logo

IKKINCHI JAHON URUSHI YILLARIDA KAVKAZ XALQLARINING MARKAZIY OSIYOGA DEPORTATSIYA QILINISHI SABABLARI VA OQIBATLARI

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

152.6640625 KB
IKKINCHI JAHON URUSHI YILLARIDA KAVKAZ XALQLARINING
MARKAZIY OSIYOGA DEPORTATSIYA QILINISHI SABABLARI VA
OQIBATLARI
Mundarija:
Kirish……………………………………………………………………...…......3-8
I Bob. Sovet davlatida deportatsiya siyosati 
1.1 -§.   Ikkinchi   jahon   urushi   yillarida   deportatsiya   siyosatining   boshlanishi   va
bunda  Stalin shaxsining roli………………………………………………...….9-20
1. 2 -§. Kavkaz xalqlarining deportatsiyasi sabablari………………...………...21-33
II Bob.  Qorachoy va bolqorlarning deportatsiyasi siyosati  
2.1-§. Qorachoy avtonom viloyatining tugatilishi. Qorachoylarning Qozog‘iston 
SSR va Qirg‘iziston SSR hududlariga deportatsiya qilinishi…………………34-45
2.2-§. Bolqorlarning deportatsiyasi oqibatlari………………….…………...... 46-58
III bob. Qalmoqlar va mesxeti turklarning deportatsiyasi
3. 1 -§.  Qalmoqlar deportatsiyasi oqibatlari….………………………………...59-75  
3.2- §.  M esxeti turklar deportatsiyasi… …………………………….. ………... 76-86
Xulosa……………………………………………………………………...…8 7-90
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…………………………………………...9 1 -9 5 Kirish
Dissertatsiya   mavzusining   asoslanishi   va   uning   dolzarbligi.   O‘zbekiston
Respublikasi   mustaqillikka   erishganidan   so‘ng,   barcha   sohalarda   islohotlar
o‘tkazilishi   uzluksiz   davom   etmoqda.   Tarix   ilmida   ham   ochiqlikka   e’tibor
qaratilib, hozirgi globallashuv davrida mustaqillikkacha bo‘lgan davrdagidek ilmiy
izlanishlardagi   senzura   va   cheklovlarga   yo‘l   qo‘yilmaydi.   Mamlakatimizda   tarix
sohasini   yanada   rivojlantirish   maqsadida   yurtimiz   tarixini   o‘rganishdan   tashqari,
jahon   tarixini   o‘rganishga   ham   katta   e’tibor   qaratilmoqda.   Ta’lim   tizimidagi
islohotlarni yanada takomillashtirish borasida zamonaviy yechimlar ishlab chiqish
ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev: “ Biz
ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo‘g‘inlari faoliyatini bugungi zamon talablari
asosida   takomillashtirishni   o‘zimizning   birinchi   darajali   vazifamiz   deb   bilamiz ” 1
degan fikrni bildirib o‘tgan.
Jahon   tarixida   chuqur   iz   qoldirgan   ikkinchi   jahon   urushi   tarixi   hamisha
dolzarb mavzu bo‘lib kelgan.  Ikkinchi  jahon urushi  yillarida Kavkaz xalqlarining
Markaziy   Osiyoga   deportatsiya   qilinishi   sabablari   va   oqibatlari   borasidagi
izlanishlar   bugungi   kungacha   qisman   mavjud.   Ammo,   bu   mavzuni   o‘rganish
natijasida,   uning   yangi   jihatlari   kelib   chiqaveradi.   Tadqiqotchilarning   turlicha
nuqtai nazarlari bir to‘xtamga kelishda chalg‘ituvchi omil sanaladi. Ikkinchi jahon
urushi davrida ommaviy deportatsiyalarning amalga oshirilishi sobiq sovet ittifoqi
davrida   Xrushchev   davrigacha   umuman  tilga   olinmaydigan   mavzulardan   biri   edi.
Bu   boradagi   arxiv   hujjatlari   esa   yaqin   davrlargacha   maxfiylikda   saqlab   kelindi.
Xrushchev   davrida   Stalin   shaxsiga   sig‘inishning   fosh   etilishi   va   deportatsiyalar
borasidagi   dastlabki   eslatmalar   paydo   bo‘la   boshlagandi.   Umuman   sobiq   sovet
ittifoqi   davrida   xalqlarning   tub   yashash   yerlaridan   deportatsiya   qilinishlari
1
  Mirziyoyev   Sh.   M.   “Qonun   ustuvorligi   va   inson   manfaatlarini   ta’minlash-   yurt   taraqqiyoti   va   xalq
farovonligining garovi” T.: O‘zbekiston, 2017.  24-b.  
2 borasidagi   ma’lumotlar   kam   uchraydi.   Bu   mavzuga   murojaat   etishga   tegishli
tartibdagi   cheklovlar   mavjud   bo‘lgan.   Deportatsiyalarning   asosiy   qismi
maxfiylikda olib borilgan bo‘lib, uni ovoza qilish davlat manfaatlariga zid kelishi
aniq edi. 
Sovet   ittifoqi   parchalangandan   so‘ng,   tadqiqotchilarning   deportatsiyalar   va
shunga   yaqin   mavzularda   izlanishlar   olib   borishlariga   cheklovlar   yo‘qqa   chiqdi.
1990-yillardagi   tarixchilarning   aksariyati   deportatsiyalar   Stalin   shaxsining   istagi
bilan amalga oshirilgan degan fikrda qoladi. Ammo, 2000-yillardan keyingi davrda
va yaqin yillarda ikkinchi jahon urushi davridagi deportatsiyalar borasidagi maxfiy
hujjatlarning oshkoralikka berilishi  yangi  ma’lumotlarning yuzaga chiqishiga olib
keldi.   Bu   esa   tadqiqotchilarning   mavzuga   yangicha   burchakdan   nazar   solishga
imkon berdi. Sobiq sovet tuzumi davridagi tadqiqotchilarning ilmiy ishlari, maxfiy
arxiv   hujjarlari   va   ommaviy   deportatsiya   guvohlarining   ma’lumotlari   birgalikda
bizga   reallikka   yaqinlashgan   tarixni   ochib   beradi.   Sobiq   sovet   ittifoqi   30-40-
yillarda   umumiy   3   mlndan   ortiq   aholini   tub   yashash   yeridan   nisbatan   noqulay
bo‘lgan   hududlarga   ko‘chirishi,   ko‘chirish   jarayonlaridagi   qiyinchiliklar,   o‘lim
holatlarining   oshib   ketishi   va   shu   kabi   omillar   ko‘plab   xalqlarning   taqdirida
o‘chmas   qora   dog‘   bo‘lib   qoldi.   2010-yildan   boshlab   tadqiqotchilar   Stalin
davridagi deportatsiyalarni ochiqchasiga qoralay boshlashdi.  
Shuning   uchun   ham   “Ikkinchi   jahon   urushi   yillarida   Kavkaz   xalqlarining
Markaziy Osiyoga deportatsiya qilinishi sabablari va oqibatlari” mavzusi bugungi
kundagi dolzarb mavzulardan biriligicha saqlanib qolmoqda. 
Tadqiqot     obyekti   va   predmeti.   Ikkinchi   jahon   urushi   yillarida   Kavkaz
xalqlarining   Markaziy   Osiyoga   deportatsiya   qilinishi   sabablari   va   oqibatlarini
ilmiy jihatdan yoritib berish tadqiqot obyekti hisoblanadi. 
Ayni   shu   davrdagi   sobiq   sovet   ittifoqi   hukumatining   Kavkaz   xalqlariga
nisbatan olib borgan siyosati tadqiqot ishining predmeti bo‘lib xizmat qiladi. 
Tadqiqot   maqsadi   va   vazifalari.   Magistrlik   dissertatsiyasining   maqsadi
ikkinchi jahon urushi yillarida Kavkaz xalqlarining Markaziy Osiyoga deportatsiya
qilinishi sabablari va oqibatlarini ilmiy tomondan ochib berish. Bu xalqlarning tub
3 yashash   joyidan   boshqa   hududlarga   ko‘chirilishida   qanday   omillarga
asoslanganligi, ularning ko‘chirilgan hududlarga taqsimlanishi xususiyatlari, bunga
kimlar   tashabbus   bildirganligi,   ko‘chirish   jarayonlaridagi   o‘lim   holatlari   rasmiy
ma’lumotlari   va   guvohlar   ma’lumotlarining   nomutanosibligiga   aniqlik   kiritishdan
iborat.   Mazkur   maqsaddan   kelib   chiqqan   holda   quyidagilar   magistrlik
dissertatsiyasining vazifalari sifatida belgilab olindi: 
 Kavkaz xalqlarining deportatsiya qilinishi zaruratining kelib chiqishi sabablarini
aniqlash; 
 Kavkaz x alqlari deportatsiya qilinishida Stalin shaxsining rolini aniqlash; 
 deportatsiyalardagi L.Beriyaning roli; 
 chechen va ingushlarning deportatsiya qilinishi sabablarini aniqlash; 
 qalmoqlarning surgun qilinishi sabablarini o‘rganish; 
 milliy   avtonomiyalarning   tugatilishi,   nomining   o‘zgartirilishi   yoki   boshqa   bir
viloyatga qo‘shib berilishida qanday omillarga asoslanganligini ochib berish; 
 qorachoy,   bolqorlar   va   shu   kabi   xalqlarning   asosiy   qismi   Markaziy   Osiyoga
ko‘chirilishi sabablarini o‘rganish; 
 mesxeti turklarining Turkiyaga josuslik qilishda ayblanishi sabablarini aniqlash. 
Tadqiqotning   ilmiy   yangiligi.   Magistrlik   dissertatsiyasi   ikkinchi   jahon
urushi   yillarida   Kavkaz   xalqlarining   Markaziy   Osiyoga   deportatsiya   qilinishi
sabablari   va   oqibatlarini   yoritishga   xizmat   qiladi.   Bugungi   kungacha   ikkinchi
jahon urushi yillarida Kavkaz xalqlarining Markaziy Osiyoga deportatsiya qilinishi
sabablari   va   oqibatlari   mavzusida   magistrlik   dissertatsiyasi   himoya   qilinmagan.
Shundan kelib chiqib tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
 ikkinchi   jahon   urushi   yillarida   Kavkaz   xalqlarining   Markaziy   Osiyoga
deportatsiya   qilishi   sabablari   va   oqibatlari   bilan   bog‘liq   jihatlariga   e’tibor
qaratilganligi; 
 nisbatan   yangi   ya’ni   sobiq   sovet   ittifoqi   parchalangan   davrdan   keyingi   va
so‘nggi yillarda nashr etilgan ilmiy izlanishlardan foydalanilganligi; 
 deportatsiyalar  tashabbuskori  sifatida faqatgina I.Stalin emas, boshqa shaxslar
ham muhim rol o‘ynaganligiga e’tibor qaratilganligi; 
4  xalqlarning   tub   yashash   yeridan   o‘zga   hududlarga   deportatsiya   qilinishida
qanday jihatlarga asoslanib joylashtirib chiqilganligiga e’tibor qaratildi; 
 Markaziy   Osiyoga   joylashtirilgan   xalqlarga   berilgan   imtiyozlar   borasidagi
ma’lumotlar ko‘rsatib o‘tildi; 
 mavzu   yuzasidan   rus,   ingliz   tilidagi   adabiyotlar,   ilmiy   jurnallar,
monografiyalarda chop etilgan maqolalar, Rossiya, Kavkaz davlatlari va ingliz
mutaxasislarining   ilmiy   tadqiqot   ishlarini   o‘zbek   tiliga   tarjimasi   va   ularning
tahlili yuzasidan xolisona, ilmiy yondashuv. 
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari.  Ikkinchi jahon urushida SSSR
hukumatining   kun   tartibidagi   masalalaridan   biri   –   bu   urush   davrida   harbiy
xizmatdan bo‘yin tovlagan, nemislar va turklarga ayg‘ochilik qilgan, sovet ittifoqi
hukumatiga   qarshi   bo‘lgan   kuchlarni   munosib   jazolash   edi.   Shu   masalalarni   asos
qilib   ko‘rsatgan   holda   hukumatining   boshqa   maqsadlarini   ham   amalga   oshirish,
xususan,   ommaviy   deportatsiyalarga   ham   shu   sabablar   ko‘rsatib   o‘tilgandi.
Deportatsiyalarning haqiqiy sabablarini  ochib berish maqsadida  quyidagilar  ilmiy
ishning asosiy masalalari va farazlari sifatida belgilandi: 
 turli  sabablar  asosida Kavkaz xalqlarining nisbatan  noqulay hududlarga surgun
qilinishi; 
 Kavkaz xalqlarining ko‘chirish jarayonidagi yo‘qotishlari; 
 ayrim   shaxslar   va   guruhlar   jinoyati   tufayli   butun   xalqlarning   deportatsiya
qilinishi; 
 I.Stalinning   gruziyalik   bo‘lishiga   qaramay,   Gruziya   SSR   dan  ko‘plab   xalqlarni
ko‘chirib yuborishi; 
   qalmoq,   chechen,   ingush,   bolqor,   kabardin   va   boshqa   xalqlarning   Markaziy
Osiyoga ko‘chirilishi jarayoni; 
 Kavkaz   xalqlarining   Markaziy   Osiyoga   joylashishi   uchun   yaratib   berilgan
imkoniyatlar. 
Mavzu bo‘yicha adabiyotlar tahlili.   Ikkinchi jahon urushi yillarida Kavkaz
xalqlarining   deportatsiya   qilinishi   tarixini   Rossiya,   Kavkaz   va   Markaziy   Osiyo
davlatlari   mutaxassislari   keng   ko‘lamda   o‘rganib   chiqqan.   Xususan,   Rossiya
5 tadqiqotchilaridan:  Земсков   В . Н . 2
,  Бугай   Н . Ф . 3
,  Полян П.М. 4
,  Бердинских   В . А . 5
,
Козлов   В . А . 6
,   Безугольный   А.Ю. 7
,   Максимов   К.Н. 8
,   Яковлев   А.Н. 9
,   Поляков
Ю.А. 10
,   Стецковский   Ю.И. 11
,   Темукуев   Б . Б . 12
,   Кольцов   В . 13
;   Kavkaz   davlatlari
tadqiqotchilaridan:   Кулаев   Ч.С. 14
,   У.Б.Очилов,   П.Д.Бакаев,   Эдиев   Д.М. 15
,
O‘zbekiston   tarixchilaridan   M.M.Xashimova   kabi   tarixchilar   o‘rganishgan.
Dissertatsiya   tayyorlanishida   boshqa   mualliflarning   ilmiy   asarlari,   o‘quv
qo‘llanmalari,   kitoblari,   jurnal,   gazeta   va   internet   manbalarida   chop   etilgan
maqolalaridan  ham  foydalanildi. 
Tadqiqotning   davriy   va   xronologik   chegalari.   Tadqiqotning   davriy   va
xronologik   chegarasi   ikkinchi   jahon   urushining   1942-1945-yillarini   o‘z   ichiga
oladi. 
Tadqiqotda   qo‘llanilgan   metodikaning   qisqacha   tavsifi.   Mazkur   mavzuni
o‘rganishda   avvalo,   sobiq   sovet   ittifoqi   parchalanishigacha   bo‘lgan   davr
mualliflarining ilmiy asarlari va sovet ittifoqi parchalangandan keyingi davr ilmiy
asarlarini   solishtirgan   holda   xolis   fikr   hosil   qilishga   e’tibor   qaratildi.   Tarixda
xolislik nuqtai  nazardan mavzuni  ilmiy-metodologik me’yorlar  asosida  yoritishga
harakat qilindi. Mavzuni yoritib berishda ma’lumotlarni solishtirish va analiz yo‘li
bilan   maqbul   holatini   belgilab   bergan   holda   unga   yondashish   ustuvor   ahamiyat
kasb etdi. 
2
  Земсков В.Н.  -  Спецпоселенцы в СССР. 1930-1960. М.: Наука,   2003.
3
 Бугай Н.Ф. -  Иосиф Сталин   — Лаврентию Берии   : «Их надо депортировать»: документы, факты,
комментарии.   — Дружба народов, 1992.
4
  Полян   П.М.   -   Депортации   и   этничность   //   Сталинские   депортации.   1928—1953.   —   М.:   МФД,
Материк, 2005.
5
  Бердинских В.А. - Спецпоселенцы: Политическая ссылка народов Советской России. — М., 2005.
6
  Козлов   В.А.   –   Вайнахи   и   имперская   власть :   проблем ы   Чечни   и   Ингушетии   во   внутренней
политике России и СССР. – М.: 2011.
7
  Безугольный   А.Ю.   -   Г орцы   северного   кавказа   в   великой   отечественной   войне   1941–1945:
проблемы истории, историографии   и источниковедения.  М.2012.
8
  Максимов К.Н. – Трагедия Народа :  Репрессии и Калм ыкии. 1918-1940 годы. М.: 2004 .
9
  Яковлев А.Н. – Омут памяти. М. : 2001.
10
  Поляков Ю.А. – Историческая наука : Люди и проблемы. М.: 1999.
11
  Стецковский Ю.И. – История совеиских репрессий. 1917-1995 гг. М. :1997.
12
  Темукуев Б.Б. -  Спецпереселенцы: в 3 т.   — Изд-во М. и В. Котляровых, 2009.
13
  Кольцов В.. Месхи: Народ между колёсами империй.  M .: 1990.
14
  Кулаев   Ч.С.   -   Народы   Карачаево-Черкесии   в   годы   ВОВ   1941—1945   гг.   —   Черкесск:   Ставроп.
книжное изд., Карачаево- Черкесское отд., 1990.
15
  Эдиев Д.М.  -  Демографические потери депортированных народов СССР. — Ставрополь, 2003.
6 Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati.  Mazkur dissertatsiya
ikkinchi jahon urushi yillarida Kavkaz xalqlarining Markaziy Osiyoga deportatsiya
qilinishi   tarixini   o‘z   ichiga   olgan   muhim   ma’lumotlarni   o‘z   ichiga   olgan.   Bu
dissertatsiya nafaqat MDH davlatlari doirasida, balki butun jahon tarixida o‘chmas
iz   qoldirgan   ommaviy   surgun   jarayonlarini   o‘rganishda   gumanitar   yo‘nalishda
tahsil  olayotgan talabalar  va tadqiqotchilar  uchun ilmiy-amaliy qo‘llanma sifatida
tavsiya etiladi. 
Dissertatsiya   tarkibining   qisqacha   tavsifi.   Dissertatsiya   kirish,   3   ta   bob,
xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. 
Birinchi   bob,   Sovet   davlatida   deportatsiya   siyosati   boshlanishi,   bu
deportatsiyada   I.Stalin   va   L.Beriyaning   roli,   Kavkaz   xalqlarining   deportatsiyasi
oqibatlari haqida so‘z boradi. 
Ikkinchi   bob,   Qorachoy   va   bolqorlarning   deportatsiyasi   siyosati,
deportatsiyaning   borishi,   unga   jalb   qilingan   NKVD   va   NKGB   xizmatchilari
harakatlarining   qonuniy   asoslari,   Qorachoy   avtonom   viloyatining   tugatilishi,
bolqorlarning ko‘chirilishi jarayonidagi muammolar kabi masalalar ochib berilgan.
Uchinchi   bob,   Qalmoqlar  va  mesxeti   turklarning deportatsiyasi,   u qalmoqlar
deportatsiyasi   oqibatlari,   mesxeti   turklarning   Turkiyaga   ma’lumot   yetkazib
turishda   ayblanishi   va   deportatsiyasi   jarayonlari,   uning   oqibatlari   haqida   so‘z
yuritiladi.  
I Bob. Sovet davlatida deportatsiya siyosati
7 1.1 -§.   Ikkinchi jahon urushi yillarida deportatsiya siyosatining boshlanishi va
bunda  Stalin shaxsining roli  
Deportatsiya   atamasi   fransuz   jinoyat   huquqida   XVII-XVIII   asrlarda
surgunning maxsus turlarini bildirish uchun paydo bo lgan. Birinchi marta siyosiyʻ
jihatdan   ishonchsizlarni   Gvianaga   deportatsiya   qilish   1791-yilgi   qonun   bilan
o‘rnatildi.   Deportatsiya,   shu   jumladan   umrbod   surgun   qilish   1810-yilgi   Fransiya
Jinoyat   kodeksida   ko‘zda   tutilgan   bo‘lib,   1872-yil   23-martdagi   qonun   bilan
belgilangan deportatsiya joylarida umrbod qolishdan iborat edi.
SSSRda   deportatsiya   qatag‘on   shakllaridan   biri   bo‘lib,   sovet   demografik   va
milliy   siyosatining   o‘ziga   xos   vositasi   bo‘lib   xizmat   qildi.   Rasmiy   hokimiyat
tomonidan ijtimoiy xavfli deb tan olingan shaxslar ham, butun xalqlar deportatsiya
qilingan.   Xalqlarni   deportatsiya   qilish   -   bu   fuqarolarning   milliy   va   ijtimoiy
sabablarga   ko‘ra,   SSSRning   turli   mintaqalariga   majburiy   ko‘chirilishi   bo‘ldi.
Deportatsiya   sabablari   va   davlatning   iqtisodiy   ehtiyojlariga   qarab,   deportatsiya
joylari xilma-xil bo‘lishi mumkin - Sibir, Ural shaharlari, Qozog‘iston, O‘rta Osiyo
va   boshqalar.   Deportatsiya   qilinganlarning   aksariyati   maxsus   ko‘chmanchilarga
aylandi,   ko‘plab   huquqlardan   mahrum   bo‘lgan   va   komendaturalarga   muntazam
hisobot   berishga   majbur   bo‘lgan,   ularni   saqlash   uchun   pul   maoshlaridan   ushlab
qolingan. 
I.V.Stalinning hokimiyat teppasiga kelishi bilan birinchi jahon urushi yakuni
bo‘yicha turli xil ayblovlar bilan repressiyalar amalga oshirildi. Hukumatga qarshi
qaratilgan har qanday harakat va fikr jinoyat sifatida ko‘rilardi. 1920-1950-yillarda
I.V.Stalin   va   uning   qo‘l   ostidagi   xizmatchilar   harakatlari   tufayli   10   mlnga   yaqin
sovet   fuqarolari   repressiyaga   uchradi.   Ular   tub   yashash   yerlaridan  surgun   qilindi,
lagerlarga   joylashtirildi   va   kattagina   qismi   otib   tashlandi.   Repressiyalar   1937-
1938-yillar   hamda   ikkinchi   jahon   urushi   davrida   o‘zining   ko‘lami   jihatidan
cho‘qqiga chiqqandi. 
Stalin qatag‘onlari qurbonlari soni bo‘yicha hisob-kitoblar keskin farq qiladi.
Ba'zilar   o‘n   millionlab   odamlarning   raqamlarini   keltirsa,   boshqalari   yuz   minglab
odamlar bilan cheklaydi. Ulardan qaysi biri haqiqatga yaqinroq? 
8 Bugungi   kunda   jamiyatimiz   deyarli   teng   ravishda   stalinchilar   va
antistalinchilarga   bo‘lingan.   Birinchisi   Stalinizm   davrida   mamlakatda   sodir
bo‘lgan   ijobiy   o‘zgarishlarga   e'tibor   qaratsa,   ikkinchisi   Stalinistik   rejim
qatag‘onlari   qurbonlarining   ko‘p   sonini   unutmaslikka   chaqiradi.   Biroq,   deyarli
barcha  stalinchilar   qatag‘on  faktini   tan   olishadi,   lekin  ularni   siyosiy   zarurat   bilan
oqlaydilar.   Bundan   tashqari,   ular   ko‘pincha   qatag‘onni   Stalin   nomi   bilan
bog‘lamaydilar.   Tarixchi   Nikolay   Kopesovning   yozishicha,   1937-1938   yillarda
qatag‘on qilinganlar ustidan olib borilgan tergov ishlarining aksariyatida Stalinning
qarorlari   bo‘lmagan   -   hamma   joyda   Yagoda,   Yejov   va   Beriyaning   hukmlari
bo‘lgan. 16
  Stalinistlarning   fikriga   ko‘ra,   bu   jazo   organlari   rahbarlarining
o‘zboshimchalik   bilan   shug‘ullanganligidan   dalolat   beradi   va   buni   qo‘llab-
quvvatlash uchun ular Yejovning iqtibosini keltiradilar: "Kimni xohlasak, biz qatl
qilamiz,   kimga   xohlasak,   biz   rahm-shafqat   qilamiz".   Rossiya   jamoatchiligining
Stalinni repressiya mafkurachisi deb biladigan qismi uchun bu qoidani tasdiqlovchi
tafsilotlardir.   Yagoda,   Yejov   va   inson   taqdirining   boshqa   ko‘plab   hukmdorlari
terror   qurboni   bo‘lishdi.   Bularning   ortida   Stalindan   boshqa   kim   turgan   edi?   –
degan ritorik savol berishadi. Tarix fanlari doktori, Davlat arxivi bosh mutaxassisi
Oleg Xlevnyuk Stalinning imzosi ko‘p qatl ro‘yxatlarida bo‘lmaganiga qaramay, u
deyarli barcha ommaviy siyosiy qatag‘onlarga ruxsat berganligini ta'kidlaydi.
Qurbonlar   masalasi   Stalinizm   qatag‘onlari   bilan   bog‘liq   bahslarda   yanada
jiddiy   ahamiyat   kasb   etdi.   Stalinizm   davrida   kim   va   qanday   maqomda   azob
chekdi?   Ko‘pgina   tadqiqotchilarning   ta'kidlashicha,   "Qatag‘on   qurbonlari"
tushunchasi juda noaniq. Tarixshunoslik bu masala bo‘yicha aniq ta'riflarni ishlab
chiqmagan. Albatta, qamoq va  lagerlarda qamalgan,  otib tashlangan,  deportatsiya
qilingan,   mol-mulkidan   mahrum   etilgan   mahkumlar   hokimiyatning   xatti-
harakatlari   qurbonlari   qatoriga   kirishi   kerak.   Jinoiy   va   siyosiy   mahbuslarni
farqlashimiz   kerakmi?   Kichik   yakka   o‘g‘irlikda   qo‘lga   olingan   va   davlat
jinoyatchilariga   tenglashtirilgan   “Bezorilarni”   qaysi   toifaga   kiritishimiz   kerak?
Deportatsiya   qilinganlar   alohida   e'tiborga   loyiqdir.   Ular   qanday   toifaga   kiritilishi
16
  Земсков В.Н.  -  Спецпоселенцы в СССР. 1930-1960. М.: Наука,   2003.  С. 307 .
9 kerak   -   qatag‘on   qilinganmi   yoki   ma'muriy   deportatsiya   qilinganmi?   Mulkdan
mahrum qilish yoki deportatsiyani kutmasdan qochib ketganlar haqida qaror qabul
qilish yanada qiyinroq. 17
Qatag‘on   uchun   kim   mas’ul   ekani,   jabrlanganlar   toifalarini   aniqlash   va
qatag‘on   qurbonlarini   qaysi   davrga   hisoblash   kerakligi   haqidagi   noaniqliklar
butunlay boshqacha raqamlarga olib keladi. Eng ta'sirli raqamlarni iqtisodchi Ivan
Kurganov   keltirgan   (bu   ma'lumotni   Soljenitsin   "Gulag   arxipelagi"   romanida
keltirgan),  u  1917-yildan   1959-yilgacha   110  million  odam  Sovet  rejimining  unga
qarshi   ichki   urushi   qurboni   bo‘lganligini   hisoblagan.   Bu   raqamga   ocharchilik,
kollektivlashtirish, dehqon surgunlari, lagerlar, qatllar, fuqarolar urushi qurbonlari,
shuningdek,   "Ikkinchi   jahon   urushining   beparvolik"   qurbonlari   kiradi.   Bunday
hisob-kitoblar   to‘g‘ri   bo‘lsa   ham,   bu   raqamlarni   Stalin   qatag‘onlarining   aksi   deb
hisoblash   mumkinmi?   Mutaxassisning   o‘zi   bu   savolga   "Sovet   rejimining   ichki
urushi qurbonlari" iborasini ishlatib javob beradi. Ta'kidlash joizki, Kurganov faqat
vafot etganlarni hisoblagan. Agar mutaxassis ko‘rsatilgan davrda sovet tuzumidan
jabrlanganlarning barchasini hisobga olgan bo‘lsa, qanday raqam paydo bo‘lishini
tasavvur qilish qiyin.
Inson   huquqlari   jamiyati   rahbari   keltirgan   raqamlar.   Arseniy   Roginskiyning
“Memorial” asari realroq ko‘rinishga ega. U shunday yozadi: “Butun Sovet Ittifoqi
miqyosida   12,5   million   kishi   siyosiy   repressiya   qurboni   hisoblanadi”,   lekin   keng
ma’noda 30 milliongacha odam repressiya qilingan deb hisoblanishi mumkinligini
qo‘shimcha   qiladi.   Yelena   Kriven   va   Oleg   Naumovlar   Stalinistik   tuzum
qurbonlarining barcha toifalari, shu jumladan lagerlarda kasalliklar va og‘ir mehnat
sharoitida   vafot   etganlar,   mulkdan   mahrum   bo‘lganlar,   ochlik   qurbonlari,   asossiz
shafqatsiz farmonlardan aziyat chekkanlar va qonunchilikning repressiv xususiyati
tufayli   yengil   jinoyatlar   uchun   haddan   tashqari   qattiq   jazolanganlar   deb
hisoblashadi. 
17
  Земсков В.Н.   -   Репатриация перемещенных советских граждан // Война и общество. 1941-1945.
Кн. 2 М.: 2004 .  С.331 .
10 Yakuniy   ko‘rsatkich   -   39   million   deya   taxmin   qilinadi.   Tadqiqotchi   Ivan
Gladilin   bu   borada   ta kidlaydiki,   agar   qatag on   qurbonlarini   sanash   1921-yildanʼ ʻ
beri olib borilayotgan bo lsa, demak, jinoyatlarning katta qismi uchun Stalin emas,	
ʻ
balki   “Leninistik   gvardiya”   mas uldir.   Oktyabr   inqilobi   oq   gvardiyachilar,	
ʼ
ruhoniylar va quloqlarga qarshi terrorni boshlagandi. 18
Qatag‘on   qurbonlari   sonining   hisob-kitoblari   hisoblash   usuliga   qarab   juda
farq   qiladi.   Agar   biz   faqat   siyosiy   ayblovlar   bo‘yicha   mahkumlarni   hisobga
oladigan   bo‘lsak,   SSSR   KGB   mintaqaviy   bo‘limlari   ma'lumotlariga   ko‘ra,   1988-
yilda   keltirilgan   ma'lumotlarga   ko‘ra,   Sovet   hukumati   (GPU,   OGPU,   NKVD,
NKGB,   MGB)   4,308,487   kishini   hibsga   olgan,   ulardan   835,194   nafari   otib
tashlangan. Siyosiy sudlar qurbonlarini hisoblaganda, Memorial jamiyati xodimlari
bu   raqamlarga   yaqin,   garchi   ularning   ko‘rsatkichlari   hali   ham   sezilarli   darajada
yuqori - 4,5-4,8 million sudlangan, ulardan 1,1 millioni otib tashlangan. Agar biz
GULAG   tizimidan   o‘tgan   har   bir   kishini   stalinistik   tuzum   qurbonlari   deb
hisoblasak,   bu   raqam,   turli   hisob-kitoblarga   ko‘ra,   15   milliondan   18   million
kishigacha   o‘zgaradi.  Ko‘pincha   Stalin   qatag‘onlari   faqat   1937-1938  yillarda  eng
yuqori   cho‘qqisiga   chiqqan   "Buyuk   terror"   tushunchasi   bilan   bog‘liq.   Akademik
Pyotr   Pospelov   boshchiligidagi   komissiya   ma'lumotlariga   ko‘ra,   ommaviy
qatag‘onlarning sabablarini aniqlash uchun quyidagi raqamlar e'lon qilindi: 1 548
366 kishi antisovet faoliyatida ayblanib hibsga olindi, ulardan 681 692 kishi o‘lim
jazosiga   hukm   qilindi.  Tarixchi  Viktor   Zemskov,  SSSRdagi  siyosiy   qatag‘onning
demografik   jihatlari   bo‘yicha   eng   nufuzli   ekspertlardan   biri.   "Buyuk   terror"
yillarida hukm qilinganlarning kamroq sonini - 1 344 923 kishini nomlaydi, garchi
uning ma'lumotlari qatl etilganlar soniga to‘g‘ri keladi. Mulkidan mahrum bo‘lgan
odamlarning   soni   o‘sha   Zemskov   tomonidan   keltirilgan.   Majburiy   deportatsiyaga
uchragan   ayrim   xalqlar   –   nemislar,   polyaklar,   finlar,   qorachoylar,   qalmoqlar,
armanlar,   chechenlar,   ingushlar,   bolqarlar,   qrim   tatarlari   ham   Stalin   qatag‘onlari
18
  Эдиев  Д.М.   -   Демографические  потери  депортированных  народов  СССР.  —  Ставрополь,  2003.
С.225.
11 qurbonlari   edi.   Ko‘pgina   tarixchilar   deportatsiya   qilinganlarning   umumiy   soni
qariyb 6 million kishi ekanligiga qo‘shiladilar. 19
Yuqoridagi   raqamlar   asosan   OGPU,   NKVD,   MGB   hisobotlariga   asoslanadi.
Biroq,   jazo   bo‘limlarining   barcha   hujjatlari   saqlanib   qolmagan,   ularning   ko‘plari
ataylab yo‘q qilingan, ko‘plari hali ham yopiq. Shuni tan olish kerakki, tarixchilar
turli maxsus idoralar tomonidan to‘plangan statistik ma'lumotlarga bog‘liq. Ammo,
qiyinchilik   shundaki,   hatto   mavjud   ma'lumotlar   ham   faqat   rasman   qatag‘on
qilinganlarni   aks   ettiradi   va   shuning   uchun   ta'rifga   ko‘ra,   to‘liq   bo‘lishi   mumkin
emas.   Bundan   tashqari,   uni   birlamchi   manbalardan   faqat   kamdan-kam   hollarda
tekshirish mumkin. Ishonchli va to‘liq ma'lumotlarning keskin tanqisligi ko‘pincha
stalinchilarni ham, ularning raqiblarini ham o‘z pozitsiyalari foydasiga tubdan farq
qiluvchi shaxslarni nomlashga undadi. 
Aytish   mumkinki,   bizda   mavjud   bo‘lgan   manbalarga   asoslanib,   Stalinist
qatag‘onlarning   ko‘lami   taxminiy   bo‘lishi   mumkin.   Federal   arxivlarda
saqlanadigan   hujjatlar   zamonaviy   tadqiqotchilar   uchun   yaxshi   yordam   bo‘ladi,
ammo ularning ko‘pchiligi qayta tasniflangan. 
SSSR   Bosh   prokurori   Rudenko   taqdim   etgan   ma’lumotga   ko‘ra,   1954-yil
fevral   oyida   ichki   ishlar   vaziri   Kruglov   va   adliya   vaziri   Gorshenin   1921-yil   1-
fevraldan   1954-yil   1-fevralgacha   3   770   380   kishi   "Aksil-inqilobiy   jinoyatlar"
uchun   sudlangan,   shu   jumladan   o‘lim   jazosiga   642   980   nafar   fuqaro,   lager   va
qamoqxonalarda   saqlashga   2   369   320   fuqaro   mahkum   etilgan   edi.   Ayrim
ma’lumotlarga   ko‘ra,   Stalin   hokimiyati   davrida   lagerlarda   1,76   mln   inson   vafot
etgandi. Bu holat  I.V.Stalin hukumat teppasida bo‘lgan vaqtda amalga oshganligi
barcha aybni  uning bo‘yniga  qo‘yilishda  oddiy asos  bo‘lib xizmat  qiladi. Ammo,
Stalindan   tashqari   partiyaning   boshqa   a’zolarining   ham   alohida   xalqlarga,
guruhlarga, shaxslarga nisbatan rejalari ham repressiyalarga asos bo‘lgan. Birgina
Beriya shaxsining ko‘pgina masalalardagi ta’siri yuqoriligini ko‘rib bilish mushkul
emas. 20
 
