Ijtimoiy ish xodimining ma’nayiy axloqiy majburiyatlari
Mavzu: Ijtimoiy ish xodimining ma’nayiy axloqiy majburiyatlari. Reja Kirish 1 B ob. Ijtimoiy ish xodimining axlo qiy majburiyatlarini umuminsoniy munosabatlarda namoyon bo’lishi. 1. Ijtimoiy ish xodimining axloqiy fazilatlari Hақидаги қарашлар. 2. Ijtimoiy ish xodimining axloqiy majburiyatlarini shakllanishi va rivojlanishi. 2-Bob. Ijtimoiy ish xodimininng o’z mijozlari va hamkasblariga nisbatan munosabatida namoyon bo’ladigan axloqiy majburiyatlari. 1. Ijtimoiy ish xodimining o’z mijozlari bilan bo’lgan munosabatlarida bajaradigan majburiyatlari. 2. Ijtimoiy ish xodimining o’z hamkasblari bilan bo’lgan munosabatlarida amalga oshirilishi zarur bo’lgan axloqiy majburiyatlari. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Kirish Mavzuning dolzarligi: Ijtimoiy ish sohasiga talab minglab yillar avval vujudga kelgan bo’lsada, biroq, bu soha mutaxassislarini maxsus tayyorlash XIX asr oxiri va XX asr boshlarida G’arbiy Yevropa mamlakatlarining birinchi sanoat inqiloblari sodir bo’lgan hududlarida rivojlana boshladi. Chunki sanoat inqiloblari natijasida jamiyat ijtimoiy hayotida keskin ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni keltirib chiqqanligi ijtimoiy ish sohasini kasbiy faoliyat sifatida rivojlanishiga sabab bo’ldi. Sobiq Ittifoq o’zining insonparvarligi bilan har qancha maqtansa ham, amalda insonparvarlik yaqqol namoyon bo’ladigan soha – ijtimoiy ish sohasi bo’yicha kadrlar tayyorlash va aholining yordamga muhtoj qatlamlarini ijtimoiy himoyalashga e’tibor qaratilmadi. Buning oqibatida ko’rsatilayotgan ijtimoiy xizmat sifati bo’yicha sho’rolar tuzumi va uning xarobalarida vujudga kelgan mamlakatlar G’arb mamlakatlaridan ancha orqada qolib ketdi. Prezidentimiz Islom Karimov “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobida keltirilgan Farg’ona viloyatida sodir bo’lgan voqyealar sabablarini chuqur tahlil qilib, ushbu hududda yashayotgan aholining og’ir ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli bilan bog’lab shunday baho beradilar: “Shu narsa shak- shubhasiz va ochiq-oydindirki respublika barcha asosiy iqtisodiy va ijtimoiy ko’rsatkichlar bo’yicha Ittifoqdagi o’rtacha darajadan ham ancha orqada bo’lib, mamlakatda oxirgi o’rinlardan birida turibdi” 1 . Shu borada kitobdan yana bir misol keltirish o’rinli deb o’ylaymiz: “Statistikaning ko’rsatishicha, hozir O’zbekistonda aholi jon boshiga hisoblaganda daromadi 75 so’mdan oshmaydigan 8 million 800 mingga yaqin kishi yashab turibdi. Bu esa aholining 45 foizini tashkil etadi. Mutaxassislarning hisob- kitoblariga ko’ra, kun kechirish uchun kamida hozirgi kunda 85 so’m zarurligini e’tiborga oladigan bo’lsak, ana shunda odamlar qanday qiyinchilik bilan uchma- uch yashab kelayotganligiga o’zingiz baho berishingiz mumkin 2 . Malakaviy bitiruv ishining maqsadi: ushbu malakaviy bitiruv ishi orqali mamlakatimizda ijtimoiy ish sohasining shakllanishi va rivojlanishining milliy 1 И.А. Каримов “Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида” Т.:Ўзбекистон,.2000. 15 бет. 2 Ўша асар 8 бет.
