logo

Hozirgi qiyofadagi qadimgi odamlarning vujudga kelishi.

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

35.931640625 KB
Mavzu: Hozirgi qiyofadagi qadimgi odamlarning 
vujudga kelishi.
  Reja:
I. KIRISH.
II. ASOSIY QISM.
1.   Hozirgi qiyofadagi odamlar topilgan manzilgohlar va ularning 
tavsifi.
2 . Yevropa, Osiyo va Afrikadan topilgan hozirgi qiyofadagi 
qadimgi odamlarning topilgan manzilgohlari.
3.   Hozirgi qiyofadagi qadimgi odamlarning vujudga kelish 
omillari.
4.  Hozirgi   qiyofadagi qadimgi odamlarning rivojlanish   bosqichlari.
5.  Hozirgi qiyofadagi qadimgi odamlarning tashqi ko’rinishi, 
xo’jaligi va mehnat qurollari.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar   ro’yxati. Kirish
                      Hozirgi   ilmiy   mulohazalarga   ko’ra   tadrijiy   rivojlanish   mahsuli   bo’lgan
odam   bir   necha   million   yillar   muqaddam   odamsimon   maymunlardan   vujudga
kelgan.  Diniy  kitoblarda  esa  odamzod  Olloh  taolo tomonidan  yaratilgan  deyiladi.
Olimlar fikricha, yer yuzida odamzod 3-3.5 million yildan beri yashab kelar ekan.
Odamzodnning paydo bo’lishi haqida turli xalqalar turlicha rivoyatlar to’qiganlar.
Tarixchi, arxeolog va antropolog olimlar esa odamzod yer farzandi, u shu zaminda
paydo bo’lib ko’paygan va rivoj topgan, deydilar. Bu mavzu bugungi kunning eng
muhim   muammoli   masalalaridan   biridir.   Olimlarning   ma’lumotlariga   qaraganda,
odamzod   dastlab   Afrika,   janubiy   va   janubi   sharqiy   Osiyoda   paydo   bo’lgan.
Keyinroq esa Yevropaning ichkari hududlariga kirib borgan. Inson mehnat qilishi
tufayli hayvonlar olamidan ajralib chiqib, uzoq rivojlanish bosqichini o’z boshidan
kechirib, bundan 40-45 ming yil ilgari hozirgi zamon qiyofasidagi odamga aylandi.
Shu bilan antropogenez jarayoni tugab, nihoyasiga yetdi. Kurs ishining dolzarbligi:
Bu mavzu bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biridir. Kurs ishi: II bob,
xulosa   va   foydalanolgan   adabiyotlaridan   iborat.   Men   bu   kurs   ishining   mavzusini
ochib   berish   jarayonida   hozirgi   qiyofadagi   qadimgi   odamlarning   shakllanish
jarayonini o’rganib chiqib, uni to’la yoritib berishga harkat qildim. Asosiy qism
1. Hozirgi   qiyofadagi   qadimgi   odamlar   topilgan   manzilgohlar   va   ularning
tavsifi. 
       
                        Yevropada   hozirgi   qiyofadagi   qadimgi   odamlarning   topilgan
manzilgohlari.                   
                Olimlarning   fikr   mulohazalariga   ko’ra   odamning   hamda   garilla   va
shimpanzelarning   yaqin   umumiy   ajdodi   hisoblangan   odamsimon   qazilma
maymunlar driopitek bundan 14-20 million yillar ilgaari miotsen davrida, Janubiy
Osiyo,   Janubiy   Yevropa   va   Afrikada   tarqalgan1   .   Bulardan   yana   biri   Darvin
driopiteki   bo’lib,   uning   qoldiqlari   Avstraliyaning   o’rta   miotsen   yotqiziqlaridan
topilgan.     Odam   ajdodiga   yaqinroq   maymunlardan   yana   biri   ramapitek   bo’lib,
ulaening   suyak   qoldiqlari   Shimoliy   Hindistondagi   Sivalika   tepaligining   quyi
pliotsen   yotqiziqlaridan   topilgan.  Ramapiteklarning   qoldiqlari   Sharqiy   Afrikadagi
Keniyadan   topilib,   u   keniyapitek   deb   ham   ataladi.   Ular   1014   million   yil   ilgari
yashagan mavjudotdir. Gruziyaning Sagarji rayonidagi Udobnopitek.             
                      Ramapiteklarning   yoshi   10-   14   million   yil   ilgari   yashagan   bo’lsa
Udobnopitek   16-13   million   yil   ilgari   yashagan   deb   taxmin   qilinadi.   Odamning
dastlabki kelib chiqish markazining manzili masalasiga kelsak, bu borada ko’plab
nuqtai  nazarlar   mavjud. Ulkan  Osiyo  qit’asi,  shu  jumladan,  Janubi   sharqiy  Osiyo
tabiatshunoslar   e’tiborini   tortdi.   Ushbu   mintaqalarda   topilgan   sodda   odamsimon
mavjudotlar- gominidlarning qazilma qoldiqlari  misli  ko’rilmagan topilma bo’lib,
odamning   Osiyodan   kelib   chiqqanligiga   bir   dalil   hisoblanadi.   Hayot   evolutsion
rivojalanishining   oliy   darajasi   bo’lgan   odamning   shaklllanishi   ham   noyob
jarayonlar ta’sirida ro’y bergan. Shulardan biri taxminan 15 million yil muqaddam
primatlarning   ajdodlari   zich   yashagan   Afrika   qit’asining   shimoli-sharqida   uran
rudasining boy konsentratsiysiga ega bo’lgan qatlamlarning ochilishiga olib kelgan
ulkan yoriq Afrika rifti yuzaga  1
 keldi. Sayyoramizning turli mintaqalarida topilgan
shakli   va   rivojlanish   darajasiga   ko’ra   bir-biridan   farqlanuvchi   minglab   suyak
qolodiqlari   qadimgi   odamlarning   evolutsion   rivojlanishi   natijasida   paydo
bo’lganligiga   shubha   qoldirmaydi   .   Markaziy   va   janubiy   Yevropa   ham   tabiiy
sharoiti   jihatidan   eng   qadimgi   odamlarning   yashashi   uchun   qulay   bo’lgan.   1907-
yilda Germaniyaning Geydelberg shahri va Mauer qishlog’i yaqinidan pitekantrop
va sinantropga zamondosh bo’lgan odam suyaklari topilgan. Bu olimlar tomonidan
“Geydelberg   odami”   deb   nomlangan.   Geydelberg   g’oridan   suyak   qoldiqlari
topilgan bo’lsada, tosh qurollari topilmagan bo’lsada, bu odamlar mehnat qurollari
yasash   qobiliyatiga   ega   bo’lgan   degan   farazlar   mavjud.   1958-   yilda   Fransiyaning
Vallon g’oridan hayvon suyaklari, tosh qurollar va ularning parchalari topilgan.     
1
 1 Kabirov A. Ibtidoiy Jamiyat tarixi. T:2005. b:34-35.            Vengriyaning poytaxti Budapesht shahri yaqinidagi Verteshsellesh, Chehiya
poytaxti   Praga   shahri   yaqinidagi   Пржезлятитса   degan   joydan   arxantroplarning
tishi, qadimgi  hayvonlarning suyaklari  va odddiy tosh qurollar  topilgan . So’nggi
ma’lumotlarga asoslanib faraz qilinishicha Yevropa arxantroplari 2 mln bilan 100
ming   yil   oralig’ida   yashagan   ekanlar.   Ammo   Yevropa   kishilikning   vatani
bo’lmagan. Bu yerga odamlar Afrikadan kirib kelganligi haqida ma’lumotlar bor.  
                 Arxantroplarning yashash  manzilllaridan turli  tosh qurolllar ham topilgan.
Ular   yovvoyi   hayvonlar   qurshovida   yashaganlar.   Hayot   uchun   kurash   davomida
odamning   o’zi   ham,   tashqi   qiyofasi   ham   o’zgarib   bordi.   Hozirgi   ko’rinishdagi
odamlarning   paydo   bo’lishi   Solyutre,   Madlen,   Orenyak   davriga   to’g’ri   keladi4   .
