logo

ROSSIYANING KAVKAZDAGI SIYOSATI

Yuklangan vaqt:

12.08.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

383 KB
Rossiyaning Kavkazdagi siyosati
Mundarija
Kirish … …………………………………………………………………….3-8 
I.Bob. Rus podsholigining Kavkaz mintaqasiga qiziqishining ortib borishi ..
1.1. Kavkazning geografik joylashuvi va qisqacha tarixi…………………  9-14 
1.2. Rus podsholigi va Kavkaz hududi o`rtasidagi aloqalarning shakllana borishi va
harbiy ekspeditsiyalarning tashkil etilishi …………………………………15-22
II.Bob. Kavkazning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi…………..
2.1. Rossiya imperiyasining Kavkaz hududiga amalga oshirilgan  keng ko`lamdagi 
harbiy harakatlari…………………………………………………………23-32
2.2. Kavkaz xalqlarining rus bosqiniga qarshi mardonovar kurashi………33- 49
III. Bob. XX-XXI asr boshlarida Kavkazdagi vaziyat……………………….
3.1. Kavkaz SSSR tarkibida………………………………………………50-66
3.2. XX asr oxiri XXI asr boshlarida  Kavkazdagi siyosiy jarayonlar va unga 
Rossiyaning munosabati…………………………………………...........67-79
IV. Xulosa……………………………………………………………… 80-81
V. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati………………………………  82-84.
                                           
1                                            Kirish
Dissertatsiya   mavzusining   asoslanishi   va   uning   dolzarbligi.   Mustaqillik
tufayli   demokratiya   yo‘lidan   rivojlanayotgan   yurtimizda   tarixiy   manbalarga
tayangan holda, tarixiy voqeylikni bo‘yab ko‘rsatmasdan, o‘z ko‘rinishida yoritish,
uni   xolis   tadqiq   etishga   sharoit   yaratildi.   Shu   munosabat   bilan   yurtimizda   tarix
faniga   alohida   e’tibor   qaratilib,   nafaqat   Vatan   tarixi,   shuningdek   Jahon   tarixini
o‘rganish   alohida   ahamiyat   kasb   etmoqda.   Chunki,   jahon   tarixida   ro‘y   bergan   va
ro‘y   berayotgan   siyosiy,   iqtisodiy-ijtimoiy   o‘zgarishlar,   globallashuv   sharoiti
O‘zbekistonga   o‘z   ta’sirini   o‘tkazmay   qolmaydi.   Zero,   O‘zbekiston   tarixi-   Jahon
tarixining ajralmas qismidir.  
Kavkaz   juda   qulay   geografik   hududda   joylashgan.   Bu   hududning   iqlimi,
tabiati   va   strategik   ahamiyati   qadimdan   boshqa   xalqlarni   o`ziga   qaratib   kelgan.
Qadimgi   va   o`rta   asrlarda   bu   hudud   juda   ko`plab   bosqinchilarga   o`lja   bo`lgan.
Misol   sifatida   mo`g`ullar   bu   hududlarni     vayronaga   aylantirdi.   Kavkazga   nafaqat
sharq   xalqlari   qiziqqan   balki,   g`arb   xalqlari   ham   bu   hududda   o`z   siyosatini
yurgazish   uchun   harakat   qilib   kelgan.   Shunday   davlatlardan   biri   Rossiyadir.
Rossiya   hududida   o`rta   asrlarda   mavjud   bo`lgan   Kiyev   Rusi   knyazlari   Kavkaz
mintaqasini o`z ta`siri doirasiga o`tkazish siyosatini boshlagan.  
Kiyev   Rusining   Kavkaz   hududiga   amalga   oshirgan   harbiy   harakatlari
maqsadi   bu   hududni   egallab   olish   emas,   balki     bu   hududda   tashkil   topgan   Avar
xaqonligiga kuchli zarba berib, ularning Rus yeriga bo`ladigan bosqinini butunlay
tugatishdan   iborat   bo`lgan.   Kiyev   Rusining   Kavkaz   hududiga   bo`lgan   qiziqishini
mog`ullar hujumi ancha vaqtgacha ortga surishiga sabab bo`lgan. 
Moskva atrofida birlashgan rus yerlari Ivan Grozniy davrida Sharqqa qarab
o`z   chegarasini   kengaytirib   borgan.   Buning   natijasida   rus   yerlarining   chegarasi
Kavkaz   bilan   tutashib   ketadi.   Natijada   bu   hududga   bo`lgan   qiziqish   asta-sekin
kuchaya boshlagan.
Kavkaz   yerlariga   Rossiyaning   tom   ma’nodagi   harbiy   harakatlari   Pyotr   I
davrdan   boshlangan.   U   o`z   davlat   sarhadlarini   Kavkaz   hududi   hisobiga   yanada
2 kengaytirishga harakat qiladi. Bu harakatlar natijasida Kavkaz hududi asta-sekinlik
bilan   Rossiya   ta`siriga   tusha   boshlagan.   Pyotr   I   davridan   boshlangan   harbiy
harakatlar   XIX   asr   ikkinchi   yarimigacha   davom   etdi.   Natijada   bu   davrga   kelib,
Kavkaz hududi Rossiya ixtiyoriga to`la o`tgan. 
Rossiyaning   Kavkazda   amalga   oshirgan   harbiy   siyosiy   harakatlari   hozirgi
kungacha   o`z   dolzarbligini   yoqotmagan.   XVIII   asr   boshlaridan   yuzaga   kelgan
muhim harbiy harakatlar natijasi bugungi kunda ham o`z ta`sirini saqlab kelmoqda.
Hozirgi   kunda   ham   mintaqadagi   bo`layotgan   har   qanday   o`zgarishga   qaysidir
ma`noda   Rossiyaning   ham   ta`siri   borligini   sezishimiz   mumkin.   Shu   va   boshqa
jihatlarni   e`tiborga   olgan   holda   tadqiqot   mavzusi   sifatida   Rossiyaning   Kavkazda
amalga oshirga siyosati mavzusini tanladim.
Tadqiqot   obyekti   va   predmeti.     Rossiyaning   Kavkaz   hududida   amalga
oshirgan siyosati tarixini ilmiy jihatdan yoritib berish tadqiqot obyekti hisoblanadi.
Rossiyaning   Kavkaz  mintaqasini   o`z  ta`siriga tushirish  maqsadida  olib  borgan
harbiy   harakatlari,   diplomatik   aloqalari   tarixini   o`rganish   tadqiqot   ishining
predmeti bo‘lib xizmat qiladi. 
Tadqiqot   maqsadi   va   vazifalari.   Magistrlik   dissertatsiyasining   maqsadi
Rossiyaning   Kavkaz   mintaqasida   amalga   oshirgan   siyosatining   o‘ziga   xos
jihatlarini ilmiy tomondan ochib berish va asosiy tendensiyalarini tadqiq etishdan
iborat.
Mazkur   maqsaddan   kelib   chiqqan   holda   quyidagilar   magistrlik
dissertatsiyasining vazifalari sifatida belgilab olindi:
 Kavkaz hududining geostrategik joylashuvini o`rganish
 Kiyev Rusi va Kavkaz mintaqasi o`rtasidagi  amalga oshirilgan ilk 
aloqalarni tahlil qilish ;
 Rossiyaning Kavkazga bo`lgan siyosatining o`zgarib borishini tadqiq qilish;
 Rossiyaning Kavkaz mintaqasini o`z hududiga qo`shib olish uchun 
harakatlarning boshlanishini o`rganish;
3  Rossiyaning Kavkaz tomonidan egallanish jarayonini to`liq ochib berish;
 Shimoliy Kavkaz va Janubiy Kavkaz hududlarining Rossiya ta`siri doirasiga
o`tishini tadqiq qilish; 
 Rossiyaning Kavkaz hududiga hozirgi kunda amalga oshirayotgan siyosatini
tahlil qilish.
Mavzu   bo'yicha   adabiyotlar   tahlili.     Rossiyaning   Kavkaz   siyosatini
o`rganishda     rus   va   ingliz,   va   boshqa   tilida   yozilgan   asarlar,   Ommaviy   axborot
vositalari va internet ma`lumotlariga murojaat qilingan. 
Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlashda chet ellik, MDH va Rossiyalik olim
va tadqiqotchilar-  Безугольный ,  А .  Ю ;  Блиев   М . М .,  Дегоев   В . В .;  Дадаев        Ю    .    У    .   ;
Гаджиев   К . С .,   Гутаков   В ;   Магомадова   Т .   С .;   Потто   В .;   Покровский        Н    .      И    .   ;
Рунов   В .   А .,   Куликов   А .   С .   ;   Салчинкина   А .   Р . 1
  va   boshqalarning   mazkur
muammoga bevosita yoki bilvosita to‘xtalib o‘tishgan ilmiy asarlar, kitoblar, o‘quv
qo‘llanmalar,   jurnal,   gazeta   va   internet   manbalarida   chop   etilgan   maqolalaridan
keng foydalanildi.
Shuningdek   internetdagi   rasmiy   web   saytlaridan   Rossiyaning   Kavkaz
siyosatiga oid ma’lumotlardan ham foydalanildi.
1
  Безугольный, А. Ю.   Народы Кавказа и Красная Армия. 1918—1945 годы / А. Ю. Безугольный. —
М.,   2007.   –С.34.;   Блиев   М.М.,   Дегоев   В.В.   Кавказская   война.   М:   Росет,   1994.- C .25.;   Дадаев   Ю.
У.   Муртазеки   –   воинское   формирование   Шамиля   //   Вестник   Института   истории,   археологии   и
этнографии.   —   Махачкала:   ДНЦ   РАН ,   2014.   —   №   3   (39).   —   С.   48—60.   —   ISSN   2078-1423 .;
Гаджиев   К.С.,   Большая   игра   на   Кавказе:   вчера,   сегодня,   завтра   (Москва,   Международные
отношения, 2010), -С.318.; Гутаков В. Русский путь к югу. Часть 2    // Вестник Европы, №21, 2007,
-С. 19-20.;  Магомадова Т. С. Начало "блистательной эпохи Шамиля" (восстание 1840 г. в Чечне). -
Народно-освободительное   движение   горцев   Дагестана   и   Чечни   в   20   -   50-х   годах   XIX   в.
Всесоюзная   научная   конференция   20   -   22   июня   1989   г.,   Махачкала.   1989.   с.   42.;   Потто   В.
Кавказская   война.   Том   2.   Ермоловское   время.   М.:   Центрполиграф,   2008   – C .15.;   Покровский   Н.
И.   Кавказские   войны   и   имамат   Шамиля   /   Предисл.   Н.   Н.   Покровского ,   введ.   и   прим.   В.   Г.
Гаджиева .   —   М.:   РОССПЭН ,   2000.   –C.167.;   Рунов   В.   А.,   Куликов   А.   С.   «Все   Кавказские   войны
России». М;.2013. -С.9.;  Салчинкина   А. Р.   Отдельный Кавказский корпус в Кавказской войне 1817
—1864   гг.:   Европейская   армия   и   неевропейские   методы   войны   //   Наука,   образование,   общество:
Тенденции   и   перспективы:   Сборник   научных   трудов   по   материалам   Международной   научно-
практической конференции: в 3 частях .   —   М.: АР-Консалт, 2014.   — Т.   3.   — С.   66—70.  
4 Tadqiqotning davriy va xronologik chegaralari.   Tadqiqotning davriy va
xranologik   chegarasi   XVIII   asrdan     XXI   asr   boshiga   qadar     Rossiyaning   Kavkaz
hududida amalga oshirgan siyosatini o`z ichiga oladi.
Tadqiqotda   qo'llanilgan   uslublarning   qisqacha   tavsifi.   Mazkur   mavzuni
o‘rganishda avvalo, O‘zbekiston Respublikasi  Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning
milliy   davlatchilik   tarixi,   mamlakat   taraqqiyotining   asosiy   yo‘nalishlari,   milliy
ma’naviyatni   yuksaltirishga   qaratilgan   tashqi   siyosat   masalalari   keng   va   har
tomonlama yoritib berilgan asarlariga va xalqaro tashkilotlar doirasida O‘zbekiston
yondoshuvi yuzasidan so‘zlagan nutqlariga tayanildi.
Prezidentning   tarixni   o‘rganishda   aniq   va   real   voqealarga   tayanish   kerak,
degan   fikrlari   asosida   mavzu   ilmiy-metodologik   me'yorlar   doirasida   yoritishga
harakat   qilindi.   Bu   borada   O'zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat
Mirziyoyevning asarlaridagi nazariy yondashuvlar ishning metodologik asosi qilib
olindi. Xususan "   Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har
bir   rahbar   faoliyatining   kundalik  qoidasi   bo‘lishi   kerak 2
:”,  "   Buyuk   kelajagimizni
mard   va   olijanob   xalqimiz   bilan   birga   quramiz. 3
”,   "   kabi   asarlaridan,   bundan
tashqari O'zbekistonda mustaqillik yillari chop etilgan ilmiy asarlar hamda davriy
matbuot nashrlaridan ham keng foydalanildi.
  Tadqiqot   natijalarining   nazariy   va   amaliy   ahamiyati.   Mazkur
dissertatsiya   Rossiyaning   Kavkaz   hududida   olib   borgan   siyosati   nafaqat   tarix,
siyosatshunoslik,   xalqaro   munosabatlar   va   diplomatiya,   balki   iqtisodiyot,
madaniyat yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar, shuningdek Markaziy Osiyoning
mustaqillik davri bo`yicha izlanish olib borayotgan talabalar, ilmiy xodimlar va o`z
tarixiga   befarq   bo`lmagan   barcha   odamlar   uchun   ilmiy-amaliy   qo‘llanma   sifatida
tavsiya etiladi.
2
 Mirziyoyev, Shavkat Miromonovich. “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har 
bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak”.  2017 yil14 yanvar Sh.M. Mirziyoyev.– Toshkent
: O‘zbekiston, 2017. – 104 b.
3
  Mirziyoyev,   Shavkat   Miromonovich.     “Buyuk   kelajagimizni   mard   va   olijanob   xalqimiz   bilan   birga
quramiz”./Sh.M.Mirziyoyev. – Toshkent: : “O‘zbekiston”, 2017. – 488 b.
5 Tadqiqotning   ilmiy   yangiligi.   Magistrlik   dissertatsiyasida   Rossiyaning
Kavkaz   hududida   amalga   oshirgan   siyosati   tadqiq   qilingan.   Bu   kungacha
yurtimizda   Rossiyaning   Kavkaz   siyosati   tarixini   o`z   ichiga   olgan   birorta
magistirlik   dissertatsiyasi   himoya   qilinmagan.   Shundan   kelib   chiqqan   holda
tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
 Rossiyaning   Kavkaz   hududiga   bo`lgan   qiziqishi   ilk   o`rta   asrlar   davridan
boshlanganligi aniqlandi;
 Rossiya dastlab bu hududni bosib olish uchun emas balki, Avar xoqonligini
o’z   hududiga   qarshi     amalga   oshirayotgan   hujumlarini   tugatish   maqsadida
amalga oshirilganligi aniq bo`ldi;
 Rossiya   Kavkaz   hududini   amalda   bosib   olishni   Pyotr   I   davridan
boshlaganligi o`z isbotini topdi;
 Rossiya Shimoliy Kavkaz hududini uzoq   vaqt davomida to`liq bo`ysundira
olmaganligiga   sabab   mahalliy   aholining   qarshiligi   va   hududning   geografik
joylashuvi bo`lganligi ma`lum bo`ldi; 
 Kavkaz   hududidagi   siyosiy   vaziyatga   bugungi   kunda   ham   Rossiyaning
ta`siri kuchli ekanligi aniqlandi. 
 mavzu   yuzasidan   ingliz,   rus,   arman   va   ozarboyjon   tilidagi   adabiyotlar,
monografiyalar,   ilmiy   jurnallarda   chop   etilgan   maqolalar,   mamalakatlar
olimlari   tomonidan   olib   borilgan   ilmiy   tadqiqot   ishlarining   o‘zbek   tiliga
tarjimasi va ularning tahlili yuzasidan xolisona, ilmiy yondoshuv;
Dissertatsiya   tarkibining   qisqacha   tavsifi.   Dissertatsiya   kirish,   uch   bob,
xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat.
Birinchi   bob, Kavkaz   atamasining   kelib   chiqishi,   hududning   geografik
joylashuvi,   uning   tabiiy   resurslari   o`rganildi.   Bunga   alohida   e`tibor   qaratib
o`tilgan.   Bundan   tashqari   bobda   Rossiyaning   Kavkaz   hududiga   bo`lgan
6 qiziqishining   qachondan   boshlanganligi   va   qanday   amalga   oshirilganligi   batafsil
bayon qilib o`tilgan. 
Ikkinchi bob,  Rossiya tomonidan Kavkaz hududiga bo`lgan qiziqishning ortishi
va buni amalda harbiy harakatlar bilan isbotlash boshlandi. Rus hukmdori bo`lgan
Ivan   Grozniy   davridan   davlat   hududining   sharqqa   qarab   kengayishi   uning
Kavkazga bo`lgan munosabatini o`zgartirib yubordi. Endilikda rus hukmdorlari bu
hududlarni ham o`z ta`sir doirasiga kiritishga harakat qila boshlagan. Rossiyaning
bosqinchilik   siyosati   Pyotr   I   davridan   amalda   boshlanganligi,   XIX   asr   ikkinchi
yarmiga   kelganda   Kavkaz   mintaqasining   o`z   ta`siriga   olganligi   alohida
o`rganilgan.
    Uchinchi   bob,   1917-yilda   Rossiyada   hokimiyat   tepasiga   kelgan   bolsheviklar
Kavkaz   hududiga   ham   alohida   e`tibor   bilan   qaragan.   SSSRning   tuzilishi   Kavkaz
mintaqasidagi   holatga     ham   ta`sir   ko`rsatdi.   Kavkazning   janubiy   hududlari
Ozarboyjon,   Armaniston   va   Gruziya   alohida   respublika   bo`lib   ittifoq   tarkibiga
qo`shilgan   bo`lsa,   Shimoliy   Kavkaz   hududi   Rossiya   tarkibidagi   ma`muriy   birlik
sifatida ittifoq tarkibida bo’lgan. Sobiq Ittifoqning parchalanib ketgandan keyingi
davrda   ham   Rossiya   bu   mintaqa   siyosiy   jarayonlariga   o`z   ta`sirini   o`tkazib
kelmoqda. 
7               I.Bob. Rus podsholigining Kavkaz hududiga qiziqishining ortib           
                                                     borishi tarixidan
1.1. Kavkazning geografik joylashuvi va qisqacha tarixidan
Kavkaz   geografik   jihatdan   Yevroosiyo   materigida   joylashgan   mintaqadir.
Kavkaz   asosan   tog`   va   tog`   oldi   hududlaridan   iborat   bo`lib,   uning   shimoliy
chegarasi   Kumo-Machin   hududidan   janubda   Eronga   tutashgan.   G`arbdan   Qora
dengizi   Sharqdan   esa   Kaspiy   dengizi   bilan   chegaralanadi.   Kavkaz   mintaqasining
umumiy   hududi   Kavkazorti   davlatlari,   Rossiyaning   Shimoliy   Kavkaz   federal
okrugi, Krasnodar o`lkasi va Adigiya Respublikasining hududlari bilan birgalikda
440 ming kv. km ni tashkil qiladi. 
Tarixiy,   geografik   va   iqtisodiy   jihatdan   mintaqa   Kavkaz   va   Shimoliy
Kavkazga   bo`linadi.   Shimoliy   Kavkazga   Kiskavkaz,   Katta   Kavkazning   shimoliy
yonbag`rilari   asosan   suv  havzalari   bo`ylab  sharqdan   Samur  daryosigacha   bo`lgan
hududlar,   shuningdek,   Bosh   Kavkaz   tizmasining   janubiy-g`arbiy   yonbag`rilari
kiradi.   Samur daryosining o`ng sohili bo`ylab, Ozarbayjon, Gruziya, Armaniston
va Turkiyaning ayrim hududlari Kavkaz mintaqasini tashkil qiladi. 4
Kavkaz   nomi   birinchi   marta   mil.   avv.   VI-V   asarlarda   qadimgi   yunon
mualliflari Exsilning “Zanjirlangan Protamey” va Geradotning asarlarida uchragan.
Bu   mualliflarning   asarlarida   Kavkaz   so`zi   “Kaos”   deya   keltirilgan.   Keyingi
davrlarda   yashagan   geograflar   Strabon   va   Eratosfen   ma`lumotlariga   ko`ra   bu
hududda yashagan mahalliy aholi o`zlari yashagan joyni Kaspiy deya atagan ekan. 5
Kaos   so`zini   tadqiqotchilar   tomonidan   tadqiq   qilinganda   ehtimoliy   kelib
chiqishi   noaniq   ekanligi   aniqlangan.   Qadimgi   yunon   tilini   o`rgangan
tadqiqotchilardan Otto Shreyder va Alfons Negergning taxminlariga ko`ra “kaos”
so`zi “hauhs” bo`lib “yuqori” degan ma`noni anglatishi aytilgan. Lekin bu taxmin
ham   juda   ko`plab   tadqiqotchilar   tomonidan   tanqid   qilingan.   Xususan,   sovet
4
  Снытко        В.        А.    , Собисевич   А.   В.   Франко-советский полевой географический симпозиум Альпы        —   
Кавказ   // Вестник Академии наук Чеченской Республики. 2017. Т. 35, №   2. С. 93—98.
5
  Откупщиков   Ю.   В.   Очерки   по   этимологии.   —   СПб. :   Изд.   С.-Петербургского   университета,
2001.     -С. 310.
8 tilshunosi  V.A. Nikonov Shreder va Negergning taxminini haqiqatdan yiroq deya
baholagan. 6
 
Qadimgi Eron tarixi va tilini o`rgangan Jozef Markvart Kavkaz so`zini kelib
chiqishini   sikfcha   “chrohu”   –“muz”   va   “kasi”-“yaltiroq”,   ya`ni   “chrohu-kasi”
ma`nosi   “qor   bilan   qoplagan”.   Lekin   uning   taxminiga   ham   bir   qancha
tadqiqotchilar   o`z   e’tirozlarini   bildirgan.   Bundan   kelib   chiqib   xulosa   qiladigan
bo`lsak,   “Kavkaz”   so`zining   kelib   chiqishi   bo`yicha   haligacha   yakdil   fikr   majud
emas ekan. 7
 
Kavkaz   hududining   shimoldan   janubga   qarab   geologik   va   geomorfologik
tuzilishiga ko`ra to`rtta hududga bo`linadi: 
-Kiskavkaz tekisligi,
- Katta Kavkaz tog` yonbag`rilarida joylashgan Kolxida pasttekisligi,
- Kura-Araks pastteksligi,
-Javaxeti-Arman   (Janubiy   Kavkaz)   tog`lari-Armaniston   tog`larining
shimoliy-sharqiy qismi. 8
Kiskavkaz   tekisligi   700-800   km   uzunlikdagi   keng   chiziq   shaklda   Azovdan
Kaspiy dengiziga  qadar  cho`zilgan.  Hudud tabiatiga ko`ra 3 mintaqaga bo`linadi:
Azov-Kuban   pasttekisligi,   Stavropol   tog`ligi   va   Terek-Kuman   pasttekisligidan
iborat.   Kolxida   pasttekisligi     Katta   Kavkaz   tog`   tizmasining   janubida   joylashgan
bo`lib,   undan   sharqda   anchagina   qurg`oqchil   hudud   bo`lgan   Kura-araks
pastteskisligi   joylashgan.   Ikki   pasttekislikni   Lixskiy   tizmasi     ajratib   turadi.
Javaxeti-Arman   Janubiy   Kavkaz   tog`lar   tizmasiga   kiradi.   Bu   tog`   tizmalarining
o`rtacha   balandligi   2000-2500   m   bo`lib,   eng   baland   bo`lgan   joyi   Gamish   tog`i
hisoblanib uning balandligi 3724 metrni tashkil qiladi. 
6
  Фасмер   М. ,   Кавка́з   //   Этимологический   словарь   русского   языка:   В   4-х   т.   /   Пер.   с   нем.   и   доп.
О.   Н.   Трубачёва.   — 2-е изд., стер.   —   М. : Прогресс, 1986—1987.   — Т. 2 (Е   — Муж).   — 672 с.   — С.
153
7
  Откупщиков   Ю.   В.   Очерки   по   этимологии.   —   СПб. :   Изд.   С.-Петербургского   университета,
2001.     — С. 312.  
8
  Снытко        В.        А.    , Собисевич   А.   В.   Франко-советский полевой географический симпозиум Альпы        —   
Кавказ   // Вестник Академии наук Чеченской Республики. 2017. Т. 35, №   2. -С. 94.
9 Bu   hududda   hozirgi   kunda   50   ga   yaqin   millat   vakillari   istiqomat   qilib
kelmoqda. Bu xalqlarni quyidagi guruhlarga bo`lish mumkin:
Kavkaz   turi:   avarlar,   agula,   andiyaliklar,   bolkarlar,   batsibianlar,   dargislar,
ingush,   qorachoy,   laks,   lazgilar,   osetinlar,   rutuslar,   tabasaran,   tsaxurlar,   Kesus,
chechenlar,   gruzinlarning   shimoliy-sharqiy   va   sharqiy   subetnoslari:   kaxetlar,
khevsurlar,   moxevlar,   tushinlar,   pshavlar,   mtiullar,   gudamakurlar,   rasinlar   va
ingiloylar; 9
Pontiya   kichik   turi:   cherkaslar,   abxaz,   abaza,   pontiyalik   yunonlar,
gruzinlarning   g`arbiy   etnoslari:   adjarlar,   guriylar,   imeretiyaliklar,   lexxumlar,
kartvel, mingrellar va svanlar;
Kaspiy   kichik   turi:   ozarboyjonlar,   qumiqlar,   tatarlar,   xinalug`   xalqi,
tsaxurlar, shandag` xalqi;
Armenoid   turi:   armanlar,   ossuriyaliklar   va   gruzinlarning   janubiy-sharqiy
subetnik guruhlari.
Kavkaz   hududida   yashayotgan   xalqlar   quyidagi   dinlarga   e`tiqod   qiladi:
xristianlik   dini   (sharqiy   pravaslav   oqimi),   islom,   yahudiylik   va   ayrim   xalqlar
an`anaviy e`tiqod qiladigan dinlarini ham saqlab qolgan. 10
 
Kavkaz hududi tabiiy qazilma boyliklarga juda boydir .Shimoliy Osetiya va
Alaniya, Gurjistonda qo`rg`oshin va rux, Kabarda-Balkariya va Zangezurda mis va
molibden, Ozarbayjonda temir rudasi alinut, Tkvarchelida toshko`mir, Chiaturada
margenets   konlari   mavjud.   Ozarbayjon,   Checheniston-Iskeriya,   Ingushiya,
Dog`iston respublikalari, Krasnadar va Stavropol o`lkalarida neft qazib olinadi. 11
 
9
  Ююкин   М.   А. ,   О   происхождении   названия   Кавказ   //   Индоевропейское   языкознание   и
классическая   филология-XVI   (материалы   чтений,   посвященных   памяти   профессора
И.   М.   Тронского, 18-20 июня 2012   г.).   —   СПб.: Наука, 2012.   — С. 893.
10
    Ююкин   М.   А. ,   О   происхождении   названия   Кавказ   //   Индоевропейское   языкознание   и
классическая   филология-XVI   (материалы   чтений,   посвященных   памяти   профессора
И.   М.   Тронского, 18-20 июня 2012   г.).   —   СПб.: Наука, 2012.   — С. 894-895.
11
  Снытко        В.        А.    , Собисевич   А.   В.   Франко-советский полевой географический симпозиум Альпы        —   
Кавказ   // Вестник Академии наук Чеченской Республики. 2017. Т. 35, №   2. -С. 96.
10 Tadqiq o tchilarning   ma`lumotlariga   ko`ra   Kavkaz   hududi   tarixida   bugungi
kungacha 70 dan ortiq davlat  hukm  surgan. Bu davlatlarning ayrimlari  uzoq vaqt
bu   hududda   hukmronlik   qilgan   bo`lsa,   ayrimlarining   hukmronligi   qisqa   bo’lgan   .
Misol   sifatida   Kavkaz   hududida   tashkil   topgan   eng   qadimgi   davlatlarda   Urartu
bo`lgan bo`lsa, u miloddan avvalgi 890-590-yillarda mavjud bo`lgan. 
Milodiy IV-VI asrlarda sharqdan kelgan ko`chmanchi xalqlarning mintaqaga
kirib kelishi ham bu yerdagi etno madaniy hayotga katta ta`sir o`tkazgan. Ko`zda
tutilgan   bu   davrda   ayniqsa   xunn   qabilalarining   bosqinlari   katta   ta`sir   o`tkazgan.
Ularning   xujumlari   VI   asrgacha   davom   etgan.   Bosqinchilarning   siyosiy   ta’siriga
tushgan   ko`plab   xalqlar   (avar,   xazar   va   bulg’or)   Yevropa   hududiga   amalga
oshirilgan bosqinchilk yurishlarida  xunn qabilalariga ittifoqchi bo`lgan. 
Kavkaz hududida siyosiy jihatdan hukmronlik qilish maqsadida keyinchalik
Vizantiya   va   Sosoniylar   o`rtasida   kurash   bo`lgan.   Ikki   davlat   o`rtasidagi
kurashlarda goh Vizantiya yetakchilik qilgan bo’lsa , ba’zan Sosoniylar yetakchilik
qilgan.   Ikki   o`rtadagi   murosasizlik   oxir   oqibat   o`zaro   kelishuv   bilan   tugagan.
Vizantiya   va   Sosoniylar   mintaqani   ikki   qismga   taqsimlab   olishgan.   Bu   hududlar
shartli ravishda G`arbiy qism (Vizantiyaga), Sharqiy qism (Eronga) bo`lingan. Bu
hududlarda   hukmronlik   200   yildan   ortiqroq   ularning   qo`l   ostida   bo’lgan.
Eronliklar,   xazarlar   va   xunnlar   Kavkaz   xalqining   shakllanishiga   katta   ta`sir
ko`rsatgan. 
VII asrning ikkinchi yarimidan boshlab Arab xalifaligining kuchayishi uning
hududi kengayib borishiga ham sabab bo`lgan. Sosoniylar  ta`siri ostidagi  yerlarni
birin-ketin qo`lga kiritib kelayotgan arablar Kavkazning sharqini ham egalladi. Bu
davr oralig`ida ikki davlat o`rtasidagi kurashdan foydalangan armanlar va gruzinlar
bir necha marotaba o`z mustaqilliklarini  ham qo`lga  kirita olgan. 
XI asrda sharqdan katta tezlikda kirib kelgan saljuqiylar dastlab Kavkazning
sharqini   egallagan.   1071-yilda   Mansikert   jangida   Vizantiyani   mag`lubiyatga
uchratib   G`arbiy   Kavkaz   hududini   ham   to`liq   o`z   ta`siri   ostiga   olgan.   Lekin
gruzinlar saljuqiylardan ma`lum ma`noda o`z mustaqilliklarini saqlab qola olgan.  
11 Kavkaz   hududiga   saljuqiy   turklarning   kirib   kelishi   mintaqa   xalqlarining
shakllanishiga ham kuchli ta`sir ko`rsatgan. Saljuqiylar bosqini bilan o`g`uzlarning
Kavkazning   janubiga   kirib   kelishi   ozarbayjon   xalqining   shakllanishiga   sabab
bo`lgan.   Ozarbayjon   xalqining   shakllanishi   keyingi   davrlarda,   xususan,
Xorazmshohlar, mo`g`ullar va Amir Temur davrida ham davom etgan. 
Mo`g`ullarning   Kavkazga   kirib   kelishi   juda   ko`plab   vayronagarchiliklarga
sabab   bo`ldi.   Natijada   juda   ko`plab   shaharlar   vayron   bo`lishi,   aholi   sonining
kamayishiga olib kelgan. Kavkazning keyingi davri mo`gullar tomonidan tuzilgan
Oltin   O`rda   va   Xulakiylar   davlati   o`rtasida   kurash   bilan   kechgan.   Natijada
mintaqining oddiy xalqi juda ko`p azob-uqibat chekishgan. 
XV   asrga   kelganda   Kavkaz   hududida   faqatgina   Gruziya   hududida
joylashgan   Kartli,   Kaxeti   va   Imereti   davlatlari,   shuningdek,   Shirvonshohlar   ham
o`z   mustaqilliklarini   saqlab   qola   olgan.   Bu   davlatlar   ichida   ayniqsa   Shirvon
anchagina taraqqiy qilgan edi. Bu davlatni 1382-yildan 1538-yilgacha Derbendlar
sulolasi boshqargan. 
XVI   boshlariga   kelganda   Kavkazda   hukmronlikni   o`z   qo`liga   olish
maqsadida   Usmonli   va   Eron   o`rtasida   kurash   avj   oldi.   Kavkazda   Eron   va
Usmonlilar hukmronligiga keyinchalik Rossiya chek qo`yadi. 
Ruslar   va   slavyanlar   to`g`risidagi   birinchi   ma`lumotlar   VII-XI   asrlarda
arman   va   gruzin   manbalarida   uchragan   bo`lsa,   o`z   navbatida   rus   yilnomalarida
Kavkaz   haqidagi   ma`lumotlar   XI-XII   asr   yilnomalarida   qayd   etilgan.
Tadqiqotchilarning ma`lumotiga ko’ra Kavkazdagi  Ganja va Derbend bozorlariga
X   asrdayoq   rus   knyazlik   mollari,   Vladimir   va   Piskov   yerlaridan   Tbilisida   zarb
qilingan IX-X asrlarga oid arab dirhamlari topilgan. 
Ikki   mintaqa   o`rtasidagi   aloqalar   XI   asrda   nafaqat   iqtisodiy   ko`rinishda,
balki   siyosiy   ko`rinishda   ham   bo`lgan.   Misol   sifatida   mashhur   shoir   Nizomiy
Ganjaviyning she’rlarida 1025-1034-yillarda rus yurishlari ham qayd etib o`tilgan.
Bundan  tashqari   rus  jangchilari  X  asrda  Derbend amiri  xizmatida  bo`lgan bo`lsa,
XI   asrda   arman   askarlari   Kiyev   knyazi   Yaroslav   Donishmand   qo`shinlari   safida
12 xizmat   qilganligi   manbalarda   qayd   etilgan.   Shu   bilan   birgalikda   ikki   mintaqa
o`rtasida   nikoh   munosabatlari   ham   yo`lga   qo`yilgan.   Gapimizni   isboti   sifatida
Kiyev   knyazi   Vladimirning   onasi   Anna   arman   malikasi   bo`lgan   bo`lsa,   yana
boshqa bir knyaz Mistislav Alaniya malikasiga uylangan. 1154-yilda Kiyev knyazi
Izyaslav Gruziya qiroli Demetrening qizi Rusudanga uylangan. Bu ma`lumotlardan
ko`rinib   turibdiki   ikki   mintaqa   davlatlari   o`rtasida   nikoh   diplomatiyasi   ancha
yaxshi bo`lgan. 
Usmonli   Turklarning   kuchayib   borishi   natijasida   Qora   dengizdagi   savdo-
sotiq   aloqalari   ularning   nazorati   ostiga   o`ta   boshlagan.   Natijada   Rossiya   Kavkaz
hududi   orqali   sharq   davlatlari   bilan   savdo   aloqalarini   yanada   kengaytirishga
harakat   qila   boshlaydi.   Natijada   Rossiya   Derbend   va   Shemaxa   bilan
munosabatlarini   yaxshilashga   erishadi.   1465-yilda   Moskva   va   Derbend   o`rtasida
diplomatik   aloqalar   o`rnatildi.   1466-yilda   Shemexada   Rossiyaning   Kavkaz
davlatidagi   birinchi   elchixonasi   ochilgan.   Bu   elchixonada   Vasiliy   Panin   faoliyat
olib borgan. 
XVI asrga kelganda Kavkaz hududida yashayotgan xalqlar amalda tarqoq va
bir-biriga qarshi ziddiyatda bo`lgan. Buning natijasida bu hududga kuchli qo`shni
davlatlarning ta`siri asta-sekin ortib bora boshlagan. Qora dengizni o`zining ichki
ko`liga   aylantigan   Usmonlilar   davlati   Kavkazni   Yevropadan   uzib   qo`yadi.
Janubdan Kavkaz hududiga Eronning ta`siri orta borgan. Bunday sharoitda Kavkaz
uchun   Rossiya   bilan   munosabatlarni   mustahkamlab   borish     har   tamonlama
manfaatli bo`lgan. 
Kavkazning   geografik   joylashuvi,   tabiati   boshqa   mintaqalarga   qaraganda
anchagina   farq   qiladi.   Hududda   ko`plab   tog`larning   borligi   bu   yerdagi   xalqlar
hayotiga   ham   kuchli   ta`sir   o`tkazgan.   Mintaqa     foydali   qazilmalarga   boyligi
bugungi   kunda   ham   ko`plab   davlatlarning   e`tiborida   turishiga   sabab   bo`lmoqda.
Kavkazning   juda   qulay   hududda   joylashganligi   qadimdan   bu   hududga   bosqinchi
davlatlarning   qiziqishini   yuzaga   keltirgan.   Shuning   uchun   ham   uzoq   tarix
davomida mintaqa kuchli davlatlar ta`sirida  bo`lib kelgan.
13 1.2.  Rus   podsholigi   va   Kavkaz   hududi   o ` rtasidagi   aloqalarning
shakllana   borishi   va   harbiy   ekspeditsiyalarning   tashkil   etilishi
Rossiya   va   Kavkaz   o`rtasidagi   aloqalarning   shakllanish   tarixi   mil     X   asrga
borib  taqalishi   haqida  yuqorida  qisman  to`xtalib  o`tdik.  913-yilda   bo`lajak  Kiyev
knyazi   Igor   harbiy   ekspeditsiyaga   bosh   bo`lib   Kavkazga   hozirgi   Dog`iston
hududiga   kelgan.   Bu   yurishdan   ko ` zlangan   asosiy   maqsad   azaliy   raqib   bo ` lgan
Xazar   xonligiga   kuchli   zarba   berish   bo ` lgan . 
Knyaz   Svyatoslav   964-966- yillarda   Kavkazga   yurish   qilib   Xazar   xonligiga
kuchli   zarba   bergan .   Bu   yurishga   Svyatoslavning   shaxsan   o ` zi   boshchilik   qilib
Shimoliy   Kavkaz   hududi   orqali   osetin   va   cherkaslar   yerlariga   bostirib   kirgan .   Bu
yurish davomida knyaz Svyataslav Xazar xoqonligining eski poytaxti Semenderni
egallab   vayron   qilgan.   Bundan   tashqari   Svyataslav   Xazar   xoqonligining   yangi
poytaxti bo`lgan Tamataxu shahrini ham egallaydi. Egallangan hududlardan XI asr
oxirigacha   Tmutorakan   knyazligi   tashkil   qilingan.   Natijada   Shimoliy   Kavkaz
hududida   Kiyev   Rusi   davlatining   ta`siri   anchagina   ortgan.   Qora   dengizning
Shimoliy qismida ham knyazlik o`z mavqeyini anchagina mustahkamlab oladi. 12
 
