Chorizmning ko’chirish amaliyotining o’lka tub aholisining iqtisodiy-ijtimoiy hayotiga ta’siri
“Chorizmning ko’chirish amaliyotining o’lka tub aholisining iqtisodiy-ijtimoiy hayotiga ta’siri ” MUNDARIJA Reja: I. KIRISH I Bob: Chorizmning ko’chirish amaliyotining boshlanishi bo’yicha amalga oshirilgan xatti-harakatlari II Bob: Chorizmning ko’chirish amaliyotining o’lka tub aholisining itisodiy va ijtimoiy hayotiga bo’lgan ta’siri III Bob: Ko’chirish siyosatining ijtimoiy hayotdagi oqibatlari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati 1
KIRISH Mavzuning dolzarbligi va zaruriyati. Mustabid sovet tuzumining shakllanishiga avvalo, xalq ustidan olib borilgan ommaviy zo‘ravonlikni kuchaytirish evaziga erishildi.Totalitar tartibot insonparvarlik va demokratik tamoyillarni poymol etdi, xalqlarning milliy manfaatlarini himoya qiluvchi mustaqil fikrga ega bo‘lgan har bir shaxsni ta’qib etib, ommaviy qatag‘onlar uyushtirib, millionlab insonlarni qirib tashlash siyosatini olib bordi.Stalincha qatag‘onlik siyosati kelajak avlod tarbiyachilari bo‘lgan maorif sohasi vakillarini ham chetda qoldirmadi, aksincha ular fojeali taqdirga duchor qilinib, qatag‘onlik to‘lqiniga giriftor etildi.XX asr boshlari yurtimiz tarixida o`zining muhim ijtimoiy- iqtisodiy va siyosiy jarayonlar ro`y berganligi bilan shonli tariximizda alohida o`ringa egadir. Bu davr Rossiya imperiyasi bosqinidan so`ng hukumatning O`zbekiston hududida amalga oshirgan bosqinchilik, ko`chirish va madaniy sohadagi islohotlarni chuqur o`rganishni va shu davr nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda , to`gri xulosalarni chiqarishni taqozo etadi. XX asr boshlarida ruslar tomonidan amalga oshirilgan qatag`onlik siyosati, qishloq xo`jaligida kollektivlashtirish kabi harakatlar qishloq xo`jaliklarining tub ildiziga ta`sir ko`rsatmasdan qolmadi.Aholi tarkibida o`zbeklardan tashqari turli millat vakillarining bo`lishi, kichik guruh, qabila va ko`chib kelgan elatlarning manfaatlari to`qnashishi tabiiy hol edi. Shunday ekan, sovet hukumati yuqoridagi sabablarni hisobga olgan holda yurtimizda qattiq tartib-intizomga asoslangan zo`ravonlik siyosatini yurgiza boshladi.Mahalliy xalq manfaatlarining hisobga olinmaganligi, aholi o`rtasida ruslarga nisbatan norozilik harakati vujudga kelishiga, o`lkaning bir qancha hududlarida milliy istiqlolchilik harakatining avj olib kelishiga olib keldi. Bunday haraktlar esa rus askarlari tomonidan qonli 2
ravishda bostirildi.Siyosiy masalarning faqat o`lkada kam sonli bo`lgan rus hukumati tomonidan olib borilishi o`zbek xalqining ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotidagi jiddiy to`siqlardan biri bo`lib hisoblanadi. Mavzuning maqsadi: Chorizmning ko’chirish siyosati natijasida o’lkaning tub aholisi iqtisodiy va ijtimoiy hayotiga ko’rsatgan ta’sirini o’rganish. Mavzuning vazifalari: - Ko’chirish siyosatining Turkiston o’lkasi aholisining iqtisodiy hayot sohalariga ta’sirini raqamlarda yoritib berish; - Ko’chirish amaliyoti natijasida tub aholining ijtimoiy turmush tarzida sodir bo’lgan o’zgarishlar hamda ularning oqibatlarini o’rganib xulosalashtirish; - Chorizm tomonidan olib borilgan ko’chirish siyosatining qishloq xo’jaligiga ta’sirini o’rganish va ochib berish. 3
