Galtonning qobiliyatlarni oʻrganish boʻyicha ekspertlar tadqiqotlari
Mavzu: Galtonning qobiliyatlarni o rganish bo yicha ekspertlarʻ ʻ tadqiqotlari Reja: Kirish I.BOB. GALTON TADQIQOTLARI ASOSLARI 1.1.Qobiliyat haqida umumiy tushuncha 1.2. Qobiliyatni amaliy tadqiq qilish usullari II.BOB. GALTONNING ILMIY TADQIQOTLARI 2.1. Galtonning qobiliyatborasidagi ilmiy ishlari 2.2. Qobiliyatni o rganish yuzasidan metodikalar ʻ XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH Kurs ishining dolzarbligi: Ilm-fan va texnologiyalarning jadal rivojlanishi, global dunyoda raqobatning ortishi sharoitida har bir davlat va jamiyatning bu jarayonda raqobatbardoshligi yoshlarning intellektual rivoji hamda ularning iste’dodi va qobiliyatlarini toliq amalga oshirishga e’tibor berishga bogliq boladi. O’zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.M.Mirziyoyev o’zining nutqida ―Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og’ishmasdan, qat‘iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko’taramiz. Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va manaviy salohiyatga ega bolib, dunyo miqyosida oz tengdoshlariga hech qaysi sohada bosh kelmaydigan insonlar bolib kamol topishi, baxtli bolishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz, deb takidlagan edi. Shuning uchun bu masala har doim davlatlarning ozoq muddatli rivojlanishini taminlashga qaratilgan barcha strategiyalarda aks ettirilgan. O’zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishlari boyicha Harakatlar strategiyasi ham bu borada istisno bolmadi. O’zbekistan Respublikasi Oliy majlisining IX sessiyasida davlatimizning Birinchi prezidenti I.A.Karimov oliy talimni isloh qilishda va malakali kadrlarni tayyorlashda psixologiyaning fan sifatida alohida orni borligiga jamoatchilik diqqatini qaratgan edi. Darhaqiqat, yetuk kadr bolish uchun shaxs nafaqat oz iqtidori, bilimi va saviyasini nazariy jihatdan oshirishi zarur, balki fan sohasiga tegishli ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishga, eksperimental-psixologik tajribalar otkazishga tayyor bolmogi, psixologik tajribalar otkazishning ilmiy qonuniyatlari va qoidalarini mukammal egallamogi zarur. Kurs ishing maqsadi: Eksperimental tadqiqot bosqichlarini o rganish.ʻ Tadqiqot obyekti: Sharof Rashidov nomidagi SamDU Psixologiya va ijtimoiy- siyosiy fanlar fakulteti amaliy psixologiya yo’nalishi 2-bosqich talabalariga ,, Eksperimental psixologiya fanini o qitish jarayoni. ʼʼ ʻ
Kurs ishining predmeti : Galtonning qobiliyatni o rganishdagiʻ eksperimental tadqiqotlarini o rganish. ʻ Kurs ishining vazifalari: -Qobiliyatni psixologik jihatdan o rganish. ʻ -Qobiliyatni o rganishda Galtonning yutuq va kamchiliklarini tahlil qilish. ʻ -Qobiliyatni eksperimental o rganish metodlari bilan tanishish. ʻ Tadqiqotning metodologik asosi: Tadqiqotimizning metodologik asosi bolib chet el psixologlari va respublikamiz yetuk mutaxassis olimlari hisoblandi.
