logo

IJTIMOIY XIZMATNING RIVOJLANISHI TARIXI

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

60.5849609375 KB
IJTIMOIY  XIZMATNING RIVOJLANISHI  TARIXI
Reja:
1 .Ijtimoiy   xizmatning   faoliyat   sifatida     paydo   bo‘lishining   tarixiy
sabablari.
2 . XIX asrda Evropa, Amerika va Osiyoda sotsial xizmatning rivojlanishi.
3 . O‘zbekistonda   ijtimoiy   xizmatning  shakllanishi. Ijtimoiy   ishning   faoliyat   turi   sifatida   yuzaga   kelishining   Ijtimoiy   ishning
faoliyat   turi   sifatida   yuzaga   kelishidagi   tarixiy   shart-sharoit.   Ijtimoiy   ishning
G‘arbiy   Evropa   va   Amerikada   kasb   sifatida   yuzaga   kelishi.   XX   asrda   ijtimoiy
ishning   rivojlanishi.   AQSHda   ijtimoiy   himoya   tizimi.   Evropa   ijtimoiy   ta’minot
tizimi. Rossiyada ijtimoiy ish. O‘zbekistonda ijtimoiy ish.
tarixiy   sabablari.   Ijtimoiy   ish   ildizlari   ijtimoiy   hodisa   sifatida   inson   va
jamiyat   rivojlanishining   dastlabki   bosqichlariga   borib   taqaladi.   Ijtimoiy
yordamning   tabiiy   qalb   hayajoni,   o‘zini   boqa   olmaydiganlarga   g‘amxo‘rlikda
ifodalangan   dastlaki  ko‘rinishlari  turli   jamiyatlar,  yuzaga   kelgan  an’analarga  xos.
Qadimgi Misrda ibodatxonalarda yordam marosimi amalga oshirilgan: muhtojlarga
bepul   non   tarqatilgan.   Qadimgi   Yunoniston,   so‘ngra   Qadimgi   Rimda
kambag‘allarga   non,   kiyim-kechak,   pul   tarqatishda   ifodalangan   filontropiya
g‘oyasi keng tarqalgan. 
Qadimgi   slavyanlarda   ijtimoiy   himoyaning   asosiy   shakllari   turli   sakral
atributlar orqali, jamoat - qavmni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek xo‘jalik yordami,
o‘zaro yordam va qavm, oila, aholini himoyalash mavjud bo‘lgan. 
Sharqda   ijtimoiy   yordamning   o‘ziga   xos   mexanizmi   va   yorqin   ifodalangan
jamoa   tuzilmasi   yuzaga   kelgan.   Uning   xususiyati   shundaki,   har   bir   inson   o‘zi
mansub   an’anaviy   tuzilmalar   himoyasida   bo‘lishi   lozim.   Bu   tuzilmalar   o‘z
a’zolarini   qo‘llab-quvvatlovchi   oila   va   jamoani   o‘z   ichiga   oladi.   O‘rta   Osiyo
hududida   qadimgi   jamoa   tarbiya,   bekorchilik,   ishga   joylashtirish   kabi
muammolarning muhim qismini hal etgan va shaxs, oila, guruh darajasida ijtimoiy
yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘ziga xos jamoa markazi hisoblangan. 
Ijtimoiy   tadbirlar   tizimi   to‘g‘risida   fikr   yuritish   imkonini   beruvchi   dastlabki
yozma   manba   muqaddas   kitob-Avesto   hisoblanadi.   Unda   zardushtiylik   dinini   tan
olgan   davlatlar   tuzumi   va   ijtimoiy   siyosati   to‘g‘risida   ma’lumotlar   mavjud.
Xayriya   manzilli   yordam   usuli   sifatida   oddiy   fuqarolar   uchun   muhim   an’anaviy
xulq-atvor   qoidasi   bo‘lgan,   din   vakillari   va   hukmron   tashkilotlar   zimmasiga
Ijtimoiy   xizmat     vazifalari-   qo‘llab-quvvatlash,   yordam   ko‘rsatish,   xayriya
tadbirlarini  amalga oshirish  yuklangan. Hukmdorlar, boy fuqarolar, ibodatxonalar xayriya   tadbirlari   uyushtirib,   muhtoj   va   etimlarga   xayr-ehson   tarqatganlar.
Jamoalarda   muhtoj   oilalarga   umumiy   jamoa   jamg‘armasi   hisobidan   moddiy
yordam ko‘rsatilgan. 
O‘rta   Osiyo   xalqlari   tarixida   Musulmonlik   davri   ruhoniylarning   ijtimoiy
hayotdagi  ishtirokini   davom  ettirdi  va  kengaytirdi.  Ijtimoiy  qo‘llab-quvvatlash  va
yordam   ko‘rsatish     vazifalari   masjidlar,   shuningdek   diniy-jamoat   hamjamiyatlari
zimmasiga yuklangan. 
Ijtimoiy yordam  turlari alohida va jamoa shakliga ega bo‘lgan. YOrdamning
keng   tarqalgan   alohida   shakli   har   bir   musulmon   tomonidan   islomning   asosiy
qonunlarini   bajarish-muhtojlarga   xayr-ehson   va   moddiy   yordam   ko‘rsatish
hisoblanadi.   Jamoatchilik   yordamining   jamoa   shakllari   orasida   keng   tarqalgani   –
xashar-jamoa   yordami,   qurbonlik-xudoyi,   tibbiy   yordam,   maxsus   bepul
shifoxonalar tashkil etish hisoblangan. 
Ta’kidlash   joizki,   o‘zaro   yordamga   intilish   insonga   xos   xususiyatdir.
Dunyodagi   etakchi   dinlar   asosida   insonning   diniy   burchi,   muhtojlarga
insonparvarlik xizmati tizimi sifatida namoyon bo‘lgan ijtimoiy yordam va xayriya
markaziy o‘rinni egallagan. 
Nasroniylik tarqalgan davrda ijtimoiy masalalar  yuzasidan me’yoriy-huquqiy
hujjatlar   qabul   qilingan.   347   yilda   Sardukiy   mahalliy   ibodatxonasi   (Rim
imperiyasining   g‘arbiy   va   sharqiy   chegarasi)da   kambag‘allar,   etimlar,   beva   va
darveshlarga   yordam   berish   to‘g‘risida   yigirmata   cherkov   qoidasi   qabul   qilingan.
SHu   bilan   birga,   xayr-ehson   tarqatish   va   kambag‘allarni   boqishda   ifodalangan
ochiq xayriya tizimi etakchi o‘rinni egallaydi 5
. 
Rossiyada   davlat   ijtimoiy   himoya   tizimi   1701   yilda   Petr   I   tomonidan
«Tabarruk   Patriarx   qarorgohida   kambag‘allar,   bemor   va   qariyalar   uyi   ochish
to‘g‘risida»gi Farmoni e’lon qilinishidan boshlanadi. Petr davrida dastlabki etimlar
uyi paydo bo‘lib, davlat jamiyat zimmasiga kambag‘allarni aniqlab, har bir muhtoj
toifaga nisbatan ma’lum homiylik chorasini belgilashni yukladi.     
5
 Куз ь мин К.В., Сутўрин Б.А. История социальной работў за рубежом и в Росии (с древности до начала  XX
века). – М.: Академический проект; Екатеринбург: Деловая книга, 2002, 11-б.        XVI-XVII   asrlarda   G‘arbiy   Evropada   davlat   ijtimoiy   yordam   tizimi
rasmiylashtirilishi,   davlatning   roli   ortishi   va   nasroniylik   cherkovining   faolligi
kamayishi   bilan   xarakterlanadi.   SHu   tarzda,   1529   yilda   Germaniyada
kambag‘allarga   yordam   berish   to‘g‘risidagi   Gamburg   nizomi,   1682   yilda   esa
davlat xayriyasi to‘g‘risidagi farmon qabul qilinadi. 
1531   yilda   Angliyada   kambag‘allarga   yordam   berish   to‘g‘risidagi   Qonun
qabul  qilinib, 1572 yilda  muhtojlarga yordam  ko‘rsatish  uchun umummilliy soliq
ta’sis   etiladi.   1601   yilda   Angliyada   qabul   qilingan   kambag‘allik   to‘g‘risidagi
Qonunda   muhtojlarga   moliyaviy   yordam   berishga   urg‘u   berilgan.   Bu   qonun   shu
sohadagi   qonunchilik   rivojlanishi   uchun   asos   bo‘lib,   hukumatning   insonlar
ehtiyojlari uchun javobgarligi shakllanishida burilish davri bo‘lib xizmat qildi. 
  Ijtimoiy   ishning   faoliyat   turi   va   kasb   sifatida   yuzaga   kelishining   tarixiy
doirasini   ma’lum   muayyanlikda   aniqlash   mumkin.   Shu   qilib,   ko‘pgina
tadqiqotchilar   uni   sanoatlashgan   davlat   rivojlanishining   boshlag‘ich   davri   bilan
qiyoslaydilar. XVIII-XIX asr  oxirlarida Evropa mamlakatlari  va Amerika nafaqat
ishlab   chiqarishni   texnikaviy   takomilashtirish,   balki   ijtimoiy   muammolarning
keskin   kuchayishi:   ijtimoiy   differensiatsiya   kuchayishi,   ishsizlik   va
jinoyatchilikning ortishi bilan davom etuvchi sanoat to‘ntarishi yo‘liga o‘tdi. 
Ijtimoiy   muammolarning   keskinlashuvi   kambag‘allar   muammosi   yuzaga
kelishiga   olib   keldi,   u   jamoatchilik   fikriga   ko‘ra,   barqarorlik   va   tartibga   xavf
soladi.   Bu   vaziyat   nafaqat   Evropa   mamlakatlari   va   Amerikada   ijtimoiy   sohadagi
munosabatlarni   tartibga   soluvchi   ijtimoiy   qonunchilik   yaratilishi,   balki   turli   aholi
guruhlarini empirik o‘rganishda o‘z aksini topdi. 
XIX   asr   boshlaridayoq   aholini   ro‘yxatga   olish,   tadqiq   etishturli   ijtimoiy
muammolarni   tahliliy   yoritish   amalga   oshirila   boshladi.   Biroq   XIX   asr   oxirliga
kelib,   ijtimoiy   islohotchilar   va   xayriya   tashkilotlari   etakchilari   kambag‘allarga
yordam   ko‘rsatish   bilan   shug‘ullanayotgan   kishilarga   maxsus   tayyorgarlik   zarur,
degan xulosaga keldilar. 