Kiyev   Rusi   bu   hududlardagi   mavqeyini   uzoq   vaqt   saqlab   qola   olmagan.
Bunga sabab davlatda boshlangan siyosiy tarqoqlik va mo`g`ullarning bosqini edi. 
Rossiyaning Kavkaz yo`nalishidagi siyosatining o`zgara borishini tarixchilar
XVI asr ikkinchi yarmiga olib borib taqaydi. Aynan so`z yuritilayotgan bu davrda
Moskva   knyazligi   asta-sekinlik   bilan   rus   yerlarini   birlashtira   borib,   Oltin   O’rda
ta`siridan xalos bo`la boshlagan edi. 
Mashhur   rus   generali   V.   Potto   “Kavkaz   urushi”   asarida   Rossiyaning
Kavkazga bo`lgan munosabatlarining agressiv ko`rinishga o`tishi Ivan IV Grozniy
davriga   to`g`ri   kelishini   yozgan.   Muallifning   so`zlariga   ko`ra   Ivan   Grozniy
Rossiyani   janubga   chiqishida     Kavkaz   har   tomonlama   qulay   yo`nalish   ekanligini
ta’kidlangan.   Lekin   Ivan   Grozniy   ham   bu   hududga   harbiy   harakatlarni   amalga
12
  Блиев М.М., Дегоев В.В. Кавказская война. М: Росет, 1994.- C .25.
14 oshirishga   shoshilmagan 13
.   U   dastlab   asosiy   e`tiborini   bu   hududda   joylashgan
davlatlar   bilan   diploamtik   munosabatlarni   yo`lga   qo`yishga   qaratgan.   Shu
maqsadda   Kartli   hukmdori   Aleksandr   I   huzuriga   Ivan   Grozniy   o`z   elchisini
yuborgan.   Kartli   davlati   bilan  yaxshi   munosabat   o`rnatishdan   ko`zlangan   maqsad
kelajakda   Rossiyaning   Kavkaz   hududini   qiyinchiliksiz   egallash   bo`lgan.   Bu
maqsadlarni   amaliy   ifodasi   sifatida   Ivan   Grozniy   Sunja   daryosi   sohilida   Tersk
qal`asini   bunyod   qilgan.   Bu   qal`aning   qurishdan   maqsad   kelajakda   Kavkaz
hududiga   amalga   oshiriladigan   harbiy   harakatlarga   tayanch   vazifasini   bajarishi
bo`lgan. 
Feodor Ivanovich davrida Kavkaz bilan diplomatik aloqalar olib borish bilan
birgalikda   harbiy   ekspeditsiyalar   ham   tashkil   qilingan.   Bu   ekspeditsiyaga
A.I.Xvoristin boshchilik qilgan. Harbiy ekspeditsiya Astraxandan Kavkaz tomonga
harakatlanadi.   Biroq     harbiy   ekspeditsiya   muvafaqqiyatsiz   yakunlanib,   Rossiyaga
ancha   qimmatga   tushgan.   Bundan   shuni   ko`rish   mumkinki,   hali   Rossiya   Kavkaz
hududidagi   siyosiy   jarayonlarni   to`liq   nazorat   qilishga   tayyor   emas   edi.   Shunday
bo`lsa   ham   Fyodor   Ivanovich   Kavkazdagi   bir   qancha   hududlarni   qisman   bo`lsa
ham   o`zining   siyosiy   ta`siriga   ola   bilgan. 14
  .   Rus   tarixchilaridan   Valentin
Aleksandorovich   Runov   va   Anatoliy   Sergeyevich   o`zlarining   “Rossiyaning
Kavkazdagi   barcha   urushlari”   asarlarida   keltirilishicha   “O`n   bir   qabiladan   tashkil
topgan   avarlar,   lazginlar   va   qalmiqlardan   iborat   birlashgan   qo`shin   Butrilin
tomonidan   himoyalanayotgan   Tarki   shahrini   qamal   qilgan.   Rus   qo`shinlari   Tarki
shahrini   bor   kuchlari   bilan   himoya   qilgan.     Mahalliy   xalqning   qattiq   qarshilik
ko`rsatishi   natijasida     rus   ekspeditsiyasi   mag`lubiyatga   uchraydi.   Bu   harbiy
ekspeditsiyaning   Xvoristin   boshchilik   qilgan   harbiy   ekspeditsiyaga   o`xshash
tomoni   bo`lgan.   Har   ikki   ekspeditsiya   ham   Kaxet   qiroli   qo`shinlarisiz   tashkil
qilingan va mag`lubiyatga uchragan. 15
 
13
  Потто В. Кавказская война. Том 2. Ермоловское время. М.: Центрполиграф, 2008 – C .15.
14
  В. А.  Рунов,  А. С.  Куликов .  «Все Кавказские войны России » .  М;.2013.   -С . 9.
15
  В. А.  Рунов,  А. С.  Куликов .  «Все Кавказские войны России » .  М;.2013.   -С . 10.
15 Bu vaqtda Eronda hokimiyatini mustahkamlab olgan Shoh Abbos I Gruziya
davlatlari siyosatiga ham o`z ta`sirini o`tkaza boshlagan edi. Eronning kuchayishi
Rossiyaning Kavkazda ko`zlagan maqsadiga erishishiga  qarshilik ko`rsatadi. 16
 
Masalan   Eron   shohi   Shemaxa   hukmdori   Xevsurdan   kazaklar   yashaydigan
Sunj   shaharini   egallashni   so`ragan.   Bu   ishda   kerak   bo`lsa   o`zi   yordam   berishini
ham aytgan. 17
 
Eron   shohi   Abbos   II   ning   bu   harakatlari   natijasida   Kavkazdagi   Rossiya
ta`siri ostida bo`lgan hududlar anchagina talofat ko`rgan. 
1668-yilda   kazaklar   Kaspiy   dengizi   qirg`oqlari   bo`ylarida   paydo   bo`lgan.
Ular   bu   safar   xristian   diniga   e`tiqod   qiluvchilarni   qutqarish   bahonasida   Kavkaz
hududida harbiy harakatlarni amalga oshirgan. Kazaklarga Stenka Razin boshchilik
qilgan.   U   haqida   rus   tarixchisi   N.N.   Kostomarov:   “Stenka   Razin   haqiqiy   mard
inson   edi.     Harbiy   sohada   ham   ancha   mahoratli   bo`lgan.   Dushmanga   qarshi
sherdek olishgan. Uning nutqlari juda ta`sirli bo`lgan” deb yozgan. 18
 
Stenka   Razin   boshchiligida   kazaklar   Astraxan   orqali   Shimoliy   Kavkaz
hududiga   kelib   tushgan.   Ular   janubga   tomon   harakatlanib     hududlarni   egallay
boshlagan.   Tersk   shahriga   kelganda   Stenka   Razin   qo`shiniga   Sergey   Krivym
boshchiligidagi 700 kazak, Ataman Boba boshchiligidagi 2 mingdan ortiq kazaklar
qo`shilgan. 
1668-yil yoz faslida kazaklar Kaspiy dengizining g`arbiy sohillarini vayron
qilib janubga qarab harakatlana  boshlagan.  Qo`shin  Derbend orqali  Bokuga  yetib
kelgan. 
Forslar, mahalliy aholini kazaklarga qarshi gij-gijlab, ularga amaliy yordam
ham   ko`rsatgan.   Natijada   kutilmaganda   qarshi   hujumga   o`tgan   mahalliy   aholi
forslarning   yordami   bilan   kazaklarga   kuchli   zarba   beradi.   Lekin   Stenka   Razin
boshchiligidagi   kazak   qo`shinlari   qarshi   hujumni   qaytarib   biroz   orqaga   chekinib,
16
  Блиев М.М., Дегоев В.В. Кавказская война. М: Росет, 1994.- C .38.
17
  В. А.  Рунов,  А. С.  Куликов .  «Все Кавказские войны России » .  М;.2013.   -С . 11.
18
  Блиев М.М., Дегоев В.В. Кавказская война. М: Росет, 1994.- C .43.
16 qaytadan   harbiy   harakatlarni   boshlagan.   Kazaklarning   Kavkazdagi   harakatlari
1669-yilda   ham   davom   etgan.   Mahalliy   aholi   ularning   bosqinidan   qo`rquvga
tushgan.   Stenka   Razin   boshchiligidagi   kazaklarning   Kavkazdagi   harakatlari   rus
podshosi   manfaatlarini   ifoda   qilgan.   Lekin   kazaklar   hamma   vaqt   ham   Moskva
aytgan   ishlarni   amalga   oshirmagan.   Xususan,   Stenka   Razin   bir   necha   marta
Rossiya   hukmdori   Aleksey   Mixaylovich   siyosatiga   qarshi   tadbirlarni   amalga
oshirgan.     Shunga   qaramay   Rossiya   hukmdori   bebosh   Razinni   bir   necha   marta
kechirgan.
Moskvada   hokimiyat   tepasiga   Pyotrning   kelishi   tashqi   siyosatga   ham   o`z
ta`sirini   ko`rsatdi.   Pyotr   dastlab   o`z   hokimiyatini   mustahkamlash   yo`lidan   bordi.
Shuning   uchun   ham   hokimiyat   tepasiga   kelgan   ilk   davrlaridan   Kavkazga   harbiy
harakatlarni   amalga   oshirishga   shoshilmadi.   U   dastlab   asosiy   e`tiborini   Qora
dengizida   Rossiya   manfaatini   mustahkamlashga   qaratdi.   Buning   natijasida   1695-
yilda   birinchi   Azov   yurishi   boshlandi.   Pyotr   I   ning   Azov   qal`asini   egallash
maqsadidagi   ikkinchi   yurishi   1696-yilning   16-iyunidan   boshlangan.   Bu   safargi
yurishga   ruslar   anchagina   puxta   tayyorgarlik   ko`rishdi.   Rus   flotiga   bu   yurushda
yosh   Frans   Leford   boshchilik   qilgan.   Turklarning   qattiq   qarshilik   ko`rsatishiga
qaramasdan   ruslar   18-iyulda   qal`ani   egallaydi.   Azov   qal`asini   egallanishi   Pyotr   I
uchun   keyingi   harbiy   harakatlarida     juda   qo`l   kelardi.   Bu   qal`a   rus   qo`shinlari
uchun Kavkaz hududidagi keyingi harbiy harakatlarda tayanch bo`lishi lozim edi. 19
Pyotr I ni bu g`alabasi Rossiyaning Kavkazdagi keyingi harbiy harakatlariga
qo`l   kelishi   kerak   edi.   Lekin   Pyort   I   ning     maqsadi   bu   davrda   amalga   oshmadi.
Bunga   sabab   1700-yildan   boshlangan   Shimoliy   urush   bo`ldi.   Asosiy   e`tiborini
Shvetsiyaga   qarshi   qaratgan   rus   hukmdori   Kavkaz   siyosatidan   vaqtincha   voz
kechishga   majbur   bo`ldi.   Pyotr   I     shimoliy   urush   bilan   band   bo`lgan   bir   vaqtda
Kavkaz   hududida   keng   ko`lamdagi   harbiy   harakatlarni   amalga   oshira   olmasligini
tushungan   holda   mudofaani   kuchaytirish   siyosatini   qo`llagan.   U   Kavkazga   yaqin
bo`lgan Qozon va Axtraxan gubernatori Pyotr Matveyevich Apraksinga shaxsan bu
19
  Блиев М.М., Дегоев В.В. Кавказская война. М: Росет, 1994.- C .52.
17 ishlarga   bosh   bo`lishini   tayinlagan.   Pyotr   Matveyevich   bu   ishlarni   ma`lum
ma`noda baraja olgan 20
.
Rossiyaning 1711-yilda Turkiyaga qarshi Prut jangida muvaffaqiyatsizlikka
uchrashi   Kavkazdagi   siyosatiga   ham   o`z   ta`sirini   o`tkazdi.   Bu   mag`lubiyat
natijasida   Azov   qal`asi   turklar   ixtiyoriga   o`tdi.     Azov   qal’asining   qo`ldan   boy
berilishi Rossiyaning Qora dengizdagi manfaatlariga ham jiddiy putur yetkazdi.
XVIII   asr   boshlariga   kelganda   Rossiyaning   Kavkaz   mintaqasiga   bo`lgan
qarashi   tubdan   o`zgara   boshladi.   Qora,   Azov   Kaspiy   dengizlarining   oralig`ida
joylashgan   bu   hudud   rus   hukmdorlarini   e`tiborini   har   qachongidan   ham   o`ziga
qarata   boshladi.   To`g`ri   1711-yildagi   Turkiyaga   boy   berilgan   mag`lubiyat
natijasida   Rossiyaning   Kavkazdagi   mavqeyiga   putur   yetkazilgani   bu  vaqtinchalik
holat   ekanligini   keyingi   vaqealar   isbotladi.   Mag`lubiyatdan   to`g`ri   xulosa
chiqargan Pyotr I Kavkazga bo`lgan munosabatini o`zgartirdi. 
XVIII   asr   boshlariga   kelganda   Kavkazda   Rossiya   manfatlariga   ta`sir
o`tkazishi   mumkin   bo`lgan   kuchlardan   biri   forslar   harakati   ham   ancha   jonlandi.
Forslar   Kavkazning   sharqiy   hududlarini   nazoratlari   ostida   saqlab   turgan   holda
Kaspiy   dengizida   yakka   xo`jayin   edi.   Bu   bilan   cheklanmagan   forslar   Shimoliy
Kavkaz   mintaqasini   ham   o`z   ta`siri   ostiga   olishga   harakat   qilgan.   Natijada
forslarning   kichik   bo`linmalari   Dog`iston   hududiga   bir   necha   marta   harbiy
harakatlarni amalga oshirgan. 
Pyotr I Shimoliy urush bilan band bo`lib turgan bir vaqtda Kavkazda forslar
bilan   to`qnashishga   shoshilmagan.   Mintaqadagi   vaziyatni   o`rganish   maqsadida
1711-yilda   Kavkaz   hududiga   Aleksandr   Berkovich-Cherkasskiy   yuborilgan.
Aleksandr  Berkovich-Cherkasskiy  mintaqadagi  vaziyat   haqida  Pyotr  I   ga  ko`plab
mal`umotlarni yuborgan. Pyotr I faqat  bu ekspeditsiya  bilan cheklanib qolmagan,
1715-yilda   Eronga   Artemiy   Petrovich   Voliniskiy   yuboriladi 21
.   Unga   Erondagi
vaziyatni   o`rganish,   davlatning   tashqi   siyosatdagi   maqsadlarini   bilish   va   qo`shin
20
  Потто В. Кавказская война. Том 2. Ермоловское время. М.: Центрполиграф, 2008 – C .36.
21
  Блиев М.М., Дегоев В.В. Кавказская война. М: Росет, 1994 .- C .53.
18 holati qanday ekanligi to`g`risida ma`lumotga ega bo`lish topshirilgan edi. U 1719-
yilda o`ziga berilgan topshiriqni a`lo darajada yakunlab Rossiyaga qaytadi. Uning
to`plagan   ma`lumotlaridan   Pyotr   I   juda   mamnun   bo`ladi.   Buni   amaliy   ifodasi
sifatida   Artemiy   Petrovichni   Astraxan   gubernatori   vazifasiga   tayinlaydi.   Unga
Astraxan   gubernatori   bo`lgandan   keyin   Shimoliy   Kavkazdagi   vaziyatni   Rossiya
foydasiga   o`zgartirish   vazifasi   yuklatiladi.   Voliniskiy   berilgan   topshirqni
bajarilishining   amaliy   ifodasi   sifatida   1720-yilda   Dog`iston   shamxali   Tarkovskiy
Adil Greydan rus tili va fuqaroligiga o`tishni  so`rab ariza olinadi. Bu ariza tezlik
bilan   Moskavga   yuborilgan.   Adil   Greyning   bu   arizasi   Kavkaz   aholisi   Rossiya
fuqaroligiga o`tkazish siyosatining boshlanish debochasi sifatida qaraladi. 
Shimoliy urushda g`alaba qozongan Rossiya endi asosiy  e’tiborini janubga,
ya`ni   Kavkazga   qarata   boshlaydi.   Pyotr   I   harbiy   yurishga   zo`r   berib   tayyorgarlik
ko`radi.   Lekin   Kavkaz   hududiga   katta   qo`shin   bilan   bostirib   kirishga   bir   bahona
kerak   edi.   Izlagan   imkon   topadi   deganidek   Rossiya   uchun   ham   bahona   topildi.
1721-yilning   7-avgust   kuni   Shimoliy   Kavkaz   hududiga   joylashgan   Gostin
Dvordagi   rus   do’konlarini   mahalliy   lazgin   va   qumiqlar   tomonidan   talon-taroj
qilinishi Rossiya bosqini uchun bahona bo`ldi. 22
 
Pyotr   I   Kavkaz   hududida   forslar   bilan   to`qnashuv   bo`lishi   muqarrarligini
tushungan   holda   harbiy   yurushga   katta   e`tibor   qaratdi.   1722-yilda   Eronda
boshlangan siyosiy beqarorlik ham Rossiya uchun juda qo`l keldi. Shu yilning may
oylaridan   boshlab   rus   kemalari   yurushga   shay   holatga   keltirildi.   Pyotr   I   bu
yurushda   kazaklardan   ham   foydalanishga   harakat   qildi.   Yurushning   taminoti
Astraxan gubernatori Voliniskiy zimmasiga yuklatildi. Harbiy harakat shu yilning
18-iyun   kuni   Astraxandan   qo`shinlarning   harakatga   kelishi   bilan   boshlandi.   Bu
qo`shinda 9 ming ruslar, 20 mingdan ortiq don kazaklari va 30 mingdan ortiq otliq
tatar va qalmoqlar  bor edi. Rus qo`shini 23-iyun sanasida  dushman bilan birinchi
marotaba to`qnashdi. Avgust oyida rus qo`shinlarini  Adil Grey kutib oldi. 23
 
22
  Блиев М.М., Дегоев В.В. Кавказская война. М: Росет, 1994 .- C .54.
23
  В. А.  Рунов,  А. С.  Куликов .  «Все Кавказские войны России » .  М;.2013.   -С . 26.
19 1722-yilning   16-avgust   kuni   rus   qo`shinlari   Derbendga   yurush   qildi.   23-
avgust kuni hududni egallashga erishdi. 
Derbend   qo`lga   kiritilganidan   keyin   rus   qo`shinlari   asosiy   e`tiborini   Boku
shahrini   egallashga   qaratdi.   Lekin   bu   vaqtga   kelganda   rus   qo`shinida   harbiy
harakatdan   toliqish,   otlarning   yem-xashaklarning   tanqisligi   bu   yurushni   qoldirib
turishga   sabab   bo`ldi.   Yurushga   boshchilik   qilgan   taniqli   sarkarda   Butrus   bu
hududda kichik  otryadni  qoldirib  asosiy  qo`shin  bilan qishlash   uchun  Astraxanga
qaytib ketadi. 
Kavkaz   yurushida   qatnashgan   Pyotr   I   Astraxan   orqali   poytaxtga   qaytadi.
Hukmdor   qaytganidan   so`ng  bu   yerdagi   umumiy  qo`shinga   rahbarlik   qilish   M.A.
Matyushkinga topshirildi. 
Rossiya   qo`shinlarining   Kaspiy   dengizi   sohillarida   paydo   b`lishi   Turkiyani
xavotirga solib qo`ydi. Kavkazda ruslarni ta`sirini ortib ketishini istamagan turklar
1723-yilda   20   ming   kishidan   iborat   qo`shin   bilan   kelib   Yerevandan   Tabrizgacha
bo`lgan   hududlarni   o`z   nazorati   ostiga   oladi.   Natijada   Gruziya   ham   Turkiya
tarkibiga   o`tadi.   Gruziya   hukmdori   Tsar   Vaxtang   Rossiyadan   panox   so`ragan.
Ruslar   unga   dastlab   Muqaddas   Xoch   qal’asidan   joy   beradi.   1725-yilda   u
Peterburgda   Pyotr   I   qabulida   bo`ladi.   Shundan   keyin   U   Astraxan   shahriga
yuborilib, yiliga 18 ming rubl miqdorida mablag` bilan taminlanib turilgan. 24
 
Pyotr I topshirig`I bilan 1723-yil iyul oyida Matyushkin to`rtta polk qo`shin
bilan   Bokuga   yurish   qiladi.   Bokuni   egallagandan   keyin   ruslarga   qarshilik
ko`rsatgan   700   dan   ortiq   odamlarni   osib   o`ldiradi.   Bokuning   egallanishi   bevosita
Kavkazdagi   Eron   siyosatiga   katta   putur   yetkazadi.   Lekin   davlatdagi   siyosiy
beqarorlik   sababli   Eron   shohi   ruslar   tomonidan   Boku   shahrini   egallanishiga
qarshilik   ko`rsata   olmagan.   Buning   o`rniga   Eron   hukmdori   1723-yil   sentyabrida
Peterburgga   elchi   yuborib   turklarga   qarshi   birgalikda   kurashish   uchun   ittifoq
tuzishni taklif qiladi. Natijada ikki o`rtada shartnoma ham imzolangan. 25
24
  Гутаков В. Русский путь к югу. Часть 2    // Вестник Европы, №21, 2007, -С. 19-20.
25
  Блиев М.М., Дегоев В.В. Кавказская война. М: Росет, 1994.- C .56.
20 Erondagi   ichki   siyosatning   beqarorligi   qo`shni   davlatlar   uchun   qo`l   kela
boshlaydi. Afg`on qabilalari turklar yordamida davlat hududini birin-ketin egallay
boshladi.   Afg`onlarga   qaram   bo`lishdan   ko`ra   ruslarga   bo`ysunishni   ma’qul
ko`rgan   G`ilon   viloyati   hukmdori   M.A.   Matyushkinga   noma   yo`llab,   ruslardan
yordam   so`raydi.   Qulay   vaziyatdan   foydalanish   maqsadida   Matyushkin   14
kemadan   iborat   qo`shinni   G`ilonga   yuboradi.   Bu   yurushga   general-mayyor   A.N.
Levashov boshchilik qiladi. Uning harakatlari natijasida Kaspiy dengizi bo`ylarida
juda   ko`plab   hududlar   qo`lga   kiritildi.   Xullas,   ruslarning   bu   safargi   harbiy
harakatlari muvaffaqiyatli bo`ldi. Lekin ayrim keltirilgan ma`lumotlarga qaraganda
Pyotr   I   ning   Kavkaz   hududida   amalga   oshirgan   bu   safargi   harbiy   harakatlarida
ruslarning umumiy yo`qotishlari soni  41   172 kishini  tashkil qilgan. Shundan atigi
267 tasi janglarda halok bo`lgan bo`lsa, 46 nafari suvga cho`kib ketgan, 220 nafari
sahroda   halok   bo`lgan,   qolganlari   esa   yo   bedarak   yo`qolgan   yoki   kasallikka
chalinib vafot etgan. 26
 
Pyotr   I   Kaspiy   dengizning   g’arbiy   sohillarini   egallash   vazifasini   ham
uddasidan   chiqdi.   Natijada   Rossiyaning   Kavkazdagi   ta`siri   har   qachongidan   ham
kuchaydi. U o`zigacha bo`lgan hukmdorladan Kavkazda siyosat  yuritish bo`yicha
ancha   ilgarilab   ketdi.   Aynan   uning   davridan   boshlanib   Kavkazga   keng   ko`lamli
harbiy yurushlar uyushtirildi. Pyotr I ning Kavkazdagi bu harakatlarini tarixchilar
bevosita bosqinchilik harakati deya ta’kidlagan. 
Rossiya   1725-yilda   ham   Kavkaz   hududida   harbiy   harakatlarni   olib   borgan.
Bu   safargi   harakatlar   bosqinchilik   xarakterida   bo`lmagan.   Kavkazdagi   Rossiyaga
qaram   bo`lgan   Adil   Greyning   o`zboshimchaligi   ruslarning   unga   qarshi     harbiy
yurish qilishga undagan. Natijada Adil Grey taslim bo`lib harakat bostirilgan. 27
Xulosa   qilib   aytadigan   bo`lsak,   Rossiyaning   Kavkazga   bo`lgan   qiziqishi   X
asrdan   boshlangan   bo`lsada,   lekin   bu   qiziqish   Ivan   IV   Grozniy   davridan   boshlab
kuchaya boshlagan. Bunga sabab sifatida Rossiyaning chegaralari bevosita Kavkaz
26
  В. А.  Рунов,  А. С.  Куликов .  «Все Кавказские войны России » .  М;.2013.   -С . 26.
27
  Гутаков В. Русский путь к югу. Часть 2    // Вестник Европы, №21, 2007, С. 19-20.
21 hududi   bilan   tutashgani   bo`lsa,   yana   bir   sababi     bu   mintaqa   orqali   Rossiyaning
janubga   o`tishi   ancha   qulay   ekanligida   edi.   Ivan   IV   Grozniy   Kavkazga   harbiy
ekspeditsiyalarni   boshlab   bergan   bo`lsa,   Pyotr   I   davriga   kelganda   bu
ekspeditsiyalar tom ma`nodagi harbiy yurushga aylangan. 
              II.Bob. Kavkazning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi
2.1. XVIII asr ikkinchi yarimi XIX asrda Rossiyaning Kavkaz hududida
amalga oshirgan harbiy harakatlari
Rossiya   Kavkazni   egallash   borasida   Pyotr   I   davrida   bir   qancha
muvaffaqiyatga   erishgan   bo`lsada,   lekin   uning   vafotidan   keyin   bu   hududlarda
ruslarning ta`siri tushib keta boshlagan. Kavkazda ruslarni ta`sirini saqlab qolishga
harakat  qilgan Pyotr  I  ning rafiqasi  Yekaterina  I 1725-yilning o`zida Kavkazdagi
vaziyatni   qo`lga   olish   maqsadida   Astraxan   gubernatori   Matyushkinga   topshiriq
beradi.   1725-yilning   oktyabr   oyida   general-mayor   Kropotov   va   Shemetovlar
boshchiligidag qo`shin Shimoliy Kavkazga qarab harakatlanadi. Ularning maqsadi
Pyotr   I   vafotidan   keyin   ruslarga   qarshi   bosh   ko`targan   Adil   Greyni   jazolash
bo`lgan.   Adil   Grey   3   ming   kishilik   qo`shini   bilan   ruslarga   bas   kela   olmasligini
tushungan holda 1726-yilning 20-may sanasida Shemetovga taslim bo`lgan. 28
 
1727-yilda Vasiliy Vladimirovich Dolgorukiy kichik otryad bilan Kavkazga
harbiy   ekspeditsiya   tashkil   qilgan.   Uning   maqsadi   mahalliy   xonlarni   Rossiya
imperiyasiga sodiqlik qasamyodini qabul qildirishdan iborat bo`lgan. 
Xullas, rus hukmdorlari  Pyotr  I vafotidan keyin Kavkaz  hududida katta bir
harbiy   harakat   amalga   oshirmagan.   Asosiy   maqsad   egallangan   hududlarni   saqlab
qolish,   bosh   ko`targan   xalqlarni     isyonini   bostirish     Turkiya   va   Eron   bilan
manfaatli muzokaralar o`tkazish bilan cheklanib qolgan. 
1762-yil   28-iyunda   Rossiyada   saroy   to`ntarishi   natijasida   hokimiyatga
Yekaterina II o`tirgan. Yekaterina II hokimiyatga kelishi bilan Rossiyaning tashqi
siyosatdagi   faoliyati   ham   keskin   o`zgardi.   U   asosiy   e`tiborini     yangi   hududlarni
28
  Блиев М.М., Дегоев В.В. Кавказская война. М: Росет, 1994.- C .74.
22 egallashga   qaratdi.   Uning   bu   siyosati   dastlab   Turkiya   bilan   ziddiyatga   borishiga
sabab bo`lgan. 29
 
