logo

DAVLATNING OILANI MUHOFAZA QILISH SOHASIDAGI SIYOSATI

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1314.6337890625 KB
DAVLATNING OILANI MUHOFAZA QILISH SOHASIDAGI SIYOSATI 
                                         
                                            REJA: 
KIRISH 
ASOSIY QISIM 
1. Oila jamiyatning asosiy bo’g’ini  
2. Oilaning jamiyat va davlat himoyasida bo’lishi  
3. Oila huquqining tamoyillari. 
4. Bugungi kunda Oila masalasiga qaratilayotgan etibor 
XULOSA 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR    KIRISH 
         Mavzuning dolzarbligi.   Oila muqaddas! Milliy qadriyatlarimizga asoslangan
holda, ishonch bilan aytishimiz mumkinki, o’zligini anglagan har qanday inson o’z
oilasi   va   o’z   yaqinlari,   vatandoshlari   to’g’risida   qayg’urmasa.   Darhaqiqat,
Hurmatli   yutrboshimiz   “Yuksak   ma’naviyat-yengilmas   kuch”   asarlarida   -“har
qaysi   millatning   o’ziga   xos   ma’naviyatini   shakllantirish   va   yuksaltirishda,   hech,
shubhasiz,   oilaning   o’rni   va   ta’siri   beqiyosdir”-   deb   ta’kidlaganlagan   edilar.
Davlatning   rivoji   va   taraqqiyoti,   yurt   tinchligi,   xalq   faravonligi   va   jamiyatning
yuksak   darajada   rivojlanishi   oila   hamda   oiladagi   tarbiya   bilan   bevosita   bog’liq.
Ertangi kun ijodkori, siz bilan bizning umidimiz, davlatning rivoji va taraqqiyoti,
yurt tinchligi, xalq faravonligi va jamiyatning yuksak darajada rivojlanishi oila va
oiladagi tarbiya bilan hamda kamol topayotgan umidli yosh barkamol avlod bilan
bevosita   bog’liq.   Mustaqil   O’zbekistonda   bu   borada   amalga   oshirilayotgan
tadbirlar   hamda   erishilgan   yutuqlar   dunyo   hamjamiyati   tomonidan   tan   olinib,
yuksak   baholanmoqda.   Biz   bundan   haqli   ravishda   g’ururlanishimiz   va
faxrlanishimiz   mumkin.   Shu   bois,   O’zbekiston   Respublikasi   oila   huquqi,   uning
tizimi   va   tamoyillari   mavzusidagi   bitiruv   malakaviy   ishi   bugungi   kunda   dolzarb
ahamiyatga ega mavzulardan biridir. 
Kurs   ishining   maqsadi.   Mazkur   kurs   ishining   maqsad   va   vazifalari   aniq
belgilangan   bo’lib,   ish   reja   asosida   yozilgan.   Bunda   oila   huquqi   tushunchasi   va
huquqiy   asoslari   hamda   oila   huquqi   tizimini,   oilaviy   huquqiy-munosabatlarning
turlari   va   oila   huquqining   tamoyillarini,   nikoh,   oila   munosabatlari   bu
munosabatlarda   er-xotin,   ota-ona,   farzandlar   va   boshqa   qarindoshlar   o’rtasidagi
oilaviy munosabatlarni tahlil qila olish, oila qonunchiligi me’yorlarini tushunish va
qo’llay   olish   malakalarini   shakllantirishdagi   huquqiy   bilimlar   vositasida   huquqiy
madaniyatni yuksaltirishga qaratilgandir. 
  Kurs   ishining   vazifalari.   Oila   sohasidagi   huquqiy   munosabatlarning   asosiy
manbayi   O‘zbekiston   Respublikasining   Konstitutsiyasi   hisoblanadi.   Jamiyat   va
davlatning   oilaga   g‘amxo‘rligi   ijtimoiy   siyosatimizning   muhim   yo‘nalishiga
aylangan.  
- er-xotinning (shaxsiy va mulkiy) huquqlari va majburiyatlari;  
- ota-onaning (shaxsiy va mulkiy) huquqlari va majburiyatlari;  
- nikoh tuzishda teng huquqlilik; 
- voyaga yetmagan bolalarning (shaxsiy va mulkiy) huquqlari va majburiyatlari;  
- ota-onalar   va   bolalar,   er-xotin,   sobiq   er-xotin,   qarindoshlar   va   boshqa
shaxslarning aliment majburiyatlari;  - nikohning tugatilish asoslari;  
- er-xotinning umumiy mol-mulkka egalik qilish, foydalanish va uni tasarruf etish
huquqi;  
- nikoh shartnomasini tuzishda er-xotinning huquqlari va majburiyatlari; 
- farzandlikka olish tartibi;  
- bolaning   huquq   va   manfaatini   himoya   qilish   bo‘yicha   ota-onaning   huquq   va
majburiyatlari;  
- ota-onaning bolani tarbiyalash hamda ung - ota-onalik huquqidan mahrum qilish
asoslari;  
- vasiylik va homiylikka murojaat etish huquqi.  
Kurs   ishining   ob’yekti,   subyekti   va   predmeti.       Har   qanday   boshqa  
munosabatlarda   bo‘lganidek,   oilaviy   huquqiy   munosabatlarda   ham   uch   element:
ob’yekt,   subyekt,   predmeti,   subyektiv   huquq   va   majburiyatlarni   ko‘rishimiz
mumkin.  
Oilaviy   munosabatlarning   subyekti   bo‘lib,   er-xotin,   ota-ona,   bolalar,   vasiylar   va
homiylar,   boshqa   qarindosh-urug‘lar   hamda   oila   qonunlari   sohasida   u   yoki   bu
munosabatlarni hal etishda ishtirok etuvchi yuridik shaxslar, fuqarolar uyushmasi,
muassasalar, organlar, ijtimoiy birlashmalar hisoblanadi. 
  Oila a’zolariga, oilaning sobiq a’zolariga tegishli qonun bilan himoya qilinadigan
axloqiy   va   moddiy   qadriyatlar   yuzasidan   oila   huquqi   subyektlari   qabul   qiladigan
harakat va qarorlar oilaviy huquqiy munosabatlarning obyektlari bo‘lishi mumkin.  Kurs   ishining   amaliy   ahamiyati.   Kurs   ishining   amaliy   ahamiyati   shundan
iboratki   undagi   huquqiy   madaniyat   va   uning   tarixiy   shakillari   hamda
shkillanishining   ijtimoiy,   ta’limiy   va   metodik   asoslarning   tahlil   qilishi   ochib
berishi,   demokratik   jamiyat   uchun   muhum   bo’lgan   bu   vazifalarni   o’quvchilarda
shakillantrish   hamda   rivojlantrishning   ilmiy   asoslarini   yaxshiroq   bilib   olishga
yordamlashadi.
Kurs  ishining  tuzulishi  va  hajmi.   Kurs   ishiga  kirish,  asosiy  qism,   4  ta  paragrif,
xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
 
