logo

Ikkinchi jahon urushidan keyin O'zbekistonda fan, sanat va adabiyot

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

40.9716796875 KB
Mavzu: Ikkinchi jahon urushidan keyin O'zbekistonda fan, sanat va adabiyot
Kirish.
Reja
1. Urushdan keyingi davrda ilmiy fan
2. Urushdan keyingi yillarda san'at 
3. Urushdan keyingi yillarda adabiyot
Xulosa 
Foydalanilgan adabiyotlar Kirish
Insoniyat juda ko’p urushlarni boshidan kechirgan bo’lib, bular ichida eng dahshatlisi,
50   milliondan   ortiq   kishining   yostig’ini   quritgan,   XX   asr   fojiasi   bo’lmish   ikkinchi
jahon urushidir. Olti yil (1939 yil sentyabr - 1945 yil sentyabr) davom etgan bu urush
yer   sharining 80% aholisi  joylashgan hududni, 61 ta mamlakatni o’z ichiga qamrab
olgan.1939 yil 1 sentyabrda fashistlar  Germaniyasi  qo’shinlarining Polshaga bostirib
kirishi bilan ikkinchi jahon urushi boshlanib ketdi. 1941 yil 22 iyun Germaniya hujum
qilmaslik to’g’risidagi shartnomani buzib, Sovet Ittifoqiga hujum boshladi. Bu davlat
fuqarolari bo’lgan xalqlar uchun og’ir sinovlardan iborat urush boshlandi. O’sha kuni
mamlakatda   harbiy   xolat   joriy   etilganligi   haqida   farmon   e’lon   qilindi.   23   iyunda
Toshkentda ko’p ming kishilik miting bo’lib o’tdi.   Urush butun mamlakat xo’jaligi,
uning   hayotini   tubdan   o’zgartirib   yubordi.   1941   yil   30   iyunda   Davlat   mudofaa
Qo’mitasi  (DMK)ning tuzilishi  bilan mamlakatdagi butun siyosiy, harbiy va xo’jalik
hokimiyati   uning   qo’liga   o’tdi.   Ushbu   qo’mitaning   raisi   I.V.Stalin   19   iyuldan   SSSR
mudofaa   xalq   komissari,   8   avgustda   SSSR   qurolli   kuchlari   Oliy   Bosh   qo’mondoni
lavozimini   egalladi.   U   ayni   paytda   SSSR   XKS   raisi   va   VKP  (b)   MK   Bosh   kotibi
bo’lgan. Urushning dastlabki kunlarida qabul qilingan maxsus qarorlar ko’rsatmalarda
mamlakatning   katta   xavf   ostida   qolganligi,   uni   himoya   qilish   uchun   zudlik   bilan
barcha   iqtisodiy-ma’naviy   kuchlarni   mudofaa   manfaatlariga   bo’ysindirish,   xalq
xo’jaligini   to’liq   harbiy   izga   solish   lozimligi   qayd   etildi.   Uzoq   davom   etgan   urush
qiyinchiliklari O’zbekiston mehnatkashlarini ham og’ir ahvolga soldi.  Ikkinchi jahon
urushi   davrida   respublikaga   rahbarlik   qilgan   O’zbekiston   Kompartiyasi   MKning   1-
kotibi   Usmon   Yusupov   (1937-1950   yy.)   O’zbekistonliklarni   fashizmga   qarshi
kurashga   safarbar   qilishda   bosh-qosh   bo’ldi.O’rta   Osiyo   harbiy   okrugi   front   uchun
1941   yil   iyundan   1942   yil   oxirigacha   harbiy   safarbarlik   asosida   109   ta   harbiy
qo’shilma     tuzdi,   harakatdagi   armiyaga   va   Oliy   Bosh   qo’mondonlik   qarorgoh
rezerviga 86 deviziya va brigada jo’natildi   Urush yillarida bir yarim miliondan ortiq
O’zbekistonlik   fuqaro   fashizmga   qarshi   janglarda   qatnashdi.   1940   yilda   respublika aholisi   6,5   million   kishidan   iborat   edi.     Umumiy   axvolning   keskin   yomonlashuvi
oziq-ovqat  borasida qiyinchilik tug’dirdi. SHaharlarda oziq-ovqat kartochkalari joriy
qilindi.   Urush   yillarida   aholining   yangi   ijtimoiy   guruhlari   -   harbiy   xizmatchilar
oilalari, ko’chib kelgan kishilar, Urush nogironlari, yetim bolalar paydo bo’ldi. Urush
yillarida   respublikaga   bir   millondan   ortiq   kishi,   shu   jumladan   200   ming   yetim   bola
evakuatsiya qilindi. O’zbekiston ularga boshpana ber di.
     
Urushning   dastlabki   kunlaridayoq   SSSR   fanlar  Akademiyasining   O‘zbekiston   filiali,
respublikada ishlab turgan 75 ta ilmiy muassasalar, shu jumladan, 25 ta ilmiy tadqiqot
institutlari,   23   ta   ilmiy   stansiya   va   boshqalar,   barcha   olimlar   xo‘jalikni   harbiy   izga
solish   bilan   aloqador   muammolarni   hal   etishga   jalb   etildi.   Ularning   zavodlar,
fabrikalar,   temiryo‘l   va   avtomobil   yo‘llari,   transport   korxonalari   bilan   bevosita
aloqalari   o‘rnatildi.   O‘zbekistonlik   olimlar   Rossiyadan   ko‘chib   kelgan   yirik   olimlar
bilan   yaqin   aloqa   bog‘ladilar.   Respublikamizda   mavjud   bo‘lgan   va   ko‘chirilib
keltirilgan   ilmiy   muassasalarning   tadqiqot   yo‘nalishi   qayta   ko‘rib   chiqildi,   urush
talablariga moslab o‘zgartirildi. Geolog olimlar tadqiqotlari natijasida qalay, volfram,
molibden,   o‘tga   chidamli   metal   lar,   nodir   metallar   va   boshqa   turdagi   xomashyo
konlari   topildi   va   o‘z   lash   tirildi.   A.   S.   Uklonskiy   boshchiligidagi   geologlar
guruhining  Turangli   temir   konini   topish,   o‘zbek   metallurgiya   kombinati   quruli   shini
loyihalashtirish   va   ularni   foydalanishga   topshirishdagi   xizmatlari   katta   ahamiyatga
ega   bo‘ldi.   D.   M.   Bogdanov   va   muhandis   G.   S.   Chikrizovlar   Angrenda   qidiruv
ishlariga boshchilik qildilar va ko‘mir konining boy resurslarini topib yangi shaxtalar
qurishga ko‘maklashdilar. Dori-darmonlar tayyorlash borasidagi tadqiqotlar natijasida aholi  ehtiyojlari  uchun  zarur   bo‘lgan  turli   xil  dori-darmonlar  ishlab  chiqarish  yo‘lga
qo‘yildi.   Toshkentda   farmatsevtika   zavodi   qurilib   ishga   tushirildi.   Urush   yillarida
gumanitar   fanlar   ham   ancha   rivojlandi.   Toshkentga   ko‘   chib   kelgan   yirik   tarixchi,
arxeolog,   huquqshunos,   sharqshunos,   adabiyotshunos   olimlar   o‘zbekistonlik
hamkasblari   bilan   O‘zbekiston   xalqlari   tarixi,   madaniyati   va   adabiyotining   muhim
masalalarini   ishlab   chiqdilar.   V.   V.   Struve,   V.   A.   Shishkin,   I.   K.   Dodonov,V.Yu.
Zohidov,   X.Sh.   Inoyatov,  A.Yu.  Yakubovskiy,   M.   E.   Masson,   S.   P.   Tolstov,  Ya.   G‘.
G‘ulomov va boshqalar O‘zbekistonning eng qadimgi  va o‘rta asr lar  tarixi, moddiy
madaniyati   va   ma naviyati,   O‘rta   Osiyo   xalq   larining   etnogenezi   bo‘yicha   qatorʼ
asarlar   tayyorladilar.   Ikki   tomlik   „O‘zbekiston   SSR   tarixi“ning   yaratilishi   tarix
fanining   katta   yutug‘i   bo‘ldi.  Yozuvchi  Aleksey   Tolstoy   rahbarligida   rus   va   o‘zbek
olimlari   birgalikda   „O‘zbekiston   adabiyoti   tarixi“   asarini   yaratdilar.   1942-yil   27-
sentabrda   SSSR   hukumati   O‘zbekistonda   fanlar  Akademiyasini   tashkil   etish   haqida
qaror qabul qildi. 1943-yil 4-noyabrda O‘zbekiston fanlar Akademiyasi ochildi, uning
birinchi   prezidenti   etib   taniqli   olim   T.   N.   Qoriniyozov   saylandi.   Mahalliy   millat
vakillaridan fan doktori va nomzodlari tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. 1944-yilda O‘zFA
Prezidiumida aspirantura bo‘limi tashkil etildi. O‘zbekiston ishchi va mehnatkashlari
bilan bir qatorda fan, maorif va madaniyat xodimlari ham nemis-fashist bosqinchilari
ustidan   qozonilgan   g‘alabaga   o‘zlarining   munosib   hissalarini   qo‘shdilar.   “Hamma
narsa front uchun, hamma narsa g‘alaba oqibatlari hioriga “labbay!” deb javob bergan
ko‘pgina   olimlar   urushning   birinchi   kunlaridayoq   frontga   ketdilar.   Ular   orasida
O‘zbekistonning mashhur olimlaridan-U.A. Orifov, YA.X. To‘raqulov, I. Ismoilov, X.
Usmanov va boshqalar bor edi. T.N. Qori-Niyozov, V.I. Ramonovskiy, T.Z. Zohidov,
I.A.   Raykova,   O.S.   Sodiqov   kabi   olimlar   natijasi   xalq   xo‘jaligi   va   front   zaruriyati
uchun   xizmat   qilgan   muammolarni   hal   qilishda   katta   kuch   bilan   mehnat   qildilar.
O‘zbek   matematik,   mexanik   va   astronomlari   aviatsiya,   o‘q-dori,   harbiy   texnika
sifatini   oshirishga   aloqador   bo‘lgan   bir   qancha   muhim   ilmiy   muammolarni   hal
qildilar.   Bunda  T.A.   Sarimsoqov,  V.I.   Ramonovskiy,   M.   Kamolov,   N.N.   Nazarov   va boshqa   olimlar   hissasi   katta   bo‘ldi.   Ularning   ehtimollik   nazariyasi   va   matematika
statistikasi   sohasidagi   ijodiy   izlanishlari   artilleriya   otishmalari   va   bomba   tashlash
aniqligini,   jangovar   samolyotlarning   yuk   ko‘tarish   imkoniyatini   oshirishga,
respublikada   ishlab   chiqarilayotgan   harbiy   texnikaning   sifat   ko‘rsatkichlarini
takomillashtirishga   imkon   berdi.   Geolog   olimlar   foydali   qazilma   boyliklarni   qidirib
topish, sanoatni zarur xom-ashyo bilan ta’minlash vazifalarini bajarishga katta e’tibor
berdilar. O‘zbekiston tog‘lari va cho‘llarida 1943 yilning o‘zidagina 35 ta geologiya
ekspeditsiyalari   ish   olib   bordi.   O‘zbekistonlik   kimyogarlar   paxta   chiqindisidan   xalq
xo‘jaligida   foydalanish   taklifini,   etil   spirtini,   sirka   kislotasini,   qamishni   quruq   qayta
ishlash   natijasida   ko‘mir   briketini   olishning   yangi   usullarini   ishlab   chiqdilar.   Bunda
akademik O.S. Sodiqov boshliq guruh ishlari alohida ahamiyat kasb etdi. O‘zbekiston
o‘simliklarining   alkoloidlik   xususiyatini   o‘rganish   yuzasidan   akademik   S.YU.
Yunusov   rahbarligida   katta   ishlar   olib   borildi.   O‘rta   Osiyo   davlat   universiteti
(O‘zMU)ning kimyo fakultetida urush davrida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan narkoz
efiri,   xlorli   kaltsiy,   kofein,   streptotsid,   sulfidin,   nikotin   kislotasi   ishlab   chiqarish
yo‘lga   qo‘yildi.   Fakultet   bazasida   Toshkent   farmatsevtika   zavodi   tashkil   etildi.