XIX   asr   oxiri   va   XX   asr   boshlarida   pozitivizm   va   liberalizm   vakillarining
qarashlari   sanoati   nisbatan   rivojlangan   mamlakatlarda   davlatning   shaxs   oldidagi javobgarligi   va   ma’naviy   burchi   to‘g‘risidagi   tushuncha   shakllanishiga   sabab
bo‘ldi. Unga ko‘ra davlat kishalarning farovon turmush kechirishlari uchun hamma
sharoitlarni yarati bera olmaydi. 
Ijtimoiy   ish   rivojlanishida   uch   bosqichni   farqlash   mumkin.   Birinchi   bosqich
ijtimoiy ishning kasb sifatida yuzaga kelishi bilan xarakterlanadi. Ikkinchi bosqich
-   XX   asrda   Shimoliy   Amerika   va   Evropa   mamlakatlarida   ijtimoiy   ish   kasbining
institutga   aylanishi   bilan.   Uchinchi   bosqich   ijtimoiy   ishning   jahon   bo‘ylab
tarqalishi bilan xarakterlanadi.                                        
Ijtimoiy ishning kasb sifatida G‘arbiy Evropa va Amerikada yuzaga kelishi.
XIX asrda ijtimoiy ishning professional faoliyat turi sifatida yuzaga kelishi Evropa
mamlakatlarining   tezkor   sanoatlashuvi   va   aholisi   soni   ortishi   natijasida   paydo
bo‘luvchi   ijtimoiy   muammolarning   keskinlashuvidan   xavotirlanuvchi   filantropiya
jamiyatlari faoliyatiga yaqinlashdi. 
Kishilar   biror-bir   maxsus   tayorgarliksiz   ham   xayriya   faoliyati   bilan
shug‘ullanganlar.   XIX   asrning   birinchi   yarmida   bu   sohada   yirik   jamoatchilik
tashkilotlari   shakllana   boshladi,   ular   din   vakillari   va   xususiy   shaxslar   bilan   birga
ijtimoiy muammolarni hal etishga harakat qildi. 
1866 yilda Stokgolmda Homiylik jamoatchilik uyushmasi tuziladi.  1869 yilda
Londonda   Xayriya   jamiyati   (The   Charity   Organization   Society)   tashkil   etildi.   U
ko‘rsatilayotgan yordamni muvofiqlashtirish vazifasini bajarardi. 
Germaniyada   ishchilarning   keskin   kambag‘allashuvi   natijasida   davlatning
ijtimoiy   ta’minotiga   ehtiyoj   paydo   bo‘ldi,   chunki   cherkov   va   xususiy   xayriya
muassasalari  ijtimoiy sohadagi  resurslar  ta’minotida yuzaga kelgan muammolarni
hal   eta   olmay   qoldilar.   1880   yilda   Germaniya   xayriya   kongressi   tashubbusiga
binoan Germaniya kambag‘allarga g‘amxo‘rlik xayriya uyushmasiga asos solindi.
Jahonning boshqa mamlakatlarida ham shunday tashkilotlar tuzildi. 
AQSHda ijtimoiy ishning kasb sifatida yuzaga kelishiga muhtojlar foydasiga
xayr-ehsonlar soni ortishi sabab bo‘ldi. Diniy, dunyoviy, tadbirkorlik, volonterlik,
hukumat va boshqa xayriya guruhlari kambag‘allar uchun pul, oziq-ovqat, kiyim-
kechak,   dori-darmon   va   turar   joy   ajratardi.   1890-yillar   boshida   yirik   shaharlarda xayriya   tashkilotlarining   ishini   yo‘naltiruvchi   tashkilotlar   tuzila   boshladi.   Ular
mahalliy   xayriya   faoliyatini   shahar   hokimiyati   vakillari,   mahalliy   tadbirkorlar,
cherkov xodimlari  va siyosiy  etakchilardan iborat direktorlar kengashi  yordamida
muvofiqlashtirardi. 
1880-yillarda emigrantlar soni ortgan shaharlarda boshlangan «Uyga ko‘chish
harakati»   AQSHdagi   professional   ijtimoiy   ish   uchun   zamin   yaratdi.   Bunda
Chikagoda   Jeyn   Addams   asos   solgan   Xall   uyi   juda   mashhur   edi.   «Kambag‘allar
orasida   yashash»   dan   ma’no   topgan   boshqa   o‘qimishli   ayollar   uning   safdoshlari
edilar. Ular shaharning kambag‘al emigrantlar mavzelarida maxsus uylar ochib, u
erda   mashg‘ulotlar   o‘tkazar,   kambag‘al   emigrant   bolalari   va   mazkur   hududda
yashovchi oilalarga maslahatlar berardilar 6
.
Bir   vaqtning   o‘zida   faoliyatning   yangi   shakllari:   masalan,   settlmentlar
harakati   (The   srttlement   house   movement)-AQSH   va   Angliyada   immigrantlar
uchun   turar   joylar   tashkil   etish.   Germaniya,   Finlyandiya,   Shvetsiyada   davlat
xodimlarining qisman ishtirokida kambag‘allarga yordam ko‘rsatishning Elberfeld
tizimi (Elberfeld System) 7
. 
Elberfeld   tizimi   nomi   u   qo‘llangan   shaharning   nomida   kelib   chiqqan,   uning
prinsiplari asosida quyidagilar yotadi: 
- xususiy   masalalarni   ko‘rib   chiqish   va   ishlarning   umumiy   yo‘nalishini
markazlashtirishda  har bir homiylikning mustaqilligi;
- har   bir   muhtojning   holatini   to‘liq   ko‘rib   chiqishda   yordamni
alohidalashtirish;
- kambag‘allarga yordam berishga jamiyatning hamma qatlamlarini faol jalb
etish. 
Vaqt   o‘tishi   bilan   faoliyatning   usul   va   shakllari   o‘zgardi,   lekin   ijtimoiy
ishning asosiy prinsipi ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘lib qoladi 8
.
Bu   davrda   Buyuk   Britaniyada   kambag‘allik   bo‘yicha   qo‘llanmalar
chiqarildi. 1834 yilda esa kambag‘allarga yordam ko‘rsatishni qat’iy tartibga solish
6 6
 Русин Т. Профессия социального работника в США. В кн.: Гендернўй колейдоскоп. – М.: Академия, 2002, 
504-505-б.   
7 7
 Социальная работа: теория и практика. – М.: ИНФРА, 2002, 385-б.   
8 8
 Социальная работа. – Ростов-на-Дону: Феникс, 2003, 40-б.  asosidagi   maxsus   qonunchilik   (Poor   Laws)   yuzaga   keladi.   XVIII   asr   o‘rtalarida
kambag‘allarga   yordam   ikki   yo‘nalishda:   bemorlarga   xayriya   va   kambag‘allarga
yordam amalga oshiriladi. 1847 yilda kambag‘allarga yordamning shakl va usullari
to‘g‘risidagi   qarorlar   bu   yo‘nalishdagi   yangi   qadam   bo‘ldi.   Keyingi   munitsipal
islohotlar   1862   yilda   kambag‘allarga   yordamni   cherkovdan   ajratdi,   natijada   ular
munitsipal ob’ektga aylandilar 9
.
Ko‘pgina Evropa mamlakatlarida sudlangan va qamoqdan ozod etilganlarga
davlat     yordami;   bemorlarni   parvarish   qilish,   ko‘r   va   karlarga   maxsus   yordam;
aholiga   majburiy   davlat-munitsipal   ta’limi   berish;   ish   bilan   ta’minlash   va
hokazolar bo‘yicha xususiy va munitsipal vositachilikning maxsus shakllari yuzaga
keladi.   Shu   tarzda,   1880   yilda   Germaniya   xayriya   kogressi   tashabbusi   bilan
Germaniya   kambag‘allarga   g‘amxo‘rlik   xayriya   uyushmasiga   asos   solindi.   1919
yilda u Germaniya davlat va xususiy homiylik ittifoqiga o‘zgartirildi. 
Ijtimoiy   qonunchilik   bu   soha   boshqaruvini   amalga   oshiruvchi   davlat
idoralari,  shuningdek  unga bo‘ysunuvchi   muassasalar  ish  yuiritishi  lozim   bo‘lgan
huquqiy   doiralarni   o‘rnatardi.   Bu   muassasalarning   boshqaruv   apparati   ham,
xayriya   tashkilotlari   a’zolari   ham   yordamga   muhtoj   kishilarga   yordam   ko‘rsatish
bo‘yicha ma’lum bilimlarga ham ega emasdilar. 
XIX   asr   oxiriga   kelib,   xayriya   sohasida   yirik   jamoatchilik   tashkilotlari
tuzilib,   ularning   ijtimoiy   muammolarni   hal   etish   bo‘yicha   intilishlari   cherkov   va
xususiy   shaxsalar   faoliyati   bilan   to‘ldirildi.   Angliya   va   AQSHda   ular   yordamga
muhtojlar bilan bevosita shug‘ullanuvchi xayriyani tashkil etish jamiyatlari sifatida
taqdim etildi. 
Xayriya sohasidagi beqiyos muvaffaqiyatlariga qaramay, bu soha vakilariga
professionalizmning   etishmasligi   ijtimoiy   muammolarni   hal   etishda   kishilarga
samaraliroq yordam berish imkonini bermasdi. Shu bilan birga, davlat ta’minotiga
ham   ehtiyoj   yuzaga   keldi,   chunki   diniy   tashkilotlar   va   xayriya   muassasalari
ijtimoiy sohadagi katta xarajatlarni eplay olmay qoldi.  
9 9
 Теория социальной работў. – М.: Юрист, 1998, 17-б.   XIX   asr   oxirida   Evropa   mamlakatlari   va   Amerikada   yuzaga   kelgan
muhtojlarga davlat yordami tizimi ikki asosiy element: qonunchilikni rivojlantirish
va maxsus idora va muassasalar yaratishni o‘z ichiga oladi. 
Ijtimoiy   xodimlarni   tayyorlovchi   dastlabki   o‘quv   muassasalari   xayriya
tashkilotlari   tomonidan   tuzilgan.   1896   yilda   deyarli   bir   vaqtda   Angliya   va
Germaniyada   kurslar   ochildi.   1898   yilda     AQSHda   Nyu-York   filantropiya
maktabida   ijtimoiy   xodimlar   tayyorlana   boshladi.   Keyinchalik   u   Kolumbiya
universitetining   ijtimoiy   ish   maktabiga   aylanib,   muhtojlarga   yordam   berish   bilan
shug‘ullanuvchilar uchun bir yillik ta’lim dasturini taklif etdi. 