19
  Земсков В.Н. - К вопросу о масштабах репрессий в СССР // М. : 1995 С.118 .
20
  Земсков  В.Н.  -  Демография  заключенных,  спецпоселенцев  и  ссыльных.  1930-е  -  1950-е  годы  //
Население   России   в   XX   веке:   Научная   конференция   в   ознаменование   десятилетия   Центра
12 Deportatsiya qilingan xalqlar turli manbalardagi turlicha fikrlarni solishtirish
natijasida   xolis   fikr   keltirib   chiqarish   ham   mushkul   ish   hisoblanadi.   Chunki,
Xrushchev   davridan   boshlab,   repressiyalar   I.V.Stalinning   shaxsiy   irodasi   bilan
uyushtirilganligi   aytib   kelindi.   1990-yillargacha   deportatsiya   qilingan   xalqlar
to‘g‘risida, umuman, deportatsiyalar to‘g‘risida deyarli so‘z ochilmasdi. Bu haqida
gap   borganda   ham,   urush   davrida   xoinlikda,   Qizil   Armiyaga   qarshi   harakatlarda,
harbiy   xizmatdan   bo‘yin   tovlash   kabi   jinoyatlar   deportatsiyaga   asos   qilib
ko‘rsatilardi.   1990-yillarning   oxirlarida   2000-yildan   keyingi   davrlardagi   ilmiy
ishlarda   bu   masala   boshqacharoq   ko‘rib   chiqilmoqda.   Sababi   oxirgi   vaqtlarda
maxfiylikda   saqlangan   deportatsiya   jarayonlari   to‘g‘risidagi   arxiv   hujjatlar
oshkoralikka   berildi.   Bu   esa   vaziyatni   asosli   ravishda   ochib   berish   imkoniyatini
beradi.   Albatta,   hujjatlar   o‘lim   holatlari   nisbatan   kamaytirib   berilsa-da,   umumiy
jihatlari,   deportatsiya   jarayonlari,   deportatsiya   sabablari,   natijalari   va   oqibatlari
to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lishimizga imkoniyat yaratadi.   
Xalqlarni   deportatsiya   qilish   SSSRdagi   siyosiy   repressiya     shakllaridan   biri
edi.   Deportatsiyaning   qatag‘on   sifatidagi   asosiy   xususiyatlari   ularning   suddan
tashqari, umumbashariy, majburlash va ijtimoiy xavfli tabiati - odamlarning katta
massasining   geografik   jihatdan   uzoq,   notanish   va   ko‘pincha   xavfli   muhitga
ko‘chishi edi.
Ikkinchi   jahon   urushining   dramatik   epizodlaridan   biri   dushman   bilan
hamkorlikda   ayblangan   SSSRning   bir   qator   xalqlarining   ko‘chirilishi
edi.   Xrushchev davridan boshlab bu deportatsiyalar hech qanday asosga ega emas
deb hisblanib, bu ish faqat Stalinning xohishiga ko‘ra amalga oshirilgan deyilardi.
Mana, universitet darsligidan olingan odatiy iqtibos:
"Nima   uchun   NKVD   qo‘shinlari   va   Sovet   armiyasining   zaxira   bo‘linmalari
yuz   minglab   begunoh   odamlarni   yashash   uchun   mo‘ljallanmagan   joylarga   olib
borishlari, askarlarni frontdan olib chiqishlari, minglab vagonlarni egallab olishlari
va temir yo‘llarni yopib qo‘yishlari kerak edi.   Ehtimol, bu ish rahbarning injiqligi
демографии   и   экологии   человека.   Москва,   21-22   декабря   1998   года.   Тезисы   докладов.   М.:
ИНПРАН, 1998 С. 39-41
13 edi,   u   NKVDdan   ba'zi   millat   vakillarining   nemis   bosqinchi   hokimiyatiga
muxtoriyat so‘rab murojaat qilgani haqida xabar oldi. Stalin mustaqillikka bo‘lgan
intilishlarini   sindirish   va   o‘z   imperiyasini   mustahkamlash   uchun   kichik   xalqlarni
bo‘ysundirishga umid qilgan.
Xuddi shunday xulosa V.N.Zemskovning kitobida keltirilgan:
“Barcha   ko‘rsatkichlarga   ko‘ra,   I.V.Stalin   va   uning   atrofidagilar   o‘zlari
boshqargan   davlatning   milliy   xilma-xilligidan   g‘azablangan.   Bir   qator   mayda
xalqlarning   deportatsiyasi   sovet   jamiyatida   assimilyatsiya   jarayonlarini
tezlashtirish   maqsadiga   aniq   xizmat   qildi.   Bu   kichik   xalqlarni   katta   etnik
hududlarga assimilyatsiya  qilish orqali  kelajakda ularni yo‘q qilish uchun ataylab
olib   borilgan   siyosat   edi   va   ularning   tarixiy   vatanlaridan   quvib   chiqarilishi   bu
jarayonni tezlashtirishi kerak edi". 21
So‘nggi   bayonot   muallifi   salohiyatsiz   jurnalist   emas,   balki   u   jiddiy
tadqiqotchi   bo‘lgani   uchun   uning   qarashlarida   qaysi   manbalarga   asoslanganligini
bilish   kerak.   “Sovet   jamiyatida   assimilyatsiya   jarayonlarini   tezlashtirish”
tushunchasiga milliy respublikalar barpo etish, qator xalqlar uchun milliy yozuvni
rivojlantirish,   ularning   ona   tilida   o‘qitishni   joriy   etish   kabi   chora-tadbirlar   qay
darajada   mos   kelishini   ham   bilib   olishimiz   kerak.   Nihoyat,   nima   uchun   "Mayda
xalqlarni   yo‘q   qilish   bo‘yicha   maqsadli   siyosat"ga   bunchalik   katta   harakatlar
amalga   oshirildi?   Bu   jarayonda   bolqorlar   quvilgan,   ammo   kabardinlar   qolgan,
chechenlar va ingushlar deportatsiya qilingan, ammo osetinlarga tegilmagan?
Stalinni   ayblovchilar   ikkinchi   jahon   urushi   yillarida   xalqlarning
deportatsiyasini   misli   ko‘rilmagan   vahshiylik   sifatida   ko‘rsatmoqdalar.   Ayni
paytda, bunday choralar g‘ayrioddiy emas edi.
Urushdan   oldingi   deportatsiyalar,   masalan,   Uzoq   Sharqdan   ko‘chirish   Sovet
hukumati   tomonidan   "Ixtiyoriy   ko‘chirish"   deb   ta'riflangan,   chunki   operatsiyani
tayyorlashda   ko‘chirilgan   xalqlarning   partiya   amaldorlari   qatnashgan   va   yangi
joyda   ular   partiya   vakolatlari   hamda   lavozimlarini   qabul   qilishgan.   Keyinchalik
21
  Земсков   В.Н.   Демография   заключенных,   спецпоселенцев   и   ссыльных.   1930-е   -   1950-е   годы   //
Мир России. Т.  VIII . Социология. Этнология. 1999 № 4 С. 114.
14 deportatsiya   holatlari   salbiy   baholandi   va   postsovet   davrida   ular   Yevropa
parlamenti tomonidan genotsid va insoniyatga qarshi jinoyatlar sifatida qaraladigan
bo‘ldi. 22
  SSSRda   RSFSR   Oliy   Kengashi   tomonidan   1991-yil   26-aprelda   qabul
qilingan   “Qatag on   qilingan   xalqlarni   reabilitatsiya   qilish   to g risida”gi   qonungaʻ ʻ ʻ
muvofiq, xalqlar, millatlar, millatlar yoki etnik guruhlar va boshqa tarixiy jihatdan
tashkil   etilgan   boshqa   madaniy   va   etnik   jamoalar   qatag‘on   qilingan   deb   e'tirof
etilgan. Ularga nisbatan milliy yoki boshqa mansublik asosida tuhmat siyosati olib
borilgan genotsid davlat darajasida amalga oshirildi, bu ularni majburan ko‘chirish,
milliy-davlat   tuzilmalarini   tugatish,   milliy-hududiy   chegaralarni   o‘zgartirish,
maxsus   aholi   punktlarida   terror   va   zo‘ravonlik   rejimini   o‘rnatish   bilan   birga
amalga oshirildi.
2010-yillarda   bir   qator   tarixchilar   (Nikolay   Bugay   va   boshqalar)   SSSR
aholisini   Sovet   Ittifoqi   chegaralariga   majburan   ko‘chirishga   nisbatan
"Deportatsiya"   tushunchasidan   foydalanishni   tanqid   qilishdi.   "Deportatsiya"
tushunchasi  o‘rniga Nikolay Bugay va boshqalar "Majburiy ko‘chirish" atamasini
qo‘llashni taklif qilishdi.
Sovet   davridagi   majburiy   migratsiyaga   nisbatan   turli   tushunchalar
qo‘llaniladi.   Masalan,   tarixchi   olim   L.N.Dyachenko   2013-yilda   Qirg‘iziston
SSRga   majburiy   migratsiya   masalalari   bo‘yicha   doktorlik   dissertatsiyasida
quyidagi   tushunchalardan   foydalangan:   "Jami   deportatsiyalar";   "Repressiv
deportatsiya"; "Majburiy deportatsiya"; "Milliy mansubligi bo‘yicha" deportatsiya;
"Geosiyosiy   deportatsiyalar".   Bunday   atamalar   SSSRdagi   majburiy   migratsiya
bo‘yicha   mashhur   tadqiqotchi   Nikolay   Bugayning   tanqidiga   sabab   bo‘ldi.
Bugayning fikricha, bunday tushunchalardan foydalanish maqsadga muvofiq emas.
Bugayning   o‘zi   bu   migratsiyalarni   ko‘rib   chiqishda   “Majburiy   ko‘chirish”
tushunchasidan foydalanadi. Sovetlarning majburiy ko‘chirilishi munosabati  bilan
"Deportatsiya" atamasi qo‘llanilishini faqat Bugay tanqid qilmaydi.  
22
  Полян   П.М.   -   Любимые   игрушки   диктатора.   Размышления   о   советской   депортационной
политике //  М. : 2001.  C .268.
15 1943-1944-yillarda   qalmoqlar,   ingushlar,   chechenlar,   qorachoylar,   bolqorlar,
qrim-tatarlar,   nog‘aylar,   mesxeti   turklari,   pontik   yunonlar,   bolgarlar,   kurdlarni
ommaviy   surgun   qilish,   asosan,   nemis   fashistlari   bilan   hamkorlikda   ayblash   va
qurolli kuchlarga qarshi keng qamrovli qurollar bilan qurollangan. 23
 
Ikkinchi  jahon urushi  yillarida 61 millatdan iborat  xalqlar  va aholi  guruhlari
ko‘chirilishi   kerak   edi.   Deportatsiyaning   asl   sabablari,   tarixchi   Aleksandr
Statiyevning   fikricha,   ko p   hollarda   urushdan   oldingi   yillardagi   deportatsiyaʻ
qilingan xalqlar  va davlat vakillari  o rtasidagi  mojarolar, geosiyosiy  mulohazalar,	
ʻ
mahalliy   partiya   organlarining   siyosiy   o‘yinlari,   Stalinning   shaxsiy   injiqliklari,
etnik yuqori martabali amaldorlarning noto‘g‘ri qarashlari va shundan keyingina -
urush   yillarida   haqiqatda   antisovet   faoliyati   rasmiylarning   ichki   yozishmalarida
ham   Sovet   hukumati   Qrimda   jiddiy   gumon   qilganligini   ko‘rsatadigan   biror-bir
hujjatni topish mumkin emas edi. 
I.V.Stalin   ikkinchi   jahon   urushi   boshlanishi   bilan   avvaldan   rejalashtirilgan
deportatsiya   jarayonlarini   boshlab   yubordi.   Ikkinchi   jahon   urushidagi
deportatsiyalarning   oldingilaridan   farqi,   uning   ko‘lam   jihatdan   kengligi   edi,   yuz
minglab   aholi   bir   necha   kunlarda   ko‘chirilganligini   bir   necha   voqelikda   ko‘rish
mumkin edi. Ko‘chirishning ijrosini amalga oshirishda NKVDning nizomi asosida
tizimli   ravishda  amalga  oshirildi.  1939-1941-yillarda G‘arbiy Ukraina va  G‘arbiy
Belorussiyaning yuz minglab polyaklari  deportatsiya jarayonlari amalga oshirildi.
Ularning ko‘pchiligi maxsus ko‘chirilganlar saflarini to‘ldirishdi. Ularning maxsus
ko‘chirilgan hududlari tez orada 1941-yil kuzida ozod qilingandi. 
1940-1941-yillarda SSSR g‘arbiy hududlaridan “Antisovet kuchlar”ni surgun
qilish jarayonlari avj  oldi (ularning ko‘pchiligi ikki   kunda – 1941-yil 13-14-iyun
kunlari   surgun   qilindi).   Milliy   jihati   ochiqchasiga   aytilmagan   bo‘lsa-da,   lekin
amalda   harakatlar   milliy   tozalashlar   ko‘rinishiga   ega   bo‘ldi,   buni   qrim   tatarlari,
23
  Бердинских В.А. Спецпоселенцы: Политическая ссылка народов Советской России. — М., 2005.
— С. 650.
16 chechen-ingushlar,   qorachoylar,   qalmoqlar   misolida   ko‘rish   mumkin.   1937-yilda
boshlangan kurdlar deportatsiyasi 1944-yilda o‘z nihoyasiga yetdi. 24
  
Ko‘pgina deportatsiyalarning tashabbuskori NKVD xalq komissari Lavrentiy
Beriya   bo‘lib,   u   bosh   qo‘mondonga   tavsiyalar   bilan   hisobotlar   taqdim   etgan.
Ammo, qaror Iosif Stalin tomonidan qabul qilingan va u mamlakatda sodir bo‘lgan
hamma narsa uchun shaxsan javobgar edi. Butun bir xalqni o‘z vatanidan mahrum
qilish, uni cho‘l, sovuq dashtda bolalar va qariyalar bilan qoldirish uchun qanday
sabablar yetarli deb hisoblangan?
-   Josuslik,   istisnosiz   barcha   qatag‘on   qilingan   xalqlar   bunda   ayblangan.
"Mahalliy bo‘lmaganlar" o‘z ona mamlakatlari uchun josuslik qildilar deya talqin
qilinadi.   Koreyaliklar   xitoyliklar   bilan   Yaponiya   foydasiga   josuslik   qilishgan
degan   fikrlar   ham   mavjud   edi.   Mahalliy   xalq   esa   nemislarga   ma'lumot
yetkazganlikda ayblanardi.
-   Dushman   bilan   hamkorlik.   Urush   paytida   ko‘chirilganlarni   nazarda   tutadi.
Bu nemislar  tomonidan tashkil  etilgan armiya, politsiya va boshqa tuzilmalardagi
xizmatni nazarda tutadi. Masalan, nemis feldmarshali Erix fon Manshteyn shunday
deb   yozgan   edi:   "...Qrimning   tatar   aholisining   aksariyati   bizga   juda   samimiy
munosabatda   bo‘ldi.   Biz   tatarlardan   o‘z-o‘zini   himoya   qilish   qurolli
kompaniyalarini tuzishga muvaffaq bo‘ldik, ularning vazifasi qishloqlarini himoya
qilish   edi.   Yayla   tog‘larida   yashiringan   partizanlarning   hujumlaridan.   1942-yil
mart oyida 4 ming kishi o‘zini himoya qilish kompaniyalarida xizmat qilgan, yana
5 ming kishi zaxirada edi. 1942-yilning noyabriga kelib, 8 ta batalyon, 1943-yilda
yana   2   ta.   Qrimdagi   fashistik   qo‘shinlar   tarkibidagi   Qrim   tatarlarining   soni,   N.F.
Bugay ma’lumotlariga ko‘ra, 20 mingdan ortiq kishidan iborat edi.
I.V.Stalinning   ommaviy   surgun   qilish   jarayonlari   markaziy   hokimiyatni
yanada mustahkamlash, hukumatga qarshi kuchlarni ildizi bilan yo‘qotish, yagona
sovet   xalqini   yaratish   va   shu   kabilar   edi.   U   qatag‘on   jarayonlarini   uyushtirishda
yana qanday maqsadlarni ko‘zlagandi? 
24
  Полян   П.М.   -   Депортации   и   этничность   //   Сталинские   депортации.   1928—1953.   —   М.:   МФД,
Материк, 2005. — С. 546.
17 -   Mumkin   bo‘lgan   uchinchi   jahon   urushi   arafasida   mamlakat   uchun   eng
muhim   hududlarni   markazga   so‘zsiz   bo‘ysunishini   ta’minlash.   Biror-bir   muhim
voqea uchun joyni "Tayyorlash". Yalta konferensiyasi oldidan Qrim tatarlari quvib
chiqarildi.   Abverning   mahalliy   tatarlar   orasida   qanchalik   keng   agent   bazasi
borligini Sovet maxsus xizmatlari juda yaxshi bilishardi. 25
 
- Katta milliy nizolar, ayniqsa Kavkazda yuzaga kelishi ehtimolidan qochish.
SSSR aholisining katta qismi Moskvaga sodiqlikni saqlab qoldi, ular bosqinchilar
bilan   hamkorlik   qilgan   xalqlardan   qasos   olishni   boshlashi   mumkin   edi,   shuning
uchun buning oldi olinishi kerak edi. 
- Milliy avtonomiyalarni batamom tugatish, uning aholisini iloji boricha keng
hududlarga tarqatib yuborish.
Deportatsiyaning   istalgan   ko‘rinishi   salbiy   jihat,   albatta.   Ammo,
Stalinchilarning bu harakatlarni oqlashga urinishida quyidagi fikrlar bildiriladi. 
Xalqlarining deportatsiyasi ikkinchi jahon urushi davrida faqatgina SSSRning
amaliyoti   bo‘libgina   qolmasdan,   AQShning   yaponlarga   nisbatan   siyosati   va   shu
kabi   g‘arb   davlatlarining   olib   borgan   deportatsiya   siyosati   qiyoslab   ko‘rsatiladi.
Stalinchilar   Stalin   siyosati   bilan   g‘arb   davlatlari,   xususan,   Angliya   va   Fransiya
mustamlakachi   ma'muriyatlarining   harakatlari   o‘rtasida   o‘xshashliklarni
o‘rnatishga   harakat   qilishadi.   Yevropa   mustamlakachi   imperiyalari
mustamlakalarda   (masalan,   Jazoir   yoki   Hindiston)   titulli   millat   vakillarining
mavjudligini   ko‘paytirdi.   Britaniya   hukumat   doiralari   har   doim   o‘z   imperiyasida
kuchlarning   etno-konfessional   muvozanatini   o‘zgartirishga   qarshi   bo‘lgan.
Xalqlardan   shaxmat   donalari   sifatida   foydalanishni   amalda   qo‘llagan   yagona
imperiya Usmonlilar imperiyasi edi. Aynan o‘sha yerda ular Kavkazdan musulmon
qochqinlarni   (chechenlar,   cherkeslar,   avarlar   va   boshqalar)   Bolgariya,   Bolqon   va
Yaqin Sharqdagi arab mamlakatlariga joylashtirish g‘oyasini ilgari surdilar. Stalin,
ehtimol milliy siyosatni turk sultonlaridan o‘rgangan.
25
  Бугай   Н.Ф.   -   Защита   состоялась,   проблемы   остаются…   //   Приволжский   научный   вестник.   —
2014. С.135.
18 Xullas,   I.V.Stalinning   ikkinchi   jahon   urushida   o‘z   hokimiyati   davridagi
ikkinchi   yirik   repressiyalari   yuz   minglab   aholini   tub   yashash   yerlaridan   o‘zga
yurtlarga surgun qilinishi  yirik ko‘lamda amalga oshirildi. Barcha holatlarda ham
I.V.Stalinning shaxsiy buyrug‘i  bilan deportatsiyalar  amalga oshmagan bo‘lsa-da,
davlat boshlig‘i sifatida bunday ko‘lamdagi repressiyalarga javobgarlik aynan unga
yuklanadi.   
1. 2 -§. Kavkaz xalqlarining deportatsiyasi sabablari
Ikkinchi   jahon   urushi   davrida   Kavkaz   xalqlarining   deportatsiya   qilinishi
mavzusi,   xususan,   chechen-ingushlar   deportatsiyasi   1980-yillargacha   eng   yopiq
19 mavzulardan biri  edi. Uning maxfiy hujjatlari  saqlanish  muddati nihoyasiga  yetib
yaqin vaqtlardan birin-ketin oshkora qilina boshlandi. Endilikda bu nozik mavzuni
yoritish imkoniyati ham mavjud bo‘ldi. 1950-yil o‘rtalarida Xrushchevning Stalin
faoliyatining   salbiy   jihatlari   fosh   qilinganida,   deportatsiya   ma’lumotlari   sir
saqlanganligi, hattoki, deportatsiya o‘tkazilganligining o‘zi ham yashirib kelingan.
Bilmaganlar   chechen   va   ingushlar   to‘g‘risida   deportatsiyagacha   yoki
deportatsiyadan keyingi davr ma’lumotlaridangina bilib olishi mumkin edi. 
Bu   xalqlarning   reabilitatsiya   qilinishidan   keyin   ham   ularning   deportatsiyasi
to‘g‘risidagi   “Ortiqcha”   ma’lumotlar   berilishi   taqiqlangandi.   SSSRda   amalga
oshirilgan   deportatsiyalar   haqida   birinchi   G‘arbda   so‘z   ochilgandi.   Jazolangan
xalqlar   reabilitatsiyasi   boshlanishidan   uch   yil   o‘tiboq   1960-yilda   AQShda
R.Konkvestning   “Sovet   xalqlarining   deportatsiyasi”   nomli   kitobi   nashr   etildi.   U
SSSRdagi etnik deportatsiyalarni podsho Rossiyasi mustamlakachilik siyosatining
davomi   sifatida   ko‘rardi.   Konkvest   ishonchli   bo‘lmagan   manbalarga   tayanib   ish
ko‘rdi,   masalan,   u   Qozog‘istonda   chechenlar   bilan   muloqotda   bo‘lgan   avstriyalik
asirlardan   ma’lumot   to‘plashda   foydalangandi.   Undan   tashqari,
N.S.Xrushchevning   KPSSning   XX   qurultoyidagi   “Maxfiy”   hisobotidan   ham
foydalanildi.   Aniq  bo‘lmasa   ham   R.Konkvest   “Jazolangan   xalqlar”  deportatsiyasi
xronologiyasi   va   statistikasi   to‘g‘risida   dastlabki   yo‘nalishni   bera   oldi.   U
SSSRdagi jazolangan xalqlarning birinchi xaritasini ham ishlab chiqdi. 26
 
1978-1979-yillarda   nashr   etilgan   A.Nekrichning   “Jazolangan   xalqlar”   nomli
kitobi   alohida   e’tiborga   molik.   Bu   kitob   muallif   tomonidan   SSSRda   yashagan
vaqtida   yozilgandi.   Bu   kitobda   deportatsiya   ilk   bor   to‘liq   ko‘rinishda   ko‘rib
chiqilib,   yirik   ilmiy   muammo   ekanligi   ta’kidlangan.   Unda   Qrim,   Qalmoq   va
Shimoliy Kavkaz xalqlarining deportatsiyalariga alohida e’tibor qaratilgan. Uning
asarlariga   asos   sifatida   o‘sha   davrdagi   kam   sonli   ikkinchi   jahon   urushi   tarixiga
tegishli   manbalar   xizmat   qilgan.   Shuni   ta’kidlash   kerakki,   o‘sha   davrda   bu
masalaga   oid   arxiv   hujjatlari   maxfiyligi   yuqori   darajada   bo‘lgan.   2000-yillardan
26
  Козлов   В.А.   –   Вайнахи   и   имперская   власть :   проблем ы   Чечни   и   Ингушетии   во   внутренней
политике России и СССР. – М.: 2011. C .640.
20 so‘ng   arxiv   hujjatlarining   aksariyati   maxfiylik   muddati   tugashi   natijasida
oshkoralikka berilgan. Shu sababli, 2000-yildan keyingi davrdagi ilmiy izlanishlar
nisbatan xolisona yaratilganligini ko‘rishimiz mumkin. 
Deportatsiyalar   bo‘yicha   ilk   ilmiy   maqolalar   hamda   asosli   asarlar   SSSR   va
Rossiya   tarixchilari   tomonidan   1980-yillarning   oxirlarida   yaratila   boshlandi.
Rossiya   va   MDH   davlatlarining   maxfiylikka   ega   bo‘lgan   arxiv   hujjatlarining
oshkora qilinishi natijasida, deportatsiya mavzusiga qiziqish yanada ortishiga olib
keldi.   Bu   sohada   mehnat   qilgan   tarixchi,   etnograf   va   arxivistlar   ilmiy   izlanishlar
juda   muhim.   Xususan,   S.U.Aliyeva,   N.F.Bugay,   M.A.Viltsan,   X.M.Ibragimbeyli,
O.L.Milova,   V.P.Sidorenko,   I.V.Pixalov,   P.Polyan   va   boshqalarni   aytishimiz
mumkin.   Ayrim   maqolalarning   nomlari   SSSR   davrida   yaratilganligini   yaqqol
namoyon   etadi,   chunki   u   davrda   davlat   nomonidan   nashriyot   qat’iy   tartibda
nazoratga   olingan   bo‘lib,   ruxsat   etilgan   mavzulardagina   nashriyotga   berish
mumkin edi. Masalan, “1941-1942-yillarda Qizil Armiya ortidan pichoq sanchgan
chechen   natsionalistlari”   nomidan   kelib   chiqib,   o‘sha   davr   talablarini   bilib   olish
qiyin   emas.   2000-yillardan   so‘ng   bu   tendensiya   o‘zgara   bordi,   endilikda,   Kavkaz
xalqining   ayrim   vakillarining   jinoyatlari   tufayli   butun   xalqlarning   tub   yashash
yeridan surgun qilinishi qoralana boshlandi. 27
 
Ikkinchi   jahon   urushi   arafasida   sovetlar   va   Kavkaz   aholisi   o‘rtasidagi
munosabat   ziddiyatga   bora   boshladi.   Bunga   sabab,   ularning   umumiy   harbiy
safarbarlikka jalb qilinganligi edi. 1938-yilgacha chechen va ingushlarning harbiy
xizmatga jalb qilinishi deyarli amalga oshmasdi, ulardan yiliga 300-400 nafarigina
armiyada   xizmat   qilardi.   1938-1939-yillarda   harbiy   xizmatga   jalb   qilish   keskin
oshirildi,   1940-1941-yillardan   boshlab   esa   chechen-ingushlar   umumiy   harbiy
majburiyatga   jalb   qilina   boshlandi.   NKVD   ma’lumotlariga   ko‘ra,   birinchi   harbiy
safarbarlik vaqtida  – 1941-yil  avgust  oxiri  – sentyabr  boshlarida  harbiy xizmatga
jalb   qilingan   8   ming   chechen-ingushlarning   450   nafari   yo‘lda,   269   nafari
yo‘naltirilgan yerda harbiy xizmatdan bo‘yin tovladilar. 1941-yil oktyabrda 1922-
27
 Ситнянский Г.Ю., Бушков В.И. – Миграции населения в Центральной Азии прошлое, настоящее
и будущее. М. 2016.  C .53.
21 yilda   tavallud   topgan   chaqiriluvchilarning   4733   nafaridan   362   nafari   chaqirilgan
harbiy xizmatga kelmay harbiy xizmatdan bo‘yin tovladilar. 
1942-yil 17-25-mart kunlari chechen-ingushlarning ikkinchi ommaviy harbiy
safarbarligi e’lon qilindi. Bunda harbiy safarbarlik ro‘yxati bo‘yicha 14   577 nafar
nomzod   kelishi   ko‘zda   tutilgandi,   ammo   ulardan   4395   nafarinigina   harbiy
xizmatga jalb qilish imkoni bo‘ldi, xolos. 1942-yil  martiga kelib Chechen-Ingush
ASSR   harbiy   chaqiriluvchilari   orasida   harbiy   xizmatdan   bo‘yin   tovlaganlar   soni
13   500   nafarga   yetdi.   Bundan   ko‘rinib   turibdiki,   ikkinchi   jahon   urushi   davrida
sovet hukumati va chechen-ingushlar o‘rtasidagi ziddiyat kuchaya borgan. Ammo,
turli ma’lumotlarga ko‘ra 9-40 ming chechen-ingush Qizil Armiya saflarida xizmat
qilib fashizmga qarshi kurashgan, bu esa ular orasida ham sovet hukumatiga qarshi
bo‘lgan   va   sovet   hukumati   tomon   bo‘lgan   ikki   yo‘nalish   shakllanganligini
ko‘rishimiz   mumkin   bo‘ladi.   Tarixchilarning   ko‘plab   ma’lumotlarining   bir-biriga
zid  kelganligi   sababli,   ikkinchi   jahon   urushida   chechen-ingushlarning  sodda   qilib
aybdor   yoki   aybdor   emas   deyish   qiyin,   bunda   ko‘plab   omillar   tarixchilarni   qiyin
vaziyatga keltirib qo‘yadi. 28
1941-yil   kuzida   bir   qator   tog‘li   hududlarda   chekistlar   harbiy   bo‘linmalari
yaratila   boshlandi.   Undan   tashqari,   Xasan   Isroilov   tomonidan   ko‘tarilgan
qo‘zg‘alon bostirilishi uchun ham maxsus guruh shakllantirildi. 1941-yil oktyabrda
ikkita alohida qo‘zg‘alon Shatoyev, Cheberloyev, Itum-Kalin, Veden va Galanchoj
tumanlarini   qamrab   oldi.   1942-yil   boshlarida   bu   qo‘zg‘alonlarning   yetakchilari   –
Xasan   Isroilov   (Terloyev)   va   Mairbek   Sharipov   birlashib   Chechen-Ingushetiya
xalq-inqilobiy hukumatini tashkil etishdi. 
1942-yil   yozida   Shimoliy   Kavkazga   fashistlar   bostirib   kirishdi,   ammo
Chechen-Ingush   ASSR   hududi   amalda   qamalda   bo‘lmadi.   Gitler   Grozniy   neft
korxonalarigacha qancha intilmasin yeta olmadi. SSSRdagi boshqa xalqlarda ham
o‘z   qahramonlari   va   xoinlari   bo‘lgan,   ammo   chechen-ingushlar   hududi   qamalda
bo‘lmagan, qalmoq, qorachoy, bolqorlar hududlari esa qamalda bo‘lgandi. Ammo,
28
  Полян П.М.   -   Насильственные миграции  в бывшем  СССР  // Миграционная  ситуация в странах
СНГ. М., 1999. С. 272
22 ayrim   xoinlar   sababli   nemislarni   ko‘rmagan   butun   xalqni   surgun   qilish   mushkul
edi.   Shuning   uchun,   deportatsiyaga   asos   bo‘luvchi   rasmiy   tarzdagi   ayblov:   “…
Sovetlar   va   Qizil   Armiyaga   qarshi   qaratilgan   terrorchilik   harakatlaridagi   deyarli
barchaning qatnashganligi va faol ishtiroki” ko‘rsatildi. 
Bunday   ayblovning   qayerdan   paydo   bo‘lganligiga   e’tibor   qilsak,   1942-yilda
front   chizig‘ining   Chechen-Ingushetiya   chegaralariga   yaqinlashib   qolganligi
natijasida   antisovet   kuchlari   faollashdi.   1942-yil   avgust-sentabr   oylarida
chechenlarning   kolxozlarining   deyarli   barchasi   tarqatib   yuborildi,   undan   keyin
Isroilov-Sharipov   qo‘zg‘aloni   avj   olib   ketdi.   1942-yilda   qo‘zg‘alonchilarning
uchinchi   yetakchisi   Javotxon   Murtazaliyev   bo‘ldi.   Chechenistonda   ilgariroq
harakatda bo‘lgan kuchlar vakillari qo‘zg‘alonchilarga qo‘shildi, jumladan Amchi
Badayev,   Idris   Magadanov,   Qudus   Xamzayev,   Ismoilov,   Sangiriyev,   Dibzeligov,
Sirali   Maxmudov   hamda   dog‘istonlik   Muhammad   Gadjiyevlar   harakatning   faol
a’zolariga   aylanishdi.   Aynan   shu   vaqtda   –   1942-yil   kuzida   nemislarning   desant
orqali tushirilgan ayg‘oqchilari ham kelib tushdi. 
Chechen-Ingushetiyadagi   1941-1943-yillardagi   qo‘zg‘alonlarning   ko‘lami
kattaligiga   qaramasdan,   ularning   soni   butun   hudud   xalqlarining   to‘liq
qatnashganligiga asos bo‘la olmaydi. 29
 
Ikkinchi   jahon   urushi   davrida   jinoyatchi   to‘dalarning   sovetlarga   qarshi
harakatlari faollikda davom etdi. Bu esa ularga qarshi kurashuvchi tashkilotlarning
ishini ko‘paytirardi, lekin bunda jinoiy to‘dalarning a’zolari soni jihatidan umumiy
miqdori   bir   necha   mingni   tashkil   qilardi.   Bundan   kelib   chiqadiki   bir   necha   ming
kishilik jinoyatchilar ko‘chirilgan yuz minglab aholiga to‘g‘ri kelmaydi. 
1943-yil   oktabrida   vaziyatni   o‘rganish   uchun   respublikaga   ichki   ishlar
narkom   o‘rinbosari   B.Kobulov   tashrif   buyurdi.   Shu   yilning   noyabrida
V.Chernishev qalmoqlar surgun qilingan hududlar NKVD rahbarlari bilan yig‘ilish
o‘tkazdi. U 0,5 mln vaynaxni (chechen va ingushlar) deportatsiya qilishni nazarda
tutgan   va   yaqin   fursatda   o‘tkazilishi   rejalashtirilgan   “Chechevitsa”   maxfiy
operatsiyasi   to‘g‘risida   ham   maslahatlashdi.   200   ming   odamni   Novosibirsk
29
  Полян П.М. –  Не по своей воле... М. 2001. С.116 .
23 viloyatiga joylashtirish, 35-40 ming aholini Oltoy, Krasnoyarsk viloyati va Omsk
viloyatlariga   joylashtirish   ko‘zlangandi.   Ammo,   bu   hududlar   bunday   jarayondan
chetlashishga   muvaffaq   bo‘lishdi.   Beriyaning   dekabrdagi   dislokatsiyasi   bo‘yicha
chechen-ingushlar   Qozog‘iston   va   Qirg‘iziston   viloyatlariga   joylashtiriladigan
bo‘ldi. 
1944-yil   29-yanvarida   Beriya   “Chechen   va   ingushlarning   surgun   qilinishi
tartiblari   bo‘yicha   yo‘riqnoma”ni   tasdiqladi,   31-yanvarda   esa   GKO   chechen   va
ingushlarga bag‘ishlangan bir  yo‘la  ikkita  qaror  qabul  qildi. Birinchisi   №   5273 –
“Qozog‘iston va Qirg‘iziston SSR hududida maxsus ko‘chirilganlarni joylashtirish
tadbirlari   to‘g‘risida”,   ikkinchisi   –   “Shimoliy   Kavkazda   qoramol   va   qishloq
xo‘jaligi mahsulotlarini qabul qilib olish to‘g‘risida” edi. 
11-fevralda   chechen   va   ingushlarning   deportatsiyasi   kommunistik   partiya
markaziy komiteti Siyosiy byurosida ko‘rib chiqildi. Qarama-qarshilik, faqatgina,
operatsiya   o‘tkazilishi   muddatlari   borasidagina   kelib   chiqdi.   Unda   Molotov,
Jdanov,   Voznesenskiy   va   Andreyevlar   deportatsiya   jarayonini   zudlik   bilan
o‘tkazilishini   talab   qildi;   Voroshilov,   Kaganovich,   Xrushchev,   Kalinin   va   Beriya
nemislarning   SSSR   chegaralaridan   chiqarib   yuborilganidan   so‘nggina   bu   ishni
amalga   oshirish   kerakligini   istashayotgandi.   Albatta,   oxirgi   so‘zni   partiya   bosh
kotibi aytgandi. 30
 
