Eksperimental psixologiyaning zamonaviy holati


Eksperimental psixologiyaning zamonaviy holati MUNDARIJA: KIRISH.......................................................................................4 I.BOB. EKSPERIMENTAL PSIXOLOGIYA FANI TARIXI............5 1.1. Eksperimental psixologiya fani haqida........................5-8 1.2. Veber va Fexnerning eksperimental psixologiya fani taraqqiyotiga qo’shgan hissalari........................................9-12 II.BOB. EKSPERIMENTAL--PSIXOLOGIK TADQIQOTLARNI TASHKIL QILISH.....................................................................13 2.1. Metodologiya. Ijtimoiy psixologik tаdqiqot dаstur...14-21 2.2. Kuzаtish mеtodi.Hujjаtli manbаlа r tаhlili. Аnkеta vа intеrvyu...............................................................................22-31 XULOSA.............................................................................32-33 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI........................34 1
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Zamonaviy eksperimental psixologiya fanining rivojlanishi shu jihati bilan xarakterliki, undagi ma’lumotlarni amalda qo’llash inson faoliyatining turli qirralarini o’z ichiga oladi. Oldingi asrlardan farqli jihati ham shundaki bunda akademik fan qiziqishlarini emas, balki hayotning o’zi fan oldiga tadqiqotning yangi muammolarini qo’ya boshlaydi. Agarda oldin psixologiya fani laboratoriya va kafedralalarda mavhum bilimlarni namoyon etib turgan bo’lsa, endi psixologiyaning amaliy jihatlari zudlik bilan rivojlanishiga yuz tutdi. M: mehnat, injener, kriminal, harbiy psixologiya shular jumlasidandir. SHunday qilib psixologiyani ikki sohaga bo’lish mumkin: 1. Ilmiy; 2. Amaliy Har qandiy eksperimental psixologik tadqiqotlarning asosiy belgilari quyidagilardan iborat bo’ladi. 1.Muammolarning mavjudligi, qachonki ularning echimini topish ilmiy tadqiqotsiz mumkin emas. 2.Ilmiy farazlarning (gipoteza) mavjudligi-muammolarning echimini ilmiy jihatdan asoslab berishda tahminlarning aniq qo’yilishi. 3.Mavjud farazni tekshirib ko’rishda ilmiy tajribani tayyorlash va uni o’tkazish. 4.Tajribada erishilgan natijalarni matematik statistika asosida taqqoslash. Hozirgi kunda ta’lim tarbiya tizimida yigit va qizlarni tarbiyalab ta’lim berishda, ota-onalarni tayyorlashda, mutaxassislar tayyorlash va ularni malakasini 2
oshirishda qator muammolar mavjud. Ushbu muammolarni tajribada tadbiq qilib, aniq bir tavsiyalar berish fan oldida turgan dolzarb muammolar hisoblanadi. 1 muammo: Bolalar va katta yoshli kishilarning psixologik rivojlanishini jadallashtirish. Ushbu muammo shundan dalolat beradiki, hali shu kunga qadar ayrim kishilar psixik rivojlanish zaxiralaridan barcha unumli foydalana olishmayapti. Ayrimlarda ushbu zaxiralar hali o’rganilmagan (L.S.Vigotskiy). 2 muammo: yosh inqirozlarini aniqlash va bartaraf etish. 3 muammo: Rivojlanishda senzitiv (jadal) davrini diagnostika qilish va uni boshqarish. 4 muammo: bolani ta’lim olishda real imkoniyatlarini aniqlash va uning keyingi perspektiv rivojlanishini ta’minlash. Kurs ishining obyekti. Eksperimental psixologiya fani bo‘yicha shaxslarda tushuncha uyg‘otish va shu fanga qiziqtirish. Kurs ishining predmeti. Olimlarning eksperimental psixologiya fan sohasi bo‘yicha qilgan ishlari va tadqiqotlari. Kurs ishining vazifalari: Psixologiya fanining yuzaga kelishi haqida tushuncha berish; Eksperimental psixologiya fanining mustaqil fanga aylanishi haqida ma'lumot berish; Eksperimental psixologiyaning qadimiy holatini o‘rganish; Bu fanning hozirgi kundagi ahvoli haqida tushuncha berish; Eksperimental psixologiya fanining hayotimizdagi ahamiyati. 3
Kurs ishining tarkibi: Mazkur kurs ishi kirish, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, 2bob va 4bo‘limdan iborat. I.BOB. EKSPERIMENTAL PSIXOLOGIYA FANI TARIXI 1.1. Eksperimental psixologiya fani haqida VUNDT (Wundt) Vilgelm (1832.16.8, Mangeym — 1920.31.8, Grosboten, Leypsig yaqinida) — nemis psixologi, fiziologi, faylasufi va tilshunosi. Eksperimental psixologiya asoschilaridan biri. Leypsig sh.da Vundt tomonidan 1879-yilda yaratilgan dunyodagi birinchi psixologik lab. xalqaro eksperimental psixologiya markazi boʻlib qoldi; unda sezgilar, "reaksiya vaqti", assotsiatsiyasi, diqqat, sodda hissiyotlar oʻrganilgan. Vundt ruhiy hayotda irodani markaziy omil deb hisoblagan. "Analitik introspeksiya" gʻoyasi (oʻz-oʻzini kuzatish)ni ilgari surgan. Mashhur ingliz оlimi F.Gal’tоn 1884 „1885 yillar davо mida bir nеcha sеriyalardan tajribalar o’tкazdi. Bunda 5 dan 80 yoshgacha bo’lgan hохlоvchilar arzimagan haq evaziga labо ratoriyada o’z кuchi, rеaкtsiya tеzligi; оrganizmning хislatlarini 17 кo’rsatкich bo’yicha tекshirishlari edi. Bu кo’rsatкichlar qatоriga shuningdек , bo’yi, о‘tkiirliк , о‘pкaning triкliк siqimi, кalt va musht кuchi, harflarni eslab qоlish qоbiliyati, кo’rish o’tкtrligi, rangni farqlash кabi кo’rsatкichlar ham кiritildi. To’liq dastur bo’yicha hammasi bo’lib 9337 кishi tеkshirilib chiqildi. F.Gal’tоnning fiкriga 4