logo

Yustinian I davrida Vizantiyaning tashqi siyosati

Yuklangan vaqt:

27.11.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

91.9755859375 KB
Mav zu :         Y ust inian I    dav rida
Vizant iy aning t ashqi siy osat i
                                 MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………….. 
1-BOB       Yustinian I  va uning hokimiyat tepasiga kelishi
                                      
1.1              Yustinian I hukmronlik davri  
2-BOB.     Yustinian I  ning tashqi siyosati 
  2.1     Yustinian I davrida chet davlatlar bilan ziddiyatlar
2.2      Yustinian I davrida ijtimoiy iqtisodiy madaniy munosabatlar
3-BOB.   “ Yustinian I davrida Vizantiyaning tashqi siyosati” 
MAVZUSINI METODLAR ORQALI YORITISH
3.1       Klaster metodi
3.2       4 dan biri noto’g’ri metodi
3.3      “ Yillar so’zlaydi” metodi
XULOSA………………………………………………………
FOYDALANILGAN   ADABIYOTLAR……………………
                                                                                  
                                        
                                 
1                                                KIRISH
  Mavzuning   dolzarbligi:     Vizantiya   imperiyasi   qachon   paydo
bo‘lgan   degan   savolga   olimlar   turlicha   javob   beradi,   biroq   ularning
ko‘pchiligi   imperiyaning   paydo   bo‘lishi   IV   asr   boshlaridan   toki
VII   asr   o‘rtalarigacha   bo‘lgan   davrni   o‘z   ichiga   oladi   degan   to‘xtamga
kelishgan.   Tarixchilar   Vizantiya   tarixini   rasmiy   boshlanishini   bildiruvchi
biror   bir   voqeani   ajratib   ko‘rsatishga   harakat   qilishgan.   Ko‘pchilik   uchun
bu   kabi   voqea   Vizantiya   davlatining   poytaxti,   so‘nggi   antik   davr
va   o‘rta   asrlarning   siyosiy,   diniy,   madaniy   va   iqtisodiy   markaziga
aylangan,   ikkinchi   Rim   deb   atalgan   Konstantinopolning   paydo   bo‘lishi
edi.   Bu   330-yil   11   mayda   sodir   bo‘ldi.   Imperator   Konstantin
Buyukning   xoxishiga   ko’ra,   qadimgi   Vizantiya   yangi   nom-Konstantinopolis
deb   atala   boshladi   va   yunon   tilidan   tarjima   qilganda   “Konstantin   shahri”
degan   ma’noni   anglatadi.   Xristian   shahri   sifatida   Vizantiya
poytaxtining       tarixi   oradan   1123-yil   o‘tib,   1453-yil   29   mayda
Konstantinopolga Usmonli     turklar   bostirib   kelgan   vaqtda   o‘z   nihoyasiga
yetdi. 
                        Imperiyaning   nomi-Vizantiya   so‘zini   tarixchilar   yangi   davrga
kelib     Konstantinopol   shahrining   o‘tmishdoshi   nomidan   olib   ishlata
boshladilar.   Vizantiyaliklarning   o‘zlari     ularning   davlatida   yunon
tili   hukmron   bo‘lishiga   qaramay   imperiyaning   so‘nggi   kunigacha
o‘zlarini   rimliklar   yoki   xristianlar   deb   atadilar.   Shunisi   qiziqki,
chet   elliklar   ularni   yunonlar   deb   atashi   Vizantiyaliklarga   yoqmagan.
Biroq,   Paleologlar   davrida   vaziyat   bir   oz   o‘zgara   boshladi.
“Ellin”   so‘zi   “majusiy”   ma’nosini   yo‘qotdi   va   vizantiyaliklar
o‘zlarining   yunoncha   o‘tmishi   bilan   faxrlana   boshladilar.   Biroq
vizant   etnosi xech qachon mavjud bo‘lmagan va Konstantinopol                      
2 imperatoriga itoat   etganlar   aralash   xalqlardan   iborat   bo‘lgan.
              Ming-yildan   ortiq   tarixga   ega   bo‘lgan   Vizantiya   davlati
sarhadlari   bir   necha       marotaba       o‘zgardi.       VI   asrda,       imperiya       o‘z
qudratining   cho‘qqisiga   ko‘tarilgan     vaqtda     uning     chegaralari
uch       qit’a:         Yevropa,       Osiyo     va       Afrikada   yerlarni   o‘z   ichiga
olardi.       Vizantiya   inqirozi   arafasida     uning   tarkibiga   faqatgina
Konstantinopol,   Peloponesning   bir   qismi   va   Egey   dengizidagi   bir   qancha
orollar  kirardi.
              Davlat  tepasida   vizantiyaliklar   Xudo  bilan  alohida  munosabatlarga
ega   deb   hisoblagan   imperator   turardi.   U   o‘z   qo‘li   ostidagi   barchani
avf   etilishi   uchun   javobgar   hisoblangan.   Shuning   uchun   ham
hukmdorning   nafaqat   dunyoviy,   balki,   diniy   ahamiyati   ham   katta
bo‘lgan.   Imperatorlar   adolatliligi,   jasurligi,   donoligi,   mulohazaliligi,
atrofdagilarga   nisbatan   g‘amxo‘rligi   va   ixlosliligi   bilan   ajralib
turishi       lozim   edi.   Dastlabki   bir   necha   yuz   yilliklarda   Vizantiya
imperatorlari   rim   unvoni     Imperator   Augustos   deb   atalgan.
629-yil     Eron   ustidan   qozonilgan   g‘alabadan   keyin   Irakliy     kelib
chiqishiga   ko’ra,   yunoncha   bo‘lgan-vasilevs   unvonidan   foydalana
boshladi.   800-yilda   Karl   Buyukka   imperatorlik   toji   kiydirilishi
natijasida     Vizantiya   hukmdorlari   rim   imperatorlarining   merosxo‘ri
ekanligini   e’tirof   etish   maqsadida   Basileus   ton   Romaion-rimlik
imperatorlar   unvonini   oladigan   bo‘lishdi.   Paleologlar   davrida
quyidagi       aqidadan   ko‘p   foydalanildi:   “Xudo   va   Xristosga   sadoqatli
imperator   va   yakka   hukmron   rimlik”.   Biz   buni   dastlab   XV   asrda
Manuil   II   Paleolog,   uning   rafiqasi   Yelena   Dragash   va   ularning   uch
farzandi       (Ioann,     Andronik     va     Feodor)     tasvirlangan       miniatyurada
ko’ramiz.
           Bu yerda   hukmdor “Manuil Xudo va Xristosga   sadoqatli imperator
va   yakkahukmron   rimlik,   Paleolog   va   Avgustning   maslakdoshi”
sifatida   gavdalangan.   Shu   bilan   birga   imperatorni   boshqa   oliy
3 hukmdorlar   orasidan   ajratib   ko‘rsatish   uchun   “yakka   hukmdor”   va
“buyuk vasilevs”   unvonlaridan   ham   foydalanilgan.
            Vizantiyaliklar   xristian   dunyosida   o‘z   davlatlarining   ustunligiga
to‘liq   ishonardi.   Ularning   vasilevslari   yetti   hukmdor   deb   atalganlarning
boshlig‘i   bo‘lishi   lozim   edi.   Boshqa   barcha   hukmdorlar   ular
boshqarayotgan   davlatining   nufuzidan     qat’iy   nazar   imperatorning
yaqin   qarindoshlari   nomini   bo‘lib   olishar     (imperatorning   o‘g‘li
yoki   ukasi   unvonini   eng   kuchli   monarxlar   qo‘lga   kiritgan)   yoki
ularga   saroy   unvonlari   (masalan,   patritsiy   yoki   magistr)   berilgan.
Vizantiya   imperiyasi   va   uning   siyosati   ta’sirida   bo‘lgan   xalqlar
va   davlatlarning   bu   o‘ziga   xos   tuzilishiga   mashhur   vizantshunos
olim   Dmitriy   Obolenskiy   “Vizantiya   millatlar   hamdo‘stligi”
deb   nom   bergan.   “Hamdo‘stlik”ning   amalda   bo‘lish   masalasi
Komninlar   sulolasi   davrida   (1081-1185)   juda   ham   muhim   edi.
Paleologlar   hukmronligi   davrida,   imperiya   1204   yilgacha   mavjud
bo‘lgan   xududning   soyasida   qolib   ketgan   vaqtda   ham   u   o‘z
pozisiyasini   himoya   qilgan.   Patriarx   Antoniy   I   1393-yilda   Buyuk
Moskva   knyazi   Vasiliy   I   “Cherkov   bor,   imperator   yo‘q”   degan
gapiga     javob   qilib   yozgan   edi:   “Imperiya   va   cherkov   bir   butunlikni
tashkil   etadi   va   bir-biridan   ajralishi   mumkin   emas...Olamda
butun   xristianlar   tomonidan    tan   olinadigan   yagona   imperiya   bor”. 
                                  Kurs   ishidan   ko’zlangan   maqsad   shundan   iboratki
Yustinian   I   davridagi     Vizantiya   tarixini   o’rganish   va   bizga   noma’lum
bo’lgan   jihatlarni   o’rganish   va   bilim   darajamizni   to’ldirishdan   iborat.
Shu   orqali   bugungi   kunda    ushbu    mavzuni    o’quvchilarga    zamonaviy
talablar     asosida   yetkazib   berish.     Bu   maqsad   asosida   quyidagi   vazifalarni
hal qilishni belgilab oldik;  
- Yustinian I hukmronlik davri  
- Yustinian I davrida chet davlatlar bilan munosabatlar
4 - Yustinian I davrida chet davlatlar bilan munosabatlar
- Mazkur   mavzuni   o’quvshi-yoshlar   oson   va   qulay
o’zlashtirishlari   uchun   munosib   zamonaviy   pedagogik
metodlarni   tavsiya   qilish   va   uning   ishlanmasini   ishlab
chiqish;
                                        
