logo

Oʻzbekistonda Ikkinchi Jahon urushi sharoitida iqtisodiy hayotni qayta qurish.

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

54.7822265625 KB
MAVZU:   O zbekistonda  Ikkinchi  Jahon   urushi   sharoitida  iqtisodiy  hayotni  qaytaʻ
qurish.
                                     Reja:
     Kirish
1.Ikkinchi Jahon Urushi davrida O zbekistondagi sanoat ahvoli.	
ʻ
2.   Ikkinchi   Jahon   Urushi   davrida   O zbekistonda   mehnat   safarbarligi,	
ʻ
transport,aloqa vositalari va boshqa sohalar.
3.Ikkinchi Jahon Urushi davrida O zbekistonda qishloq xo jaligi.	
ʻ ʻ
    Xulosa
    Foydalanilgan adabiyotlar
                                                         Kirish
Urush, respublika qishloq xo‘jalik xodimlarini qattiq sinovdan o‘tkazdi. Ular
oldida   sanoatni   xomashyo   bilan,   aholini   oziq-ovqat,   kiyim-kechak   bilan
uzluksiz   ta’minlashdek   ulkan,   murakkab   vazifa   turar   edi.   Vaziyatning
murakkabligi shundan iborat ediki, birinchidan, respublika qishloq xo‘jaligi
asosan   paxta   yetishtirishga   yo‘naltirilgan   bo‘lib,   oziq-ovqat   mahsulotlari
Ittifoq   fondidan   keltirilar   edi.   Urush   boshlangach,   oziq-ovqat   keltirish
to‘xtadi, aholini boqish uchun ichki imkoniyatlarni topish zarur bo‘lib qoldi.
zavodlari   qurilib   ishga   tushirildi.   Sanoat   korxonalarining   kengayishi,   yangi
qurilgan   zavod-fabrikalarning   ishi,   muvaffaqiyati   ularni   malakali   ishchilar
bilan ta’minlashga bog‘liq edi. Yuz minglab kishilarning, xususan,  tajribali
xodimlarning   frontga   safarbar   etilishi   katta   qiyinchiliklar   tug‘dirardi.
Keksalar,   ayollar,   ayniqsa   armiyaga   chaqirish   yoshiga   yetmagan   o‘smirlar
va   qizlar   korxonalarga   jalb   etildi.Urush   respublika   sanoat   tarmoqlarining
yo‘nalishini   ham,   sanoat   xodimlarining   ishini   ham   tubdan   o‘zgartirdi.
Korxonalarda yangi  mehnat rejimi joriy qilindi, ish kuni  uzaytirildi, ishdan
keyin   qolib   ishlash   joriy   etildi,   mehnat   ta’tillari,   dam   olish   kunlari   bekor
qilindi. Sanoat korxonalari qisqa vaqt  ichida harbiy izga solinib, minomyot
va avtomatlar, samolyot va tanklar uchun ehtiyot qismlari va boshqa harbiy
qurollar   ishlab   chiqara   boshladilar.   Urushning   boshlanganligi   to‘g‘risidagi
shum   xabar   yetib   kelgan   kuniyoq   O‘zbekistonning   barcha   shaharlari   va
tumanlarida, korxona va muassasalarida mitinglar va yig‘ilishlar bo‘lib o‘tdi.
Ishchilar,   xizmatchilar,   dehqonlar,   ziyolilar,   talaba   yoshlar   o‘z   Vatanlarini
himoya   qilishga,   yuzma-yuz   janglarda   bosqinchilarni   tor-mor   etish   uchun
urushga   borishga,   g‘alabani   ta’minlash   uchun   front   orqasida   fidokorona
mehnat   qilishga   tayyor   ekanliklarini   bildirdilar.   Vaziyat   butun   mamlakat
hayotini   urush   davri   talablariga   moslab   qayta   qurishni,   butun   kuch   va vositalarni safarbar etishni talab qilardi. 23-iyun kuni VKP (b) MQ Siyosiy
byurosi   partiya   va   sovet   organlarini   urush   sharoitiga   moslab   qayta   qurish
to‘g‘risida qaror qabul qildi. 
1.  Ikkinchi Jahon Urushi davrida O zbekiston sanoati ahvoli.ʻ
Urush   respublika   sanoat   tarmoqlarining   yo‘nalishini   ham,   sanoat
xodimlarining ishini ham tubdan o‘zgartirdi. Korxonalarda yangi mehnat
rejimi  joriy  qilindi,  ish   kuni   uzaytirildi,  ishdan   keyin  qolib  ishlash   joriy
etildi,   mehnat   ta’tillari,   dam   olish   kunlari   bekor   qilindi.   Sanoat
korxonalari   qisqa   vaqt   ichida   harbiy   izga   solinib,   minomyot   va
avtomatlar, samolyot va tanklar uchun ehtiyot qismlari va boshqa harbiy
qurollar   ishlab   chiqara   boshladilar.   Qishloq   xo‘jalik   mashinalari   ishlab
chiqarayotgan   Toshkent   qishloq   xo‘jalik   mashinasozligi   zavodi   harbiy
qurollar   ishlab   chiqara   boshladi.   Andijondagi   «Kommunar»,
«Stroymashina»   zavodlarida   samolyot   va   tanklarga   kerakli   mahsulotlar,
Qo‘qon   shahridagi   Oxunboboyev   nomli   tikuvchilik   fabrikasi   harbiy
kiyimlar ishlab chiqaradigan bo‘ldi. 1941-yil dekabrigacha Toshkentdagi
137   sanoat   korxonalarining   64   tasi   qurol-yarog‘lar,   front   uchun   zarur
mahsulotlar   ishlab   chiqarishga   kirishdi.Respublika   bo‘yicha   1941-yil
oxirlariga   kelib   300   ta   sanoat   korxonasi   faqat   harbiy   mahsulot   bera
boshladi. O‘zbekiston sanoatchilari korxonalarni harbiy izga tushirishdek
ishlarni   ko‘chirib   keltirilgan   korxonalarni   joylashtirish   va   ishga
tushirishdek   yanada   og‘irroq   ishlar   bilan   qo‘shib   olib   bordilar.
O‘zbekiston   rahbari   Usmon   Yusupovning   «O‘zbekiston   —   bu   front   i
emas,   O‘zbekiston   —   jang   maydoni»,   degan   so‘zlarida   jon   bor   edi.