O‘zbekistonlik   farmatsevtlar   mahalliy   xom-ashyodan   15   ta   yangi   dori   preparatlarini
ishlab   chiqarish   usullarini   kashf   etdilar.   O‘zbekistonning   ijtimoiy-gumanitar   fanlari
olimlari-tarixchilar,   sharqshunoslar,   adabiyotshunoslar,   tilshunoslar,   iqtisodchilar   va
faylasuflar   o‘zlarining   ijodiy   mehnatlari   bilan   mamlakat   ilmiy   salohiyatini
rivojlantirishga,   ommaga   insonparvarlik,   vatanparvarlik,   erksevarlik   g‘oyalarini
singdirishga qimmatli hissa qo‘shdilar. Ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish, ularni
muvofiqlashtirishni   dastlab   1940   yilda   tashkil   etilgan   SSSR   FAning   O‘zbekiston
filiali   (O‘zFAN),   keyin   1943   yil   noyabrda   ochilgan   O‘zFA  amalga   oshirdi.   O‘zFA
ning  birinchi  prezidenti  qilib T.N.  Qori  Niyozov  saylandi.   Bu  o‘zbek  xalqi  hayotida
muhim   voqea   bo‘ldi.   1943-1945   yillarda   qo‘lga   kiritilgan   muvaffaqiyatlar   bilan
O‘zFA Ittifoqda tanilgan ilmiy markazga aylandi. Bu paytda akademiya tarkibidagi 22
ta ilmiy muassasada 818 ilmiy xodim fan olamining turli jabhalarida tadqiqot ishlarini olib   bordilar.   O‘zFAning   faoliyatida   ko‘chirib   keltirilgan   ilmiy   xodimlarning   ham
o‘ziga   xos   hissasi   bo‘ldi.   Urush   yillarining   qiyinchiliklariga   qaramasdan
O‘zbekistonda Oliy va o‘rta maxsus yurtlari va maorif muassasalarining faoliyati ham
to‘xtab   qolmadi.   O‘zbekistonda   29   ta   oliy   va   52   ta   o‘rta   maxsus   o‘quv   yurti   ishlab
turdi,   ularning   soni   markazdan   ko‘chirib   keltirilgan   31   ta   oliy   o‘quv   yurti   va   7   ta
harbiy   akademiya   hisobiga   yana   ortib   bordi.   Bu   o‘quv   yurtlarida   urush   yillari
mobaynida   11.750   nafar   yuqori   malakali   mutaxassis   va   6.673   nafar   kadrlar
tayyorlandi.   Xalq   ta’limi   sohasida   ham   o‘qituvchilarning   frontga   ketishi,   ko‘pgina
binolarning gospitallarga, bolalar uyi va harbiy-o‘quv punktlariga berilishi, darslik va
o‘quv   qo‘llanmalarining,   mutaxassis   kadrlarning   yetishmovchiligi   anchagina
qiyinchiliklarni   keltirib   chiqargan   edi.   Shunday   bo‘lsa   ham   urush   yillarida   o‘qitish
ishlari muntazam olib borildi. O‘quvchilar maktabda o‘qish bilan birga yaradorlarga,
frontga   ketganlarning   oila   a’zolariga,   urush   nogironlari   oilalariga   yordam   berdilar.
O‘zbek   adabiyoti   ham   xalqimizning   yovuz   dushmanga   qarshi   kurash   yillarida
o‘zining   munosib   hissasini   qo‘shdi.   Oybek,   Hamid   Olimjon,   Shayxzoda,   G‘ofur
G‘ulom,   Uyg‘un,   Sobir  Abdulla,   Zulfiya,   Temur   Fattoh   kabi   shoir   va   yozuvchilar
urush   maydonlariga   safarbar   etuvchi   she’rlari   va   maqolalari   bilan   xalqni   g‘alabaga
ruhlantirdilar.   Oybekning   “Yovga   o‘lim!”   she’ri,   “Navoiy”   romani,   “Men   yahudiy”,
Hamid   Olimjonning   “Yigitlarni   frontga   jo‘natish”,   “Jangchi   Tursun”,   “Roksananing
ko‘z   yoshlari”   va   boshqa   asarlar   urush   yillaridagi   o‘zbek   adabiyotining   yorqin
namunalaridir.   M.   Ismoiliy,   Ilyos   Muslim,   Nazarmat,  Adham   Rahmat,   N.   Safarov,
Ibrohim   Rahim,   Z.  Fatxullin, Adham   Hamdam   kabi   yozuvchi   va   jurnalistlar   frontda
ishtirok etib, “Qizil armiya”, “Front  haqiqati”, “Qizil  askar  haqiqati”, “Suvorovchi”,
“Vatan   sharafi   uchun”   kabi   front   gazetalarida   xizmat   qilish   jarayonida,   Hamid
Olimjon,   Oybek,  A.Umariy,   G‘afur   G‘ulom,   Ra’no   Uzoqova   va   boshqa   shoir,   ham
yozuvchilar hukumat delegatsiyalari tarkibida frontning oldingi marralariga borib, o‘z
qahramonlari   bilan   tanishdilar,   yurtdoshlarining   jasoratlarini   tarannum   etdilar.
A.Axmatova, I. Virta, S. Gorodetskiy, A. Deych, K. Zelinskiy, YA. Kolas, N. Pogodin, A.   Tolstoy,   V.   Yan   kabi   yozuvchi-shoirlar   ham   O‘zbekistonda   yashab,   o‘zbek
adabiyotchilari   bilan   hamkorlikda   ajoyib   asarlar   yaratdilar.   Bunda   respublika
Yozuvchilar   uyushmasiga   rahbarlik   qilgan   H.   Olimjonning   xizmati   katta   bo‘ldi.
Dramaturgiya   sohasida   N.   Pogodin,   Hamid   Olimjon,   Uyg‘un   va   Sobir   Abdullalar
yozgan   “O‘zbekiston   qilichi”   va   A.   Umariyning   “Qasos”,   Yashin   va   Sobir
Abdullaning “Davron ota” kabi  asarlari  bilan birga Uyg‘un va Izzat  Sulton “Alisher
Navoiy”, Hamid Olimjon “Muqanna”, Maqsud Shayxzoda “Jaloliddin Manguberdi”,
Oybek   “Mahmud   Tarobiy”   kabi   dramatik   asarlarini   yaratdilar-ki,   ularda   o‘zbek
xalqining   bosqinchilarga   qarshi   kurash   sahifalari   aks   ettirildi.   1941-1945   yillardagi
urush   davrida   O‘zbekistonda   ta’sirchan   vosita   hisoblangan   teatr   va   san’at   ancha
rivojlandi. Teatr va san’at arboblari frontning oldingi marralarida bo‘ldilar. Bu davrda
O‘zbekistonda   35   ta   mahalliy   va   16   ta   ko‘chirib   keltirilgan   teatr   jamoasi   faoliyat
ko‘rsatib, butun urush davomida 203 ta yangi postanovka tayyorladilar va 6 667 303
tomoshabinga   13.568   ta   spektakl   va   konsertlar   ko‘rsatdilar.   Ikkinchi   jahon   urushi
yillarida   respublikamizda   30   dan   ortiq   konsert   brigadalari   tashkil   etilib,   ular
harakatdagi armiya qismlarida 35 mingdan ortiq, Turkiston harbiy okrugi qismlari va
gospitaldagi nogironlarga 26 mingta konsert qo‘yib berib, jangchilarni ruhlantirdilar,
ularni fashizm ustidan g‘alabaga undadilar. Ayniqsa, Tamaraxonim, Halima Nosirova,
Mukarrama   Turg‘unboyeva,   Sora   Eshonto‘rayeva,   Abror   Hidoyatov,   Shukur
Burhonov   kabi   san’atkorlar   ishtirokidagi   konsert   va   tomoshalar   jangchilar,
tomoshabinlar   qalbiga   zo‘r   ko‘tarinkilik   baxshida   etgan.   A.   Abdullayev,   CH.
Ahmarov,   O‘.   Tansiqboyev   kabi   rassomlar   urush   lavhalari,   badiiy   yilnomalarni
yaratib,   xalqimizning   front   va   front   orqasidagi   fidokorona   mehnatini   mahorat   bilan
tasvirladilar. Qisqa  metrajli   filmlar  va  10 ta  ovozli  badiiy  filmlarini  yaratish  bilan I.
A’zamov,  K. Yormatov,  N.  G‘aniyev,  S. Muhamedov  kabi  o‘zbek  rejissyorlari   urush
yillarida   kinomotografiyani   rivojlantirdilar.   Bu   davrda   ishlangan   “Nasriddin
Buxoroda”,   “Tohir   va   Zuhra”   kabi   filmlar   “O‘zbekfilm”ning   oltin   fondiga   aylandi.
Umuman   olganda   urushda   qo‘lga   kiritilgan   g‘alabaga   o‘zbekistonliklar   o‘zlarining fidokorona   mehnatlari   bilan   katta   hissa   qo‘shdilar.O‘zbekistonliklarning   urush
jangohlarida   ko‘rsatgan   jasoratlariIkkinchi   jahon   urushi   frontlarida   o‘zbekistonlik
jangchilar o‘zlarining botir, mard, qo‘rqmaslik hislatlarini namoyon qilib qahramonlik
namunalarini   ko‘rsatdilar   Sovet   siyosiy   rahbarlarining   razvedka   ma’lumotlari   yetarli
bo‘lishiga   qaramasdan   1941-yilda   Germaniya   SSSRga   hujum   qilmasligiga   ishonchi,
g‘arbiy frontda charchab qolgan kapitalistlar ustiga hujum qilish maqsadida chegarada
qo‘shin   va   qurollarni   to‘plash   bilan   mudofaa   inshootlarini   barpo   etmaganligi,   1937-
yilda armiyadagi ommaviy qatag‘onlar natijasida sovet qurolli kuchlarining jangovar
qobiliyatiga   berilgan   zarbaning   o‘rni   to‘ldirilmaganligi,   qo‘mondonlar   kasbiy
tayyorgarligining past darajadaligi sababli urushning dastlabki kunlarida shiddat bilan
bostirib   kirgan   dushman   qo‘shinlari   to‘xtatib   qolinmadi   va   ko‘plab   kishilarning
qurbon   bo‘lishiga   sabab   bo‘ldi.   Buning   uchun   Stalin   boshliq   sovet   hukumati
rahbarlari   javobgardirlar.Chegara   qo‘shinlarida   xizmat   qilayotgan   sovet   jangchilari
orasida   o‘zbekistonliklar   ham   ko‘pchilikni   tashkil   qilar   edi.   Ular   o‘z   zastavalarini
himoya   qilishda   qahramonlik   namunasini   ko‘rsatib,   oxirgi   o‘qlari   qolguncha
dushmanga   qarshi   jang   qildilar.   Ular   halok   bo‘lganlaridan   keyingina   dushman
zastavalariga   kirish   imkoniga   ega   bo‘ldi.   Grodno   yaqinida   leytenant   Usov,   siyosiy
rahbar   Sharipov,   Brest   qal’asi   mudofaasida   Ahmad   Aliyev,   Doniyor   Abdullayev,
Bobokomil   Kashanov,   Uzoq   O‘tayev,   Nurum   Siddiqov,   Madamin   Hojiyev,
YE.YA.Liss,   Rahimboy   Arslonboyev,   Sayidahmad   Boytemirov,   F.I.Layenkov   kabi
o‘zbekistonlarning   ko‘rsatgan   jasoratlari   Vatan   himoyachilarining   qahramonona
jasoratining ramzi bo‘lib qoldi. Dushmanning shiddatli hujumi, yagona frontni tashkil
qilish,   umumiy   a’loqaning   yo‘qligi,   tartibsizliklar,   mudofaa   janglaridagi
qahramonliklarni qo‘llash imkonini bermadi. Nemis-fashistlar sutkasiga 30 km sur’at
bilan hujum qilib, qisqa vaqt  ichida mamlakatning markaziy rayonlariga yetib keldi.
SSSR qurolli kuchlardagi 2 mln. dan ortiq odami, 43,3 mingta to‘pi, 8,3 mingta tanki,
8,2   mingta   samolyotidan   mahrum   bo‘ldi.   Bu   juda   katta   yo‘qotish   edi.   Stalin
ma’muriy-qatag‘on   vositalari   bilan   armiya   tarkibini   qo‘rqitish   choralarini   amalga oshirdi.   1941   yil   16   avgust   qarorida   asirga   tushganlarni   harbiy   xizmatni   tashlab
ketgan,   ularning   oilasini   “Vatanni   sotganlarning   oilasi   sifatida   qamash”   kabi
ko‘rsatmalar   berildi.   To‘siqchi   otryadlar   va   jarima   batalyonlari   tashkil   etilib,   ular
safida   1,5   mln.dan   ortiq   jangchi   bo‘ldi.   Lekin   bu   usullar   o‘zini   uncha   oqlamadi.