    1.   Oila jamiyatning asosiy bo’g’ini  
О il а  j а miyat t а ri х id а   а z а ld а n m а vjud bo’lm а g а n. Ibtid о iy j а m оа  tuzumining
birinchi b о sqichid а , kishil а r to’d а -to’d а  bo’lib yash а yotg а n d а vrd а  jinsl а r  о r а sid а gi
mun о s а b а tl а r   mu а yyan   t а rtib-q о id а g а   eg а   bo’lm а y,   to’d а d а gi   b а rch а   erk а kl а r   v а
а yoll а r bir-birl а rig а  umumiy er- хо tin his о bl а ng а n. L е kin, bu  о il а l а rd а  h а li er- хо tin
nik о hi   b а rq а r о r   а l о hid а   х o’j а likk а   eg а   bo’lm а g а n.   Ijtim о iy   ishl а b   chiq а rish
ch о rv а chilik   v а   d е hq о nchilikning   riv о jl а nishi   bil а n   erk а kl а r   m е hn а tining   q а dri
о shdi, m а hsul о t ishl а b chiq а rishd а  ulushi  о rtdi, bin о b а rin, ul а rning ijtim о iy m а vq е i
h а m tubd а n o’zg а rdi.  
Mаvjud   qоidа   tаrtiblаr   —   fаrzаndlаrning   оnаgаginа   tеgishli   bo’lishi,   оnа
mulkigа mеrоsхo’r sаnаlishi erkаklаrning yangi mаvqеigа zid kеlib qоldi. Nаtijаdа
оtа хuquqigа аsоslаngаn  pаtriаrхаl оilа vujudgа kеldi. Оilа хаlqning, jаmiyatning
hаyoti,   turmushigа   оid   urf-оdаtlаrni   o’zidа   sinоvdаn   o’tkаzаdi.   Yaхshilаrini   o’z
bаg`ridа   аsrаb-аvаylаb   kеlаjаk   аvlоdlаrgа   еtkаzаdi.   Оilа   o’z   fаrzаndlаrini
tаrbiyalаb,   ulаrgа  umuminsоniy   qаdriyatlаrni   singdirish  bilаn  ulаrgа  bоshlаng`ich
ij-timоiy   yo’nаlish   bеrаdi.   O’z   fаrzаndlаrini   kаttа   оqimgа   —   jаmiyatgа   qo’shish
bilаn   esа   оilа   jаmiyat   yo’nаlishi,   iqtisоdiyoti,   mаdаniyati   vа   mа`rifаtini   hаm
bеlgilаshgа   o’z   tа`sirini   ko’rsаtаdi.   SHuning   uchun   hаm   Shаrqdа   оilа
qаdimqаdimdаn   muqаddаs   qo’rg`оn   hisоblаnib   kеlingаn.   Хususаn,   o’zbеk
оilаlаrining   sеrildizlik,   sеrbutоklik   хususiyatlаri   hоzir   hаm   sаqlаnib   turibdi.
O’zbеklаrdа   оilаlаrning   muаyyan   turmush   tаrzi   shаkllаnib   hаyotiy   tаjribа   оrttirib
bоrishi,   tеjаmli   vа   sаrishtа   ro’zg`оr   tutishi,   fаrzаndlаrni   оdоbli,   mа`nаviy   еtuk
bo’lib kаmоl tоpishidа kеksаlаr, оtа-оnаning rоli kаttа. o’zbеk оilаlаri o’zlаrining
mustаhkаmligi, sаrаnjоm-sаrishtаligi, bоlаjоnligi, qаrindоsh-qоndоshlik rishtаlаrini
hurmаt   qilishi,   mехr-оqibаtli   vа   bоshqа   qаdriyatlаri   bilаn   аjrаlib   turаdi.
O’zbеkistоnning  dаvlаt  mustаqilligi  tufаyli хаlqimizning аzаliy milliy urf-оdаt  vа
mаrоsimlаri   qаytаdаn   tiklаnа   bоshlаndi,   bu   udumlаr   оilаni   mustаhkаmlаshdа
muhim   o’rin   egаllаydi.   O’zbеkistоn   hukumаti   оilа   mаsаlаlаrigа   dаvlаt   siyosаti
dаrаjаsidа   bаjаrilishi   lоzim   bo’lgаn   ustuvоr   vаzifа   sifаtidа   qаrаydi.   O’zbеkistоn Rеspublikаsi   Kоnstitutsiyasining   63-mоddаsigа   kurа,   оilа   jаmiyatning   аsоsiy
bo’g`ini   hisоblаnаdi,   u   jаmiyat   hаmdа   dаvlаt   tоmоnidаn   muhоfаzаdа   bo’lish
huquqigа   egа.   Оnаlik   vа   bоlаlikni   muhоfаzа   qilish   bo’yichа   bоshqа   qоnuniy
hujjаtlаr hаm qаbul qilinib, аmаliy tаdbirlаr bеlgilаngаn. Оilаni jаmiyatning rаvnаq
tоpilishidаsh   tutgаn   o’rni   vа   ishtirоkini   yanаdа   оshirish,   оilа   lаrning   huquqiy,
ijtimоiy,   iqtisоdiy,   mа`nаviy-ахlоqiy   mаnfааtlаrini   vа   fаrоvоnligini   yaхshilаshni
dаvlаt   tоmоnidаn   qo’llаb-quvvаtlаshni   kuchаytirish   hаmdа   izchil   tа`minlаsh
mаqsаdidа   O’zbеkistоn   Rеspublikаsi   Prеzidеnti   1998   yilni   «Оilа   yili»   dеb   e`lоn
qildi.   Shungа   аsоsаn,   оilа   mаnfааtlаrini   tа`minlаsh   bоrаsidа   аmаlgа   оshirilаdigаn
tаdbirlаr to’g`risidа dаvlаt dаsturi ishlаb chiqildi. O’zbеkistоn Rеspublikаsi  хоtin-
qizlаr qo’mitаsi huzuridа Rеspublikаsi  «Оilа» ilmiy-аmаliy mаrkаzi tаshkil  etildi.
Оilаviy   hаyot   mаsаlаlаrini   huquqiy   tаrtibgа   sоlishgа   bаg`ishlаngаn   O’zbеkistоn
Rеspublikаsining   оilа   kоdеksi   qаbul   qilingаn.   Bахtli   оilаlаr   tufаyli   bахtli   jаmоа
vujudgа kеlаdi. Chunki, bахtli оtаоnаlаr bахtli bоlаlаrni ulg`аytirаdilаr. Bir-birigа
mеhr qo’ygаn оtа-оnаlаrning fаrzаndlаri hаm birbirlаrigа mеhr qo’yadilаr. Оilа hаr
bir  хаlqning, millаtning dаvоmiyligini  sаqlаydigаn, milliy qаdriyatlаrning rivоjini
tа`minlаydigаn,   yangi   аvlоdni   dunyogа   kеltirib,   uni   mа`nаviy   vа   jismоniy
bаrkаmоl qilib tаrbiyalаydigаn, jаmiyatning аsоsiy nеgizi hisоblаnuvchi muqаddаs
mаskаndir.   Оilа   tаbiаtning   eng   go’zаl   mo’jizаlаridаn   biri   bo’lib,   u   insоnlrgа   хоs
“tаbiiy-biоlоgik”,   iqtisоdiy,   huquqiy,   mа`nаviy   munоsаbаtlаrigа   аsоslаngаn
ijtimоiy   birlikdir.   Оilа   –   kishilаr   hаyotining   eng   muhim   qismi,   fuqаrоlik
jаmiyatining   tаyanch   nuqtаsidir.   Bu   muqаddаs   mаskаndа   insоn   dunyogа   kеlаdi,
аynаn mаnа shu еrdа u mа`nаviy vа ахlоqiy jihаtdаn kаmоl tоpаdi. Оilаdа mеhr-
muhаbbаtning yuzаgа kеlishi vа hukm surishi uchun quyidаgi shаrtlаrning bo’lishi
ko’zdа   tutilаdi:   –   оilа   а`zоlаrining   birbirini   qаdrlаshi;   –   оilа   а`zоlаrining   bir-
birlаrigа   ishоnishi   vа   himоyalаshi;   –   yaqinlik,   o’zаrо   yordаm   vа   o’y-fikrlаrini
o’rtоqlаshish;   –   mаs`uliyatni   his   qilishlаri   (оtаоnаlаrning   o’z   burch   vа
mаs`uliyatlаrini his etishi); – qiyinchiliklаrgа qаrshi birgаlikdа kurаshib, ulаrni hаl
qilishlаri; – o’zligini ifоdа etа оlish vа bахtli yashаsh uchun munоsib muhit yarаtа оlish;   –   sоg`lоm   mоddiy   vа   mа`nаviy   hаyotgа   egа   bo’lishlаri;   Yuqоridа   sаnаb
o’tilgаn ehtiyojlаr оilа muhitidа qоndirilmоg`i lоzim. 
Pаyg`аmbаrimiz   аlаyhissаlоm   bir   hаdislаridа:   “Nikоh   mеning   sunnаtimdir,   kim
sunnаtimdаn   vоz   kеchsа,   u   mеndаn   emаs”   (ya`ni   ummаtim   emаs),   dеgаnlаr   (Ibn
Mоjа rivоyati). 
      Oila   sohasidagi   huquqiy   munosabatlarning   asosiy   manbayi   O‘zbekiston
Respublikasining   Konstitutsiyasi   hisoblanadi.   Jamiyat   va   davlatning   oilaga
g‘amxo‘rligi ijtimoiy siyosatimizning muhim yo‘nalishiga aylangan. Oila sog‘lom
ekan – jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan – mamlakat barqarordir. 
      Shuning   uchun   ham   oila   jamiyatning   asosiy   bo‘g‘ini   sifatida   e’tirof   etilib,
bolaning shaxs sifatida shakllanishi, kelgusida jamiyatda o‘z o‘rnini topishi hamda
ma’naviy barkamol inson bo‘lib yetishishida asosiy poydevor hisoblanadi.  
      Xalqimiz   tarixiga   nazar   tashlasak,   eng   qadrli   an’analar:   halollik,   rostgo‘ylik,
ornomus,   sharm-u   hayo,   mehr-u   oqibat,   mehnatsevarlik   kabi   barcha   insoniy
fazilatlar   eng   avvalo   oilada   shakllangan.   Odobli,   bilimdon   va   aqlli,   mehnatsevar,
imone’tiqodli   farzand   nafaqat   ota-onaning,   balki   butun   jamiyatning   eng   katta
boyligidir 
  Oila munosabatlarining O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida aks ettirilishi oilani
yuksak   axloqiy-ma’naviy   normalar   asosida   mustahkamlashning   yorqin
namunasidir.   O‘zbekiston   Respublikasining   Konstitutsiyasida   O‘zbekiston
fuqarolari bolalarni voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburligi,
farzandlar ota-onalari to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishlari va ularga yordam berishlari
shartligi ko‘rsatib o‘tilgan. Farzandlar ota-onalarining nasl-nasabidan va fuqarolik
holatidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar, onalik va bolalik davlat  tomonidan
muhofaza qilinadi. 
 O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi.  
   Oilaning jamiyatdagi rolini ta’minlashda, uning huquqiy muhofazasi  va ijtimoiy
mavqeyini   mustahkamlashda   Oila   kodeksining   roli   kattadir.   O‘zbekiston
Respublikasining   Oila   kodeksi   jahon   hamjamiyatida   umumiy   e’tirof   etilgan huquqiy   normalarga   to‘la   mos   ravishda   tuzilgani   holda,   «oila   —   jamiyatning
tayanch tuzilmasidir», degan g‘oyaga asoslangan.  
  Oila to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining vazifalari oilani mustahkamlashdan,
oilaviy munosabatlarni o‘zaro muhabbat, ishonch va hurmat, hamjihatlik, bir-biriga
yordam berish hamda oila oldida uning barcha a’zolarining mas’ulligi hissi asosida
qurishdan, biron-bir shaxsning oila masalalariga o‘zboshimchalik bilan
aralashishiga yo‘l qo‘ymaslikdan, oila a’zolari o‘z huquqlarini to‘sqinliksiz amalga
oshirishini hamda bu huquqlarning himoya qilinishini ta’minlashdan iboratdir.
Oilaviy munosabatlarni tartibga solish erkak va ayolning ixtiyoriy ravishda nikoh
ittifoqini tuzishi, er va xotinning shaxsiy hamda mulkiy teng huquqliligiga
asoslanadi. 
  Oila to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlar   
   Oilaviy huquqiy munosabatlar deganda fuqarolar o‘rtasida bo‘ladigan va oilaviy
huquqiy   normalar   bilan   tartibga   solinadigan   ijtimoiy   munosabatlar   tushuniladi.
Oila   huquqi   oila   a’zolari   o‘rtasidagi   shaxsiy   nomulkiy   va   mulkiy   munosabatlarni
tartibga soladi.  Shaxsiy nomulkiy munosabatlarga  er-xotinning familiyasi,  bolalar
tarbiyasi,   oila   turmushi   masalalarini   hal   qilish,   mashg‘ulot   turi,   kasb   va   turar   joy
tanlash huquqlari kiradi.  
    Er   va   xotinning  nikoh   davomida  orttirgan   umumiy  mulklari,  shuningdek,   nikoh
qayd   etilgunga   qadar   bo‘lajak   er-xotinning   umumiy   mablag‘lari   hisobiga   olingan
mol-mulklari,   agar   qonun   yoki   nikoh   shartnomasida   boshqacha   holat   ko‘zda
tutilmagan   bo‘lsa,   ularning   birgalikdagi   umumiy   mulki   hisoblanadi   va   mulkiy
munosabatlar bilan tartibga solinadi. Oilaviy-huquqiy munosabatlar o‘zining ba’zi
bir belgilari bilan fuqarolik-huquqiy munosabatlarga o‘xshab ketadi.  
    Biroq   bu   o‘xshashlik   faqat   tashqi   ko‘rinishdir.   Fuqarolik   huquqiy
munosabatlarning   asosini   mulkiy   munosabatlar,   oilaviy   huquqiy   munosabatlar
asosini   esa   mulkiy   bo‘lmagan   shaxsiy   munosabatlar   tashkil   etadi.   Oila   huquqi
birinchi navbatda shaxsiy munosabatlarni tartibga soladi.      Fuqarolarning   O‘zbekiston   Respublikasi   oila   qonunlarida   nazarda   tutilgan
huquqlari, erkinliklari va majburiyatlari tarkibiga quyidagilar kiradi:  
- er-xotinning (shaxsiy va mulkiy) huquqlari va majburiyatlari;  
- ota-onaning (shaxsiy va mulkiy) huquqlari va majburiyatlari;  
- nikoh tuzishda teng huquqlilik; 
- voyaga yetmagan bolalarning (shaxsiy va mulkiy) huquqlari va majburiyatlari;  
- ota-onalar   va   bolalar,   er-xotin,   sobiq   er-xotin,   qarindoshlar   va   boshqa
shaxslarning aliment majburiyatlari;  - nikohning tugatilish asoslari;  
- er-xotinning umumiy mol-mulkka egalik qilish, foydalanish va uni tasarruf etish
huquqi;  
- nikoh shartnomasini tuzishda er-xotinning huquqlari va majburiyatlari; 
- farzandlikka olish tartibi;  