O‘zbekistonliklar   frontdagidek   harakat   qildilar,   har   qanday   resurslarni
izlab   topdilar,   ular   bitta   fashist   marazining   boshi   uchun   bittadan
aviabomba, bittadan snaryad va granata, yuzlab o‘q, fashistlardan go‘sht ham,   suyak   ham   qoldirmaydigan   «Katyusha»lar   yetkazib   berish   uchun
mardona   mehnat   qildilar.   Toshkentda   zudlik   bilan   joylashtirilgan
«Rostselmash»   zavodi   «Katyusha»   va   minomyot   snaryadlari,   aviatsiya
zavodi   jangovar   samolyotlar,   Kolchuginskdan   keltirilgan   kabel   zavodi
harbiy   aloqa   mahsulotlari   yetkazib   bera   boshladi.   Odamlar   irodasiga
bog‘liq bo‘lmagan yetishmovchiliklar  sezilardi. Yuk ko‘taruvchi  kranlar
yo‘q edi, maxsus asbob-uskunalar, elektr quvvatlari, ko‘mir va neft kabi
yoqilg‘ilar, xomashyo va boshqa materiallar yetishmas edi. 1941-yil 5—
7-dekabr   kunlari   bo‘lib   o‘tgan   O‘zbekiston   Kompartiyasi   Markaziy
Qo‘mitasining   V   plenumida   respublika   sanoatini   harbiy   izga   solish,
ko‘chirib   keltirilgan   asbob-uskunalarni   joylashtirish   sohasidagi   ishlarga
yakun   yasalib,   korxonalarda   qurol-yarog‘larning   muhim   turlari   —
samolyotlar, tanklar, bronepoyezdlar, aviabombalar, to‘p va zambaraklar,
granatalar, minalar, snaryadlar ishlab chiqarishni  yo‘lga qo‘yish vazifasi
ilgari surildi. Buning uchun yetarli darajada metall qirquvchi stanoklar va
aniq   o‘lchovchi   uskunalar   ishlab   chiqishni   tashkil   etish,   nodir   metallar
qazib   olishni   kuchaytirish   hamda   qora   va   rangli   metallurgiya   sanoatini
yaratish, elektr energetika bazasini kengaytirish, neft qazib olishni 2— 3
barobar   oshirish,   ko‘mir   qazib   olishni   kuchaytirish,   yirik   qurilish
materiallari ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish, qisqa muddatda 30
ming   malakali   ishchilar   tayyorlash   tadbirlari   belgilandi.   Ko‘chirib
keltirilgan korxonalar tarixda misli  ko‘rilmagan qisqa muddatlarda 4—5
oyda,   ayrimlari   hatto   1—2   oy   davomida   qurib   bitkazilib,   front   uchun
harbiy   mahsulotlar   bera   boshladilar.   Ularning   eng   yiriklari   Chkalov
nomli   84-aviatsiya   zavodi,   Moskva   kabel   zavodi,   Xarkov   elektrostanok
zavodi, ko‘tarma kranlar zavodi, Rostovdan keltirilgan «Êðàñíûé Àêñàé»,
Sulsk nasos zavodi, Vagon-remont zavodi, «Êðàñíûé ïóòü» zavodi, Kiyev «Òðàíññèãíàë» zavodi va boshqalar edi. Bu korxonalarning har biri o‘rta
hisobda   20   foizgacha   ishchi   va   injener-texnik   xodimlar   bilangina
keltirilgan   edi.   Qolgan   80   foizi   respublikamizning   fabrika-zavod   ta’limi
maktablarida, turli kurslarda tayyorlangan ishchi va texnik xodimlar bilan
ta’minlandi.Harbiy   izga   tushirilgan   respublikamiz   korxonalari   ham
anchagina   kengaytirildi.   «Tashselmash»   zavodi,   boshqa   korxonalardan
keltirilgan   438   stanok,   200   dan   ortiq   yuqori   malakali   ishchilar   hisobiga
kengaydi.   Qodirov,   Hakimov,   Yusupov,   Ismoilov   va   boshqa   ustalar
kunlik   normalarini   200—300   foizga   oshirib   bajardilar.Xotin-qizlar,
keksalar,   yoshlar   korxonalardagi   turli   xil   ishlarga   jalb   etildi.   Urushning
bir yarim yili mobaynida O‘zbekiston sanoatida xotin-qizlar salmog‘i 29
foizdan   ziyod   oshdi   va   1943-yilda   63,5   foizni   tashkil   qildi.Respublika
sanoat   korxonalari   quvvatlarining   kengayishi,   ko‘chirib   keltirilgan
zavodlarning   ishga   tushishi   birinchi   navbatda   elektr   energiyasi   va
yoqilg‘i   ishlab   chiqarishni   keskin   oshirishni   talab   qildi,   mavjud
energetika   quvvatlari   bunday   talabga   javob   berolmas   edi.   O‘zbekiston
partiya   va   hukumati   Ittifoq   hukumatiga   xat   yo‘llab   bu   muammoni   hal
etishda ko‘mak so‘radi. Tez orada, 1942-yil 18-noyabrda VKP(b) MQ va
SSSR   Xalq   Komissarlar   Soveti   «O‘zbekiston   SSRda   beshta
gidroelektrostansiya   qurilishi   to‘g‘risida»   qaror   qabul   qildi.
O‘zbekistonda   metallurgiya   zavodi   qurish,   ko‘mir   va   neft   qazib   olishni
ko‘paytirish   tadbirlari   ham   belgilandi.   O‘zbekistonda   yangi   sanoat
korxonalari   va   energetika   tarmoqlari   qurilishi   uchun   1   milliard   so‘m
ajratildi. 1943-yilda O‘zbekistonning eng yirik gidroelektrostansiyasi  —
Farhod   GESi   qurilishi   boshlandi,   qurilish   zarur   materiallar   va   ishchi
kuchi   bilan   ta’minlandi.   Farhod   qurilishi   umumxalq   qurilishiga
aylandi,binokorlik ishlari hashar yo‘li bilan bajarildi. 10 oylik fidokorona mehnat   natijasida   Sirdaryo   jilovlandi.Yoqilg‘i   sanoatini   rivojlantirishga
ham   katta   kuch   va   mablag‘lar   sarflandi.   1940-yil   oxirlarida   Ohangaron
daryosi   oqimidagi   Qurama   tog‘   tizmasida   dastlabki   ko‘mir   qazib
oladigan shaxta qurilgan edi. Urush davrida «Angrenugol» ko‘mir konida
yana uchta shaxta va ochiq usulda ko‘mir qazib olinadigan karyer bunyod
etildi.   O‘zbekiston   va   Qirg‘iziston   chegarasida   Qizilqiya   ko‘mir   koni
foydalanishga   tushirildi,   o‘ta   issiqlik   quvvatiga   ega   bo‘lgan   qo‘ng‘ir
ko‘mir   qazib   olindi.Urush   yillarida   Bo‘zsuv   daryosi   o‘zanlarida
Tovoqsoy,   Oqqovoq,   Salor,   Quyibo‘zsuv,   Oqtepa,   Qibray   GESIari,
Samarqand   viloyatida   Taligulyan   GESi,   30   ga   yaqin   kichik   kolxoz
GESIari   qurilib   ishga   tushirildi.   O‘zbekistonda   elektr   energiyasi   ishlab
chiqarish qariyb 2,5 baravarga, ya’ni 1940-yilda 482 mln kilovatt-soatdan
1945-yilda  1187 mln  kilovatt-soatga  ko‘paydi.1940-yilda  O‘zbekistonda
atigi 3,4 ming tonna ko‘mir 
qazib   olingan   bo‘lsa,   1945-yilda   103   ming   tonna   ko‘mir   qazib   olindi.
Natijada respublikada sanoatning yangi tarmog‘i — ko‘mir sanoati barpo
qilindi.Neft-geologiya qidiruv tresti, neft  tarmog‘i  qurilish-montaj  tresti,
neft   qazib   oluvchi   ikkita   trest,   neft   qazib   chiqarish   asbob-uskunalarni
ta’mirlash   zavodi,   neft   mashinasozligi   zavodi   barpo   etildi.   Andijon,
Polvontosh,   Changartosh,   Chimyon   neft   konlarida   mahsulot   ishlab
chiqarish ko‘paytirildi.Urush yillarida Chuqurlangar, Tolmozor, Nayman,
Shahrixon, Xo‘jaobod, Janubiy Olamushuk va boshqa yangi neft konlari
ishga   tushirildi.   Neft   tozalash   zavodi,   ozokerit   ishlab   chiqarish   yo‘lga
qo‘yildi.   Urush   yillarida   respublikada   neft   ishlab   chiqarish   4   marta
ko‘paydi   va   1945-yilda   478   ming   tonnadan   ortdi.Energetika   va   yoqilg‘i
sanoatining   o‘sishi   mashinasozlik   sanoatining   rivojlanishiga   qulay   baza
yaratdi.   G‘arbdan   ko‘chirib   keltirilgan   zavodlar   bazasida   16   ta stanoksozlik,   to‘qimachilik   va   mashinasozlik   korxonalari   tashkil   etildi.
Urushdan  oldingi respublikamizdagi  ko‘pgina zavodlar ham turli  asbob-
uskunalar, mashinalar, jangovar texnika ishlab chiqarishga moslab qayta
qurilgan   edi.   Bu   korxonalarning   noni   —metall   hisoblanadi.   Shu   bois
metallga bo‘lgan talab tobora oshib bordi. O‘zbekiston Xalq Komissarlar
Soveti   1942-yil   17-   iyunda   Bekobodda   metallurgiya   zavodi   qurishga
qaror qabul qildi. Rossiya va Qozog‘iston sanoat korxonalaridan ko‘plab
asbob-uskunalar keltirildi. Metallurgiya zavodini qurish butun respublika
mehnatkashlarining   ishiga   aylandi.   Sanoat   korxonalari   zarur   miqdorda
mutaxassislar ajratishdi, kolxoz-sovxozlar ishchi kuchi bilan ta’minlandi.