Ikkinchi   jahon   urushida   Smolensk,   Odessa,   Leningrad,   Moskva   mudofaalari   sovet
jangchilarining   haqiqiy   qahramonlik   mo‘jizalari   bo‘ldi   desak   xato   qilmaymiz.   Bu
janglar   dushmanni   to‘xtatib   qolish   imkonini   berdi.   Gitlerning   yashin   tezligida   urush
olib borish rejasi barbod bo‘ldi. Moskva mudofaasiga yetib kelgan, Turkiston harbiy
okrugida   tuzilgan,   general-mayor   I.V.   Panfilov   qo‘mondonlik   qilgan,   tarkibida   180
dan ortiq harbiy va harbiy siyosiy bilim yurtlarini tamomlagan komandirlari bo‘lgan
316-o‘qchi   dviziya   Volokolamsk,   Dubosekovo,   Novo-Petrovsk   yonidagi   janglarda
qahramona   kurashdi.   O‘zbekistonlik   Abdulla   Tog‘ayev,   Mamadali   Madaminov,
Leytenant Pilyugin boshliq to‘qqizta jangchi jasoratlarini alohida qayd qilish mumkin.
Moskva uchun olib borilgan janglarda o‘zbek xalqining qahramon qizlarining jasorati
namunasini   ko‘rsatgan   Zebo   G‘aniyeva   Qizil   Bayroq   ordeni   bilan   taqdirlandi.
Moskva ostonasida fashist qo‘shinlarini tor-mor qilishda ko‘rsatgan jasoratlari uchun
1753 o‘zbekistonlik jangchi  “Moskva mudofaasi  uchun” medali  bilan taqdirlandi. S.
Qosimxo‘jayev   Qahramon   unvoniga   sazovor   bo‘ldi.   Moskva   yonidagi   g‘alaba   sovet
rahbarlarida 1942 yildayoq urushni yakunlash, mamlakatni ozod qilish fikrini vujudga
keltirdi va butun front bo‘ylab hujum qilish haqida buyruq berildi. 1942 yildagi qishki
hujumlarda   mardlik   va   jasorat   namunasini   ko‘rsatib,   mahorat   bilan   jang   qilgan
Qo‘chqor Turdiyevga 1942 yil may oyida «Sovet Ittifoqi Qahramoni» unvoni berildi.
Jangchilarimizning jasorati hali o‘z harbiy kuchining asosiy qismini saqlab dushman
qo‘shinlarini  tamomila  yo‘q  qilishga,  sovet   rahbarlarining  xatolari  o‘rnini  qoplashga
kamlik   qilar   edi.   Buning   uchun   dushmannikidan   kuchli   harbiy-texnika   yarog‘   va
taktika   kerak   edi.   1942   yil   may-iyun   oylaridagi   sovet   qo‘shinlarining   hujumkor
operatsiyalarini   to‘xtatgan   dushman   25   iyunda   Volga   va   Shimoliy   Kavkaz
yo‘nalishida   hujumga   o‘tdi.   Mamlakatda   yana   qaltis   vaziyat   vujudga   keldi.   Ana shunday   bir   paytda   o‘zbek   xalqi   o‘zbek   jangchilariga   ochiq   maktub   bilan   murojaat
qilib,   o‘z   farzandlarini   vatanga   sodiqlik   va   jangda   qo‘rqish   nimaligini   bilmaslikka
chaqirdi.   Bu   chaqiriqqa   o‘z   qahramonliklari   bilan   javob   bergan   jangchilarimizdan
1974  nafari  “Kavkaz   mudofaasi  uchun”   medali   bilan   mukofotlandi.  Volga   bo‘yidagi
Stalingrad   mudofaasini   yorib,   dushman   ustidan   katta   g‘alabani   qo‘lga   kiritilishi
urushning   borishida   tub   burilishga   asos   bo‘ldi.   Bu   janglarda   ko‘rsatgan   jasoratlari
uchun   2733   ta   o‘zbekistonlik   jangchilar   “Stalingrad   mudofaasi   uchun”   medaliga
sazovar   bo‘ldi.   Kavkaz   uchun   olib   borilgan   janglarda   Toshkentda   tuzilgan   Sobir
Rahimov   qo‘mondonligidagi   diviziya   jiddiy   muvaffaqiyatlarni   qo‘lga   kiritib,   8
mingdan   ortiq   dushman   jangchilarini   qirib   tashladilar.   Bu   diviziya   yurtdoshimiz
qo‘mondonligida   Sharqiy   Prussiyagacha   jangovar   yo‘lni   bosib   o‘tdi.   Keyinchalik
Polsha   yerlarini   ozod   qilishda   Sobir   Umarovich   Rahimov   rahbarligidagi   37
gvardiyachi   Rechitsk   o‘qchi   dviziyasi   alohida   ajralib   turdi.   Dansig   shahriga
birinchilardan   bo‘lib   kirishdi.   Og‘ir   yarador   bo‘lgan   S.U.   Rahimov   1945   yil   25
martda halok bo‘ldi. 1965 yil 6 maydagina tarixiy haqiqat tiklanib, o‘zbek xalqining
mard   o‘g‘li   S.U.   Rahimovga   o‘limidan   so‘ng   Sovet   Ittifoqi   Qahramoni   unvonini
berildi. 1943-yilda Oryol-Kursk yo‘nalishi  bo‘yicha olib borilgan shiddatli janglarda
ko‘rsatgan   jasoratlari   uchun   Ahmadjon   Shukurov,   V.   Shalandin,   M.   Abdullin,   A.
Solihovlar   Sovet   Ittifoqi   Qahramoni   unvoniga   sazovar   bo‘ldilar.   Dneprni   kechib
o‘tishdagi   qahramonliklari   uchun   100ga   yaqin   o‘zbekistonliklar   Sovet   Ittifoqi
Qahramoni unvoni bilan taqdirlandilar. Ulardan J. Usmonov, V. Nabiyev, X. Aminov
jasoratlarini   alohida   qayd   etish   mumkin.   1944-1945   yillarda   Belorussiya,   Ukraina,
Moldaviya,   Boltiq   bo‘yi   respublikalari   va   Rossiya   Federatsiyasining   g‘arbiy
viloyatlarida   faoliyat   ko‘rsatgan   o‘zbekistonliklar   jangchilar   faoliyati   ikkinchi   jahon
urushi   tarixi   sahifalariga   bitilgan   bo‘lib,   ularning   nomlariyoq   dushman   ko‘ngliga
qo‘rquv solgan  edi. Bular   orasida  Mamadali  Topiboldiyev,  J.  Otaboyev,  I. Musayev,
A. Hakimov, I. Qosimov va boshqalarning mardlik namunalarini ta’kidlash mumkin.
1944-yil  kuziga borib SSSR chegaralari butunlay tiklandi, sovet  qo‘shinlari Yevropa mamlakatlariga   ozod   qiluvchi   sifatida   kirib   bordi.   Polsha,   Ruminiya,   Bolgariya,
Yugoslaviya,   Vengriya,   Chexoslovakiya,  Avstriyani   ozod   qilib,   Berlinni   egallashda
sovet   qo‘shinlari   tarkibida   o‘zbekistonlik   jangchilar   ham   o‘zlarining   baynalminallik
tuyg‘ularini   namoyon   qilib,   Yevropa   xalqlarining   fashistlar   asoratidan   ozod
bo‘lishlariga   o‘z   hissalarini   qo‘shdilar.   Bu   mamlakatlarni   ozod   qilishdagi   jasoratlari
uchun B. Boboyev, P. Nurpeksov, T. Nazarov, A. Rahimov, M. Fayozov va boshqalar
Sovet   Ittifoqi   Qahramoni   unvoni,  2430   nafar   hamyurtimiz   “Budapeshtni   ozod  qilish
uchun” medali, 1706 kishi “Berlin olingani uchun”, 109208 kishi “Germaniya ustidan
g‘alabi   qozonganligi   uchun”   medali   bilan   taqdirlanganlar.   O‘zbekistonlik   jangchilar
Yevropadagi   qarshilik   ko‘rsatish   harakatlarida   faol   ishtirok   etib,   nemis-fashistlari
ustidan qozonilajak g‘alabaga va Yevropa xalqlarining ozod bo‘lishlariga o‘zlarining
munosib   hissalarini   qo‘shdilar.   Polsha,   Yugoslaviya,   Italiya,   Fransiya,   Norvegiya,
Avstriya, Germaniya davlatlarida tashkil topgan ozodlik armiyalari safida, partizanlar
tuzilmalarida   ishtirok   etgan,   40   mingdan   ortiq   sovet   fuqarolarining   orasida
o‘zbekistonliklar   ham   ko‘pchilikni   tashkil   qilar   edi.   Masalan,   Yugoslaviya   xalq
ozodlik   armiyasida   260   dan   ko‘proq   o‘zbekistonlik   bo‘lgan.   L.   Kolantarov,   U.
Xolmaboyev, A. Mamajonov, O. Berbiyev, R. Rahimov, H. Jabborov, H. Ismoilovlar
qarshilik   ko‘rsatish   harakatida   faol   ishtirok   etgan   hamyurtlarimizdir.   Hozirgi   kunda
“Turkiston   legioni”   to‘g‘risida   turli   fikrlar   mavjud   bo‘lib,   bu   masala   mufassal   bir
tadqiqotni   talab   qiladi.   Ma’lumki,   Stalin   boshliq   sovet   hukumati   Kommunistik
Internatsional   a’zolari,   umuman   chet   el   kommunistlaridan   Yevropadagi   mavjud
siyosiy hukumatga muxolif kuch sifatida foydalangan. Gitler ham “oq“ muhojirlardan
sovetlarga   qarshi   kuch   sifatida   foydalanishga   harakat   qilib,   1941   yil   dekabrda   asir
olingan   sovet   generali   Lukinga   harbiy   asirlardan   stalinizmga   qarshi   kurash   olib
borishni   tashkil   etuvchi   ruslarning   muxolif   hukumatini   tuzishni   taklif   etadi.   Bunday
taklif   1941-1942   yillar   bo‘sag‘asida   milliy   vakolatxona   tuzish   uchun   intilayotgan
quvg‘indagi Turkiston milliy ziyolilariga ham qilindi. Natijada 1942-yil noyabrda Vali
Qayumxon   rahbarligidagi   “Turkiston   milliy   qo‘mitasi”   tashkil   topdi.   Bu   qo‘mita 1941-yil   kuzida   tashkil   topgan   Turkiston   batalyoni   bazasida   harbiy   asirlardan
“Turkiston   legioni”ni   tashkil   qilish   to‘g‘risida   1942-yil   dekabrda   Vermaxtning   Oliy
qo‘mondonligi   rasman   farmoyish   e’lon   qildi.   Shuningdek,   bu   davrda   “Arman”,
“Gruzin”   legionerlari   ham   tuzilib,  A.A.   Vlasov   rahbarligidagi   rus   ozodlik   armiyasi
tarkibiga   kiritildi.   Lekin   bu,   milliy   ”tuzilmalarga   urushning   oxiriga   kelib   1   mln.   ga
yaqin   kishi   yozilgan   bo‘lsa   ham,   ular   gitlerchilar   kutgandan   zarbdor   kuchga”
aylanmadilar.   Chunki   bu   tuzilmalarga   ko‘pincha   majburan   yozib   qo‘yilgan   harbiy
asirlar   frontga   yuborishsa,   o‘zimiznikilar   tomonga   o‘tib   olamiz   degan   umid   bilan
qarar,   buni   sezgan   nemislar   har   bir   rotaga   asosan   nemis   zobitlarini   qo‘ygan   edilar.