- bolaning   huquq   va   manfaatini   himoya   qilish   bo‘yicha   ota-onaning   huquq   va
majburiyatlari;  
- ota-onaning bolani tarbiyalash hamda ung - ota-onalik huquqidan mahrum qilish
asoslari;  
- vasiylik va homiylikka murojaat etish huquqi.  
Ota-onalik   huquqidan   mahrum   etish   instituti   oilaviy   huquqiy   munosabatlarda
alohida   o‘rin   tutadi.   Oilaviy   huquqiy   munosabatlar   deganda   fuqarolar   o‘rtasida
bo‘ladigan   va   oilaviy   huquqiy   normalar   bilan   tartibga   solinadigan   ijtimoiy
munosabatlar tushuniladi. 
Oila huquqining subyektlari  
  Har qanday boshqa munosabatlarda bo‘lganidek, oilaviy huquqiy munosabatlarda
ham   uch   element:   subyekt,   subyektiv   huquq   va   majburiyatlarni   ko‘rishimiz
mumkin.  
Oilaviy   munosabatlarning   subyekti   bo‘lib,   er-xotin,   ota-ona,   bolalar,   vasiylar   va
homiylar,   boshqa   qarindosh-urug‘lar   hamda   oila   qonunlari   sohasida   u   yoki   bu
munosabatlarni hal etishda ishtirok etuvchi yuridik shaxslar, fuqarolar uyushmasi,
muassasalar, organlar, ijtimoiy birlashmalar hisoblanadi.    Oila a’zolariga, oilaning sobiq a’zolariga tegishli qonun bilan himoya qilinadigan
axloqiy   va   moddiy   qadriyatlar   yuzasidan   oila   huquqi   subyektlari   qabul   qiladigan
harakat va qarorlar oilaviy huquqiy munosabatlarning obyektlari bo‘lishi mumkin.
5) Oilaviy munosabatlarda fuqarolarning teng huquqliligi. 
    Oilaviy   munosabatlarni   tartibga   solish   erkak   va   ayolning   ixtiyoriy   ravishda
nikohlanib   tuzgan   ittifoqi,   er   va   xotinning   shaxsiy   hamda   mulkiy   huquqlari
tengligi, ichki oilaviy masalalarning o‘zaro kelishuv yo‘li bilan hal qilinishi, oilada
bolalar tarbiyasi, ularning farovon hayot kechirishi va kamoloti haqida g‘amxo‘rlik
qilish,   voyaga   yetmagan   va   mehnatga   layoqatsiz   oila   a’zolarining   huquq   va
manfaatlarini himoya qilish ustuvorligi tamoyillari asosida amalga oshiriladi.  
   Barcha fuqarolar oilaviy munosabatlarda teng huquqlarga egadirlar. Nikoh tuzish
chog‘ida   jinsi,   irqi,   millati,   tili,   dini,   ijtimoiy   kelib   chiqishi,   e’tiqodi,   shaxsiy   va
ijtimoiy   mavqeyi   hamda   boshqa   holatlarga   qarab,   huquqlarni   muayyan   tarzda
bevosita   yoki   bilvosita   cheklashga,   bevosita   yoki   bilvosita   afzalliklar   belgilashga
hamda oilaviy munosabatlarga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.  
    Oilaviy   munosabatlarda   fuqarolarning   huquqlari   faqat   qonunga   asosan   va   faqat
oiladagi   boshqa   a’zolarning   hamda   o‘zga   fuqarolarning   axloqi,   sha’ni,
qadrqimmati,   sog‘lig‘i,   huquqlari   va   qonun   bilan   qo‘riqlanadigan   manfaatlarini
himoya qilish maqsadida zarur me’yordagina cheklanishi mumkin. 
2. Oilaning jamiyat  va  davlat  himoyasida  bo'lishi  
Boy ilmiy-madaniy merosimiz, qadimiy urf-odat hamda an analarimizdan ayonki,ʼ
har qanday zamon va makonda ham oila biz uchun muqaddas qadriyat sanalgan. 
Binobarin,   tarbiyaviy,   ma naviy-ma rifiy,   ruhiy-axloqiy,   iqtisodiy-huquqiy	
ʼ ʼ
munosabatlarga asoslangan ijtimoiy birlik hisoblanmish oila qanchalik mustahkam
bo lsa, jamiyat ham shunchalik barqaror taraqqiy etishini ajdodlarimiz juda yaxshi	
ʻ
anglashgan. 
Shu bois ota-bobolarimiz oilaga juda katta e tibor bilan qarashgan. Buyuk 	
ʼ allomalarimiz   Mahmud   Koshg ariy,   Ahmad   Yugnakiy,   Kaykovusdan   tortibʻ
Beruniy,   Ibn   Sino,   Forobiy,   Alisher   Navoiy,   Mirzo   Ulug bek   va   boshqalargacha	
ʻ
o z   asarlarida   oilaviy   masalalar,   xususan,   oila   a zolari   o rtasidagi   o zaro	
ʻ ʼ ʻ ʻ
munosabatlar, bola tarbiyasida ota-ona, bobo-buvining o rni, komil va vatanparvar	
ʻ
shaxsni   yetishtirishda   bu   muhim   ijtimoiy   institutning   roliga   alohida   yondashib,
ibratli   hikoyatlar,   rivoyatlar,   farzandlarga   maktublar,   hikmatli   so zlar,   she riy	
ʻ ʼ
satrlar   orqali  pand-nasihatlar,  hayotiy  xulosalar   yozib  qoldirganlar.  Mahmudxo ja	
ʻ
Behbudiy, 
Abdurauf   Fitrat,   Abdulla   Avloniy,   Abdulla   Qodiriy,   Cho lpon,   Munavvarqori	
ʻ
Abdurashidxonov kabi ma rifatparvarlarimiz ham odob-axloqi go zal, jismonan va	
ʼ ʻ
ma nan yetuk avlodni tarbiyalashning yagona yo li — barqaror oila qurish ekanini,	
ʼ ʻ
oilani   mustahkamlamasdan   davlat   va   jamiyat   taraqqiyotiga   erishib   bo lmasligini	
ʻ
ta kidlashgan. 	
ʼ
Bugungi   shiddat   bilan   o zgarib   borayotgan   globallashuv   davriga   kelib   ham	
ʻ
O zbekiston   o z   istiqboli   va   kelajagini   oilani   rivojlantirish,   uni   e zozlashda,   deb	
ʻ ʻ ʼ
bilayotgani   yuqoridagi   an anaviy   qadriyatlarimizni   yanada   boyitgan   holda	
ʼ
zamonaviy,   namunali   va   farovon   oilani   barpo   etish   davlat   siyosatining   ustuvor
yo nalishlaridan biriga aylanganida ham yaqqol namoyon bo lmoqda. 	
ʻ ʻ
Prezidentimizning joriy yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qo llab-quvvatlash va oila	
ʻ
institutini   mustahkamlash   sohasidagi   faoliyatni   tubdan   takomillashtirish
choratadbirlari to g risida”gi Farmoni bilan milliy hamda ma naviy qadriyatlarimiz	
ʻ ʻ ʼ
asosida   ushbu   sohada   yillar   davomida   to planib   qolgan,   e tibordan   chetda   qolib	
ʻ ʼ
kelgan   muammolar   yechimi   yuzasidan   tegishli   davlat   organlari   hamda   jamoat
tashkilotlari   oldiga   eng   muhim   va   dolzarb   vazifalar   qo yildi.   Mazkur   Farmonga	
ʻ
binoan,   Vazirlar   Mahkamasi   huzurida   “Oila”   ilmiy-amaliy   tadqiqot   markazi   oila
instituti   sohasida   yagona   davlat   siyosatini   yurituvchi   tizim   sifatida   tashkil   etildi.
Markazning   asosiy   vazifasi   davlat   va   jamoat   tashkilotlari,   parlament,   siyosiy
partiyalar,   ommaviy   axborot   vositalari   hamda   fuqarolik   jamiyatining   boshqa institutlarini O zbekiston oilalarini mustahkamlash g oyasi atrofida birlashtirish, buʻ ʻ
boradagi   ishlarni   muvofiqlashtirib   borish,   mamlakatda   faqat   sog lom   oila   —	
ʻ
sog lom   jamiyat   ustuni   bo la   olishini   aholi   ongiga   singdirish,   ilmiy-innovatsion	
ʻ ʻ
tadqiqotlarni   amalga   oshirish   orqali   oila   institutini   mustahkamlash   etib
belgilangani 
mamlakatimizda   bu   borada   mutlaqo   yangi   bosqichdagi   sa y-harakatlar	
ʼ
boshlanganidan dalolat beradi. 
O z navbatida, umuminsoniy va milliy oilaviy qadriyatlarni tahlil qilish asosida 	
ʻ
zamonaviy, namunali oila mezonlarini belgilash hamda “Oila jamiyat va davlat 
himoyasida” konstitutsiyaviy prinsipini keng targ ib etish va jamiyatga singdirish 	
ʻ
masalalariga kompleks yondashish faoliyatimizda ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. 
Xususan,   oilani   mustahkamlash   va   rivojlantirish,   oilalarda   ma naviy-axloqiy	
ʼ
muhitni  yaxshilash,  jamiyatda eng ibratli  oilaviy an analarni  saqlab  qolish hamda	
ʼ
targ ibot   qilish   masalalari   bo yicha   hududlarda   qator   fundamental,   amaliy   va	
ʻ ʻ
innovatsion   tadqiqotlar   olib   borilayotir.   Misol   uchun,   zamonaviy   muvaffaqiyatli
oila mezonlari qanday bo lishi kerak, degan mavzuda respublikamizning turli 	
ʻ
viloyatlarida 800 dan ortiq oilalarda ijtimoiy so rovlar o tkazilib, yakuniy natijalar	
ʻ ʻ
bo yicha   zamonaviy   oilaning   modeli   ishlab   chiqildi.   Tadqiqot   o tkazilgan   oilalar	
ʻ ʻ
vakillarining   fikrlariga   ko ra,   oiladagi   sog lom   va   barqaror,   osoyishta   psixologik	
ʻ ʻ
muhit;   yuksak   ma naviy-axloqiy   tarbiya;   yetarli   darajadagi   iqtisodiy   va   maishiy	
ʼ
sharoitlar;   oila   a zolarining   ta lim   yo nalishida   oliy   ma lumotlilik   darajasi;
ʼ ʼ ʻ ʼ
sihatsalomatlikka   alohida   e tibor   qaratish   zamonaviy   namunali   oilaning   asosiy	
ʼ
mezonlari qatoriga kiradi. 
Shu o rinda har qancha achchiq bo lmasin, ochiq aytish kerak, tadqiqotlarimizning	
ʻ ʻ
ko rsatishicha,   keyingi   paytlarda   xalqimizga   xos   bo lmagan   ayrim   illatlar   —	
ʻ ʻ
oilaviy   ajrashishlar,   turli   nizoli   vaziyatlar,   ishsizlik,   oiladagi   nosog lom   muhit,	
ʻ
ma naviy   tushkunlik,   ehtiyojmandlik,   jinoyatga   qo l   urish   holatlari   kabi   omillar	
ʼ ʻ
notinch,   noqobil,   kemtik   oilalar   va   qator   ijtimoiy-ma naviy   muammolarni   paydo	
ʼ qilmoqda. Ayniqsa, ajrashishlar  sonining kamaymayotgani kishida jiddiy tashvish
uyg otadi. ʻ
Respublikamizning   uchta   viloyatida   olib   borgan   tadqiqotlarimizdan   ma lum	
ʼ
bo ldiki, oilalar barbod bo lishiga quyidagi omillar asosiy sabab bo lmoqda: 	
ʻ ʻ ʻ
Psixologik omil — oiladagi og ir psixologik muhit, o zaro tushunishning yo qligi,	
ʻ ʻ ʻ
oiladagi doimiy nizolar, ota-onalarning yosh er-xotin hayotiga aralashishlari, yosh
er-xotinlarni begonalashtirib qo yish, bir-biriga befarqlik; 
ʻ
Ijtimoiy omil — ichkilikbozlik, farzandsizlik, er yoki xotinning salomatligi yaxshi
emasligi; 
Ma naviy-axloqiy   omil   —   er-xotindan   birining   uzoq   vaqt   davomidagi   nikohdan	
ʼ
tashqari aloqalari; 
Iqtisodiy  omil  —  turarjoy  sharoitlarining  qoniqarli  emasligi,  moddiy 
yetishmovchilik,   ishsizlik,   erning   oilani   ta minlamasligi,   mehnat   migranti   sifatida	
ʼ
chet   elga   ketgan   er-xotindan   birining   oilasi   bilan   aloqasi   uzilgani,   qarzlarni
uzolmaslik. 
E tirof   etish   lozim,   hozirgi   kunga   qadar   11800   dan   ortiq   nizoli   oilalarning   ishi	
ʼ
sudga   yetib   bormasdan,   FHDYO   organi   va   sudga   ajrashish   uchun   ariza   bergan
3100   dan   ziyod   oilalarni   esa   hamkor   tashkilotlar   bilan   birgalikda   yarashtirishga
erishildi. Umuman, buzilib ketish arafasida turgan 14645 ta oila saqlab qolindi. 
Olib   borilgan   tadqiqotlarimiz   xulosalariga   tayanib,   ajrashishlarning   oldini   olish,
oilalarni   mustahkamlashga   qaratilgan   qator   takliflar   ishlab   chiqdik.   Bizningcha,
eng   avvalo,   mahalla   fuqarolar   yig inlari   huzuridagi   Yarashtirish   komissiyalari   va	
ʻ
“Otaonalar   universiteti”   tuzilmalari   uchun   malakali   kadrlar   tayyorlashni   yo lga	
ʻ
qo yish   zarur.   Oila   qurayotgan   fuqarolarni   tegishli   qonunchilik   asosida   er-	
ʻ
xotinning huquq va majburiyatlari, xususan,  nikoh shartnomasini  tuzish  tartiblari,
shart-sharoitlari,   oqibatlari   yuzasidan   huquqiy   savodxonligini   oshirish   lozim.   Bu
borada   keng   qamrovli   targ ibot   ishlarini   yuritish,   tegishli   uslubiy   qo llanmalar	
ʻ ʻ yaratish,   metodik   tavsiyalar   ishlab   chiqish   maqsadga   muvofiq.   Umumta limʼ
maktablaridan   tortib,   oliy   o quv   yurtlarining   dasturlarigacha   oila   saboqlarini	
ʻ
o rgatuvchi dars mashg ulotlarini kiritish foydadan xoli bo lmaydi. 	
ʻ ʻ ʻ
   