Zavod qurilishida 30 mingdan ko‘proq kishilar ishtirok etdilar. Beloretsk,
Dobryanka,   Guryev,   Makeyevka   zavodlaridan   po‘lat   erituvchi
mutaxassislar   keldilar.   Yuzlab   o‘zbekistonlik   yigitqizlar   Ural   va
Sibirning   sanoat   korxonalarida   marten   va   prokat   ishlarini   o‘rganib
keldilar.O‘zbekistonning   birinchi   metallurgiya   zavodi   1944-yil   5-mart
kuni   dastlabki   metall   mahsulotlarini   bera   boshladi   va   tez   kunlarda
zavodning   birinchi   navbati,   1945-yil   fevraldan   ikkinchi   navbati   ishga
tushirildi. 
Geologik-qidiruv  ishlari   natijasida   ko‘plab  qora  va  rangli   metall   konlari
ochildi.   Urush   yillaridayoqLangar,   Ingichka,   Qo‘ytosh,   G‘ortepa,
Olmaliq   rangli   metall   konlari,   Oqtosh   boksit   konini   o‘zlashtirish   ishlari
boshlanib ketdi. Ulardan qazib olingan volfram, molibden, mis, alyumin
va boshqa mahsulotlarni qayta ishlash korxonalari qurildi. Kimyo sanoati
rivojlandi.   1944-yil   yanvaridayoq   Gorkiy   va   Stalinogorsk   kimyo
kombinatlaridan   ko‘-   chirib   keltirilgan   uskunalar   asosida   qurilgan
Chirchiq   elektrokimyo   kombinatining   ikkinchi   navbati   muhim   kimyo
mahsuloti   ammiak   ishlab   chiqara   boshladi.   1943-yilda   Quvasoy   kimyo zavodi, Qo‘qon superfosfat zavodi, Farg‘ona gidroliz zavodi qurilib ishga
tushirildi.   Kimyo   sanoati   mahsulotlari   salmog‘i   1940-yilga   nisbatan
1945-yilda   6,1   baravarga   ko‘paydi.   Urush   yillarida   qurilish   materiallari
sanoati,   to‘qimachilik   va   poyabzal   sanoati,   oziq-ovqat   sanoati,   mahalliy
sanoat tarmoqlarini rivojlantirish tadbirlari amalga oshirildi. Faqat 1943-
yilda   12   ta   yog‘   zavodi,   3   ta   paxta   tozalash   zavodi,   4   ta   qand   va   4   ta
konserva   zavodlari   qurilib   ishga   tushirildi.   Sanoat   korxonalarining
kengayishi,   yangi   qurilgan   zavod-fabrikalarning   ishi,   muvaffaqiyati
ularni   malakali   ishchilar   bilan   ta’minlashga   bog‘liq   edi.   Yuz   minglab
kishilarning, xususan, tajribali xodimlarning frontga safarbar etilishi katta
qiyinchiliklar   tug‘dirardi.   Keksalar,   ayollar,   ayniqsa   armiyaga   chaqirish
yoshiga   yetmagan   o‘smirlar   va   qizlar   korxonalarga   jalb   etildi,   ularga
hunar   o‘rgatildi,   respublikada   100   mingdan   ko‘proq   malakali   ishchilar
tayyorlandi. Faqat hunar va temiryo‘l bilim yurtlari, fabrika-zavod ta’lim
maktablari   57   mingdan   ziyod   yosh   ishchi   kadrlarni   tayyorlab   berdilar.
Korxonalar zimmasiga yuklangan katta topshiriqlar kishilardan jismoniy
zo‘riqish,   hatto   holdan   toyguncha   ishlashni   talab   qilardi.
O‘zbekistonliklar   g‘alaba   uchun   har   qanday   og‘irlikni,   qiyinchiliklarni
yengib   o‘tdilar,   respublikani   qizil   armiyaning   qurol-aslahaxonasiga
aylantirdilar.   Urush   yillarida   O‘zbekistonda   280   ta   yangi   sanoat
korxonalari qurilib ishga tushirildi. 
2. O zbekistonda   Ikkinchi   Jahon   Urushi   davridagi   mehnat   sarflarbarligi,ʻ
transport, aloqa vositalari.
Mehnat   safarbarligi.   O‘zbekiston   partiya   va   sovet   tashkilotlari   front
orqasini   mustahkamlash,   xo‘jalikni   harbiy   izga   tushirish,   ko‘plab
jangovar   texnika,   qurol-aslaha,   o‘q-dorilar   ishlab   chiqishni   yo‘lga
qo‘yish   bo‘yicha   shoshilinch   tadbirlarni   amalga   oshirdilar.   Bu   sohadagi ishlarga VKP(b) MQ va Davlat Mudofaa Qo‘mitasi topshirig‘iga binoan
ishlab chiqilgan va 16-avgustda tasdiqlangan 1941-yil 4-kvartali va 1942-
yil uchun harbiy xo‘jalik ishlar rejasi asos bo‘lib xizmat qildi. Bu rejada
mamlakatning   sharqiy   mintaqalarida,   jumladan,   O‘zbekistonda   yangi
zavodlar,  shaxtalar,   konlar   qurish   hamda   qurol-aslaha,   o‘q-dori,  ayniqsa
ko‘plab   tank,   samolyot,   to‘p   va   zambaraklar   ishlab   chiqarishning   keng
dasturi   belgilab   berilgan   edi.   Dasturda   transport   ishini   qayta   qurish,
dushman   ishg‘ol   qilishi   xavfi   ostida   qolgan   joylardagi   sanoat
korxonalarini,   kolxoz   va   sovxozlarning   molmulklarini,   ilmiy
muassasalarni   sharqqa   ko‘chirish   va   ularni   joylashtirish,   yangidan   ishga
tushirish tartiblari ham belgilangan edi. Bu tadbirlarni amalga oshirishga
1941-yil   25-avgustda   tashkil   etilgan   U.   Yusupov   boshliq   maxsus
respublika   hukumat   komissiyasi   rahbarlik   qildi.   O‘zbekistonning
iqtisodiy   va   mehnat   resurslari   frontga   safarbar   etildi.   Butun   SSSR
hududida,   jumladan,   O‘zbekistonda   yangi   mehnat   rejimi   joriy   qilindi,
ya’ni   ish   kuni   uzaytirildi,   dam   olish   kunlari   va   mehnat   ta’tillari   bekor
qilindi.   O‘zbekiston   sanoatchilari   1941-yil   oxirigacha   300   ga   yaqin
korxonani   jangovar   texnika,   qurollar,   o‘qdori   ishlab   chiqarishga
moslashtirib   qayta   qurdilar.   Ularda   frontga   ketgan   erkaklar   o‘rnini
keksalar,   xotinqizlar   egalladilar.   Urushning   dastlabki   paytlaridayoq   20
mingga yaqin toshkentlik xotin-qizlar sanoat korxonalari va qurilishlarda,
1700 ga yaqin respublika xotin-qizlari ko‘mir koni shaxtalarida ishlashga
yo‘l oldilar. Jumladan, 1941-yil iyul oyidan «Tashselmash» zavodida 220
xotin-qizlar frontga ketgan 
otalari,   akalari   va   erlarining   o‘rniga   ishga   kirib   fidokorona   mehnat
qildilar.Ishlab   chiqarishni   ishchi   va   mutaxassislar   bilan   ta’minlash
choralari ko‘rildi. Respubiika oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, hunar- texnika   bilim   yurtlari,   fabrika-zavod   ta’limi   maktablarining   faoliyati
urush   davri   talablariga   mos   kadrlar   tayyorlashga   yo‘naltirildi.   Yakka
tartibda   va   brigada   tariqasida   hunar   o‘rgatish   ishlari   yo‘lga   qo‘yildi.