Haqiqatdan   ham   “Turkiston   legioni”da   tashkil   topgan   yashirin   guruhlar   qarshilik
harakati jangchilari va partizanlar bilan aloqa bog‘lab, nemis-fashistlarning bir qancha
rejalarini   barbod   qilganlar.   1943   yilda   Desna   daryosi   yonidagi   Kupchixa   qishlog‘i
hududida jang qilayotgan 74-dviziya tomoniga Abdulla Otaxonov boshchiligida to‘la
qurollangan,   370   kishidan   iborat   Turkiston   batalyoni   o‘tgan.   Keyinchalik   sovet
qo‘mondonligining   ishonchsizligi   bilan   ular   frontdan   chetlatiladi.   1944   yilda
Chernogoriyaga   yuborilgan   “Turkiston   legioni”   birlashmalari   fashist   komandirlarini
o‘ldirib,   tog‘dagi   partizanlar   oldiga   chiqib   ketishgan.   O‘zbekistonliklar   partizan
otryadlari   va   qarshilik   ko‘rsatish   harakatlarida   faol   qatnashib,   dushmanni   tor-mor
qilishga o‘zlarining munosib hissalarini  qo‘shdilar. Urushnng dastlabki  kunlaridayoq
sovetlar   davlatida   avj   olib   ketishiga   umid   bog‘lagan   gitlerchilar   turli   xil   milliy
tuzilmalar   tuzish,   sovet   xalqlari   orasida   soxta   tashviqotlar   olib   borib   bunga   asos
hozirlashga   intilgan   bo‘lsa,   Stalin   boshliq   sovet   siyosiy   rahbarlari   ham   milliy
kelishmovchiliklar   yuzaga   kelishiga   sabab   bo‘larlik   xalqlarni   majburan   ko‘chirish,
butun-butun   xalqlarga   “sotqin”   tamg‘asini   bosishdek   choralarni   amalga   oshirganlar.
Shunday   tamg‘a   bilan   1944   yil   mamlakat   bo‘ylab   2.230.500   kishi   majburan
ko‘chirilgan.   Shulardan   O‘zbekiston   hududiga   Qrimdan-151604   qrim   tatarlari,
Gruziyadan-110   mingga   yaqin   mesxeti   turklari,   Shimoliy   Kavkazdan   20   mingdan
ortiq ingush, 4,5 ming arman va greklar ko‘chirib keltirilgan. Ular NKVD nazoratida, repressiv   rejimga   qat’iy   rioya   qilgan   holda   yashashga   mahkum   etilib,   milliy   davlat
tuzilmalari   va   konstitutsion   huquqlaridan   mahrum   etilgan   edi.   Ko‘chirib   keltirilgan
joylardagi   mahalliy   aholi   bilan   bog‘lanish   kabi   huquqlardan   ham   mahrum   qilingan
edilar.   Lekin   o‘zbekistonliklar   ko‘chirib   keltirilganlarni   o‘z   uylariga   qabul   qilib,
oxirgi   burda   nonlarini   bo‘lishib   yeb,   o‘zlarining   yuksak   ma’naviyati   buyuk
insonparvarligini   namoyon   qildi.   Sobiq   ittifoq   xalqlarining   fidokorona   mehnatlari,
jangchilarning qahramona jasoratlari sabab, nemis-fashist  bosqinchilariga qarshi olib
borilgan,   43   kuni   kam   4   yil   (1941   yil   22   iyun-1945   yil   9   may)   davom   etgan   urush
g‘alaba   bilan   yakunlandi.   Lekin   ikkinchi   jahon   urushi   davom   etardi.   Ittifoqchi
davlatlar bilan bo‘lgan kelishuv va Sharqda xavf bo‘lib turganligi sababli 1945-yil 9-
avgustga   o‘tar   kechasi   sovet   hukumati   Yaponiyaga   qarshi   urush   boshladi.   2
sentyabrgacha   davom   etgan   bu   jangda   6770   nafar   o‘zbekistonlik   jangchilar   ishtirok
etib,   Kvantun   armiyasini   mag‘lubiyatga   uchratishda,  Yaponiyaning   taslim   bo‘lishida
o‘z   hissalarini   qo‘shdilar.   N.   Latipov,   A.   Karimov,   U.   Doniyorov   kabi   ko‘plab
hamyurtlarimiz   yuksak   harbiy   mahorat   va   jangovar   faolliklarini   namoyish   etdilar.
Ikkinchi   jahon   urushining   g‘olibona   yakunlanishida   o‘zbekistonliklarning   front   va
front   orqasidagi   jasoratlari   katta   hissa   bo‘lib   xizmat   qildi.   120   mingdan   ortiq
o‘zbekistonliklar   SSSRning   orden   va   medallariga   sazovor   bo‘ldi.   «Sovet   Ittifoqi
Qahramoni» unvoniga ega bo‘lgan 300 dan ortiq jangchidan 75 tasi o‘zbek o‘g‘lonlari
edi.   O‘zbekistonlik   82   ta   jangchi   “Shuhrat”   ordenining   uchala   darajasi   bilan
taqdirlandi. Italiya, Angliya, Fransiya, Yugoslaviya, Polsha, Chexoslavakiya, Vengriya
kabi   mamlakatlarining   ordenlari   bilan   taqdirlangan   hamyurtlarimiz   bir   necha   ming
kishini   tashkil   etadi.   O‘zbekiston   urushdan   katta   yo‘qotish   bilan   chiqdi.   1939-1945
yillarda   bo‘lib   o‘tgan   Ikkinchi   jahon   urushi   frontlariga   safarbar   qilingan   1433230
kishidan   263005   kishi   halok   bo‘ldi,   132.670   kishi   nogiron   bo‘lib   qaytdi.   Urush
yillarida   asirga   tushgan   6,2   mln.   kishidan   4   mln.   kishi   halok   bo‘lgan,   1   mln.   kishi
“Vlasovchilar”ga   qo‘shilgan,   tirik   qolgan   1   mln.   kishi   esa   nemis   lagerlarini   sovet
lagerlari   bilan   almashtirishga   majbur   bo‘ldilar.   Ular   orasida   nohaq   jazolanganlardan yurtdoshlarimiz   ham   bor   bo‘lib,   S.   Abdullayev,   L.   Popov,   K.   Abramovich,   P.
Rustamov va boshqalar shular jumlasidandir. 1945-yilga kelib mamlakatda yaxshilik
sari   qat’iy   o‘zgarishlarni   kutayotgan   xalq   yana   mustabid   tuzum   asoratida   qoldi.
Ijtimoiy   hayotdagi   ziddiyatlar   yashirinib   barqarorlik   vujudga   keltirdiki,   ular   bu
tuzumning   muqarrar   qulashini   ko‘rsatardi.   Katta   qurbonlar   evaziga   bo‘lsa   ham
o‘zbekistonliklar insoniyatni fashizm balosidan qutqarishga munosib hissa qo‘shdilar.
Urushda halok bo‘lganlar xotirasini tiklash va qadrlash maqsadida “Xotira” kitoblari
tuzildi,   poytaxtimiz   markazida   Xotira   maydoni   va   motamsaro   ayol   yodgorlik
majmuasi   tiklandi.   Bu   ishlarga   boshchilik   qilgan   yurtboshimiz   farmoni   bilan   9   may
“Xotira va Qadrlash kuni» deb e’lon qilindi. Hozirgi kunda hayot bo‘lgan mehnat va
urush   faxriylardan   yosh   avlod   hamisha   minnatdordirlar.Urushdan   keyingi   yillarda
O‘zbekistonning   iqtisodiy   va   madaniy   hayoti.   Iqtisodiy   va   ma’naviy   qaramlikning
oqibatlar   Urushdan   keyingi   yillarda   O‘zbekistonning   iqtisodiy   va   ijtimoiy-siyosiy
hayoti   Urushdan   keyingi   yillarda   O‘zbekiston   xalq   xo‘jaligining   tinch   qurilishga
o‘tishi   murakkab   xalqaro   vaziyatda   kechdi.   Urush   davrida   umumiy   dushman
fashizmga   qarshi   kurash   antifashist   davlatlar   va   xalqlarni   birlashtirgan   bo‘lsa,   urush
tugagandan   keyin   bu   ittifoqdagi   davlatlar   orasida   ajralish   yuz   berdi   va   ikki   o‘rtada
sovuq   urushlar   munosabati   boshlanib   ketdi.   Urushdan   so‘ng   fashizm   ustidan
qozonilgan g‘alabaga katta hissa qo‘shgan O‘zbekiston xalqlari oldida harbiylashgan
xalq xo‘jaligini tinch qurilish yo‘liga solish, uni urushdan oldingi darajaga yetkazish
va   rivojlantirish   kabi   murakkab   vazifalar   turardi.   Urush   davridagi   harbiy-iqtisodiy
hamkorlik   tajribasi   urushdan   keyingi   vayron   bo‘lgan   iqtisodiyotni   tiklash   va
rivojlantirishda   ham   g‘arb   davlatlari   bilan   hamkorlik   qilish   zarurligini   ko‘rsatdi.
Lekin   haddan   tashqari   mafkuralashgan   sovet   tizimi   Respublikalarni   xorijiy
mamlakatlardan “temir qo‘rg‘on” bilan ajratib, mamlakatni ortiqcha qiyinchiliklar va
qurbonga   mahkum   etdi.   Sobiq   Ittifoq   boshqa   mamlakatlardagi   tiklanishning   ilg‘or
tajribalaridan,   chet   el   sarmoyalaridan   foydalanishni   istamadi.   O‘zbekiston
Respublikasi   Prezidenti   I.A.   Karimov   II   jahon   urushida   vayron   bo‘lgan   Yevropa, Yaponiya,   Janubiy   Koreya   mamlakatlari   birinchi   navbatda,   albatta,   “o‘z   kuchiga
tayanib,  o‘z   imkoniyatlariga   suyanib   yuksak   taraqqiyot   darajasiga   ko‘tarildi”,-deydi.
Lekin, ularning bu yutuqlarida chetdan kelgan sarmoyalar ham katta o‘rin egallagan.
Amerika   Qo‘shma   Shtatlarida   qabul   qilingan   “Marshall   plani”   asosida   ajratilgan
taxminan   50   mlrd.   dollar   Yevropa   mamlakatlarining   iqtisodini   o‘nglab,   hayot
darajasini   ko‘tarishga,   ilg‘or   texnologiyalarni   joriy   etishda   hal   qiluvchi   kuch   bo‘ldi.
Sovet davlatining g‘oyat mafkuralashgan iqtisodiy siyosati esa yakkalanib qoldi va bu
xalqimizning   boshiga   ortiqcha   kulfat   olib   keldi.   O‘zbekiston   urushdan   keyingi
yillarda o‘z xalqining arzon kuchidan, boy xom-ashyo manbalaridan cheksiz ravishda
foydalanishiga   asoslangan,   kompartiya   chizib   bergan   besh   yillik   rejalarni   bajarishga
kirishdi.   Bir   tomonlama,   Markaz   manfaatiga   bo‘ysundirilgan   Respublika
iqtisodiyotini   urushdan   oldingi   darajaga   yetkazish   va   yanada   rivojlantirishga
qaratilgan   vazifani   bajarishda   o‘zbek   xalqining   mehnatsevarligi,   sabr-toqatli   va
tinchliksevarligi   kabi   fazilatlardan   foydalanildi.   Iqtisodiyot   oldiga   qo‘yilgan   eng
muhim vazifalar O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining 1946 yil avgustida chaqirilgan
8-sessiyasida   qabul   qilingan   1946-1950   yillarga   mo‘ljallangan   rejada   belgilandi.