Taxminan   25-30   ming   yil   muqaddam   odamlar   ancha   takomillashgan   kesuvchi,
arralovchi   va   parmalovchi   mehnat   qurollari   yasaydigan   bo’lishgan. 2
    Insonning
takomillashib   borishi   so’nggi   paleolitga   kelib   homo   sapiensni(aqlidrokli)   odamni
vujudga keltiradi. Fanda uni shuningdek (yangi odam) yoki kromanyon odam deb
ham   aytishadi.   Paleolit   odami   chaqmoqtoshlarni   bir-   biri   bilan   urish   yoki
yog’ochni – yog’ochga ishqalash orqali sun’iy olov olishni o’zlashtirganlar. 3
  1856
yil esa Germaniya Federatif Respublikasining Neandertal vodiysidagi Dyusseldorf
shaxri   yaqinida   joylashgan   Filgafer   g’oridan   yer   qazish   ishlari   vaqtida   odamning
bosh suyak qopqog’i va skletining bir qancha suyaklari topildi. Mazkur suyaklari  
         Neandertal vidiysuidan topilgan uchun joining nomi bilan ataladi. Ularfanda
qadimgi   odamlar   deb   ataladilar.   Yer   yuzining   turli   burchaklaridan   topilgan
neandertal odamining kalla suyagi, skleti va boshqa a’zolarining suyak qoldiqlarini
xar tomonlama chuqur o’rganilishi , ularning tashqi qiyofasini tiklash imkoniyatini
berdi.   Neandertallarning   tashqi   ko’rinishi   ko’p   jixatdan   xozirgi   odamlarga   yaqin
bo’lgan.   Bu   xol   miya   qutisining   sig’imi   xozirgi   odamnikiga   barobar   ekanligini
ko’rsatadi.   Lekin   ularning   bosh   miyasi,   xususan   muyasining   peshona   qismi
birmuncha sustroq rivojlangan va oddiyroq tuzilgandir. Neandertal tishlarimkuchli
ildizli,   katta   va   qattiq   bo’lib,   oziqni   xususan   go’shtni   chaynash   uchun
moslashgandir.Tnasining   uzunligi,   bo’yi   basti   jixatidan   ular   zamonaviy
odamlardan   orqada   turgan   albatta.   Ularning   bo’yi   155-160   sm   bo’lgan.   Lekin
ularning skleti xozirgi zamon odami skletiga qaraganda baquvvatroq bo’lib, tashqi
tuzilishi ko’proq rivojlangan. Bu xol ular muskulining kuchli bo’lganligidan darak
beradi.   Neandertallarning   umurtqa   pog’onasi   zamonaviy   odamlarniki   singari
bo’lmay   biroz   bukilgan   bo’lib,   oyog’ining   bolder   suyaklari   son   suyaklariga
nisbatan   kaltadir.   Bu   xol   ularning   yurish   va   yugirishda   u   qadar   epchil   chaqqon
bo’lmaganliklarini   ko’rsatadi.   Xullas   neandertallarning   tashqi   ko’rininshida
maymunga  xos   bo’lgan   ba’zi   bir   ibtidoiy  belgilar   mavjud   bo’lib,   ular   xali   xozrgi
2
  Inetnet ma’lumotlari: www. Википидия
3
  Bobobekov A. “ Ibtidoiy jamiyat tarixi”. odami   darajasiga   yetib   kelmagan   edi.   Ular   jismoniy   jixatdan   xozirgi   zamon
kishisiga   bevosita   shart   –   sharoit   tug’durgan   taraqqiyotning   pitekantrop   va
sinantropidan   so’ngi   bosqichda   turadi.     Lekin   ular   arxantroplarga   nisbatan   ancha
ilgarilab   ketgan   edilar.   Bu   ularning   mexnat   qurollarining   xili   vazifasida   xam
ko’zga tashlanadi . Neandertallar past bo’yli kaltabaqay kuchli muskulli biroz son
bukchaygan   katta   boshli   iyaklari   sezilarsiz   bo’lib   burinlari   oldinga   cho’chayib
chiqib   turgan.   Eng   dastlabki   “Ishbilarmon   odam”   ning   asta   –   sekin   rivojlana
borishi oqibatda neandertal tipidagi kishilar vujudga kela boshladi. Odam biologic
jixatdan rivojlanayotgan ekan, asta - sekin kamolot sari qadam tashlayotgan ekan,
ularning   yashash   tarzi   xam   o’zgarib   brogan.   Mazkur   o’zgarishlar   o’sha   davr
kishilarining mexnat qurollarida xammadan avval ko’zga tashlandi.       
                      1.2.Osiyodagi   hozirgi   qiyofadagi   qadimgi   odamlarning   topilgan
manzilgohlari.   Osiyoning   janubiy,   sharqiy,   janubi-   sharqiy   va   O’rta   Osiyo   qismi
ham   eng   qadimgi   odamlarning   yashashlari   uchun   qulay   imkoniyatlarga   ega
bo’lgan,   hudud   bo’lganligi   bilan   ahamiyatlidir.   1890-1891-yillarda   golland
shifokori   E.   Dyubua   tomonidan   Indoneziyaning   Yava   orolidagi   Trinil   degan   joy
yaqinidan   pitekantrop(yunoncha   “   pitekos”-   maymun,   “antropos”-   odam)   suyak
qoldiqlari   (bosh,   bolder   suyaklari   va   ikkkita   jag’   tishi)   topilgan.   Bu   qazilma
odamga   Pitekantrop   deb   nom   berganlar.   Olimlarning   fikriga   ko’ra   Dyubua
pitekantropi   800-ming   yil   ilgari   yashagan   bo’lsa,   Indoneziyaning   Yava   orolidagi
Mojekertodan topilgan pitekantrop bola suyagining qoldiqlari bundan 1 mln. 500-
1mln.   200   ming   yil   ilgari   yashagan   bo’lsa   kerak   deb   taxmin   qilinadi.
Pitekantroplarning   makonlari   va   qurollari   ilk   bor   Yava   orolidan   topilgan.   Bular
fanda   arxantroplar   deb   ataladi5   .   Arxantroplarga   mansub   qazilma   odamlarinig
makonlari va mehnat qurollari Xitoyning CHjaukautyan degan g’oridan kanadalik
D.Blek va xitoylik (Pen-Ven) Chjun kabi olimlar tomonidan topilgan. 1963-1964-
yillarda esa xitoylik arxeologlar Pekin shahridan 900 km  janubi-  g’arbda Xuanxe
(Sariq   daryo)   soxilda   joylashgan   Lantyan   degan   mavzedan   sinantropga   mansub
makondan   suyak   va   tosh   qurollarning   qoldiqlarini   topganlar.   Sinantrop   odamiga
mansub makonlar Xitoy janubi va Vyetnamdan ham topilgan. 
                  Xitoydan   topilgan   Sinantropning   yoshi   500-600   ming   yilga   teng   bo’lib
olimlarning   fikricha   xuddi   shu   paytda   odamlar   tabiatda   mavjud   olovdan
foydalanishni   o’zlashtirganlar 4
.     O’zbekiston   hududida   ham   arxeologik   hamda
paleontrologik   tadqiqot   ishlari   o’tkazilgan.   Bu   tadqiqotlar   hozirgi   zamon   tipidagi
odamning tadrijiy rivojlanishi va shakllanish jarayonlarida O’rta Osiyo mintaqasi,
xususan   O’zbekistonning   roliga   yangicha   qarash   imkonini   berdi.   Bundan   75-yil
muqaddam   1938-   yilda   Boysun   tog’laridagi   Teshiktosh   g’oridan   topilgan
neandertal bola suyaklari muste davrining xrstomatik yodgorligi hisoblanadi .   
4
 Kabirov A. Ibtidoiy jamiyat tarixi. T: 2005. b: 43-44                  2003-yil yozda Toshkent  yaqinidagi Obiramat paleolit davri manzilgohida
qazish ishlari olib borilayotganda fan uchun ajoyib bir hodisa ro’y berdi. Kamida
50ming   yil   muqaddam   yashagan   qadimgi   odamning   suyaklari   topildi.   Bundan
tashqari   bu   yerdan   ohak   toshli   va   chaqmoqtoshlardan   yasalgan   nukleuslar,
parrakchalar, o’tkir ichli sixchalar, qirg’ichlar, kurakchalar, uchirindilardan tayyor
pichoqlar   kovlab   olingan   bo’lib,   ularning   umumiy   soni   30   mingdan   ortadi.
Obirahmatdan   topilgan   kalla   suyagi   qoldiqlari   hamda   tishlarni   o’rganish   o’ta
hayratbahsh   natijalar   berdi.   Obirahmat   odami   neandertal   bilan   hozirgi   zamon
tipidagi   odamning   omuhta   qiyofasini   namoyon   etadi,   shu   tufayli   uning   ko’pgina
morfologik o’xshashi yo’q.  5
 
                     3. Afrikadagi hozirgi qiyofadagi qadimgi odamlarning Manzilgohlari. xx
asrning 50-yillaridan  boshlab  Afrikaning  sharqiy  mamlakatlarida  yirik  arxeologik
qidiruv   ishlari   olib   borildi.   Bu   izlanishlar   natijasida   insoniyatning   dastlabki
vakillarining qoldiqlari Afrikaning Olduvay darasidan, Keniyaning Koobifor,     
Efiopiyaning Turkana ko’li, Omo daryosi  soxilidagi  joylardan topilgan. Bu odam
qoldiqlari   Tanzaniyaning   Zinj   nomli   qishlog’idan   topilgani   uchun   fanda
“zinjantrop”   odami   nomini   olgan.   Olimlarning   tekshiruvi   natijalariga   ko’ra   bu
“ishbilarmon   odamlar”   bundan   3-2   million   yil   ilgari   yashaganlar.   Antropologlar
fikricha   ishbilarmon   odamlar   ba’zi   jihatlari   bilan   zamonaviy   odamlarga   o’xshash
bo’lganlar. Ular  yog’och  va toshdan qurollar  yasab janub o’lkalaridagi  mevalarni
iste’mol   qilganlar.   Turli   hayvonlar   ovlab   ovqat   sifatida   go’shtini   homligicha
iste’mol   qilganlar   .   Afrikadan   topilgan   eng   qadimgi   odamlar   dastlabki   qazilma
mavjudod,   odamzod   taraqqiyotining   birinchi   bosqichi   edi.   Odamlashishning   ilk
bosqichiga oid boy jihatlar tufayli o’tgan asr oxirlariga kelib Afrika odamzodning
ilk vatani masalasida oldingi marraga chiqib oldi. Paleogenetiklar xx asr oxirlarida
keng ko’lamdagi  materiallar  asosida  barcha odamzod  yagona turga  va bu turning
vatani   Afrika   ekanini   isbotlab,   ta’bir   joiz   bo’lsa,   masalaga   so’nggi   nuqtani   qo’ya
bildilar . Tanzniyaning “Laetoli” manzilgohida bundan 3.8 million yil muqaddam
vulqon   izida   qolib   ketgan   katta   yoshli   odamsimon   mavjudod   va   bolaning   izlari
topilgan. Bu izlar dastlabki  odamlar  paydo bo’lishidan ikki  million yil ilgari  ham
ikki   oyoqda   yuruvchi   mavjudotlar   yashaganligidan   dalolat   beradi.   Bir   guruh
olimlar   (Keppens,   Ioaxanson,   Taebl)   Afrikadagi   Qazishmalar   chog’ida   topgan
“Lyusi”.   U   Laetolida   izi   qolgan   mavjudot   hayot   kechirgan   davrda   Efiopiyadan
shimolda   yashagan.   Ayol   tos   suyagining   tuzilishi   uning 6
.     ikki   oyoqda   yura
olganini taxmin qilish imkonini beradi, biroq unig qo’loyoq va bo’g’im  suyaklari
bu   avstrolopitekalrni   har   vaqt   ham   ikki   oyoqda   yurmaganlar   degan   fikrga   olib
keladi.   Ular   ko’pincha   daraxtlarga   tirmashib   chiqishgan.   Ularning   qo’llari   odam