  3. Oila huquqining tamoyillari.  
    Oila   huquqi   tamoyillari   deganda,   ushbu   huquq   sohasining   mohiyatini   aniqlab
beradigan   hamda   huquqiy   mustahkamlanganligi   sababli   u 1
mummajburiy
ahamiyatga   ega   bo’lgan   asosiy   negiz,   rahbariy   qoidalar   tushuniladi.   Oila   huquqi
tamoyillarini   hisobga   olmasdan   uning   normalarini   to’g’ri   sharhlab   va   qo’llab
bo’lmaydi. Oila huquqi tamoyillari nafaqat huquqni qo’llash amaliyoti uchun, balki
shu   bilan   birga   amaldagi   oila   qonunchiligining   mohiyatini   anglash   hamda   uning
keyingi   takomillashtirilishi   uchun   ham   muhim   ahamiyatga   ega.   Oila   huquqining
asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: 
Oilani  jamiyat  va  davlat  muhofazasida  bo’lish  huquqi  
Oila jamiyatning asosiy bo’g’inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo’lish
huquqiga   ega   (O’zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasi   63-modda).   A)   Oila
davlat himoyasida  
Oila   davlat   himoyasida   deyilganda   avvalo   vujudga   kelgan   oilalarni   saqlab   qolish
va ularni mustahkamlashga qaratilgan davlat tomonidan ko’rilgan tadbir choralarni
tushuniladi. 
Davlatning oila xususidagi  g’amho’rligi avvalombor hukumat yuritayotgan kuchli
ijtimoiy siyosatda namoyon bo’lmoqda. Davlat rahbarligida amalga oshirilayotgan
siyosiy,   iqtisodiy,   ijtimoiy   va   ma’naviy   islohiy   chora-tadbirlarning   bosh   maqsadi
inson, oila manfaatlarini qanoatlantirishdan iborat. 
Oilaning davlat muhofazasida ekanligi Respublikamiz Prezidentining farmonlarida
o’z   ifodasini   topmoqda.   Jahonning   bir   guruh   tadqiqotchi   olimlari   tomonidan
respublikada oilani, onalik va bolalikni himoya qilish borasida qilinayotgan ishlar
1  Islom Karimov. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo‘lida. 6-jild. – T.: “O‘zbekiston” 1998, 400-
401betlar.    o’rganib   chiqildi.   Natijalar   chet   ellardagi   ahvol   bilan   taqqoslaganda,   biror   bir
mamlakat Prezidenti elni, oilalarni ijtimoiy himoyalash borasida bizning 
Yurtboshimiz   kabi   ko’p   qaror   va   farmonlar   qabul   qilinmaganligi   ma’lum   bo’ldi.
Hazrati   Alisher   Navoiyning   “Mahbub   ui-qulub”   asarida   “Yaxshi   xotin   –   oilaning
davlati   va   baxti” 28
  –   degan   fikrlarida   juda   katta   ma’no   bor.   Darhaqiqat,   oilaning
boyligi   va   tinchligi   davlatning   ham   boyligi   bo’lib,   u   davlatning   siyosati   hamda
oilaga  bo’lgan   g’amxo’rligi   bilan bog’liq. 
B)Oila  jamiyat  muhofazasida  
Jamiyat tomonidan oila muhofaza qilinadi deyilganda, mamlakatda mavjud bo’lgan
jamiyatlar va jamg’armalar tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarni oilaga ham 
moddiy, ham ma’naviy yordam berishlari tushuniladi. Bu qoida mustaqil 
Respublikaning  Konstitutsiyasida  belgilangan  yangi  qoidadir. 
Mamlakatimizda jamoat tashkilotlari har xil jamg’armalar hisobidan oilani 
mustahkamlash, bolalar manfaatini himoya qilish uchun turli moddiy va ma’naviy 
yordam  ko’rsatib  kelmoqda. 
Mamlakatdagi   jamoat   tashkilotlar   tarkibiga   kasaba   uyushmalari,   jamg’armalar,
yoshlar   va   xotin-qizlar   harakatlari,   kasbiy   assotsiatsiyalar,   klublar   va   boshqalar
kiradi.   Jumladan,   4   ta   siyosiy   partiya,   2   ta   harakat,   46   jamiyat,   5   ta   qo’mita,   24
assotsiatsiya, 18 ta tarmoq kasaba uyushmalari, 35 ta jamg’arma, 15 utsyushma, 32
ta   federatsiya,   31   ta   boshqa   tashkilotlar   mavjud.   Shuningdek,   respublikamizda
hisob   ro’yhatiga   olingan   1500   viloyat,   20   dan   ortiq   horijiy   davlatlarning   jamoat
tashkilotlari mavjud. 
5100   dan   ziyod   nodavlat   notijorat   tashkilotlari   faoliyat   yuritmoqda   va   bu
ko‘rsatkich 2000- yilga  qaraganda  2,5 barobar ko‘pdir. 
Fuqarolar   yig‘inlari   va   o‘zini   o‘zi   boshqarish   organlari   –   mahallalar   soni   10
mingdan  
ortiqni tashkil etadi. 
 