Yekaterina   II   Rossiyaning   tashqi   siyosatining   asosiy   yo`nalishlaridan   biri
sifatida   Qora   dengiz   mintaqasi   va   Kavkaz   hududida   gegemonlik   qilish   deb
hisoblagan.   Shu   maqsadda   bu   hududlarda   harbiy   harakatlarni   amalga   oshirish
uchun qo`shin tayyorgarligini ham kuchaytirgan. 
Yekaterina   II   Kavkaz   hududida   o`z   ta`sirini   kuchaytirish   uchun   1763-yilda
harbiy   harakatlarni   boshlagan.   Rus   qo’shinlari   bu   safar   Terek   daryosining   o`rta
oqimida   joylashgan   Mozdok   qal`asini   egallashga   harakat   qilgan.   Bu   qal`a
egallangandan   so`ng   rus   qo`shinlari   ancha   vaqtlardan   beri   qarshilik   ko`rsatib
kelayotgan Kabardiyaliklarga qarshi harakatni boshlagan. Ruslarni katta kuch bilan
kelayotganligini   eshitgan   Kabardiyaliklar   chechen   va   cherkaslar   bilan   ittifoq
tuzgan.   Bu   birlashgan   qo`shin   1765-yilda   Terek   daryosining   shimoliy   sohili
bo`ylab yurush qiladi. Ular rus istehkomlariga birin ketin zarba bera boshlagan. Bu
qo`shinga   Sokura   laqabli   Roslanbek   Karamzin   boshchilik   qilgan.   Bu   qo`shin
ruslarga   jiddiy   zarba   beradi.   Roslanbek   boshchiligidagi   qo`shindan   katta   talofat
ko`rgan   rus   qo`shinlari   shimolga   qarab   chekinishga   majbur   bo`lgan.   Lekin   ruslar
ham   qayta   hujumga   o`tib   Roslanbek   boshchiligidagi   ittifoq   qo`shinini   ma`lum
ma`noda   ortga   chekinishiga   majbur   qiladi.   Shu   bilan   Yekaterina   II   ning   birinchi
Kavkaz   hududiga   amalga   oshirilgan   harbiy   harakati   yakunlanadi.   Bu   yurush
natijasida Kavkazda rus ta`siri  deyarli o`zgarishsiz holatda qolgan. 
1768-yili   avgust   oyida   Imetri   va   Gruziyaning   nasroniy   qirollari   Rossiya
hukumatiga   murojaat   qilib   turklar   zulmiga   qarshi   kurashishga   yordam   so`ragan.
Ularning   bu   takliflarini   Yekatrina   II   juda   mamnuniyat   bilan   kutib   olgan.   Ruslar
Mozdok   qalasida   Gotlib   Genrixovich   (Gotlib   Kurt)   boshchiligida   qo`shin   tuzadi.
Bu   qo`shinga   Gruziya   va   Imerit   hududlarini   ruslar   nazorati   ostiga   o`tkazish
vazifasi   topshirilgan.   Rus   qo`shinlari   1769-yil   kuzida   Terek   va   Avargi   vodiylari
bo`ylab   Kavkaz   tog`larini   kesib   o`tib   Gruziyaga   kelib   tushadi.   Ammo   bu   yeda
29
  В. А.  Рунов,  А. С.  Куликов .  «Все Кавказские войны России » .  М;.2013.   -С . 79.
23 mahalliy aholi ruslarni yaxshi kutib olmagan. Gruziya qiroli Erkle II o`z hududiga
kirib kelgan ruslarni yaxshi kutib olib ularni turklar bilan kurashishga yo`naltirdi.
Rus generali Totliben boshchiligida gruzinlarning otliq qo`shinlari bilan birgalikda
turklar   ta`siri   ostida   bo`lgan   Axaltsixen   qal`asiga   hujum   qiladi.   Bu   qal`ani   10
mingdan ortiq turk qo`shinlari qamal qilgan. 1770-yil 10-martda boshlangan qamal
kutilganidan   uzoqroq   cho`zildi.   Natijasida   Gruzin   qo`shinlari   tarkibida   ham
bo`linish yuzaga keldi. Gruziyaning janubiy knyazlari ruslarga bo`ysunishdan bosh
tortdi.   Oqibatda   juda   ko`plab   gruzin   qo`shinlari   ortga   chekindi.   Shunday   bo`lsa
ham ruslar qal`ani 3 oydan ortiq qamal qildi. Yozga borib Imiret shohi Sulaymon
o`z   qo’shinlari   bilan   ruslarga   borib   qo`shilgan.   Birlashgan   ittifoqchilar   qo`shini
turklarga qarshi yana hujum boshladi. Qaytadan boshlangan qamal rus qo`shiniga
qimmatga tushdi. Faqat kasallik natijasida ikki mingdan ortiq askar nobud bo`ldi.
Ruslarning   Portiga   qilgan   hujumi   ham   besamar   ketdi.   Gruziyada   ko`zlangan
maqsadiga   erisha   olmagan   rus   qo`shinlari   1771-yil   fevral   oyida   egallagan
hududlarida ozgina qo`shin qoldirib asosiy qism ortga chekindi. 30
 
Rus   qo`shinlarining   Gruziya   hududida   qolishi   nafaqat   mahalliy
hukmdorlarni   balki   Turkiyani   ham  xavotirga  solib  qo`ydi.  Vaziyatni   o`zi   tarafiga
og`dirish maqsadida turk hukmdori Shimoliy Kavkaz hududida istiqomat qiladigan
bir qancha mahalliy xalqlarni rus hukmronligiga qarshi gij-gijladi. Oqibatda Qrim
tatarlari va cherkaslar qo`shinlari ruslarga qarshi kurashga kirishdi. Bu birlashgan
qo`shinga qarshi general-mayyor Madem xon Ubash qarshi chiqqan. 1771-yil 29-
aprelda Kalaus daryosi  sohilida bo`lib o`tgan jangda ruslar  g`alaba qozongan. Bu
g`alaba   ruslarga   mintaqadagi   ta`sir   doiralarini   saqlab   qolishga   katta   yordam
bergan. Bu  g`alaba  natijasida  general  Madem   va ko`plab qalmiqlar  rus  hukmdori
tomonidan  qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlandi. 
Yekaterina   II   Kavkaz   hududini   faqat   harbiy   kuch   bilan   egallash   qiyin
ekanligini tushungan holda o`z yo`nalishini ma`lum darajada o’zgartirishga harakat
qilgan.   U   endilikda   Kavkazning   mahalliy   aholisi   tarkibidagi   katta   ta`sir   doiraga
30
  В. А.  Рунов,  А. С.  Куликов .  «Все Кавказские войны России » .  М;.2013.   -С . 82.
24 ega bo`lgan shaxslarni ruslar tomoniga og`dirish siyosatini ham qo`llay boshlagan.
Bundan   tashqari   rus   ta`siri   ostida   bo`lgan   Kavkaz   xalqlariga   bir   qancha
erkinliklarni ham bergan.
Yekaterina II ning bu siyosati ham Shimoliy Kavkazdagi vaziyatni Rossiya
foydasiga   tom   ma`noda   o`zgartira   olmadi.   Endilikda   Kavkaz   xalqlarining   bir-biri
bilan   kurashi   kuchayib   ketdi.   Shimoliy   Kavkazda   katta   qudratga   ega   bo`lgan
Kabardiyaliklar va qalmiqlar o`rtasidagi  munosabatlar ziddiyatlashib, xatto, urush
bo`lishiga   ham   olib   keldi.   Urush   natijasida   1771-yil   yanvarida   28   mingdan   ortiq
qalmiqlar dastlab Ural daryosi bo`ylariga, keyinchalik esa Xitoyga ketishga majbur
bo`lgan 31
. 
1774-yil   10-iyulda   Rossiya   va   Turkiya   o`rtasida   imzolangan   Kuchuk-
Qaynarji   shartnomasiga   ko`ra   Qrim   xonligi   Usmonli   imperiyasidan   mustaqil
bo`ldi.   O’z   navbatida   Qrim   xonligi   Rossiya   ta`siriga   tushdi.   Buning   natijasida
Rossiya Qrim orqali Kubanga cherkas va qorachoy xalqlariga o`z ta`sirini o`tkaza
olish   imkoniyatiga   ega   bo`ldi.   Bu   shartnomaga   ko`ra   Usmonli   davlati   Kabardiya
xalqlariga amaliy yordam ko`rsatishdan butkul voz kechdi. Usmonlilar sultonining
Shimoliy   Kavkaz   xalqlari   ishlariga   aralashmasligi   bu   yerda   yashayotgan   ingush,
ositen   va   chechenlarni   Rossiya   ta`siri   doirasiga   tushishiga   rozilik   sifatida   qabul
qilindi.   Shuningdek   Rossiya   shartnoma   bandlarida   Usmonlilarni   Gruziya   va
Imereti   davlatlarining   ichki   ishlariga   aralashmasligini   ham   kiritdi.   Bunga
Usmonlilar   sultoni   rozi   bo`ldi,   lekin   bu   hududlar   Rossiya   ta`siri   doirasiga
kiritilmasligi   talabini   ham   qo`ydi.   Kuchuk-Qaynarji   shartnomasiga   ko`ra   Rossiya
va Usmonlilar o`rtasidagi chegara Azov qal`asidan chizilgan liniya bo`ylab Terek
daryosi bo`yidagi Mozdok qal’asi bo’ylab o’tishi belgilandi. 
Rossiya   bu   g`alabadan   keyin   Kavkazdagi   harakatlarini   yanada   jonlantirib
yubordi.   1774-yilda   general   Madem   boshchiligidagi   rus   qo`shinlari   Dog`iston
orqali   rasman   fors   shohlariga   qaram   bo`lgan   Darbandga   yurush   qildi.   Lekin   rus
qo`shinlari   Darbandda   tog`liklar   qarshiligiga   duch   keldi.   General   Medem   har
31
  В. А.  Рунов,  А. С.  Куликов .  «Все Кавказские войны России » .  М;.2013.   -С . 85.
25 qancha   harakat   qilmasin   bu   hududni   to`liq   egallay   olmadi.   Qattiq   qarshilik
natijasida   rus   qo`shini   jiddiy   talofat   ko`rdi.   Vaziyatni   to`g`ri   tahlil   qilgan   xolda
Yekaterina II 1776-yilda rus qo`shinlarini Darband hududidan chekinishiga buyruq
berdi.   General   Medem   harakatlaridan   norozi   bo`lgan   keyinchalik   uning   o`rniga
general   Yakobini   tayinladi.   Unga   asosiy   vazifa   sifatida   Shimoliy   Kavkazdagi
Rossiya   ta`siri   doirasidagi   hududlarni   saqlab   qolish   va   vaziyatga   qarab
kengaytirish     ham   topshirilgan   edi.     Yakobi   vaziyatni   to`g`ri   tushungan   holda
asosiy e`tiborini mavjud hududlarni saqlab qolishga qaratgan. 32
Rossiya   1776-yildagi   muvaffaqiyatsiz   yurushdan   keyin   ma`lum   vaqt
Kavkazdagi   harakatlarni   to`xtatdi.   Asosiy   e`tiborni   o`z   chegaralarini
mustahkamlash va rus fuqaroligiga o`tgan xalqlarni muhofaza qilishga qaratdi. 
Tekelli   boshchiligidagi   rus   qo`shini   1788-yilning   yozida   Kubanga   qarshi
harbiy   harakatlarni   boshladi.   12-avgust   sanasida   rus   qo’shinlari   va   cherkaslar
o`rtasida urush bo`lib o`tdi. Bu urush 8 soat davom etib unda rus qo`shini general-
leytenant   Talayzin   boshchiligida   800   dan   ortiq   dushman   o`ldirildi,   olti   kishi   asir
olindi,   beshta   katta   qishloq,   ikki   mingdan   ortiq   uylar   ruslar   ixtiyoriga   o`tdi.   Bu
to`qnashuvda   ruslardan   ikki   kishi   xalok   bo`lgan   bo`lsa,   21   kishi   yaralangan.   Bu
yurish natijasida ruslar Kubanning kattagina qismini o`z nazorati ostiga oldi. 33
 
XVIII   asr   90-yillari   boshlariga   kelganda   Eronning   Gruziyaga   bo`lgan
munosabati o`zgara boshladi. Eronda hokimiyat tepasiga kelgan Og`a Muhammad
Sharqiy   Gruziya   hududlarini   egallashga   harakat   qila   boshladi.   Eron   qo`shinlari
Ozarbayjonda   ham   harbiy   harakatlarini   boshlab   yubordi.   1795-yilda   fors
qo`shinlari   Tbilisi   shahrini   qamal   qilishni   boshladi.   Forslarning   harbiy   jihatdan
ustunligi   Gruziya   qirolining   mag`lub   bo`lishiga   sabab   bo`ldi.   Natijada   Sharqiy
Gruziya   hududi   Eron   ta`siriga   tushdi.   Bu   xabarni   Kavkazdagi   rus   qo`shinlari
qomondoni   Valerian   Aleksandorovich   Zubov   Peterburgga   yubordi.   Yekaterina   II
forslarning   bu   harakatiga   keskin   e`tiroz   bildirdi.   Kavkazdagi   pozitsiyasini
32
  Блиев М.М., Дегоев В.В. Кавказская война. М: Росет, 1994.- C .127.
33
  В. А.  Рунов,  А. С.  Куликов .  «Все Кавказские войны России » .  М;.2013.   -С . 89.
26 mustahkamlash   maqsadida   tezlikda   Rossiya   yangi   yurishni   tashkil   qilishga
shoshildi.   Lekin   bu   yurish   Gruziya   hududi   orqali   emas   Kaspiy   dengizi   sohili
bo`ylab   amalga   oshishi   lozim   edi.   Yekaterina   II   Pyotr   I   tomonidan   boshlangan
ishni oxiriga yetkazish lozim deb o’yladi. Shuning uchun ham bu yurushga puxta
tayyorgarlik ko`rishga buyruq berdi. 
1796-yil  8-aprelda rus qo`shinlari  Terek daryosini kechib o`ta boshladi. Bu
ulkan qo`shin forslar vassaliga aylangan Darband xonligiga qarab harakat qilardi.
Darband   hududiga   yetib   kelganda   Zubov   davlat   hukmdori   18   yoshli   Shayx   Ali
Xon   bilan   muzokara   qilishga   urinib   ko`rdi.   Lekin   o`ta   qaysar   bo`lgan   xon   hech
qanday   kelishuv   bo`lmasligini   takidladi.   2-   may   kuni   rus   qo`shinlarining   asosiy
qismi   Darband   hududiga   bostirib   kira   boshladi.   Darband   shahrini   olish   uchun
ruslar   juda   ko`p   kuch   sarflashdi.   Shahar   mudofaachilarining   qattiq   qarshiligi
natijasida   ruslar   kattagina   talofat   ko`rdi.   10-may   kuni   shahar   ruslarga   taslim
bo`ldi. 34
 
Darband ruslarga taslim bo`lgach Shayx Ali ruslarga asir tushdi.. Darbandni
olinishi   Peterburgda   katta   g`alaba   sifatida   qabul   qilindi.   Yurishda   jonbozlik
ko`rsatgan   Zubovni   Avliyo   Georgiy   ordeni   bilan   taqdirladi.   Rus   qo`shinlari
Darbandda uzoq qolmasdan  may va iyun oylarida ruslar Qubo va Boku qal`alarini
egalladi.   3-iyul   sanasida   generallar   Bulgakov   va   Platovlar   katta   qiyinchilik   bilan
Cherek qishlog`ini qo`lga kiritdi. 13-dekabrda Rimskiy o`z qo’shinlari bilan Ganja
qal`asini   qamal   qila   boshladi.   1796-yilning   oxiriga   kelganda   Kaspiy   dengizining
sohillaridagi muhim shahar yoki qal`alar ruslar ta’siri qo`liga o`tgan edi. Bu vaqtga
kelib   rus   qo`shinlari   Darband,   Boku,   Kazikumix,   Shirvon   xonliklarini,   bundan
tashqari Qorabog`, Sheki va Ganja hududlarini ham ruslar egallash arafasida edi. 
1796-yilning   6-noyabr   kuni   Yekaterina   II   vafot   etdi.   Uning   vafoti
Rossiyaning   tashqi   siyosatiga   ham   katta   ta’sir   o`tkazdi.   Hokimiyatga   kelgan   42
yoshli Pavel Petrovich yoshligidan onasining siyosatini yoqtirmas edi. Natijada   u
hokimiyatga   kelishi   bilan   Yekaterina   II   ga   sodiq   bo`lgan   kishilarni   lavozimidan
34
  Блиев М.М., Дегоев В.В. Кавказская война. М: Росет, 1994.- C .134.
27 ozod qila boshladi. Birinchilardan bo`lib bosh qo`mondon Zubov o`z lavozimidan
olib tashlandi. 35
 
Gruziya   qiroli   Jorj   XII   o`zi   va   xalqi   nomidan   ko`plab   knyazlar   huzurida
Rossiya imperatoriga tantanali ravishda sodiqlik qasamyodini qabul qilgan. 
1801-yil   12-sentyabrda   Pavel   I   Gruziya   qirolligini   rasman   tugatilganligini
e`lon   qiluvchi   qonun   qabul   qildi.   Endilikda   Gruziya   o`rnida   Rossiyaning   alohida
provinsiyasi   tashkil   qilindi.   Shunday   qilib   Gruziya   Rossiyaning   rasman
mustamlaka hududiga aylantirildi. 36
XIX   asr   boshlarida   Yevropadagi   siyosiy   vaziyat   Napaleon   I   harakatlari
natijasida o`zgarib ketdi. Napaleon I ning harbiy yurushlari natijasida Rossiya ham
asosiy   e’tiborini   mudofaani   kuchaytirishga   qaratdi.   Lekin   shunday   bo`lsa   ham
Rossiya   Kavkazdagi   harbiy   harakatlarni   butunlay   to`xtatmadi.   1804-yilda   3-
yanvarda   rus   qo`shinlari   Ganja   xonligini   bosib   oldi.   1804-yilda   Napoleon
Kavkazda   o`z   manfaatlarini   ko`zlab   Eronni   Rossiyaga   qarshi   gij-gijlay   boshladi.
Eron   shohi   Fatohali   o`z   elchilarini   Parijga   yubordi.   Uning   ko`zlagan   maqsadi
fransuzlardan   ruslarga   qarshi   urushda   yordam   olish   bo`lgan.   Fors   elchilarini
Parijda   Napoleon   I   yaxshi   kutib   olgan.   Bu   elchilikka   javob   tariqasida   to`rt   nafar
fransuzni   qo`shib   yuborgan.   Eronga   kelgan   fransuz   vakillari   qo`shinni   ruslarga
qarshi   tayyorgarligiga   boshchilik   qila   boshlaydi.   Natijada   1804-yilning   may
oxirida   Eron   qo`shinlari   Qorabog`   xonligida   to`plana   boshlaydi.   Bu   ulkan
qo`shinga Abbos Mirzo boshchilik qilishi belgilandi. Ruslar bilan birinchi jang 20-
iyun   sanasida   Gruziya   hududida   bo`ldi.   Bu   to`qnashuvda   ruslar   g`alaba   qozondi.
Ruslarning   bu   harbiy   harakatlari   natijasida   Qorabog`   xoni   80   yoshli   Ibrohim   o`z
ixtiyori   bilan   Rossiya   tarkibiga   qo`shilishini   e`lon   qildi.   1805-yil   6-fevralda
Qorabog`   xoni   rasman   Rossiya   imperatoriga   sodiqlik   qasamyodini   qabul   qilgan.
Natijada Qorabog` xonligi har yili Rossiya xazinasiga 8 ming chervonest miqdorda
35
  Гутаков В. Русский путь к югу. Часть 2    // Вестник Европы, №21, 2007, -С. 19-20.
36
  Блиев М.М., Дегоев В.В. Кавказская война. М: Росет, 1994.- C .142.
28 o’lpon to`lashi belgilandi. Rossiya esa buning evaziga xonlik chegaralarini himoya
qilishni o`z zimmasiga olgan. 37
 
1806-yil   kuziga   kelganda   rus   qo`shinlari   forslarni   egallagan   hududlaridan
chekinishiga   muvaffaq   bo`la   boshladi.   Fors   qo`shiniga   qarshi   kurash   bo`layotgan
bir   vaqtda   Shimoliy   Kavkazning   bir   qancha   hududlarida   ruslarga   qarshi   bosh
ko`tarishlar   sodir   bo`ldi.   Misol   uchun   1806-yilning   noyabr   oyida   bosh   ko`targan
chechenlarni tinchlantirish ishiga general S.A. Bulgakov boshchilik qildi. Natijada
mahalliy   aholiga   qarshi   shavfqatsiz   harakat   boshlandi.   Juda   qiyinchilik   bilan   rus
qo`shinlari chechenlar isyonini bostirdi. 
Rossiyani   har   taraflama   kuchsizlantirish   maqsadida   Napoleon   I   Kavkaz
siyosatiga   aralasha   boshlaydi.   Fransiya   buning   uchun   Erondan   har   taraflama
foydalanishga harakat qilgan. 1807-yilga kelganda Napoleon I hatto Eronga 50 ta
arteleriya   va   10   ming   kishidan   iborat   qo`shin   yuborishni   maqsad   qilgandi.   Shu
yilning   okytabr   oyining   o`zida   fransuz   qo`shinlarining   dastlabki   qismlari   Eronga
yetib   borishi   lozim   edi.   Lekin   1807-yildagi   Rossiya   va   Fransiya   o`rtasida
imzolangan Tilzit sulhi bunga yo`l qoymadi. 
Bu   vaqtda   Buyuk   Britaniya   ham   chekkada   qarab   turmadi.   Inglizlar   ham
Rossiyaning  kuchayib ketishidan  xavotirlanib Eronni unga qarshi qurollantirishga
harakat qildi. Shu maqsadda 1809-yilda ingiliz elchisi Tehronga tashrif buyurdi. U
o`zi bilan birga shohga sovg`a sifatida 30 ming qurol va 30 ingliz harbiylarini olib
keldi. Natijada ingilizlar va forslar o`rtasida shartnoma imzolandi. Lekin shunday
bo`lsada   ham   bu   davrda   inglizlar   Eronni   Rossiyaga   qarshi   harbiy   harakatlarni
boshlashiga homiylik qila olmadi. Bunga Napaleon I ning Yevropadagi harakatlari
sabab bo`ldi. 
Napaleon   I   ning   1812-yildagi   Rossiyaga   harbiy   harakatlarni   boshladi.
Fransuzlarni   mag`lubiyatga   uchratgandan   keyin   Rossiya   Kavkazdagi   yo`qotilgan
hududlarni qaytarib olish uchun harbiy harakatlarni  qaytadan boshlab yubordi. 
37
  В. А.  Рунов,  А. С.  Куликов .  «Все Кавказские войны России » .  М;.2013.   -С . 98.
29 Ruslar   dastlab   ishni   Kavkaz   hududida   boshlangan   qo`zg`olonlarni
bostirishdan   boshladi.   Dog`iston   va   Kaxetiyadagi   qo`zg`olonlar   bostirilgandan
so`ng   janubga   qarab   harakatlandi.   1816-yilda   Rossiyaning   Kavkaz   korpusi
qo`shinlariga   qo`mondon   sifatida   A.P.   Yermalov   tayinlandi.   Yermalov   ishni
dastlab Gruziyadagi rus qo`shinlarini kuchaytirishdan boshladi. Uning ixtiyoridagi
armiyada   askarlar   soni   50   mingdan   ziyod   edi.   Chechenlar   isyonini   bostirish
maqsadida Terek daryosi tomon harakatlandi. 1818-yilda rus qo`shinlari Grozniya
qal’asini   qaytadan   egalladi.   Harbiy   harakatlarni   davom   ettirib   ruslar   1819-yilda
avarlar isyonini bostirdi. 38
 
Bu   orada   Eron   Kavkazdagi   o`z   pozitsiyasini   mustahkamlash   harakatlarini
boshlab   yubordi.   Fors   qo`shinlari   1826-yildan   Gruziya   va   Yerevan   hududlariga
bostirib   kirishgan.   Forslarga   qarshi   rus   qo`shinga   I.F.Pastkevich   boshchilik   qildi.
1827-yildan harbiy harakatlarda rus qo’shinlarining ustunligi ko`rina boshladi. Shu
yili   kuzda   rus   qo’shinlari   forslar   tomonidan   egallangan   Yerevan   shahriga
yaqinlashdi.   10-oktyabr   kuni   rus   qo`shinlari   shahar   devorlarini   vayron   qilib
bostirib kirdi. Natijada rus qo`shinlari tezda shaharni egalladi. Bu xizmatlari uchun
Pastkevich   II   darajali   Avliyo   Georgiy   ordeni   bilan   taqdirlandi.   Oktyabr   oyining
o`rtalarida N.N. Muravyov boshchiligidagi rus qo`shinlari Tabriz shahriga bostirib
kirdi.   Shundan   so`ng   Eron   shohi   sulh   so`rashga   majub   bo`ldi.   Ikki   o`rtadagi
kelishuv  1828-yil   13-fevralda  Turkmanchoy  shahrida   imzolandi.   Bu  shartnomaga
ko`ra   Yerevan   va   Naxechevan   xonliklari   Rossiyaning   abadiy   mulki   deya   e`lon
qilindi, bundan tashqari Eron 20 mln rub miqdorida o’lponni kumush bilan to`lashi
belgilandi. 39
 
Rossiya   Eronni   mag`lubiyaga   uchatgan   bo`lsada   hali   Shimoliy   Kavkazdagi
isyonni   to`liq   bostira   olmagan   edi.   Rosiya   imperatori   Nikolay   I   ning   qarshilik
harakatiga     bosh   bo`layotgan   ikki   xonga   polkovnik   unvoni   va   yiliga   2000   rubl
38
  Потто В. Кавказская война. Том 2. Ермоловское время. М.: Центрполиграф, 2008 – C .43.
39
  В. А.  Рунов,  А. С.  Куликов .  «Все Кавказские войны России » .  М;.2013.   -С . 112.
30 miqdorda   maosh   to`lash   taklifi   ma`lum   ma`noda   qo`l   keldi.   Shundan   so’ng
qarshilik harakatlarini chechenlarning bir nechta guruhlari davom ettidi.  Nikolay I
ning tog`liq aholining sotib olish siyosati ham u darajada qo`l kelmadi. 40
 
1837-yil  oktyabr   oyida  Nikolay  I   Kavkazga  tashrif  buyuradi.  U  bu  yerdagi
rus   qo’shinlarini   holati   bilan   tanishadi.   U   iloji   boricha   qarshilik   harakatlarini
bostirib,   Kavkazdan   forslar   va   turklarni   butunlay   siqib   chiqarishi   kerakligini
aytadi.   Lekin   u   tashrifi   yakunida   ruslarning   Kavkazdagi   harakatlaridan   mamnun
ekanligini yashirmagan.
Rossiyaning XIX asrdagi harbiy harakatlari asosan mahalliy xalq tomonidan
ko`tarilgan   qo`zg`alonlarni   bostirish   va   Turkiya   va   Eron   bilan   mintaqada
gegemonlik uchun kurashdan iborat bo`lgan. XIX asr o`rtalariga kelganda Kavkaz
hududining juda katta qismi Rossiya ta`siri ostida edi. Xullas Rossiyaning Kavkaz
hududiga amalga oshirgan harbiy harakatlari natijasida mintaqa xalqlari navbatma-
navbat   bo`ysundirildi.   Rossiyaning   harbiy   sohadagi   ustunligi   mahalliy   aholining
qarshilik harakatlarini bostirilishiga sabab bo`ldi.
2.2. Kavkaz xalqlarining rus bosqiniga qarshi kurashi
Rossiyaning   Kavkaz   hududiga   asta-sekinlik   bilan   kirib   kelishi   mahalliy
aholining   qarshiligiga   ham   uchragan.   Shimoliy   Kavkaz   xalqlaridan   bo`lgan
chechen,   avar,  lezgin   va   boshqa   xalqlarning  Rossiya   siyosatiga   qarshi   harakatlari
asosan XIX asr boshlaridan boshlangan. 
1819-1820-yillarda   chechenlar   va   avarlar   Rossiya   ta`sirida   bo`lgan
Groznayaga   hujum   qilishdi,   ammo   mag'lubiyatga   uchradilar.   Rus   generali
Yermolov   Dog istonda   Vnepnaya   va   Burnaya   qal alariga   asos   solib,   Rossiyagaʻ ʼ
qarshi chiqqan mahalliy xonlarni mag lub etdi. Ularning mol-mulki Rossiya bilan	
ʻ
ittifoqchi   hukmdorlar   qo liga   o tgan.   1821-1822-yillarda   daryo   sohilida   rus	
ʻ ʻ
istehkomlarining   qurilishi   natijasida   Malka   Kabardada   qo zg olon   ko`tarildi.	
ʻ ʻ
Yermolov qo'zg'olonchi knyazlarga ko`plab yerlarni berish orqali uni bostirdi.
40
  Потто В. Кавказская война. Том 2. Ермоловское время. М.: Центрполиграф, 2008 – C .52.
31 1823 yilda Yaragi qishlog‘idan bo‘lgan o‘z mafkurasi Muhammad chaqirig‘i
bilan   nafaqat   Rossiyaga,   balki   muridlarni   qo‘llab-quvvatlamagan   barchaga   ham
muqaddas   urush   e’lon   qilinishini   takidlab   milliy   ozodlik   harakatlari   boshlandi.
Muridlarning   Rossiyaga   qurolli   qarshilik   ko rsatish   jarayonida   ko zlagan   asosiyʻ ʻ
maqsadi   Shimoliy   Kavkaz   xalqlarini   ozod   qilish   emas,   balki   ularni   zo rlik   bilan	
ʻ
tarqatish   yo li   bilan   mintaqadagi   barcha   hokimiyatni   tortib   olishga   intilayotgan	
ʻ
islom teokratik elitasiga bo ysundirish edi. Shariat me’yorlari va milliy va madaniy	
ʻ
tafovutlarsiz   (tamoyilga   ko‘ra   –   bir   Olloh,   bir   Imom,   bir   xalq)   islom   teokratik
davlatini shakllantirish maqsad qilingan edi.  
Muridlarning qurolli faoliyatini "Dog'iston va Chechenistonning imomi" deb
e'lon   qilingan   G'ozi-Muhammad   boshqargan   (ko'pincha   uni   Qozi-mulla   deb   ham
atashgan).   1829-yilda   u   Dog'iston   aholisining   muhim   qismini   ruslarga   qarshi
harakatlarni boshlashga muvaffaq bo'ldi. 41
G‘ozi   Muhammad   faoliyatiga   baho   berishda   u   ham   xuddi   avvalgi   Shayx
Mansur   singari   tog’liliklarni   birlashtirishda   eng   samarali   omil   –   islom   dinidan
foydalanganligi,   mintaqaning   o‘ziga   xosligi,   ijtimoiy-iqtisodiy   va   siyosiy
xususiyatlariga   e’tibor   qaratgan.   Shu   bilan   birga,   G'ozi-Muhammad   Rossiyani
unga   qarshi   kurashga   tog'li   xalqlarning   hammasini   yoki   ko'pchiligini
birlashtirmasdan   va   jalb   qilmasdan   turib,   ochiq   to'qnashuvda   mag'lub   etish
mumkin emasligini tushundi. Binobarin, uning dastlabki harbiy-siyosiy harakatlari
bevosita Rossiyaga qarshi emas, balki Rossiyaga qarshi qurolli qo zg olonning eng	
ʻ ʻ
muhim mafkuraviy omili sifatida tog liklar o rtasida  shariat me yorlarini  keng va	
ʻ ʻ ʼ
ko pincha   zo rlik   bilan   tarqatishga   qaratilgan   edi.   Aynan   shu   tarzda   harbiy   kuch	
ʻ ʻ
bilan   Avar   va   Mextuli   xonliklarida,   Andi   va   Gumbet   jamiyatlarida   va
Dog istonning boshqa bir qator hududiy tuzilmalarida shariatning tarqalishi davom	
ʻ
etdi.
41
  Захарова   Л.   Г.   Россия   и   Кавказ:   Взгляд   их   XIX   века.   /   Милютин   Д.   А.   Воспоминания.   1856—
1860 / Под ред. Л.   Г.   Захаровой.   — М., 2004. – C .28.
32 Dastlabki harakatlar mintaqadagi eng rivojlangan va nufuzli Avar xonligida
boshlandi. Bunga sabab sifatida uning hukmdorlari boshchiligidagi aholisining bir
qismi   Rossiyaga   sodiqlik   qasamyodini   qilgani,   ikkinchi   qismi   esa   shariat
me'yorlarini qabul qilgani bilan qo`l keldi. Bu yerda G'ozi-Muhammad Rossiyaga
sodiq   feodallarga   qarshi   qatag'onlarni   boshlagan.   Bu   harakatlar   aynan   Avar
xonligida boshlanishining yana bir sababi G'ozi-Muhammad (shuningdek, keyingi
imomlar   -   Gamzatbek   va   Shomil)   millatiga   ko'ra   avar   bo'lganligi   bilan     ham
izohlangan.
1830-yil   may   oyida   8000   nafar   muridlar   otryadi   bilan   G‘ozi-Muhammad
Avar   xonligi   poytaxti   Xunzax   qishlog‘ini   egallash   uchun   qilgan   birinchi   urinishi
muvaffaqiyatsiz   yakunlanadi.   Xunzax   mudofaasiga   Xansha   Paku-bike   boshchilik
qildi.   G‘ozi   Muhammad   boshchiligidagi   muridlar   undan   mag‘lub   bo‘ldilar.
Natijada   bu   mag`lubiyatdan   so`ng   G`ozi   Muhammadning   obro`si   ancha   tushib
ketadi.   Shu   bois,   Xunzaxning   muvaffaqiyatsiz   qamal   qilinishidan   so‘ng   darhol
imomdan   va   u   targ‘ib   qilgan   g‘oyalardan   hafsalasi   pir   bo‘lgan   muridlarning
aksariyati harakatni tark etgan. 
1830- yilda   Xunzax   voqealaridan   keyin   Rossiya   harbiy   vaziri   A . I . Chernishev
Nikolay   I   ga   Dog ʻ istondagi   vaziyat   haqida   hisobot   berdi .  Hisobot natijalariga ko'ra,
imperator harbiy bo'limga va shaxsan I.F. Paskevich  va G'ozi-Muhammad harakati
to'g'risida   maxfiy   topshiriq   berdi.   Nikolay   I   ning   fikricha,   muridlar   harakatini
bostirish   tog'liklarni   bosib   olishning   umumiy   rejasiga   kiritilishi   kerak   edi.   Shu
bilan   birga,   Rossiya   imperatori   Shimoliy   Kavkazda   keng   ko'lamli   jazo
choralarining   qo`llanilishi   mahalliy   aholining   umumiy   noroziligiga   olib   kelishi,
buning   natijasida   esa   G'ozi-Muhammad   harakatining   kuchayishiga   olib   kelishi
mumkinligini   tushundi.   Shuning   uchun   u   o zining   maxfiy   buyrug i   bilanʻ ʻ
I.F.Paskevichga   tog liklarga   Rossiya   hukumati   ularga   hozirgi   va   kelajakda   to liq	
ʻ ʻ
diniy   bag rikenglik   va   e tiqod   erkinligini   kafolatlashini,   shuningdek,   “barcha	
ʻ ʼ
manfaat   va   afzalliklarini   inobatga   olishini   e lon   qilishni   topshirdi   ”.   Boshqacha	
ʼ
qilib   aytganda,   Nikolay   I   Shimoliy   Kavkaz   xalqiga   o'zining   asosiy   siyosiy
33 tamoyilini   yetkazdi,   unga   ko'ra   u   nafaqat   "o'z   hokimiyatiga   qarshi   isyon
ko'targanlarni   qattiq   va   muqarrar   ravishda   jazolanishi,   o`z   navbatida   Rossiya
fuqoroligiga o`tsa har qanday erkinlik berilishini kafolatlashini bildirdi”.
Bunday   yondashuv   muridlik   harakatga   jiddiy   zarba   berdi   va   uning
a'zolarining   chiqib   ketishini   yanada   kuchaytirdi,   chunki   bir   muncha   vaqt
tog'liklarning   Rossiyaga   qarshi   keyingi   qurolli   kurash   zarurligiga   ishonchi
susaygan   edi.   Faqat   u   tug'ilgan   Gimri   qishlog'i   aholisi   Qozi-mulla   bilan   qolgan,
boshqa   jamiyatlarning   vakillari   esa   imomni   tark   etishgan.   Ko'p   o'tmay,   Gimri
xalqining   yordami   ham   imom   uchun   muammoli   bo'lib   qoldi.   Baron
G.V.Rozenning   otryadi   to'g'ridan-to'g'ri   Gimriga   yuborilganligi   sababli,
qo'zg'olonchi mahalliy aholiga qarshi qatag'on boshlandi. G.V. Rozen qo`shinlarini
harakatlari   natijasida   Gimri   qishlog`ining   qarshilik   harakati   bostirildi.   Shunday
qilib,   G.V.   Rozen   qo‘zg‘olonning   birinchi   bosqichini   bostirdi.   Bu   haqda   Sankt-
Peterburgga   xabar   berib,   o`z   otryadi   Vladikavkaz   viloyatiga   qaytgan.     Uning   bu
harakati keyingi voqealarning rivojlanishi qo'mondonligining navbatdagi  strategik
xatosi ekanligini ko'rsatdi. Chunki u harakatga qarshi urush e'lon qilgan bo'lsa-da,
qo'zg'olonni to`liq bostirish va kelajakda uning qaytadan boshlanishini oldini olish
uchun hech qanday qat'iy choralar ko'rmadi. 42
General   G.V.   Rozen   vakili   bo'lgan   rus   harbiy   qo'mondonligi   shu   tariqa
hayratlanarli darajada ishonchlilik ko'rsatdi va muridlarning o'sha paytda juda keng
tarqalgan   taktikasiga-kamtarlikning   ikkiyuzlamachi   ko'rinishiga   noto'g'ri
munosabatda   bo'ldi.   Bosh   shtab   kapitani   D.A.   Milyutin   "bu   yerda   tog'liklar
urushdan   xalos   bo'lish   uchun   haddan   tashqari   ishlatadigan   hiyla-nayrang
vositalaridan boshqa hech narsa yo'q edi» degan jumlalarni keltirgan. 43
  
