logo

Zamonaviy evolyutsiya Teoriyalari

Yuklangan vaqt:

10.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1245.8427734375 KB
Zamonaviy 
evolyutsiya 
Teoriyalari •
Evolutsiya, biologiyada tirik 
organizmlarning tarixiy oʻzgarishi. 
Evolutsiyada tabiiy tanlanish taʼsirida 
mutatsiyalardan organizmlarning tashqi 
muhit sharoitiga moslanishiga olib keladigan 
belgilar va xususiyatlar kombinatsiyasi 
shakllanadi. Evolutsion oʻzgarishlar dastlab 
yoʻnaltirilgan oʻzgarishlar tarzida 
populyatsiyalarda namoyon boʻladi.  • Evolyutsiya (lotincha: yeuo1iIo — avj olish) — 
rivojlanishnchng sinonimi; asta-sekin, bosqichmabosqich roʻy 
beradigan miqdor va sifat oʻzgarishlari. E.da rivojlanishning 
sifatiy asosi keskin oʻzgarmaydi, uning boshlanish va 
yakunlanish bosqichlari orasida muayyan fursat oʻtadi. 
Evolyutsion rivojlanishda portlash hodisasi roʻy bermaydi. 
Jamiyatda, organik dunyoda va jonsiz tabiatda roʻy beruvchi 
oʻzgarishlarning yoʻnalishini, tartibini, qonuniyatlarini 
ifodalab, muayyan sistemadagi oʻzgarishlarning doimo 
oʻzidan ilgarigi holatidan farq qilishini qoʻrsatib turadi va 
fanda tarix, tarixiylik, taraqqiyot, rivojlanish, oʻsish, ravnaq 
topish singari tushunchalarning mazmunini ifodalaydi. •
Evolutsiyaning elementar omillari qatoriga mutatsiya va 
tabiiy tanlanish bilan birga populyatsiyalardagi 
individlar sonining oʻzgarib turishi va 
populyatsiyalarning alohidalanishi (qarang Genlar 
dreyfi), shuningdek, meyotik drayv (geterozigotalarning 
ajralishida genlar chastotasiga nisbatan tasodifan 
taqsimlanishning buzilishi) ham kiradi. 
Populyatsiyalardagi evolutsion oʻzgarish yangi turlarning 
hosil boʻlishiga (qarang Tur hosil boʻlishi) yoki turining 
oʻzgarishiga olib keladi. Evolutsiya sabablari, harakatlantiruvchi kuchlari, mexanizmlari, 
tezligi va uning umumiy qonuniyatlari evolutsion biologiya 
oʻrganadi (qarang Evolyutsion taʼaimot). Baʼzan «Evolutsiya» 
terminining filogenez termini sinonimi sifatida ham qoʻllaniladi. 
«Evolutsiya» soʻzi birinchi marta Shveysariya tabiatshunosi va 
faylasufi Sh. Bonne (1762) tomonidan embriologiyaga oid ishlarda 
qoʻllangan.
•
Biologiyada evolutsiya (lotincha: evolution — „avj olish“) atamasi 
ostida organizmlar guruhi ichidagi irsiy belgilardagi farqlar kelib 
chiqishi tushuniladi. Bu belgilar nasl qoldirish oqibatida 
ajdodlardan avlodlarga koʻchirulivchi genlar ifodalanishidir. •
Shu genlardagi mutatsiyalar oʻzgargan yoki yangi 
belgilar keltirib chiqarib, organizmlar orasidagi 
farqlarni paydo qila oladi. Yangi belgilar, 
shuningdek, organizmlar guruhlari yoki turlar 
orasida (gorizontal gen koʻchishi oqibatida) ham 
kelib chiqishi mumkin. Biologiyada, evolutsiya 
ushbu belgilarning tabiiy tanlanish va/yoki genetik 
dreyf oqibatida tayinli bir guruh ichida keng 
tarqalishi yoki aksincha, yoʻqolib ketishida 
namoyon boʻladi, deb qabul qilingan. • Tabiiy tanlanish yashab qolish va nasl qoldirish uchun 
foydali belgilarning saqlanib qolishi va yoyilishi, zararli 
belgilarning esa kamayishiga sabab boʻluvchi jarayondir. Bu 
hodisa foydali belgilarga ega organizmlarning nasl qoldira 
olishi qobiliyati kuchayib, shu belgilarning keyingi avlodlarga 
qoldirilishi tufayli yuz beradi. Koʻp avlodlar davomida 
belgilarning kichik, tasodifiy va omadli oʻzgarishlari 
oqibatida moslashuvlar roʻy berib, shu belgilarga ega 
organizmlar tabiiy tanlanadi.[1] Genetik dreyf esa irsiy 
belgilar chastotasida tasodifiy oʻzgarishlar hosil qiladi. 
Genetik dreyf oqibatida paydo boʻlgan oʻzgarishlar saqlanib 
qolishi berilgan individ yashab qolib, nasl qoldirish yoki 
qoldirmasligiga bogʻliq boʻladi.

Zamonaviy evolyutsiya Teoriyalari

• Evolutsiya, biologiyada tirik organizmlarning tarixiy oʻzgarishi. Evolutsiyada tabiiy tanlanish taʼsirida mutatsiyalardan organizmlarning tashqi muhit sharoitiga moslanishiga olib keladigan belgilar va xususiyatlar kombinatsiyasi shakllanadi. Evolutsion oʻzgarishlar dastlab yoʻnaltirilgan oʻzgarishlar tarzida populyatsiyalarda namoyon boʻladi.

• Evolyutsiya (lotincha: yeuo1iIo — avj olish) — rivojlanishnchng sinonimi; asta-sekin, bosqichmabosqich roʻy beradigan miqdor va sifat oʻzgarishlari. E.da rivojlanishning sifatiy asosi keskin oʻzgarmaydi, uning boshlanish va yakunlanish bosqichlari orasida muayyan fursat oʻtadi. Evolyutsion rivojlanishda portlash hodisasi roʻy bermaydi. Jamiyatda, organik dunyoda va jonsiz tabiatda roʻy beruvchi oʻzgarishlarning yoʻnalishini, tartibini, qonuniyatlarini ifodalab, muayyan sistemadagi oʻzgarishlarning doimo oʻzidan ilgarigi holatidan farq qilishini qoʻrsatib turadi va fanda tarix, tarixiylik, taraqqiyot, rivojlanish, oʻsish, ravnaq topish singari tushunchalarning mazmunini ifodalaydi.

• Evolutsiyaning elementar omillari qatoriga mutatsiya va tabiiy tanlanish bilan birga populyatsiyalardagi individlar sonining oʻzgarib turishi va populyatsiyalarning alohidalanishi (qarang Genlar dreyfi), shuningdek, meyotik drayv (geterozigotalarning ajralishida genlar chastotasiga nisbatan tasodifan taqsimlanishning buzilishi) ham kiradi. Populyatsiyalardagi evolutsion oʻzgarish yangi turlarning hosil boʻlishiga (qarang Tur hosil boʻlishi) yoki turining oʻzgarishiga olib keladi.