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, 
  O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi, 
 
“Sog‘lom avlod uchun”, 
 
“Nuroniy” jamg‘armalari, 
 
“Ijod” fondi va boshqalar. 
 
Mamlakatimizda   Ombudsman,   Inson   huquqlari   bo‘yicha   milliy  markaz,   “Ijtimoiy
fikr”   jamoatchilik   markazi,   Amaldagi   qonun   hujjatlari   monitoringi   instituti   kabi
inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar va boshqa bir qator tashkilotlar faoliyat
ko‘rsatmoqda. 
Fuqarolik   institutlarining   roli   va   ahamiyatini   kuchaytirishga   qaratilgan   200   dan
ortiq qonun hujjatlari qabul qilingan. 
“Nodavlat   notijorat   tashkilotlari   faoliyatining   kafolatlari   to‘g‘risida”gi   Qonuni,
“Jamoat   fondlari   to‘g‘risida”gi,   “Homiylik   to‘g‘risida”gi   qonunlar,   O‘zbekiston
Respublikasi   Prezidentining   “O‘zbekistonda   fuqarolik   jamiyati   institutlari
rivojlanishiga ko‘maklashish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va boshqa qator
hujjatlar qabul qilindi .
 
         Jamoat tashkilotlari o’z maqsad va vazifalariga muvofiq ravishda respublikada
o’tkazilayotgan   keng   ko’lamli   islohotlarga   munosib   hissa   qo’shib   oilalarni
mustahkamlashga   ko’maklashmoqda.   Masalan,   ekologiya   va   salomatlik   sohasida
"Ekosan",   ehtiyojmand   kishilarga   va   nogironlarga   ijtimoiy   yordam   ko’rsatishda
"Navro’z"   jamg’armalari,   nogironlar   jamiyatlari,   onalik   va   bolalikni   muhofaza
qilish,   xotin-qizlarning   jamiyat   hayotidagi   faolligini   oshirishda   Xotin-qizlar
qo’mitalari,   mehnatkashlarning   kasbiy   va   boshqa   qonuniy   manfaatlarini   ifoda
etishda kasaba uyushmalari, iste’dodli yoshlarni qo’llab-quvvatlashda "Ulug’bek”,
"Umid" jamg’armalari faoliyatini alohida ta’kidlab o’tish mumkin. 
Nima   uchun   mamlakatimizda   oilaga   jamiyat   tomonidan   bu   qadar   katta   e’tibor
berilmoqda?   Chunki   oila   jamiyatning   bir   bo’lagi,   uzviy   qismi   bo’lib,   uning   bosh
bo’g’inini   tashkil   etadi.   U   qancha   mustahkam   bo’lsa,   jamiyat   ham   shuncha
mustahkam bo’ladi.  Oila ayni vaqtda jamiyatning, avvalo, uning jamiyat manfaatlari bilan chambarchas
bog’liq ekanligida hamda ijtimoiy vazifalarida yaqqol aks etadi. 
2) Barcha fuqarolar-jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, 
shaxsi   va   ijtimoiy   mavqeidan  qat’iy  nazar   qonun   oldida  tengligi.   Oila   huquqida
barcha   fuqarolar   millati,   irqidan   qat’iy   nazar   teng   ekanligi   ifodalangan   "...barcha
fuqarolar   bir   xil   huquq   va   erkinliklarga   ega   bo’lib,   jinsi,   irqi,   millati,   tili,   dini,
ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar, qonun
oldida tengdirlar 31
. Bu xalqlar do’stligidan kelib chiqadigan o’zgarmas qoida bo’lib
oila huquqida o’z ifodasini  topib odamlarni  har xil millatga tegishli ekanligi  yoki
irqiga mansubligi oilaviy munosabatlarda hech qanday ahamiyatga ega emasligini
anglatadi. 
Nikoh   tuzish   uchun   fuqarolarni   har   xil   millatga,   dinga   e’tiqod   etishligi   to’siq
bo’lolmaydi. 
Bolalarni   farzandlikka   olishda   farzandlikka   oluvchilarni   bolalardan   boshqa
millatga tegishli ekanligi ham monelik qilolmaydi. 
          Hayotimizda   nikoh,   farzandlikka   olish   tufayli   fuqarolarning   bir   oilaga
birlashganligini   ko’plab   uchratish   mumkin.   Respublikada   130   dan   ortiq   millat   va
elat vakillari, jumladan Navoiy viloyatida ham ko’p millat vakillari, 108 ta millat
vakillari birgalikda yashab, mehnat  qilib kelmoqda. 
3) Hamma oilaviy munosabatlarda ayol bilan erkak teng huquqlidirlar.  
Amaldagi   O’zbekiston   Respublikasi   Konstitutsiyasining   46-moddasi 32
ga   binoan,
xotin-qizlar   va   erkaklar   teng   huquqlidirlar.   Bu   tamoyil   konstitutsion   qoidaga
aylandi. 
Jamiyatda   ayol   bilan   erkakning   teng   huquqliligi   mamlakatimizda   erishilgan
jinsidan qat’iy nazar fuqarolarni siyosiy tengligiga asoslanidi. 
          Bu   tamoyil   Oila   kodeksining   2-moddasida   quyidagicha   ifodalangan:   oila
munosabatlarni   tartibga   solish   erkak   va   ayolning   ixtiyoriy   ravishda   nikohlanib
tuzgan   ittifoqi,   er   va   xotinning   shaxsiy   hamda   mulkiy   huquqlari   tengligi,   ichki
oilaviy   masalalarning   o’zaro   kelishuv   yo’li   bilan   hal   qilinishi,   oilada   bolalar tarbiyasi, ularning farovon hayot kechirishi va kamoloti haqida g’amho’rlik qilish,
voyaga yetmagan va mehnatga layoqatsiz oila a’zolarining huquq va manfaatlarini
himoya   qilish   ustuvorligi   tamoyillari   asosida   amalga   oshiriladi.   Xotin-qizlar   va
erkaklar   teng   huquqliligi   haqidagi   fikrlar   quron   va   hadislarda   ham   uchraydi.   Bu
tamoyil   milliy   an’analarimizda   ham   kuzatiladi.   Masalan   ‘jannat   onalar   oyog’I
ostida”, “singilning akada haqqi bor”, “o’z ayolini hurmat qilish” kabilarning farz
ekanligi xalqimiz orasida keng e’tirof etiladi. 
4) Oilaviy munosabatlarda ishtirok etuvchilarni ma’naviy va moddiy 
qo’llabquvvatlash hamda ularning o’zaro bir-biriga g’amho’rlik qilishi.  
Bu tamoyil oilaviy munosabatlarning mazmunidan kelib chiqib ular moddiy 
hisobkitoblardan holi bo’lgan bir-biriga muhabbat, hurmat kabi hissiyotlarga 
asoslanadi. Er va xotin, ota-ona va bolalar, bobo-buvi va nabiralar, aka-ukalar va 
opa-singillar, farzandlikka olganlar va farzandlikka olinganlar va hokazolar 
o’rtasidagi munosabatlar-avvalo nikoh, qon-qarindoshlik yoki oilaviy rishtalar 
bilan bog’liq 
bo’lgan  shaxslar  o’rtasidagi  shaxsiy  munosabatlardir. 
Oilaviy munosabat ishtirokchilarining bir-biriga munosabati umum axloqiy 
tamoyilga va ma’naviy me’yorlar bilan tartibga solinadi. Bu esa huquqiy 
demokratik davlatni  muvaffaqiyat  bilan  qurayotgan  jamiyat 
a’zolariga  xosdir. Oila a’zolari o’rtasidagi munosabatlarning huquqiy tartibga 
solinishi mana shu tamoyillarga tayanadi va ularga to’la mos keladi. Ba’zi hollarda
qonun oila a’zolarining o’z yaqinlariga g’amho’rlik qilish majburiyatini yuklaydi. 
Oila kodeksining 109-moddasiga binoan voyaga yetgan, mehnatga layoqatli 
bolalar mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj o’z ota-onasiga ta’minot berishlari 
va ular to’g’risida   g’amho’rlik   qilishlari  shart. 
Amaldagi qonunda oila a’zolarining aliment to’lash to’g’risidagi kelishuv tartibi 
e’tirof etiladi va ushbu tartib jamiyatda o’rnatilgan fuqarolarning o’zaro 
munosabatlari  qurilishiga  oid  axloqiy  mezonlarga  mos  keladi.  Zarur   hollarda   oila   a’zosi   moddiy   ta’minotni   sudning   hal   qiluv   qaroriga   asosan
undiriladi. 
Ko’p hollarda oila a’zolarining bir-biriga aliment ta’minoti davlat va ijtimoiy 
fondlardan olinadigan mablag’larga qo’shimchadir. Bu fondlarning ko’payishi va 
ular orqali fuqarolar ehtiyojlarining yanada ko’proq qondirilishi bilan aliment 
majburiyatlari  jamiyatda  o’z  ahamiyatini  yo’qota  boradi. 
5) davlat tomonidan onalik, otalik va bolalikni muhofaza etish va ularning 
manfaatlarini  har  taraflama  himoya  qilish.  
O’zbekiston   Respublikasining   Konstitutsiyasi   65-moddasini   2-qismi   va   Oila
kodeksining   4-moddasi   1-qismiga   binoan   oila,   onalik,   otalik   va   bolalik   davlat
himoyasidadir. 
 