I Bob: Chorizmning ko’chirish amaliyotining boshlanishi bo’yicha amalga oshirilgan xatti-harakatlari Rossiya imperiyasi o`zbek xonliklarini bosib olganidan so`ng, bevosita ularning ijtimoiy va iqtisodiy hayotiga sezilarli ravishda ta`sir o`tkaza boshladi. Bundan ko`zlangan maqsad mahaliy tub aholining asrlar davomida shakllangan an`anaviy hayotini yo`q qilish,umummilliy qadriyatlarini butunlay oyoqosti qilish va ulardan imkon boricha imperiya manfaatlari yo`lida foydalanishdan iborat bo`ldi. Bu olib borilayotgan siyosatda esa imperiyaning markaziy hududlaridan aholining ko`chirib keltirilishidan asosiy ko`zlangan strategik maqsadlarni ro`yobga chiqarishda muhim omil bo`lib hisoblanadi. Rossiya imperiyasining mustamlakachiligi birinchi navbatda hukmron doiralarning , armiyaning markaziy hududlardan ko`chirib keltirilishining bosib olingan mamlakat xatto boshqa tub aholisiga nisbatan kuchli ekanligini bildirdi. Zo`rlik biron bir mamalakatda mustamlakachilik siyosati va amaliyoti sifatida barcha G`arb va Sharq hududlariga xos bo`lib , ularning milliy va moddiy boyliklarini to`laqonli imperiyaning markaziy hududlariga tashib ketishga mo`ljallangan edi. Bu mintaqada istilo davridayoq, ko`chirib keltirilgan dastlabki ming-minglab kazaklar va ruslarning joylashtirilishi , haydalma yer , yaylovlar hamda farovon yashash vositalari bilangina emas, balki katta soliq – o`lpon , fuqarolik imtiyozlari , siyosiy ustunliklarini namoyon qilish kerak edi, shuningdek,mahalliy tub yerli aholining ustidan nazoratni doimo saqlab turish maqsadida o’zlarining “Zo’ravonligi” ni amalda har tomonlama namoyon qilishni maqsad qilib olishgandi. Turkiston ma`muriyatining tub aholiga nisbatan buyukdavlatchilik- shovinistik munosabati keyinchalik soliq va o’lponni muntazam oshirib borishdan , 4
turli tuman bir yo`la yig`imlarni joriy etishdan , birinchi jaxon urushi davrida esa, tub aholiga yalpi solingan harbiy soliqdan tashqari, qishloq aholisidan qoramol, arava , oziq-ovqat mahsulotlar hatto o`tovini ham zo`rlik bilan tortib ola boshladi. Mustamlakachi hukumat mamuriyati butun mustamlaka davrida uzoqni ko`zlovchi niyatlarda vaqf mulkini , ayniqsa vaqf yerini tortib olish , kamaytirish choralarini ko`rdi. Vaqf mulkini tashkil etuvchi yerdan , savdo ishlari olib boriladigan do`konlardan , bog`lardan va shu bilan birgalikda tegirmonlardan olinadigan katta daromad ulushidan tamirlab , quriladigan maschid va madrasalar faoliytaiga keskin aralashuvlar kuzatildi.Hukmron ma`muriyatning Turkistonning tub qishloq aholisidan boshqa xom-ashyolar singari arzon narxda sotib olinadigan asosan, paxta yetishtirishga majbur qilish hisobidan , imperiya to`qimachilik siyosatining rivojlantirishini boyitishga intilishi natijasida , 1867-1916-yillar oralig`ida Rossiya sanoati qayta ishlaydigan paxtaning umumiy hajmida Turkiston hissasi 6,6 foizdan 70 foizga ortdi 1 . Rossiya imperiyasining Turkistondagi agrar siyosatini davlat mulklari va ziroatchilik vaziri A.V. Krivosheyn uch so‘zda ifodalaydi. Buning birinchisi - paxta, ikkinchisi - sug‘orish, uchinchisi - ruslarni ko‘chirib keltirishdir. Chunki, bizning ichki bozorimiz, deydi u, so‘nggi 20 yil ichida Amerika paxtasi uchun faqat boj tariqasida 700 million rubl to‘lashga to‘g‘ri keldi. 1900 yildan esa yiliga 40 million rubldan to‘lab kelmoqdamiz. Oliy lavozimli yana bir arbob M. Brodovskiy «Turkiston o‘lkasi imperiyaga qo‘shib olingan. Unga mustamlaka sifatida qaralishi lozim... bu mamlakatda manufaktura sanoati juda past rivojlangan. Shuning uchun ham u tabiiy ravishda Yevropa Rossiyasi manufaktura mahsulotlari chaqqon sotiladigan bozorga aylanadi», deydi. Mana shunday mutaxassislar fikrlari hisobga olinib, Rossiya imperiya- sihukumatida 1886 yilda Turkiston o‘lkasini boshqarish bo‘yicha maxsus «Nizom»ishlab chiqildi. Bunga ko‘ra, paxtadan yuqori hosil olish maqsadida Amerika paxtanavini olib kelish va o‘lka sharoitiga moslashtirish, yangi yerlarni o‘zlashtirish,sug‘orish kanallari qurish, o‘lkaga temir yo‘l olib kelish, Rossiya guberniyalaridan rus dehqonlarini 1 Shokir G offorov Tarix va taqdir. Rossiya imperiyasidan Turkistonga ko chirilganlar. - Fan.: 2006. 76-bet.ʻ ʻ 5