5 1-BOB      
 Yustinian I  va uning hokimiyat tepasiga kelishi
1.1              Yustinian I hukmronlik davri  
      Illiriyalik 
  kambag‘al   dehqonning   o‘g‘li   bo‘lgan   Yustin   (518-527 )
yoshligida     Konstantinopolga   oyoqyalang   holda   omad   izlab   kelgan
ekan.   Imperator   Markian   davrida   xizmatini   oddiy   askarlikdan   boshlagan
Yustin   vaqt   o‘tib   yuqori   lavozimlargacha   ko‘tarildi.   Yustin   malakali,
tajribali harbiy bo‘lishiga qaramay, savodsiz bo‘lgan ekan.   519-yilda Yustin I
konsul   etib   Teodorixning   nevarasi   Atalarixni   tayinlaydi   va   uni
otaliqqa   oladi.   Ilm   –   fandan   yiroq   bo‘lgan   Yustin   savodxonlik
qanchalar   zarur   ekanini   bilib,   jiyani   Yustinianga   tahsil   olishi
uchun   barcha   sharoitlar   yaratgan,   sababi   uning   o‘zining   farzandi
bo‘lmagan.   527-yil     aprel   boshida   Yustin   I   og‘ir   kasal   bo‘lganligi
sababli   jiyani   Yustinianni   merosxo‘r   deb   e’lon     qiladi,   oradan   ko‘p
o‘tmay,   1 avgust   kuni   vafot   etdi.
              Yustinian   I   Buyuk   (527-565)   Vizantiya   tarixida   eng   mashhur
imperator   sifatida   nom   qoldirgan   ushbu   hukmdorga   tarixchilar
tomonidan   qarama   –   qarshi   fikrlar   bildiriladi.   Ammo   bu   fikrlardan
qat’iy   nazar   imperiya   tarixida   hech   qaysi   hukmdor   u   singari
siyosat   olib   bormagan   va   u   adolatdan   Buyuk   degan   nom   olgandir.
Yustinian   482   yoki   483-yillarda   Illirikda   dehqon   oilasida   tug‘ilgan.
Tog‘asi Yustin imperator Anastasiy hukmronligi vaqtida yuqori
 
  Illiriya – Bolqon yarim oroli g‘arbiy qismining qadmgi nomi                             
                                                                                      7
6 lavozimlarni   egallagandan   so‘ng   jiyanini   saroyga   chaqirtiradi.   Tabiatan
iqtidorli bo‘lgan Yustinian saroy ahli orasida tanila boshlagan. 521-yilda unga
konsullik lavozimi topshiriladi.
    Yustinian   565   -yil   noyabr   oyida   merosxo‘r   tayinlamay   vafot
etdi.   Uning   yaqin   qarindoshlar   o‘rtasida   taxt   uchun   kurash   boshlanib,
unda   Yustinianning   singlisi   Vigilansiyaning   o‘g‘li   Yustin   II   (565-578)
g‘olib   bo‘ldi.   Yustinning   Feodoraning   jiyani   Sofiyaga
uylanaganligi   uning   taxtga   chiqish   imkoniyatini   kengaytirgan.
565   –-yil   14   –   noyabr   kuni   saroyda   toj   kiydirish   marosimi   bo‘lib   o‘tdi.
Yustin   taxtga   o‘tirgandan   bir   hafta   keyin   saroyga   kelib   chiqishi   turk
bo‘lgan   avar   qabilalari   tashrif   buyuradilar.   Yustinian   hukmronligi
vaqtida   imperiya   chegaralarini   himoya   qilganliklari   uchun   ularga
har   yili    mablag‘   to‘lanar   edi. 1
1
  . Агафий Миринейский.  О   царствовании   Юстиниана . –  М ., 1996. – 256  с .
7 2-BOB.     
Yustinian I  ning tashqi siyosati
2.1     Yustinian I davrida chet davlatlar bilan ziddiyatlar
              Yustinian   hukmronligi   davrida   imperiyaga   g‘arbdan   vandallar
va   ostgotlar   qirolligi,   sharqda   sosoniylar   Eroni,   shimoldan   bolgar,
slavyan,   avar,   altlar,   janubdan   kuchmanchi   arab   qabilalariga   tegishli
hududlar   chegaradosh   bo‘lgan.   Hukmronligining   o‘ttiz   sakkiz   yili
davomida   Yustinian  I    ular  bilan   muvaffaqiyatli   urushlar    olib   borgan.
          528-yil   Yustinian   uchun   omadsiz   keladi.   Vizantiyaliklar
Eron   sosoniylari   bilan   bo‘lgan   Mindona   yonidagi   jangda
mag‘lubiyatga   uchraydilar.   Tinchlik   sulhi   tuzish   taklifi   bilan
yuborilgan   elchilik   muvaffaqiyatsizlik   bilan   tugaydi.   Shu   yilning
mart   oyida   Suriyaga   arablar   yurish   qiladilar,   ammo   ularni   orqaga
chekintirishga   muvaffaq   bo‘lindi.   29   noyabr   kuni   bo‘lib   o‘tgan
zilzila     yana      Antioxiyani     xonavayron     etgan.
        530-yil   Dare   yonidagi   jangda   Vizantiyaliklar   sosoniylar
ustidan   g‘alaba   qozonadilar.   Sosoniylar   taxtiga   Kubodning
o‘g‘li   Xusrav   I   Anushervon   kelgandan   so‘ng,   532-yilda   Vizantiya
va   Eron   hukmdorlari   o‘rtasidagi   “abadiy   tinchlik”   sulhi   imzolandi.
Yustinian   endi   Kavkazdan   Gibraltar   bo‘g‘ozigicha     bo‘lgan   yerlarni
o‘z   ichiga   olgan   imperiyani   tuzishni   maqsad   qiladi.   531-yilda
Xilderikni   o‘ldirib,   Gelimer   hokimiyatga   kelgandan   so‘ng,
Yustinian   vandallarga   qarshi   urushga   tayyorgarlik   ko’ra,   boshlaydi.
Vasilevs   
ning yaqin maslahatchilaridan biri prefekt Ioann                                