Respublikamiz   qishloqlarining   aholisi   frontni   va   front   orqasini   oziq-
ovqat,   sanoatni   xomashyo   bilan   ta’minlash   uchun   oyoqqa   turdi.   Har   bir
kolxozchi   va   sovxoz   ishchisi   ikki-uch   ish   normasini   bajarish   uchun
fidokorona   mehnat   qildi.   Urush   bo‘layotgan   va   dushman   yaqinlashib
kelayotgan hududlardan muhim sanoat  korxonalarini, kolxoz, sovxoz va
MTSlarning   mulklarini,   madaniy   boyliklar   va   o‘quv   maskanlarini
Sharqqa,   jumladan,   O‘zbekistonga   zudlik   bilan   ko‘chirib   keltirish,
joylashtirish   ishlari   boshlanib   ketdi.   Fashistlar   tomonidan   yondirilgan,
vayron   qilingan   shaharlar   va   qishloqlarning   aholisi,   otalari   urushning
dastlabki  kunlarida  halok  bo‘lgan  bolalar,  million  million  kishilar   ulkan
yurtimizga oqib kela boshladi. Kishilik tarixida ko‘lami jihatidan bunday
katta   voqea   birinchi   marta   sodir   bo‘ldi.   O‘zbekistonga   100   ga   yaqin
sanoat   korxonasi,   jumladan,   48   ta   mashinasozlik,   metall   ishlash,   kimyo
va   boshqa   harbiy   texnika   va   mahsulotlar   ishlab   chiqaruvchi   yirik
zavodlarning   asbob-uskunalari   ko‘chirib   keltirildi.   O‘zbekiston
shaharlarida   shoshilinch   bo‘shatib   berilgan   yoki   yangidan   qurilgan
binolarga ko‘chirib keltirilgan asbob-uskunalar zudlik bilan joylashtirildi
va   montaj   qilindi.   Ular   ishchi   kuchi,   xomashyo,   instrumentlar   bilan
ta’minlandi va front uchun mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Transport.Urushda   g‘alabaga   erishish   transport   ishi   bilan   bog‘liq   edi.
1943-yil   25-yanvarda   «Toshkent   temiryo‘li   ishi   to‘g‘risida»   maxsus
qaror qabul qilindi. Temiryo‘l harbiy holatga o‘tkazildi, unda ishlovchilar
safarbar etilgan deb hisoblandi, harbiy xizmatchilar kabi qattiq intizomga
rioya   etish   majbur   qilib   qo‘yildi.   Poyezdlar   harakatining   qo‘shinlar   va harbiy   yuklarni   birinchi   navbatda   o‘tkazib   yuborishni   ko‘zda   tutuvchi
harbiy   grafik   joriy   etildi.   Toshkent   temiryo‘l   transportchilari   ko‘chirib
keltirilayotgan   korxonalarning   asbob-uskunalarini   va   millionlab
kishilarni   G‘arbdan   Sharqqa,   jangovar   texnika   va   qurol-yarog‘larni
Sharqdan   G‘arbga   o‘z   vaqtida   to‘xtovsiz   o‘tkazib   turish   topshirig‘ini
bajardilar. Faqat  1941—1942-yillarda O‘zbekiston temiryo‘lchilari 2700
sostavdagi   passajir   poyezdlarini,   ko‘chirilgan   korxonalarning   asbob-
uskunalari   ortilgan   17600   vagonlarni   mo‘ljalga   yetkazishdi,   o‘q-dorilar,
yoqilg‘i, oziq-ovqat, kiyim-kechaklar ortilgan minglab vagonlarni frontga
yetkazishdi. O‘zbekistonda yangi temiryo‘llar qurilishi jadal olib borildi,
1941—1945-yillarda   temiryo‘l   liniyalari   2   baravar   uzaydi.   Toshkent   —
«Angren-ugol»,   Boysun—Otquloq—   Turangli   —   Toshkent   tovar
stansiyasi temiryo‘llari qurilib ishga tushirildi.
Aloqa   vositalari.Aloqa   telefon,   telegraf   xodimlari   ham   urush   talablariga
moslashib   ishladilar.   Aloqa   xodimlari   O‘zbekistonning   Markaz   bilan,
respublika   rahbariyatining   viloyat,   shahar,   tumanlar,   yuzlab   sanoat
korxonalari   bilan   telefon   aloqasini   yo‘lga   qo‘ydilar.   Toshkent—
Samarqand — Ashxobod, Toshkent — Samarqand—Boku, Toshkent  —
Samarqand   —   Krasnovodsk   telefon   liniyasi,   ikkita   Toshkent   —
Samarqand   —   Buxoro   telefon   aloqa   yo‘llari   qurildi.   1943-yilda   qurib
ishga   tushirilgan   500   kilometrlik   telefon   yo‘li   Toshkentni   Xorazm
viloyati   va   Qoraqalpog‘iston   bilan   bog‘ladi.   Yirik   korxonalarning
o‘zlarida   ham   50—100   o‘rinli   telefon   stansiyalari   qurildi.   Natijada
xo‘jaliklarga   rahbarlik   qilish,   ularga   o‘z   vaqtida   ko‘maklashish   ishlari
yaxshilandi.   Pochta   bo‘limlarida   ish   hajmlari   oshib   bordi.   Agar   1941-
yilda o‘rta hisobda bitta pochta xodimi  tomonidan 50 ming xat-xabarlar
jo‘natilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 1942-yilda 74,5 mingga, 1943-yilda — 77,5   mingga   yetdi.   Pochta   xodimlari   frontdagi   jangchilar   bilan   ularning
ota-onalari,   rafiqalari,   qarindoshlari   o‘rtasida   aloqa   bog‘lovchi   ko‘prik
rolini bajardilar.
3. Ikkinchi Jahon Urushi davrida O zbekistonda qishloq xo jaligi.ʻ ʻ
Urush,   respublika   qishloq   xo‘jalik   xodimlarini   qattiq   sinovdan   o‘tkazdi.
Ular   oldida   sanoatni   xomashyo   bilan,   aholini   oziq-ovqat,   kiyim-kechak
bilan   uzluksiz   ta’minlashdek   ulkan,   murakkab   vazifa   turar   edi.
Vaziyatning   murakkabligi   shundan   iborat   ediki,   birinchidan,   respublika
qishloq   xo‘jaligi   asosan   paxta   yetishtirishga   yo‘naltirilgan   bo‘lib,   oziq-
ovqat   mahsulotlari   Ittifoq   fondidan   keltirilar   edi.   Urush   boshlangach,
oziq-ovqat   keltirish   to‘xtadi,   aholini   boqish   uchun   ichki   imkoniyatlarni
topish   zarur   bo‘lib   qoldi.   Ikkinchidan,   evakuatsiya   qilingan   aholi
hisobiga   shaharlar   aholisining   ko‘payishi   oziq-ovqatga   bo‘lgan   talabni
yanada   oshirdi.   Uchinchidan,   kuch-quvvatga   to‘lgan   dehqonlar   frontga
va   harbiy   sanoatda   ishlashga   safarbar   etilgan,   dehqonchilikning
mashaqqatli   ishlari   keksalar,   ayollar,   o‘smirlar   zimmasiga   tushgan   edi.
To‘rtinchidan,MTS   va   sovxozlarga   G‘arbdan   yangi   traktorlar,   qishloq
xo‘jalik   mashinalari   va   ularga   ehtiyot   qismlar   keltirish   to‘xtab   qolgan,
bugina emas, xo‘jaliklardagi traktorlar, avtomobillar, otlarning bir qismi
qizil   armiya   ehtiyojlari   uchun   olib   ketilgan   edi.   Qishloq   xo‘jaligining
barcha   bo‘g‘inlarida   qat’iy   ish   tartibi   belgilandi.   Eng   kam   miqdordagi
majburiy mehnat kunlari 1,5 baravarga oshirildi, o‘smirlar uchun ham 12
yoshdan   boshlab   mehnat   kunlari   belgilandi.   Belgilangan   miqdordagi
mehnat   kunlarini   bajarish   majburiy   qilib   qo‘yildi.   Urush   yillarida
respublika   dehqonchiligining   strukturasi   keskin   o‘zgardi.   Paxtachilikni
asosiy   tarmoq   sifatida   saqlab   qolgan   holda   don,   qand   lavlagi,   kanop,
pilla,   sabzavot,   poliz   mahsulotlari   yetishtirishni   ko‘paytirish   tadbirlari ko‘rildi.   Birinchi   navbatda   ekin   ekiladigan   maydonlarni   kengaytirish,
irrigatsiya quvvatlarini oshirish ishlari yuksak sur’atlar bilan olib borildi.