5
 7 Internet ma’lumotlari: www. Google.uz.
6
 8 Kabirov A. Ibtidoiy jamiyat tarixi. T:2005.b: 44-45 qo’llariga   o’xshab   ketadi10   .   Keniyaning   Olduvay   va   Kubifora   manzilgohidan
topilgan   skletlar   bilan   birga   ishlov   berilgan   tosh   qurollar,   shuningdek   qurilgan
boshpanaga   o’xshash   yashash   manzili   ham   topilgan.   Ana   shu   belgilar   tufayli
maskur   tur   Homo   habilis-   uquvli   odam   deb   atalgan.   Homo   habiles   skletrlari
janubiy   Afrikadan   Efiopiyagacha   bo’lgan   hududda   topilgan,   lekin   Indoneziyadan
topilgan ayrim qazilma skletlarni ham ular sirasiga kiritish mumkinligi ehtimoldan
uzoq   emas.   1970-   yili   Keniyadagi   Kobbi-For   degan   joydan   Olduvay   davriga
mansub   tosh   qurollar   Kaliy   Argon   usuli   bilan   hisoblanganda   3.5-3   mln   yil   ilgari
yashaganligi   ma’lum   bo’ldi.   Bu   tosh   qurollar   inson   yaratgan   eng   qadimgi   va
dastlabki tosh qurollar bo’lib hisoblangan.  7
             Hozirgi qiyofadagi qadimgi odamlarning vujudga kelish Omillari.  Hozirgi
qiyofadagi   odamlarning   vujudga   kelishida   tabiiy   omillar   ta’siri.   Kaynazoy   davri
60-70 million yil davom etgan . Uchlamchi davr oxirga kelib, hozirgi o’simlik va
xayvonot   dunyosi   shakllana   boshlaydi.   Uchlamchi   davr   oxirida   paydo   bo’lgan
mamont   ,   darlanda   tishli   yo’lbarslar,   katta   tishli   bug’ular   va   boshqa   hayvonlar
to’rtlamchi  davr  mobaynida qirilib ketadi  va bu davrda Yevro Osiyo  va shimoliy
Amerikani   kattagina   hududlarini   to’rt   marta   muzlik   qoplagan.   Natijada   shu
hududlarda   yashaydigan   hayvon   va   o’simliklar   sovuq   natijasida   qirilib   ketadi   ,
lekin shu bilan bir qatorda muz oldi hududlarida o’simliklarning va hayvonlarning
ba’zi   bir   turlari   yashab   qolishadi   .  Muzlik   davri   tufayli   jahon  okeanlarining   sathi
60-90 metrgacha pasaygani natijasida Yevropa bilan Angliya Osiyo bilan Shimoliy
Amerika   o’rtasida   quruqlik   hosil   bo’ladi.   Bu   quruqlik   orqali   o’zaro   aloqalar
vujudga   kelgan.   Masalan,   hayvonot   va   o’simlik   dunyosining   migratsiyasi   uchun
yahshi   imkoniyat   tug’ilgan.   Kaynazoy   davrining   to’rtlamchi   bosqichiga   kelib   yer
yuzida   insonning   ilk   ajdodlari   vujudga   kela   boshlaydi.   Shuning   uchun   ham
to’rtlamchi   davrning   antropogen   davri   deb   ham   atashadi.   To’rtlamchi   davr   o’z
navbatida   eoplastatsion   va   plestatsion   ,   golotsen   bosqichlariga   bo’linadi.
To’rtlamchi   davrda   yerda   dunay   gyuns,   mendel   va   vyurn   kabi   muzliklar   davri
bo’lib o’tadi. Bular o’z navbatida gyuns-mindel , mindel-ress va ress- vyurn kabi
muzliklar   aro   davrlarga   bo’linadi.   To’rtlamchi   davr   3-2   million   yillik   davrni
qamrab oladi11. Roginskiying ma’lumotlariga qaraganda bu davrda iqlim sharoiti
va   ochlik   avjga   chiqqan   deb   taxmin   qilinadi   .   Fransuz   antropologi   A.Vallua
tekshirishlari   qadimgi   odamlar   orasida   o’lish   hollari   juda   ko’p   bo’lganligini
ko’rsatadi   .   Insoniyat   hayvonot   olamidan  ajralib   chiqib  ,   antropogenez   jarayonini
bosib   o’tadi   bu   shubhasiz   juda   katta   davrni   o’z   ichiga   oladi 8
.   O’z-o’zidan   savol
tug’iladi:   mazkur   davrda   odamlar   kollektivi   qanday   bo’lgan   ?   –   Ma’lumki   eng
qadimgi   odamlarning   ajdodlari   qazilma   maymunlar,   avstrolopiteklar   poda   yoki
7
  Philip L.Stein. Bruce M. Rowe. “ Physical anthropology”. 1996. b:199-200.
8
  Рогинский Я.Я. Левин М.Г.,” Антропология.”. М. 1978 В-139-140.  gala   bo’lib   yashaganlar.   Hozirgi   qiyofadagi   qadimgi   odamlarning   rivojlanish
bosqichlari.   Odam   evolutsiyasi   haqida   “   tosh   bitiklari   “   yer   qarining   turli
qatlamlarida saqlangan qadimgi makonlar, jonzotlarning topilma qoldiqlari dalolat
beradi.   Antropogenez   –   odamning   kelib   chiqishi   va   rivojlanish   masalalari   bilan
shug’ullanib,   uning   hayvonlarning   dunyosida   tutgan   o’rniga   baho   berib,   hozirgi
odami vujudga kelishining shart sharoitlari va sabablarini o’rganadi. Antropogenez
antropologiyaning bir tarmog’i hisoblanadi. Insoniyat o’z rivojlanish bosqichlarida
quyidagi   pog’onalarni   bosib   o’tgan   :   Avstrolopitek,   zinjantrop,   pitekantrop,
sinantrop, kromanyon  . Antropegenez jaroyonining xarakatga keltiruvchi kuchlar:
                 Darvin insoniyatning kelib chiqish jarayonidaki biologik qonuniyatlarning
insonga   ta’sirida   asosiy   e’tiborni   jinsiy   tanlovga   qaratgan.   Uning   nazariyasiga
muvofiq   insonning   jismoniy   shakillanishining   o’ziga   xosligi   primatlar   bilan
solishtirganda   farqlanadi.   Darvin   nazaryasiga   muvofiq   indivitlarni   tanlash
natijasida shakllangan qaysiki o’zining aloxida ustunligi bilan ajralib turuvchilarni
tanlashgan.   Ular   insoniyatni   rivojlanishida   burilish   ta’sirini   ko’rsatgan.   Darvin
bunda   hozirgi   zamon   insonidagi   demorfizimni   ko’rsatgan   bu   paytda   insonni
nutqini paydo bo’lishi  qaysiki ayolniki boshqacha erkakniki boshqacha murakkab
bo’lgan  .  Insonga   eng  yaqin  bo’lgan   gurux  bu  driopitek  maymunlari  xisoblanadi.
Ularning qoldiqlari G’arbiy Yevropa, Osiyo va Afrikadan topilgan. Ularning ichida
bir necha turlari ajralib turadi. Aniq marfologik o’ziga xoslik bu oila yoki jamoa.
Driopiteklar shunday primatlarki hozirgi zamonaviy shimpanzelarga yaqin. Ularga
xos   bo’lgan   morfologik   belgilar   qoziq   tishlar   bilan   kesuvchi   tishlarni   orasini
kichrayganligi   shunday   qilib   driopiteklarni   insonlarga   yaqinlashganini   ro’rish
mumkin. Dunyodagi tabiiy o’zgarishlar inson faoliyati natijasida kelaib chiqadi. 
                 Ayniqsa bu Vladimir Vernaticheskiy tomonidan ilgari surilgan . U o’z ishi
faoliyatida inson faoliyatini yer sayyorasini ko’rinishini o’zgarishiga qanday katta
masshtablarida   ta’sir   qilishini   uning   tashqi   qobig’iga   ko’rsatgan   ta’siri   haqida
yozadi. 9
  Darvinning   fikricha   maymunlar   insonga   yaqin   bo’lsada   o’sha   davrda
yashayotgan   biron   bir   vakili   insonning   ajdodlari   sifatida   sko’rilishi   kerak   emas.
Hozirgi   zamonaviy   dunyo   qarashlar   uning   dunyo   qarashiga   suyangan   holda   olib
bordiki,   eng   yangi   uslublarda   genetik   mehanizmni   o’rganish   jarayonida   insonni
shimpanze   bilan   juda   ko’p   o’xshashliklari   borligi   isbot   qilindi15   Primatlar
guruhlarini   klassifikatsiyalashda   gominidlar   oilasi   ajralib   turadi,   qaysiki,   ular
hozirgi   zamonaviy   inson   bilan,   ularning   ajdodlarini   bo’g’lab   turuvchilardir.   Bu
oilani   vakillari   uchun   tegishli   bo’lgan   ko’rinishlardan   bittasi   miya   qutisining
kattaligi,   uning   murakkabligi,   gavdasining   tik   tutishi,to’rt   oyoqlab   emas,   ikki
oyoqlab yurishi, kaftdagi bosh barmoqning ajralib turishi ko’p seziladi. Anatomik
nuqtai   nazrdan   qaraydigan   bo’lsak,   hozirgi   qiyofadagi   insonlarning   ajdodlari
9
 Алексеев В.П.. Першиц.А. И. “История первобытнова обшества” .  М. 1999. B-104-105.  boshqa   primatlardan   ajralib   turadi.   Sovet   va   G’arbiy   Yevropa   mutaxasislarining
ishlarida oila tarkibida bitta urug’ ajratiladi. Insonning homo urug’i avlodi qaysiki
hozirgi   zamon   odamini   shakllari   topilgan.   Lekin   bu   dunyoqarash   to’g’ri   deb
topilmagan. Chunki homo urug’inig ikkta turi bo’lib, hozirgi zamonaviy odamning
ko’rinishi   yoki   aqlli   odamdir.   Ma’lumki   antropogenez   jarayonining   shakllanishi
ya’ni   zamonaviy   odamning   shakllanishi   bir   necha   bosqichlarga   bo’linadi.   Ya’ni
bundan 40-35 ming yil oldin zamonaviy inson va uning qadim ajdodlari o’rtasidagi
paydo   bo’lgan   degan   fantastic   qarashning   to’rt   bosqichi   mavjud.   1   Homo
avstrolopitikus  2. Homo  habilis  3. Homo  erektus  4.  Homo sapiens  Antropogenez
jaroyoni   insoniyat   tarixida   inson   paydo   bo’lganidan   to   so’nggi   poleolit   davrining
so’ngigacha   bo’lgan   vaqtni   o’z   ichiga   oladi.   Antropogenez     jaroyonida   inson
jismoniy   jihatdan   tashqari,   marfologik   va   ongi   jihatidan   ham   o’zgarib   turgan.
