EKSPLUATATSIYADAGI TЕMIRBЕTON KO‘PRIKLARNING YUK KO‘TARUVCHANLIK QOBILIYATI VA UZOQQA CHIDAMLILIGINI BAHOLASH USLUBIYATI
EKSPLUATATSIYADAGI TЕMIRBЕTON KO‘PRIKLARNING YUK KO‘TARUVCHANLIK QOBILIYATI VA UZOQQA CHIDAMLILIGINI BAHOLASH USLUBIYATI MUNDARIJA Kirish ........................................................................... . ............. .……….. ............. 4 I Bob “ O‘zbekiston Respublikasi avtomobil yo‘llaridagi ko‘prik inshootlarining holatini tahlil qilish” …… ......................... .. ............. . ............ . ...7 1.1. Ko‘prik inshootlarining holatini texnik diagnostika natijalari asosida aniqlash bo‘yicha tadqiqotlarini olib borish va ma'lumotlar to‘plash............................. . .... 8 1.2. Tendentsiyalar va muammolarni aniqlash bo‘yicha tadqiqotlarini olib borish va ma'lumotlar to‘plash ( Samarqand viloyatidan o‘tuvchi davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘llaridagi temir beton ko‘priklar ) ……………………………… ...16 1.3. Ekspluatatsiya qilinayotgan ko‘priklar holatini yaxshilash bo‘yicha kontseptsiyalar .................. ............. ............. ............. ....................... ............. ... 3 7 1.4. I bob bo‘yicha xulosalar.............................................. .............................. .. 46 II Bob “Ko‘prik inshootlari holatini baholash uslubiyati” 2.1. Umumiy holatlar......................................................... ..................................47 2.2. Ko‘prik inshootlari holatini transport-ekspluatatsion holatini baholash va ko‘rsatkichlarini aniqlash...................... .............................................................. . 51 2.3. Konstruktsiya holatini uzoqqa chidamlilik bo‘yicha baholash...... .............. . 54 2.4. Inshoot holatini butunasiga baholash................ ............................................60
2.5. II bob bo‘yicha xulosalar.... ...........................................................................63 III Bob “Ko‘prik inshootlari holatini prognoz qilish uslubiyati” 3.1. Yuk ko‘tarish qobiliyatini prognoz qilish ......... ........................................... . 65 3.2. Xizmat muddatini hisobiy prognoz qilish ..... .......................................... ..... 66 3.3. Ekspluatatsiya qilinayotgan ko‘prik inshootlarining qoldiq resursini hisobiy prognoz qilish....... ............................................................................................ ... 67 3.4. III bob bo‘yicha xulosalar ...... ................................................................. .... 77 Umumiy xulosalar……………………………………………………………...78 Adabiyotlar....... ...................................................................................................79 KIRISH So‘nggi vaqtda ko‘priklarni qurish va ulardan foydalanish muammolari tobora dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda. Bu O‘zbekiston Respublikasi avtomobil yo‘llaridagi transport oqimi keskin ortishi bilan bog‘liq. Mos ravishda, ko‘priklarga tushadigan yuklar ham ortib ketdi. Bundan tashqari, beton konstruksiyalardan foydalanishda tabiiy omillar ham jiddiy ahamiyat kasb etadi. Shu sababli ko‘priklarning uzoq muddat xizmat qilishi masalasi bir necha umumlashtirilgan tarkibiy qismga ega bo‘lib, ular qatoriga ma’naviy, mexanik va fizik-kimyoviy eskirishni kiritish mumkin. Hozirgi kunda ko‘priklar birinchi navbatda ma’naviy jihatdan eskirgan. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyingi davrlarda bir qancha sohalarda katta yutuqlarga erishildi. Xususan, transport infratuzilmalarida katta ishlar qilib kelinmoqda. Shu jumladan, avtomobil yo‘llari sohasida ham bir qancha yutuqlarga erishildi. O‘zbekiston Respublikasida mavjud ko‘priklarning 2