Insonni   dunyoga   kelishligi   juda   katta   baxtdir.   U   muomala   layoqatiga   to’lib
mustaqil   ravishda   o’z   hohishi   bilan   nikoh   munosabatiga   kirib   oilasida   bolalar
tug’ilsa   unga   berilgan   eng   ulug’   nom,   unvon   bu   onalik,   otalik   va   bolalikdir.
Onalik.   Demokratik   huquqiy   davlat   va   adolatli   fuqarolik   jamiyatida   onalikni
himoya   etishga   alohida   ahamiyat   beriladi.   Chunki   ayolning   asosiy   vazifasi
insoniyat zanjirini bardavom ettirish, onalik ham jamiyat hayotidagi muhim bir ish
bo’lib qoladi. Onalikni boshqa hech bir vazifa bilan almashtirilishi mumkin emas. 
Ayol   kishi   uchun   dunyoda   onalik   baxtidan   buyukroq   baxt   yo’q.   Ona   bo’lish,
farzand ko’rish, alla aytish ayol uchun baxtdir. 
Otalik.  Oila huquqining tamoyili bo’lgan "Onalik va bolalikni muhofaza qilinishi"
jumlasi   yoniga   amaldagi   Oila   kodeksiga   "Otalik"   degan   so’z   ham   qo’sxildir.   Bu
mustaqillik sharofati tufayli bo’ldi. Chunki to’liq ma’noda "Oilaning, onalik, otalik
va bolalikning muhofaza qilinishi" bilan belgilanadi. 
Xotinni   homiladorlik   davri   bo’lajak   ota   uchun   ham   jiddiy   sinovdir.   Bu   davrda   er
bo’lajak   ona   va  bola   to’g’risida   g’amho’rlik   qilishi,  xotinning   eson-omon  qutulib
olishga   tayyorlanib   borishi   uchun   yaxshi   shart-sharoit   yaratib   berishda   qo’lidan
kelgancha   harakat   qilishi   lozim.   Unga   tegishlicha   ruhiy-iqtisodiy   muhitning
yaratilishi homiladorlikning sog’lom kechishini ta’minlaydi.  Otalikning   davlat   tomonidan   himoya   qilish   kafolati   sifatida   oilasida   har   bir   bola
tug’ilganda erkaklarga ish haqi saqlangan holda bir haftalik ta’til berilsa maqsadga
muvofiq bo’ladi, chunki oilada bolani dunyoga kelishida erkak ham ayol bilan teng
ishtirok   etib   u   ham   imtyozli   huquqqa   ega   bo’lishi   belgilansa   to’g’ri   bo’ladi.
Bolalik.   Bola,   ota-onaning   quvonchi,   fahri,   baxti,   er-xotinni   bir-biriga   payvand
qiladigan   ham farzanddir. 
Bolaga   mehr-muhabbat   tuyg’usi   onalarda   juda   kuchli   bo’ladi.   Ona   o’z   bolasini
tug’ilmasidan   ancha   avval   sevishga   va   unga   jonini   ham   berishga   qodir   zot.   Bola
paydo bo’lganidan  tug’ilgunga  qadar  onasi  hisobiga  oziqlanadi,  rivojlanadi.  "Ona
o’z   jonidan   jon,   o’z   tanidan   tan   ado   etadi",   deb   bejiz   aytishmagan.   Aholisining
yarmidan   ko’prog’ini   18   yoshgacha   bo’lgan   voyaga   yetmagan   bolalar   tashkil
etadigan respublikada bolalar huquqlarini ta’minlash alohida ahamiyatga ega. 
          O’zbekiston   Respublikasi   BMT   ning   1989-yildagi   “Bola   huquqlari
to’g’risida”gi   Konvensiyasiga   1992-yilda   qo’sxildi   va   2008-yil   yanvarda
O’zbekiston 
Respublikasining  “Bola  huquqlari  to’g’risida”gi  Qonuni  qabul 
qilindi. Oila huquqining manbalari hisoblangan O’zbekiston Respublikasining 
barcha huquqiy-me’yoriy hujjatlarida umume’tirof etgan xalqaro huquq tamoyillari
to’liq o’z  ifodasini   topgan. 
6) Ihtiyoriy   va   erkin nikoh.  
     Nikoh tuzish uchun bo’lajak er-xotin o’z roziligini erkin ifoda etish qobiliyatiga
ega   bo’lishi   kerak.   Nikoh   tuzishga   majbur   qilish   ta’qiqlanadi   (Oila   koyedksining
14moddasi). 
Jamiyatda   nikoh   erkak   bilan   ayol   o’rtasidagi   tenglik   va   o’zaro   hohish   asosida
tuzilgan   erkin   ittifoq   va   ahdnoma   bo’lib,   maqsadi   oila   qurish,   farzandlarni
jamiyatning munosib kishilari qilib tarbiyalashdan iborat. Nikoh tuzishning muhim
shartlaridan biri nikohlanuvchilarning ihtiyoriy va erkin ittifoqidir. 
Nikohga   kirishning   o’zaro   rozilik   sharti   buzilishi   faqat   uning   haqiqiy   emas,   deb
tanilishigagina emas, balki g’ayriqonuniy hatti-harakat sodir etib nikohga kirishga zo’rlagan, aldagan va qo’rqitgan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortishga ham asos
bo’ladi. 
Oila kodeksining 16- moddasiga ko’ra, nikoh to’zishga quyidagi holatlar monelik
qiladi: 
- Loaqal bittasi ro’yxatga olingan boshqa nikohda turgan shaxslar o’rtasida; - Nasl
–   nasab   shajarasi   bo’yicha   to’g’ri   tutashgan   qarindoshlar   o’rtasida,   shuningdek
farzandlikka   oluvchilar   bilan   farzandlikka   olinganlar   o’rtasida,   loaqal   bittasi
ruhiyat   bo’zilishi   sababli   sud   tomonidan   muomilaga   layoqatsiz   deb   topilgan
shaxslar   o’rtasida   yo’l qo’yilmaydi. 
Nikohning   o’zaro   rozilik   va   ixtiyoriy   asosda   to’zilishi,   oilaning   barqaror   va
mustahkam bo’lishiga imqoniyat yaratadi. Erkak va ayolning o’zaro roziligi bilan
nikoh   to’zishningmuhimligi   va   ahamiyati   BMT   Bosh   Assambliyasining   o’zaro
roziligi bilan «Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi» da ham ta’kidlangan. 
Deklaratsiyaning   16-   moddasiga   ko’ra 34
  «nikoh,   nikohdan   o’tayotgan   ikkala
tomonning hohish va batomom roziligi bilangina to’zilishi mumkin». Nikoh to’zish
uchun berilgan rozilik, chinakam bo’lishi kerak. O’zaro qo’rqitish, zo’rlik, aldash
yoki   ruhan   ta’sir   etish   yo’li   bilan   majbur   qilish   orqali   olinishi   mumkin   emas.
Zo’rlik,  qo’rqitish,  aldash  natijasida  to’zilgan nikoh,  nikohning haqiqiy  emas  deb
topilishiga   asos   bo’ladi.   Bu   g’ayriqonuniy   hatti-harakatni   sodir   etgan   shaxsga
nisbatan   jinoiy   javobgarlik qo’llaniladi. 
7) Faqat yakka nikohlikni tan olish va uni mustahkamlash uchun yordam 
berish. 
      Yakka   nikohlik   tamoyili   bizning   mamlakatda   mavjud   bo’lgan   yuksak   istiqlol
mafkurasi   me’yorlaridan   kelib   chiqadi.   Bunday   qoida   jamiyat   taraqqiyotining
hozirgi bosqichidagi oila munosabatlarining talablariga to’la javob beradi. 
Amaldagi   qonunda   belgilangan   yakka   nikohlik   hayotda   mavjud   bo’lgan   haqiqat
bilan muvofiq bo’lib odamlar hulq-atvoridagi qoidalarga mos keladi. Bu qoidaning
buzilishi   faqat   nikohni   haqiqiy   emas   deb   hisoblashdan   tashqari   qonunni   buzgan
shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortishga ham asos bo’ladi.  8) Davlat  tartibi  asosida  nikohdan  erkin  ajralish  
    Davlat   nazorati   asosida   nikohdan   erkin   ajralish   (Oila   kodeksining   37-moddasi).
Nikohdan   ajralish   er-xotinning   shaxsiy   huquqi,   ammo   nikohdan   ajralish   ijtimoiy
manfaatga   ta’sir   etishligini,   oilani   buzilishligini   hisobga   olib   davlat   nikohdan
ajralish   tartibi   va   asoslarini   belgilaydi,   bunda   er-xotinlarga   yordam   berib,
o’ylamasdan qabul qilingan qarorni oldini olishni nazarda tutadi. 
Amaldagi   qonunchilik   nikohdan   erkin   ajralish   davlat   tartibini   belgilab,   yetarli
darajada shaxsiy va ijtimoiy manfaatlarni himoya qilishni ta’minlaydi. 
9) Bolalarni mustaqillik va milliy istiqlol mafkurasi g’oyasi asosida 
tarbiyalash.  Mustaqillik va milliy istiqlol mafkurasi hamma zamonlarda 
ham eng dolzarb siyosiy-ijtimoiy masala, har qanday jamiyatni sog’lom, 
ezgu maqsadlar sari birlashtirib, uning o’z maqsadlariga erishish uchun 
ma’naviy-ruhiy kuch-quvvat beradigan   poydevor   bo’lib kelgan. 
Chunki,   mafkura-jamiyatda   yashaydigan   odamlarning   hayot   mazmunini,   ularning
intilishlarini   o’zida mujassamlashtiradi. 
 
Bolalar o’z taraqqiyot yo’lini, ertangi kun ufqlarini o’zining milliy g’oyasi, milliy
mafkurasi orqali belgilab olishga intilishlari lozim. 
"Oila-mafkuraviy   tarbiyaning   eng   muhim   ijtimoiy   omillaridan   biridir.   Chunki
oilajamiyat   negizi   bo’lib,   ko’p   asrlik   mustahkam   ma’naviy   tayanchlarga   ega.
Milliy mafkuramizga  xos  bo’lgan  ilk tushunchalar,  avvalo,  oila muhitida  singadi.
Bu   jarayon   bobolar   o’giti,   ota   ibrati,   ona   mehri   orqali   amalga   oshadi.   Oiladagi
sog’lom   muhit-sog’lom   mafkurani   shakllantirish   manbaidir.   Jamiyatda   har   bir
oilaning mustahkamligi, farovonligini, o’zaro hurmat va ahillikni ta’minlashmilliy
mafkurada ko’zda tutilgan maqsadlarni amalga oshirishda tayanch bo’ladi". 
 