Bunga   ko‘ra,   xalq   xo‘jaligining   barcha   sohalariga   3   mlrd.   900   mln.   so‘m   kapital
mablag‘   ajratildi.   Sanoatni   rivojlantirish   ishlari   jumhuriyat   iqtisodiyotining   yetakchi
sohasi   paxtachilikni   rivojlantirishga   qaratildi.   Elektr   quvvati   ishlab   chiqarishga
alohida   e’tibor   berildi.   5   yilda   8   ta   yirik   va   o‘rta   hajmdagi   elektrostansiyalar,   shu
jumladan   300   000   kv.   soat   kuchga   ega   bo‘lgan   Farhod   suv   elektr   stansiyasi   ishga
tushirildi.   Bu   stansiya   sobiq   ittifoqda   uchinchi   o‘rinda   bo‘lib,   urushgacha
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan elektr quvvatiga teng quvvat beradigan bo‘ldi Qisqa
davr oralig‘ida, 20-30 yillardagi “sotsializm qurish” azoblari, ayniqsa ikkinchi jahon
urush   davri   qiyinchiliklarini,   mashaqqatlarini   boshdan   kechirgan   O‘zbekiston   xalqi
iqtisodni tiklash va rivojlantirish yo‘lida ham hormay-tolmay mehnat qildi. Besh yilda
sanoat  mahsulotining yalpi hajmi 71 foizga ko‘paydi, bu urushdan oldingi darajadan
1,9 barobar ko‘p edi. Sanoatning xalq xo‘jaligidagi salmog‘i 47,7 foizni tashkil qilgan edi. Shu yillarda Farhod, Oqqovoq-2, Bo‘zsuv-2 elektrostansiyalari, jami 150 ta yangi
sanoat   korxonalari   ishga   tushirildi.   O‘zbekistonning   kelajakdagi   taraqqiyoti   rejalari
Ittifoq markazida ishlab chiqarilib, aksariyat hollarda mahalliy sharoit, ijtimoiy ahvol
hisobga olinmasdan iqtisodni bir tomonlama, ya’ni o‘lkani xom-ashyo bazasi sifatida
saqlab   qolishga   qaratildi.   Sanoat,   xalq   xo‘jaligining   deyarli   barcha   tarmoqlari
paxtachilikni   rivojlantirishga   bo‘ysundirildi.   Sovet   hukumatining   1946   yil   2
fevraldagi   O‘zbekistonda   paxtachilikni   tiklash   va   yanada   rivojlantirish   choralari
to‘g‘risidagi   qarori   O‘zbekistonda   paxta   yakkahokimligini   kuchaytirish   uchun   asos
bo‘ldi.   Iqtisodiyotni   tiklash   ishlari   qishloq   xo‘jaligida   ayniqsa   paxtachilikda
qiyinchilik   bilan   o‘tdi.   O‘zbekistonda   paxtachilikni   rivojlantirish   to‘g‘risida   sovet
hukumatining   urushdan   keyin   qabul   qilgan   ijtimoiy-siyosiy   va   iqtisodiy   jihatdan
asoslanmagan o‘nlab qarorlari izchillik bilan amalga oshirilmadi, shuning uchun ham
kutilgan   natijalarni   bermadi.   1947-1948   yillarda   paxta   tayyorlashning   davlat   rejasi
bajarilmadi.   1949   yildan   boshlab   ahvol   birmuncha   o‘zgardi.   1950   yili   2   mln.   222
ming tonna  paxta yetkazib  berildi, hosildorlik  gektaridan  20,7 sentnerga  yetdi. 1950
yildan   paxtaning   xarid   narxi   oshirilib,   1   tonnasiga   2200   so‘m   ya’ni   avvalgidan   ikki
baravar   ko‘p   haq   to‘landi.   Lekin   dehqonchilikning   boshqa   sohalarida   ekin
maydonining   qisqartirilganligi   oqibatida   g‘alla   va   sabzavot   tayyorlashda   urushdan
oldingi darajaga yetmadi. Iqtisodni rejali ravishda rivojlantirish bilan bir qatorda ba’zi
ijtimoiy   masalalarga   ham   e’tibor   qilindi.   Jumladan,   ish   haqi   oshirildi,   harbiy   soliq,
kartochka   tizimi   bekor   qilindi.   Pul   islohoti   o‘tkazildi,   qisqartirilgan   ish   soati   joriy
etildi, kundalik iste’mol mahsulotlarining narxi  arzonlashtirildi. Bu tadbirlar pulning
xarid quvvatini oshirish imkonini tug‘dirdi. Lekin shunga qaramasdan narx navo hali
ancha   yuqori   edi.   1950   yili   O‘zbekistonda   oziq-ovqat   mahsulotlari   1940   yilga
nisbatan   deyarlik   ikki   barobar   qimmat   edi.   Keng   iste’mol   mollarini   ishlab   chiqarish
tobora   kamaydi.   Ular   asosan   chetdan   keltiriladigan   bo‘ldi   natijada   Respublika
aholisining   yengil   sanoat,   oziq-ovqat   mollariga   ehtiyoji   kuchaydi.   Jumhuriyat
aholisining   uchdan   ikki   qismini   tashkil   qilgan   qishloq   aholisining   moddiy   ahvoli achinarli   edi.   Ularning   oylik   daromadi   o‘rtacha   20   so‘mni   tashkil   qilgan   holda,   bu
ko‘rsatkich ishchilarda 64 so‘m edi. Vaholanki, urushdan keyingi xo‘jalikni tiklash va
rivojlantirishning asosiy og‘irligi qishloq mehnatkashlari zimmasiga tushdi. O‘zining
bog‘   va   mevalari   bilan   mashhur   bo‘lgan   O‘zbekiston   aholisi   haddan   tashqari   ko‘p
olinadigan soliq tufayli bog‘laridan voz kechdi. Chorvadorlar shu sababga ko‘ra mol
boqib   foyda   ko‘rmadi.  Ahvol   shu   darajaga   yetdiki,   aholining   shaxsiy   mollari   soliq
hisobiga   davlat   va   jamoa   xo‘jaliklari   foydasiga   olindi.   Sotishdan   bosh   tortganlar
jinoiy   javobgarlikka   tortildi.   Oqibatda   shaxsiy   xo‘jaliklarda   chorva   mollarining   soni
keskin kamaydi. Bunday zo‘ravonliklar urush oqibatlari, vaqtinchalik, o‘tkinchi holat
deb tushuntirildi. 50-60 yillarda qo‘riq va bo‘z yerlarni o‘zlashtirishga va shu asosda
paxta   va   g‘alla   yetishtirishni   ko‘paytirish   choralari   ko‘rildi.   O‘zbekistonda   uch   yil
ichida (1953-1955 yy.) 130 ming gektar yangi yerlar ochildi. 1956 yili Mirzacho‘lning
o‘zida   sug‘oriladigan   maydon   205.000   gektarga   yetdi.   Shu   yillarda   Markaziy
Farg‘onani   o‘zlashtirish   munosabati   bilan   Katta   Farg‘ona   kanali   qayta   ta’mirlandi.
Toshkent   viloyatida   Ohangaron   suv   omborining   2-navbati,   Yuqori   Chirchiq   suv
tarmog‘i,   Buxoro   viloyatida   Quyimozor   suv   ombori,   Sirdaryo   viloyatidagi   Janubiy
Mirzacho‘l   magistral   kanali   qurilib   foydalanishga   topshirildi.   1960   yili   respublikada
sug‘oriladigan   yer   maydoni   2.571   ming   gektarga   yetdi.   Paxtachilikni   rivojlantirish
uchun   mineral   o‘g‘itlardan   foydalanishga   katta   e’tibor   qaratildi.   Respublikada   1951
yilda   0,9   mln   t.   mineral   o‘g‘it   ishlatilgan   bo‘lsa,   1980   yilda   uning   miqdori   5   mln.
tonnadan oshib ketdi. G‘o‘za barglarini to‘kish va zararkunandalarga qarshi kurashda
ishlatilgan   o‘ta   zaharli   ximikatlar   (butifos,   merkaptafos   va   b.)dan   haddan   tashqari
keng   miqyosda   foydalanish,   aholi   sog‘ligiga   keskin   yomon   ta’sir   qildi.   Dunyo
bo‘yicha   pestitsidlar   har   bir   kishiga   300   gr.dan,  AQSh   da   800   gr.dan   to‘g‘ri   kelgan
bo‘lsa,   respublikaning   paxta   ekiladigan   hududlarida   har   bir   kishiga   1989   yil   25-45
kg.dan to‘g‘ri keladi. Respublika bo‘yicha bo‘lsa, bu har bir kishiga 7-8 kg.ni tashkil
etdi.   Paxta   xom-ashyosi   yetishtirish   1946-1985   yillarda   5,5   barovar   ko‘paydi,   paxta
ekiladigan maydonlar 1 mln. ga. dan ortdi. 1966-1986 yillar maboynida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga 45 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, shundan 17,1 mlrd. so‘mi
sug‘orish   tarmoqlariga   sarflandi.   Shu   davrda   1,5   mln.   ga.   yer   o‘zlashtirildi.
O‘zlashtirilgan yerlarda yangi 160 ta sovxozlar tashkil etilgan bo‘lib, 20 yil davomida
bu   yerlarda   10,4   mln   tonna   paxta   xom   ashyosi   yetishtirildi.   Qishloq   xo‘jaligining
ekstensiv yo‘ldan rivojlantirilishi, totalitar rejimning sug‘orish texnologiyasiga qo‘pol
aralashuvi og‘ir ekologik va boshqa turli noxush ijtimoiy oqibatlarni keltirib chiqardi.
1985   yilga   keliboq   respublikada   900   ta   sug‘orish   tarmog‘i   92   ming   gidrotexnik
qurilmalar, 10 mlrd m3 hajmda suv to‘playdigan 23 ta suv omborlari mavjud edi. 70-
80   yillarda   suvning   tabiiy   muvozanatini   buzilishi   yer,   suv,   hattoki   havoning
zaharlanishiga   olib   keldi.   Mavjud   suv   zahirasi   imkoniyatlaridan   ortiq   yerlarning
o‘zlashtirilishi,   tog‘   yon   bag‘irlariga   ekin   ekilishi,   o‘rmonlarni   shafqatsizlik   bilan
kesilishi,   daryo   va   ko‘l   suvlarining   ifloslanishi   hayvonot   olamida   halokatli
o‘zgarishlarni   yuzaga   keltirdi.   Orol   dengizi   yaqin   o‘tmishda   dunyodagi   eng   katta
ko‘llardan   hisoblanib,   baliqchilik,   ovchilik,   transport   sohasi   yaxshi   yo‘lga   qo‘yilgan
edi.   Biroq   bir   avlod   umri   davomida   bir   dengiz   quridi.   Bir   mustabid   tuzum
rahbariyatining   respublikadagi   paxta   yakka   hokimligi   siyosati,   ma’muriy
buyruqbozlikka   asoslangan   iqtisodiyot,   Orol   atrofida   favqulodda   halokatli   ekologik
xatarni   keltirib   chiqardi.   Orol   dengizining   qurishi   1960-70   yillarda   yiliga-18   sm,
1971-1980 yillarda-53 sm, 1981-1985 yillarda-78 sm, 1985 yilga kelib esa-87 sm.ga
yetdi.   1961   yildan   1991   yilgacha   dengiz   haji   3   baravar   qisqardi,   dengiz   o‘z
qirg‘og‘ida   75-80,   ba’zi   joylarda   100   km.ga   chekindi.   1980   yillarning   boshida   Orol
dengiziga suv  kelishi  deyarli  butunlay to‘xtab, nodir  suv makoni  quriy boshladi. Bu
yerlarda   2   mln.   ga   tuz   va   qumdan   iborat   maydon   ochilib   qoldi.   Sanoat   va   qishloq
xo‘jaligida   yuzaki   islohotlar   xalqning   turmush   ahvolida   deyarli   o‘zgarish   yasamadi.
Ayniqsa,   sobiq   ittifoqdagina   emas,   balki   mehnat   sharoiti   eng   og‘ir   bo‘lgan   o‘zbek
paxtakorlarining   turmush   darajasi   ayniqsa   achinarli   ahvolda   bo‘ldi.   O‘zbekistonda
oziq-ovqat   mahsulotlari   “sotsializm   uzil-kesil   g‘alaba   qilgan”   davrda   aholining   jon
boshiga   hisoblaganda   quyidagicha   edi:   go‘sht   29   kg,   sut   150   litr,   tuxum   78   dona, qand-shakar   21,2   kg,   kartoshka   28,   sabzavot   va   poliz   mahsulotlari   66   kilogramdan
to‘g‘ri keldi. Bu miqdor umumittifoq darajasidan ancha past edi. Qishloq aholisining
iste’mol   darajasi   bu   o‘rta   hisobdan   ko‘ra   yana   ham   achinarli   edi.   Paxta
yakkahokimligining kuchayishi  qishloq  xo‘jaligini   boshqa  sohalarini   qoloqlikka olib
keldi,   g‘alla,   chorvachilik   mahsulotlari,   sabzavot-mevaga   aholining   talabi
qondirilmadi.   Buning   ustiga   tomorqaga   nisbatan   noto‘g‘ri   siyosat   olib   borildi.   50-
yillarning   boshlarida   respublika   rahbarlarining   tashabbusi   bilan   sug‘oriladigan
yerlarda   tomorqa   hajmi   25   sotihdan   13   sotihga   tushirildi.   Bu   ko‘rsatkich   joylardagi
rahbarlarning o‘zboshimchaligi bilan 10 sotihgacha, Farg‘ona, Toshkent viloyatlarida
esa,   hatto   6-8   sotihgacha   kamayib   ketdi.   Bu   holat   respublika   qishloq   aholisining
turmush   darajasini   g‘oyat   og‘ir   qilib   qo‘ydi.   1990   yil   boshiga   kelib   respublikada   9
mln. yoki respublika aholisining 45 foizi jon boshiga hisoblaganda oyiga 75 so‘mdan
kamroq   daromadga   ega   edi.   Bu   esa   kun   kechirish   uchun   zarur   bo‘lgan   eng   past
darajadagidan   ham   kamdir.   80-yillarda   kundalik   hayotda   hammaga   kerak   bo‘lgan
mebel   garnituri,   xolodilnik,   sifatli   chang   yutkich   va   boshqalarni   topish   muammoga
aylanib   qoldi.   50-yillarda   sanoat   va   qurilish,   ijtimoiy   ishlab   chiqarishdagi
tarqoqlikning   respublika   iqtisodini   kompleks   rivojlanishiga   to‘sqinligi   yanada
kuchaydi.   Respublikaning   sanoat   va   qurilish   ishlari   uchun   huquqi   va   ma’suliyati
cheklanganligi   sababli,   1953   yili   respublika   ixtiyoridagi   korxonalar   jami   sanoat
mahsulotlarining 31 foizni ishlab chiqargan bo‘lsa, ittifoqqa bo‘ysungan korxonalarga
69   foiz   to‘g‘ri   keldi.   1956   yilida   esa   sanoat   mahsulotlarining   salmog‘i   55%   foizga
ko‘tarildi.   Ishlab   chiqarish   kuchlarini   joylashtirishda   xatolarga   ham   yo‘l   qo‘yildi.