1903   yilda   Grem   Teylor   va   uning   hamkasblari   tomonidan   tashkil   etilgan
Chikago   fuqarolik   huquqi   va   filantropiya   maktabi   ham   shunday   dasturni   taklif
etgan.   Vaqt   o‘tishi   bilan   u   Ijtimoiy   xizmat     boshqaruvi   maktabi   nomini   olgan
CHikago universitetining bo‘limiga aylandi 10
10. 
G‘arb   mamlakatlari   jamoatchiligi   ongida   muhtojlarga   professional   yordam
g‘oyasi   yanada   aniq   anglandi.   Bu   g‘oya   XIX   asr   oxirlaridayoq   amalga   oshirila
boshladi.   1899   yilda   Ijtimoiy   xodimlar   tayyorlash   institutiga   asos   solgan
Amsterdamdagi   ijtimoiy   islohotchilar   guruhi   ijtimoiy   xodimlarni   tayyorlash
bo‘yicha   jahonda   birinchi   institutga   asos   solish   sharafiga   erishdilar.   Institut
dasturida o‘zlarini ijtimoiy ishga bag‘ishlashni istagan erkak va ayollar uchun ikki
yillik   kunduzgi   nazariy   ta’lim   va   amaliy   tayyorgarlikning   to‘liq   kursi   ko‘zda
tutilgan.                   
XX asrda ijtimoiy ishning rivoji lanishi.  XX asrning birinchi yarmi davlatning
o‘rni   kuchayishi   va   «umumiy   mehr-muruvvat   jamiyati»   nazariyasi   va   amaliyoti
rivojlanishi   bilan   izohlanuvchi   ijtimoiy   ishning   institutsionallashuvi   bilan
xarakterlanadi. 
Ijtimoiy   xodimlar   professional   faoliyati   ibtidosini,   odatda,   ularning   asosiy
huquq   va   majburiyatlari   shakllanishi,   mehnatga   rasmiy   haq   to‘lash,   o‘quv
muassasalari,   professional   tashkilotlar   yaratilishi   hisoblanadi.   Avval   ta’kidlab
o‘tilganidek,   garchi   professional   ijtimoiy   xodimlarni   tayyorlashni   boshlagan
10 10
  Агапов   Е.П.   Социальная   работа   как   феномен   культуры.   –   Ростов-на-Дону:   Изд-во,   Ростовского
государственного педагогического университета, 1999, 57-б.   dastlabki   maxsus   o‘quv   muassasalari   Niderlandiya,   so‘ngra   AQSH,   Buyuk
Britaniya   va   Germaniyada   yaratilgan   bo‘lsa-da,   «ijtimoiy   xodim»   kasbi   dastlab
AQSHda, so‘ngra G‘arbiy Evropa mamlakatlarida ijtimoiy nufuzga ega bo‘ldi. 
Birinchi   va   Ikkinchi   jahon   urushlari   oralig‘idagi   davrda   ijtimoiy   ish
maktablari Osiyoning ko‘pgina mamlakatlari, Yaqin va O‘rta SHarq mamlakatlari,
Sharqiy Evropa mamlakatlari va keyinchalik – Afrika mamlakatlarida ochildi. 
1910 yilda yangi harakat Evropa va Amerikadagi  14ta ijtimoiy ish maktabini
ta’limga   jalb   etdi.   1920   yilda   CHilida   Lotin   Amerikasidagi   birinchi   ijtimoiy   ish
maktabi ochilgan edi 11
11. 
30-yillarda   ijtimoiy   xodimlarni   tayyorlovchi   mamlakatlar   soni   orta   boshladi.
Uchinchi   dunyo   mamlakatlarining   an’anaviy   iqtisodiyotdan   ajralib,   bozor
munosabatlari   tizimiga   asta-sekin   o‘tishi   natijasida   Sharq   mamlakatlarida   ham
ijtimoiy ish tarqala boshladi. 1936 yilda Hindistonda ijtimoiy fanlar instituti ta’sis
etildi, Misrda esa dastlabki ijtimoiy ish kurslari yuzaga keldi. Shu tarzda, maxsus
tayyorgarlik   va   moddiy   mukofotlashga   moslashgan   holda   muhtojlarga   yordam
ko‘rsatish kasbga aylana boshladi. 
Dastlabki   ijtimoiy   xodimlar   immigrantlarni   ingliz   tiliga   o‘qitishdan   to
sanoatlashgan   jamiyatda   ishga   joylashish   uchun   zarur   ko‘nikmalarni   egallashda
yordam ko‘rsatishgacha bo‘lgan keng miqyosli muammolar bilan shug‘ullanganlar.
Ular ijtimoiy tengsizlikni bartaraf etish va kishilarga o‘z muammolarini hal etishda
yordam berishga intilganlar. 
Ijtimoiy xodimlarning professional manfaatlarini ifodalagan birinchi tashkilot
Amerika   Qo‘shma   Shtatlarida   paydo   bo‘lgan.   U   1917   yilda   yaratilgan   Ijtimoiy
xodimlar   milliy   birjasi   edi.   Keyinchalik   ijtimoiy   xodimlar   (tibbiyot   xodimlari,
o‘qituvchilar)ning   boshqa   professional   tashkilotlari   yuzaga   keldi.   1921   yilda   ular
birinchilar   qatorida   rasmiy   ro‘yxatga   olingan   Amerika   ijtimoiy   ish
assotsiatsiyasiga birlashdi. 
Ijtimoiy   ishning   tashkiliy   tuzilmasini   yaratish   jarayoni   boshqa   G‘arb
mamlakatlarida   ham   tarqala   boshladi.   1928   yilda   Parijda   Ijtimoiy   farovonlik
11 11
  Социальная   работа   как   профессия   (аналитический   обзор)   //   Ж.   Социологические   исследования.   –   М.,
1992. №3, 91-б. xalqaro   kengashiga   birlashgan   Evropaning   etti   mamlakati   milliy   assotsiatsiyasi
yaratildi. 
Hozirgi   ijtimoiy   xodimlarning   dastlabki   vakillarining   intilishlari   muhtojlarga
yordam ko‘rsatishga yo‘naltirilgan edi. XX asrga kelib, ijtimoiy ta’minot usullarini
yoritish   va   tahlil   qilishga   jiddiy   e’tibor   berila   boshladi,   xayriya   va   jamoatchilik
tashkilotlari   ularga   amal   qilgan   holda   o‘z   maqsadlarini   jamiyatning   maqsadlariga
mos   ravishda   amalga   oshirishi   mumkin   edi.   AQSHda   Meri   Richmond   bu   ishni
birinchilardan   bo‘lib   amalga   oshirdi.   U   xayriyani   shaxs   va   uning   oilasiga   e’tibor
qaratgan holda usul bilan birlashtirdi. 
Richmond   1915   yilda   chop   etilgan   «Ilmiy   ijtimoiy   ish»   (Nauchnaya
sotsialnaya   rabota)   asarida   ijtimoiy   ish   sifatini   baholash,   ijtimoiy   xodimlar   hal
etishi lozim bo‘lgan ijtimoiy muammolar tashxisi sxemalari to‘plamini taklif etdi.
Bu   xayriyaning   turli   shakllarini   anglashga   tayanuvchi   etika-terapiya   ijtimoiy   ishi
yaratilishiga olib keldi. 
Yangi   usul   olima   tomonidan   1917   yilda   «Ijtimoiy   tashxis»   (Sotsialno‘y
diagnoz)   kitobida   to‘liq   yoritilib,   ijtimoiy   ta’minot   dasturi   samaradorligini
oshirishga sabab bo‘ldi. Meri Richmond o‘z usuli-mijozni shaxs sifatida baholash
bilan birga uning ijtimoiy holatini ham ko‘zda tutishning ijtimoiy tashxisini to‘liq
bayon   etgan.   M.Richmond   keyinchalik   terapiya   nomini   olgan   bu   ijtimoiy   ish
modelining asoschisi hisoblanadi. 
Bu   modelga   ko‘ra,   har   bir   alohida   holatni   baholash,   ijtimoiy   tashxis   qo‘yish
va shu asosda davolash usulini tanlash ijtimoiy xodim faoliyatidagi muhim masala
hisoblanadi.   Richmond   kambag‘allikni   kasallik   hisoblab,   shifokor   va   ijtimoiy
xodim faoliyati o‘rtasidagi o‘xshashlikni tadqiq etdi. 
U ijtimoiy yordamni ma’lum choralar yig‘indisi sifatida ko‘rib chiqadi, uning
natijasi esa mijoz va uning ijtimoiy begonalashuvini o‘zgartirish hisoblanadi. Meri
Richmond   ijtimoiy   chora-tadbirlarni   ikki   o‘zaro   bog‘liq:   bilvosita   davolash   usuli
va   bevosita   davolash   usuliga   ajratadi.   Bilvosita   davolash   usuli   insonning   tashqi
muhitga ta’siridan, bevosita davolash usuli mijozga qarorlarni ishlab chiqishda faol
harakatga   yo‘naltirish   maqsadida     ta’sir   etishdan   iborat.   Bu   klassik   ishda quyidagilar   bayon   etilgan:   «Yaxshi   ijtimoiy   xodim   kishilarni   nochorlikdan
qutqarish  bilan  shug‘ullanmay,  undan xoli   etish  yo‘llari  haqida  o‘ylaydi» 12
12. M.
Richmonddan   so‘ng   «o‘rganish,   tashxis,   davolash»   paradigmasi   ijtimoiy   ishning
asosiga aylandi. 
20-30-yillarda   Z.   Freyd   va   uning   izdoshlarining   ruhiy-tahliliy   g‘oyalari
ijtimoiy   ish   ruhiy-dinamik   nazariyasini   asosiy   o‘ringa   olib   chiqdi.   Virjiniya
Robinson   «Ijtimoiy   vaziyatda   o‘zgaruvchi   ruhiyat»   (Izmenyayuhayasya
psixologiya v sotsialnom sluchae)   asarida   faoliyat ijtimoiy usulini ruhiyat nuqtai
nazaridan yangicha anglashni birinchi bor kashf etdi. 
XX asrning birinchi yarmi ruhiy davo usullari va ruhiy tahlil ustunligida o‘tdi.
Bu davrda ijtimoiy ish biologiya, iqtisodiyot, tibbiyot, ruhshunoslik, sotsiologiya,
statistika,   anropologiya,   pedagogika,   ijtimoiy   ruhshunoslikka   tayanishi   lozim   deb
hisoblanardi. Keyinchalik ham bu ro‘yxat uncha o‘zgarmadi. 
XX   asrning   ikkinchi   yarmida   tizimli   va   har   tomonlama   yondashuv   asosiy
hisoblana   boshladi.   Bu   davrda   ijtimoiy   xodimdan   bir   sohadagi   tor   ixtisos   emas,
balki universallik, turli soha va usullarni moslashtira olish talab etilardi. Shu bilan
birga, uslubiy madaniya, ishonchli empirik ma’lumotlarga ehtiyoj paydo bo‘ldi. 