1942-yil fevral–martda barpo etilgan Shimoliy Toshkent  kanali 15 ming
gektar   yerni   sug‘orish   imkonini   berdi.   Kattaqo‘rg‘on,   Kosonsoy,
Rudasoy   suv   omborlari,   Yuqori   Chirchiq,   Shimoliy   Farg‘ona,   So‘x–
Shohimardon,   Uchqo‘rg‘on   kanallari   qurildi.   Natijada   respublikaning
sug‘oriladigan   yer   maydonlari   454,7   ming   gektarga   kengaydi.   Usmon
Yusupov   O‘zKP(b)   MQning   1941-yil   dekabrida   o‘tgan   V   plenumida
O‘zbekistonda   g‘alla   masalasini   hal   qilish,   o‘zimizni   o‘zimiz   un-non
bilan   ta’minlashimiz   kerak,   degan   vazifani   ilgari   surdi.   Don   ekiladigan
sug‘oriladigan   yer   maydonlari   kengaytirildi.   Zarang   yerlar,   qo‘riqlar,
to‘qaylar,   lalmikor   yerlardan   ham   foydalanildi.   1942-yilda   1408,1   ming
gektar,   1943-yilda   2090,2   ming   gektar   yerga   g‘alla   va   dukkakli   ekinlar
ekildi.   Natijada   don   mahsulotlari   yetishtirish   ko‘payib,   1941-yilgi   4,8
mln so‘m  o‘rniga 1943-yilda 5,3 mln so‘m  olindi, respublika ehtiyojlari
qondirildi. Qishloq xo‘jaligida O‘zbekiston uchun yangi tarmoq — qand
lavlagi   yetishtirish   yo‘lga   qo‘yildi.   Samarqand,   Farg‘ona,   Toshkent,
Qashqadaryo   viloyatlari   lavlagi   yetishtirish   bo‘yicha   ixtisoslashtirilib,
1942-yildayoq   65   ming   gektarga,   keyingi   yillarda   70   ming   gektardan
ortiqroq   hosildor   yerlarga   qand   lavlagi   ekildi.   Jizzax,   Pastdarg‘om
tumanlarida   har   gektardan   400—   800   sentnerdan   lavlagi   hosili   olindi.
Qand   lavlagini   qayta   ishlash,   shakar,   qand   ishlab   chiqarish   uchun
Zirabuloq,   Qo‘qon,   Yangiyo‘l   qand   zavodlari   qurildi.   Respublika
bo‘yicha 1944-yilda davlatga 1 mln 373 ming so‘mlik, 1945-yilda 1 mln
646   ming   so‘mlik   qand   lavlagi   topshirildi.   Urush   yillarida   O‘zbekiston
butun   Ittifoqda   ishlab   chiqarilgan   qandning   to‘rtdan   bir   qismini   berdi.
Urush yillarida mehnatkashlar chorvachilik, jun, qorako‘l teri yetishtirish, pillachilik jabhalarida ham fidokorona mehnat qildilar. Go‘sht, yog‘, sut,
kartoshka,   sabzavot   va   poliz   mahsulotlari,   meva   tayyorlashda
ko‘rsatilgan   g‘ayrat-shijoat   tufayli   mustahkam   oziq-ovqat   bazasi
yaratildi.   Respublikamiz   qishloq   xo‘jaligi   xodimlari   urush   yillarida
davlatga   1262   ming   tonna   don,   54,1   ming   tonna   pilla,   482   ming   tonna
kartoshka   va   sabzavot,   57,5   ming   tonna   meva   va   uzum,   36   ming   tonna
quruq   meva,   159   ming   tonna   go‘sht,   22,3   ming   tonna   jun   yetkazib
berdilar.   Urush   yillarida   ham   paxtachilik   qishloq   xo‘jaligining   muhim
sohasi bo‘lib qoldi. Paxtakorlar jonbozlik 
bilan   ishlaganlariga   qaramay,   1942—1943-yillarda   paxta   tayyorlash
rejasi   bajarilmay   qoldi.   Davlatga   1   ming   tonna   paxta   kam   topshirildi.
Bunga   bir   qator   obyektiv   holatlar   sabab   bo‘ldi:   paxta   ekiladigan
maydonlar   1941—1943-yillarda   927650   gektardan   625343   gektarga
kamaydi; mexanizatsiya vositalari yetishmasdi; mineral o‘g‘itlar, yoqilg‘i
kamaygan edi; yerni haydash,  chopiq, sug‘orish, irrigatsiya tarmoqlarini
tozalash   ishlarini   o‘z   vaqtida   muntazam   olib   borish   uchun   ishchi   kuchi
yetishmasligidan   paxta   yetishtirish   agrotexnikasi   yomonlashgan   edi.
Respublikarahbariyati   buni   yaxshi   tushunardi.   Paxta   maydonlarini
qisqartirish,   buning   hisobiga   don,   qand   lavlagi   va   boshqa   oziq-ovqat
mahsulotlari   yetishtiriladigan   ekin   maydonlarini   ko‘paytirishga   majbur
bo‘lgan   edi.   Biroq   Markazdagi   rahbarlar   bu   obyektiv   omillarni   hisobga
olmadi.   Shu   bois   respublika   rahbarlari   Moskvaga   chaqirilib   muhokama
qilindilar,   ularni   paxta   tayyorlash   ishini   o‘z   holiga   tashlab   qo‘yishda,
layoqatsizlikda   aybladilar.   Ulardan   har   qanday   yo‘lbilan   bo‘lsa   ham
paxta   tayyorlash   rejasini   bajarish,   yanada   ko‘paytirish   talab   qilindi.   Bu
boshqarishning   ma’muriy-buyruqbozlik   usullarini   yanada
kuchaytirishdan boshqa narsa emasdi. Bunday zug‘um natijalari VKP(b) MQning 1944-yil  6-martda qabul  qilingan «O‘zbekiston KP(b)  MQning
ishi to‘g‘risida»gi qarorida o‘z ifodasini topgandi. O‘zKP MQning 1944-
yil   aprel   oyida   bo‘lgan   X   plenumi   mazkur   qarorni   bajarishga   doir
tadbirlarni   ishlab   chiqdi   Kolxozlar   tashkiliy-xo‘jalik   jihatdan
mustahkamlandi,   brigada   va   zvenolar   qayta   tiklandi.   Donli   ekin
yetishtirishga   o‘tib   olgan   xo‘jaliklarning   anchagina   qismi   paxtachilikka
qaytarildi.   Kolxozchilar   uchun   majburiy   mehnat   kunlari   soni   yana
oshirildi.   Ittifoq   hukumati   O‘zbekiston   paxtakorlari   uchun   2300   yangi
traktor,   300   yuk   avtomobili,   375   ming   tonna   mineral   o‘g‘it   va   boshqa
qishloq   xo‘jalik   uskunalari   ajratdi.   1944-yilgi   paxta   tayyorlash   rejasi
bajarildi,   davlatga   1943-yilga   nisbatan   325   ming   tonna   ko‘p   paxta
topshirildi, 1945-yilda ham paxta tayyorlash rejasi bajarildi. 
Urush   yillarida   respublika   paxtakorlari   davlatga   4   mln   806   ming   tonna
paxta   xomashyosi   yetkazib   berdilar.   Urush   yillarida   ishchilar   bilan
dehqonlar   o‘rtasidagi   jipslik,   o‘zaro   yordam   yanada   kuchaydi.   Sanoat
korxonalari kolxozlarni otaliqqa olib, ularga qishloq xo‘jalik texnikalari,
ehtiyot   qismlar   bilan   yordamlashdilar.   Shaharliklar   qishloq   xo‘jalik
mahsulotlarini yig‘ishtirib olishda faol qatnashdilar. Kolxozchi dehqonlar
esa   sanoat   sohasidagi   umumxalq   qurilishlarida   faol   ishtirok   etdilar.
Masalan,   Farhod   GES   iqurilishining   o‘zidagina   70   mingga   yaqin
kolxozchi   qatnashdi.   O‘zbekiston   ishchilari   va   dehqonlari   jipslashib,
fidokorona ishlab, fashistlar ustidan qozonilgan g‘alabaga salmoqli hissa
qo‘shdilar.  160  mingga  yaqin   kishi   front   orqasidagi  fidokorona  mehnati
uchun   «Shuhrat»   medali   bilan   mukofotlandi.Aholi   turmushi.Urush
o‘zbekistonliklarni   og‘ir   muhtojlikka   duchor   etdi.   Hamma   narsaning
frontga   safarbar   etilishi   natijasida   oziq-ovqat   tanqisligi   vujudga   keldi.
Shaharlardaoziq-ovqatlarni,   sanoat   mollarini   kartochka   asosida taqsimlash   joriy   etildi.   Ishchi   va   xizmatchilarga   kuniga   400—500
grammdan,   oila   a’zolariga   esa   300   grammdan   non   berish   belgilandi.