42
  Салчинкина   А.   Р.   Отдельный   Кавказский   корпус   в   Кавказской   войне   1817—1864   гг.:
Европейская армия и неевропейские методы войны   //   Наука, образование, общество: Тенденции и
перспективы:   Сборник   научных   трудов   по   материалам   Международной   научно-практической
конференции: в 3 частях .   —   М.: АР-Консалт, 2014.   — Т.   3.   — С.   66—70.   —   ISBN 978-5-9905725-9-
1 .
43
  Захарова   Л.   Г.   Россия   и   Кавказ:   Взгляд   их   XIX   века.   /   Милютин   Д.   А.   Воспоминания.   1856—
1860 / Под ред. Л.   Г.   Захаровой.   — М., 2004. – C .32.
34 G`ozi Muhammad boshchiligidagi qo`shinlarning muvaffaqiyatli harakatilari
Rossiya   harbiy-siyosiy   rahbariyatining   noto`g`ri   strategiya   tanlaganini   ko`rsatdi.
Rus   qo`shinlari   G`ozi   Muhammad   boshchiligidagi   harakatni   butunlay
bostirmaganligi, harakat a`zolarini taqib qilmaganligi ularning katta xatosi ekanligi
yaqqol namoyon bo`ldi. 
1831-yildaning   oxiriga   kelganda   G'ozi-Muhammad   faol   harbiy-siyosiy
faoliyatining   natijasida   deyarli   butun   Shimoliy   Dog'iston   va   Shimoliy-G'arbiy
Kavkaz  egallangan   edi.  Rossiya  bu  harakat  faoliyatining  xavfliligini  anglab  yetdi
va   qo zg olonni   bostirish   uchun   radikal   choralar   ko rishga   harakat   qildi.   Shuʻ ʻ ʻ
maqsadda   o'sha   paytda   Kavkaz   korpusining   bosh   qo'mondoni   bo'lgan   general
G.V.Rozen yana Checheniston va Dog'istonga yurish boshladi.   Ruslarning harbiy
sohadagi   ustunligi   G'ozi-Muhammad   boshchiligidagi   harakatni   chekinishiga   olib
keldi.   G`ozi   Muhammad   qo'shinlari   tog'larga   chekindi   va   u   erda   tug'ilgan   Gimri
qishlog'i hududida bo`lgan yirik jangda u mag'lubiyatga uchrab, o'zi jangda halok
bo'ldi.   Bu   jangda   G‘ozi   Muhammadning   eng   yaqin   safdoshi   Shomil   ham   og‘ir
yaralangan. Shunday qilib, muridlar va muntazam rus qo‘shinlari o‘rtasidagi yirik
jang,   harakatining   ommaviy   xarakterga   ega   bo‘lishiga   qaramay   mag`lubiyatga
uchradi.   Bu   mag`lubiyat   muridlar   harakati   hali   zaifligi,   uning   tartibsiz   harakati
qarshilik ko‘rsatishga qodir emasligini ko`rsatdi. 
Gimri   qishlog'i   hududidagi   mag'lubiyat   muridizmga   qattiq   zarba   berdi.
Keyingi ikki yil mintaqada nisbatan barqarorlik bilan ajralib turdi. Bu orda yangi
imom   etib   Gamzatbek   e'lon   qilindi.   U   mahalliy   jamoalarga   murojaat   qilib,   "Kim
harakatda   ishtirok   etsa,   ular   ko`p   o'lja   va   shon-shuhratga   ega   bo`lishini   va'da
qildi”.   Gamzatbek   ham   aslida   G'ozi-Muhammad   faoliyatini   davom   ettirdi.
Gamzatbek  ham  o‘zining  faoliyatini   Xunzaxdan  boshladi.   U  ham   o`zidan   oldingi
harakat   yetakchisi   kabi   ish   tutib   Avar   xonligida   o`z   hokimiyatni   o`rnatishga
harakat qilgan.
35 Gamzatbek   1834-yilda   10   minglik   qo shin   bilan   Xunzaxga   yaqinlashib,ʻ
qal`a   ahligi   ta`slim   bo`lish   talablarini   qo`ydi 44
.   Qo`yilgan   bu   talabda   aholini
ruslarga   qarshi   harakatda   ishtirok   etishi   lozimligi   ham   inobatga   olingan   edi.
Xunzax   aholisi   shariatning   tarqalishiga   rozi   ekanligini,   lekin   Rossiyaga   qarshi
harbiy harakatlarda ishtirok etmaligini bayon qilishdi.  
Xunzax   himoyachilari   bu   jangda   oxir-oqibat   mag'lubiyatga   uchradi.
Xunzaxni   imom   qo`shinlari   tomonidan   egallanishiga   Rossiyaning   Kavkazdagi
korpusi   betibor   qarab   turdi.   Bu   Rossiyaning   Kavkazdagi   siyosati   katta
mag'lubiyatga uchraganini bildirar edi. 
Bu   Rossiya   qo'mondonligi   uchun   katta   xato   hisob   bo'lib,   mintaqadagi
harbiy-siyosiy vaziyatning keyingi inqirozli rivojlanishini oldindan belgilab berdi.
Dog'istonning   bu   qismida   Rossiyaning   so'nggi   tayanchi   bo'lgan   strategik
ittifoqchining   yo'qolishi   rus   qo'shinlarining   pozitsiyalarini   sezilarli   darajada
zaiflashtirdi. 
Aytish   mumkinki,   Kavkazdagi   qurolli   qarama-qarshilikning   birinchi   davri
Rossiya harbiy qo'mondonligining Kavkazdagi strategik noto'g'ri hisob-kitoblari va
taktik   xatolarining   butun   majmuasi   bilan   tavsiflanadi.   Bunga   ko`ra   Rossiyaga
qarshi   qurolli   qo zg olonning   dastlabki   belgilarining   paydo   bo lishi   xavfi,	
ʻ ʻ ʻ
qo zg olonchilarni   birlashtirishning   eng   muhim   mafkuraviy   omili   sifatida	
ʻ ʻ
muridizmning   roli   ortib   bordi.   Boshqacha   qilib   aytganda,   XIX   asrning   30-
yillarning   boshlarida   Rossiyaning   Kavkazdagi   harbiy   qo'mondonligi   o'z   qo'llari
bilan   dushman   yaratganligi,   buning   natijasida   vujudga   kelgan   qurolli   qarshilik
harakatlari keyingi chorak asrda bostirildi.
1834-yil   oxirida   tog'lilar   harakatiga   yangi   (uchinchi)   Imom   Shomil
boshchilik   qildi.   U   o'zidan   oldingilaridan   farqli   o'laroq,   nafaqat   ma'naviy   (G’ozi-
Muhammad   kabi)   va   harbiy   (Gamzat-bek   kabi)   fazilatlariga   ega   edi,   balki   bu
ikkala   sifatni   ham   o‘zida   mujassam   etgan   edi.   Qolaversa,   Shomil   o‘zidan
44
  Захарова Л. Г.   Россия и Кавказ: Взгляд их XIX века. / Милютин Д.   А.   Воспоминания. 1856—1860
/ Под ред. Л.   Г.   Захаровой.   — М., 2004.  – C .49.
36 oldingilardan farqli o‘laroq, yuksak iste’dodli va bilimli, davlat arbobi fazilatlariga
ega   bo‘lgan.   Bularning   barchasi   o'sha   davrdan   boshlab   Rossiyaga   isyonkor
tog'lilarning   aqlli,   malakali,   qat'iyatli   va   qat'iy   rahbari   qarshilik   ko'rsatganligidan
dalolat   bergan.   U   shaxsiy   fazilatlari   bo'yicha   nafaqat   o'zidan   oldingilardan,   balki
Kavkaz   korpusining   ba'zi   harbiy   rahbarlaridan   ham   sezilarli   darajada   ustun
bo`lgan. 45
Aynan u, pirovardida, muridlar harakatining asosiy maqsadi – Shomil imomi
sifatida   tarixga   kirgan   teokratik   davlat   tuzumini   yaratishni   amalga   oshirishga
muvaffaq   bo‘ldi.   Imomiyat   nafaqat   Kavkazning   etnik-hududiy   tuzilmalari
yig'indisi   edi,   balki   bu   o'rta   asrlarda   Yevropa   ritsarlari   ordenlariga   o’xshash
jihatlari ham bo`lgan. Butun Kavkaz urushi davomida imom Rossiya bilan urushga
qaratilgan   yagona   harbiy   kuchni   shakllantira   oldi.   Shomil   muridlar   nazorati
ostidagi   Checheniston   va   Tog'li   Dog'iston   viloyatlarining   barcha   aholisini   harbiy
harakatlarga   safarbar   qildi.   Shimoliy   Kavkazning   15   yoshdan   50   yoshgacha
bo lgan   barcha   erkak   aholi   harbiy   xizmatni   o tashi   shartligi   belgilab   qo`yildi.ʻ ʻ
Muridlarning   qurolli   otryadlari   minglik,   yuzlik   va   o nliklarga   bo lingan.   Shomil	
ʻ ʻ
qo shinining   o zagi   yengil   otliq   qo shinlar   bo lib,   ularning   asosiy   qismini	
ʻ ʻ ʻ ʻ
murtazeklar deb atalganlar (otliq jangchilar)   tashkil etgan. Har 10 yardda Shomil
bitta   otliq   jangchi   qo'yishni   buyurdi.   Imomiyat   nazoratidagi   qishloqlarda
artilleriya,   o q   va   porox   ishlab   chiqarish   yo lga   qo yildi.   Shunday   qilib,	
ʻ ʻ ʻ
shakllangan muridlar davlati - Shomil imomi mintaqaning barcha iqtisodiy, siyosiy
va   harbiy   resurslarini   safarbar   etgan   holda,   Rossiyaga   qarshi   kurashni   ochiqdan-
ochiq boshlab yubordi.  
Shariatning   tarqalishi   va   imom   hokimiyatining   o'rnatilishi   faol   harbiy
harakatlarni va muridiylik bayrog'ida ko'rsatilgan asosiy shior - g'azovotni davom
ettirishni talab qildi. Aynan shu davrdan boshlab Kavkaz urushining eng shiddatli
45
  Магомадова   Т.   С.   Начало   "блистательной   эпохи   Шамиля"   (восстание   1840   г.   в   Чечне).   -
Народно-освободительное   движение   горцев   Дагестана   и   Чечни   в   20   -   50-х   годах   XIX   в.
Всесоюзная научная конференция 20 - 22 июня 1989 г., Махачкала. 1989. с. 42.
37 davri  boshlandi. Kavkaz urushi  bu davrdan boshlab  o'zi sifat  jihatidan boshqacha
mazmun kasb etdi. 
1834-yil   noyabr   oyida   Shomil   o'zi   tug'ilgan   qishlog'i   Gimri   qishlog'ini
egallab olgan rus otryadi bilan jangga kirishdi. Buning natijasida general Lanskiy
boshchiligidagi   rus   otryadining   muridlar   hujumiga   dosh   bera   olmay,   Gimri
qishlogi`ni   tark   etishiga   majbur   bo`ldi.   Rus   otryadining   mag'lubiyati   Shomilning
tog'liklar   oldida   obro'sini   sezilarli   darajada   oshirdi.   Mintaqadagi   harbiy-siyosiy
vaziyatning   keyingi   rivojlanishini   rus   qo'shinlari   va   muridlar   qurolli   tuzilmalari
o'rtasidagi   o'ziga   xos   qurolli   betaraflik   holati   sifatida   tavsiflash   mumkin.   Bu
Kavkaz harbiy qo'mondonligining yana noto`g`ri strategiyani tanlaganini ko`rsatdi.
Rus qo`shinlari Shomil boschiligidagi qo`zg`alonchilarga qarshi kurash boshlamay
eng qulay vaziyatni  qo`ldan boy berdi. 1836-yilga kelib Shomil Chechenistondan
Avariyagacha   bo'lgan   barcha   hududlarni   "Erkin   Dog'iston   jamiyatlari"   ostida
birlashtirdi. 46
  
Rossiya   harbiy   qo'mondonligining   eng   katta   xatolaridan   biri   Shomildan
farqli   o'laroq,   u   Dog'iston   va   Chechenistondagi   vaqtincha   o`rnatilgan   tinchlik
davrini   yaxshi   boshqara   olmadi.   Kavkaz   korpusi   muntazam   jazo
ekspeditsiyalarinilliy   xalqni   sabr   kosasini   to`ldirdi.   Xususan,   Milyutin   ushbu
harakatlarni   tahlil   qilib,   "biz   tog'liklar   bilan   jang   qilmadik,   biz   ularni   doimo
jazoladik" degan fikrni takidlab o`tgan edi.  
Shunday   qilib,   bir   necha   yillar   davomida   Kavkaz   korpusi   qo'shinlarining
mintaqadagi   harakatlari   mohiyatan   mahalliy   aholiga   qarshi   qatag'ondan   iborat
bo`ldi.   Bularning   barchasi   Kavkaz   korpusi   qo'shinlarini   juda   zaiflashtirdi,   chunki
jangovar   bo'linmalar   ular   uchun   odatiy   bo'lmagan   politsiya   funksiyalarini
bajarishlari   kerak   edi.   Bu   bir   tomondan,   qo'shinlarni   faoliyatiga   ta`sir   o`tkazsa,
ikkinchi   tomondan,   mahalliy   aholi   orasida   ruslarga   nisbatan   o'ta   salbiy
munosabatni shakllantirdi va ularni imom tomoniga o'tishga undagan.  
46
  Покровский Н. И.   Кавказские войны и имамат Шамиля / Предисл.   Н. Н. Покровского , введ. и 
прим.   В. Г. Гаджиева .   —   М.:   РОССПЭН , 2000.   –C.167.
38 Nihoyat, 1836-yilga kelib, Shomil o'zining kuchiga ishonib Kavkazdagi rus
qo'mondonligi   vakillari   bilan   teng   huquqli   muzokaralar   olib   borishga   qaror   qildi.
Muzokaralar   natijasida   sulh   bitimiga   erishildi.   Rossiya   qo'mondonligi   bu
kelishuvni  katta  muvaffaqiyat   deb  hisobladi.  Kavkaz   korpusi   qo'mondoni  general
G.V.Rozen   bu   kelishuvni   Peterburgga   bergan   hisobotida   Shomilni   taslim   bo'ldi
deb bayonat bergan edi. 47
 
Shomil esa Rossiya harbiy qo'mondonligi bilan kelishuvni o'zining g'alabasi
deb   bildi.   Kavkaz   qo'mondonligi   bilan   muzokaralar   olib   borganligi   sababli,   u
"tog'lar qirolligi" ning mustaqil hukmdori sifatida harakat qildi. Shunday qilib, rus
qo'mondonligi   o'zi   bilmagan   holda   Shomilning   Dog'istondagi   hokimiyatini
qonuniylashtirdi, uni tog'lilar nazarida ulug'ladi. 
1838-yilda   Shomil   yana   Dog'iston   va   Chechenistonda   faol   harbiy
harakatlarni   boshladi.   1839-yil   oxiriga   kelib   Shimoliy   Dog'iston   va
Chechenistonning bir qismidagi muhim hududlar egalladi. 48
Shunday   qilib,   ko'rib   chiqilayotgan   davrda   Shimoliy   Kavkazdagi   harbiy-
siyosiy   vaziyatning   rivojlanish   dinamikasini   tahlil   qilib,   Rossiyaning   Kavkazdagi
qo'mondonligi imomning kuchini sezilarli darajada oshirib yuborgan va to'g'ridan-
to'g'ri harbiy harakatlardan qochishgan degan xulosaga kelish mumkin. Shomilning
mintaqa   aholisi   orasidagi   keng   tashviqot   ishlaridan   samarali   foydalanganligi   ham
Rossiya   siyosatiga   katta   zarba   bo`ldi.   U   Rossiyaning   harbiy   harakatlarini
muridlarning   qurolli   qo zg olonini   to g ridan-to g ri   bostirish   emas,   balki   o lkaʻ ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ
aholisiga qarshi jazolash harakati sifatida taqin qilishi ham ko`plab kishilarni uning
qo`shinlari   safiga   kelib   qo`shilishiga   sabab   bo`ldi.     Shunday   qilib,   Shomilning
mintaqadagi   butun   besh   yillik   faoliyati   imom   hokimiyatining   mustahkamlanishi,
47
  Казембек А. К.   Мюридизм и Шамиль   // Избранные произведения / Сост.   А. К. Рзаев; под ред.   З.
М. Буниятова,   А. К. Рзаева.   —   АН АзССР ; Институт востоковедения.   — Баку: Элм, 1985.   -   C.73.
48
  Магомадова Т. С. Начало "блистательной эпохи Шамиля" (восстание 1840 г. в Чечне). - 
Народно-освободительное движение горцев Дагестана и Чечни в 20 - 50-х годах XIX в. 
Всесоюзная научная конференция 20 - 22 июня 1989 г., Махачкала. 1989. с. 45.
39 Kavkazdagi rus harbiy ma’muriyati tomonidan bu jarayonga deyarli befarq qarashi
bilan xarakterlanadi.
Kavkazdagi   cho'zilgan   mojaro   nafaqat   Rossiyaning   iqtisodiy,   siyosiy   va
harbiy resurslarining muhim qismini yo'qtishga sabab bo `ldi,   balki   davlat   uchun
xalqaro   muammoga   aylandi.   Bu   davrda   Rossiya   va   Buyuk   Britaniya   o'rtasidagi
munosabatlarda   Kavkaz   muammosi   alohida   ahamiyat   kasb   eta   boshladi.   Buyuk
Britaniya   Rossiyaning   Kavkaz   bo`ylab   janubiy   chegarasini   Terek   bo'ylab   o'tishni
talab   qildi.   Buning   natijasida   Shimoliy   Kavkazdagi   mustaqil   davlat   -   Cherkes
Britaniya hukmronligi ostidagi protektorat davlatga aylandi.
Nikolay   I   hukumati   Kavkaz   muammosining   muhimligini,   shuningdek,
mojaroni   siyosiy   yo l   bilan   hal   qilishning   befoydaligini   anglagan   holda,   imomniʻ
qattiq mag lubiyatga uchratish uchun 1839-yilda muridlarga qarshi  keng ko lamli	
ʻ ʻ
harbiy operatsiya  o tkazishga  qaror  qildi. Shu maqsadda  Shimoliy Kavkazga ikki	
ʻ
tomonlama   hujum   boshlandi.   Asta-sekin   rus   qo'shinlari   tog'lilarni
Chechenistonning tekis qismidan chekinishga majbur qildilar. 1839-yilning yoziga
kelib muridlar harakati tog'larga ko`chdi. Har tomonlama qamal qilinishi natijasida
harakat   ishtirokchilari   oziq-ovqat   muammosiga   uchray   boshladi.   Shomilning
ixtiyorida   faqat   bitta   mustahkam   Axulgo   qishlog'i   qoldi.   Bu   qal a   general	
ʼ
P.X.Grabbe qo shinlari tomonidan qamal qilindi. 80 kunlik qamaldan so‘ng 1839-	
ʻ
yil   22-avgustda   Shomilning   qarorgohi   egallandi.   Uning   o‘zi   yetti   murid   bilan
zo‘rg‘a   qochib   ketishga   muvaffaq   bo`ldi.   Bu   g`alaba   Rossiyada   nishonlanib,
mintaqadagi urush tugaganligini e`lon qilindi. 49
  
1840-yilda   Shomil   yana   o'ziga   sodiq   muridlar   bilan   birgalikda   yangidan
qo`shin tuzdi. Bir yarim yildan keyin u o`zini "butun Sharqiy Kavkazning suveren
hukmdori" deya e`lon qildi 50
. U bu vat ichida nafaqat tiklashga, balki mintaqadagi
mavqeyini sezilarli darajada mustahkamlashga ham muvaffaq bo'ldi.
49
  Захарова Л. Г.   Россия и Кавказ: Взгляд их XIX века. / Милютин Д.   А.   Воспоминания. 1856—1860
/ Под ред. Л.   Г.   Захаровой.   — М., 2004.  – C .78.
50
  Покровский Н. И.   Кавказские войны и имамат Шамиля / Предисл.   Н. Н. Покровского , введ. и 
прим.   В. Г. Гаджиева .   —   М.:   РОССПЭН , 2000.   –C.172.
40 Bu orada Chechenistonda qo'zg'olon ko`tarildi. Bunga sabab sifatida Kavkaz
qo'mondonligi   tomonidan   Checheniston   va   Shimoliy   Dog'iston   uchun   yangi
harbiy-ma'muriy hokimiyatni joriy qilinishi bo`ldi.  Voqealarning keyingi rivoji bu
qaror noto'g'ri ekanligini ko`rsatdi. 
Rossiya   harbiy   ishlar   vaziri   A.I.   Chernishev   1839-yil   oxiridayoq   Kavkaz
ma muriyatiga   sobiq   boshqaruv   shaklini   bir   muddat   to`xtatishni   va   tog liklarningʼ ʻ
sudlari   tizimiga  aralashmaslikni   taalab  qildi.  Kavkaz  korpusi  tomonidan  bu  taklif
ham bajarilmadi. Natijada bu siyosat juda ko`plab kishilarning norozilik harakatlari
boshlanishiga   turtki   berdi.   Butun   Checheniston   hududida   rus   ma`muriyatining
butun   aholini   qullikka   aylantirish   niyati   haqida   mish-mishlarga   keng   tarqaldi.
Qo'zg'olonning   asosiy   sababi   rus   hukumati   tomonidan   mahalliy   aholini
qurolsizlantirish   to'g'risidagi   qaror   edi.   Ushbu   voqealarni   eslab,   Shomil   shunday
dedi: "Men chechenlarni qurolsizlantirishga bo'lgan urinishlarni mamnuniyat bilan
kuzatdim   va   har   qanday   vaqtda   Chechenistonda   qo'zg'olon   bo'lishini   kutdim".
Chechenlar   qurol-yarog'ni   zo'rlik   bilan   tortib   olishni   xo'rlik   deb   bilishdi.   Buning
natijasida isyon ko'tardi va yordam so'rab Shomilga murojaat qilishdi. 51
Keyingi besh yil Shomilning eng katta harbiy muvaffaqiyatlari davri bo'ldi.
1843-yilga   kelib   Dog'iston   va   Chechenistondagi   barcha   rus   istehkomlari   vayron
qilindi   va   egallab   olindi.   U   yerdagi   rus   qo`shinlarining   bir   qismi   yo'q   qilindi,
qolganlari bo`lsa asirga olindi. 52
Kavkazdagi rus qo'shinlari deyarli barcha hududlarda imom muridlariga lub
bo`lishiga   asosiy   sabablardan   bimag`lub   bo`la   boshladi.   Rus   qo`shinlarining
ma`g`lub   bo`lishga   asosiy   sabablardan   biri   harbiy   taktikaning   notog`ri
tanlanganligi bo`ldi. 
Bu davrdagi rus qo'shinlarining harakatlari taktikasini belgilab bergan asosiy
narsa   Shomilni   hokmiyatini   bir   zarba   bilan   tugatish   edi.   Imperatorning   buning
51
  Казембек А. К.   Мюридизм и Шамиль   // Избранные произведения / Сост.   А. К. Рзаев; под ред.   З. 
М. Буниятова,   А. К. Рзаева.   —   АН АзССР ; Институт востоков едения.   — Баку: Элм, 1985.   -   C . 113.
52
  Дадаев   Ю.   У.   Муртазеки   –   воинское   формирование   Шамиля   //   Вестник   Института   истории,
археологии и этнографии.   — Махачкала:   ДНЦ РАН , 2014.   —   № 3 (39).   —   С. 48—60.   —   ISSN   2078-
1423 .
41 uchun   Kavkaz   korpusi   qo'mondonlarini   ham   tez-tez   o'zgarishga   majbur   bo`ldi.
Nikolay   I   ning   haddan   tashqari   noroziligiga   sabab   deyarli   200   000   kishilik   rus
qo'shinlari   20   000   kishidan   iborat   bo`lgan   muridlar   qo`shinini   mag`lub   qila
olmayatganligi   edi.   Natijada   rus   qoshinlari   Kavkazdagi   partizanlik   harakatlarini
bostirish uchun yangi harakat rejlarini ishlab chiqish kerak degan qarorga kelishdi. 
Nikolay   I   Kavkazning   murakkab   muammolarini   yangi   yondashuvlar   bilan
hal   qilish   lozim   ekanligini   aytdi.   Uning   talabi   bo`yicha   Kavkaz   korpusini
qobiliyatli   va   keng   vakolatlarga   ega   bo'lgan   obro'li   shaxs   boshqarishi   kerak   edi.
Shuning   uchun   u   1845-yilda   general-leytenant   M.S.Voronsovni   Kavkazga
gubernator va Kavkaz korpusi qo‘mondoni etib tayinlab, unga fuqarolik va harbiy
ishlarda deyarli cheksiz vakolat berdi. 53
 