AQSHda   ijtimoiy   himoya   tizimi.   Ijtimoiy   xizmat   turlari.   Sotsiologlarning
fikriga   ko‘ra,   ijtimoiy   og‘ishlar   va   farovonlik   susaygan   davrlarda   ijtimoiy
autsayderlarga   taalluqli   aholi   guruhlariga   e’tibor   ortadi.   30-yillardagi   buyuk
turg‘unlik   davri   va   keyinchalik   60-70-yillarda   ijtimoiy   muammolar   kishilar
ommasini   qamrab   olgan   paytda   ijtimoiy   xodimlar   har   tomonlama   yondashuv
yordamida   kishilarning   ko‘pgina   muammolarini   hal   etishga   erishdilar.   AQSH
Prezidenti   F.   Ruzveltning   bosimi   ostida   ishsizlikka   birinchi   bor   milliy   muammo
sifatida yondashildi va Favqulodda yordam bo‘yicha muvaqqat boshqarma tuzildi.
Boshqarma xususiy xizmatlardan F. Ruzveltning zamonaviy Amerikani isloh
etgan   mashhur   «Yangi   kurs»i   asosiga   qo‘yilgan   davlat   dasturini   ishlab   chiqish
uchun yaxshi mutaxassislarni taklif etdi. F. Ruzveltning fikricha, ishsizlarga davlat
tomonidan   yordam   –   xayriya   sifatidagi   sadaqa   emas,   balki   taraqqiy   etgan
12 12
  Цит. По  ст.  «Социальная  работа как   профессия»  //  Ж. Социологические  исследования.  –  М., 1993.  №3,
91-б.  jamiyatda   har   bir   fuqaro   huquqida   minimal   turmush   darajasini   hisobga   olishga
asoslangan ijtimoiy adolat.
1964 yilda AQSH Prezidenti L. Jonson yangi iqtisodiy va siyosiy vaziyatdagi
«Buyuk   jamiyat»   dasturi   doirasida   Senat   va   Kongress   Vakillari   Palatasiga
sanoatlashgan   davr   bilan   va   kambag‘allik   bog‘liq   muammolarga   yo‘naltirilgan
qator   qonun   loyihalarini   taklif   etdi.   Kambag‘allikka   olib   keluvchi   ko‘pgina
qiyinchiliklar mehnat resurslari muhofazasi bo‘yicha maxsus prezident komissiyasi
«Millatning uchdan bir qismi:  harbiy xizmatga yaroqsiz yosh yigitlar  to‘g‘risida»
gi   ma’ruzasidan   ham   ma’lum   edi.   U,   boshqa   ma’lumotlar   qatorida   «Iqtisodiy
imkoniyatlar to‘g‘risida» gi qonunga asos bo‘lib xizmat qildi. 
Hozirgi   vaqtda   AQSHda   ijtimoiy   ishning   mazmuni   muhim   tarzda
o‘zgarmoqda.   Aqli   zaif   mijozlar   bilan   ishlashga   e’tibor   kuchaymoqda   va
kambag‘allik   muammolari   bilan   shug‘ullanuvchi   ijtimoiy   xodimlar   soni
kamaymoqda.   1995   yildayoq,   professional   ijtimoiy   xodimlarning   47   %i   ishining
mohiyati   to‘g‘risidagi   savolga   javob   tarzida,   asosan,   oila   a’zolarining   individual
xatti-harakatlari   yoki   oiladagi   munosabat   muammolari   bilan   shug‘ullanayotgani
haqida so‘zlaydi.
2,5 %dan kamrog‘i esa, daromad, turar joy, bandlik sohasidagi muammolarni
hal   etish,   shuningdek   jinoyatlar,   narkotik   va   alkogol   iste’mol   qilishdan
ogohlantirish   bilan   bog‘liq   faoliyatni   ta’kidlagan.   Turmushning   ijtimoiy
sharoitlarini   o‘zgartirish   bilan   bog‘liq   faoliyatga   qiziqish   ikkinchi   darajada
qolayotgan   bir   paytda,   ijtimoiy   ish   bo‘limlari   bitiruvchilarida,   jumladan,   ruhiyat
tahlili   va   ruhiyat   terapiyasi   sohasidagi   ixtisoslikka   katta   qiziqish   namoyon
bo‘lmoqda. 
So‘nggi o‘n yilliklarda AQSHda ijtimoiy xodimlarning       sektorlar bo‘yicha
bandligi   tuzilmasida   sezilarli   o‘zgarishlar   kuzatilmoqda.   Mamlakatda   o‘tkazilgan
so‘rovlarga ko‘ra, ijtimoiy xodimlarning ko‘pchiligi jamoatchilik sektoridan ketib
qolmoqda.   Avval   ularning   51   %i   ommaviy   (federal,   davlat,   mintaqaviy,
munitsipal)   sektorda   mehnat   qilgan   bo‘lsa,   hozirda   bu   vaziyat   o‘zgardi-xususiy
tijorat sektorida bandlar soni uch marta ortdi.  AQSHda   ijtimoiy   servisning   katta   qismi   ixtiyoriy   birlashmalar   (MIB)
tomonidan,   biroq   ko‘pincha   hukumat   bilan   shartnoma   bo‘yicha   ta’minlanadi.
Ko‘pgina   xususiy   amaliyotlar   ham   aynan   shunday,   hukumat   tomonidan
ajratiladigan sug‘urta orqali to‘lanadi. 
Turli birlashmalar, kichik va yirik firmalar vaziyat bilan ishlagan holda yakka
tartibda   ishlaydi   yoki   ijtimoiy   ishni   amalga   oshirishga   mo‘ljallangan   hukumat
shartnomalarini   izlaydi.   «Xususiy   amaliyot»   bilan   shug‘ullanuvchi   ijtimoiy
xodimlar soni 1982-1995 yillarda 11dan 20 % gacha ortdi. Ijtimoiy xodimlar-ning
45%i   ikkilamchi   bandlik,   ya’ni   to‘liq   bo‘lmagan   ish   kuni   amaliyotidan
foydalanganini   ta’kidlaydi.   Shaxsiy   amaliyotda   mijoz   ijtimoiy   xodimni,   odatda
uning har bir soatiga haq to‘lagan holda yollaydi 13
13.
Zamonaviy   ijtimoiy   xodimlarga   qo‘yiladigan   talablar   sezilarlicha   ortib,   o‘z
ichiga ruhiy va jismoniy qiyinchiliklarni engillashtirish dasturini oladi. Ijtimoiy ish
ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy siyosatning tarkibiy qismi bo‘lib, ijtimoiy ofatlarni
bartaraf   etish   va   engillashtirish,   muvofiq   ijtimoiy   siyosat   va   ijtimoiy   ta’minot
rivojiga yo‘naltirilgan. 
Hozirgi   paytda,   Pensilvaniya   Universiteti   ijtimoiy   ish   maktabi   asoschisi
Elizabet   Smoliyning   fikricha,   ijtimoiy   ish   amaliyoti   ijtimoiy   farovonlikning
demokratik   prinsiplarini   aholi   yuqori   qatlamining   muhtojlarga   «sovg‘asi»   emas,
balki   «huquq»   sifatida   aks   ettira   boradi.   SHu   bilan   birga,   ijtimoiy   xodimlar
o‘zlarini   kishilarga   yordam,   ijtimoiy   keskinlikni   an’anaviy   tushunish   bilan
identifikatlaydilar.   Insonning   boshqa   kishilar   va   jamiyatga,   shuningdek
jamiyatning shaxslar va guruhlarga munosabati asosiyligicha qolmoqda 14
14.
Amerika   ijtimoiy   himoya   tizimi   ikkita   aniq   yo‘nalish:   ijtimoiy   sug‘urta   va
ijtimoiy   yordam   tizimlariga   ega.   Ijtimoiy   sug‘urta   dasturlari   yuqori   ijtimoiy
mavqega   ega,   chunki   maoshga   yashovchilar   muvofiq   jamg‘armalarga   soliq
to‘laydilar.   Bu   tizim   iqtisodiy   jihatdan   faol   aholini   asosiy   ijtimoiy-iqtisodiy
13 13
 Русин Т. Профессия социального работника в США. В кн. Гендернўй калейдоскоп. – М.: Академия, 510-
511-б.  
14 14
 Ruth Elizabeth Smaliey. Theory for social work practice. Columbia University press. – New York and London, 
1967. Preface ,  viii .  xatarlar: qarilik, boquvchisini yo‘qotish, nogironlik, kasalliklar, ishlab chiqarishda
jarohatlanish, ishsizlikdan himoyalaydi. 
AQSHdagi   ijtimoiy   himoya   tizimining   ikkinchi   yo‘nalishi   ijtimoiy   yordam
hisoblanadi. Ijtimoiy yordam tizimi bir necha yirik va ko‘pgina kichik dasturlarni
o‘z   ichiga   oladi.   Bu   dasturlarga   ko‘ra,   kambag‘allikda   yashovchi   kishilar   pul
nafaqalari,   oziq-ovqat,   subsidiyalanuvchi   turar   joy,   ta’lim   olish   va   professional
tayyorgarlik uchun yordam oladilar. Rasmiy o‘rnatilgan kambag‘allik darajasidan
past   darajada   yashovchi   kishilar   ijtimoiy   yordam   olish   huquqiga   ega.   AQSHdagi
aholining umumiy sonida bular 12-15 %ni tashkil etadi. 
Eng   ommabop   moddiy   yordam   dasturlaridan   biri   Welfare   («Velfer»),
«farovonlik», «ta’minot», «nafaqa» ma’nosini anglatadi. Dasturning boshqa nomi-
Public   Assistance.   Dastur   federal   hokimiyat   tomonidan   moliyalashtiriladi,   ba’zan
esa   shtat   va   shahar   byudjetidan   to‘ldiriladi.   Ijtimoiy   ta’minot   dasturidan   nafaqa
olish sharti turli vaziyatlar (ishsiz qolish, kichik yoshdagi bolali yolg‘iz ona (ota),
ishsizlik bo‘yicha nafaqaning yo‘qligi)ga ko‘ra ma’lum  darajada doimiy daromad
manbai yo‘qligi hisoblanadi. 
SSI   (Supplemental   Security   Income)-qariyalar   (65   yoshdan   yuqori),
nogironlar, kam daromadga ega bemorlarga pulli yordam federal dasturi. 