Amalda esa aholi belgilangan me’yorlardan ham kam non olardi. Go‘sht,
yog‘,   baliq,   makaron,   yormalar   ham   me’yorlangan   tartibda   taqsimlanar,
ko‘p   hollarda   kartochkada   ko‘rsatilgan   miqdorda   berilmasdi.   Qishloq
aholisining  turmushi   yanada  og‘irlashdi.  Oziq-ovqat  va  sanoat  mollarini
me’yorlangan   tarzda   taqsimlash   qishloq   aholisiga   joriy   etilmadi.   Ular
ishlagan mehnat kunlari uchun deyarli haq ololmasdi. Ularga oziq-ovqat
mollari   matlubot   kooperatsiyasi   do‘konlarida   davlatga   topshirilgan
qishloq   xo‘jalik   mahsulotlari   miqdoriga   qarab   qat’iy   me’yorlangan
miqdorda   berilardi.   Aholini   oziq-ovqatlar   bilan   ta’minlashni   yaxshilash
maqsadida   sanoat   korxonalari   qoshida   yordamchi   xo‘jaliklar   tashkil
etishga   ruxsat   berildi.   Ularga   vaqtincha   foydalanish   uchun   53   ming
gektar   yer   ajratildi.   Oziq-ovqat   tanqisligi   sharoitida   pul   tobora
qadrsizlanib   bordi,   chayqovchilik   avj   oldi.   Muhtojliklarga   qaramay
sanoat   va   qishloq   xo‘jalik   xodimlari   g‘alaba   uchun   fidokorona   mehnat
qildilar.   Qiyinchiliklarga   qaramay   frontga   ketgan   jangchilarning
oilalariga   har   tomonlama   g‘amxo‘rlik   qilindi,   bolalari   yasli   va
bog‘chalarga joylashtirildi. Kolxoz va sovxozlar jangchilarning oilalariga
oziq-ovqat, ekin ekish uchun yer ajratib berardi.                                      X U L O S A 
O‘zbekiston   xalqi   sovetlar   hukmronligi   davrida   qaramlik,
mustamlakachilik   zulmini   boshidan   kechirdi.   Eski   mustabid   tuzumdan
bizga   og‘ir   ijtimoiy-siyosiy,   iqtisodiy,   ma’naviymadaniy   meros   qoldi.
Siyosiy jihatdan xalqimiz o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqidan mahrum
etilgan,   o‘z   taraqqiyot   yo‘lini   o‘zi   belgilay   olmas   edi.   Milliy
davlatchiligimiz   inkor   etilib,   mamlakatimiz,   xalqning   xohish-irodasiga
qarshi   o‘laroq,   sobiq   sovet   imperiyasining   ma’muriy-hududiy   qismiga
aylantirilgan edi. Xalq o‘z yurtboshisini tanlash, saylashdan mahrum edi,
respublika   rahbari,   hukumat   a’zolari,   vazirlik   va   idoralar   boshliqlari,
hatto   viloyat   rahbarlari   ham   Markaz   tomonidan   tayinlanardi,   unga   to‘la
bo‘ysundirilgan   edi.   Oddiy   ijtimoiyiqtisodiy,   ma’naviy   masalalar   ham
Markazning ruxsatisiz hal etilmas, mustaqil faoliyat yuritishga uringanlar
hibsga olinar, quvg‘in qilinar edi. Sobiq Ittifoqdan poydevori ma’muriy- buyruqbozlik   boshqaruv   usuliga   qurilgan,   o‘ta   mafkuralashgan,   xalqni
yuvosh,   itoatkor   olomon   deb   biladigan   totalitar   tuzum   meros   bo‘lib
qolgan edi. O‘zbekiston qaramlik davrida o‘z tabiiy boyliklariga, yersuv,
o‘rmon   va   boshqa   resurslariga   o‘zi   egalik   qila   olmasdi,   respublika
hududida   qurilgan   va   faoliyat   ko‘rsatayotgan   korxonalar   Markazga,
uning   manfaatlariga   bo‘ysundirilgan   edi.   O‘zbekiston   rahbariyati,   xalqi
o‘z   hududida   qancha   mahsulot   ishlab   chiqarilayotgani,   ular   qayerda
realizatsiya   qilinayotgani   va   qancha   daromad   keltirayotganidan   bexabar
edi.   Moliya-kredit,   bank   siyosati   yuritishda   ham   qaram   edi,   o‘zining
milliy   valutasiga,   valuta   jamg‘armasiga   ega   emasdi.Sobiq   Ittifoqdan
mo‘rt, zaif, xomashyo yetishtirishga yo‘naltirilgan, ya’ni arzon xomashyo
va   strategik   mineral   resurslar   tayyorlanadigan   iqtisodiyot   meros   bo‘lib
qolgan edi.
            
                           Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Karimov I. A. "Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir". T.3. 
T.: O‘zbekiston, 1996, 80-bet.
2."O zbekiston   tarixi   1917-1991"   Q.Usmonov,   M.Sodiqov.   Toshkent     -ʻ
2010.Sharq Nashriyoti. 145-156 bet.
3."O zbekiston tarixi 1917-1991"
ʻ
   R.Abdullayev, B.Rahimov, K.Rajabov.                                2-Topshuriq. Yopiq Test 
1. Urush   yillarida   O zbekistonda   nechta   kichik   kolxoz   GESIari   qurilibʻ
ishga tushirildi?
2. Javob:30 ga yaqin.
2.   Qachon   Ohangaron   daryosi   oqimidagi   Qurama   tog‘   tizmasida
dastlabki ko‘mir qazib oladigan shaxta qurilgan edi?
Javob:1940-yil oxirida.
3.1945-yilda necha tonna ko‘mir qazib olindi?
Javob:103 000 tonna.
4.O‘zbekistonning   birinchi   metallurgiya   zavodi   qachondan   dastlabki
metall mahsulotlarini bera boshladi?
Javob:1944-yil 5-mart.
5.Urush yillarida O‘zbekistonda nechta   yangi sanoat korxonalari qurilib
ishga tushirildi?
Javob: 280 ta.
6.1943-yil 25-yanvarda qanday maxsus qaror qabul qilindi?
Javob: «Toshkent temiryo‘li ishito‘g‘risida».
7.1941—1945-yillarda temiryo‘l liniyalari necha baravar uzaydi?
Javob: 2 baravar. 8.Eng   kam   miqdordagi   majburiy   mehnat   kunlari   necha   baravarga
oshirildi?
Javob: 1,5 baravarga.
9.1942-yil   fevral–martda   barpo   etilgan   Shimoliy   Toshkent   kanali   necha
gektar yerni sug‘orish imkonini berdi?
Javob: 15 000 gektar.
10.1945-yilda 1 mln 646 ming so‘mlik qanday mahsulot topshirildi?
Javob: Qand lavlagi.
                          Ochiq Test
1.Ishchi va xizmatchilarga kuniga  grammdan non berilgan?
A.400-500 gr
B.500-600 gr
C.600-700 gr
D.700-800 gr
2.Farhod GESi 
qurilishining o‘zidagina qanchaga yaqin kolxozchi 
qatnashdi?
A.70 ming
B.60 ming 
C.90 ming
D.50 ming.
3.Front orqasidagi fidokorona mehnati uchun 
qanday medali bilan mukofotlandi?
A."Shuhrat"
B."Ozodlik"
C."Qahramon" D."Jangchi"
4.O‘zbekiston paxtakorlari uchun nechta yangi 
traktorlar ajratildi?
A.2 300
B.3 200
C.4 600
D.6 666
5.Respublikamiz   qishloq   xo‘jaligi   xodimlari   urush   yillarida   davlatga
qancha don yetkazib bergan?
A 1262 ming tonna.
B.1166 ming tonna.
C.3212 ming tonna.
D.6980 ming tonna.
6.Qaysi   tumanlarida   har   gektardan   400—   800   sentnerdan   lavlagi   hosili
olindi?
A.Jizzax, Pastdarg‘om.
B.Nurobot, Urgut.
C.Pastdarg om,Forish.ʻ
D.Oqdaryo,Bulung ur.	
ʻ
7.O smirlar   uchun   ham   necha   yoshdan   boshlab   mehnat   kunlari	
ʻ
belgilandi?