   
   
       Nikoh to’zish  tartibi va shartlari.  
 
 
 
 
   
 
 
   
4   Bugungi kunda Oila masalasiga qaratilayotgan etibor 
Jamiyatdagi   har   qanday   qusur   va   kamchiliklarning   ildizini   aksar   hollarda
oilalardagi   ijtimoiy-ma’naviy   muhitdan   izlash   nechog‘li   o‘zini   oqlagani   kabi
kuchli,   barqaror   hamda   farovon   davlat   tizimi   negizini   ham,   avvalo,   mustahkam
oilalar   tashkil   etishini   bugun   tobora   chuqur   anglab   yetmoqdamiz.   Shu   ma’noda,
Prezidentimiz   Shavkat   Mirziyoyev   milliy   va   ma’naviy   qadriyatlarimizdan   kelib
chiqqan   holda   oila   institutini   rivojlantirish,   bu   sohada   yillar   davomida   e’tibordan
chetda qolib kelgan bo‘shliq hamda muammolar yechimi yuzasidan tegishli davlat
organlari   va   jamoat   tashkilotlari   oldiga   dolzarb   vazifalarni   qo‘yayotgani   bejiz
emas. 
Ko‘plab   ijtimoiy   og‘riqlarga   sabab   bo‘luvchi   erta   nikohlarning   jamiyatimizda
kuzatilayotgani,   har   yili   ajralishlar   soni   10-11   foiz   oshib   borayotgani,   ayollar
jinoyatchiligi,   voyaga   yetmaganlar   nazoratsizligi   hamda   huquqbuzarligi   ko‘p
uchrayotgani,   afsuski,   ayni   haqiqatdir.   Bunday   noxush   manzaralarga   uzil-kesil
chek qo‘yish va ularning oldini olish uchun, albatta, oilalar  bilan ishlash  tizimiga
hayotiy, samarador mexanizmlarni joriy qilish zamon talabiga aylandi. Binobarin,
davlatimiz rahbarining 2018 yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila   institutini   mustahkamlash   sohasidagi   faoliyatni   tubdan   takomillashtirish
choratadbirlari   to‘g‘risida”gi   Farmoni   zamirida   ham,   asosan,   ana   shu   maqsadlar
o‘z ifodasini topgan. 
Mazkur   Farmon   bilan   “Oila”   ilmiy-amaliy   tadqiqot   markazining   yagona   tizim
sifatida   Vazirlar   Mahkamasining   huzurida   tashkil   etilgani   bugungi   shiddatkor
globallashuv   jarayonida   axborotlashgan   oila   jamiyatning   asosiy   bo‘g‘ini   sifatida
muhofaza qilish hamda mustahkamlashga  muhtoj  ekani  va har  qanday davlatning
istiqboli   oila   mustahkamligi   bilan   chambarchas   bog‘liqligini   yaqqol   tasdiqlab
turibdi. 
Ta’kidlash   joiz,   ayni   vaqtga   qadar   oilalarni   alohida   ijtimoiy   institut   sifatida
monitoring qiluvchi hamda bu boradagi yagona siyosatni amalga oshiruvchi davlat
organi mavjud emas edi. Oilalar bilan ishlagan tashkilotlar tarqoq ravishda faoliyat
yuritardi.   Masalan,   mahalla   instituti   faqatgina   mahalla   kesimida,   xotin-qizlar
qo‘mitasi   ayollar   masalasida,   sog‘liqni   saqlash   tizimi   ona   va   bola   salomatligi
yo‘nalishida   hamda   shu   kabi   boshqa   qator   tashkilotlar   ham   o‘z   ob’ekti   tizimida
davlatimizning oila siyosatida ishtirok etib kelardi xolos. 
Mutlaqo   yangidan   shakllantirilgan   Markazning   asosiy   vazifasi   esa   davlat   hamda
jamoat   tashkilotlari,   parlament,   siyosiy   partiyalar,   ommaviy   axborot   vositalari   va
fuqarolik   jamiyatining   boshqa   institutlarini   O‘zbekiston   oilalarini   mustahkamlash
yagona g‘oyasi atrofida birlashtirish, bu borada samarali davlat siyosatini yuritish,
mamlakatda   faqat   sog‘lom   oila   sog‘lom   jamiyat   ustuni   bo‘lishi   to‘g‘risidagi
tushunchani aholi ongiga singdirishdan iboratdir. 
Biz ushbu maqsadlar yo‘lida yetakchi olimlar hamda mutaxassislarni, lozim bo‘lsa,
xorijiy ekspertlarni Markaz faoliyatiga keng jalb qilamiz. Barcha darajadagi oilalar
rivojiga   tegishli   masala   va   muammolarni   ilmiy   usullarda,   amaliy   tadqiqot   olib
borish   orqali   tahliliy   yondashgan   holda   hal   etish   niyatidamiz.   Albatta,   bugungi
zamondagi   turli   tahdidlar   sharoitida   oilalardagi   qiyinchiliklar   ko‘rsatkichlari   aniq masshtabini   aniqlash,   ularni   har   bir   hudud   kesimida,   hududning   o‘zigagina   xos
geografik,   etnikijtimoiy,   tarixiy,   madaniy-ma’rifiy   xususiyatlaridan   kelib   chiqib,
har   taraflama   o‘rganish   talab   qilinadi.   Oila   mustahkamligiga   erishish,   zamonaviy
namunali   oila   modelini   shakllantirish   uchun,   birinchi   navbatda,   barcha   sohadagi
ilmiy   ishlanmalar   holatini   inventarizatsiyadan   o‘tkazish   hamda   istiqbolda   amalga
oshirish   lozim   bo‘lgan   fundamental   amaliy   va   innovatsion   ilmiy   ishlar   rejasini
ishlab chiqish nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada O‘zbekiston ilm-
fanida   muayyan   yutuqlar   bor,   albatta.   Ko‘pgina   davlat   hamda   nodavlat,   xalqaro
tashkilotlar grantlari orqali dolzarb loyihalar hayotga tatbiq qilinayotgan bo‘lsa-da,
oldinda   bajariladigan   izlanishlar   ko‘lami   hali   juda   katta.   Ayniqsa,   demografiya
yo‘nalishi   bo‘yicha   ilmiy   ishlar   va   mutaxassislarning   yetarli   emasligi,   oilaviy
psixologlarning   deyarli   yo‘qligi,   shaxslararo   munosabatlar,   oilaviy   tadbirkorlik,
ijtimoiy xizmat sohasidagi ziddiyatlar, ularni bartaraf etishning ilmiy yechimlarini
topish masalalarida tizimli faoliyatni yo‘lga qo‘yishimiz zarur. Shu paytgacha oila
sohasida olib borilgan ilmiy ishlar aynan hududlardagi muammoli masalalar bilan
uyg‘un   emas,   shu   sababli   aksariyat   tadqiqotlar   o‘zini   oqlamagan,   ya’ni   real
hayotga joriy qilinmagan. 
Demak,   bizning   ustuvor   vazifalarimizdan   biri,   bu   —   sohadagi   haqiqiy   ilm
sohiblarini atrofimizga birlashtirish, dolzarb izlanishlarga muayyan hududlarga xos
bo‘lgan   muammolardan   kelib   chiqib   yondashish,   tadqiqot   natijalarini   amaliyotga
tatbiq   etishda   bosh-qosh   bo‘lib,   oilalardagi   qiyinchiliklarni   bartaraf   qilishning
ilmiy xulosalarini ishlab chiqish hamda amalda qo‘llashdir. 
Ana   shu   ezgu   maqsadlar   yo‘lida   joriy   yilning   9   aprel   kuni   Toshkent   shahrida   ilk
bor   O‘zbekistonning   taniqli   oilashunos   olimlari,   ekspertlari,   tadqiqotchilari,
huquqshunoslari,   demograflari,   psixologlari,   iqtisodchilari,   sotsiologlari,
tarixchilari,   dinshunoslari,   shuningdek,   prokuratura,   adliya,   FHDYo   organlari,
Maktabgacha ta’lim, Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Bandlik va mehnat
munosabatlari   vazirliklari   vakillari,   jami   yuz   nafardan   ziyod   mutaxassislarni   bir
davraga jamuljam qildik.  Ushbu   anjumanda   O‘zbekistonda   oila   institutini   mustahkamlash   hamda
rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatining tamoyillari atroflicha muhokama
etildi. Ma’lum bo‘ldiki, qilingan ishlardan ko‘ra, amalga oshirilajak ishlarimiz ko‘p
ekan va biz faqat birlashib, bir yoqadan bosh chiqarib hozirgi kundagi muammo 
hamda  bo‘shliqlarni  hal  etishimiz  mumkin  ekan. 
Alalxusus,   anjuman   ishtirokchilari   bilan   “Sog‘lom   oila   —   sog‘lom   jamiyat”
konseptual g‘oyasini hayotga tatbiq qilishga yo‘naltirilgan yagona davlat siyosatini
olib   borish   bo‘yicha   istiqboldagi   vazifalarni   kelishib   oldik.   Xususan,   oilaning
reproduktiv   salomatligi   va   demografik   rivojlanishini,   uning   farovonligi   hamda
xotirjamligini oshirish masalalarini kompleks o‘rganishni tashkil etish, zamonaviy
oilani rivojlantirish, oilaning ichki munosabatlari, shaxslararo munosabatlarni, boy
madaniy   tarixiy   meros   va   an’anaviy   oilaviy   qadriyatlar   muammolari   bo‘yicha
fundamental, amaliy hamda innovatsion tadqiqotlarni muntazam o‘tkazib boramiz.
O‘z   navbatida,   umuminsoniy   hamda   milliy   oilaviy   qadriyatlarni   tahlil   qilish
asosida   zamonaviy  namunali   oilaning  mezonlarini   belgilash   hamda  “Oila   jamiyat
va   davlat   himoyasida”   konstitutsiyaviy   prinsipini   keng   targ‘ib   etish   hamda
jamiyatga singdirish masalalariga ilmiy-innovatsion jihatdan yondashamiz. 
Anjumanda   qator   xalqaro   tashkilotlar,   chet   el   davlatlarining   oilashunoslari
qatnashgani   esa   oila   —   nikoh   munosabatlari   sohasidagi   ilg‘or   xorijiy   amaliyotni
ilmiy   tahlillarga   tayangan   holda   chuqur   o‘rganish,   xalqaro   va   xorijiy   tashkilotlar,
ilmiy-tadqiqot   muassasalari   bilan   uzviy   hamkorlik   hamda   tajriba   almashishni
yo‘lga qo‘yish borasidagi dastlabki qadamlarimizdan bo‘ldi. Anjuman yakunlariga
ko‘ra,   O‘zbekiston   Respublikasida   oila   institutini   mustahkamlash
Konsepsiyasining   loyihasi   tayyorlandi   va   yaqin   vaqtlarda   qabul   qilinishi
mo‘ljallanmoqda.   Xuddi   shuningdek,   voyaga   yetmaganlarni   huquqiy   himoya
qilishning   moddiy   protsessual   masalalari,   ajralishlarning   oldini   olish,   yoshlarga
oilaviy munosabatlarning  huquqiy hamda  psixologik  asoslarini  o‘rgatish,  oiladagi
ma’naviy-axloqiy   qadriyatlarni   mustahkamlash,   axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari  imkoniyatlaridan samarali  foydalanish orqali  zamonaviy namunali oilaning   mezonlarini   ishlab   chiqish   va   boshqa   ko‘plab   mavzularda   nafaqat
poytaxtda, balki chekka hududlarda ham xonadonma-xonadon yurgan holda ilmiy
izlanishlar olib borilib, chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda. 
Ma’lumki,   sudlar   tomonidan   qaror   qabul   qilinayotganida,   eng   avvalo,
ajralishlarning oldini olish, mazkur jarayonda ayollar hamda bolalar manfaatlarini
muhofaza   etish,   ayniqsa,   ularni   uy-joy   bilan   ta’minlashga   qaratilgan   choralarni
ko‘rish,   shuningdek,   erta   va   qarindoshlar   o‘rtasidagi   hamda   shar’iy   nikohlarning
oldini olish, bu borada javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha “Oila” markazi mas’ul
xodimlari   tomonidan   Oila,   Jinoyat,   Uy-joy,   shuningdek,   Ma’muriy   javobgarlik
to‘g‘risidagi   kodekslari   tegishli   moddalariga   o‘zgartishlar   kiritish   yuzasidan,
“Mediatsiya   to‘g‘risida”gi,  “Oilaviy  zo‘ravonlikka  qarshi   kurash   to‘g‘risida”gi  va
“Aholining   reproduktiv   salomatligi   to‘g‘risida”gi   qonun   loyihalariga   takliflar
berildi. 
Faoliyatimiz boshlangan qisqa davr ichidagi dastlabki ilmiy-amaliy tadqiqotlarimiz
natijalari   yoshlarning   oilaviy   turmushga   tayyor   emasligi,   kelinga   qaynona   yoki
oilaning   boshqa   a’zolari   turli   ko‘rinishda   zug‘umlar   o‘tkazishi,   xotinning   er
tomonidan kamsitilishi, qudalar o‘rtasidagi tushunmovchilik, arzimas oldi-berdilar
ham   yoshlarni   bir-biridan   ajratib   yuborishi,   boshqa   jiddiy   muammolarni   keltirib
chiqarishi   mumkinligidan   dalolat   bermoqda.   Demak,   oila   institutini
mustahkamlash   uchun   aholi,   ayniqsa,   yoshlar   orasida   tushuntirish-targ‘ibot
ishlarini   shunchaki   hisobot   emas,   balki   haqchil,   to‘g‘ri   va   samarali   olib   borish
hayotiy   zaruratga   aylanmoqda.   Tabiiyki,   bu   “Oila”   ilmiy-amaliy   tadqiqot
markazidan   zamonaviy   usul   va   yondashuvlarni   amaliyotga   tatbiq   etishni   talab
qiladi.   Shu   ma’noda,   eng   avvalo,   yoshlarni,   o‘g‘il-qizlarimizni   nafaqat   jismonan,
balki huquqiy, ruhiy, ma’naviy, moddiy tayyorgarligi masalasi ham o‘ta dolzarb va
bu   borada   keng   qamrovli   izlanishlar   olib   borishimiz   lozim.   Jumladan,   yoshlarni
turmushga   tayyorlashni   bola   tug‘ilishidan   boshlash   kerakligi,   ta’lim   tizimiga
axloqshunoslik,   oila   sohasiga   yo‘naltirilgan   fanlarni   kiritish,   turmushdan   avval yoshlarni   psixologik   jihatdan   birbiriga   mutanosibligini   tekshirish,   tibbiy   nazorat
samaradorligini oshirish, eng muhimi, turmush qurish uchun qanday bilimlarga ega
bo‘lishi   lozimligini   nikoh   yoshidagi   shaxslarga   yetkazishimiz   darkor.   Umuman,
oila   madaniyati   hamda   ma’rifatini   butun   umr   mobaynida   mustahkamlab   borish
lozimligi prinsipini shakllantirishga erishishimiz zarur. 
Albatta,  faoliyatimizning  eng   ustuvor   tomoni,   bu  —   oilaviy  ajralishlarning   oldini
olishga   qaratilgan.   Bu   yo‘nalishda   kuni   kecha   Sirdaryo   viloyatida   olib   borilgan
ilmiy   izlanishlarimizni   yakunladik.   “Oila”   ilmiy-amaliy   tadqiqot   markazining
mas’ul   xodimlari,   fan   doktorlari,   professorlar   va   fan   nomzodlari,   ilmiy
tadqiqotchilardan iborat 4 ta ishchi guruhi Sirdaryo viloyatining 4 ta shahar hamda
7   ta   tumanida   xonadonma-xonadon   yurib   tadqiqotlar   olib   borishdi.   Ma’lum
bo‘lishicha, viloyat aholisi mamlakat aholisining 2,5 foizinigina tashkil etadi, biroq
bu   hududdagi   ajralishlar   respublika   ko‘rsatkichining   4   foizini   qamrab   olmoqda.
Yoki viloyatda ajralishlar 2012 — 2017 yillarda 92 foizga oshib ketgani holat o‘ta
jiddiy   ekanidan   dalolatdir.   Ko‘rinib   turibdiki,   bu   borada   olib   boradigan
ishlarimizni   tubdan   o‘zgartirishimiz,   oilaviy   munosabatlarni   mustahkamlashning
samarali   ta’sirchan   usullarini   ishlab   chiqishimiz   va   bu   masalaga   o‘ta   mas’uliyat
bilan yondashishimiz shart. 
Shu bilan birga, ijtimoiy qiyin ahvolga tushib qolgan oilalar ham Markazimizning
doimiy   diqqat-e’tiborida   turishini   qayd   etish   o‘rinli.   Bu   masalaga   Namangan
viloyati   misolida   mutaxassislarimiz   yangicha   innovatsion   yondashuvni   joriy
qilishga kirishdi. Xususan, To‘raqo‘rg‘on tumanidagi qator muassasalar (hokimlik,
sog‘liqni   saqlash,   bandlik,   FHDYo,   ichki   ishlar,   mahalla   va   boshqalar)   bilan
hamkorlikda   avval   oilaga   ko‘rsatiladigan   xizmatlar   kompleks   o‘rganib   chiqildi.
Keyingi bosqichda bu axborot bilan ishlash yuzasidan oila sohasi mutaxassislariga
trenerlar   yordamida   mukammal   bilim   beriladi.   “Oila”   markazi   mutaxassislari
davlat   hamda   nodavlat   tashkilotlariga   oilaga   xizmat   ko‘rsatishni   ta’minlab
beruvchi   mutaxassis   sifatida   yaqinlashtiriladi.   Natijada   qiyin   ahvolga   tushgan oilalar davlat xizmatidan bahramand bo‘ladi. Bu jahon amaliyotida mavjud tajriba
bo‘lib,   ijtimoiy   ish   kasbiga   ega   bo‘lgan   xodimlar   faoliyati   katta   istiqbolga   ega.
Bunda oila to‘liq davlat himoyasi hamda ko‘magi bilan ta’minlanadi. Markazimiz
xodimlarining vazifasi esa mahallalarda qiyin ahvolga tushgan oilalarni aniqlashda
ko‘maklashish, ularning manzilli ro‘yxatlarini shakllantirish, ma’lumotlari bazasini
to‘plash,   mahalla   xizmatchilari   va   boshqa   tegishli   mutaxassislarning   malakasini
oshirish hamda davlat xizmati manzilli yetib borishi ustidan monitoring yuritishdan
iboratdir. 
Binobarin,   ushbu   yo‘nalish   va   umuman,   oilalar   bilan   ishlashda   barcha   soha
mutaxassislari   kerakli   bilim   hamda   ko‘nikmaga   ega   bo‘lishi   kerak.   Aynan   shu
maqsadda davlatimiz rahbarining Farmoni bilan “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot 
markazi zimmasiga ilk bor maxsus o‘quv kurslarini tashkil etish vazifasi yuklatildi
va   bu   kurslarda   mutaxassislar   oila   psixologiyasi,   oila   ma’naviyati,   yoshlarni
turmushga   tayyorlash,   sog‘lom   hamda   mustahkam   oila   barpo   etish,   muxtasar
aytganda, oila sohasidagi davlat siyosatining asoslari bo‘yicha muntazam ravishda
bilim,   malaka   va   tajribalarini   oshirib   borishadi.   “Oila”   markazining   Toshkent
shahar,   Qoraqalpog‘iston   Respublikasi   hamda   barcha   viloyatlar   boshqarmalari
huzurida   yoshlarni   oilaviy   hayotga   tayyorlash,   oiladagi   nizoli   holatlarni   hal
qilishning   huquqiy   va   psixologik   asoslarini   o‘rgatish,   ajralishlarning   oldini   olish,
shuningdek, oiladagi ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlashga oid boshqa
masalalar   bo‘yicha   kadrlar   malakasini   oshirish   hamda   ularni   qayta   tayyorlash
bo‘yicha   ana   shunday   maxsus   o‘quv   kurslari   erta-indin   o‘z   faoliyatini   boshlashi
kutilmoqda. 
15 may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan joriy yilning 8 may kuni Vazirlar 
Mahkamasi yig‘ilishining bayoni bilan Oilalar mustahkamligini ta’minlash, 
oilaning farzand  tarbiyasi  borasidagi  mas’uliyatini  oshirish,  oilaviy 
qadriyatlarni mustahkamlash, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni saqlashda 
oilaning tutgan o‘rnini targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi  qabul qilindi. Unga muvofiq, 10 — 17 may kunlari mamlakatimizda “Mustahkam 
oila haftaligi” deb e’lon qilindi. Ayni kunlarda butun respublikamiz bo‘ylab 
joylarda oilalar barqarorligini ta’minlashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy 
uchrashuvlar, yuzma-yuz muloqotlar, savol-javoblar, viktorinalar, sport-
sog‘lomlashtirish musobaqalari, ilmiy-amaliy konferensiyalar, kitobxonlik kunlari 
va boshqa turli mavzulardagi tadbirlar o‘tkazish avj pallaga kirgan. 
Bular,   albatta,   quvonarli.   Biroq   bugungi   globallashuv   sharoiti   ijtimoiy-iqtisodiy
omillar   juda tez  o‘zgarayotgan bir  chog‘da  chinakam   ma’naviyat   o‘chog‘i,  milliy
an’ana   va   urf-odatlarni   asrab-avaylash   manbai   —   oilalar   bilan   ishlashni   tobora
kuchaytirishni   taqozo   etmoqda.   Davlatimiz   rahbari   shu   yil   7   fevral   kuni
mutasaddilar   ishtirokida   o‘tgan   yig‘ilishda,   Sirdaryo   hamda   Namangan
viloyatlariga   tashrif   buyurganida   ham   sohada   hali   amalga   oshirish   zarur   bo‘lgan
qator   dolzarb   vazifalar   turganiga   urg‘u   berar   ekan,   oilaga   e’tibor   aslida   bu
o‘zligimizga e’tibor ekanini alohida ta’kidladi. 
Hozirgi   paytda   mamlakatimizda   7   milliontadan   ortiq   oilalar   mavjud.   Ularda
kamolga   yetayotgan   bolalar   esa   —   ertamiz   egalari,   kelajagimiz.   Har   bir   oilaning
mustahkam   bo‘lishi,   ularda   sog‘lom   muhit   qaror   topishi   farzandlar   tarbiyasida
muhim   rol   o‘ynaydi.   Ayniqsa,   yurtimizdagi   tinchlik-osoyishtalik,   ijtimoiy
barqarorlikni   kafolatlashda   ham   katta   o‘rin   tutadi.   Shunday   ekan,   bu   boradagi
sa’yharakatlar ko‘lamini kengaytirish maqsadga muvofiq va bu zimmamizga katta
mas’uliyat yuklaydi.                                                    XULOSA  
      Davlatning  rivoji  va  taraqqiyoti,  yurt   tinchligi,  xalq  faravonligi   va  jamiyatning
yuksak   darajada   rivojlanishi   oila   hamda   oiladagi   tarbiya   bilan   bevosita   bog’liq.
Ertangi kun ijodkori, siz bilan bizning umidimiz, davlatning rivoji va taraqqiyoti,
yurt tinchligi, xalq faravonligi va jamiyatning yuksak darajada rivojlanishi oila va
oiladagi tarbiya bilan hamda kamol topayotgan umidli yosh barkamol avlod bilan
bevosita   bog’liq.   Mustaqil   O’zbekistonda   bu   borada   amalga   oshirilayotgan
tadbirlar   hamda   erishilgan   yutuqlar   dunyo   hamjamiyati   tomonidan   tan   olinib,
yuksak   baholanmoqda.   Biz   bundan   haqli   ravishda   g’ururlanishimiz   va
faxrlanishimiz   mumkin.   Shu   bois,   O’zbekiston   Respublikasi   oila   huquqi,   uning
tizimi   va   tamoyillari   mavzusidagi   bitiruv   malakaviy   ishi   bugungi   kunda   dolzarb
ahamiyatga ega  mavzulardan biridir.     Оilаning аsоsiy vаzifаsi hаm jаmiyatgа fidоyi kоmil insоnlаrni еtishtirib bеrishdаn
ibоrаt. Zеrо, sоg`lоm bоlа bu sоg`lоm оilаning mеvаsidir. Sоg`lоm insоn dеgаndа,
fаqаt   jismоniy   sihаt-sаlоmаtlikni   emаs,   bаlki   o`zbеk   хаlqigа   хоs   shаrqоnа
оdоbахlоq,   milliy   g`оya   vа   bаg`rikеnglik,   insоnpаrvаrlik   kаbi   ezgu   his-tuyg`ulаr
ruhidа kаmоl tоpgаn mа`nаn еtuk insоnni tushunishimiz mumkin. Zеrо, mа`nаviy
sоg`lоm   insоnlаr   аvvаlо   yurt   tinchligi,   хаlq   fаrоvоnligi   vа   хаlqning   ertаngi   kuni
uchun   qаyg`urа   оlаdilаr.   Bеvоsitа   оilаdаgi   sоg`lоm   muhit,   sоg`lоm   mаfkurа,
mа`nаviy   sоg`lоm   insоnning   tаyanch   mаnbаidir   dеya   оlаmiz.   Jаmiyatimiz
mustаhkаm   tаyanchi   bo`lmish   оilа   nаfаqаt   ertаngi   kun   shахslаrini   tаrbiyalаydi,
bаlki vаtаn vа ertаngi kun uchun qаyg`urа оlish qоbiliyatini hаm shаkllаntirа оlishi
shubhаsizdir. 
    Foydalanilgan adabiyotlar 
1.Mirziyoyev   Sh.M.   Buyuk   kelajagimizni   mard   va   olijanob   xalqimiz   bilan   birga
quramiz. Toshkent, « O ‘zbekiston», 2017 yil, 488 bet.  
2.Mirziyoycv Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O`zbekiston davlatini birgahkda
bаrро etamiz. Toshkent, « O ‘zbekiston», 2016 yil, 56 bet.  
3. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt 
tarqqiyoti va xalq farovonligining garovi. Toshkent, «O'zbekiston», 2017 yil, 48 
bet.  
4. Bobur   B .  O ’  M .,  Xoldorov   E . D . O ’.,  Shumqorova   Sh . P .  Oila   kelib  
chiqishining   mazmun   mohiyati .  Scientific progress. – 2021. –  Т . 2. – №. 1. –  С . 
70-74. 
5. Qyumov    Abdumalik   Abdukamol   o ’ g ’ li  " Tarrbiya   va   madaniyat   jamiyat  
rivojidagi   muhum   yo ; nalish ."  Scientific progress 1.5  (2021).  
6. Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch”-T; Ma’naviyat 2009-yil
7. Inomova K.M. “oilada bolalarning ma’naviy ahloqiy tarbiyasi”-T; fan-1999., 
151 b
8. Tadjiyeva S. N. Sobirova A.D. “Oila va bolalar bilan ijtimoiy ish” kurs o’tkazish
uchun xrestomatiya T;-2009, 320-bet.
Elektron manbalar
www.Ziyo.uz
www. Pedagog.uz
www. Ref.uz