vasilevs – Vizantiya imperatorlari unvoni                                                                                                          
8 boshchiligidagi   ko‘plab   senatorlar   imperator   Lev   I   ning   vandallarga
qarshi   muvaffaqiyatsiz   urushini   eslab,   Shimoliy   Afrikaga   bo‘ladigan
yurishga   qarshi   chiqadilar.   Qarshilikka   qaramay   533-yil   22-iyun   kuni
Velisariy   qo‘mondonligidagi   o‘n   besh   minglik   qo‘shin   olti   yuzta
kemada   O‘rtayer   dengiziga   chiqadi.   Sentabr   oyida   Vizantiyaliklar
Afrika   qirg‘oqlariga   tushadilar.   533-534-yillar   kuz   va   qish   oylarida
bo’lib   o’tgan   janglar   vandallar   hukmdori   Gelimer   mag‘lub   bo‘ldi,
534-yil   mart   oyida     Velisariyga   asir   tushdi.   Shu   tariqa   Yustinian
vandallar   va   Shimoliy  Afrika   hukmdoriga   aylandi. 
          Italiyada   Teodorix   Buyukning   balog‘ot   yoshiga   yetmagan
nabirasi   Atolarix   vafot   etadi.   Teodorixning   jiyani   Teodat   vasiy   sifatida
davlatni   boshqarayotgan   uning   onasi   Amalasuntani   o‘ldiradi.   Bu
Yustinianning   ostgotlarga   qarshi   urush   e’lon   qilishiga   bahona   bo‘ldi.
535-yilning   yozida   ikkita   armiya   ostgotlar   yeriga   hujum   boshlab,
Mund   qo‘mondonligi   ostidagi   qo‘shin   Dalmatsiyani,   Velisariy
Sitsiliyani   egallaydi.   Noyabr   oyida     Neapol   olindi.   Ostgotlar   qiroli
Teodot   fitna   qurboni   bo‘lib,   taxtga     merosxo‘ri   Vitigis   o‘tiradi.
Vaziyatdan   foydalangan   Velisariy   qo‘shini   hech   qanday   qarshiliksiz
Rimga   kirib   borgan.   Eski   zodagonlar   ham   varvarlar   hokimiyatidan   ozod
bo‘lishni   rejalashtirganligi   uchun   qarshilik   ko‘rsatmaganlar.
539-yil     oxirida   Velisariy   Ravennani   qurshovga   oladi,   bahorga
kelib   ostgotlar   poytaxti   Vizantiyaliklar   qo‘liga   o‘tib,   Yustinian
gotlar   qiroli   nomini   oldi.   541-yilda   ostgotlar   o‘z   qiroli   etib
harbiylardan   Totilani   saylaydilar.   U   kuchli   qo‘shin   tuzib,
besh-yil   davomida   Italiyadagi     Vizantiyaliklar   egallagan   yerlarning
ko‘p   qismini   qaytarishga   muvaffaq   bo‘ldi.   Velisariy   bilan   olib
borgan   urushlar   goh   u   tomon   goh   bu   tomonning   g‘alabasi   bilan
nihoayasiga       yetgan.         550-yilga       kelib       Totilaning       qo‘lida       Rim       va
Sitsiliya, 
                                                                               
9     
            Konstantinopol   nazorati   ostida   faqatgina   to‘rt   shahar   –   Ravenna,
Ankona,   Kroton,   Otran   qoladi.   Yustinian   Italiyaga   yevnux
Narses   boshchiligidagi   o‘ttiz   ming   kishidan   ziyod   bo‘lgan   qo‘shinni
yuboradi.   552-yilda   Narses   yarim   orolga   kelib,   Tashi   yonidagi
jangda   Totillani   yengadi,   jangda   ostgotlar   qiroli   halok   bo‘ldi.
554-yilda   Narses   yetmish   minglik   qo‘shin   bilan   Apenin   yarim
oroliga   bostirib   kirgan   frank   va   allemanlar   ustidan   g‘alaba   qozondi.
Shu   tariqa   Italiya   yerlariga   bo‘lgan   harbiy       harakatlar   nihoyasiga
yetdi,   Resiya   va   Norikka   qochib   ketgan   gotlar   o‘n-yildan   so‘ng
bo‘ysindirildi.Taxminan   shu   vaqtlarda   patritsiy   Liberiy   vandallardan
Ispaniyaning   janubiy   –   sharqiy   qismini   tortib   olib,   Qurdoba,   Kartago   –
Nova   va   Malaga  shaharlarini   egallashga   muvaffaq   bo‘ladi. 
          Yustinianning   Rim   imperiyasi   hududlarini   tiklash
haqidagi   orzusi   ro‘yobga   chiqdi.   Ammo   urushlar   oqibatida
Italiya   xonavayron   bo‘lib,   bo‘shab   qolgan   edi.   Shuning   uchun
Italiya   noibining    qarorgohi   sifatida   Ravenna   qoldi. 
Sharqda       shoh   Xusrav   bilan   urushlar     davom   etar,   urushlar
orasida   545-551-(555-)yillarda   tinchlik   shartnomalari   ham   imzolangan.
Sosoniylar   va   Vizantiyaliklar   o‘rtasidagi   561-562-yillarda   bo‘lgan
urush   ellik   yilga   imzolangan   tinchlik   sulhi   bilan   nihoyasiga   yetdi.
Shartnomaga   ko’ra,   Yustinian   ularga   yiliga   400   libr   oltin   berishi
kerak   edi,   bundan   tashqari   Lazika   qo‘ldan   boy   berildi.   Vizantiyaliklar
o‘zlari   egallagan   Janubiy   Qrim   va   Qora   dengizning   Kavkaz
orti   qirg‘oqlarinigina   saqlab   qoldilar.   Ammo   keyinchalik   Abxaziya,
Svanetiya,   Mizimaniya   hududlari   ham   Eronga   o‘tadi.   O‘ttiz-yildan
ortiq     davom     etgan     urushlar     ikkala     tomonni     ham     zaiflashtirgan. 
Sosoniylar   bilan   bir   vaqtning   o‘zida   imperiyaga   slavyan   va
xunnlar       ham       xavf       solgan.       530   –-yilda       Mund         boshchiligidagi
Vizantiya
                                