Shu   bilan   birga,   Nikolay   I   agar   to`g`ri   taktikani   tanlay   olsa,   Shomilni   bir
zarba   bilan   mag'lub   etish   mumkin   ekanligi   ishonchidan   voz   kechmadi.   Uning
1845-yildagi   harakat   rejasidan   kelib   chiqqan   holda,   imomning   hukmronligini
tugatish   uchun   asosiy   qadam   "Shomilning   qarorgohini"   qo'lga   kiritish   bo'lishi
kerak edi. Shunday qilib, Nikolay I Kavkazda bo`lgan shuncha harbiy yurishlarni
to`g`ri   tahlil   qilmagani   yaqqol   namoyon   bo`ldi.   Chunki   Shomilning   qarorgohini
egallab   olish   hech   narsa   o`zgarmas   edi.   Shomil   uchun   har   bir   ovul   yangi
"hukmronligining markazi" bo'lishi mumkin edi.
Kavkazdagi   voqealardan   xabardor   bo'lgan  M.S.   Vorontsov   Kavkaz   korpusi
qo'shinlari harakatlarining taktikasini tubdan o'zgartirishni zarur deb hisobladi. Bu
fikr   unda   A.P.Yermolov   bilan   suhbatdan   keyin   yanada   mustaxkamladi.   A.P.
Yermolov   Kavkazdagi   mavjud   harbiy   harakatlar   tizimini   noto'g'ri   ekanligini
takidlagan. U rus qo'shinlari har yili oldindan rejalashtirilgan (ko'pincha Peterburg)
maqsadlarga   muvofiq   harbiy   yurishlarini   amalga   oshirishi,   muridlarni
mag'lubiyatga uchratshi, ovullarni egallab olinishi, tog'lilarni qasamyod qilishi  va
keyin   yana   o'zlarining   qarorgohlariga   qaytishi   bilan   tugashini   noto`g`ri   deb
53
  Захарова Л. Г.   Россия и Кавказ: Взгляд их XIX века. / Милютин Д.   А.   Воспоминания. 1856—1860
/ Под ред. Л.   Г.   Захаровой.   — М., 2004.  – C .114.
42 hisoblagan.   Tashqi   ko'rinishidan   muvaffaqiyatli   bo'lgan   bu   ekspeditsiyalar   aslida
deyarli   samarasiz   edi.   Chunki   ruslar   ketganidan   keyin   Shomilning   kuchi   darhol
tiklanavergan.   Harbiy   harakatlarda   muvaffaqiyatga   erishgan   rus   qo`shinlari
hokimiyatni   mustaxkamlashda   muvaffqiyatsizlikka   uchragan.   Shu   sababli,
Yermolov samarasiz mavsumiy harbiy harakatlardan voz kechishni va o'rmonlarni
kesish,   ular   o'rtasida   qal'alar   va   yo'llarning   keng   tarmog'ini   qurish,   Dog'istonga
bosqichma-bosqich   joylashishni   nazarda   tutuvchi,   maqsadli   strategiyaga   o'tishni
taklif   qildi.   Yermolov   buni   amalga   oshirish   uzoq   muddat   talab   qilishini   ham
takidlab o`tgan edi.   Vorontsov Yermolov taklifiga printsipial jihatdan rozi bo'ldi,
ammo shunga qaramay, imperator  tomonidan  Shomilni  tezroq taslim  qilish  kerak
degan   talabani   ham   bajarishga   ham   majbur   edi.   Nikolay   I   ning   maqsadi
Kavkazdagi   qarshilik   harakatlarini   bostirish   edi.   Buning   uchun   qonli   Dargin
dramasi   kerak   edi.   Shundan   so'ng   imperator   Kavkazdagi   harbiy   kampaniyani
boshqarishga aralashmadi.
Dargin   operatsiyasi   Kavkaz   urushi   tarixida   alohida   o'rin   tutadi,   chunki   u
mintaqadagi   qurolli   qarama-qarshilikning   keyingi   borishiga   hal   qiluvchi   ta'sir
ko'rsatdi. 
1845-yil yozining boshida Nikolay I ning ko'rsatmalariga binoan Vorontsov
Dog'iston   va   chechen   otryadlari   (taxminan   10   ming   askar)   boshlig'ida   imomning
qarorgohi   bo'lgan   Dargo   qishlog'iga   hujum   boshladi.   Shomil   mudofaa   janglari
bilan orqaga chekindi. Ruslar taqibni davom ettirib tog‘li Andi qishlog‘i yaqinida 6
ming nafar muridlar qatnashgan shiddatli jang bo‘ldi. Bu jang natijasida ovulni rus
qo'shinlari   egallab   olishdi.   Ammo   bu   ruslarga   hech   qanday   foyda   keltirmadi,
chunki   Shomil   bir   kun   oldin   yaqin   atrofdagi   qishloqlarni   yoqib   yuborib,   aholini
o'zi bilan olib ketdi. 54
Keyingi   harakatlarning   befoydaligini   anglagan   M.S.   Vorontsov,   shunga
qaramay,   Dargoga   hujumni   to`xtatmadi.   Rus   qo`shinlari   o`zlari   bilmagan   holda
54
  Казембек А. К.   Мюридизм и Шамиль   // Избранные произведения / Сост.   А. К. Рзаев; под ред.   З. 
М. Буниятова,   А. К. Рзаева.   —   АН АзССР ; Институт востоков едения.   — Баку: Элм, 1985.   -   C . 124.
43 tuzoqqa   tushib   qolishdi.   Shomil   bu   jangda   tog'li   urush   strategiyasini   yaqqol
nomoyon   qildi.   O`z   bazalaridan   uzilib   qolgan   rus   qo`shinlari   hech   qayerdan
yordam   kuchi   kelmasligini   tushingan   holda   qanday   bo`lsa   ham   qamalni   yorib
o`tishga harakat qildi. M.S. Vorontsov otryadi janglar  bilan Dargodan yorib o`tib
ortga cheklindi. Bu harakatlarda rus qo`shinlarining uchdan bir qismi halok bo`ldi.
Rus   qo'mondonligi   uchun   Dargoda   yurish   Kavkazdagi   urush   sharoitida
foydasiz   va   zararli   bo`ldi.   Dargin   kampaniyasini   qo`llash   yaxshi   oqibatlarga   olib
kelmasligini   tushungan   general   M.S.   Vorontsov   harakat   yo`nalishini   o`zgartirish
lozim degan qarorga keldi. U Kavkaz hududida to`liq egallash yo'l faqat sekin va
rejali   harbiy   harakatlarni   olib   borib,   bosib   olingan   yerlarda   rus   hokimiyatini
bosqichma-bosqich   mustahkamlash,   u   hududlarda   mustahkam   turar-joylar   qurish
va   o'rmonlarni   kesish   orqali   olib   borish   kerak   deb   tushindi.   Vaziyatdan   to`g`ri
xulosa   chiqargan   M.S.   Vorontsov   Dog'iston   va   Chechenistonga   asta-sekin,   lekin
ishonch   bilan   kirib   borish   strategiyasini   boshladi.   Avvalo,   imomlik   hududini
shimoldan, sharqdan va janubdan istehkomlar zanjiri bilan o‘rab olishni zarur deb
hisobladi.   Bu   harbiy   punktlarning   barchasini   yagona   tizimga   bog‘lovchi   yo‘llarni
yotqizishga   alohida   e’tibor   qaratildi.   Shunday   qilib,   Vorontsov   Shomilni   tog'li
hududlarda to'liq qamal qilish rejasini ishlab chiqdi va uni asta-sekin amalga oshira
boshladi.  
Bu   tizim   asta-sekin   o`z   natijasini   ko`rsata   boshladi.   Bu   harakatlar
Shomilning   “porloq   davri”   nihoyasiga   yetayotganidan   darak   bera   boshladi.
Muridlar   rus   qo'shinlari   bilan   to'qnashuvlarda   endilikda   mag`lubiyatga   uchray
boshladi. Tog'liklarning asosiy ustunligi - kuchli va tezkor hujum susaya boshladi,
bu tog'lilarning ruhiyatiga katta zarba berdi. Shuning uchun, eng tajribali Kavkaz
generallaridan   biri   Kluki   fon   Klugenau   ta'kidlaganidek,   agar   tog'lilarning
harakatlari   darhol   muvaffaqiyat   keltirmasa,   ular   "tushkunlikka   tushib"   uylariga
qaytishni   boshlaydilar.   Bu   butun   muridlik   harakatga   xos   holat   edi.   Rus
qo'mondonligi   muridlarni   foyda   olish   maqsadida   bosqin   qilish   imkoniyatidan
mahrum qilib, bu harakatga juda katta zarar etkazdi.
44 Vorontsovning "yangi tizimi" Shomilni mudofaa choralariga ko'proq e'tibor
berishga  majbur  qildi. Bu  davrdan boshlab Shimoliy Kavkaz Shomil  imomatning
mavjud   chegaralarini   saqlab   qolish   uchun   harakatni   kuchaytirishga   asosiy
e`tiborini   qarata   boshladi.   Bu   borgan   sari   juda   murakkablashib   bordi,   chunki
Vorontsov ruslar egallagan hududida istehkomlar qurar, bu rus qo'shinlari uslubiy
ravishda   oldinga   siljidi   va   yangi   hududlarni   ishg'ol   qilishiga   imkon   yaratardi.
Natijada qarshilik harakatlari asosan tog'larda qoldi. 
Shomil   Vorontsov   tizimini   yuqori   baholadi   va   buni   tan   olishga   majbur
bo`ldi. 1845-yildan boshlab Kavkazdagi urush strategiyasida Rossiya to'g'ri yo'lni
tanlagani   uchun   muvaffaqiyatli   harakat   qila   boshladi.   Vorontsovning   bu   ishlari
tog`liklar qarshiligini kuchsizlantira boshladi. 
Imomiyatning   harbiy-siyosiy   blokadasini   tashkil   etishda   XIX   asrning   40-
yillarning   boshlarida   D.A.   Milyutin   tomonidan   ishlab   chiqilgan   chora-tadbirlar
tizimini   amalga   oshirish   ham   muhim   rol   o'ynadi.   Keyinchalik   u   Kavkaz
korpusining boshlig'i bo'ldi. Ushbu tizimga quyidagilar kiradi:
-tog'liklar   bilan   mahalliy   xususiyatlardan   kelib   chiqqan   holda   tinch-totuv
munosabatlar o'rnatish; 
-qishloqlarni   zabt   etish   uchun   uzoq   tog'larga   qonli   harakatlarni   Malaga
oshirmaslik; 
-saf   oldiga   joylashgan   qo shinlarni   bosqichma-bosqich   to plash,   ko p   sonliʻ ʻ ʻ
kichik   qal alar,   muhim   garnizonlar   bilan   eng   muhim   nuqtalarda   mustahkam	
ʼ
qal alar qurish;	
ʼ
-Kavkaz   qo'shinlarining   yangi   tashkil   etilishi,   uni   ushbu   qo'shinlarni
tayinlash   va   asosiy   mustahkamlangan   punktlar   soniga   ko'ra   tumanlarga   bo'linish
bilan muvofiqlashtirish; 
-yo'llarni yotqizish, asosiy punktlar o'rtasida mustahkamlangan postlar orqali
o'zaro aloqalarni o'rnatish; 
-chegaradagi kazak qo'shinlarining holatini yaxshilash; 
-otliqlar va boshqalar bilan chegarani mustahkamlash.
45 Kavkaz   korpusi   bo'linmalarining   operatsiyalari   va   qurollanishi   taktikasida
ham   sezilarli   o'zgarishlar   yuz   berdi.   Shu   bois   Shomil   ustidan   qozonilgan   so‘nggi
g‘alabasi rus qo‘shinini yangi o‘q otish qurollari bilan qayta qurollantirish bilan bir
vaqtga   to‘g‘ri   kelgani   ahamiyatga   molik.   1857-yildan   boshlab   Rossiya   Kavkazda
yangi   siyosatni   amalga   oshira   boshlagan.   Bundan   tashqari   Kavkazdagi
pozitsiyaning   ruslar   tomoniga   o`tishiga   qo`shin   ichida   qattiq   harbiy   intizomni
o`rnatilganligi,   Rossiya   chegarasii   himoya   qilayotgan   kazak   qo`shinlarini
o`zboshimchaligia   chek   qo`yilib,   ularni   ham   zamonaviy   qurollar   bilan
qurollantirilganligi ham sabab bo`ldi. 55
Harbiy blokadadan tashqari, Kavkaz korpusining barcha bosh qo'mondonlari
(M.S.   Vorontsovdan   A.I.   Baryatinskiygacha)   tog'liklar   o'rtasida   rusparastlik
yo'nalishini rivojlantirishga qaratilgan siyosiy vositalardan keng foydalandilar. Bu
Kavkaz   qo'mondonligining   Shomil   imomatidan   asosiy   strategik   ustunligi   edi.
Bundan   tashqari   Shomilning   ayrim   harakatlari   ham   o`znavbatida   mintaqada   rus
hukumatining   mustahkamlanishiga   sabab   bo`lgan.   Misol   sifatida   1846-yilda
Shomil o`z muridlari bilan Kabardaga shafqatsiz yurishni amalga oshirgan. Uning
maqsadi   Dog'iston   va   Chechenistonning   tog'li   hududlarini   birlashtirish   va   Qora
dengiz   sohiliga   chiqish   edi.   Shomil,   kabardiyaliklar   hech   qanday   majburlashsiz
unga ergashishiga qat'iy ishongandi. Ammo kabardiyalar ruslarga qarshi harakatda
Shomilni   qo'llab-quvvatlashdan   bosh   tortdilar.   O`z   navbatida   Shomil   ham
Osetiyadagi muridlar safiga qo'shilishdan bosh tortgan. Shomil o'z kuchlarining oz
sonini   hisobga   olib,   muntazam   rus   qo'shinlari   bilan   to`qnashmaslik   uchun
Kabardani   tark   etib,   tog'li   Dog'istonga   qaytgan.   Asta-sekin   Shomil   hokimiyati
kuchsizlana   boshladi.   Chunki   shu   vaqtgacha   harakatni   asosiy   oziq-ovqat   bazasi
bo'lgan   Checheniston   aholisi   uni   qo'llab-quvvatlashni   to'xtatdi.   Natijada   harakat
ishtirokchilarining yarim ochlikka duchor bo`ldi. Shomilning imomatiga eng jiddiy
zarba chechen jamoalarining tog'larga ko'chib o'tishni rad etishi bo`ldi. 
55
  Казембек А. К.   Мюридизм и Шамиль   // Избранные произведения / Сост.   А. К. Рзаев; под ред.   З. 
М. Буниятова,   А. К. Рзаева.   —   АН АзССР ; Институт востоков едения.   — Баку: Элм, 1985.   -   C . 134.
46 1859-yil   1-aprelda   general   N.I.   Evdokimov   boshchiligidagi   rus   qo`shinlari
Vedenoni   egalladilar.   26-avgust   kuni   Kavkaz   korpusining   bosh   qo'mondoni
general   A.I.   Baryatinskiy   qo'shinlar   Gunib   qal`asini   egalladi   va   Shomilni   asir
tushirdi.   Uning   asir   tushishi   bilan   Shimoliy   Kavkazdagi   qarshilik   harakatlari
deyarli   bositirildi.   Qo'zg'olonchilarning   so'nggi   markazlari   1864-yilda   Shimoliy-
G'arbiy   Kavkazda   Kbaada   (Krasnaya   Polyana)   qal`asi   egallanishi   bilan   harakat
to`liq bostirilgan. 56
 Shu bilan Rossiya va Kavkaz tog'lari o'rtasidagi uzoq muddatli
qurolli   qarama-qarshilik   Dog'istonda   tugadi.   Kuchlar   muvozanatini   to`g`ri
tushungan   Shomil   bundan   keyin   qarshilik   ko`rsatish   befoydaligini   bilib   ixtiyoriy
ravishda   rus   qo`shinlariga   taslim   bo`lgan.   U   taslim   bo`la   turib   shunday   degandi:
“Men   sizni   Dog'iston   ustidan   hukmronligingiz   bilan   tabriklayman   va   tog'liklarni
ularning   manfaati   uchun   boshqarishda   ma`lum   erkinliklar   berishingizni
so`rayman". 57
 
Rossiyaning   Kavkaz   urushining   asosiy   voqealarini   tahlil   qilishni   yakunlab,
bir qator umumlashtiruvchi xulosalar chiqarish mumkin.
Shimoliy   Kavkazning   to`liq   qo'shilishi   bilan   Rossiyada   hududi   yanada
kengayibi,   uning   janubiy   chegaralarining   harbiy   va   siyosiy   jihatdan   xavfsiz
taminlandi.   Bu   keyinchalik   mintaqa   hududi   va   resurslaridan   Rossiyaning   savdo-
iqtisodiy   manfaatlari   sohasida   foydalanishga   imkon   berdi.   Shunday   qilib,   dastlab
Rossiya rahbariyati tomonidan faqat bufer hudud sifatida ko'rib chiqilgan Shimoliy
Kavkaz   vaqt   o'tishi   bilan   harbiy-strategik   va   iqtisodiy   jihatdan   uning   hayotiy
muhim mintaqalaridan biriga aylandi.
Kavkaz   urushining   eng   muhim   ijtimoiy-siyosiy   oqibatlari   Rossiyaning
mintaqadagi   mavqeyini   mustahkamladi.   Rossiyaning   Shimoliy   Kavkazdagi
siyosatini   amalga   oshirishning   tarixiy   tajribasi   shuni   ko'rsatadiki,   uning
56
  Покровский   Н.   И.   Кавказские   войны   и   имамат   Шамиля   /   Предисл.   Н.   Н.   Покровского ,   введ.   и
прим.   В. Г. Гаджиева .   —   М.:   РОССПЭН , 2000.   –C.310.
57
  Покровский   Н.   И.   Кавказские   войны   и   имамат   Шамиля   /   Предисл.   Н.   Н.   Покровского ,   введ.   и
прим.   В. Г. Гаджиева .   —   М.:   РОССПЭН , 2000.   –C.321.
47 mintaqadagi   mavqeini   mustahkamlashga   Shimoliy   Kavkaz   aholisining
rossiyaparast pozitsiyasi tufayli erishildi. 
Rossiya   qo'shinlarining   Kavkazdagi   jangovar   faoliyati   tajribasidan   olingan
saboqlar   va   xulosalarni   baholashga   kelsak,   yuqorida   aytilganlarga   qo'shimcha
ravishda,  shuni  ta'kidlash kerakki, Kavkaz urushidagi  harbiy g'alaba faqat  oldingi
urush   tajribasidan   foydalangan   holda   qo'lga   kiritilgan.   Shundan   kelib   chiqqan
holda,   Kavkaz   korpusi   qo'mondonligi   muridlarning   qurolli   tuzilmalariga   qarshi
kurashning   samarali   strategiyasini   ishlab   chiqdi.   Unda   asosiy   e`tibor   tog'dagi
harbiy harakatlar takomillashtirish va qo'zg'olonchilarning taktikasini to'liq hisobga
olgan holda harakat qilishga qaratilgan edi.
III . Bob .  XX - XXI   asr   boshlarida   Kavkazdagi   vaziyat
3.1. Kavkaz SSSR tarkibida
1917-yil   9-martda   Muvaqqat   hukumat   qarori   bilan   Kavkaz   gubernatorligi
tugatildi   va   uning   o rniga   viloyatni   boshqarish   uchun   Muvaqqat   hukumatningʻ
maxsus   Zakavkaz   qo mitasi   (OZAKOM)   tuzildi	
ʻ 58
.   Uning   tarkibiga   Davlat
Dumasining   besh   nafar   a zosi   kirdi.   Bu   qo mita   o z   faoliyatida   asosan   eski   chor	
ʼ ʻ ʻ
qonunlariga   amal   qilgan.  Shunday  qilib,  OZAKOM   qattiq  jazo  tahdidi   ostida  yer
egalarining   yerlarini   dehqonlar   tomonidan   tortib   olinishi   va   har   xil   siyosiy
harakatlarni taqiqladi. 
58
  В. А.  Рунов,  А. С.  Куликов .  «Все Кавказские войны России » .  М;.2013.   -С . 191.
48 Biroq Kavkazortida Muvaqqat hukumati ancha kuchsiz edi. So'l sotsialistlar
va   millatchilar   hamma   joyda   o'zlarining   parallel   hokimiyatlarini   tuzdilar.   Fevral
inqilobi   g'alabasidan   keyingi   dastlabki   kunlarda   Kavkazortining   ko'plab   sanoat
markazlari   -   Boku,   Tiflis,   Kutaisi,   shuningdek,   Aleksandropol,   Kafan,   Yerevan,
Kareyda   ishchi,   soldat   va   dehqon   deputatlari   Sovetlari   tuzildi.   Bu   sovetlarda
mensheviklar,   sotsialistik-inqilobiy   va   dashnoq   partiyalari   ko pchilikni   tashkilʻ
qildi.
1917-yil   15-apreldan   20-aprelgacha   Umumkavkaz   musulmonlari   qurultoyi
bo`ldi.   Qurultoy   Muvaqqat   hukumatdan   Ozarbayjonga   “milliy-hududiy
muxtoriyat”   berishni   talab   qildi.   Xuddi   shunday   talablar   Tiflis   va   Yerevanda
tuzilgan “milliy kengashlar” tomonidan ham ilgari surildi. 
Bu   yerda   ikkita   asosiy   fikr   olg`a   surildi.   Birinchidan,   xalqlar   "muxtoriyat"
deyishgani   bilan   amalda   ular   "Rossiyadan   to'liq   ajralib   chiqish"ni   xohlar   edi.
Ikkinchidan, ozarbayjon, gruzin va arman xalqlari yashab kelayotgan   hududlarini
o‘zlariniki   deb   hisoblashib,   bu   hududdagi   boshqa   mayda   etnik   guruhlarni
manfaatlarini inobatga olmadi.  
1917-yil   7-noyabrda   (25   oktyabr)   bolsheviklar   Muvaqqat   hukumat
hokimiyatini ag'darishdi. Kavkaz xalqi bu voqeani juda yaxshi kutib olishdi. 
1917-yil  15-noyabrda Bokuda sovetlar  shahar hokimiyatini  o z qo liga oldi	
ʻ ʻ
va   Kavkazortida   birinchi   Sovet   respublikasini   tuzdi.   1918-yil   25-aprelda
Ozarbayjon  soveti S.G. Shaumyan boshchiligida “proletariat diktaturasi organi” –
Xalq Komissarlari Sovetini (XNK) tuzdi. 59
 
1917-yil   28-noyabrda   Tiflisda   mensheviklar,   sotsialistik-inqilobchilar,
dashnoqlar   va   musavatlar   tomonidan   Kavkazorti   komissarligi   tuzildi.   Aslida,   bu
Kavkazorti   (Ozarbayjon,   Armaniston   va   Gruziya)   millatchi   hukumati   edi.
Kavkazorti   komissarligi   Kavkaz   armiyasining   bolshevikparast   bo'linmalarini
qurolsizlantirishga kirishdi. 
59
  В. А.  Рунов,  А. С.  Куликов .  «Все Кавказские войны России » .  М;.2013.   -С . 193.
49 Biroq,   abxazlar   va   osetinlar   Kavkazorti   federatsiyasida   "ikkinchi   darajali
xalqlar"   bo'lishni   xohlamadilar.   1917-yil   8-noyabrda   Suxumdagi   qurultoyda
Abxaziya   Xalq   Kengashi   tuzilganligi   elon   qilindi.     U   Konstitutsiya   va   mustaqil
abxaz   xalqining   deklaratsiyasini   qabul   qildi.   Bir   necha   kundan   keyin   Janubiy
Osetiyadagi   Korsha   qishlog'ida   ishchilar,   dehqonlar   va   askarlar   deputatlari
kengashi tuzildi. Unga ko`ra Osetiyani qayta birlashtirish masalasi qo`yildi.  
1917-yil     18-dekabrda   Onado‘lining   Erzinjon   shahrida   ruslar   va   turklar
o‘rtasida   sulh   tuzildi.   Ayni   paytda   turk   qo‘mondonligi   kurdlarga   kelishuvni
bajartirish     majburiyatini   oldi.   Kurdlar   tomonidan   dushmanlik   harakatlari   sodir
bo'lgan   taqdirda,   rus   qo'shinlari   ularga   qaroqchilar   kabi   munosabatda   bo'lishga
huquqiga ega bo`ldi. 
1918   yil   11   yanvarida   Sovet   Rossiyasi   Xalq   Komissarlari   Kengashi,   o'z
navbatida,   Lenin   tomonidan   imzolangan   G'arbiy   Armanistonning   avtonomiya
huquqini e'lon qilgan "Turkiya Armanistoni to'g'risidagi dekret" ni e'lon qildi.  
1918-yil   3-martda   Sovet   Rossiyasi   Germaniya   bilan   Brest-Litovsk
shartnomasini   tuzishga   majbur   bo'ldi.   Tinchlik   shartnomasining   4-moddasida
shunday   deyilgan:   “Rossiya   Anado‘lining   g‘arbiy   viloyatlaridan   qo‘shinlarini
tezroq olib chiqib ketish va   bu hududlarni Turkiyaga qaytishini ta’minlash uchun
qo‘lidan kelgan barcha ishni  qilishi lozim edi. Bundan tashqari Ardagan, Kars va
Batumi   darhol   rus   qo shinlaridan   ozod   qilinishi   kerak   edi.   Bu   shartnomadaʻ
Armaniston tilga olinmagan edi.  
Kavkazorti Seymi Brest shartnomasini  tan olmadi. Tezda Petrogradga Xalq
Komissarlari Kengashiga telegramma yuborib, unda “Brest-Litovsk shartnomasini
tan olmasligini ta’kidladi.   Turkiya   hukumati Brest shartnomasining moddalariga
asoslanib, Kavkazorti seymiga Kars, Batumi va Ardaganni zudlik bilan qaytarishni
talab   qildi.     Ana   shunday   sharoitda   1918-yil   14-martda   Trabzonda   Turkiya   va
Kavkazorti davlatlari o rtasida konferensiyasi bo`lib o`tdi. 
ʻ
1918-yil   fevral   oyida   Kavkazorti   Seymi   gruzin,   arman,   musulmon   va   rus
korpuslarini,   shuningdek,   yunon   diviziyasini   tuzishga   qaror   qildi.   Lekin   bu   qaror
50 faqat  qog`ozda  qoldi.  O`z navbatida  Kavkaz  xalqlarining birlashmasligi  turklarga
qarshi kurashish imkonini bermadi. 
Kuchlar   teng   bo lmaganligi   sababli   30-yanvarda   turklar   Erzinjonni,   4-ʻ
fevralda   Bayburtni,   8-fevralda   Memahatunni,   29-fevralda   Erzurumni,   mart   oyida
esa   Birinchi   jahon   urushida   ruslar   tomonidan   bosib   olingan   butun   turk   hududini
bosib oldilar. 
Zakavkaz   hukumati   raisi   A.   Chxenkeli   general   Nazarbekovga   chekinishni
buyurdi. Buning natijsida 15 aprelda turk qo'shinlari Batumini jangsiz, 25 aprelda
esa Karsni egallab oldilar. Arman qo'shinlari Yaqin Sharqdagi eng qudratli qal'ani
kamida   bir   necha   oy   ushlab   turishi   mumkin   edi.   Ammo   Chxenkelining   buyrug‘i
tufayli ular Karsni tark etishdi. Turklar 600 ga yaqin xizmatga yaroqli rus qurollari,
o'n   minglab   miltiqlar,   o'nlab   mashinalar,   o'q-dorilar   va   kiyim-kechaklarga   to'la
omborlarga   ega   bo'lishdi.   Karsda   turklar   tinch   aholi   o rtasida   ommaviy	
ʻ
talonchiliklar uyushtirdilar va armanlarni qirg in qildilar. 	
ʻ
1918-yil 26-mayda Zakavkaz Federal Respublikasi e'lon qilgandi.  Shu kuni
Gruziya   milliy   Assambleyasi   mustaqil   Gruziya   mustaqilligini     e’lon   qildi.   Ikki
kundan   keyin   birin   ketin   Armaniston   va   Ozarboyjon   respubliklari   ham   o`zlarini
mustaqil   respublika   deb   e`lon   qilishgan.     Mana   shunday   vaziyatda   bu   yosh
respubliklarning   kuchsizligidan   foydalangan   Turkiya   ularga   qarshi   harbiy
harakatlarni   boshladi.   Qisqa   vaqt   ichida   turk   qo`shinlari   Armaniston   va
Ozarboyjon   hududlarini   katta   qismini   egalladi.   Natijada   Armanistonning
mustaqilligi   tugatildi,   Ozarboyjon   bo`lsa   Turkiyaga   qaram   davlatga   aylandi.
Gruziya   bo`lsa   Germaniyadan   yordam   so`rab   Turkiya   bosqinidan   qutilib   qoldi.
1918-yil 28-mayda Germaniya va Gruziya o`rtasida shartnomoma imzolandi 60
. Bu
shartnomaga   ko`ra   Guziya   tomoni   Brest   shartnomasi   bo`yicha   o`rnatilgan
chegaralarni tan oldi. Germaniya bo`lsa Gruziya bilan shartnomadan Kavkazda o`z
tayanch   nuqtasiga   ega   bo`lish   yo`lida   foydalandi.   Germaniyaning   kelajakdagi
maqsadlari   Ozarboyjon   neft   konlariga   egalik   qilish   bo`lgan.   Bundan   tashqari
60
  В. А.  Рунов,  А. С.  Куликов .  «Все Кавказские войны России » .  М;.2013.   -С . 196.
51 Gruziya   Germaniya   uchun   xom-ashyo   yetkazib   beruvchi   mintaqa   vazifasini   ham
o`tashi   kerak   bo`lgan.   Gruziyaning   Germaniya   bilan   yaqinlashuvi   1918-yil   4-
iyunda Turkiya bilan shartnoma imzolanishiga olib keldi. Gruziyaning Germaniya
tarafiga o`tishi 1918-yil 27-avgustda Rossiya tomonidan ham tan olinishiga sabab
bo`ldi.   Natijada   Kavkaz   hududining   katta   qismi   Rossiya   ta`siri   ostidan   chiqib
ketdi. 
Birinchi   jahon   urushida   tugagandan   so`nga   to'rtlik   ittifoqi   qo'shinlari
Kavkazni   tark   etishdi   va   ularning   o'rnini   inglizlar   egalladi.   General   Denikin
Rossiya   imperiyasini   tiklash   istagidan   farqli   o'laroq,   Kavkaz   davlatlarining
mustaqilligini   tan   olishga   majbur   bo'ldi.   Bu   vaqtda   ,   Sochi   tumanida   oq
gvardiyachilar   va   Gruziya   o'rtasida   doimiy   to'qnashuvlar   bo'lib   turdi,   bu   yerdan
1919-yil bahoriga kelib Denikin qo`shinlari nihoyat gruzinlarni   siqib chiqarishga
muvaffaq bo'lishdi. 
Kavkaz   hududidagi   harbiy   harakatlar   natijasida   oq   gavardiya   qo`shinlari
birin-ketin   mag`lubiyatga   uchray   boshladi.   Kavkaz   hududi   fuqarolar   urushi   bilan
birgalikda   chet   el   intervensiyasini     ham   o`z   boshidan   o`tkazdi.   1917-yildagi
Fransiya   va   Angliya   kelishuviga   ko`ra   mintaqa   inglizlar   ta`siridagi   hudud   deb
belgilandi. 
Britaniyaning   Kavkazga   aralashuvi   birinchi   jahon   urushi   tugashidan   oldin
boshlangan   edi.   1918  yil   7-17-avgust   kunlari   Sotsialistik   inqilobchilar   tomonidan
nazorat qilinadigan Kavkaz islom armiyasining Bokuga hujumini qayatarish niqobi
ostida   general   Lionel   Denstervil   boshchiligidagi   ingliz   otryadi   Bokuga   yuborildi.
14-sentabrda   esa   inglizlar   kutulmaganda   Bokudan     chiqib   ketdi.   Bunga   sabab
Bokudagi o`gir vaziyat  bo`lgan. 
Ingilizlar   chiqib   ketganidan   keyin   Kavkaz   xalqlari   o`z   holicha   rivojlanishi
mumkindek   tuyilgan   edi.   Lekin   bolsheviklar   rahbari   Lenin   Kavkaz   hududini   har
qanaqasiga   bo`lsa   ham   Rossiya   ta`sirida   bo`lishi   kerak   deb   hisoblar   edi.   Shu
sababdan Lenin dastlab Bokuda o`rnatilgan hukumatni mahalliy bolsheviklar qo`li
bilan   ag`darib   tashladi.   Kavkazning   boshqa   davlatlarida   ham   vaziyat   shunday
52 bo`ldi.   Bundan   tashqari   Ozarboyjon   va   Armaniston   o`rtasidagi   ziddiyat   ham
Moskvaga   juda   qo`l   keldi.   1921-yildan   boshlab   Kavkazning   bu   uchta   davlatida
asta-sekin hokimiyat bolsheviklar qo`liga o`ta boshladi. 
1920-yilda   sovet   qo`shinlari   Armanistonda   ham   o`z   hokimiyatini   qaror
toptirish   harakatlarini   kuchaytirib   yubordi.   Moskva   mahalliy   armanlarni
huquqlarini   himoya   qilish   bahonasida   Turkiya   oldiga   asosiy   aholisi   armanlardan
iborat   bo`lgan   bir   qancha   hududlarni   qaytarib   berishni   talab   qilib   chiqa   boshladi.
Sovet   Rossiyasining   talabini   qondirgan   holda   Turkiya   1918-yilda   egallangan
Armaniston   hududlarini   qaytardi.   Buning   ntijasida   Armanistonda   Sovet
Rossiyasining ta`siri orta boshldi. 
Sovet   Rossiyasi   Gruziyaga   ham   asta-sekin   kirib   borishga   harakat   qildi.   Bu
yo`lda   Lenin   hech   narsadan   qaytmasligini   ochiq   bayon   qilar   edi.   Bu   harakatlar
samarasi   o`laroq   1921-yil   25-fevralda   Tiflisda   Gruziya   Sovet   Respublikasi   e`lon
qilindi. 
Tez   orada   Ozarboyjon   va   Armaniston   ham   respulika   deya   e`lon   qilindi.
Mana   shunday   vaziyatda   ShimoliyKavkazning   bir   qancha   xalqlari   ham   o`z
davlatlarini   tashkil   qilish   harakatlarini   boshlab   yubordi.   Vaziyat   asta-sekin
chigallashib  bora  boshladi.   Buning  natijasida   Kavkazda  bir   necha  marotaba  etnik
janjalllar   ham   sodir   bo`ldi.   Vaziyatni     qo’lga   olish   maqsadida   Lenin   va   uning
atrofidagi   shaxslar   yangi   choralar   izlay   boshladi.   Nihoyat   Lenin   Kavkazdagi
mavjud   davlatlarni   bitta   respublikaga   birlashtirish   g`oyasini   ma’qulladi.   Bu   bilan
nafaqat   o`zaro   janjallarni   oldini   olish   balki   shu   bilan   birgalikda   mintaqani
boshqarishda ham bir yengiliklarga ega bo`lar edi. 
1921-yil   16-dekabrda   Abxaziya   SSR   va   Gruziya   SSR   xalqaro   huquq
subyektlari sifatida Ittifoq shartnomasini imzoladilar, unga ko'ra Abxaziya federal
shartnoma asosida Gruziya Respublikasi  bilan birlashtirildi. 1922-yil 13-dekabrda
u orqali Abxaziya Kavkazorti Federatsiyasi tarkibiga kirdi. 61
61
  В. А.  Рунов,  А. С.  Куликов .  «Все Кавказские войны России » .  М;.2013.   -С . 218.
53 1922-yil   12-martda   Tiflisda   Ozarbayjon   SSR   Markaziy   Ijroiya   Qo'mitasi,
Armaniston   SSR   Markaziy   Ijroiya   Qo'mitasi   va   Gruziya   SSR   Markaziy   Ijroiya
Qo'mitasi   vakillarining   konferensiyasi   Federativ   ittifoq   tuzish   to'g'risidagi
shartnomani   tasdiqladi.   Natijada   Kavkazorti   Sotsialistik   Sovet   Respublikalari
(FSSRZ) tuzildi. 
1922-yil 13-dekabrda bo‘lib o‘tgan 1-Kavkazorti Sovetlari qurultoyi (Boku)
FSSSRZni uning tarkibiga kiruvchi respublikalarning mustaqilligini saqlab qolgan
holda   Kavkazorti   Sotsialistik   Federativ   Sovet   Respublikasiga   aylantirdi.   Syezd
ZSFSR   Konstitutsiyasini   tasdiqladi.   I.   D.   Oraxelashvili   boshchiligidagi   ZSFSR
Xalq Komissarlari Sovetini tuzdi.
1922   yil   30-dekabrda   ZSFSR   RSFSR,   Ukraina   SSR   va   BSSR   bilan
birlashib, SSSR ittifoqini tashkil qildi. 
1931-yilda Ittifoq shartnomasiga binoan Abxaziya olgan maqomini yo'qotib,
avtonom respublika (Abxaz ASSR) sifatida Gruziya SSR tarkibiga kirdi.
1936-yilgi   SSSR   konstitutsiyasiga   binoan   OSFSR   tugatildi.     Ozarbayjon,
Armaniston va Gruziya SSR mustaqil ittifoq respublikalari sifatida bevosita SSSR
tarkibiga kirganligi tasdiqlandi. 
Kavkazda   bu   respublikalardan   tashqari   yana   bir   qancha   ma`muriy   birliklar
tuzilgan   edi.   Misol   sifatida   1921-yilda   Kabardiya   Avtonom   viloyati,   Avtonom
Dog iston   Sovet   Sotsialistik   Respublikasi   tuzilgan   bo`lsa,   1922-yil   Adigeyʻ
avtonom viloyati va 1928-yilda  Cherkes avtonom viloyatlari tuzildi.  62
1920-1930-yillarda   Shimoliy   Kavkaz   va   Kavkazortini   sovetlashtirish
jarayoni   davom   etdi.   Bu   nafaqat   hokimiyat   institutlarini   yaratish   va
mustahkamlash, balki turli sohalarda: mafkura, ta'lim, madaniyat, sog'liqni saqlash
sohalarida     ham   bu   siyosatni   amalga   oshirishdan   iborat   edi.   Bundan   tashqari,
TSFSRning   avtonom   huquqlarini   bosqichma-bosqich   tugatish   davom   etdi.   Xuddi
Rossiyada bo'lgani  kabi, shahar va qishloqlarning nomlarini o'zgartirish amaliyoti
keng   tarqaldi.   Xonkendi   1923-yilda   Stepanakert,   Gyumri   -   Leninakan   (1924),
62
  В. А.  Рунов,  А. С.  Куликов .  «Все Кавказские войны России » .  М;.2013.   -С . 221.
54 Jalol-O'g'li - Stepanavan (1924), Yelizavetpol - Kirovobod (1933), Senaki - Mixa
Tsxakaya   (1933)   nomini   oldi.   1930-yillarning   o'rtalariga   kelib   SSSRning   ittifoq
respublikalarida   1920-1930   yillarda   mavjud   bo'lgan   barcha   mukofotlash   tizimlari
bekor qilindi. Shimoliy Kavkaz va Zakavkazni sovetlashtirish jarayoni davom etdi.
Shimoliy   Kavkaz   va   Kavkazortining   yakuniy   ma'muriy   tuzilishi   1930-
yillarning   o'rtalarida   sodir   bo'ldi.   1936-yil   noyabrda   ZSFSRning   tugatilishi
natijasida   Gruziya,   Armaniston   va   Ozarbayjon   SSRlari   ittifoq   respublikalari
maqomini   oldilar.   1934-yilda   Chechen   avtonom   okrugi   va   Ingush   muxtor   okrugi
tuzilib,   1936-yil   dekabrda   Chechen-Ingush   ASSR   ga   birlashtirildi.   Shimoliy
Osetiya   Avtonom   viloyati   esa   Shimoliy   Osetiya   Avtonom   Sovet   Sotsialistik
Respublikasiga   aylantirildi.   Yuqoridagi   chora-tadbirlar     ham   mintaqadagi   siyosiy
barqarorlikni taminlay olmadi. 
20-yillarda   Shimoliy   Kavkazda   olib   borilgan   faol   harbiy,   siyosiy,   iqtisodiy
va   madaniy   targ ibot   tadbirlariga   qaramay,   Checheniston   va   Ingushetiyaning   birʻ
qator   viloyatlarida   xalq   qarshiligini   butunlay   yo q   qilishning   imkoni   bo lmadi.	
ʻ ʻ
Hukumatning   rejasiga   ko'ra,   yuqoridagi   choralar   mahalliy   aholining   isyonchi
guruhlarni   qo'llab-quvvatlashdan   bosh   tortishiga   olib   kelishi   kerak   edi.   Biroq,
oddiy   tog'liklar   ongida   ko'plab   qo'zg'olonchilar   deyarli   milliy   qahramonlardek
tuyulardi,   chunki   ularning   harakatlari   birinchi   navbatda   hukumat   qo'shinlari   va
davlat hokimiyati organlariga qarshi qaratilgan edi. 
1923-1925   yillarda   Sovet   rahbariyati   OGPU   yordamida   bir   vaqtning   o'zida
mintaqaning   barcha   aholisidan   qurol-yarog'larni   tortib   olish   bilan   qarshilik
harakatlarini   yo'q   qilishga   ,   bir   necha   bor   urinib   ko'rdi.   1923   yil   dekabrda   Qizil
Armiyaning   9-o qchilar   korpusi   Achxoy   -   Katur-Yurt,   Shalaji   –   Gexi,   Valerik,	
ʻ
Shami-Yurt   viloyati   aholisini   qurolsizlantirdi;   keyinchalik   bu   harakatlar   Chechen
viloyatida   -   Belgatoy   -   Tsetsen-Yurt   –   Achxoyda   ham   amalag   oshirildi.   Buning
natijasida 3000 ga yaqin miltiq musodara qilindi. 
1924 yil bahor-kuz oylarida Sovet qo'shinlari va GPU bo'linmalari markaziy
hokimiyatlarning mahalliy Sovetlarga saylovlarda o'z vakillarini majburlash istagi
55 tufayli   yuzaga   kelgan   chechenlar   va   ingushlarning   ommaviy   namoyishlarini
bostirishni   amalga   oshirdilar.   Bunga   javoban   tog‘liklar   o‘zlarining   norasmiy
rahbarlari   hisoblangan   mullalar   chaqirig‘i   bilan   saylovni   boykot   qilib,   ba’zi
joylardagi   saylov   uchastkalarini   qurol   yordamida   buzib   tashladilar.   Sovet
hokimiyatini   qo'llab-quvvatlagan   GPU   va   tog`lik   harbiy   bo'linmalarining
harakatlari   ham   vaziyatni   yaxshilay     olmadi.   Bu   holat   Checheniston   va
Ingushetiyada ham  antisovet kayfiyatining kuchayishiga olib keldi. 63
 
