragan qizning endi ko‘chada nimchasini yuziga pana qilib turishi g‘alati bo‘lsa ham, Elmurod buning “qishloq sharoitiga mos” ekanini angladi (P. Tursun). To‘yib qarashlaridan Hayot sochilar edi, Gullar ochilar edi (H. Olimjon). Demak, qaramoq, boqmoq, tikilmoq, termilmoq so‘zlari o‘zaro emas, balki qaramoq bilan boqmoq va termilmoq, tikilmoq so‘zlari o‘zaro sinonim bo‘ladi. Eshitmoq so‘zi umuman biror ovozning quloqqa chalinishi ma’nosini ham, shuningdek diqqat- e’tibor bilan tinglash ma’nosini ham bildira oladi. Tinglamoq so‘zi esa faqat 5