Antropogenez   jarayoni   turli   hududlarda   har-xil   ko’rinishlarda   bo’lib   o’tgan.
Antropogenez   jarayoni   hozirgi   kunda   ham   o’z   yechimini   topmagan
muammolardan   biridir 10
  .   Homo   habilis   –   uquvli   odam.   Homoga   mansubligi
shubhasiz bo’lgan ilk turlaridan biri. Uning ilk skeletlari Keniyaning Olduvay va  
          Kubifora   manzilgohida   1,6   dan   1,5   million   yilgacha   bo’lgan   qatlamlardan
boshpanaga o’xshash yashash manzili ham topildi. Ana shu belgilar tufayli maskur
tur   Homo   habilis   skeletlari   janubiy   afrikadan   Efiyopagacha   bo’lgan   hududda
topilgan, lekin Indoneziyadan  topilgan ayrim  qazilma  skletlarni  ham  ular  sirasiga
kiritish mumkinligi ehtimoldan uzoq emas. Homo erektus ( tik turuvchi odam ) 1,6
million   yil   muqaddam   yashagan.   U   chamasi   Homo   habilisning   o’rniga   kelgan.
Maskur   tur   vakillari   pitekantroplar   (   maymun   odam   )   deb   ham   yuritiladi.   Bular
chinakam   tik   yuruvchi   jamoa   bo’lib   yashaydigan   va   mehnat   qurollari   yasovchi
odamlardir.   Ular   yevropa   va   Osiyo   bo’ylab   tarqalishgan   .   Pitikantrop   maymun
odamining suyak qoldiqlari 1891- yil Yevgeniy Dyubua tomonidan Yava orolining
           Tripil yaqinidan topilgan tadqiqotlar natijasi pitikantropni hozirgi zamonaviy
qiyofadagi   odamlarni   ajdodi   deb   hisoblashadi   1895-yilning   dekabrida,   Berlin
antropologiyasida,   Etnologiya   va   tarix   jamiyatida   Dyubua   topgan   qoldiqlarning
xulosasini   chiqarish   uchun   konferensiya   bo’ladi.   Bu   suyak   qoldiqlarining   ya’ni
miyya   qutisini   tekshirib   ko’rib   odamning   ajdodi   deb   aytishga   shubhalanganlar.
1930   –   yilda   Van   Kenigsvald   yaxshi   saqlangan   pitikantrop   qoldiqlarini   topgan.
Mana   shu   topilma   topilgandan   so’ng   pitikantropning   homoga   kirishi   shubxasi
yo’qolgan  . Pitekantropning bo’yi 167- 170 smga barobar bo’lgan uning peshonasi
tor,   qiyalama   lekin,   odamsimon   maymunning   peshonasiga   qaraganda   bir   muncha
keng bo’lgan. Ko’z usti suyaklari bo’rtib chiqqan, miyasining hajmi 850-950 sm3
teng   kelgan.   Kishi   diqqatini   pitikantrop   miyasidagi   nutqning   harakat   markazi
joylashgan   pastki   peshona   yo’llarining   maymunlarnikiga   qaraganda   ancha   kuchli
10
 Аллескеев.В.П.Першиц.А.И. “История первобытного обшествоюю”. М.2001.  B -108-110.  rivojlanganligi   hammadan   oldin   o’ziga   jalb   qiladi.   Demak   pitekantrop   ma’lum
darajada   so’zlash   qobilyatiga   ega   bo’lgan   deb   o’ylashimiz   mumkin.   U   tik   holda
ikki   oyoqlab   yurgan.   Uning   badani   qalin   tuklar   bilan   qoplangan   bo’lgan.
Sinantroplar   –   yoki   boshqacha   aytganda   “   qadimgi   xitoy   odami   “   ham   Yava
pitikantropi   kabi   hammaga   ma’lumdir.   Sinantrop   qoldiqlari   Xitoyning   shimolida
Chjoukoutyan   qishlog’i   yaqinida   Pekindan   taxminan   50   kilometr   janubi   g’arbda
topilgan.   Bu   yerdan   1927-37   yillarda   Pey   Benchjun   boshchiligidagi   Xitoy
tekshiruvchilari   40   dan   ortiq   Sinantropga   tegishli   suyak   qoldiqlarini   topganlar.
Sinantrop o’zining jismoniy taraqqiyoti jixatidan Pitikantropga ancha yaqin turgan,
ammo   Pitikantropga   nisbatan   ancha   rivojlangan19   .   Sinantroplarning   bo’yi   144-
156 sm bo’lib, peshonasi past qiya bo’lgan. Ularning miya qutisining hajmi 1050-
1200 sm3 ga teng edi. Demak , sinantrop miya qutisining hajmi pitekantropnikidan
katta, lekin hozirgi zamon odami miyya qutisinikidan kichikroqdir. Shunday qilib,
sinantroplar bundan 400-500 ming yil ilgari yashab o’tgan bo’lib, Mindel muzligi
davrining   ikkinchi   yarmiga   to’g’ri   keladi   va   u   eng   qadimgi   qazilma   odam   vakili
hisoblanadi. 1963-1964 yillarda Xitoy arxeologlari pekindan 900 kilometr janubi-
g’arbdagi  Lantyan degan joydan Lantyan sinantropi deb atalgan qadimgi qazilma
odam   qoldig’ini   topganlar   .   Xitoydagi   sinantrop   qoldiqlari   topilgan   g’or   Lantyan
sinantropi   ko’p   jixatdan   chjoukoutyandan   topilgan   sinantroplarga   yaqin   bo’lib,
Xitoy   odamlarining   faraziga   ko’ra   ular   bundan   500-600   ming   yil   ilgari   yashagan
ekanlar.   Xitoyning   janubiy   markaziy   Vyetnamning   shimoliy   qismida   sinantrop
singari   ibtidoiy   odamning   suyaklari   topilgan.   Shunday   qlib   Xitoy   Osiyodagi   eng
qadimgi odamlar paydo bo’lgan mamlakatlardan biri ekan. Hozirga qadar topilgan
homo   erektus   –   tik   yuruvchi   odam   skeletining   eng   yaxliti   “Turkanalik   bola”
hisoblanadi. Bu topilma Afrika qit’asi Keniya respublikasi Turkana ko’li yaqinidan
topilgan.   Ushbu   turdagi   odam   Yevropa   va   Osiyodan   ham   topilgan   va   keng
tarqalgan   deb   e’tirof   etiladi.   Homo   erektuslar   bundan   1,5   million   yil   avval
yashagan.   Homo   erektuslarning   miya   qutisi   hajmi   esa   taxminan   1100   kub
santimetrni tashkil qiladi.   Homo sapiens neanderthalensis- bundan 230-240 ming
yil   avval   Yevropa   va   g’arbiy   Osiyoda   Isroildan   to   O’zbekistongacha   bo’lgan
hududlarda, ehtimol, Shimoliy Afrikada yashagan odamlar turi. Neandertallarning
skeletlari   ilk   bor   1856-yilda   Germaniyaning   Dyuseldorf   shahri   yaqinidagi
Neandertal   darasidan   topilgan.   Neandertallarning   bo’yi   o’rtacha   165   sm   bo’lgan.
So’nggi   neandertallar   bundan   qariyb   24   ming   yil   muqaddam   sovuqda   qirilib
ketgan.   Neandertal   nomi   nemis   teologi   va   kompozitori   Ioxam   Neandr   sharafiga
qo’yilgan.   Buni   1858-yilda   Shaafgauzen   neandertal   atamasini   fanga   olib   kirdi.
Janubiy   Yevropa,   Yaqin   Sharq   va   O’zbekistongacha   bo’lgan   hududda
neandertallar tarqalgan. Neandertallar Yevropada Germaniyadan, Fransiyadagi La-
Shapel-   O-Sen   g’ori   Qirimdagi   Kiik   -   Koba   g’ori,   Gretsiyadagi   pelepones Kavkazdagi   Mezmay   g’oridan,   Isroildagi   Karmel,   Iroq   Kurdistonidagi   Shanidar
g’oridan   ham   topilgan.   Neandertallarning   bo’yi   140   sm   bo’lgan   miya   qutisining
sig’imi  900-1800 sm3  gacha bo’lib, o’rtachasi  1380-1400 sm3 ga  teng ekanligini
hisobga   olsak   ,   ularning   kallasi   katta   ekanligiga   qanoat   qilamiz.   Neandertal
odamlari   kalla   qutisining   shakli   birmuncha   cho’zinchoq   bo’lib,   peshonasi   qiya,
boshining tepa qismi  yassi,  past  bo’lishi  ular  uchun harakterlidir. Shu bilan birga
ularda   qosh   ustidagi   qabartma   ancha   oldinga   turtib   chiqqan.   Neandertal
odamlarining burun va yuqori jag’ suyaklari juda kuchli rivojlangan. Ularda pastki
jag’   ham   yahshi   rivojlanmagan   bo’lib,   u   juda   baquvvat,   lekin   engak   –   dahan   u
qadar   taraqqiy   etmagan   edi.   Neandertallarning   tishlari   kuchli,   ildizli   ,   katta   va
qattiq   bo’lib   oziqni   xususan   go’shtni   chaynash   uchun   moslashgandir   11
.