1944-yil   17-fevralida   Beriya   Stalinga   hisobotida,   ko‘chirish   uchun   barcha
ishlar   tayyorlab   qo‘yilganligi,   aholi   hisobga   olinganligi   va   ular   459   486   kishini
tashkil   etishi   bildirildi,   bunda   Vladikavkaz   va   Dog‘istondagi   aholi   ham   hisobga
olingandi.   Operatsiya   o‘tkazilishi   hududiy   jihatdan   to‘rtta   sektorga   bo‘lingandi.
Operatsiyaning   o‘zi   sakkiz   kunga   mo‘ljallangandi.   Bu   muddatning   o‘zi   ikki
bosqichga   bo‘lingandi.   Birinchi   bosqichda,   dastlabki   eshelonlar   jo‘natilib,   unda
300 ming aholi olib ketilishi rejalashtirilgandi. Tog‘li hududlarda yashovchi qolgan
150 ming aholini ko‘chirishga esa 4 kun sarflanishi ko‘zlanib, yo‘lning noqulayligi
va olisligi hisobga olingandi. Har bir tezkor guruhda NKVDning bittadan ishchisi
30
  Козлов   В.А.   –   Вайнахи   и   имперская   власть :   проблем ы   Чечни   и   Ингушетии   во   внутренней
политике России и СССР. – М.: 2011.  c .648
24 va ikkitadan jangchi jamlangan bo‘lib, bu guruhlarning har biri bir vaqtning o‘zida
4 tadan oilani nazoratga olishi zarur edi.    
1944-yil   20-fevralda   Grozniyga   I.Serov,   B.Kobulov   va   S.Mamulov   bilan
birgalikda  shaxsan   Beriya  ham  kelgandi.  U  operatsiyaning   borishini   o‘zi  shaxsan
nazoratga  oldi.  Operatsiyaga  nihoyatda   katta  kuch  jalb  qilindi.  Unda  120  mingga
yaqin NKVD, NKGB, SMERSH ofitser va jangchilari jalb qilingandi. Ular “Tog‘li
hududlardagi   o‘quv   mashqlari”ga   deya   jalb   qilingandi.   Bunday   yirik   miqdordagi
askarlar   hattoki   ayrim   frontlarga   ham   jalb   qilinmagandi.   Bu   esa   surgun   qilish
jarayoniga   qanchalik   jiddiy   qaralganligini   ko‘rish   mumkin   bo‘ldi.   21-fevralda
Beriya   NKVD   bo‘yicha   qaror   qabul   qildi,   unda   ko‘ra   chechen   va   ingushlarni
deportatsiya   qilish   jarayoni   boshlanishi   belgilab   olindi.   22-fevralda   operatsiyaga
tayyorgarlik   jarayonlari   o‘z   nihoyasiga   yetdi.   Shu   kuni   Beriya   respublika
boshqaruv   vakillari   va   diniy   yetakchilari   bilan   uchrashdi.   Beriya   ularga   aholi
o‘rtasida kerakli darajada tushuntirish ishlarini olib borishni buyurdi. Tekislikdagi
qishloqlarda erkaklar yig‘inlari rejalashtirilgandi, ularning yig‘inlarini o‘zida ularni
qurolsizlantirib, ko‘chirish jarayoni va rejalarini chechen tilida tushuntirish maqsad
qilindi. Tog‘li hududlarda yig‘inlar rejalashtirilmadi. 
Ko‘chirish jarayoni muammosiz o‘tdi deb ham bo‘lmaydi, chunki unda 2016
odam hibsga olindi, 20   072 ta o‘qotar qurollar musodara qilindi.   
23-fevral   kuni   Checheniston   va   Ingushetiya   harbiylari   bayram   bilan
tabriklanmaydi.   Chunki vaynaxlar uchun bu ommaviy deportatsiyani xotirlash kuni
sanaladi.
Stalinistik   SSSRda   ko‘plab   Kavkaz   xalqlari   umumiy   majburiy   ko‘chirilishni
boshdan   kechirdilar:   chechenlar,   ingushlar,   qalmoqlar,   qorachoylar,   bolqorlar,
kabardin,   mesxeti-turklar   va   boshqalar.   Ular   ham   milliy,   ham   sinfiy   asosda
ko‘chirildi.   Ommaviy deportatsiyalar Boltiqbo yi davlatlari va G arbiy Ukrainada,ʻ ʻ
Kavkazda,   Leningrad   va   Kareliyada   sodir   bo ldi,   urush   va   blokada   haqida	
ʻ
gapirmasa ham bo ladi.	
ʻ   Hammasi bo‘lib 1944-yilda sharqga 873 ming kishi, 1948-
yil oktyabr oyida esa 2 million 247 ming kishi surgun qilindi.     Vaynaxlarni quvib
25 chiqarish   bo‘yicha   “Chechevitsa”   nomida   shifrlangan   operatsiya   eng   yirik
operatsiyalardan biri bo‘ldi.
U 1944-yil 23-fevralda mahalliy vaqt bilan soat 02:00 da 9 marta bloklangan
radioda   Panter  kod  signali   yangradi.   Unda  NKVD,  NKGB  va  "SMERSH"   harbiy
kontr-razvedkasining 19 mingga yaqin tezkor xodimlari va NKVD qo‘shinlarining
100   ming   nafar   harbiy   xizmatchilari   -   har   to‘rtdan   bittasi,   batafsil   ma'lumotlarga
ko‘ra   ishtirok   etdi.   Bu   tashkilotlar   qo‘shinlari   Shimoliy   Kavkazda   qayta   jangovar
shaylikka   tayyorgarlik   bahonasida   joylashtirib   qo‘yilgandi.   Ertalab   soat   oltida
harbiylar   uylarni   taqillatib,   uy   egalarini   uyg‘ota   boshladilar   va   ularga
tayyorlanishlari uchun ikki soat vaqt berdilar.   Keyin ular yuk mashinalari bilan eng
yaqin   temir   yo‘l   stantsiyalariga   olib   ketildi.   Birinchi   kunda   333   739   kishi   aholi
punktlaridan   olib   chiqildi,   176   ming   950   kishi   esa   eshelonlarga   yuklandi.   Ertalab
soat   11   da   Beriya   Stalinga   telegraf   orqali:   "Ko‘chirish   rejadagidek   davom
etmoqda.   E'tiborga   loyiq   voqealar   yo‘q”   -   va   kechqurun   u   Grozniyda   ziyofat
uyushtirdi.
Stalin   Beriyadan   voqealar   rivoji   to‘g‘risida   ma’lumot   olib   turdi.   Fevral   oyi
oxiriga kelib 478 479 kishi surgun qilib yuborildi.   Jumladan, 91   250 ingush va 387
229   chechen   badarg‘a   qilindi.     NKVD   kolonnasi   boshlig‘i   general   Bochkovning
Beriyaga hisobotidan ma'lum bo‘lishicha, 180 eshelonda odamlar jo‘natilib, har bir
eshelonda 65 tadan vagon bor edi. Har bir eshelonda o‘rtacha 2740 nafardan odam
joylangandi.   Ularda   umumiy   493   269   kishi     jo‘natildi.   Asosan   shamollash   yoki
surunkali kasalliklarning kuchayishi  tufayli  1272 kishi  vafot  etdi, yo‘lda 56 nafar
bola tug‘ildi.   20-mart holatiga kelib, ko‘chirish joyiga 491 748 nafar  deportatsiya
qilinganlar   yetib   keldi.   Har   bir   oilaga   500   kg   gacha   yuk   olishga   ruxsat   berildi,
lekin   aslida   ko‘p   narsalarni   qoldirish   kerak   edi,   chunki   45   kishi   barcha   narsalari
bilan   birga   vagonga   sig‘ishi   kerak   edi.   "Maxsus   ko‘chirilganlar"   chorva   va
g‘allalarini topshirishlari hamda buning evaziga yangi ko‘chib kelgan yerlarida shu
miqdorda   mahsulotlar   olishlari   kerak   edi,   lekin   ko‘p   hollarda   bu   to‘g‘ri
bajarilmadi.
26 Oxirgi   poyezdlar   chechen   va   ingush   nomenklaturasi   hamda   ruhoniylarning
yuqori   qismi   edi.   Hech   kimga   o‘z   ona   yurtida   qolishga   ruxsat   berilmagan.   Elita
uchun yagona qulaylik shundaki, ular oddiy yengil avtomashinalarda tashilgan va
ko‘proq   narsalarni   olishga   ruxsat   berilgan.   1944-yil   iyul   oyida   Beriya   Stalinga
yakuniy   hisobotni   taqdim   etdi:   "NKVD   Davlat   mudofaa   qo‘mitasining   qarorini
bajarish uchun 1944-yil fevral-mart  oylarida Shimoliy Kavkazning 602 193 nafar
aholisi   Qozog‘iston   va   Qirg‘iziston   SSRda   doimiy   yashash   uchun   ko‘chirildi.
Jumladan 496 460 chechen va ingushlar, qorachoylar - 68 327, bolqorlar - 37 406
kishini   tashkil   etdi.   Qozog istonga   411   mingga   yaqin   vaynaxlar   (85   ming   oila),ʻ
Qirg izistonga   85,5   ming   (20   ming   oila)   joylashtirildi.   Chechen-ingush   Avtonom	
ʻ
Sovet   Sotsialistik   Respublikasi   tugatildi   va   uning   hududi   qo‘shni   viloyatlar   -
Stavropol, Dog‘iston va Shimoliy Osetiya o‘rtasida bo‘lindi.
"Chechevitsa"   operatsiyasi   1943-yil   oktyabr-noyabr   oylarida   tayyorlana
boshlandi.   Dastlab,   Novosibirsk   va   Omsk   viloyatlariga,   Oltoy   va   Krasnoyarsk
viloyatlariga   ko‘chirish   rejalashtirilgan   edi.   Keyin   yo nalish   Markaziy   Osiyoga	
ʻ
o zgartirildi.   Operatsiyani   boshlash   sanasi   ham   bir   necha   bor   o‘zgargan.   Nima	
ʻ
uchun oxir-oqibat Qizil Armiya kunida tanlov to‘xtatilganligi noma'lum. 1944-yil
29-yanvarda   NKVD   maxfiy   "Chechenlar   va   ingushlarni   ko‘chirish   tartibi
to‘g‘risida   yo‘riqnoma"   chiqardi.   1-fevralda   qaror   nihoyat   Siyosiy   byuro
tomonidan   tasdiqlandi.   Operatsiyani   Beriya   shaxsan   nazorat   qilgan.   1944-yil   17-
fevralda   u   Grozniydan   Stalinga   hamma   narsa   tayyorligi   haqida   xabar   berdi,   21-
fevralda   NKVD   bo yicha   tegishli   buyruqni   imzoladi,   22-fevralda   esa   respublika	
ʻ
rahbariyati va oliy ruhoniylarga kutilayotgan ko chirish haqida xabar berdi. Beriya	
ʻ
Stalinga xabar berganidek, Chechen-Ingushetiya Xalq Komissarlari Kengashi raisi
Mollayev "Ko‘z yoshlarini to‘kdi, lekin o‘zini yig‘ishga va'da berdi va ko‘chirish
bilan   bog‘liq   holda   unga   berilgan   barcha   vazifalarni   bajarishga   va'da   berdi".
Imomlar   va   mullalarga   Beriya   “Aholi   orasida   kerakli   ishlarni   olib   borishni”
buyurdi.
Kuchlar nisbati qizil armiya foydasiga ishlaganligi sababli xalqlar tomonidan
qarshilik harakatlari deyarli kuzatilmadi.     Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, operatsiya
27 davomida 780 kishi halok bo‘lgan, "Antisovet elementlari" deya hisoblangan 2016
kishi   hibsga   olingan,   20   mingdan   ortiq   o‘qotar   qurollar   musodara   qilindi.     6544
kishi   tog‘larda   yashiringan.   Narkomat   ayrim   ishchilarining   ta’kidlashicha,
ko‘chirilishi   belgilangan,   lekin   qariyaligi   yoki   nogironligi   sababli   bu   jarayonda
qatnasha   olmaydigan   aholi   ayovsiz   otib   tashlanishi   holatlari   ko‘plab   uchragandi,
ammo   bu   ishni   bajarganlar   hech   qanday   javobgarlikka   tortilmagandi.   Aksincha,
1944-yil   8-martdagi   buyrug‘i   bilan   deportatsiyaning   714   nafar   ishtirokchisi
"Maxsus   vazifalarni   namunali   bajarganligi   uchun",   shu   jumladan   Suvorov,
Kutuzov va Qizil  nishon ordenlari bilan taqdirlangan.   Eng dahshatli  fojia Xaybax
qishlog‘ida bo‘lib o‘tdi, u yerda 705 kishi  bor edi.   Ovul o‘rnida faqatgina xaroba
qolganligini ko‘rish mumkin bo‘ldi. Ovul ahlining yagona aybi, 23-fevralda qattiq
qor   yog‘ib,   aholi   tog‘dan   tusha   olmaganligi   edi,   bu   esa   ko‘chirish   rejalari
muddatiga   zarar   yetkazayotgandi.   Davlat   xavfsizligining   3-darajali   komissari
Mixail Gvishiani  ovul ahlini otxonaga qamab yoqib yuborishni  buyurdi. Bu holat
nemis fashistlarining uslubiga o‘xshab ketadi. 31
   
1980-yillarda   noma'lum   qahramonlarcha   qidiruv   urushida   qatnashgan   harbiy
jurnalist   Stepan   Kashurko   Novgorod-Severskiy   yaqinidagi   Desna   qirg‘og‘ida
1943-yil   12-martda   o‘ldirilgan   2-gvardiya   ko‘rgazmasi   skautining   qoldiqlarini
topdi.   Suv   o‘tkazmaydigan   sumkada   uning   ustiga   Xaybax   nomiga   jo‘natilmagan
xat   bor   edi.   Jurnalist   Chechen-Ingushetiyadagi   respublika   harbiy   ro‘yxatga   olish
bo‘limiga   xat   yozdi,   javob   xatda   esa   bunday   nuqta   yo‘q   ekanligi,   ilgari   ham
mavjud bo‘lmaganligi aytildi.   Kashurkoni qiziqtirgan masala yuzasidan Grozniyga
borishga   erinmadi   va   viloyat   qo‘mitasining   birinchi   kotibi   Doku   Zavgayev   bilan
uchrashdi,   u   istamasgan   tarzda   "Deportatsiya   paytida   odamlar   yonib   ketgan"   deb
tan oldi. 1991-yilda harbiy prokuratura Xaybax qirg‘ini bo‘yicha ish qo‘zg‘atdi va
asosiy   jinoyatchilarning   o‘limi   tufayli   yopildi.   Chechenlar   qayerdadir
Gvishianining bir yarim metrlik portretini qo‘lga olib, qirg‘in sodir bo‘lgan joyda
baraban ostida yoqib yuborishdi. 32
 
31
  Козлов   В.А.   –   Вайнахи   и   имперская   власть :   проблем ы   Чечни   и   Ингушетии   во   внутренней
политике России и СССР. – М.: 2011.  c .652
32
  Поболь Н.Л.,  Полян П.М.  – Сталинские депортации.1928-1953. М. 2005. С.358.
28 Chechenlar va ingushlarni deportatsiya qilish to g risidagi qarorga SSSR Oliyʻ ʻ
Kengashi   Prezidiumi   “Ulug   Vatan   urushi   yillarida,   ayniqsa   fashistlar	
ʻ
qo shinlarining   Kavkazdagi   harakatlari   paytida   ko plab   chechenlar   va   ingushlar	
ʻ ʻ
o z   vatanlariga   xiyonat   qilganliklari   sabab   bo lgan.   Ular   fashist   bosqinchilari
ʻ ʻ
tomoniga   o‘tib,   nemislar   tomonidan   Qizil   Armiyaning   orqa   tomoniga   tashlangan
diversantlar   va   skautlar   safiga   qo‘shildi,   Sovet   hokimiyatiga   qarshi   kurashish
uchun nemislarning buyrug‘iga binoan qurolli to‘dalarni tuzganligi” bilan asoslab
beradi.   Beriyaning   o‘rinbosari   Bogdan   Kobulovning   eslatmasiga   ko‘ra,   1941-
1942-yillarda   armiyaga   chaqirilishi   kerak   bo‘lgan   30   309   Chechen-Ingushetiya
aholisidan   16   ming   511   kishi   xizmatdan   bo‘yin   tovlagan,   shu   sababli   respublika
ixtiyoriy   ravishda   chaqirilishini   e'lon   qilishi   va   114-chechen-ingush   otliq
diviziyasini tuzish rejalaridan voz kechishga majbur bo‘ldi. Boshqa tomondan, rus
tarixchisi  Vasiliy Filkin tomonidan e'lon qilingan ma'lumotlarga ko‘ra, 28,5 ming
chechen   va   ingush   ikkinchi   jahon   urushi   frontlarida   jang   qilgan   (19,5   ming
ko‘ngilli frontga ketgan, shuningdek, armiyada topilganlarning to‘qqiz ming nafari
jahon urushiga jalb qilingan. Checheniston urush faxriylari jamiyati ma'lumotlariga
ko‘ra   -   hatto   44   ming   kishi   jahon   urushida   qatnashgan   ekan.   Urushda   2300   ga
yaqin   chechen   va   ingush   halok   bo‘ldi.   Brest   qal'asining   so‘nggi   askarlaridan   biri
millati ingush edi.
Ulardan   to‘rt   nafari   Sovet   Ittifoqi   Qahramoni   bo‘ldi,   yana   olti   nafariga   esa
qatag‘on qilingan xalqlar reabilitatsiya qilinganidan keyin bu unvon orqaga qarab
berildi.   Shu   bilan   birga,   mavjud   ma'lumotlarga   ko‘ra,   40   ga   yaqin   mukofotlar
tayyorlandi,   ammo   1942-yil   fevral   oyidan   beri   mukofotlar   ro‘yxatini   "Ushlab
turish"   to‘g‘risida   og‘zaki   buyruq   mavjud   edi.   Sovet   Ittifoqi   Qahramoni   mergan
Abuxodji   Idrisov   349   nafar   dushman   harbiylarini   o ldirgan   bo lsa,   yana   bir	
ʻ ʻ
qahramon   Xonposha   Nuradilov   12   ta   dushmanni   yo‘q   qildi.   Brest   qal'asi
himoyachilari   yodgorlik   majmuasida   uchta   chechen   va   bir   ingushning   nomlari
abadiylashtirilgan.   Shu   bilan   birga,   1944-yilda   ko‘chirish   jarayonlarida   hech   kim
uchun   istisno   qilinmadi.   Vaynaxlarning   ba'zilari   zudlik   bilan   frontdan   olib
tashlandi,   boshqalariga   jang   qilish   uchun   ruxsat   berildi,   ammo   urushdan   keyin
29 hamma   qat'iy   ravishda   aholi   punktiga   yuborildi,   jumladan   podpolkovnik   Mavlidi
Visaitov   Elbada   ittifoqchilarni   kutib   olgan   birinchi   yuqori   martabali   sovet   zobiti
edi.   U   Amerika   ordeni   bilan   taqdirlangan.   Urush   yillarida   Chechen-Ingushetiya
hududiga   jami   77   kishidan   iborat   sakkizta   nemis   parashyutchi   guruhi   tashlandi,
NKVD-NKGB   ma'lumotlariga   ko‘ra   ularning   "Ko‘pchiligi"   nemislar   tomoniga
o‘tib ketgan mahalliy aholidan iborat edi. 33
1941-yil   oktyabr   oyida   Shatoyskiy,   Itum-Kalinskiy,   Vedenskiy,
Cheberloyevskiy   va   Galanchojskiy   tumanlarida   Xasan   Isroilov   va   Mairbek
Sharipov   boshchiligida   Sovet   Ittifoqiga   qarshi   qo‘zg‘olon   ko‘tarildi,   lekin   u
birinchi   navbatda   kolxoz   tuzumiga   qarshi   qaratilgan   edi.   Qo‘zg‘olonchilarning
nemis   razvedkasi   bilan   aloqasi   haqida   to‘g‘ridan-to‘g‘ri   dalil   yo‘q.   Rasmiy   sovet
ma'lumotlariga   ko‘ra,   urush   boshlanganidan   to   Chechen-Ingushetiyada
deportatsiya   qilingan   paytgacha   1901   nafar   jinoyatchi   hibsga   olingan   va   973
jinoyatchi   o‘ldirilgan.   Germaniya   maxsus   xizmatlari   homiyligida   Berlinda
"Bolshevik   vahshiyligi   va   rus   despotizmiga   qarshi   kurash"   shiorini   e'lon   qilgan
Kavkazning   11   xalqi   vakillarini   o‘z   ichiga   olgan   Kavkaz   jangchilari   partiyasi
faoliyat   yuritdi   va   "G‘azavat"   gazetasi   nashr   etildi,   ammo   bu   asosan   fuqarolar
urushi   davrida   emigrantlar   tomonidan   amalga   oshirilgan.   Tarixchi   Nikolay
Tolstoyning yozishicha, “1946-yilda G‘arbda go‘yoki 80 mingga yaqin musulmon
bo‘lgan”,   ammo   ularning   qanchasi   chechenlar   va   ingushlar   ekanligi   noma’lum.
Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, Amerika va Britaniya hukumati Kavkaz, Volgabo‘yi
va   Markaziy   Osiyo   musulmonlarini   harbiy   asirlar   va   slavyan   millatiga   mansub
"Vlasovitlar" kabi faol ravishda ekstraditsiya qilmagan.
Chechenlar   va   ingushlarning   xatti-harakatlari   istisno   emas   edi.   Hammasi
bo‘lib,   urush   yillarida   800   mingdan   milliongacha   Sovet   fuqarolari   nemislarga
qo‘llarida qurol bilan xizmat qilishgan. Nima bo‘lganda ham, jamoaviy javobgarlik
tamoyilini qo‘llash va etnik tozalash inson huquqlarini qo‘pol ravishda buzish edi.
Deportatsiya   fashistlarning   allaqachon   Kavkazdan   yuzlab   kilometr   uzoqga
33
  Безугольный А.Ю. ,  Бугай Н.Ф. ,  Е.Ф.К ринко  - Г орцы северного кавказа   в великой отечественной
войне 1941–1945:   проблемы истории, историографии   и источниковедения.  М.2012. С. 1 07.
30 tashlangan paytda sodir bo‘lgan va shuning uchun harbiy zarurat emas, balki jazo
harakati   edi.   Tarixchi   Boris   Sokolovning   yozishicha,   “Stalin   uzoq   vaqtdan   beri
sovet hokimiyatini tan olmagan, itoatkor Kavkaz xalqlari muammosini hal qilishni
rejalashtirgan va urush buning uchun qulay bahona bo‘lgan”.
Surgun   abadiy   deb   e'lon   qilindi,   lekin   aslida   13   yil   davom   etdi.
Ko chmanchilar,   jumladan,   bolalar   ham   har   hafta   maxsus   komendaturalargaʻ
hisobot   berib  turishlari   shart  edi.  Yashash   joyini  ruxsatsiz  tark  etganlik uchun  20
yillik  lagerlar   tashkil  etilishi   kerak   edi. 34
  Rasmiylar  yangi  kelganlarni  oziq-ovqat,
ish   va   boshpana   bilan   ta'minlay   olmadilar.   Bu   yerda   nima   ko‘proq   bo‘lganini
aytish   qiyin:   "Xoinlarga"   nisbatan   shafqatsizlik   yoki   shoshilinch   va   ommaviy
ko‘chirish paytida muqarrar bo‘lgan odatiy tartibsizlik. 1957-yil 9-yanvarda SSSR
va   RSFSR   Oliy   Kengashlari   Prezidiumlari   Vaynaxlarni   quvib   chiqarishni   bekor
qilish   va   Chechen-Ingush   Avtonom   Respublikasini   tiklash   to‘g‘risida   qo‘shma
farmon chiqardilar. Bu vaqtga kelib Qozog‘istonda 315 mingga yaqin chechen va
ingushlar,   Qirg‘izistonda   esa   80   mingga   yaqin   chechen   va   ingushlar   yashagan.
Shunday qilib, surgun yillarida Vaynaxlar soni 100 mingga yaqin kishiga kamaydi.
1957-yil   bahor   va   yoz   oylarida   140   mingga   yaqin   odam   o‘z   vatanlariga   qaytdi,
ammo   ularning   uylarini   ruslar,   Checheniston   va   Ingushetiyaga   ko‘chirilgan
SSSRning   boshqa   xalqlari   vakillari   egallab   olishdi.   Ingushetiyaning   Prigorodniy
viloyati Osetiyaga o‘tkazildi. 35
Chechenlar   va   ingushlar   deportatsiyadan   oldin   o‘zlariga   tegishli   bo‘lgan
uylarda yashashni xohlashdi. 1958-yil avgust oyida Grozniydagi uydagi qotillikdan
keyin   millatlararo   to‘qnashuvlar   bo‘lib   o‘tdi,   natijada   ikki   kishi   halok   bo‘ldi,   32
kishi   yaralandi   va   60   ga   yaqin   kishi   hibsga   olindi.   Biroq,   1959-yilning   bahoriga
kelib,   asosan   qaytish   amalga   oshirildi.   1989-yil   14-noyabrda   va   1991-yil   26-
aprelda   SSSR   va   RSFSRning   "Qatag‘on   qilingan   xalqlarni   reabilitatsiya   qilish
to‘g‘risida"gi   qonunlari   qabul   qilindi,   ular   asosan   bir-birini   takrorladi.   Bir
tomondan,   ular   "Chegaralarni   majburan   o‘zgartirish   bo‘yicha   konstitutsiyaga   zid
34
  Поболь Н.Л.,  Полян П.М.  – Сталинские депортации.1928-1953. М. 2005. С.362.
35
  Безугольный А.Ю. ,  Бугай Н.Ф. ,  Е.Ф.К ринко  - Г орцы северного кавказа   в великой отечественной
войне 1941–1945:   проблемы истории, историографии   и источниковедения.  М.2012. С. 112.
31 siyosatdan   oldin   mavjud   bo‘lgan   hududiy   yaxlitlikni   tiklash,   ular   bekor
qilinishidan oldin shakllangan milliy-davlat tuzilmalarini tiklash huquqini tan olish
va amalga oshirishni nazarda tutgan davlat tomonidan yetkazilgan zararni qoplash
uchun edi». Boshqa tomondan, “Reabilitatsiya jarayoni hozirda ushbu hududlarda
istiqomat   qilayotgan   fuqarolarning   huquq   va   qonuniy   manfaatlariga   putur
yetkazmasligi kerakligi” ta’kidlandi.
II Bob.  Qorachoy va bolqorlarning deportatsiyasi siyosati
2.1-§. Qorachoy avtonom viloyatining tugatilishi. Qorachoylarning
Qozog‘iston SSR va Qirg‘iziston SSR hududlariga deportatsiya qilinishi
32 Qadim   zamonlardan   beri   qorachoylar   Shimoliy-G‘arbiy   Buyuk   Kavkaz
tizmasining   eng   go‘zal   tog‘larida   yashagan.   Ularning   ajdodlari   -   Tsbsrda,   Dom-
bay,   Arxyz,   Maxar,   G‘arbiy   Elbrus   hududlarida   yashagan.   SSSR   hukumati
qorachoylarning   tub  yashash   yerlaridan   surgun   qilish   rejasi   ikkinchi   jahon  urushi
davrida yuzaga keldi. 
Qorachoylarning   deportatsiya   qilinishi   sabablari   sifatida   ularning
kollaboratsionizm   (kollaboratsionizm   -   Gitlerga   qarshi   bo‘lgan   davlat
fuqarolarining   fashizm   bilan   kelishuvga   borishi)     va   banditizmda   ayblanishi
ko‘rsatiladi.   Ularning   deportatsiya   jarayoni   1943-yil   2-22-noyabr   kunlari
o‘tkazildi.   68   614   nafar   qorachoy   o‘zga   hududlarga   ko‘chirildi.   Ularning   erkak
aholi   qismi   deportatsiya   jarayonida   Qizil   Armiya   saflarida   xizmat   qilganligi
vaziyatni yanada murakkablashtirdi. 
SSSR   PVSning   “Qorachoy   avtonom   viloyatining   tugatilishi   va   uning
ma’muriy   tuzilishi   to‘g‘risida”gi   №   115/13   sonli   qarorida   qorachoylarning
xoinliklari aytilib, ular sovetlarga qarshi tuzilgan nemis guruhlarida qatnashganligi
aytiladi.   Sovet   fuqarolarining   nemislar   qo‘liga   topshirganlikda   ayblovlar,
perevallarda   nemislarga   yo‘l   boshlovchilar   sifatida   qorachoylar   xizmat
qilganligida,   sovet   hokimiyati   tiklanganligidan   so‘ng   ularga   qorachoylarning
qarshilik   ko‘rsatganligida,   banditizmni   qo‘llab-quvvatlashda   hamda   ularni   sovet
hokimiyatidan   yashirishda,   nemis   ayg‘oqchilariga   doimiy   ko‘maklashishda
ayblandilar. 
Boshqa   ishg‘ol   qilingan   davlat   va   hududlarda   bo‘lgani   kabi,   gitlerchilar
qo‘mondonligi   ham   rejimni   saqlab   qolish   uchun   “Qorachoy   milliy   qo‘mitasi”ni
tuzdi.   Bu   butun   qorachoy   xalqini   deportatsiya   qilish   to‘g‘risidagi   qarorni   oqlash
uchun   yetarli   bo‘ldi.   Keyinchalik   ma'lum   bo‘lishicha,   Qorachoylarni   deportatsiya
qilish   to‘g‘risidagi   ushbu   farmon   faqat   rasmiy   asos   bo‘lib,   o‘zboshimchalikni
qonuniy   ravishda   yashirgan   va   butun   bir   xalqning   deportatsiyasining   qonuniyligi
ko‘rinishini   bergan,   u   xalqaro   huquqqa   zid   bo‘lishidan   tashqari,   bu   qaror   SSSR
konstitutsiyasiga ham zid edi. 
33 Deportatsiyadan maqsad, kengroq ma’noda jamiyatni stalinizmning hozirgi va
ehtimoliy dushmanlaridan tozalash edi. 1993-yilda Qorachoy xalqini reabilitatsiya
qilish   bo‘yicha   komissiya   (davlat   urush   komissiyalarining   hujjatlarini,   markaziy,
mintaqaviy   arxivlarning   materiallari   va   hujjatlarini   chuqur   o‘rganib   chiqqandan
so‘ng) Qorachoylarni deportatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni e'lon qildi. 1943-yil
12-oktyabrdagi   farmondan   ancha   oldin   rejalashtirilgan   edi   va   uning   asl   sababi
qorachoylarga   hayoliy   xiyonati   emas,   balki   butunlay   boshqacha   sabablar   edi.
Ushbu aktga ko‘ra, tog‘li xalqlarning (shu jumladan qorachoylarning) ko‘chirilishi
Gruziyaning   etnik   hududini   kengaytirish   muammosini   hal   qildi,   L.P.Beriyaning
o‘zi esa Kabardin-Bolqor viloyat qo‘mitasining birinchi kotibi bilan suhbatida buni
yashirmadi.   Butunittifoq   Sovet   Ittifoqi   Kommunistik   partiyasi   Kumexovga
shunday dedi: "... Elbrus hududini Gruziyaga o‘tkazish taklifi bor, chunki Gruziya
Kavkaz   tizmasining   shimoliy   yon   bag‘irlarida   mudofaa   chizig‘iga   ega   bo‘lishi
kerak". 36
 
Qorachoy   xalqining   milliy   avtonomiyasi   Lenin   davridan   shakllanib   keldi.
Lenin   tashabbusi   va   ko magi   bilan   markazi   Kislovodskda   bo lgan   Qorachoyʻ ʻ
muxtoriyati tashkil etildi. Odamlar g‘ayrat bilan - chinakam va misli ko‘rilmagan -
yangi   hayot   qurishga   kirishdilar.   Kollektivlashtirishning   halokatli   oqibatlari
Qorachoy ovullarini shafqatsizlarcha bosib o‘tdi. O‘sha davrdagi o‘zboshimchalik,
vahshiylik haqidagi gap-so‘zlar hamon xalq orasida hozirgacha yashab kelmoqda.
1943-yilda   deportatsiya   qilingan   qorachoylar   nafaqat   mulkidan   mahrum   bo‘lgan
rus   dehqonlari   izidan   borishdi   –   ular   ham   avvalroq   deportatsiya   qilingan   –
“Huquqsiz”   vatandoshlari   izidan   borishdi.   Kollektivlashtirish   Qorachoy   iqtisodini
va   uning   asosiy   tarmog‘i   -   chorvachilikni   qanchalik   izdan   chiqarganini   aytish
qiyin.   Qanday   bo‘lmasin,   urushdan   oldingi   yillarda   kichik   avtonom   viloyatda
odamlarning   mehnat   qahramonligi   tufayli   kichik   bir   avtonom   viloyatda   chorva
mollari soni ko‘paygan. 
36
  Шаманов   И.М.,   Караева   З.Б.,   Кечеруков   К.А.,   Алиев   А.М.,   Карачаевцы:   выселение   и
возвращение:   1943-1957:   материалы   и   документы   /   Алиев   И.   И.   —   сборник   актов   комиссии   по
реабилитации карачаевского народа. — Черкесск: «ПУЛ», 1993.  C .96.
34 Urush boshlanganda 80 000 kishilik xalq o‘zlarining 15 000 nafar o‘g‘illarini
frontga   yubordilar,   yana   2   000   kishi   mehnat   frontida   ishladi.   KPSS   Markaziy
Qo‘mitasining   tashkiliy   bo‘limi   instruktori   Mixaylovning   ko‘rsatmalariga   ko‘ra,
"Har beshinchi qorachoy dushmanga qarshi jang qilgan..." 9 ming yigit o‘z harbiy
vazifalarini   to‘liq   bajarib,   urushdan   qaytmagan.   Kam   sonli   xalq   uchun   tuzatib
bo‘lmaydigan   yo‘qotish.   Front   ortidagi   ishlarni   hech   bo‘lmaganda   baholash
mumkin, chunki faqat Malokarachaevskiy tumani ishchilari ikkita havo otryadini -
"Krasniy   Karachay"   va   "Kolxoznik   Karachay"   ni   qurish   uchun   2,5   million   rubl
yig‘ishgan,   buni   Stalin   maxsus   tabrikda   qayd   etgan.   Mudofaa   fondiga   millionlab
rubllar   ajratildi,  front   askarlariga   yuz  minglab   issiq   kiyimlar   va   boshqa   sovg‘alar
yuborildi.   VIII   o‘lka   partiya   konferensiyasida   so‘zga   chiqqan   Stavropol   viloyati
komitetining birinchi kotibi M.Suslov qorachoylarning vatanparvarligini osmonga
ko‘tarib maqtagandi.
  Suslovning   Stavropol     viloyati   qo‘mitasining   birinchi   kotibi   sifatidagi
vazifasi   ham   aholini,   ham   moddiy   resurslarni   evakuatsiya   qilishni,   ham   partizan
harakatini   tashkil   qilishni   o‘z   ichiga   oldi.   Nashrlar,   mahalliy   arxiv   materiallariga
ko‘ra,   viloyat   qo‘mitasi   kotibi   bu   vazifalarning   hech   birining   uddasidan
chiqmaganini ko‘rish qiyin emasdi.
Stavropol   viloyatining   bosib   olinishi   xavfi   1942-yil   iyul   oyidayoq   ayon   edi:
jangovar   tayyor   armiya   qismlari   deyarli   yo‘q   edi.   27-iyul   kuni   viloyat   qo‘mitasi
byurosining   moddiy   resurslar   va   chorva   mollarini   evakuatsiya   qilish   to‘g‘risida
qarori qabul qilindi. 1-avgust - "Mintaqaning ayrim hududlari aholisini oziq-ovqat,
asbob-uskunalar,   xom-ashyo,   materiallar"ni   evakuatsiya   qilish   to‘g‘risidagi
navbatdagi   farmon   qabul   qilindi. 37
  Qorachoy   ham,   Cherkes   avtonom   viloyatlari
ham "Ayrim viloyatlar" qatoriga kiritilmagan. 3-avgust kuni fashistlar Stavropolni
bosib   oldilar.   Dushman   samolyotlari   yo‘llarni   yaroqsiz   holatga   keltirdi.   Viloyat
qo‘mitasi   xalq   xo‘jaligini   evakuatsiya   qilishga   kechikdi,   chunki   aholini
evakuatsiya   qilish   yaxshi   tashkil   etilmagan,   lekin   viloyat   qo‘mitasi   apparati
37
  Эдиев   Д.М.   -   Демографические   потери   депортированных  народов  СССР.   —  Ставрополь,  2003.
C .245.
35 Xasavyurtga   evakuatsiya   qilingan,   Suslovning   o‘zi   esa   uzoqroqqa,   Kizlyar
shahriga ko‘chib o‘tishni afzal ko‘rgan. 
Endi  "Qorachoy masalasi"  uchun eng muhim  narsa - partiya harakati  haqida
gapirsak.   Viloyatda   partizan   harakatini   tashkil   etish   rejasi   1942-yil   22-iyulda
viloyat komiteti tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Ammo, agar umumiy
notinchlik   sharoitida   ikki   hafta   ichida   otryadlarni   tashkil   etishni   tayyorlash
mumkin deb hisoblasak, moddiy va oziq-ovqat bazalarini tayyorlash, partizanlarni
ta'minlash   tizimi   haqida   o‘ylash   haqiqatga   to‘g‘ri   kelmaydi.   Partizanlarning
Qorachoy   o‘rmonlari   va   daralaridagi   harakati   maqsadga   muvofiq   edi,   chunki
dashtda   o‘rnashib   olish   ayniqsa   mushkul   edi.   Fashistlar   bosqinining   dastlabki
kunlaridayoq   tog‘larda   yo‘llar   yaqinida   tashkil   etilgan   deyarli   barcha   partizan
bazalari dushman qo‘lida edi. Harakat tarqoq edi, alohida bo‘linmalar va rahbariyat
o‘rtasida aloqa yo‘q edi – hududdan 500 km uzoqlikda joylashgan Kizlyar shahrida
joylashgan   viloyat   shtab-kvartirasida   eng   muhimi:   o‘q-dori,   oziq-ovqat   zaxirasi   –
asosan,   non   yo‘q   edi.   Partizanlarning   fojiasi,   shuningdek,   ular   dushman   chizig‘i
orqasida  emas,  balki  asosiy  Kavkaz  tizmasining  chizig‘i  bo‘lgan oldingi  chiziqda
harakat qilganlarida edi: dovonlar uchun o‘jar janglar bo‘ldi. 
Suslov   boshchiligidagi   partizan   harakatining   mintaqaviy   shtab-kvartirasi
1942-yil   30-noyabrda   Qizil   Armiyaning   Shimoliy   Kavkaz   bo‘ylab   hal   qiluvchi
hujumi   arafasida   tashkil   etilgan.   Ko‘rib   turganingizdek,   bu   kelajakdagi   "Kulrang
kardinal"   kon'yukturaning   fazilati   edi:   u   o‘z   vaqtida   qanday   qilib   "Kirish"   va
"Oldinga   borishni"   bilardi. 38
  Tog‘larda   kelayotgan,   qattiq   qish   tufayli   partizan
otryadlari   bir-biridan   va   rahbariyatdan   ajratilgan,   o‘q-dorisiz   va   oziq-ovqatsiz,
aholi   punktlaridan   uzilib,   dushman   tomonidan   eng   ilg‘orlarga   siqib   qo‘yilgan
daralarning   qoplariga   qamalgan.   Partizan   harakati   faqat   partizanlarning   shaxsiy
jasorati,   ularning   yetakchilari   va   mahalliy   aholining   yordamiga   asoslangan   edi.
Bunday vaziyatda eng mantiqiy narsa Qizil Armiyaning muntazam bo‘linmalariga
o‘tish edi, bu amalga oshirildi.
38
 Бугай Н.Ф.  -  Гонов А. М. Кавказ — народы в эшелонах: (20—60-е годы).  C .128.
36 G‘arbiy   partizanlar   guruhi   (Qorachoy   tog‘larida)   bilan   vaziyat   qandayligini
bilmasdan,   Suslov   1942-yil   31-dekabrda   "Partizan   harakatining   Qorachoy   va
Cherkesdagi   otryadlarining   kurashini   kuchaytirish   to‘g‘risida”gi   viloyat   shtabi
boshlig‘ining   12-sonli   buyrug‘ini   chiqardi.   "Afsuski,   sovet   partizanlariga   xos
bo‘lgan   zukkolik,   fidokorona   jasoratni   ko‘rsatadigan   hech   kim   yo‘q   edi".
Viloyatning   cho‘l   rayonlaridagi   partizanlar   guruhi   qisman   fashistlar   tomonidan
yo‘q   qilindi   va   qisman   Qizil   Armiya   bilan   birlashtirildi.   Ammo,   Suslov   partizan
harakatiga "Rahbarlik qilishda" davom etdi: apparat yaratilganidan keyin u ishlashi
kerak ... agar qo‘shni Krasnodar viloyatining birinchi kotibi qo‘lida qurol bilan o‘z
shahrini   ozod   qilgan   bo‘lsa,   M.Suslov   1943-yil   22-yanvarda   shahar   ozod
qilinganidan   bir   kun   o‘tib,   tantanali   ravishda   Voroshilovskga   (hozirgi   Stavropol)
kirdi. Kizlyardan Stavropolgacha - taxminan 700 kilometr... 39
Viloyatdagi partizanlik harakati viloyat arxivlari materiallari, kitoblar, gazeta
nashrlari   asosida   chuqur   ilmiy   tahlil   qilindi.   Bu   ish   mustaqil   qiziqish   uyg‘otadi.
"Partizan   to‘sig‘i"   kitobi   mualliflari   A.Poputko   va   V.Gneushevlarning   ohangiga
hayron   bo‘lish   mumkin.   Ayniqsa,   Suslovning   "Yetakchi",   "Hayotiy"   rolining
chiqishi   bilan   bog‘liq.   Mualliflaga   achinish   mumkin:   ular   kitobni   hayotlari
davomida   yozgan   va   qayta   yozgan   va   takomillashtirish   uchun   "Kulrang
kardinal"dan topshiriqlar bo‘lgan, ehtimol.
Viloyatning   ozod   qilingan   poytaxtidagi   viloyat   qo‘mitasining   dastlabki
yig‘ilishlaridan   birida   Suslov   partizan   harakatining   go‘yo   muvaffaqiyatlarga
erishayotganligini  e'lon  qila  boshladi.  Viloyat  qo‘mitasining  sobiq kotibi,  janubiy
shtabning   razvedka   guruhining   sobiq   boshlig‘i,   ishg‘ol   paytida   bevosita   G‘arbiy
Kavkazda partizan harakati keskin rivojlangan zonada bo‘lgan Mudalif Batchayev
bundan norozi  bo‘lib chiqdi. U Suslovga  muvaffaqiyatlar hayoliy, harakat  tashkil
etilmagan,   moddiy   ta'minlanmagan   va   shuning   uchun   mohiyatan
muvaffaqiyatsizlikka   uchragan   ruhda   e'tiroz   bildirdi.   Bu   e’tiroz   uchun
39
  Шнайдер В.Г.   -   Советская национальная политика и народы Северного Кавказа в 1940—1950-е
гг. — Directmedia, 2015.  C .286.
37 M.Batchaevni hibsga olindi va o‘n yil qamoq jazosiga mahkum etildi. Suslovning
qo‘li mustahkam edi, bundan tashqari, u boshidanoq barcha aybni aholiga qo‘ydi. 
Taqdir Suslovga yana bir "Sovg‘a" yubordi. Teberda qo‘shni partizan otryadi
bilan   aloqa   o‘rnatishga   urinayotganda,   G‘arbiy   partizanlar   guruhining   shtab
boshlig‘i,   deputat,   viloyat   NKVD   boshlig‘i   o‘rinbosari,   podpolkovnik   Unux
Qo‘chqorov   nemislar   qo‘liga   tushib   qoldi,   u   ham   qorachoy   edi.   Qiynoqlardan
so‘ng (hozirda Qo‘chqorovni Zelenchukskaya stantsiyasidagi postga tikanli simlar
bilan   bog‘lab   qo‘yganliklari   guvohlari   bor),   undan   hech   qanday   natijaga   erisha
olmagan nemislar uni Kislovodskga o‘tkazib yuborishga qaror qilishdi. 
Biroq,   tog‘li   o‘rmon   yo‘lida   ketayotib,   U.Qo‘chqorov   qochishga   muvaffaq
bo‘lgan. U o‘rmonlar bo‘ylab tarqalib ketgan partizanlar bilan yana aloqa o‘rnatdi.
Qorachoy ozod etilgandan so‘ng, Qo‘chqorovlar bir guruh sheriklari bilan joylarda
Sovet   hokimiyati   organlarini   tiklashga   kirishdilar.   Biroq,   ko‘p   o‘tmay,   u   NKVD
xodimlari   tomonidan   hibsga   olindi,   u   xiyonatda   ayblandi   va   ko‘p
aniqlashtirishlarsiz otib tashlandi.
Qo‘chqorovning  xiyonatining  aniq  versiyasini   tasdiqlash   va  uni   mintaqadagi
partizan   harakatining   muvaffaqiyatsizligida   ayblashdek   ko‘rinadigan   maqsadli   bu
dramatik voqea Poputko va Gneushevning o‘sha kitobida bayon etilgan. Mualliflar
hatto oddiy mantiqiy tuzilmalar  bilan ham  o‘zlarini bezovta qilmaydilar, ularning
vazifalari   boshqacha   va   ularning   ma'naviy   xarajatlari   juda   tushunarli:   mualliflar
e'tirof etganidek, tog‘larni biladigan ajoyib shaxsiy fazilatlarga ega bo‘lgan NKVD
podpolkovnigining   xiyonatini   oqlash   edi.   Ulardan   biri   -   A.Poputko   -   Beriyaning
soxtalashtirishlari   va   "Kerakli"   hujjatlarni   soxtalashtirishning   hozirda   tan   olingan
ommabopiga   aylandi.   Qo‘chqorovning   ishi   esa   haligacha   yopiq,   KGB   arxivida
ko‘milgan. 40
 