10 qo‘shinlari       bolgarlarning     Frakiyaga   bo‘lgan   bosqinini   to‘xtatsa-da,
uch-yildan   so‘ng   ushbu   hududda   slavyanlar   paydo   bo‘ldilar.
540-yillarda   ko‘chmanchi   xunn   qabilalari   Skifiya   va   Miziyaga
yurish   qildi.   Ularga   qarshi   yuborilgan   imperatorning   jiyani   Yust
jangda   halok   bo‘lgan   va   ko‘pgina   talofatlar   evaziga   varvarlar
Dunay   ortiga   chekinishga   majbur   qilindi.   Ammo   uch-yildan
so‘ng   xunnlar   Gresiyani   egallab,   poytaxt   tomon   yaqinlashdilar.
VI   asrning   40-yillar   oxiriga   kelib   slavyanlar   tomonidan   imperiyaning
Dunaydan   Dirraxiya    gacha   bo‘lgan   hududlari   vayronaga   aylantirildi.
550-yilda   uch   mingga   yaqin   slavyanlar   Dunaydan   o‘tib,   Illirikka
yurish   qildilar.   Imperator   qo‘mondoni   Asvad   ularga   qarshi
bo‘lgan   urushda   halok   bo‘ldi.   551-yil   yozida   slavyanlar
Fessalonikani   egallaydi.   Shundan   so‘ng   Italiyaga   yuborishga
tayyorlangan   German   boshchiligidagi   ko‘p   sonli   qo‘shin
slavyanlarga      qarshi       tashlandi     va      ularning      hujumi       tugatildi. 
          559-yil   oxiriga   kelib   bolgar   va   slavyanlarning   imperiyaga       hujumi
yana   boshlanib,ular   Konstantinopolga   qadar   yetib   keldilar.   Shahar
himoyasini   tashkil   etish   Velisariyga   topshirildi   va   u   Vizantiya
flotining   yordami   bilangina   dushmanlar   hujumini   to‘xtatishga
muvaffaq   bo‘ldi.

  Dirraxiya – Albaniya hududida joylashgan Vizantiya imperiyasining harbiy ma’muriy birligi. Zamonaviy 
Durres.                                                                                       
11 2.2      Yustinian I davrida ijtimoiy iqtisodiy
madaniy munosabatlar
          Yustinian   harbiy   yurishlari   juda   ko‘p   mablag‘ni   talab   qilgan   va
VI   asrga   kelib   imperiyaning   armiyasi   asosan   yollanma   varvarlardan
tashkil   topgan   edi.   Xalq   ommasi   ushbu   harajatlarni   qoplash
uchun   yildan   -yil   oshib   borayotgan   soliqlarni   to‘lashga   majbur
bo‘lganlar.   Xazinani   to‘ldirish     maqsadida   lavozimlarni   sotish   va
tangalarni   chekkasini   qirqish   ishlari   ham   amalga   oshirilgan.
Dehqonlardan   soliq   undirish   maqsadida   yerlar   majburan   tarqatilgan.
Yustinian   boy   amaldorlarni   ham   soliqqa   tortib,   savdogar   va
hunarmandlarning   faoliyati    davlat   nazorati   ostiga   olgan. 
              Yustinian   hukmronligi   davrida   imperiyada   ipak   ishlab
chiqarishning yo’lga qo’yilishi davlatga katta foyda olib keldi. 
              Yustinian   I     imperiyaning   Yevropa,   Osiyo   va   Afrika   qismida
qator   shaharlar   va   mudofaa   punktlarini   barpo   etib,   bunday   yirik
inshootlarning   qurilishi   uchun   ham   katta   mablag‘   xarajat   qilingan.
Imperator   buyrug‘iga   ko’ra,   shoh   Xusrav   bilan   bo‘lgan   urush
natijasida   vayron   bo‘lgan   Dar,   Amida,   Antioxiya,   Feodosikol,
Fermopol,   Nikopol   shaharlari   qayta   qurildi.   Yangi   devor   bilan
o‘ralgan   Karfagen   Yustinian   ikkinchi   nomini   oldi   (Birinchisi
Taurisiy   edi).   Qayta   qurilgan   Shimoliy   Afrika   shahri   Banagaga
Feodorida   nomi   beriladi.   Imperator     bo‘yrug‘iga     ko’ra,       Finikiya,
Vifiniya,         Kappadokiyada         ham           yangi   qal’alar   qurilgan.
Slavyanlar   hujumiga   qarshi   Dunay   qirg‘oqlari   bo‘ylab   mudofaa
devori   ko‘tarildi.   Yustinian   Buyuk   davridagi   singari   shahar   va
qal’alar   kabi   qurilish    ishlari    keyingi    Vizantiya    imperatorlari   davrida
                                                                                                                 
12 qaytarilmagan.   Uning   zamondoshlari   va   ularning     avlodlarini   Italiyadan
Suriya   Palmirasiga   qadar   qurilgan   harbiy   inshootlar,   saroy   va
xashamatli   ibodatxonalar   lol   qoldirgan.   Ular   orasida   shoh   asar
bu   bizning   davrimizgacha   yetib   kelgan     Konstantinopoldagi   Avliyo
Sofiya   ibodatxonasi   hisoblanadi.   532-yil   bo‘lib     o‘tgan       qo‘zg‘olon
vaqtida     Avliyo   Sofiya   ibodatxonasi       yonib   ketgandan   so‘ng,
Yustinian   yangisini   qurish   haqida   buyruq   berdi.     Besh-yil   davomida
Trallik   Anfimiy   va   Miletlik   Isiodor   boshchiligidagi
bir   necha   ming   kishi   quruvchilar   imperator   nazorati   ostida
ibodatxonani       qayta   qurib   bitkazdilar.   Aytish   joizki,   ibodatxona
gumbazining   diametri   31,4   metr   bo‘lib,   undan   uzunroq   diametrli   inshoot
Yevropada   to‘qqiz   asrdan   so‘ng   qurilgan.   Arxitektor   va
quruvchilarning   mahorati   tufayli   ushbu   inshoot   seysmik   jihatdan
faol   zonada   o‘n   to‘rt   asrdan   ziyod   ziyon   yetmay   turibdi.   Ibodatxonaning
ichki   bezaklari   o‘z   chiroyi   va   xashamatliligi   bilan   ajralib   turadi.
Yustinian    davrida   saroy   va    ippodrom   ham   qurilgan.
                        Rim   imperiyasi   qudratini   tiklashni   o‘z   oldiga   maqsad   qilib
olgan   Yustinian   qonunchilik   borasida   ham   tartib   o‘rnatdi   “Feodosiy
kodekslari”   nashr   etilgandan   so‘ng   ko‘pdan   ko‘p   yangi   va   bir   –
biriga   zid   bo‘lgan   ediktlar   chiqarilgan   edi.   Bu     sud   jarayonlariga
salbiy   ta’sir   ko‘rsatgan.   Shuning   uchun   vasilevs   hukmdorlar
qarorlarini   tartibga   olishga   qaror   qiladi.   528-529   –   yillarda   yuristlar
Tribonial   va    Feofil    boshchiligida    tashkil   etilgan    o‘n   kishidan   iborat
komissiya   imperatorlar   Adriandan   Yustiniangacha   bo‘lgan
davrdagi   qonunlarni   o‘n   ikki   kitobdan   iborat   “Yustinian
kodekslariga”   to‘plab,   bizgacha   bu   hujjatning   534-yilda
qayta   nashr   etilgan   nusxasi   yetib   kelgan.   Kodeksga   kiritilmagan
qonunlar       o‘z           kuchini             yo‘qotgan           hisoblangan.           530-yilda
Tribonian
                        