Neandertallarning suyak tuzilishi shuni ko’rsatadiki ularning bolalarning ko’rinishi
balog’atga yetganlarnikidan sal kichkina . Ularning umr ko’rishi 29,9 yilni tashkil
etgan   ular   gapira   olishgan.   Neandertallarning   umurtqa   pog’onasi   zamonaviy
odamlarniki singari bo’lmay biroz bukilgan bo’lib, oyog’ining boldir suyaklari son
suyaklariga nisbatan kaltadir. Bu hol ularning yurish va yugurishda u qadar epchil ,
chaqqon   bo’lmaganliklarini   ko’rsatadi.   Xullas   neandertal   odamlarning   tashqi
ko’rinishida maymunga hos bo’lgan ba’zi ibtidoiy belgilar mavjud bo’lib, ular hali
hozirgi   zamon   odami   darajasiga   yetib   kelmagan   edi.   Kramanyonlar   –   hozirgi
qiyofadagi   odamlarning   ajdodi   hisoblanadi.   Ular   bundan   30   ming   yil   muqaddam
Yevropaga   kelib   Neandertallar   o’rnini   egallaganlar.   Kromanyonlar   bundan   80
ming yil oldin Yaqin sharq yoki 21 Osiyoda paydo bo’lgan. Ayrim fikrlarga ko’ra
esa,   ular   Yevropaga   sharqiy   Afrikadan   kelgan   bo’lishlari   mumkin22   .
Kramanyonlar   saxnaga   chiqishyapti   –   1886-yilda   Lez   Ezi   qishlog’   yonida
kromanyon aholisi joylashgan cho’qqilari ostida uch erkak, ayol va bolaning suyak
qoldiqlarining   topilmasi   fanga   oxirgi   neopaleolitik   kromanyon   tabaqasi   haqida
birinchi   tushunchani   berdi.   Ayniqsa   qariya   erkakning   skeleti   mashhur   bo’lib,   uni
odatda   kromanyonlik   chol   deb   nomlashadi   U   o’sha   tabaqaning   hamma   belgilari
mujassamlashgan   skelet   hisoblanadi.   Bir   necha   vaqtlar   mobaynida   shunga
o’xshash   odamlarning   topilmalari   har   xil   mamlakatda   topilgan   .   Kromanyonlar
yolg’iz   bo’lishmagan   :   Kromanyonlarning   skeletidan   tashqari   ularning   jismoniy
jixatdan   sezilarli   darajada   ajralib   turuvchi   odamlarning   suyak   qoldiqlari   topilgan.
Ba’zi   birlari   menton   atrofidagi   sun’iy   g’orlarda   topilgan   shu   yerda   8,5   metrlik
chuqurlikda   yosh   yigit   va   yoshi   katta   ayolning   buralib   yotgan   holatdagi   skeleti
topilgan.   Tuzilishi   belgilari   bo’yicha   ikkala   skelet   ham   negroidlarga   tegishli   deb
aniqlangan. Olimlarning tahminlariga ko’ra ular  Grimaldi rasasiga  tegishli  bo’lib,
so’ngi   paleolit   davrining   boshlaridayoq   Afrikadan   Janubiy   Fransiya   va   Italiyaga
kirib kelishgan. Boshqa bir skelet esa kromanyonlardan farq qiluvchi 1888 – yilda
11
 Kabirov A. Ibtidoiy jamiyat tarixi. Tosh: 2005. B-523-5 Shanselyat   qishlog’i,   Raymondagi   osma   qoyalar   tog’idan   topilgan   bo’lib,   bu
Fransiyaning   Pregio   shahriga   yaqin.   Bu   yerda   kromanyonlarning   va
grimakdiklardan   farq   qiluvchi   erkak   skeleti   topilgan.   Bu   shanselyat   tabaqasiga
tegishli   bo’lgan   insonlarning   skeletlariga   qaraganda   ularning   bo’ylari   judayam
uzun   bo’lmagan   24   .   Ularning   bo’ylari   150   sm   atrofida   bo’lgan   ularga   harakterli
bo’lgan   narsa   judayam   uzun   va   baland   bosh   va   keng   yuzli   bo’lishgan.   Ularning
yanoq   suyaklari   turtib   chiqqan,   ko’z   chanoqlari   katta   to’rt   burchaksimon,   qo’l
suyaklari   nisbatan   uzun   va   og’ir   bo’lib   qayski   ular   mushaklarini   juda   kuchli
bo’lganligi haqida darak beradi. 1889-yilda Leon Unversitetining professori  Leon
Testyu   shunga   e’tibor   qaratdiki   Shanselyat   skelatlari   zamonaviy   eskimoslarning
skelatlariga   o’xshash   bo’lgan.   Hozirgi   jismoniy   tipdagi   odam   neantroplar   “yangi
odamlar” yer yuzining kattagina qismiga tarqala boshlagan. Neantoplaro’zlarining
jismoniy va aqliy qobilyatlari bilan eng qadimgi odamlardan sifat jihatidan, tubdan
farq   qilgan.   Shuning   uchun   ham   uni   Homo-   sapienslar   deb   atashgan.   Ular   tashqi
qiyofasi bilan hozirgi qiyofadagi odamni eslatadi. Neantroplar bundan 40-35 ming
yil   muqaddam   so’nggi   tosh   asrining   boshlaridan   paydo   bo’gan.   Bu   tip   odam
miyasining   hajmi   1400-1560   santimetr   kubga   teng   bo’lib   peshonasi   keng,   bosh
suyagining yuqori qismi ancha baland bo’lgan25 . Ularda miyaning eng progressiv
uchastkalari ya’ni boshning tepa qismi ikki chekka, ayniqsa peshona kattalashgan
edi.   Neantrop   odamlarning   tashqi   ko’rinishi   chiroyli   bo’lgan.   Ularda   qosh-
qovoqusti qabartma suyagi yo’q bo’lib, pastki jagída zamonaviy odamlarniki kabi
do’mboq   iyagi   bo’lgan.   Bu   davr   kishilarining   qaddi-qomati   hozirgi   zamon
odaminiki   singari   bo’lib,   ular   to’ppa   –to’g’ri   yurganlar.   Ularning   qo’l   –oyoqlari,
tana   tuzilishi   birbirlariga   mutanosib   bo’lib,   tez   chopa   olgan.   Agar   neantrop   bilan
hozirgi   zamon   odamining   suyaklari   bir-biriga   qiyos   qilinsa,   ularning   jismoniy
tuzilish jihatidan bir-biriga o’xshashligini ko’rish mumkin. Shunday qilib qadimgi
paleolitning   boshlariga   kelib,   neandertallardan   hozirgi   zamon   jismoniy   tipdagi
odam paydo bo’ldi. Shu bilan antropogenez jarayoni  asosan  tugallandi, odam  o’z
biologik   rivojlanishini   yakunladi..Hozirgi   qiyofadagi   qadimgi   odamlarning   tashqi
ko’rinishi,   xo’jaligi   va   mehnat   qurollari.   Hozirgi   qiyofadagi   zamonaviy
odamlarning morfologik farqi bir tarafdan uni ajdodlari bilan bog’liqligi, ikkinchi
tarafdan   kelajak   avlodi   bilan   bog’liqligidir.   Shu   faktlardan   kelib   chiqib,   Sovet
tadqiqotchilarining  fikricha   antropogenez   jarayonida   ikkita   sakrash   sodir   bo’lgan.
Bittasi   gominidlar   oilasining   shakllanishida,   ikkinchisi   hozirgi   zamon   insonining
shakllanishida . Birrinchi sakrash: insonning o’ziga xos bo’lgan morfalogiyasi: til
va   aqlni   paydo   bo’lishi   bilan   mos   keladi.   Ikkinchisi:   inson   bo’lib   shakllanib
bo’lgan   insonlardan   shakllangan   insonlar   .   Avstrolopiteklar   yerda   yashashga
moslashgan   mavjudod   bo’lib,   ikki   oyoqlab   yurgan.   Ular   hamma   odamsimon
maymunlardan farq qilgan va ayni vaqtda odamga yaqinlashib qolgan edi. Ammo ularning oyoq- qo’llarida ushlagich organlari saqlanib qolgan bo’lib, u hali tayanch
organi   sifatida   to’liq   shakllangan   emas   edi.   Uning   barmoqlari   ancha   kuchli,
bo’g’inlari  taraqqiy etgan bo’lib, qamrab olish va mahkam  tutish xususiyati  bilan
har   qanday   odamsimon   maymunlar   bo’g’inidan   farq   qilgan.   Ammo   bo’g’inlarda
odamsimon maymunlarning bo’g’inlariga o’xshash xususiyatlar  oz emas edi. Jag’
suyaklari   katta   bo’lib,   lod   tomonga   turtib   chiqmagan   oziq   tishlarning   kichikligi,
tishlar orasidagi bo’shliqning bo’lmasligi, ularni odamsimon maymunlardan keskin
ajratib,   odam   bilan   yaqinlashtirgan   edi.   Ba’zi   olimlar   avstrolopiteklarni   odam
qatoriga qo’shsa, ba’zilari uni odamsimon maymunga mansub deb hisoblaydilar.  