Medikeyd   (Medicaid)–kam   daromadli   kishilar   yoki   oilalarga   tibbiy   yordam
dasturi.   U   federal   hokimiyat   tomonidan   subsidiyalanadi,   lekin   shtatlar   qonunlari
yordamida   tartibga   solinadi.   Medikeyd   ma’lum   chegaralarda   dorilar,   shifoxonada
yotish, tez yordam  chaqirish, shifokor huzuriga tashrif, maxsus poyafzal, tibbiyot
uskunalari   va   hokazolarga   pul   to‘lash   imkonini   beradi.   Odatda   «Velfer»   va   SSI
dasturi   bo‘yicha   to‘liq   yordam   oluvchilar,   Medikeytdan   ham   yordam   olish
huquqiga ega. 
Evropa   ijtimoiy   ta’minot   tizimi.   Ijtimoiy   xizmat .   Turli   mamlakatlardagi
ijtimoiy   qo‘llab-quvvatlash   tizimi   hal   etiladigan   vazifalarning   o‘xshashligiga
qaramay, tarixiy shart-sharoit, shuningdek  muammolarni  hal  etishdagi  yondashuv
va   usullardagi   farqlarni   hisobga   olgan   holda   yuzaga   keladi.   Evropa
mamlakatlaridagi   ijtimoiy   ta’minot   tizimi   AQSH   ijtimoiy   ta’minot   tizimidan ijtimoiy   siyosat   yo‘nalishlarini   aniqlash,   rejalashtirish,   moliyalashtirish   va
turmushga tatbiq etishda davlatning ishtiroki yuqori darajadaligi bilan farq qiladi.
  Bunda   Ijtimoiy   xizmat   larni   taqdim   etishda   o‘z-o‘zini   boshqarish   mahalliy
organlari   muhim   o‘rin   tutadi.   Evropa   ijtimoiy   himoya   modelining   farqli   jihati,
jumladan,   turli   Ijtimoiy   xizmat   lar   va   yordam   turlari   bilan   aholini   to‘liq   qamrab
olish hisoblanadi. 
Evropa   ijtimoiy   himoya   modeli   insonning   «tabiiy   huquqlari»   konsepsiyasi
asosidagi   umumiy   farovonlik   davlati   nazariyasiga   asoslanadi.   Bu   nazariyaning
asosiy maqsadi fuqarolar uchun hayotiy rejalarni amalga oshirish, ular uchun etarli
turmush darajasini yaratish, ijtimoiy tenglik va adolat shakllanishiga intilish uchun
deyarli   bir   xil   dastlabki   imkoniyatlarni   yaratishni   ko‘zda   tutadi.   Umumiy
farovonlik davlati fuqarolarga rivojlangan ijtimoiy yordam tizimini shakllantiradi,
tibbiy, ruhiy, yuridik va boshqa hayotiy muhim xizmatlarni ta’minlaydi. 
dan   so‘ng   taomilga   kirdi.   Biroq   70-80-yillar   boshida   bu   nazariya   tanqidga
uchradi.   Buning   sababi   ijtimoiy-iqtisodiy   sharoitlar   va   kishilar,   ijtimoiy   guruhlar
va umuman aholi ehtiyojlari o‘zgarishidan iborat. Rivojlangan mamlakatlar etakchi
ekspertlarining   fikricha,   80-yillarning   ikkinchi   yarmida   G‘arb   mamlakatlaridagi
ijtimoiy   ta’minot   tizimi   ijtimoiy   to‘lov   turlari   yordamida   aholini   qamrab   olish
bo‘yicha qo‘yilgan vazifani bajardi. 
90-yillarda   iqtisodiy   rivojlanishning   o‘zgaruvchan   sharoitlari,   resurslarning
cheklanishi ortishi, ishsizlikning yuqori darajasiga bu tizimning moslashuv vazifasi
avvalgi o‘ringa chiqdi. Evropa mamlakatlarida ijtimoiy ta’minot tizimi afzalliklari
o‘zgarishini   balgilovchi   omillar   orasida   tug‘ilishning   kamayishi   va   hayot
davomiyligi ortishi natijasida aholining tez qarishi jarayoni kuzatilmoqda. 
G‘arbiy Evropa mamlakatlarida yuz berayotgan iqtisodiy qiyinchiliklar  qator
davlat   ijtimoiy   dasturlarining   yig‘ilib   qolishiga   kuchli   ta’sir   ko‘rsatdi.   Iqtisodiy
tushkunlik,   byudjetlarning   tanqisligi   ortishi,   ishsiz   va   kambag‘allar,   to‘liqsiz
oilalarning   soni   ortishi,   aholining   qarishi   hamda   boshqa   omillar   davlat   ijtimoiy
siyosatidagi o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi.  Shu   bilan   birga,   hech   qaysi   G‘arbiy   Evropa   mamlakati   «farovonlik   davlati»
dan   to‘liq   voz   kechmadi.   Bu   vaziyat   kishilar   ongiga   davlat   muhtojlarga
g‘amxo‘rlik   qilishi   lozim,   degan   fikr   singishiga   sabab   bo‘ldi.   Turli   yo‘nalishdagi
siyosatchilar G‘arb mamlakatlari ijtimoiy ta’minot tizimidagi islohotlarning davom
etishi zaruratini tan olishga majburlar. 
G‘arbiy   Evropa   mamlakatlari   hukumatlari   tomonidan   «farovonlik   davlati»
islohoti bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar ijtimoiy ta’minot, bu sohadagi korrupsiya
va   qog‘ozbozlikning   kuchayishi   bilan   bog‘liq   moliyaviy   yo‘qotishlarga   davlat
mablag‘lari  sarflanishi  ustidan   qat’iy  nazoratni  o‘rnatishga  yo‘naltirildi.  Nodavlat
pensiya   jamg‘armalari   yaratishni   moliyalashtirish   uchun   soliq   imtiyozlari   taqdim
etilmoqda. 
Nafaqalarni   tayinlashda   ularni   olishga   talabgorlar   tekshiriladi,   avvalgi
ko‘pgina   bepul   xizmatlar   pulli   bo‘lib,   davlat   stipendiyalari   zaymlar   bilan
almashtiriladi.   Ba’zi   mamlakatlarda   pensiya   yoshini   oshirish   to‘g‘risidagi   masala
ko‘rib chiqiladi 15
15. 
GFR   Konstitutsiyasida   «ijtimoiy   davlat»,   ijtimoiy   yordam   atamasi   mavjud   –
bu   mamlakatdagi   alohida   shaxslarning   murakkab   holatdan   chiqishi   uchun   xizmat
qilgan   ijtimoiy   kafolatlar   tizimining   asosiy   qismi,   shu   maqsadlar   uchun   mavjud
zarur   muassasa   va   xizmatlar.   Ijtimoiy   ta’minot   tizimidan   tashqarida   bo‘lgan
Ijtimoiy   xizmat   lar   ham   ijtimoiy   yordam   deb   ataladi.   Umumiy   xarakterdagi   bu
xizmatlar:   davlat   dotatsiyasi   sifatida   turar   joyga,   ko‘p   bolali   oilalarga   -   bolalar,
kam ta’minlanganlarga – ta’lim olish uchun pul ajratish. 
GFRda Ijtimoiy xizmat lar deganda ijtimoiy jihatdan sust himoyalangan aholi
qatlamlariga   fuqarolarning   turmush   darajasini   tenglashtirishga   yo‘naltirilgan
xizmatlar   ko‘rsatish   tushuniladi.   Fuqarolar,   shuningdek   GFRda   yashovchi
xorijliklar   uchun   tug‘ilgan   vaqtidan   e’tiboran   kafolatlangan   Ijtimoiy   xizmat   lar
tizimi mavjud. 
Ta’kidlash   joizki,   GFRdagi   Ijtimoiy   xizmat   lar   notijorat   muassasalarida
bo‘lgan,   ya’ni   federal   taqsimot   jamg‘armasidan   moliyalashtiriluvchi   xizmatlar
15 15
 Социальная работа. – Ростов-на-Дону: Феникс, 2003, 37-38-б.  hisoblanadi.   Germaniyadagi   Ijtimoiy   xizmat   larga   xarajatlar   byudjetdan   ijtimoiy
ehtiyojlarga   xarajatlarning   o‘ndan   bir   qismini   tashkil   etadi.   Manmunan   Ijtimoiy
xizmat   lar:   maslahatli,   tibbiy,   axborotli,   huquqiy,   umumiy   parvarish   bo‘yicha,
tashkiliy bo‘lishi mumkin.
Hozir   Germaniyada   muhtojlarga   moliyaviy   xizmatlar   bilan
chegaralanmaydigan   ijtimoiy   yordam   tizimi   isloh   etilmoqda.   Davlat   ijtimoiy
xodimlar   oldiga   ijtimoiy   yordam   turiga   ko‘ra,   ishsizlarni     mehnat   bozorida   yuz
beruvchi   jarayonlarga   kiritish   vazifasini   qo‘ymoqda.   Ijtimoiy   davlatni
rivojlantirishning   ijtimoiy   ta’minot   sohasidagi   o‘z-o‘zini   boshqarish,   qarilikni
ta’minlash,   xayriya   yordami   tizimini   rivojlantirish   kabi   prinsiplari   ham   amalga
oshirilmoqda.
Rossiyada   ijtimoiy  ish   ijtimoiy xizmat . Rossiyadagi  ijtimoiy ish  muhtojlarga
yordam   ko‘rsatish   faoliyati   sifatida   uzoq   o‘tmishga   ega.   U   davlat,   turli
jamoatchilik   guruhlari,   ijtimoiy   soha   tadqiqodchilari   tomonidan   ob’ektiv   zarur
hodisa, XX asrning 90-yillari boshidan esa, ijtimoiy hayot amaliyoti sifatida ko‘rib
chiqiladi.   Bu   yillardagi   ijtimoiy   siyosatning   muhim   yo‘nalishlaridan   biri   aholiga
Ijtimoiy xizmat  ko‘rsatish tizimining rivojlanishi, aholi bilan ishlashda zamonaviy
texnologiya va usullarni keng qo‘llash bo‘ldi. 
Bunda aholiga Ijtimoiy xizmat  ko‘rsatish Rossiya olimlarining ba’zi ishlarida
ijtimoiy   ishning   zamonaviy   paradigmasi,   boshqalarida   esa,   murakkab   ijtimoiy-
iqtisodiy   sharoitda   fuqarolarni   samarali   ijtimoiy   qo‘llab-quvvatlash   imkonini
beruvchi   yuqori   samarali   ijtimoiy   texnologiya   sifatida,   keyingilarida   ijtimoiy
sohaning juda muhim sektori sifatida ko‘rib chiqiladi 16
16. 