Xususan   Toshkent   va   Toshkent   viloyatida   yirik   sanoat   korxonalari   qurilib,   sanoat
ishlab chiqarish joylashtirishda nomutanosiblikni keltirib chiqardi. 1955 yil dekabrda
O‘zbekiston   Kompartiyasining   birinchi   kotibi   lavozimiga   avval   Vazirlar
Kengashining rayisi vazifasida ishlagan Nuriddin Muhiddinov saylandi.Shu davrdagi
ko‘plab   ijobiy  o‘zgarishlarda  N.Muhiddinovning  shaxsan   hissasi   katta   bo‘ldi.   Uning
tashabbusi   bilan   Markaz   qaramog‘idagi   yuzlab   sanoat   korxonalari   respublika ixtiyoriga o‘tkazildi. 1960 yillarda O‘zbekiston sanoatida bir qancha o‘zgarishlar yuz
berdi. 1959-65 yillar 450 dan ziyod sanoat korxonalari (shundan 150 yirik) va sexlar
ishga   tushirildi.   Toshkent   (birinchi   navbati)   Navoiy,   Taxiatosh   issiqlik
elektrostansiyalari,   gazli   gaz   koni   shular   jumlasidandir.   1953   yili   Setalontepa,   1955
yilda   Jarqoq,   1956   yilda   Gazli   neft   konlarining   ochilishi   natijasida   gaz   sanoatining
moddiy   bazasi   yaratildi.   1958-1960   yillarda   Jarqoq-Buxoro-Samarqand-Toshkent
magistral   gaz   quvuri   qurilishi   bilan   respublika   sanoat   korxonalari,   shahar   va   ayrim
qishloqlarni   gazlashtirish   boshlandi.   Respublika   aholisining   aksariyat   ko‘pchiligi
tabiiy gazga muhtojligini qondirish va butun iqtisodiy ishlab chiqarishini gazlashtirish
asosida   qayta   qurish   mumkin   bo‘lgan   sharoitda   chetga   tabiiy   gazni   olib   ketish   avj
oldi.   O‘zbekiston   tabiiy   gazi   sobiq   ittifoqning   Yevropa   qismi,   Ural,   Qozog‘iston,
Tojikiston, Boltiq bo‘yi mamlakatlari va boshqa mintaqalarga uzluksiz jo‘natib turildi.
Vaholanki,   tabiiy   gaz   yetishtirish   Respublikada   yildan-yilga   ortib   bordi.   Masalan,
1960 yilda 447 mln m3 hajmda tabiiy gaz olingan bo‘lsa, 1970 yilga kelib bu miqdor
32   mlrd.   m3   ni   tashkil   qildi.   Rangli   metallurgiya   sanoati   sohasida   Ohangaron,
Olmaliq havzasi va Zarafshon tizma tog‘lar konlari o‘zlashtirildi. Mashinasozlikning
qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan sohasi 1959-1965 yillarda 1952-58 yillarga nisbatan
keskin   oshib   ketdi.   Sobiq   SSSRning   50-60   yillarda   fan-texnika   sohasidagi   erishgan
yutuqlarida   O‘zbekistonning   qo‘shgan   hissasi   katta   bo‘ldi.   Mahalliy   aholining
mashaqqatli   mehnati   hisobiga   yetishtirilgan   qimmatbaho   mahsulotlari   sovet
mamlakatining iqtisodiy va harbiy kuch qudratini oshirishga bo‘ysundirildi. Urushdan
avvalgi   yillarda   ham,   Farg‘ona   vodiysida   uranning   bir   necha   manbalari   ochilgan
bo‘lib, urushdan keyin barcha uran konlari ittifoq ixtiyoriga o‘tkazilgan edi. 1948 yil
yanvaridan   O‘rta   Osiyodagi   uran   qidirish   tashkilotlari   yagona-Krasnogorskiy
ekspeditsiyasiga   birlashdi.   1951   yil   ana   shu   “10-korxona”   deb   nom   olgan   tashkilot
bazasida   Krasnoxolm   ekspeditsiyasi   tuzilib,   ittifoq   geologiya   vazirligiga
bo‘ysundirildi.   Qizilqumda   50-60   yillarda   jami   27   kompleks   uran   konlari   ochildi.
Navoiy,   Uchquduq,   Zarafshon,   Zafarobod,   Nurobod   shaharlarida   bir   necha   yuz kilometrni tashkil etgan temir yo‘l, avtomobil yo‘llari qurildi. Urushdan keyingi qiyin
sharoitda transport qurilishiga alohida e’tibor berildi. Amudaryoning chap qirg‘oqlari
bo‘ylab 400 km masofaga Chorjo‘y-Urganch temir yo‘li qurildi. Bu bilan Ashxobad,
Samarqand, Dushanbe, Toshkent  va boshqa shaharlardan tovar, yo‘lovchi  poyezdlari
Rossiya orqali Yevropa mamlakatlariga yo‘l oldi. 1966-1970 yillarda sanoatda zo‘raki
jadallashtirish   natijasida   yangi   (   oltin,   uran,   neft   ishlab   chiqaruvchi)   sohalar
rivojlandi.   Respublikada   kimyo   tolasi,   organik   sintez   mahsulotlari   ishlab   chiqarish
yo‘lga   qo‘yildi.   Ishlab   chiqarish   samaradorligini   oshirish,   boshqarishning   butkul
markazlashtirilishi   ko‘p   o‘tmay   samara   bermay   qo‘ydi.   70-yillardan   boshlab   yildan-
yilga   sanoat   va   qishloq   xo‘jalik   rejalari   bajarilmay   qoldi.   70-80   yillarning   birinchi
yarmida   xalq   xo‘jaligini   ishchi   kadrlarga   bo‘lgan   talabi   ilmiy   asoslangan   tarzda
o‘rganilmadi.   Natijada   kadrlar   tayyorlashni   rejalashtirishda   jiddiy   xatoliklarga   yo‘l
qo‘yildi, ba’zi sohalarda keragidan ortiq ishchi kadrlar tayyorlandi, boshqa sohalarda,
ayniqsa   texnika   taraqqiyotini   belgilaydigan   tarmoqlarda   mahalliy   millat   vakillaridan
ishchi   kadrlar   tanqisligi   sezilib   qoldi.   Ikkinchi   jahon   urushi   O‘zbekiston   aholisining
soni va tarkibiga, respublika iqtisodiy taraqqiyotiga nihoyatda salbiy ta’sir ko‘rsatgan.
Lekin,   1971   yildan   -   1985   yillarga   qadar   O‘zbekiston   xalq   xo‘jaligida   ishchi   va
xizmatchilar   soni   2641,5   mingdan   4833,5   ming   nafarga   ko‘paydi.   Biroq,   bu   o‘sish
sun’iy   ravishda,   ya’ni   respublikamizga   tashqaridan   ko‘plab   kishilarni   ko‘chirib
keltirish   hisobiga   ro‘y   berdi.   Aholi   tarkibida   ishchilar   soni   anchagina   o‘sganiga
qaramay,   respublikamiz   bu   ko‘rsatkich   bo‘yicha   sobiq   Ittifoq   respublikalari   ichida
1979   yilgi   ma’lumotga   ko‘ra,   13   o‘rinda   turar   edi.   O‘zbekiston   ishchilar   sinfining
milliy   salmog‘i   jihatidan   orqada   qolmoqda   edi.   Masalan,   o‘zbeklar   1973-1983
yillarda sanoatda 51,1 foizni, qurilishda 46,5 transportda 38,6 aloqada-40,6 kimyo va
neft   kimyosida   24,9   foizni   tashkil   qilar   edi.   Toshkent   shahrida   1985-1986   yillarda
mehnat   resurslari   ortiqchaligi   200   ming   kishi   bo‘lishiga   qaramay,   respublikaga
tashqaridan   125   mingga   yaqin   ishchi   va   mutaxassislar   jalb   qilindi.   Shu   bilan
birgalikda   ishlab   chiqarishda   band   bo‘lmagan   aholi   soni   ortib   bordi.   Ularning   soni 1983   yilda   836   ming   nafarni   tashkil   qildi.   Sanoatning   zamonaviy   tarmoqlarida
“o‘zbek  xalqi   go‘yo   ishlashga   qodir   emasligi”   va  shu   munosabat   bilan   ko‘p  yoshlar
ishsiz   yurganligi   haqida   asossiz   turli   mulohazalar   keng   tarqaldi.   Darhaqiqat
respublikamizda   80-yillar   oxirida   bir   mln.ga   yaqin   ishsizlar   bor   edi.   Biroq,   buning
boisi   ularning   ishlash   ishtiyoqi   yo‘qligidan   emas,   balki   yuqorida   ta’kidlanganidek,
asosan markazning maxsus yo‘naltirilgan siyosati tufayli va qolaversa ba’zi mahalliy
mutasaddi   rahbarlar   tomonidan   ishlab   chiqarish   va   mehnatni   tashkil   etishning
zamonaviy   usullari   yaxshi   yo‘lga   qo‘yilmaganligi,   ularning   ish   joylari,   turar   joy,
bolalar bog‘chalari, hunar-texnika bilim yurtlari bilan ta’minlash imkonini yetarlicha
yarata olmaganidandir. O‘n yillar davomida mahalliy yoshlar orasidan ishchi kadrlar
tayyorlash bilan astoydil shug‘ullanish o‘rniga milliy g‘ururi toptalgan holda Rossiya
va   Ukrainadan   tayyor   kadrlar   keltirish   siyosatini   ma’qul   ko‘rdilar.   Respublika
iqtisodiyotini   ahvoli,   jamiyatni   boshqarish   usullarini   qayta   ko‘rib   chiqishni,   ularni
yangi   sharoitga   moslashtirishni   talab   qilsa   ham   O‘zkompartiya,   uning   qo‘mitalari,
urush   davrining   ish   tajribasini   davom   ettirib,   markazda   va   joylarda   hokimiyatni   o‘z
qo‘lida   mahkam   ushlab,   ma’muriy   buyruqbozlik   tizimini   yana   ham   kuchaytirdi.