DAVLATNING OILANI MUHOFAZA QILISH SOHASIDAGI SIYOSATI REJA: KIRISH ASOSIY QISIM 1. Oila jamiyatning asosiy bo’g’ini 2. Oilaning jamiyat va davlat himoyasida bo’lishi 3. Oila huquqining tamoyillari. 4. Bugungi kunda Oila masalasiga qaratilayotgan etibor XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Oila muqaddas! Milliy qadriyatlarimizga asoslangan holda, ishonch bilan aytishimiz mumkinki, o’zligini anglagan har qanday inson o’z oilasi va o’z yaqinlari, vatandoshlari to’g’risida qayg’urmasa. Darhaqiqat, Hurmatli yutrboshimiz “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asarlarida -“har qaysi millatning o’ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, hech, shubhasiz, oilaning o’rni va ta’siri beqiyosdir”- deb ta’kidlaganlagan edilar. Davlatning rivoji va taraqqiyoti, yurt tinchligi, xalq faravonligi va jamiyatning yuksak darajada rivojlanishi oila hamda oiladagi tarbiya bilan bevosita bog’liq. Ertangi kun ijodkori, siz bilan bizning umidimiz, davlatning rivoji va taraqqiyoti, yurt tinchligi, xalq faravonligi va jamiyatning yuksak darajada rivojlanishi oila va oiladagi tarbiya bilan hamda kamol topayotgan umidli yosh barkamol avlod bilan bevosita bog’liq. Mustaqil O’zbekistonda bu borada amalga oshirilayotgan tadbirlar hamda erishilgan yutuqlar dunyo hamjamiyati tomonidan tan olinib, yuksak baholanmoqda. Biz bundan haqli ravishda g’ururlanishimiz va faxrlanishimiz mumkin. Shu bois, O’zbekiston Respublikasi oila huquqi, uning tizimi va tamoyillari mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi bugungi kunda dolzarb ahamiyatga ega mavzulardan biridir. Kurs ishining maqsadi. Mazkur kurs ishining maqsad va vazifalari aniq belgilangan bo’lib, ish reja asosida yozilgan. Bunda oila huquqi tushunchasi va huquqiy asoslari hamda oila huquqi tizimini, oilaviy huquqiy-munosabatlarning turlari va oila huquqining tamoyillarini, nikoh, oila munosabatlari bu munosabatlarda er-xotin, ota-ona, farzandlar va boshqa qarindoshlar o’rtasidagi oilaviy munosabatlarni tahlil qila olish, oila qonunchiligi me’yorlarini tushunish va qo’llay olish malakalarini shakllantirishdagi huquqiy bilimlar vositasida huquqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgandir.

Kurs ishining vazifalari. Oila sohasidagi huquqiy munosabatlarning asosiy manbayi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hisoblanadi. Jamiyat va davlatning oilaga g‘amxo‘rligi ijtimoiy siyosatimizning muhim yo‘nalishiga aylangan. - er-xotinning (shaxsiy va mulkiy) huquqlari va majburiyatlari; - ota-onaning (shaxsiy va mulkiy) huquqlari va majburiyatlari; - nikoh tuzishda teng huquqlilik; - voyaga yetmagan bolalarning (shaxsiy va mulkiy) huquqlari va majburiyatlari; - ota-onalar va bolalar, er-xotin, sobiq er-xotin, qarindoshlar va boshqa shaxslarning aliment majburiyatlari; - nikohning tugatilish asoslari; - er-xotinning umumiy mol-mulkka egalik qilish, foydalanish va uni tasarruf etish huquqi; - nikoh shartnomasini tuzishda er-xotinning huquqlari va majburiyatlari; - farzandlikka olish tartibi; - bolaning huquq va manfaatini himoya qilish bo‘yicha ota-onaning huquq va majburiyatlari; - ota-onaning bolani tarbiyalash hamda ung - ota-onalik huquqidan mahrum qilish asoslari; - vasiylik va homiylikka murojaat etish huquqi. Kurs ishining ob’yekti, subyekti va predmeti. Har qanday boshqa munosabatlarda bo‘lganidek, oilaviy huquqiy munosabatlarda ham uch element: ob’yekt, subyekt, predmeti, subyektiv huquq va majburiyatlarni ko‘rishimiz mumkin. Oilaviy munosabatlarning subyekti bo‘lib, er-xotin, ota-ona, bolalar, vasiylar va homiylar, boshqa qarindosh-urug‘lar hamda oila qonunlari sohasida u yoki bu munosabatlarni hal etishda ishtirok etuvchi yuridik shaxslar, fuqarolar uyushmasi, muassasalar, organlar, ijtimoiy birlashmalar hisoblanadi. Oila a’zolariga, oilaning sobiq a’zolariga tegishli qonun bilan himoya qilinadigan axloqiy va moddiy qadriyatlar yuzasidan oila huquqi subyektlari qabul qiladigan harakat va qarorlar oilaviy huquqiy munosabatlarning obyektlari bo‘lishi mumkin.

Kurs ishining amaliy ahamiyati. Kurs ishining amaliy ahamiyati shundan iboratki undagi huquqiy madaniyat va uning tarixiy shakillari hamda shkillanishining ijtimoiy, ta’limiy va metodik asoslarning tahlil qilishi ochib berishi, demokratik jamiyat uchun muhum bo’lgan bu vazifalarni o’quvchilarda shakillantrish hamda rivojlantrishning ilmiy asoslarini yaxshiroq bilib olishga yordamlashadi. Kurs ishining tuzulishi va hajmi. Kurs ishiga kirish, asosiy qism, 4 ta paragrif, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

1. Oila jamiyatning asosiy bo’g’ini О il а j а miyat t а ri х id а а z а ld а n m а vjud bo’lm а g а n. Ibtid о iy j а m оа tuzumining birinchi b о sqichid а , kishil а r to’d а -to’d а bo’lib yash а yotg а n d а vrd а jinsl а r о r а sid а gi mun о s а b а tl а r mu а yyan t а rtib-q о id а g а eg а bo’lm а y, to’d а d а gi b а rch а erk а kl а r v а а yoll а r bir-birl а rig а umumiy er- хо tin his о bl а ng а n. L е kin, bu о il а l а rd а h а li er- хо tin nik о hi b а rq а r о r а l о hid а х o’j а likk а eg а bo’lm а g а n. Ijtim о iy ishl а b chiq а rish ch о rv а chilik v а d е hq о nchilikning riv о jl а nishi bil а n erk а kl а r m е hn а tining q а dri о shdi, m а hsul о t ishl а b chiq а rishd а ulushi о rtdi, bin о b а rin, ul а rning ijtim о iy m а vq е i h а m tubd а n o’zg а rdi. Mаvjud qоidа tаrtiblаr — fаrzаndlаrning оnаgаginа tеgishli bo’lishi, оnа mulkigа mеrоsхo’r sаnаlishi erkаklаrning yangi mаvqеigа zid kеlib qоldi. Nаtijаdа оtа хuquqigа аsоslаngаn pаtriаrхаl оilа vujudgа kеldi. Оilа хаlqning, jаmiyatning hаyoti, turmushigа оid urf-оdаtlаrni o’zidа sinоvdаn o’tkаzаdi. Yaхshilаrini o’z bаg`ridа аsrаb-аvаylаb kеlаjаk аvlоdlаrgа еtkаzаdi. Оilа o’z fаrzаndlаrini tаrbiyalаb, ulаrgа umuminsоniy qаdriyatlаrni singdirish bilаn ulаrgа bоshlаng`ich ij-timоiy yo’nаlish bеrаdi. O’z fаrzаndlаrini kаttа оqimgа — jаmiyatgа qo’shish bilаn esа оilа jаmiyat yo’nаlishi, iqtisоdiyoti, mаdаniyati vа mа`rifаtini hаm bеlgilаshgа o’z tа`sirini ko’rsаtаdi. SHuning uchun hаm Shаrqdа оilа qаdimqаdimdаn muqаddаs qo’rg`оn hisоblаnib kеlingаn. Хususаn, o’zbеk оilаlаrining sеrildizlik, sеrbutоklik хususiyatlаri hоzir hаm sаqlаnib turibdi. O’zbеklаrdа оilаlаrning muаyyan turmush tаrzi shаkllаnib hаyotiy tаjribа оrttirib bоrishi, tеjаmli vа sаrishtа ro’zg`оr tutishi, fаrzаndlаrni оdоbli, mа`nаviy еtuk bo’lib kаmоl tоpishidа kеksаlаr, оtа-оnаning rоli kаttа. o’zbеk оilаlаri o’zlаrining mustаhkаmligi, sаrаnjоm-sаrishtаligi, bоlаjоnligi, qаrindоsh-qоndоshlik rishtаlаrini hurmаt qilishi, mехr-оqibаtli vа bоshqа qаdriyatlаri bilаn аjrаlib turаdi. O’zbеkistоnning dаvlаt mustаqilligi tufаyli хаlqimizning аzаliy milliy urf-оdаt vа mаrоsimlаri qаytаdаn tiklаnа bоshlаndi, bu udumlаr оilаni mustаhkаmlаshdа muhim o’rin egаllаydi. O’zbеkistоn hukumаti оilа mаsаlаlаrigа dаvlаt siyosаti dаrаjаsidа bаjаrilishi lоzim bo’lgаn ustuvоr vаzifа sifаtidа qаrаydi. O’zbеkistоn