«Rossiya   Federatsiyasida   aholiga   Ijtimoiy   xizmat     ko‘rsatish   asoslari
to‘g‘risida»  gi   federal   qonun bu  masalada  ma’lum  aniqlik  kiritadi.  Unda  Ijtimoiy
xizmat     ko‘rsatish   ijtimoiy   qo‘llab-quvvatlash,   ijtimoiy,   tibbiy,   ruhiy,   pedagogik,
huquqiy   yordam   va   murakkab   turmush   vaziyatidagi   fuqarolarga   yordam
ko‘rsatishning   boshqa   turlari   bo‘yicha   Ijtimoiy   xizmat   lar   faoliyati   sifatida   aks
ettiriladi. 
16 16
 Теория социальной работў. – М.: Юристъ, 1998, 203-б.  Qonunda  Ijtimoiy  xizmat    turlari   –  moddiy  yordam,  uyda  Ijtimoiy  xizmat
ko‘rsatish,   statsionar   sharoitida   Ijtimoiy   xizmat     ko‘rsatish,   maslahat   yordami,
fuqaro va oilalarning ijtimoiy patronajning mazmuni yoritiladi. 
«Qariya   va   nogiron   fuqarolarga   Ijtimoiy   xizmat     ko‘rsatish   to‘g‘risida»   gi
federal qonun Rossiya jamiyati aholisi alohida ijtimoiy guruhlariga Ijtimoiy xizmat
ko‘rsatish   to‘g‘risidagi   tasavvurlarni   sezilarlicha   to‘ldiradi   va   aniqlashtiradi.   U
aholini   ijtimoiy   himoyalash   bo‘yicha   faoliyat   yo‘nalishlaridan   biri   hisoblanuvchi
qariya   va   nogiron   fuqarolarga   Ijtimoiy   xizmat     ko‘rsatish   sohasidagi
munosabatlarni tartibga solishga mo‘ljallangan. 
Davlat o‘tish sharoitidagi iqtisodiy qiyinchiliklarga qaramay, nogiron, yolg‘iz
va   yordamga   muhtoj   qariyalarga   alohida   e’tibor   qaratadi.   Rossiyada   qariya,
jumladan nogironlarga nogironlarga ko‘p bosqichli  yordam ko‘rsatish tizimi amal
qiladi.  2002  yil   davomida  14  mln.  qariyaga   turli   Ijtimoiy  xizmat  lar   ko‘rsatilgan.
Mamlakatda   yarim   millionni   tashkil   etgan   nogiron   bolalar   davlat   tomonidan
alohida qo‘llab-quvvatlanadi. 
Rossiya   Ijtimoiy   xizmat     ko‘rsatish   tizimining   asosiy   prinsiplari   manzillilik,
qulaylik, ixtiyoriylik, insoniylik, og‘ir turmush sharoitidagi balog‘atga etmaganlar,
qariya   va   nogironlarga   Ijtimoiy   xizmat   lar   ko‘rsatish   ustuvorligi;   konfidensiallik;
profilaktika   yo‘nalishi;   inson   va   fuqarolik   huquqiga   rioya   etish;   Ijtimoiy   xizmat
turlarining davomiyligi hisoblanadi 17
17.
Rossiya   aholisiga   zamonaviy   Ijtimoiy   xizmat     ko‘rsatish   tizimining   muhim
belgisi   uning   dinamik   rivojlanayotgan   infratuzilmasi   hisoblanadi.   Murakkab
ijtimoiy-iqtisodiy   sharoitda   mamlakatda   yangi   ijtimoiy   (statsionarlar,   yarim
statsionarlar   va   nostatsionar)   muassasalar   tarmog‘i   yaratilgan.   Bu   erda   muhtojlar
professional  darajada zarur yordam va maslahat  olishlari, qo‘llab-quvvatlanishlari
mumkin. 
Qariya   va   nogiron   fuqarolarga   Ijtimoiy   xizmat     ko‘rsatish   majmuaviy
markazlari,   aholiga   Ijtimoiy   xizmat     ko‘rsatish   majmuaviy   markazlari,   aholiga
ruhiy-pedagogik   yordam   berish   markazlari,   gerontologiya   markazlari,   balg‘atga
17 17
 Ў ша жойда , 206 -б.   etmaganlar   uchun   ijtimoiy   reabilitatsiya   markazlari,   bolalar   va   o‘smirlar   uchun
mehribonlik   uylari,   oila   va   bolalarga   ijtimoiy   yordam   ko‘rsatish   markazlari
shunday muassasalar qatoriga kiradi. 
O‘zbekistonda   ijtimoiy   ish   ijtimoiy   xizmat.   Mamalakat   ijtimoiy   siyosatining
muhim   yo‘nalishi   Ijtimoiy   xizmat     ko‘rsatish   tizimining   rivojlanishi,   aholi   bilan
ishlashda   fuqarolarni   samarali   ijtimoiy   qo‘llab-quvvatlash   imkonini   beruvchi
zamonaviy usul va texnologiyalarning qo‘llanilishi.     
Aholiga Ijtimoiy xizmat  ko‘rsatish imkoniyati mahalliy boshqaruv organlari –
hokimiyatlar va ijtimoiy ish, ijtimoiy pedagogika va amaliy ruhshunoslik sohasida
hududiy   Ijtimoiy   xizmat   larni   tashkil   etish   va   rivojlantirish   jihatidan
reallashmoqda. 
Hozirgi   O‘zbekiston   sharoitida   aholiga   Ijtimoiy   xizmat     ko‘rsatish   tizimi
alohida   shaxslar,   oila   yoki   guruhlarning   ijtimoiy   reabilitatsiyasi,   moslashuviga
yo‘naltirilgan   ijtimoiy-insonparvarlik   faoliyatining   alohida   usullari   tizimi   sifatida
namoyon bo‘ladi. 
O‘tish   davridagi   murakkab   ijtimoiy-iqtisodiy   sharoitda   O‘zbekistonda   yangi
ijtimoiy   muassasalar   tarmog‘i   yaratildi,   bu   erda   muhtoj   fuqarolar   zarur   yordam
olishlari   va   qo‘llab-quvvatlanishlari     mumkin.   Qariyalar,   bolalar,   nogironlarga
g‘amxo‘rlik   Mehnat   va   ijtimoiy   himoya   vazirligi   tizimi,   o‘z-o‘zini   boshqarish
jamoatchilik tashkilotlari (mahallalar), IIV muassasalari orqali amalga oshiriladi. 
Bunday   muassasalar   qatoriga   turli   toifadagi   fuqarolarga   Ijtimoiy   xizmat
ko‘rsatish   markazlari,   aholiga   ruhiy-pedagogik   yordam   markazlari,   balog‘atga
etmaganlar   uchun   ijtimoiy-reabilitatsiya   markazlari,   oila   va   bolalarga   ijtimoiy
yordam hududiy markazlarini kiritish mumkin.         
Xizmatlar   ro‘yxatini   kengaytirish   va   parvarishga   o‘ta   muhtoj   fuqarolarga
uyda   Ijtimoiy   xizmat     ko‘rsatishni   to‘liq   qamrab   olishni   ta’minlash   maqsadida
hukumat   qaroriga   ko‘ra,   o‘z-o‘zini   boshqarish   organlariga   yolg‘iz   pensionerlar,
qariyalar   va   nogironlarga   uyda   Ijtimoiy   xizmat     ko‘rsatish   bo‘yicha   ishlarni
bajarish uchun vaqtincha haq to‘lanadigan jamoatchilik ishlariga ishsiz fuqarolarni
jalb etish huquqi berildi.  2003 yilda 5 ming 630 mahalla hududida 155 yangi ish o‘rinlari tashkil etildi,
110 ming kam ta’minlangan fuqarolar ishga joylashtirildi. 
Qariyalarga   yordam   ko‘rsatish   bo‘yicha   ikki   yil   avval   boshlangan   keng
miqyosli   faoliyat   25   mingdan   ortiq   yolg‘iz   pensioner   va   nogironga   moddiy
yordam,   dori-darmon   uchun   qo‘shimcha   mablag‘lar   olish   imkonini   berdi.   28
mingdan   ortiq   yolg‘iz   qariya   respublika   ortopediya   korxonasi   va   uning   hududiy
bo‘linmalarida tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi, 78 foiziga protezlar tayyorlandi 18
18.
Aholini   ijtimoiy   qo‘llab-quvvatlash   va   mamlakat   fuqarolarini   ijtimoiy
himoyalashni   amalga   oshirishda   nodavlat   tarmog‘i   salmoqli   o‘ringa   ega
bo‘lmoqda.   U   kishilarning   ijtimoiy   ehtiyojlariga   qayishqoqlik   va   tezkorlikda
e’tibor   beradi.   So‘nggi   yillarda   mahalliy   va   xorijiy   nodavlat   tashkilotlari   doimiy
ravishda ortmoqda. 
Mamlakat   aholisini   himoya   qilish   va   qo‘llab-quvvatlash   kospleks   dasturini
tashkil   etish   zarurligi   shubhasiz.   Mamlakatimizning   ijtimoiy   siyosati   shunga
qaratirilgan.   Ijtimoiy   siyosat   va   ijtimoiy   ish   o‘zaro   uzviy   bog‘liq.   Ijtimoiy   ish   –
ijtimoiy   siyosatni   amalga   oshirishning   o‘ziga   xos   shakli,   ijtimoiy   siyosat   esa
ijtimoiy ishning bo‘g‘ini, mo‘ljali. Huquqiy, fuqarolik jamiyatini shakllantirishning
murakkab   yo‘lida   mamlakatimiz   uchun   yangi   faoliyat   turini   shakllantirish   va
rivojlantirish, malakali ijtimoiy xodimlarni tayyorlash lozim. 
Hozirgi   paytda   respublikada   ijtimoiy   himoya   va   qo‘llab-quvvatlash   bo‘yicha
faoliyat   turli   soha   mutaxassislari   –   sotsiologlar,   psixologlar,   pedagoglar,
huquqshunoslar   va   hokazolar   tomonidan   amalga   oshiriladi.   SHubhasiz,   turli   soha
mutuxassislarini birlashtirish zarur. Biroq hozir mamlakat yangi marra: Ijtimoiy ish
institutini yaratishga yaqinlashdi.
Bunday   institutni   yaratish   uchun   hamma   shart-sharoitlar   mavjud:   davlatning
kuchli   ijtimoiy   siyosati,   mahalliy   hokimiyat   idoralari   ishi,   turli   jamoatchilik
tashkilotlari faoliyati.         