xususiyatlarini ilmiy o’rganish va tahlil etishdan iborat. O’zbekiston istiqlol arafasida chuqur inqiroz holatiga tushib qolgan paytda va bu chuqur inqiroz holatidan chiqarish maqsadida ustuvor yo’nalishlardan biri sifatida aholini ijtimoiy muhofaza qilish, jamiyatda ijtimoiy adolatni o’rnatish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. O’zbekistonda ijtimoiy ish sohasi va umuman ijtimoiy sohaga qadimdan katta e’tibor berib kelingan. Qariyalarni hurmatlash, imkoniyati cheklanganlarni ijtimoiy himoyalash, muhtojlarga yordam ko’rsatish xalqimizning azaliy qadriyatlaridan hisoblanadi. Islom dini xalqimizning bu kabi qadriyatlarini yana ham yuksakroq ko’tardi. Uzoq yillar davomida hukm surib kelgan ma’muriy- buyruqbozlik tizimining asorati ta’siri natijasida bu qadriyatlar tan olinmadi hamda taqiqlandi. Malakaviy bitiruv ishining vazifasi: 1991 yil 31 avgustda O’zbekiston 130 yillik mustamlakachilik siyosati va zulm zanjirlarini parchalab, mustaqillikka erishdi hamda xalqimizga qadimiy qadriyatlarini qaytarib berdi. Har qanday kasb odamlarning ehtiyojlariga javob tariqasida vujudga keladi, lekin ana shu “javob”ning shakllanishi ba’zan qisqa, ba’zan esa juda uzoq vaqt davom etishi mumkin. Ijtimoiy ishni professional kasbiy faoliyat darajaga ko’tarish maqsadida 2004-2005 o’quv yilida Toshkent Davlat Madaniyat (hozirgi Toshkent davlat San’at va Madaniyat instituti) institutida “Ijtimoiy ish” ixtisosligi bo’yicha mutaxassis tayyorlaydigan bo’lim ochildi. 2005-2006 o’quv yilidan boshlab esa shunday bo’limlar Samarqand Davlat universiteti va Farg’ona Davlat universitetida ham ish boshladi. 2010-2011 o’quv yilidan boshlab O’zbekiston Milliy universitetida ham “ijtimoiy ish” ta’lim yo’nalishlari ochildi. Malakaviy bitiruv ishining obyekti: O’zbekistonda ijtimoiy ish sohasini rivojlanishining milliy xususiyatlarini ilmiy tahlil etish. Malakaviy bitiruv ishining metodlari: mavzu bo’yicha o’tkazilgan malakaviy bitiruv ishiimizni olib borishda quyidagi metodlardan foydalandik; Mavzuga doir bo’lgan ilmiy pedogogik, psixologik hamda ijtimoiy ish sohasiga tegishli adabiyotlarni o’rganish;
O’zbekistonda aholini ijtimoiy himoyalash borasida olib borilayotgan davlat siyosatining asosiy ustuvor yunalishlarini o’rganish; Mavzuga oid tibbiy-pedogagik, ijtimoiy hujjatlarni o’rganib chiqish; Mavzuni o’rganilganlik darajasi: Ushbu mavzu bo’yicha mamlakatimiz olimlaridan G’aniyeva M.X 3 , Bekmurodov M 4 , Normurodov B 5 , Axundjanova S, Kim L 6 , Isayeva D, Xusanova X 7 , Tadjiyeva S 8 M.Sherov 9 va boshqalarning asarlari hamda ilmiy-tadqiqot ishlarida ijtimoiy ish sohasining o’ziga xos milliy xususiyatlari u yoki bu darajada o’rganilgan. Malakaviy bitiruv ishi 2 bob 4 paragraf, kirish va xulosa qismidan iborat: Ushbu boblarda tegishli adabiyotlarga tayanib, ishning maqsad va vazifasini ochib berishga harakat qilindi. 1 Bob. IJTIMOIY ISH XODIMINING AXLOQIY MAJBURIYATLARINI UMUMINSONIY MUNOSABATLARDA NAMOYON BO’LISHI. 3 Ғаниева М.Х. Ижтимоий иш асослари.Т.: 2010 й. 4 Бекмуродов М. Олий маълумотли ижтимоий ходимларни тайёрлашда таълим муассасаларининг роли.Т.:2008 й. 5 Нормуродов Б. Социология тарихи. Т.:2010 й . 6 Ким Л. Болаларни ижтимоий ҳимоя қилиш тизимида кадрлар масалаларини ҳал қилиш йўлида.Т.2008 й 7 Хусанова Х. Ўзбекистонда аҳолини ижтимоий муҳофазалашда ўзини-ўзи бошқариш органларини ўрни. 2008 . й . 8 Таджиева С. Болаларни патранат оилаларга беришнинг хориж тажрибаси.Т.:2010 й 9 Шеров М. Ижтимоий иш этикаси. Т. “Фан ва технологиялар” нашриёти 2015 й.
1. IJTIMOIY ISH XODIMINING AXLOQIY FAZILATLARI. «Axloq – ma’naviyatning o’zagi. Inson axloqi shunchalik salom-alik, xushmuomaladangina iborat emas. Axloq bu, avvalo, insof va adolat tuyg’usi, Imon, halollik degani». Islom Karimov «Etika» tushunchasini birinchi bo’lib yunon faylasufi Arastu muomalaga kiritgan. Arastu fanlarni tasnif qilarkan, ularni uch guruhga bo’ladi: nazariy, amaliy va ijodiy. Birinchi guruhga u falsafa, matematika va fizikani; ikkinchi guruhga – etika va siyosatni; uchinchi guruhga esa – san’at, hunurmandchilik va amaliy fanlarni kiritadi. Shunday qilib, qadimgi yunonlar axloq haqidagi ta’limotni fan darajasiga ko’targanlar va «Etika» (ta ethika) deb ataganlar. Ijtimoiy ish etikasi fani doirasida talabalarni insoniyat hayotida axloq tushunchasining ahamiyatini chuqurroq tushuntirish maqsadida axloqning jamiyat taraqqiyotida mutafakkirlar tomonidan yaratilgan axloqiy qarashlar va ta’limotlar mazmun-mohiyatini o’rganish katta ahamiyatga ega. Ijtimoiy ish etikasi fanida axloq tushunchasi eng muhim tushunchalardan biri sifatida o’rganiladi. «Axloq» so’zi arabchadan olingan bo’lib, «hulq» so’zining ko’plik shaklidir. «Axloq» iborasi ikki xil ma’noga ega: umumiy tushuncha sifatida fanning tadqiqot obyektini anglatsa, muayyan tushuncha sifatida inson fe’l- atvori va xatti-harakatining eng qamrovli qismini bildiradi. Axloqni umumiy tushuncha sifatida olib, uni doira shaklida aks ettiradigan bo’lsak, doiraning eng kichik qismini odob, undan kattaroq qismini xulq, eng qamrovli qismini axloq egallaydi. Odob – inson haqida yoqimli taassurot uyg’otadigan, lekin jamoa, jamiyat va insoniyat hayotida u qadar muhim ahamiyatga ega bo’lmaydigan, milliy urf- odatlarga asoslangan chiroyli xatti-harakatlarni o’z ichiga oladi.