ONA TILI VA ADABIYOT FANINI O'QITISHDA ZAMONAVIY TA'LIM TEXNOLOGIYALARI VA INNOVATSIYALAR
ONA TILI VA ADABIYOT FANINI O'QITISHDA ZAMONAVIY TA'LIM TEXNOLOGIYALARI VA INNOVATSIYALAR 1
MAVZU: ONA TILI VA ADABIYOT FANINI O'QITISHDA ZAMONAVIY TA'LIM TEXNOLOGIYALARI VA INNOVATSIYALAR MUNDARIJA: Kirish. O’qitish texnologiyalari haqida I.bob. Ona tilini o‘qitishning innovatsion texnologiyalari fanning taraqqiyot bosqichlari II.bob. Ona tili va adabiyot ta’limda o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlarining o‘ziga xos xususiyatlari III.bob. Ona tili va adabiyot darslarida o‘yin texnologiyalaridan foydalanish. IV.bob. Shaxsning individual imkoniyatlari va innovatsion texnologiyalar. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar 2
KIRISH. O’QITISH TEXNOLOGIYALARI HAQIDA Muammoli, rivojlantiruvchi va evristik o’qitishning qiyosiy tavsiflari O’qitishdagi evristik yondoshuvlarni rivojlantirish va boyitish innovatsion didaktik tizimlar bilan bog’liq. Bunday tizimlar XX asrning ikkinchi yarmida rivojlana boshladi. O’qitishning evristik aspekti muammoli (A.V.Brushlinskiy, 1983) va rivojlantiruvchi (D.B.Elkonin, 1995; V.V.Davidov, 1986, 1996; L.V.Zankov 1986 va b.) o’qitish texnologiyalariga xos. O’qitishning bu ikki texnologiyasi 60-70-yillarda yalpi qo’llanadigan normativ yo’nalishli o’qitish usuliga muqobil bo’lib yuzaga chiqdi. Ta’lim tizimida o’quvchining rolini oshirish amaliyoti kiritila boshladi. Muammolilik printsipi axborot izlashni oddiy taqlid qilishdan boshlangan bo’lib, bunda o’qituvchi o’quvchining nimani izlashi lozimligini ilgaridan bilgan, o’quvchini to’g’ri javobga yo’naltirgan. Keyinchalik pedagogikaga ta’lim mahsuloti nafaqat o’quvchiga, balki o’qituvchi uchun ham noma’lum bo’lishi mumkin, degan g’oya kirib keldi (V.S.Bibler, 1975). Buning natijasida, o’qituvchi va o’quvchi bir xilda noma’lumlik vaziyatida bo’lib, o’quvchi bilan o’qituvchi o’rtasida dialogli o’qitish metodikasi paydo bo’ldi (S.Yu.Kurganov, 1989). Muammolilik g’oyasi o’qitishda keng ko’lamda qo’llanila boshladi (V.G.Kudryavtsev,1991). Evristik o’qitishning uni muammoli va rivojlanuvchan o’qitishdan farqlovchi xususiyatlarini qisqacha ko’rib chiqamiz. Muammoli o’qitish maqsadi – o’qituvchi tomonidan taklif etilgan, maxsus bilim orttirishga xizmat qiladigan masala – muammoni o’quvchilar o’z aql – idroklari bilan yechishdan iborat. Muammoli o’qitish metodikasiga ko’ra, o’qituvchi o’quvchilarni masalani yechishga yo’naltiradi. Ta’limda evristik yondoshish o’qituvchi va o’quvchini oldindan noma’lum bo’lgan natijaga erishishlarini ko’zlagani uchun muammoli o’qitish imkoniyatlarini kengaytirishga imkon beradi. Evristik o’qitish maqsadi o’tgan tajribani oddiy uzatish emas, balki o’quvchilarda mavjud ma’lumotlarga nisbatan yangi, kelajakni tuzishga 3
qaratilgan shaxsiy tajriba va uning mahsulini yaratish faoliyatiga erishishdan iborat. Demak, talabalar ma’lum yechimlarni o’zlashtirish bilan cheklanmasdan, faoliyat usullarini o’rganishlari lozim, shundagina ta’limdagi reproduktiv faoliyat ijodga ko’maklashishi mumkin. Muammoli o’qitish umumqabul etilgan shaklda, odatda, intellektual yondoshish talab etiladigan mavzu va fanlarda qo’llaniladi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» yuksak umumiy madaniyatga va kasb – hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, siyosiy hamda ijtimoiy hayotda to’g’ri yo’l topa bilish mahoratiga ega bo’lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirish, shuningdek, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb – hunar dasturlarini ongli ravishda puxta o’zlashtirgan, jamiyat, davlat va oila oldida o’z javobgarligini nazarda tutgan pedagogik g’oyani ilgari suradi. Ushbu pedagogik g’oya ta’lim oldiga: - ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish, rivojlangan huquqiy – demokratik davlat qurilishi jarayonlariga moslash; - kadrlar tayyorlash milliy tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish; - ta’lim oluvchilarni ma’naviy–ahloqiy tarbiyalashning samarali shakllari va uslublarini ishlab chiqish hamda joriy etishni hal etish vazifalarini ko’ndalang qilib qo’ydi. «Texnologiya» yunoncha so’z bo’lib, «techne» - mahorat, san’at, «logos» - tushuncha, o’rganish demakdir. Pedagogik texnologiya atamasiga har bir didakt olim o’z nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda ta’rif beradi. Hali bu tushunchaga to’liq va yagona ta’rif qabul qilinmagan. Ushbu ta’riflar ichida eng maqsadga muvofig’i YuNESKO tomonidan berilgan ta’rif sanaladi. Pedagogik texnologiya –ta’lim shakllarini optimallashtirish maqsadida o’qitish va bilimlarni o’zlashtirish jarayonining inson salohiyati va texnik resurslarni qo’llash, ularning o’zaro ta’sirini aniqlashga imkon beradigan tizimli 4
metodlar majmuasidir. Pedagogik texnologiya ta’lim amaliyotida uchta darajada qo’llaniladi: 1 . Umumiy pedagogik daraja . Umumiy pedagogik (umumdidaktik, umumtarbiyaviy) texnologiya ta’lim–tarbiya jarayonining yaxlit tizimliligi, ma’lum bir hudud, o’quv yurti tomonidan uzluksiz ta’lim tizimining muayyan bir bosqichidagi texnologiyaning umumiy qonuniyatlari, ilmiy nazariy asoslari, printsiplari, amaliyotda qo’llashning umumiy xususiyatlari, shart–sharoitlarini ifodalaydi. Shu o’rinda qayd etish kerakki, uzluksiz ta’lim mazmuni orqali tegishli o’ziga xos maqsad va vazifalarni amalga oshirish ko’zda tutilganligi sababli, pedagogik texnologiya ham o’ziga xos xususiyatga ega bo’ladi. Bu darajada pedagogik texnologiya pedagogik tizim tushunchasiga sinonim hisoblanadi. Uningtarkibiga ta’lim–tarbiya jarayonining maqsad va vazifasi, mazmuni, vosita va metodlari, tarbiya jarayonining ob’ekti va sub’ekti faoliyatining algoritmlari kiradi. 2. Xususiy metodik daraja. Bunda pedagogik texnologiyaning muayyan bir predmet, kursni o’qitish jarayonining maqsad va vazifalarini amalga oshirish maqsadida foydalaniladigan ta’lim mazmuni, o’qitish vositalari, metodlari, shakllarining majmuasi tushuniladi. 3. Lokal (modul) daraja. Bunda talim – tarbiya jarayonining ma’lum bir qismining xususiy didaktik va tarbiyaviy maqsadini hal etishga qaratilgan texnologiya tushuniladi. Unda o’quvchilarning mustaqil ishlashlarini tashkil etish, o’quvchilar bilimini nazorat qilish, shaxsiy fazilatlarni shakllantirish kabi masalalar ko’zda tutiladi. Pedagogik texnologiyaning yuqorida qayd etilgan uchta darajasi bir–birini to’ldiradi va taqozo etadi. Biz pedagogik texnologiyani qo’llash haqida so’z yuritishdan avval, pedagogik texnologiyaning didaktikada ishlab chiqilgan tasnifiga to’xtashni lozim topdik. Pedagogik texnologiyalar mazmuni, mohiyatiga ko’ra quyidagicha tasniflanadi: 5