1925-yil avgust-sentyabr oylarida Shimoliy Kavkaz harbiy okrugi va OGPU
qo'shinlari   Chechenistonda   aholini   qurolsizlantirish   va   bandit   tuzilmalarini   yo'q
qilish bo'yicha keng ko'lamli operatsiyalari   natijasida jinoiy guruhning 441 nafar
a zosi, jumladan N.Gotsinskiy ham hibsga olindi. ʼ
Shimoliy   Kavkazda   Sovet   Ittifoqiga   qarshi   kurashning   yangi   davri   1929-
1930-yillarda amalga oshirildi.   Aholining bu safargi norozilik   harakatiga   sabab
tog'liklar   uchun   mutlaqo   nomaqbul   bo'lgan   uzluksiz   kollektivlashtirish   siyosatini
boshlanishi sabab bo`lgan.  Sovetlarga qarshi harakat Qorachay, Cherkes, Kabarda,
Ingushetiya, Bolkariya va Chechenistonni qamrab oldi.
Shimoliy   Kavkaz   mintaqalaridagi   qo'zg'olonchilarning   faoliyati   turlicha
ko`rinishda   bo`ldi.   Balkariyaning   Chegem   va   Elbrus   mintaqalarida   sovetlarga
qarshi   namoyishlar   terror   va   sabotaj   ruhida   bo`lgan   bo`lsa,   Chechenistonda   esa
keng miqyosidagi harbiy harakatlar ko`rinishida yuz berdi. Sovet Ittifoqiga qarshi
chiqishlarning   g'oyaviy   shiori   an'anaviy   g'azovot   chaqiruvlar   bo`ldi.
Qo'zg'olonchilarning faol qarshilik ko'rsatishiga aholining faol qo'llab-quvvatlashi
ham sabab bo`ldi. 1930-yil mart oyida Shimoliy Kavkaz hududida qo'zg'olonlarni
bostirish uchun harbiy operatsiya o'tkazildi. 
1932-yil   mart   oyida   Chechenistonning   Nojay-Yurt   hududida   yangi   yirik
qo'zg'olon yuz berdi. Qo'zg'olonchilar harbiy garnizonlarni to'sib qo'yishga harakat
63
  Безугольный, А. Ю.   Народы Кавказа и Красная Армия. 1918—1945 годы / А. Ю. Безугольный. —
М., 2007. –С.34.
56 qilishdi.  Ammo   qo`zg`olonchilar   28-29  mart   kunlari     Qizil   Armiya   bilan  bo`lgan
jangda mag`lubiyatga uchradi. 
Chechen-Ingush   Avtonom   Sovet   Sotsialistik   Respublikasida   ichki   siyosiy
vaziyatning   navbatdagi   keskinlashuvi   1937-yilda   sodir   bo'ldi.   NKVD   ning
isyonchilar tuzilmalariga qarshi kurash natijalari to'g'risidagi ma'lumotlariga ko'ra,
1937-yil oktyabridan 1939-yil fevraligacha bo'lgan davrda respublika hududida 80
ta   terrorchilik   guruhi   faoliyat   yuritgan.   Umuman   olganda,   Shimoliy   Kavkazda
Sovet   hokimiyati   o'rnatilgandan   1941-yilgacha   faqat   Chechen-Ingushetiya
hududining   o’zida   500   dan   5   minggacha   jangari   ishtirok   etgan   12   ta   qurolli
qo'zg'olon bo'lib o'tdi. 64
 
Shuni   hisobga   olish   kerakki,   yuqorida   aytib   o'tilgan   Shimoliy   Kavkaz
subyektlaridan   farqli   o'laroq,   Abxaziya   hududida   Sovet   Ittifoqiga   qarshi   qurolli
qo'zg'olonlar   bo'lmagan.   KPSS   (b)   Abxaziya   viloyat   qo'mitasining   raisi   N.A.
Lakoba   majburan   kollektivlashtirishga   ruxsat   bermadi.   Kolxozlarni   tuzish
muddatlarini   sezilarli   darajada   uzaytirdi.   SSSRning   boshqa   mintaqalaridan   farqli
o'laroq, Abxaziyada bu jarayon 30-yillarning ikkinchi yarmida tugadi.
Kollektivlashtirish   jarayoni   Kavkazning   barcha   hududlarida   salbiy   qabul
qilindi.   1925-yil   iyun   oyida   Kompartiya   (b)   Kavkazorti   viloyat   qo'mitasining
navbatdan  tashqari  yig'ilishi  mintaqada     ommaviy  kollektivlashtirish  uchun qulay
sharoitlar   mavjud   emas   degan   xulosaga   keldi.   Bunga   sabab   sifatida   ekin
maydonlarining yetishmasligi, texnik jihozlarning pastligi, etnik nizolar va ijtimoiy
tabaqalanishning   kuchliligi   ko`rsatildi.   Viloyat   yig‘ilishida   yer   kodeksiga   qat’iy
rioya   qilgan   holda,   yerdan   foydalanish   shakllarini   erkin   tanlash   huquqini
ta’minlangan   holda   qishloq   xo‘jaligini   qayta   tashkil   etish   dasturi   belgilandi.
Ma'muriyat   qattiq   qoralandi.   Shunga   qaramay,   kolxozlashtirish   Kavkazni   chetlab
o`tmadi. Kollektivlashtirish natijasida  o‘n minglab dehqon oilalari Armaniston va
Ozarbayjondan noqonuniy ravishda Eronga ko‘chib o‘tdi. 
64
  Безугольный, А. Ю.   Народы Кавказа и Красная Армия. 1918—1945 годы / А. Ю. Безугольный. —
М., 2007. –С.56.
57 Kollektivlashtirish   siyosati   natijasida   Kavkaz   hududida   qo`zg`olonlar   avj
oldi.   Ozarbayjonda   sovetlarga   qarshi   otryadlar   Nuxa,   Zakatila,   Belokani,   Kaxida
ma muriy   markazlarini   egallash   maqsadida   hujumlar   uyushtirildi.   Armaniston   vaʼ
Naxichevanda yirik jinoiy guruhlar faoliyat yuritdi. Biroq, Kavkazdagi  qo'zg'olon
Shimoliy   Kavkazdagidek   kuchli   bo`lmadi.   Qizil   Armiya   va   NKVD   qo'shinlari
tomonidan qo'zg'olonlar  tezda bostirildi. 
1930-yillarda   repressiyalar   Shimoliy   Kavkaz   va   Kavkazortining   siyosiy
rahbariyatiga   zarba   berdi.   Ularning   asosiy   tashkilotchisi   L.P.   Beriya   bo`lib,   u
1931-yilda   Gruziya   Kommunistik   partiyasi   (b)   Markaziy   Qo'mitasining   birinchi
kotibi va Bolsheviklar Butunittifoq Kommunistik partiyasi (b) Kavkazorti viloyati
qo'mitasining   kotibi   lavozimlarida   ishlagan.     1932   -yilda   KPSS   (b)   Kavkazorti
viloyat   qo'mitasi   va   Gruziya   KP   (b)   Markaziy   Qo'mitasining   birinchi   kotibi
vazifasida ishlagan. 
1936 yilda tarixni soxtalashtirishda ayblanib, eski bolsheviklar F.Maxaradze
va   A.Yenukidze   qatag‘on   qilindi.   Shu   bilan   birga,   Kompartiya   (b)   Kavkazorti
viloyat   qo‘mitasining   birinchi   kotibi   M.Oraxelashvili,   Kavkazorti   viloyati
qo‘mitasining ikkinchi kotibi A.Nazaretyan otib o‘ldirilgan. 
1937-yilda   Gruziya   Kompartiyasi   (b)   MK   sobiq   kotiblari   Kaxiani,
Kartvelishvili,   Gogoberidze,   Mamuliya,   Gruziya   SSR   Xalq   Komissarlari   Soveti
raisi Mgaloblishvili, Xalq Komissarlari Sovetining sobiq raisi Yeliava, Kompartiya
(b)   Kavkazorti   viloyati   qo‘mitasining   tashviqot   bo‘limi   mudiri   E.Bedia   otib
o‘ldirilgan. Hibsga olinib, Moskvaga yuborilgan va Armanistonning birinchi kotibi
A.   Kostanyan     ham   o'ldirilgan.   1938-yilda   ZSFSR   Xalq   Komissarlari   Sovetining
raisi R.M. Musabekov, Ozarbayjonning taniqli partiya va davlat arbobi, publitsist,
olim R.A. Oxundovlar "deviatsiya" ayblovi bilan yo'q qilindi. Gruziya Komsomoli
Markaziy Qo'mitasining sobiq kotibi Aslamazov o'z joniga qasd qildi. 
1935-1937-yillardagi   repressiyalar   natijasida     ZSFSR   ma'muriyatining
tarkibi   ikki   marta   o'zgartirildi.   Birgina   Armanistondagi   repressiyalar   natijasida,
1938-yilga kelib, respublika  KP (b)  MK a zolari  va nomzodlarining 55 nafaridan	
ʼ
58 15   nafari   qolgan.     Dog'iston,   Adjariya   va   Abxaziya   ma'muriyatlari   deyarli
yangilandi.   1930-yillarning   o'rtalarida   Kavkazning   taniqli   siyosiy   arboblari
qatog`on   qilindi.   Ular   orasida   G.K.   Orjonikidze,   B.E.   Kalmykov,   S.I.   Ter-
Kasparyants   (Kasyan),   S.M.   TerGabrielyan,   N.F.   Gikalo,   D.   Korkmasov,   M.V.
Nazaretyan,   A.A.   Bekzadyan,   K.G.   Mamedbekov,   D.N.   Togoev,   Ya.V.   Poluyan,
G.G. Sultonov, I.V. Tsivtsivadze, E.A. Eshba, Sh.Z. Eliava va boshqalarni ko`rish
mumkin edi. 65
 
1937-yil   iyul-avgust   oylarida   Chechen-Ingush   Avtonom   Sovet   Sotsialistik
Respublikasi   hududida   NKVD   antisovet   unsurlarini   qo'lga   olish   bo'yicha   keng
ko'lamli operatsiya o'tkazdi. Bu harakatlar natijasida hokimiyatga dushman bo'lgan
14 ming kishi hibsga olingan. 
1920-1930 yillarda Kavkaz va Kavkazortida sodir bo'lgan fojiali voqealarni
tahlil qilar ekanmiz, ko'rib chiqilayotgan davrda xuddi shunday voqealar SSSRning
barcha   subyektlarida   sodir   bo'lganligini   hisobga   olish   kerak.   Bu   harakatlar
mahalliy aholiga juda katta zarar keltirgan. 
Sovet   davlati   hayotida   Kavkazning   ahamiyati   juda   katta   bo`lgan.   Mineral
resurslarning   ko`pligi   va   yerlarning   unumdorligi   Kavkazni   sanoat   va   harbiy-
strategik   xom   ashyoning   bitmas-tuganmas   manbasiga   mintaqaning   SSSR
tarkibidagi  muhim oziq-ovqat bazasiga aylantirdi.  
Urushdan   oldingi   besh   yillik   rejalar   yillarida   Kavkazorti   respublikalari
sanoati sezilarli darajada o'sdi. Kavkaz hududida og'ir va yengil sanoatning yuzlab
yangi   korxonalari   qurildi.   Kavkazning   eng   muhim   strategik   mahsuloti   bo'lgan
neftni   qazib   olish   va   qayta   ishlashni   kengaytirishga   katta   e'tibor   qaratildi.   Faqat
Boku   viloyatida   1934   yildan   1940   yilgacha   bo'lgan   davrda   235   ta   yangi   quduq
burg'ulash   boshlandi.   Hammasi   bo'lib  1940-yilga   kelib  Kavkaz   hududida   1726  ta
yangi   quduq   ishga   tushirildi.   Bu   Sovet   Ittifoqida   o'sha   paytda   ishga   tushirilgan
barcha   quduqlarning   qariyb   73,5   foizini   tashkil   etdi.   Ozarbayjon   gaz   sanoati
65
  Безугольный, А. Ю.   Народы Кавказа и Красная Армия. 1918—1945 годы / А. Ю. Безугольный. —
М., 2007. –С.112.
59 Kavkazning   boshqa   mintaqalari   bilan   birgalikda   1940-yilda   mamlakat   xalq
xo‘jaligi va aholisini 2,5 milliard kub metrga yaqin tabiiy gaz bilan ta’minladi. Bu
butunittifoq gaz ishlab chiqarishning qariyb 65 foizini tashkil etgan.
1940-yil   18-dekabrda   tasdiqlangan   “Barbarossa   reja”siga   ko`ra   Gitler
Germaniyasining   Kavkazga   bo`lgan   qiziqishi   alohida   ahamiyat   kasb   etdi.   Bu
rejaga   ko`ra   nemis   qo`shinlarning   bir   yo`nalishi   aynan   Rossiya   janubi   bo`ylab
Kavkazga qarab harakatlanishi lozim bo`lgan. 
1942-yil   bahor   va   yoz   oylarida   Sovet-Germaniya   frontida   sodir   bo'lgan
voqealar fashistik nemis qo'shinlari Gitlerning vazifalarini bajarish uchun  astoydil
intilishganligini   ko'rsatdi.   Gitler   1942-yil   23-iyuldagi   45-sonli   direktivasiga   ko`ra
Kavkazni   egallash   bo yicha   topshiriq   berdi.   Shunday   qilib,   Kavkaz   nemisʻ
fashizmining   agressiv   rejalarida   muhim   o rinlardan   birini   egallagan.   Neft   va	
ʻ
boshqa strategik xom ashyo manbalariga, sanoat va qishloq xo jaligi bazasiga boy	
ʻ
hududi   butun   urush   davomida   fashistlarni   o ziga   tortdi.   Kavkazdan   o tuvchi	
ʻ ʻ
yo llarni   fashistik   strateglar   dunyo   hukmronligini   qo lga   kiritish   maqsadida	
ʻ ʻ
Germaniya   agressiyasini   Osiyo   va   Afrikaga   kengaytirishning   muhim   yo nalishi	
ʻ
sifatida qaragan. 66
 
Ikkinchi   jahon   urushi   boshlanishi   bilan   Kavkaz   xalqlaridan   muntazam
ravishda   yangi   harbiy   qo`shilmalarni   tuzilib     frontga   yuborib   turilgan.   Bundan
tashqari   SSSR   Kavkaz   hududidan   Qora   dengizning   janubiy   sohillarini   himoya
qilishda ham foydalangan. 
Nemis   qo`shinlarining   Stalingradni   egallash   uchun   boshlagan   harakatlari
urushda Kavkazning ahamiyatini yanada oshirib yubordi. SSSR hukumatida hatto
tahlikali   vaziyat   ham   paydo   bo`ldi.   Agar   Stalingrad   shahri   egallanadigan   bo`lsa
SSSR armiyasi  Kavkaz neftidan foydalanish imkoniyatini  qo`ldan boy   berer  edi.
Shu   yillarda   Kavakaz   xalqi   ham   juda   katta   mashaqqatlarni     boshidan   kechirdi.
Mana shunday mardonavor kurashayotgan kavkazliklarga rahbariyat tomonidan bir
66
  Безугольный, А. Ю.   Народы Кавказа и Красная Армия. 1918—1945 годы / А. Ю. Безугольный. —
М., 2007. –С.121.
60 qancha   ayblovlar   ham   qo`yildi.   Buning   oqibatida   mahalliy   xalqlarning   yo
majburan   ko`chirilishi   yoki   davlatdan   chiqarib   yuborilishi   boshlandi.   Ikkinchi
jahon   urushi   boshlanishi   bilan   birinchi   navbatda   Kavkazdan   nemis   millatiga
mansub   bo`lgan   xalqlar     quvib  chiqarildi   yoki   yo`q   qilindi.   Keyingi   navbat   Qora
dengiz   sohillarida   yashayotgan   yunonlarga   keldi.   Bu   xalqlarga   hukumat   nemislar
bilan aloqa qilish aybini qo`ydi. 
1943-44-yillarda   bir   vaqtning   o'zida   bir   nechta   milliy   guruhlarga   nisbatan
"isyonchi"  ayblovlari qo'yildi. Qorachoylar va bolkarlarni dushman bilan bevosita
sheriklikda   bo’lgani,   oldinga   siljigan   nemis   bo'linmalariga   tog'   dovonlaridan
o`tishga yordam berganlikda ayblandi. 67
 1943-yil kuzida Stalingrad yaqinida nemis
qo'shinlari   mag'lubiyatga   uchraganidan   keyin   oradan   bir   necha   oy   o'tgach,
qorachaylarni   butunlay   deportatsiya   qilish   amalga   oshirildi.   1944-yil   mart   oyida
qorachaylar   bilan   bir   etnik-madaniy   guruhni   tashkil   etuvchi   bolkarlar   ham
davlatdan   haydab   chiqarildi.   Hammasi   bo'lib   69,3   ming   qorachay   va   40,7   ming
bolkar deportatsiya qilindi. Sovet deportatsiyasi tig`ining bir uchi qalmiqlarga ham
tegib o`tdi. 1943-yil  dekabrda Qalmoq ASSRdan 107,3   ming, Rostov viloyatidan
juda ko`plab qalmiqlar 1944-yil mart oyida quvib chiqarildi. 
1943-1944   yil   qishda   NKVD   chechenlar   va   ingushlarni   quvib   chiqarish
uchun operatsiya boshlashga tayyorgarlik ko`rishgan. 1944-yil 23 fevralda NKVD
"Yasmiq"   operatsiyasini   boshladi,   uning   davomida   387,2   ming   chechenlar,   shu
jumladan   Dog'iston   Avtonom   Sovet   Sotsialistik   Respublikasining   Auxovskiy
tumanidagi Akkin chechenlari va 91,3 ming ingushlar deportatsiya qilindi.
Mesxeti   turklarini   quvib   chiqarish   urush   paytida,   1944-yil   kuzida   amalga
oshirilgan.     Sovet-turk   chegarasini   yangidan   tozalash   jarayonida   nafaqat
turkiyzabon mesxlar (79,2 ming), balki Mesxet-Javaxetiya va Adjariyadan kurdlar
(8,7 ming) va hemshillar (1,4 ming) ham deportatsiya qilindi. Urushdan keyingi bir
67
  Безугольный, А. Ю.   Народы Кавказа и Красная Армия. 1918—1945 годы / А. Ю. Безугольный. —
М., 2007. –С.134.
61 necha   yillar   davomida   Dashnoqlar,   turklar   va   yunonlar   Qora   dengiz   sohillari   va
Kavkazorti respublikalaridan quvib chiqarildi. 68
Deportatsiya siyosati Kavkazning ko'plab mintaqalari aholisi tarkibini jiddiy
ravishda   o'zgartiradi   va   uning   ma'muriy-hududiy   tarkibining     ham   o'zgarishiga
sabab   bo`ldi.   Chechen-Ingush,   Qorachoy   va   Qalmog'iston   avtonomiyalarining
titulli   milliy   guruhlarini   to'liq   chiqarib   yuborishdan   keyin   bu   tuzilmalar   tugatilib,
ularning hududlari bo'lib tashlandi. 
Shunday   ekan   ikkinchi   jahon   urushi   Kavkaz   xalqiga   har   taraflama   katta
talofat   keltirgan.   Urush   yillarda   ko`plab   kavkazliklarning   nemislarga   qarshi
janglarda   halok   bo`lishi   bilan   birgalikda   hech   qanday   aybi   bo`lmagan   etnik
guruhlarni o`zlari yashab turgan joyidan majburan boshqa hududlarga ko`chirilishi
bo`ldi. 
1946-yil   bahoridan   boshlab   butun   mamlakatda   ham,   Shimoliy   Kavkaz
mintaqasida ham qishloq xo'jaligini tiklashning yangi bosqichi boshlandi. 1946-yil
mart oyida SSSR Oliy Kengashi sessiyasi tomonidan SSSR xalq xo'jaligini tiklash
va   rivojlantirishning   1946-1950   yillarga   mo'ljallangan   to'rtinchi   besh   yillik   rejasi
qabul   qilindi.   Bu   rejada   1940-yilga   nisbatan   barcha   qishloq   xo'jaligi   mahsulotini
umumiy o'sishi besh yillik rejaning oxiriga qadar 27 foizga ko'zda tutilgan edi. 
Shimoliy Kavkazda dehqonchilikni tiklashga alohida e`tibor qaratilib, 1948-
yilga   kelganda   1   mln   ga   yer   qishloq   xo`jaligi   ekinlari   uchun   tayyorlanishi   kerak
edi. Shu bilan birgalikda chorvachilikni tiklash dasturida ham xuddi shunday keng
ko'lamli chora-tadbirlar ishlab chiqildi. 1947-yilda har bir xalq xo'jaligida kamida
uchta chorvachilik firmasi tashkil etilishiga erishish kerak edi. Viloyatning kolxoz
va sovxozlarida 1951-yilda mayin junli va yarim jun junli qo ylar sonini umumiyʻ
chorva mollarining 80 foiziga yetkazish rejalashtirilgan edi.
Nemis-Sovet   urushi   to'g'ridan-to'g'ri   Gruziya   hududida   sodir   bo'lmagan
bo`lsa   ham     davlat   barcha   resurslarini   urushga   qaratdi.   Urushda   u   katta   iqtisodiy
68
  Безугольный, А. Ю.   Народы Кавказа и Красная Армия. 1918—1945 годы / А. Ю. Безугольный. —
М., 2007. –С.156.
62 zarar   ko'rdi.   Sanoat   va   qishloq   xo'jaligining   tuzilishi   sezilarli   darajada   o'zgardi.
Natijada urush yillari Gruziya sanoati  bir qadar o`sishga  erishdi. Lekin urushdagi
talofatlar davlatga katta zarar keltirdi. Urush tugagandan keyin boshqa hududlarda
bo`lgani   kabi   Gruziyada   ham   qayta   tiklanish   bo`ldi.   Besh   yillik   rejalarga   ko`ra
asosan Gruziyada sanoatning o`g`ir tarmog`i tez rivojlana boshladi. 
Ikkinchi   jahon   urushi   Ozarbayjon   va   Armanistonga   ham   katta   talofat
keltirdi.   Birinchi   navbatda   juda   ko`plab   erkaklarning   frontga   safarbar   qilinishi
ishchi   kuchiga   bo`lgan   talabni   oshirib   yubordi.   Urush   tugagandan   so`ng   bu   ikki
respublikada ham  tiklanish  davri  bo`ldi. Besh  yillik rejalarga ko`ra asosan  sanoat
va qishloq xo`jaligini kerakli tarmoqlarini rivojlantirishga katta e`tibor qaratildi. 
XX   asrning   60-80-yillarida   Kavkazning   shimoliy   qismida   ham   bir   qator
o`zgarishlar   amalga   oshirila   boshlandi.   Bu   yerda   1962-yilda   Adigeya   hududi   bir
qadar kengaytirildi. SSSR hukumati aholisi tarkibi juda xilma-xil bo`lgan Shimoliy
Kavkazni rivojlantirishni bir qancha dasturlarini tuzib chiqdi. 
1960-1970-yillar   Shimoliy   Kavkaz   hududida   bir   qator   norozilik   harakatlari
bo`lib   turdi.   Shunday   harakatlardan   biri   1973-yil   16-yanvarda   Grozniydagi   4
kunlik   ingush   mitingi   bo`lib,   uning   ishtirokchilari   Shimoliy   Osetiyaning
Prigorodniy   viloyatini   Chechen-Ingushetiyaga   qo‘shib   olishni   talab   qilishgan.   Bu
miting ishtirokchilari harbiylar yordamida tarqatib yuborildi.  
XX   asr   60-80-yillarida   Kavkazorti   respublikalari   hayotida   ham   bir   qadar
o’zgarishlar   bo`la   boshladi.   Hudud   imkoniyatidan   kelib   chiqqan   holda   sanoat   va
qishloq   xo`jaligi   taraqqiy   qildi.     Biroq   sanoat   va   qishloq   xo`jaligidagi   bu
o`zgarishlar   birinchi   navbatda   mintaqani   rivojlantirish   maqsadida   emas   balki,
Ittifoq manfaatlarini ko`zlab amalga oshirilgan edi. 
1970-yillarning   boshlariga   kelib,   Sovet   rahbariyati   Gruziyada   kadrlar
o'zgarishini amalga oshirishni zarur deb hisobladi. 1972-yilda Vasiliy Mjavanadze
Gruziya   Kommunistik   partiyasi   Markaziy   Qo'mitasining   birinchi   kotibi
lavozimidan   ozod   qilindi.   Bu   lavozimni   Eduard   Shevardnadze   egalladi.
Keyinchalik Gruziya hukumati rahbariyati ham o'zgardi. 
63 So`z   yuritilayotgan   davrda   Armanistonda   ham   siyosiy   hayot   deyarli
o`zgarishsiz   ketmoqda   edi.   Mamlakatda   oldida   bir   qancha   muammolar   bo`lib,
ulardan   biri   1915-yilda   1,5mln   armanlarni   Turkiya   tomonidan   qirg`in   qilishiga
bog`liq   harakatlar   vujudga   kela   boshladi.   Bu   harakat   vakillarining   talabi   Turkiya
qilgan   ishi     uchun   javob   berishi   lozim   edi.   Bundan   tashqari   Tog`li   Qorabog`   va
Naxechevon   avtonom   viloyatlari  Armaniston  tarkibida  bo`lish   talabi   ham   kundan
kunga   kuchayib   bormoqda   edi.   Shu   masalada   Armanistonning   Ozarbayjon   bilan
munosabatlari borgan sari sovuqlashib bordi. 
1969-yil iyul oyida respublika rahbariyatini Haydar Aliriza o‘g‘li Aliyev o‘z
qo‘liga   oldi.   Ozarbayjon   Kompartiyasi   Markaziy   Komitetining   birinchi   kotibi
lavozimida   ilk   kunlardanoq   qonun   ustuvorligini,   qonun-tartibot   va   boshqaruvni
mustahkamlash   bo yicha   qat iy   chora-tadbirlar   ko ra   boshladi,   kadrlarga   bo lganʻ ʼ ʻ ʻ
talabni   oshirdi.   Mamlakada   asta-sekinlik   bilan   o`zgarishlar   amalga   oshirila
boshlandi. Xususan 1978-yilda qabul qilingan konstitutsiyaga ko`ra Ozarbayjon tili
davlat tili deb e`lon qilindi. Lekin bu o`zgarishlar mamlakatdagi siyosiy vaziyatni
to`liq barqarorlashtirishiga olib kelmagan.
XX   asrning   ikkinchi   yarimida   Shimoliy   Kavkaz   va   Kavkazorti
respublikalarida   siyosiy   vaziyat   shu   ko`rinishda   bo`lgan.   Bu   hududda   mavjud
davlatlar   ikki   xil   ko`rinishda   Sobiq   Ittifoq   tarkibiga   kiritilgan   edi.   mintaqaning
nisbatan   katta   davlatlari   Gruziya,   Armaniston   va   Ozarbayjon   kabi   davlatlari
to`g`ridan-tog`ri Ittifoq tarkibiga kiritilgan bo`lsa, boshqa kichik davlatlar muxtor
viloyat   maqomida       shu   davlatlar   tarkibiga   yoki     RSFSR   tarkibiga   kiritilgan   edi.
Bunday   siyosat   yuritilishi   natijasida   juda   ko`plab   xalqlarda   norozilik   kayfiyatlari
vujudga kelgan. Bundan tashqari markazning olib borgan siyosati  natijasida etnik
munosabatlar   ham   tobora   avj   ola   boshlandi.   Misol   sifatida   Tog`li   Qorabog`
aholisining 80 % dan ortig`i  arman millatiga mansub bo`lgan holda uni boshqarish
Ozarbayjon   hukumatiga   topshirildi.   Bu   esa   o`z   navbatida   Armanistonning   keskin
e`tiroziga sabab bo`ldi. 
64 Xullas,   Sobiq   Ittifoqning   bu   hududda   yuritgan   siyosati   mintaqa   aholisi
uchun ayrim jihatlarda ijobiy bo`lsa, ayrim jihatlarda salbiy ahamiyat kasb etgan.
Ittifoqning   ko`p   o`rinlarda   noto’g`ri   siyosat   yuritishi   ko`plab   xalqlarni   boshqa
hududlarga   majburan   ko`chirilishiga,   davlatlarning   bir-biri   bilan   ziddiyatli
munosabatda   bo`lib  qolishiga  olib  kelgan.   So`zimiz  isboti  sifatida  Ozarbayjon   va
Armaniston  o`rtasidagi  Tog`li  Qorabog`  mojarosini  misol  qilib keltirib o`tishimiz
mumkin. 
3.2. XX asr oxiri XXI asr boshlarida  Kavkazdagi siyosiy jarayonlar va
unga Rossiyaning munosabati
XX   asrning   90-yillari   boshlarida   Shimoliy   Kavkazda   etnik   guruhlarning
mustaqillik   g'oyasi   keng   tarqaldi,   buning   natijasida   milliy   davlat   tizimini   isloh
qilish   bo'yicha   o'z   konsepsiyalarini,   milliy   tiklanish   va   taraqqiyot   dasturlarini
ishlab   chiqqan   milliy   harakatlar   shakllandi.   Aholi   zichligi,   “etnik   zichlik”   va
millatlararo   qarama-qarshiliklar   sharoitida   milliy   o‘zlikni   anglash   bu   yerda
mustaqillikning   yetakchi   omili   sifatida   qaraldi.   Taniqli   olim,   siyosat   va   jamoat
arbobi,   professor   R.G.   Abdulatipovning   ta kidlashicha,   hozirgi   etnik-siyosiyʼ
vaziyatda “boshqa barqaror tuzilmalar saqlanib qolmagan” edi. Uning fikriga ko’ra
hududdagi eng uyushgan tuzilmalar  etnik guruhlar bo`lgan.
Agar biz Shimoliy Kavkazni davlat boshqaruvining ijtimoiy-iqtisodiy holati,
Rossiyaning milliy xavfsizligini ta'minlash nuqtai nazaridan ko'rib chiqsak, bu eng
murakkab va portlovchi mintaqa degan xulosaga kelishimiz mumkin, chunki aynan
shu   yerda   Rossiya   Federatsiyasining   milliy   xavfsizligiga,   uning   yaxlitligi   va
suverenitetiga haqiqiy tahdid mavjud edi. 
1991-yil   26-aprelda   “Qatag‘onga   uchragan   xalqlarni   reabilitatsiya   qilish
to‘g‘risida”gi   qonunning   qabul   qilinishi   mintaqada   siyosiy   jarayonlarning
keskinlashuviga   xizmat   qilgan   muhim   siyosiy   voqea   bo‘ldi.   Bu   1992-yil   kuzida
ingush   milliy   ekstremistlarining   Shimoliy   Osetiyaga   hujumi   natijasida   ommaviy
qurbonlar   va   vayronagarchiliklarga   olib   keldi.   Bu   Rossiya   siyosiy   rahbariyati
65 tomonidan   yo'l   qo'yilgan   xato   sifatida   baholandi.   Reabilitatsiya...”   Prigorodniy
tumani va Vladikavkazning o‘ng qirg‘oq qismini Shimoliy Osetiyadan qurol kuchi
bilan tortib olmoqchi bo‘lgan ekstremistlar uchun “huquqiy asos” bo‘ldi. 69
Vaziyatning keskinlashuviga hissa qo'shgan siyosiy jarayonning dvigateli va
tezlatuvchisi   bo'lgan   eng   muhim   omil   1991-yil   sentyabr-noyabr   oylaridagi
Checheniston   voqealari   bo'ldi.   Buning   natijasida   mintaqada   siyosiy   beqarorlik
kelib   chiqdi.   1992-1993-yillardagi   Gruziya-Abxaz   urushi   mintaqadagi   siyosiy
vaziyatning   rivojlanishida   katta   rol   o'ynadi.   Ushbu   inqirozga   Gruziya   va   Janubiy
Osetiya o'rtasidagi millatlararo urush ham qo`shilib ketdi. Natijada Janubiy Osetiya
va Gruziyaning ichki qismidan 100 000 dan ortiq qochqin Shimoliy Osetiyaga, shu
jumladan Prigorodniy viloyatiga ko'chib o'tishga majbur bo'ldi. 70
 