Suslovga   ham,   Beriyaga   ham   ma'qul   keladigan   navbatdagi   "Sovg‘a",
shubhasiz, "Qorachoy siyosiy banditizmi" edi, bu atama 70-80-yillarda yaratilgan.
Tuxachevskiyning   fikricha,   siyosiy   banditizm   fuqarolar   urushining   davomidir.
40
  Шаманов   И.   М.,   Караева   3.   Б.,   Кечеруков   К.   А.,   Алиев   А.-М.   Ч.   Карачаевцы:   выселение   и
возвращение  : 1943-1957  :  материалы  и документы  /  Алиев  И.  И.  —  сборник актов   комиссии  по
реабилитации карачаевского народа. — Черкесск: «ПУЛ», 1993.  C .130.
38 Mana   shu   uchinchi   omil,   ehtimol,   cho‘kib   keta   boshlagan   viloyat   partizan
harakatining baxtsiz rahbarini oyoqqa turg‘izgan asosiy hayot yo‘li edi. Stalin hazil
qilishni   yoqtirmasdi,   lekin   hazilda   u   qandaydir   bir   xildagilikni   ko‘rsatdi...   1943-
yilning   bahorida,   Stavropol   ozod   qilinganidan   4   oy   o‘tgach,   Moskvadan
Beriyaning   o‘rinbosari   Serov   boshchiligidagi   "Umumiy   komissiya"   keldi,   uning
maqsadi viloyatdagi partizan harakatining samarasiz sabablarini o‘rganish edi.
Nega   Cherkesiyada   emas,   Qorachoyda?   Chunki,   aynan   Qorachoy   tog‘larida
mintaqaning   ham,   Cherkesning   ham,   Qorachoyning   ham   partizan   otryadlari
joylashgan edi. 
Deportatsiyada   ko‘proq   "Oliyjanob"   niyatlar   bor   edi   -   Shimoliy   Kavkaz
hisobiga   Gruziyani   yerlarini   kengaytirish   edi.   "Kengaytirish"   sodir   bo‘lganda   va
GSSR Oliy Kengashi  Prezidiumining 1944-yil  4-noyabrdagi “Karachayni  qo‘shib
olish   to‘g‘risida”gi   farmoni   e'lon   qilinganida,   Teberda   okrug   qo‘mitasi   organi
"Gantiadi"   gazetasi   shunday   deb   yozgan   edi:   “Yangi   tashkil   etilgan   Teberda
tumani,   markazi   Mikoyani...   Fashistik   zulm   va   hukmronlikdan   ozod   bo‘lishimiz
uchun   biz   buyuk   Stalin   va   uning   eng   yaxshi   jangovar   safdoshi,   o‘rtoq   L.P.
Beriyadan   qarzdormiz.   ..."Xo‘sh,   rahmat   aytadigan   narsa   bor   edi...   Lekin
"Banditizm"   ga   qaytaylik.   Tan   olish   qanchalik   og‘riqli   bo‘lmasin,   qorachoylar
orasida   dindan   qaytganlar,   xoinlar   ham   bor   edi.   O‘tgan   yigirma   yil   ichida   ularga
ma'lum doiralarning "Qiziqishi" shunchalik kattaki, biz ularni deyarli nomma-nom
bilamiz, aytmoqchi, mintaqaning boshqa xalqlari orasidan sotqinlar haqida gapirib
bo‘lmaydi”. 41
1943-yil aprel oyida, Qorachoy ozod qilinganidan to‘rt oy o‘tgach, Qorachoy
viloyat sudi  270 kishini Sovet  Ittifoqiga qarshi  turli  harakatlar  uchun hukm qildi,
ulardan   faqat   60   nafari   qorachoylar   edi.   Bu   haqda   viloyat   prokurori   S.Medvedev
tomonidan   imzolangan   guvohnoma   hozirgacha   arxivda   mavjud.   Hudud   ozod
etilganidan   keyin   u   yerdan   chiqarib   yuborilgan   fashist   sheriklarining   oilalariga
hamrohlik qilganlar hozirgacha hayot. Ulardan 112-113 tasi bor edi, ulardan faqat
6 tasi qorachoy edi. 
41
 Поболь О.Н.  -  Сталинские депортации. — МФД, 2005.  C .448.
39 Qorachoy hududida ishg‘ol paytida (avgust-dekabr, yanvar oyining boshi) va
undan   bir-ikki   oy   o‘tgach,   uchta   to‘da   paydo   bo‘ldi.   Ulardan   biri   fashistlar
ketganidan   keyin   60   kishiga   yetdi.   1943-yil   10-fevralda   bir   kompaniyagacha
bo‘lgan   maxsus   maqsadli   otryadga   qarshi   jang   olib   bordi   va   u   38   jangchini,   shu
jumladan qorachoy  millatiga  mansub  jangchilarni  o‘ldirdi.  Biroq, fevral  oyida  bu
to‘da   Qizil   Armiya   tomonidan   yo‘q   qilindi.   Jinoiy   guruh   rahbarlari   Dudov   va
Magayev   o‘zlarining   sherigi   tomonidan   o‘ldirilib,   jasadlarini   NKVDga   topshirib,
buning   uchun   afv   etilgan.   Sobiq   Qizil   Armiya   ofitseri   Popov   boshchiligidagi
kabardinlar,   qorachoylar   (20   kishigacha),   ruslar,   bolqorlardan   iborat   yana   bir
"Xalqaro"   to‘da   Kabardino-Bolqoriya   va   Qorachoy   o‘rtasidagi   chegarada   harakat
qildi.   1943-yil   aprel   oyida   u   mag‘lubiyatga   uchradi.   Xetag   Xetagurov
boshchiligidagi   20   kishigacha   bo‘lgan   uchinchi   to‘da   osetinlardan   -   Kosta-
Xetagurovo   qishlog‘i   aholisidan   iborat   bo‘lib,   1943-yil   bahorida   ham   tugatilgan.
Qorachoylar   quvg‘in   qilingan   paytga   kelib   qochqinlar   va   yolg‘iz   qaroqchilarning
kichik to‘dalari qo‘lga olindi yoki qorachoylar ishtirokida yo‘q qilindi.
Hammasi bo‘lib 270 kishi sudlangan, shundan 60 nafari qorachoylar edi. Bu
"Qorachoy siyosiy banditizmi"ning haqiqiy va huquqiy tomoni. 
Bu masalani chuqur o‘rgangan tarix professori, urush faxriysi K.T.Laypanov
keltirgan   ma'lumotlarga   ko‘ra,   qorachoylik   sotqin   va   sheriklar   soni   250-300   dan
oshmagan. Bu barcha qorachoylarning 0,4 foizini tashkil qiladi. 42
Keltirilgan raqamlar butun bir xalqni “Sotqin xalq” yoki “Dushman xalq” deb
qoralash   uchun   yetarli   emasligi   barchaga   ayon.   Aynan   o‘sha   paytda   Berisvian
jamoasi   tomonidan   tayyorlangan   qorachoy   xalqiga   qarshi   "Ayblovchi   dalillar"
paydo   bo‘la   boshladi.   Rasm   ta’sirchan   bo‘lib   chiqdi:   ommaviy   banditizm,   bir
tomondan,   Karachas   Qo‘chqorovdagi   partizan   harakati   yetakchilaridan   biriga
xiyonat   qilish   va   bu   bilan   bog‘liq   harakatning   muvaffaqiyatsizligi,   ikkinchi
tomondan...   Bu   murosa   dalillarida   nima   bor?   Bugungi   kunda   ular   o‘zlarining
42
  Кулаев   Ч.С..   Народы   Карачаево-Черкесии   в   годы   ВОВ   1941—1945   гг.   —   Черкесск:   Ставроп.
книжное изд., Карачаево- Черкесское отд., 1990.  C .322.
40 ommaboplari   A.Poputko,   Y.Xristinin,   V.Gneushev,   X.O.Laypanov   va
boshqalarning sa'y-harakatlari bilan mashhur. 
Deportatsiya   masalasini   ochib   beradigan   manbalar   SSSR   Mudofaa   vazirligi
arxivlarida,   X.M.Ibrohim-Beyli,   O.L.Oprishko   nashrlarida,   guvohlarning
hikoyalarida   aks   ettirilgan.   Beriyaning   boshqa   materiallariga   ko‘ra,   Qorachoy
hududida   umumiy   soni   4000   kishigacha   bo‘lgan   65   ta   siyosiy   to‘dalar   faoliyat
yuritgani aytiladi. 43
 
Shu   bilan   birga,   qorachoy   xalqining   muammoga   duch   kelgan   odamlarni
qutqarish borasidagi  ulkan fidoyiligi hayratlanarli va faqat bugun biz uning yangi
sahifalarini   qayta-qayta   ochamiz.   Yahudiylar   va   kommunistlarni,   bolalar   va
kattalarni   natsistlardan   yashirish,   ular   uchun   "Afsonalar"   o‘ylab   topish,   ularga
qorachoy   ismlarini   berish,   odamlar   eng   aql   bovar   qilmaydigan   usullardan
foydalanganlar.
1943-yil   12-oktyabrda   SSSR   Oliy   Kengashi   Prezidiumining   qorachoylarni
ko‘chirish to‘g‘risidagi farmoni imzolandi, so‘ngra Davlat Mudofaa Qo‘mitasining
(GKO) qarori qabul qilindi.
Odamlar dala ishlaridan, tog‘lardagi chorvachilik punktlaridan, marshrutdan,
kiyim-kechaksiz,   oziq-ovqatsiz,   ko‘pincha   minimal   yashash   vositalarisiz   olib
ketilgan.   NKVD   qo‘shinlari   ofitserlari   va   askarlarining   harakatlari   tizimli   va
amaliy   edi.   Batalpashinskaya   vokzalidan   O‘rta   Osiyo   va   Qozog‘istonning   turli
hududlarigacha bo‘lgan ko‘p sonli yuk poyezdlari, odamlar bilan gavjum, eshiklari
mahkam   yopilgan,   harbiylar   tomonidan   ehtiyotkorlik   bilan   qo‘riqlanadigan   yuk
poyezdlari   cho‘zilgan.   Insonlarga   to‘g‘ri   kelmaydigan   sharoitdagi   vagonlarda
qorachoylar yuklangandi, ularning yo‘lda kasallik orttirishi va o‘lim holatlari ham
ko‘plab uchragani qayg‘uli holatlardandir.  
Dastlabki   ikki   yil   ichida   qorachoylarning   40%   gacha   sovuq,   ochlik   va
kasallikdan vafot etdi. Bunga Stalin-Beriya-Suslov va ularning yordamchilarining
jinoiy   harakatlari   sabab   bo‘ldi.   Qorachoy   xalqining   “Qaroqchi”   xalq   deyilishida
ularning   keksalari   ham,   kichkina   bolalari   ham,   ayollari   ham,   urushdan   nogiron
43
  Земков В.Н. – Спецпоселенцы в СССР, 1930-1960. М.: 2003.   C .255.
41 bo‘lib   qaytganlari   ham   ayblangandi.   "Qaroqchilar"   qatorida   hatto   ona   qornida
bo‘lganlar ham, yillar o‘tib, surgunda tug‘ilganlar ham bir xilda ayblanardi.
Xalq   nafaqat   repressiyaga   uchradi,   balki   odamlar   so‘zning   to‘g‘ridan-to‘g‘ri
ma'nosida talon-taroj qilindi - axir, odamlar uylarini, mol-mulkini, chorva mollari
musodara   qilindi.   Bir   million   bosh   qorachoy   qo‘ylari,   bir   necha   yuz   ming   bosh
qoramollar   -   tog‘lilarning   asosiy   boyligi   tog‘larda   hokimiyat   ixtiyorida   qoldi.
SSSR   Oliy   Kengashi   Prezidiumining   1948-yil   26-noyabrdagi   qarori   kabi   sovet
fuqarolarini   faqat   millat   “Aybi”   bilan   huquqsiz   qul   va   krepostnoylarga
aylantiruvchi   hujjatni   jahon   amaliyotida   yana   qayerdan   topish   mumkin?   Bu   esa
barcha   xalqlar   uchun   erkinlik,   tenglik,   insonparvarlik   va   adolatni   e'lon   qilgan
mamlakatda shu holat amalga oshgandi. 44
 
1948-yilda   BMTning   Genotsid   to‘g‘risidagi   konvensiyasi   qabul   qilingan
bo‘lib, uni  insoniyatga qarshi  jinoyat sifatida qoralagan. Biroq, konvensiya Stalin
hukumati  tomonidan  ratifikatsiya  qilinmadi. U  SSSR  tomonidan  faqat   1954-yilda
qabul   qilingan.   Ammo,   Stalin   davrida   bu   haqda   hech   qanday   tasavvurga   ega
bo‘lmagan   mamlakatimiz   xalqlari   o‘zlarining   harakatlari   va   qalblari   bilan
tasdiqlangan.
Mahalliy   aholi   tomonidan   maxsus   ko‘chirilganlarga   nisbatan   shafqatsiz
munosabatda   bo‘lish   holatlari   ko‘p   bo‘lgan.   Kuzatuv   ostidagilar   hokimiyat
tomonidan xoin, dushman, jinoyatchi sifatida ko‘rsatildi. Ammo, aynan mana shu
fojiali yillarda qirg‘iz va rus, qozoq va o‘zbek, musofir yurtlarda yashagan har bir
kishining donoligi, tabiiy rahm-shafqati o‘zini namoyon qildi. Keksa odamlarning
hikoyalariga   ko‘ra,   "Ko‘chmanchilar"   taqdirida   alohida   ahamiyatga   ega   bo‘lgan
rus   xalqi   -   30-yillarda   egalikdan   mahrum   bo‘lgan,   butun   Rossiyadan   bu   yerga
surgun   qilingan   va   bu   yerga   ko‘proq   joylashishga   muvaffaq   bo‘lgan
ko‘chmanchilarning o‘zlari egallagan. 
Hukumat boshqa yo‘llar bilan ham muvaffaqiyatga erishdi. Darhol, bolqorlar
quvilganidan   keyingi   kun   1944-yil   3-avgustda   Pravdada   1944-yil   3-sentyabrda
44
 Шаманов И.М., Караева 3. Б., Кечеруков К. А., Алиев А. Карачаевцы: выселение и возвращение :
1943-1957   :   материалы   и   документы   /   Алиев   И.   И.   —   сборник   актов   комиссии   по   реабилитации
карачаевского народа. — Черкесск: «ПУЛ», 1993.  C .142.
42 "Maxsus   hukumat   topshirig‘ini   muvaffaqiyatli   bajarganlik   uchun"   odamlarning
katta   guruhini   mukofotlash   to‘g‘risida   farmon   e'lon   qilindi.   700   dan   ortiq   kishi
orden   va   medallar   bilan   taqdirlangan.   Ro‘yxatni,   albatta,   NKVD   Bosh   komissari
L.Beriya   (1-darajali   Suvorov   ordeni),   keyin   -   2-darajali   komissarlar   Z.Kobulov,
I.Serov   (qorachoylarni   quvib   chiqarishga   rahbarlik   qilgan)   boshqargan.   General-
polkovnik S. Kruglo (1-darajali Kutuzov ordeni)... 
Komendant   soatlarining   aholi   punktlarida   o‘rnatilgan   maxsus   rejimining
shafqatsizligi   shu   darajada   ediki,   bepoyon   viloyat   bo‘ylab   tarqalib   ketgan   va
frontdan   kelayotgan   odamlar   yillar   davomida   o‘z   oilasi,   yaqinlarini   izlab   yurgan.
Xalq butunlay assimilyatsiya bo‘lib aralish ketish va yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida
bo‘lgan.   Oilalar   ochlikdan   o‘lmasligi   uchun   go‘zal   mag‘rur   tog‘lik   ayollar   bir
parcha   non   uchun   o‘zlarini   qurbon   qilib,   mahalliy   aholi   orasidan   keksalarga
turmushga   chiqishdi.   Bir   hovuch   don   uchun   odamlar   so‘nggi   unutilmas   oilaviy
merosxo‘rlarni   sotishdi.   “Bu   qo‘llar   bilan,   –   dedi   menga   olijanob   cho‘ponimiz,
Sotsialistik   Mehnat   Qahramoni   Magomet   Cherkesov   o‘zining   qotib   qolgan
baquvvat  qo‘llarini  ko‘rsatib, – qo‘shnining besh nafar bolasini  bir kunda ko‘mib
qo‘ydim.   Va   bugun,   oradan   o‘n   yillar   o‘tib,   men   o‘sha   yillar   haqida   chuqur   his-
tuyg‘ularsiz   gapiradigan   bironta   ham   guvohni   ko‘rmadim   va   bugun   ularning
ko‘zlarida yosh bor...”. 45
Bu   genotsidning   yana   bir   kutilmagan   tomoni   bor   edi:   fashistlar   bilan
jabhalarda   fidokorona   kurashgan   qorachoy   pariyalari   hech   qanday   marosimsiz
front   chizig‘idan   olib   tashlandi   va   chuqur   orqaga,   qoida   tariqasida,   kesish   uchun
yuborildi.   Frontda   oldingi   safdagi   komandirlar   qat'iyat   bilan   tik   turganlar   qoldi.
Lekin, o‘zingizga ma’lumki, armiyada “Tozalash” olib borgan “Maxsus ofitserlar”
har  bir  qo‘mondonni  mojaroda hal  qilmagan. Shu bilan birga, Karachay faxriylar
kengashining   ma'lumotlariga   ko‘ra,   o‘n   beshdan   ortiq   qorachoy   jangchilari   Sovet
Ittifoqi Qahramoni unvoniga nomzod bo‘lgan, ulardan ikkitasi ikki marta. Ammo,
faqat   ikkitasi   -   Dneprni   birinchilardan   bo‘lib   kesib   o‘tgan   tank   brigadasi
qo‘mondoni   polkovnik   Xorun   Bogatyrev   va   Mo-Gilevshindagi   Belorussiyadagi
45
 Поболь О.Н.  -  Сталинские депортации. — МФД, 2005.  C .482.
43 partizan polkining afsonaviy yaratuvchisi va qo‘mondoni kapitan Usmon Kasayev
(o‘limidan   keyin)   olishdi.   O.Kasayev   polki   dushmanning   27   ta   garnizonini
mag‘lub etdi, 4 ming nafargacha fashistlarni yo‘q qildi, 100 dan ortiq boshqa yirik
operatsiyalar va sabotajlarni amalga oshirdi. Dushmanning 34 ta eshelonlari, 379 ta
vagonlari relsdan chiqib ketdi. O.Kasaev taklif qilgan va “Bolshaya Zemlya” bilan
kelishilgan   rejaga   ko ra,   sovet   uchuvchilari   tomonidan   amalga   oshirilgan   yirikʻ
bombali   hujum   natijasida   dushmanning   frontga   ketayotgan   tank   diviziyasi   yo q	
ʻ
qilindi. Qahramonning onasi “Vatan xoini” sifatida Qozog‘istonga surgun qilingan.
Belorussiyadagi,   Smolensk   viloyatidagi,   Bryansk   viloyatidagi   partizan
otryadlariga   Yu.Karakstov,   K.Xairkpzov,   A.Barxozov   boshchilik   qilgan.
Matrosovning jasoratini shimollik X.Xachirov ham takrorladi. 46
 
Assimilyatsiya   va   halokatga   mahkum   bo lgan   xalq   nafaqat   yo q   bo lib	
ʻ ʻ ʻ
ketmadi, balki KPSS XX qurultoyiga nisbatan o zining g oyat mehnatsevarligi va
ʻ ʻ
mehr-oqibati   tufayli   o zining   etnik   qiyofasini   saqlab   qoldi,   O rta   Osiyo   xalqlari	
ʻ ʻ
orasida e tirof va do st topdi. Aynan maxsus komendaturaning g‘azabi qo‘zg‘algan	
ʼ ʻ
bir   paytda,   qorachoylik   ikki   qiz   Nuzula   Kurjiyeva   va   Patiya   Shidakova   lavlagi
yetishtirishda barcha mumkin bo‘lgan rekordlarni qo‘lga kiritib, ular uchun barcha
mumkin   bo‘lgan   to‘siqlar   va   huquqlarning   buzilishiga   qaramay,   mutlaqo   yangi
biznesga   aylandi.   Qorachoylarning   Kavkazga   qaytishi   to‘g‘risida   savol
qo‘yilganda,   mahalliy   hokimiyat   ulardan   qolishni   so‘ragani,   Qozog‘istonning
istalgan   viloyatidagi   Sovet   muxtoriyatiga   ajratishni   taklif   qilgani   bejiz   emas.
Umuman   olganda,   qorachoylarning   tub   yashash   yerlaridan   uzoq   hududlarga
ko‘chirilishi   bir   qator   salbiy   oqibatlarga   olib   keldi.   Tashabbuskor   kuchlarning
harakatlari bilan ular reabilitatsiya qilindi. 
2.2-§. Bolqorlarning deportatsiyasi oqibatlari
Bolqorlar   turkiyzabon   xalq   bo‘lib,   ular   asosan   Shimoliy   Kavkazning
markaziy qismida yashovchi, uning tog li  va tog oldi (Balkariya) mintaqalarining	
ʻ ʻ
yuqori   oqimida   istiqomat   qiluvchi   Kabardin-Bolqoriyaning   tub   aholisi   sanaladi.
46
 Ситнянский Г.Ю., Бушков В.И. – Миграции населения в Центральной Азии прошлое, настоящее
и будущее. М. 2016.  C .158.
44 Baksan,   Chegem,   Xaznidon,   Cherek-Bolqor   daryolari,   Cherek-Xulamskiy
(Bezengiyevlar, Xolamlar). Ular  yirik kavkaz irqining kavkaz antropologik turiga
mansub. Aslida ular qo‘shni Qorachoy-Cherkesiyada yashovchi qorachoylar bilan
bir-biriga   etnik   jihatdan   yaqin   xalq.   Ular   turkiy   oilaning   qorachoy-bolqor   tilida
so‘zlashadi.
Bolqorlarning   taqdiri   ham   ikkinchi   jahon   urushida   hal   qilindi,   ular   bir   qator
Kavkaz xalqlari kabi tub yashash yerlaridan o‘zga hududlarga ko‘chirildi. Chechen
va   ingushlarning   ko‘chirilishini   amalga   oshirib   bo‘lgan   Beriya   Kavkazni   tark
etishga   shoshilmadi.   Kabardin-Bolqoriya   viloyat   komiteti   bosh   kotibi
Z.D.Kumexov ham 1944-yil 25-fevralda Grozniy shahriga bejizga bormagandi. U
I.Serov va B.Kobulovlar bilan ham uchrashdi. Undan keyingi navbatda Kabardin-
Bolqoriyaning janubiy tog‘li  hududlari – Elbrus yaqinidagi  hududlarda yashovchi
bolqorlar ko‘chirildi. 
Beriya bolqorlarni ko‘chirishga asos qilib, ularning Elbrusni himoya qilishga
qodir   emasliklarini   ko‘rsatdi.   1942-yil   avgustida   Kabardin-Bolqoriya   hududining
nemislar   tomonidan   bosib   olinishi   jarayoni   boshlandi.   1943-yil   11-yanvarida   esa
nemislar Kabardin-Bolqoriya ASSR hududidan quvib chiqarilgandi. 
1944-yil   24-fevralida   Beriya   Stalinga   bolqorlarni   boshqa   hududga
ko‘chirishni   taklif   qildi.   26-fevralda   esa   NKVD   ning   “Kabardin-Bolqoriya
hududidan   bolqor   aholisini   ko‘chirish   to‘g‘risida”gi   buyrug‘i   chiqarildi. 47
Operatsiyani amalga oshirishga NKVD ning 4 ming nafar operativ xodimlari va 17
ming nafar harbiy xizmatchilari jalb qilindi. Operatsiya general-mayor I.I.Piyashev
tomonidan boshqarildi. Uning o‘rinbosarlari etib general-mayor M.I.Sladkevich va
ikki   mahalliy   narkom   raislari   –   S.I.Filatov   va   K.P.Bziavalar   tayinlandilar.
Ko‘chirilishi   ko‘zlangan   hududlar   5   qismga:   Elbrus,   Chegem,   Xulamo-
Bezengiyev, Cherek va Nalchikga bo‘lindi. 
2-mart   kuni   Beriya   B.Z.Kobulov   va   S.S.Mamulova   xamrohligida   Nalchikga
tashrif   buyurib,   Elbrusga   ham   bordi.   U   bolqorlarni   hozirgi   yashash   hududlaridan
47
  Бугай Н. Ф.,   Иосиф Сталин   — Лаврентию Берии   : «Их надо депортировать»: документы, факты,
комментарии.   — Дружба народов, 1992.   C .162.
45 ko‘chirib,   ularning   yerlarini   Gruziyaga   qo‘shib   berish   hamda   shu   bilan
Gruziyaning Katta Kavkazning shimoliy hududlarini mudofaasini samarali tashkil
qilishiga yordam bo‘lishini  Kumexovga ma’lum  qildi. Kabardin esa Qorachoy va
Cherkesiya yerlari hisobiga to‘ldirilardi. 
5-mart kuni  KBASSR aholisining ko‘chirilishi  borasidagi  GKO qarori qabul
qilindi.   Operatsiyaning   boshlanish   sanasi   etib   10-mart   belgilandi.   Ammo,   bu
jarayon ertaroq 8-9-mart kunlari o‘tkazildi. Chechen-ingushlarni ko‘chirish oldida
bolqorlarni   ko‘chirish   ancha   yengildek   ko‘rindi.   37   107   nafar   bolqorning
deportatsiya   qilinganligi   borasidagi   hisobotni   Beriya   Stalinga   11-martdayoq
taqdim   etdi.   Huddi   shunday   hisobot   bilan   Beriya   KP   MK   siyosiy   byurosi   oldida
14-mart   kuni   chiqish   qildi.   Shu   yig‘ilish   yakuniy   qarorida   Z.D.Kumexov   ham
egallagan lavozimidan ozod qilingandi. 
1944-yil   8-aprelda   PVS   ning   bolqorlarni   ko‘chirish   va   Kabardin-Bolqor
ASSR   ning   Kabardin   ASSR   ga   nomini   o‘zgartirish   to‘g‘risidagi   qarori   qabul
qilindi.   Bo‘shab   qolgan   yerlarni   Kabardin   ASSR   ning   kam   yerli   dehqonlariga
taqsimlab   berish   ya’ni   kabardinlarga   berishga   qaror   qilindi.   Gruziyaga
respublikaning   janubi-g‘arbiy   hududlari   berildi,   bu   hududlar   2   ming   kv.kmni
tashkil qilardi. 48
 
Ma’muriy-hududiy repressiyalardan so‘ng toponimik o‘zgarishlar ro‘y berdi.
1944-yil  29-mayda RSFSR PVS ning shu boradagi  qarori  qabul qilindi: Xulamo-
Bezengiyev   tumani   Sovetskiy   nomiga,   uning   markazi   Qashqatau   qishlog‘idan   -
Sovetskoye qishlog‘iga o‘zgartirildi; Nagorniy tumani markazi Kamennomostkoye
qishlog‘idan   Sarmakovo   qishlog‘iga,   Urvan   tumani   markazi   Cherek   qishlog‘idan
Dokshukino   qishlog‘iga   (hozirgi   Nartkala   shahri)   ko‘chirildi;   Chegem   tumani
markazi   N.Chegem   qishlog‘i   nomidan   Chegem-I   nomiga   o‘zgartirildi;   Cherek
tumani   tugatildi,   uning   hududlari   Sovetskiy   va   Leninskiy   tumanlariga   qo‘shib
berildi.   Keyinchalik,   1944-yil   dekabrda   Gruziya   PVS   ning   yana   shunday
qarorlaridan   biri   bilan   Zemo-Svanetkiy   tumanidagi   5   ta   aholi   manzilgohlarining
nomlari o‘zgartirildi. 
48
 Поболь О.Н. Сталинские депортации. — МФД, 2005.  C .484.
46 Tub yashash yeridan ko‘chirilgan bolqorlar soni  37   044 nafarni tashkil  qildi.
Ularning 60 %i Qirg‘iziston va Qozog‘iston hududlariga ko‘chirildi. Oktabr oyiga
kelib,   ularning   umumiy   soni   33   100   nafarni   tashkil   qildi.   Bunda   hisobdagi   farq
faqatgina   vafot   etganlar   hisobigagina   emas,   balki   adashib   qo‘shib   keltirilgan
kabardinlar ham hisoblangandi. Ular keyinchalik qaytarib jo‘natildi. 
1944-yil   5-10-may   kunlari   yana   20   ta   bolqor   oilalari   ko‘chirildi,   ular   sobiq
Qorachoy   viloyati   hududida   yashardilar.   May-iyun   oylarida   esa   kabardinlar   ham
noxush   xabar   eshitishdi.   Huddi   bolqorlarda   bo‘lgani   kabi   1944-yil   20-iyunda
nemis fashistlari bilan hamkorlikda ayblangan 2492 nafar kabardinlar Qozog‘iston
hududiga   ko‘chirilishi   maqsad   qilindi.   Qizil   Armiyada   xizmat   qilganlar   va   70
yoshdan   oshgan   qariyalarning   deportatsiyadan   ozod   qilinishi   hisobiga   1672   nafar
kabardin Jambul va Janubiy Qozog‘iston viloyatlariga deportatsiya qilindi. Ammo,
kabardinlarning ommaviy surgun qilinishi amalga oshirilmadi. 
Ikkinchi   jahon   urushida   Kabardin-Bolqor   ASSR   hududida   ham   boshqa
hududlardagi   kabi   banditizm   holatlari   ham   uchrab   turdi.   1943-yil   29-martda   VV
NKVD   SKO   shtabi   boshlig‘i   Malikov,   davlat   xavfsizligi   komissari   Gorlinskiy
boshchiligida   Kabardin-Bolqor   ASSR   ning   “Baliq”   (Malka)   tumanida
yashirinayotgan   bandit-isyonchi   guruhini   yo‘q   qilish   bo‘yicha   reja   tasdiqlandi.
Nemis   fashistlarining   Kabardin-Bolqor   va   Qorachoy   hududlaridan   quvib
chiqarilganidan   so‘ng,   natsionalistik   ruhdagi   banditlar,   politsiya,   nemis   jazolov
ma’muriyati, harbiy xizmatdan bo‘yin tovlaganlar va shu toifadagi shaxslar Sovet
hukumatiga   qarshi   ochiqcha   qarshilikka   chiqib,   nemislar   Kabardin-Bolqor   va
Qorachoyda tuzib ketgan “Yangi tartib”ni saqlab qolishni talab qila boshlashdi. 49
 