I.BOB. GALTON TADQIQOTLARI ASOSLARI 1.1.Qobiliyat haqida umumiy tushuncha Qobiliyat insonning shunday psixologik xususiyatidirki, bilim, ko‘nikma, malakalarini egallash shu xususiyatlarga bog‘liq bo‘ladi. Lekin, bu xususiyatlarning o‘zi bu bilim va ko‘nikmalarga taalluqli bo‘lmaydi. Malaka, ko‘nikma va bilimlarga nisbatan odamning qobiliyatlari qandaydir imkoniyat tarzida namoyon bo‘ladi. Qobiliyatlar imkoniyatlardan iborat bo‘lib, biror bir ishdagi mahorat darajasi haqiqatdir. Bolada namoyon bo‘ladigan musiqaga qobiliyati uning musiqachi bo‘lishi uchun imkoniyatlar, maxsus ta’lim berilishi, qat’iylik, salomatligining yaxshi bo‘lishi, musiqa asbobi, notalar va boshqa ko‘pgina sharoitlar bo‘lishi kerak. Bularsiz qobiliyatlar taraqqiy etmay turiboq so‘nib ketishi mumkin. Qobiliyatlar faqat faoliyatda namoyon bo‘ladi. SHuning uchun ham faqat ana shu qobiliyatlarsiz amalga oshirilishi mumkin bo‘lmagan faoliyatlardagina namoyon bo‘ladi. O‘quvchida ham zaruriy ko‘nikma va malaka tizimi hamda mustahkam bilimlar tarkib topish uslublari yo‘qligiga asoslanib, jiddiy tekshirib ko‘rilsa, shoshilinch ravishda unda qobiliyatlar yo‘q, deb xulosa chiqarish pedagogning jiddiy psixologik xatosi bo‘ladi. Masalan, Albert Eynshteyn o‘rta maktabda uncha yaxshi o‘qimaydigan o‘quvchi hisoblangan va uning kelajakda genial bo‘lishidan hech narsa dalolat bermas edi. Qobiliyat bilim va malakalarning o‘zida ko‘rinmaydi, balki ularni egallash tizimida namoyon bo‘ladi ya’ni, boshqacha qilib aytganda mazkur faoliyat uchun muhim bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish jarayonida turli sharoitlarda qanchalik tez, chuqur, engil va mustahkam amalga oshirishida namoyon bo‘ladi Qobiliyatlar individual psixologik xususiyatlar bo‘lishi bilan aql sifatlari xotira xususiyatlariga, hissiy xususiyatlar va shu kabilarni qarama-qarshi qo‘yib bo‘lmaydi, hamda qobiliyatlarni shaxsning bu xususiyatlari bilan bir qatorga qo‘yish ham mumkin emas. Agar shu sifatlarning birortasi yoki ularning yig‘indisi
faoliyat talablariga javob bersa yoki bu talablar ta’siri bilan tarkib topsa bu shaxsning mazkur individual xususiyatlarini qobiliyatlar deb hisoblashiga asos bo‘ladi.Qobiliyat kishining psixologik va fiziologik tuzilishi xususiyatidir. Qobiliyat bilim olish uchun zaruriy shart-sharoit bo‘lib, shuning bilan birga u ma’lum darajada bilim olish mahsuli hamdir. Umumiy va maxsus bilimlarni o‘zlashtirish, shuningdek, kasbiy ko‘nikmalarni egallab olish jarayonida qobiliyat mukamallashib va rivojlanib boradi. Qobiliyatga yaqinroq turadigan tushunchalar ko‘nikma va malakadir. Ular faoliyat mexanizmini tashkil qiladilar. Hamda ular qobiliyat bilan birgalikda mahoratga erishishni ta’minlaydilarki, buning natijasida mehnatda katta yutuqlar qo‘lga kiritiladi. Qobiliyatli, ammo noshut inson ko‘p narsaga erisha olmaydi. Qobiliyat ko‘nikmada ro‘yobga chiqadi. Darhaqiqat, qobiliyatli kishining ko‘nikma va malakalari ko‘p qirrali va mukammallashgan bo‘ladi. SHuning bilan birga ko‘nikma va malalakalar etishmagan qobiliyatni bir muncha to‘ldirish yoki undagi kamchilikni tugatish mumkin. Ko‘nikmalarni umumlashmasi mohirlik deb ataladi. Mohirlik ham qobiliyatning o‘zginasidir. Har qanday qobiliyat ham murakkab bo‘lib, u kishiga turli-tuman talablar qo‘yadi. Agar shaxs xususiyatlari tizimi shu talabga javob bera olsa kishi faoliyatni muvaffaqiyat bilan amalga oshirish uchun o‘z qobiliyatliligini ko‘rsata oladi, agarda xususiyatlardan qaysi biri rivojlanmagan bo‘lsa, shaxs mehnatning muayyan turiga nisbatan ham qobiliyatli deb baholanadi. Har bir qobiliyatning o‘ziga xos tuzilishi mavjud. Qobiliyat tarkibida tayanch va etakchi xususiyatlarni, muayyan asosiy yoki yordamchi xususiyatlarni farq qilish lozim. Barcha qobiliyatlar uchun asosiy tayanch xususiyat kuzatuvchanlik, bilish ko‘nikmasidir. Bu individual narsaning o‘ziga xos tomoni, ijodiy faoliyat uchun boshlang‘ich materialni ko‘ra bilish demakdir. Qobiliyatning etakchi xususiyati ijodiy tasavvur qilishlik hisoblanadi.Barcha qobiliyatlar uchun asosiy tayanch xususiyat kuzatuvchanlik, bilish ko‘nikmasidir. Bu individual narsaning o‘ziga xos tomoni, ijodiy faoliyat uchun boshlang‘ich materialni ko‘ra bilish demakdir. Qobiliyatning etakchi xususiyati ijodiy tasavvur qilishlik hisoblanadi. Quyidagilarni yordamchi xususiyat deb hisoblash mumkin: xotira (u faoliyat