Kapetinglar hukmronligi davrida Fransiyaning ichki siyosati
Mundarija Kirish…………………………………………………………………….2-4 I – BOB. Fransi yada Kapetinglar sulolasining hukumronligining boshlanishi. 1.1 Fransiyada Kapetinglar sulolasining hokimiyat tepasiga kelishi……5-14 1.2 Qirol hokimiyatining kuchayishi borasida olib borilgan siyosat……15-22 II – BOB. Kapetinglar hukmronligi davrida Fransiyaning ichki siyosati. 2.1 Kapetinglar qiroli Lyudovik IX islohotlari………………………….23-29 2.2 Kapetinglar sulolasining olib borgan ichki siyosati…………………30-37 Xulosa……………………………………………………………………38-39 Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………….40 1
KIRISH Mavzuni yoritish dolzarbligi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, yurtboshimiz tomonidan tarixni o’rganish masalasiga katta e’tibor berildi. Shu nuqta’i nazardan O’zbekiston tarixini bilan bir qatorda jahon tarixini o’rganish ham keng yo’lga qo’yilib, jahon mamlakatlari o’tmishda bosib o’tgan tarixiy jarayonlari, baland-pastliklarini o’rganga holda xulosa chiqarishga imkoniyat yaratildi. Ma’lumki, o’tmishni o’rganmay kelajakni yaratib bo’lmaydi. Zero bugunning qadr qiymati, mohiyati va salmog’i kechagi kun tarozisi orqaligina to’liq idrok etiladi. Darhaqiqat, tarixdan kelajakka xizmat qiladigan amaliy xulosalar chiqarilmaguncha hech qanday jamiyat ilgarilab rivojlanmaydi. Jahon xalqlarining tarixiy tajribalaridan foydalanish, ya’ni tarixda bo’lib o’tgan voqealardan, hodisalardan, turli shaxslar hayotidan, iqtisodiy taraqqiyotidan, yangi farovon jamiyat qurish yo’lida insonlarni fozil, komil kishilar qilib tarbiyalashda foydalanish va hozirgi davrga xizmat qildirish eng dolzarb vazifalardandir. Zero, “Biz xalqni nomi bilan emas, balki madaniyati orqali bilamiz, tarixning tag-tomirigacha nazar tashlaymiz” 1 . Albatta, har qaysi xalq yoki millatning ma’naviyatini uning tarixi, o’ziga xos urf-odat va an’analari, hayotiy qadriyatlardan ayri holda tassavvur etib bo’lmaydi. Bu borada, tabiiyki, ma’naviy meros, madaniy boyliklar, ko’hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan biri bo’lib xizmat qiladi. Shunday ekan, biz ham o’rta asrlarda Fransiyada hukmronlik qilganva o’ziga xos madaniy taraqqiyot yaratgan Kapetinglar hayotiga nazar tashlaymiz. Bu mavzu o’z mazmuniga ko’ra keng qamrovli bo’lib, kam o’rganilgan mavzulardan hisoblanadi. Chunki, Fransiyadavlatining hozirgi chegaralariga ega bo’lishiga, Kapetinglar davridan boshlab kirishilgan bo’lib, Kapetinglar sulolasi qirollari tomonidan mamlakatni birlashtirish borasida qattiq kurash olib borilgan. XI, XII v а XIII а srl а rning ikkinchi yarmida Fransiyada ishlab chiqaruvchi kuchlarning juda tez riv о jlanganligi kuzatildi. Dehqonchilik ancha 1 Mirziyoyev Sh. M. – Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta`minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. -Toshkent.: “O`zbekiston”, 2017. B.58. 2
o’sdi. Yerning bir qismi bir juft ho’kiz qo’shilgan g’ildiraksiz yengil plug bilan, boshqa bir qismi ikki yoki uch juft ho’kiz qo’shilgan og’ir plug bilan yaxshilab haydalar edi. Bug’doy, javdar, suli, arpa va boshqa boshoqli ekinlar hosili ko’payib, ekilgan urug’likka qaraganda besh va hatto olti hissa ortiq g’alla yigib olinadigan bo’ldi. Bog’dorchilik, polizchilik, uzumchilik sohasida katta yutuqlarga erishildi. Shaharlarning o’sishi bilan ozuqa mahsulotlari - non, go’sht, yog’, sabzavot va boshqalarga, shuningdek, turli qishloq xo’jalik xom-ashyosiga (jun, zig’ir, teri va hokazolarga) bo’lgan talab ko’paydi. Tovar munosabatlari fransuz qishlog’iga kira boshlab, uni mahalliy shaharlar bilan juda yaqindan bog’ladi. Parij o’sib borishi bilan u faqat o’ziga tutashgan okruglardagi qishloqlardagina emas, balki ancha uzoq okruglardagi qishloqlardan ham o’zini qishloq xo’jalik mahsulotlari bilan