Bulutli texnologiyalar


MUNDARIJA KIRISH I BOB. BULUTLI TEXNOL OGIYALARNI TASHKIL ETISH 1.1. Bulut texnologiyasining yaratilishi va modellari 1.2. Bulutli hisoblash ........................................................................... ,,.. II BOB. BULUTLI TEXNOLOGIYALAR XIZMATLARINI TAQDIM ETUVCHILAR 2.1. Bulutli infrastrukturani modellashtirish 2.2. SLA doirasida resurslarni samarali konfiguratsiyasini amalga oshirish III BOB. BULUTLI TEXNOLOGIYALARNI TA’LIM JARAYONIDA QO’LLASH 3.1. Bulutli texnologiyalarda apparat va dasturiy vositalar ularni qo‘llash imkoniyatlari va tadbiq etish 3.2. Bulutli texnologiyalarda axborot tahdidlari va kurashish XULOSA Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH Kun sayin hayotimizning har bir sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) joriy etilib, kasbiy faoliyatimiz samaradorligini oshirmoqda. Bugungi kundalik hayotimizni nafaqat televizor, radio, balki mobil telefonlari, kompyuter, planshet kabi zamonaviy qurilmalarsiz o‘tkaza olmay qoldik, ulardan foydalanib, turmushimiz mazmunini boyitamiz, ish va ta‘lim olishdagi vazifalarimizni yengillashtiramiz. Hozirgi davrda barcha boshqa sohalar qatorida ta‘lim tizimida ham turli fanlarni o‘qitishda AKT imkoniyatlarini joriy etish dolzarb masala hisoblanadi. Keyingi davrlarda ko‘plab psixologik va ilg‘or pedagogik sohalarda chop etilayotgan maqolalarda, AKT talabalarlarning bilimi, ijodiy tafakkurini rivojlantirishi haqidagi fikrlar ta‘kidlanayotganining guvohi bo‘lmoqdamiz. YUNESKO 1 AKT ta‘limning ochiqligi va haqqoniyligini ta‘minlashga, o‘qitish va o‘qitish sifatini oshirishga va o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishiga hissa qo‘shishi mumkin, deb hisoblaydi. Bundan tashqari, tegishli siyosat, texnologiyalar va imkoniyatlarga ega bo‘lgan holda, AKT ta‘limni boshqarish, yetakchilik va ma‘muriyatni yaxshilashga yordam beradi. Bugungi kunda dunyoning barcha davlatlarining nigohi bizning yurtimizga qaratilgan, chunki yurtimizda barcha sohalar bo‘yicha jadallik bilan rivojlanib bormoqda. Misol tariqasida oliy ta’lim tzimini oladigan bo‘lsak juda katta islohatlar olib borilmoqda bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son Farmoniga binoan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi oliy ta’lim tizimini rivojlantirishga yaqqol misoldir. “Bulitli texnologiyalar” fani talabalarga tashkilot boshqaruvida xisoblash resurslarini yanada samarali ishlatish mumkinligi; AT infratuzulmani boshqarishni takomillashtirish (shu jumladan geografik jihatdan); ish boshqaruvida doimiy
soddalashtirish va qulaylashtirish, tizim konsepsiyasini zaxira tarzda saqlash va virtual mashinani migratsiyalash; AT infratuzilma chiqimini kamaytirish, xisoblash resurslarini, elektr quvvatlarini tejash haqida axborot berish, elektron ko‘rinishdagi ma’lumotlarni saqlash va kerak bo‘lganda ulardan har qanday sharoitda foydalanish evaziga ta’lim berishning sifat darajasini oshirish mumkinligi kabi masalalarni qamrab olgan. “Bulitli texnologiyalar” fani ixtisoslik fanlar turkumiga kirib, bu Muhammad al- Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti AKT sohasida kasb ta’limi fakultetining 3-kurs bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida o‘qitiladi. “Bulutli texnologiyalari” fanidan tayorlangan o‘quv qo‘llanma ma'ruza mashg‘ulotlarni o‘tkazish, dars samaradorligini oshirish, ixtisoslik bo‘yicha bilimlarni egallash, muxandis-pedagoglarni bulutli xisoblash dasturiy vositalari bilan tanishtirish, ularni o‘quv-tarbiya jarayoniga tadbiq etish yo‘llarini qo‘rsatib berish, telekommunikatsiya, informatika va axborot texnologiyalari yo‘nalishi fanlarini o‘qitishda bulutli texnologiyalar asosida o‘qitish metodikasini egallash, telekommunikatsiya, informatika va axborot texnologiyalari yo‘nalishi fanlarida bulutli texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalar oshirishga xizmat qiladi. O‘quv qo‘llanmada keltirilgan mavzular ta'lim va tarbiya usullarining joriy qilinishi va bo‘lajak kadrlarning internet va bulutli texnologiyalaridan samarali foydalanish ko‘nikmasi berish va malakalarni tarkib toptirish, talabalarga oliy va o‘rta maxsus ta'lim muassasalarida telekommunikatsiya, informatika va axborot texnologiyalari yo‘nalishi fanlarini zamonaviy o‘quv texnik vositalar yordamida o‘qitishga o‘rgatish, masofaviy ta'limning o‘ziga xos xususiyatlarini bilan tanishtirishtiradi. Talabalarni malakasi va mahoratini oshishiga xissa qo‘shadi hamda amaliy foydalanishda samara beradi.
I BOB. BULUTLI TEXNOLOGIYALARNI TASHKIL ETISH 1.1. Bulut texnologiyasining yaratilishi va modellari “Bulutli texnologiyalar” tushunchasi (inglizcha “cloud computing”)ingliz va rus man'balarda keng ishlatiladi. O‘zbek tilida bu termin tarjimasidan muallif foydalangan. T.N. Nishonboyevning “Servisga yo‘naltirilgan arhitektura” monografiyasida ham ushbu termin ko‘p ishlatilgan.[6] Bugungi kunda biz bulutli hisoblash (cloud computing) deb ataydigan hisoblash tarmog‘i jadallik bilan rivojlanmoqda. Axborot texnologiyalari sohasidagi Google (GoogleDrive), Yandex (Yandex disk), Microsoft (OneDrive), Apple (iCloud), DropboxInc, Cisco, Oracle va boshqa ko‘plab yirik kompaniyalar bugun o‘z bulutli xizmatlar spektrini kengaytirishga katta e‘tibor qaratishmoqda. Ko’plab xizmatlar bulutli tarmoqqa kiritilmoqda va foydalanuvchilar ular orasidan o‘ziga kerakli xizmatlarni bulutdan olish imkoniyati yaratilgan. Dunyo miqyosida keng rivojlangan va rivojlanishda davom etayotgan bulutli hisoblash tizimlari O‘zbekistonda ham bugun rivojlanishda davom etmoqda. Masalan, Huawei kompaniyasi bilan hamkorlikda yaratilgan Ma‘lumotlarni qayta ishlash markazi (MQIM) ning ishga tushirilishi O‘zbekistonda ham bulutli xizmatlarni rivojlantirish uchun katta ishlar olib borilayotganligini ko‘rsatadi. Bugungi kunda bulutli hisoblashlar sohasi va ular taqdim etayotgan xizmatlar spektri ham kengayib bormoqda. Xizmatlarning ko‘payishi va qulayligi sababli uning iste‘molchilari soni ham ortmoqda. Bulutli xizmatlarga talablar va murojaatlar ortishi bilan tizimga tushuvchi yuklama miqdori ham ortmoqda. Bulut provayderlari esa o‘z xizmatlarini taqdim etishda quyidagilarni maqsad qilib ko‘yadi: - Tarmoqning doimiy ishlashini ta‘minlash; - QoS ni ta‘minlash va h.k. O‘ zbekistonda bulutli texnologiyalarning rivojlanishi . Bugungi kunda jaxondagi ko‘plab davlatlar qatori O‘zbekistonda ham bulutli texnologiya qo‘llanilishni