87 % yig’ma temirbeton konstuktsiyali ko‘priklarni tashkil qiladi. Mazkur temir beton ko‘priklarning aksaryati 1960-1970 yillar oralig’ida qurilgan. Ko‘priklarning temirbeton oraliq qurilmalarini ta’mirlash-tiklash ishlarini olib borish, hamda transport vositalarini xavfsiz o‘tkazishni ta’minlash maqsadida ekspluatatsiyasining eng ratsional strategiyasini o‘rnatish bo‘yicha ishni tashkil qilish va o‘tkazish bo‘yicha masalalar еchimi keng yoritilgan. Mavzuning dolzarbligi. Ekspluatatsiyadagi temirbeton ko‘priklarning yuk ko‘taruvchanlik qobiliyati va uzoqqa chidamliligini baholash bo‘yicha ilmiy-asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biri sanaladi. Mazkur dissertatsiya temirbeton ko‘priklarning yuk ko‘taruvchanlik qobiliyati va deformatsiyon choklarining umrini uzaytirishda effektiv usullarni joriy qilishga yo‘naltirilganligi bilan muhim. Ekspluatatsiyalanayotgan ko‘priklarning texnik holatini baholash va qoldiq resursini prognozlash masalasi dolzarb hisoblanadi. Ishning maqsadi ekspluatatsiyadagi ko‘priklarning yuk ko‘tarish qobiliyati va uzoqqa chidamliligini texnik diagnostika natijalari asosida pragnozlashdan iborat. Shu jumladan quyidagi masalalar еchimini ko‘rib chiqish ko‘zda tutilgan: • O‘zbekiston Respublikasi sharoitida mavjud ekspluatatsiyadagi avtoyo‘l ko‘priklarini tekshirish natijalarini umumlashtirish; • Temirbeton avtoyo‘l ko‘priklarining yuk ko‘tarish qobiliyati va uzoqqa chidamliligini aniqlash; • Ekspluatatsiyadagi ko‘priklarning yuk ko‘tarish qobiliyati va uzoqqa chidamliligini texnik diagnostika natijalari asosida pragnozlash. Ishning ilmiy yangiligi • Texnik diagnostika natijalari asosida ekspluatatsiyadagi temirbeton avtoyo‘l ko‘priklarining holatini o‘rgangan holda deformatsiyon choklarning umrini uzaytirish, yuk ko‘tarish qobiliyati va qoldiq resursini prognozlashga bog‘liq. 3
Ishning amaliy ahamiyati • Ekspluatatsiyadagi temirbeton ko‘priklarning deformatsiyon choklarning umrini uzaytirish, yuk ko‘tarish qobiliyati va qoldiq resursini prognozlash bilan ahamiyatlidir. Bu transport vositalarining ko‘prik bo‘ylab uzluksiz va xavfsiz harakatlanishini ta’minlaydi va konstruksiyaning ekspluatatsion ishonchliligini oshiradi. Tadqiqot ob'ekti – Samarqand viloyatidagi avtomobil yo‘llarida joylashgan temir beton ko‘priklar. Tadqiqot predmeti – Samarqand viloyatidagi avtomobil yo‘llarida joylashgan temir beton ko‘priklarning holatini, yuk ko‘tarish qobiliyatini va qoldiq resursini prognozlash. Tadqiqot ishi vazifalari: Tadqiqot ishining maqsadidan kelib chiqib, quyidagilar dissertatsiyaning asosiy vazifalari sifatida belgilandi: • avtomobil yo‘llarida joylashgan temirbeton ko‘priklarning holatini, yuk ko‘tarish qobiliyatini hamda bugungi kundagi mavjud holat va muammolarni o‘rganish; • avtomobil yo‘llarida joylashgan temir beton ko‘priklarning holatini, o‘rgangan holda yuk ko‘tarish qobiliyati bo‘yicha hisob kitoblar olib borish. Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi. Tadqiqot ishida quyidagi metodlardan foydalanish ko‘zda tutilgan: • avtomobil yo‘llarida joylashgan temir beton ko‘priklarning holatini, yuk ko‘tarish qobiliyatini hisobga olgan holda tadqiq etishda Samarqand viloyatidagi avtomobil yo‘llarida joylashgan temir beton ko‘priklarni ko‘zdan kechirish; • Kuzatish – avtomobil yo‘llarida joylashgan temir beton ko‘priklarning holatini, yuk ko‘tarish qobiliyatini aniqlash . 4
I BOB “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AVTOMOBIL YO‘LLARIDAGI KO‘PRIK INSHOOTLARINING HOLATINI TAHLIL QILISH” O‘zbekiston Respublika hududidagi hatlov natijalari bo‘yicha avtomobil yo‘llaridagi ko‘priklar va yo‘l o‘tkazgichlarning 2021 yil holatiga jamlanma MA’LUMOT Т/ R Ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlarni balansda saqlovchilar MiqdoriXatlov natijalariga ko‘ra Ko‘priklarni texnik holati Balli baxolash 5 4 3 2 1 0 Texnik xolati A’lo Yaxshi Qoniqarli Qoniqarsiz Normal foydalanish imkoni yo‘q Avarya 5