ta’minlashni talab qildi. Mavzuning maqsadi X-XIV asrlarda Fransiyada hukmronlik qilgan Kapetinglar sulolasi tarixini o’rganish, ular olib borgan ichki siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy islohotlarga nazar tashlash, mavzuni yoritish mobaynida yangi-yangi ma’lumotlarga ega bo’lish, jahon tarixiga qo’shgan hissalaridan xulosa chiqarish. Mavzuning vazifalari - Kapetinglar tarixini yoritib berish, bu mavzu yuzasidan yangiliklarni o’rganish; - Fransiyada Kapetinglar sulolasining hukumronligining boshlanishini yoritib berish; - Qirol hokimiyatining kuchayishi borasida olib borilgan siyosatini tahlil qilish; - Kapetinglar qiroli Lyudovik IX islohotlarini o’rganish; - Kapetinglar sulolasining olib borgan ichki siyosatini yoritib berishdir. Mavzuning obyekti Fransiyada Kapetinglar sulolasininhg olib borgan ichki siyosati etib bergilandi. Mavzuning predmeti Fransiyada Kapetinglar sulolasining olib borgan siyosatiga oid tadqiqotlar, ilmiy materiallar, maqolalardan o’rganilib tadqiq qilishdir. 3
Mavzuning o’rganilganlik darajasi Bu mavzuni yoritishda M.M.Xashimovaning “O’rta asrlarda Fransiya”, M.M.Xashimova, H.U.Gadayev, S.R.Usarovlarning “O’rta asrlar diplomatiyasi va xalqaro munosabatlar tarixi”, Sharl Pti-dyutayining “ Феодальная монархия во Франции и в Англии X-XIII веках ” kabi adabiyotlar va boshqa manbalardan foydalandik. Kurs ishining tarkibiy tuzilishi Kirish, ikkita bob, to’rtta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat. 4
I – BOB. Fransiyada Kapetinglar sulolasining hukumronligining boshlanishi. 1.1 Fransiyada Kapetinglar sulolasining hokimiyat tepasiga kelishi Kapetinglar qirollik dinastiyasi asoschisi Gugo Kapet (fransuzcha Hugues Capet) 940 yil Durdon shahrida tug’ilib, 996 yil 24 oktabr Prasvil shahrida vafot etgan. Gugo Kapet - 960-987 yillarda franklar gersogi, 987-996 yillarda Fransiya qiroli bo’lib, uning ota-onasi Robertinlar avlodi vakillari bo’lishgan. Ular Karolinglar va Fransiyaning boshqa aristokratik oilalari bilan IX-X asrlardan beri toj uchun kurashib kelgan. Karolinglardan bo’lgan Fransiya qirolichasi Beatrisa de Vermandua (922-923) ning nevarasi bo’lgan. Kapet ismining ma’nosi XIII asrlarda yo’qolib ketgan. U Gugo kostyumining ma’lum narsasi, bosh kiyimidan kelib chiqqan degan ehtimol mavjud. Manbalarda turli formalari uchraydi: Capito, Caputius, Capetus, Capatus. XII asrlarda - Huon Chaped, fransuz eposida - Huon Chapet ko’rinishida keltirilgan 1 . Uning otasi Gugo Buyuk (897-956) 936 yil 25 iyuldan franklar gersogi, Neystrya markizi, 922 yildan Parij va Orlean gersogi, Qirol Robert I va Beatris de Vermandua o’gli hisoblanadi. Onasi esa Gedviga Saksonskaya (922-965) Germaniya qiroli Genrix I Ptistelov va Rim imperiyasi imperatori Otton I ning singlisi, Matilda Vestfalskayalarning qizi hisoblanadi. Otasi o’lgandan keyin Gugo Kapetga Fransiya gersogligi hamda Parij va Orlean grafligi meros bo’lib qoldi. Bo’ysunmagan vassallar bilan kurashishda va Lotaringiyani egallashdagi yordami uchun qirol Lotar unga Puateni berdi. 986 yilda qirol Lotar o’ldi. U o’zining 19 yoshar o’g’li va toj vorisi Lyudovikni Gugo Kapet himoyasiga qoldirdi. Lyudovik V Dangasa 15 oylik hukmronlikdan so’ng befarzand bo’lib o’ldi. Uning davrida qirollik hokimiyati deyarli to’liq Gugo Kapetning qo’lida edi 2 . Tojning qonuniy vorisi uning ukase Quyi Lotaringiya gersogi Karl edi. Lekin 987 yil 1iyunda Sanlisda bo’lib o’tgan fransuz feodallari yig’ilishida qirol etib Gugoni saylashdi. Uni Reyn arxiyepiskopi Adalberon qo’llab quvvatladi. 987 yilning 3 iyulida Nuayonda toj kiydirish marosimi bo’lib o’tdi. X asrning oxiriga 1 История Франции. Средние века от Гуг Капета до Жанны д Арк. – М., 2000 г. C .78. 2 Добиаш-Рождественская О.А. История письма в средние века. Изд. 2. – Л., 1936 г. C.166. 5