Urushdan   keyingi   yillari   partiya   va   hukumat   rahbarligiga   nazariy   jihatdan   kam
tayyorlangan,   ish   tajribasi   yetarli   bo‘lmagan   xodimlar   keldi.   Davlatni   boshqaruv
tizimida mahalliy xalq vakillari faqat 47 foizni tashkil qildi. Partiyaga qabul qilishga
yuzaki, to‘ralarcha yondashuv natijasida qabul qilinganlarning ko‘pchiligini ishchi va
dehqonlar   tashkil   qilib,   ilg‘or   ziyolilar,   malakali   mutaxassislar   rahbarlik   ishlaridan
chetlashtirildi.   O‘zbekiston   SSR   Oliy   va   mahalliy   kengashlariga   saylovlar
yuzakilashib,   oldindan   tuzilgan   ro‘yxat   va   reja   asosida   deputatlikka   nomzodlar
ko‘rsatildi.   Saylovchilarning   99,9   foizi   ovoz   berishda   qatnashib,   “yakdillik”   bilan
kommunistlarning   vakillariga   ovoz   berdi.   Bu   qanchalik   haqiqatga   to‘g‘ri   keladi,
tushunish qiyin emas. Sovetlar faoliyatida yuzakichilik, qog‘ozbozlik kuchaydi. Oliy
Savetning,   ayniqsa   mahalliy   sovetlarning   sessiyalari   vaqtida   chaqirilmasdan   undagi
masalalar   ko‘pincha   muhokama   qilinmay   yoki   hurfikrliliksiz   qabul   qilinardi. Saylangan sovetlar vazifasini uning ijroiya qo‘mitalari bajaradigan bo‘ldi. Sovetlarga
deputat bo‘lib saylanganlarning aksariyat qismi jamiyat taraqqiyotining qonunlaridan
xabarsiz,   umuman   hokimiyatni   boshqarish   masalalari   bilan   qiziqmaydigan   shaxslar
edi.   Ayniqsa   oliy   sovetlarga   saylangan   deputatlar   rus   tilida   olib   borilgan   sessiya
majlislarida   respublika   manfaatlarini   himoya   qiladigan   darajada   faoliyat   ko‘rsata
olmasdi. Partiya va jamoat tashkilotlarining oliy organlariga a’zo bo‘lib saylanganlar,
bu   tashkilotlarning   anjumanlariga   delegat   bo‘lib   borganlar   orasida   ham   o‘z
vazifalarini tushunmaydigan, tushunsa ham uni ro‘yobga chiqarishni bilmaydiganlar,
loqaydlar   ko‘pchilikni   tashkil   qilar   edi.   Bunday   deputatlar   va   delegatlar   ichida
Respublikamiz   nomiga   dog‘   tushirganlar   ham   oz   bo‘lmadi.   Respublika   Oliy
Kengashining I chaqiriq deputatlaridan 158 deputat, II chaqiriq deputatlaridan esa 167
nafari   qayta   saylangan.   Bular   partiya,   ma’muriy   xo‘jalik   xodimlari,   jamoa   xo‘jaligi
rayislari   bo‘lgan.   Bundan   ko‘rinadiki,   ma’muriy   buyruqbozlik   tizimi   davrida
deputatlik nomenklatura xodimlariga imtiyoz bo‘lib xizmat qilgan. Yillar o‘tishi bilan
bunday   deputatlar   ishga   to‘g‘anoq   bo‘la   boshladilar.   Partiya,   sovet   xodimlarining
savodxonlik darajasini ko‘tarishga qanchalik urinishmasin deputatlar orasida o‘rta va
to‘liqsiz   o‘rta   ma’lumotlilar   soni   salmoqli   ediki,   bu   respublika   Oliy   Kengashi
faoliyatiga   salbiy   ta’sir   ko‘rsatdi.   Ba’zi   deputatlar   o‘rta   ma’lumot   bilan   Oliy
Kengashning   doimiy   qo‘mitalari   a’zosi   ham   bo‘ldi.   30-yillarning   ikkinchi   yarmidan
1959   yilgacha   Sovetlarga   Markazdan   kelgan   rahbar   partiya   va   sovet   xodimlarini
saylash yo‘lga qo‘yildi. IV chaqiriq Oliy Kengashning 294 deputatidan 16 tasi markaz
vakillari   edi.   Bunday   ish   yuritish   70   yillardan   qaytadan   yo‘lga   qo‘yildi.   Urushdan
keyingi   yillarda   dunyo   xalqlari   o‘rtasida   tinchlik   va   hamkorlikni   mustahkamlashga
O‘zbekiston o‘z hissasini qo‘shdi, uning xorijiy mamlakatlar bilan savdo va madaniy
aloqalari   kengaydi.   1958   yili   O‘zbekiston   dunyoning   32   mamlakatiga   sanoat   va
qishloq   xo‘jalik   mahsulotlarini   chiqargan   bo‘lsa,   1970   yil   76   mamlakat   bilan   savdo
aloqalarini   o‘rnatdi.   Chet   davlatlarga   mahsulot   chiqarishda   O‘zbekiston   sobiq
Ittifoqda RSFSR va Ukrainadan keyingi uchinchi o‘rinda turdi. Qorako‘l teri va paxta tolasidan   boshlab,   mashinasozlik   mahsulotlarining   250   turi   to‘rt   qit’aning   deyarli
hamma   mamlakatlariga   chiqarildi.   Ming   afsuski,   bu   mahsulotlar   O‘zbekiston
nomidan   emas   “SSSRda   ishlangan”   degan   tamg‘a   bilan   dunyoga   tanildi.   Andijon
mashinasozlik   zavodining   mahsulotlari   44   mamlakatga,   Toshkent   kabel   zavodining
mahsuloti   27,   Chirchiq   elektroximkombinati   20,   Samarqanddagi   “Kinap”   zavodi   30
mamlakatga   o‘z   mahsulotini   chiqardi.   Ko‘p   yillar   davomida   paxta   tashqi   bozorga
chiqarilgan asosiy mahsulot bo‘lib, 1953 yildan boshlab O‘zbekiston paxtasi Amerika
Qo‘shma   Shtatlari,   Meksika,   Suriya   kabi   paxta   yetishtiruvchi   mamlakatlarning
raqobatini   yengib   yirik   kapitalistik   davlatlar   bozoriga   chiqdi   va   jami   35   davlatning
bozorini   egalladi.   1960-70   yillari   O‘zbekiston   Osiyo,   Afrika   va   Lotin   Amerikasi
mamlakatlari   uchun   minglab   Oliy   va   o‘rta   ma’lumotli   mutaxassislar   va   malakali
ishchi   kadrlar   tayyorlab   berdi.   1961   yili   Toshkent   Davlat   Universiteti   (hozirgi
O‘zbekiston Milliy Universiteti) qoshida chet elliklar uchun tayyorlov bo‘limi ochildi.
O‘zbekistonning   minglab   mutaxassislari   ko‘pgina   mustaqillikka   erishgan
mamlakatlarning iqtisodiyotini rivojlantirishga o‘z hissalarini qo‘shdi. O‘zbekistonlik
mashinasozlar, paxtakorlar, suv xo‘jaligi inshootlari va ipakchilik mutaxassislari ko‘p
mamlakatlarda   o‘zlarining   boy   tajribalarini   tashviqot   qildilar.   Misrdagi   Asvon   va
Xelvonn   suv   inshootlari,   Afg‘onistondagi   Jalolobod   kanali   va   Kubadagi   sanoat
qurilmalarida   O‘zbekiston   mutaxassislari   ham   ishtirok   qildilar.   “Feodalizmdan
sotsializmga   sakrab   o‘tish   mumkinligi   to‘g‘risidagi   marksistik   ta’limotni”
O‘zbekiston   misolida   isbotlash   maqsadida,   Osiyo   va   Afrika   davlatlari   uchun
sotsializmning   tajriba   maktabi   sifatida   uning   xorijiy   mamlakatlar   bilan   iqtisodiy   va
madaniy aloqalari kengaytirildi, delagatsiyalar almashish borasida ishlar jonlantirildi.
1947-1955 yillari dunyoning 46 mamlakatlaridan, shu jumladan ilg‘or taraqqiy etgan
davlatlardan   180   delegatsiya   O‘zbekistonga   tashrif   buyurdi.  Ana   shu   davrda   sobiq
ittifoqning   delegatsiyalari   tarkibida   200   dan   ortiq   O‘zbekiston   fuqarolari   xorijiy
mamlakatlarda bo‘lib qaytdi. Bundan tashqari  sa’nat  va adabiyot xodimlari  o‘rtasida
delegatsiyalar   almashildi.   Bu   tadbirlar   natijasida   bizning   o‘lkada   “kazarma sotsializmi”   o‘rnatilgani   ham   oshkora   bo‘ldi.   Amerika   Qo‘shma   Shtatlari   Oliy
sudining   a’zosi   Uilam   Duglas   O‘zbekistonda   bo‘lib   qaytgandan   keyin   “Luk   “
jurnalida   O‘rta   Osiyo   respublikalaridagi   hayotda   Fransiyaning   mustamlakachilik
tamg‘asi   ko‘rinayapdi   deb   yozadi.   Mahalliy   matbuotda   bunga   tuxmat   deb
qaraydi.O‘zbekiston   xalqaro   birodorlashgan   shaharlar   uyushmasiga   a’zo   bo‘ldi.
Toshkent,   Pokistonning   Karachi,   Liviyaning   Tripoli,   Hindistonning   Patiala,
AQShning   Sietl,   Marokashning   Marokash,  Yugoslaviyaning   Skople   shaharlari   bilan
birodarlashdi.   O‘sha   davrning   muhim   muammolari   bo‘yicha   Toshkentda   xalqaro
yig‘inlar,   uchrashuvlar   va   ilmiy   kengashlar   chaqirildi.   Jumladan,   1959-72   yillarda
o‘ttizdan ortiq ilmiy sessiya va kengashlar bo‘lib o‘tdi. 1958 yilni kuzida Toshkentda
37ta   Osiyo   va   Afrika   mamlakatlari   yozuvchilarining   anjumani   o‘tdi   va   bu   yerda
“Toshkent   ruhi”   yuzaga   kelib,   xalqaro   miqyosda   O‘zbekistonning   mavqeini   oshirdi.
O‘zbekiston   chet   davlatlar   bilan   siyosiy,   iqtisodiy   va   madaniy   aloqalarini
kengaytirish, uni samarali olib borish uchun barcha imkoniyatlarga ega bo‘lsa ham bu
imkoniyatdan   to‘la   foydalana   olmasdi.   Vaholanki,   O‘zbekiston   Respublikasi
Konstitutsiyasining   76,   77,112,   122   moddalariga   ko‘ra   O‘zbekiston   chet   davlatlar
bilan   alohalar   o‘rnatish,   diplomatlar   va   elchilar   tayinlash   va   chaqirib   olish
huquqlariga   ega   va   xalqaro   tashkilotlar   bilan   mustaqil   aloqalari   o‘rnatish   mumkin.
Lekin,   amalda   respublikaning   xalqaro   munosabatlari   markazda   rejalashtirilib,   chizib
berilgan doirada olib borildi. Chet davlatlardan birorta delegatsiyaning qabul qilinishi,
jumhuriyatda   o‘tadigan   uchrashuvlar,   kengashlar,   anjumanlar   uchun   “markazdan”
ruxsat   shart   edi.   Ittifoqchi   respublikalarning,   jumladan,   O‘zbekistonning   teng
huquqligi   va   mustaqilligi   to‘g‘risidagi   qonunlar   aslida   qog‘ozda   qoldi.Moskva,
Leningrad,   Kiyev,   Xarkov,   Voronej,   Odessa   va   boshqa   shaharlardan   O‘zbekistonga
ko‘chirilib keltirilgan 31 oliy o‘quv yurti va 7 har  biy akademiya qabul  qilib olindi.
Ularning ba zilari o‘zaro yoki O‘zbekis ton oliy o‘quv yurtlari bilan birlashdilar.1945-ʼ
yilda oliy o‘quv yurtlari soni 1940-yilga nisbatan 3 taga ko‘pa ydi. Ular 33 tani tashkil
etdi,   talabalar   soni   esa   19,1   mingdan   21,2   ming   kishiga   ortdi.   Urush   yillarida hammasi bo‘lib 10 mingdan ko‘proq oliy malakali va 3,7 mingga yaqin o‘rta maxsus
ma lumotli mutaxassis kadrlar tayyorlandi. Xalq maorifi tizimida jiddiy qiyinchiliklarʼ
yuzaga keldi. Ko‘plab maktablarning binolari gospitallar, yotoqxonalar, harbiy o‘quv
yurtlariga   berildi.   Maktablar   birlashtirildi,   ko‘p   smenali   o‘qish   joriy   qilindi.
Respublika   maktablarida   ishlayotgan   o‘qituvchilarning   74,6   foizini   erkaklar   tashkil
etardi.   Ular   frontga,   ishlab   chiqarish   ishlariga   safarbar   etildi.   Darsliklar,   uskunalar,
daftarlar   yetishmas   edi.   O‘zbekiston   hukumati   umumta lim   to‘g‘risidagi   qonunni	
ʼ
bajarish, yoshlarni o‘qitish va tarbiyalash ishlari bilan muntazam shug‘ullandi. Qisqa
muddatli o‘qishlar tashkil etilib, boshlang‘ich sinflar uchun o‘qituvchilar tayyorlandi.
