Suzishni o’rgatishda zamonaviy texnologiyalar
Suzish ni o’rgatishda zamonaviy texnologiyalar.
Suvda suzish Suvda suzish, sportcha suzish — sport turi, rasmiy belgilangan masofaga muayyan usulda sportcha suzish (erkin tarzda, brass, batterflyay usulida, orqa bilan), shuningdek, suv ostida, amaliy, sinxron (badiiy) suzishni o‘z ichiga oladi. Xalqaro olimpiada qo‘mitasi tasnifiga ko‘ra, Suvda suzishga suvga sakrash va suv polosi ham kiradi. Suvda suzish zamonaviy 5 kurashning tarkibiy qismi hisoblanadi. Suvda suzish tarixi 15-16-asrlarga to‘g‘ri keladi. Suzuvchilarning dastlabki sport musobaqalari 1515 yil Venetsiyada o‘tkazilgan. Ilk suzish maktablari 18-asrning 2-yarmi – 19-asrning boshlarida Germaniya, Avstriya, Frantsiyada ochilgan. 19-asr oxirida sun’iy suv havzalari qurila boshlagach, sportcha suzish ommalashib ketdi. 1890 yil Suvda suzish bo‘yicha Yevropa chempionati o‘tkazildi. Suvda suzish 1896 yildan Olimpiada o‘yinlari dasturiga kiritildi (ayollar 1912 yildan qatnashadi). Xalqaro havaskorlar suzish federatsiyasi (FINA, 1908 yil asos solingan)ga 130 dan ortiq mamlakat milliy federatsiyalari a’zo.
O‘zbekistonda qadimdan suvda turli o‘yin va musobaqalar o‘tkazilgan. Suvda suzish sporti respublikada 1924-25 yillardan rivojlana boshladi. Ana shu davrda ilk gidrostantsiyalar qurilgan. Chunonchi, Toshkentda Bo‘zsuv to‘g‘on bilan to‘silib, sun’iy suv ombori hosil qilindi. Bu yerda 2 ta suv stantsiyasi qurilib, suzish havzasi va balandlikdan suvga sakrash minoralari bunyod etildi. 1927 yil 1 marta shu yerda Toshkent va Samara (Rossiya) shaharlari jamoalari o‘rtasida suzish musobaqasi bo‘lib o‘tdi. 1930 yil Toshkent to‘qimachilik kombinati qoshida stadion va uzunligi 50 m li suvi isitiladigan ochiq havza qurilib ishga tushirildi. 1935 yil Andijonning sun’iy suv havzasida 1 marta respublika suv sporti bayrami, Suvda suzish bo‘yicha O‘zbekiston birinchiligi o‘tkaziddi, 1937 yil Toshkentdagi temiryo‘lchilar istirohat bog‘ida ochiq suv havzasi qurilib, suzish bo‘yicha 1- bolalar-o‘smirlar sport maktabi tashkil etildi. 1939 yil O‘zbekistonda Suvda suzish bo‘yicha respublika federatsiyasi tuzildi. O‘tgan asrning 60-yillarida Toshkentda (jismoniy tarbiya instituti qoshida, “Mehnat rezervlari” sport jamiyati huzurida, Armiya sport klubiga qarashli), Navoiy shahrida, boshqa viloyatlarda suvi istiladigan yopiq va ochiq suv havzalari qurilib foydalanishga topshirildi.
Respublikada qobiliyatli yosh sportchi suzuvchilar yetishib chiqa boshladi. Olimpiada o‘yinlari, xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan S.Babanina, N.Ustinova, S.Iskandarova, S.Konov, S.Zabolotnovlar sportning ana shu turida shuhrat qozondilar. Hozir respublikamizning viloyat va tuman markazlarida 200 dan ortiq suv havzalari mavjud.
Suzish-odamning suvda o’z qo’li va oyoqlari harakati ko’magida siljishidir. Suzish sporti o’zining yo’nalish va maqsadlariga ko’ra sportcha, amaliy, sinxron (badiiy), ko’ngil ochish o’yinlari, suv to’pi, suvga sakrash kabi turlarga bo’linadi. Bu turlar o’z navbatida o’z usul va uslublariga ega. Jumladan sportcha suzishni olib ko’raylik. Sportcha suzish musobaqalashadigan masofani maxsus moslamalarsiz, musobaqa qoidasi bilan cheklangan harakat texnikasidan foydalanib suzib o’tish demakdir. Har bir usulda qo’llanadigan harakatlar texnikasi esa musobaqa qoidalari, qo’yilgan ma’lum talablar asosida bajariladi. Hozirgi paytda sportcha suzishning quyidagi turlari va masofalari bo’yicha musobaqalar o’tkazilib, rekordlar ro’yxatga olinadi: erkin usul-100, 200, 400, 800 1500 m; estafetalar-4X100 m, 4X200 m; brass-100, 200 m; delfin-100, 200 m; krol usulida chalqancha suzish-100, 200 m; aralash suzish-200 m (50 m del-fin Q 50 krol usulida chalqanchaQ50 m brass, Q50 m krol usulida ko’krakda);- 400 m (100 m delfin Q 100 m krol usulida chalqanchaQ100 m brassQ100 m krol usulida ko’krakda); aralash estafeta-4x100 m (100 chalqanchaQ100 m brassQ100 m delfinQ100 m krol).