13   rahbarligidagi   16   kishidan   iborat   komissiya   tomonidan   Rim
qonunchiligi   o‘rganilgan   va   ular   asosida   ellik   kitobdan   iborat
“digestlar”   paydo   bo‘lgan.   Keyin   qo‘shimcha   tarzda   “Institusiya”
lar   nashr   etilib,   u   huquqshunoslar   uchun   qo‘llanma   vazifani
bajargan.   Bu   asarlar   va   534   –-yildan   Yustinian   vafotigacha
chiqqan 154 ta imperator farmonlari “Fuqarolar huquqi to‘plami”ni tashkil etdi.
  Hujjat   Vizantiya   va   G‘arbiy   Yevropa   o‘rta   asrlar   qonunchiligining
nafaqat   asosi,,   balki,   muhim   tarixiy   manbasi   bo‘lib   ham   xizmat
qiladi.   Qonunnoma   nashr   etilgandan   so‘ng   barcha   huquq   maktablari
yopilib, faqatgina ikkita, Konstantinopol  va Beyrutdagi  huquq maktablarining
faoliyat   ko‘rsatishiga   ruxsat   berilgan. 
Yustinian   ma’muriy   sohada   ham   faol   siyosat   olib   borgan.   U   Vizantiya
taxtiga   o‘tirgan   vaqtda   imperiya   ikkita   prefektura  ga     -   Sharq   va
Illirikka   bo‘linib,   ular   51   ta   hamda   13   ta   provinsiyadan   iborat   bo’lgan.
Yustinian     ba’zi   provinsiyalarni   birlashtiradi,   unda   eski   boshqaruvdan
farqli   ravishda       sud,   harbiy   sohalarni   bir   kishi   –   duka       (duks)
boshqargan.         Asosan         bu   siyosat   Konstantinopoldan   uzoqda   joylashgan
Italiya   va       Afrika   singari   o‘lkalarga   nisbatan   qo‘llanilgan.   Keyinchalik
bu yerda ekzarxatlar   tashkil etiladi. Yustinian hokimiyat
                                     boshqaruvini
yaxshilash   borasida   amaldorlarni   almashtirib   turgan,
ammo   bu   siyosat   ko‘p   hollarda   ijobiy   natija   bermagan.   Imperator
senat   faoliyatini   faqat   hukmdor   farmonlarini   ijro   etuvchi   tashkilotga
aylantirdi. 
541   –-yilda   Yustinian   Konstantinopoldagi   konsullikni   bekor   qildi
va   o‘zini   umrining   oxiriga   qadar   konsul   deb   e’lon   qiladi,   natijada
katta   mablag‘   talab   etadigan   konsul    o‘yinlari     to‘xtatildi. 

  prefektura – ma’muriy bo‘linish belgisi

  ekzaxat – VI-VII asrlarda Vizantiyadagi ma’muriy xududiy birlik                                                              
14 Imperator   islohatlariga     katta   mablag‘ning   sarf   qilinishi
nafaqat   xalq   ommasining,,   balki,   imtiyozlari   cheklanayotgan
amaldorlarning   ham   noroziligiga   sabab   bo‘ldi.     542   –-yilda   Artavan,
562   –-yilda   Markell,   Vito   va   boshqa   amaldorlarning   imperatorga
qarshi   fitnalari   fosh   etildi.   Asosan   federatlardan   tashkil   topgan
imperiya   qo‘shinidagi   noroziliklarni   bartaraf   etish   uchun
qo‘mondonlardan   iqtidor   talab   etilgan.   Masalan,   536   –-yil
Velisariy   Italiyaga   ketganidan   so‘ng,   Afrikadagi   vandallar
hududlarining   imperiyaga   qo‘shib   olinishidan   norozi   bo‘lganlar   va
harbiy   Stosa   boshchiligida   qo‘zg‘olon   ko‘tarilgan.   Ularni
imperatorning   yollanma   askarlari   qo‘llab   quvvatlaydi ,   Karfagen
qamal   etildi.   Harbiy   qo‘mondon   bo‘lgan   yevnux   Solomon,   tarixchi
Prokopiy     dengiz   orqali   Sirakuzaga,   Velisariy   oldiga   qochganlar.
Velisariy   qo‘zg‘olonni   bostirishga   bir   necha   bor   urinib   ko‘rdi.
Afrikada   noib   etib   tayinlangan   Terman   oltin   va   qurol   kuchi
bilan   qo‘zg‘olonni   bostirishga   muvaffaq   bo‘ldi.   Stoka   ko‘p   sonli
o‘z   tarafdorlari   bilan   Mavritaniyaga   qochib,   yana   uzoq   vaqt,
545   –-yilda   jangda   halok   bo‘lgunga   qadar   Yustinianning
Afrikadagi    yerlariga    xavf    solib    turgan.
            Italiyaga   yurishlar   davrida   ham   imperatorning   yollanma
qo‘shini   askarlari     vaqti   –   vaqti   bilan   jang   olib   borishdan   bosh
tortib,   ochiqchasiga   dushman   tomonga   o‘tish   holatlari   ham   bo’lgan.
Xalq   noroziligiga   davlat   hududlarida   majburiy   provoslav   dinining
joriy   etilishi   sabab   bo‘lgan.     529   va   536-yildagi   shunday
qo‘zg‘olonlardan   bo‘lgan   yahudiylar     va   samarityanlarning   chiqishlari
qattiqqo‘llik           bilan           bostirilgan.             Konstantinopoldagi       cherkov
guruhlari , 
                                                                 
                                                                              
               
15   asosan venetlar    va  prasinlar
    o‘rtasidagi  qonli  to‘qnashuvlar
                                                   Konstantinopol
tarixidagi eng yirik “Nika” qo‘zg‘oloniga sabab bo‘ldi.                            532 –-
yil   yanvar   oyida   ippodromdagi   o‘yinlar   davomida   prasinlar
va   venetlar   o‘rtasida   kelishmovchilik   yuzaga   keladi.   Ertasi
kuni   poytaxt   eparxi      Yevdimon   qo‘zg‘olonda   ishtirok
etganlarning   bir   nechtasini   dorga   osish   to‘g‘risida   buyruq   bergan.
13   yanvar   kuni   xalq   ommasi   imperatordan   qo‘zg‘olonchilarni
avf   etishni   so‘raydi,   rad   javobi   olingach   guruh   a’zolari   birlashib
imperatorga   qarshi   chiqqanlar.   Eparx   saroyiga   o‘t   qo‘yilib,
amaldorlar   o‘ldirilgan.   Qo‘zg‘olonchilar   imperatordan   amaldorlarini
o‘z   lavozimlaridan   ozod   etish   talabini   qo’ygan.   14   yanvar
kuni   imperator   olomonni   boshqarolmay   qolib ,   o‘z   qo‘shini
bilan   chekinishga   majbur   bo‘lgan.   Senat   binosi   yoqib   yuborilib,
shahar   uch   kun   olov   ichida   qoldi.   Mahalliy   aholining
ko‘pchiligi     Bosforning   narigi   qirg‘og‘iga   qochib   ketdi.   Qo‘zg‘olonchilar
yangi   imperator   tayinlanishini   talab   eta   boshlaydi   va   ularni
senatorlarning       bir   qismi   qo‘llab   –   quvvatlaydi.   Imperatorning   jiyani
Ipatiyning       bosh   tortishiga   qaramay   podshoh   kiyimlari   kiydirildi.
Qochib       ketishga   shaylanayotgan   vaqtda   uning   rafiqasi   Feodora
imperatorni   to‘xtatib   qoldi.   Yevnux      Narses   ba’zi   bir   “ko‘klarni”
imperator   tomoniga   og‘dirishga   muvaffaq   bo‘ldi.   Shaharning
shimoli   –   g‘arbiy   tomonidan   Velisariy   va   Mundning   varvarlardan
iborat   uch   ming   kishilik   qo‘shini   kiritiladi   va   juda   ko‘p   qon
to‘kilishi evaziga qo‘zg‘olon bostirildi. Feodoroning buyrug‘iga