Cherek   va   Uchqulon   tumanlarida   isyonchilarga   qarshi   olib   borilgan
operatsiyalar natijasida jinoiy to‘dalar qisman yo‘q qilindi. 
Isyonchilarning   bir   qismi   hamda   ularning   boshliqlari   tog‘li   hududlarga
yashirinishdi,   ular   Sovet   hukumatiga   qarshi   kurash   uchun   yangidan   kuch   to‘play
boshladi.   Tezkor   tergov-surishtiruv   organlari   ma’lumotlariga   ko‘ra,   tog‘larda
49
  Полян   П.М.   -   Историмор,   или   Трепанация   памяти.   Битвы   за   правду   о   ГУЛАГе,   депортациях,
войне и Холокосте. M .: 2017.   — 365 с.  
47 yashiringan   jinoyatchilar   alohida   jinoiy   to‘dalarga   birlasha   boshlashdi.   Ular
Qorachoy   va   Bolqoriya   jinoiy   to‘dalar   shtablarini   yaratishga   ham   muvaffaq
bo‘lishdi, ularning qarorgohi Malka daryosining yuqori oqimida “Baliq” hududida
joylashgandi. 
Isyonchi   to‘dalar   shtablari   boshliqlari:   Kislovodskning   sobiq   burgomistri
Qo‘chqorov, sobiq knyaz Dudov Islom, sobiq knyaz Anzarov Asqarxon, Ulbashev
Xusayn va boshqalar edi. 
Xavfsizlik   organlarining   ma’lumotlariga   ko‘ra,   “Baliq”   hududidagi   jinoiy
guruhlar   a’zolarining   soni   400-500   kishini   tashkil   qilardi.   Ular   qurollangan
qorachoy va bolqorlardan iborat edi. Undan tashqari, Malkaga tutash hududlardan
– KB ASSR ning Elbrus va Nagorniy tumanlari va Qorachoyning Mikoyanovskiy
tumanlarida yana 500 nafar jinoiy guruh a’zolari mavjud bo‘lgan. 
So‘nggi   vaqtlarda   yuzaga   chiqqan   ma’lumotlarga   ko‘ra,   Malka   daryosining
yuqori oqimlarida bolqorlarning Xabez qishlog‘idan bo‘lgan 45-50 kishidan iborat
jinoiy   to‘dasi   faoliyat   olib   borib,   ularga   Ulbashev   Xusayn   boshchilik   qilgan.
Qorachoylar jinoiy to‘dasi 25-30 nafardan iborat bo‘lib, ularga Bayrakumov Xoxur
boshchilik   qilgan,   bunday   jinoiy   to‘dalardan   yana   bir   qanchasi   sovet   hukumatiga
qarshi   harakatlarda   ishtirok   etgan.   Ular   sovet   hukumati   kuchlari   bilan
to‘qnashuvlarida   qo‘l   pulyemyotlari,   granatalar,   avtomat,   miltiq,   revolver   va
boshqa qurollaridan foydalanishgan. 50
 
Malka   daryosining   yuqori  oqimida,  xususan,  “Baliq”-Boshi,  Ulubek,   Karali-
Kol,   Bosh-siz,   Kinjal-Tyube,   Jugutyurle-Tyube,   Xalxuxa-Kol,   Karani-Kol   va
Xarbez   hududlarining   o‘rmonli,   tog‘li   yerlari,   tabiiy   g‘orlari   qish   mavsumida
isyonchi   to‘dalarga   mudofaa   uchun   qulay   sharoit   yaratardi.   Bu   hududlarga
kelaverish   yerlarida   isyonchi   to‘dalar   tomonidan   yigirma   to‘rt   soatlik   qo‘riqlov
tashkil etilgandi.
KB   ASSR   ning   “Baliq”   (Malka)   hududida   bo‘lgan   yuqorida   sanab   o‘tilgan
jinoiy to‘dalarni yo‘q qilish KB ASSR, Qorachoy AO, Stavropol mahalliy NKVD
organlari   hamda Groznen  shtabi   tezkor  guruhlari   zimmasiga  yuklatilgandi. Jinoiy
50
  Темукуев Б.Б. -  Спецпереселенцы: в 3 т.   — Изд-во М. и В. Котляровых, 2009.  C .318.  
48 to‘dalarni   yo‘q   qilish   bo‘yicha   operatsiya   1-apreldan   15-aprelgacha   davom   etishi
rejalashtirilib,   umumiy   qo‘shinga   VV   NKVD   ning   Groznen   shtabi   boshlig‘i   –
polkovnik I.S.Yaximovich, Groznen diviziyasi boshlig‘i mayor Mitskevich, davlat
xavfsizlik   komissari   Gorlinskiy   hamda   uning   o‘rinbosari   polkovnik   Jukovlar
boshchilik qilishdi. 51
 
Jinoiy to‘dalarni qurshovga olish va ularni yo‘q qilish bo‘yicha 3 ta qiruvchi
guruh shakllantirildi: 
a)   Gundelen   guruhi   –   170   SP   –   yettita   o‘qchi   rota,   avtomatchilar   rotasi,
minrota, kavvzvod, 12 nafar tezkor tarkib va 15 nafar yo‘l boshlovchilardan iborat
edi.   170   SP   guruhi   boshlig‘i   polkovnik   Shufinskiy   edi.   Tezkor   tarkib   rahbari
polkovnik Tur va davlat xavfsizlik kapitani Dolgopolov edi. Rezerv – bitta o‘qchi
rota edi. 
Ularning vazifasi – ikki rota kuchi bilan 1943-yil 5-aprelidan Baksan darasini
yopib   qo‘yish,   yo‘l   to‘siqlarini   qo‘yish,   Elbrus   tumanidagi     Irik   dovonida   bitta
vzvod   kuchi   bilan   qo‘riqlash   postini   yaratish,   V.Baksan   tumanida   bir   vzvod,
“Baliq” tumanida ikkita vzvod, Lokshuti  tumanida bir vzvod qoldirish kabilardan
iborat   edi.   Bundan   ko‘zlangan   maqsad   –   jinoiy   guruhlarning   sharqqa   harakatini
to‘xtatish edi. 
Birlashgan   harbiy   guruhni   Gundelen   qishlog‘ida   3-aprel   kuniga   to‘plash,
undan Tizil, Kertmen shaharlari yo‘nalishida harakatlanib, yo‘lda uchragan jinoiy
guruhlarni   birma-bir   yo‘q  qilish  1943-yil   6-aprelgacha   yakunlanishi  kerak  edi.  7-
aprel   kuni   “Baliq”   hududida   yashiringan   asosiy   jinoiy   guruhlar   kuchlarini   yo‘q
qilish maqsad qilindi.
b)   Xasaut   guruhi   –   18   KP   tarkibida   –   to‘rtta   qilichbozlar   eskadronasi,
mineskadron,   aloqa   eskadroni,   puleskadron,   tankchilar   vzvodi   va   3/284   SP,   9
nafardan   iborat   bo‘lgan   tezkor   tarkib   va   10   nafar   yo‘l   boshlovchilar   mavjud   edi.
Guruh boshliqlari – 18 KP rahbari podpolkovnik Raximov, tezkor tarkib boshlig‘i
Stavropol   OBB   UNKVD   rahbari   davlat   xavfsizligi   podpolkovnigi   Rijkov,   davlat
51
  Шнайдер В.Г.   -   Советская национальная политика и народы Северного Кавказа в 1940—1950-е
гг. — Directmedia, 2015.  C .355.
49 xavsizligi   katta   leytenanti   Suxorukovlardan   iborat   edi.   Rezervda   –   bitta   eskadron
bor edi. 
Guruhning asosiy vazifalari – Narzan suvi olinadigan Mineralniy qishlog‘i va
Xasaut   hududida   harbiy   guruhni   1943-yil   5-aprelgacha   to‘plash,   6-aprelidan
tankchilar   vzvodi   bilan   Mineralniy   qishlog‘i,   Xasautga   boradigan   yo‘lni   to‘sib
qo‘yishdan   iborat   edi.   Bunda   asosiy   maqsad,   jinoiy   to‘dalarning   Sharqqa
harakatini   to‘xtatib   qo‘yish   edi.   1943-yil   7-aprel   tongida   uchta   qiruvchi   guruhlar
o‘z   yo‘nalishlari   bo‘yicha   tozalashlarga   chiqdi.   Birinchi   guruh   Mineralniy
qishlog‘idan Janubga harakat qildi; ikkinchi va uchinchi guruh Xasautdan Mushta
daryosiga qarab harakatini boshladi. Ikkinchi va uchinchi  guruh Gundelen guruhi
bilan   hamkorlikda   harakatlarini   umumlashtirgan   holda   “Baliq”   tumanidagi   jinoiy
guruh kuchlarini yo‘q qilishi kerak edi. 
v)   Xurzuk   guruhi   –   284   SP   tarkibida   –   to‘rtta   o‘qchi   rota,   minrota,
avtomatchilar rotasi, 10 kishidan iborat tezkor tarkib, 8 nafar yo‘l boshlovchi  bor
edi.   Guruh   boshliqlari   –   284   SP   rahbari   podpolkovnik   Bashilov,   tezkor   tarkib
rahbari   militsiya   katta   leytenanti   Schyotchikov   va   davlat   xavfsizligi   leytenanti
Shestopalovlar edi. 52
 
Guruhning   asosiy   vazifalari   –   1943-yil   6-aprelda   Burun-Tosh   tumani,
Borkulnaun va Bechasin shaharlari kesishmasi hududlarini nazoratga olish, Xuzruk
va Uchqulon tomonga jinoiy guruhlarning o‘tib ketishini oldini olishdan iborat edi.
Jinoiy   to‘dalarning   shu   ikki   hududga   bostirib   kirishga   urinishi   bo‘lgan   taqdirda
Xasaut guruhi bilan hamkorlikda ularni yo‘q qilish ham maqsad qilingandi. Qo‘lga
olingan   jinoiy   to‘da   a’zolarini   saqlab   turish   joylarini   tashkil   qilish   rejalashtirildi.
Gundelen   guruhi   uchun   Xabaz   va   Gundelen   qishloqlari,   Xasaut   guruhi   uchun
Xasaut  qishlog‘i, Xurzuk guruhi uchun esa Xurzuk va Xasaut  hududlarida qo‘lga
olinganlarni saqlashni tashkillashtirish belgilandi. 
Tashkil   qilingan   bu   3   guruhning   boshliqlariga   doimiy   ravishda   jangovar
shaylikda   bo‘lish   topshirildi.   Chunki,   bu   tog‘li   hududlar   jinoiy   to‘dalari   istalgan
tomondan   hujum   qilish   ehtimoli   mavjud   edi.   Undan   tashqari,   guruhlarning   butun
52
  Шабаев Д.В.  -  Правда о выселении балкарцев.   — Эльбрус, 1992.   — 203 с.
50 tarkibida   ikkitadan   qurol   komplekti,   10   kunga   yetadigan   quruq   payok,   tog‘li
hududlardagi   to‘siqlarni   yo‘q   qilishga   yetadigan   portlovchi   moddalarga   ega
bo‘lishlari shart edi. Shu tariqa bolqorlarning jinoiy guruhlariga qarshi kurashishda
tizimli ketma-ketlik tashkil qilindi. 
Bolqorlarning   tub   yashash   yeridan   o‘zga   hududga   ko‘chirishda   Beriyaning
Stalinga   yuborgan   murojaat   telegrammasida   barchasi   ko‘rsatilgandi.   U   o‘z
telegrammasida,   bolqorlarning   ko‘chirilishidan   oldinroq   Shimoliy   Kavkazdagi
holat   bilan  tanishganligi,  nemis   fashistlarining   Kavkazga   bostirib  kelishi   vaqti   va
fashistlarning bu hududlardan siqib chiqarilganidan keyingi vaqtdagi bolqorlarning
o‘zini   qanday   tutganligini   o‘rganib   chiqganligini   aytib   o‘tdi.   1942-yil   Rostov
yaqinidagi frontning nemislar tomonidan yorib o‘tilishida Bolqoriyadagi antisovet
kuchlarining faollashganligini ko‘rish mumkin edi. Ular frontdan dezertirlik qilgan
bolqorlardan   jinoiy   to‘dalar   tashkil   qila   boshlashgandi.   1942-yil   oktyabrda   37-
armiya   Kavkazning   asosiy   tog‘   tizmasidan   Bolqoriya   orqali   chekinayotganda
bolqorlarning   jinoiy   to‘dalari   harbiy   qismlarga   hujum   qilib,   ularning   transporti,
qurollari va oziq-ovqatlariga talonchilik hujumlarini uyushtirib keldilar. 53
 
Cherek tumanida bolqorlar harbiy bo‘linmaga hujum qilib, ofitserlar tarkibini
yo‘q   qilishdi.   Bolqoriyaning   tumanlarining   ayrim   sovet   boshqaruv   vakillari   va
partiya   xizmatchilari   jinoiy   guruhlar   tarkiblariga   xizmatga   o‘tib   ketishdi.   Bunga
misol   tariqasida,   Cherek   tumanidagi   jinoiy   to‘dalardan   biriga   ishchi   deputatlar
tuman kengashi  ijroya qo‘mitasining sobiq raisi Mechukayev  boshchilik qilgandi.
Beriyaning fikriga ko‘ra, nemis fashistlarning Bolqoriya hududlariga kirib kelishi,
bolqorlar   tomonidan   iliq   kutib   olingandi.   Nemislar   partizan   guruhlariga   qarshi
kurashda   bolqorlardan   faol   foydalanib   kelishdi.   Undan   tashqari,   nemislarning
tog‘li   mintaqada   harakatlanishida   bolqor   yo‘l   ko‘rsatuvchilari   ham   faol
ko‘maklashib kelishgan. 
Nemislarning   ko‘rsatmasi   va   ular   keltirgan   emigrantlar   –   Shokmanov   va
Kemmetovlar undovi bilan bolqorlar va qorachoylar Bolqoriya hamda Qorachoyni
53
  Эдиев   Д.   М.   Демографические   потери   депортированных   народов   СССР.   —   Ставрополь,   2003.
C .361.
51 birlashtirish   yo‘lidan   borishdi.   Qizil   Armiyaning   qarshi   hujumi   vaqtida,
chekinayotgan   nemis   fashistlari   bolqorlardan   jinoiy   to‘dalar   tashkil   etib,   ulardan
Cherek   va   Chegem   tumanlarida   sovet   qo‘shinlariga   qarshi   harakatlarda
foydalanishdi. 
1942-1943-yillarda   banditizm   va   sovetlarga   qarshi   harakatlarda   1227   nafar
bolqor hibsga olindi. Bu songa otishmalarda halok bo‘lganlarni qo‘shsa undan ham
katta   raqamlar   hosil   bo‘ladi.   Hibsga   olinganlarning   186   nafari   kommunist   va
komsomollar edi. Nemislar bilan birgalikda Bolqoriyadan 362 nafar shaxs qochib
ketdi.   L.Beriya   ta’kidlashicha,   Bolqoriyadagi   antisovet   kuchlari   nemislar
chekinganidan so‘ng ham faol qarshilik harakatlarini amalga oshirishmoqda edi. U
chechen-ingushlarning ko‘chirilishi nihoyasiga yetayotganligini bildirib, bo‘shagan
organ   vakillaridan   bir   qismini   bolqorlarni   ko‘chirishga   jalb   qilishni   taklif   qildi.
Ularni   ko‘chirish   1943-yil   15-20-mart   kunlarigacha   yakunlash   ko‘zlangandi,
chunki   bu   davrgacha   o‘rmon   daraxtlari   barglar   bilan   hali   qoplanmagan   bo‘lardi
hamda   o‘rmondagi   kutilmagan   holatlarni   oldini   olgan   bo‘lardi.   Bu   vaqtga   kelib
bolqorlar   40   900   nafarni   tashkil   qilardi.   Ularning   aksariyati   4   ta   asosiy   tumanda
yashardilar.   Bu   4   ta   tuman   Kavkazning   asosiy   bo‘g‘iz   qismini   tashkil   qilib,
umumiy   503   ming   gektarda   joylashgandi.   Undan   300   ming   gektari   o‘tloqlar   va
o‘rmonlardan tashkil topgandi. 54
 
1944-yil   26-fevralda   NKVD   ning   “Bolqor   aholisini   Kabardin-Bolqoriya
ASSR hududidan ko‘chirish  to‘g‘risida”gi   №   00186 c/c sonli  buyrug‘i  chiqarildi.
Unga   ko‘ra,   bolqorlarni   ko‘chirish   jarayoniga   tayyorgarlik   ko‘rish   va   uni
boshqarish   borasidagi   chora-tadbirlarni   amalga   oshirish   masalalari   general-mayor
Piyashev   zimmasiga   yuklatildi.   Unga   o‘rinbosarlar   sifatida:   Kabardin-Bolqoriya
ASSR   ichki   ishlar   narkomi   davlat   xavfsizligi   polkovnigi   Bziava;   Kabardin-
Bolqoriya   ASSR   davlat   xavfsizligi   narkomi   polkovnik   Filatov;   general-mayor
Sladkevichlar tayinlanishdi. 55
 
54
  Полян   П.М.   -   Историмор,   или   Трепанация   памяти.   Битвы   за   правду   о   ГУЛАГе,   депортациях,
войне и Холокосте. M .: 2017.   — 412.
55
 Поболь О.Н.  -  Сталинские депортации. — МФД, 2005.  C .492
52 Ko‘chirish   jarayonini   amalga   oshirish   uchun   5   ta   tezkor   sektorlar   tashkil
qilindi:
1)   Birinchi   sektor   –   Elbrus   tumani,   dislokatsiyasi   –   Nijniy   Baksan.   Unga
general-mayor   Petrov   rahbar   etib   tayinlandi.   Uning   o‘rinbosarlari   etib   esa   davlat
xavfsizligi mayori Afanasenko va polkovnik Drojenkolar tayinlandilar.
2)   Ikkinchi   sektor   –   Chegem   tumani,   dislokatsiyasi   –   Nijniy   Chegem.   Unga
davlat   xavfsizligi   komissari   Proshin   rahbar   etib   tayinlandi.   Uning   o‘rinbosarlari
etib   davlat   xavfsizligi   podpolkovnigi   Partsxaladze   va   polkovnik   Shevtsov
tayinlandi. 
3) Uchinchi sektor – Xulamo-Bezengiyev tumani, dislokatsiyasi – Qashqatau
qishlog‘i. Unga davlat xavfsizligi podpolkovnigi Shestakov rahbar etib tayinlandi.
Uning   o‘rinbosarlari   etib   davlat   xavfsizligi   podpolkovnigi   Krasnov   va
podpolkovnik Kamenev tayinlandi.
4)   To‘rtinchi   sektor   –   Cherek   tumani,   dislokatsiyasi   –   Kustparti   qishlog‘i.
Unga   davlat   xavfsizligi   komissari   Klepov   rahbar   qilib   tayinlandi.   Uning
o‘rinbosarlari etib davlat xavfsizligi podpolkovnigi Xapov va polkovnik Alekseyev
tayinlandi. 
5)   Beshinchi   sektor   –   Nalchik   shahri   (Lesken   tumanining   Toshli-Tala
qishlog‘i, Nagorniy tumanining Xabaz va Kichmala qishloqlari  ham  shu sektorda
edi), dislokatsiya – Nalchik shahri. Unga davlat xavfsizligi podpolkovnigi Zolotov
rahbar   etib tayinlandi.  Uning o‘rinbosarlari   etib militsiya  podpolkovnigi  Yegorov
va polkovnik Xorkovlar tayinlandilar. 
Bolqorlarning   ko‘chirilishi   operatsiyasiga:   Moskva   o‘qchi   diviziyasi,   23-
o‘qchi   brigada,   263-o‘qchi   polk,   266-o‘qchi   polk,   3-motoo‘qchi   polk,   136-o‘qchi
polk,   170-o‘qchi   polk,   Moskva   harbiy-texnik   bilim   yurti,   Saratov   harbiy   bilim
yurti,   Orjonikidze   chegara   harbiy   bilim   yurti,   Siyosiy   tarkibni   takomillashtirish
maktabi, Alohida sanoat qo‘shini batalyoni kabi qo‘shindan umumiy 17   000 kishi
jalb qilindi. 56
 
56
  Бугай Н.Ф.  -  Иосиф Сталин   — Лаврентию Берии   : «Их надо депортировать»: документы, факты,
комментарии.   — Дружба народов, 1992.   C .189.
53 Undan tashqari, tezkor  tashkiliy masalalar  uchun yana 4   000 nafar  NKVD  –
NKGB tezkor xodimlarini jalb qilish belgilandi. Yuqorida sanab o‘tilgan qo‘shinni
1944-yil   5-martgacha   belgilangan   sektorlarda   to‘plash   buyurildi.
Ko‘chiriluvchilarni   yo‘lda   qo‘riqlab   borish   uchun   NKVD   ning   244-konvoy
(eskort) qo‘shini ajratildi. Ularni 1944-yil 1-martigacha Nalchik shahrida to‘plash
belgilab olindi. Temir yo‘l bo‘yicha ko‘chirish masalalariga davlat xavfsizligining
3-darajaga ega komissari Milshteyn tayinlandi. Bolqorlarni ko‘chirish muddati etib
dastlab   1944-yil   10-mart   sanasi   belgilandi.   Operatsiyaga   tayyorgarlik   va   uning
borishi   borasidagi   kunlik   hisobotni   general-mayor   Piyashev   5-mart   sanasidan
boshlab SSSR NKVD ga telegraf orqali yetkazib turishi buyurildi. 
1944- yil   5-mart   kuni   GKO   ning   (Davlat   mudofaa   komitetining)
“Bolqorlarning   Kabardin-Bolqoriya   ASSR   hududidan   ko‘chirilishi   to‘g‘risida”gi
№   5309   сс   –   sonli   qarori   qabul   qilindi.   Unga   ko‘ra,   1944-yil   31-yanvarda   qabul
qilingan   GKO   ning   №   5073   cc   –   sonli   qaroriga   qo‘shimcha   sifatida   Kabardin-
Bolqoriya ASSR dan Qozog‘iston SSR va Qirg‘iziston SSR hududlariga 40 ming
nafar  maxsus  ko‘chiriluvchilarni  yo‘naltirish   SSSR   NKVD  (L.Beriya)   zimmasiga
yuklatildi. 
Bolqorlarning joylashtirilishi borasidagi mutanosiblik bo‘yicha – Qozog‘iston
SSR   ga   25   ming   nafar,   Qirg‘iziston   SSR   ga   esa   15   ming   nafar   maxsus
ko‘chiriluvchi   yo‘naltirildi.   Qozog‘izton   SSR   XKS   (Xalq   komissarlari   soveti)   va
Qirg‘iziston   SSR   XKS   ga   maxsus   ko‘chiriluvchilarni   qabul   qilish   hamda   ularni
joylashtirish   majburiyati   yuklatildi.   Kabardin-Bolqoriya   aholisidan   musodara
qilingan qoramol hamda donli mahsulotlarni qabul qilib olish va hisobini chiqarish
Gritsenko  zimmasiga   yuklatildi.  40 ming  nafar   maxsus  ko‘chiriluvchi   bolqorlarni
eshelonlarga joylashtirish, Qozog‘iston va Qirg‘iziston SSR hududlariga yetkazish
NKPS (Kaganovich) zimmasiga yuklatildi. O‘z o‘rnida  №  5309 cc – sonli qarorga
ko‘ra, maxsus ko‘chiriluvchilarni issiq ovqat bilan ta’minlash ham ko‘zda tutilgan
bo‘lib, bu vazifa Narkomtorg (Lyubimov) zimmasida edi. 57
 
57
 Ситнянский Г.Ю., Бушков В.И. – Миграции населения в Центральной Азии прошлое, настоящее
и будущее. М. 2016.  C .212.
54 Bolqorlarni   ko‘chirishdagi   transportga   yoqilg‘i   yetkazish   maqsadida
Qozog‘iston   SSR   XKS   dan   50   tonna,   Qirg‘iziston   SSR   XKS   dan   30   tonna
avtobenzin   tashkil   qilib   berish   talab   qilindi.   Bu   esa   boshqa   maqsadlarga
yo‘naltirilgan avtobenzin hisobidan olinishi holatini yuzaga keltirdi.  
Ko‘plab   manbalarda   ko‘chirishlarda   umuman   tibbiy   xizmat   yo‘lga
qo‘yilmagan degan fikrlar yuzaga chiqadi. Ammo, aynan GKO ning   №   5309 cc –
sonli   qaroriga   ko‘ra,   bolqorlarni   ko‘chirishdagi   eshelonlarda   tibbiy   xizmatni
tashkil   qilish   Narkomzdrav   (Miterev)   zimmasida   edi.   Maxsus   ko‘chirilganlarning
dastlabki vaqtdagi kun kechirishi uchun talab etiladigan oziq-ovqat mahsulotlarini
yetkazib   berish   ham   Qozog‘iston   va   Qirg‘iziston   SSR   lari   XKS   zimmasiga
yuklatildi.   Bunda   Qozog‘iston   SSR   XKS   300   tonna   un,   150   tonna   yorma   va   shu
kabi   mahsulotlar;   Qirg‘iziston   SSR   XKS   esa   200   tonna   un,   100   tonna   yorma   va
boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishi belgilandi. 
1944-yil   10-martga   rejalashtirilgan   ko‘chirish   jarayoni   oldinroq   amalga
oshiriladigan bo‘ldi. 1944-yil 8-mart kuni erta tongda aholiga narsalani yig‘ishtirib
yo‘lga   chiqish   buyurildi.   Ularga   ikki   soat   vaqt   berildi,   oddiy   fuqarolar,   ikkinchi
jahon   urushi   ishtirokchilari,   ularning   ota-onalari,   qariyalar,   bolalar,   deputatlar,
rahbarlar, istisnosiz barcha deportatsiyaga uchradi. 
KB   ASSR   ning   barcha   hududidan   bolq o rlar   Nalchikdagi   temir   yo‘l
stantsiyasiga   olib   ketildi.   Ular   yo‘lovchi   tashishga   mo‘ljallanmagan   tovar   tashish
vagonlariga joylandi. Hammasi bo‘lib 14 ta eshelon tashkil qilindi. Har bir tarkib
56   ta   vagondan   iborat   bo‘lib,   vagonga   40–45   kishi   joylashtirilga n .   Hujjatlarda
bolqorlar joylashtirilgan eshelonlar "Shimoliy Kavkaz - 455" kodi deb nomlangan. 
NKVD   bolqorlarning   Bolqoriya   ASSR   hududidan   ko‘chirish   9-martda
tugallanganligi   to‘g‘risida   hisobot   berdi.   Qozog‘iston   va   Qirg‘iziston   SSR
hududiga ko‘chirilgan bolqorlar 37   103 nafarni tashkil qildi.  Ko‘chirish jarayonida
478 nafar bolqor hibsga olindi. Ulardan 288 ta o‘qotar qurollar musodara qilindi. 
Ko‘chirilganlarni   taqsimlashda   hududiy   jihatdan   aniq   ko‘rsatmalar   asosida
joylashtirildi. 
55 Qirg‘iziston SSR ga umumiy 15 ming bolqor ko‘chirilishi ko‘zlandi, ulardan
5000   nafari   Frunze   viloyatiga,   5000   nafari   Osh   viloyatiga,   2500   nafari   Issiqko‘l
viloyatiga, 2500 nafari Jalol-Obod viloyatiga joylashtirilishi rejalashtirildi. 
Qozog‘iston   SSR   ga   umumiy   25   ming   bolqor   ko‘chirilishi   ko‘zlangandi,
ulardan   5000   nafari   Janubiy-Qozog‘iston   viloyatiga,   5000   nafari   Olmaota
viloyatiga,   2500   nafari   Semipalatinsk   viloyatiga,   2500   nafari   Shimoliy-
Qozog‘iston   viloyati,   2500   nafari   Kustanay   viloyatiga,   2500   nafari   Pavlodarsk
viloyatiga,   5000   nafari   Akmolinsk   viloyatiga   joylashtirilishi   rejalashtirildi.
Ko‘chirilganlarga   dastlabki   vaqtdagi   oziq-ovqat   ta’minotini   mahalliy   hokimiyat
organlari tashkillashtirishi belgilangandi. 58
 
Nemis-fashist   bosqinchilari   Kabardin-Bolqoriya   ASSR   ga   hujum   vaqtida
ko‘plab bolqorlar xoinlikda ayblandilar. Shu sababli, SSSR Oliy soveti prezidiumi
“Kabardin-Bolqoriya   ASSR   da   yashovchi   bolqorlarni   ko‘chirish   va   Kabardin-
Bolqoriya   ASSR   ning   nomi   Kabardin   ASSR   ga   o‘zgartirilishi   to‘g‘risida”gi   №
117/6 – sonli qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra: 
1)   Barcha   bolqorlarni   Kabardin-Bolqoriya   ASSR   hududidan   SSSR   ning
boshqa hududlariga ko‘chirish; 
2)   Bolqorlarni   ko‘chirilgan   hududlarida   yer   bilan   ta’minlash   va   xo‘jalik
ishlarini yuritib olishga ko‘maklashish; 
3)   Bolqorlardan   bo‘shagan   yerlarni   Kabardin   ASSR   ning   kam   yerli
kolxozlariga bo‘lib berish; 
4) Kabardin-Bolqoriya ASSR nomini Kabardin ASSR o‘zgartirish;
5) Gruziya SSR ning Verxne-Svanetskiy tumani tarkibiga Kabardin SSR ning
Elbrus   va   Nagorniy   tumanlarining   janubi-g‘arbiy   qismlarini   qo‘shib   berish   kabi
qarorga kelindi. 
L.Beriyaning   Leninga   1944-yil   20-maydagi   hisobotiga   ko‘ra,   bolqorlarning
ko‘chirilganidan   so‘ng   ham   Kabardin   ASSR   hududida   nemis   fashistlariga   xizmat
qiluvchi bir qancha xoin oilalar mavjudligi aniqlandi. L.Beriyaning taklifiga ko‘ra,
xoinlikda ayblanayotgan oilalarni aybini isbotlovchi dalillar to‘planganidan so‘ng,
58
  Шабаев Д.В. -  Правда о выселении балкарцев.   — Эльбрус, 1992.   — 235 с.
56 ularni   Kabardin   ASSR   hududidan   Qozog‘iston   SSR   ning   Jambul   va   Janubiy-
Qozog‘iston   viloyatlariga   ko‘chirish   maqsadga   muvofiq   edi.   Bu   oilalarning   soni
710   ta   bo‘lib,   bu   oilalar   a’zolari   soni   2467   nafar   edi.   Ularni   ko‘chirish   ham
chechen,   ingush,   qorachoylardagidek   ketma-ketlikda   amalga   oshirish   maqsad
qilindi. 59
 
III bob. Qalmoqlar va mesxeti turklarning deportatsiyasi
3.1-§. Qalmoqlar deportatsiyasi oqibatlari
Ikkinchi jahon urushi sovetlarning alohida xalqlarga bo‘lgan rejalarini amalga
oshirish   uchun   qulay   fursat   yuzaga   keldi.   Ikkinchi   jahon   urushining   dastlabki
yillaridanoq   SSSRning   boshqa   hudud   xalqlari   kabi   qalmoq   xalqi   ham   vatan
himoyasiga turdi. 1941-yil 22-iyundagi kutilmagan fashistlarning SSSRga hujumi
ro‘y  berdi.  Qalmoq  viloyat   komiteti  urushning  birinchi   oyidagi   vaziyatni  hisobga
59
 Поболь О.Н. Сталинские депортации. — МФД, 2005.  C .498.
57 olib,   1941-yil   30-iyuldagi   hisobotga   ko‘ra,   qalmoqlarda   birorta   harbiy   xizmatdan
bo‘yin   tovlash   ro‘y   bermagan.   Aksincha,   frontga   birinchilardan   bo‘lib   yozilish
uchun 2 mingdan ortiq qalmoq xalqi ariza topshirganligini ko‘rish mumkin bo‘ldi.
1941-yil   noyabrida   SSSR   davlat   mudofaa   komiteti   tomonidan   Shimoliy-Kavkaz
harbiy okrugi doirasida milliy otliq bo‘linma yaratilishi, xususan Qalmoq ASSRda
ham   shunday   bo‘linmalardan   ikkitasini   tashkil   qilishga   qaror   qabul   qilindi.   Qizil
Armiya   general-polkovnigi   O.I.Gorodovikov   1941-yil   16-avgustda   Shimoliy
Kavkaz   viloyat   komiteti   yig‘ilishida   otliq   qo‘shin   tuzilishi   zarurati   ta’kidlab
o‘tilgandi. 
Keyingi davrlarda respublikaning moddiy ahvolidan kelib chiqqan holda ikki
harbiy   diviziya   shakllantirish   borasida   qaror   qabul   qilindi.   110-qalmoq   otliq
diviziyasi 1942-yil 20-aprelda SSSR Narkomat budjeti hisobidan 4600 nafar askar
(ularning   63%i   qalmoqlar   edi),   4744   ot   jalb   qilindi.   Diviziyalar   boshliqlarning
eslashicha   o‘sha   davrda   jalb   qilingan   aholining   harbiy   tayyorgarligi   yo‘q   edi.
Undan tashqari ular rus tilida ham erkin so‘zlasha olishmasdi. 60
    
Umuman   olganda   aholini   ro‘yxatga   olish   ma’lumotlariga   ko‘ra,   1939-yil
SSSR   aholisi   orasida   qalmoqlarning   umumiy   soni   134   402   nafarga   yetgandi.
Qalmoq ASSRdan tashqari qalmoqlar Stalingrad viloyatida va Stavropol vodiysida
yashardilar. Ularning turmush tarzida chorvachilik ustuvor ahamiyat kasb etardi. 
1942-yil avgust boshlarida Qalmoq ASSR uluslari (tumanlari)ning katta qismi
va poytaxti Elista hududi fashistlar tomonidan bosib olindi. Aholining 25 %i Volga
bo‘ylari va egallanmagan uluslar hududlariga ko‘chib o‘tishdi. Ularning hududlari
1943-yilning boshlarida ozod etildi. 
Qalmoqlarni   surgun   qilishda   milliy   kelishmovchiliklarni   tartibga   solishdan
tashqari,   qalmoqlarning   110-otliq   diviziyaning   taslim   bo‘lib,   ularning   asirlikka
o‘tib   ketishidagi   harakati   xoinlik   deya   ko‘rsatildi.   1943-yil   27-28-dekabr   kunlari
SSSR   Oliy   Kengash   Prezidiumining   “Qalmoq   ASSR   tugatilishi   va   RSFSR
tarkibidagi   Astraxan   viloyati   tuzilishi   to‘g‘risida”gi   qarorni   qabul   qildi.   Undan
60
  Максимов К.Н. – Трагедия Народа :  Репрессии и Калм ыкии. 1918-1940 годы. М.: 2004 . С.252.
58 tashqari,   SNKning   qalmoqlarni   Oltoy   va   Krasnoyarsk   viloyati,   Omsk   va
Novosibirsk viloyatlariga badarg‘a qilish borasida tegishli qarorlari qabul qilindi. 
Qalmoqlar   surgun   qilinishiga:   “Vatanga   xoinlik;   Qizil   Armiyaga   qarshi
nemislar  tomonidan  tuzilgan harbiy  guruhlar  safida  xizmat   qilganligi;   halol  sovet
fuqarolarini   nemislar   qo‘liga   berganligi;   Rossiya   va   Ukrainadan   haydab   kelingan
chorvalarni   nemislar   qo‘liga   yetkazganligi;   Qizil   Armiya   tomonidan   fashistlar
qalmoqlar   hududidan   quvib   chiqarilganligidan   so‘ng,   sovet   hukumatiga   qarshilik
ko‘rsatadigan   jangovar   guruhlar   tuzganligi;   fashistlar   yo‘q   qilgan   xo‘jaliklardagi
sovetlar olib borayotgan tiklash ishlariga faol qarshilik ko‘rsatganligi; kolxozlarda
yashovchilarga hujumlar va tinch aholiga tajovuz qilganligi” sabab etib ko‘rsatildi.
Sobiq   Qalmoq   ASSR   hududida   Astraxan   viloyati   shakllantirildi,   ammo
ikkitadan   tuman   (ulus)   Stalingrad   va   Rostov   viloyatlariga,   yana   bir   tuman
Stavropol   viloyatiga   qo‘shib   berildi.   Undan   tashqari,   211   gektar   o‘tloq   yerlari
(“Qora   yerlar”)   Dog‘iston   kolxozlariga   berildi.   Poytaxt   Elistaning   o‘zi   ham
Stepnoy   nomiga   o‘zgartirildi.   Keyingi   davrlarda   ham   qalmoqlar   yashaydigan
boshqa   hududlar   bartaraf   etildi.   Xususan,   Rostov   viloyatidagi   qalmoqlar   tumani
(1944-yil   9-martda),   Stavropoldagi   Priyutnin   tumani   (1944-yil   15-mayda),
Astraxan viloyatidagi 4 ta tuman 1944-yil 25-mayda tugatildi. Ularning hududlari
tutush   viloyatlar   hududiga   qo‘shib   berildi.   Qalmoqlar   tumanlarining   milliy
nomlanishlari ko‘p hollarda ruscha nomlarga o‘zgartirib qo‘yildi. 61
 