A.12 
B.13
               C.14
D.15
8.1943-yilda nechta yog‘ zavod qurilib ishga tushirildi? A.12
B.14
C.15
D.19
9.O‘zbekiston Xalq Komissarlar Soveti 1942-yil 17- 
iyunda qayerda metallurgiya zavodi qurishga qaror 
qabul qildi?
A.Bekobodda
B.Olmaliqda
C.Zominda
D.Navoida
10.Urushning   bir   yarim   yili   mobaynida   O‘zbekiston   sanoatida   xotin-
qizlar salmog‘i necha foizdan ziyod oshdi?
A.29%
B.30%
C.40%
D.15%
BIRGALIKDA OQIYMIZ» BIRGALIKDA OQISH TEXNIKASI
Birgalikda oqish: oquv guruhi kichik guruhlarga bolinadi. Har bir kichik
guruh organilayotgan mavzuning ma’lum  bir  sohasida  ekspert  boladi  va
boshqalarni orgatadi.
Har bir guruhning maqsadi barcha boshqa guruhlar ishtirokchilari mavzu
savollarini tola hajmda egallab olishidan iborat.
«Birgalikda   oqiymiz»   texnikasidan   foydalangan   holda   guruhlarda   ishni
tashkil etish jarayonining tuzilishi : 1.   Bilim   darajasiga   qarab   3-5   kishidan   iborat   bolgan   har   xil   turdagi
guruhlar tuziladi.
2. Har bir guruhga bitta topshiriq beriladi –umumiy mavzuning bir qismi,
uning   ustida   butun   oquv   guruhi   ish   olib   boradi   hamda   tayanchlar   –
ekspert varaqlari – taqdim etiladi. 
3. Har bir guruh ichida umumiy topshiriq taqsimlanadi.
4. Hamma yakka tartibdagi topshiriqni bajaradi.
5.   Barcha   guruh   a’zolarining   mini-ma’ruzalarini   tinglaydi.   Umumiy
natija   (butun   ekspert   varagi   boyicha   savollar   javobi)ni   shakllantiradi   va
uni taqdimotga tayyorlashadi.
6.   Spiker   yoki   guruh   barcha   a’zolari   birgalikda   bajargan   ish   natijalarini
taqdimot etishadi.
Guruhning yakuniy bahosi ma’ruza uchun umumiy ballni va mustaqil ish
uchun individual ballarni oz ichiga oladi.
Ekspert varagi
Matnni   oqishda   asoslanish   zarur   boladigan   savollardan   iborat   varaq.
Savollar   oquv   materiali   ustidan   olib   boriladigan   mustaqil   faoliyatni
yonaltiradi.
 Odatda ekspert varagi 3 ta savoldan iborat.
Birinchi   ikkita   savol   javoblari   butun   oquv   matni   boyicha   oz-ozdan
yigiladi.
Uchinchi savol javoblarini tayyorlash birinchi va ikkinchi savol javoblari
uchun   yigilgan   material   asosida   amalga   oshiriladi.   Bundan   tashqari,
ishlanma,   extimol,   guruhdan   oz   fikrini   aniqlashni   yoki   masala   mohiyati
yuzasidan qator isbotlarni tuzib chiqishni talab qiladi.
                                  Ha-yoq mashqi
Ta’rifi Oqituvchi   bir   nima   (raqam,   predmet,   adabiy   yoki   tarixiy   qahramon   va
sh.o.) ni oylab qoyadi. Oquvchilar esa unga savol  berib, u nimani oylab
qoyganligini   topishga   harakat   qiladilar.   Oqituvchi   ularning   savollariga
faqat “Ha”, “Yoq”, “Ham ha, ham yoq” sozlari bilan javob beradi. Savol
nojoya   berilgan   yoki   oqituvchi   didaktika   maqsadlaridan   kelib   chiqib,
savolga javob berishni xohlamaydigan vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin.
SHunda u oldindan belgilangan ishora bilan javob berishdan voz kechadi.
Mashq yakunlanganidan song albatta qanday savollar  kuchli, qandaylari
kuchsiz   va   nima   uchunligi   yuzasidan   qisqa   muhokama   otkazish   shart.
Mashqning   maqsadi   –   bolalarni   savollarni   tartibsiz   berishga
urintirmasmasdan,   ularni   izlash   strategiyasini   ishlab   chiqishga
orgatishdan iboratdir.  
Foydalanish doiralari  
  Tabiiy   va   aniq   fanlarda   qollaniladi,   oquvchilarda   bilim   olishga   bolgan
qiziqishni rivojlantiradi.  
 Afzalliklari 
  Oquvchilarda   faol   bilim   olish   nuqtai   nazarini   mustahkamlaydi   va
quyidagilarga orgatadi:
tarqoq holatdagi faktlarni yagona bir shaklga boglash;
mavjud bolgan  ma’lumotlarni tizimlashtirish;
oquvchilarni tinglash va fikrlarini e’tiborga olish.
Qiyinchiliklari
 Barcha oquvchilarni ham dars jarayoniga  jalb qila olmaslik (ba’zan).
                  Amaliy mashg ulot ʻ
1. Toshkentda zudlik bn keltirildi«Rostselmash» mi? HA* yoki Yo q.	
ʻ
2. Farhod GESi 1944-yil qurildi? Ha  yoki Yo q*	
ʻ
3. 1945-yilda 103 ming tonna ko‘mir qazib olindi? HA* yoki Yo q 	
ʻ 4. 1942-yil Bekobodda metallurgiya zavodi qurildi? Ha* yoki Yo qʻ
5. 1944-yil kimyo kombinatlari ko chib keldi? Ha* yoki Yo q	
ʻ ʻ
6. 160   mingga   ortiq   kishi   front   orqasidagi   fidokorona   mehnati   uchun
«Shuhrat» medali bilan mukofotlandi? Ha yoki Yo q*	
ʻ
7. Pochta   bo‘limlarida   ish   hajmlari   oshib   bordi.   Agar   1941-yilda   o‘rta
hisobda   bitta   pochta   xodimi   tomonidan   50   ming   xat-xabarlar
jo‘natilgan? Ha* yoki Yo q	
ʻ
8. .   1943-yilda   qurib   ishga   tushirilgan   500   kilometrlik   telefon   yo‘li
Toshkentni Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston bilan bog‘ladi?