 venetlar – “ko‘klar” Vizantiyadagi partiya nomi. Poygada qatnashuvchi ot-arava ishvoshchilari kiyimi 
rangidan kelib chiqqan

 prasinlar – “yashillar”                                                                                                                                  

 eparx – hukmdor nomi                       

 yevnux –  “haram og‘asi”, bichilgan xizmatkor, Vizantiyada imperatorning ishonchli kishilari bo‘lgan             
                                                                                                                                                                                         
16 ko’ra,   Ipatiy   va   uning   ukasi   Pompeyning   boshi   tanasidan
judo   etildi.   Ma’lumotlarga   ko’ra,   qo‘zg‘olonda   o‘ttiz   mingga   yaqin
odam   xalok   bo‘lgan   ekan.   Shu   tariqa   “Nika”   qo‘zg‘oloni
nihoyasiga   yetdi,     ammo   xalq   noroziligi   natijasida   556,     560,     563,     565   –
yillarda   ham   Konstantinopolda   qo‘zg‘olonlar   bo’lib   turgan.   Yustinian   tog‘asi
Yustin   boshlagan   diniy   siyosatni   davom   ettirgan   va     provoslav
dini         tarafdori   sifatida   529   –-yildayoq   davlat   xizmatiga   “dahriy”
larni   olishni   taqiqlaydi.   529   –-yilda   Afinadagi   Platon   Akademiyasi
yopildi,   u   yerdagi   olimlar     Eronga   qochib,   shoh   Xusravdan
boshpana     so‘raganlar.
                Yustinian   faqatgina   monofizitlarga   nisbatan   ehtiyotkorlik
bilan     siyosat   olib   borgan,   bunga   sabab,   rafiqasi   Feodora
ularning   tarafdori       bo‘lsa,   ikkinchidan   ularning   soni   juda   ko‘p   bo‘lganligi
uchun   quvg‘in   qilish   imkoniyati   bo‘lmagan.   553-yildagi
Konstantinopoldagi   V   cherkov   soborida   ularga   ba’zi   bir   imtiyozlar
berildi.   O‘zini   cherkov         va   imperiyaning   yagona,   oliy   hukmdori   deb
hisoblagan   Yustinian   Rim   papasining   Konstantinopol   patriarxlaridan
ustunligini   tan   oldi.   Hukmronligining   oxirgi   yillarida   imperator   asosan
teologiya   bilan       qiziqib,   davlat   ishlari   bilan   shug‘ullanmay   qo‘ygan.
U   o‘zining   asosiy       vaqtini   cherkov   ruhoniylari   va   monaxlar   bilan
munozaralarda     o‘tkazgan.
                                Yustinian   I     imperiyaning   Yevropa,   Osiyo   va   Afrika
qismida         qator   shaharlar   va   mudofaa   punktlarini   barpo   etib,   bunday
yirik   inshootlarning   qurilishi   uchun   ham   katta   mablag‘   xarajat
qilingan.   Yustinian   I     imperiyaning   Yevropa,   Osiyo   va   Afrika   qismida
qator   shaharlar   va   mudofaa   punktlarini   barpo   etib,   bunday
yirik       inshootlarning       qurilishi       uchun       ham       katta       mablag‘       xarajat
qilingan.
                                                                                   
17 3-BOB.   
“ Yustinian I davrida Vizantiyaning tashqi
siyosati” MAVZUSINI METODLAR
ORQALI YORITISH
  Uchta to`g`ri va bitta noto`g`ri
Ta’rifi
Har bir ishtirokchi bir varaq qog`ozda o`rganilayotgan yoki o`rganilgan
mavzu bo`yicha uchta to`g`ri fikr va bitta noto`g`ri fikrni yozadi.  Ishtirokchilar
juftliklarga   to`planadilar,   varaqlar   bilan   almashadilar   va   qaysi   fikr   noto`g`ri
bo`lgan ekanligini aniqlaydilar. 
Foydalanish doiralari
Uy   ishini   tekshirish   vaqtida,   tabiiy   va   aniq   fanlarda   mavzuni
mustahkamlashda foydalanish mumkin.                                                         
Afzalliklari 
Kuzatuvchanlikni   rivojlantiradi,   axborotni   tanlab   olish   ko`nikmasini
ishlab   chiqadi,   bolalarni   xato   topish   va   fikrlarni   ifodalashga   o`rgatadi,
o`qituvchiga o`quvchilarning bilimlarini tekshirishga imkon beradi.
Qiyinchiliklari
Materialni   o`zlashtirib   ololmagan   bolalar   topshiriqni   uddalay
olmasliklari   xavfi   bor.   O`qituvchiga   fikrlar   aniqligi   va   to`g`riligini   kuzatish,
mashqni   o`tkazish   uchun   vaqtni   mo`ljallab   olish   qiyin,   chunki   o`quvchilarda
ko`pincha fikrlarni aniq ifodalash ko`nikmasi mavjud bo`lmaydi.   
                                                                                     
18     “  UCHTA TO’G’RI BITTA NOTO’G’RI”  metodi
1) 532-yilda Vizantiya va Eron o’rtasida “ abadiy tinchlik” sulhi imzolandi.
2)  Yustinian I ning avvalgi Rim imperiyasi hududlarini tiklash orzusi bor edi.
3) Yustinian I harbiy yurushlari juda ko’p mablag’ni talab qilgan va VI   asrga
kelib imperiyaning armiyasi aosan yo’llanma varvarlardan tashkil topgan.
4) 568-yilda Yuinian I vafot etgan.
Bunda   noto’g’ri   javob   4-variant   hisoblanadi.   Chunki   Yustinian   I   565-   yilda
vafot etgan.
                                                                           
              
19              “Yillar so’zlaydi” metodi
Ta’rifi
Har bir ishtirokchi bir varaq qog`ozda o`rganilayotgan yoki o`rganilgan
mavzu   bo`yicha   yillarni   yozadi.     Ishtirokchilar   juftliklarga   to`planadilar,
varaqlar bilan almashadilar va varoqchada yozilgan yillarda qanday voqea yoki
hodisa bo’lganligi haqida aytadilar. 
Foydalanish doiralari
Uy   ishini   tekshirish   vaqtida,   tabiiy   va   aniq   fanlarda   mavzuni
mustahkamlashda foydalanish mumkin. 
  