Qalmoqlarni   deportatsiya   qilish   bo‘yicha   yirik   ko‘lamli   operatsiyaning   o‘zi
1943-yil   28-29-dekabrlarda   o‘tkazildi.   Operatsiya   “Uluslar”   nomini   oldi,   unda
NKVDning   2975   nafar   ofitserlari   ishtirok   qildi.   Deportatsiya   jarayonlarini
tashkillashtirishda   NKVDning   3-motoo‘qchi   bo‘linmasi   ham   qatnashgan   bo‘lib,
e’tiborlisi   shunda   ediki,   ular   oldinroq   qorachoylarni   deportatsiya   qilish
jarayonlarida   ham   ishtirok   etishgandi.   Operatsiyaning   umumiy   harakatlarini
boshqarish   UNKVDning   Ivanov   viloyati   bo‘limi   boshlig‘i   general-mayor
Markeyev qo‘lida edi. 
61
  Очилов У.Б. – Военн ые мобилизации в Калмыцкой АССР. Элиста.: 2001.  С.148.
59 Deportatsiya jarayonlarining dastlabki bosqichida 91   919 qalmoq ko‘chirildi,
ularning   ko‘pchiligi   qariyalar   va   bolalar   edi.   1944-yil   yanvarida   ko‘chirilganlar
safiga 1014 nafar qalmoq qo‘shildi. Ko‘chirilgan hududlar joylashuvi bo‘yicha ular
deyarli   teng   miqdorda   joylashtirildi.   1944-yil   yanvar   oyida   ma’lumotlarga   ko‘ra,
Omsk   viloyatiga   –   24   325   nafar,   Krasnoyarsk   viloyatiga   –   21   164   nafar,   Oltoy
viloyatiga   –   20   858   nafar   va   Novosibirsk   viloyatiga   –   18   333   nafar   qalmoqlar
ko‘chirildi. Ko‘chirish jarayonlari qishning o‘rtasida o‘tkazilganligi sabab yo‘ldagi
o‘lim holatlari ko‘paya bordi. 
“Jazolangan   xalqlar”   orasida   qalmoqlar   ko‘chirilish   hududi   jihatidan   eng
iqlimi   noqulay   hududlarga   joylashtirildi,   xususan,   Sibir   va   Qozog‘iston
hududlarining   qishdagi   iqlimi   kavkazliklar   uchun   katta   noqulayliklar   yuzaga
keltirdi. Omskka ko‘chirilgan qalmoqlarning yarmidan ortig‘i hududning shimoliy
qismiga   –   Yamalo-Nenetsk,   Xanti-Mansiysk   va   Tobol   okruglariga   joylashtirildi.
Qalmoqlarning   boshqa   deportatsiya   qilingan   xalqlardan   yana   bir   farqi   –   bu
ularning   katta   hududga   tarqatib   yuborilganligi   edi.   Qalmoqlar   Qozog‘istondan
Saxalingacha   bo‘lgan   yirik   hududga   bir-biridan   uzoq   bo‘lgan   viloyatlarga
joylashtirildi. Ko‘chirilganlarning yashash sharoitlari ham talabga javob bermasdi.
Sanitariya   holati   ham   achinarli   ahvolda   edi,   buning   natijasida   bir   necha   bor
epidemiyalar avj oldi. Ulardan eng og‘iri sil kasalligi epidemiyasi bo‘ldi. Oqibatda,
deportatsiyaga   uchragan   xalqlar   orasida   qalmoqlarning   o‘lim   darajasi   eng
yuqorilaridan biri bo‘lib qoldi. 62
 
1944-yil   qalmoqlarning   deportatsiyasi   davom   etdi,   bu   Qalmoq   ASSR
hududida yashamaydigan qalmoqlar hisobiga to‘g‘ri keldi. Ularni 1944-yil martida
Rostov   viloyatiga   to‘plashdi   (ulardan   2536   nafari   1945-yil   25-martida   Omsk
viloyatiga ko‘chirildi), aprelda Stalingrad viloyatiga to‘plash jarayoni ham amalga
oshirildi   (ulardan   1178   nafari   Sverdlovsk   viloyatiga   1944-yil   2-4-iyun   kunlari
ko‘chirildi). 
Undan   tashqari,   ikkinchi   jahon   urushi   yillarida   xizmatda   bo‘lgan
qalmoqlarning   4105   nafari   armiyadan   demobilizatsiya   qilindi   va   ko‘chirilganlar
62
  Яковлев А.Н. – Омут памяти. М. : 2001.  С.189.
60 safini   to‘ldirdi,   bundan   ko‘chirilganlar   orasida   mashhur   shoirlardan   biri   David
Kugultinov ham bor edi. 
Qalmoqlar   mehnatidan   qishloq   xo‘jaligida,   o‘rmon   xo‘jaligidagi   daraxt
kesishlarda, baliqchilik sanoatida, chorvachilikda foydalanildi.
O‘zi   qalmoqlarning   surgun   qilinishiga   asosiy   sabablaridan   biri   etib
baholangan   110-qalmoq   otliq   diviziyasi   haqida   gapiradigan   bo‘lsak,   u   haqida
birmuncha salbiy fikrlar mavjud.
1941-yil   1-yanvarda   2686   nafar   qalmoq   Qizil   Armiya   safida   xizmat   qildi.
Ikkinchi   Jahon   urushi   boshlanganidan   so‘ng,   1941-yil   noyabr   oyining   oxirida
Qalmoq   ASSR   hududida   Qizil   Armiyaning   110-qalmoq   otliq   diviziyasining
tuzilishi boshlandi, ularning jangchilari va qo‘mondonlari orasida qalmoq millatiga
mansub harbiy xizmatchilar juda ko‘p bo‘lgan. Mashg‘ulotlarni tugatgandan so‘ng,
diviziya   51-armiya   tarkibiga   kiritildi   va   1942-yil   iyun-iyul   oylarida   Don   daryosi
yaqinida va Shimoliy Kavkazda mudofaa janglarida qatnashdi.
SSSR NKVD banditizmga qarshi kurash bo‘limi boshlig‘i A.M.Leontyevning
hisobotiga ko‘ra: "Rostov-Don viloyatida frontda bo‘lgan 110-qalmoq milliy otliq
diviziyasi   beqarorlikni   ko‘rsatdi.   Bo‘linma   qismlarida   ommaviy   dezertirlik
boshlandi.   Guruh   bo lib   qochqinlar,   ba zi   hollarda   qo mondonlari   bilan   uylarigaʻ ʼ ʻ
qaytib,  aholi   o rtasida   har  xil  mag lubiyatga  uchragan  mish-mishlarni   tarqatishdi.	
ʻ ʻ
Front   Qalmog istonga   yaqinlashar   ekan,   mahalliy   antisovet,   millatchi   va   bandit
ʻ
unsurlar   faollasha   boshladi.   110-diviziya   dezertirlaridan   ular   yirik   to‘dalarni
tuzdilar, ular o‘z harakatlari bilan Qalmog‘istondan mollarni  evakuatsiya qilishga
to‘sqinlik qildilar”.
Shu   bilan   birga,   bir   qator   zamonaviy   tarixchilar   110-qalmoq   otliq
diviziyasining   jangovar   yo‘lini   ijobiy   baholaydilar.   110-qalmoq   otliq   diviziyasi
Shimoliy Kavkaz frontining yomon jihozlangan 51-armiyasining bir qismi sifatida
birinchi   olovga   cho‘mdi.   U   jangovar   tajribaga   ega   bo‘lmaganiga   qaramay,   ikki
haftalik qonli janglarga (1942-yil 15-27-iyul) sharaf  bilan dosh berdi va jangovar
topshiriqni bajardi.
61 Ikki haftalik qonli janglarda 110-qalmoq otliq diviziyasi minggacha askar va
qo‘mondonlarini   (ulardan   600   dan   ortig‘i   halok   bo‘ldi,   200   nafari   bedarak
yo‘qoldi:   ko‘pchiligi   cho‘kib   ketdi)   va   700   nafari   yarador   bo‘ldi.   Uning   umumiy
yo‘qotishlari xodimlarning 37% ni tashkil etdi, ya'ni kuniga o‘rtacha - 2,33%.
110-qalmoq otliq diviziyasi  askarlari  va komandirlarining jasorati  37-armiya
qo‘mondonligi   tomonidan   yuqori   baholandi   (janglar   paytida   u   diviziyaga   tezkor
ravishda qayta tayinlangan) o‘ziga yuklangan jangovar topshiriqni bajargan. 1942-
yil Janubiy frontdagi og‘ir yozgi  kampaniyasidagi janglarda ko‘rsatgan jasoratlari
uchun   110-otliq   diviziyasining   ko‘plab   jangchilari   va   komandirlari   orden   va
medallar bilan taqdirlangan, PTR otryadi komandiri serjant E.T.Delikov vafotidan
keyin Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan.
Nufuzli   tarixiy   manbalarga   ko‘ra,   ushbu   jabhalarning   qo‘mondonliklari   va
Qizil   Armiya   Bosh   shtabi   yozgi   Don   va   kuz-qish   janglaridan   keyin   110-qalmoq
otliq diviziyasi haqida salbiy fikrlarga ega emas edi. 63
Bundan   farqli   o‘laroq,   jangovar   bo‘linishning   Janubiy   va   Shimoliy   Kavkaz
frontlarining   qarashlari,   ommaviy   qahramonlikning   inkor   etilmaydigan   haqiqati,
shu   jumladan   Dondagi   divizion   serjanti   E.T.Delikova   (1942-yil   30-iyulda   SSSR
Oliy   Kengashi   Prezidiumining   farmoni   bilan   Sovet   Ittifoqi   Qahramoni   unvonini
vafotidan keyin berilganligi  to‘g‘risida), SSSR NKVD banditizmga qarshi kurash
bo‘limi   boshlig‘i   A.M.Leontyev   1944-yil   30-avgustdagi   deputatga   yo‘llagan
yodnomasida   aytilgan.   SSSR   NKVD   xalq   komissari   S.N.Kruglova   noma'lum
sabablarga ko‘ra, "SSSRda 3 yillik urush davomida (1941-yil 1-iyuldan 1944-yil 1-
iyulgacha)   banditizm,   dezertirlik   va   Qizil   Armiya   safida   xizmat   qilishdan   bo‘yin
tovlashga   qarshi   kurash   natijalari   to‘g‘risida"   hech   narsani   asoslamasdan,   qaror
qabul qildi. "Rostov-Don viloyatida 110-qalmoq milliy otliq diviziyasi  beqarorlik
ko‘rsatdi. Bo‘linma bo‘linmalarida ommaviy dezertirligi boshlandi” deyiladi.
Bir   qator   zamonaviy   tadqiqotchilarning   fikriga   ko‘ra,   bo‘linish   "Beqarorlik
ko‘rsatdi",   "Qochib   ketdi",   "To‘dalarga   ketdi",   "Nemislarga   ketdi"   degan   gaplar
haqiqatga hech qanday aloqasi yo‘q.
63
  Поляков Ю.А. – Историческая наука : Люди и проблемы. М.: 1999. С.194.
62 110-qalmoq   otliq   diviziyasi   jangni   davom   ettirdi   va   nafaqat   Kavkazni
mudofaa   qilishda,   balki   Stavropol   viloyati,   Qalmog‘iston,   Rostov   viloyati     -
Budennovsk,   Praskoveya,   Petrovskiyning   yuzdan   ortiq   shahar   va   qishloqlarini
ozod   qilishda   qatnashishga   muvaffaq   bo‘ldi.   Vinodelniy   (hozirgi   Ipatovo),
Bashanti (hozirgi Gorodovikovsk ) va boshqalar shular jumlasidandir. Keyinchalik,
1942-yil   yozgi   hujum   paytida   "A"   armiya   guruhining   nemis-rumin   qo‘shinlari
Qalmog‘iston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasining  katta qismini egalladi
(beshta ulus to‘liq, yana uchta ulus qisman bosib olindi).
Bu   vaqtda   bosib   olingan   hududga   nemis   harbiy   qo mondonligi,   Qalmoqʻ
otliqlari korpusi va boshqa politsiya, ma muriy va maxsus organlar joylashtirildi.	
ʼ
Shunday   qilib,   ishg‘ol   qilingan   Elistada   SS   Gauptsturmfuehrer   Rolf   Maurer
boshchiligidagi   “D”   maxsus   guruhining   Sonderkommandoga   ("Sonderkommando
Astraxan")   joylashtirildi,   harbiy   komendatura   va   maxsus   nemis   bo‘linmasi   ham
Sovet partizanlari va razvedkachilariga qarshi kurashish uchun joylashtirildi.
Kelajakda   Qalmog‘iston   hududi   "Kavkaz"   Reyxskommissariyatiga   kiritilishi
kerak   edi.   Shu   maqsadda   “Sharqiy   hududlar   vazirligi”   Alfred   Rozenbergning
“Qalmoq   bo limi”   tashabbusi   bilan   1942-yilda   Berlinda   “Kalmukischen	
ʻ
Nationalkomitee”   va   “Qalmoq   xurul”lari   tashkil   etilib,   ular   o z   faoliyatini   1942-	
ʻ
yilda   boshlagan   nemislar   tomonidan   bosib   olingan   Qalmog‘istonda   tashkil
etdilar. 64
Germaniya nazorati ostida, Qalmog‘iston ASSRning bosib olingan hududida
mahalliy   aholidan   fuqarolik   ma'muriyati,   yordamchi   politsiya   va   boshqa   qurolli
xavfsizlik va politsiya bo‘linmalarini yaratish boshlandi.
Qalmoq Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasining bosib olingan hududida
yordamchi   politsiya   1942-yil   avgust   oyida   tashkil   etilgan   bo‘lib,   yordamchi
politsiyada   xizmat   qilganlarning   umumiy   soni   800-900   kishini   tashkil   etdi
(shundan   170   nafar   militsiya   xodimi   shahar   politsiyasida   xizmat   qilgan.   Elista,
qolganlari esa qishloq politsiyasida xizmat qilgan)...
64
  Бакаев П.Д. – О трагедии в истории калмыцкого народа. Элиста.: 2003. С.116.
63 Shuningdek,   aholini   Vermaxt   bo‘linmalarida   xizmat   qilish   uchun   jalb   qila
boshladilar   (xususan,   qalmoqlar   Qalmoq   otliqlari   korpusi,   Vermaxtning   1-kazak
diviziyasi   va   “Turkiston   legioni”   tarkibida   xizmat   qilgan)   va   boshqa
harbiylashtirilgan qurolli tuzilmalar tashkil etdi.
K.M.   Aleksandrovning   ma'lumotlariga   ko‘ra,   1941-1945-yillarda   fashistlar
Germaniyasi tomonida 5 mingga yaqin qalmoqlar xizmat qilgan; SI Drobyazkoga
ko‘ra - 7 minggacha qalmoqlar.
Elista   shahrida   joylashgan   "Abwehrgroup-103"   mahalliy   aholidan   agentlarni
yollashni boshladi.
Qalmoqlardan   tuzilgan   qurolli   tuzilmalar   nemislar   tomonidan   ob'yektlarni
qo‘riqlash,   patrul   xizmatini   amalga   oshirish,   nemis   bo‘linmalarining   qanotlarini
qo‘riqlash,   razvedka   va   kuzatuvlar   o‘tkazish,   sovet   partizanlari,   razvedka   va
sabotaj guruhlariga qarshi kurashda ishlatilgan. 65
Hamkorlikning   boshqa   shakllari   va   ko‘rinishlari   mavjud   edi,   xususan,
tashviqot   organlarida   ishlash   va   tashviqotda   ishtirok  etish,   bosib   olingan   Elistada
“Svobodnaya   zemlya”   (haftada   uch   marta   16000   nusxada   chiqadi)   va   “Teegin
xurd” (qalmoq tilida) gazetalarini  chop etuvchi  tahririyati  bor  edi; Qalmoq milliy
qo‘mitasi   "Xalmag"   jurnalini   nashr   etdi;   qalmoq   korpusi   va   boshqa   "Sharqiy"
tuzilmalardagi qalmoq legionerlari uchun rus va qalmoq tillarida "Khalmg Dääch"
gazetasi nashr etilgan;
Bundan tashqari, 1943-yil iyul oyida Germaniya targ‘ibot vazirligi tashabbusi
bilan   Berlin   radiosining   sharqiy   bo‘limi   qoshida   Vineta   tarkibiy   bo‘linmasiga
bevosita   bo‘ysunuvchi   Qalmoqcha   tahririyati   tashkil   etildi.   P.Jevzinov   muharrir,
S.Stepanov,   B.Bembetov,   D.Churyumov,   S.Arshinov,   S.Baldanovlar   tahririyatga
tayinlandilar.   Sharq   vazirligining   Qalmoq   bo‘limi   xodimlari   S.Dalantinov,
D.Remelev,   S.R.Menkov,   A.Bormanjinov,   X.Churyumov,   S.Kuldinov,
S.Kuldinova, S.Badminov, N.Nembrikov va boshqalar. Birinchi ko‘rsatuv 1943-yil
3-avgustda SSSR qalmoqlariga murojaat qilib, qalmoq tilida efirga uzatildi. Ularni
nemis   armiyasi   safiga   qo shish,   uning   g alabasini   tezlashtirish   uchun   fuqarolikʻ ʻ
65
  Земков В.Н. – Спецпоселенцы в СССР, 1930-1960. М.: 2003.  С.211.
64 ma'muriyati   xodimlari   (tarjimonlar,   boshliqlar,   komissarlar   sifatida...)   sifatida
ishg‘olchilar   bilan   faol   hamkorlik   qilishdi;   bosqinchilarga   maxsus   xizmatlarning
agentlari, politsiya xabarchilari, informatorlari sifatida yordam berishdi...
Shu bilan  birga,  shuni   ta'kidlash  kerakki, nemislar  qalmoq  millatiga  mansub
oq muhojirlarni  bir  qator  mas'uliyatli  lavozimlarga tayinladilar  -  masalan, Bembe
Tsuglinov   Elistaning   burgomisteri   etib   tayinlandi.   1942-yil   dekabr   oyi   boshida
nemis   xizmatida   bo‘lgan   qalmoq   oq   muhojirlari   Boldanov   va   Balinov   Elistaga
yetib   kelishdi   va   ular   Stalingrad   hamda   Astraxanni   nemislar   tomonidan   bosib
olingandan so‘ng "Qalmoq hukumati" tuzilishini e'lon qilishdi.
Qalmoqlarning   qurolli   guruhlari,   jumladan,   sobiq   politsiyachilar,   legionerlar
va   dezertirlar,   nemis   qo shinlari   chekinganidan   keyin   Qalmog istonda   faoliyatiniʻ ʻ
davom ettirdilar.
1943-yil 19-martgacha Qalmoq ASSR hududida yashiringan Qalmoq otliqlari
korpusining legionerlaridan 46 nafari o ldirildi, 30 nafari qurol-yarog  bilan qo lga	
ʻ ʻ ʻ
olindi, yana  334 nafari  o z  ixtiyori  bilan  taslim   bo ldi.  Ulardan  7 ta  pulemyot  va	
ʻ ʻ
avtomatlar,   133   ta   miltiq   va   5018   dona   musodara   qilindi.   Bundan   tashqari,
Qalmog‘iston ASSR NKVD 303 kishini hibsga oldi (243 nemis sherigi, 28 nemis
agenti   va   josuslikda   gumon   qilinganlar,   16   kishi   qochqinlar   va   bandit   element
hamda 25 kishi "Boshqa antisovet unsurlar" deb ayblangan). 66
1943-yilning   mayigacha   Qalmog‘iston   Avtonom   Sovet   Sotsialistik
Respublikasi   hududida   vaziyat   keskinligicha   qoldi,   banditizmga   qarshi   kurashish
uchun   NKVD   xodimlarining   20   dan   ortiq   tezkor-harbiy   guruhlari   tuzilishi   va
mahalliy   garnizonlar   kuchaytirilishi   kerak   edi,   ammo   1943-yil   avgustiga   kelib
vaziyat   o‘zgardi   –   jami   786   kishidan   iborat   23   ta   jinoiy   to‘dani   yo‘q   qilindi   (64
nafar   bandit   o‘ldirildi,   381   nafari   hibsga   olindi,   yana   341   nafari   noqonuniy
faoliyatga   chek   qo‘yildi).   To‘liq   bo‘lmagan   ma'lumotlarga   ko‘ra,   faqat   1943-yil
yanvardan-noyabrgacha   bo‘lgan   davrda   qaroqchilar   28   ta   qurolli   bosqin   va
talonchilik,   28   Qizil   Armiya   harbiy   xizmatchilarini   o‘ldirish,   35   Sovet,   partiya
xodimlari   va   Sovet   hokimiyati   tarafdorlarini   o‘ldirish,   18   ta   operatsiyaga   qurolli
66
  Стецковский Ю.И. – История совеиских репрессий. 1917-1995 гг. М. :1997. С. 69 .
65 qarshilik   ko‘rsatish   hollarini   sodir   etishgan.   NKVD   zobitlarining   harbiy
guruhlaridan   operatsiyalar   davomida   12   kishi   halok   bo‘lgan   va   10   NKVD   zobiti
yaralangan.   1943-yil   dekabr   oyining   oxiriga   kelib,   antisovet   qalmog‘i   qurolli
guruhlari   NKVD   tomonidan   asosan   tugatildi,   jami   17   kishidan   iborat   faqat   4   ta
guruh o‘z faoliyatini davom ettirdi.
SSSR   qalmoqlarning   aksariyati   nemislar   tomonida   bo‘lgan   degan   fikr
haqiqatga   to‘g‘ri   kelmaydi.   Qalmoqlar   SSSRning   Ulug‘   Vatan   urushidagi
g‘alabasiga  hissa qo‘shdilar, Qizil Armiya safida partizan otryadlari va razvedka-
diversiya   guruhlari   tarkibida   jang   qildilar.   Qizil   Armiya   safiga     25747   nafar
qalmoq   chaqirildi,   ular   urushning   birinchi   kunidan   to   oxirgi   kunigacha   jang
qildilar, ulardan 9026 halok bo ldi, 4326 kishi asir olingan..ʻ
Qalmoqlar   220   nafar   ko‘ngillidan   125   nafari   005-sonli   razvedka   maktabida
o‘qitilib,   1942-yil   noyabr   oyi   o‘rtalarida   dushman   ortiga   o‘tkazildi.   Ular
Qalmog‘iston   va   unga   tutash   hududlarda   sovet   partizan   harakatida   qatnashgan,
ularning ko‘plari halok bo‘lgan. 67
Qalmog‘iston   va   qalmoqlar   hududidagi   partizan   harakatidan   tashqari   SSSR
ning   boshqa   hududlaridagi   partizan   harakatida   ham   qatnashgan   (chunki   M.A.
Selgikov   RSFSR   ning   Orel   viloyati   Pogarskiy   tumani,   M.V.Xonina     -   SSSR
hududida   partizan   harakatida   qatnashgan,   Mogilev   viloyati   Berezinskiy   BSSR   va
N.Meniyev  - Ukraina SSR hududida qatnashgan).
X.O.Badmayev   Yugoslaviyadagi   partizan   harakati   ishtirokchisi,   NOAU   18-
brigadasi tarkibida jang qilgan.
Urush yillarida Qizil Armiya tarkibidagi qalmoqlar soni:
1942-yil 1-iyulda - 8740 kishi;
1943-yil 1-yanvar holatiga - 5906 kishi;
1943-yil 1-iyulda - 7306 kishi;
1944-yil 1-yanvar holatiga - 6667 kishi;
1944-yil 1-iyulda - 2351 kishi;
1945-yil 1-yanvarda - 2233 kishi.
67
  Максимов К.Н. – Трагедия Народа :  Репрессии и Калм ыкии. 1918-1940 годы. М.: 2004 . С.264.
66 1943-yil  27-dekabrda SSSR Oliy Kengashi  Prezidiumining   № 115/144   sonli
“Qalmoq   ASSR   tugatilishi   va   RSFSR   tarkibidagi   Astraxan   viloyati   tuzilishi
to‘g‘risida”gi   qarorini   qabul   qildi.   Unga   ko‘ra,   nemis-fashist   bosqinchilarining
Qalmoq ASSR hududiga bostirib kelganida, ko‘plab qalmoqlar ular tomoniga o‘tib
ketib,   o‘z   yurtiga   xoinlik   qilishgan.   Ular   tomonidan   nemislarga   bo‘ysinuvchi
hamda   Qizil   Armiyaga   qarshi   qaratilgan   guruhlar   shakllantirilgandi.
Qalmoqlarning   boshqa   bir   qator   jinoyatlarda   aybdor   deb   topilishi,   ularning
deportatsiya qilinishiga asos bo‘ldi. 
Yuqoridagi   qaror   asosida   Qalmoq   ASSR   hududida   yashovchi   barcha
qalmoqlarni   SSSR   ning   boshqa   hududlariga   ko‘chirish,   Qalmoq   ASSR   ni   esa
tugatish belgilandi. 
    Ko‘chirilganlarga   yangi   yerlardan   yer-mulklar   ajratish   va   u   yerda
joylashishlari   uchun   davlat   tomonidan   qilinadigan   yordamni   ijrosini   ta’minlash
SSSR   Xalq   Komissarlari   Kengashiga   yuklatildi.   RSFSR   tarkibida   tuziladigan
Astraxan   viloyatining   markazi   Astraxan   shahri   etib   belgilandi.   Astraxan   viloyati
tarkibiga   sobiq   Qalmoq   ASSRning   –   Dolbansk,   Ketchenerovsk,   Lagansk,
Privoljsk,   Troitsk,   Ulan-Xolsk,   Chernozemelsk   va   Yustinsk   tumanlari;   Elista
shahri;   Astraxan   okrugining   Vladimirov,   Volodar,   Yenatayev,   Ikryyanin,
Kamizyak,   Krasnoyarsk,   Narimanov,   Xarabalin   tumanlari   va   Astraxan   shaharlari
kiritildi. O‘z o‘rnida, Stalingradning Astraxan okrugi tugatildi. 68
 
Sobiq Qalmoq ASSRning – Malo-Derbetsk va Sarpinsk tumanlari Stalingrad
viloyatiga   qo‘shib   olindi;   G‘arbiy   (Bashanta),   Yashaltin   tumanlari   Rostov
viloyatiga qo‘shib olindi; Priyutninsk tumani Stavropol viloyatiga qo‘shib berildi.
Shu   davrda   bu   qarorni   SSSR   Oliy   Kengashi   raisi   M.Kalinin   va   kotib   A.Gorkin
tasdiqlashgandi. 
Qalmoq ASSR tugatilishi qarori qabul qilinganidan bir kun o‘tib, ya’ni 1944-
yil   28-dekabrida   SSSR   Xalq   Komissarlari   Kengashining   №   1432/425cc   sonli
“Qalmoq   ASSRda   yashovchi   qalmoqlarni   ko‘chirish   to‘g‘risida”   qaror   qabul
qilindi.
68
  Бакаев П.Д. – О трагедии в истории калмыцкого народа. Элиста.: 2003. С. 132 .
67 Unga   ko‘ra,   Qalmoq   ASSRda   yashovchi   barcha   qalmoqlarni   Oltoy   va
Krasnoyarsk   viloyati,   Omsk,   Novosibirsk   va   Qozog‘iston   hududlariga   ko‘chirish
belgilandi.   Barcha   hududlarga   o‘rtacha   miqdorda   bir   xil   miqdordagi   aholini
ko‘chirish NKVD zimmasiga yuklandi. 
Oltoy   va   Krasnoyarsk   viloyati,   Omsk,   Novosibirsk   va   Qozog‘iston   ijro
organlari zimmasiga:   
– qalmoqlarni  qabul  qilib olish, ularni  mahalliy qishloq xo‘jaligi, baliqchilik
xo‘jaliklari,   artellar   a’zoligiga   o‘tkazish,   qishloq   xo‘jaligi   nizomiga   asosan   ularni
ish bilan ta’minlash;  
–  qalmoqlarga   ko‘chirilgan  yerlarida  o‘rnashish   borasida   uy-joy  qurishlariga
amaliy yordam berish; 
– qalmoqlarni asosan qishloq xo‘jaligi, baliqchilik va chorvachilik sohalariga
jalb   qilishni   amalga   oshirish.   Ishchi   va   xizmatchilarni   mutaxassisliklari   bo‘yicha
ish bilan ta’minlashga e’tibor qaratish kabilar yuklatildi. 
Ko‘chirilganlarni   birinchi   navbatda   bo‘shab   yotgan   kolxoz   va   sovxozlarga
joylashtirish belgilab olindi. Ko‘chirib keltirilganlarni oziq-ovqat bilan ta’minlash
masalalari   SSSR  Narkomzag  va SSSR  Narkommyasomolpromning  viloyatlardagi
oziq-ovqat   fondlari   hisobidan   hal   etilishi   belgilandi.   Harajatlar   maxsus
ko‘chirilganlardan Qalmoq ASSRda qabul  qilib olingan qoramol va mol-mulklari
hisobidan qoplash belgilandi. 69
 
Ko‘chirib   keltirilganlarga   uy-joy   qurilishi   va   boshqa   maqsadlarga   har   bir
oilaga   7   yil   muddatga   5   ming   rublgacha   kreditlar   ajratish   Kravtsov   raisligidagi
Selxozbank   zimmasiga   yuklatildi,   bu   kreditlarga   kafil   etib   kolxoz   va   sovxozlar
belgilandi. 
1944-yil   1-kvartalidagi   maxsus   ko‘chirilgan   aholi   turar   joylari   ta’mirlanishi
va   boshqa   qurilishlarni   amalga   oshirish   uchun   1943-yil   dekabr   –   1944-yil
yanvarida   qurilish   mollari   bilan   ta’minlash   Voznesenskiy   raisligidagi   SSSR
Gosplan zimmasiga yuklandi. 
69
  Земков В.Н. – Спецпоселенцы в СССР, 1930-1960. М.: 2003.  С.225.
68 Qalmoqlar   ko‘chirilgan   har   bir   hududda   ularni   doimiy   ravishda   ro‘yxatdan
o‘tib   turishlari   uchun   maxsus   harbiy   komendaturalar   tuzish   vazifasi   NKVD
zimmasiga   yuklatildi.   Komendatura   ishchilarning   maoshi   UNKVD   tezkor
xizmatchilari   maoshiga   tenglashtirish   va   ularning   maoshlari   NKVD   hisobidan
qoplash belgilandi. 
Qalmoqlarni ko‘chirish borasidagi qarorni SSSR Xalq Komissarlari Kengashi
raisi V.Molotov imzolagandi. Ijro ham o‘z o‘rnida tezkorlikda amalga oshirildi.
Umuman   olganga   ikkinchi   jahon   urushida   SSSR   alohida   xalqlariga   nisbatan
repressiyalar, turli manbalarda turlicha talqin etiladi, SSSR tarqalishigacha bo‘lgan
davrda   asosan   kam   miqdordagi   ma’lumotlar   mavjud   bo‘lgan   bo‘lib,   bu   mavzuda
so‘z   yuritishga   cheklovlar   mavjud   bo‘lgan.   Ularning   aksariyatida   xalqlarning
deportatsiyaga   uchrashi   Stalin   shaxsiga   va   uning   shaxsiy   irodasiga   bog‘lab
qo‘yiladi.   Keyingi   davrlarda   maxfiy   ma’lumotlarning   saqlanish   muddatlari   o‘z
nihoyasiga yetishi  natijasida, ko‘plab yangi  hujjatlar oshkoralikka berildi. Buning
natijasida,   2000-yildan   keyingi   davrdagi   tadqiqotchilarning   ma’lumotlarida
nisbatan   xolislik   hamda   Stalindan   tashqari   ham   boshqa   sabablar   mavjud
bo‘lganligi aytiladi. 
Ikkinchi   jahon   urushi   davrida   repressiyalarning   yangi   to‘lqini   avj   olib,
qalmoqlar   ham   bu   jarayondan   chetda   qolmaganligini   yuqoridagi   ma’lumotlardan
bilib oldik. Ozroq ortga qaytsak, repressiyaga uchragan xalqlardan birinchi bo‘lib
Povoljye   nemislarini   aytish   mumkin,   ularning   1941-yil   avgustda   avtonomiyasi
tugatildi. 70
 
1943-yil   oxirlari   va   1944-yil   boshlarida   yana   5   ta   avtonomiya   xaritadan
o‘chirib   tashlandi.   Bular   Qorachoy   avtonom   viloyati,   Qalmoq   ASSR,   Chechen-
Ingush   ASSR,   Kabardin-Bolqor   ASSR   va   Qrim   ASSRlarini   aytish   mumkin.
Ularning hududida yashovchi tub yer aholisi uzoq hududlarga deportatsiya qilindi.
Ular   “Maxsus   ko‘chirilganlar”   maqomiga   ega   bo‘lishdi.   Qalmoqlar   ham   shular
qatorida   edi.   Ularning   ko‘chirilgan   yerlarda   joylashuvi   va   o‘rnashib   qolishiga
imkon   yaratilib,   qalmoqlar   tub   yerlariga   qaytish   huquqidan   mahrum   etildi.
70
  Стецковский Ю.И. – История совеиских репрессий. 1917-1995 гг. М. :1997. С. 112 .
69 Qalmoqlar va boshqa xalqlarga nisbatan repressiyalarni Stalinning shaxsiy irodasi
yoki aniq bir guruhlarning xohishi deyish mushkul. 
Ikkinchi jahon urushida yuqorida aytib o‘tilgan avtonomilardan SSSR NKVD
GULAGining 1944-yil 5-sentabrdagi ma’lumotlariga ko‘ra, Sibir, Markaziy Osiyo
va Qozog‘iston hududlariga umumiy 1   514   000 kishi surgun qilinib, ulardan 1944-
yil   27-yanvardagi   malumotlarga   ko‘ra,   93   062   nafar   qalmoq   ahli   ko‘chirib
bo‘lingandi.   Agar   1944-yil   sentabrgacha   Qalmoq   ASSR   hududidan   tashqarida
bo‘lgan   6117   nafar   qalmoqning   ko‘chirilishini   ham   qo‘shib   aytganda   1944-yil
o‘rtalarida qalmoqlarning umumiy miqdorda 100 ming nafari o‘zlari yashab kelgan
tub   yerlaridan   bir-biridan   uzoqda   joylashgan   hududlarga   majburiy   ravishda
ko‘chirib yuborilganligini ko‘rish mumkin bo‘ldi. 
Tarixiy   manbalarga   ko‘ra,   qalmoqlarni   deportatsiya   qilishga   faol
tayyorgarlikning   boshlanish   sanasi   sifatida   1943-yil   oktabr   oyi   ko‘rsatiladi.
Qalmoqlarning surgun qilinishi borasida 1943-yil yozidayoq “Siyosiy” qaror qabul
qilib bo‘lingandi. 71
 