Ha* yoki Yo q	
ʻ
              9.1943-yil 25-yanvarda «Toshkent temiryo‘li ishi to‘g‘risida» maxsus
                    qaror qabul qilindi? Ha* yoki Yo q 	
ʻ

MAVZU: O zbekistonda Ikkinchi Jahon urushi sharoitida iqtisodiy hayotni qaytaʻ qurish. Reja: Kirish 1.Ikkinchi Jahon Urushi davrida O zbekistondagi sanoat ahvoli. ʻ 2. Ikkinchi Jahon Urushi davrida O zbekistonda mehnat safarbarligi, ʻ transport,aloqa vositalari va boshqa sohalar. 3.Ikkinchi Jahon Urushi davrida O zbekistonda qishloq xo jaligi. ʻ ʻ Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish Urush, respublika qishloq xo‘jalik xodimlarini qattiq sinovdan o‘tkazdi. Ular oldida sanoatni xomashyo bilan, aholini oziq-ovqat, kiyim-kechak bilan uzluksiz ta’minlashdek ulkan, murakkab vazifa turar edi. Vaziyatning murakkabligi shundan iborat ediki, birinchidan, respublika qishloq xo‘jaligi asosan paxta yetishtirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, oziq-ovqat mahsulotlari Ittifoq fondidan keltirilar edi. Urush boshlangach, oziq-ovqat keltirish to‘xtadi, aholini boqish uchun ichki imkoniyatlarni topish zarur bo‘lib qoldi. zavodlari qurilib ishga tushirildi. Sanoat korxonalarining kengayishi, yangi qurilgan zavod-fabrikalarning ishi, muvaffaqiyati ularni malakali ishchilar bilan ta’minlashga bog‘liq edi. Yuz minglab kishilarning, xususan, tajribali xodimlarning frontga safarbar etilishi katta qiyinchiliklar tug‘dirardi. Keksalar, ayollar, ayniqsa armiyaga chaqirish yoshiga yetmagan o‘smirlar va qizlar korxonalarga jalb etildi.Urush respublika sanoat tarmoqlarining yo‘nalishini ham, sanoat xodimlarining ishini ham tubdan o‘zgartirdi. Korxonalarda yangi mehnat rejimi joriy qilindi, ish kuni uzaytirildi, ishdan keyin qolib ishlash joriy etildi, mehnat ta’tillari, dam olish kunlari bekor qilindi. Sanoat korxonalari qisqa vaqt ichida harbiy izga solinib, minomyot va avtomatlar, samolyot va tanklar uchun ehtiyot qismlari va boshqa harbiy qurollar ishlab chiqara boshladilar. Urushning boshlanganligi to‘g‘risidagi shum xabar yetib kelgan kuniyoq O‘zbekistonning barcha shaharlari va tumanlarida, korxona va muassasalarida mitinglar va yig‘ilishlar bo‘lib o‘tdi. Ishchilar, xizmatchilar, dehqonlar, ziyolilar, talaba yoshlar o‘z Vatanlarini himoya qilishga, yuzma-yuz janglarda bosqinchilarni tor-mor etish uchun urushga borishga, g‘alabani ta’minlash uchun front orqasida fidokorona mehnat qilishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Vaziyat butun mamlakat hayotini urush davri talablariga moslab qayta qurishni, butun kuch va

vositalarni safarbar etishni talab qilardi. 23-iyun kuni VKP (b) MQ Siyosiy byurosi partiya va sovet organlarini urush sharoitiga moslab qayta qurish to‘g‘risida qaror qabul qildi. 1. Ikkinchi Jahon Urushi davrida O zbekiston sanoati ahvoli.ʻ Urush respublika sanoat tarmoqlarining yo‘nalishini ham, sanoat xodimlarining ishini ham tubdan o‘zgartirdi. Korxonalarda yangi mehnat rejimi joriy qilindi, ish kuni uzaytirildi, ishdan keyin qolib ishlash joriy etildi, mehnat ta’tillari, dam olish kunlari bekor qilindi. Sanoat korxonalari qisqa vaqt ichida harbiy izga solinib, minomyot va avtomatlar, samolyot va tanklar uchun ehtiyot qismlari va boshqa harbiy qurollar ishlab chiqara boshladilar. Qishloq xo‘jalik mashinalari ishlab chiqarayotgan Toshkent qishloq xo‘jalik mashinasozligi zavodi harbiy qurollar ishlab chiqara boshladi. Andijondagi «Kommunar», «Stroymashina» zavodlarida samolyot va tanklarga kerakli mahsulotlar, Qo‘qon shahridagi Oxunboboyev nomli tikuvchilik fabrikasi harbiy kiyimlar ishlab chiqaradigan bo‘ldi. 1941-yil dekabrigacha Toshkentdagi 137 sanoat korxonalarining 64 tasi qurol-yarog‘lar, front uchun zarur mahsulotlar ishlab chiqarishga kirishdi.Respublika bo‘yicha 1941-yil oxirlariga kelib 300 ta sanoat korxonasi faqat harbiy mahsulot bera boshladi. O‘zbekiston sanoatchilari korxonalarni harbiy izga tushirishdek ishlarni ko‘chirib keltirilgan korxonalarni joylashtirish va ishga tushirishdek yanada og‘irroq ishlar bilan qo‘shib olib bordilar. O‘zbekiston rahbari Usmon Yusupovning «O‘zbekiston — bu front i emas, O‘zbekiston — jang maydoni», degan so‘zlarida jon bor edi. O‘zbekistonliklar frontdagidek harakat qildilar, har qanday resurslarni izlab topdilar, ular bitta fashist marazining boshi uchun bittadan aviabomba, bittadan snaryad va granata, yuzlab o‘q, fashistlardan go‘sht

ham, suyak ham qoldirmaydigan «Katyusha»lar yetkazib berish uchun mardona mehnat qildilar. Toshkentda zudlik bilan joylashtirilgan «Rostselmash» zavodi «Katyusha» va minomyot snaryadlari, aviatsiya zavodi jangovar samolyotlar, Kolchuginskdan keltirilgan kabel zavodi harbiy aloqa mahsulotlari yetkazib bera boshladi. Odamlar irodasiga bog‘liq bo‘lmagan yetishmovchiliklar sezilardi. Yuk ko‘taruvchi kranlar yo‘q edi, maxsus asbob-uskunalar, elektr quvvatlari, ko‘mir va neft kabi yoqilg‘ilar, xomashyo va boshqa materiallar yetishmas edi. 1941-yil 5— 7-dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining V plenumida respublika sanoatini harbiy izga solish, ko‘chirib keltirilgan asbob-uskunalarni joylashtirish sohasidagi ishlarga yakun yasalib, korxonalarda qurol-yarog‘larning muhim turlari — samolyotlar, tanklar, bronepoyezdlar, aviabombalar, to‘p va zambaraklar, granatalar, minalar, snaryadlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish vazifasi ilgari surildi. Buning uchun yetarli darajada metall qirquvchi stanoklar va aniq o‘lchovchi uskunalar ishlab chiqishni tashkil etish, nodir metallar qazib olishni kuchaytirish hamda qora va rangli metallurgiya sanoatini yaratish, elektr energetika bazasini kengaytirish, neft qazib olishni 2— 3 barobar oshirish, ko‘mir qazib olishni kuchaytirish, yirik qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish, qisqa muddatda 30 ming malakali ishchilar tayyorlash tadbirlari belgilandi. Ko‘chirib keltirilgan korxonalar tarixda misli ko‘rilmagan qisqa muddatlarda 4—5 oyda, ayrimlari hatto 1—2 oy davomida qurib bitkazilib, front uchun harbiy mahsulotlar bera boshladilar. Ularning eng yiriklari Chkalov nomli 84-aviatsiya zavodi, Moskva kabel zavodi, Xarkov elektrostanok zavodi, ko‘tarma kranlar zavodi, Rostovdan keltirilgan «Êðàñíûé Àêñàé», Sulsk nasos zavodi, Vagon-remont zavodi, «Êðàñíûé ïóòü» zavodi, Kiyev

«Òðàíññèãíàë» zavodi va boshqalar edi. Bu korxonalarning har biri o‘rta hisobda 20 foizgacha ishchi va injener-texnik xodimlar bilangina keltirilgan edi. Qolgan 80 foizi respublikamizning fabrika-zavod ta’limi maktablarida, turli kurslarda tayyorlangan ishchi va texnik xodimlar bilan ta’minlandi.Harbiy izga tushirilgan respublikamiz korxonalari ham anchagina kengaytirildi. «Tashselmash» zavodi, boshqa korxonalardan keltirilgan 438 stanok, 200 dan ortiq yuqori malakali ishchilar hisobiga kengaydi. Qodirov, Hakimov, Yusupov, Ismoilov va boshqa ustalar kunlik normalarini 200—300 foizga oshirib bajardilar.Xotin-qizlar, keksalar, yoshlar korxonalardagi turli xil ishlarga jalb etildi. Urushning bir yarim yili mobaynida O‘zbekiston sanoatida xotin-qizlar salmog‘i 29 foizdan ziyod oshdi va 1943-yilda 63,5 foizni tashkil qildi.Respublika sanoat korxonalari quvvatlarining kengayishi, ko‘chirib keltirilgan zavodlarning ishga tushishi birinchi navbatda elektr energiyasi va yoqilg‘i ishlab chiqarishni keskin oshirishni talab qildi, mavjud energetika quvvatlari bunday talabga javob berolmas edi. O‘zbekiston partiya va hukumati Ittifoq hukumatiga xat yo‘llab bu muammoni hal etishda ko‘mak so‘radi. Tez orada, 1942-yil 18-noyabrda VKP(b) MQ va SSSR Xalq Komissarlar Soveti «O‘zbekiston SSRda beshta gidroelektrostansiya qurilishi to‘g‘risida» qaror qabul qildi. O‘zbekistonda metallurgiya zavodi qurish, ko‘mir va neft qazib olishni ko‘paytirish tadbirlari ham belgilandi. O‘zbekistonda yangi sanoat korxonalari va energetika tarmoqlari qurilishi uchun 1 milliard so‘m ajratildi. 1943-yilda O‘zbekistonning eng yirik gidroelektrostansiyasi — Farhod GESi qurilishi boshlandi, qurilish zarur materiallar va ishchi kuchi bilan ta’minlandi. Farhod qurilishi umumxalq qurilishiga aylandi,binokorlik ishlari hashar yo‘li bilan bajarildi. 10 oylik fidokorona