So`z   yuritilayotgan   davrda   Shimoliy   Kavkazning   deyarli   barcha
respublikalarida   siyosiy   va   millatlararo   beqarorlik   jarayonlarining   kuchayishi
kuzatildi.   Shimoliy   Kavkazda   etnik-siyosiy   jarayonlar   va   milliy   davlat   qurilishi
muammolariga   tadqiqotchilari,   professor   V.D.   Dzidzoyev   va   dotsent   A.M.
Qodilayev:   “So‘nggi   yillarda   ma’lum   sabablarga   ko‘ra   Shimoliy   Kavkaz
respublikalarida   siyosiy,   ijtimoiy-iqtisodiy,   madaniy   va   ayniqsa,   millatlararo
sohalarda   favqulodda   muhim   jarayonlar   sodir   bo‘lmoqda.   Kabardin-Balkariya,
Chechen-Ingushetiya,   Qorachay-Cherkesiya   va   Dog‘iston   og‘ir   ahvolga   tushib
qoldi   –   yashirin   yoki   oshkora   bu   respublikalarni   parchalashga   urinishlar
bo`lmoqda. Kabardin-Balkariya Oliy Kengashi "suveren" respublikalar - Bolkariya
va   Kabardiyaning   ajralib   chiqishi   va   shakllanishiga   turtki   berdi.   1991-yilda
Checheniston   Respublikasining   e'lon   qilinishi   sobiq   Chechen-Ingush
Respublikasini   amalda   ikki   qismga   bo'ldi.   Qorachay-Cherkes   respublikasi   va
Dog'istonning mahalliy xalqlarida ham shu vaziyat hukm surdi. Eng og'ir xalqaro
69
  Детальная российская версия войны представлена в книге Марка Блиева,    Россия   и    горцы    
большого     Кавказа   на   пути   к   цивилизации (Москва: Мысль, 2004).
70
  К.С.   Гаджиев,   Большая   игра   на   Кавказе:   вчера,   сегодня,   завтра   (Москва,   Международные
отношения, 2010), -С.318.
66 sharoitda Dog'istonning qumiqlar, nog`aylar, lazginlar va boshqa ba'zi xalqlari bu
vaziyatdan kamroq yo'qotishlar bilan chiqishga harakat qildi. Qumiqlar, nog`aylar,
kazaklar va lezginlarning ma'lum doiralari bu muammoni hal etishni faqat mustaqil
respublikalar   tashkil   topgunga   qadar   millatning   o'z   taqdirini   o'zi   belgilash
huquqida ko'rishadi" degan fikrlarni bildirishdi.
1992-yil   oktyabr   oyida   Dog'istonda   muxolifat   kuchlari   o’z   kongressini
tuzishga   harakat   qildi.   Ammo   respublikaning   davlat   tuzilmasidagi   tafovutlar   shu
qadar   jiddiy   ediki,   milliy   harakatlarning   yetakchilari   respublikada   mavjud
hokimiyatga   muxolifatni   yuzaga   keltira   olmadilar.   Bir   oy   o'tgach,   respublika
xalqlarining qurultoyi bo'lib o'tdi, unda ikkita pozitsiya tasdiqlandi - Dog'istonning
Rossiya   maqomi   va   uni   federallashtirishning   mumkin   emasligi.   Dog'istonning
rasmiy   hokimiyati   katta   qiyinchilik   bilan   o'zlarining   mavjud   mavqeini   saqlab
qolishga   va   muxolifat   lageridagi   kelishmovchiliklardan   foydalanib,   milliy
harakatlarning yetakchilari  bilan puxta o'ylangan  muloqotni  boshlashga  muvaffaq
bo'lishdi.   Shunday   qilib,   Dog'iston   birligi   tarafdorlarining   ulkan   sa'y-harakatlari
evaziga respublikaning hududiy yaxlitligi saqlanib qoldi.
Kabardin-Balkariya   va   Qorachoy-Cherkesiyadagi   milliy   harakatlarning
siyosiy   talablari   radikal   kayfiyatda   bo`lgan .   Bu   yerda   gap   mavjud
respublikalarning   etnik   jihatdan   bo linishi   va   yangi   mustaqil   respublikalarningʻ
(Kabardiya   Respublikasi,   Bolqariya   Respublikasi,   Qarachay       Respublikasi   va
Cherkes Respublikasi) tashkil etilishi haqida ketardi.
Kabardiya   va   Bolqar   milliy   harakatlari   ilgari   surilgan   talablarni   amalga
oshirish   uchun   Kabardin-Bolkar   Respublikasidagi   eng   nufuzli   va   buzg'unchi
siyosiy   kuchga   aylangan   ijroiya   organlari   -   Bolkar   xalqi   milliy   kengashi   va
Kabardiya   xalqi   kongressini   tuzdilar.   1992-1993   yillarda   "Jamagat"   qorachay
milliy   harakati   mustaqil   avtonomiyani   tiklash   talabini   ilgari   surdi,   bu   esa   Terek
kazaklarining   Qorachay-Cherkesiya   hududida   uchta   kazak   respublikasini   yaratish
talabini   ilgari   surishga   turtki   bo`ldi.   Stavropol   yoki   Krasnodar   o'lkasida   ham
mustaqillik harakatlari kuchayib ketdi.  Ikkala respublikada ham ularning mumkin
67 bo'lgan   hududiy   bo'linishi   masalasi   bo'yicha   referendumlar   o'tkazildi.
Respublikalarning rasmiy rahbariyati davlat organlarida xalqlar vakillarini hisobga
olgan holda milliy davlatchilik tuzilmasini takomillashtirishning murosa variantini
izlashga majbur bo‘ldi.
1991-yil   yozida   Chechen-Ingush   Respublikasida   siyosiy   voqealarning
rivojlanishi   birinchi   navbatda   Grozniyda   rasmiy   rahbariyatning   hokimiyatdan
chetlatilishiga,   so'ngra   respublikaning   etnik   jihatdan   Checheniston   Respublikasi   -
Ingushitiyani   haqiqiy   bo'linishiga   olib   keldi.   Natijada     1991-yilda   Checheniston,
1993-yilda esa Ingushetiya Respublikasi tuzildi.
Shunday qilib, yuqorida aytilganlarga asoslanib, biz ko'rib chiqayotgan davr
respublikaning ko'p millatlilik darajasiga bog'liq bo'lgan etnik-siyosiy jarayonning
rivojlanishining   turli   xil   variantlari   bilan   tavsiflangan   degan   xulosaga   kelishimiz
mumkin. Ikki subyektli respublikalar (KBR, KChR, CHIR) butun aholi huquqlarini
himoya   qilishni   e'lon   qilgan   holda,   milliy   harakatlarning   qonuniy   rahbarlikni
hokimiyatdan   olib   tashlash   va   monoetnik   asosda   yangi   davlatchilikni   yaratish
istagi bilan ajralib turardi. 
Boshqa   respublikalarda   (Shimoliy   Osetiya   va   Adigeya)da     siyosiy   jarayon
biroz   boshqacha   tarzda   kechdi.   Bu   hududlarda   milliy   harakatlar   va   rasmiy
hokimiyati asta-sekin mustaqil  harakatlangan.
1993-yilga   kelib   Shimoliy   Kavkazning   barcha   respublikalarida   milliy
harakatlar   faolligining   pasayishi   kuzatila   boshlandi.   Bunga   qonunchilik
saylovlarida ularning yetarlicha harakat qila olmaganligi sabab bo`ldi. 71
 
1993-1995-yillarda   Shimoliy   Kavkaz   respublikalarida   mintaqaviy   birlikni
izlash   tendentsiyasi   kuchaydi.   Ta'kidlash   joizki,   ushbu   tendensiya   "mustaqil"
Checheniston   rahbariyati   tomonidan   boshlangan   bo'lib,   u   respublikaning   to'liq   va
yakuniy   mustaqilligiga   erishish   uchun   respublikalararo   miqyosda   milliy
harakatlarni   birlashtirishi   kerakligini   ta’kidladi.   Bu   davrda   jamoaviy   xavfsizlik
71
  К.С. Гаджиев,   Большая игра на Кавказе: вчера, сегодня, завтра   (Москва, Международные 
отношения, 2010),  -С. 319.
68 tizimini   yaratish   maqsadida   Kavkaz   xalqlari   konfederatsiyasi   va   Rossiya   janubi
kazaklari   rahbarlarining   bir   qator   uchrashuvlari   bo‘lib   o‘tdi.   Bu   uchrashuvlardan
ko`zlangan   asosiy   maqsad   Shimoliy   Kavkaz   hududini   keyingi   taqdiri   qanday
kechishi   bo`lgan.   Bu   masala   1993-yilning   iyun   oyida   Pyatigorskda   bo`lib   o`tgan
mintaqa davlatlarining uchrashuvida ham o`rtaga tashlangan  masala edi. 
Bu   kabi   uchrashuvlarning   bo`lishi   tabiiy   ravishda   mintaqada   Rossiya
pozitsiyasiga   ham   ta`sir   ko`rsatar   edi.   Lekin   SSSR   qulagandan   keyin   Shimoliy
Kavkazning   ko`plab   respublikalari   davlat   suvereniteti   to g risidagiʻ ʻ
deklaratsiyalarni   qabul   qilgan   bo`lsada   Rossiya   ta`siridan   chiqib   ketishga
shoshilmagan.   Ushbu   notinch   davrda   o'n   uchta   respublika   rahbarlari   Rossiya
Federatsiyasining   birligi   va   hududiy   yaxlitligini   saqlab   qolish   uchun   federal
shartnomani imzolash masalalarini ham muhokama qila boshlagan edi. 
1992-yilgi   Rossiya   Federatsiyasining   Federal   shartnomasi   umumiy
ziddiyatning   kuchayishiga   yo'l   qo'ymadi   va   ko'p   millatli   mamlakatni
parchalanishni   oldini   oldi.   Taniqli   siyosatchi   va   olim   R.G.   Abdulatipov   shunday
deb   yozgan   edi:   “Bugun,   rus   xalqlarining   ko'p   asrlik   tarixidagi   birinchi   Federal
shartnoma   kuchga   kirganida,   men   bu   dahshatli   halokat   va   parchalanish   tahdidi
bartaraf   etilganini   to`la   ishonch   bilan   gapiraman.   Shartnoma   zarur   shartlarni   o'z
ichiga olgan.” 
1992-yil 31-martda ikki tomon o`rtasida uchta federal shartnoma imzolandi.
1992-yil   aprel   oyida   shartnoma   bandlari   amaldagi   Rossiya   Konstitutsiyaga   ham
kiritildi. Bu esa Shimoliy Kavkaz xalqlariga ma`lum ma`nodagi erkinliklarni berar
edi.     90-yillarda   keyingi   boshqa   ikki   tomonlama   imzolangan   shartnomalarni
baholab   V.N.   Lisenko   quyidagi   fiklarni   bildirib   o`tdi.   Uning   so`zlariga   ko`ra
Federal shartnomaning imzolanishi Rossiya uchun har taraflama manfaatli bo`lgan.
Chunki   bu   vaqtda     Rossiyaning   o’zida   markaziy   hududlarida   siyosiy   beqarorlik
kuchli   bo`lgan.   Bu   shartnomaning   imzolanishi   ma`lum   ma`noda   Rossiyaning   bu
mintaqada ta`sirini saqlab qolishini taminlashga xizmat qilgan. 
69 Federativ   bitimning   tuzilishi   federal   va   mintaqaviy   boshqaruv   darajalari
o'rtasidagi   munosabatlarni   rivojlantirishda   yangi   bosqichni   ochdi,   postsovet
federatsiyasini   shakllantirishning   boshlang'ich   nuqtasi   bo'ldi.   Shu   bilan   birga,
ayrim muammolar hal etilmay qoldi. Professor A.N. Arinin vaziyatni quyidagicha
ta’riflaydi: "Bu nuqtai nazarga to'liq qo'shilish qiyin. Birinchidan, ikkita respublika
-   Tatariston   va   Checheniston   Federal   shartnomani   umuman   imzolamadi.
Ikkinchidan,   shartnoma   ochiq   to'qnashuvlarning   kuchayishini   qisqa   muddatga
to'xtatib, uni mahalliy shakllarga aylantirdi. Uchinchidan, shartnomaning mohiyati
Rossiya   Federatsiyasining   yaxlitligini   yo'q   qilish   uchun   yangi   tahdidlarni   ochib
berdi".   U   o'z   pozitsiyasini   Federatsiya   subyektlari   maqomidagi   tafovutlar   haqida
bo'lganligi   bilan   isbotladi.   Masalan,   shartnomada   respublikalar   "suveren"   deb
ataldi,   federatsiyaning   qolgan   subyektlari   esa   bunday   emas;   uning   tarkibiga
kiruvchi respublikalar va hududlarning yaxlitligi aniq belgilab qo‘yilgan bo‘lsada,
hududlar,  viloyatlar  va  muxtoriyatlarning  yaxlitligi     ko‘rsatilmagan;   respublikalar
(shtatlar)   o'z   hududida   to'liq   davlat   hokimiyatiga   ega;   hududlar,   viloyatlar,
avtonomiyalar - yo'q; respublikalar “xalqaro va tashqi iqtisodiy munosabatlarning
mustaqil   ishtirokchilari”,     viloyatlar   va   muxtoriyatlar   esa   “faqat   munosabatlar”
ishtirokchilaridir va boshqalar.
1993-yil 12-dekabrda Rossiya Federatsiyasining yangi konstitutsiyasi  qabul
qilindi.   Rossiya   Federatsiyasi   Asosiy   Qonunining   5-moddasi   3-bandida   "Rossiya
Federatsiyasining   federal   tuzilishi   uning   davlat   yaxlitligi,   davlat   hokimiyati
tizimining   birligi,   davlat   hokimiyati   organlari   o'rtasidagi   yurisdiksiya   va
vakolatlarning   chegaralanishiga   asoslanadi.   Rossiya   Federatsiyasi   va   Rossiya
Federatsiyasining   ta'sis   subyektlarining   hokimiyat   organlari,   Rossiya
Federatsiyasida   xalqlarning   tengligi   va   o'z   taqdirini   o'zi   belgilashi"   belgilab
qo`yildi.   Shunday   qilib,   Konstitutsiya   davlat   hokimiyatining   markaziy   va
mintaqaviy darajalari o'rtasidagi huquqiy chegaralarini belgilash va federal markaz
hisobidan federatsiya subyektlarining vakolat doirasini kengaytirish orqali amalga
oshirilgan davlat hokimiyatining ma'lum darajada markazlashtirilishini ta'minladi.
70 Yangi   Konstitutsiyaning   qabul   qilinishi,   albatta,   olg‘a   intilishni   anglatardi.
Biroq,   ushbu   voqea   muhimligiga   qaramay,   federal   markaz   va   hududlarning
manfaatlarini   uyg'unlashtirish   bo'yicha   Konstitutsiyada   belgilangan   qoidalarni
to'ldirish va aniqlashtirish uchun yangi qonun hujjatlari zarur edi. 
Shimoliy   Kavkaz   muammolariga   qaytib,   shuni   ta'kidlash   kerakki,   federal
markaz XX asrning 90-yillarida nizoli vaziyatning paydo bo'lishiga yordam bergan
mintaqadagi   mavjud   muammolarni   yetarli   darajada   baholamadi.   Bu   yerda   puxta
o'ylangan milliy va federal siyosat yo'q edi.  Federal markaz Rossiya Federatsiyasi
davlatchiligining muhim masalalarini hal qilishda juda harakatsiz bo'lib chiqdi.
Mintaqada   mavjud   muammolarni   tahlil   qilib,   Shimoliy   Kavkazdagi   siyosiy
hayot   dinamikasini   belgilab   bergan   (va   aniqlashda   davom   etayotgan)   uchta
markazni   ajratib   ko'rsatish   mumkin:   1992-yildagi   Osetiya-Ingush   mojarosi,
Chechenistondagi   etnik-siyosiy   inqiroz.   Dog'iston   va   Karachay-Cherkesiyadagi
vaziyatni beqarorlashtirdi.
Osetin-ingush   siyosiy   beqarorlik   zonasining   saqlanib   qolishi   so`z
yuritilayotgan   davrda   hududiy   muammoni   hal   qilishning   iloji   yo'qligi   bilan
izohlanadi. Aytish joizki, 1992-yildagi vaziyatdan farqli o'laroq, hozirda ikki xalq
o'rtasidagi   qarama-qarshilik   har   ikki   tomonning   respublika   hokimiyati   nazorati
ostiga olingani muzokaralar jarayonini davom ettirish imkonini bermoqda. To‘g‘ri,
1997-yilning   yozida   Ingushetiya   Respublikasi   Prezidenti   R.Aushev   Shimoliy
Osetiya   bilan   hududiy   nizoni   hal   qilishda   xalqaro   tashkilotlardan   yordam
so‘ragach, vaziyat bir qadar keskinlashdi.
1997-yil   4-sentyabrda   Moskvada   "RNO-A   va   Ingushetiya   Respublikasi
o'rtasidagi munosabatlar va hamkorlikni tartibga solish to'g'risida bitim" imzolandi.
Ammo   u   murakkab   etnik-siyosiy   vaziyatni   hal   qilmadi.   Keyin,   17-oktabr   kuni
Shimoliy Osetiya, Ingushetiya va federal markaz o‘rtasida Osetiya-Ingush mojarosi
hududidagi   oqibatlarni   bartaraf   etish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida   uch   tomonlama
71 kelishuv imzolandi. Ammo mojaroni hal qilishga urinishlarga qaramay, muammo
hal etilgani yo`q. 72
Yana   bir   keskinlik   o‘chog‘i   Chechenistondir.   Bu   respublika   federatsiya
ichidagi beqarorlikning yuqori darajasi va Dog'istondagi hokimiyatni buzish orqali
o'zining siyosiy ta'sir doirasini kengaytirish istagi bilan ajralib turardi.
1991-yilda Checheniston o'zini mustaqil davlat deb e'lon qildi. Checheniston
Respublikasi   Prezidenti   J.   Dudayevning   “Checheniston   Respublikasining   davlat
suvereniteti   to‘g‘risida”gi   Farmonida   shunday   deyilgan   edi:   “Respublikaning
davlat   suvereniteti   to‘g‘risidagi   deklaratsiyasi   va   Checheniston   Respublikasi
fuqarolarining   bevosita   o‘z   xohish-irodasi   bilan   ifodalangan   va     umumiy
saylovlarga   asoslanib,   1991-yil   1-noyabrdan   boshlab   Checheniston
Respublikasining   davlat   suvereniteti   e'lon   qilinadi».   Bundan   tashqari,   mustaqil
Checheniston   Respublikasining   Konstitutsiyasi   qabul   qilindi.   Konstitutsiyaning
muqaddimasida   shunday   deyilgan   edi:   "Qodir   Tangrining   irodasi   bilan,   Chechen
Respublikasi   chechen   xalqining   intilishlarini   ifoda   etib,   g'oyalarini   boshqaradi,
insonparvarlik   va   ijtimoiy   adolatli   jamiyat   qurish   maqsadi   ...   Jahon   Millatlar
Hamdo‘stligi   tizimida   o‘zini   teng   huquqli   subyekt   deb   e’tirof   etib,   ushbu
Konstitutsiyani qabul qiladi va bundan buyon jamiyat va davlatning asosiy qonuni
deb   biladi”.   Bu   butun   Shimoliy   Kavkaz   mintaqasida   ijtimoiy-siyosiy   vaziyatning
keskinlashishiga turtki bo`ldi.
1992-1994-yillar   davomida   D.   Dudayev   parlament   respublikasi   tipidagi
davlatchilikni   shakllantirishga   harakat   qildi   va   shu   bilan   birga   chechen
jamiyatining  an'anaviy  tuzilmasi   (Teyips  va   Myagkh-xelga  tayanish)  institutlarini
davlat tashkil etish elementlari sifatida qayta tiklashg urindi. 
D.Dudayev   rahbariyati   mustaqillikning   ilk   kunidan   juda   ko`plab
muammolarga   duch   kela   boshladi.   Uning   oldida   xalqning   an`anaviy   tarqoqligini
bartaraf qilish, davlatni iqtisodiy tarmoqlarini qaytadan qurish vazifasi turar edi.  
72
  К.С. Гаджиев,   Большая игра на Кавказе: вчера, сегодня, завтра   (Москва, Международные 
отношения, 2010),  -С. 320.
72 Davlatda asta-sekin Checheniston va Dog'iston musulmonlarini birlashtirish
loyihasi   paydo   bo'la   boshladi.   Ushbu   rejani   amalga   oshirishdagi   asosiy   to'siq
Dog'istonning Rossiyaparastligi edi. Ularni yengish umumiy strategik rejaning bir
qismi   sifatida   qaraldi.   Bu   yerda   Chechenistonning   radikal   yetakchilari   va   Yaqin
Sharq   mintaqasidagi   musulmon   radikallarining   manfaatlari   to`qnashdilar.
Checheniston,   Dog‘iston,   Karachay-Cherkesiya   va   Ingushetiyadagi   ko‘plab
musulmonlar uchun “Vahhobiylik” ham nazariy, ham amaliy muqobilga aylandi.
Diniy   birlashish   yo'lidagi   birinchi   qadam   Ichkeriya   va   Dog'istonni   birlashtirishga
urinish edi. Shu munosabat bilan 1997 yil-avgust oyining oxirida Grozniyda yangi
etnik-diniy   harakat   –   “Islom   ummati”   (yoki   “Islom   millati”)   tashkil   topdi.   Bu
tashkilot Imom Shomil loyihasini  qayta tiklashga harakat qildi. Ularning maqsadi
Dog‘iston   va   Ichkeriyani   birlashishtirish,   Shimoliy   Kavkazda   mustaqil   islom
davlatini tashkil toptirish bo`lgan. 73
A.Masxadov   respublikani   an’anaviy   islom   asosida   birlashtirishga   muqobil
harakat qildi. 1997-yil 31-avgustda hukumatparast yangi ijtimoiy-siyosiy harakat –
“Chechen islom davlati” tuzildi.
1998-yil   boshida   Chechenistonning   siyosiy   kuchlari   o'rtasidagi   qarama-
qarshilikni bartaraf etishga urinish paydo bo`la boshladi. O'z navbatida Sh.Basayev
ham   o'z   qo'lida   haqiqiy   kuchni   jamlashga   harakat   qila   boshladi.   Vahobiylar   va
rasmiy   hokimiyatga   tayangan   so'l   radikallar   o'rtasidagi   qarama-qarshilik   1998-yil
iyul   oyida   Gudermesda   ularning   qurolli   to'qnashuvi   bo'lib   o'tgandan   so'ng
keskinlashdi. Masxadovning vahobiylik g‘oyalarini tarqatayotgan Xattobga qarshi
chiqishi  va  uni  Chechenistonda   fuqarolar   urushi   boshlaganlikda  ayblashiga  sabab
ham   shu   edi.   Qarama-qarshi   siyosiy   kuchlar   yetakchilarining   muammolarga
murosaviy yechim topishga qaratilgan keyingi barcha urinishlari besamar ketdi. 74
73
  Смотри   Geraldine   Fagan,   “A   Word   of   Justice:   Islam   and   State   Repression   in   the   North
Caucasus,”   Central Asian Survey   33:1 (2014): - С .36.
74
  Смотри   Geraldine   Fagan,   “A   Word   of   Justice:   Islam   and   State   Repression   in   the   North
Caucasus,”   Central Asian Survey   33:1 (2014): - С .38.
73 Rossiya tomonidan chechen muxolifatiga berilgan deyarli uch yillik muhlat
Checheniston   Respublikasining   xalq   tomonidan   saylangan   hukumati   ham   xorijiy
markazlarning   moliyaviy   va   moddiy   yordamiga   tayangan   ekstremistik   kuchlar
faoliyati ko‘lamini nazorat qilish va cheklashga qodir emasligini ko‘rsatdi. 75
1995-1998-yillar   davomida   Dog'iston   va   Checheniston,   Shimoliy
Kavkazning   g'arbiy   qismida   Adigeya   Respublikasi,   Kabardino-Balkariya   va
Karachay-Cherkesiya   mintaqalarida   etnosiyosiy   vaziyatni   barqarorlashtirish
tendentsiyasini ham kuzatish mumkin.
Qorachay-Cherkasda   inqirozga   sabab   bo'lgan   asosiy   siyosiy   muammo
respublika   rahbariyatidagi   o`zgarishlar   edi.   1999-yilda   bu   respublikada   vaziyat
keskinlashdi,   bu   esa   QChR   rahbari   lavozimi   uchun   yangitdan   kurashni   keltirib
chiqardi. Cherkes millatiga mansub S.Derev tarafdorlari respublikani ikkiga bo'lish
talablarini ilgari surdilar. 76
  
XXI   asr   boshlariga   kelganda   ham   Shimoliy   Kavkazdagi   siyosiy   vaziyat
ziddiyatligicha   qolmoqda   edi.   Mintaqadagi   juda   ko`plab   xalqlar   o`z   milliy
mustaqilligini   e`lon   qilish   harakatlaridan   voz   kechmagan,   ayniqsa   bu   kayfiyat
chechen, cherkas, bolqar, ingush kabi xalqlar harakatlarida yaqqol namoyon bo`ldi.
Lekin   Rossiyada   hokimiyat   tepasiga   V.Putinning   kelishi   bilan   Shimoliy
Kavkazdagi   vaziyat   asta-sekinlik   bilan   o`zgara   boshladi.   Putin   dastlab   bu
muntaqadagi eng nizoli bo`lgan Chechenistondagi harakatlarni bostirishga harakat
qildi. Keyinchalik qolgan qarshilik harakatlari ham birin-ketin Rossiya tomonidan
bostirildi. 
Rossiya   nafaqat   Shimoliy   Kavkaz,   balki   butun   Kavkaz   mintaqasida   o`z
gegemonligini   saqlab   qolish   uchun   harakatni   davom   ettirmoqda.   Sovet   Ittifoqi
parchalangandan   keyin   Kavkazortida   Ozarbayjon,   Armaniston   va   Gruziya
davlatlari o`z mustaqilligini e`lon qildi. Natijada bu hududlarda Rossiyaning ta`siri
75
  С. С. Жильцов, И. С. Зони и А. М. Ушков,   Геополитика каспийского региона   (Москва: 
М еждународные отношения, 2003), -С.99 .
76
  Alex   Rasizade,   “The   Great   Game   of   Caspian   Energy:   Ambitions   and   Realities,”   Journal   of   Southern
Europe and the Balkans   7:1 (2005): - С .–11.
74 anchagina susayib ketdi. Endigina mustaqillikka erishgan yosh respublikalar keng
xalqaro munosabatlarga kirisha bordi. Bu uch davlatning har biri tashqi siyosatda
G`arb davlatlari bilan yaqinlasha bordi. 77
 