Bu   fikrni   asoslab   berish   ham   qiyin   emas.   1943-yil   12-15-iyun   kunlari   Qalmoq
viloyat   partiya   komitetining   “Qalmoq   partiya   tashkilotining   joriy   holati   va
vazifalari   to‘g‘risida”gi   yig‘ilishi   ohangidan   ham   barchasi   ma’lum   bo‘lgandi.
Plenumda   obkom   kotibi   A.F.Likomidov   (u   1943-yil   fevralda   P.V.Lavrentyev
o‘rniga   obkom   kotibi   lavozimiga   saylangandi)   o‘z   hisobotida:   u   N.L.Garyayev
bilan   birgalikda   yaqinda   VKP   Markaziy   Komitetiga   chaqirilganligini,   u   yerda
partiya   Markaziy   Komiteti   kotiblari   Qalmoq   ASSR   obkomi   ishi   qoniqarsiz
ekanligini   bildirishgani,   bunga   asosiy   sabab   sifatida   respublika   hududidagi
dushmanona   kayfiyatdagi   unsurlarning   faollashgani   hamda   ularning   ustidan
nazorat   tegishli   darajada   tashkil   etilmaganligi   ko‘rsatilganligi,   respublika
aholisining   harbiy   safarbarlikdagi   sustkashligi   ham   salbiy   holat   ekanligi
bildirilganligini   ta’kidlab   o‘tdi.   Natijada,   VKP   Markaziy   Komiteti   eng   qisqa
fursatda   respublikada   vaziyatni   tartibga   solish,   ayrim   uluslardagi   salbiy   omillarni
yo‘q qilishni yukladi. 
71
  Бакаев П.Д. – О трагедии в истории калмыцкого народа. Элиста.: 2003. С.195.
70 Yuqoridagi   vazifalarni   bajarish,   obkom   va   respublika   hukumati   ish
faoliyatidagi   kamchiliklarni   bartaraf   etish   uchun   Markaziy   Komitet   mavjud
holatdagi   asosiy   aybdorlarni   topishi   va   ularga   jazo   tayinlashi   kerak   edi.   Ammo,
nemis   fashistlari   xizmatida   nafaqat   qalmoqlardan,   balki   respublikaning   boshqa
millatlaridan ham vakillar mavjud edi. Shunga qaramay, mavjud vaziyatda qalmoq
xalqi   aybdor   deb   topilib   ommaviy   surgun   jarayoniga   uchraganligini   ham   to‘g‘ri
deb bo‘lmaydi. 
SSSR   Xalq   Komissarlari   Kengashining   1943-yil   14-oktabridagi   №
1118/346cc   sonli   qaroriga   muvofiq,   qalmoqlarning   deportatsiya   jarayonlariga
SSSRning o‘ndan ortiq davlat tashkilotlari mas’ul etib belgilandi. 
SSSR   hukumati   o‘zining   tarixiy   holatiga   ko‘ra   repressiyalar   va   xalqlarni
ko‘chirish   borasida   kattagina   tajribaga   ega   edi.   Umuman   olganda,   SSSRda
ommaviy surgun qilingan xalqlar soni  15 tani tashkil qilardi, qisman ko‘chirilgan
xalqlar soni 55 tani tashkil qilardi. 72
Qalmoqlarni   deportatsiya   qilish   ishlari   aniq   belgilangan   reja   asosida,   SSSR
NKVD   tasdiqlagan   maxsus   operatsiyalar   bo‘yicha   chora-tadbirlar   asosida
o‘tkazildi.   1943-yil   1-dekabrda   “Uluslar”   operatsiyasini   o‘tkazish   tartibi
to‘g‘risida”gi   chora-tadbirlar   rejasi   ishlab   chiqilgandi,   deportatsiya   jarayonlari
aynan   shu   hujjatda   ko‘rsatilgan   tartibda   amalga   oshirildi.   Unga   ko‘ra,   Qalmoq
ASSR   hududida   yashovchi   barcha   qalmoqlar   deportatsiyaga   uchrashi
belgilangandi.   E’tiborlisi   shundaki,   qalmoqlarning   barchasi   ya’ni   nemislar   bilan
aloqasi   bo‘lgan   yoki   bo‘lmaganidan   qat’iy   nazar   butun   bir   xalq   deportatsiyaga
uchrashini   hech   qanday   sabab   bilan   oqlab   bo‘lmaydi.   Aksincha,   qalmoqlarning
asosiy ko‘pchiligi SSSR hukumati tarafdorlari edilar. 
Ko‘chiriladigan oila a’zolari o‘zini tutishlaridan qat’iy nazar nemislar bosqini
davrida   ular   fashistlarga   ko‘maklashganlikda   ayblangandi.   Fashistlar   hududdan
chiqarilgandan   so‘ng   ham   qalmoq   qariyalari,   ayollari   va   bolalari   nemislar   tashkil
etgan guruhlarni yashirib kelishda ayblandilar. 
72
  Малиа Мартин – Советская трагедия:  История социализма в России. 1917-1991. М. :  2002. С.331.
71 Nemislarga   ko‘maklashganlikda,   harbiy   xizmatdan   bo‘yin   tovlashda,   Qizil
Armiyaga qarshi harakatlar va shu kabilarda ayblangan qalmoq xalqi 1943-yil 27-
28-dekabr kunlari tub yashash yerlaridan Oltoy, Krasnoyarsk, Omsk, Novosibirsk
va   Qozog‘iston   hududlariga   majburan   ko‘chirildi.   Ularning   ko‘chirilgan
hududlarga o‘rnashishlari uchun hududlarda favqulotda ijro organlari tashkil etildi.
2000-yildan   keyingi   davrlarda   oshkoralikka   chiqarilgan   maxfiy   hujjatlar   28-
dekabrdagi   qalmoqlarning   izg‘irin   sovuqda   majburan   ko‘chirilishi   jarayoni
tasvirini   tasavvur   qilish   qiyin   emas.   Surgun   qilish   jarayonida   xizmatda   bo‘lgan
davlat   xizmatchilaridan   birining   yozishicha:   “Tonggi   4.00   da   yo‘llar   yopib
qo‘yildi. 5.30 da tezkor guruhlar o‘z joylarini egallashdi. 6.30 da tegishli signaldan
so‘ng   operatsiyaga   kirishishdi.   Operatsiya   qat’iy   harakatlar   ketma-ketligi   bilan
o‘tkazilganligi uchun ortiqcha muammosiz o‘tkazildi. Soat 10.00 gacha odamlarni
yig‘ish   markaziga   to‘plandi,   15   daqiqada   odamlar   mashinalarga   chiqarildi…
Mashinalar jo‘natildi…Qoramol ro‘yxatga olindi…”.
Shu   tariqa,   Qalmoq   ASSR   tugatildi,   qalmoqlar   mamlakatning   sharqiy
hududlariga   surgun   qilindi,   ular   Uraldan   Saxalinga   qadar   keng   hududlardagi
tumanlarga joylashtirildi. 
Qalmoq   xalqining   ko‘chirilgan   hududlari   bir-biridan   uzoq   bo‘lganligi   bilan
qolgan   ko‘chirilgan   xalqlardan   farq   qiladi.   Ularning   deportatsiya   qilingan
hududlari   1949-yil   1-yanvar   holatiga   ko‘ra,   Qozog‘iston   SSRga   –   2042   nafar,
O‘zbekiston SSRga – 714 nafar, Qirg‘iziston SSRga – 143 nafar, Oltoyga – 17   993
nafar,   Novosibirsk   viloyatiga   –   17   026   nafar,   Krasnoyarskga   –   16   407   nafar,
Omskga – 9732 nafar, Tyumenga – 9596 nafar, Saxalinga – 2059 nafar, Tomsk –
1020 nafar, Sverdlovskga – 507 nafar, Kemerovskga – 40 nafar qalmoq ko‘chirildi.
E’tiborlisi   shundaki,   yuqorida   sanab   o‘tilgan   ko‘chiriluvchilarning   orasida
frontda   jang   qilayotgan   qalmoqlar   ham   bor   edi.   Qalmoq   millatiga   mansub
askarlarning   6   ming   nafari   1944-yilning   boshlarida   harbiy   xizmatdan
chetlashtirildi,   ular   Bosh   shtab   buyrug‘i   asosida   Shirokov   nomidagi   NKVDning
axloq   tuzatish   lageriga   majburiy   mehnatga   jalb   qilindi.   Ularning   bu   lagerdagi
yashash   sharoitlari   salbiy   ko‘rinishda   edi.   Bu   harakatlar   ikkinchi   jahon   urushi
72 boshlaridanoq   frontda   jang   qilgan   qalmoq   askarlariga   nisbatan   o‘ta   hurmatsizlik
bo‘ldi.   Ularning   ko‘pchiligi   Shirokov   nomidagi   GESda   va   boshqa   xo‘jaliklardagi
og‘ir   sharoitlarda   ishlatildi,   ulardan   nobud   bo‘lganlari   ham   ko‘pchilikni   tashkil
etadi. Qalmoqlarning 400 ga yaqin jagovar-ofitserlari maxsus ko‘chirilganlar safini
to‘ldirishdi. 73
 
O‘sha   davr   rahbarlarining   qaror   qabul   qilishidagi   mantiqni   tushunish   qiyin,
chunki   janglarda   qahramonlik   ko‘rsatib   davlat   mukofotlariga   erishganlar   ham
surgun   qilingan.   Masalan,   qahramonligi   va   jasurligi   uchun   katta   serjant   Pyurvyu
Jalxayevga   Sovet   Ittifoqi   Qahramoni   unvoni,   O.G.Boldirevaga   –   Lenin   ordeni
(unga   1944-yil   29-noyabr   Shiroklagda   orden   topshirilgandi)   berildi.   Shu   bilan
birga   ular   SSSR   NKVD   tomonidan   axloq   tuzatish   lagerlariga   badarg‘a
qilinishgandi. 
1943-yil   28-31-dekabrlarda   qalmoqlarning   asosiy   qismi   Qalmoq   ASSR   va
Rostov viloyatida yashovchilari surgun qilindi. 1944-yil marti oxirida ham Rostov
viloyatining alohida hududlarida yashovchi qalmoqlar ko‘chirildi, 1944-yil iyunda
Stalingrad va Stavropoldan qalmoqlarni ko‘chirishlar amalga oshirildi. Shu tariqa,
1944-yil   o‘rtalariga   kelib   99   252   nafar   qalmoqlar   tub   yashash   yerlaridan   o‘zga
hududlarga   majburiy   ko‘chirib   bo‘lindi.   Ularning   safini   harbiy   xizmatdan
chetlashtirilganlar to‘ldirdi va umumiy 110 ming qalmoq surgun qilindi. 
Qalmoqlarning   ko‘chirilishi   jarayonida   hayvonlarning   yuklanishiga   ham
yaramaydigan   tovar   vagonlariga   qishning   sovug‘ida   yuklanganlar,   bunda   birinchi
navbatda ayollar va qariyalar yuklangandi. Uch kunlik yo‘lda qalmoqlarning 2 %
ga yaqini (1600 dan ortiq odam) nobud bo‘ldi. Yo‘ldagi og‘ir sharoit va qishning
o‘rtasida o‘tkazilgan deportatsiya vaqtida og‘ir kasalliklar orttirgan qalmoqlar ham
qiyin   ahvolda   edi.   Buning   natijasida,   1944-yilning   boshlarida   Novosibirskka
ko‘chirilgan qalmoqlarning 1510 nafari yoki shu hududga ko‘chirilganlarning 9,2
%i   olamdan   o‘tdi.   1945-yilgi   holatga   ko‘ra,   maxsus   ko‘chirilganlarning   83   688
nafari omon qoldi. Ko‘chirish jarayoni boshlangan davrdan boshlab 15 ming (15-
16 %) qalmoq hayotdan ko‘z yumdi. 
73
  Земков В.Н. – Спецпоселенцы в СССР, 1930-1960. М.: 2003.  С.211.
73 1945-yilgi  ko‘chirish jarayonlaridagi  og‘ir sharoit  tufayli  3735 nafar qalmoq
bolalari   (9,3   %)   nobud   bo‘lishdi.   Shu   davrdagi   qalmoqlarda   tug‘ilish   351   nafar
bolani tashkil etdi, bu esa o‘lim holatiga nisbatan 11 baravar farq degani. 1943-yil
dekabrdan   1950-yil   boshlarigacha   qalmoqlarning   soni   yana   30-35   ming   nafarga
kamayib, qalmoqlar soni 81   475 nafarni tashkil etdi. 74
 
    
  
     
  
3.2- §.  M esxeti turklar deportatsiyasi
Mesxeti   turklar   tarixan   hozirgi   Gruziyaning   janubi-g‘arbiy   qismidagi
Mesxetiyada   yashab   kelgan.   Ular   turk   tilining   shimoli-sharqiy   Anadolu
dialektlaridan   birida   so‘zlashadi.   E’tiqodi   islom   dinining   sunniy   mashabi   va
qisman shialikda. 
Ikkinchi jahon urushidagi deportatsiyalar navbati I.Stalinning Vatani bo‘lgan
Gruziyaga   qaratildi.   1944-yil   mart   oyi   oxirlarida   Tbilisining   kurd   va   ozarbayjon
74
  Максимов К.Н. – Трагедия Народа :  Репрессии и Калм ыкии. 1918-1940 годы. М.: 2004 . С.278.
74 oilalari   deportatsiya   qilinishidan   boshladi.   Ularning   soni   3240   nafarni   tashkil
qilgandi.   Bu   aholi   Gruziyaning   o‘zida   Tsalinsk,   Borchalinsk   va   Karayaz
tumanlariga ko‘chirildi. Stalin asosiy e’tiborini Gruziyaning sovet-turk chegarasida
yashovchi  musulmon aholiga qaratdi. Bu chegaraning Turkiya qismida turklar  30
diviziyani doimiy ravishda saqlab turardi. Lekin, 1944-yilda bu holat SSSR uchun
xavf tug‘dirmasdi. Shunday bo‘lsa-da, Beriyaning Stalin, Molotov va Malenkovga
1944-yil   28-noyabrda   yo‘llagan   ma’lumotnomasida   –   Mesxetiya   aholisi   Turkiya
aholisi bilan qardoshlik rishtalari bilan bog‘langanligi, ularning kontrabanda bilan
shug‘ullanayotganligi,   emmigratsion   kayfiyatdaligi,   turk   ayg‘oqchilariga
ma’lumotlar   yetgazib   turayotganligi,   jinoiy   guruhlar   tuzishda   qatnashayotganligi
kabi jihatlari aytib o‘tildi. 75
 
Mesxeti turklar tarixan 1829-yilda Rossiyaga Andrianopol sulhi bilan qo‘shib
olingandi.   Mesxetiya   uzoq   vaqt   Turkiya   nazoratida   bo‘lgan.   Shuning   uchun   ham
ular turkcha ismlarda atalib, turk tilida so‘zlashardi. Ularning etnik jihatda tazyiqqa
uchrashi   1928-1937-yillarda   bo‘lgandi,   ularga   majburan   gruzin   ismlari   berilib,
gruzin tiliga o‘tishga majburlangandi. Turkiya bilan chegara hududlardagi aholini
ko‘chirish   masalasi   1942-yildayoq   tayyorgarlik   ko‘rish   bo‘yicha   ko‘rib
chiqilgandi.   Aynan   ko‘chirish   masalasi   1944-yil   bahoridan   boshlab   amaliyotga
o‘ta   boshladi.   O‘sha   davrda   gap   77,5   ming   kishi   haqida   borayotgandi.   Ularni
Sharqiy Gruziya hududidan ko‘chirish maqsad qilindi. Ammo, 1944-yil 24-iyulida
Beriya   Stalinga   16   700   turk,   kurd   va   xemshil   xo‘jaliklarini   Gruziyaning   Turkiya
bilan qisman chegara hududlari sanalgan Axaltsix, Adigen, Aspindz, Axalkalak va
Bogdanov   tumanlaridan   ko‘chirishni   taklif   qildi.   31-iyulda   76   021   nafar   turk
(keyinchalik   3180   nafar   turk),   8694   nafar   kurdlar   va   1385   nafar   xemshillar
ko‘chirilishi   to‘g‘risida   qaror   ishlab   chiqildi.   Boshqa   millatga   mansub   erkaklarga
turmushga chiqqan ayollari esa deportatsiyadan ozod qilindi. 76
 
75
  Бугай   Н.Ф.,   Мамаев   М.И.   Международное   общественное   объединение   турок-месхетинцев
«Ватан» как институт власти гражданского общества.  M .: 2015.  C .168.
76
  Бугай Н.Ф., Мамаев М. И. Турки-месхетинцы: Грузия, Узбекистан, Россия, США. — М.: МСНК-
пресс, 2009.  C . 78.
75 Deportatsiyani  maqullash borasidagi  qonun yoz o‘rtalarida qabul  qilindi, uni
qishgacha   amalga   oshirish   maqsad   qilindi.   Lekin,   uning   o‘z   vaqtida   bajarilishiga
yo‘llarning   yaroqsizligi   xalaqit   berdi.   Mesxeti   turklarni   ko‘chirishda   ishlatilgan
Borjomi-Vale   temir   yo‘li   qurilishi   yakunlanishiga   hali   vaqt   kerak   edi.   Mesxeti
turklarning   kattagina   qismi   Qozog‘istonga   ko‘chirilishi   kerak   edi,   boshqa
xalqlarning   ham   Qozog‘istonga   ko‘chirilayotganligi   sababli   hukumat   vakillari
mesxeti   turklarni   boshqa   hududga   ko‘chirishni   iltimos   qildi.   Bu   iltimos
qondirilmagan   bo‘lsa-da,   ularning   Qozog‘iston   SSR   ga   ko‘chiriladigan   miqdori
qisqartirildi. 
Shu   sabablar   tufayli   ko‘chirish   jarayoni   qish   pallasiga   to‘g‘ri   keldi.
Ko‘chirishning   o‘zi   GKO   buyrug‘i   chiqarilgandan   3,5   oy   o‘tib,   NKVD
buyrug‘idan   2   oy   o‘tibgina   amalga   oshirildi.   Ko‘chirish   jarayoni   1944-yil   15-
noyabrda   boshlangan   bo‘lib,   jarayon   uch   kun   davom   etdi.   Ko‘chirish   vaqtida
oilalar 2 soat oldin ogohlantirilib, shu vaqt ichida barcha zaruriy narsalarini yig‘ib
bo‘lishi kerak edi. Bitta mashinaga 7-8 ta oila yuklangandi. Bitta vagonga esa 20-
25 ta oila yuklangandi. Bu yerdagi operatsiyaga boshchilik qilish Beriya buyrug‘i
asosida  B.Kobulov va gruzin narkomlariga – davlat xavfsizligi (Rapava)  va ichki
ishlar   xizmatiga   (Karanadze)   yuklatildi.   Mesxeti   turk   erkaklarining   ko‘pchiligi
frontda   bo‘lganligi   sababli   ko‘chirishni   tashkil   qilish   uchun   4   ming   nafar   NKVD
ning tezkor xizmatchilari yetarli bo‘ldi. 
Ko‘chirish   jarayoniga   89   selsovet   va   220   aholi   punktlari   qamrab   olindi.
Ulardan   bo‘shab   qolgan   yerlarni   Gruziyaning   kam   yerli   7   ming   dehqoni   va
chegarachilarning 20 ming nafariga bo‘lib berishga qaror qilindi. 
17-noyabr kuni soat 16.00 larda Gruziyadan 25 eshelonda 81   324 nafar deport
qilinganlar   ko‘chirilgandi.   Ma’lumotlarga   ko‘ra,   3   kun   ichida   90   mingdan   125
ming   kishigacha   aholi   ko‘chirib   bo‘lingandi.   Beriyaning   Stalinga   bergan
hisobotida 91   095 kishi ko‘chirilganligi aytilgan. Chernishev va M.Kuznetsovning
Beriyaga   bergan   hisobotida   esa   92   307   kishi   ko‘chirilganligi   aytiladi.   Ulardan
18   903   nafari   erkak,   27   399   nafari   ayol,   16   yoshgacha   bo‘lganlar   45   985   nafarni
tashkil qildi. 
76 Gruziyadan   Markaziy   Osiyogacha   yo‘l   ikki-uch   haftani   tashkil   qiladi.
Shuning   uchun   ham   mesxeti   turklarning   ko‘chirilishi   jarayoni   dekabrdagina
yakunlandi. Ko‘chirilgan hududlarda mesxeti turklar ichimlik suvi yaxshi emasligi
va   ba’zan   kasallik   epidemiyalari   (asosan   O‘zbekistondagi   terlama   kasalligi)   kabi
qiyinchiliklarga   duch   keldi.   Ko‘chirilganlar   orasida   o‘lim   holatining   yuqoriligi
sabablaridan biri jarayonning qishda o‘tkazilganligida ham edi. 1948-yil iyundagi
holat   bo‘yicha   norasmiy   xabarlarga   ko‘ra,   ko‘chirilganlarning   1/3   qismi   halok
bo‘lgan,   rasmiy   xabarlarga   ko‘ra   esa   11,8   %   aholi   vafot   etgandi.   Rasmiy
xabarlarda  deportatsiya  va surgundagi  og‘ir  sharoitlar  eng kamida 12 589 dan  14
895 gacha odamning o‘limiga olib keldi.
Umumiy hisobda 92   307 kishi ko‘chirildi, ulardan 18   923 erkak, 27   399 ayol,
45   085 nafar 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar edi. Ularning yarmidan ko‘pi, aniqrog‘i
53   133   kishi   O‘zbekistonga,   28   598   kishi   Janubiy   Qozog‘istonga   va   10   546   kishi
Qirg‘iziston SSR hududiga ko‘chirildi. Ularni ish bilan ta’minlashdagi asosiy soha
qishloq xo‘jaligi bo‘ldi. Mesxeti turklar o‘zlari uchun yangilik bo‘lgan paxtachilik
sohasida band bo‘lishlariga to‘g‘ri keldi. 77
 
40-yillarda   mesxeti   turklarning   umumiy   soni   qisqara   bordi,   bunga
ko‘chirishdagi  yo‘qotishlardan tashqari, ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan 20
ming mesxeti turklar ham katta yo‘qotishlardan biri edi.  Ularning yashash yeridan
boshqa   hududga   ko‘chirilishi   SSSRning   Kavkazdagi   janubiy   chegaralarini
mustahkamlash uchun chora sifatida talqin etildi. 
1944-yil   31-iyulda   Davlat   Mudofaa   Komitetining   (GOKO)   “Gruziya   SSR
chegara   chizig‘idan   mesxeti   turklar,   kurdlar   va   xemshillarni   ko‘chirish
to‘g‘risida”gi   №   6279cc   –   sonli   qarori   qabul   qilindi.   Unga   ko‘ra,   Gruziya   SSR
chegara hududlari – Axaltsix, Adigen, Aspindz, Axalkalak, Bogdanov tumanlari va
Adjar   ASSR   hududlaridan   –   16   700   xo‘jalik   ya’ni   86   000   kishini   mesxeti   turk,
kurd va xemshillar ko‘chirilishi belgilandi. Ularning ko‘chiriladigan hududlaridagi
taqsimoti   ham   belgilanib,   Qozog‘iston   SSR   ga   40   000   kishi,   O‘zbekiston   SSR
77
  Полян   П.М.   «Советские   репрессии   в   отношении   иностранцев:   Большой   террор,   ГУЛАГ,
депортация ».  M .: 2003.  C .221.
77 hududiga   30   000   kishi,   Qirg‘iziston   SSR   hududiga   16   000   kishi   ko‘chirilishi
ko‘zlandi.   Yuqoriroqda   aytib   o‘tganimizdek,   ko‘rsatkichlar   ushbu   qarordagidan
farq   qildi.   Bunda   O‘zbekiston   hududiga  ko‘proq  aholi   deportatsiya   qilindi.   Qaror
ijrosi   SSSR   NKVD   zimmasiga   yuklatildi.   Qarorga   ko‘ra,   ko‘chirish   1944-yil
noyabrda   amalga   oshirilishi   kerak   edi.   Gruziya   SSR   chegara   hududlaridan
ko‘chirilayotgan aholiga o‘zlari bilan faqatgina shaxsiy buyumlarini olishga ruxsat
berildi.   Bunda   har   bir   oila   ko‘chish   jarayonida   o‘zi   bilan   1   000   kg   dan   ortiq
bo‘lmagan   buyumlarni   olishi   mumkin   edi.   Ulardan   qolgan   mol-mulk,   uy-joy,
bog‘lar,   qoramolni   ro‘yxatga   olish   Gruziya   SNK   raisi   o‘rinbosari   Xoshtariyaga
topshirildi. Ulardan qabul qilib olingan mol-mulkka qarab, ko‘chirilgan hududlarga
ularga   ayirboshlash   kvitansiyalari   topshirildi   hamda   ularga   oziq-ovqat   olish
mumkin bo‘ladi. 78
Qozog‘iston   SSR   SNK   (Skvortsov,   Undasinov),   Qirg‘iziston   SSR   SNK
(Vagov   va   Kulatov)   va   O‘zbekiston   SSR   SNK   ga   (Yusupov   va   Abduraxmanov)
NKVD   bilan   hamkorlikda   ko‘chirilganlarni   joylashtirish   borasida   amaliy   ishlarni
tashkil   etish   topshirildi.   Ko‘chirilganlarni   kolxozlarga   joylashtirish,   turar-joy
fondidan   uylar   ajratish   va   ularni   qish   mavsumiga   tayyorlab   berish;   ko‘chib
kelganlarni temiryo‘l vokzalidan joylashtirilishi belgilangan yerlarga yuklari bilan
yetkazib   qo‘yish   uchun   avtomobil   transportini   ta’minlab   berish;   ko‘chib
kelganlarni   yer   bilan   ta’minlash   va   qishloq   xo‘jaligi   mehnat   qurollari   bilan
ta’minlash   kabi   masalalar   davlat   mutasaddilariga   yuklatildi.   Bu   ishlarga
tayyorgarlik jarayonini 1944-yil 1-noyabrda tugallash belgilandi. 
NKPS  ga  (Kaganovichga)   Qozog‘iston,   Qirg‘iziston  va   O‘zbekiston   SSR  ga
ko‘chiriluvchilarning   temiryo‘l   eshelonlarini   jihozlarini   o‘z   vaqtida   ta’minlab
berish yuklatildi. Maxsus ko‘chiriluvchilarni oziq-ovqat bilan ta’minlash masalasi
SSSR   Narkomtorg   (Lyubimova)   tashkilotiga   yuklatildi.     SSSR   Narkomzdrav
(Miteyeva)   ko‘chiriluvchilarga   tibbiy   xizmat   ko‘rsatish   masalasini   tartibga   solish
topshirildi.   SSSR   Selxozbank   (Kravtsov)   ko‘chib   keluvchilarga   oilalarga   7000
78
  Джеймс   Г. ,   Томлинсон   К.   -   Жизнь   вчера,   сегодня   и   завтра:   турки-месхетинцы   на   юге   России.
Олдершот, 2005. С. 107. 
78 rublgacha uzoq muddatli qarz berilishi belgilandi. Bu qarz ularning turar joylarini
tartibga   olish   va   ro‘zg‘orini   yo‘lga   qo‘yib   olish   uchun   berilgandi,   qarz   7   yil
muddatga berilgandi. 
Ko‘chirilganlarga   imtiyoz   sifatida   1945-yil   uchun   qishloq   xo‘jalik
mahsulotlari yetkazib berish rejalari, pulli soliq yig‘imlari va boshqa yig‘imlardan
ozod   qilish   hamda   tub   yashash   yerida   qoldirilgan   meva   bog‘lariga   tegishli
narxlardagi   kompensatsiya   pullari   berilishi   belgilandi.   Gruziya   SSR   SNK   ga
ko‘chirish   natijasida   bo‘shab   qolgan   yerlarga   kam   yerli   aholidan   32   000   kishini
ko‘chirib keltirishga ruxsat berildi. 
Ko‘chirish   uchun   SSSR   NKVD   ga   30   mln   rubl   pul   mablag‘lari   ajratildi,   bu
ko‘chirishdagi harajatlar va ko‘chirilgan yerga joylashtiruv harajatlarini o‘z ichiga
olgandi.   Undan   tashqari,   Gruziya   SSR   SNK   ga   4   mln   rubl   ajratilib,   bu   mablag‘
bo‘sh   qolgan   yerlarga   kam   yerli   aholini   ko‘chirib   keltirishga   ketadigan   harajatlar
uchun ajratilgandi. 79
 
1944-yil 20-sentabrda SSSR NKVD ning “Gruziya SSR chegara hududlaridan
turklar,   kurdlar   va   xemshillarni   ko‘chirish   to‘g‘risida”gi   №   001176   –   sonli
buyrug‘i   chiqarildi.   Unga   ko‘ra,   chegara   hududlaridan   aholini   ko‘chirishga
tayyorgarlik   ko‘rish   va   ko‘chirish   jarayonini   tashkil   qilish   maqsadida   4   ta   tezkor
sektor   tashkil   qilindi:   Axaltsin   (tarkibida   Axaltsin   tumani),   Adigen   (tarkibida
Adigen   tumani),   Aspind   (tarkibida   Aspind   tumani)   va   Axalkalak   (tarkibida
Axalkalak   va   Bogdanov   tumanlari).   Tashkiliy   ishlar   uchun   Axaltsin   sektoriga
Gruziya   xavfsizlik   xizmati   boshlig‘i   o‘rinbosari   Davlianidze   tayinlandi.   Unga
o‘rinbosarlar etib Magradze va Kalininlar tayinlandilar. Adigen sektoriga Gruziya
ichki   ishlari   narkomi   o‘rinbosari   Nachkeviy   tayinlandi.   Unga   davlat   xavfsizligi
polkovnigi   Kukutariya   va   NKVD   general-mayori   Piyashevlar   o‘rinbosar   etib
belgilandi.   Aspind   sektori   rahbari   etib   Gruziya   SSR   davlat   xavfsizlik   komissari
Nivladze   tayinlandi.   Unga   davlat   xavfsizligi   podpolkovnigi   Pabgulidze   va   davlat
xavfsizligi komissari Dobrinin o‘rinbosar etib belgilandi. Axalkalak sektori rahbari
79
  Турки-месхетинцы   :   Интеграция,   репатриация,   эмиграция.   Ред.:   Т.Триер,   А.Ханжин   —   СПб.:
Алетейя, 2007.  C . 326.
79 etib   davlat   xavfsizligi   polkovnigi   Tatuzov   tayinlandi.   Unga   davlat   xavfsizligi
polkovnigi   Kazachenko   va   NKVD   general   mayori   Buliga   o‘rinbosar   etib
belgilandi. 
Ko‘chirish jarayonlarini  10 kun ichida tugatish ko‘zlangan bo‘lib, bu 15-25-
noyabrga to‘g‘ri kelardi. Operatsiyani olib borish va Gruziya SSR chegaralarining
xavfsizligini   ta’minlash   uchun   NKVD   ning:   40-,   281-,   266-,   3-Qizil   bayroq
qismlari;   NKVD   ichki   qo‘shinlari   8-,2-polklari;   NKVD  ichki   qo‘shinlari   Moskva
diviziyasining   1-,2-,10-polklari;   Moskva   NKVD   diviziyasining   1-   va   2-maxsus
qismlari;   Ofitserlar   oliy   maktabi   vakillari;   Moskva   harbiy-texnik   bilim   yurti;
NKVD   ning   Saratov,   Orjonikidze,   Leningrad   va   Xarkov   harbiy   bilim   yurtlari
vakillari, umumiy 20 ming xizmatchi jalb etildi. 80
 
SSSR   ichki   ishlar   narkomi   boshlig‘i   o‘rinbosari   general-polkovnik
Apollonovga   Gruziya   chegara   hududlarini   mustahkamlash   masalasida
yuboriladigan   qo‘shinni   tartibga   solish   yuklatilib,   bu   ishlarni   25-oktabrdan   1-
noyabrgacha yakunlash topshirildi. 
Ko‘chirilishi kerak bo‘lganlar Gruziya SSR ning chegara hududlari Axaltsin,
Adigen,   Aspind,   Axalkalak   va   Bogdanov   tumanlarida   yashovchi   mesxeti   turklar,
kurdlar   va   xemshillar   edi.   Ushbu   millat   vakillarining   hukumatda   egallab   turgan
lavozimlaridan qat’iy nazar ko‘chirilishi majburiy etib belgilandi. Boshqa millatga
turmushga chiqqan mesxeti  turk, kurd va xemshil ayollari deportatsiya qilinmadi.
Ko‘chirishlar davrida tub yashash yerida bo‘lmaganlar ham ro‘yxatga olinib, yaqin
fursatda ularni  ham  ko‘chirish belgilandi. Sektordagi tezkor  guruh a’zolari kichik
guruhlarga   bo‘linib,   ular   bir   nafar   xavfsizlik   xizmatchisi   va   ikki   nafar   NKVD
askaridan   tashkil   topgandi.   Bunday   kichik   guruhlarga   4   tadan   oilani   ko‘chirish
jarayonini   amalga   oshirish   yuklatildi.   Oilalarga   o‘zlari   bilan   qimmatbaho
mulklarini,   pullarini,   kiyim,   ro‘zg‘or   buyumlarini   olishga   ruxsat   berildi.   Har   bir
oila   tekshirilib,   ikki   nusxadagi   ma’lumotnoma   tayyorlanadi.   Agarda   ko‘chirish
vaqtida oilaning biror bir a’zosi turli sabablarga ko‘ra uyida bo‘lmasa, uni keyingi
ko‘chirishlarda qo‘shish borasida tegishli eslatmalar kiritiladigan bo‘ldi. 
80
  Кольцов В.. Месхи: Народ между колёсами империй.  M .: 1990.  C .142.
80 Operatsiya   amalga   oshirilayotgan   4   ta   sektordagi   5   ta   tuman   aholisi   to‘liq
tekshiruvdan   o‘tkazilib,   mesxeti   turklar,   kurdlar   va   xemshillar   deportatsiyaga
tayyorlanib,   qolgan   millat   vakillari   hujjatlari   tekshirilgandan   so‘ng   qo‘yib
yuboriladigan   bo‘ldi.   Ko‘chirilayotganlar   orasida   banditizm   va   boshqa   jinoiy
elementlarga   aloqador   kimsalar   topilishi   bilan   ularni   hibsga   olish   va   tegishli
tartibda   rasmiylashtirish   belgilab   olindi.   Ko‘chirilayotganlar   uylari   yaqinida
begona   shaxslarning   to‘planishiga   yo‘l   qo‘ymaslik   buyurildi.   Ko‘chirish
jarayonida bo‘lishi  mumkin bo‘lgan hujumlarga tayyor bo‘lish va ularni tezkorlik
bilan   bartaraf   etish   uchun   barcha   jangovar   shaylikka   keltirildi.   Boshqa   hudud
aholisi   ko‘chirilgani   kabi   mesxeti   turklar   ham   tovar   va   qoramol   tashilishiga
mo‘ljallangan   yuk   vagonlariga   yuklandi.   Har   bir   yuk   vagoniga   besh-olti   oila
yuklari bilan yuklanishi belgilandi. Lekin, odamlar soni 30 nafardan oshmasligi va
yuklari   hajmi   5-6   tonnadan   oshmasligi   kerak   edi.   Har   bir   eshelon   25   nafardan
iborat bo‘lgan NKVD askarlari nazoratida edi.  81
1944-yil   15-noyabrda   Borjomidan   Gruziya   SSR   NKGB   narkomi
A.N.Rapavaning   SSSR   NKVD   narkomi   L.P.Beriyaga   yuborgan   telegrammasida
mesxeti   turklar,   kurdlar   va   xemshillar   ko‘chirilishi   jarayonining   boshlanganligi
aytib   o‘tildi.   Ko‘chirish   jarayoni   buyruqda   aytilganidek   15-noyabr   kuni   ertalab
boshlab   yuborildi.   18.00   gacha   bo‘lgan   vaqt   ichida   26   591   kishi   eshelonlarga
yuklab bo‘lingandi. 3 ta eshelon shu kunning o‘zida yo‘lga chiqdi, qolganlari esa
aholini  to‘plash  nuqtalarida  turgandi. Operatsiya  vaqtida  kutilmagan holatlar   ro‘y
bermadi.   1944-yil   17-noyabr   soat   16.00   ga   kelib,   25   eshelonda   81   324   nafar
maxsus   ko‘chiriluvchilar   belgilangan   hududlarga   yo‘l   oldilar.   SSSR   NKVD   OSP
ma’lumotlariga   ko‘ra   1944-yil   9-dekabrga   kelib   Gruziya   SSR   dan   maxsus
ko‘chiriluvchilar   yuklangan   50   eshelondan   40   eshelon   belgilangan   hududlariga
yetib   borishdi.   Jumladan,   40   eshelondan   20   tasi   O‘zbekiston   SSR   ga   (36   313
kishi),   11   ta   eshelon   Qozog‘iston   SSR   ga   (20   634   kishi),   2   eshelon   Qirg‘iziston
SSR ga (2744 kishi), 7 ta eshelon boshqa hududlarga yetkazildi. Markaziy Osiyoga
yo‘naltirilgan   33   eshelonga   yuklangan   59   691   kishidan   244   kishi   yo‘ldagi
81
  Панеш Э.Х., Ермолов Л. Б. Месхетинские турки // Вопросы истории. - 1991.  C . 118.
81 qiyinchiliklardan   vafot   etdi,   35   kishi   tibbiy   yordamga   muhtoj   bo‘ldi.   Jambul
viloyati   UNKVD   xabariga   ko‘ra,   bu   vaqtga   kelib   viloyatga   797   ta   oila   aniqrog‘i
3352   kishi   ko‘chirib   keltirilgan   bo‘lib,   ulardan   1665   nafari   bolalar   edi.   Ularning
joylardagi   o‘rnashinuviga   belgilangan   tartibda   mahalliy   hokimiyat   organlari
javobgar sanalardi. 82
 
1944-yil 28-noyabrdagi mesxeti turklar, kurdlar, xemshillarning Gruziya SSR
hududidan   ko‘chirilishi   borasidagi   L.P.Beriya   I.Stalin,   V.Molotov   va
G.Malenkovga   yuborgan   hisobot   xatida   Gruziyaning   chegara   hududlaridan
belgilangan   xalqlarning   ko‘chirilishi   muvaffaqiyatli   olib   borilganligini   bildiradi.
Bu   maktubda   Gruziyaning   Turkiya   bilan   chegara   hududlarida   yashagan   mesxeti
turklar,   kurdlar   va   xemshillar   turk   xalqi   bilan   qardoshlik   aloqalarida   bo‘lganligi,
ularga ayg‘oqchi sifatida xizmat qilganligi, chegarada noqonuniy o‘tkazmalar bilan
shug‘ullanganligini   alohida   ta’kidlab,   ularning   ko‘chirilishi   chegaralarning
mustahkamlanishiga xizmat qilishini aytib o‘tdi. Maktubda: “Ko‘chirish jarayoniga
tayyorgarlik   ko‘rish   20-sentabrdan   boshlanib,   15-noyabrda   tugallangandi.   Undan
tashqari, Turkiya bilan SSSR chegaralaridagi  nazorat  yanada kuchaytirildi, bunda
ko‘chirilishi   nazarda   tutilgan   aholining   Turkiya   tomoniga   o‘tib   ketishi   ehtimolini
yo‘qqa   chiqarish   maqsad   qilingandi.   Adigen,   Axaltsix,   Aspind,   Axalkalak,
Bogdanov   tumanlari   aholisini   ko‘chirish   15-18-noyabr   kunlari   amalga   oshirildi.
Adjariya   ASSR   hududidagi   aholini   ko‘chirish   25-26-noyabr   kunlari   amalga
oshirildi.   Umumiy   hisobda   91   095   kishi   belgilangan   hududlarga   ko‘chirildi.
Ularning   asosiy   qismi   O‘zbekiston,   Qozog‘iston   va   Qirg‘iziston   SSR   lari
hududlariga   ko‘chirildi.   Operatsiya   jarayoni   ortiqcha   muammolarsiz   reja   asosida
amalga   oshirildi.   Bo‘shagan   yerlarga   Gruziya   SSR   ning   kam   yerli   7000   xo‘jaligi
ko‘chirib   keltiriladi.   Ko‘chirish   harakatlari   bilan   bir   vaqtda   Gruziya   SSR   va
Turkiya   chegaralarini   mustahkamlash   ishlari   amalga   oshirilmoqda…”   kabi
ma’lumotlar keltirilgandi.
82
  Полян,   Павел   «Советские   репрессии   в   отношении   иностранцев:   Большой   террор,   ГУЛАГ,
депортация ».  M .: 2003.  C .265.
82 Mesxeti   turklarni   ko‘chirishda   xizmat   qilgan   xodimlar   1944-yil   3-dekabrda
taqdirlandilar.   Bu   borada   M.I.Kalinin   “NKVD   va   NKGB   xodimlarini   taqdirlash
to‘g‘risida”gi   qarorni   imzoladi.   Umumiy   hisobda   operatsiyada   qatnashgan
xizmatchilarning   25   nafari   –   Ulug‘   Vatan   urushining   1-darajali   ordeni;   18   nafari
Ulug‘   Vatan   urushining   2-darajali   ordeni,   85   nafari   –   Qizil   Yulduz   ordeni,   67
nafari – “Jasorati uchun” medali, 218 nafari – “Jangovar xizmatlari uchun” va shu
kabilar bilan taqdirlanishdi. Umumiy 413 kishi xizmatlari uchun medal va ordenlar
bilan taqdirlanishdi. Bu qaror 1944-yil 4-dekabrda “Pravda” gazetasida chop etildi.
GOKO ning 1944-yil 31-iyuldagi   №  6279cc – sonli qaroriga asosan, Gruziya
SSR   chegara   hududlaridan   O‘zbekiston,   Qirg‘iziston   va   Qozog‘iston   SSRlariga
1945-yil   13-yanvar   holatiga   ko‘ra   92   374   kishi   ko‘chirilgandi.   Tegishli   qarorlar
bilan ko‘chiriluvchilarning  tub  yashash   yerlarida  kartochkalar   evaziga  qoldirilgan
mol-mulklari   Narkomzag   va   Narkommyasomolprom   tomonidan   qabul   qilib
olingandi. Jumladan, 8252 tonna bug‘doy, 3948 tonna kartoshka, 453 tonna boshqa
turdagi sabzavotlar, 312 tonna mevalar, 60   007 bosh yirik shoxli qoramol, 80   049
bosh kichik qoramol qabul qilib olindi va ularning miqdoriga qarab yangi ko‘chib
borgan yerlarida – evaziga mahsulot olsa bo‘ladigan kartochkalar berildi. 83
 
Markaziy   Osiyo   davlariga   ko‘chib   kelganlarda   oziq-ovqat   mahsulotlari   yo‘q
edi,   shuning   uchun   ularning   tub   yerlarida   qoldirgan   mahsulotlari   evaziga
beriladigan   mahsulotlariga   avans   tariqasida   15-yanvardan   15-martgacha
tezkorlikda har bir ko‘chib kelganni oziq-ovqat bilan ta’minlash buyurildi. Har bir
ko‘chirilgan   odamga   16   kg   un   va   4   kg   dan   yorma   berilishi   belgilandi.   Buning
uchun 1480 tonna un va 371 tonna yorma talab qilinardi. 
GOKO ning 1944-yil 31-iyuldagi   №  6279cc – sonli qaroriga asosan, Gruziya
SSR chegara hududlaridan ko‘chirilgan aholidan qolgan bo‘sh yerlarga kam  yerli
aholini   ko‘chirish   uchun   4   mln   rubl   ajratilgndi.   1945-yil   1-martga   kelib   bu
hududlarga  6110  ta xo‘jalik ko‘chirib  keltirildi.  Xo‘jaliklarni  o‘zlashtirish  deyarli
yakunlangandi.   Ammo,   turar   joylarni   ko‘chib   kelganlarga   moslash   va   ulardan
to‘laqonli   foydalanish   hali   yakuniga   yetmagandi.   Ajratilgan   pul   mablag‘ning
83
  Поболь Н.Л.,  Полян П.М.  – Сталинские депортации.1928-1953. М. 2005. С. 536.
83 yarmigina   o‘zlashtirilgandi,   xolos.   Ularni   to‘liq   va   maqsadli   o‘zlashtirish   joriy
yilning ikkinchi kvartaliga rejalashtirilgandi. 
Ikkinchi   jahon   urushi   davrida,   xususan,   1944-yilda   Gruziyadan   mesxeti
turklar,   kurdlar   va   xemshillardan   tashqari,   alohida   tumanlardan   boshqa   millat
vakillari:   ozarbayjonlar,   turkiyzabonlar,   guzinlarning   bir   qismi   va   boshqalar
ko‘chirilgandi.   E’tiborli   jihati   shunda   ediki,   boshqa   millatlarning   ko‘chirilishiga
hukumatning qarori chiqarilmagandi. Maxsus ko‘chirilganlarni ro‘yxatga olishning
1949-yildagi   holatiga  ko‘ra,  yuqorida  deportatsiya   qilingan   boshqa   millatlar   deya
atalgan   xalqlarning   soni   26   044   nafarni   tashkil   qildi.   Jumladan,   24   304   nafar
ozarbayjon, 676 nafar  turkiyzabonlar, 411 nafar  adjar, 224 nafar  gruzin, 45 nafar
cherkes va 384 nafar boshqa millatlar (bular: abxaz, avar, bolgar, rus, laz, arman,
tatarlar) Markaziy Osiyo davlatlariga ko‘chirilgandi. 
Gruziya   SSR   dan   Markaziy   Osiyoga   mesxeti   turk,   kurd   va   xemshillardan
tashqari   ko‘chirilgan   boshqa   millatdagilar   umumiy   miqdor   yuqorida
ta’kidlaganimizdek   26   044   kishini   tashkil   qilgandi.   Ular   belgilangan   tartibda   va
miqdorda davlatlarga bo‘lib chiqildi: 
- O‘zbekiston SSR ga – 11   614 kishi;
- Qozog‘iston SSR ga – 11 061 kishi;
- Qizg‘iziston SSR ga – 3 369 kishi. 84
Ularning ham ko‘chirilishi mesxeti turklar, kurdlar va xemshillar ko‘chirilishi
namunasida o‘tkazildi. Umumiy qilib olganda, bu ko‘chirishlarning asosiy maqsadi
Kavkazni o‘ziga xos tartibda “Tozalash” edi. Undan tashqari Turkiya bilan chegara
hududlarda   Turkiyaga   xayrixoh   xalqlarni   boshqa   yerga   ko‘chirib,   chegaralarni
mustahkamlash   ustuvor   ahamiyat   kasb   etdi.   L.Beriyaning   bu   boradagi
tashabbuslarini I.Stalin to‘liq qo‘llab-quvvatladi. 
 