Afzalliklari 
Kuzatuvchanlikni rivojlantiradi, yillarni eslab qolish ko`nikmasini ishlab
chiqadi,   bolalarga   xronologiya   bo’yicha   bilimlarini   mustahkamlashni
o`rgatadi, o`qituvchiga o`quvchilarning bilimlarini tekshirishga imkon beradi.
         Qiyinchiliklari
Materialni   o`zlashtirib   ololmagan   bolalar   topshiriqni   uddalay
olmasliklari   xavfi   bor.     O`qituvchiga   fikrlar   aniqligi   va   to`g`riligini   kuzatish,
mashqni   o`tkazish   uchun   vaqtni   mo`ljallab   olish   qiyin,   chunki   o`quvchilarda
ko`pincha fikrlarni aniq ifodalash ko`nikmasi mavjud bo`lmaydi.
20Yustinian I hukmronligi davrida sodir bo’lgan voqealar
xronologiyasi                                       Javoblari
1) 527-566-yil Yustinian hukmronlik yillari
2) 482-yil Yustinian I Illirikda tug’ilgan.
3) 528-yilda Eron sosoniylari bilan bo’lgan Mindona yonidagi jangda 
Vizantiyaliklar mag’lub bo’ldi.
4) 530- yilda Vizantiyaliklar Dari yonidagi joyda sosoniylar ustidan g’alaba 
qozondi.
5) 532-yil Eron va Vizantiya hukumdorlari o’rtasida “adabiy tinchlik” sulhi 
imzolandi.
6) 535-yil Vizantiya osgotlar yeriga hujum qilgan.
7)550-yilda 3000 ga yaqin slavyanlar Dunaydan o’tib Illirikga hujum qilgan.
8) 528-529-yillarda Triboneal va Feopil “ Yustinian kodekslari” hujjatini yozib
tayyorlaganlar.
21482-yil
530-yil
536-yil
528-529-yillar 535-yil
532-yil 528-yil
527-566-yillar
550-yil 565-yil           9) 536-yilda yahudiylar va samarityanlarning chiqishlari qattiqqo’llik bilan 
bostirildi.
10) 565-yilda Yustinian I vafot etgan.  
                
“Klaster” metodi
               Ta’rifi
“   Klaster”   lotincha   –tarmoqlash-     degan   ma’noni   anglatadi.   Bunda   biz
o’quvchilarning   o’tilgan   mavzularini   takrorlash   uchun   foydalanamiz.   Yaniki
har bir tarmoq haqida qisqacha o’zlari bilgan ma’lumot aytadilar.
Foydalanish doiralari
Uy   ishini   tekshirish   vaqtida,   tabiiy   va   aniq   fanlarda   mavzuni
mustahkamlashda foydalanish mumkin. 
  
Afzalliklari 
Kuzatuvchanlikni rivojlantiradi, yillarni eslab qolish ko`nikmasini ishlab
chiqadi,   bolalarga   xronologiya   bo’yicha   bilimlarini   mustahkamlashni
o`rgatadi, o`qituvchiga o`quvchilarning bilimlarini tekshirishga imkon beradi.
         Qiyinchiliklari
Materialni   o`zlashtirib   ololmagan   bolalar   topshiriqni   uddalay
olmasliklari   xavfi   bor.     O`qituvchiga   fikrlar   aniqligi   va   to`g`riligini   kuzatish,
mashqni   o`tkazish   uchun   vaqtni   mo`ljallab   olish   qiyin,   chunki   o`quvchilarda
ko`pincha fikrlarni aniq ifodalash ko`nikmasi mavjud bo`lmaydi.
                             
“Klaster” metodi
22                          
23Joy nomlari  Minda
OtranIllirik SitsiliyaDare
Antioxiya
Mavritaniya                XULOSA
                      Xulosa   qilib   aytadigan   bo’lsak   Yustinian   I   hukmronligi   davrida
Vizantiya   imperiyasi   gullab   yashlagan.   Uning   davrida   amalga   oshirilgan
islohotlar   Vizantiya   imperiyasi   uchun   tamomila   yangi   davrni   boshlab   berdi.
Sharqiy Rim imperiyasi  paydo bo‘lgan vaqtdan boshlab Vizantiya san’atining
g‘arb madaniyatiga kuchli  ta’sirini kuzatish mumkin. Bu borada so‘nggi o‘rta
asrlargacha Italiyaning katta qismi,  VIII asr o‘rtalarigacha Rim ham siyosiy va
madaniy jihatdan bevosita Konstantinopolning ta’siri ostida bo‘lganligini eslab
o‘tish   yetarlidir.   Vizantiyadagi   imperator   saroyida   doimo   Yevropa,   Osiyo,
Afrika   davlatlaridan   kelgan   turli   xil   milliy   kiyimlardagi   elchilarni   ko’rish,
dunyoning   turli   xil   tillarini   eshitish   mumkin   bo’lgan.Yustinian   I   yaratgan   “
Yustinian   kodekslari”   tufayli   Vizantiyada   ko’p   yillar   davomida  tartib  intizom
o’rnatilgan.   Yustinian   I   hukmronlik   davri   Vizantiya   madaniyati,   san’ati,
diplomatiyasi yuksak taraqqiy etgan. 
 
24   FOYDALANILGAN     ADABIYOTLAR
1. Агафий Миринейский.  О царствовании Юстиниана. – М., 1996. – 256 с.
2. Аммиан Марцеллин. Римская история. – СПб., 2000. – 576 с.
3. Анна Комнина. Алексиада / Перевод Я.Н.Любарского. – СПб., 1996. –
704 с.
4. Византийские историки о падении Константинополя в 1453 году / Под
ред. Я.Н.Любарского, Т.И.Соболь. – СПб., 2006. – 192 с.
5. Византийские легенды / Пер. С.В.Поляковой. – СПб., 2004. – 304 с.
6.   Византийские   сочинения   об   исламе   (тексты   переводов   и
комментарии) / Под редакцией Ю.В.Максимова. – М., 2006. – 230 с.
7.   Византийский   земледельческий   закон   /   Пер.   и   коммент.   Е.Э.Липшиц,
И.П.Медведева,  Е.К.Пиотровской;  Под ред. И.П.Медведева.  – Л., 1984. –
280 с.
7. Византийский медицинский трактат XI – XIV вв. / Пер., вступ. статья,
коммент. и указатели Г.Г.Литаврина. – СПб., 1997. – 158 с.
25

Mav zu : Y ust inian I dav rida Vizant iy aning t ashqi siy osat i MUNDARIJA KIRISH……………………………………………………….. 1-BOB Yustinian I va uning hokimiyat tepasiga kelishi 1.1 Yustinian I hukmronlik davri 2-BOB. Yustinian I ning tashqi siyosati 2.1 Yustinian I davrida chet davlatlar bilan ziddiyatlar 2.2 Yustinian I davrida ijtimoiy iqtisodiy madaniy munosabatlar 3-BOB. “ Yustinian I davrida Vizantiyaning tashqi siyosati” MAVZUSINI METODLAR ORQALI YORITISH 3.1 Klaster metodi 3.2 4 dan biri noto’g’ri metodi 3.3 “ Yillar so’zlaydi” metodi XULOSA……………………………………………………… FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………… 1