Ijtimoiy   ish   agentlarining   sanab   o‘tilgan   turlari   orasida   bir   eng   muhim
bo‘g‘in: ijtimoiy ishning nazariy asoslovi yo‘q. Ijtimoiy ishning nazariy asoslovini
18 18
  Выступление   Президента   Ислама   Каримова   на   торжественном   собрании,   посвященным   11-годовщине
Конституции Республики Узекистан. // Народное слово, 6 декабря 2003 г. yangi   yo‘nalishdagi   malakali   mutaxassislar   –   ijtimoiy   xodimlarni   tayyorlashni
kengaytirgan holda yaratish lozim. 
ADABIYOTLAR RO‘YHATI 
Asosiy adabiyotlar:
1 Sotsialnaya rabota. Slovar-spravochnik. – M., 1999.
2 Osnovы sotsialnoy rabotы. – M., 1999.
3 Pavlenok P. Vvedenie v professiyu sotsialn ы y rabotnik. – M., 1998.
4 Ganieva   M.X.   Osnov ы   sotsialnoy   rabot ы .   Uchebnoe   posobie.   –   Tashkent:
CHASHMA PRINT, 2009.     112 s.
5 Istoriya sotsialnoy rabotы. – M., 2002.
6   Kuzmin   K.   V.,   Sut ы rin   B.A.   Istoriya   sotsialnoy   rabot ы   za   rubejom   i   v
Rossii (s drevnosti do nachala XX veka). – M.: Akademicheskiy proekt, 2002.
7  Sotsialnaya rabota: teoriya i praktika. – M.: Infra, 2002.
8  Sotsialnaya rabota. – Rostov n\D: Feniks, 2003.
9  Teoriya i metodika sotsialnoy rabot ы : Kratkiy kurs / Pod red.  S.I.Grigoreva.
– M., 1994.
10  Sotsialnaya rabota: Uchebnoe posobie. – 2-izd., - Rostov n/D: Feniks, 2003.
Qo‘shimcha adabiyotlar:
a. Axundjanova   S.A.   Razvitie   modeli   effektivnoy   sistemы   sotsialnoy
zaщitы   detey   v   Uzbekistane   i   rasprostranenie   pilotnыx   Slujb   Podderjki   Semi   i
detey   v   drugix   regionax   stranы.   Materialы   Mejdunarodnogo   Foruma
«Inklyuzivnoe   obrazovanie   i   sovremennыe   tendensii   v   razvitii   form   sotsialnoy
podderjki detey». – Tashkent: RSSAD, 2008. – S.111-112.
b. Bekmuradov   M.B.   Rol   obrazovatelnыx   uchrejdeniy   v   podgotovke
sotsialnыx   rabotnikov   vыsshey   kvalifikatsii.   Materialы   Mejdunarodnogo   Foruma
«Inklyuzivnoe   obrazovanie   i   sovremennыe   tendensii   v   razvitii   form   sotsialnoy
podderjki detey». – Tashkent: RSSAD, 2008. – S.119  123. c. Bekmuradov   M.R.   Podgotovka   sotsialnqx   rabotnikov   v   sisteme
vqsshego   obrazovaniya   v   Uzbekistane.   Materialы   Mejdunarodnogo   Foruma   «Ot
detstva   k   vzrosleniyu:   sotsialnaya   zaщita,   sotsialnaya   rabota,   sotsialnaya
integratsiya». – Tashkent: RSSAD, 2009. – S. 84  87.
d. Ganieva   M.X.   XIX   vek   –   vek   sotsialnogo   rabotnika   //   J.   Bola   va
Zamon.  2005, №1. S. 24-25.
e. Xrestomatiya   k   treningu   «Vvedenie   v   sotsialnuyu   rabotu».   Proekt
«Razvitie   sotsialnoy   rabot ы   na   akademicheskom   urovne   v   Uzbekistane».   –
Tashkent, 2006.
f. Ganieva   M.X.   Istoriya   razvitiya   sotsialnoy   rabot ы   kak   vida   deyatelnosti.
J.Bola va zamon, Tashkent: Sentr  SealMAG , 2007. – № 1 (6). – S. 34-36.
g. O‘ zbekiston   yoshlari:   ijtimoiy   q iyofa.   –   Toshkent:   «Ijtimoiy   fikr»,
O‘z R FA I q tisod instituti, 2008. – 130 b. 
h. Molodyoj   Uzbekistana:   sotsialn ы y   portret.   –   Tashkent:   Ijtimoiy   fikr,
Institut ekonomiki AN RUz, 2008. – 128 s.
i. Ganieva   M.X.   Rol   sotsiologicheskix   issledovaniy   v   izuchenii   deviantnogo
povedeniya   podrostkov.   Material ы   Mejdunarodnogo   Foruma   «Inklyuzivnoe
obrazovanie i sovremenn ы e tendensii v razvitii form sotsialnoy podderjki detey». –
Tashkent: RSSAD, 2008. – S. 194-198.
j. Ganieva   M.X.   Sotsialnaya   rabota   kak   spetsificheskaya   forma   deyatelnosti.
J.Obщestvennoe mnenie. Prava cheloveka. – Tashkent: Ijtimoiy fikr,  2008. – №3.
– S.51-58.
k. Ganieva   M.X.,   Karimyan   M.X.   Professiogramma   v   kontekste
podgotovki   sotsialnыx   rabotnikov   dlya   sistemы   sotsialnoy   zaщitы   detey.
Materialы Mejdunarodnogo Foruma «Ot detstva k vzrosleniyu: sotsialnaya zaщita,
sotsialnaya   rabota,  sotsialnaya   integratsiya».  –  Tashkent:   RSSAD, 2009.  – S.  90-
95.
l. Ganieva M.X. Istoriya razvitiya i sovremennoe sostoyanie sotsialnoy rabot ы .
J.Bola va zamon, Tashkent: Sentr  SealMAG , 2009. – № 4 (17). – S. 43-44. m. Yo‘ldoshev   N.T.   Bolalar   xukuklarning   himoyasi      ustuvor   vazifa.
“Bolalikdan   ulg‘ayish   sari:   ijtimoiy   himoya,   ijtimoiy   ish,   ijtimoiy   integratsiya”
Xalqaro Forumning materiallari. Toshkent: RSSAD, 2009.    B. 18-21.
n. Karamyan   M.X.   Standart ы   i   kriterii   kachestva   uslug   v   sisteme
sotsialnoy   za щ it ы   detey.   Material ы   Mejdunarodnogo   Foruma   «Inklyuzivnoe
obrazovanie i sovremenn ы e tendensii v razvitii form sotsialnoy podderjki detey». –
Tashkent: RSSAD, 2008. – S. 130  133.
o. O‘zbekistonda ijtimoiy ishchining professional va etik kodeksi. J.Bola
va zamon, Toshkent: Sentr SealMAG, 2009. – № 4 (17). – S. 16-19.
p. Professionaln ы y   i   eticheskiy   kodeks   sotsialnogo   rabotnika
Uzbekistana.   J.Bola va zamon, Tashkent: Sentr   SealMAG , 2009. – № 4 (17). – S.
11 - 21 .
q. Ijtimoiy   ishchining   professiogrammasi   (kasbiy   talqini)   J.Bola   va
zamon, Toshkent: Sentr SealMAG, 2009. – № 4 (17). – S.  26 - 29 .
r. Professiogramma   sotsialnogo   rabotnika.   J.Bola   va   zamon,   Tashkent:   Sentr
SealMAG, 2009. – № 4 (17). – S. 22-25.
s. Kim L.E. Na puti resheniya kadrov ы x voprosov v sisteme sotsialnoy
za щ it ы   detey:   organizatsiya   kursov   perepodgotovki   po   sotsialnoy   rabote   v
Uzbekistane.   Material ы   Mejdunarodnogo   Foruma   «Inklyuzivnoe   obrazovanie   i
sovremenn ы e   tendensii   v   razvitii   form   sotsialnoy   podderjki   detey».   –   Tashkent:
RSSAD, 2008. – S.133  138.
t. Kim L.E. Razvitie professii “sotsialnaya rabota” v Uzbekistane: dostignut ы e
rezultat ы   i   resurs ы   dlya   dalneyshego   prodvijeniya.   Materialы   Mejdunarodnogo
Foruma   «Ot   detstva   k   vzrosleniyu:   sotsialnaya   zaщita,   sotsialnaya   rabota,
sotsialnaya integratsiya». – Tashkent: RSSAD, 2009. – S.111  117.
1. Merfi   T.   Sotsialnaya   rabota   v   Uzbekistane:   Perspektivы   razvitiya
ekonomicheski effektivnыx uslug. Materialы Mejdunarodnogo Foruma «Ot detstva
k   vzrosleniyu:   sotsialnaya   zaщita,   sotsialnaya   rabota,   sotsialnaya   integratsiya».   –
Tashkent: RSSAD, 2009. – S.117  122. 2. Norbaeva   T.K.   YOshlarning   ijtimoiy   himoyalash      ularning   ijtimoiy,
iqtisodiy,   xuquqiy   manfaatlarni   kafolati.   “Bolalikdan   ulg‘ayish   sari:   ijtimoiy
himoya,   ijtimoiy   ish,   ijtimoiy   integratsiya”   Xalqaro   Forumning   materiallari.
Toshkent: RSSAD, 2009.    B. 3  6.
3. Tadjibaeva   S.   Oila   va   bolalarni   qo‘llab-quvvatlash   pilot   xizmati:   dastlabki
natijalar. J.Bola va zamon, Tashkent: Sentr SealMAG, 2009. – № 4 (17). – S. 48-
50.

IJTIMOIY XIZMATNING RIVOJLANISHI TARIXI Reja: 1 .Ijtimoiy xizmatning faoliyat sifatida paydo bo‘lishining tarixiy sabablari. 2 . XIX asrda Evropa, Amerika va Osiyoda sotsial xizmatning rivojlanishi. 3 . O‘zbekistonda ijtimoiy xizmatning shakllanishi.