               Ammo shuni unutmaslik kerakki, avstrolopiteklar insonlar dunyosiga emas,
balki   hayvonot   olamiga   mansub   mavjudot   edi.   Jag’   suyaklari,   tishining   tuzilishi,
hamda   ular   tomonidan   o’ldirilgan   pavian   va   boshqa   sut   emizuvchi   hayvon
suyaklarining topilishi, avstrolopiteklarni boshqa maymunlardan farq qilib, go’sht
bilan   ovqatlanganliklarini   ko’rsatadi   Avstrolopiteklar   go’sht   topish   uchun   eng
avvalo antilopalar va panyanlarni ov qilishgan. Ular ovda muvofaqiyatga erishish
uchun   to’da-to’da   bo’lib   ov   qilishgan.   Ov   jarayonida   ular   har   qurollar,   gurzilar,
antilopa   suyaklaridan   foydalanishgan.   Tuyoqli   hayvonlarni   ot   va   jirafalarni
go’shtlarini   nimtalashda   yelka   suyaklaridan   foydalanishgan.   Biroq   bunday
predmetlarni maxsus tayyorlangan qurol deb atash qiyin. Oxirgi paytlarda shunday
ma’lumotlar   topildiki,   avstrolopiteklar   juda   oddiy   va   qo’pol   mehnat   qurollaridan
foydalanishgan.   Ularni   qay   tarzda   ov   qilganligi   noma’lum.   Professor   Dartning
fikricha,   o’ldirilgan   hayvonlarning   bosh   suyagidagi   darslar   tosh   bilan   urish
natijasida   kelib   chiqqanligini   qaysiki,   ular   yuqori   yoki   pastdan   otilgan.   Biroq   bu
usul ovning bitta elamenti xolos. Lekin ba’zi avstrolopiteklarning miya suyaklariga
qarab   aynan   pleziantroplarga   qarab   shuni   taxmin   qilish   mumkinki,   ba’zi
avstrolopiteklar kannibal bo’lishgan. Avstrolopiteklar taxminan, 900-500 ming yil
ilgari   O’rta   plestatsion   davrida   yashashgan28   .   Pitekantroplar-   Sola   va   Yave
daryolari bo’ylarida katta vulqonlar yaqinida haqiqiy insonning ajdodlari, ibtidoiy
jamoalar   to’da   bo’lib   yashashgan.   Eng   mashhur   va   qadimgi   namoyondalar   bular
pitekantroplar   hisoblanishadi.   Ularning   qoldiqlari   1891-1892-yillarda   Trinil
qishlog’I   yonida   doctor   E.Dyubua   tomonidan   topilgan.   O’zining   tashqi
ko’rinishidan   pitekantrop   odamsimon   maymunni   ham   eslatadi.   Oldinga   egilgan
bosh qo’pol yuz kalta va keng burun peshonaning orqaga ko’tarilganligi , chakak
suyagining ajralib turishi, ko’z osti kosasining chuqur kirganligidair.   12
              Pitekantroplarning   kichik-kichik   to’dalari   ovqat   qidirib   bir   joydan   ikkinchi
joyga   ko’chib   yurishgan.   Ularning   ozuqalariga   nafaqat   tropic   daraxt   va   butali
mevalar   balkim   o’simliklarning   shirin   ildizlari   ham   ozuqa   bo’lib   xizmat   qilgan.
Qo’l   kelganda   ular   mayday   sut   emizuvchi   hayvonlarni   yiyishgan.   Agar   o’laksa
12
 Алескеев.В.П. Першиц. А.И. “История первобытного обшесто”.  М. 2001. B:110-118 eskirib qolmagan bo’lsa ulardan ham ozuqa sifatida foydalanishgan. Pitekantroplar
oddiy   turmush   tarzini   olib   borishgan,   lekin   tabiat   bilan   tinimsiz   kurashishgan.
Ularning   oyoqlari   baqquvvat   bo’lib,   ularning   gavdalarini   tik   tutishlari   uchun
yordam   bergan.   Ularning   qo’llarini   rivojlanishi   faqatgina   yurish   uchun   emas,
boshqa   ishlarni   bajarish   uchun   ham   mukkammalashganligi   ularning   gavda
qismidagi eng katta o’zgarishga olib kelgan. Pitekantroplar uchun qo’llar yashash
uchun   kurashda   tayanch   vazifasini   bergan.   O’z   doirasida   fikrlash   va   qo’l
yordamida   ular   dunyoni   zabt   eta   boshlashgan.   Umuman   olganda,   insoniyat   tarixi
uni   jismoniy,   ma’naviy   va   madaniy   rivojlanishi   ulardan   boshlanadi.   Ko’pgina
belgilariga   qarab,   pitekantroplar   odamsimon   maymunlarning   miya   suyagini
eslatadi.   Odam   kallasi   suyagi   bilan   solishtirganda,   odam   miya   suyagiga   nisbatan
kichkina bo’lib, lekin odamsimon maymunnikiga nisbatan yirik hisoblangan. 
            Odamsimon   maymunning   miya   qobig’inig   hajmi   400-500   kub   santimetr,
pitekantropniki esa 800 ming kub santimetr bo’lgan. Pitekantropning miya shaklini
ko’pgina   tadqiotchilar   o’rganishgan.   Ularning   natijasiga   qaraganda   shuni   aytish
mumkinki,   pitekantropning   miya   qutisi   odamsimon   maymunnikidan   ancha
mukkammal   bo’lgan.   Peshonanig   bo’rtib   chiqqanligi   ularni   oldinga   tashlangan
qadamidir.   Chap   miya   yarim   sharining   yiriklaigi   unig   o’ng   qo’lini   mukkammal
ekanligidan darak beradi. Demak pitekantroplar zamonaviy odamga o’xshab o’ng
qo’l   bo’lishgan.   Pitekantroplarning   ko’rish   va   eshitish   qobiliyati   ham   kuchayib
borgan29   .   Shuning   uchun   pitekantroplar   Xitoyning   qadimgi   odami   Sinantropga
o’xshab   insoniy   nutqni   o’zlashtira   boshlagan.   Buni   uni   topilgan   miya   qutisi   ham
isbotlashi   mumkin,   qaysiki,   ong   peshonasining   pastki   qismida   chuqurchalar
shakllangan.   Bu   qism   nutq   zonasi   bo’lib   brok   markazi   deb   atalgan.   Ernest
Gekkelning   taxminlariga   qarshi   pitekantrop   soqov   bo’lmagan.   Sinantroplar-
Xitoyliklarning   ajdodlari   Chjoukoudyanliklar(sinantrop)   qoldiqlari   bizni
ajdodlarimzni   rivojlanishini   yoritishda   katta   rol   o’ynagan.   Ular   olovni   yaxshi
bilishgan.   Qazilmalarni   topish   paytida   gulxanlar   qoldiqlarining   topilishi
hayratlanarli   topilma   hisoblangan.   Aniqki   sinantroplar   hali   olov   yoqishni
bilishmagan.   Ular   uni   bexosdan   yoki   chaqmoq   chaqini   ketidan   topishgan.   Avval
olovdan qo’rqishgan va undan qochib g’orlarga berkinishgan. Oovning shafqatsiz
kuchi   pasayib,   chidab   bo’lmas   issiqni   kuchi   ketganda   ular   so’nayoygan   olovga
yaqinlashgan.   Shunday   qilib   ular,sekin-sekin   olovga   o’rganishgan.   Bir   joydan
ikkinchi joyga cho’g’larni tashishda  ular suyaklardan foydalanishgan. Olov uchib
qolmasligi  uchun unga tinimsiz shoh shabba tashlashgan.  Buning isboti 6 metrlik
kul. Olovni  tanish va undan foydalanish  sinantroplar  uchun  katta ahamiyatga ega
bo’lgan.   Chunki   yirtqichlar   olovdan   qo’rqishgan30   .   Qorongúlikda   ular   olovdan
foydalanishgan. Keyinchalik ular go’shtni ham olovda qovurib yeyishgan. Va oxir
oqibat iqlim sharoiti juda qulay bo’lmagan joylarda olov yordamida ular yashashga sharoit   yaratishgan.   Uzoq   o’tmishdayoq   olov   inson   uchun   do’st,   uni   saqlovchi
kuch   bor.   Neandertallarning   tashqi   ko’rinishi-   Ko’pgina   suyak   qoldiqlarining
topilmalari   neandertallarning   ko’rinishi   haqida   ma’lumot   yaratishga   va   hozirgi
zamon   odamidan   farqini   ajratishga   yordam   beradi.   Eng   sezilarli   farq   bu   bosh
suyakda   ko’rinadi.   Neandertallarning   bosh   suyagi   odatda   katta,   orqaga   ketgan,
yassi   peshona,   ko’zining   usti   kattaligi   alohida   belgilaridir.   Bosh   qobigí   uzun   va
yapoloq, suyaklari yo’gón va ogír. Agarda bosh suyakni yonidan qarasak, engakni
oldinga chiqib ketganligini ko’rish mumkin. Shunday qilib hayvon bosh suyaklari
bilan   o’xshash   jihatlari   ham   bor.Engakning   yo’qligi   odamsimon   maymunga
o’xshashligini ko’rsatadi31 . Ularning umurtqasi kaltaligi va ogírligi hozirgi zamon
odamida esa ozgina egiluvchan bo’lib uni figurasini chiroyli va egiluvchan tutishga
yordam   beradi.   Ularda   umurtqaning   do’ngilliklari   sezilmaydi.   Hozirgi   zamon
odamining umurtqasini   boýin tarafida  ulangan  orqa  muskullar   o’tkir  boýin ostida
turadi.   Neandertallarda   bunda   deyarli   to’ppa-to’g’ri   o’mrov   sezilarli   darajada
bukilgan.   Tosi   tor   umurtqa   bilan   ulanishi   boshqacharoq,   son   suyaklari   kalta   va
uning oxirida katta epifezlar joylashgan. Gavda suyaklari slindirik holatda. Boldir
suyaklari orqaga qiyshaygan. Neandertallarning suyaklarini o’rganib chiqib, albatta
ularning   gavdasi   chiroyli   bo’lmaganini   aytish   mumkin.   Yuz   suyaklariga   qarab,
maymunning yuziga o’xshashligini aytish mumkin. Qalin va quyuq qoshlar tagida
chuqur   ko’zlar   joylashgan.   Sezilarli   darajada   yapaloq   yuz,   yo’gón   va   kalta   boýin
bo’lgan. Bosh suyagining qapqogíni, quyuq sochlar qoplab, boýinlari ham sochlar
bilan   qoplangan.   Butun   gavda   oldinga   egilgan   bo’lib,   neandertallar   erkagining
boýi160,   ayollarniki   -155   santimetr   bo’lgan.   Bunday   qo’pol   tashqi   ko’rinish
birinchi navbatda Gárbiy Yevropa neandertalistlariga xos bo’lib, ular oxirgi muzlik
davrida yashashgan. Neandertallarning tashqi ko’rinishi boshqacharoq bo’lib, bosh
suyagidagi peshonasi chiqqan, engaklari ajralgan holata bo’lgan. Neandertallarning
hayoti oson kechmagan. Ular oltin asrda yashashmagan. Doimiy qiyinchilik, tabiat
bilan   bo’ladigan   kurashlarda   umri   o’tgan.   Yozda   hayot   osonroq,   qishda   esa
qiyinroq   kechgan.   Ular   sovuqdan   saqlanish   uchun   moýnalarga   o’ranishardi.