KIRISH Mavzuning dolzarbligi: Vizantiya imperiyasi qachon paydo bo‘lgan degan savolga olimlar turlicha javob beradi, biroq ularning ko‘pchiligi imperiyaning paydo bo‘lishi IV asr boshlaridan toki VII asr o‘rtalarigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi degan to‘xtamga kelishgan. Tarixchilar Vizantiya tarixini rasmiy boshlanishini bildiruvchi biror bir voqeani ajratib ko‘rsatishga harakat qilishgan. Ko‘pchilik uchun bu kabi voqea Vizantiya davlatining poytaxti, so‘nggi antik davr va o‘rta asrlarning siyosiy, diniy, madaniy va iqtisodiy markaziga aylangan, ikkinchi Rim deb atalgan Konstantinopolning paydo bo‘lishi edi. Bu 330-yil 11 mayda sodir bo‘ldi. Imperator Konstantin Buyukning xoxishiga ko’ra, qadimgi Vizantiya yangi nom-Konstantinopolis deb atala boshladi va yunon tilidan tarjima qilganda “Konstantin shahri” degan ma’noni anglatadi. Xristian shahri sifatida Vizantiya poytaxtining tarixi oradan 1123-yil o‘tib, 1453-yil 29 mayda Konstantinopolga Usmonli turklar bostirib kelgan vaqtda o‘z nihoyasiga yetdi. Imperiyaning nomi-Vizantiya so‘zini tarixchilar yangi davrga kelib Konstantinopol shahrining o‘tmishdoshi nomidan olib ishlata boshladilar. Vizantiyaliklarning o‘zlari ularning davlatida yunon tili hukmron bo‘lishiga qaramay imperiyaning so‘nggi kunigacha o‘zlarini rimliklar yoki xristianlar deb atadilar. Shunisi qiziqki, chet elliklar ularni yunonlar deb atashi Vizantiyaliklarga yoqmagan. Biroq, Paleologlar davrida vaziyat bir oz o‘zgara boshladi. “Ellin” so‘zi “majusiy” ma’nosini yo‘qotdi va vizantiyaliklar o‘zlarining yunoncha o‘tmishi bilan faxrlana boshladilar. Biroq vizant etnosi xech qachon mavjud bo‘lmagan va Konstantinopol 2

imperatoriga itoat etganlar aralash xalqlardan iborat bo‘lgan. Ming-yildan ortiq tarixga ega bo‘lgan Vizantiya davlati sarhadlari bir necha marotaba o‘zgardi. VI asrda, imperiya o‘z qudratining cho‘qqisiga ko‘tarilgan vaqtda uning chegaralari uch qit’a: Yevropa, Osiyo va Afrikada yerlarni o‘z ichiga olardi. Vizantiya inqirozi arafasida uning tarkibiga faqatgina Konstantinopol, Peloponesning bir qismi va Egey dengizidagi bir qancha orollar kirardi. Davlat tepasida vizantiyaliklar Xudo bilan alohida munosabatlarga ega deb hisoblagan imperator turardi. U o‘z qo‘li ostidagi barchani avf etilishi uchun javobgar hisoblangan. Shuning uchun ham hukmdorning nafaqat dunyoviy, balki, diniy ahamiyati ham katta bo‘lgan. Imperatorlar adolatliligi, jasurligi, donoligi, mulohazaliligi, atrofdagilarga nisbatan g‘amxo‘rligi va ixlosliligi bilan ajralib turishi lozim edi. Dastlabki bir necha yuz yilliklarda Vizantiya imperatorlari rim unvoni Imperator Augustos deb atalgan. 629-yil Eron ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin Irakliy kelib chiqishiga ko’ra, yunoncha bo‘lgan-vasilevs unvonidan foydalana boshladi. 800-yilda Karl Buyukka imperatorlik toji kiydirilishi natijasida Vizantiya hukmdorlari rim imperatorlarining merosxo‘ri ekanligini e’tirof etish maqsadida Basileus ton Romaion-rimlik imperatorlar unvonini oladigan bo‘lishdi. Paleologlar davrida quyidagi aqidadan ko‘p foydalanildi: “Xudo va Xristosga sadoqatli imperator va yakka hukmron rimlik”. Biz buni dastlab XV asrda Manuil II Paleolog, uning rafiqasi Yelena Dragash va ularning uch farzandi (Ioann, Andronik va Feodor) tasvirlangan miniatyurada ko’ramiz. Bu yerda hukmdor “Manuil Xudo va Xristosga sadoqatli imperator va yakkahukmron rimlik, Paleolog va Avgustning maslakdoshi” sifatida gavdalangan. Shu bilan birga imperatorni boshqa oliy 3

hukmdorlar orasidan ajratib ko‘rsatish uchun “yakka hukmdor” va “buyuk vasilevs” unvonlaridan ham foydalanilgan. Vizantiyaliklar xristian dunyosida o‘z davlatlarining ustunligiga to‘liq ishonardi. Ularning vasilevslari yetti hukmdor deb atalganlarning boshlig‘i bo‘lishi lozim edi. Boshqa barcha hukmdorlar ular boshqarayotgan davlatining nufuzidan qat’iy nazar imperatorning yaqin qarindoshlari nomini bo‘lib olishar (imperatorning o‘g‘li yoki ukasi unvonini eng kuchli monarxlar qo‘lga kiritgan) yoki ularga saroy unvonlari (masalan, patritsiy yoki magistr) berilgan. Vizantiya imperiyasi va uning siyosati ta’sirida bo‘lgan xalqlar va davlatlarning bu o‘ziga xos tuzilishiga mashhur vizantshunos olim Dmitriy Obolenskiy “Vizantiya millatlar hamdo‘stligi” deb nom bergan. “Hamdo‘stlik”ning amalda bo‘lish masalasi Komninlar sulolasi davrida (1081-1185) juda ham muhim edi. Paleologlar hukmronligi davrida, imperiya 1204 yilgacha mavjud bo‘lgan xududning soyasida qolib ketgan vaqtda ham u o‘z pozisiyasini himoya qilgan. Patriarx Antoniy I 1393-yilda Buyuk Moskva knyazi Vasiliy I “Cherkov bor, imperator yo‘q” degan gapiga javob qilib yozgan edi: “Imperiya va cherkov bir butunlikni tashkil etadi va bir-biridan ajralishi mumkin emas...Olamda butun xristianlar tomonidan tan olinadigan yagona imperiya bor”. Kurs ishidan ko’zlangan maqsad shundan iboratki Yustinian I davridagi Vizantiya tarixini o’rganish va bizga noma’lum bo’lgan jihatlarni o’rganish va bilim darajamizni to’ldirishdan iborat. Shu orqali bugungi kunda ushbu mavzuni o’quvchilarga zamonaviy talablar asosida yetkazib berish. Bu maqsad asosida quyidagi vazifalarni hal qilishni belgilab oldik; - Yustinian I hukmronlik davri - Yustinian I davrida chet davlatlar bilan munosabatlar 4

- Yustinian I davrida chet davlatlar bilan munosabatlar - Mazkur mavzuni o’quvshi-yoshlar oson va qulay o’zlashtirishlari uchun munosib zamonaviy pedagogik metodlarni tavsiya qilish va uning ishlanmasini ishlab chiqish; 5