Maktablarda   ta lim   tarbiya   sifatini   yaxshilash   maqsadida   o‘quvchilar   bilimini	
ʼ
baholashning   besh   balli   tartibi,   boshlang‘ich   va   yetti   yillik   maktablarni
tamomlovchilar   uchun   bitiruv   imtihonlari,   o‘rta   maktabni   tamomlovchilar   uchun
yetuklik   attestati   —   guvohnomasi   uchun   imtihonlar   topshirish   majburiyati,   maktab
o‘quv   dasturlarini   a lo   o‘zlashtirgan   va   a lo   xulqli   o‘quvchilarni   oltin   va   kumush	
ʼ ʼ
medallar   bilan   taqdirlash   joriy   etildi.   Bu   dars   mashg‘ulotlari   saviyasini   ko‘tarishga,
o‘quvchilar intizomini yaxshilashga olib keldi. Ko‘chirilib keltirilgan muassasalar o‘z
joylariga   qaytib   keta   boshla   gach,   maktab   binolari   ham   bo‘shatila   boshladi,   boshqa
ishga   o‘tgan   o‘qituvchilar,   armiya   safidagi   o‘qituvchilar   maktabga   qaytarildi,
o‘quvchilar   o‘z   maktablari   bag‘riga   qaytib,   o‘qishni   davom   ettir   dilar.   1940-1941-
o‘quv yilida 5 504 umumta lim maktablarida 1 368,9 ming o‘quvchi o‘qigan bo‘lsa,	
ʼ
1945-46-o‘quv   yilida   4   976   umumta lim   maktablarida   989,2   ming   o‘qituvchi   ta lim	
ʼ ʼ
oldi

Mavzu: Ikkinchi jahon urushidan keyin O'zbekistonda fan, sanat va adabiyot Kirish. Reja 1. Urushdan keyingi davrda ilmiy fan 2. Urushdan keyingi yillarda san'at 3. Urushdan keyingi yillarda adabiyot Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish Insoniyat juda ko’p urushlarni boshidan kechirgan bo’lib, bular ichida eng dahshatlisi, 50 milliondan ortiq kishining yostig’ini quritgan, XX asr fojiasi bo’lmish ikkinchi jahon urushidir. Olti yil (1939 yil sentyabr - 1945 yil sentyabr) davom etgan bu urush yer sharining 80% aholisi joylashgan hududni, 61 ta mamlakatni o’z ichiga qamrab olgan.1939 yil 1 sentyabrda fashistlar Germaniyasi qo’shinlarining Polshaga bostirib kirishi bilan ikkinchi jahon urushi boshlanib ketdi. 1941 yil 22 iyun Germaniya hujum qilmaslik to’g’risidagi shartnomani buzib, Sovet Ittifoqiga hujum boshladi. Bu davlat fuqarolari bo’lgan xalqlar uchun og’ir sinovlardan iborat urush boshlandi. O’sha kuni mamlakatda harbiy xolat joriy etilganligi haqida farmon e’lon qilindi. 23 iyunda Toshkentda ko’p ming kishilik miting bo’lib o’tdi. Urush butun mamlakat xo’jaligi, uning hayotini tubdan o’zgartirib yubordi. 1941 yil 30 iyunda Davlat mudofaa Qo’mitasi (DMK)ning tuzilishi bilan mamlakatdagi butun siyosiy, harbiy va xo’jalik hokimiyati uning qo’liga o’tdi. Ushbu qo’mitaning raisi I.V.Stalin 19 iyuldan SSSR mudofaa xalq komissari, 8 avgustda SSSR qurolli kuchlari Oliy Bosh qo’mondoni lavozimini egalladi. U ayni paytda SSSR XKS raisi va VKP (b) MK Bosh kotibi bo’lgan. Urushning dastlabki kunlarida qabul qilingan maxsus qarorlar ko’rsatmalarda mamlakatning katta xavf ostida qolganligi, uni himoya qilish uchun zudlik bilan barcha iqtisodiy-ma’naviy kuchlarni mudofaa manfaatlariga bo’ysindirish, xalq xo’jaligini to’liq harbiy izga solish lozimligi qayd etildi. Uzoq davom etgan urush qiyinchiliklari O’zbekiston mehnatkashlarini ham og’ir ahvolga soldi. Ikkinchi jahon urushi davrida respublikaga rahbarlik qilgan O’zbekiston Kompartiyasi MKning 1- kotibi Usmon Yusupov (1937-1950 yy.) O’zbekistonliklarni fashizmga qarshi kurashga safarbar qilishda bosh-qosh bo’ldi.O’rta Osiyo harbiy okrugi front uchun 1941 yil iyundan 1942 yil oxirigacha harbiy safarbarlik asosida 109 ta harbiy qo’shilma tuzdi, harakatdagi armiyaga va Oliy Bosh qo’mondonlik qarorgoh rezerviga 86 deviziya va brigada jo’natildi Urush yillarida bir yarim miliondan ortiq O’zbekistonlik fuqaro fashizmga qarshi janglarda qatnashdi. 1940 yilda respublika

aholisi 6,5 million kishidan iborat edi. Umumiy axvolning keskin yomonlashuvi oziq-ovqat borasida qiyinchilik tug’dirdi. SHaharlarda oziq-ovqat kartochkalari joriy qilindi. Urush yillarida aholining yangi ijtimoiy guruhlari - harbiy xizmatchilar oilalari, ko’chib kelgan kishilar, Urush nogironlari, yetim bolalar paydo bo’ldi. Urush yillarida respublikaga bir millondan ortiq kishi, shu jumladan 200 ming yetim bola evakuatsiya qilindi. O’zbekiston ularga boshpana ber di. Urushning dastlabki kunlaridayoq SSSR fanlar Akademiyasining O‘zbekiston filiali, respublikada ishlab turgan 75 ta ilmiy muassasalar, shu jumladan, 25 ta ilmiy tadqiqot institutlari, 23 ta ilmiy stansiya va boshqalar, barcha olimlar xo‘jalikni harbiy izga solish bilan aloqador muammolarni hal etishga jalb etildi. Ularning zavodlar, fabrikalar, temiryo‘l va avtomobil yo‘llari, transport korxonalari bilan bevosita aloqalari o‘rnatildi. O‘zbekistonlik olimlar Rossiyadan ko‘chib kelgan yirik olimlar bilan yaqin aloqa bog‘ladilar. Respublikamizda mavjud bo‘lgan va ko‘chirilib keltirilgan ilmiy muassasalarning tadqiqot yo‘nalishi qayta ko‘rib chiqildi, urush talablariga moslab o‘zgartirildi. Geolog olimlar tadqiqotlari natijasida qalay, volfram, molibden, o‘tga chidamli metal lar, nodir metallar va boshqa turdagi xomashyo konlari topildi va o‘z lash tirildi. A. S. Uklonskiy boshchiligidagi geologlar guruhining Turangli temir konini topish, o‘zbek metallurgiya kombinati quruli shini loyihalashtirish va ularni foydalanishga topshirishdagi xizmatlari katta ahamiyatga ega bo‘ldi. D. M. Bogdanov va muhandis G. S. Chikrizovlar Angrenda qidiruv ishlariga boshchilik qildilar va ko‘mir konining boy resurslarini topib yangi shaxtalar qurishga ko‘maklashdilar. Dori-darmonlar tayyorlash borasidagi tadqiqotlar natijasida

aholi ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan turli xil dori-darmonlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Toshkentda farmatsevtika zavodi qurilib ishga tushirildi. Urush yillarida gumanitar fanlar ham ancha rivojlandi. Toshkentga ko‘ chib kelgan yirik tarixchi, arxeolog, huquqshunos, sharqshunos, adabiyotshunos olimlar o‘zbekistonlik hamkasblari bilan O‘zbekiston xalqlari tarixi, madaniyati va adabiyotining muhim masalalarini ishlab chiqdilar. V. V. Struve, V. A. Shishkin, I. K. Dodonov,V.Yu. Zohidov, X.Sh. Inoyatov, A.Yu. Yakubovskiy, M. E. Masson, S. P. Tolstov, Ya. G‘. G‘ulomov va boshqalar O‘zbekistonning eng qadimgi va o‘rta asr lar tarixi, moddiy madaniyati va ma naviyati, O‘rta Osiyo xalq larining etnogenezi bo‘yicha qatorʼ asarlar tayyorladilar. Ikki tomlik „O‘zbekiston SSR tarixi“ning yaratilishi tarix fanining katta yutug‘i bo‘ldi. Yozuvchi Aleksey Tolstoy rahbarligida rus va o‘zbek olimlari birgalikda „O‘zbekiston adabiyoti tarixi“ asarini yaratdilar. 1942-yil 27- sentabrda SSSR hukumati O‘zbekistonda fanlar Akademiyasini tashkil etish haqida qaror qabul qildi. 1943-yil 4-noyabrda O‘zbekiston fanlar Akademiyasi ochildi, uning birinchi prezidenti etib taniqli olim T. N. Qoriniyozov saylandi. Mahalliy millat vakillaridan fan doktori va nomzodlari tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. 1944-yilda O‘zFA Prezidiumida aspirantura bo‘limi tashkil etildi. O‘zbekiston ishchi va mehnatkashlari bilan bir qatorda fan, maorif va madaniyat xodimlari ham nemis-fashist bosqinchilari ustidan qozonilgan g‘alabaga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shdilar. “Hamma narsa front uchun, hamma narsa g‘alaba oqibatlari hioriga “labbay!” deb javob bergan ko‘pgina olimlar urushning birinchi kunlaridayoq frontga ketdilar. Ular orasida O‘zbekistonning mashhur olimlaridan-U.A. Orifov, YA.X. To‘raqulov, I. Ismoilov, X. Usmanov va boshqalar bor edi. T.N. Qori-Niyozov, V.I. Ramonovskiy, T.Z. Zohidov, I.A. Raykova, O.S. Sodiqov kabi olimlar natijasi xalq xo‘jaligi va front zaruriyati uchun xizmat qilgan muammolarni hal qilishda katta kuch bilan mehnat qildilar. O‘zbek matematik, mexanik va astronomlari aviatsiya, o‘q-dori, harbiy texnika sifatini oshirishga aloqador bo‘lgan bir qancha muhim ilmiy muammolarni hal qildilar. Bunda T.A. Sarimsoqov, V.I. Ramonovskiy, M. Kamolov, N.N. Nazarov va

boshqa olimlar hissasi katta bo‘ldi. Ularning ehtimollik nazariyasi va matematika statistikasi sohasidagi ijodiy izlanishlari artilleriya otishmalari va bomba tashlash aniqligini, jangovar samolyotlarning yuk ko‘tarish imkoniyatini oshirishga, respublikada ishlab chiqarilayotgan harbiy texnikaning sifat ko‘rsatkichlarini takomillashtirishga imkon berdi. Geolog olimlar foydali qazilma boyliklarni qidirib topish, sanoatni zarur xom-ashyo bilan ta’minlash vazifalarini bajarishga katta e’tibor berdilar. O‘zbekiston tog‘lari va cho‘llarida 1943 yilning o‘zidagina 35 ta geologiya ekspeditsiyalari ish olib bordi. O‘zbekistonlik kimyogarlar paxta chiqindisidan xalq xo‘jaligida foydalanish taklifini, etil spirtini, sirka kislotasini, qamishni quruq qayta ishlash natijasida ko‘mir briketini olishning yangi usullarini ishlab chiqdilar. Bunda akademik O.S. Sodiqov boshliq guruh ishlari alohida ahamiyat kasb etdi. O‘zbekiston o‘simliklarining alkoloidlik xususiyatini o‘rganish yuzasidan akademik S.YU. Yunusov rahbarligida katta ishlar olib borildi. O‘rta Osiyo davlat universiteti (O‘zMU)ning kimyo fakultetida urush davrida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan narkoz efiri, xlorli kaltsiy, kofein, streptotsid, sulfidin, nikotin kislotasi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Fakultet bazasida Toshkent farmatsevtika zavodi tashkil etildi. O‘zbekistonlik farmatsevtlar mahalliy xom-ashyodan 15 ta yangi dori preparatlarini ishlab chiqarish usullarini kashf etdilar. O‘zbekistonning ijtimoiy-gumanitar fanlari olimlari-tarixchilar, sharqshunoslar, adabiyotshunoslar, tilshunoslar, iqtisodchilar va faylasuflar o‘zlarining ijodiy mehnatlari bilan mamlakat ilmiy salohiyatini rivojlantirishga, ommaga insonparvarlik, vatanparvarlik, erksevarlik g‘oyalarini singdirishga qimmatli hissa qo‘shdilar. Ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish, ularni muvofiqlashtirishni dastlab 1940 yilda tashkil etilgan SSSR FAning O‘zbekiston filiali (O‘zFAN), keyin 1943 yil noyabrda ochilgan O‘zFA amalga oshirdi. O‘zFA ning birinchi prezidenti qilib T.N. Qori Niyozov saylandi. Bu o‘zbek xalqi hayotida muhim voqea bo‘ldi. 1943-1945 yillarda qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyatlar bilan O‘zFA Ittifoqda tanilgan ilmiy markazga aylandi. Bu paytda akademiya tarkibidagi 22 ta ilmiy muassasada 818 ilmiy xodim fan olamining turli jabhalarida tadqiqot ishlarini