2000-yilda   Vladimir   Putin   Kremlda   hokimiyat   tepasiga   kelganidan   so’ng
Rossiya   Kavkazda   o zining   an anaviy   hukmronligini   qandaydir   shaklda   tiklashʻ ʼ
bo yicha   uzoq   muddatli   yo nalishni   boshladi.   2008-yilda   Mixail   Saakashvili	
ʻ ʻ
boshchiligidagi   Gruziya   hukumati   Janubiy   Osetiya   ustidan   nazoratni   qayta
tiklashga   uringanida,   Rossiya   halokatli   bosqin   bilan   javob   qaytardi   va   bu
Rossiyaning maqsadlari va ularga erishish imkoniyatlarini aniq ko'rsatdi.
Rossiya Kavkazda mintaqani "Rossiya tarixi va taqdirining ajralmas qismi"
va   uning   zamonaviy   geostrategik   manfaatlari   obyekti   sifatida   ko'radigan   tarixiy
an'anaga mos keladigan qat'iy mintaqaviy siyosat olib bormoqda. Rossiya har doim
Kavkazni "Rossiyaning milliy xavfsizligi uchun muhim strategik ahamiyatga ega"
bo'lgan   "hayotiy   manfaatlar   zonasi"   sifatida   ko'rib   kelgan.   Lekin   XXI   asr
boshlariga   kelganda   janubiy   Kavkaz   hududiga   AQSH   siyosati   kirib   kela
boshlaganligini  ko`rishimiz mumkin. AQShning mintaqaga qiziqishi  2001-yil  11-
sentabrdagi   teraktlardan   keyin   kuchaydi.   Kavkaz   terrorga   qarshi   global   urush
uchun   muhim   hududga   aylandi   va   2004-yildan   keyin   u   Afg'onistondagi   AQSh
ekspeditsiya   kuchlari   va   ISAF   uchun   transport   yo'lagining   bir   qismiga   aylana
bordi. 
Yangi ming yillikning birinchi o n yilligida Kavkaz mintaqaviy gegemonlik	
ʻ
uchun   yangi   “Buyuk   o yin”   deb   atala   boshlagan   bahsli   mintaqaga   aylandi.   G'arb	
ʻ
davlatlari     uchun   Qora   va   Kaspiy   dengizi   mintaqasi   "demokratik   chegara"ga
aylanishi,   bu   yerda   G'arb   demokratik   qadriyatlari   va   rus   avtoritarizmi   o'rtasida
kurash  olib borilishi  kerak edi. Moskva G arbning mintaqaga “kirishini” o zining	
ʻ ʻ
ta sir doirasiga va “rus g oyasi”ga hujum sifatida talqin qildi. 	
ʼ ʻ
77
  С.   С.   Жильцов,   И.   С.   Зони   и   А.   М.   Ушков,   Геополитика   каспийского   региона   (Москва:
Международные отношения, 2003), -С.100.
75 Rossiya   bilan   Ukraina   o`rtasida   gaz   mojarosining   boshlanishi   natijasida
Yevropaga   yetarlicha   gaz   o`z   vaqtida   bormay   qoldi.   Yevropa   davlatlari   o`zining
gazga bo`lgan ehtiyojini qondirish maqsadida yangi tabiiy gaz zahiralarini izlashga
harakat qila boshladi. Aynan shu talabni Ozarbayjon gazi bilan to`ldirishga harakat
qila   boshladi.   G`arb   davlatlarining   bu   harakati   Rossiyaning   mintaqadagi
manfaatlariga   zid   kelar   edi.     Keskinlikka   qaramay   G`arb   davlatlarining   ta`siri
yildan-yilga Janubiy Kavkaz mintasida o`sib bormoqda. 
2008-yildagi   Rossiya   va   Gruziya   o`rtasidagi   mojarodan   keyin   mintaqa
xalqlari   yanada   tashvishga   tushib   qoldi.   Chunki   Rossiya   har   qanday   yo`l   bilan
bo`lsa ham, hududda o`z ta`sirini saqlab qolish yo`lidan voz kechmasligini oshkora
namoyon qildi. Bu harakatlar  natijasida Rossiyaning  Gruziya bilan munosabatlari
yomonlashib   ketdi.   Gruziyada   2013-yilda   hokimiyat   tepasiga   kelgan   Giorgiy
Margvelashvili   Rossiya   bilan   munoabatlarini   normallashtirishga   harakat   qila
boshladi.   Lekin   rasmiy   Tibilisi   Rossiya   tomonidan   2008-yilda   bosib   olingan   bir
qancha   hududlarni   tan   olmadi.   Natijada   Gruziya   va   Rossiya   o`rtasidagi
munosabatlar   boshi   berk   ko`chaga   kirib   qoldi.   Gruziya   tashqi   siyosatda   G`arb
davlatlariga yaqinlashishga harakat qilishda davom etdi. 78
 
Rossiya   Armaniston   va   Ozarbayjon   o`rtasida   uzoq   vaqtlardan   beri   davom
etoyotgan   Tog`li   Qorabog`   mojarosini   hal   qilishda   ham   hakamlik   siyosatini   olib
bordi.   Ikki   davlat   o`rtasidagi   mojaroni   hal   qilish   yo`lidagi   Rossiya   bir   qancha
ishlarni   amalga   oshirdi 79
.   Xususan,   2014-yil   avgustida   Putin   Rossiyaning   Sochi
kurortida   Serj   Sargisyan   va   Ilxon   Aliyevning   muxoliflari   o rtasida   yuzma-yuzʻ
uchrashuv o tkazdi. Bu uchrashuv Tog`li Qorabog` mojarosini vaqtinchalik bo`lsa	
ʻ
ham to`xtatib turishga sabab bo`ldi. 
Rossiyaning   Janubiy   Kavkazda   qo llab-quvvatlashi   uchun   eng   mustahkam	
ʻ
poydevor   uning   Armaniston   bilan   ikki   tomonlama   munosabatlaridir.   Ikki   davlat
78
  Government   of   Georgia,   State   Strategy   on   Occupied   Territories:   Engagement   through
Cooperation   (Tbilisi, January 2010).
79
  Azerbaijan Never Ruled Out Military Settlement of Karabakh Conflict,”   News from Azerbaijan , 28 
May 2013,  доступно   на   http://www.news.az/articles/official/80066(link is external) .
76 o rtasida   buyuk   tarixiy   va   madaniy   aloqalar   mavjud   bo lib,   ularning   aksariyatʻ ʻ
xalqaro   muammolar   bo yicha   pozitsiyalari   chambarchas   muvofiqlashtirilgan.	
ʻ
Armaniston Ozarbayjon tomonidan tahdid sezar ekan, strategik jihatdan Moskvaga
qaram   bo'lib   qoladi.   Bu   Armanistonning   Kollektiv   Mudofaa   Shartnomasi
Tashkilotidagi   ishtirokida,   ishonchli   ikki   tomonlama   xavfsizlik   shartnomasida   va
Armanistonning   ikkinchi   yirik   shahri   Gyumridagi   102-harbiy   baza   orqali
Rossiyaning  muhim harbiy ishtirokida namoyon bo'ladi. Bir necha marta Rossiya
vakillari, agar Ozarbayjon Armanistonga qarshi harbiy kuch ishlatishga qaror qilsa,
Rossiya   mojaroga   uning   tomonidan   turib   aralashishga   ishora   qilgan.   Rossiyaning
Janubiy Kavkazdagi eng ishonchli sheriklaridan bo`lib Armaniston kelmoqda. 
Neftga boy Ozarbayjon Janubiy Kavkazdagi eng qudratli aholisi eng gavjum
davlatdir.   Uning   nisbiy   boyligi   va   Turkiya   bilan   alohida   munosabatlari     Rossiya
Federatsiyasi   bilan   barqaror   munosabatlarni   o'z  ichiga   olgan   muvozanatli   va  ko'p
yo`nalishli   tashqi   siyosat   yuritish   erkinligini   beradi.     Rossiya   Ozarbayjon   bilan
munosabatlarda mo`tadil siyosat yuritishga harakat qiladi. Chunki mintaqaning eng
katta   davlati   bo`lgan   Ozarboyjon   tashqi   siyosatda   Rossiya   ta`siri   doirasiga   to`liq
tushib   qolgan   emas.   Uning   G`arb   davlatlari   bilan   ham   aloqalari   ancha   yaxshi
yo`lga   qo`yilgan.   Ayni   paytda   Rossiya   va     Ozarbayjon   o`rtasidagi   munosabatlar
yaxshi yo`lga qo`yilgan. 
Hozirgi   kunga   kelib   ham   Rossiyaning   Shimoliy   va   Janubiy   Kavkaz
mintaqsida joylashgan davlatlar bilan munosabatlari o`ziga xos yo`nalishda davom
etmoqda.   Xususan   Shimoliy   Kavkaz   hududi   Rossiyaning   ajralmas   qismi   sifatida
qaralib,   mintaqada   shunga   mos   siyosat   yuritishga   harakat   qilinayotgan   bo`lsa,
Janubiy   Kavkaz   davlatlaridan   Armaniston   va   Ozarbayjon   bilan   yaxshi   manfaatli
munosabatlar   olib   borilayotgan   bo`lsa,   Gruziya   bilan   ziddiyatli   aloqalar   davom
etmoqda. 
Xulosa   qiladigan   bo`lsak,   Sobiq   Ittifoq   parchalanganidan   keyin   Kavkazda
rus   siyosatining   ta’siri   ma`lum   o`zgarishlarga   uchradi.   Xususan   Shimoliy
Kavkazda   Rossiya   o`z   ta`sirini   kuch   bilan   saqlab   kelayotgan   bo`lsa,   Janubiy
77 Kavkaz   davlatlarida   bu   siyosatni   amalga   oshirib   bo`lmaydi.   Bu   mintaqaning   uch
davlatida Rossiyaning ta`siri uch xil desak bo`ladi. Masalan, Armaniston Rossiya
bilan   juda   yaqin   siyosat   olib   borsa,   Ozarbayjon   esa   mo`tadil   siyosat   olib   boradi.
Mintaqadagi   Gruziya   davlati   Rossiya   bilan   ziddiyatli   munosabatlarni   saqlab
qolmoqda.   Shundan   ko`rishimiz   mumkinki   Rossiya   o`tgan   31   yil   vaqt   davomida
Kavkaz hududida o`z ta`sirini saqlab qolish uchun ancha qiynalgan va bir qancha
jihatlarda imkoniyatini qo`ldan boy bergan. 
                                                         Xulosa
Kavkaz mintaqasi tarixdan juda ko`plab xalqlarning qiziqishiga sabab bo`lib
kelgan.   Mintaqaning   tabiiy   iqlimi,   xushmanzara   atrof-muhiti   qo`shni   xalqlarning
o`ziga  tortib  kelgan.  Shu sababdan   mintaqada  juda  ko`plab  xalqlar  tarixning turli
vaqtlarida kirib kelib o`rnashib hozirgacha yashab kelmoqda. 
Mintaqaning   qulay  geostrategik   hududda   joylashganligi   ham   unga     qo`shni
davlatlarning   qiziqishining yanada ortishiga sabab bo`lgan. Shunday davlatlardan
biri bo`lgan Rossiya bu hududga bo`lgan ilk qiziqishi X asrlarga to`g`ri keladi. Bu
davrda   Kiyev   Rusi   knyazlari   avar   xoqonligi   bilan   kurash   natijasida   bu   hududda
ham   harbiy   harakatlar   olib   borgan.   Mo`g`ullarning   bosqini   bo`lsa   rus
hukmdorlarining Kavkaz siyosatini ancha vaqtgacha ortga surishiga olib kelgan.
Rossiyaning   Kavkaz   hududiga   tom   ma`noda   bo`lgan   qiziqishining   ortishi
Ivan   Grozniy   tomonidan   Qozon   va   Astraxan   hududlarining   qo`lga   kiritilishidan
keyin ancha kuchaygan. Chunki bu hududlar o`z navbatida Kavkaz bilan umumiy
chegaraga   ega   bo`lgan.   Bundan   tashqari   rus   hukmdorlari   uchun   egallangan   bu
yangi hududlar kelajakda Kavkazda amalga oshiriladigan harbiy harakatlar uchun
tayanch vazifasini o`tagan. 
Rossiyada hokimiyat tepasiga Pyotr I ning kelishi uning tashqi siyosatda faol
harakat   qilishiga   undadi.   Pyotr   I   g`arbdagi   harbiy   harakatlar   bilan   birgalikda
78 sharqqa   qarab   davlat   sarhadlarini   kengaytirish   yo`lidan   borgan.   Natijada   uning
davrida Rossiyaning Kavkazdagi keng ko`lamli harakatlarining boshlangan. Lekin
uning vafoti va taxt uchun bo`lgan kurashlar davlatni Kavkaz siyosatini ortga surib
turishiga majbur qilgan. 
Rossiya   Kavkazda   har   tamonlama   faol   harakatni   XIX   asr   boshlaridan
boshlagan.   Bunga   Rossiya   yerlarida   Napoleon   I   ning   mag`lub   bo`lishi   ham   o`z
ta`sirini   ko`rsatgan.   Natijada   Rossiya   o`zining   G`arbdagi   asosiy   dushmanini
mag`lubiyatga   uchratgani,   uning   Sharqda   keng   ko`lamdagi   harkatlarni   amalga
oshirishga yo`li ochib bergan. 
Rossiya   Kavkaz   hududini   egallashda   katta   qiyinchilikka   duch   kelgan.
Kavkaz hududining asosan tog`li mintaqada joylashganligi va bu yerdagi mahalliy
aholining   keskin   qarshilik   harakatlari   Rossiyaning   harbiy     harakatini   ma`lum
ma`noda sustlashtirgan. 
Kavkaz   mintaqasida   Rossiya,   Eron   va   Turkiya   bilan   manfaatlari   doim
to`qnash kelgan. Kavkazning janubiy qismi uzoq vaqtlardan beri Eron ta`sarrufida
bo`lib   kelgan.   Bu   hududlarga   Rossiyaning   kirib   kelishi   o`z   navbatida   ikki   katta
davlatning   to`qnashuviga   sabab   bo`lgan.   Harbiy   jihatdan   yaxshi   taminlangan
Rossiya Eronni mag`lubiyaga uchratib hududlarni o`z ta`sir doirasiga kiritib oladi. 
Rossiya   Turkiya   bilan   asosan   Kavkazning   g`arbiy   hududlari   masalasida
raqobatlashgan . Bunda ham Rossiyaning qo`li baland kelgan. 
Rossiya Kavkaz hududini XIX asrning ikkinchi yarimida to`liq o`z tarkibiga
qo`shib   oldi.   Shimoliy   Kavkazni   egallashda   Rossiya   juda   ko`p   qiyinchilikka
uchragan.  Shunday   bo`lsa   ham   Shimoliy  Kavkazdagi   harakatlar   1864-yilda   to`liq
bostirilgan. 
SSSR   tashkil   etilgandan   keyin   ham   Rossiyaning   Kavkazdagi   o’z   manfaati
kurashi   deyarli   o`zgarmadi.   Rossiya   Kavkazni   boshqacha   yo`l   bilan   o`z   ta`sir
doirasida ushlab turgan.
1991-yilda   SSSRning   parchalanishi   Kavkaz   hududiga   bahor   nafasini   olib
keldi.   Lekin   Shimoliy   Kavkazga   kelgan   bu   bahor   tezda   kuz   fasliga   o`z   o`rnini
79 boshatib   berdi.   Chunki   bu   yerda   o`zini   mustaqil   deb   e`lon   qilgan   davlatlar
Rossiyaning ajralmas hududi deya e`lon qilinib, birin ketin mustaqillik harakatlari
bostirilgan.
Kavkazortida vujudga kelgan uch davlat siyosatida ham Rossiya o`z ta`sirini
yo’qotmagan. Buni biz bugungi kudagi siyosiy jarayonlarda kuzatishimiz mumkin.
O‘zbekiston prezidenti asarlari
1. Mirziyoyev,   Shavkat   Miromonovich.   “Tanqidiy   tahlil,   qat’iy   tartib-intizom   va
shaxsiy   javobgarlik   –   har   bir   rahbar   faoliyatining   kundalik   qoidasi   bo‘lishi
kerak”.   2017 yil14  yanvar  Sh.M.  Mirziyoyev–  Toshkent:  O‘zbekiston,  2017. –
104 b.
2. Mirziyoyev ,   Shavkat   Miromonovich .     “ Buyuk   kelajagimizni   mard   va   olijanob
xalqimiz   bilan   birga   quramiz ”/   Sh . M . Mirziyoyev –   Toshkent :   “ O ‘ zbekiston ”,
2017. – 488  b .
3. Karimov   I. A .   “ O ’ zbekiston   XXI   asr   bo ’ sag ’ asida   :   Xavfsizlikka   tahdid ,
barqarorlik   shartlari   va   taraqqiyot   kafolatlari . –Т.:,  O ‘ zbekiston ”1997 – B .228.
Asosiy adabiyotlar
1. Безугольный,   А.   Ю.   Народы   Кавказа   и   Красная   Армия.   1918—1945
годы / А. Ю. Безугольный. — М., 2007. 340 с.
2. Блиев М.М., Дегоев В.В. Кавказская война. М: Росет, 1994.422 с.
3. Дадаев Ю. У.      Муртазеки – воинское формирование Шамиля   // Вестник
Института   истории,   археологии   и   этнографии.   —   Махачкала:   ДНЦ
РАН , 2014.   —   № 3 (39).   —   С. 48—60.   —   ISSN   2078-1423 .
4. Гаджиев   К.С.,   Большая   игра   на   Кавказе:   вчера,   сегодня,
завтра   (Москва, Международные отношения, 2010), 418 с.
5. Гутаков В. Русский путь к югу. Часть 2    // Вестник Европы, №21, 2007,
321 с.
80 6. Магомадова   Т.   С.   Начало   "блистательной   эпохи   Шамиля"   (восстание
1840   г.   в   Чечне).   -   Народно-освободительное   движение   горцев
Дагестана   и   Чечни   в   20   -   50-х   годах   XIX   в.   Всесоюзная   научная
конференция 20 - 22 июня 1989 г., Махачкала. 1989. 455 с.
7. Потто   В.   Кавказская   война.   Том   2.   Ермоловское   время.   М.:
Центрполиграф, 2008 672 с.
8. Покровский Н. И.      Кавказские войны и имамат Шамиля / Предисл.   Н. Н.
Покровского ,   введ.   и   прим.   В.   Г.   Гаджиева .   —   М.:   РОССПЭН ,
2000.   312 с.
9. Рунов  В.  А.,  Куликов  А.  С.   «Все   Кавказские  войны  России».  М;.2013.
432 с.
10. Салчинкина   А.   Р.   Отдельный   Кавказский   корпус   в   Кавказской   войне
1817—1864   гг.:   Европейская   армия   и   неевропейские   методы
войны   //   Наука,   образование,   общество:   Тенденции   и   перспективы:
Сборник   научных   трудов   по   материалам   Международной   научно-
практической   конференции:   в   3   частях .   —   М.:   АР-Консалт,   2014.   —
Т.   3.   — С.   66—70.   —   ISBN 978-5-9905725-9-1 .
Qo`shimcha adabiyotlar
1. Alex   Rasizade,   “The   Great   Game   of   Caspian   Energy:   Ambitions   and
Realities,”   Journal of Southern Europe and the Balkans   7:1 (2005): - С .–11.
2. Azerbaijan   Never   Ruled   Out   Military   Settlement   of   Karabakh
Conflict,”   News   from   Azerbaijan ,   28   May   2013,   доступно
на   http://www.news.az/articles/official/80066(link is external) .
3. Снытко        В.        А.    ,   Собисевич   А.   В.   Франко-советский   полевой
географический симпозиум Альпы        — Кавказ      // Вестник Академии наук
Чеченской Республики. 2017. Т. 35, №   2. С. 93—98.
4. Откупщиков        Ю.        В.      Очерки   по   этимологии.   —   СПб. :   Изд.   С.-
Петербургского университета, 2001.   — 479 с.   — С. 310.
5. Фасмер М. , Кавка́з // Этимологический словарь русского языка: В 4-х т.
/ Пер. с нем. и доп. О.   Н.   Трубачёва.   — 2-е изд., стер.   —   М. : Прогресс,
1986—1987.   — Т. 2 (Е   — Муж).   — 672 с.   — С. 153
6. Никонов        В.        А.      Рец.   на   кн.:   М.        С.        Боднарский    .   Словарь   географических
названий.   М. , 1954 // География в школе. №   3, 1955.   — C. 77.
7. Ююкин   М.   А. ,   О   происхождении   названия   Кавказ   //   Индоевропейское
языкознание   и   классическая   филология-XVI   (материалы   чтений,
посвященных   памяти   профессора   И.   М.   Тронского,   18-20   июня
2012   г.).   —   СПб.: Наука, 2012.   — С. 893
81 8. Захарова   Л.   Г.   Россия   и   Кавказ:   Взгляд   их   XIX   века.   /   Милютин
Д.   А.   Воспоминания.   1856—1860   /   Под   ред.   Л.   Г.   Захаровой.   —   М.,
2004. – C .28.
9. Казембек   А.   К.      Мюридизм   и   Шамиль   //   Избранные   произведения   /
Сост.   А. К. Рзаев; под ред.   З. М. Буниятова,   А. К. Рзаева.   —   АН АзССР ;
Институт востоковедения.   — Баку: Элм, 1985.   -   C.73.
10. Детальная   российская   версия   войны   представлена   в   книге   Марка
Блиева,     Россия   и     горцы     большого    
Кавказа   на   пути   к   цивилизации (Москва: Мысль, 2004).
11. Смотри  Geraldine Fagan, “A Word of Justice: Islam and State Repression in
the North Caucasus,”   Central Asian Survey   33:1 (2014): - С .36.
12. С.   С.   Жильцов,   И.   С.   Зони   и   А.   М.   Ушков,   Геополитика   каспийского
региона   (Москва: Международные отношения, 2003), -С.99.
13. Government   of   Georgia,   State   Strategy   on   Occupied   Territories:
Engagement through Cooperation   (Tbilisi, January 2010).
82

Rossiyaning Kavkazdagi siyosati Mundarija Kirish … …………………………………………………………………….3-8 I.Bob. Rus podsholigining Kavkaz mintaqasiga qiziqishining ortib borishi .. 1.1. Kavkazning geografik joylashuvi va qisqacha tarixi………………… 9-14 1.2. Rus podsholigi va Kavkaz hududi o`rtasidagi aloqalarning shakllana borishi va harbiy ekspeditsiyalarning tashkil etilishi …………………………………15-22 II.Bob. Kavkazning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi………….. 2.1. Rossiya imperiyasining Kavkaz hududiga amalga oshirilgan keng ko`lamdagi harbiy harakatlari…………………………………………………………23-32 2.2. Kavkaz xalqlarining rus bosqiniga qarshi mardonovar kurashi………33- 49 III. Bob. XX-XXI asr boshlarida Kavkazdagi vaziyat………………………. 3.1. Kavkaz SSSR tarkibida………………………………………………50-66 3.2. XX asr oxiri XXI asr boshlarida Kavkazdagi siyosiy jarayonlar va unga Rossiyaning munosabati…………………………………………...........67-79 IV. Xulosa……………………………………………………………… 80-81 V. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati……………………………… 82-84. 1

Kirish Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Mustaqillik tufayli demokratiya yo‘lidan rivojlanayotgan yurtimizda tarixiy manbalarga tayangan holda, tarixiy voqeylikni bo‘yab ko‘rsatmasdan, o‘z ko‘rinishida yoritish, uni xolis tadqiq etishga sharoit yaratildi. Shu munosabat bilan yurtimizda tarix faniga alohida e’tibor qaratilib, nafaqat Vatan tarixi, shuningdek Jahon tarixini o‘rganish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Chunki, jahon tarixida ro‘y bergan va ro‘y berayotgan siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy o‘zgarishlar, globallashuv sharoiti O‘zbekistonga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Zero, O‘zbekiston tarixi- Jahon tarixining ajralmas qismidir. Kavkaz juda qulay geografik hududda joylashgan. Bu hududning iqlimi, tabiati va strategik ahamiyati qadimdan boshqa xalqlarni o`ziga qaratib kelgan. Qadimgi va o`rta asrlarda bu hudud juda ko`plab bosqinchilarga o`lja bo`lgan. Misol sifatida mo`g`ullar bu hududlarni vayronaga aylantirdi. Kavkazga nafaqat sharq xalqlari qiziqqan balki, g`arb xalqlari ham bu hududda o`z siyosatini yurgazish uchun harakat qilib kelgan. Shunday davlatlardan biri Rossiyadir. Rossiya hududida o`rta asrlarda mavjud bo`lgan Kiyev Rusi knyazlari Kavkaz mintaqasini o`z ta`siri doirasiga o`tkazish siyosatini boshlagan. Kiyev Rusining Kavkaz hududiga amalga oshirgan harbiy harakatlari maqsadi bu hududni egallab olish emas, balki bu hududda tashkil topgan Avar xaqonligiga kuchli zarba berib, ularning Rus yeriga bo`ladigan bosqinini butunlay tugatishdan iborat bo`lgan. Kiyev Rusining Kavkaz hududiga bo`lgan qiziqishini mog`ullar hujumi ancha vaqtgacha ortga surishiga sabab bo`lgan. Moskva atrofida birlashgan rus yerlari Ivan Grozniy davrida Sharqqa qarab o`z chegarasini kengaytirib borgan. Buning natijasida rus yerlarining chegarasi Kavkaz bilan tutashib ketadi. Natijada bu hududga bo`lgan qiziqish asta-sekin kuchaya boshlagan. Kavkaz yerlariga Rossiyaning tom ma’nodagi harbiy harakatlari Pyotr I davrdan boshlangan. U o`z davlat sarhadlarini Kavkaz hududi hisobiga yanada 2

kengaytirishga harakat qiladi. Bu harakatlar natijasida Kavkaz hududi asta-sekinlik bilan Rossiya ta`siriga tusha boshlagan. Pyotr I davridan boshlangan harbiy harakatlar XIX asr ikkinchi yarimigacha davom etdi. Natijada bu davrga kelib, Kavkaz hududi Rossiya ixtiyoriga to`la o`tgan. Rossiyaning Kavkazda amalga oshirgan harbiy siyosiy harakatlari hozirgi kungacha o`z dolzarbligini yoqotmagan. XVIII asr boshlaridan yuzaga kelgan muhim harbiy harakatlar natijasi bugungi kunda ham o`z ta`sirini saqlab kelmoqda. Hozirgi kunda ham mintaqadagi bo`layotgan har qanday o`zgarishga qaysidir ma`noda Rossiyaning ham ta`siri borligini sezishimiz mumkin. Shu va boshqa jihatlarni e`tiborga olgan holda tadqiqot mavzusi sifatida Rossiyaning Kavkazda amalga oshirga siyosati mavzusini tanladim. Tadqiqot obyekti va predmeti. Rossiyaning Kavkaz hududida amalga oshirgan siyosati tarixini ilmiy jihatdan yoritib berish tadqiqot obyekti hisoblanadi. Rossiyaning Kavkaz mintaqasini o`z ta`siriga tushirish maqsadida olib borgan harbiy harakatlari, diplomatik aloqalari tarixini o`rganish tadqiqot ishining predmeti bo‘lib xizmat qiladi. Tadqiqot maqsadi va vazifalari. Magistrlik dissertatsiyasining maqsadi Rossiyaning Kavkaz mintaqasida amalga oshirgan siyosatining o‘ziga xos jihatlarini ilmiy tomondan ochib berish va asosiy tendensiyalarini tadqiq etishdan iborat. Mazkur maqsaddan kelib chiqqan holda quyidagilar magistrlik dissertatsiyasining vazifalari sifatida belgilab olindi:  Kavkaz hududining geostrategik joylashuvini o`rganish  Kiyev Rusi va Kavkaz mintaqasi o`rtasidagi amalga oshirilgan ilk aloqalarni tahlil qilish ;  Rossiyaning Kavkazga bo`lgan siyosatining o`zgarib borishini tadqiq qilish;  Rossiyaning Kavkaz mintaqasini o`z hududiga qo`shib olish uchun harakatlarning boshlanishini o`rganish; 3

 Rossiyaning Kavkaz tomonidan egallanish jarayonini to`liq ochib berish;  Shimoliy Kavkaz va Janubiy Kavkaz hududlarining Rossiya ta`siri doirasiga o`tishini tadqiq qilish;  Rossiyaning Kavkaz hududiga hozirgi kunda amalga oshirayotgan siyosatini tahlil qilish. Mavzu bo'yicha adabiyotlar tahlili. Rossiyaning Kavkaz siyosatini o`rganishda rus va ingliz, va boshqa tilida yozilgan asarlar, Ommaviy axborot vositalari va internet ma`lumotlariga murojaat qilingan. Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlashda chet ellik, MDH va Rossiyalik olim va tadqiqotchilar- Безугольный , А . Ю ; Блиев М . М ., Дегоев В . В .; Дадаев Ю . У . ; Гаджиев К . С ., Гутаков В ; Магомадова Т . С .; Потто В .; Покровский Н . И . ; Рунов В . А ., Куликов А . С . ; Салчинкина А . Р . 1 va boshqalarning mazkur muammoga bevosita yoki bilvosita to‘xtalib o‘tishgan ilmiy asarlar, kitoblar, o‘quv qo‘llanmalar, jurnal, gazeta va internet manbalarida chop etilgan maqolalaridan keng foydalanildi. Shuningdek internetdagi rasmiy web saytlaridan Rossiyaning Kavkaz siyosatiga oid ma’lumotlardan ham foydalanildi. 1 Безугольный, А. Ю. Народы Кавказа и Красная Армия. 1918—1945 годы / А. Ю. Безугольный. — М., 2007. –С.34.; Блиев М.М., Дегоев В.В. Кавказская война. М: Росет, 1994.- C .25.; Дадаев Ю. У. Муртазеки – воинское формирование Шамиля // Вестник Института истории, археологии и этнографии. — Махачкала: ДНЦ РАН , 2014. — № 3 (39). — С. 48—60. — ISSN 2078-1423 .; Гаджиев К.С., Большая игра на Кавказе: вчера, сегодня, завтра (Москва, Международные отношения, 2010), -С.318.; Гутаков В. Русский путь к югу. Часть 2 // Вестник Европы, №21, 2007, -С. 19-20.; Магомадова Т. С. Начало "блистательной эпохи Шамиля" (восстание 1840 г. в Чечне). - Народно-освободительное движение горцев Дагестана и Чечни в 20 - 50-х годах XIX в. Всесоюзная научная конференция 20 - 22 июня 1989 г., Махачкала. 1989. с. 42.; Потто В. Кавказская война. Том 2. Ермоловское время. М.: Центрполиграф, 2008 – C .15.; Покровский Н. И. Кавказские войны и имамат Шамиля / Предисл. Н. Н. Покровского , введ. и прим. В. Г. Гаджиева . — М.: РОССПЭН , 2000. –C.167.; Рунов В. А., Куликов А. С. «Все Кавказские войны России». М;.2013. -С.9.; Салчинкина А. Р. Отдельный Кавказский корпус в Кавказской войне 1817 —1864 гг.: Европейская армия и неевропейские методы войны // Наука, образование, общество: Тенденции и перспективы: Сборник научных трудов по материалам Международной научно- практической конференции: в 3 частях . — М.: АР-Консалт, 2014. — Т. 3. — С. 66—70. 4

Tadqiqotning davriy va xronologik chegaralari. Tadqiqotning davriy va xranologik chegarasi XVIII asrdan XXI asr boshiga qadar Rossiyaning Kavkaz hududida amalga oshirgan siyosatini o`z ichiga oladi. Tadqiqotda qo'llanilgan uslublarning qisqacha tavsifi. Mazkur mavzuni o‘rganishda avvalo, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning milliy davlatchilik tarixi, mamlakat taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari, milliy ma’naviyatni yuksaltirishga qaratilgan tashqi siyosat masalalari keng va har tomonlama yoritib berilgan asarlariga va xalqaro tashkilotlar doirasida O‘zbekiston yondoshuvi yuzasidan so‘zlagan nutqlariga tayanildi. Prezidentning tarixni o‘rganishda aniq va real voqealarga tayanish kerak, degan fikrlari asosida mavzu ilmiy-metodologik me'yorlar doirasida yoritishga harakat qilindi. Bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning asarlaridagi nazariy yondashuvlar ishning metodologik asosi qilib olindi. Xususan " Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak 2 :”, " Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. 3 ”, " kabi asarlaridan, bundan tashqari O'zbekistonda mustaqillik yillari chop etilgan ilmiy asarlar hamda davriy matbuot nashrlaridan ham keng foydalanildi. Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Mazkur dissertatsiya Rossiyaning Kavkaz hududida olib borgan siyosati nafaqat tarix, siyosatshunoslik, xalqaro munosabatlar va diplomatiya, balki iqtisodiyot, madaniyat yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar, shuningdek Markaziy Osiyoning mustaqillik davri bo`yicha izlanish olib borayotgan talabalar, ilmiy xodimlar va o`z tarixiga befarq bo`lmagan barcha odamlar uchun ilmiy-amaliy qo‘llanma sifatida tavsiya etiladi. 2 Mirziyoyev, Shavkat Miromonovich. “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak”. 2017 yil14 yanvar Sh.M. Mirziyoyev.– Toshkent : O‘zbekiston, 2017. – 104 b. 3 Mirziyoyev, Shavkat Miromonovich. “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”./Sh.M.Mirziyoyev. – Toshkent: : “O‘zbekiston”, 2017. – 488 b. 5