Hashak   va   mohlarda   uxlashardi.   Bunday   ayozli   sovuqlarda   ular   tinimsiz   olov
yoqishar   va   uning   atrofida   oila,   guruh   bo’lib   isinishardi.   G’or   og’zini   ham
po’stinlar   bilan   berkitishgan   bo’lishsa   kerak   deb   taxmin   qilinadi.   Qishda   ularga
oziq-ovqat   yetmagan.   Bunday   davrda   ov   jaryoni   qiyin   kechgan   va   ko’pincha
samarasiz bo’lgan. Agar bunday sovuqlarda yovvoyi to’ngízni ovlashga muyassar
bo’lishsa   sovuqda   go’sht   sasimaganligi   uchun   tejab   yeyishgan.   Ammo   ularni
tejayolganmi   yo’qmi   noma’lum   .   Hayotiy   qiyinchiliklar   tufayli   ular   uzoq   umr
ko’rishmagan.   La-   Shapel-   OSendagi   neandertal   ma’lumotlarga   qaraganda
taxminan   40-yil   yashagan.   Noqulay   iqlim,   ochlik,   kasallik,   doimiy   xavflar,   iflos
sharoit-   bular   hammasi   qisqa   umrlikka   sabab   bo’lgan.   Ularning   kuchlari   ko’p   va baquvvat   bo’lishiga   qaramasdan   shu   narsa   aniqlanganki,   tosh   asrida   erkaklar   30
yildan   ortiq   umr   ko’rishmagan.   Tug’riq   paytidagi   o’limlar   ayollarni   qirilishiga
sabab   bo’lgan.   Hozirgi   jismoniy   tipdagi   odam   neantroplar   “yangi   odamlar”   yer
yuzining   kattagina   qismiga   tarqala   boshlagan.   Neantoplaro’zlarining   jismoniy   va
aqliy qobilyatlari bilan eng qadimgi odamlardan sifat jihatidan, tubdan farq qilgan.
Shuning uchun ham uni Homo- sapienslar deb atashgan. Ular tashqi qiyofasi bilan
hozirgi qiyofadagi odamni eslatadi. Neantroplar bundan 40-35 ming yil muqaddam
so’nggi   tosh   asrining   boshlaridan   paydo   bo’gan.   Bu   tip   odam   miyasining   hajmi
1400-1560   santimetr   kubga   teng   bo’lib   peshonasi   keng,   bosh   suyagining   yuqori
qismi ancha baland bo’lgan33 . Ularda miyaning eng progressiv uchastkalari ya’ni
boshning   tepa   qismi   ikki   chekka,   ayniqsa   peshona   kattalashgan   edi.   Neantrop
odamlarning   tashqi   ko’rinishi   chiroyli   bo’lgan.   Ularda   qosh-qovoqusti   qabartma
suyagi   yo’q   bo’lib,   pastki   jagída   zamonaviy   odamlarniki   kabi   do’mboq   iyagi
bo’lgan.   Bu   davr   kishilarining   qaddi-qomati   hozirgi   zamon   odaminiki   singari
bo’lib,   ular   to’ppa   –to’g’ri   yurganlar.   Ularning   qo’l   –oyoqlari,   tana   tuzilishi
birbirlariga mutanosib bo’lib, tez chopa olgan. Agar neantrop bilan hozirgi zamon
odamining   suyaklari   bir-biriga   qiyos   qilinsa,   ularning   jismoniy   tuzilish   jihatidan
bir-biriga   o’xshashligini   ko’rish   mumkin.   Shunday   qilib   qadimgi   paleolitning
boshlariga   kelib,   neandertallardan   hozirgi   zamon   jismoniy   tipdagi   odam   paydo
bo’ldi.   Shu   bilan   antropogenez   jarayoni   asosan   tugallandi,   odam   o’z   biologik
rivojlanishini yakunladi. Eng qadimgi odamlarning ovchiligi va termachiligi i 30                                           Xulosa 
Men bu kurs ishi mavzusini o’rganish davomida shunday xulosaga keldimki, Olloh
taolo   tomonidan   yaratilgan   barcha   mavjudotlarning   gultoji   hisoblangan   odamzot
o’zining   hozirgi   zamonaviy   qiyofaga   kelguniga   qadar   uzoq   tarixiy   yo’lni   bosib
o’tgan   va   nihoyat   Paleolitning   so’nggi   bosqichiga   kelib,   miloddan   avvalgi   40-12
ming   yillik   oraligída   zamonaviy   ko’rinishda   aks   etgan.   Shunday   savol   tugílishi
mumkin,   hozirgi   zamonaviy   qiyofadagi   odamlarning   ajdodlari   kim?,   ular   qay
tarzda shakllangan?. Hozirgi paytda odamzotni paydo bo’lishi masalasida biz ikki
xil   nazariyani   ilgari   surishimiz   mumkin:   birinchisi   diniy,   ikkinchisi   ilmiy.   Diniy
nuqtai   nazardan   odamzot,   Odamato   va   Momohavodan   tarqagan   bo’lsa,   ilmiy
nuqtai nazardan odamzot qadimgi odamsifat maymunlardan tarqagan. Xulosa qilib
aytganda,   biz   faqatgina   diniy   tomondan   yondoshmasdan,   ilmiy   tomondan   ham
tahlil   qiladigan   bo’lsak,   odamzotni   qadimgi   odamsifat   maymunlardan   tarqagan
ekanligiga   shubha   yo’q.   Chunki,   odamzotning   qadimgi   maymunlardan
tarqaganligiga , suyak qolodiqlari, mehant qurollari va joy makonlarining topilishi
bunga dalil bo’la oladi. Qadimgi maymunlarning morfologiyasi va ularning sekin –
asta   iqlimga   moslashib,   o’z   mehnatlari   orqali   hayvonot   olamidan   ajralib,   hozirgi
zamonaviy inson qiyofasini shakllantirganligi fikrimizning dalilidir. 
                            Foydalanilgan adabiyotlar roýxati:
 1.  Kabirov A. Ibtidoiy jamiyat tarixi.(ma’ruzalar matni). Toshkent. 2005.   
 2.  Bobobekov A.”Ibtidoiy jamiyat tarixi”.(ma’ruzalar matni). 
  3. Алексеев В.П.Першиц “История первобытного общества”.  М. 2001.
 4. Алексеев В.П.Першиц.” История первобытного обшества”.М. 1999.   
  5.   Алексеев   В.П.”   Становление   человечества”.   М.   1984.   6.Рогинский   Я.Я.
Левин М.Г. “Антропология”. М. 1978. 
 7. Борисковский П. B .”кишиликнинг енг кадимги хаёти”.  М.1980. 
 8. Составител автор Е.Кют. “Древние люди”.  Санк-Петербург. 2007. 
 9. Philip Stein, Bruce Rowe. “Physical Anthropology” 1996. 
 10. Intenet ma’lumotlari: www. Википедия.

Mavzu: Hozirgi qiyofadagi qadimgi odamlarning vujudga kelishi. Reja: I. KIRISH. II. ASOSIY QISM. 1. Hozirgi qiyofadagi odamlar topilgan manzilgohlar va ularning tavsifi. 2 . Yevropa, Osiyo va Afrikadan topilgan hozirgi qiyofadagi qadimgi odamlarning topilgan manzilgohlari. 3. Hozirgi qiyofadagi qadimgi odamlarning vujudga kelish omillari. 4. Hozirgi qiyofadagi qadimgi odamlarning rivojlanish bosqichlari. 5. Hozirgi qiyofadagi qadimgi odamlarning tashqi ko’rinishi, xo’jaligi va mehnat qurollari. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

Kirish Hozirgi ilmiy mulohazalarga ko’ra tadrijiy rivojlanish mahsuli bo’lgan odam bir necha million yillar muqaddam odamsimon maymunlardan vujudga kelgan. Diniy kitoblarda esa odamzod Olloh taolo tomonidan yaratilgan deyiladi. Olimlar fikricha, yer yuzida odamzod 3-3.5 million yildan beri yashab kelar ekan. Odamzodnning paydo bo’lishi haqida turli xalqalar turlicha rivoyatlar to’qiganlar. Tarixchi, arxeolog va antropolog olimlar esa odamzod yer farzandi, u shu zaminda paydo bo’lib ko’paygan va rivoj topgan, deydilar. Bu mavzu bugungi kunning eng muhim muammoli masalalaridan biridir. Olimlarning ma’lumotlariga qaraganda, odamzod dastlab Afrika, janubiy va janubi sharqiy Osiyoda paydo bo’lgan. Keyinroq esa Yevropaning ichkari hududlariga kirib borgan. Inson mehnat qilishi tufayli hayvonlar olamidan ajralib chiqib, uzoq rivojlanish bosqichini o’z boshidan kechirib, bundan 40-45 ming yil ilgari hozirgi zamon qiyofasidagi odamga aylandi. Shu bilan antropogenez jarayoni tugab, nihoyasiga yetdi. Kurs ishining dolzarbligi: Bu mavzu bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biridir. Kurs ishi: II bob, xulosa va foydalanolgan adabiyotlaridan iborat. Men bu kurs ishining mavzusini ochib berish jarayonida hozirgi qiyofadagi qadimgi odamlarning shakllanish jarayonini o’rganib chiqib, uni to’la yoritib berishga harkat qildim.