84
  Бугай   Н.   Ф.,   Мамаев   М.   И.   Турки-месхетинцы:   Грузия,   Узбекистан,   Россия,   США.   —   М.:
МСНК-пресс, 2009.  C. 119.
84 Xulosa
Jahon   tarixidagi   eng   murakkab   davr   –   ikkinchi   jahon   urushi   haqida   gap
borganida   yo‘qotishlar,   o‘sha   davrning   qayg‘uli   voqeliklari,   xalqlarning   boshdan
kechirgan   qiyinchiliklari   ko‘z   oldimizga   keladi.   Ikkinchi   jahon   urushi   yillarida
Kavkaz   xalqlarining   deportatsiya   qilinishi   tarixi   ham   shunday   og‘ir   davrda
insonlarning   ahvolini   yanada   qiyinlashtirganligiga   guvoh   bo‘lishimiz   mumkin.
Kavkaz   xalqlarining   nemis   fashistlariga   xizmat   qilishda,   Turkiyaga   chegaradosh
hudud aholisining turklarga ayg‘oqchilik qilishida, Sovet ittifoqi hukumati va Qizil
armiyaga   qarshi   tuzilgan   jinoiy   guruhlarga   a’zo   bo‘lishida,   urush   davrida   harbiy
xizmatdan   bo‘yin   tovlashlarida   va   shu   kabi   jinoyatlarda   ayblandi.   Ularni   tub
85 yashash   yeridan   boshqa   hududlarga   ko‘chirish   rejasi   oldindan   rejalashtirib
bo‘lingandi. Hujjatlarda 1942-yildan boshlab deportatsiya qilinishi ko‘zda tutilgan
xalqlarni   ko‘chirish   bo‘yicha   rejalarning   amaliy   tadbirlari   rasmiylashtirila
boshlandi. 
Sobiq   sovet   ittifoqi   davrida   deportatsiyalar   mavzusi   yopiq   mavzulardan   biri
edi.   Bu   mavzuni   ko‘tarib   chiqqanlar   tegishli   ro‘yxatlarga   tushib,   taqib   qilinardi.
Umuman   ikkinchi   jahon   urushi   davridagi   deportatsiyalarning   tashabbuskori
sifatida I.Stalin ko‘rsatilishi odatiy hol edi, ammo so‘nggi davrlardagi maxfiy arxiv
hujjatlarining   oshkoralikka   berilishi   oqibatida,   L.Beriya   va   shu   kabi
mansabdorlarning   tashabbuslari   ham   xalqlarning   ko‘chirilishida   muhim   ahamiyat
kasb   etganligini   ko‘rib   chiqdik.   Kavkazning   chechen,   ingush,   qalmoq,   qorachoy,
bolqor,   mesxeti   turk,   kurd,   xemshillar   va   boshqalardan   3   mlndan   ortig‘i   tub
yashash   yerlaridan   o‘zga   hududlarga   ko‘chirildi.   Bunda   aholining   asosiy   qismi
uzoq   masofadagi   Rossiyaning   Janubiy   qismlari,   Markaziy   Osiyo   respublikalariga
bir biridan olis masofalarga joylashtirildi. Kavkaz xalqlari uchun Markaziy Osiyo
hududi,   ular   jalb   qilingan   qishloq   xo‘jaligining   paxtachilik   kabi   sohalari   yangilik
sanalardi.
Chechenlar   va   ingushlarning   hududi   nemis   fashistlari   tomonidan
egallanmagan bo‘lsa-da, ularning bu hududga yaqinlashishi antisovet kuchlarining
faollashishiga   olib   keldi.   Sovet   hukumatiga   qarshi   harakatlar   bu   etnik   guruhlarda
ko‘p   uchrasa   ham   butun   bir   xalqni   surgun   qilinishi   inson   huquqlari   poymol
qilinishi deya talqin qilinmoqda. Ularni Oltoy, Krasnoyarsk va Omsk viloyatlariga
joylashtirish   ko‘zlangandi,   ammo   ayrim   sabablarga   ko‘ra,   L.Beriya   chechen   va
ingushlar   ko‘chirilishi   dislokatsiyasini   Qozog‘iston   va   Qirg‘iziston   SSR   ning
tegishli   viloyatlariga   o‘zgartirdi.   Bu   hududlarga   chechen   va   ingushlarning
ko‘chirilishi oqibatida yarim millionga yaqin inson Markaziy Osiyoga ko‘chirildi.
Rasmiylar   hujjatlarda   belgilangan   tartibda   maxsus   ko‘chirilganlarni   oziq-ovqat
bilan   ta’minlay   olmadilar.   Chechen   va   ingushlarning   deportatsiyasi   boshlangan
davr nemis fashistlari allaqachon Kavkazdan yuzlab kilometr uzoqlikka chekingan
vaqtda   ro‘y   berdi,   shuning   uchun   ham   bu   chorani   tarixchilar   harbiy   strategik
86 zarurat emas, balki jazo harakati deya qabul qildi.  Ayniqsa, tarixchi Boris Sokolov
ham   Kavkaz   xalqlarining   ko‘chirilishini   boshlashga   Stalin   uchun   urush   yaxshi
bahona   bo‘lib   xizmat   qilganligini   aytib   o‘tadi.   Deportatsiya   abadiy   deya
belgilangan   bo‘lsa   ham,   Xrushchev   davridan   boshlab   nisbatan   ahvol   yengillasha
bordi.   1957-yilga   kelib   chechen   va   ingushlar   deportatsiyasini   bekor   qilish   va
Chechen-Ingush  avtonomiyasini   tiklash  masalasi  ham   ko‘rib  chiqildi.  Shu  yili  bu
xalqlarning sezilarli qismi o‘z yurtlariga qaytishni boshlashgan bo‘lsa-da, ularning
ilgarigi uy-joylariga ruslar va boshqa fuqarolar egalik qilishayotgandi. 
Deportatsiyaga   uchragan   yana   bir   xalq   –   qalmoqlarda   urush   davrida   vaziyat
o‘zgacha edi, chechen va ingushlardan farqli qalmoqlarda banditizm hamda harbiy
xizmatdan bo‘yin tovlash kabi omillar kam uchragandi. Shunga qaramay ularni tub
yashash   yerlaridan   ko‘chirishga   qaror   qilindi.   Qalmoqlarning   urush   arafasidagi
umumiy   soni   134   mingdan   ortiq   edi.   Ikkinchi   jahon   urushidagi   qalmoqlarni
nomiga   dog‘   tushurgan   asosiy   omillardan   biri   bu   ularning   110-otliq   diviziyasi
taslim   bo‘lishi   va   ularning   nemis   fashistlari   asirligiga   tushib,   ularga   xizmat   qilib
xoinlik qilishda ayblanishi bo‘ldi. Undan tashqari, qalmoqlar Qizil armiyaga qarshi
nemis   fashistlari   tomonidan   tuzilgan   harbiy   guruhlar   safida   xizmat   qilganlikda ,
sovet fuqarolarini nemislar qo‘liga topshirganlikda, Rossiya va Ukrainadan haydab
kelingan   chorvalarni   nemislar   qo‘liga   yetkazganlikda,   Qizil   Armiya   tomonidan
fashistlar   qalmoqlar   hududidan   quvib   chiqarilganligidan   so‘ng,   sovet   hukumatiga
qarshilik   ko‘rsatadigan   jangovar   guruhlar   tuzganlikda,   fashistlar   yo‘q   qilgan
xo‘jaliklardagi   sovetlar   olib   borayotgan   tiklash   ishlariga   faol   qarshilik
ko‘rsatganlikda,   kolxozlarda   yashovchilarga   hujumlar   va   tinch   aholiga   tajovuz
qilganlikda   ayblandilar.   Bu   ayblovlarning   qanchalik   asosli   ekanligini   isbotlab
berish mushkul. Ularning o‘z yurtlarida o‘zga hududlarga ko‘chirish jarayonidagi
yo‘qotishlari juda katta edi, turli ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘chirilish jarayonida uch
mingdan   ortiq   kishi   nobud   bo‘ldi,   ko‘chirilish   boshlangandan   keyingi   yetti   yil
ichida   esa   qalmoqlarning   umumiy   sonidan   30-35   ming   kishiga   kamayib,   80
mingdan ortiq kishini tashkil qilganligi ham qayg‘uli tarixdan dalolatdir. 
87 Xoinlikda ayblangan yana bir xalq – qorachoylar edi, ular kollaboratsionizm
(kollaboratsionizm   -   Gitlerga   qarshi   bo‘lgan   davlat   fuqarolarining   fashizm   bilan
kelishuvga   borishi)     va   banditizmda   ayblandilar.   70   mingga   yaqin   qorachoy   o‘z
yurtlaridan   olis   hududlarga   ko‘chirildi.   Ularning   kelajakdagi   mustaqillikka
intilishlarini   batamom   bartaraf   qilish   uchun   milliy   avtonomiyasini   tugatish
borasida   so‘z   ochildi.   Qorachoylarning   tugatilgan   avtonomiyasi   Gruziya   SSR
hududining bir qismiga aylantirildi. Umuman olganda qorachoylarning tub yashash
yeridan   uzoq   hududlarga   surgun   qilinishi   bir   qator   salbiy   oqibatlarga   olib   keldi.
Ularning   ko‘chirish   jarayonidagi   qiyinchiliklari,   o‘zlari   uchun   yangi   hududlar
sanalgan   yerlarda   o‘rnashish   borasidagi   qiyinchiliklar,   antisanitariya   holati,
bularning barchasi ularning xalq sifatida yo‘qolib ketishiga olib kelishiga oz qoldi.
1993-yilda Qorachoy xalqini reabilitatsiya qilish bo‘yicha komissiya (davlat urush
komissiyalarining   hujjatlarini,   markaziy,   mintaqaviy,   mintaqaviy   arxivlarning
materiallari   va   hujjatlarini   chuqur   o‘rganib   chiqqandan   so‘ng)   Qorachoylarni
deportatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni e'lon qildi. 
Turkiyzabon   Kavkaz   xalqlaridan   yana   biri   bolqorlar   ham   urush   davridagi
deportatsiya   nishonlaridan   biriga   aylandi.   Bu   jarayon   chechen   va   ingushlarning
ko‘chirilishi   yakunlanganidan   keyingi   davrga   to‘g‘ri   keldi.   1942-yilda   nemis
fashistlarining  Kabardin-Bolqor  hududiga  bostirib  kirishi  jarayoni   bo‘lgan  bo‘lsa,
ko‘p   o‘tmay   1943-yil   yanvarida   bu   hudud   ozod   qilindi.   Shu   voqelikdan   so‘ng
Beriya   bolqorlarni   o‘z   hududidan   ko‘chirishga   Stalindan   ruxsat   so‘radi.   Beriya
bolqorlarni   ko‘chirishga   asos   qilib,   ularning   Elbrusni   himoya   qilishga   qodir
emasliklarini ko‘rsatdi. Kabardin-Bolqoriya hududida boshqa hududlardagi singari
banditizm elementlari uchrab turdi. Ularga qarshi tizimli kurash olib borilib, ularni
yo‘q   qilish   borasida   3   ta   guruh   shakllantirilib,   alohida   hududlarga   yo‘naltirildi.
Ko‘chirilganlarning   asosiy   qismi   Qozog‘iston   SSR   va   Qirg‘iziston   SSR
viloyatlariga   ko‘chirildi.   Ularning   soni   40   mingga   yaqinni   tashkil   qildi.   Ularning
joylashuvi   bilan   ko‘chirilgan   yerlardagi   mahalliy   hokimiyat   organlar
shug‘ullanishdi. 
88 Ikkinchi   jahon   urushi   davrida   Kavkaz   xalqlarining   tub   yashash   yerlaridan
o‘zga   hududlarga   ko‘chirish   jarayonlari   murakkabliklarga   to‘la   bo‘ldi.   Ularning
barchasini   boshdan   kechirgan   xalqlarning   o‘zigina   barcha   jarayonning   real
ko‘rinishini aytib berishi mumkin edi. Arxiv hujjatlariga ko‘ra, barcha ishlar nizom
asosida   qilinganligi,   ko‘chirish   jarayonida   barcha   jabhalar   hisobga   olinganligi
ko‘rsatilgandi,   ammo   voqelik   guvohlari   buning   aksi   bo‘lganligi,   ko‘chirish
jarayonida   qoramolga   ajratilgan   vagonlarda   antisanitariya   holatida   bir   necha   kun
davomida   yo‘lda   bo‘lganligi   va   o‘lim   holatlari   rasmiy   ma’lumotlardan   ko‘proq
bo‘lganligi   hamda   boshqa   holatlar   ham   aytilmaganligini   ta’kidlashadi.   Umumiy
qilib   aytganda,   deportatsiya   jarayoni   Kavkaz   xalqlari   taqdiridagi   qayg‘uli   bir
davrni o‘z ichiga olganligi barchamizga ma’lum bo‘ldi. 
  
 
 
 
  
   
 
      
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti asarlari:
1. Karimov I.A. – Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. T.: 1998. 
2. Karimov   I.A.   O‘zbekistonning   o‘z   istiqlol   va   taraqqiyot   yo‘li.   –   T.:
O‘zbekiston, 1992.
3. Karimov   I.A.   O‘zbekiston   mustaqillikka   erishish   ostonasida.   –   T.:
O‘zbekiston, 2011.
4. Mirziyoyev   Sh.M.–   “Qonun   ustuvorligi   va   inson   manfaatlarini   ta’minlash-
yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi” T.: O‘zbekiston, 2017.
89 5. Mirziyoyev   Sh.M.–   “Buyuk   kelajagimizni   mard   va   olijanob   xalqimiz   bilan
birga quramiz”./Sh.M.Mirziyoyev. – Toshkent: : “O‘zbekiston”, 2017.
6. Mirziyoyev   Sh.M.–   “Tanqidiy   tahlil,   qat’iy   tartib-intizom   va   shaxsiy
javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak”. 2017-yil
14-yanvar Sh.M. Mirziyoyev.– Toshkent : O‘zbekiston, 2017.
Asosiy adabiyotlar: 
1. Бакаев  П.Д. – О трагедии в истории калмыцкого народа. Элиста.: 2003.
2. Безугольный А.Ю. - Горцы северного кавказа в великой отечественной 
войне 1941–1945: проблемы истории, историографии и 
источниковедения. М.2012.
3. Бердинских В.А. - Спецпоселенцы: Политическая ссылка народов 
Советской России. — М., 2005.
4. Бугай Н.Ф. - Иосиф Сталин — Лаврентию Берии : «Их надо 
депортировать»: документы, факты, комментарии. — Дружба народов, 
1992.
5.  Бугай Н.Ф., Мамаев М. И. Турки-месхетинцы: Грузия, Узбекистан, 
Россия, США. — М.: МСНК-пресс, 2009.
6.  Бугай Н.Ф. - Гонов А. М. Кавказ — народы в эшелонах: (20—60-е 
годы).
7.  Бугай Н.Ф. - Защита состоялась, проблемы остаются… // Приволжский
научный вестник. — 2014.
8.  Бугай Н.Ф., Мамаев М.И. Международное общественное объединение 
турок-месхетинцев «Ватан» как институт власти гражданского 
общества. M.: 2015.
9. Джеймс Г., Томлинсон К. - Жизнь вчера, сегодня и завтра: турки-
месхетинцы на юге России. Олдершот, 2005.
10.  Земсков В.Н.- Спецпоселенцы в СССР. 1930-1960. М.: Наука, 2003.
11.  Земсков В.Н.- Репатриация перемещенных советских граждан // Война
и общество. 1941-1945. Кн. 2 М.: 2004.
90 12.  Земсков В.Н.- К вопросу о масштабах репрессий в СССР //М.: 
1995Земсков В.Н.- Демография заключенных, спецпоселенцев и 
ссыльных. 1930-е - 1950-е годы // Население России в XX веке: 
Научная конференция в ознаменование десятилетия Центра 
демографии и экологии человека. Москва, 21-22 декабря 1998 года. 
Тезисы докладов. М.: ИНПРАН, 1998
13.  Земсков В.Н.Демография заключенных, спецпоселенцев и ссыльных. 
1930-е - 1950-е годы // Мир России. Т. VIII. Социология. Этнология. 
1999 .
14.  Земсков В.Н.- – Спецпоселенцы в СССР, 1930-1960. М.: 2003.
15.  Козлов В.А. – Вайнахи и имперская власть: проблемы Чечни и 
Ингушетии во внутренней политике России и СССР. – М.: 2011.
16.  Кольцов В.. Месхи: Народ между колёсами империй. M.: 1990.
17.  Кулаев Ч.С.. Народы Карачаево-Черкесии в годы ВОВ 1941—1945 гг. 
— Черкесск: Ставроп. книжное изд., Карачаево- Черкесское отд., 1990.
18.  Максимов К.Н.– Трагедия Народа: Репрессии и Калмыкии. 1918-1940 
годы. М.: 2004.
19.  Очилов У.Б. – Военные мобилизации в Калмыцкой АССР. Элиста.: 
2001.
20.  Панеш Э.Х., Ермолов Л. Б. Месхетинские турки // Вопросы истории. - 
1991.
21.  Поболь Н.Л., Полян П.М. – Сталинские депортации.1928-1953. М. 
2005.
22.  Поболь О.Н. - Сталинские депортации. — МФД, 2005.
23.  Поляков Ю.А. – Историческая наука: Люди и проблемы. М.: 1999.
24. Полян П.М. - Насильственные миграции в бывшем СССР // 
Миграционная ситуация в странах СНГ. М., 1999.
25.  Полян П.М. – Не по своей воле... М. 2001.
26. Полян П.М. - Любимые игрушки диктатора. Размышления о советской 
депортационной политике // М.: 2001.
91 27.  Полян П.М. «Советские репрессии в отношении иностранцев: 
Большой террор, ГУЛАГ, депортация ». M.: 2003.
28.  Полян П.М. - Депортации и этничность // Сталинские депортации. 
1928—1953. — М.: МФД, Материк, 2005.
29.  Полян П.М. - Историмор, или Трепанация памяти. Битвы за правду о 
ГУЛАГе, депортациях, войне и Холокосте.M.: 2017.
30.  Ситнянский Г.Ю., Бушков В.И. – Миграции населения в Центральной 
Азии прошлое, настоящее и будущее. М. 2016.
31.  Стецковский Ю.И. – История совеиских репрессий. 1917-1995 гг. 
М.:1997.
32.  Темукуев Б.Б.- Спецпереселенцы: в 3 т. — Изд-во М. и В. Котляровых,
2009.
33.  Триер Т., Ханжин А. – Турки-месхетинцы: Интеграция, репатриация, 
эмиграция.— СПб.: 2007.
34.  Шнайдер В.Г.- Советская национальная политика и народы Северного 
Кавказа в 1940—1950-е гг. — Directmedia, 2015.
35.  Шабаев Д.В. - Правда о выселении балкарцев. — Эльбрус, 1992.
36.  Шаманов И.М., Караева З.Б., Кечеруков К.А., Алиев А.М., 
Карачаевцы: выселение и возвращение: 1943-1957: материалы и 
документы / Алиев И. И. — сборник актов комиссии по реабилитации 
карачаевского народа. — Черкесск: «ПУЛ», 1993.
37.  Эдиев Д.М. - Демографические потери депортированных народов 
СССР. — Ставрополь, 2003.
38.  Яковлев А.Н. – Омут памяти. М.: 2001.
Internet saytlari ro‘yxati: 
1. https://arzamas.academy/mag/934-deportation    . Saytga murojaat qilingan 
vaqt: 11.02.2022
2. https://www.kavkaz-uzel.eu/articles/202258/    . Saytga murojaat qilingan vaqt:
16.02.2022
92 3. https://bessmertnybarak.ru/article/operatsiya_chechevitsa/    . Saytga murojaat 
qilingan vaqt: 22.02.2022
4. https://asiarussia.ru/articles/1471/    . Saytga murojaat qilingan vaqt: 
02.03.2022
5. http://don1942.ru/deport/item/kalmyki-vyselenie-i-vozvrashchenie-1943-   
1957-gg . Saytga murojaat qilingan vaqt: 05.03.2022
6. http://www.elbrusoid.org/articles/karachay-balkar/423474/    . Saytga murojaat 
qilingan vaqt: 09.03.2022
7. https://science.fandom.com/ru/wiki/    Депортация    _   карачаевцев    . Saytga 
murojaat qilingan vaqt: 10.03.2022
8. https://e-history.kz/ru/news/show/4482/    . Saytga murojaat qilingan vaqt: 
15.03.2022
9. https://www.kp.ru/best/stavropol/kpkchrdeport/    . Saytga murojaat qilingan 
vaqt: 16.03.2022
10. https://www.pravda.ru/districts/9505-deportatsiya/    . Saytga murojaat qilingan
vaqt: 18.03.2022
11. https://libmonster.ru/m/articles/view/    А    -   Юнусов    -   месхетинские    -   турки    -  
дважды    -   депортированный    -   народ    .   Saytga   murojaat   qilingan   vaqt:
20.03.2022
12. https://www.livekavkaz.ru/index.php?newsid=5432    .   Saytga   murojaat
qilingan vaqt: 25.03.2022
13. https://istorja.ru/articles.html/caucasus/panesh-e-h-ermolov-l-b-   
meshetinskie-turki-r406/ . Saytga murojaat qilingan vaqt:  26.03.2022 
93

IKKINCHI JAHON URUSHI YILLARIDA KAVKAZ XALQLARINING MARKAZIY OSIYOGA DEPORTATSIYA QILINISHI SABABLARI VA OQIBATLARI Mundarija: Kirish……………………………………………………………………...…......3-8 I Bob. Sovet davlatida deportatsiya siyosati 1.1 -§. Ikkinchi jahon urushi yillarida deportatsiya siyosatining boshlanishi va bunda Stalin shaxsining roli………………………………………………...….9-20 1. 2 -§. Kavkaz xalqlarining deportatsiyasi sabablari………………...………...21-33 II Bob. Qorachoy va bolqorlarning deportatsiyasi siyosati 2.1-§. Qorachoy avtonom viloyatining tugatilishi. Qorachoylarning Qozog‘iston SSR va Qirg‘iziston SSR hududlariga deportatsiya qilinishi…………………34-45 2.2-§. Bolqorlarning deportatsiyasi oqibatlari………………….…………...... 46-58 III bob. Qalmoqlar va mesxeti turklarning deportatsiyasi 3. 1 -§. Qalmoqlar deportatsiyasi oqibatlari….………………………………...59-75 3.2- §. M esxeti turklar deportatsiyasi… …………………………….. ………... 76-86 Xulosa……………………………………………………………………...…8 7-90 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…………………………………………...9 1 -9 5

Kirish Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng, barcha sohalarda islohotlar o‘tkazilishi uzluksiz davom etmoqda. Tarix ilmida ham ochiqlikka e’tibor qaratilib, hozirgi globallashuv davrida mustaqillikkacha bo‘lgan davrdagidek ilmiy izlanishlardagi senzura va cheklovlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Mamlakatimizda tarix sohasini yanada rivojlantirish maqsadida yurtimiz tarixini o‘rganishdan tashqari, jahon tarixini o‘rganishga ham katta e’tibor qaratilmoqda. Ta’lim tizimidagi islohotlarni yanada takomillashtirish borasida zamonaviy yechimlar ishlab chiqish ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev: “ Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo‘g‘inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o‘zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz ” 1 degan fikrni bildirib o‘tgan. Jahon tarixida chuqur iz qoldirgan ikkinchi jahon urushi tarixi hamisha dolzarb mavzu bo‘lib kelgan. Ikkinchi jahon urushi yillarida Kavkaz xalqlarining Markaziy Osiyoga deportatsiya qilinishi sabablari va oqibatlari borasidagi izlanishlar bugungi kungacha qisman mavjud. Ammo, bu mavzuni o‘rganish natijasida, uning yangi jihatlari kelib chiqaveradi. Tadqiqotchilarning turlicha nuqtai nazarlari bir to‘xtamga kelishda chalg‘ituvchi omil sanaladi. Ikkinchi jahon urushi davrida ommaviy deportatsiyalarning amalga oshirilishi sobiq sovet ittifoqi davrida Xrushchev davrigacha umuman tilga olinmaydigan mavzulardan biri edi. Bu boradagi arxiv hujjatlari esa yaqin davrlargacha maxfiylikda saqlab kelindi. Xrushchev davrida Stalin shaxsiga sig‘inishning fosh etilishi va deportatsiyalar borasidagi dastlabki eslatmalar paydo bo‘la boshlagandi. Umuman sobiq sovet ittifoqi davrida xalqlarning tub yashash yerlaridan deportatsiya qilinishlari 1 Mirziyoyev Sh. M. “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash- yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi” T.: O‘zbekiston, 2017. 24-b. 2

borasidagi ma’lumotlar kam uchraydi. Bu mavzuga murojaat etishga tegishli tartibdagi cheklovlar mavjud bo‘lgan. Deportatsiyalarning asosiy qismi maxfiylikda olib borilgan bo‘lib, uni ovoza qilish davlat manfaatlariga zid kelishi aniq edi. Sovet ittifoqi parchalangandan so‘ng, tadqiqotchilarning deportatsiyalar va shunga yaqin mavzularda izlanishlar olib borishlariga cheklovlar yo‘qqa chiqdi. 1990-yillardagi tarixchilarning aksariyati deportatsiyalar Stalin shaxsining istagi bilan amalga oshirilgan degan fikrda qoladi. Ammo, 2000-yillardan keyingi davrda va yaqin yillarda ikkinchi jahon urushi davridagi deportatsiyalar borasidagi maxfiy hujjatlarning oshkoralikka berilishi yangi ma’lumotlarning yuzaga chiqishiga olib keldi. Bu esa tadqiqotchilarning mavzuga yangicha burchakdan nazar solishga imkon berdi. Sobiq sovet tuzumi davridagi tadqiqotchilarning ilmiy ishlari, maxfiy arxiv hujjarlari va ommaviy deportatsiya guvohlarining ma’lumotlari birgalikda bizga reallikka yaqinlashgan tarixni ochib beradi. Sobiq sovet ittifoqi 30-40- yillarda umumiy 3 mlndan ortiq aholini tub yashash yeridan nisbatan noqulay bo‘lgan hududlarga ko‘chirishi, ko‘chirish jarayonlaridagi qiyinchiliklar, o‘lim holatlarining oshib ketishi va shu kabi omillar ko‘plab xalqlarning taqdirida o‘chmas qora dog‘ bo‘lib qoldi. 2010-yildan boshlab tadqiqotchilar Stalin davridagi deportatsiyalarni ochiqchasiga qoralay boshlashdi. Shuning uchun ham “Ikkinchi jahon urushi yillarida Kavkaz xalqlarining Markaziy Osiyoga deportatsiya qilinishi sabablari va oqibatlari” mavzusi bugungi kundagi dolzarb mavzulardan biriligicha saqlanib qolmoqda. Tadqiqot obyekti va predmeti. Ikkinchi jahon urushi yillarida Kavkaz xalqlarining Markaziy Osiyoga deportatsiya qilinishi sabablari va oqibatlarini ilmiy jihatdan yoritib berish tadqiqot obyekti hisoblanadi. Ayni shu davrdagi sobiq sovet ittifoqi hukumatining Kavkaz xalqlariga nisbatan olib borgan siyosati tadqiqot ishining predmeti bo‘lib xizmat qiladi. Tadqiqot maqsadi va vazifalari. Magistrlik dissertatsiyasining maqsadi ikkinchi jahon urushi yillarida Kavkaz xalqlarining Markaziy Osiyoga deportatsiya qilinishi sabablari va oqibatlarini ilmiy tomondan ochib berish. Bu xalqlarning tub 3

yashash joyidan boshqa hududlarga ko‘chirilishida qanday omillarga asoslanganligi, ularning ko‘chirilgan hududlarga taqsimlanishi xususiyatlari, bunga kimlar tashabbus bildirganligi, ko‘chirish jarayonlaridagi o‘lim holatlari rasmiy ma’lumotlari va guvohlar ma’lumotlarining nomutanosibligiga aniqlik kiritishdan iborat. Mazkur maqsaddan kelib chiqqan holda quyidagilar magistrlik dissertatsiyasining vazifalari sifatida belgilab olindi:  Kavkaz xalqlarining deportatsiya qilinishi zaruratining kelib chiqishi sabablarini aniqlash;  Kavkaz x alqlari deportatsiya qilinishida Stalin shaxsining rolini aniqlash;  deportatsiyalardagi L.Beriyaning roli;  chechen va ingushlarning deportatsiya qilinishi sabablarini aniqlash;  qalmoqlarning surgun qilinishi sabablarini o‘rganish;  milliy avtonomiyalarning tugatilishi, nomining o‘zgartirilishi yoki boshqa bir viloyatga qo‘shib berilishida qanday omillarga asoslanganligini ochib berish;  qorachoy, bolqorlar va shu kabi xalqlarning asosiy qismi Markaziy Osiyoga ko‘chirilishi sabablarini o‘rganish;  mesxeti turklarining Turkiyaga josuslik qilishda ayblanishi sabablarini aniqlash. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Magistrlik dissertatsiyasi ikkinchi jahon urushi yillarida Kavkaz xalqlarining Markaziy Osiyoga deportatsiya qilinishi sabablari va oqibatlarini yoritishga xizmat qiladi. Bugungi kungacha ikkinchi jahon urushi yillarida Kavkaz xalqlarining Markaziy Osiyoga deportatsiya qilinishi sabablari va oqibatlari mavzusida magistrlik dissertatsiyasi himoya qilinmagan. Shundan kelib chiqib tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:  ikkinchi jahon urushi yillarida Kavkaz xalqlarining Markaziy Osiyoga deportatsiya qilishi sabablari va oqibatlari bilan bog‘liq jihatlariga e’tibor qaratilganligi;  nisbatan yangi ya’ni sobiq sovet ittifoqi parchalangan davrdan keyingi va so‘nggi yillarda nashr etilgan ilmiy izlanishlardan foydalanilganligi;  deportatsiyalar tashabbuskori sifatida faqatgina I.Stalin emas, boshqa shaxslar ham muhim rol o‘ynaganligiga e’tibor qaratilganligi; 4

 xalqlarning tub yashash yeridan o‘zga hududlarga deportatsiya qilinishida qanday jihatlarga asoslanib joylashtirib chiqilganligiga e’tibor qaratildi;  Markaziy Osiyoga joylashtirilgan xalqlarga berilgan imtiyozlar borasidagi ma’lumotlar ko‘rsatib o‘tildi;  mavzu yuzasidan rus, ingliz tilidagi adabiyotlar, ilmiy jurnallar, monografiyalarda chop etilgan maqolalar, Rossiya, Kavkaz davlatlari va ingliz mutaxasislarining ilmiy tadqiqot ishlarini o‘zbek tiliga tarjimasi va ularning tahlili yuzasidan xolisona, ilmiy yondashuv. Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Ikkinchi jahon urushida SSSR hukumatining kun tartibidagi masalalaridan biri – bu urush davrida harbiy xizmatdan bo‘yin tovlagan, nemislar va turklarga ayg‘ochilik qilgan, sovet ittifoqi hukumatiga qarshi bo‘lgan kuchlarni munosib jazolash edi. Shu masalalarni asos qilib ko‘rsatgan holda hukumatining boshqa maqsadlarini ham amalga oshirish, xususan, ommaviy deportatsiyalarga ham shu sabablar ko‘rsatib o‘tilgandi. Deportatsiyalarning haqiqiy sabablarini ochib berish maqsadida quyidagilar ilmiy ishning asosiy masalalari va farazlari sifatida belgilandi:  turli sabablar asosida Kavkaz xalqlarining nisbatan noqulay hududlarga surgun qilinishi;  Kavkaz xalqlarining ko‘chirish jarayonidagi yo‘qotishlari;  ayrim shaxslar va guruhlar jinoyati tufayli butun xalqlarning deportatsiya qilinishi;  I.Stalinning gruziyalik bo‘lishiga qaramay, Gruziya SSR dan ko‘plab xalqlarni ko‘chirib yuborishi;  qalmoq, chechen, ingush, bolqor, kabardin va boshqa xalqlarning Markaziy Osiyoga ko‘chirilishi jarayoni;  Kavkaz xalqlarining Markaziy Osiyoga joylashishi uchun yaratib berilgan imkoniyatlar. Mavzu bo‘yicha adabiyotlar tahlili. Ikkinchi jahon urushi yillarida Kavkaz xalqlarining deportatsiya qilinishi tarixini Rossiya, Kavkaz va Markaziy Osiyo davlatlari mutaxassislari keng ko‘lamda o‘rganib chiqqan. Xususan, Rossiya 5