Ijtimoiy ishning faoliyat turi sifatida yuzaga kelishining Ijtimoiy ishning faoliyat turi sifatida yuzaga kelishidagi tarixiy shart-sharoit. Ijtimoiy ishning G‘arbiy Evropa va Amerikada kasb sifatida yuzaga kelishi. XX asrda ijtimoiy ishning rivojlanishi. AQSHda ijtimoiy himoya tizimi. Evropa ijtimoiy ta’minot tizimi. Rossiyada ijtimoiy ish. O‘zbekistonda ijtimoiy ish. tarixiy sabablari. Ijtimoiy ish ildizlari ijtimoiy hodisa sifatida inson va jamiyat rivojlanishining dastlabki bosqichlariga borib taqaladi. Ijtimoiy yordamning tabiiy qalb hayajoni, o‘zini boqa olmaydiganlarga g‘amxo‘rlikda ifodalangan dastlaki ko‘rinishlari turli jamiyatlar, yuzaga kelgan an’analarga xos. Qadimgi Misrda ibodatxonalarda yordam marosimi amalga oshirilgan: muhtojlarga bepul non tarqatilgan. Qadimgi Yunoniston, so‘ngra Qadimgi Rimda kambag‘allarga non, kiyim-kechak, pul tarqatishda ifodalangan filontropiya g‘oyasi keng tarqalgan. Qadimgi slavyanlarda ijtimoiy himoyaning asosiy shakllari turli sakral atributlar orqali, jamoat - qavmni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek xo‘jalik yordami, o‘zaro yordam va qavm, oila, aholini himoyalash mavjud bo‘lgan. Sharqda ijtimoiy yordamning o‘ziga xos mexanizmi va yorqin ifodalangan jamoa tuzilmasi yuzaga kelgan. Uning xususiyati shundaki, har bir inson o‘zi mansub an’anaviy tuzilmalar himoyasida bo‘lishi lozim. Bu tuzilmalar o‘z a’zolarini qo‘llab-quvvatlovchi oila va jamoani o‘z ichiga oladi. O‘rta Osiyo hududida qadimgi jamoa tarbiya, bekorchilik, ishga joylashtirish kabi muammolarning muhim qismini hal etgan va shaxs, oila, guruh darajasida ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘ziga xos jamoa markazi hisoblangan. Ijtimoiy tadbirlar tizimi to‘g‘risida fikr yuritish imkonini beruvchi dastlabki yozma manba muqaddas kitob-Avesto hisoblanadi. Unda zardushtiylik dinini tan olgan davlatlar tuzumi va ijtimoiy siyosati to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud. Xayriya manzilli yordam usuli sifatida oddiy fuqarolar uchun muhim an’anaviy xulq-atvor qoidasi bo‘lgan, din vakillari va hukmron tashkilotlar zimmasiga Ijtimoiy xizmat vazifalari- qo‘llab-quvvatlash, yordam ko‘rsatish, xayriya tadbirlarini amalga oshirish yuklangan. Hukmdorlar, boy fuqarolar, ibodatxonalar

xayriya tadbirlari uyushtirib, muhtoj va etimlarga xayr-ehson tarqatganlar. Jamoalarda muhtoj oilalarga umumiy jamoa jamg‘armasi hisobidan moddiy yordam ko‘rsatilgan. O‘rta Osiyo xalqlari tarixida Musulmonlik davri ruhoniylarning ijtimoiy hayotdagi ishtirokini davom ettirdi va kengaytirdi. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va yordam ko‘rsatish vazifalari masjidlar, shuningdek diniy-jamoat hamjamiyatlari zimmasiga yuklangan. Ijtimoiy yordam turlari alohida va jamoa shakliga ega bo‘lgan. YOrdamning keng tarqalgan alohida shakli har bir musulmon tomonidan islomning asosiy qonunlarini bajarish-muhtojlarga xayr-ehson va moddiy yordam ko‘rsatish hisoblanadi. Jamoatchilik yordamining jamoa shakllari orasida keng tarqalgani – xashar-jamoa yordami, qurbonlik-xudoyi, tibbiy yordam, maxsus bepul shifoxonalar tashkil etish hisoblangan. Ta’kidlash joizki, o‘zaro yordamga intilish insonga xos xususiyatdir. Dunyodagi etakchi dinlar asosida insonning diniy burchi, muhtojlarga insonparvarlik xizmati tizimi sifatida namoyon bo‘lgan ijtimoiy yordam va xayriya markaziy o‘rinni egallagan. Nasroniylik tarqalgan davrda ijtimoiy masalalar yuzasidan me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. 347 yilda Sardukiy mahalliy ibodatxonasi (Rim imperiyasining g‘arbiy va sharqiy chegarasi)da kambag‘allar, etimlar, beva va darveshlarga yordam berish to‘g‘risida yigirmata cherkov qoidasi qabul qilingan. SHu bilan birga, xayr-ehson tarqatish va kambag‘allarni boqishda ifodalangan ochiq xayriya tizimi etakchi o‘rinni egallaydi 5 . Rossiyada davlat ijtimoiy himoya tizimi 1701 yilda Petr I tomonidan «Tabarruk Patriarx qarorgohida kambag‘allar, bemor va qariyalar uyi ochish to‘g‘risida»gi Farmoni e’lon qilinishidan boshlanadi. Petr davrida dastlabki etimlar uyi paydo bo‘lib, davlat jamiyat zimmasiga kambag‘allarni aniqlab, har bir muhtoj toifaga nisbatan ma’lum homiylik chorasini belgilashni yukladi. 5 Куз ь мин К.В., Сутўрин Б.А. История социальной работў за рубежом и в Росии (с древности до начала XX века). – М.: Академический проект; Екатеринбург: Деловая книга, 2002, 11-б.

XVI-XVII asrlarda G‘arbiy Evropada davlat ijtimoiy yordam tizimi rasmiylashtirilishi, davlatning roli ortishi va nasroniylik cherkovining faolligi kamayishi bilan xarakterlanadi. SHu tarzda, 1529 yilda Germaniyada kambag‘allarga yordam berish to‘g‘risidagi Gamburg nizomi, 1682 yilda esa davlat xayriyasi to‘g‘risidagi farmon qabul qilinadi. 1531 yilda Angliyada kambag‘allarga yordam berish to‘g‘risidagi Qonun qabul qilinib, 1572 yilda muhtojlarga yordam ko‘rsatish uchun umummilliy soliq ta’sis etiladi. 1601 yilda Angliyada qabul qilingan kambag‘allik to‘g‘risidagi Qonunda muhtojlarga moliyaviy yordam berishga urg‘u berilgan. Bu qonun shu sohadagi qonunchilik rivojlanishi uchun asos bo‘lib, hukumatning insonlar ehtiyojlari uchun javobgarligi shakllanishida burilish davri bo‘lib xizmat qildi. Ijtimoiy ishning faoliyat turi va kasb sifatida yuzaga kelishining tarixiy doirasini ma’lum muayyanlikda aniqlash mumkin. Shu qilib, ko‘pgina tadqiqotchilar uni sanoatlashgan davlat rivojlanishining boshlag‘ich davri bilan qiyoslaydilar. XVIII-XIX asr oxirlarida Evropa mamlakatlari va Amerika nafaqat ishlab chiqarishni texnikaviy takomilashtirish, balki ijtimoiy muammolarning keskin kuchayishi: ijtimoiy differensiatsiya kuchayishi, ishsizlik va jinoyatchilikning ortishi bilan davom etuvchi sanoat to‘ntarishi yo‘liga o‘tdi. Ijtimoiy muammolarning keskinlashuvi kambag‘allar muammosi yuzaga kelishiga olib keldi, u jamoatchilik fikriga ko‘ra, barqarorlik va tartibga xavf soladi. Bu vaziyat nafaqat Evropa mamlakatlari va Amerikada ijtimoiy sohadagi munosabatlarni tartibga soluvchi ijtimoiy qonunchilik yaratilishi, balki turli aholi guruhlarini empirik o‘rganishda o‘z aksini topdi. XIX asr boshlaridayoq aholini ro‘yxatga olish, tadqiq etishturli ijtimoiy muammolarni tahliliy yoritish amalga oshirila boshladi. Biroq XIX asr oxirliga kelib, ijtimoiy islohotchilar va xayriya tashkilotlari etakchilari kambag‘allarga yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanayotgan kishilarga maxsus tayyorgarlik zarur, degan xulosaga keldilar. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida pozitivizm va liberalizm vakillarining qarashlari sanoati nisbatan rivojlangan mamlakatlarda davlatning shaxs oldidagi

javobgarligi va ma’naviy burchi to‘g‘risidagi tushuncha shakllanishiga sabab bo‘ldi. Unga ko‘ra davlat kishalarning farovon turmush kechirishlari uchun hamma sharoitlarni yarati bera olmaydi. Ijtimoiy ish rivojlanishida uch bosqichni farqlash mumkin. Birinchi bosqich ijtimoiy ishning kasb sifatida yuzaga kelishi bilan xarakterlanadi. Ikkinchi bosqich - XX asrda Shimoliy Amerika va Evropa mamlakatlarida ijtimoiy ish kasbining institutga aylanishi bilan. Uchinchi bosqich ijtimoiy ishning jahon bo‘ylab tarqalishi bilan xarakterlanadi. Ijtimoiy ishning kasb sifatida G‘arbiy Evropa va Amerikada yuzaga kelishi. XIX asrda ijtimoiy ishning professional faoliyat turi sifatida yuzaga kelishi Evropa mamlakatlarining tezkor sanoatlashuvi va aholisi soni ortishi natijasida paydo bo‘luvchi ijtimoiy muammolarning keskinlashuvidan xavotirlanuvchi filantropiya jamiyatlari faoliyatiga yaqinlashdi. Kishilar biror-bir maxsus tayorgarliksiz ham xayriya faoliyati bilan shug‘ullanganlar. XIX asrning birinchi yarmida bu sohada yirik jamoatchilik tashkilotlari shakllana boshladi, ular din vakillari va xususiy shaxslar bilan birga ijtimoiy muammolarni hal etishga harakat qildi. 1866 yilda Stokgolmda Homiylik jamoatchilik uyushmasi tuziladi. 1869 yilda Londonda Xayriya jamiyati (The Charity Organization Society) tashkil etildi. U ko‘rsatilayotgan yordamni muvofiqlashtirish vazifasini bajarardi. Germaniyada ishchilarning keskin kambag‘allashuvi natijasida davlatning ijtimoiy ta’minotiga ehtiyoj paydo bo‘ldi, chunki cherkov va xususiy xayriya muassasalari ijtimoiy sohadagi resurslar ta’minotida yuzaga kelgan muammolarni hal eta olmay qoldilar. 1880 yilda Germaniya xayriya kongressi tashubbusiga binoan Germaniya kambag‘allarga g‘amxo‘rlik xayriya uyushmasiga asos solindi. Jahonning boshqa mamlakatlarida ham shunday tashkilotlar tuzildi. AQSHda ijtimoiy ishning kasb sifatida yuzaga kelishiga muhtojlar foydasiga xayr-ehsonlar soni ortishi sabab bo‘ldi. Diniy, dunyoviy, tadbirkorlik, volonterlik, hukumat va boshqa xayriya guruhlari kambag‘allar uchun pul, oziq-ovqat, kiyim- kechak, dori-darmon va turar joy ajratardi. 1890-yillar boshida yirik shaharlarda