Asosiy qism 1. Hozirgi qiyofadagi qadimgi odamlar topilgan manzilgohlar va ularning tavsifi. Yevropada hozirgi qiyofadagi qadimgi odamlarning topilgan manzilgohlari. Olimlarning fikr mulohazalariga ko’ra odamning hamda garilla va shimpanzelarning yaqin umumiy ajdodi hisoblangan odamsimon qazilma maymunlar driopitek bundan 14-20 million yillar ilgaari miotsen davrida, Janubiy Osiyo, Janubiy Yevropa va Afrikada tarqalgan1 . Bulardan yana biri Darvin driopiteki bo’lib, uning qoldiqlari Avstraliyaning o’rta miotsen yotqiziqlaridan topilgan. Odam ajdodiga yaqinroq maymunlardan yana biri ramapitek bo’lib, ulaening suyak qoldiqlari Shimoliy Hindistondagi Sivalika tepaligining quyi pliotsen yotqiziqlaridan topilgan. Ramapiteklarning qoldiqlari Sharqiy Afrikadagi Keniyadan topilib, u keniyapitek deb ham ataladi. Ular 1014 million yil ilgari yashagan mavjudotdir. Gruziyaning Sagarji rayonidagi Udobnopitek. Ramapiteklarning yoshi 10- 14 million yil ilgari yashagan bo’lsa Udobnopitek 16-13 million yil ilgari yashagan deb taxmin qilinadi. Odamning dastlabki kelib chiqish markazining manzili masalasiga kelsak, bu borada ko’plab nuqtai nazarlar mavjud. Ulkan Osiyo qit’asi, shu jumladan, Janubi sharqiy Osiyo tabiatshunoslar e’tiborini tortdi. Ushbu mintaqalarda topilgan sodda odamsimon mavjudotlar- gominidlarning qazilma qoldiqlari misli ko’rilmagan topilma bo’lib, odamning Osiyodan kelib chiqqanligiga bir dalil hisoblanadi. Hayot evolutsion rivojalanishining oliy darajasi bo’lgan odamning shaklllanishi ham noyob jarayonlar ta’sirida ro’y bergan. Shulardan biri taxminan 15 million yil muqaddam primatlarning ajdodlari zich yashagan Afrika qit’asining shimoli-sharqida uran rudasining boy konsentratsiysiga ega bo’lgan qatlamlarning ochilishiga olib kelgan ulkan yoriq Afrika rifti yuzaga 1 keldi. Sayyoramizning turli mintaqalarida topilgan shakli va rivojlanish darajasiga ko’ra bir-biridan farqlanuvchi minglab suyak qolodiqlari qadimgi odamlarning evolutsion rivojlanishi natijasida paydo bo’lganligiga shubha qoldirmaydi . Markaziy va janubiy Yevropa ham tabiiy sharoiti jihatidan eng qadimgi odamlarning yashashi uchun qulay bo’lgan. 1907- yilda Germaniyaning Geydelberg shahri va Mauer qishlog’i yaqinidan pitekantrop va sinantropga zamondosh bo’lgan odam suyaklari topilgan. Bu olimlar tomonidan “Geydelberg odami” deb nomlangan. Geydelberg g’oridan suyak qoldiqlari topilgan bo’lsada, tosh qurollari topilmagan bo’lsada, bu odamlar mehnat qurollari yasash qobiliyatiga ega bo’lgan degan farazlar mavjud. 1958- yilda Fransiyaning Vallon g’oridan hayvon suyaklari, tosh qurollar va ularning parchalari topilgan. 1 1 Kabirov A. Ibtidoiy Jamiyat tarixi. T:2005. b:34-35.

Vengriyaning poytaxti Budapesht shahri yaqinidagi Verteshsellesh, Chehiya poytaxti Praga shahri yaqinidagi Пржезлятитса degan joydan arxantroplarning tishi, qadimgi hayvonlarning suyaklari va odddiy tosh qurollar topilgan . So’nggi ma’lumotlarga asoslanib faraz qilinishicha Yevropa arxantroplari 2 mln bilan 100 ming yil oralig’ida yashagan ekanlar. Ammo Yevropa kishilikning vatani bo’lmagan. Bu yerga odamlar Afrikadan kirib kelganligi haqida ma’lumotlar bor. Arxantroplarning yashash manzilllaridan turli tosh qurolllar ham topilgan. Ular yovvoyi hayvonlar qurshovida yashaganlar. Hayot uchun kurash davomida odamning o’zi ham, tashqi qiyofasi ham o’zgarib bordi. Hozirgi ko’rinishdagi odamlarning paydo bo’lishi Solyutre, Madlen, Orenyak davriga to’g’ri keladi4 . Taxminan 25-30 ming yil muqaddam odamlar ancha takomillashgan kesuvchi, arralovchi va parmalovchi mehnat qurollari yasaydigan bo’lishgan. 2 Insonning takomillashib borishi so’nggi paleolitga kelib homo sapiensni(aqlidrokli) odamni vujudga keltiradi. Fanda uni shuningdek (yangi odam) yoki kromanyon odam deb ham aytishadi. Paleolit odami chaqmoqtoshlarni bir- biri bilan urish yoki yog’ochni – yog’ochga ishqalash orqali sun’iy olov olishni o’zlashtirganlar. 3 1856 yil esa Germaniya Federatif Respublikasining Neandertal vodiysidagi Dyusseldorf shaxri yaqinida joylashgan Filgafer g’oridan yer qazish ishlari vaqtida odamning bosh suyak qopqog’i va skletining bir qancha suyaklari topildi. Mazkur suyaklari Neandertal vidiysuidan topilgan uchun joining nomi bilan ataladi. Ularfanda qadimgi odamlar deb ataladilar. Yer yuzining turli burchaklaridan topilgan neandertal odamining kalla suyagi, skleti va boshqa a’zolarining suyak qoldiqlarini xar tomonlama chuqur o’rganilishi , ularning tashqi qiyofasini tiklash imkoniyatini berdi. Neandertallarning tashqi ko’rinishi ko’p jixatdan xozirgi odamlarga yaqin bo’lgan. Bu xol miya qutisining sig’imi xozirgi odamnikiga barobar ekanligini ko’rsatadi. Lekin ularning bosh miyasi, xususan muyasining peshona qismi birmuncha sustroq rivojlangan va oddiyroq tuzilgandir. Neandertal tishlarimkuchli ildizli, katta va qattiq bo’lib, oziqni xususan go’shtni chaynash uchun moslashgandir.Tnasining uzunligi, bo’yi basti jixatidan ular zamonaviy odamlardan orqada turgan albatta. Ularning bo’yi 155-160 sm bo’lgan. Lekin ularning skleti xozirgi zamon odami skletiga qaraganda baquvvatroq bo’lib, tashqi tuzilishi ko’proq rivojlangan. Bu xol ular muskulining kuchli bo’lganligidan darak beradi. Neandertallarning umurtqa pog’onasi zamonaviy odamlarniki singari bo’lmay biroz bukilgan bo’lib, oyog’ining bolder suyaklari son suyaklariga nisbatan kaltadir. Bu xol ularning yurish va yugirishda u qadar epchil chaqqon bo’lmaganliklarini ko’rsatadi. Xullas neandertallarning tashqi ko’rininshida maymunga xos bo’lgan ba’zi bir ibtidoiy belgilar mavjud bo’lib, ular xali xozrgi 2 Inetnet ma’lumotlari: www. Википидия 3 Bobobekov A. “ Ibtidoiy jamiyat tarixi”.

odami darajasiga yetib kelmagan edi. Ular jismoniy jixatdan xozirgi zamon kishisiga bevosita shart – sharoit tug’durgan taraqqiyotning pitekantrop va sinantropidan so’ngi bosqichda turadi. Lekin ular arxantroplarga nisbatan ancha ilgarilab ketgan edilar. Bu ularning mexnat qurollarining xili vazifasida xam ko’zga tashlanadi . Neandertallar past bo’yli kaltabaqay kuchli muskulli biroz son bukchaygan katta boshli iyaklari sezilarsiz bo’lib burinlari oldinga cho’chayib chiqib turgan. Eng dastlabki “Ishbilarmon odam” ning asta – sekin rivojlana borishi oqibatda neandertal tipidagi kishilar vujudga kela boshladi. Odam biologic jixatdan rivojlanayotgan ekan, asta - sekin kamolot sari qadam tashlayotgan ekan, ularning yashash tarzi xam o’zgarib brogan. Mazkur o’zgarishlar o’sha davr kishilarining mexnat qurollarida xammadan avval ko’zga tashlandi. 1.2.Osiyodagi hozirgi qiyofadagi qadimgi odamlarning topilgan manzilgohlari. Osiyoning janubiy, sharqiy, janubi- sharqiy va O’rta Osiyo qismi ham eng qadimgi odamlarning yashashlari uchun qulay imkoniyatlarga ega bo’lgan, hudud bo’lganligi bilan ahamiyatlidir. 1890-1891-yillarda golland shifokori E. Dyubua tomonidan Indoneziyaning Yava orolidagi Trinil degan joy yaqinidan pitekantrop(yunoncha “ pitekos”- maymun, “antropos”- odam) suyak qoldiqlari (bosh, bolder suyaklari va ikkkita jag’ tishi) topilgan. Bu qazilma odamga Pitekantrop deb nom berganlar. Olimlarning fikriga ko’ra Dyubua pitekantropi 800-ming yil ilgari yashagan bo’lsa, Indoneziyaning Yava orolidagi Mojekertodan topilgan pitekantrop bola suyagining qoldiqlari bundan 1 mln. 500- 1mln. 200 ming yil ilgari yashagan bo’lsa kerak deb taxmin qilinadi. Pitekantroplarning makonlari va qurollari ilk bor Yava orolidan topilgan. Bular fanda arxantroplar deb ataladi5 . Arxantroplarga mansub qazilma odamlarinig makonlari va mehnat qurollari Xitoyning CHjaukautyan degan g’oridan kanadalik D.Blek va xitoylik (Pen-Ven) Chjun kabi olimlar tomonidan topilgan. 1963-1964- yillarda esa xitoylik arxeologlar Pekin shahridan 900 km janubi- g’arbda Xuanxe (Sariq daryo) soxilda joylashgan Lantyan degan mavzedan sinantropga mansub makondan suyak va tosh qurollarning qoldiqlarini topganlar. Sinantrop odamiga mansub makonlar Xitoy janubi va Vyetnamdan ham topilgan. Xitoydan topilgan Sinantropning yoshi 500-600 ming yilga teng bo’lib olimlarning fikricha xuddi shu paytda odamlar tabiatda mavjud olovdan foydalanishni o’zlashtirganlar 4 . O’zbekiston hududida ham arxeologik hamda paleontrologik tadqiqot ishlari o’tkazilgan. Bu tadqiqotlar hozirgi zamon tipidagi odamning tadrijiy rivojlanishi va shakllanish jarayonlarida O’rta Osiyo mintaqasi, xususan O’zbekistonning roliga yangicha qarash imkonini berdi. Bundan 75-yil muqaddam 1938- yilda Boysun tog’laridagi Teshiktosh g’oridan topilgan neandertal bola suyaklari muste davrining xrstomatik yodgorligi hisoblanadi . 4 Kabirov A. Ibtidoiy jamiyat tarixi. T: 2005. b: 43-44